toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-maydagi “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda isteʼmol qilish sohasida toʻlov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PF-5059-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining tashkiliy-shtat tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, tuman (shahar) va tumanlararo boʻlimlarining namunaviy tuzilmalari 2-3a-ilovalarga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi Nizom 5-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati, Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari, Majburiy ijro byurosi shahar boʻlimlari, Majburiy ijro byurosi tuman va tumanlararo boʻlimlari xodimlarining yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash razryadlari 6 — 9-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
(1-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda Byuro deb ataladi) boshqaruv xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan cheklangan soni 3 542 nafar, shu jumladan markaziy apparatda 82 nafar etib belgilansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga:
zarur hollarda Byuro va uning hududiy tuzilmalarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga oʻzgartishlar kiritish;
Byuro va uning hududiy tuzilmalariga Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha shtat birliklari kiritish huquqi berilsin.
3. Belgilansinki, Byuro:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadigan va ozod etiladigan direktor tomonidan boshqariladi;
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori oldida hisobdor hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro direktori mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining oʻrinbosariga tenglashtirilsin.
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
4. Byuro Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Markaziy banki, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat statistika qoʻmitasi hamda boshqa vazirlik va idoralarning statistik axboroti yuborilishi shart boʻlgan reyestrga kiritilsin.
5. Belgilab qoʻyilsinki:
Byuroga tugatilgan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamenti, shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa organlardan ishga qabul qilingan xodimlarga darajali unvonlar berilishi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan hal etiladi;
darajali unvonga ega Byuro xodimlari prokuratura organlari xodimlari hisoblanadi hamda ularga prokuratura organlari xodimlari uchun belgilangan imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza qilish choralari tatbiq etiladi.
6. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat tuzilmalari tomonidan Byuro xodimlari zimmasiga ularning vakolatiga kirmaydigan vazifalarni yuklash taqiqlanadi.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi:
ikki hafta muddatda Byuroning shtat jadvallari hamda xarajatlar smetasini tasdiqlasin;
2017-yil 1-iyulga qadar oʻziga yuklatilgan vazifalarni lozim darajada bajarganligi uchun Byuro xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish tartibini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. Belgilab qoʻyilsinki, Byuroning buyurtmasiga asosan:
“Oʻzavtosanoat” AK Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi va Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan meʼyorlarga muvofiq, xizmatda foydalanish uchun avtotransport vositalari ajratilishini taʼminlaydi;
“Oʻzbekneftgaz” MXK “Oʻzdavneftgazinspeksiya” DI bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan tartibda xizmat va maxsus avtotransport vositalari hamda generatorlar uchun kerakli hajmda benzin va dizel yoqilgʻisini ajratilishini taʼminlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Moliya vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK boshqa manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda Byuro va uning hududiy tuzilmalarining mebel, kompyuter texnikasi, aloqa vositalari va boshqa moddiy-texnika resurslariga boʻlgan ehtiyojini oʻrgansin hamda jihozlanishini taʼminlasin.
11. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun asoslantirilgan hisob-kitoblar asosida zarur mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin.
12. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Bosh prokuratura bilan hamkorlikda bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib beruvchilar bilan oʻzaro hamkorlik tartibi toʻgʻrisidagi nizomni;
Isteʼmolchilarni elektr va gaz tarmoqlaridan uzib qoʻyish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini taʼminlasin.
13. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi:
ikki oy muddatda Byuro xodimlarining xizmat kiyimi va farqlovchi belgilari namunalarini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini kiritishni;
uch oy muddatda Byuro va uning hududiy tuzilmalarini yuklatilgan vazifalarni yuqori va professional darajada bajarilishini taʼminlay oladigan malakali kadrlar bilan, shu jumladan, “Oʻzbekenergo” AJ va “Oʻztransgaz” AK, shuningdek, tugatilayotgan Sud departamenti xodimlari tarkibidan toʻldirilishini taʼminlasin.
14. Byuro Toshkent shahri, Yunusobod tumani, Xalqobod koʻchasi, 3-tor koʻchasi, 2-A uyda joylashtirilsin.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan birgalikda bir oy muddatda Byuro hududiy tuzilmalarining toʻlaqonli faoliyat yuritishini taʼminlash uchun joylashtirish, jihozlash va boshqa tashkiliy masalalarni hal etsin.
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hamda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlari 10-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
16. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura, manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda:
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
17. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Byuroning 2017-yildagi faoliyati samaradorligini oʻrgansin va zarurat tugʻilganda, uning tashkiliy-shtat tuzilmasini yanada takomillashtirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoniga takliflar kiritsin.
18. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori I.B. Abdullayev zimmalariga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-may,
PQ-3016-son
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparatining
TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻlimi

2

Direktor

Direktor yordamchisi

Direktorning birinchi oʻrinbosari — Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshligʻi

Direktor oʻrinbosari — Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi boshligʻi

Kadrlar boshqarmasi

5

Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boʻlimi

2

Ichki xavfsizlikni taʼminlash boshqarmasi

5

Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi

11

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boshqarmasi

26

Huquqiy taʼminlash va xalqaro-huquqiy aloqalar boʻlimi

6

Nazoratni tashkillashtirish, statistika va tahlil boʻlimi

4

Birinchi boʻlim

1

Jinoyat ishlari boʻyicha va maʼmuriy sudlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

3

Ishlar boshqarmasi

6

Monitoring markazi

3

Moliya-rejalashtirish boʻlimi

4

Iqtisodiy sudlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

4

Murojaatlar bilan ishlash boʻlimi

4

Taftish boʻlimi

2

Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

7

Tezkor-qidiruv faoliyati hisobi shoʻbasi

1

Ichki ishlar, soliq va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

3

Hududiy boshqarmalar

Navbatchi qism

3

Tuman (shahar) boʻlimlari

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarni joriy etish markazi

17

Aktivlarni hisobini yuritish va boshqarish boʻlimi

3

Tumanlararo boʻlimlari

Alohida muhim ijro ishlarni ijro etish boʻlimi

3

Qidiruv boʻlimi

3

Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 95 birlik,
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
2-ILOVA
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalarining
NAMUNAVIY TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI

Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta inspektor

Boshqarma boshligʻi

Ichki xavfsizlikni taʼminlash shuʼbasi

1 — 3

Boshqarma boshligʻi oʻrinbosari — Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

Kadrlar shoʻbasi

2

Birinchi boʻlim

1

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish boʻlimi

4 — 6

Surishtiruv va maʼmuriy amaliyot shoʻbasi

2-3

Moliya-xoʻjalik boʻlimi

3-4

Aktivlarni hisobini yuritish va boshqarish shoʻbasi

1 — 3

Murojaatlar bilan ishlash shoʻbasi

3

Tashkiliy nazorat va tahlil shoʻbasi

2

Alohida muhim ijro ishlarini ijro etish shoʻbasi

2

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish shoʻbasi

1

Taftishchi

1

Qidiruv shoʻbasi

2 — 8

Depozit hisobvaraqlari bilan ishlash guruhi (shoʻbasi)

1

Tuman (shahar) boʻlimlari

Tumanlararo ixtisoslashtirilgan ijro boʻlimlari

Boshqaruv xodimlarining umumiy soni — 29 — 43 birlik.
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi.
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari xodimlarining umumiy soni — 508 birlik.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
3-ILOVA
Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlarining
NAMUNAVIY TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI

Boʻlim boshligʻi

Boshliq oʻrinbosari

0-1

Davlat ijrochisi

1 — 49

Depozit boʻyicha mutaxassis

0,5-1

Umumiy shtat birliklari soni 2,5 — 52 birlik, shundan davlat ijrochilari — 2 — 51 birlik.
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi, bunda har bir tuman (shahar) boʻlimida kamida 1 nafar ish yurituvchi nazarda tutiladi.
Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining umumiy cheklangan soni 2 870 birlik, shundan davlat ijrochilari — 2 757 birlik.
(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
3a-ILOVA
Majburiy ijro byurosi tumanlararo ixtisoslashtirilgan ijro boʻlimlari
NAMUNAVIY TASHKILIY-SHTAT TUZILMASI

Boʻlim boshligʻi

Davlat ijrochisi

8 — 33

Boshqaruv xodimlari umumiy shtat birliklari soni 9 — 34 birlik. Majburiy ijro byurosi tumanlararo boʻlimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan moliyalashtiriladigan boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni 252 birlik.
* texnik va yordamchi xodimlar shtat birliklari soni oʻrnatilgan meʼyorlar asosida aniqlanadi, bunda har bir tumanlararo boʻlimida kamida 1 nafar ish yurituvchi nazarda tutiladi.
** Qoraqalpogʻiston Respublikasi va har bir viloyatda bittadan tumanlararo boʻlim, Toshkent shahrida 2 tumanlararo boʻlim faoliyat yuritadi.
*** Tumanlararo boʻlimlar tashkiliy-nazorat va material-texnik taʼminoti Majburiy ijro byurosi hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi. Tumanlararo boʻlimlar xodimlar soni va saqlashga xarajatlar Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy boshqarmalari shtatlar jadvali va xarajatlar smetasida aks etadi.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ–3016-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining (keyingi oʻrinlarda Byuro deb yuritiladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, shuningdek, faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Byuro Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi (keyingi oʻrinlarda Bosh prokuratura deb yuritiladi) huzuridagi mustaqil huquqni muhofaza qiluvchi organ hisoblanadi.
3. Byuro oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorining (keyingi oʻrinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) buyruq va koʻrsatmalariga amal qiladi.
4. Byuro tizimiga:
Byuroning markaziy apparati;
Byuroning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari;
Oldingi tahrirga qarang.
Byuroning tuman (shahar) va tumanlararo boʻlimlarining boʻlimlari kiradi.
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Byuro quyi turuvchi rahbarlarning yuqori turuvchi rahbarlarga, shuningdek, Bosh prokurorga boʻysunishi hamda hisobdorligi asosida faoliyat koʻrsatadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
6. Byuro oʻz vazifa va funksiyalarini amalga oshirishda davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
7. Byuro faoliyati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti va Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda Jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
8. Byuro yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi yozilgan muhrga, shuningdek, qonun hujjatlariga muvofiq ochiladigan bank hisob raqamlariga ega boʻladi.
2-bob. Byuroning asosiy vazifalari va funksiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
9. Quyidagilar Byuroning asosiy vazifalari hisoblanadi:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlash;
ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlash yoki ijro etilishiga toʻsqinlik qilish, ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish;
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini taʼminlash;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Byuro oʻziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining soʻzsiz ijrosini taʼminlash sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini taʼminlaydi, majburiy ijro etish qonun bilan boshqa davlat organlariga yuklatilgan hujjatlar bundan mustasno;
vakolatli organlarning mol-mulkni, shu jumladan huquqbuzarlik buyumlari va qurollari hamda ashyoviy dalillarni davlat daromadiga oʻtkazish yoki yoʻq qilib tashlashni nazarda tutuvchi qarorlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ijro qiladi;
xatlangan va olib qoʻyilgan mol-mulkning baholanishi, saqlanishi va sotilishini tashkil qiladi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlari majburiy ijrosini taʼminlashda, shu jumladan qarzdorlarning pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkini qidirishda davlat organlari, kredit va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlik qiladi, ushbu maqsadlarda koʻrsatilgan davlat organlarining maʼlumotlar bazalaridan belgilangan tartibda foydalanadi;
qarzdor — jismoniy shaxslar va olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolani qidirishni amalga oshiradi, bu maqsadlarda tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi, shuningdek huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari bilan hamkorlik qiladi;
oʻz vakolatlari doirasida jismoniy va yuridik shaxslarning arizalari, takliflari va shikoyatlarini koʻrib chiqadi;
aholining huquqiy madaniyatini oshirish, qonun va odil sudlovni hurmat qilish, jismoniy va yuridik shaxslar oʻrtasida sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini soʻzsiz va ixtiyoriy ravishda bajarish zaruriyatini shakllantirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik bilan hamkorlik qiladi, ularni oʻz faoliyati natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi, ushbu maqsadlarda seminarlar, brifinglar, press-konferensiyalar, davra suhbatlari va boshqa tadbirlarni oʻtkazadi;
b) ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlash yoki ijro etilishiga toʻsqinlik qilish, ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklarga qarshi kurashish sohasida:
ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga, shu jumladan ijro ishi yuritish taraflari, baholash tashkilotlari, ijro hujjatlar boʻyicha mol-mulkni saqlash va sotish ishlarini amalga oshiruvchi tashkilotlar, bank va boshqa kredit tashkilotlari, qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan toʻlovlarni toʻlayotgan tashkilotlar (shaxslar) hamda majburiy ijro organi hisoblanmagan va sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijrosini taʼminlovchi tashkilot va mansabdor shaxslar, shuningdek qarzdorlarga nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan huquqiy taʼsir choralarini amalga oshiruvchi tashkilotlar va mansabdor shaxslar tomonidan rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 81 va 84-moddalari.
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishga oid qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, bartaraf etish, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash choralarini koʻradi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro qilmaslik holatlarini aniqlash, bartaraf etish va ularning oldini olishda ichki ishlar organlari, boshqa huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
sud qarori yoki boshqa ijro hujjatlarini bajarmaslik, band solingan mol-mulkni qonunga xilof ravishda tasarruf etish, shuningdek voyaga yetmagan yoki mehnatga layoqatsiz shaxslarni, ota-onani moddiy taʼminlashdan boʻyin tovlashga, ijro ishi yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari boshqa tarzda buzilganligiga doir huquqbuzarliklar boʻyicha surishtiruv va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiradi;
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritadi, Byuro vakolatiga taalluqli ishlarni koʻrib chiqadi va maʼmuriy jazo qoʻllaydi;
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish amaliyotini tahlil qiladi, ularning hisobini olib boradi hamda ushbu sohada yagona amaliyotni shakllantirish choralarini koʻradi;
Byuro vakolatiga taalluqli ishlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv oʻtkazadi, shuningdek tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiradi;
tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv oʻtkazish, protsessual qarorlar qabul qilish, tezkor-qidiruv tadbirlarini amalga oshirish amaliyotini oʻrganib boradi, ularning hisobini yuritadi va bu borada faoliyat samaradorligini oshirish choralarini koʻradi;
v) zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda majburiy ijro tizimi tezkorligi va samaradorligini taʼminlash sohasida:
ijro hujjatlari hamda undirilgan mablagʻlarning haqqoniy hisobini yuritadi;
Ijro ishi yurituvlari yagona elektron bazasini yuritadi;
ijro hujjatlari yuzasidan qarzdorliklarni undirish masalalari boʻyicha yagona idoralararo elektron hamkorlik tizimi ishlashini taʼminlaydi;
Aliment majburiyatlarini ijro etish va nazorat qilishning yagona axborot tizimi ishlashini taʼminlaydi;
qonun hujjatlari bilan belgilangan roʻyxatga muvofiq yirik bitimlar, ayrim turdagi moliya-kredit xizmatlari, xalqaro yoʻlovchi tashish xizmatlari va davlat xizmatlarini amalga oshirishda ijro hujjatlari boʻyicha toʻlanmagan qarzdorlik mavjudligini onlayn rejimda tekshirish uchun (huquqiy taʼsir choralarini amalga oshirish uchun) davlat organlari va tashkilotlarining Byuro maʼlumotlar bazalariga ulanishini taʼminlaydi;
Byuro organlari ish yurituvidagi ijro hujjatlari boʻyicha ijro harakatlari amalga oshirilishining avtomatlashtirilgan monitoringi boʻyicha davlat interaktiv xizmatini koʻrsatadi;
elektron onlayn-auksionlar operatori bilan elektron hamkorlik qiladi hamda ijro harakatlarini olib borish davomida xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish taomiliga elektron tijoratni joriy etish boʻyicha choralar koʻradi;
Byuro zimmasiga yuklatilgan vazifalarni tezkorlik bilan va samarali bajarish maqsadida majburiy ijro organlari axborot tizimlari, axborot resurslari va maʼlumotlar bazasini takomillashtirish choralarini koʻradi;
Byuro organlarida axborot xavfsizligini taʼminlash va shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish choralarini koʻradi;
axborot tizimlari, resurslari va maʼlumotlar bazasini ishlatish, axborot xavfsizligini taʼminlash sohasida Byuro xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
g) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshirish sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish masalasida xorijiy davlatlar majburiy ijro organlari va boshqa vakolatli davlat organlari bilan xalqaro hamkorlik qiladi;
xalqaro shartnomalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlarining sud qarorlari ijrosiga oid qismi hamda ijro hujjatlari boʻyicha jismoniy shaxslar-qarzdorlarni qidirish qismi bajarilishini tashkil qiladi;
xorijiy davlatlarning majburiy ijro organlari, boshqa vakolatli organlari hamda ixtisoslashtirilgan xalqaro tashkilotlar bilan sud hujjatlarini ijro etishda oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish masalalarida, shuningdek qonuniy kuchga kirgan sud qarorlari boʻyicha aktivlarni qaytarish masalalarida hamkorlik qiladi;
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida hamkorlik masalalari boʻyicha xalqaro shartnomalar loyihalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Byuro vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar bilan, shuningdek Sud ijrochilari xalqaro ittifoqi bilan belgilangan tartibda oʻzaro hamkorlik qiladi;
d) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish tizimini takomillashtirish, davlat ijrochilari faoliyatining samaradorligini oshirish sohasida:
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish sohasida huquqni qoʻllash amaliyotini tahlil qiladi va umumlashtiradi hamda uni takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritadi;
ijro ishi yuritish tizimini takomillashtirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va ularni tayyorlashda ishtirok etadi, oʻz vakolati doirasida ijro ishi yuritishni tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladi;
samarali ish uslublarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy qiladi, Byuro davlat ijrochilari va boshqa xodimlarini boshlangʻich tayyorlash, qayta tayyorlash va kasb mahoratini oshirish choralarini koʻrish boʻyicha tizimli ishlarni olib boradi;
erishgan natijalarga qarab Byuro xodimlarini ijtimoiy himoya qilish va moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi, Byuro davlat ijrochilari va boshqa xodimlari ishini reyting baholash tizimini joriy etadi;
Byuro organlarida ichki xavfsizlikni taʼminlaydi, Byuro organlari xodimlari faoliyatiga noqonuniy aralashish, xizmatni oʻtash bilan bogʻliq xodimlar va ularning oila aʼzolarining shaxsiy hayoti, sogʻligʻi va mol-mulkini tahdidlardan himoya qilish choralarini koʻradi;
ijro ishi yuritishda sansalorlik va suiisteʼmolchilik holatlarining oldini olish boʻyicha choralar koʻradi;
Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish va oldini olish boʻyicha tizimli ish olib boradi, Byuro organlarida korrupsiyaga qarshi nazorat tizimini (“komplayens-nazorat”) joriy etadi va ishlashini taʼminlaydi;
davlat ijrochilari va boshqa xodimlar tomonidan Majburiy ijro organlarida xizmatni oʻtash qoidalari va odob-axloq qoidalariga rioya etilishi ustidan qattiq nazoratni taʼminlaydi.
Byuro qonun hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
3-bob. Byuroning huquq va javobgarligi
11. Byuro oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarishda quyidagi huquqlarga ega:
a) sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini amalga oshirish sohasida:
davlat organlaridan va boshqa organlardan, tashkilotlardan hamda ularning mansabdor shaxslaridan zarur hujjatlar va maʼlumotlarni olish;
davlat organlariga va boshqa organlarga, tashkilotlarga hamda ularning mansabdor shaxslariga, shuningdek, fuqarolarga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
ishlayotgan qarzdorlarga nisbatan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishini hamda moliyaviy hujjatlarning ijro ishi yuritishga muvofiqligi yuzasidan tekshirishlar oʻtkazish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxslarga muayyan ijro harakatlarini amalga oshirish masalalari yuzasidan topshiriqlar berish;
qarzdorlar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga, shu jumladan, turar joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda joylar hamda omborlarni majburan ochish, xolislar ishtirokida koʻzdan kechirish;
oʻzga shaxslarda qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar mavjud boʻlganda, oʻzga shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda ushbu joylar va omborlarni majburan ochish hamda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirish;
oʻzga shaxslarda qarzdorga tegishli boʻlgan mol-mulk borligini tasdiqlovchi hujjatli maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda, sud ajrimi asosida oʻzga shaxslar egallab turgan yoki ularga qarashli boʻlgan joylarga va omborlarga kirish, zarur boʻlgan hollarda ushbu joylar va omborlarni majburan ochish hamda xolislar ishtirokida koʻzdan kechirish;
qonun hujjatlariga muvofiq mol-mulkni xatlash, xatlangan mol-mulkni olib qoʻyish, saqlashga topshirish va realizatsiya qilish;
qarzdorning banklardagi va boshqa kredit tashkilotlaridagi hisobvaraqlarida, omonatlarida turgan yoki saqlash uchun qoʻyilgan pul mablagʻlari hamda oʻzga qimmatliklarini xatlash;
qarzdor va uning debitorlarining hisobvaraqlariga ijro hujjatlari boʻyicha qarz summalarni undirish haqida inkasso topshiriqnomalarini qoʻyish;
olib qoʻyilgan mol-mulkni vaqtincha saqlash uchun davlat mulkidagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan, mulkdorning roziligi bilan esa, xususiy mulkdagi binolardan foydalanish, bunday mol-mulkni saqlash majburiyatini tegishli shaxslar zimmasiga yuklash, undiruvchining yoki qarzdorning transportidan mol-mulkni tashish uchun xarajatlarni qarzdor hisobiga kiritgan holda foydalanish;
ijro harakatlari amalga oshirilayotganda asos boʻlgan ijro hujjatidagi talablar noaniq boʻlgan taqdirda, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organga uni ijro etish tartibini tushuntirib berishni soʻrab murojaat etish;
ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslarni chaqirish;
ijro yigʻimlarini, jarimalarni va ijro xarajatlarini undirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdor jismoniy shaxsga, uning mol-mulkiga yoki olib qoʻyilishi lozim boʻlgan bolaga nisbatan qidiruv eʼlon qilish va uni amalga oshirish;
(11-bandning oʻn yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
ijro harakatlarini amalga oshirishda yuzaga kelgan masalalar boʻyicha, shu jumladan, ijro usuli va tartibini oʻzgartirish masalasida sudga yoki boshqa organga ariza bilan murojaat qilish;
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida, zarur hollarda, ichki ishlar organlarining xodimlarini jalb qilish choralarini koʻrish;
ijro hujjatlari talablarini uzrsiz sabablarga koʻra ixtiyoriy ravishda bajarmagan, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan qarzdorlarni maʼmuriy javobgarlikka tortish, shuningdek, sud hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlagan yoki sud hujjatining ijro etilishiga toʻsqinlik qilgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda jinoiy javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 1981-modda va 1982-moddalari, Jinoyat kodeksining 232-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 7-sonli “Sud hujjatlarini bajarishdan boʻyin tovlash hamda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish jarayoniga aralashganlik uchun jinoiy javobgarlikka doir qonunlarni qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarori.
qonunda belgilangan hollarda va tartibda mol-mulkni baholash;
mol-mulkni baholash uchun baholash faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan shaxsni jalb etish;
qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketishiga vaqtincha cheklash belgilash;
maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni yuritish, Byuro vakolatiga taalluqli ishlarni koʻrib chiqish va maʼmuriy jazo qoʻllash;
Byuro vakolatiga taalluqli ishlar boʻyicha tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv oʻtkazish, shuningdek, tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Byuro sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining oʻz vaqtida va toʻliq ijro etilishini taʼminlash, shuningdek yuklatilgan boshqa vazifalarni samarali bajarish uchun javobgardir.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
4-bob. Byuro faoliyatini tashkil etish
13. Byuroga Bosh prokurorning taqdimnomasiga asosan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tayinlanadigan hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimidan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
14. Byuro direktori:
Byuro direktorining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan lavozimiga tayinlanadigan uchta oʻrinbosarlarga, shu jumladan, birinchi oʻrinbosarga ega boʻladi;
maqomi, mehnatga haq toʻlash, tibbiy va transport taʼminoti shart-sharoitlari boʻyicha Bosh prokurorning oʻrinbosariga tenglashtiriladi;
lavozimi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi hisoblanadi;
oʻzining faoliyati boʻyicha Bosh prokurorga boʻysunadi va unga hisobdordir.
15. Yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Byuro direktori:
a) Byuro faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi;
b) Byuro xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimidan ozod etadi;
v) Byuro hududiy tuzilmalari boshliqlarining hisobotlarini eshitadi;
g) Bosh prokurorga quyidagilarni kiritadi (taqdim etadi):
Byuro vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini;
Byuro va uning hududiy tuzilmalarining tashkiliy-shtat tuzilmalariga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni;
ushbu Nizomning 19-bandi ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan shaxslarni lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish toʻgʻrisida taqdimnomalarni;
Byuroning tegishli xodimlariga darajali unvonlarni berish boʻyicha takliflarni;
Byuro xodimlarini ragʻbatlantirish, ularni Oʻzbekiston Respublikasining davlat mukofotlariga tavsiya etish toʻgʻrisidagi taqdimnomalarni;
Byuro faoliyati natijalari haqidagi hisobotni;
d) Byuro va uning hududiy tuzilmalarining shtatlar jadvalini, Byuro markaziy apparati boshqarmalari va boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
 LexUZ sharhi
15-bandning “d” kichik bandiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
e) oʻz vakolatlari doirasida Byuro faoliyatini tashkil etish masalalari boʻyicha barcha xodimlar tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar, koʻrsatmalar va farmoyishlar chiqaradi;
j) ajratilgan mablagʻlar doirasida Byuro xodimlariga ustama haqi, mukofotlar va boshqa ragʻbatlantirishlar toʻlash tartibi va shartlarini qonun hujjatlariga muvofiq belgilaydi;
z) Byuroga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(15-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
k) Byuroning kuch va vositalari samarali taqsimlanishini, shu jumladan, muayyan funksiyalarni bajaradigan xodimlarning Byuroga yuklatilgan boshqa ishlarga jalb etilishini tashkil etadi;
l) Byuro faoliyatiga taalluqli masalalar boʻyicha tezkor yigʻilishlar oʻtkazadi;
m) qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
151. Byuro direktori tashabbuskor va malakali mutaxassislardan iborat doimiy faoliyat yuritadigan, shuningdek davlat organlari va tashkilotlar mutaxassislaridan iborat boshqa belgilangan toʻlovlardan tashqari Byuroning budjetdan tashqari mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan qoʻshimcha ravishda har oylik mehnat haqi fondining (pul taʼminotining) ikki baravarigacha boʻlgan miqdorda haq toʻlanadigan ekspert-tahlil guruhlarini tuzishga haqli.
(151-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
16. Byuro direktori boʻlmagan hollarda uning vakolatlarini Bosh prokurorning buyrugʻiga asosan uning oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
17. Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
18. Byuroning tuman (shahar), tumanlararo boʻlimlari boshliqlari katta davlat ijrochilari, ularning oʻrinbosarlari tegishincha katta davlat ijrochilari oʻrinbosarlari hisoblanadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
19. Lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish:
Oldingi tahrirga qarang.
Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari (bosh inspektorlar bundan mustasno) va uning hududiy boshqarmalari boshliqlari Byuro direktorining taqdimnomasiga binoan Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi;
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari va uning hududiy boshqarmalari boshliqlarining oʻrinbosarlari Bosh prokuratura bilan kelishilgan holda Byuro direktori tomonidan amalga oshiriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro markaziy apparatining boshqa xodimlari, hududiy boshqarmalarning tarkibiy tarmoqlari, tuman (shahar) va tumanlararo boʻlimlari boshliqlari Byuro direktori tomonidan amalga oshiriladi;
(19-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Byuroning tuman (shahar) boʻlimlari boshliqlarining oʻrinbosarlari Byuro direktori bilan kelishilgan holda hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
Byuroning hududiy tuzilmalarining boshqa xodimlari hududiy boshqarmalar boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi.
20. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh davlat ijrochisi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining bosh davlat ijrochilari hamda ularning oʻrinbosarlari, tuman (shahar) katta davlat ijrochilari, shuningdek, Byuroning surishtiruv va maʼmuriy amaliyot boʻlimi boshligʻi Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksiga muvofiq oʻz vakolatlari doirasida surishtiruv organi boshliqlari huquqlariga ega boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Byuroning markaziy apparati va hududiy tuzilmalarning (moliya-xoʻjalik tuzilmalari bundan mustasno) xodimlari oʻz maqomiga koʻra prokuratura organlari xodimlari hisoblanadi.
Maqomiga koʻra prokuratura organlari xodimlari hisoblangan xodimlarga darajali unvonlar beriladi va ular Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq xizmatni oʻtaydilar.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
22. Byuroning daraja unvonlariga ega boʻlgan, xodimlari belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunadagi tegishli xizmat kiyimi va alohida koʻrinishdagi belgilarni kiyadilar.
(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-iyuldagi PQ-4394-son “Davlat organlari xodimlarining formali kiyim-bosh kiyib yurishi tartibini maqbullashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Xizmat kiyimi bilan taʼminlash meʼyorlari Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
22-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilariga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 15-iyuldagi PQ-4394-sonli qaroriga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Xizmat kiyimlari bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
23. Byuro xodimlari oʻz xizmat vazifalarini bajarishlari uchun maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan, Byuroga mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga, boʻyoqlarning rangli grafik sxemalariga ega boʻlgan avtotransport vositalari, shuningdek, boshqa maxsus vositalar bilan taʼminlanadi.
Maxsus avtotransport va maxsus vositalar bilan taʼminlash meʼyorlari Bosh prokuror tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
24. Byuro xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, Jamgʻarma mablagʻlari, shuningdek, qonunda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
25. Byuro talabnomalari, koʻrsatmalari, taqdimnomalari va boshqa hujjatlarining ijrosini bajarmaslik, shuningdek, Byuro faoliyatiga aralashish hamda yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni qonuniy ijro etilishiga toʻsqinlik qilish maqsadida uning xodimlariga har qanday shaklda taʼsir koʻrsatish taqiqlanadi va qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka sabab boʻladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 198-moddasi.
26. Byuroni qayta tashkil etish yoki tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ–3016-son qaroriga
5-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi
Nizom
(5-ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (keyingi oʻrinlarda — Byuro) xizmatga qabul qilish va xizmatni oʻtash, xodimlarga darajali unvonlar berish va ulardan mahrum qilish, ragʻbatlantirish va intizomiy javobgarlikka tortish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Ushbu Nizom talablari Byuroning darajali unvonlar berilishi nazarda tutilgan lavozimlarda xizmat qilayotgan xodimlariga (keyingi oʻrinlarda xodimlar deb yuritiladi) tatbiq etiladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Byuroda xizmatni oʻtashning huquqiy asoslarini Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonuni, ushbu Nizom, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori (keyingi oʻrinlarda Bosh prokuror deb yuritiladi) va Byuro direktorining buyruqlari tashkil qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Byuroda xizmat qilish qonuniylik, inson va fuqaroning huquq va erkinliklarini hurmat qilish hamda ularga rioya etish, ochiqlik, nazorat qilinish va hisobot berish tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
5. Xodimlar prokuratura organlarining oʻquv muassasalari va boshqa oʻquv muassasalarida Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda tayyorgarlik, qayta tayyorgarlik va malaka oshirishni oʻtaydilar.
Oldingi tahrirga qarang.
2-bob. Xizmatga qabul qilish va uni oʻtash
(2-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Byuroda xizmat qilish uchun yurisprudensiya, moliya, iqtisodiyot, va boshqa sohalarda oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotli, sogʻligʻiga koʻra xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir boʻlgan, zarur kasb-kor va maʼnaviy fazilatlarga ega Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinadilar.
Bunda Byuroning davlat ijrochilari lavozimlariga oliy yoki oʻrta maxsus yuridik maʼlumotga ega, ayrim hollarda boshqa mutaxassislikdagi oliy maʼlumotga ega shaxslar, Byuroning boshqa lavozimlariga — oliy yoki oʻrta maxsus maʼlumotli boshqa mutaxassislikka (iqtisodchi, moliyachi, muhandislar va boshqalar) ega shaxslar ham tayinlanadi.
Yuridik maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni davlat ijrochisi lavozimiga xizmatga qabul qilish, alohida hollarda Byuro direktorining yozma ruxsati va Byuroning markaziy apparatida tuzilgan maxsus komissiyaning nomzodni davlat ijrochisi xizmat vazifalarini bajarishga malakasi, kasb mahorati va ish tajribasi muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosasi asosida ruxsat etiladi.
Ushbu bandning uchinchi xatboshisida belgilangan tartib tezkor-qidiruv faoliyati, surishtiruv va maʼmuriy amaliyot faoliyati bilan shugʻullanadigan Byuro tuzilmalarida xizmatni oʻtash uchun nomzodlarga ham tatbiq etiladi.
Byuro organlarida lavozimlarni (shu jumladan rahbar lavozimlarni) egallash uchun mutaxassislik, maʼlumot darajasi va minimal ish tajribaga qoʻyiladigan talablar Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Byuroga xizmatga qabul qilish, tarkibi Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan konkurs komissiyasi tomonidan nomzodlarning ushbu Nizomda belgilangan talablarga muvofiqligini oʻrganish, shu jumladan bilim darajasi, zarur kasb malakasi va ishchanlik qobiliyatini aniqlash maqsadida oʻtkaziladigan konkurs asosida amalga oshiriladi.
Byuroga xizmatga qabul qilishda zimmalariga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon berishini aniqlash maqsadida nomzodlar majburiy tartibda tibbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Xodimlarni xizmatga qabul qilish va lavozimga tayinlash Bosh prokuror, Byuro direktori yoki Byuroning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari (keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarmalar deb yuritiladi) boshliqlarining buyruqlari bilan rasmiylashtiriladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Xizmatga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruq xodimga imzo qoʻydirib eʼlon qilinadi.
9. Agar shaxs:
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa;
sudning qarori bilan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb eʼtirof etilgan boʻlsa;
sudlangan boʻlsa;
Oldingi tahrirga qarang.
nojoʻya xatti-harakatlar sodir etganligi uchun huquqni muhofaza qiluvchi, sud yoki boshqa davlat organlaridan hamda boshqa tashkilotlardan boʻshatilgan shaxslar boʻlsa, Byuroga xizmatga qabul qilinishi mumkin emas.
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Byuroga xizmatga qabul qilinganda xodimlar oʻz xizmat davrida siyosiy partiyalarga aʼzolikni toʻxtatib turadilar.
(9-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Oʻzaro yaqin qarindoshlik yoki quda-andachilikda boʻlgan Byuro xodimlarining (ota-onalar, aka-ukalar, opa-singillar, oʻgʻil va qizlar, er-xotinlar, shuningdek, er-xotinlarning ota-onalari, aka-ukalari, opa-singillari va bolalari), basharti ulardan biri ikkinchisiga bevosita boʻysunib yoki uning nazorati ostida xizmat qiladigan boʻlsa, birgalikda xizmat qilishlari taqiqlanadi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
11. Xodimlar ilmiy, pedagogik va ijodiy faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan faoliyatning biror-bir turi bilan shugʻullanishi mumkin emas. Ular bunday faoliyat bilan faqat asosiy ish vaqtidan boʻsh paytda shugʻullanishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
12. Xodimlarning lavozimlari roʻyxati Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan shtat jadvali bilan belgilanadi.
Byuro faoliyatining ichki tizimini tashkil etish tegishlicha Byuro direktori tomonidan tasdiqlanadigan Reglament hamda hududiy boshqarmalarning Namunaviy reglamenti bilan belgilanadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
13. Xodim birinchi marotaba xizmatga qabul qilinayotganda prokuratura xodimlarining qasamyodini qabul qiladi. Qasamyod Byuroning rahbarlari hozirligida tantanali vaziyatda qabul qilinadi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Qasamyod yakka tartibda qabul qilinadi. Qasamyod qabul qiluvchi shaxs qasamyod matnini ovoz chiqarib oʻqiydi va unga imzo chekadi.
Imzolangan qasamyod matni varagʻi xodimning shaxsiy hujjatlari yigʻmajildida saqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
131. Davlat ijrochisi lavozimiga ilk bor yoki davlat ijrochisi maqomidagi boshqa lavozimga (bosh davlat ijrochisi yoki uning oʻrinbosari lavozimi bundan mustasno) tayinlanayotgan shaxs (Byuro organlarida faoliyat yuritayotgan xodimlar bundan mustasno) ishlashiga Oʻzbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida maxsus oʻquv kursini oʻtaganidan keyin ruxsat beriladi.
(131-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Xodimlar xizmatni oʻtash davrida Bosh prokuror tomonidan tasdiqlanadigan prokuratura organlari xodimlarining kasb odobnomasiga rioya qilishlari shart.
Prokuratura organlari xodimlarining kasb odobnomasi talablarini buzish belgilangan tartibda javobgarlikni keltirib chiqaradi. Mazkur qoidalar buzilishining har bir holati boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.
Xizmat tekshiruvni oʻtkazish davrida Byuro xodimi vaqtinchalik, lekin bir oydan ortiq boʻlmagan muddatga xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilinishi mumkin.
Xizmat tekshiruvini oʻtkazish va Byuro xodimini vaqtinchalik xizmat vazifalarini bajarishdan ozod qilish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
15. Xodimlarining xizmat pogʻonalarida yuqorilab borishi ularning ishchanlik, professional va shaxsiy sifatlari, topshirilgan sohada erishgan natijalariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. Bunda xodimning yuqori lavozimga tayinlanishga roziligi talab qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
16. Korrupsiya va boshqa suiisteʼmolchiliklarning profilaktikasi va ularga yoʻl qoʻymaslik, xodimning shaxsiy va ishchanlik fazilatlarini, uning faoliyati samaradorligini muntazam oʻrganish, shuningdek Byuro faoliyatining turli yoʻnalishlarida malaka va ish tajribasiga ega boʻlgan kadrlar zaxirasini shakllantirish maqsadida xodimlarning rotatsiyasi oʻtkaziladi.
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Byuro xodimlarining rotatsiyasi, qoida tariqasida, egallab turgan lavozimida uch yil oʻtishi bilan oʻtkaziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimlarni rotatsiya qilish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
(16-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Byuro xodimlariga Byuro direktori tomonidan belgilangan shaklda va tartibda xizmat guvohnomalari beriladi.
(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Byuro direktori xizmat guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti imzosi qoʻyilgan holda beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(17-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 3-yanvardagi PF-1-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)
Guvohnoma Byuro xodimining aybi bilan yoʻqotilishi lavozimdagi nojoʻya xatti-harakat hisoblanadi va intizomiy javobgarlikni keltirib chiqaradi. Guvohnoma yoʻqotilishining har bir holati boʻyicha xizmat tekshiruvi oʻtkaziladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Xodimlarni egallab turgan lavozimlariga xizmat boʻyicha muvofiqligini aniqlash maqsadida Byuro direktori tomonidan belgilangan tartibda va muddatlarda attestatsiya oʻtkaziladi.
Lavozimiga Bosh prokurorning buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi tomonidan, lavozimiga Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlarining buyruqlari bilan tayinlanadigan xodimlar esa — tegishlicha Byuro va uning hududiy boshqarmalarining attestatsiya komissiyalari tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Darajali unvonga ega boʻlgan xodimlar xizmat vazifalarini bajarish davrida prokuratura organlari xodimlari uchun tasdiqlangan namunadagi alohida belgili xizmat kiyimi kiyib yuradilar.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasi va 50-moddasining ikkinchi qismi.
Darajali unvonga ega boʻlgan xodimlar bepul xizmat kiyimi bilan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimlarning xizmat kiyimini kiyib yurish tartibi Bosh prokuror tomonidan belgilanadi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Darajali unvonlarga ega boʻlib, pensiyaga chiqishi munosabati bilan xizmatdan boʻshagan xodimlar oʻtkaziladigan tantanalar va rasmiy tadbirlarda alohida belgili xizmat kiyimini kiyib yurish huquqini saqlab qoladi.
 LexUZ sharhi
19-bandning beshinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Xizmat kiyimi bilan taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
3-bob. Darajali unvonlarni berish va mahrum qilish
20. Darajali unvonlar berish xodimlarning ishchanlik va shaxsiy fazilatlarini hisobga olgan holda hamda egallab turgan lavozimi va ish stajiga muvofiq izchil tartibda amalga oshiriladi.
21. Xodimlarga quyidagi darajali unvonlar beriladi:
3-darajali yurist;
2-darajali yurist;
1-darajali yurist;
adliya kichik maslahatchisi;
adliya maslahatchisi;
adliya katta maslahatchisi;
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi;
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi;
Oʻrta maxsus maʼlumotga ega xodimlarga 3, 2 va 1-darajali yurist darajali unvonlari beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Xodimlarga egallab turgan lavozimiga mutanosib ravishda quyidagi darajali unvonlar beriladi:
2-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori;
3-darajali Davlat adliya maslahatchisi — Byuro direktori oʻrinbosarlari;
adliya katta maslahatchisi — Byuro markaziy apparati boshqarma va boʻlim boshliqlari, Byuroning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish markazi direktori (keyingi oʻrinlarda — Markaz), Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari;
adliya maslahatchisi — Byuro direktori yordamchisi, boshqarma va boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlari, Byuroning markaziy apparati bosh surishtiruvchisi, bosh taftishchisi, bosh inspektorlari, Markaz direktori oʻrinbosari, boʻlim boshliqlari, Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari oʻrinbosarlari, Byuro hududiy boshqarmalarining boʻlim boshliqlari, jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot boʻyicha katta inspektorlari, ichki xavfsizlikni taʼminlash shuʼbasi katta inspektorlari, Byuro tuman (shahar) va tumanlararo boʻlim boshliqlari — katta davlat ijrochilari;
adliya kichik maslahatchisi — Byuro markaziy apparati katta surishtiruvchilari, katta inspektorlari, Markaz dasturchilari, maʼmurlari, muhandislari, shuʼba mudirlari, axborot texnologiyalari mutaxassisi, Byuro hududiy boshqarmalarining katta surishtiruvchilari, surishtiruvchilari, katta inspektorlari, inspektorlari, bosh taftishchilari, katta taftishchilari, axborot texnologiyalari mutaxassislari, tuman (shahar) boʻlim boshliqlari oʻrinbosarlari;
1 va 2-darajali yurist — Byuro tuman (shahar) boʻlimlari davlat ijrochilari, surishtiruvchilari, qidiruv boʻyicha katta inspektorlari, murojaatlar bilan ishlash katta inspektorlari;
3-darajali yurist — birinchi marta attestatsiyadan oʻtgan va lavozimga tayinlangan xodimlarga beriladi.
Ushbu Nizomning 67-bandida sanab oʻtilgan xodimlarga lavozimidan qatʼi nazar, darajali unvonlar oʻz vaqtida beriladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
23. Har bir darajali unvonda boʻlishning quyidagi muddatlari belgilanadi:
3-darajali yurist — 2 yil;
2-darajali yurist — 2 yil 6 oy;
1-darajali yurist — 3 yil;
adliya kichik maslahatchisi — 3 yil;
adliya maslahatchisi — 3 yil 6 oy;
2 va 3-darajali Davlat adliya maslahatchisi hamda adliya katta maslahatchisi darajali unvonlarda boʻlishning muddatlari belgilanmaydi.
24. 2 va 3-darajali davlat adliya maslahatchisi darajali unvonlari Bosh prokurorning taqdimnomasiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Boshqa darajali unvonlar Byuro direktorining taqdimnomasiga asosan Bosh prokuror tomonidan beriladi;
(24-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
3-darajali yurist unvoni birinchi marta Byuroga xizmatga qabul qilingan va darajali unvonga ega boʻlmagan xodimlarga attestatsiyadan oʻtganidan soʻng beriladi.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
25. Navbatdagi adliya katta maslahatchisi darajali unvoni, qoidaga koʻra, prokuratura organlari va boshqa davlat organlarining oʻquv muassasalarini rahbarlik lavozimlarini egallash uchun zaxirada turuvchi kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash dasturi boʻyicha yoki magistraturasini boʻyicha muvaffaqiyatli tamomlagan xodimlariga beriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5438-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 06/18/5438/1189-son)
Adliya katta maslahatchisining darajali unvoni, istisno tariqasida fidokorona mehnati va namuna koʻrsatgan xodimlariga alohida xizmatlari uchun ham berilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
26. Boshqa huquqni muhofaza qilish organlaridan va oʻzga tashkilotlardan Byuroga xizmatga oʻtgan xodimlarga darajali unvonlar ularning Byuroda tayinlangan lavozimi, oldingi darajali unvoni yoki ish tajribasi hisobga olingan holda beriladi, qonunchilikda belgilangan holatlar bundan mustasno.
(26-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Ularga navbatdagi darajali unvon ushbu Nizomda nazarda tutilgan tartibda beriladi.
27. Bosh prokuror va Byuro direktori, istisno tariqasida, quyidagi huquqlarga ega:
 LexUZ sharhi
27-bandning birinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
alohida hollarda xodimlariga xizmat majburiyatlarini namunali bajarganligi uchun navbatdagi darajali unvonlarni belgilangan muddatidan avval berish;
yuqoriroq lavozimga tayinlaganda darajali unvonni navbatdan tashqari, lekin xodim egallab turgan darajali unvondan koʻpi bilan ikki pogʻona yuqori darajali unvon berish.
ushbu Nizomda belgilangan tartibda darajali unvonlar berilishi nazarda tutilmagan lavozimlarda ishlayotgan xodimlarga ishda oʻrnak koʻrsatganligi uchun darajali unvonlar berish.
Oldingi tahrirga qarang.
28. Darajali unvonlar berilgan xodimlar mazkur unvonga umrbod ega boʻlib qoladilar. Xodim oʻzini badnom qiladigan qilmishi uchun Byurodan boʻshatilganda darajali unvondan mahrum etilishi mumkin. Xodim oʻz xizmat burchini qoʻpol ravishda buzgan taqdirda yoki noloyiq xulq-atvori uchun uning unvoni pasaytirilishi mumkin.
(28-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
29. Xodimlarni oliy darajali unvonlardan mahrum etish yoki ularning oliy darajali unvonlarini pasaytirish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa darajali unvonlardan mahrum etish yoki unvonni pasaytirish Bosh prokuror, shuningdek vakolat doirasida Byuro direktori tomonidan amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
29-bandning birinchi xatboshisiga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Xodimlarni darajali unvonlardan mahrum etish sudning hukmi boʻyicha ham amalga oshirilishi mumkin.
30. Darajali unvonlarga ega boʻlgan xodimlarga lavozim maoshlariga oylik qoʻshimcha haq toʻlanadi.
4-bob. Ragʻbatlantirish
31. Xodimlar xizmatdagi tashabbuskorligi, tezkorligi, xizmat vazifalarini vijdonan va namunali bajarganliklari uchun ragʻbatlantiriladilar.
32. Ragʻbatlantirishning quyidagi turlari mavjud:
tashakkurnoma;
pul mukofoti;
ilgari berilgan intizomiy jazoni amal qilish muddati tugashidan avval olib tashlash;
faxriy yorliq;
sovgʻa
qimmatbaho sovgʻa;
navbatdan tashqari darajali unvon yoki navbatdagi darajali unvonni belgilangan muddat tugagunga qadar yoxud egallab turgan lavozimidan qatʼi nazar berish;
I, II, III-darajali “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash;
Oldingi tahrirga qarang.
“Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining Faxriy xodimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash.
(32-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Xodimlar, shuningdek:
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh prokuror hamda davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorligʻi;
(32-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
tegishlicha Bosh prokuror, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan prokuratura organlari xodimlari uchun nazarda tutilgan ragʻbatlantirish turlari bilan ragʻbatlantirilishi mumkin.
Xodimlar alohida xizmatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi davlat mukofotlariga taqdim etilishi mumkin.
Ish haqi, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar, ustamalar va mehnatga haq toʻlash tizimida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlar ragʻbatlantirish turlariga kirmaydi.
33. Intizomiy jazosi boʻlgan xodimlar faqat berilgan intizomiy jazoni olib tashlash tariqasida ragʻbatlantirilishlari mumkin.
34. Ragʻbatlantirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
tashakkurnoma eʼlon qilish, pul mukofoti yoki sovgʻa bilan taqdirlash, muqaddam berilgan intizomiy jazoni amal qilish muddatidan avval olib tashlash tegishlicha Bosh prokuror, Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarma boshliqlari tomonidan amalga oshiriladi;
(34-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Qimmatbaho sovgʻa, Faxriy yorliq bilan taqdirlash, navbatdan tashqari darajali unvon yoki navbatdagi darajali unvonni belgilangan muddatdan oldin yoxud egallab turgan lavozimidan qatʼiy nazar berish, “Oʻzbekiston Respublikasi prokuraturasining Faxriy xodimi”, I, II, III darajali “Aʼlo xizmatlari uchun” koʻkrak nishoni, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori hamda Davlat muassasalari va jamoat xizmati xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Faxriy yorligʻi bilan mukofotlash Bosh prokuror tomonidan amalga oshiriladi.
(34-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
35. Ragʻbatlantirish haqida buyruq chiqarilib, xodim ishlayotgan Byuro tuzilmasi xodimlariga eʼlon qilinadi, zarur hollarda esa barcha xodimlar eʼtiboriga yetkaziladi.
(35-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi buyruq nusxasi xodimning shaxsiy hujjatlari yigʻma jildiga qoʻshiladi.
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizomga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoniga asosan 351-band kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
5-bob. Intizomiy jazolar
Oldingi tahrirga qarang.
36. Xodimlarga nisbatan intizomiy jazolar oʻz xizmat vazifalarini bajarmaganligi yoki lozim darajada bajarmaganligi, Byuro xodimi degan nomga dogʻ tushiradigan nojoʻya xatti-harakat sodir etganligi uchun qoʻllaniladi.
(36-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
37. Quyidagilar intizomiy jazolar hisoblanadi:
hayfsan;
oʻrtacha oylik ish haqining ellik foizidan ortiq boʻlmagan miqdordagi jarima;
lavozimda pasaytirish;
darajali unvonni bir pogʻonaga pasaytirish;
xizmat vazifalarini muntazam yoki bir marta qoʻpol ravishda buzganligi uchun xizmatdan boʻshatish.
Quyidagilar xizmat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzish hisoblanadi:
uzrli sabablarsiz progul qilish (shu jumladan, ish kuni mobaynida uch soatdan ortiq xizmatda boʻlmaslik);
xizmatga mast holda kelish, shuningdek ish joyida spirtli ichimliklar isteʼmol qilish;
jinoiy jazolanadigan qilmish yoki nojoʻya xatti-harakat sodir etish;
qasamyodni buzish.
38. Bosh prokuror barcha intizomiy jazo turlarini qoʻllashga haqlidir, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan berilgan darajali unvonlarda pasaytirish bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro direktori, Byuroning hududiy boshqarmalari boshliqlari boʻysunuvidagi xodimlarga nisbatan hayfsan va jarima shaklidagi intizomiy jazolarni qoʻllashlari mumkin. Bundan tashqari, ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan holatlardagi kelishish tartibiga rioya qilgan holda xizmatga qabul qilish va lavozimiga tayinlash oʻz vakolatiga kiruvchi xodimlarning lavozimini pasaytirishi yoxud xizmatdan boʻshatishi mumkin.
(38-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan)
39. Intizomiy jazo qoʻllash masalasini hal etayotgan rahbar sodir etilgan xatti-harakatni shaxsan oʻzi oʻrganib chiqishi shart. Zarur hollarda, xizmat tekshiruvi oʻtkazilishi mumkin.
Intizomiy jazo qoʻllashdan avval xodimdan yozma ravishda tushuntirish xati talab qilib olinishi lozim. Xodimning tushuntirish xati berishdan bosh tortishi uning sodir qilgan nojoʻya xatti-harakati uchun jazo qoʻllashga toʻsiq boʻla olmaydi.
Har bir nojoʻya xatti-harakat uchun faqat bitta intizomiy jazo qoʻllanishi mumkin.
Intizomiy jazo bevosita nojoʻya xatti-harakat aniqlangandan keyin, ammo bu xatti-harakat aniqlangandan boshlab xodimning kasal yoki taʼtilda boʻlgan vaqtini hisobga olmagan holda uzogʻi bilan bir oy ichida qoʻllaniladi.
Nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan boshlab olti oy oʻtganidan, xizmat tekshiruvi natijasida aniqlanganda esa, — sodir etilgan kundan boshlab ikki yil oʻtganidan keyin jazo qoʻllab boʻlmaydi. Jinoyat ishi boʻyicha oʻtkazilgan dastlabki tergov va sud davri bu muddatga kirmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Intizomiy jazo buyruq bilan beriladi va u xodimga maʼlum qilinib, tilxat olinadi hamda uning shaxsiy yigʻmajildiga qoʻshib qoʻyiladi. Intizomiy jazo qoʻllash haqidagi buyruq tegishli tuzilma xodimlariga, zarur hollarda esa Byuroning barcha xodimlariga ham eʼlon qilinishi mumkin.
(39-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Bosh prokuror tomonidan lavozimga tayinlangan xodim intizomiy javobgarlikka tortilgan hollarda, intizomiy jazo qoʻllash haqidagi buyruq nusxasi Bosh prokuraturaga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
40. Bosh prokuror, shuningdek, oʻz vakolati doirasida Byuro direktori intizomiy jazoni bekor qilish, qattiqroq intizomiy jazo qoʻllash yoki uni yengillashtirish huquqiga egadirlar. Agar intizomiy jazo sifatida xizmatdan asossiz boʻshatish qoʻllanilgan boʻlsa, Bosh prokuror yoki Byuro direktori xizmatdan boʻshatishni asossiz deb topib, xodimni ilgarigi lavozimiga tiklash yoki unga teng boshqa lavozimga tayinlash va majburiy progul vaqti uchun, biroq koʻpi bilan bir yildan ortiq boʻlmagan davrga haq toʻlanishi toʻgʻrisida buyruq chiqaradilar.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
41. Xodim intizomiy jazo qoʻllanilgan kundan boshlab bir yil mobaynida qayta intizomiy jazoga tortilmasa, u intizomiy jazo olmagan deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qoʻllanilgan intizomiy jazo bu haqdagi buyruq qabul qilingan kundan kamida olti oy oʻtgach, ushbu jazoni qoʻllagan rahbar, Byuro direktori yoki Bosh prokuror tomonidan, xodim oʻz xizmat vazifasini vijdonan bajarib, xizmatda oʻrnak koʻrsatsa, muddatidan ilgari olib tashlanishi mumkin.
(41-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
42. Intizomiy jazo mavjudligi xodimning lavozim boʻyicha yuqori koʻtarilishiga yoki unga darajali unvon berilishiga, shuningdek, rahbarlik lavozimlari uchun zaxiraga kiritilishiga (boʻlishiga) toʻsqinlik qiluvchi holat hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
43. Intizomiy jazoni qoʻllash borasida vakolat doirasidan chetga chiqqan yoki lozim boʻlgan hollarda jazo qoʻllamagan Byuro direktori va hududiy boshqarmalar boshliqlari belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(43-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
44. Xodim qoʻllanilgan intizomiy jazo ustidan Bosh prokurorga yoki Byuro direktoriga buyruq eʼlon qilingandan keyin ikki haftalik muddatda shikoyat qilishi mumkin.
(44-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Shikoyat kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun muddatda, qoʻshimcha tekshiruv oʻtkazish zarur boʻlgan hollarda esa bir oydan kechikmay koʻrib chiqiladi.
Shikoyat bilan murojaat qilinishi intizomiy jazo ijrosini toʻxtatib qoʻymaydi.
 LexUZ sharhi
Mazkur Nizomga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoniga asosan 441-band kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
45. Xodimlar davlat himoyasida boʻladi.
Xizmat vazifasini bajarish vaqtida xodimni ushlab turishga, shaxsiy tintuv oʻtkazishga, uning narsalarini va foydalanayotgan transportini koʻzdan kechirishga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimlarga, shuningdek xizmatdan boʻshatilgan shaxslarga nisbatan ularning Byuroda xizmat vazifalarini bajarish jarayonida sodir etgan qilmishlari uchun jinoyat ishi qoʻzgʻatish masalasi Bosh prokuror, uning oʻrinbosarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan vakolatlari doirasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
(45-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6-bob. Kadrlar zaxirasi
(6-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
46. Byuroda kadrlar zaxirasi shakllantiriladi.
(46-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Kadrlar zaxirasini shakllantirishdan asosiy maqsad Byuroga zarur kasbiy fazilatlarga ega boʻlgan shaxslarning xizmatga qabul qilinishi, rahbarlik lavozimlariga yuklatilgan vazifalarni professional va samarali amalga oshirish uchun boshqaruvchilik qobiliyatiga ega xodimlar taqdim etilishini taʼminlash, shuningdek ularni tarbiyalash, oʻqitish va joy-joyiga qoʻyishdan iborat.
(46-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Kadrlar zaxirasini shakllantirish va u bilan ishlash kollegiallik va xolislik tamoyillariga asosan amalga oshiriladi.
47. Quyidagilar kadrlar zaxirasini shakllantirish va u bilan ishlash faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari hisoblanadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Byuroga ushbu Nizom bilan belgilangan talablarga javob beradigan shaxslarni xizmatga qabul qilish;
(47-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xodimlarning nazariy bilimlari, amaliy va axborot-tahlil koʻnikmalarini yuksaltirish, ishchanlik va professional sifatlarini takomillashtirish, ularni yuridik, moliya, iqtisodiy, qishloq xoʻjaligi, texnikaviy taʼlim, tezkor-qidiruv faoliyati va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining zamonaviy yutuqlari bilan tanishtirish;
(47-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
yuqori lavozimlar uchun masʼuliyatli, malakali hamda kasbiy tayyorgarlikka ega xodimlarni tanlab olish va ularni kadrlar zaxirasiga kiritish;
kadrlar zaxirasiga kiritilgan xodimlarni qayta tayyorlash va tarbiyalash, shuningdek ularda boshqaruvchilik qobiliyatlarini shakllantirish;
xodimlarning xizmat pogʻonalarida yuqorilab borishini tizimli rejalashtirish va tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro tizimidagi yuqori lavozimlarga, qoida tariqasida, kadrlar zaxirasida turgan xodimlar tayinlanadi.
(47-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
48. Rahbar kadrlar zaxirasiga kiritish uchun mezon boʻlib, Byuro tizimidagi rahbarlik lavozimlarida yuklatilgan vazifalarni bajara olish uchun zarur koʻnikma va sifatlarga egaligi hisoblanadi.
Bunda Byuro direktori oʻrinbosarlari, hududiy boshqarmalari boshliqlari, shuningdek Byuroning markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari rahbarlari lavozimlari uchun kadrlar zaxirasiga yuklatilgan xizmat vazifalarini vijdonan bajarayotgan, keng dunyoqarashga, nazariy bilimga, ijobiy shaxsiy va ishchanlik sifatlariga, turli lavozimlarda amaliy ish tajribasiga, tashkiliy-tahliliy qobiliyatga, qatʼiyatlilik, prinsipiallik va masʼullik hissiga ega xodimlar kiritiladi.
(48-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
49. Kadrlar zaxirasiga nomzodlar Byuro direktori, uning oʻrinbosarlari, Byuro markaziy apparati tarkibiy tarmoqlari rahbarlari va hududiy boshqarmalar boshliqlari, shuningdek prokuratura organlari, Byuro attestatsiya komissiyalari tomonidan taqdim etiladi.
Masʼuliyatli, malakali va tajribali xodimlarning xizmat pogʻonasida yuqorilab borishini taʼminlash maqsadida Byuroning kadrlar boshqarmasi tomonidan ichki xavfsizlikni taʼminlash boshqarmalari va Byuroning boshqa tuzilmalari bilan birgalikda kadrlar zaxirasiga nomzodlarni xolisona tanlash, ularni oʻrganish hamda kasbga tizimli ravishda tayyorlash amalga oshiriladi.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
50. Kadrlar zaxirasi bilan ishlash tizimli asosda, mavjud vakansiyalardan qatʼi nazar olib boriladi. Rahbarlik lavozimlariga zaxira tarkibi yiliga kamida bir marotaba shakllantiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro va uning hududiy boshqarmalarining rahbar lavozimlariga kadrlar zaxirasi tegishlicha Byuro va uning hududiy boshqarmalarining hayʼatlarida tasdiqlanadi.
(50-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
51. Kadrlar zaxirasini shakllantirishga masʼul boʻlgan shaxslar kadrlar zaxirasiga nomzodlarni taqdim etish boʻyicha ishlarning toʻgʻri tashkillashtirilishi va uning xolisona shakllantirilishi uchun toʻliq javobgardirlar.
52. Kadrlar zaxirasini shakllantirish va u bilan ishlash ushbu Nizom va Bosh prokurorning buyruqlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
7-bob. Xodimlarning moddiy va ijtimoiy taʼminoti
Oldingi tahrirga qarang.
53. Xizmat vazifalarini bajarishda Byuro xodimlari xizmat, shu jumladan maxsus avtotransport hamda maxsus vositalar bilan taʼminlanadilar.
(53-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Xizmat, shu jumladan, maxsus avtotransport va maxsus vositalar bilan taʼminlash meʼyorlari Bosh prokuror tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
54. Xodimlarning pul taʼminoti mansab maoshi, darajali unvon uchun har oylik qoʻshimcha toʻlovlar, koʻp yillik xizmat uchun toʻlanadigan ustamalardan hamda qonunchilik va idoraviy hujjatlarda nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat.
Koʻp yillik xizmati uchun ustamani hisoblash huquqini beruvchi maxsus staj Bosh prokurorning buyrugʻi bilan tasdiqlangan va Oʻzbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishilgan Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlarining darajali unvonga ega boʻlgan xodimlarga koʻp yillik xizmati uchun ustamalar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan qoidalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.
Oldingi tahrirga qarang.
55. Byuro xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish budjetdan ajratiladigan mablagʻlar, Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari, shuningdek qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan Bosh prokuror tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(55-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
56. Xodimlarga davomiyligi oʻttiz kalendar kundan iborat haq toʻlanadigan yillik taʼtil beriladi. Oʻn yildan ortiq ish stajiga ega boʻlgan xodimlarga davomiyligi besh kalendar kun, oʻn besh yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga davomiyligi oʻn kalendar kun, yigirma yildan ortiq ish stajiga ega boʻlganlarga esa davomiyligi oʻn besh kalendar kun haq toʻlanadigan qoʻshimcha taʼtil beriladi.
(56-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Xodimlarni navbatdagi yillik taʼtildan chaqirib olishga xizmat boʻyicha oʻta zarur hollarda xodimning roziligi bilan yoʻl qoʻyiladi. Taʼtilning foydalanilmay qolgan qismi keyingi vaqtga oʻtkaziladi.
Xodimlar soni yoki shtati qisqarganligi munosabati bilan (tashkiliy-shtat tadbirlari), kasalligi tufayli yoki pensiyaga chiqishi sababli ishdan boʻshatilgan xodimlarga ularning xohishiga koʻra, haq toʻlanadigan navbatdagi yillik mehnat taʼtili beriladi, undan foydalanilmagan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq pullik kompensatsiya toʻlanadi.
Xizmat oʻtashni tugatgan xodimga foydalanilmagan barcha yillik asosiy va qoʻshimcha taʼtillar uchun pullik kompensatsiya toʻlanadi.
57. Xodimlarga oilaviy sharoit, shuningdek, boshqa uzrli sabablarga koʻra ish haqi saqlanmagan holda, navbatdagi yillik taʼtil hisobiga kirmaydigan, qisqa muddatli taʼtil berilishi mumkin.
58. Yashash sharoitini yaxshilashga muhtoj boʻlgan xodimlarga belgilangan tartibda ijtimoiy-moddiy yordam beriladi.
59. Xodimlarning pensiya taʼminoti qonunda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuni.
60. Xodimlar va ularning oila aʼzolari, shuningdek, pensiyaga chiqishi munosabati bilan xizmatdan boʻshatilgan xodimlar Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tibbiy muassasalarida tibbiy xizmatdan bepul foydalanish huquqiga ega.
61. Xodimlar xizmat safarlariga yuborilganida barcha turdagi transport vositalariga yoʻl chiptalari hamda mehmonxonada joylarni band qilish va navbatsiz olish huquqidan foydalanadilar.
62. Xodimlarning hayoti va sogʻligʻining majburiy davlat sugʻurtasi, belgilangan tartibda, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
8-bob. Xizmat oʻtashni tugatish
(8-bob nomi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
63. Byuroda xizmatni oʻtash xodim ishdan boʻshatilganda tugatiladi.
(63-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Xizmatni oʻtash:
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh prokuror, Byuro direktori va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tashabbusi bilan.
(63-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
xodimning tashabbusi bilan;
taraflarning ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan hollarda tugatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Bosh prokuror, Byuro direktori va hududiy boshqarmalari boshliqlarining tashabbusi bilan xizmat oʻtashni tugatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
(63-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
xizmatni tashkil etishdagi oʻzgarishlar, xodimlar (shtatlar) sonining qisqarishi yoki xizmat xususiyatining oʻzgarishi;
xodimning malakasi yetarli boʻlmaganligi yoki sogʻligʻi holatiga koʻra bajarayotgan ishiga noloyiqligi sababli;
xodim tomonidan oʻz xizmat vazifalarini muntazam ravishda buzilishi. Xizmat vazifalarini muntazam ravishda buzish deb xodim ilgari sodir etgan xizmat vazifalarining buzganligi uchun intizomiy jazoga tortilgan kundan eʼtiboran bir yil mobaynida intizomiy qoidabuzarlikni takroran sodir etishi hisoblanadi (agar jazo muddatidan ilgari olib tashlangan boʻlmasa);
xodim tomonidan xizmat vazifalarini bir marta qoʻpol ravishda buzish;
ushbu Nizomning 11-bandida koʻrsatilgan faoliyatni xodimga ogohlantirish qilinganidan keyin ham davom ettirishi;
Oldingi tahrirga qarang.
xodimning Byuroda xizmatda boʻlishining eng yuqori yoshiga yetishi;
(63-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
xodimning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotishi;
xodimning shaʼni va obroʻsiga putur yetkazuvchi nomunosib yoxud nojoʻya xatti-harakat sodir etishi.
Xizmatni oʻtashni taraflar ixtiyoriga bogʻliq boʻlmagan holatlar boʻyicha bekor qilinishiga quyidagilar asos boʻladi:
xodimning boshqa ishga, shu jumladan saylab qoʻyiladigan lavozimga oʻtishi;
xodim harbiy xizmatga chaqirilishi;
shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning xizmatga tiklanishi;
xodimning vafot etishi, uni bedarak yoʻqolgan deb topilishi yoki vafot etgan deb eʼlon qilinishi;
qonunda nazarda tutilgan boshqa holatlar.
64. Xodimlarning xizmatda boʻlish yoshining chegarasi erkaklar uchun 60 va ayollar uchun 55 yosh etib belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Xizmatda boʻlish yoshining chegarasiga yetgan, yuqori kasbiy tayyorgarlik va egallab turgan lavozimida katta amaliy ish tajribasiga ega, zimmasiga yuklanadigan xizmat vazifalarini bajarishga sogʻligʻi imkon beradigan xodim oʻz vakolatlari doirasida Bosh prokuror yoki Byuro direktorining roziligi bilan Byuroda xizmatni davom ettirishi mumkin.
(64-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
65. Xodim egallab turgan lavozimidan ozod qilinganda oxirgi xizmat joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi saqlangan holda kadrlar tarmoqlari ixtiyorida qoladi. Uni kelgusida lavozimga tayinlash yoki boʻshatish masalasi, egallab turgan lavozimdan ozod qilish haqidagi buyruq chiqarilgan vaqtdan boshlab bir oydan kech boʻlmagan muddat ichida hal etilishi lozim (xodimning mehnatga vaqtincha qobiliyatsizlik davri bu muddatga kirmaydi).
Oldingi tahrirga qarang.
66. Pensiyaga chiqqan xodimlarga Bosh prokuror tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha pensiya guvohnomasi beriladi.
(66-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
67. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzoligiga saylangan (tayinlangan) yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati etib saylangan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining lavozimga tayinlash yoki tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarori yoki taqdimnomasiga asosan davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga oʻtgan yoxud Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, rais oʻrinbosari, viloyat, Toshkent shahar, tuman (shahar) hokimi yoki hokim oʻrinbosari lavozimiga tayinlangan va tasdiqlangan xodim Bosh prokurorning buyrugʻi bilan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Alohida hollarda, boshqa ishga oʻtgan xodim Bosh prokuraturaning attestatsiya komissiyasi taklifiga asosan Bosh prokuror tomonidan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilishi mumkin.
(67-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Xodimning ushbu bandda koʻrsatilgan faoliyat muddati navbatdagi darajali unvonni berish huquqini beruvchi, koʻp yillik xizmati uchun toʻlanadigan ustamani toʻlash, pullik taʼminot okladini belgilash yoki pensiya tayinlash uchun Byurodagi xizmat stajiga qoʻshiladi.
(67-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
68. Ushbu Nizomning 67-bandida koʻrsatilgan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan xodimlar, ular saylangan yoki tayinlangan organlardagi mehnat sharoitlarini hisobga olgan holda, Byuro xodimlari uchun belgilangan barcha imtiyozlar, moddiy va ijtimoiy muhofaza qilish choralaridan foydalanadilar.
Ushbu Nizomning 67-bandida koʻrsatilgan prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan xodimlarga ushbu Nizomning 3-bobida belgilangan tartibda darajali unvonlar, shuningdek Bosh prokuror tomonidan belgilangan shaklda prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasi xodimi guvohnomasi beriladi.
Soliq va moliyaviy imtiyozlar, shuningdek, boshqa moddiy afzalliklarning qoʻllanilishi Byuro xodimi saylangan yoki tayinlangan organ tomonidan unda amalda boʻlgan lavozim boʻyicha maoshi va boshqa toʻlovlar miqdori saqlangan holda amalga oshiriladi
Shu bilan birga, bunday xodimlarga darajali unvonlari, koʻp yillik xizmat staji hamda Byuro xodimlari uchun belgilangan mehnatning alohida sharoitlari uchun hisoblanadigan oʻrtacha oylik ustamalar toʻlanadi.
(68-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
69. Amaldagi kadrlar zaxirasiga oʻtkazilgan xizmat oʻtashni tugatgan xodimlar, shuningdek, ularning oila aʼzolari bevosita Byuroda xizmat oʻtashni tugatgan shaxslar va ularning oila aʼzolari kabi huquqlar, imtiyozlar va afzalliklardan foydalanadilar.
Oldingi tahrirga qarang.
691. Ushbu Nizomning 67 — 69-bandlarining amal qilishi xodimlarga ular prokuratura organlarining amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan paytdan boshlab tatbiq etiladi.
(691-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-maydagi PQ-3699-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son)
Oldingi tahrirga qarang.
70. Amaldagi kadrlar zaxirasiga kiritilgan va unda boʻlgan xodimlarga ularning boshqa davlat organlaridagi vakolat muddatlari tugaganidan soʻng, muqaddam Byuroda egallagan yoki unga teng lavozim berilishi kafolatlari taʼminlanadi, xodimning egallab turgan lavozimiga noloyiqligi yoki sogʻligʻi holatiga yoxud mehnat (xizmat) majburiyatlarini bajarmaganligi uchun mehnat faoliyati tugatilgan hollar bundan mustasno
(70-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
71. Ishdan noqonuniy boʻshatilgan, boshqa lavozimga oʻtkazilgan, darajali unvondan mahrum etilgan xodimlar muqaddam egallagan lavozimiga va darajali unvonida qayta tiklanadi. Muqaddam egallagan lavozimiga tayinlashning imkoni boʻlmaganida xodimlar boshqa teng lavozimga tayinlanadi.
Ishga tiklangan xodimlarning majburiy progul vaqti ularga koʻp yillik xizmati uchun toʻlanadigan ustamani hisoblash hamda navbatdagi darajali unvonni berish uchun ish stajlarida hisobga olinadi.
 LexUZ sharhi
71-bandga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 15-fevraldagi PF-5343-sonli Farmoniga asosan oʻzgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
72. Byuro va uning xodimlari oʻrtasidagi mehnat nizolari Bosh prokuror va Byuro direktori tomonidan koʻrib chiqilishi mumkin.
(72-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosida xizmatni oʻtash toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining darajali unvonlarga ega boʻlgan xodimlari mansab maoshlariga alohida mehnat sharoitlari uchun har oylik ustamalar
MIQDORLARI

Boʻlinmalarning nomlanishi

Mansab maoshiga ustamalarning miqdori (foizlarda)

Markaziy apparat

50

Toshkent shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning boshqarmalari

50

Tuman (shahar) va tumanlararo boʻlimlari

50

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
6-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi markaziy apparati xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Razryadlar

Byuro direktori

19

Byuro direktorining birinchi oʻrinbosari*

Byuro direktorining oʻrinbosari*

Boshqarma boshligʻi**

18

Boʻlim boshligʻi**

17

Bosh, hisobchi

17

Bosh: surishtiruvchi, taftishchi, inspektor, Byuro direktorining yordamchisi

15

Katta: surishtiruvchi, taftishchi, inspektor

14

* Byuro direktorining birinchi oʻrinbosariga Byuro direktori stavkasidan — 3%, Byuro direktorining oʻrinbosariga — 5% kam miqdorda.
** Byuro boshqarma va boʻlim boshligʻi oʻrinbosariga boshqarma va boʻlim boshligʻi stavkasidan 5% kam miqdorda.
(6-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ–3016-son qaroriga
7-ILOVA
Majburiy ijro byurosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Viloyatlar guruhlari boʻyicha razryadlar

guruhdan tashqari

1-guruh

2-guruh

3-guruh

Boshqarma boshligʻi

18

17

16

16

Boshqarma boshligʻining oʻrinbosari*

Boʻlim boshligʻi, bosh hisobchi

17

16

15

15

Bosh taftishchi

14

14

14

14

Katta: surishtiruvchi, taftishchi, inspektor

13

13

13

13

Surishtiruvchi, inspektor

12

12

12

12

Bosh mutaxassis

11

11

11

11

Yetakchi mutaxassis

10

10

10

10

I-toifali mutaxassis

9

9

9

9

Hisobchi-kassir

8

8

8

8

* Hududiy boshqarmaning boshligʻi oʻrinbosariga hududiy boshqarma boshligʻi stavkasidan 5% kam miqdorda.

Guruhdan tashqari

1-guruh

2-guruh

3-guruh

Toshkent shahri

Qoraqalpogʻiston Respublikasi,

Buxoro viloyati, Navoiy viloyati,

Jizzax viloyati, Sirdaryo viloyati

Andijon viloyati,

Namangan viloyati,

Qashqadaryo viloyati,

Surxondaryo viloyati,

Samarqand viloyati,

Xorazm viloyati

Toshkent viloyati,

Fargʻona viloyati

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ–3016-son qaroriga
8-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Byuroning shaharlar, Toshkent shahar tumanlari va tumanlararo boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Shaharlar va tumanlar guruhlari boʻyicha razryadlar

Guruhdan tashqari**

1-guruh

2-guruh

Boʻlim boshligʻi — katta davlat ijrochisi

15

15

14

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari*

Davlat ijrochisi

14

14

13

depozit boʻyicha mutaxassis

12

12

12

* Byuro shahar boʻlimi boshligʻining oʻrinbosariga boʻlim boshligʻi stavkasidan 5% kam miqdorda.
** Byuroning Toshkent shahar tumanlari, shuningdek tumanlararo boʻlimlari guruhdan tashqari toifaga tegishli.

1-guruh

2-guruh

Andijon shahri,

Guliston shahri,

Buxoro shahri,

Jizzax shahri,

Qarshi shahri,

Termiz shahri,

Navoiy shahri,

Urganch shahri

Namangan shahri,

Nukus shahri,

Samarqand shahri,

Fargʻona shahri.

(8-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ–3016-son qaroriga
9-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Byuro tuman (shahar) boʻlimlari xodimlarining Yagona tarif setkasi boʻyicha mehnatga haq toʻlash
RAZRYADLARI

Lavozimlar nomi

Razryadlar

Boʻlim boshligʻi—katta davlat ijrochisi

14

Boʻlim boshligʻi oʻrinbosari*

Davlat ijrochisi

13

Depozit boʻyicha mutaxassis

12

* Byuro tuman (shahar) boʻlimi boshligʻining oʻrinbosariga boʻlim boshligʻi stavkasidan 5% kam miqdorda.
(9-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-noyabrdagi PF-6118-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-maydagi PQ-3016-son qaroriga
10-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 31-avgustdagi PQ-458-sonli qarori 2-bandining toʻrtinchi xatboshi, 4-bandi hamda uning 1-ilovasi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud departamentining sud qarorlarini ijro etish, moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 1-noyabrdagi PQ-722-sonli qarori 7-ilovasining ilovasi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarorining 6-bandi hamda uning 4 — 6-ilovalari.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasidan foydalanganlik uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 1-noyabrdagi 511-sonli qarori 1-bandining ikkinchi — toʻrtinchi xatboshilari (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 11-son, 103-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamenti organlarida xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni hamda Sud ijrochilarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 10-iyuldagi 195-sonli qarori 1-bandining ikkinchi xatboshi hamda uning 1-ilovasi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 22-son, 425-modda, 25-son, 531-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 10.05.2018-y., 06/18/5438/1189-son, 11.05.2018-y., 07/18/3699/1184-son, 23.11.2018-y., 06/18/5580/2202-son; 27.11.2019-y., 06/19/5883/4074-son, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 25.11.2020-y., 06/20/6118/1562-son; 04.01.2024-y., 06/24/1/0001-son)