1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
LexUZ sharhi
Mazkur Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 20-yanvardagi OʻRQ-400-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan tasdiqlangan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I boʻlim. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi bilan tartibga solinadigan munosabatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni va transport vositalarini olib oʻtish, bojxona toʻlovlarini undirish, bojxona rasmiylashtiruvi, bojxona nazoratini amalga oshirish, shuningdek bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish hollarining oldini olish, ularni aniqlash va ularga chek qoʻyish tartibini belgilash bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga soladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan va boshqa qonun hujjatlaridan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining vaqt boʻyicha amal qilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ishida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini va boshqa hujjatlarni qabul qilib olgan kuni amalda boʻlgan qonun hujjatlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega emas va agar ushbu moddada boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlikni bekor qiladigan yoki yengillashtiradigan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini bekor qilish, bojxona toʻlovlari stavkalarini kamaytirish, tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining majburiyatlarini bekor qilish yoki ularning ahvolini boshqacha tarzda yengillashtirishni nazarda tutuvchi bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari orqaga qaytish kuchiga ega boʻlishi mumkin, agar bu bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan boʻlsa, bundan ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari, agar hujjatlarning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik bojxonaga oid huquqbuzarlik sodir etilgan kunda amalda boʻlgan qonun hujjatlari asosida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-modda. Tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi huquqlarining ustuvorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlaridagi barcha bartaraf etib boʻlmaydigan qarama-qarshiliklar va noaniqliklar tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisining foydasiga talqin qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining quruqlikdagi hududi, hududiy va ichki suvlari hamda ular ustidagi havo hududi Oʻzbekiston Respublikasining bojxona hududini (bundan buyon matnda bojxona hududi deb yuritiladi) tashkil etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida erkin bojxona zonalari va erkin omborlar boʻlishi mumkin, ularning hududlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, bojxona hududidan tashqarida joylashgan deb qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududi sarhadlari, shuningdek erkin bojxona zonalarining va erkin omborlarning tegralari Oʻzbekiston Respublikasining bojxona chegarasi hisoblanadi (bundan buyon matnda bojxona chegarasi deb yuritiladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6-modda. Bojxona maqsadlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona maqsadlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona chegarasi orqali tovarlar va transport vositalarini olib oʻtish, tovarlarni tashish, saqlash va qayta ishlashda bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari oʻz vaqtida va toʻgʻri toʻlanishini taʼminlash;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning VIII boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 10-noyabrdagi 01-02/8-51-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3343, 27.12.2021-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy siyosat choralariga, bojxona rejimlarining talablari va shartlariga rioya etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7-modda. Vakolatli shaxs
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq vakolatlarga ega boʻlgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi shaxs vakolatli shaxsdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan tashkilot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlatning qonun hujjatlariga muvofiq tashkil etilgan chet el tashkiloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining, chet davlatning qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomaga muvofiq tashkil etilgan xalqaro tashkilot yuridik shaxs hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet davlatlar fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar (yakka tartibdagi tadbirkorlar) jismoniy shaxslar hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9-modda. Tovarning kuzatuv hujjatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat va transport hujjatlari tovarning kuzatuv hujjatlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat hujjatlari jumlasiga hisobvaraq-faktura (invoys), yuklab joʻnatish va oʻrov varaqlari hamda tashqi savdo faoliyati va oʻzga faoliyat amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib oʻtish bilan bogʻliq bitimlar tuzilganligini tasdiqlash uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 25-iyundagi 522-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzaro hisob-kitoblar tizimida elektron shakldagi hisobvaraq-fakturalardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport hujjatlari jumlasiga konosament, yuk xati yoki tovarlarni tashish shartnomasi borligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjat kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10-modda. Tovarning oʻzgarmas holati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning oʻzgarmas holati tovar bojxona rejimiga joylashtirilayotgan paytdagi barcha xossalarining bojxona rejimi amal qilishining tugallanish paytida oʻsha hajmlarda but saqlanib qolishidir, bundan tovarning tabiiy tarzda eskirishi yoki uni tashish va (yoki) saqlashning normal sharoitlarida kamayishi oqibatida roʻy bergan oʻzgarishlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11-modda. Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi qayta ishlash jarayonida ishlatiladigan tovarlar miqdorining bitta birligidan ishlab chiqarish jarayoniga muvofiq olinadigan qayta ishlangan mahsulotlarning mutlaq qiymatdagi yoki foiz nisbatidagi miqdori hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12-modda. Tovarning but saqlanishini taʼminlashga doir operatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning but saqlanishini taʼminlashga doir operatsiyalar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tozalash, shamollatish, quritish, shu jumladan iliq havoni vujudga keltirib quritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlashning maqbul harorat rejimini yaratish, shu jumladan sovutish, muzlatish, isitish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya oʻroviga oʻrash, himoyalovchi moyni va konservantlarni surtish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zanglashdan himoya qilish uchun boʻyash, muhofazalovchi moddalar bilan ihotalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korroziyaga qarshi qoplama surtish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, tovarning but saqlanishini taʼminlashga doir operatsiyalar jumlasiga qonun hujjatlariga muvofiq boshqa turdagi operatsiyalar ham kiritilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qogʻozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari, transport vositasi tovar hisoblanadi, bundan ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan transport vositasi mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan tovar yoxud bojxona hududida erkin muomalaga chiqarilgan yoki ushbu Kodeksga muvofiq shunday maqomga ega boʻlgan tovar Oʻzbekiston tovaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni va yoʻlovchilarni tashish uchun foydalaniladigan vosita transport vositasidir. Transport vositasi har qanday suv kemasini, havo kemasini, avtotransport vositasini, temir yoʻl transport vositasini (temir yoʻlning harakatdagi tarkibini, temir yoʻl harakatdagi tarkibining bir qismini) yoki konteynerni, shuningdek ularning oʻz konstruksiyasiga muvofiq texnik pasportlarida yoki texnik formulyarlarida nazarda tutilgan ehtiyot qismlarni, anjomlarni va uskunalarni, suyuqlik saqlash idishlaridagi yoqilgʻi-moylash materiallarini, sovutuvchi va boshqa xil texnik suyuqliklarni, agar ular mazkur transport vositalari bilan birga tashilayotgan boʻlsa, oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14-modda. Yengib boʻlmas kuch taʼsiri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tabiat hodisalari (zilzilalar, yer koʻchishlari, dovullar, qurgʻoqchiliklar va hokazo) yoki yuridik va jismoniy shaxslarning xohish-irodasi hamda xatti-harakatlariga bogʻliq boʻlmagan boshqa holatlar sababli kelib chiqqan, shuning oqibatida mazkur shaxslar qabul qilgan majburiyatlarini bajara olmaydigan favqulodda va oldini olib boʻlmaydigan, kutilmagan holatlar yengib boʻlmas kuch taʼsiri hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15-modda. Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda qoʻllaniladigan boshqa tushunchalar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona brokeri — bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirigʻiga binoan va uning nomidan shartnoma asosida amalga oshiradigan, Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsi;
(15-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ishi — iqtisodiy, tartibga solish va huquqni muhofaza qilish maqsadlariga erishishga qaratilgan, bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlaydigan usullar va vositalar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hamrohligida kuzatib borish — avtotransport vositalarining bojxona organlari tomonidan bojxona nazorati ostida kuzatib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona operatsiyasi — tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona organlarining mansabdor shaxsi va (yoki) vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rejimi — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarining maqomini bojxona maqsadlari uchun belgilovchi qoidalar majmui;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalash — bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi zarur maʼlumotlarni bojxona organlariga maʼlum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiy siyosat choralari — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirishga va ushbu hududdan olib chiqishga doir cheklovlar boʻlib, ular kvota belgilashni, litsenziyalashni, shuningdek mamlakat iqtisodiyotining jahon xoʻjaligi bilan oʻzaro hamkorligini tartibga solishning boshqa chora-tadbirlarini oʻz ichiga oladi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 81, 105-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Tashqi iqtisodiy faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi — bojxona nazorati ostida turgan tovarlar tashilishini amalga oshiruvchi yoki transport vositasidan foydalanish uchun masʼul shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar turkumi — bitta oluvchining manziliga bitta transport hujjati boʻyicha kelayotgan yoki bitta pochta yuk xati bilan joʻnatilayotgan yoxud bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan bitta jismoniy shaxsning qoʻl yukida va bagajida olib oʻtilayotgan tovar yoki uning bir qismi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish yoxud ushbu hududdan olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni chiqarib yuborish — bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini yakunlovchi va maʼlum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini ifodalovchi harakati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk operatsiyalari — bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish, yuklash, tushirish, qayta yuklash, ularning buzilgan oʻrovlarini toʻgʻrilash, ularni oʻrash, qayta oʻrash va tashish uchun qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi (bojxona organlarining axborot tizimi) — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ularga doir hujjatlar va maʼlumotlarning kiritilishini, hisobga olinishini hamda monitoring qilinishini nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining avtomatlashtirilgan tizimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bevosita bojxona chegarasi orqali olib oʻtishga qaratilgan harakatlar jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxsning bojxona nazorati zonasiga kirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining bojxona chegarasini kesib oʻtish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtkazish punktiga kirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududiga yoʻllash yoki ushbu hududdan tashqariga joʻnatish uchun tovarlarni transport tashkilotlariga yoxud xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini pochta aloqasi operatorlari va provayderlariga topshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning qonun hujjatlariga muvofiq belgilanmagan joylardan tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bojxona chegarasini amalda kesib oʻtishga qaratilgan harakatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga olib kirish shartlari tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bojxona chegarasini amalda kesib oʻtishdan hamda ushbu tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan keyingi barcha harakatlarni ular bojxona organlari tomonidan chiqarib yuborilguniga qadar amalga oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi ularni tayinlangan bojxona organi joylashgan yerga yoki boshqa joyga ushbu Kodeksning 218-moddasida belgilangan muddatlarda yetkazib berishi shart. Bunda tovarlarning holatini oʻzgartirishga yoki ularning oʻrovini buzishga, shuningdek qoʻyilgan plombalarga, muhrlarga va bojxona identifikatsiyasining boshqa vositalariga shikast yetkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona deklaratsiyasini berish yoki ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini mazkur hududdan bevosita olib chiqishga qaratilgan boshqa harakatlarni amalga oshirish, shuningdek tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan keyingi barcha harakatlarni ular amalda bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar bajarish tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish shartlari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxona hududidan olib chiqishga ular ushbu Kodeksga muvofiq olib chiqilayotgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tegishli bojxona rejimiga joylashtirilganidan soʻng yoʻl qoʻyiladi. Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona nazoratidan oʻtkazilmasdan mazkur hududdan olib chiqilishi mumkin emas. Bojxona nazorati tashuvchining tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqish niyati borligidan oldindan xabardor qilish asosida bojxona organi tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasini hamda valyuta boyliklarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari olib kirilishidan (olib chiqilishidan) bojxona organlarini xabardor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organini bojxona chegarasini kesib oʻtishidan xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar ular toʻgʻrisida bojxona organiga dastlabki axborotni taqdim etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va (yoki) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda, tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga amalda yetib kelguniga qadar tashuvchi yoki boshqa manfaatdor shaxs ular toʻgʻrisidagi dastlabki axborotni bojxona organiga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda, ularni olib oʻtayotgan shaxs ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqish niyati borligidan bojxona organlarini oldindan xabardor qiladi. Bojxona organi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun tovarlar va (yoki) transport vositalari yetib kelishi kerak boʻlgan vaqt va joyni tayinlaydi. Agar tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib oʻtayotgan shaxs koʻrsatilgan xabardor qilishni amalga oshirmaydigan boʻlsa, bunday majburiyat tashuvchining zimmasiga yuklatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi kesib oʻtilayotganda bojxona organini xabardor qilish bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktida joylashgan bojxona organiga tovarlarni va (yoki) transport vositalarini, ularning tovar kuzatuv hujjatlarini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari ushbu moddaning beshinchi qismida nazarda tutilgan hujjatlarni qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali tovarlarning quvur transporti va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilishi toʻgʻrisida xabardor qilish ushbu Kodeksning 25-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan daryo portida yoki aeroportda toʻxtamasdan bojxona hududini kesib oʻtadigan daryo va havo kemalariga nisbatan ushbu modda talablari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda tashuvchi bojxona organiga quyidagilarni taqdim etishi shart:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) avtotransport vositasida xalqaro tashish chogʻida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtotransport vositasiga taalluqli quyidagi hujjatlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻl harakati toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr) muvofiq avtotransport vositasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda chet el avtotransport vositalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirishi, hududidan chiqishi va tranzit tarzida oʻtishi uchun vakolatli organning ruxsatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklar xalqaro yoʻllarda tashish (bundan buyon matnda XYT deb yuritiladi) daftarchasini qoʻllagan holda tashilgan taqdirda, XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasi (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) talablariga muvofiq avtotransport vositasiga yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida xalqaro tashishga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez buziladigan mahsulotlar tashilayotganda, tez buziladigan mahsulotlarni tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfli yuklar tashilayotganda, xavfli yuklarni tashish uchun avtotransport vositasiga ruxsat berilganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tovarga taalluqli quyidagi hujjatlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni xalqaro yoʻllarda tashish shartnomasi toʻgʻrisidagi konvensiya (Jeneva, 1956-yil 19-may) talablariga muvofiq tovar-transport yuk xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuklar XYT daftarchasi qoʻllanilgan holda tashilgan taqdirda, XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasiga (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq XYT daftarchasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ushbu bandning “a” va “b” kichik bandlarida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchining nomi va pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish uchun tovar qabul qilinadigan joy (mamlakat) va yetkazib berilishi moʻljallangan joy (mamlakat);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar joʻnatgan mamlakatning va tovarlar kelib tushadigan mamlakatning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni joʻnatuvchining va oluvchining nomi hamda pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk joylarining soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konteynerlarning identifikatsiya raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) suv transportida xalqaro tashish chogʻida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) quyidagilarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
umumiy deklaratsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning deklaratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema ashyo-anjomlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema ekipajining shaxsiy buyumlari toʻgʻrisidagi deklaratsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema xizmatchilarining roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchilar roʻyxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemaning roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami va milliy mansubligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemaning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kapitanning familiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema agentining familiyasi va manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kemadagi yoʻlovchilarning soni, familiyasi, ismi, fuqaroligi (mansubligi), tugʻilgan sanasi va joyi, chiqish va tushish porti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekipaj aʼzolarining soni va tarkibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema joʻnaydigan portning va kiradigan portning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk joylarining soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar yuklangan portning va tushiriladigan portning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konosamentlarning yoki ushbu portda tushirilishi lozim boʻlgan tovarlarga doir dengiz (daryo) orqali tashish shartnomasi mavjudligini va uning mazmunini tasdiqlovchi boshqa hujjatlarning raqamlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kema ashyo-anjomlarining miqdori koʻrsatilgan holda ularning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni kemada joylashtirish tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) havo transportida xalqaro tashish chogʻida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Xalqaro fuqaro aviatsiyasi toʻgʻrisidagi konvensiyaga (Chikago, 1944-yil 7-dekabr) muvofiq quyidagi hujjatlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosh deklaratsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk qaydnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avia yuk xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avia yuk xatiga ilova qilinadigan tijorat hujjatlari. Tovar turkumlab tashilgan taqdirda mazkur hujjatlar tovarning birinchi turkumiga taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemasining milliy mansubligi belgilarini va roʻyxatdan oʻtkazilganlik belgilarini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemasining reys raqami, parvoz yoʻnalishini, uchish punktini, yetib borish punktini koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemasi ekspluatantining nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekipaj aʼzolarining soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avia yuk xatining raqami, avia yuk xati va tovar turkumi boʻyicha oʻrinlarning soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar joʻnatiladigan va yetib boradigan punktlarning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
parvoz qiladigan havo kemasining bortiga yuklanadigan bort ashyo-anjomlarining soni (har bir tovarning soni va nomi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo kemasi bortida xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) temir yoʻl transportida xalqaro tashish chogʻida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Xalqaro temir yoʻl yuk yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi bitimga (1951-yil 1-noyabr) muvofiq quyidagi hujjatlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning kuzatuv hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻlning harakatdagi tarkibiga doir topshirish qaydnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pochta joʻnatmalarini kuzatib borish uchun Umumjahon pochta ittifoqi hujjatlarida belgilangan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu bandning “a” kichik bandida nazarda tutilgan hujjatlarda koʻrsatilishi kerak boʻlgan quyidagi maʼlumotlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni joʻnatuvchining nomi va pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni oluvchining nomi va pochta manzili;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar joʻnatiladigan stansiyaning va yetib boradigan stansiyaning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga muvofiq tovarlarning nomi va kamida oltita belgi darajasidagi kodlari, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning har bir koʻrsatilgan kodi boʻyicha tovarlarning brutto ogʻirligi (kilogrammlarda) va faktura qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk joylarining soni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konteynerlarning identifikatsiya raqamlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan hujjatlar bojxona organlariga davlat tilida yoki xalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan boshqa tillarda taqdim etiladi. Xalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan boshqa tillarda taqdim etilgan hujjatlar, zarur hollarda, davlat tiliga tarjima qilinib, tashuvchi tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi ruxsat etish xususiyatiga ega boʻlgan hujjatlar olinishini talab etadigan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan bojxona organi bunday hujjatning bojxona organlarining axborot tizimida mavjudligini mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda bojxona organi ushbu moddada nazarda tutilganidan boshqa hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19-modda. Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan olib chiqilayotganda taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan olib chiqilayotganda tashuvchi bojxona deklaratsiyasini yoki ularni bojxona hududidan olib chiqishga yoʻl qoʻyuvchi boshqa hujjatni, shuningdek tovarlarni tashish amalga oshirilayotgan transportning turidan kelib chiqqan holda, ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan hujjatlar va maʼlumotlarni bojxona organiga taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish joyi hamda vaqti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududiga olib kirilayotganda hamda ushbu hududdan olib chiqilayotganda ularni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishga bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida yoʻl qoʻyiladi va transport vositalarini maxsus belgilangan joylarda toʻxtatgan holda, bojxona organlarining ish vaqtida amalga oshiriladi. Mazkur talabga rioya etilmagan taqdirda bojxona organlari ushbu transport vositalarini majburiy toʻxtatib qoʻyadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan quyidagi maxsus jihozlangan joylar bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo transporti orqali olib oʻtishda — bojxona hududidagi yetib kelinadigan (joʻnatiladigan) aeroport yoki tovarlarni tashiyotgan havo kemasi qoʻnadigan (parvoz qiladigan) va tovarlarni tushiradigan (yuklaydigan) birinchi (oxirgi) aeroport;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryo transporti orqali olib oʻtishda — bojxona hududidagi tovarlar tushiriladigan (ortiladigan) birinchi (oxirgi) daryo porti yoki qayta yuklanadigan daryo porti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvur transporti orqali va elektr uzatish liniyalari boʻyicha olib oʻtishda — hisobga olish asboblarining Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda oʻrnatilgan joylari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilmagan boshqa turdagi transportda olib oʻtishda — yoʻnalishdagi birinchi (oxirgi) bojxona organi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari joylashgan yerlar, bojxona organlarining ish vaqti, transport vositalarining toʻxtash va turish joylari, ular turishining davomiyligi, shuningdek mazkur joylarning oʻtkazish punktlarida koʻrsatilishi tegishli vakolatli davlat organlari va tashkilotlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasi bir-biriga toʻgʻri kelib qolgan joylarda bojxona chegarasidagi oʻtkazish punktlari joylashadigan yerlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 5-moddaci, Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalari toʻxtab turishining davomiyligi bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi manfaatlariga zid ravishda qisqartirilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositalarini belgilangan toʻxtash va turish joylaridan joʻnatish zarur bojxona tartib-taomillari tugallanganidan soʻng amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali belgilanmagan joylardan olib oʻtish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan daryo portida yoki aeroportda toʻxtamasdan bojxona hududini kesib oʻtayotgan daryo va havo kemalari orqali tashilayotgan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlari toʻgʻrisida, belgilangan taqiqlar va cheklovlar, shuningdek bojxona organlarining ish vaqti haqida hammabop shaklda axborot taqdim etishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-dekabrdagi PF-5286-son “Tashqi bozorlarda mahalliy mahsulotlar raqobatdoshligini taʼminlash va eksportini ragʻbatlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-modda. Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari bojxona nazoratidan hamda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga rioya etilishini taʼminlash uchun bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan, shu jumladan xavfni boshqarish tizimi qoʻllanilgan holda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar majmuidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan tovarlar va transport vositalari ustidan bojxona nazoratini taʼminlash uchun bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan oʻtkaziladigan bojxona operatsiyalari majmui bojxona rasmiylashtiruvi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organlari hamda ularning mansabdor shaxslari qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan taqiqlar va cheklovlarni belgilashga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-modda. Shartli chiqarib yuborilgan tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsning belgilangan talablar va shartlarga rioya etish majburiyatlariga bogʻliq tarzda tovarning chiqarib yuborilishi shartli chiqarib yuborish hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar shartli chiqarib yuborilgan tovarlar deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilganligi munosabati bilan foydalanilishi va tasarruf etilishi cheklangan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) boj olinmaydigan savdo, bojxona hududida qayta ishlash, vaqtincha olib kirish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) zarur hujjatlar (bundan muvofiqlik sertifikati va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlar mustasno) va maʼlumotlar taqdim etilmagan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga ruxsat berilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga muvofiq rasmiylashtirilgan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddaning ikkinchi qismi “a” bandida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan faqat bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berish shartlariga muvofiq boʻlgan maqsadda foydalanilishi mumkin. Mazkur tovarlardan ular nima maqsadda shartli chiqarilgan boʻlsa, faqat oʻsha maqsadda foydalanilishi lozim. Bojxona toʻlovlari boʻyicha berilgan imtiyozlar toʻlangan taqdirda shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan boshqa maqsadlarda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur moddaning ikkinchi qismi “d” bandida koʻrsatib oʻtilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlarni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan ularni sotish yoki oʻzga usulda boshqa shaxsga oʻtkazish orqali berish taqiqlanadi, mazkur tovarlarni olib kirishga doir cheklovlar ushbu tovarlarning sifati va xavfsizligi tekshirilishi munosabati bilan belgilangan hollarda esa, har qanday shaklda foydalanish (ishlatish) taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, shartli chiqarib yuborishning shartlari boʻyicha majburiyatlar bajarilguniga qadar shartli chiqarilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-modda. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishga doir cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtishga doir cheklovlar xalqaro majburiyatlardan, ichki bozorni himoya qilish zarurligidan kelib chiqqan holda, shuningdek chet davlatlar va ular ittifoqlarining Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini kamsituvchi yoki cheklovchi boshqa harakatlariga javob chorasi tariqasida qonun hujjatlariga muvofiq belgilanishi mumkin. Mazkur cheklovlar kiritilishi munosabati bilan tovarlarni olib oʻtayotgan shaxsda yoxud tashuvchida yuzaga kelgan xarajatlarning oʻrni bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat xavfsizligini taʼminlash, jamoat tartibini, inson hayoti va sogʻligʻini saqlash, atrof muhitni muhofaza qilish, milliy va maʼnaviy qadriyatlarni saqlab qolish, Oʻzbekiston Respublikasi va boshqa mamlakatlar xalqlarining madaniy boyliklarini, mulk huquqini, shu jumladan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqni, olib kirilayotgan tovarlar isteʼmolchilarining manfaatlarini himoya qilish maqsadida, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa manfaatlaridan kelib chiqqan holda, Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq ayrim tovarlarni va (yoki) transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish hamda ushbu hududdan olib chiqish taqiqlanishi mumkin.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-apreldagi OʻRQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kirilishi va olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar va (yoki) transport vositalari, agar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ular olib kirilganda — darhol bojxona hududidan tashqariga olib chiqilishi yoxud ular olib chiqilganda — darhol bojxona hududiga qaytarilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni olib chiqish yoki qaytarish, shuningdek yuk operatsiyalari tovarni olib oʻtayotgan shaxs yoxud tashuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovar darhol olib chiqilmagan yoki qaytarilmagan boʻlsa, tovar bojxona organi egasi boʻlgan bojxona omboriga yoxud bojxona nazorati zonalariga tovarni olib oʻtayotgan shaxs yoki tashuvchi hisobidan vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim. Bunday tovarni saqlashning eng koʻp muddati, agar qonun hujjatlarida ayrim turdagi tovarlarga nisbatan boshqacha muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, uch sutkani tashkil etadi. Ushbu muddat tugagach, mazkur tovarni tasarruf etish davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan tartibga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-modda. Bojxona rejimlarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish maqsadlariga bogʻliq holda ularning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rejimlarining quyidagi turlariga muvofiq amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) eksport;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) reeksport;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) vaqtincha olib chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) erkin muomalaga chiqarish (import);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) reimport;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) vaqtincha olib kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) bojxona hududida qayta ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) vaqtincha saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) bojxona ombori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) erkin ombor;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) erkin bojxona zonasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) boj olinmaydigan savdo;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) bojxona tranziti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15) yoʻq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16) davlat foydasiga voz kechish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-modda. Bojxona rejimini tanlash va oʻzgartirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilishi vakolatli shaxslarning tovarlarni bojxona rejimlaridan biriga joylashtirish va mazkur bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etish majburiyatini keltirib chiqaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs tovarlarning va transport vositalarining xususiyati, miqdori, ishlab chiqarilgan mamlakati yoki qaysi maqsadga moʻljallanganligidan qatʼi nazar, istalgan bojxona rejimini tanlashga yoki uni boshqa bojxona rejimiga oʻzgartirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tanlangan bojxona rejimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun bojxona organiga taqdim etiladigan bojxona deklaratsiyasida deklarant tomonidan maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli bojxona rejimida turgan tovar olib qoʻyilayotganda ushbu bojxona rejimining amal qilishi tovar olib qoʻyilgan kunning ertasidan boshlab toʻxtatib turiladi va ushbu tovarni davlat daromadiga oʻtkazish nazarda tutilmagan qaror (hal qiluv qarori) kuchga kirgan kunning ertasidan boshlab qayta tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar olib qoʻyilgan tovarlar davriy bojxona toʻlovi toʻlangan holda vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan boʻlsa, bojxona rejimi toʻxtatib turilgan davr uchun davriy bojxona toʻlovi toʻlanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning VIII boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2021-yil 10-noyabrdagi 01-02/8-51-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiriladigan tovarlarga toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari miqdorini aniqlash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3343, 27.12.2021-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rejimining amal qilishi quyidagi hollarda bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilganligiga doir ish boʻyicha tegishli qaror (hal qiluv qarori) kuchga kirgan kunning ertasidan boshlab oʻn besh ish kuni ichida tugatilishi kerak, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning olib qoʻyilishi bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etmaslik bilan bogʻliq boʻlsa va bu uni kelgusida qoʻllashning imkoniyati boʻlmasligiga olib kelsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilishi bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etmaslik bilan bogʻliq boʻlsa va bu uni kelgusida qoʻllashning imkoniyati boʻlmasligiga olib kelsa.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 227 –– 22727-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 182-moddasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-modda. Bojxona rejimi shartlari va talablariga rioya etilishiga javobgar shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun javobgarlik tovarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirgan shaxsning zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash, bojxona ombori yoki erkin ombor bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar bojxona nazoratini chetlab berilgan yoki yoʻqotilgan taqdirda javobgarlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovar bojxona omborida turgan boʻlsa, bojxona ombori egasining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovar bojxona ombori boʻlmagan omborlarda va boshqa joylarda turgan boʻlsa, tovarlarni mazkur joylarga bojxona ombori rejimiga joylashtirgan shaxsning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovar erkin omborda turgan boʻlsa, erkin ombor egasining zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tranziti bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun tashuvchi javobgar boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 18-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 737-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishi uchun boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-modda. Eksport bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda Oʻzbekiston tovari uni qaytarib olib kirish majburiyatisiz bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport bojxona rejimiga joylashtirilgan va amalda bojxona hududidan olib chiqilgan tovar Oʻzbekiston tovari maqomini yoʻqotadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30-modda. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari bojxona toʻlovlarini toʻlash hamda iqtisodiy siyosat choralariga rioya etishdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport bojxona rejimiga muvofiq chiqarilgan tovar bojxona deklaratsiyasi roʻyxatdan oʻtkazilgan kuni qanday holatda boʻlsa, amalda shunday holatda bojxona hududidan olib chiqilishi lozim, bundan tovar holatining tabiiy eskirishi yoki tashish va (yoki) saqlash normal sharoitlarida kamayishi oqibatida roʻy bergan oʻzgarishlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-modda. Tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda eksport qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-modda. Reeksport bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reeksport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga ilgari olib kirilgan tovar yoxud bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni qayta ishlash mahsuloti bojxona hududidan bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda, ushbu Kodeksning 35-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, uni olib kirishda toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summalari qaytarilgan holda olib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish bojxona organi tomonidan ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida yoki vaqtincha olib kirish bojxona rejimida turgan tovarlarni reeksport qilish tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma olinmagan holda amalga oshiriladi.
(32-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reeksport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni bojxona hududidan amalda olib chiqish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33-modda. Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yoki uni qayta ishlash mahsuloti bojxona organi identifikatsiya qila oladigan taqdirdagina tovar reeksport qilinishiga yoʻl qoʻyiladi, bundan ushbu Kodeks 74-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida shikastlangan yoki buzilgan tovarning reeksportiga yoʻl qoʻyiladi, bunday holat vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirishga ayni bir vaqtning oʻzida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari bajarilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bojxona hududida ishlatilmagan va taʼmirlanmagan boʻlsa, bundan tovarni qaytarishga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovardan foydalanish zarur boʻlgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar oʻzgarmagan holatda turgan boʻlsa, bundan uning nuqsonlari aniqlangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-modda. Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni reeksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9-bobi va 9, 258-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda reeksporti amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reeksport bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar reeksport qilinayotganda, tovarning amalda reeksport qilinayotgan qismiga nisbatan toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobida nazarda tutilgan tartibda, ayni bir vaqtning oʻzida quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning reeksporti uni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish maʼlum qilingan kundan eʼtiboran ikki yil ichida amalga oshirilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bojxona hududida ishlatilmagan va taʼmirlanmagan boʻlsa, bundan tovarni qaytarishga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovarni ishlatish zarur boʻlgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni amalda olib chiqish ushbu Kodeksning 32-moddasida koʻrsatilgan muddatda amalga oshirilmagan taqdirda, mazkur tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgandagi kabi bojxona bojlari va soliqlar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
36-modda. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududida erkin muomalada turgan tovar ushbu hududdan tashqarida vaqtincha foydalanish maqsadida, bojxona bojlari va soliqlar toʻlanishdan shartli ravishda ozod etilgan, iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda olib chiqiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq bojxona organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-modda. Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarga rioya qilgan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha olib chiqilayotgan tovarning bojxona organlari tomonidan identifikatsiyalashni amalga oshirish mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, ushbu organlarning ruxsatnomalari bojxona organlarining axborot tizimida mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirayotgan shaxs Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsi yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxs boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan vaqtincha olib chiqilgan tovar oʻzgarmas holatda qolishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi tovarlar vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi, suv, quvurlar orqali yetkazib beriladigan tovarlar (neft, gaz), shuningdek yoqilgʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqilishi kvotalanadigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sarflash materiallari va sarf qilinadigan namunalar, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, oziq-ovqat mahsulotlari, alkogolsiz ichimliklar, alkogol va tamaki mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir marta ishlatish uchun moʻljallangan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarni faqat reklama, namoyish qilish va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida bitta nusxadan vaqtincha olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib chiqilgan tovar ustidan bojxona nazorati uning bojxona rasmiylashtiruvini bajargan bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-modda. Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda vaqtincha olib chiqiladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
39-modda. Tovarni vaqtincha olib chiqish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish ruxsatnomasi amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni vaqtincha olib chiqish muddati tovar vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran ikki yilni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimining amal qilishi muddati tugamay ushbu Kodeksning 41-moddasiga muvofiq ushbu bojxona rejimini tugallash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi tovarlarning vaqtincha olib chiqish muddati bojxona organi tomonidan vakolatli shaxsning arizasi asosida ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlar hududida joylashgan obyektlarida, diplomatik vakolatxonalarida va konsullik muassasalarida foydalanish uchun olib chiqilgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari hamda chet davlatlarning yuridik va jismoniy shaxslari oʻrtasidagi ijara shartnomalari asosida vaqtincha olib chiqilgan temir yoʻl va havo transporti vositalari, shuningdek ularning ehtiyot qismlari hamda ularga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan transport uskunalari. Bunda vaqtincha olib chiqish muddati ijara shartnomasi muddatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing shartnomasi asosida olib chiqilgan tovarlar. Bunday tovarlarni vaqtincha olib chiqishga lizing shartnomasining amal qilish muddatiga ruxsat etiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 587 –– 599-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Lizing toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (ishlarni va xizmatlarni) eksport qilish kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlari boʻyicha kafolat muddati ichida xizmat koʻrsatish va nuqsonlarni bartaraf etish uchun olib chiqilgan tovarlar (bojxona hududidan tashqarida qoldirish uchun moʻljallangan tovarlar bundan mustasno). Bunday tovarlarni vaqtincha olib chiqishga kafolat davrining amal qilish muddatiga yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida vaqtincha olib chiqishning koʻproq muddati belgilangan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza vaqtincha olib chiqish bojxona rejimining amal qilish muddati tugaguniga qadar bojxona organiga berilishi lozim. Tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshirilib, tovar bojxona organiga amalda taqdim etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilishi tovarni vaqtincha olib chiqish muddatini uzib qoʻymaydi va toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni vaqtincha olib chiqish muddati uzaytirilayotganda boshqa bojxona deklaratsiyasi berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-modda. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqlarini boshqa shaxsga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga oʻtkazishga vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi tugaguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqi Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga bojxona organining ruxsatnomasi asosida ushbu tovarni amalda bojxona organiga taqdim etmagan holda mazkur shaxs tomonidan taqdim qilingan vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organi qabul qilgan paytdan eʼtiboran oʻtkazilgan hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqining ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining boshqa yuridik yoki jismoniy shaxsiga yoxud vakolatli davlat organlarida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxsga oʻtkazilishi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan vaqtincha olib chiqish muddatini oʻzgartirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-modda. Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimining tugallanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib chiqilgan tovar vaqtincha olib chiqish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay bojxona hududiga qaytarib olib kirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs tovarni bojxona hududidan tashqarida qoldirgan holda uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish yoʻli bilan vaqtincha olib chiqish bojxona rejimini tugallashi mumkin, bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq vaqtincha olib chiqilgan tovar bojxona hududiga olib kirilishi shart boʻlgan hollar mustasno. Bunday holda vaqtincha olib chiqish bojxona rejimini tugallashga tovarni bojxona organiga amalda taqdim etmagan holda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi eksport bojxona rejimiga oʻzgartirilgan taqdirda tovarning bojxona qiymati va miqdori tovar vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirilgan kundagi holatga koʻra belgilanadi, bojxona bojlari va soliqlarning stavkalari esa, tovarni eksport bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisidagi bojxona deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan kundagi holatga koʻra belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda, tovarning olib chiqishdagi bojxona qiymatidan va (yoki) miqdoridan hamda tovarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish maʼlum qilingan kuni amalda boʻlgan bojxona bojlari va soliqlar stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilgan bojxona bojlari hamda soliqlar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda tugallanmasligiga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida tovarlarning yoʻq boʻlishi yoki butunlay yoʻq boʻlib ketishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar turgan chet davlat organlarining qarorlari yoki mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) natijasida tovarlarning vakolatli shaxs egaligidan chiqib ketishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning yoʻq boʻlishiga yoki mutlaqo yoʻqolib ketishiga sabab boʻlgan holatlarni tasdiqlash majburiyati bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etilishiga masʼul shaxslarning zimmasiga yuklatiladi. Chet davlatlar hududida yuzaga kelgan holatlar Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik va konsullik muassasalari tomonidan yoki hududida mazkur holatlar sodir boʻlgan davlatning vakolatli organlari tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning beshinchi qismida koʻrsatilgan hollarda, tovarlarni vaqtincha olib chiqqan va ularni ushbu Kodeksning 39-moddasida belgilangan muddatda qaytarib olib kirmagan shaxs vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etmaganlik uchun javobgar boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda Oʻzbekiston tovarlari bojxona hududidan tashqariga qayta ishlash va ularning qayta ishlash mahsulotlarini keyinchalik bojxona hududiga olib kirish maqsadida olib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq olib chiqilayotgan tovarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar toʻlanishidan shartli ozod etish qoʻllaniladi. Bu tovarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 54-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish bojxona organining tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq beriladigan ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari quyidagilardan iborat:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-son “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilishini soddalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqilgan tovar uning dastlabki xossalarini va individual koʻrsatkichlarini oʻzgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi xususiyatlarini saqlagan holda mazkur tovarni bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish, bundan ushbu Kodeks 46-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovarni tayyorlash, shu jumladan montaj qilish, yigʻish yoki qismlarga ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni taʼmirlash, shu jumladan uni tiklash, modernizatsiya qilish, uning buzilgan yoki eskirgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoxud tiklash, nuqsonlarini bartaraf etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari amalga oshirilayotganda qayta ishlashga koʻmaklashuvchi yoxud qayta ishlashni yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan butunlay yoki qisman foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyalari jumlasiga kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning but saqlanishini taʼminlash, uni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday turdagi hayvonlarning naslini olish, ularni parvarishlash va klonlashtirish, boʻrdoqiga boqish va tutish (ushlash, ovlash), shuningdek ularning mahsullarini olish va toʻplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday oʻsimlik turlarini yetishtirish va yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni qazib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotdan, audio- va video yozuvlardan istalgan turdagi axborot tashuvchi jismlarga nusxa koʻchirish va koʻpaytirib olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqilgan tovarni bojxona organlari tomonidan uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash mumkin boʻlganda, bundan ushbu Kodeks 46-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
(44-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
(44-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, bojxona organlarining axborot tizimida ushbu organlarning ruxsatnomalari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik-iqtisodiy asoslarning va amaldagi qayta ishlash jarayonining koʻrsatkichlari bir-biriga mos boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni qayta ishlash operatsiyalarining ushbu Kodeks 43-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimidan foydalanish mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovarning olib chiqilishi toʻlangan bojxona bojlari va soliqlar summasini qaytarishni, ulardan ozod qilishni yoxud olib chiqishda taqdim etiladigan toʻlovlarni undirishni talab qilishga asos boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlarini toʻlashdan shartli ozod etilgan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga ilgari joylashtirilgan tovarga nisbatan ushbu shartli ozod etishning amal qilish muddati tugaguniga qadar, bundan shunday tovarni taʼmirlash, shu jumladan uni tiklash, modernizatsiya qilish, uning buzilgan yoki eskirgan tarkibiy qismlarini (elementlarini) almashtirish yoki tiklash, nuqsonlarini bartaraf etish uchun olib chiqish mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari yoki qayta ishlash jarayonining texnik-iqtisodiy asoslanishi koʻrsatkichlari oʻzgargan taqdirda tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasini berish toʻgʻrisida yangi ariza berilishi lozim. Bunda yuridik shaxs oʻzgartirilganligi, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi, shuningdek jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganligi sababli kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari oʻzgargan taqdirda yangi ariza berish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9, 258-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning va qayta ishlash boʻyicha amalga oshiriladigan operatsiyalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi usullardan biri yoki bir nechtasi yordamida amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarga vakolatli shaxs va (yoki) bojxona organi tomonidan muhrlar qoʻyish va, zarur boʻlgan hollarda, shtamplar qoʻyish, raqamli va (yoki) boshqa turda tamgʻalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni batafsil tavsiflash, uni suratga tushirish yoki boshqa oʻlchamlarda tasvirlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarning oldindan olingan namunalarini yoki nusxalarini va uni qayta ishlash mahsulotini tadqiq etish natijalarini qiyoslash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarning zavod va seriya raqamlari tarzida mavjud boʻlgan tamgʻalashdan yoxud boshqacha tamgʻalashdan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxsning soʻroviga va bojxona organining roziligiga koʻra, olib chiqilayotgan tovarni bojxona maqsadida identifikatsiyalash ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar haqida, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi toʻgʻrisida taqdim etilgan batafsil maʼlumotlarni tadqiq etish yoʻli bilan taʼminlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi hollarda talab etilmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular mazkur Kodeksning 49-moddasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarga ekvivalent boʻlgan tovarni qayta ishlash natijasida olingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash uchun ishlab chiqarishning uzluksiz sikllariga taalluqli texnologiya jarayonidan foydalanilayotgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
47-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasi ikki yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasini olgan shaxs ushbu Kodeksning 52-moddasiga muvofiq mazkur ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan avvalroq bojxona rejimini tugallash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir muncha uzoq davom etadigan qayta ishlash jarayoni talab qilinadigan ayrim toifadagi tovarlarga nisbatan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati va qayta ishlash muddati tovar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran, tovar alohida turkumlar bilan olib chiqilganda esa, tovarning birinchi turkumi bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashiga kamida bir oy qolganda berilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsatnomani olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilganligi ruxsatnomada koʻrsatilgan tovarni qayta ishlash muddatini uzib qoʻymaydi yoki toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar ushbu Kodeksning 52-moddasiga muvofiq boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi maʼlum qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi vakolatli shaxs tomonidan aniqlanadi va tovarni qayta ishlashni amalga oshirishning haqiqiy sharoitlaridan kelib chiqqan holda, tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasi berilayotganda bojxona organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilashda bojxona organlari qayta ishlashning vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlarga hamda vakolatli organning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojxona laboratoriyalarining) qayta ishlashning aniq texnologik jarayoniga asoslangan xulosalariga tayanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlarining tavsifi, miqdori, sifati qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanganidan keyin aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-modda. Qayta ishlash mahsulotining ekvivalent kompensatsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekvivalent kompensatsiyaga, yaʼni olib chiqilgan tovardan olingan qayta ishlash mahsulotlarini boshqa ekvivalent chet el tovari bilan almashtirishga, agar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash operatsiyasi tovarni taʼmirlashdan iborat boʻlsa, tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasi asosida, shuningdek boshqa hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona maqsadlari uchun ekvivalent chet el tovari deganda olib chiqilgan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash natijasida olingan qayta ishlash mahsulotiga oʻz tavsifi, sifati va texnik xususiyatlari boʻyicha mos keluvchi chet el tovari tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekvivalent chet el tovari olib kirilayotganda ushbu bob qoidalariga muvofiq unga olib chiqilgan tovarning qayta ishlash mahsuloti sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekvivalent kompensatsiya chogʻida ekvivalent chet el tovarini olib kirishga tovar qayta ishlash uchun bojxona hududidan olib chiqilguniga qadar yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq taʼmirlash uchun moʻljallangan tovar bilan aynan bir xil yoki unga oʻxshash boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarni taʼmirlayotgan shaxsning kafillik majburiyatlari asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga olib chiqilgan tovar qoldiqlari va chiqindilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga ruxsatnoma olgan shaxs olib chiqilib, qayta ishlanmagan tovar qoldigʻini ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida tegishli bojxona rejimlariga joylashtirgan holda, ushbu Kodeksning 47-moddasiga muvofiq belgilangan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tasarruf etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib chiqilib qayta ishlanmagan tovar qoldiqlariga bojxona rasmiylashtiruvi maqsadida bojxona hududiga reimport qilinadigan tovarlar sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilar qayta ishlanganidan keyin olib kirilgan taqdirda, bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini tugallash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlari ushbu Kodeksning 47-moddasiga muvofiq belgilangan tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay bojxona hududiga olib kirilishi lozim yoxud bojxona rejimi ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq tugallanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan olib chiqilgan tovarga yoxud uning qoldigʻiga nisbatan bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi quyidagi usullarning biri orqali tugallanishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni yoki uning qoldigʻini reimport bojxona rejimiga joylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni yoki uning qoldigʻini amalda bojxona organiga taqdim etmasdan, ushbu Kodeksda belgilangan talablar va shartlarga rioya etgan holda eksport bojxona rejimiga joylashtirish, bundan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq olib chiqilgan tovar yoki uning qoldigʻi majburiy tartibda reimport qilinishi shart boʻlgan hol mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlari bittadan ortiq turkumda olib kirilayotganda, qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish vaqti-vaqti bilan, lekin uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oxirgi turkumi import qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish natijalari boʻyicha bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxs bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Agar olib kirilgan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori tekshirib koʻrish natijasida ruxsatnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiqligi aniqlangudek boʻlsa, bojxona organi qoʻshimcha bojxona toʻlovlari toʻlash zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunday holda bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxsga qaror qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmay yozma shaklda xabar qilishi shart. Agar bunday toʻlovlarni toʻlash yozma xabar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshirilsa, ularning summalariga penya hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni qayta ishlash muddati tugagan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida solishtirib chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlari bojxona hududiga qaytarilmagan taqdirda, bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun olib chiqilgan tovarga nisbatan mazkur tovar eksport bojxona rejimiga joylashtirilganda boʻlgani kabi bojxona bojlari va soliqlar qoʻllaniladi. Bunda tovar bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundagi bojxona bojlari va soliqlar stavkalari qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-modda. Qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotganda ularga nisbatan bojxona toʻlovlarining qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kiriladigan qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilayotganda bojxona bojlari va qoʻshilgan qiymat soligʻi tovarlarni qayta ishlash operatsiyalarining qiymatidan kelib chiqib hamda qayta ishlash mahsulotlariga qoʻllaniladigan bojxona bojlari va qoʻshilgan qiymat soligʻi stavkalari boʻyicha hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan aksiz soligʻi qayta ishlash mahsulotlarining bojxona qiymati va miqdoridan kelib chiqib, qayta ishlash mahsulotlariga qoʻllaniladigan stavkalar boʻyicha hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XI boʻlimi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan bojxona bojlarining xos stavkasini qoʻllanilayotganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona bojlarining miqdori qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan xos stavkada hisoblangan bojxona boji summasi bilan qayta ishlash operatsiyalari qiymatining qayta ishlash mahsulotlari bojxona qiymatiga nisbatining koʻpaytmasi sifatida qayta ishlash mahsulotlari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda boʻlgani kabi hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlariga nisbatan ushbu moddaga muvofiq qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish maqsadida, qayta ishlash operatsiyalari qiymati quyidagi qiymatlarning summasini ifoda etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib chiqilgan tovarlarni qayta ishlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni qayta ishlash joyiga va uning qayta ishlash mahsulotlarini bojxona chegarasigacha qaytarib yetkazib berish, agar bular qayta ishlash qiymatiga qoʻshilmagan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar olib kirilayotgan qayta ishlash mahsulotlariga boʻlgan mulk huquqi ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar boshqa shaxsga oʻtkazilgan boʻlsa, mazkur qayta ishlash mahsulotlari ushbu shaxs tomonidan import qilinayotganda bojxona toʻlovlari mazkur shaxs tovarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimiga mustaqil joylashtirganida boʻlgani kabi hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kirilayotgan qayta ishlash mahsuloti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovar shartnoma yoki kafolat majburiyatiga binoan tekin taʼmirlash uchun yoxud ishlab chiqarish nuqsoni mavjudligi sababli olib chiqilgan boʻlsa, bu nuqsonning mavjudligi tovarni dastlabki erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda hisobga olinmagan boʻlsa, bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovar haq evaziga taʼmirlash uchun olib chiqilgan boʻlsa, bojxona bojlari va aksiz soligʻi toʻlashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-modda. Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning ayrim turlariga nisbatan bojxona hududidan tashqarida qayta ishlashga yoʻl qoʻyilmaydigan hollar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan tovarlarni bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash boʻyicha ayrim operatsiyalarni oʻtkazishga doir cheklovlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida tovarlarni qayta ishlashga yoʻl qoʻyishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-modda. Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan tovar uni ushbu hududdan qaytarib olib chiqish majburiyatisiz shu yerda erkin muomalada qoladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari toʻlangan va iqtisodiy siyosat choralariga rioya etilgan taqdirda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtiriladi va bojxona hududida erkin muomalada turgan tovar maqomini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa talablar va shartlarga rioya etgan holda ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-modda. Tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda import qilinadigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-modda. Reimport bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reimport bojxona rejimi shunday rejimki, bunda ilgari bojxona hududidan olib chiqilgan tovarlar bojxona bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda, ushbu Kodeksning 59-moddasida belgilangan muddatlarda bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Reimport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarga erkin muomalaga chiqarilgan tovar sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisman yoki boshqa tarzda shikastlanishlari boʻlgan, shikastlanish chogʻida holati yomonlashgan tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga bu holat avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida roʻy berganligi tasdiqlangan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar reimport bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar uni normal holatda saqlab turish boʻyicha turli operatsiyalar, shu jumladan mayda taʼmirlash operatsiyalari va texnik xizmat koʻrsatish, bundan tovarni kapital taʼmirlash va modernizatsiya qilish mustasno, amalga oshirilishi mumkin va ular tovar qiymati oshib ketishiga olib kelmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq bojxona organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovarni reimport qilish tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma olinmagan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar reimport bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda tovarning amalda reimport qilinayotgan qismiga nisbatan tovar eksport bojxona rejimida bojxona hududidan olib chiqilayotganda toʻlangan bojxona bojlarining va soliqlarning summalarini qaytarish, basharti tovar mazkur tovarni olib chiqqan shaxsning ayni oʻzi yoki uning huquqiy vorisi (merosxoʻri) tomonidan olib kirilayotgan boʻlsa, ushbu Kodeksning 49-bobida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar reimport qilinayotganda tovarni olib oʻtayotgan vakolatli shaxs toʻlovlar sifatida olingan yoki tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda berilgan boshqa imtiyozlar natijasida olingan summalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaytaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-modda. Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda u shu hududda erkin muomalada turgan tovar maqomiga ega boʻlishi lozim;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar uni olib chiqish uchun moʻljallangan tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida, vaqtincha olib chiqilgan tovarga nisbatan — vaqtincha olib chiqishning belgilangan muddati ichida, tovarning bojxona hududidan tashqarida qayta ishlangan qoldigʻiga nisbatan esa — qayta ishlashning belgilangan muddati ichida reimport bojxona rejimiga maʼlum qilinishi kerak. Bunda bojxona chegarasi kesib oʻtilgan kun tovarni olib kirish sanasi hisoblanadi, tovarni olib chiqish uchun moʻljallangan tegishli bojxona rejimi uchun bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kun esa, olib chiqish sanasi hisoblanadi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 7, 8-boblari, 258-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar tabiiy eskirish oqibatidagi yoxud tashishning, saqlashning yoki foydalanishning (ishlatishning) normal sharoitlarida kamayishi oqibatidagi oʻzgarishlarini istisno etganda oʻsha holatida boʻlishi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari tomonidan tovarni identifikatsiyalashni amalga oshirish mumkinligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning faqat bir qismi qaytarib olib kirilgan taqdirda ham ushbu moddaning birinchi qismi talablariga rioya etilishi sharti bilan uni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari eksport bojxona rejimiga muvofiq olib chiqilgan tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirishga bir vaqtning oʻzida quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) shartlari bajarilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovardan bojxona hududidan tashqarida foydalanilmagan va u taʼmirlanmagan boʻlsa, bundan tovarning qaytarilishiga sabab boʻlgan nuqsonlarni yoki boshqa holatlarni aniqlash uchun tovardan foydalanish zarur boʻlgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy eskirishi hisobga olingan holda tovar oʻzgarmas holatda turgan boʻlsa, bundan nuqsonlar aniqlangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
60-modda. Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni reimport bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9, 258-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda reimporti amalga oshiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
61-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojxona hududiga muayyan muddatga olib kiriladi va bojxona toʻlovlaridan shartli ozod etilgan yoki davriy bojxona toʻlovlari toʻlangan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda undan vaqtincha foydalaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning VIII boʻlimi va 15, 81, 105-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 23-iyundagi 01-02/12-28-sonli qarori bilan tasdiqlangan Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Istanbul, 1990-yil 26-iyun) qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3264, 30.06.2020-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq bojxona organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
62-modda. Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish quyidagi talablar va shartlarga rioya etilgan holda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha olib kirilayotgan tovarning bojxona organlari tomonidan identifikatsiyalanishi mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, ushbu organlarning ruxsatnomalari bojxona organlarining axborot tizimida mavjud boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirilgan tovar oʻzgarmas holatda qolishi shart. Vaqtincha olib kirilgan tovar bilan uning but saqlanishini taʼminlash uchun zarur operatsiyalarni, shu jumladan mayda taʼmirlash operatsiyalarini, bundan uni kapital taʼmirlash va modernizatsiya qilish mustasno, texnik xizmat koʻrsatish va tovarni soz holatda saqlab turish uchun zarur boshqa operatsiyalarni amalga oshirishga, basharti bunday operatsiyalarni amalga oshirish natijasida tovar qiymati uning vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan paytdagi qiymatiga nisbatan oshib ketmasa, yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilgan taqdirda joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin emas:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiqindilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi, suv, quvurlar orqali yetkazib beriladigan tovarlar (neft, gaz), shuningdek yoqilgʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sarf qilinadigan materiallar va sarf qilinadigan namunalar, xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan olib kiriladigan avtotransport vositalari, bundan xalqaro yuk tashishni amalga oshirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida belgilangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda toʻrtinchi qismining beshinchi xatboshisida koʻrsatilgan tovarlarni faqat reklama, namoyish qilish va ilmiy-tadqiqot maqsadlarida bitta nusxadan vaqtincha olib kirishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirilgan tovarning bojxona nazoratini uning bojxona rasmiylashtiruvini bajargan bojxona organi amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
63-modda. Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda vaqtincha olib kiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
64-modda. Tovarni vaqtincha olib kirish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish ruxsatnomasi amal qilish muddati cheklanmagan holda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirish muddati tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran ikki yilni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimini uning amal qilish muddati oʻtguniga qadar ushbu Kodeksning 69-moddasiga muvofiq tugallash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi tovarlarning vaqtincha olib kirish muddati vakolatli shaxsning arizasi asosida bojxona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining va konsullik muassasalarining hamda ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning normal faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun olib kiriladigan, ushbu vakolatxonalarning Oʻzbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyiga ega boʻlmagan diplomatik agentlari va maʼmuriy-texnik xodimlari hamda ularning oila aʼzolari tomonidan shaxsiy foydalanish uchun olib kiriladigan tovarlarning, shuningdek chet davlatlar ommaviy axborot vositalarining akkreditatsiya qilingan muxbirlari va muxbirlik punktlarining oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan avtotransport vositalarining. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish ruxsatnomasi Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlari tomonidan yuqorida koʻrsatib oʻtilgan vakolatxonalar va shaxslarning akkreditatsiya muddatiga beriladi hamda ularning akkreditatsiyasini uzaytirish muddatlaridan kelib chiqqan holda uzaytiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari bilan chet davlatlarning shaxslari oʻrtasidagi ijara shartnomalari asosida vaqtincha olib kiriladigan temir yoʻl va havo transporti vositalarining, shuningdek ularning ehtiyot qismlari va ularga xizmat koʻrsatish uchun moʻljallangan transport asbob-uskunasining. Ularni vaqtincha olib kirish muddati ijara shartnomasi muddatlaridan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
lizing shartnomalari asosida olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirishga lizing shartnomasining amal qilish muddatiga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirish muddati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasining amal qilish muddatidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahsulot taqsimotiga oid bitimlar va geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish toʻgʻrisidagi bitimlar asosida olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirishga mazkur bitimlarning amal qilish muddatiga ruxsat beriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
imtiyozlarning amal qilish muddati tugashi yoki mulk huquqi boshqa shaxslarga oʻtishi munosabati bilan vaqtincha olib kirishning bundan buyongi muddatida davriy bojxona toʻlovlarini toʻlash zarurati paydo boʻladigan tovarlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritilgan investitsiya loyihalari asosida olib kiriladigan tovarlarning. Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirishga investitsiya davri muddatiga yoʻl qoʻyiladi;
(64-modda uchinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni (ishlarni va xizmatlarni) import qilishga doir kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari boʻyicha kafolat muddati davomida xizmat koʻrsatish va nuqsonlarni bartaraf etish uchun olib kiriladigan tovarlarning (bojxona hududida qoldirish uchun moʻljallangan tovarlar bundan mustasno). Bunday tovarlarni vaqtincha olib kirishga kafolat davri muddatiga yoʻl qoʻyiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari asosida vaqtincha olib kirishning uzoqroq muddati belgilangan tovarlarning.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilish muddati tugaguniga qadar berilishi kerak. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi muddatini uzaytirish tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish ruxsatnomasini berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga vaqtincha olib kirish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilganligi vaqtincha olib kirish muddatini uzib qoʻymaydi va toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilish muddati uzaytirilganda boshqa bojxona deklaratsiyasi taqdim qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
65-modda. Vaqtincha olib kirilayotgan tovarlarni bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirilayotgan ayrim tovarlarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etish qoʻllaniladi. Bunday tovarlarning roʻyxati va ozod etish shartlari, shuningdek vaqtincha olib kirilgan tovarlarga nisbatan bojxona bojlari va soliqlar toʻlash boʻyicha imtiyozlarning amal qilish muddatlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 212-sonli “Bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etiladigan vaqtincha olib kirilayotgan ayrim tovarlarning roʻyxatini, ularni ozod etish shartlarini, shuningdek imtiyozlarning amal qilish muddatlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
66-modda. Davriy bojxona toʻlovlarini toʻlagan holda tovarlarni vaqtincha olib kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy bojxona toʻlovlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimida turgan har bir toʻliq va toʻliq boʻlmagan kalendar oy uchun, ushbu tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan kunda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona bojlari va soliqlar summasining besh foizi miqdorida chet el valyutasida hisoblab chiqariladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular toʻlanadigan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy bojxona toʻlovlarini hisoblashda tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy bojxona toʻlovlarini toʻlab tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirayotgan shaxs quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining umumiy summasini toʻlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli davr boshlanguniga qadar davriy bojxona toʻlovlarini har oyda yoxud yilning har choragida toʻlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlanadigan davriy bojxona toʻlovlarining umumiy summasi tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan kuni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan, chet el valyutasida hisoblab chiqarilgan bojxona toʻlovlarining summasidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy bojxona toʻlovlarining toʻlangan summalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha olib kirilgan tovar olib chiqilgan yoxud boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan taqdirda qaytarilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu tovarlarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasi hisobiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
67-modda. Vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini cheklash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirilgan tovardan uni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxsgina foydalanishi va (yoki) uni tasarruf etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish huquqini vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi tugaguniga qadar boshqa shaxsga oʻtkazishga, basharti ushbu shaxs bojxona organlari oldida vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shartlariga bundan buyon ham rioya etilishi boʻyicha yozma majburiyatlarni oʻz zimmasiga olsa, yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovar davriy bojxona toʻlovlari toʻlangan holda vaqtincha olib kirilgan boʻlsa, uni dastlab vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs tovar vaqtincha olib kirish bojxona rejimida turgan butun davr uchun bojxona toʻlovlarini bunday huquq boshqa shaxsga oʻtkaziladigan paytga qadar, ushbu Kodeks 66-moddasining birinchi qismiga muvofiq toʻlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi shartlariga rioya etishga doir huquq va majburiyatlar tovarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirish uchun boshqa shaxs taqdim etgan bojxona deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilingan paytdan eʼtiboran boshqa shaxsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirilgan tovarni ushbu moddaning ikkinchi qismiga muvofiq boshqa shaxsga oʻtkazilganligi dastlab belgilangan vaqtincha olib kirish muddatini toʻxtatib turmaydi va uzaytirmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
68-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishini toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha olib kirilgan tovar xatlangan yoki olib qoʻyilgan davrda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha olib kirilgan tovar vaqtincha saqlash va bojxona ombori bojxona rejimlariga joylashtirilganda toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻxtatib turish muddati tugagach, vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
69-modda. Vaqtincha olib kirish bojxona rejimini tugallash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi vaqtincha olib kirish muddati oʻtgan kunning ertasidan kechiktirmay tovarni olib chiqish yoki uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish bilan tugallanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki qaytarib boʻlmaydigan tarzda yoʻqotilgan yoxud Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarining qarorlari oqibatida egalikdan chiqib ketgan taqdirda, bu tegishli vakolatli davlat organi tomonidan berilgan hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlsa, shaxs vaqtincha olib kirish bojxona rejimini belgilangan muddatda tugallamaganlik uchun javobgarlikdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tugallanganda tovarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazgan bojxona organi tomonidan yoki vakolatli shaxsning arizasiga binoan, shu tovarning oʻziga xos xususiyatidan kelib chiqqan holda zarur hajmda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish imkoniyatiga ega boʻlgan boshqa bojxona organi tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Ariza berilayotganda vakolatli shaxs quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni vaqtincha olib kirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 258-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha olib kirilgan tovardan foydalanish va (yoki) uni tasarruf etish vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tugallanguniga qadar boshqa shaxsga berilganligi yoxud u boshqacha tarzda boshqa shaxsga oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjat, agar shunday oʻtkazish bajarilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirish bojxona rejimi tovarni erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish bilan tugallanganda va davriy bojxona toʻlovlari toʻlanganda tovarni bojxona yigʻimlarini toʻlagan holda erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
70-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar bojxona hududiga qayta ishlash va uni qayta ishlash mahsulotlari tarzida olib chiqish maqsadida, bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan shartli ozod etilgan holda olib kiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 20-iyundagi 212-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona bojlari va soliqlarni toʻlashdan shartli ozod qilish tadbiq etiladigan vaqtincha olib kiriladigan tovarlar roʻyxati, ozod qilish shartlari, shuningdek, imtiyozlarning amal qilish muddatlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bojxona hududida qayta ishlash maqsadida olib kirilganda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi, bundan ushbu Kodeksning 82-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el tovarlari bilan bojxona hududida tovarlarni qayta ishlash operatsiyalari amalga oshirilgan taqdirda Oʻzbekiston tovarlaridan, shu jumladan chet ellik shaxs tomonidan olingan Oʻzbekiston tovarlaridan bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilmagan holda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeks 21-bobining qoidalariga muvofiq bojxona organi tomonidan beriladigan tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirilgan tovarni uning dastlabki xossalari va individual koʻrsatkichlarini oʻzgartirib, lekin qayta ishlash mahsulotida uni identifikatsiyalash imkonini beruvchi tovar xususiyatlarini saqlagan holda bevosita qayta ishlash yoki unga ishlov berish, bundan ushbu Kodeks 74-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirilgan tovardan foydalangan holda boshqa tovar tayyorlash, shu jumladan montaj qilish, yigʻish yoki qismlarga ajratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni taʼmirlash, shu jumladan uni tiklash va tarkibiy qismlarini almashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarishga koʻmaklashuvchi yoki ularning ishlab chiqarilishini yengillashtiruvchi boshqa tovarlardan, agar bu tovarlar qayta ishlash jarayonida toʻliq yoki qisman ishlatilsa, xom ashyo sifatida foydalanish. Mazkur operatsiya ushbu qismda koʻrsatilgan boshqa operatsiyalardan biri bilan bir vaqtda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari jumlasiga quyidagilar kirmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning but saqlanishini taʼminlash, uni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday turdagi hayvonlarning naslini olish, ularni parvarishlash va klonlashtirish, boʻrdoqiga boqish va tutish (ushlash, ovlash), shuningdek ularning mahsullarini olish va toʻplash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
har qanday oʻsimlik turlarini yetishtirish va yigʻish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
foydali qazilmalarni qazib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
axborotdan, audio- va video yozuvlardan istalgan turdagi axborot tashuvchi jismlarga nusxa koʻchirish va ularni koʻpaytirib olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik jarayonda yordamchi vosita sifatida chet el tovarlaridan (uskunalar, dastgohlar, moslamalar va boshqalar) foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalari tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma olgan shaxs tomonidan, shuningdek uning topshirigʻiga binoan boshqa shaxs tomonidan, agar ruxsatnomani olgan shaxs koʻrsatilgan operatsiyalarni amalga oshirishning butun muddati davomida ruxsatnomada nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilishi uchun bojxona organlari oldida javobgar boʻlib qolaversa, amalga oshirilishi mumkin. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyalarining boshqa shaxs tomonidan amalga oshirilishi tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasida aks ettirilgan boʻlishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-son “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilishini soddalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
72-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududida qayta ishlashga quyidagi talablarga va shartlarga rioya etgan holda yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirilgan tovarni bojxona organlari tomonidan uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalashni oʻtkazish mumkinligi, bundan ushbu Kodeks 74-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno;
(72-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, bojxona organlarining axborot tizimida ushbu organlarning ruxsatnomalari mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik-iqtisodiy asoslarning va amaldagi qayta ishlash jarayonining koʻrsatkichlari bir-biriga mos boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni qayta ishlash operatsiyalarining ushbu Kodeksning 71-moddasi talablariga muvofiq boʻlishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari yoki qayta ishlash jarayoni texnik-iqtisodiy asoslarining koʻrsatkichlari oʻzgargan taqdirda tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasini berish toʻgʻrisida yangi ariza berilishi kerak. Bunda yuridik shaxs oʻzgartirilganligi, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgarganligi, jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgarganligi sababli kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlari oʻzgargan taqdirda yangi ariza berish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining har qanday manfaatdor shaxsi tomonidan, shu jumladan tovarning egasi boʻlmagan yoki bevosita tovarni qayta ishlash operatsiyalarini bajarmaydigan shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
73-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9, 258-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda bojxona hududida qayta ishlanadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
74-modda. Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash ushbu Kodeks 46-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan usullarni qayta ishlash uchun olib kirilayotgan tovarga nisbatan qoʻllaniladigan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxsning soʻroviga binoan hamda bojxona organining roziligi bilan ishlab chiqarishda foydalaniladigan xom ashyo, materiallar va butlovchi qismlar toʻgʻrisida, shuningdek qayta ishlash mahsulotlarini ishlab chiqarish texnologiyasi haqida taqdim etilgan batafsil maʼlumotlarni tadqiq etish yoʻli bilan olib kirilayotgan tovarni identifikatsiyalash taʼminlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududida qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarni uni qayta ishlash mahsulotlarida identifikatsiyalash quyidagi hollarda talab etilmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ular ushbu Kodeksning 77-moddasiga muvofiq qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarga ekvivalent tovarni qayta ishlash natijasida olingan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishning uzluksiz sikllariga taalluqli texnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududida oʻxshash va (yoki) aynan bir xil qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarilishini istisno etadigan noyob texnologik jarayondan qayta ishlash uchun foydalanilayotgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
75-modda. Tovarni bojxona hududida qayta ishlash muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi ikki yil muddatga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasini olgan shaxs ushbu Kodeksning 80-moddasiga muvofiq mazkur ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashidan avvalroq bojxona rejimini tugallash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir muncha uzoq davom etadigan qayta ishlash jarayoni talab qilinadigan ayrim toifadagi tovarlarga nisbatan tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona organi tomonidan ikki yildan koʻproq muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir tovarlarni ayni bir xil sharoitlarda bojxona hududida qayta ishlash boʻyicha muntazam operatsiyalar amalga oshirilayotganda, shaxsning arizasiga koʻra unga tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi soʻralgan muddatga, lekin besh yildan koʻp boʻlmagan muddatga berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddati va qayta ishlash muddati tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran, tovar alohida turkumlar bilan olib kirilganda esa, tovarning birinchi turkumi bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga ushbu ruxsatnomaning amal qilish muddati tugashiga kamida bir oy qolganda berilishi kerak. Ruxsatnomaning amal qilish muddatini uzaytirish ruxsatnomani olish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisida ariza berilganligi ruxsatnomada koʻrsatilgan tovarni qayta ishlash muddatini uzib qoʻymaydi yoki toʻxtatib turmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasining amal qilish muddatini uzaytirish rad etilgan taqdirda, bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar ushbu Kodeksning 80-moddasiga muvofiq boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi maʼlum qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududida qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi tovarni qayta ishlash amalga oshiriladigan haqiqiy sharoitlardan kelib chiqqan holda vakolatli shaxs tomonidan aniqlanadi va tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi berilayotganda bojxona organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanayotganda bojxona organlari vakolatli shaxs taqdim etgan qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlarga hamda vakolatli organning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojxona laboratoriyalarining) qayta ishlashning aniq texnologik jarayoniga asoslangan xulosalariga tayanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlarining tavsifi, miqdori, sifati qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasi belgilanganidan keyin aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
77-modda. Olib kirilgan tovarlarning ekvivalent kompensatsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekvivalent kompensatsiyaga, yaʼni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirilgan, olib kirilgan tovardan olinadigan qayta ishlash mahsulotini ekvivalent tovarni qayta ishlash orqali olingan boshqa tovar bilan, shu jumladan Oʻzbekiston tovari bilan almashtirishga, agar tovarni bojxona hududida qayta ishlash operatsiyasi taʼmirlashdan iborat boʻlsa, tovarni bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasi asosida, shuningdek boshqa hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekvivalent tovar deganda, bojxona maqsadlari uchun, oʻz tavsifi, sifati va texnik xususiyatlariga koʻra olib kirilgan tovarga mos keluvchi tovar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekvivalent tovar, bojxona maqsadlari uchun, olib kirilgan tovar maqomini oladi, u bilan almashtiriladigan olib kirilgan tovar esa, ekvivalent tovar ega boʻlgan maqomni oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekvivalent tovarni qayta ishlash natijasida olingan mahsulotlarga ushbu bobning qoidalariga muvofiq olib kirilgan tovarni qayta ishlash mahsulotlari sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarni bojxona hududida qayta ishlash uchun berilgan ruxsatnomada ekvivalent kompensatsiya nazarda tutilgan boʻlsa, bojxona hududida qayta ishlash uchun tovar olib kirilguniga qadar qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
78-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotining almashtirilishiga qayta ishlash mahsulotiga almashtiriluvchi tovar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga muvofiq taʼmirlash uchun moʻljallangan tovar bilan aynan bir xil yoxud unga oʻxshash boʻlgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida tovar taʼmirlanayotganda qayta ishlash mahsulotini almashtirish uchun kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) tegishli qoidalari va (yoki) tovarlarni taʼmirlayotgan shaxsning kafillik majburiyatlari asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
79-modda. Bojxona hududida qayta ishlashga olib kirilgan tovarlarning qoldiqlari va chiqindilari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududida qayta ishlash uchun ruxsatnoma olgan shaxs qayta ishlash natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni, shuningdek qayta ishlanmagan olib kirilgan tovar qoldiqlarini ushbu Kodeksda belgilangan shartlar asosida tegishli bojxona rejimlariga joylashtirgan holda, ushbu Kodeksning 75-moddasiga muvofiq belgilangan bojxona hududida qayta ishlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tasarruf etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
80-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini tugallash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi olib kirilgan tovarning qayta ishlash mahsulotlarini yoki uning qoldiqlarini, shuningdek tovarni qayta ishlash chiqindilarini tovarni bojxona hududida qayta ishlashning ushbu Kodeks 75-moddasida belgilangan muddati tugaydigan kundan kechiktirmay olib chiqish yoxud ularni boshqa bojxona rejimlariga joylashtirish bilan tugallanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlari bittadan ortiq turkumda olib chiqilayotganda, qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish vaqti-vaqti bilan, lekin uch oyda kamida bir marta va qayta ishlash mahsulotlarining oxirgi turkumi bojxona chegarasi orqali olib oʻtilgan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kundan kechiktirmay amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlari miqdorining bojxona hududida qayta ishlash ruxsatnomasida koʻrsatilgan miqdorga muvofiqligini tekshirib koʻrish natijalari boʻyicha bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxs bilan birgalikda dalolatnoma tuzadi. Agar olib chiqilgan qayta ishlash mahsulotlarining miqdori tekshirib koʻrish natijasida ruxsatnomada koʻrsatilgan miqdordan ortiqligi aniqlangudek boʻlsa, bojxona organi qoʻshimcha bojxona toʻlovlari toʻlash zarurligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi. Bunday holda bojxona organi ruxsatnoma olgan shaxsga qaror qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmay yozma shaklda xabar qilishi shart. Agar bunday toʻlovlarni toʻlash yozma xabar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida amalga oshirilsa, ularning summalariga penya hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi amal qilishi tugagan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida solishtirib chiqishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
81-modda. Qayta ishlash mahsulotlariga, qoldiqlarga va chiqindilarga nisbatan bojxona toʻlovlarini hamda iqtisodiy siyosat choralarini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib chiqiladigan qayta ishlash mahsuloti, qoldiqlar va chiqindilar bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllashdan ozod etiladi, bundan ushbu Kodeksning 82-moddasida nazarda tutilgan taqiqlar va cheklovlar mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlarini erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona bojlari va soliqlar qayta ishlash uchun olib kirilgan tovarlarning bojxona qiymatidan va (yoki) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasiga muvofiq ishlatilgan sonidan hamda tovar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan, ularga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona toʻlovlarining stavkalaridan kelib chiqqan holda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qayta ishlash mahsulotlari ularning chiqish normalarida belgilanganidan kam miqdorda olib chiqilgan taqdirda, bunday farqqa nisbatan ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan tartibda bojxona toʻlovlari toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning qayta ishlash chiqindilari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda ular bojxona hududiga shu holatda olib kirilganidagi kabi bojxona toʻlovlari toʻlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
82-modda. Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimini qoʻllashga doir taqiqlar va cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning muayyan turlariga nisbatan bojxona hududida qayta ishlashga yoʻl qoʻyilmasligi hollarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning muayyan turlarini bojxona hududida qayta ishlash boʻyicha ayrim operatsiyalarni oʻtkazishga doir cheklovlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimiga joylashtirishga doir miqdoriy cheklovlarni belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
83-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan har qanday tovar tayinlangan bojxona organiga taqdim etilgan paytdan boshlab va tanlangan bojxona rejimiga muvofiq chiqarib yuborilguniga qadar, shuningdek ushbu Kodeksning 177-moddasida nazarda tutilgan hollarda va shartlarda, bojxona toʻlovlari toʻlanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda vaqtincha bojxona nazorati ostida saqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
84-modda. Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash bojxona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan ilgari boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududiga olib kirilishi va bu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan tovarlar ushbu Kodeks 24-moddasining toʻrtinchi qismiga muvofiq vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovarni saqlash bojxona omborida yoki bojxona nazorati zonalarida, ularning mazkur bojxona rejimida turishi muddatlariga rioya etgan holda amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
85-modda. Tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati ana shu tovarning mazkur bojxona rejimiga joylashtirilishini maʼlum qilgan vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat, agar ushbu Kodeksning 177-moddasida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, oltmish kalendar kundan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez buziladigan tovar vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng koʻp muddati oʻn kalendar kunni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona omborlarida, erkin omborlarda yoki boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida turgan tovar ularni tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin, ushbu Kodeksning 177-moddasida belgilangan muddatlarda vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash bojxona rejimining amal qilish muddatini hisoblash tovar ushbu Kodeksning 177-moddasiga va 226-moddasining beshinchi qismiga muvofiq vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar maqomini olgan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
86-modda. Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant tomonidan bojxona organiga ushbu Kodeksning 267-moddasiga muvofiq tuzilgan qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tovar bojxona organiga taqdim etilgan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmasdan tashuvchi yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan beriladi. Agar tovar shu muddat ichida boshqa bojxona rejimiga joylashtirilsa, qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi berilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirishda bojxona organi ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
87-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona omborining egalari yoki vakolatli shaxslar vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan quyidagi operatsiyalar va harakatlarni bojxona organini xabardor qilgan holda amalga oshirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni koʻzdan kechirish va oʻlchash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 211-moddasiga muvofiq tovarni tadqiq etish va identifikatsiyalash uchun uning namunalari va nusxalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning oʻzgarmas holatda but saqlanishi uchun zarur operatsiyalarni amalga oshirish, shu jumladan buzilgan oʻrov-idishlarni toʻgʻrilash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vaqtincha saqlash joyi doirasida tovarning oʻrnini oʻzgartirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan operatsiyalar va harakatlarning amalga oshirilishi tovarning yoʻqotilishiga yoki uning xossalari oʻzgarishiga olib kelsa, mazkur operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning namunalari va nusxalariga nisbatan ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganidagi kabi bojxona toʻlovlari toʻlanishi yoki ularning toʻlanishi taʼminlanishi zarur, bundan quyidagi hollar mustasno, agar vakolatli shaxsning yozma majburiyatiga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar keyinchalik boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan taqdirda namunalar va nusxalar bojxona yuk deklaratsiyasiga kiritilsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 258-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
namunalar va nusxalar tovar saqlanadigan muddat ichida bojxona omboriga qaytarilsa, lekin bu muddat oʻttiz kalendar kundan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovarning bir bojxona omboridan boshqasiga bojxona nazorati ostida olib oʻtilishiga ushbu Kodeks 85-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan muddat tugaguniga qadar yoʻl qoʻyiladi. Bunda tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishi muddatining oʻtishi uzilmaydi va toʻxtatib qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
88-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan davrida avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga tovar shu holatda bojxona hududiga olib kirilganidagi kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
89-modda. Vaqtincha saqlash bojxona rejimini tugallash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch kun ichida vaqtincha saqlash joyidan olib chiqilishi kerak, bundan tovar bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
90-modda. Bojxona ombori bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori bojxona rejimi shunday rejimki, bunda bojxona hududiga olib kirilgan va bojxona hududidan olib chiqish uchun moʻljallangan tovar bojxona bojlari, soliqlar toʻlanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda muayyan binolarda (joylarda) bojxona nazorati ostida saqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
91-modda. Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori bojxona rejimiga har qanday tovar, shu jumladan ilgari boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar joylashtiriladi, quyidagilar bundan mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududidan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq bojxona hududi orqali tranzit qilinishi taqiqlangan tovar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilingan kundagi yaroqlilik muddati ushbu Kodeksning 94-moddasiga muvofiq maʼlum qilinadigan muddatdan kam boʻlgan dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori bojxona rejimida turgan tovarni saqlash bojxona omborida amalga oshirilishi kerak, bundan ushbu Kodeksning 93-moddasida belgilangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovar ushbu rejimlarning amal qilishini toʻxtatib turish maqsadida bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11, 12-boblari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 23-iyundagi 01-02/12-28-sonli qarori bilan tasdiqlangan Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Istanbul, 1990-yil 26-iyun) qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3264, 30.06.2020-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
92-modda. Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9, 258-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
93-modda. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kirilayotgan yoki olib chiqilayotgan tovar bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turgani holda bojxona ombori bojxona rejimiga quyidagi hollarda vakolatli shaxsning arizasiga koʻra joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar oʻziga xos xususiyatlarga ega boʻlib, uning tashqi oʻlchamlari, fizik koʻrsatkichlari tufayli yoki kimyoviy xossalariga koʻra yoxud saqlanishiga doir alohida shartlar qoʻyilishi tufayli bojxona omboriga joylashtirilishi mumkin boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar yetkazib beriladigan joyda bojxona ombori mavjud boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bojxona ombori hisoblanmaydigan joylarda saqlanayotganda quyidagi shartlarga rioya etilishi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash taqdim etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bilan bogʻliq yuk operatsiyalarini bajarishga, shuningdek uni istalgan boshqa joyga koʻchirishga bojxona nazorati ostida yoʻl qoʻyilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrida tovarni undan foydalanish va uni tasarruf etish uchun boshqa shaxslarga oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmasligi, bundan ushbu Kodeksning 96-moddasida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan shartlarga rioya etish harbiy yuklarga, insonparvarlik yordami, texnik koʻmak sifatida olib kiriladigan tovarlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari boʻyicha xalqaro va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari tomonidan berilgan qarz (kredit) mablagʻlari, grantlar hisobidan olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek olib kirilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasiga, chet el valyutasiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar tegishli bojxona rejimiga joylashtirilmagan holda yoʻqotilgan yoki boshqa shaxslarga berib yuborilgan taqdirda bojxona toʻlovlarini toʻlash olib kirilayotgan tovar bojxona ombori hisoblanmaydigan joyda turavergani holda uni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirgan shaxs mazkur bojxona rejimini uning amal qilish muddati ushbu Kodeksning 98-moddasiga muvofiq tugaguniga qadar tugallash huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yaroqlilik, saqlash, ishlatish va (yoki) realizatsiya qilish muddati cheklangan tovar mazkur muddat tugaguniga qadar kamida bir yuz sakson kalendar kundan kechiktirmay boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilinishi va bojxona omboridan olib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
95-modda. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar va harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxslar bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan bojxona organini xabardor qilgan holda quyidagilarni amalga oshirishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning oʻzgarmas holatda but saqlanishini taʼminlash uchun zarur operatsiyalarni bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni tekshirish, koʻzdan kechirish va oʻlchash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori ichida tovarning joyini oʻzgartirish, basharti mazkur oʻzgartirish tovarning holati oʻzgarishiga, uning oʻrov-idishi buzilishiga va (yoki) qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarining oʻzgarishiga olib kelmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 211-moddasiga muvofiq tadqiq etish va identifikatsiyalash uchun tovarning namunalari va nusxalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni sotishga va tashishga tayyorlash uchun zarur operatsiyalarni bajarish, shu jumladan turkumlarga boʻlish, joʻnatmalarni shakllantirish, saralash, oʻrash-joylash, qayta oʻrash-joylash, tamgʻalash (aksiz markalari bundan mustasno), boshqa shu kabi operatsiyalarni, shu jumladan oddiy yigʻish operatsiyalarini bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning sifatini yaxshilash uchun zarur boshqa operatsiyalarni bajarish, bundan tovarni aralashtirish, qayta ishlash yoki unga ishlov berish mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan operatsiyalar va harakatlarning bajarilishi tovarning yoʻqotilishiga yoki xossalarining oʻzgarishiga olib kelsa, ushbu operatsiyalar va harakatlarni amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning namunalari va nusxalariga nisbatan ular erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilganida boʻlgani kabi bojxona toʻlovlari toʻlanishi yoki bunday toʻlovlarni toʻlash taʼminlanishi zarur, bundan tovarni keyinchalik boshqa bojxona rejimiga joylashtirishda namunalar va nusxalarning bojxona yuk deklaratsiyasiga kiritilish hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori bojxona rejimida turgan tovarni ushbu Kodeks 94-moddasining birinchi qismida koʻrsatilgan muddatlar tugaguniga qadar bojxona nazorati ostida bir bojxona omboridan boshqasiga olib oʻtishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turishi muddatining oʻtishi uzilib qolmaydi va toʻxtatib turilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
96-modda. Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarni boshqa shaxsga oʻtkazishga, unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga berishga quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni yoki unga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqini boshqa shaxsga oʻtkazuvchi vakolatli shaxs bojxona organini oldindan yozma shaklda xabardor etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarga boʻlgan huquqni oluvchi vakolatli shaxs ushbu tovarga nisbatan tanlangan bojxona rejimi talablari va shartlariga rioya etgan holda bojxona deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxsning tovarga nisbatan egalik qilish, foydalanish yoki tasarruf etish huquqi bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga berilgan paytdan eʼtiboran boshqa shaxsga oʻtkazilgan deb hisoblanadi. Bojxona deklaratsiyasi berilgan paytda mazkur shaxsda bojxona rejimiga rioya etilishini taʼminlash bilan bogʻliq boʻlgan majburiyatlar yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
97-modda. Bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrda yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovarni tasarruf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori bojxona rejimida turgan davrda avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yaroqsiz holga kelgan, buzilgan yoki shikastlangan tovar vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga u shu holatda bojxona hududiga olib kirilgan tovar kabi joylashtirilishi lozim. Mazkur holatlar vakolatli shaxs va vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugaydigan kundan kechiktirmay tovar boshqa bojxona rejimiga joylashtirish uchun maʼlum qilinishi kerak, bundan vaqtincha saqlash bojxona rejimi mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida tovar bojxona omboridan olib chiqilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida turgan tovarni undan keyinchalik bojxona hududida ushbu bojxona rejimiga muvofiq foydalanish maqsadida bojxona omboridan olib chiqishda vaqtincha olib kirish yoki bojxona hududida qayta ishlash muddatining oʻtishi tiklanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 11, 12-boblari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 23-iyundagi 01-02/12-28-sonli qarori bilan tasdiqlangan Vaqtincha olib kirish toʻgʻrisidagi Konvensiyani (Istanbul, 1990-yil 26-iyun) qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 3264, 30.06.2020-y.), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-son “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilishini soddalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
99-modda. Tovarning bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugaganidan keyin u bilan amalga oshiriladigan harakatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 98-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan talabga rioya etilmagan taqdirda, bojxona organi bojxona ombori bojxona rejimida turish muddati tugagan tovarga nisbatan qaror qabul qilinishi uchun sudga murojaat etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
100-modda. Erkin ombor bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ombor bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar muayyan joylar va hududlarda bojxona toʻlovlari toʻlanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
101-modda. Tovarni erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ombor bojxona rejimiga har qanday tovar joylashtiriladi, bundan bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar hamda ushbu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida sharoitlarda saqlash talab etiladigan tovarlar maxsus moslashtirilgan binolarda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari boshqa bojxona rejimlariga joylashtirilgan tovarlar erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
102-modda. Tovarni erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9, 258-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
103-modda. Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning oʻzgarmas holatda but saqlanishini taʼminlash operatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari, shu jumladan turkumlarga boʻlish, joʻnatmalarni shakllantirish, saralash, oʻrash-joylash, qayta oʻrash-joylash, tamgʻalash operatsiyalari (aksiz markalari bundan mustasno) va boshqa shu kabi operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy yigʻish operatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovardan erkin omborda ishlatiladigan texnologik uskuna va uning ehtiyot qismlari, yuklash-tushirish texnikasi, boshqa texnik vositalar sifatida foydalanish operatsiyalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan chakana savdo operatsiyalarini amalga oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga qonun hujjatlariga muvofiq taqiqlar va cheklovlar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
104-modda. Tovarning erkin ombor bojxona rejimida turishi muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar erkin ombor bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
105-modda. Erkin ombor bojxona rejimida bojxona toʻlovlarining va iqtisodiy siyosat choralarining qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ombor bojxona rejimida turgan tovar erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimiga joylashtirilayotganda, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tovarning ishlab chiqarilgan mamlakatiga bogʻliq ravishda bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ombor bojxona rejimiga joylashtirilgan va bojxona hududiga olib kiriladigan chet el tovariga nisbatan, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, ushbu tovar bevosita bojxona hududi tashqarisidan olib kirilganidagi kabi bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tovari erkin ombordan bojxona hududidan tashqariga olib chiqilayotganda unga nisbatan bojxona hududidan olib chiqishda qoʻllanilganidagi kabi bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ombordan bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat boʻlmagan taqdirda bunday tovar unga bojxona toʻlovlari va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllash maqsadida Oʻzbekiston tovari sifatida, boshqa maqsadlarda esa, chet el tovari sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovar olib chiqilayotganda bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etilishi yoki toʻlangan summalar qaytarilishi nazarda tutilgan boʻlsa, erkin ombor bojxona rejimiga joylashtiriladigan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga eksport bojxona rejimida olib chiqish moʻljallangan tovar bojxona bojlari va soliqlar toʻlashdan ozod etiladi yoki toʻlangan summalar qaytariladi. Bunday tovarni olib chiqish bojxona bojlari, soliqlar summalari qaytarilgan yoki ularni toʻlashdan ozod qilingan kundan eʼtiboran olti oydan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin omborlardan Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi lozim boʻlgan tovar bojxona hududiga qaytarilgan yoki uni olib chiqish belgilangan muddatlar ichida amalga oshirilmagan taqdirda bojxona bojlari va soliqlar toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
106-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovar muayyan joylar va hududlarda bojxona toʻlovlari toʻlanmagan hamda iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda joylashtiriladi va shu tarzda undan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
107-modda. Tovarlarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga har qanday tovar joylashtiriladi, bundan bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar hamda ushbu hududdan olib chiqilishi taqiqlangan Oʻzbekiston tovarlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin bojxona zonasi faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga nisbatan erkin bojxona zonasi bojxona rejimi qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida sharoitlarda saqlash talab etiladigan tovarlar maxsus moslashtirilgan binolarda saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
108-modda. Tovarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9, 258-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
109-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan operatsiyalar erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar bilan ayrim operatsiyalarni amalga oshirishga qonun hujjatlariga muvofiq taqiqlar va cheklovlar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
110-modda. Tovarning erkin bojxona zonasi bojxona rejimida turishi muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar erkin bojxona zonasi bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
111-modda. Erkin bojxona zonasi bojxona rejimida bojxona toʻlovlarining qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin bojxona zonasi bojxona rejimida bojxona toʻlovlari ushbu Kodeksning 105-moddasi talablari inobatga olingan holda, erkin iqtisodiy zonalar toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
113-modda. Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi shunday rejimki, bunda tovarlar bojxona hududining bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarida bojxona bojlari, soliqlar toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojxona nazorati ostida turadi hamda realizatsiya qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan chet el tovarlari, shuningdek Oʻzbekiston tovarlari bojxona hududidan chiqib ketayotgan va bojxona hududiga kirib kelayotgan jismoniy shaxslarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslarga ushbu bobda belgilangan shartlarda chakana holda realizatsiya qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtmayotgan jismoniy shaxslarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilinmagan chet ellik shaxslarga boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida tovarlarni realizatsiya qilishga (sotib olishga) ruxsat etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni realizatsiya qilish boj olinmaydigan savdo doʻkonlarida bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
114-modda. Tovarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga har qanday tovarlar joylashtiriladi, bundan roʻyxati qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tovarlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarni deklaratsiyalash boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar boj olinmaydigan savdo bojxona rejimida cheklanmagan muddatda turishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar bilan quyidagi operatsiyalar amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar realizatsiya qilinguniga qadar uning oʻzgarmas holatda but saqlanishini taʼminlash operatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni sotishga tayyorlash boʻyicha, shu jumladan saralash, oʻrash-joylash, qayta oʻrash-joylash, tamgʻalash operatsiyalari (aksiz markalari bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar realizatsiya qilinguniga qadar oʻzgarmas holatda qolishi kerak, bundan isteʼmol qilish uchun moʻljallangan oziq-ovqat mahsulotlarini tayyorlash uchun foydalaniladigan tovar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo doʻkonida realizatsiya qilinadigan tovarlar tovarning boj olinmaydigan savdo doʻkoniga mansubligini anglatuvchi maxsus tamgʻaga ega boʻlishi va chakana sotish uchun oldindan oʻrab, joylangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
115-modda. Tovarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasini va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9, 258-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
116-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tranziti bojxona rejimi shunday rejimki, bunda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirilgan tovar bojxona chegarasida joylashgan joʻnatuvchi bojxona organi va tovar kelib tushadigan bojxona organi orasidagi bojxona hududi boʻylab, shu jumladan chet davlat hududi orqali bojxona nazorati ostida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston tovarlari bojxona chegarasida joylashgan joʻnatuvchi bojxona organi va tovar kelib tushadigan bojxona organi orasidagi chet davlat hududi boʻylab bojxona bojlari va soliqlar toʻlanmagan, shuningdek iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda olib oʻtiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 290-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaysi bojxona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish boshlanadigan boʻlsa, oʻsha bojxona organi joʻnatuvchi bojxona organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaysi bojxona organi faoliyat koʻrsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish tugallanadigan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tovar kelib tushadigan bojxona organi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
117-modda. Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday tovar quyidagi talablarga va shartlarga rioya etilgan holda bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning bojxona hududi orqali tranziti Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq taqiqlanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar qonun hujjatlariga muvofiq tovarning bojxona hududi boʻylab tranzitiga faqat tegishli ruxsatnomalar asosida yoʻl qoʻyilsa, tovarga nisbatan shunday ruxsatnomalar mavjud boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tranziti bojxona rejimida tovarni tashish ushbu Kodeksning 31-bobida belgilangan talablar va shartlarga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari, quvur transporti orqali va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona tranzitining bojxona rasmiylashtiruvi ushbu Kodeksning 24 va 25-boblariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sharti bilan bojxona hududi orqali bojxona tranzitiga yoʻl qoʻyiladigan tovarlarning roʻyxati qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim turdagi tovarlarning bojxona hududi orqali bojxona tranziti bojxona rejimida olib oʻtilishiga nisbatan qonun hujjatlari bilan boshqa talablar va shartlar ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeksning 3-bobiga muvofiq bojxona organi xabardor qilingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
118-modda. Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi. Qonun hujjatlarida belgilangan tovarlarning alohida toifasini bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirilayotganda qoʻshimcha ravishda bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar mavjud boʻlgan taqdirda tranziti amalga oshiriladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
119-modda. Bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq bojxona hududi boʻylab olib oʻtiladigan tovar bilan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tranziti bojxona rejimida turgan tovar bilan oraliq bojxona organi nazorati ostida quyidagi yuk operatsiyalarini va boshqa operatsiyalarni bajarishga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni bojxona hududiga olib kirgan transport vositasidan olib, shu hududdan olib chiqadigan transport vositasiga yuklash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona tranziti bojxona rejimining amal qilish muddatini toʻxtatib turish uchun, shu jumladan tovar tashilayotgan transport vositasi buzilib qolgan taqdirda shunday qilish uchun vaqtincha saqlash joylarida tovarni tushirish va vaqtincha joylab qoʻyish (saqlash, turkumlarga boʻlish yoki turkumlarga toʻplash va boshqa shu kabi operatsiyalar). Tovarni vaqtincha joylab qoʻyish muddati mazkur operatsiyalarni bajarish uchun ketadigan vaqtdan yoxud transport vositasini taʼmirlash-tiklash ishlariga ketadigan vaqtdan kelib chiqqan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi, biroq bu muddat tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng koʻp muddatlaridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzining faoliyat koʻrsatish zonasida bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan ruxsat etilgan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar amalga oshiriladigan bojxona organi oraliq bojxona organi hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 531-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bajariladigan operatsiyalar tovar ustidan bundan buyongi bojxona nazoratini amalga oshirish imkoni boʻlmasligiga olib kelsa, oraliq bojxona organi ushbu tovar bilan operatsiyalarni amalga oshirishni taqiqlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya, yengib boʻlmas kuch taʼsiri yoki bojxona tranziti bojxona rejimiga muvofiq tovarning tashilishiga toʻsqinlik qiladigan boshqa holatlarda, tashuvchi tovarning va transport vositasining but saqlanishini taʼminlash uchun barcha choralarni koʻrishi, eng yaqin bojxona organiga ushbu holatlar va tovar turgan joy toʻgʻrisida darhol xabar qilishi, shuningdek tovarni eng yaqin bojxona organiga yoki bojxona organi koʻrsatgan boshqa joyga tashib oʻtishi yoki tashilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tranziti bojxona rejimi olib kirilgan tovarni bojxona hududidan olib chiqish bilan yoki Oʻzbekiston tovarini bojxona hududiga olib kirish bilan tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha bojxona tranzitining muddati tovarlarni tashishning odatiy muddatlariga muvofiq, transportning turi va transport vositasining imkoniyatlari, yoʻnalishi, boshqa tashish shartlaridan kelib chiqqan holda va (yoki) deklarantning yoki, agar tashuvchi bojxona tranziti bojxona rejimi deklaranti sifatida ish yuritmagan boʻlsa, tashuvchining arizasidan kelib chiqqan holda, shuningdek haydovchining Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq mehnat qilish hamda dam olish rejimi talablari inobatga olingan holda, joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilanadi, lekin bu muddat bojxona tranzitining eng koʻp muddatidan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tranziti bojxona rejimining eng koʻp muddati bojxona tranziti uchun xabarnoma berilgan kundan eʼtiboran belgilanadigan quyidagi hisob-kitob muddatidan oshmasligi lozim:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo transporti uchun — uch kalendar kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer usti va suv transporti uchun — oʻn besh kalendar kunda bir ming kilometr.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs tovarni va ushbu Kodeksning 18-moddasida nazarda tutilgan hujjatlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan muddatda taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar kelib tushadigan bojxona organi bojxona tranziti bojxona rejimini tugallash uchun zarur operatsiyalarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona tranziti bojxona rejimini oraliq bojxona organida quyidagi yoʻllar bilan tugallashga yoʻl qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni alohida turkumlar bilan va (yoki) joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan ilgari belgilanganidan boshqa tovar kelib tushadigan bojxona organlari orqali olib chiqish yoʻli bilan. Tovarlar alohida turkumlar bilan olib chiqilganda tovarning oxirgi turkumi bojxona hududidan olib chiqilganidan keyin bojxona tranziti bojxona rejimi tugallangan hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning talablari va shartlariga rioya etilgan holda tovarni boshqa bojxona rejimlariga joylashtirish yoʻli bilan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur boʻlgan hollarda, oraliq bojxona organi vakolatli shaxsning arizasida koʻrsatilgan muddatga muvofiq bojxona tranziti bojxona rejimini tugallashning boshqa muddatini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
121-modda. Yoʻq qilish bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻq qilish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda chet el tovari bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojxona nazorati ostida yoʻq qilinadi, shu jumladan foydalanish uchun yaroqsiz holga keltiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeksning 21-bobi qoidalariga muvofiq bojxona organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
122-modda. Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirishga, agar yoʻq qilinadigan tovarlar oʻzining isteʼmol xossalarini toʻliq yoʻqotadigan boʻlsa va ularning dastlabki holatini iqtisodiy foydali usulda tiklab boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi tovarlarning yoʻq qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy boyliklarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻq boʻlib ketish xavfi ostida turgan hayvonlar va oʻsimliklar turlarining, ularning qismlari va derivatlarining, bundan epidemiyalar va epizootiyalarning oldini olish maqsadida yoʻq qilinishi talab etiladigan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi hollarda tovarlarni yoʻq qilishga yoʻl qoʻyilmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻq qilish atrof muhitga zarar yetkazishi yoxud insonlarning hayoti va sogʻligʻiga bevosita xavf tugʻdirsa yoki xavf tugʻdirish ehtimoli boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻq qilish tovarlarning odatiy maqsadiga koʻra ularni isteʼmol qilish orqali amalga oshirilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organi tovarlar amalda yoʻq qilinganligini nazorat qilish imkoniyatiga ega boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organining yoʻq qilishni amalga oshirish imkoniyati toʻgʻrisidagi, uni amalga oshirishning usuli va joyi koʻrsatilgan xulosasi bojxona organlarining axborot tizimida boʻlmasa. Ushbu qismning qoidalari avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida qaytarib boʻlmas tarzda yoʻqotilgan tovarlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
(122-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni yoʻq qilish quyidagi yoʻllar bilan amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning batamom yoʻq boʻlib ketishiga olib keladigan termik, kimyoviy, mexanik tarzdagi yoki boshqa turdagi (yoqib tashlash, buzib tashlash, koʻmib tashlash) taʼsir koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
demontaj qilish, qismlarga ajratish, mexanik usulda buzish, shu jumladan teshish, yirtish, boshqa usulda shikast yetkazish, basharti bunday shikastlanishlar tovarlarni keyinchalik tiklash va ulardan dastlabki koʻrinishida foydalanish imkoniyatini istisno etsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni yoʻq qilish tabiatni muhofaza qilish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilgan holda vakolatli shaxs tomonidan uning oʻz mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona omborida saqlanayotgan tovarlarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisida tegishli vakolatli davlat organining tovar isteʼmolga va foydalanishga yaroqsizligi, shuningdek bundan buyon uni saqlash mumkin emasligi haqidagi xulosasiga koʻra, vakolatli shaxsga oldindan yozma xabar yuborilgan holda bojxona omborining egasi tomonidan maʼlum qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
123-modda. Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasini;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 258-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shakl boʻyicha tuzilgan yoʻq qilish dalolatnomasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda yoʻq qilinadigan tovarlarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlar mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
124-modda. Tovarni yoʻq qilish muddati va joyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yoʻq qilish muddati mazkur turdagi tovarni yoʻq qilish operatsiyasini amalga oshirish uchun zarur boʻladigan vaqtdan kelib chiqqan holda bojxona organi tomonidan vakolatli shaxsning arizasi asosida belgilanadi. Tovarni yoʻq qilish maʼlum qilingan usulda hamda tovarni turgan joyidan yoʻq qilish joyiga tashishga ketadigan vaqt hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yoʻq qilish joyi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi davlat organining xulosasi inobatga olingan holda vakolatli shaxs tomonidan belgilanadi.
(124-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
125-modda. Yoʻq qilish bojxona rejimini avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlarga nisbatan qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻq qilish bojxona rejimi avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlarga nisbatan qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisida maʼlum qilgan shaxs bojxona organlariga tegishli vakolatli organning ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan holatlarning mavjudligi hamda tovarlar shu holatlar natijasida yoʻq qilinganligi yoki shikastlanganligi toʻgʻrisidagi xulosasini taqdim etishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida yoʻq qilingan yoki shikastlangan tovarlar yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirilayotganda ushbu Kodeks 122-moddasi birinchi qismining va 127-moddasining qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
126-modda. Yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yoʻq qilinguniga qadar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovarni yoʻq qilish bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini, shuningdek tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 9, 258-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bojxona omborida saqlangan taqdirda, yoʻq qilinishi maʼlum qilingan tovarni bojxona omboridan olib chiqish uchun bojxona organi tomonidan roʻyxatga olingan bojxona yuk deklaratsiyasi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yoʻq qilish joyigacha yetkazib berish va uni yoʻq qilish bojxona nazorati ostida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yoʻq qilish fakti boʻyicha bojxona organining mansabdor shaxsi, vakolatli shaxs va tovarlarni amalda yoʻq qilish chogʻida hozir boʻlgan boshqa shaxslar tomonidan imzolanadigan yoʻq qilish dalolatnomasi tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yoʻq qilish dalolatnomasi tovar amalda yoʻq qilinganidan keyin bir ish kuni ichida bojxona organiga taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish va roʻyxatdan oʻtkazish yoʻq qilishdan avval, uni rasmiylashtirish esa, tovar yoʻq qilinganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
127-modda. Tovarni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilarni deklaratsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan chiqindilar ular shu holatda bojxona hududiga olib kirilganida boʻlgani kabi boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻq qilish natijasida hosil boʻlgan va keyinchalik foydalanish uchun yaroqsiz holatga kelgunga qadar qayta ishlangan chiqindilar deklaratsiyalanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
128-modda. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi shunday rejimki, bunda vakolatli shaxs tovardan voz kechadi hamda uni bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda tekinga davlat mulkiga oʻtkazadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning VIII boʻlimi, Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish ushbu Kodeksning 21-bobiga muvofiq bojxona organi tomonidan beriladigan ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
129-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovardan davlat foydasiga voz kechish davlatning biror-bir xarajat qilishiga sabab boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga quyidagi tovar joylashtirilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muomaladan chiqarilgan yoki muomalasi cheklangan tovar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa, bojxona organlarining axborot tizimida unga nisbatan ushbu organlarning tegishli ruxsatnomasi boʻlmagan tovar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun ruxsatnoma tovar Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kirib kelganidan va bojxona organiga taqdim etilganidan keyingina beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovardan davlat foydasiga voz kechgan vakolatli shaxs uni bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berish bilan bogʻlik barcha xarajatlarni oʻz zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilganidan keyin vakolatli shaxs mazkur bojxona rejimini boshqasiga almashtirishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirishga ruxsatnoma olish toʻgʻrisidagi arizaning qonuniyligi uchun har qanday uchinchi shaxs oldida javobgarlik vakolatli shaxsning zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxs davlat foydasiga voz kechgan tovarga nisbatan uchinchi shaxslarning biror-bir mulkiy talabini qanoatlantirmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar tashuvchining, ombor egasining yoki boshqa shaxslarning shu tovarni tashish, saqlash, u bilan yuk operatsiyalari va boshqa operatsiyalar oʻtkazish bilan bogʻliq biror-bir xarajatining oʻrnini qoplamaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
130-modda. Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish uchun deklarant bojxona organiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasini;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 258-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarni topshirish dalolatnomasini;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga topshirish tartibi toʻgʻrisida nizomning 3-ilovasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etish xususiyatiga ega tegishli hujjatlar boʻlgan taqdirda davlat foydasiga voz kechiladigan tovarga nisbatan bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatlarning mavjudligini bojxona organi mustaqil ravishda tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
131-modda. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi ruxsatnoma bergan bojxona organida saqlanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi vakolatli shaxsga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovar davlat mulkini boshqarish boʻyicha vakolatli organga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda topshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21-bob. Tovarni bojxona rejimlariga joylashtirilayotgandagi ruxsat berish tartib-taomillari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
132-modda. Ruxsatnoma olishni nazarda tutuvchi bojxona rejimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni reeksport, vaqtincha olib chiqish, bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash, reimport, vaqtincha olib kirish, bojxona hududida qayta ishlash, yoʻq qilish yoki davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirish bojxona organi tomonidan berilgan tegishli ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
133-modda. Tovarni bojxona rejimlariga joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona rejimlariga joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxs tovar qaysi bojxona organi faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) reeksport bojxona rejimi uchun — ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza. Bunda ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarga nisbatan tegishli vakolatli organlar tomonidan berilgan, tovarning qaytarilishiga sabab boʻlgan nuqsonlar va boshqa holatlar aniqlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) vaqtincha olib chiqish bojxona rejimi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni yetkazib berish yoki topshirish toʻgʻrisidagi kontrakt (shartnoma, kelishuv) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli xizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib chiqilgan hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) reimport bojxona rejimi uchun — ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza. Bunda ilgari eksport bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarga nisbatan tegishli vakolatli organlar tomonidan berilgan, tovarning qaytarilishiga sabab boʻlgan nuqsonlar va boshqa holatlar aniqlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar arizaga ilova qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) vaqtincha olib kirish bojxona rejimi uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni yetkazib berish yoki topshirish toʻgʻrisidagi kontrakt (shartnoma, kelishuv) (tovar ijara, lizing shartnomasi, kafolatli xizmat koʻrsatish va investitsiya loyihasi doirasida vaqtincha olib kirilgan hollarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning kuzatuv hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimi uchun — ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona rejimlariga joylashtirishga ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxsdan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
134-modda. Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga va tovarni yoʻq qilishga ruxsatnoma olish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga va tovarni yoʻq qilishga ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxs tovar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlari boʻlgan texnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar), shuningdek vakolatli organlarning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojxona laboratoriyalarining) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalarini belgilash uchun aniq qayta ishlash texnologik jarayoniga asoslangan xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib chiqishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib kirishga doir kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) koʻchirma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) bojxona hududida qayta ishlash uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlashning texnologik jarayoni toʻgʻrisidagi maʼlumotlari boʻlgan texnik-iqtisodiy asoslar (hisob-kitoblar), shuningdek vakolatli organlarning va (yoki) vakolatli tashkilotlarning (shu jumladan bojxona laboratoriyalarining) qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normalarini belgilash uchun aniq qayta ishlash texnologik jarayoniga asoslangan xulosalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlashni amalga oshirish uchun asos boʻlgan kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) yoki tovarni qayta ishlash uchun olib kirishga va qayta ishlash mahsulotlarini olib chiqishga doir kontraktning (shartnomaning, kelishuvning) koʻchirma nusxasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) tovarni yoʻq qilish uchun — ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududidan tashqarida (hududida) qayta ishlashga va tovarni yoʻq qilishga ruxsatnoma olish uchun vakolatli shaxsdan ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
135-modda. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizaning shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada vakolatli shaxsning elektron manzili koʻrsatilganligi uning oʻz arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga boʻlgan roziligidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 133 va 134-moddalarida koʻrsatilgan hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga Interaktiv davlat xizmatlarining yagona portali orqali “bir darcha” prinsipi boʻyicha taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar bojxona organi uning aksini tasdiqlamagunicha barcha hollarda toʻgʻri deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizada koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik vakolatli shaxsning zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
136-modda. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi tegishli ruxsatnomani berish toʻgʻrisidagi arizani olganidan soʻng ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablar va shartlarga rioya etilganligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni reeksport, vaqtincha olib chiqish, reimport, vaqtincha olib kirish va davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimlariga joylashtirishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻq qilishga ruxsatnoma olish uchun arizalarni koʻrib chiqayotganda tovarlarni bojxona koʻrigidan oʻtkazadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash va bojxona hududida qayta ishlashga ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizalarni koʻrib chiqishda bojxona organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organlarning ruxsatnomalari mavjudligini tekshiradi, agar tovarlar yoki qayta ishlash mahsulotlari shu organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash mahsulotlarining chiqish normasini belgilaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta ishlash mahsulotlarining majburiy chiqish normalarini aniqlashda qiyinchilik boʻlgan taqdirda oʻrganib chiqish, tadqiq etish, tekshirish yoki boshqa ilmiy va texnik jihatdan baho berish uchun uchinchi shaxslarni jalb qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
137-modda. Ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish quyidagi muddatlardan oshmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) reeksport bojxona rejimiga joylashtirish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarga nisbatan ariza qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir oy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ilgari boshqa bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarga nisbatan, ushbu bojxona rejimini tugallash maqsadida, ariza qabul qilingan sanadan eʼtiboran oʻn ish kuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) vaqtincha olib chiqish va vaqtincha olib kirish bojxona rejimlariga joylashtirishga besh ish kuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash va bojxona hududida qayta ishlashga bir oy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) reimport va davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimlariga joylashtirishga oʻn ish kuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish muddati barcha zarur hujjatlar taqdim etilgan sanadan boshlab hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxsga tegishli ruxsatnomani berishi (joʻnatishi) yoki ruxsatnoma berish rad etilganligi haqida uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart. Ruxsatnoma vakolatli shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan shaklda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bojxona organi tegishli ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish muddati ichida vakolatli shaxsga ruxsatnoma bermagan boʻlsa yoki berishni rad etmagan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan muddat tugaganidan keyin vakolatli shaxs bojxona organini yozma ravishda xabardor qilgan holda tovarlarni bojxona organining ruxsatnomasi olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organi vakolatli shaxsning yozma xabarini olganidan keyin besh ish kuni ichida unga ruxsatnoma berishi shart. Qabul qilib olingan sanasi koʻrsatilgan ariza va vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga yuborilgan yozma xabar ruxsatnoma olinguniga qadar ruxsatnomaga tenglashtiriladi hamda tovarlarni bojxona organining ruxsatnomasi olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
138-modda. Ruxsatnoma berishni rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berishni rad etishga quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma berish uchun zarur hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning ushbu Kodeksga muvofiq ruxsatnoma olinishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish uchun belgilangan talablar va shartlarga mos emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda notoʻgʻri yoki buzib koʻrsatilgan maʼlumotlar mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berishni boshqa asoslar, shu jumladan maqsadga muvofiq emas degan vajlar bilan rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berish rad etilganligi haqidagi xabar rad etish sabablari, qonun hujjatlarining aniq normalari va vakolatli shaxs mazkur sabablarni bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan muddat koʻrsatilgan holda vakolatli shaxsga topshiriladi (yuboriladi). Vakolatli shaxs rad etish sabablarini bartaraf etib, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat ruxsatnoma berish rad etilganligi haqida xabar olingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kam boʻlishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs ruxsatnoma berishni rad etishga asos boʻlgan sabablarni belgilangan muddatda bartaraf etgan taqdirda, hujjatlarni takroran koʻrib chiqish, ruxsatnoma berish yoki uni berishni rad etish, vakolatli shaxsning rad etish sabablari bartaraf etilganligi toʻgʻrisidagi arizasi va ularning bartaraf etilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Vakolatli shaxsning hujjatlari takroran koʻrib chiqilganligi uchun bojxona yigʻimi undirilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 291-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yigʻimlari stavkalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarni takroran koʻrib chiqishda bojxona organi tomonidan ilgari xabarda bayon qilinmagan rad etish sabablari keltirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan ilgari koʻrsatilgan sabablar bartaraf etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar bilan bogʻliq rad etish sabablari keltirilishi mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarda koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin vakolatli shaxs tomonidan topshirilgan ariza yangi topshirilgan ariza hisoblanadi va bojxona organi tomonidan umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs ruxsatnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror, shuningdek bojxona organi mansabdor shaxsining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
139-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda toʻxtatib turiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlari vakolatli shaxs tomonidan buzilganligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organining aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini vakolatli shaxs zimmasiga yuklaydigan qarori vakolatli shaxs tomonidan bajarilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar va aholining hayoti hamda sogʻligʻiga haqiqiy tahdid vujudga kelishining oldini olish munosabati bilan oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatga ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organining ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish sabablari va qonun hujjatlaridagi aniq normalar koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxsga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi sud qarori qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda vakolatli shaxsga yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi yoki sud ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarning vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilish muddatini belgilashi shart. Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlarni vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etish muddati ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror vakolatli shaxs tomonidan olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilgan taqdirda ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan bojxona organi yoki sud ruxsatnomaning amal qilishini qayta tiklash haqida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganligi toʻgʻrisida tasdiqnoma olingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida qaror qabul qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi qabul qilingan qaror haqida vakolatli shaxsni tegishli qaror qabul qilinganidan soʻng bir ish kuni ichida xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
140-modda. Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxs ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxs tugatilganda — tugatilgan yoki faoliyati toʻxtatilgan paytdan eʼtiboran, yuridik shaxs qayta tashkil etilganda esa — qayta tashkil etilgan paytdan eʼtiboran, bundan yuridik shaxsning oʻzgartirilishi mustasno;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49 –– 57-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomaning amal qilishi tugatilganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs vafot etganda, uning muomala layoqati belgilangan tartibda cheklanganda yoki u muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 31-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga sabab boʻlgan holatlar bojxona organi yoki sud belgilagan muddatda vakolatli shaxs tomonidan bartaraf etilmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organining ruxsatnoma berish toʻgʻrisidagi qarori gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnomaning amal qilish muddati tugaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amalga oshirilishi uchun bojxona organining ruxsatnomasi berilgan bir martalik harakat bajarilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilishi ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining oltinchi va yettinchi xatboshilarida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi sud qarori vakolatli shaxsga va bojxona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi bojxona organi qarori uning amal qilishi tugatilishining sabablari va qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda, qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan kechiktirmay vakolatli shaxsga yetkaziladi. Ruxsatnomaning amal qilishi tugatilgan taqdirda, u bojxona organiga qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
141-modda. Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va uning dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxs boʻlgan vakolatli shaxs oʻzgartirilgan, uning nomi yoki joylashgan yeri (pochta manzili) oʻzgargan taqdirda, yuridik shaxs boʻlgan arizachi yoki uning huquqiy vorisi qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin yetti ish kuni ichida bojxona organiga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida oʻziga berilgan guvohnomada koʻrsatilgan familiyasi, ismi, otasining ismi yoki faoliyat koʻrsatadigan joyi oʻzgargan taqdirda, tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs yoki uning huquqiy vorisi (merosxoʻri) qayta roʻyxatdan oʻtkazilganidan keyin yetti ish kuni ichida bojxona organiga koʻrsatilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni ilova qilgan holda ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisida ariza berishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning (bundan tadbirkorlik subyekti boʻlgan jismoniy shaxs mustasno) familiyasi, ismi, otasining ismi oʻzgargan taqdirda tovarlarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirish uchun ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi hujjatlar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga bevosita yoki pochta aloqasi vositalari orqali yoxud elektron shaklda, ular olinganligi haqida xabardor qilingan holda taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma qayta rasmiylashtirilguniga qadar ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish haqida ariza bergan vakolatli shaxs yoki uning huquqiy vorisi bojxona organi tomonidan qabul qilib olingan sanasi qayd etilgan ariza asosida unda koʻrsatilgan harakatni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxsdan ushbu moddada nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirish va qayta rasmiylashtirilgan ruxsatnomani berish tegishli hujjatlar ilova qilingan qayta rasmiylashtirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organi tomonidan olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Berilgan ruxsatnoma yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan taqdirda, vakolatli shaxsning arizasiga koʻra bojxona organi ariza olingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida uning dublikatini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomani qayta rasmiylashtirganlik va uning dublikatini berganlik uchun bojxona yigʻimi undirilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 291-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yigʻimlari stavkalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
142-modda. Ruxsatnomani bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma quyidagilar asosida bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxsning ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsatnoma qalbaki hujjatlardan foydalangan holda olinganligi fakti aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnoma bekor qilingan taqdirda, u bojxona organlariga qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori ruxsatnoma berilgan sanadan eʼtiboran amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsatnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi sud qarori ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
III boʻlim. Transport vositalariga va tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan bojxona rejimlarining qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22-bob. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarini olib oʻtish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
143-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazoratida turgan tovarlarni va (yoki) yoʻlovchilarni haq evaziga yoki bepul tashish uchun foydalaniladigan transport vositasi tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan, transport vositasi bilan birga tashiladigan standart ehtiyot qismlar, ashyolar va uskunalar, standart baklardagi moylash materiallari va yoqilgʻi, shuningdek ashyo-anjomlar bojxona maqsadlari uchun mazkur transport vositasining ajralmas qismi deb qaraladi. Ashyo-anjomlarga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harakatlanish yoʻlida yoki oraliq toʻxtab oʻtish yoxud toʻxtab turish joylarida daryo va havo kemalari, poyezdlar, shuningdek avtotransport vositalari normal ishlatilishini hamda ularga texnik xizmat koʻrsatilishini taʼminlash uchun zarur boʻlgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryo va havo kemalarining bortida, avtotransport vositalarida yoʻlovchilar va ekipajlar aʼzolari isteʼmol qilishi uchun yoki poyezdlarda yoʻlovchilar va poyezd brigadalarining xodimlari isteʼmol qilishi uchun moʻljallangan tovarlar, bu ashyo-anjomlar sotilishidan yoki sotilmasligidan qatʼi nazar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
daryo va havo kemalarining, poyezdlarning, shuningdek avtotransport vositalarining yoʻlovchilariga hamda ekipaj aʼzolariga mazkur ashyo-anjomlarini transport vositalarida isteʼmol qilish maqsadisiz sotish uchun moʻljallangan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
144-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalariga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona rejimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Biror-bir bojxona rejimiga tovar sifatida joylashtirilishi maʼlum qilinmagan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasiga bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgan paytdan eʼtiboran, tegishincha vaqtincha olib kirish yoki vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga ushbu bojxona rejimlari shartlariga shaxslarning rioya etishi majburiyatlari bilan joylashtirilgan tovar sifatida qaraladi. Bunda mazkur transport vositasini vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga yoki vaqtincha olib chiqish bojxona rejimiga joylashtirish ruxsatnomasi olish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
145-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona hududiga vaqtincha olib kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona toʻlovlari toʻlashdan shartli ozod etilgan holda bojxona hududiga vaqtincha olib kirishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi, agar u:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chet davlat hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni va yoʻlovchilarni tijorat maqsadida tashish uchun foydalanilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududiga chet ellik shaxs yoxud chet ellik shaxs vakolat bergan Oʻzbekiston Respublikasi yuridik yoki jismoniy shaxsi tomonidan olib kirilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijara shartnomasining predmeti yoki mazkur transport vositasiga boʻlgan huquqni Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga transport operatsiyasini transport vositasini bojxona hududidan qaytarib olib chiqish yoʻli bilan tugallashdan oʻzga maqsadda oʻtkazishni nazarda tutuvchi boshqa shartnoma predmeti boʻlmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirilgan transport vositasiga nisbatan mulk huquqi Oʻzbekiston Respublikasining yuridik yoki jismoniy shaxsiga oʻtgan boʻlsa, tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlmagan hollarda, shuningdek bojxona toʻlovlarini toʻlashdan shartli ozod etishni qoʻllash shartlariga rioya etilmagan taqdirda, transport vositasiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda davriy bojxona toʻlovlari qoʻllaniladigan vaqtincha olib kiriladigan tovar sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
146-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish muddati tashuvchining yoki vakolatli shaxsning arizasidan kelib chiqqan holda va moʻljallanayotgan transport operatsiyasining barcha holatlari hisobga olingan holda bojxona organi tomonidan belgilanadi. Bunda tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holda vaqtincha olib kirishning umumiy muddati u olib kirilgan sanadan eʼtiboran toʻqson kalendar kundan oshmasligi kerak. Vaqtincha olib kirilgan transport vositasini qaytarib olib chiqish ushbu transport operatsiyasi tugallanganidan soʻng darhol amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarda qaytarib olib chiqish bilan tugallanadi. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib kirish, ushbu Kodeksda tovarlarni vaqtincha olib kirish bojxona rejimini tugallash uchun nazarda tutilgan tartibda tugallanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
147-modda. Vaqtincha olib kirilgan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan amalga oshiriladigan operatsiyalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirilgan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan bojxona hududida ulardan foydalanilayotganda zarur boʻlgan taʼmirlash yoki texnik xizmat koʻrsatish operatsiyalarini bajarishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
148-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini mazkur transport vositasi bojxona hududidan tashqarida qanday shaxs tomonidan va qanday maqsadlarda foydalanilishidan qatʼi nazar, agar u bojxona hududida erkin muomalada turgan boʻlsa, vaqtincha olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda bojxona toʻlovlari undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilgan transport vositasini vaqtincha olib chiqishga yoʻl qoʻyiladi. Bunda shu transport vositasiga nisbatan vaqtincha olib kirish bojxona rejimining amal qilishi va shartlari bojxona toʻlovlarini toʻlash maqsadlari uchun uni boshqa bojxona rejimiga joylashtirish toʻgʻrisida maʼlum qilinguniga qadar tugatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
149-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish muddati ikki yildan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
150-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasini bojxona hududiga qaytarib olib kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan vaqtincha olib chiqilgan transport vositasi bojxona hududiga qaytarib olib kirilayotganda, agar bojxona hududidan tashqarida tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasi qayta ishlash operatsiyalaridan oʻtkazilmagan boʻlsa, bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi, bundan uning but saqlanishini hamda undan foydalanilishini taʼminlash, shu jumladan unga texnik xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash operatsiyalari mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 8, 12-boblari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi PF-115-son “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qoʻllanilishini soddalashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
151-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqishni tugallash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasini vaqtincha olib chiqish uni bojxona hududiga qaytarib olib kirish bilan yoki ushbu Kodeksda tovarlarni vaqtincha olib chiqish bojxona rejimini tugallash uchun nazarda tutilgan tartibda tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
152-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining uskunalarini va ehtiyot qismlarini vaqtincha olib kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib kiriladigan va ular bilan qaytarib olib chiqish uchun moʻljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov berish va ularni himoyalash uskunalari, ulardan transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligidan qatʼi nazar, vaqtincha olib kirilgan taqdirda bojxona toʻlovlari toʻlashdan shartli ravishda ozod etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududiga vaqtincha olib kirilgan, transport vositasiga oʻrnatilgan yoki unda foydalanilayotgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida taʼmirlashda yoki texnik xizmat koʻrsatishda foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar bojxona toʻlovlarini toʻlashdan shartli ravishda ozod etilgan holda vaqtincha olib kirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Almashtirilgan va bojxona hududidan olib chiqilmagan uskunalar va ehtiyot qismlar erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga yoki ushbu Kodeks qoidalariga rioya etgan holda boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
153-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining uskunalarini va ehtiyot qismlarini vaqtincha olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalari bilan birga olib chiqiladigan va ular bilan qaytarib olib kirish uchun moʻljallangan, yuklarni ortish, tushirish, ularga ishlov berish va ularni himoyalash uskunalari, transport vositalaridan alohida foydalanish mumkinligi yoki mumkin emasligidan qatʼi nazar, vaqtincha olib chiqilgan taqdirda ular bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlarida foydalanishga vaqtincha olib chiqilgan transport vositasiga oʻrnatilgan qismlarni va uskunalarni almashtirish maqsadida taʼmirlash yoki texnik xizmat koʻrsatilayotganda foydalanish uchun moʻljallangan uskunalar va ehtiyot qismlar vaqtincha olib chiqilgan taqdirda bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining almashtirilgan uskunalari va ehtiyot qismlari bojxona toʻlovlari toʻlanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmagan holda bojxona hududiga qaytarib olib kiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
154-modda. Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi transport vositasi uchun deklaratsiyani bojxona organi tomonidan qabul qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23-bob. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni va transport vositalarini notijorat maqsadlarda olib oʻtish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
155-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyojlari uchun olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan va tadbirkorlik faoliyati uchun moʻljallanmagan tovarlar jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlar bojxona chegarasi orqali soddalashtirilgan tartibda va ushbu bobda nazarda tutilgan imtiyozlar qoʻllanilgan holda olib oʻtiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning qanday maqsadga moʻljallanganligini aniqlashda quyidagilar hisobga olinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning miqdori, bunda tovarlarni olib oʻtayotgan jismoniy shaxs va uning oila aʼzolari ehtiyojlaridan ortiq miqdordagi bir turdagi tovarlarga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun olib kirilayotgan tovarlar deb qaraladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni olib oʻtishning takroriyligi, bunda ayni bir shaxs tomonidan bir turdagi tovarlarning bir necha bor olib kirilishiga, agar tovarlarni olib oʻtayotgan shaxs aksini isbotlab bermasa, tadbirkorlik faoliyatida foydalanish uchun tovarlarni olib kirish deb qaraladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
safarning holatlari, bunda safarning maqsadi va uning davomiyligi hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
156-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda olib oʻtishning soddalashtirilgan tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib oʻtish quyidagilarni nazarda tutuvchi soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarga nisbatan iqtisodiy siyosat choralari, shu jumladan tovarlarning xavfsizligiga oid standartlarga va talablarga muvofiqligini majburiy tasdiqlash qoʻllanilmasligi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning bojxona yuk deklaratsiyasi toʻldirilmaydigan bojxona rasmiylashtiruvi tartibi, bundan erkin muomalaga chiqarish (import) yoki eksport bojxona rejimlariga tovar sifatida joylashtiriladigan transport vositasi mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning VI boʻlimi, 5, 9-boblari, 258-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
157-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlarining qoʻllanilmasligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari quyidagilarga nisbatan qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz soligʻi solinmaydigan olib kirish normasi doirasida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlarga nisbatan, tovarlarni qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz soligʻi solinmaydigan olib kirish normasi doirasida, bundan jismoniy shaxs manziliga kelayotgan tovarlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy yashash joyi oʻzgarganligi munosabati bilan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan shaxsiy mol-mulkka nisbatan, bundan transport vositalari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
158-modda. Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etilgan holda vaqtincha olib kirishga, basharti tovarlar va (yoki) transport vositalari ushbu shaxslarni bojxona hududida boʻlishi davriga notijorat maqsadlarda olib kirilayotgan boʻlsa, yoʻl qoʻyiladi. Bunda transport vositasi chet davlat hududida roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat tugaganidan soʻng tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan oʻzgarmas holatda qaytarib olib chiqilishi yoki tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari istalgan bojxona organi orqali bojxona hududidan qaytarib olib chiqilishi mumkin. Vaqtincha olib kirilgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini qaytarib olib chiqishda bojxona toʻlovlari toʻlanmaydi va iqtisodiy siyosat choralari qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vaqtincha olib kirilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida jiddiy shikastlangan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlsa, vaqtincha olib kirilgan mazkur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan qaytarib olib chiqish amalga oshirilmasligi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
159-modda. Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan transport vositasini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet ellik jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda vaqtincha olib kirilgan transport vositasining bojxona hududida turishining umumiy muddati kalendar yil mobaynida jami toʻqson kalendar kundan oshmasligi lozim. Bunda transport vositasini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan yigʻimni toʻlagan holda yuqorida koʻrsatilgan muddatdan ortiqroq muddatga vaqtincha olib kirishga yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2010-yil 28-oktabrdagi 01-02/12-8, 20-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan avtotransport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 2156, 19.11.2010-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yigʻim undirilguniga qadar transport vositasi bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan yigʻim quyidagi hollarda toʻlanmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari tomonidan belgilanadigan joylarda vaqtincha saqlash davri uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar vaqtincha olib kirilgan transport vositasi xatlangan, musodara qilingan, avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatida foydalanish uchun yaroqsiz holga kelib qolgan va bu vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
160-modda. Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari tomonidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini notijorat maqsadlarda vaqtincha olib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining jismoniy shaxslari bojxona hududidan tashqarida oʻzlariga notijorat maqsadlarda zarur tovarlarni va (yoki) transport vositalarini xorijiy davlatda vaqtincha boʻlish muddatiga vaqtincha olib chiqishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularni vaqtincha olib chiqish va bojxona hududiga qaytarib olib kirishda bojxona toʻlovlari toʻlashdan ozod etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini identifikatsiyalash ularni bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan holda bojxona hududiga qaytarib olib kirishga yordam beradigan boʻlsa, bojxona organlari vaqtincha olib chiqilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxsining soʻroviga koʻra identifikatsiyalashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
161-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Temir yoʻl transportida bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan jismoniy shaxslarga bojxona nazorati qoidalariga rioya etish sharti bilan, transport vositasidan chiqmagan holda bojxona operatsiyalaridan oʻtish imkoniyati beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari ularning bojxona rasmiylashtiruvini darhol amalga oshirish yoki bojxona toʻlovlarini toʻlash imkoni boʻlmagan taqdirda vaqtincha saqlash bojxona rejimiga joylashtirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona hududiga soddalashtirilgan tartibda notijorat maqsadlarda olib kiriladigan va uning tashqarisiga olib chiqiladigan tovarlarga bojxona maqsadlarida tegishincha erkin muomalaga chiqarilgan yoki eksport bojxona rejimida olib chiqilgan deb qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
162-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar qoʻl yukida va kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlarda olib oʻtayotgan tovarlarni deklaratsiyalash jismoniy shaxslar tomonidan ular bojxona chegarasi orqali oʻtayotganda tovarni taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning qoʻl yukida va kuzatib borilayotgan bagajida olib oʻtilayotgan tovarlar ularni kuzatib borayotgan shaxs tomonidan deklaratsiyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash maqsadida bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yoʻlakli tizim qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ikki yoʻlakli tizimning qoʻllanilishi bojxona operatsiyalarini bajarish uchun notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yoʻlakning bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan jismoniy shaxs tomonidan mustaqil ravishda tanlanishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil” yoʻlak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini bojxona chegarasidan olib oʻtishi uchun moʻljallangan joy hisoblanadi. Mazkur tovarlar ogʻzaki tarzda deklaratsiyalanadi, bundan olib kirilishi yoki olib chiqilishi qonun hujjatlariga muvofiq taqiqlangan yoxud cheklangan tovarlar, shuningdek qiymati va (yoki) miqdori qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz soligʻi solinmaydigan olib kirish normasidan oshib ketgan tovarlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning “yashil” yoʻlak orqali oʻtishi bojxona maqsadlari uchun ushbu shaxsda yozma ravishda deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar yoʻqligini bojxona organiga maʼlum qilish deb qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Qizil” yoʻlak kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajidagi tovarlarini, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga koʻra amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib oʻtishi uchun moʻljallangan joy hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Yashil” yoʻlakda bojxona nazorati ayrim shakllarining qoʻllanilmasligi jismoniy shaxslar bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilganligini anglatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasidan oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli tizim qoʻllanilishining talablari va tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 814-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali oʻtkazish punktlarida ikki yoʻlakli va masofaviy bojxona nazorati tizimlarini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsning alohida bagajda notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlari ularni olib oʻtayotgan shaxs yoki ishonchnoma asosida ish olib boruvchi boshqa shaxs tomonidan deklaratsiyalanishi mumkin. Bojxona organiga maʼlum qilinadigan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik tovarlarni deklaratsiyalayotgan shaxsning zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻn olti yoshga toʻlmagan shaxsning alohida ketayotgan bagajidagi tovarlar uning ota-onasi, vasiylari yoki homiylari tomonidan yoxud ota-onasi, vasiylari yoki homiylarining ishonchnomasiga binoan ish olib boruvchi shaxslar tomonidan deklaratsiyalanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan ishlab chiqarish yoki tijorat maqsadlari uchun moʻljallangan tovarlarni, shuningdek ularning manziliga kelayotgan notijorat maqsadlardagi tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda (bundan pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno) ushbu Kodeksda belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
163-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlarini toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan qoʻl yukida yoki kuzatib borilayotgan bagajida notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlarning, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilayotgan shunday tovarlarning qiymati va (yoki) miqdori qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi va aksiz soligʻi solinmaydigan olib kirish normasidan ortiq boʻlsa, ortiq qismiga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar jismoniy shaxsning manziliga kelib tushganda bojxona toʻlovlari olib kirilayotgan tovarlarning butun summasidan, bojsiz olib kirish normasi va aksiz soligʻi solinmaydigan olib kirish normasi qoʻllanilmagan holda undiriladi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari notijorat maqsadlardagi tovarlarni deklaratsiyalashda, shakli va toʻldirilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan bojxona kirim orderi asosida jismoniy shaxslar tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona kirim orderining bir nusxasi bojxona toʻlovlarini toʻlagan jismoniy shaxsga topshiriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali notijorat maqsadlarda olib oʻtilayotgan tovarlarga bojxona kirim orderini toʻldirish va bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
164-modda. Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona qiymati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda olib oʻtiladigan tovarlarning qiymati ularni deklaratsiyalashda maʼlum qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan notijorat maqsadlarda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona qiymati cheklar, kvitansiyalar va (yoki) boshqa tijorat hujjatlari bilan tasdiqlangan, maʼlum qilingan qiymatdan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxs tomonidan maʼlum qilingan tovarlarning bojxona qiymati toʻgʻri belgilanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va maʼlumotlar boʻlmagan taqdirda bojxona organi tovarlarning bojxona qiymatini ushbu Kodeksning 44-bobiga muvofiq mustaqil ravishda belgilashi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar bojxona hududiga alohida kelayotgan bagajda olib kirilgan, shuningdek xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilgan taqdirda ularning bojxona qiymatiga tovarlarni aeroportgacha, daryo portigacha yoki tovarlar bojxona hududiga olib kiriladigan boshqa joygacha yetkazib berish xarajatlari qoʻshiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24-bob. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
165-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan pochta yoki kuryerlik joʻnatmalari xalqaro pochta yoki kuryerlik joʻnatmalaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta joʻnatmalari Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlar bilan birga yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalari tijorat hujjatlari bilan birga yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonun hujjatlarida taqiqlangan tovarlarni yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
166-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan hamda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona nazoratidan oʻtishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari bojxona nazoratini amalga oshirmasdan qabul qiluvchilarga berilishi yoki bojxona hududidan tashqariga joʻnatilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan xalqaro pochta almashinuvi joylarida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli “Bojxona sohasidagi ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organni xabardor qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan joylarda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi qabul qiluvchilar yoki joʻnatuvchilar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organi tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Bunday hollarda xalqaro pochta joʻnatmalari xalqaro pochta almashinuvi joylaridan pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotigacha bojxona nazorati ostida yetkaziladi. Pochta aloqasining tegishli hududiy tashkilotlarida bojxona nazorati ostidagi tovarlarni saqlash uchun joylar tashkil qilinadi, bu joylar bojxona nazorati zonalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan joylardan yuboriladigan xalqaro kuryerlik joʻnatmalari qabul qiluvchilar qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida turgan boʻlsa, oʻsha bojxona organigacha bojxona nazorati ostida yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
167-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilarga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslar manziliga xalqaro pochta joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati eng kam oylik ish haqining oʻn baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun — Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) jismoniy shaxslarning manziliga notijorat maqsadlarda, shuningdek yuridik shaxslarning manziliga xalqaro kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati eng kam oylik ish haqining oʻn baravarigacha boʻlgan miqdordagi tovarlar uchun — tijorat hujjatlariga bojxona deklaratsiyasi sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qolgan hollarda xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarni deklaratsiyalash bojxona yuk deklaratsiyasini berish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida olib chiqiladigan, bojxona yuk deklaratsiyasi berilishi lozim boʻlgan tovarlarni deklaratsiyalash mazkur tovarlar pochta aloqasi tashkilotlariga topshirilayotganda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 258-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli “Bojxona sohasidagi ayrim tartib-taomillarni yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
168-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining bojxona koʻzdan kechiruvi hamda bojxona koʻrigi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pochta aloqasi operatorlari va provayderlari bojxona koʻzdan kechiruvini hamda bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun bojxona organlariga xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlariga bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigi uchun xatlar, pochta kartochkalari va sekogrammalar taqdim etilmaydi, bundan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida tegishincha bojxona hududiga olib kirilishi yoki ushbu hududdan olib chiqilishi qonun hujjatlarida taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar mavjud deb hisoblash uchun bojxona organlarida yetarli asoslar mavjudligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmasi bojxona koʻrigidan oʻtkazilayotganda uning miqdorida farqlar, joylanmalarida nomuvofiqliklar hamda bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining boshqa hollari aniqlangan taqdirda pochta aloqasi operatorining yoki provayderining xodimi bojxona organining mansabdor shaxsi bilan birgalikda bojxona koʻrigi dalolatnomasini imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarning bojxona koʻzdan kechiruvi yoki bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda bojxona organlari bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
169-modda. Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarga doir bojxona toʻlovlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan tovarlarga doir bojxona toʻlovlari vakolatli shaxs tomonidan toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlarida xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuboriladigan, qiymati va (yoki) miqdori tovarlarni bojsiz olib kirish normasi va aksiz soligʻi solinmaydigan olib kirish normasidan ortiq boʻlgan tovarlarning ortiq qismi uchun bojxona toʻlovlari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 167-moddasiga muvofiq bojxona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlar boʻyicha bojxona toʻlovlari bojxona organlari tomonidan bojxona kirim orderidan foydalangan holda hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 22-maydagi 125-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona kirim orderining shakli va uni toʻldirish qoidalari (roʻyxat raqami 3525, 04.07.2024-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona kirim orderini toʻldirish va bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yuk deklaratsiyasini berish talab qilinmaydigan tovarlarga bojxona toʻlovlari summalarini hisoblab chiqarish Umumjahon pochta ittifoqining hujjatlarida nazarda tutilgan hujjatlarda va bojxona maqsadlari uchun foydalaniladigan tijorat hujjatlarida koʻrsatilgan tovarlarning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi. Tovarlarning qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan taqdirda, tovarlarning bojxona qiymati bojxona organi tomonidan ushbu Kodeksga muvofiq aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va ularni toʻlash ushbu Kodeksning VIII boʻlimida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi tomonidan bojxona toʻlovlari hisoblangan tovarlarni oʻz ichiga olgan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari vakolatli shaxsga bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25-bob. Bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
170-modda. Tovarlarni bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar bojxona chegarasidan quvur transportida olib oʻtilayotganda tovarlarning qonun hujjatlarida belgilangan standartlar va texnik shartlarga muvofiq aralashib ketishiga, shuningdek tashishning texnologik xususiyatlari hamda tovarlarning oʻziga xos xossalari oqibatida miqdori, sifati va holati oʻzgarishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilishiga ushbu bobda belgilangan qoidalarga koʻra keyinchalik deklaratsiyalash hamda bojxona toʻlovlarini toʻlash sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar bojxona organi tomonidan identifikatsiyalanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
171-modda. Bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni deklaratsiyalash:
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2020-yil 15-iyundagi 01-02/12-19, 01-05-4-3202-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan elektr uzatish tarmoqlari orqali oʻtkazilayotgan elektr energiyasini bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 3265, 30.06.2020-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr energiyasi yetkazib berilgan oydan keyingi oyning oʻninchi sanasidan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvur transportida olib oʻtilayotgan tovarlarni yetkazib berilishidan avval, hisobot davridan oldingi oyning yigirmanchi sanasidan kechiktirmay bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona deklaratsiyasi berilayotganda quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarni amalda koʻrsatish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarning amaldagi miqdori toʻliq bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etgan holda deklaratsiyalanishi lozim, mazkur miqdor texnologik jihatdan shartlashilgan joylarda oʻrnatilgan, mazkur tovarlarning oʻtishini qayd qiluvchi hisobga olish asboblarining koʻrsatkichlari asosida hamda vakolatli organlarning maʼlumotlariga koʻra aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar boʻlmagan taqdirda muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishga ruxsat etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi imzolagan xalqaro shartnomalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlarning amalda olib oʻtilish hajmi va qiymatini aniqlash imkoniyati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etishda bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish muddati tovarlarni yetkazib berishning hisob-kitob oyi tugagan sanadan eʼtiboran toʻqson kalendar kundan oshmasligi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasidan quvur transportida tranzit tarzida olib oʻtiladigan tovarlarni deklaratsiyalash haqiqatda yetkazib berilgan har bir kalendar oydan keyingi oyning yigirma beshinchi sanasidan kechiktirmay bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 18-bobi, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 737-sonli qarori bilan tasdiqlangan Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
172-modda. Tovarlar bojxona chegarasidan quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotganda bojxona toʻlovlarini toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bir kalendar oy mobaynida quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali bojxona chegarasidan olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona toʻlovlari tovarlar yetkazib berilgan oyning oxirgi kunida amalda boʻlgan bojxona toʻlovlari stavkalari boʻyicha, bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan kundan kechiktirmay toʻlanadi. Bunda quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali bojxona chegarasidan bir kalendar oy mobaynida olib oʻtiladigan tovarlarning qiymati bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun tovarlar yetkazib berilgan oyning oxirgi kunidagi valyutaning Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning VIII boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligining 2021-yil 6-martdagi 01-02/12-01, IHL-841/20-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan magistral gaz oʻtkazish quvurlari orqali olib oʻtilayotgan tabiiy gazni bojxona nazorati va bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida nizom (roʻyxat raqami 3295, 10.04.2021-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasidan quvur transportida olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona toʻlovlari bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quvur transportida olib oʻtiladigan tovarlarga muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi berilgan taqdirda, bojxona toʻlovlari muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki uni qabul qilish bilan bir vaqtda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining summasi maʼlumotlarni aniqlashtirish natijasida oshsa, summaning oshgan qismi yuzasidan qoʻshimcha toʻlov bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi kerak. Bunday hollarda penya hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarining ortiqcha toʻlangan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26-bob. Bojxona omborlari, boj olinmaydigan savdo doʻkonlari va erkin omborlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
173-modda. Bojxona omborlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni saqlashga moʻljallangan, maxsus ajratilgan hamda jihozlangan bino va (yoki) ochiq maydonchadan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida saqlash sharoitlarini talab etadigan tovarlar faqat shunday tovarlarni saqlash shartlariga mos keladigan maxsus moslashtirilgan omborlarga joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona omborlari foydalanilishiga koʻra, har qanday shaxs foydalanishi uchun ochiq omborlar boʻlishi va muayyan shaxslar, qoida tariqasida, ombor egalarining foydalanishi uchun moʻljallangan yopiq omborlar boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
174-modda. Boj olinmaydigan savdo doʻkonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni tovarlarni boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi talablariga va shartlariga muvofiq bojxona nazorati ostida realizatsiya qilish uchun moʻljallangan savdo obyektidir. Boj olinmaydigan savdo doʻkonining hududi savdo zallarining, yordamchi binolarning va doʻkon omborining hududlarini oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo doʻkonining ishlashini taʼminlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga boj olinmaydigan savdo bojxona rejimi qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo doʻkonlari ikki turga boʻlinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bojxona hududiga kirib kelayotgan va bojxona hududidan tashqariga chiqib ketayotgan jismoniy shaxslarga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini yoki Oʻzbekiston tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga, shu jumladan joyning oʻzida isteʼmol qilish uchun chakana sotishga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasini kesib oʻtadigan jismoniy shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalariga, xalqaro tashkilotlarning vakolatxonalariga va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarga, ushbu tashkilotlarning chet ellik xodimlariga, shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan oila aʼzolariga bojxona hududiga olib kirilgan chet el tovarlarini Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida va (yoki) chet el valyutasida realizatsiya qilishga moʻljallangan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiya qilingan chet ellik shaxslar uchun boj olinmaydigan savdo doʻkoni;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari toʻgʻrisida nizom, Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasiga kelishlari va Oʻzbekiston Respublikasidan ketishlari tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
175-modda. Erkin omborlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ombor maxsus jihozlangan va belgilangan joy boʻlib, u tovarlarni erkin ombor bojxona rejimida bojxona nazorati ostida saqlash uchun moʻljallangan binolar hududini va (yoki) ochiq maydonchalarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin omborning ishlashini taʼminlash uchun zarur Oʻzbekiston tovarlariga erkin ombor bojxona rejimi qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa tovarlarga zarar yetkazishi mumkin boʻlgan yoki alohida saqlash sharoitlari talab etiladigan tovarlar bunday tovarlarni saqlash uchun maxsus moslashtirilgan omborlarda yoki erkin omborning bir qismi boʻlgan alohida binolarda qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan majburiy talablarga rioya qilingan holda saqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
176-modda. Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo doʻkonining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo doʻkonining va erkin omborning faoliyatini litsenziyalash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bojxona ombori bojxona organlari tomonidan taʼsis etilayotgan boʻlsa, litsenziya olish talab qilinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori va erkin ombor egalarining tovarlarni va transport vositalarini omborlarga joylashtirayotgan shaxslar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona omborlarining, boj olinmaydigan savdo doʻkonlarining va erkin omborlarning reyestrlarini yuritadi, shuningdek mazkur reyestrlardagi maʼlumotlarni oʻz rasmiy veb-saytiga joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
177-modda. Bojxona omborini, boj olinmaydigan savdo doʻkonini va erkin omborni tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona omborini, boj olinmaydigan savdo doʻkonini va erkin omborni tugatish litsenziyaning amal qilishi tugatilgan yoki litsenziya bekor qilingan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan sanadan eʼtiboran ularda saqlanayotgan tovarlarga vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovarlar sifatida qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilayotganda ularda turgan tovarlar bojxona ombori va boj olinmaydigan savdo doʻkoni tugatilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kun ichida boshqa bojxona omboriga oʻtkazilishi yoxud boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Erkin ombor tugatilayotganda unda turgan tovarlar ushbu ombor tugatilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kun ichida boshqa erkin omborga oʻtkazilishi yoki boshqa bojxona rejimiga joylashtirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan taqdirda, xuddi shuningdek litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganda tovarlarni saqlash uchun joylashtirishga va ularni realizatsiya qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tugatilayotgan bojxona omborida va boj olinmaydigan savdo doʻkonida tovarlarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining umumiy muddati ularni tugatish sanasidan eʼtiboran oltmish kundan, erkin omborda esa bir yuz sakson kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziyaning amal qilishi tugatilishi munosabati bilan bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan taqdirda ularning egalaridan tugatish sanasidan eʼtiboran bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yigʻimlari undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 291-moddasi, Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son “Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Litsenziya bekor qilinganligi munosabati bilan bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor tugatilgan taqdirda bojxona omborining, boj olinmaydigan savdo doʻkonining va erkin omborning egasi olib kirilgan, shu jumladan chiqarib yuborilgan tovarlar turgan butun davrga bojxona organlari tomonidan taʼsis etilgan bojxona omborlari uchun belgilangan, tovarlar saqlanganligi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj olinmaydigan savdo doʻkoni faoliyatini amalga oshirish litsenziyasini ushbu litsenziya qalbaki hujjatlardan foydalanib olinganlik fakti aniqlanganligi munosabati bilan bekor qilish toʻgʻrisida sud tomonidan qaror qabul qilingan taqdirda, boj olinmaydigan savdo doʻkonida realizatsiya qilingan tovarlarga erkin muomalaga chiqarilgan tovarlar deb qaraladi va boj olinmaydigan savdo doʻkoni egasidan mazkur tovarlar boj olinmaydigan savdo bojxona rejimiga joylashtirilgan sanada toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summalari undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
178-modda. Bojxona nazoratining predmeti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan va (yoki) ushbu Kodeksga muvofiq deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilishi ushbu Kodeksda nazarda tutilgan bojxona deklaratsiyasiga, tovarlar toʻgʻrisidagi hujjatlarga va maʼlumotlarga nisbatan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik va jismoniy shaxslarning tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish, bojxona ishi sohasida xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq, shuningdek ayrim bojxona rejimlari doirasida amalga oshiriladigan faoliyatiga nisbatan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
179-modda. Bojxona nazorati zonasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududining bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash maqsadida tashkil qilinadigan, maxsus ajratib va belgilab qoʻyilgan qismi bojxona nazorati zonasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati zonalari quyidagi turlarda boʻlishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
doimiy bojxona nazorati zonasi — bojxona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari ushbu zonada muntazam ravishda turgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muvaqqat bojxona nazorati zonasi — bojxona operatsiyalari bajariladigan joylardan tashqarida tovarlarning va transport vositalarining vaqtincha bojxona nazoratini amalga oshirish va bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazish, shuningdek bojxona organlari tomonidan doimiy bojxona nazorati zonasidan tashqarida aniqlangan tovarlarning va transport vositalarining bojxona koʻzdan kechiruvini va bojxona koʻrigini oʻtkazish zarurati boʻlgan taqdirda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy bojxona nazorati zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror bojxona organining boshligʻi tomonidan qabul qilinadi. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi boʻylab bojxona nazorati zonalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror chegara qoʻshinlari boʻlinmalari bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat bojxona nazorati zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi qaror:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxsning doimiy bojxona nazorati zonalaridan tashqarida tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazoratidan oʻtkazish hamda ularning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yozma arizasiga koʻra — bojxona organining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va transport vositalari doimiy bojxona nazorati zonalaridan tashqarida aniqlangan hamda ularning bojxona koʻzdan kechiruvini yoki bojxona koʻrigini aniqlangan joyda amalga oshirish zarurati tugʻilgan taqdirda, bojxona organi boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs keyinchalik xabardor etilgan holda — bojxona organining vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat bojxona nazorati zonasining amal qilish muddati va chegaralari tegishli bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish zaruratini hisobga olgan holda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
180-modda. Bojxona nazorati zonalarini tashkil etish joylari va doiralari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati zonalari bojxona chegarasi boʻylab, shuningdek quyidagi joylarda tashkil qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshiriladigan joylarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona tartib-taomillari va operatsiyalari bajariladigan joylarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar bojxona nazorati ostida saqlanadigan, boshqa transport vositasiga ortiladigan, bojxona koʻzdan kechiruvidan va bojxona koʻrigidan oʻtkaziladigan joylarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashiyotgan transport vositalarining toʻxtab turish joylarida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati zonalarining doiralari fizik-geografik va mahalliy sharoitlarni, tashqi iqtisodiy va xoʻjalik faoliyatining xususiyati va jadalligini, shuningdek unda belgilangan rejimni saqlab turishga bevosita taʼsir koʻrsatadigan boshqa omillarni hisobga olgan holda belgilanadi. Bojxona nazorati zonalari tegishli belgilar bilan qoʻyiladi. Bojxona nazorati zonasining maydoni barcha majburiy bojxona tartib-taomillari toʻliq hajmda bajarilishi uchun yetarli boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Doimiy bojxona nazorati zonalari doiralarida bojxona organlari tomonidan jismoniy shaxslarning, tovarlarning va transport vositalarining harakatlanish yoʻnalishlari belgilanadi. Zarur boʻlgan hollarda, yoʻnalishlar chegara qoʻshinlarining boʻlinmalari va (yoki) hududida bojxona organlari oʻz vazifalarini bajarayotgan tashkilot bilan kelishiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
181-modda. Vakolatli shaxsning yoki tashuvchining bojxona nazorati zonalari chegaralarini kesib oʻtishdagi va mazkur zonalar doiralarida harakatlanishdagi majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib oʻtayotganda va uning doiralarida harakatlanayotganda vakolatli shaxs yoki tashuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari tomonidan belgilangan joylarda toʻxtashi va harakatni davom ettirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni va transport vositalarini faqat belgilangan yoʻnalishlar boʻyicha olib oʻtishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organi mansabdor shaxslarining talablariga koʻra tovarlarni va transport vositalarini, shuningdek bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati zonasi chegarasini kesib oʻtayotganda va uning doirasida harakatlanayotganda vakolatli shaxsning yoki tashuvchining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
182-modda. Bojxona nazorati zonasidagi bojxona organlari mansabdor shaxslarining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari vakolatli shaxsdan yoki tashuvchidan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasidan va bojxona nazorati zonasi doirasidan bojxona nazorati zonasi rejimiga muvofiq olib oʻtishni talab qilish huquqiga ega. Bojxona organi mansabdor shaxslarining vakolatlari doirasidagi farmoyishlari tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati zonasining chegarasi orqali va uning doirasida olib oʻtayotgan barcha shaxslar uchun majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati zonasi rejimiga rioya etilishini nazorat qilish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
183-modda. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtgan paytdan eʼtiboran quyidagi paytga qadar bojxona nazorati ostida turadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va (yoki) transport vositalari erkin muomalaga chiqarish (import), reimport, yoʻq qilish, davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimlariga muvofiq chiqarib yuborilguniga qadar, shuningdek ular davlat daromadiga oʻtkazilgunga qadar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar yoki ularni qayta ishlash mahsulotlari, shuningdek transport vositalari amalda olib chiqilguniga qadar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 22-moddasi ikkinchi qismining “b” — “e” bandlarida koʻrsatilgan shartli chiqarib yuborilgan tovarlar shunday chiqarib yuborishning shartlari boʻyicha majburiyatlar bajarilguniga qadar bojxona nazorati ostida turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib chiqilayotgan tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona deklaratsiyasi yoki ularni bojxona hududidan olib chiqish boshqa qanday hujjatga muvofiq amalga oshirilayotgan boʻlsa, oʻsha hujjat taqdim etilgan paytdan eʼtiboran haqiqatda bojxona chegarasini kesib oʻtguniga qadar bojxona nazorati ostida turadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning uchinchi qismi qoidalaridan qatʼi nazar, bojxona organlari shaxslarning tovarlarni yoki ularni qayta ishlash mahsulotlarini va (yoki) transport vositalarini bojxona hududiga qaytarib olib kirish borasidagi majburiyatlari ushbu Kodeksda belgilangan tartibda bojxona rejimlari shartlariga muvofiq bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
184-modda. Bojxona nazorati uchun zarur boʻladigan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi bojxona nazoratini oʻtkazish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
nazorat qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshiruvchi vakolatli shaxslardan va boshqa shaxslardan bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni amalga oshiruvchi organlardan va boshqa organlardan bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni talab qilib olish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish toʻgʻrisida soʻrov yoʻllangan, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatib oʻtilgan shaxslar va organlar ushbu hujjatlar va maʼlumotlarni bojxona organiga mumkin qadar qisqa muddatlarda yuborishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona deklaratsiyasi hamda bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan boshqa hujjatlar tovarlar bojxona nazorati ostida turgan tovar maqomini yoʻqotgan yildan keyingi yildan eʼtiboran uch yil davomida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
185-modda. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona nazorati ostida turgan tovarlar saqlanadigan joylarga kirishini taʼminlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolarida va hududlarida bojxona nazoratidan oʻtishi lozim boʻlgan tovarlar va (yoki) transport vositalari, bojxona nazorati uchun zarur hujjatlar turgan yoki turishi ehtimoli boʻlgan yoxud nazorat qilinishi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslar shu binolarga va hududlarga bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular xizmat guvohnomasini koʻrsatgan taqdirda kirish imkonini beradi. Agar Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida davlat organlari mansabdor shaxslarining alohida obyektlarga kirishi uchun boshqacha tartib belgilangan boʻlsa, bojxona organlarining mansabdor shaxslari bu obyektlarga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda kirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
186-modda. Bojxona nazorati uchun zarur yuk operatsiyalarini va boshqa operatsiyalarni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organining talabiga koʻra vakolatli shaxs tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan yuk operatsiyalarini amalga oshirishi, shuningdek bojxona nazoratidan oʻtishi kerak boʻlgan tovarlarning oʻrov-idishini ochishi, ularni tarozida tortishi yoki boshqacha tarzda ularning miqdorini aniqlashi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning IV boʻlimi, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 531-sonli qarori bilan tasdiqlangan Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan amalga oshiriladigan yuk operatsiyalari hamda boshqa operatsiyalar bojxona organi uchun biror-bir qoʻshimcha xarajatlar keltirib chiqarmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
187-modda. Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona deklaratsiyasini, boshqa hujjatlarni, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organi bojxona deklaratsiyasini hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan boshqa hujjatlarni, tovarni va (yoki) transport vositasini taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini hamda ushbu hujjatlarning, tovarning va (yoki) transport vositasining bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilangan talablarga muvofiqligini aniqlash maqsadida tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va (yoki) transport vositasi chiqarib yuborilguniga qadar bojxona organi tovar va (yoki) transport vositasi nomining, ular ishlab chiqarilgan mamlakatning, tovar va (yoki) transport vositasi miqdori va qiymatining bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga hamda bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun foydalanilayotgan boshqa hujjatlarga muvofiqligini aniqlash uchun zarur bojxona tartib-taomillarini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28-bob. Bojxona nazoratini amalga oshirish shakllari va tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
188-modda. Bojxona nazoratining shakllari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazoratining shakllari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, ularni hisobga olish tizimini tekshirish hamda ushbu tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari bojxona nazorati shakllarini qoʻllashda tanlab olish prinsipiga asoslanadi va bojxona nazoratining bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlaydigan shakllari bilan cheklanadi. Bojxona nazorati shaklini tanlash bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona organlari bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarining oldini olish maqsadida, tekshirilishi kerak boʻlgan tovarlarni va transport vositalarini, yuridik va jismoniy shaxslarning hujjatlarini aniqlash, bojxona nazorati shakllarini va ularning qoʻllanilish hajmini tanlash uchun xavfni boshqarish tizimini qoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazoratining muayyan shakllaridan ozod etish Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazoratining ayrim shakllarini qoʻllamaslik yoki ulardan ozod qilish yuridik va jismoniy shaxslar bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etish majburiyatidan ozod qilinganligini anglatmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar bojxona koʻrigidan oʻtkazilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi sobiq Prezidentining shaxsiy bagaji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining va Qonunchilik palatasi deputatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik pasportlari egalarining shaxsiy bagaji, agar mazkur shaxslar xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda bojxona chegarasini kesib oʻtsalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunga muvofiq boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy bagaji.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el harbiy kemalari, jangovar va harbiy-transport havo kemalari, shuningdek oʻzi yurib kelayotgan harbiy texnikasi bojxona koʻrigidan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazoratini oʻtkazishda insonning hayoti va sogʻligʻi, hayvonlar, oʻsimliklar uchun xavfsiz boʻlgan hamda tovarlarga va transport vositalariga zarar yetkazmaydigan texnik va boshqa vositalar qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona nazoratini amalga oshirish maqsadida chet davlatlarning bojxona organlari bilan hamkorlik qiladi, ular bilan oʻzaro yordam va axborot almashinuvi toʻgʻrisida bitimlar tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
190-modda. Hujjatlarni va maʼlumotlarni tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazoratini amalga oshirishda bojxona organlari taqdim etilgan, bojxona maqsadlari uchun ahamiyatga molik hujjatlarni tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarni va maʼlumotlarni tekshirish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarning asosiy rekvizitlari toʻliq va toʻgʻri toʻldirilganligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarur imzolar va muhrlarning (elektron raqamli imzoning) mavjudligini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzatishlarning tasdiqlanganganligini aniqlashni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlariga taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish ularni quyidagilardan olingan maʼlumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan boshqa hujjatlar va maʼlumotlardan olingan axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi shaxslardan va boshqa manbalardan olingan axborotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazoratining boshqa shakllarini oʻtkazish, bojxona statistikasi maʼlumotlarini tahlil etish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda maʼlumotlarni qayta ishlash natijalari asosida olingan axborotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi qoʻshimcha maʼlumotlarni faqat taqdim etilgan hujjatlardagi maʼlumotlarni tekshirish maqsadida, sababini koʻrsatgan holda talab qilib olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish va (yoki) qoʻshimcha maʼlumotlarni talab qilib olish tovarlarni chiqarib yuborishga toʻsqinlik qilmaydi, bundan ushbu hujjatlarning:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
haqiqiy emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tovarlarga taalluqliligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni chiqarib yuborish, ularni soʻralayotgan bojxona rejimiga joylashtirish mumkinligi toʻgʻrisida bojxona organi tomonidan qaror qabul qilinishiga va (yoki) bojxona toʻlovlari toʻlanishiga taʼsir koʻrsatadigan notoʻgʻri maʼlumotlarni oʻz ichiga olganligi ushbu Kodeks 248-moddasining toʻrtinchi qismida belgilangan muddatlarda bojxona organi tomonidan aniqlangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
191-modda. Ogʻzaki soʻrov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ogʻzaki soʻrov bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborotni ogʻzaki shaklda, bunday soʻrov natijalarini yozma shaklda rasmiylashtirmagan holda olishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
192-modda. Axborot olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot olish bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan vakolatli shaxslardan va bojxona nazoratini amalga oshirish uchun ahamiyatga molik holatlar toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boshqa shaxslardan zarur axborot olishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot olish uchun vakolatli shaxsni va boshqa shaxsni chaqirish zarur boʻlgan taqdirda bojxona organi yozma shaklda xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
193-modda. Bojxona koʻzdan kechiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona koʻzdan kechiruvi bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositalarining boʻlimlarini, tovarlarning oʻrov-idishini ochmagan, koʻzdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratmagan va boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzmagan holda tovarlarning va (yoki) transport vositalarining, xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining hamda jismoniy shaxslar bagajining, shuningdek yuk ortilgan idishlarni, konteynerlarni, bojxona identifikatsiyalash vositalarining tashqi koʻrinishini koʻzdan kechirish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona koʻzdan kechiruvi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, tovarlarda, yuk ortilgan idishlarda, transport vositalarida va transport vositalarining boʻlimlarida plombalar, muhrlar va boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati zonasida bojxona koʻzdan kechiruvi vakolatli shaxslar ishtirokisiz oʻtkazilishi mumkin, bundan mazkur shaxslar bojxona koʻzdan kechiruvida hozir boʻlish istagini bildirgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona koʻzdan kechiruvi natijalariga koʻra:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻgʻri deklaratsiyalangan taqdirda — tegishli tovarning kuzatuv hujjatlari rasmiylashtiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning tamgʻalanishini tekshirish tovarlarda yoki ularning qadoqlarida maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarni belgilashning boshqa vositalari mavjudligini tekshirishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududiga olib kiriladigan alohida tovarlar boʻyicha bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida ularni maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari bilan tamgʻalash talabi qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarda ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan maxsus tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari yoki tovarlarni belgilashning boshqa vositalari mavjud emasligiga, shunday tovarlari mavjudligi aniqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs buning aksini isbotlamasa, tovarlarni bojxona hududiga bojxona rasmiylashtiruvisiz olib kirganlik yoki chiqarib yuborganlik faktining tasdiqlanishi deb qaraladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
195-modda. Bojxona koʻrigi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona koʻrigi qoʻyilgan plombalarni, muhrlarni yoki bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalarini buzgan xolda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzib, tovarlarning oʻramini yoki transport vositasining yuk joylanadigan boʻlimini yoxud idishlarini, konteynerlarni va tovarlar boʻlgan yoki boʻlishi ehtimoli boʻlgan boshqa joylarni ochishni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona koʻrigi, qoida tariqasida, tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganidan keyin deklarant hozirligida oʻtkaziladi. Bunda tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar bojxona koʻrigi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi mansabdor shaxslarining talabiga koʻra vakolatli shaxslar tovarlarning va transport vositalarining bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishi va ularga zarur koʻmak koʻrsatishi shart. Vakolatli shaxslar boʻlmaganda koʻrikdan oʻtkazilayotgan transport vositasini boshqarayotgan jismoniy shaxs vakolatli shaxs hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻrigini quyidagi hollarda vakolatli shaxslar ishtirokisiz, ikki nafar xolis hozirligida oʻtkazishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va transport vositalari taqdim etilgan kundan keyin besh ish kuni oʻtgach vakolatli shaxslar kelmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat xavfsizligiga, jamoat tartibiga, odamlarning hayoti va sogʻligʻiga, hayvonlar va oʻsimliklarga, atrof-muhitga, madaniy boyliklarni saqlashga haqiqiy xavf mavjud boʻlganda va kechiktirib boʻlmaydigan choralar koʻrilishi lozim boʻlgan boshqa holatlarda (shu jumladan, agar tovarlar tez yonuvchan moddalar, portlash xavfi boʻlgan predmetlar, portlovchi, zaharlovchi, xavfli kimyoviy va biologik faol moddalar, giyohvandlik vositalari, prekursorlar, psixotrop, zaharli, toksik, radioaktiv moddalar, yadroviy materiallar, qurol, uning oʻq-dorilari ekanligini koʻrsatuvchi va boshqa shunga oʻxshash tovarlar ekanligining belgilari mavjud boʻlsa, shuningdek, agar tovarlar oʻzidan noxush hid taratsa);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarida yuborilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona hududidan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini olib chiqishni nazarda tutuvchi bojxona rejimi shartlarini buzgan holda ushbu hududda qoldirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bojxona deklaratsiyasida bir nomdagi tovar sifatida koʻrsatilgan tovar turkumining bir qismi bojxona koʻrigidan oʻtkazilgan boʻlsa, bunday koʻrikdan oʻtkazish natijalari shu tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin. Agar vakolatli shaxs koʻrikdan oʻtkazish natijalari tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin emas deb hisoblasa, tovar turkumining qolgan qismi uchun qoʻshimcha bojxona koʻrigi oʻtkazilishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda tovarning amaldagi miqdori uni deklaratsiyalashda koʻrsatilgan tovar miqdoriga mos kelmasligi aniqlangan taqdirda, bojxona organi bojxona maqsadlari uchun tovarning amaldagi miqdorini mustaqil ravishda aniqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona koʻrigidan oʻtkazish natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda dalolatnoma tuziladi. Bojxona koʻrigi dalolatnomasining koʻchirma nusxasi vakolatli shaxsga topshiriladi (yuboriladi).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda talablariga rioya etilishi munosabati bilan yuzaga kelgan xarajatlar vakolatli shaxs zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
196-modda. Shaxsiy koʻrik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy koʻrik bojxona chegarasi orqali oʻtayotgan va bojxona nazorati zonasida yoki aeroportning xalqaro yoʻnalishlar uchun ochiq boʻlgan tranzit zonasida boʻlgan jismoniy shaxsga nisbatan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy koʻrik bojxona hududiga olib kirish yoki ushbu hududdan olib chiqish taqiqlangan tovarlarni yoxud ushbu Kodeksda belgilangan tartibni buzgan holda olib oʻtilayotgan tovarlarni jismoniy shaxs yonida yashirmoqda va ularni oʻz ixtiyori bilan taqdim etmoqchi emas, deb taxmin qilishga asoslar boʻlgan taqdirda bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi qaror bojxona organining boshligʻi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxs tomonidan yozma shaklda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni boshlashdan avval bojxona organining mansabdor shaxsi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorni jismoniy shaxsga eʼlon qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy koʻrik oʻtkazilayotganda jismoniy shaxsni uning huquqlari bilan tanishtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsga yonida berkitilgan tovarlarni oʻz ixtiyori bilan berishni taklif qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxs shaxsiy koʻrikni rad etgan taqdirda, shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarorga shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish haqidagi qarorni eʼlon qilgan bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi bilan tasdiqlangan belgi qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarmasa yoki bajarishga qarshilik koʻrsatsa, ushbu harakatlar maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq jismoniy shaxsni maʼmuriy yoʻl bilan ushlab turish uchun asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy koʻrik sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan alohida xonada bojxona organining koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs bilan bir jinsdagi mansabdor shaxsi tomonidan xuddi shu jinsdagi ikki xolis hozirligida oʻtkaziladi. Boshqa jismoniy shaxslarning bu xonaga kirish va shaxsiy koʻrikdan oʻtkazishni kuzatish imkoniyatiga yoʻl qoʻyilmaydi. Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxsning tanasini tekshirish faqat tibbiyot xodimlari tomonidan, zarur boʻlganda, maxsus tibbiyot texnikasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. Zarur boʻlganda shaxsiy koʻrik oʻtkazilayotganda tarjimon jalb qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Voyaga yetmagan yoki muomalaga layoqatsiz shaxs shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilayotganida uning qonuniy vakillari (ota-onasi, farzandlikka olganlar, homiylar, vasiylar) yoki uni kuzatib boruvchi shaxslar hozir boʻlishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy koʻrik koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs tomonidan oʻzida yashirib qoʻyilgan tovarlarni topish uchun zarur boʻlgan doirada hamda inson shaʼni va qadr-qimmati kamsitilishini, uning sogʻligʻi va mol-mulkiga ziyon yetkazilishini istisno etadigan shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish jarayonida quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi boshqa shaxsning shaxsiy koʻrikdan oʻtkazish toʻgʻrisidagi qarori eʼlon qilinishini talab qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ona tilidan foydalanish, shuningdek tarjimon xizmatlaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz huquqlari va majburiyatlari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tushuntirishlar, iltimosnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy koʻrik bayonnomasini tuzish tugallanganidan soʻng u bilan tanishib chiqish va mazkur bayonnomaga kiritilishi lozim boʻlgan maʼlumotlarni bayon etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organining qarori, uning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Koʻrikdan oʻtkazilayotgan shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs shaxsiy koʻrik davomida bojxona organi mansabdor shaxsining qonuniy talablarini bajarishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy koʻrik natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda bayonnoma tuziladi. Bayonnoma quyidagilar tomonidan imzolanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organining shaxsiy koʻrikni oʻtkazgan mansabdor shaxsi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xolislar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan jismoniy shaxs yoki uning qonuniy vakili yoxud uni kuzatib boruvchi shaxs;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tibbiyot xodimi — koʻrikdan oʻtkazilgan shaxsning tana aʼzolari u tomonidan tekshirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxsiy koʻrikda ishtirok etgan boshqa shaxslar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shaxsiy koʻrikdan oʻtkazilgan jismoniy shaxsga shaxsiy koʻrik oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi bayonnomaning koʻchirma nusxasi imzo qoʻydirib taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
197-modda. Bojxona identifikatsiyalashi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona identifikatsiyalashi tovarlar, transport vositalari va hujjatlar, shuningdek bojxona nazorati ostida boʻlishi lozim boʻlgan tovarlar turgan yoki turishi mumkin boʻlgan xonalar va boshqa joylarning bojxona identifikatsiyalash vositalarini qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona identifikatsiyalash vositalari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyilgan plombalar, muhrlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yozilgan raqamli, harfli tamgʻalar va boshqa xildagi tamgʻalar, identifikatsiyalash belgilari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bosilgan shtamplar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olingan namunalar va nusxalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tuzilgan tavsiflar, chizmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tayyorlangan katta tasvirlar, rasmlar, fotosuratlar va videotasvirlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning kuzatuv hujjatlari va boshqa hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yopishtirilgan maxsus nakleykalar va himoya moslamalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan plombalar va muhrlar qoʻyilgan, transport vositalarining yuk boʻlimlariga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur tovarning kuzatuv hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
seyf-paketlarga joylashtirilgan, bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona organlari tomonidan oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishi mumkin, bundan tovarlarning va transport vositalarining yoʻq qilinishi, qayta tiklab boʻlmaydigan tarzda yoʻqotilishi yoki jiddiy tarzda buzilishi haqiqiy xavfi boʻlgan hollar mustasno. Bojxona organlariga bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilganligi, olib tashlanganligi yoki yoʻq qilinganligi toʻgʻrisida darhol xabar beriladi va haqiqiy xavf mavjudligining dalillari taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlarning bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻyilgan plombalar, muhrlar yoki boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari bojxona identifikatsiyalash vositalari sifatida eʼtirof etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona identifikatsiyalash vositalarining qoʻllanilish va tayyorlanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
198-modda. Bojxona kuzatuvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarining mansabdor shaxsi tomonidan bojxona nazorati ostidagi tovarlar va transport vositalarini vizual kuzatish, shu jumladan texnik vositalar qoʻllanilgan holda kuzatish bojxona kuzatuvi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
199-modda. Binolar va hududlarni tekshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Binolar va hududlarni tekshirish bojxona nazorati ostida boʻlgan, shu jumladan shartli ravishda chiqarib yuborilgan tovarlarning va transport vositalarining bojxona omborlarida, boj olinmaydigan savdo doʻkonlari binolarida, shuningdek bojxona tartib-taomillari va rejimlari shartlariga muvofiq tovarlar va transport vositalari turishi lozim boʻlgan shaxslarda tovarlar va transport vositalari borligini tasdiqlash maqsadida bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan amalga oshiriladigan harakatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
200-modda. Tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish, hisobga olish tizimini tekshirish hamda ularni inventarizatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasidan olib oʻtilayotgan va (yoki) bojxona nazorati ostida boʻlgan barcha tovarlar va transport vositalari bojxona organlari tomonidan hisobga olinishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli bojxona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun masʼul boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarning va transport vositalarining hisobini yuritishi hamda bojxona organlariga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda hisobot taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshiriladigan tovarlarni va transport vositalarini hisobga olish tizimini tekshirish bojxona organlari tomonidan quyidagi hollarda qoʻllanilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shaxs bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartib-taomillarini qoʻllash toʻgʻrisida ariza berganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hisobga olinishi lozim boʻlgan tovarlar shartli ravishda chiqarib yuborilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona brokerlarining, bojxona tashuvchilarining, shuningdek ayrim bojxona rejimlari doirasida faoliyat yuritayotgan va (yoki) tovarlarni bojxona nazorati ostida saqlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatayotgan shaxslarning faoliyati nazorat qilinayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatli shaxs tekshirilayotganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni va transport vositalarini inventarizatsiya qilish bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning qaroriga koʻra bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari tegishli bojxona rejimlari shartlariga rioya etilishi uchun javobgar boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan oʻtkazilgan tovarlar va transport vositalari inventarizatsiyasi natijalaridan foydalanishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning II boʻlimi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirining 2024-yil 14-iyundagi 141-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (19-sonli BHMS) “Inventarizatsiyani tashkil etish va oʻtkazish” (roʻyxat raqami 3548, 12.08.2024-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
201-modda. Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin, basharti bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud boʻlsa, bojxona nazoratini amalga oshirishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati amalga oshirilayotganda bojxona organlari tovarlarning borligini tekshirishga, ularni qayta bojxona koʻrigidan oʻtkazishga, bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni qayta tekshirishga, hujjatlarni hamda ushbu tovarlar bilan amalga oshiriladigan tashqi iqtisodiy operatsiyalarga va undan keyingi tijorat operatsiyalariga taalluqli axborotni tekshirishga haqli. Tekshiruv mazkur operatsiyalarga bevosita yoki bilvosita aloqador yoxud zarur hujjatlarga ega boʻlgan yuridik va jismoniy shaxslar joylashgan yerlarda oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazoratini oʻtkazish uchun bojxona organi boshligʻining yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning tekshiruv maqsadi, uni oʻtkazish muddatlari, tekshiruvchi bojxona organi mansabdor shaxslarining tarkibi va tekshirilayotgan davr koʻrsatilgan qarori asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati ayni bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) boʻyicha koʻpi bilan bir marta oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona nazorati hamda bojxona toʻlovlarini qoʻshimcha hisoblash tovarlarning bojxona nazorati ostida boʻlishi tugagan paytdan eʼtiboran bir yil ichida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
202-modda. Bojxona nazorati amalga oshirilayotganda mutaxassisni va ekspertni jalb qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zarur hollarda, bojxona nazorati amalga oshirilayotganda, shu jumladan texnik vositalarni qoʻllagan holda amalga oshirilayotganda muayyan harakatlarni bajarishda ishtirok etish va koʻmaklashish uchun maxsus bilim va koʻnikmalarga ega, manfaatdorligi boʻlmagan mutaxassis yoki ekspert jalb qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassisni yoki ekspertni jalb qilish bojxona organining yoxud vakolatli shaxsning tashabbusi bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis va ekspert:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz ishtirokida bajariladigan harakatlar predmetiga taalluqli materiallar bilan tanishishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli harakatlarning predmetiga taalluqli savollarni shunday harakatlar ishtirokchilariga berishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzi ishtirok etgan harakatlarning amalga oshirilishi natijalari boʻyicha rasmiylashtiriladigan hujjatlar bilan tanishishga va oʻzi bajaradigan harakatlar yuzasidan shunday hujjatlarga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar qilishga va tushuntirishlar berishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mutaxassis va ekspert maxsus bilim va koʻnikmalar talab etiladigan harakatlarda ishtirok etishi, oʻzi bajaradigan harakatlar yuzasidan tushuntirishlar berishi, mazkur harakatlarning bajarilganligi faktini, ularning mazmuni va natijalarini oʻz imzosi bilan tasdiqlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazoratini oʻtkazish boʻyicha harakatlarni amalga oshirishga jalb qilinganda mutaxassis yoki ekspert tomonidan olingan, davlat sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan axborot u tomonidan oshkor etilmasligi, boshqa maqsadlarda ishlatilmasligi, uchinchi shaxslarga berilmasligi kerak, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazoratiga mutaxassisni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlar oʻrni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassis bojxona organining tashabbusi bilan jalb qilingan taqdirda — bojxona organi tomonidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassis vakolatli shaxsning tashabbusi bilan jalb qilingan taqdirda — vakolatli shaxs tomonidan qoplanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29-bob. Xavfni boshqarish tizimi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
203-modda. Xavfni boshqarish tizimining qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazoratidan oʻtkazilishi lozim boʻlgan tovarlarni va transport vositalarini, hujjatlarni va shaxslarni aniqlash, shunday tovarlarga, transport vositalariga, hujjatlarga va shaxslarga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona nazoratini oʻtkazish shakllarini va darajasini belgilash uchun bojxona organlari xavfni boshqarish tizimini qoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfni boshqarish tizimining qoʻllanilish strategiyasi va taktikasini, axborot yigʻish va uni qayta ishlash, xavfni tahlil qilish va baholash, xavfni boshqarishga doir chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirish tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfni boshqarish tizimining qoʻllanilish maqsadi quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlarining vakolatlari doirasida davlat xavfsizligini, insonning hayoti va sogʻligʻini himoya qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish chora-tadbirlarini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori xavfga ega boʻlgan sohalarga eʼtiborni jamlash va bojxona organlari tasarrufidagi mavjud resurslardan samarali foydalanilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda bojxona operatsiyalarining oʻtkazilishini tezlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishlarining:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) rioya etilishini taʼminlash bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa turdagi bojxona nazoratiga daxldor boʻlgan koʻrinishlarini aniqlash, prognoz qilish va ularning oldini olish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
204-modda. Xavfni boshqarish tizimida qoʻllaniladigan asosiy tushunchalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfni boshqarish tizimida quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf — bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilmasligi ehtimolining darajasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan xavf — bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzish sodir etilganligidan va bojxona organlari ushbu holat toʻgʻrisida maʼlumotga ega ekanligidan dalolat beruvchi fakt;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
potensial xavf — aniqlanmagan, lekin uning yuzaga kelishi uchun sharoitlar mavjud boʻlgan xavf;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf indikatorlari — oldindan belgilangan koʻrsatkichlarga ega muayyan mezonlar boʻlib, ulardan ogʻish yoki ularga mos kelish nazorat obyektini tanlashni amalga oshirish imkonini beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf profili — xavf sohasi, xavf indikatorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻindisi, shuningdek xavfning oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf sohasi — xavf tahlilining ayrim guruhlarga boʻlingan obyektlari boʻlib, ularga nisbatan bojxona nazoratining alohida shakllari yoki majmui qoʻllanilishi, shuningdek ularning samaradorligini oshirish talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni baholash — xavfning yuzaga kelishi ehtimolini va u yuzaga kelganda bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi oqibatlarini muntazam ravishda aniqlab borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf tovarlari — xavf aniqlangan yoki potensial xavf mavjud boʻlgan bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf darajasi — xavfning yuzaga kelishining ehtimoliga va uning mumkin boʻlgan oqibatlariga bogʻliq tarzda aniqlanadigan xavfning holati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavf tahlili — bojxona organlarida mavjud boʻlgan axborotdan xavfning yuzaga kelishi holatlari va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni identifikatsiyalash va bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilmasligining ehtimol tutilgan oqibatlarini baholash maqsadida muntazam ravishda foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xavfni boshqarish — xavfning oldini olish va ularni imkon qadar kamaytirish, ularning qoʻllanilish samaradorligini baholash, shuningdek bojxona operatsiyalarining bajarilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalda bajarishni, bojxona organlarida mavjud boʻlgan axborotning uzluksiz yangilanishini, tahlil etilishini va qayta koʻrib chiqilishini nazarda tutuvchi doimiy ishlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
205-modda. Xavf tahlili obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavf tahlili obyektlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati ostida boʻlgan yoxud erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat uchun foydalaniladigan transport vositalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oldi-sotdi yoki ayirboshlashga doir tashqi iqtisodiyot kontraktlarida (shartnomalarida, kelishuvlarida), tovarlarga egalik qilish, ulardan foydalanish va (yoki) ularni tasarruf etish huquqiga oid bitimlarda yoxud boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning kuzatuv hujjatlarida va boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
206-modda. Dastlabki maʼlumotni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfni boshqarish tizimini qoʻllashda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, tashuvchilar, bojxona ishi sohasida litsenziyalarga va ruxsatnomalarga ega boʻlgan shaxslar tomonidan yuk, yoʻlovchilar, transport vositalari toʻgʻrisida dastlabki tarzda taqdim etilgan axborotdan foydalaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PF-57-son “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq chet davlatlarning bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan dastlabki axborot almashinuvini amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PQ-122-son “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
207-modda. Bojxona organlari tomonidan xavfni baholash va boshqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bojxona ishi sohasida huquqbuzarliklar sodir etilganligi toʻgʻrisidagi, shu jumladan tekshiruvlar amalga oshirilishi bosqichida turgan, shuningdek protsessual qaror qabul qilingan barcha huquqbuzarlik faktlari haqidagi statistik va tezkor axborotni toʻplaydi, umumlashtiradi hamda tahlil qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavf profillari va ularni aniqlash hamda qoʻllash muddatlari, mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavf profillaridan bojxona nazorati oʻtkazilayotganda bojxona nazorati shakllarini qoʻllash uchun bojxona organlari tomonidan foydalaniladi va ular tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishni cheklash uchun asos boʻla olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng kam yoki eng koʻp xavf toifasiga kiritish, shuningdek bojxona tartib-taomillari ayrim turlarining hamda bojxona nazorati ayrim shakllarining qoʻllanilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan manfaatdor davlat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xavfning belgilangan profillari va indikatorlari tarkibi bojxona organlari tomonidan foydalanish uchun moʻljallangan boʻlib, u maxfiy axborotdir va boshqa shaxslarga oshkor etilishi mumkin emas, bundan qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
208-modda. Bojxona ekspertizasi tushunchasi va maqsadi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ekspertizasi tovarlarni identifikatsiyalashga qaratilgan hamda ekspert tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunarmandchilik sohasidagi maxsus bilimlar asosida tadqiqotlar oʻtkazish va xulosa berishdan iborat protsessual harakatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ekspertizasining maqsadi tovarlarni:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning tasniflanishi toʻgʻri boʻlishini nazorat qilish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ularni qayta ishlash mahsulotlarida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulkka boʻlgan huquqlarga rioya etilishi uchun identifikatsiyalashdan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
209-modda. Tadqiqot obyektlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (tovarning namunalari va nusxalari), bojxona deklaratsiyasida va boshqa hujjatlarda tovarlar toʻgʻrisida koʻrsatilgan maʼlumotlar, identifikatsiyalash belgilari tadqiqot obyektlaridir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot obyektlari, agar ularning oʻlchamlari va xossalari bunga imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan tarzda ekspertga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tadqiqot obyektini ekspertning ish joyiga yetkazish imkoni boʻlmagan taqdirda, bojxona ekspertizasini tayinlagan organ unga mazkur obyektga moneliksiz borib koʻrish va uni tadqiq etish imkoniyatini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarining ekspert faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan maxsus bojxona muassasasi bojxona organlarining ekspert muassasasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarida bojxona ekspertizasini tashkil qilish, amalga oshirish, bojxona ekspertlarini kasbiy tayyorlash va ixtisoslashtirish bojxonaning ekspert amaliyotiga yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
211-modda. Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olish huquqiga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organining mansabdor shaxsi, u bojxona nazoratini oʻtkazayotganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari, ular qonun hujjatlarida oʻz zimmalariga yuklatilgan vazifalarni bajarayotganda yoki vakolatli shaxs.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs yoki boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovarning namunalari yoki nusxalari tanlab olinayotganda bojxona organlarining mansabdor shaxslari hozir boʻlishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning namunalarini yoki nusxalarini tanlab olishga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyilmaydi, agar shunday tanlab olish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
212-modda. Ekspert
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa berish uchun bojxona organlarining mansabdor shaxsi, ilm-fan, texnika, sanʼat yoki hunarmandchilik sohasida maxsus bilimlarga ega, belgilangan tartibda ekspert sifatida tayinlangan boshqa tashkilotning xodimi ekspert sifatida ish yuritishi mumkin. Boshqa tashkilotning xodimi bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan mazkur tashkilotga berilgan topshiriqni bajarish tartibida bojxona ekspertizasini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert tadqiqotda faqat oʻziga topshirilgan bojxona ekspertizasi predmetiga taalluqli va xulosa berish uchun ahamiyatga molik masalalar boʻyicha ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert bojxona ekspertizasini amalga oshirayotganda bojxona ekspertizasini tayinlagan organdan, ekspertiza yakunidan manfaatdor taraflardan va boshqa shaxslardan mustaqildir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert oʻtkazilgan tadqiqotlar natijalariga asoslanib xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan, shuningdek boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ekspertga biror taraf foydasiga yoki bojxona ekspertizasining yakunidan manfaatdor boshqa shaxslar foydasiga xulosa olish maqsadida taʼsir koʻrsatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
213-modda. Ekspertning huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ekspertizasining predmetiga taalluqli boʻlgan materiallar bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va hujjatlarni koʻzdan kechirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar taqdim etilishi, shuningdek bojxona ekspertizasini oʻtkazishga boshqa ekspertlar jalb qilinishi haqida iltimosnomalar berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xulosasida nafaqat oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar boʻyicha, balki bojxona ekspertizasi predmetiga taalluqli boʻlgan va bojxona ishi uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham natijalarni bayon qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining har tomonlama va toʻliq tekshiruvini oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan belgilangan muddatda asoslangan va xolisona xulosa berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxonaga oid huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishni yuritayotgan yoki koʻrib chiqayotgan bojxona organi mansabdor shaxsining chaqiruvi boʻyicha oʻzi bergan xulosasiga tushuntirishlar berish yoki uni toʻldirish uchun hozir boʻlishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazoratini oʻtkazishda bojxona organining talabiga koʻra ishtirok etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ekspertizasi oʻtkazilishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor etmasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taqdim etilgan tekshirish obyektlarining butligini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspert qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
214-modda. Bojxona ekspertizasi tayinlanayotganda va oʻtkazilayotganda vakolatli shaxsning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ekspertizasi tayinlanayotganda va oʻtkazilayotganda vakolatli shaxs:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ekspertizasi natijalari ustidan shikoyat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspert xulosasini olish uchun qoʻshimcha masalalarni kiritish haqida iltimosnoma berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlarining va boshqa nazorat qiluvchi davlat organlarining mansabdor shaxslari tomonidan tovardan namunalar yoki nusxalar tanlab olinayotganda hozir boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertning xulosasi bilan tanishish va bunday xulosaning koʻchirma nusxasini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ekspertizasini oʻtkazish haqida iltimosnoma berish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxsning iltimosnomasi qanoatlantirilgan taqdirda bojxona organi tegishli qaror qabul qiladi. Iltimosnomani qanoatlantirish rad etilganligi toʻgʻrisida bojxona organining mansabdor shaxsi uch ish kuni ichida vakolatli shaxsga rad etish sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
215-modda. Bojxona ekspertizasini oʻtkazish asoslari va muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ekspertizasini oʻtkazish asoslari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari mansabdor shaxslarining bojxona ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi yozma murojaati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning qarori, sud ajrimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ekspertizasi bojxona organining binosida yoki, agar bu tekshiruv xususiyatiga koʻra zarur boʻlsa yoxud ekspertiza obyektini bojxona organining binosiga yetkazib berish imkoni boʻlmasa, boshqa joylarda oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan hollarda bojxona ekspertizasini oʻtkazish muddati oʻttiz kundan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ekspertizasining murakkablik darajasini aniqlashda quyidagi mezonlarni hisobga olish kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
obyektning koʻpligi (tekshiruvga taqdim etilgan uchtadan ortiq obyekt yoki ikki yuz varaqdan ortiq ish materiallari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyilgan masalalarning koʻpligi (tekshiruvlar oʻtkazilishini talab etuvchi uchtadan ortiq masala);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyilgan masalalarni hal etish uchun tajribalar oʻtkazishda texnologik reglamenti besh ish kunidan ortiq boʻlgan, koʻp mehnat talab etadigan usullarni va murakkab asbobsozlik vositalarini qoʻllash ehtiyoji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻyilgan masalalarni hal etish uchun yangi hisob-kitob modellarini va tekshiruvning xususiy uslublarini ishlab chiqish zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ekspertizaning komissiyaviy, kompleks yoki takroriy deb hisoblanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona laboratoriyasi hududidan tashqarida turgan obyektlarning bojxona koʻzdan kechiruvi oʻtkaziladigan joyga chiqish yoxud tekshiruvni boshqa muassasalarning bazasida oʻtkazish zarurati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tashkilotlarning ekspertlarini hamda ekspert muassasalarini jalb qilish zarurati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ekspertizalarini oʻtkazishning eng koʻp muddatlari ularning murakkablik darajasiga koʻra toʻrt toifaga boʻlish orqali belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi toifa — bitta ham murakkablik darajasiga ega boʻlmagan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun uch ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi toifa — hech boʻlmaganda bitta murakkablik darajasiga ega boʻlgan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun besh ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi toifa — kamida ikkita murakkablik darajasiga ega boʻlgan ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun oʻn ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻrtinchi toifa — kamida toʻrtta murakkablik darajasiga ega boʻlgan oʻta murakkab ekspertizalar, ularni oʻtkazish uchun yigirma ish kunigacha boʻlgan muddat talab etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda majburiy tartibda bojxona ekspertizasi oʻtkaziladigan tovarlar roʻyxati xavfni boshqarish tizimini qoʻllagan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
216-modda. Qoʻshimcha va takroriy bojxona ekspertizalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha bojxona ekspertizasi birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasi xulosasida mavjud boʻlgan kamchiliklarni toʻldirish uchun tayinlanadi va oʻsha ekspertning oʻzi yoki boshqa ekspert yoxud ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xulosa asoslanmaganda yoki uning toʻgʻriligi shubha tugʻdirganda yoxud uning asosidagi dalillar haqiqiy emas deb topilganda takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanadi. Birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasining xulosasi ustidan vakolatli shaxs yoki boshqa manfaatdor shaxs tomonidan shikoyat qilinganda, shuningdek prokuror tomonidan protest keltirilganda ham takroriy bojxona ekspertizasi tayinlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy bojxona ekspertizasini tayinlashda ekspertning (ekspertlar komissiyasining) oldiga avval qoʻllanilgan tekshiruv uslublarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy bojxona ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda takroriy bojxona ekspertizasini tayinlagan organning birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasining xulosasidan noroziligi sabablari keltirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Takroriy bojxona ekspertizasini oʻtkazish boshqa ekspertga yoki ekspertlar komissiyasiga topshiriladi. Birinchi (avvalgi) bojxona ekspertizasini oʻtkazgan ekspert (ekspertlar komissiyasi) takroriy bojxona ekspertizasi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin tekshiruvda va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
217-modda. Ekspertlar komissiyasi tomonidan bojxona ekspertizasini oʻtkazish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ekspertizasi bitta (komissiyaviy bojxona ekspertizasi) yoki turli ekspert mutaxassisliklarining (kompleks bojxona ekspertizasi) bir nechta eksperti tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ekspertizasini ekspertlar komissiyasi tomonidan oʻtkazish bojxona ekspertizasini tayinlagan organ tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal qilish zaruratidan kelib chiqqan holda boʻlajak tekshiruvlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan ekspertlar komissiyasi tarkibidagi har bir ekspert tekshiruvlarni mustaqil ravishda va alohida oʻtkazadi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda ilm-fan, texnika, sanʼat yoki hunarmandchilik sohasidagi oʻz maxsus bilimlari doirasida qoʻyilgan masalalar yuzasidan xulosalarni shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan tekshiruvlarning toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Komissiyaviy bojxona ekspertizasini oʻtkazishda ekspertlarning har biri toʻliq hajmda tekshiruvlar oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari boʻyicha ekspertlar birgalikdagi xulosani tuzadi va imzolaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar orasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ularning har biri kelishmovchiliklarga sabab boʻlgan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ishi uchun ahamiyatga molik vaziyatlarni bilimlarning turli sohalarini qoʻllagan holda bir nechta tekshiruv oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda kompleks bojxona ekspertizasi tayinlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kompleks bojxona ekspertizasini oʻtkazishda ekspertlarning har biri oʻz vakolatlari doirasida tekshiruvlar oʻtkazadi. Kompleks bojxona ekspertizasining xulosasida har bir ekspert qanday tekshiruvlarni qanday hajmda oʻtkazganligi, shaxsan u qanday faktlarni aniqlaganligi hamda qanday xulosalarga kelganligi koʻrsatiladi. Ekspertlarning har biri kompleks bojxona ekspertizasi xulosasining oʻzi tomonidan olib borilgan tekshiruvlar aks etgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olingan natijalarga baho berish va ushbu xulosani (xulosalarni) shakllantirish uchun vakolatli boʻlgan ekspertlar umumiy xulosa (xulosalar) beradilar. Agar ekspertlar komissiyasining yakuniy xulosasi yoki uning bir qismi uchun ekspertlardan biri (ayrim ekspertlar) tomonidan aniqlangan faktlar asos boʻlsa, bu haqda kompleks bojxona ekspertizasining xulosasida koʻrsatib oʻtilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ekspertlar orasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda ularning har biri kelishmovchiliklarga sabab boʻlgan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida-alohida kompleks bojxona ekspertizasi xulosasini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31-bob. Tovarlarni va transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
218-modda. Tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida tashish talablari hamda shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlar va (yoki) transport vositalari joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organiga ushbu tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish uchun qabul qilgan tashuvchining javobgarligi ostida tashiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar kelib tushadigan bojxona organiga topshirilishi lozim boʻlgan hujjatlar qaysi tovarlarga va (yoki) transport vositalariga tegishli boʻlsa, oʻsha tovarlar va (yoki) transport vositalari bilan bir xil tartibda yetkazib beriladi va taqdim qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va (yoki) transport vositalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar kelib tushadigan bojxona organiga joʻnatuvchi bojxona organi belgilagan muddatlarda va yoʻnalishlar boʻyicha, agar ular ushbu moddaning oltinchi qismiga muvofiq belgilangan boʻlsa, tashuvchi tomonidan yetkazib berilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy eskirish yoki normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, oʻzgarmas holatda qolishi hamda tashishdan boshqa biror maqsadda foydalanilmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlarni yetkazib berishning eng koʻp muddati quyidagi hisob-kitob bilan belgilanadigan muddatdan oshmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo transporti uchun — uch kalendar kundan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil va suv transporti uchun — oʻn kalendar kundan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yoʻl transporti uchun — ikki ming kilometr uchun oʻttiz kalendar kundan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlar uchun yetkazib berish muddati tashuvchining arizasidan, tovarlarni tashishning odatiy muddatidan, transport vositasining turi va imkoniyatlaridan, arizachi tomonidan belgilangan harakat yoʻnalishi va boshqa tashish shartlaridan kelib chiqqan holda, ushbu moddaning toʻrtinchi qismida belgilangan muddat doirasida joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostida turgan ayrim tovarlarni bojxona hududi boʻylab tashish yoʻnalishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxsning yoki tashuvchining asoslangan soʻroviga koʻra oraliq bojxona organi tovarlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga yetkazib berishning dastlab belgilangan muddatini uzaytiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtomobil transportida tashilayotganda bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni hamda bojxona nazorati ostida turmagan boshqa tovarlarni bitta transport vositasiga joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning ayrim turlarini tashiyotgan tashuvchilar uchun qonun hujjatlari bilan qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
219-modda. Tashuvchining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchi quyidagi hollarda tovarlarni va (yoki) transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka haqli, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning kuzatuv hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasiga va tovarlar oʻroviga qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalari tashilayotgan tovarlarga ana shunday taʼminlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashuvchi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni bojxona hududi boʻylab tashish chogʻida tashuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning, plombalarning va muhrlarning, yoki, agar foydalanilgan boʻlsa, boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalarining butligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlarining ruxsatisiz tovarlar bilan yuk operatsiyalarini oʻtkazishga yoʻl qoʻymasligi, bundan ushbu Kodeks 225-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan hollarda tovarni tushirib boshqa transport vositasiga qayta yuklash mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositalarini tegishli texnik holatda saqlashi va ushbu Kodeksning 227-moddasiga muvofiq bojxona nazorati ostidagi tovarlarni tashish uchun transport vositalarining jihozlanishiga doir talablarga mosligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlarni istisno etganda, tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻzgarmas holatda, boshqa biror maqsadda foydalanmasdan yetkazib berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar yoʻqolganda yoki bojxona organlarining roziligisiz boshqa shaxslarga berib yuborilgan taqdirda bojxona toʻlovlarini toʻlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan joyga yetib kelgandan soʻng tashuvchi bojxona organini yozma ravishda xabardor qilmasdan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini toʻxtash joylarida qarovsiz qoldirishga, toʻxtash joyini oʻzgartirishga, yoʻlovchilarni tushirib yuborishga, tovarlar bilan biror-bir yuk va oʻrov-joylov operatsiyasini bajarishga, bojxona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirishga, olib tashlashga yoki yoʻq qilishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
220-modda. Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona nazorati ostida yetkazib berish ustidan nazorat tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati yordamida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati bojxona hududi boʻylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan, tovar kelib tushadigan bojxona organigacha yetkazib berilganligi nazoratini bojxona organlari tomonidan amalga oshirish uchun zarur boʻlgan hujjatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv hujjatlari boʻyicha tashiladigan tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi uchun rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda, tovarni yetkazib berishning nazorat hujjati sifatida mazkur shartnomalarda belgilangan hujjatlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
221-modda. Bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlar va transport vositalari hamda ularning hujjatlariga identifikatsiyalash vositalarining qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Joʻnatuvchi bojxona organi bojxona hududi boʻylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarning va (yoki) transport vositasining bojxona identifikatsiyalanishini taʼminlaydi, tovar kelib tushadigan bojxona organi esa qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalarining mavjudligini va butligini tekshiradi. Oraliq bojxona organlari va tovar kelib tushadigan bojxona organlari tovarning kuzatuv hujjatlariga bojxona identifikatsiyalashining yangi vositalari qoʻyilganligi toʻgʻrisida qaydlar qoʻyib chiqishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona identifikatsiyalash vositalari transport vositasiga yoki alohida yuk oʻrinlariga qoʻyilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududi boʻylab bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona identifikatsiyalashining asosiy usuli ularga plombalar va muhrlar bosishdan iborat. Plombalar va muhrlarni qoʻyish imkoni boʻlmagan taqdirda, ushbu Kodeksning 197-moddasida nazarda tutilgan bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalari qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar chet davlatlar bojxona organlarining identifikatsiyalash vositalari ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismida belgilangan talablarga mos emas deb topilsa, joʻnatuvchi bojxona organi tovarni va (yoki) transport vositasini bojxona koʻrigidan oʻtkazib, ularga bojxona identifikatsiyalashining yangi vositalarini qoʻyadi va bu haqda tovarning kuzatuv hujjatlariga tegishli yozuv kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarning bojxona identifikatsiyalashini amalga oshirish maqsadida joʻnatuvchi bojxona organi ushbu Kodeks 197-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq bojxona identifikatsiyalash vositalarini qoʻllaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
222-modda. Tovar bojxona nazorati ostida tashilayotganda bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet el tovari bojxona nazorati ostida tashilayotganda bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash chora-tadbirlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning bojxona tashuvchisi tomonidan tashilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni taqdim etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarlarni bojxona nazorati ostida tashiyotgan transport vositasi ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismi talablariga muvofiq boʻlmasa, joʻnatuvchi bojxona organi tovarlarni bojxona nazorati ostida tashishga transport vositasini lozim darajada jihozlash yoxud mazkur moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash boʻyicha choralar koʻrish sharti bilan ruxsat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan chora-tadbirlar quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar temir yoʻl, havo va quvur transportida yoki elektr uzatish liniyalari orqali tashilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari bilan belgilangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
223-modda. Bojxona hamrohligida kuzatib borishning qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hamrohligida kuzatib borish chet el tovarlarini tashiyotgan avtotransport vositalariga nisbatan qoʻllaniladi, bundan quyidagi hollar mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni tashish XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasiga (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) muvofiq amalga oshirilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
milliy avtotashuvchilar tomonidan import tovarlarni tashish tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish uchun jihozlangan transport vositalarida, ushbu tashuvchilar tomonidan litsenziya kartochkasi taqdim etilgan holda amalga oshirilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlangan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar bojxona hududiga insonparvarlik yordami va texnik koʻmak sifatida, shuningdek xalqaro pochta joʻnatmalari va feldyeger pochtasi sifatida, tasdiqlovchi hujjatlar boʻlgan taqdirda olib kirilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hamrohligida kuzatib borish avtotransport vositasi joʻnatuvchi bojxona organiga yetib kelgan paytdan eʼtiboran olti soatdan kechiktirmay boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hamrohligida kuzatib borish bitta yoki bir nechta avtotransport vositasiga nisbatan amalga oshirilishi mumkin, lekin ularning soni yigirmatadan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hamrohligida kuzatib borish uchun bojxona yigʻimi undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hamrohligida kuzatib borish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang:VazirlarMahkamasining 2020 yil 22 dekabrdagi 800-son “OʻzbekistonRespublikasihududidatashqisavdoyuklarinibojxonanazoratiostidatashishnisoddalashtirish, shuningdek, tashqiiqtisodiyfaoliyatqatnashchilariniyanadaqoʻllab-quvvatlashtoʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
224-modda. Avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri yoxud tovarlarni tashishga toʻsqinlik qiladigan boshqa vaziyatlar oqibatida koʻriladigan chora-tadbirlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri yoxud tovarlarni tayin qilingan joyga tashishga toʻsqinlik qiladigan boshqa vaziyatlar oqibatida tashuvchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning, transport vositasining butligini saqlash va ulardan foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur chora-tadbirlarni koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng yaqin bojxona organiga tegishli vaziyatlar, tovarning va transport vositasining turgan joyi toʻgʻrisida darhol xabar berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni eng yaqin bojxona organiga yoki bojxona organi koʻrsatgan boshqa joyga olib borishi yoxud, agar uning transport vositasi buzilgan boʻlsa, olib borilishini taʼminlashi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi bojxona nazoratini taʼminlash uchun qoʻllaniladigan chora-tadbirlarni sodir boʻlgan hodisaning xususiyatiga, tovar sifatining yoʻqotilish darajasi va tovar tashilishini amalga oshirayotgan transport vositasining texnik holatiga bogʻliq ravishda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan va bojxona hududida sodir boʻlgan hollar belgilangan tartibda tegishli vakolatli organlar tomonidan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada nazarda tutilgan choralar koʻrilishi munosabati bilan tashuvchi qilgan xarajatlarning oʻrni bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
225-modda. Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan yuk operatsiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar bilan yuk operatsiyalari tovar yetkazib berilgan manzilda shu maqsadlarni amalga oshirish uchun maxsus ajratilgan joylarda va bojxona organining ish vaqtida amalga oshiriladi. Yuk operatsiyalarini vakolatli shaxsning yoki tashuvchining yozma arizasiga koʻra boshqa joylarda va (yoki) qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida yuk operatsiyalarini amalga oshirish zarurati tugʻilgan boʻlsa, oʻsha bojxona organining belgilangan ish vaqtidan tashqari paytda oʻtkazishga shu bojxona organining nazorati ostida yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostidagi tovarni tashishni amalga oshirayotgan transport vositasi buzilib qolgan taqdirda, uni ushbu Kodeksning 84-moddasida belgilangan vaqtincha saqlash joylarida vaqtincha saqlashga yoʻl qoʻyiladi. Bunday saqlash muddati bojxona organi tomonidan transport vositasini taʼmirlash uchun ketadigan vaqtdan kelib chiqqan holda belgilanadi, bu muddat tovarning vaqtincha saqlash bojxona rejimida turishining eng koʻp muddatidan oshmasligi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar bilan yuk operatsiyalarining oʻtkazilishi tovarning yoʻqotilishiga yoki xossalari oʻzgarishiga olib kelishi ehtimoli boʻlgan yoxud shu tovar ustidan bundan buyongi bojxona nazoratini amalga oshirish imkoni boʻlmasligiga sabab boʻlgan taqdirdagina bojxona organi tovar bilan yuk operatsiyalarini oʻtkazishni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar tushirilib, boshqa transport vositasiga qayta ortilgan taqdirda, mazkur bobda bayon etilgan talablar va shartlarga rioya etishga ushbu tovarni bojxona nazorati ostida bundan buyongi tashish uchun qabul qilib olgan tashuvchi javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
226-modda. Tovarlarni va ularga doir hujjatlarni bojxona organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar kelib tushadigan bojxona organi joylashgan yerlarga yoki joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan boshqa joylarga tovar yetkazib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar kelib tushadigan bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda tovar yetkazib berilgan taqdirda, u bojxona nazorati zonasiga joylashtiriladi. Tashuvchi tovar kelib tushadigan bojxona organini tovar yetkazib berilganligi toʻgʻrisida quyidagilarni taqdim qilish orqali xabardor qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning kuzatuv hujjatlarini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yetkazib berilgan tovarlarni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xabar qilish tovarlar yetkazib berilganidan keyin oʻttiz daqiqadan kechiktirmay, tovarlar tovar kelib tushadigan bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytida yetkazib berilgan taqdirda esa, bojxona organining ish vaqti boshlanganidan keyin oʻttiz daqiqadan kechiktirmay amalga oshirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar kelib tushadigan bojxona organi xabarnomani olgan paytdan eʼtiboran uch soat ichida tovarning kuzatuv hujjatlariga belgi qoʻyish orqali tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi faktini tasdiqlaydi. Bojxonaga oid huquqbuzarlik aniqlangan taqdirda tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi toʻgʻrisidagi tasdiqnoma tekshirish tugallanguniga qadar toʻxtatib turiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yetkazib berilganligi tasdiqlangan paytdan eʼtiboran tovar vaqtincha saqlash bojxona rejimida turgan tovar maqomini oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar yetkazib berilganidan hamda tovar kelib tushadigan bojxona organiga tegishli hujjatlar va maʼlumotlar taqdim qilinganidan keyin tovar tushirib olinishi yoki qayta ortilishi, bojxona omboriga vaqtincha saqlash uchun joylashtirilishi, muayyan bojxona rejimiga maʼlum qilinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning talablarida nazarda tutilgan harakatlar yoki holatlar oqibatida tashuvchi qilgan xarajatlar tashuvchining hisobiga yoziladi va ularning oʻrni bojxona organlari tomonidan qoplanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32-bob. Transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
227-modda. Tovarlar bojxona plombalari va muhrlari ostida tashilayotgan transport vositalarining jihozlanishiga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona plombalari va muhrlari ostida tovarlarni tashish uchun transport vositalari quyidagi talablarga rioya etilgan holda konstruksiyalangan va jihozlangan boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona plombalari va muhrlarini bevosita transport vositasiga oddiy va ishonchli usulda qoʻyish mumkinligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashilayotgan tovarni transport vositasining plombalangan qismidan koʻzga tashlanadigan izlar qoldirmasdan chiqarib olish yoki unga boshqa tovarni joylash yoxud bojxona tamgʻalariga yoki muhrlariga shikast yetkazish imkoniyati yoʻqligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi va uning yuk boʻlmalari ularning ishlab chiqaruvchi tomonidan belgilangan konstruksiyasiga doir texnik talablarga muvofiq boʻlishi kerak va ularda tashilayotgan tovarlarni yashirish uchun moʻljallangan xufiya joylar mavjud boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasining tovarlar turishi mumkin boʻlgan yuk boʻlmalarining tuzilishi bojxona koʻzdan kechiruvi uchun erkin kirib chiqishni taʼminlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasining ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan talablarga muvofiqligi transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishga ruxsat berish toʻgʻrisidagi guvohnomani (bundan buyon matnda guvohnoma deb yuritiladi) olish yoʻli bilan oldindan tasdiqlanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari transport vositasiga tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun oldindan ruxsat olinishini talab qilmaydi, bundan quyidagi hollar mustasno, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni tashish bojxona tashuvchisi tomonidan amalga oshirilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ruxsat olinishi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma bojxona organi tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarning arizalari asosida beriladi hamda yuk tashuvchi avtotransport vositalari, tirkamalar va yarim tirkamalar uchun tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashishni amalga oshirish uchun ruxsat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi yuk tashuvchi avtotransport vositalarini, tirkamalarni va yarim tirkamalarni ishlatuvchi yuridik yoki jismoniy shaxs boʻlganda — yakka tartibda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi ayni bir turdagi konstruksiyaga ega boʻlgan yuk tashuvchi avtotransport vositalarini, tirkamalarni va yarim tirkamalarni seriyali ishlab chiqaruvchi zavod boʻlganda — konstruksiyaning turi boʻyicha (yuk tashuvchi avtotransport vositalarining, tirkamalarning va yarim tirkamalarning seriyasi) berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilish muddati ikki yilni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
228-modda. Guvohnoma olish uchun talablar va shartlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma olish uchun transport vositasi ushbu Kodeks 227-moddasining birinchi qismi talablariga va XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasida (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) nazarda tutilgan shartlarga muvofiq boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
229-modda. Guvohnoma olish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yakka tartibda guvohnoma olish uchun arizachi qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida yuridik shaxs roʻyxatdan oʻtgan yoxud jismoniy shaxs doimiy yashayotgan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha arizani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasiga nisbatan mulk huquqini yoki undan foydalanish huquqini tasdiqlovchi hujjatning koʻchirma nusxasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasi (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) bilan belgilangan shakl boʻyicha guvohnoma blankasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta transport vositasining koʻpi bilan ikki tomonini bir vaqtning oʻzida tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Konstruksiyaning turi boʻyicha guvohnoma olish uchun arizachi qaysi bojxona organining faoliyat koʻrsatish zonasida avtotransport vositalari ishlab chiqariladigan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shakl boʻyicha arizani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi konstruksiyasining chizmalarini va batafsil tavsifini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XYT daftarchasini qoʻllagan holda yuklarni xalqaro tashish toʻgʻrisidagi bojxona konvensiyasi (Jeneva, 1975-yil 14-noyabr) bilan belgilangan shakldagi guvohnoma blankasini;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasining oldidan, orqadan, chapdan, oʻngdan koʻrinishi, shuningdek plombalar va muhrlar qoʻyiladigan joyning tasviri mavjud boʻlgan, arizachi tomonidan tasdiqlangan rangli fotosuratlarni. Bitta fotosuratda bitta avtotransport vositasining koʻpi bilan ikki tomonini bir vaqtning oʻzida tasvirlashga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizada arizachining elektron manzili koʻrsatilishi mumkin. Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizada arizachining elektron manzili koʻrsatilganligi uning oʻz arizasi boʻyicha qabul qilingan qaror toʻgʻrisidagi xabarni axborot tizimi orqali elektron shaklda olishga boʻlgan roziligidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachidan ushbu moddada koʻrsatilmagan boshqa hujjatlar taqdim etilishini talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlardagi maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun arizachi javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
230-modda. Arizani koʻrib chiqish va guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish uchun bojxona organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma yakka tartibda berilayotganda — taqdim qilingan transport vositasining ushbu Kodeksning 228-moddasida nazarda tutilgan guvohnoma berish talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilayotganda — konstruksiyaning maʼlum qilingan turi boʻyicha tayyorlangan bir yoki bir nechta transport vositasining ushbu Kodeksning 228-moddasida nazarda tutilgan guvohnoma berish talablari va shartlariga muvofiqligini tekshirishni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi tomonidan guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish hamda guvohnoma berish toʻgʻrisida yoki uni berishni rad etish haqida qaror qabul qilish muddatlari ariza qabul qilingan sanadan eʼtiboran quyidagi muddatlardan oshmasligi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma yakka tartibda berilganda — oʻn ish kunidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma konstruksiyaning turi boʻyicha berilganda — yigirma ish kunidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqqanlik va guvohnoma berganlik uchun bojxona yigʻimlari undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi tegishli qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay arizachiga guvohnoma berishi (yuborishi) yoki guvohnoma berish rad etilganligi haqida uni yozma shaklda, shu jumladan axborot tizimi orqali elektron shaklda xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma berish rad etilganligi haqida qaror qabul qilingan taqdirda rad etish toʻgʻrisidagi xabarda rad etish sabablari va qonun hujjatlarining normalari koʻrsatilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi rad etish sabablarini bartaraf qilishga va hujjatlarni takroran koʻrib chiqish uchun taqdim etishga haqli boʻlgan muddat guvohnoma berish rad etilganligi haqidagi xabar olingan sanadan eʼtiboran oʻn ish kunini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma berishni rad etish uchun asos boʻlgan sabablar arizachi tomonidan bartaraf qilingan taqdirda arizani takroran koʻrib chiqish va (yoki) avtotransport vositasini tekshirish, guvohnoma berish yoki uni berishni rad etish ariza qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kunidan oshmaydigan muddatda bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Xabarda koʻrsatilgan muddat tugaganidan keyin berilgan ariza yangitdan berilgan deb hisoblanadi va umumiy asoslarda koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma berish toʻgʻrisidagi ariza takroran koʻrib chiqilayotganda guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi xabarda ilgari koʻrsatilmagan asoslarga koʻra guvohnoma berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi bojxona organining guvohnoma berishni rad etish toʻgʻrisidagi qarori, shuningdek bojxona organi mansabdor shaxsining harakati (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231-modda. Guvohnomaning amal qilishini tugatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilishi quyidagi hollarda tugatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizachi guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasi tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqsiz holga kelganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnoma berish toʻgʻrisidagi bojxona organining qarori noqonuniyligi aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarining milliy davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqamlari almashganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
guvohnomaning amal qilish muddati tugaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu modda birinchi qismining uchinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilarida koʻrsatilgan holatlar yuzaga kelishi bilan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilishi ushbu modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi sud qarori arizachiga va bojxona organiga qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi bojxona organining qarori qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay arizachiga guvohnomaning amal qilishini tugatish sabablari, shuningdek qonun hujjatlarining aniq normalari koʻrsatilgan holda yozma shaklda yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma ushbu modda birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan, ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida nazarda tutilgan hollarda esa sud tomonidan bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomani bekor qilish toʻgʻrisidagi bojxona organining qarori arizachiga qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay yetkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
233-modda. Guvohnomani qayta rasmiylashtirish, guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish va uning dublikatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma qayta rasmiylashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilish muddati tugagach guvohnomaning amal qilishi arizachining arizasiga koʻra uzaytirilishi mumkin. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi ariza bojxona organiga guvohnomaning amal qilish muddati tugaguniga qadar berilishi lozim. Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirish guvohnoma berish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaning amal qilish muddatini uzaytirganlik uchun bojxona yigʻimi undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnoma yoʻqotilgan yoki unga shikast yetkazilgan taqdirda dublikat berilmaydi. Bunda arizachining arizasiga koʻra umumiy asoslarda yangi guvohnoma beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
234-modda. Guvohnomaga qaydlar kiritish tartib-taomili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar xalqaro yuk tashishni amalga oshirayotgan, bunga ruxsat etilgan avtotransport vositasida jiddiy nosozliklar aniqlansa, bojxona organlari avtotransport vositasining harakatlanishini davom ettirishni taqiqlab qoʻyishi yoxud nazorat boʻyicha zarur choralar koʻrib, avtotransport vositasining yurishda davom ettirishiga ruxsat berishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ruxsat etilgan avtotransport vositasi mumkin qadar qisqa vaqtda va undan yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun qayta foydalanilguniga qadar qoniqarli holatga keltirilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Avtotransport vositasi taʼmirlash natijasida tashishga ruxsat etish shartlariga mos keladigan holatga keltirilganidan soʻng u guvohnomaning amal qilishini tiklaydigan bojxona organiga taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jiddiy nosozliklar aniqlangan avtotransport vositasidan ushbu moddaning uchinchi qismida belgilanganidek, tegishli taʼmirlash oʻtkazilmaguniga qadar yuklarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yana foydalanilishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Guvohnomaga kiritilgan har bir qayd uning kiritilish sanasi qoʻyilgan holda, ushbu qaydni kiritgan bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi va shaxsiy muhri bilan tasdiqlanishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar avtotransport vositasida bojxona organlarining fikricha jiddiy xususiyatga ega boʻlmagan va bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishiga imkon yaratmaydigan nosozliklar boʻlsa, bu transport vositasidan keyinchalik yuklarni tashish uchun foydalanishga ruxsat etilishi mumkin. Guvohnomaning egasi boʻlgan arizachi mazkur nosozliklar toʻgʻrisida xabardor qilinadi va u oʻzining avtotransport vositasini tegishli tarzda taʼmirlashi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tashuvchisi bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni tashishni bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamagan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tashuvchilarining tovarlarni joʻnatuvchilar va oluvchilar bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
236-modda. Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsini Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritish shartlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransportda yuklarni xalqaro tashish boʻyicha faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziyaning mavjudligi va bojxona organiga ariza berilgan sanaga qadar kamida ikki yil davomida ushbu faoliyat amalga oshirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishining taʼminlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 227-moddasi talablariga muvofiq tovarlarni bojxona plombalari va muhrlari ostida tashish uchun yaroqli avtotransport vositalarining borligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi yuridik shaxsining fuqarolik javobgarligi xavfini sugʻurtalash shartnomasi borligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
237-modda. Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish uchun zarur boʻladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxsi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan shaklda yozilgan ariza;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 236-moddasida nazarda tutilgan shartlarga rioya etilganligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachidan ushbu moddada nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etishni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlar bojxona organi aksini isbotlamagunicha, barcha hollarda toʻgʻri deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi uchun javobgarlik arizachining zimmasida boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
239-modda. Bojxona tashuvchisining huquq va majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tashuvchisi quyidagilarga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni bojxona hamrohligida kuzatib borishni qoʻllamagan holda tashishga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) quyidagi hollarda tovarlarni va transport vositalarini tashish uchun qabul qilmaslikka, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning kuzatuv hujjatlari belgilangan tartibni buzgan holda rasmiylashtirilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasiga va tovarlar oʻroviga qoʻyilgan bojxona identifikatsiyalash vositalari tashilayotgan tovarlarga shunday taʼminlov choralarini buzmasdan tegish imkoniyatini istisno etmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tashuvchisi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tashuvchisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona nazorati ostida tashiladigan tovarlarning hisobini yuritishi va bojxona organlariga shunday tovarlarni tashish toʻgʻrisida hisobot taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eng kam oylik ish haqi miqdori oshgan taqdirda, ushbu Kodeks 236-moddasi uchinchi xatboshisida belgilangan talablarni bajarishni eng kam oylik ish haqi oshgan kundan eʼtiboran bir oy ichida taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni joʻnatuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etadigan axborotni oshkor etmasligi, undan shaxsiy maqsadlari uchun foydalanmasligi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni joʻnatuvchi bojxona organi tomonidan belgilangan joyga, yoʻnalishda va muddatlarda, ularning oʻrovini yoki holatini oʻzgartirmasdan, bundan tabiiy eskirish yoxud normal tashish va saqlash sharoitlarida kamayish oqibatidagi oʻzgarishlar mustasno, yetkazib berishdan boshqa maqsadlarda foydalanmasdan yetkazib berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni va ularga oid hujjatlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga taqdim etishi, ushbu bojxona organi mansabdor shaxslarining talabiga koʻra esa tovarlarni tovar kelib tushadigan bojxona organiga amalda taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitta avtotransport vositasida bojxona nazorati ostida turgan tovarlar bilan bir vaqtda boshqa tovarlarni tashimasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashilayotgan tovarlarning but saqlanishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan joyga bojxona organining ish vaqtidan tashqari paytda keltirilgan tovarlarni bojxona nazorati zonasiga joylashtirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar yetkazib berilganidan keyin ularni tovar kelib tushadigan bojxona organiga xabar bermagan holda toʻxtash joyida qarovsiz qoldirmasligi, tovarlarni oʻramasligi va qayta oʻramasligi, bojxona identifikatsiyalash vositalarini oʻzgartirmasligi, olib tashlamasligi va yoʻq qilmasligi. Agar bojxona tashuvchisi transport vositasi ekipajining hayoti va sogʻligʻiga haqiqiy xavf tahdid solganligini, tovarlarning yoki transport vositasining yoʻq qilinishi, qaytarib boʻlmas holatda yoʻqotilishi yoki jiddiy buzilishi xavfi mavjud boʻlganligini isbotlasa, ushbu majburiyatning buzilishi bojxona tashuvchisining javobgarligiga olib kelmaydi. Mazkur holatlar toʻgʻrisida bojxona tashuvchisi eng yaqin bojxona organini darhol xabardor qilishi shart;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz xodimlariga tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish qoidalarini oʻrgatishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositalarini tegishli texnik holatda saqlab turishi hamda ularning ushbu Kodeksning 227 va 236-moddalari talablari va shartlariga muvofiqligini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻz kuchi yoki shartnoma asosida boshqa tashkilotlarning kuchi bilan tovarlar oʻz avtotransport vositalariga ortilishini yoki qayta ortilishini, shu avtotransport vositalaridan tushirilishini yoki qayta ortilishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar kelib tushadigan bojxona organining talabiga koʻra, bojxona organi tomonidan belgilangan muddatda tovarlarning toʻxtash, tushirish va qayta ortish joyini oʻzgartirishni, tovarlarning va transport vositalarining dastlabki turgan joyi oʻzgartirilishini, bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilishi, olib tashlanishi yoki yoʻq qilinishini taʼminlashi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri chogʻida tovarlarning va transport vositalarining but saqlanishini taʼminlash hamda ulardan biror-bir tarzda foydalanilishiga yoʻl qoʻymaslik uchun zarur choralarni koʻrishi. Bunda avariya yoki yengib boʻlmas kuch taʼsirining holatlari, tovarlar va oʻzining transport vositalari turgan joy toʻgʻrisida eng yaqin bojxona organiga darhol xabar berishi, tovarlarning va transport vositalarining eng yaqin bojxona organiga tashilishini taʼminlashi hamda ushbu bojxona organi tomonidan bojxona nazoratini taʼminlash uchun belgilanadigan boshqa choralarni koʻrishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tashuvchilarining reyestriga kiritilish paytida maʼlum qilingan maʼlumotlar oʻzgarganligi toʻgʻrisida shunday oʻzgartishlar kiritilgan sanadan eʼtiboran besh ish kuni ichida bojxona organini xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
V boʻlim. Bojxona ishida valyuta nazorati va tashqi savdo operatsiyalarining monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34-bob. Valyuta nazorati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
240-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda nazoratni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilishi va olib chiqilishi ustidan nazorat jismoniy shaxslar bojxona chegarasini kesib oʻtayotganda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
241-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi jismoniy shaxslar tomonidan olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda tekshiruvni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda jismoniy shaxsni tekshirish valyutani tartibga solish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilishining oldini olish, uni aniqlash va unga chek qoʻyish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda quyidagilar tekshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning cheklangan normalariga rioya etilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirilishiga va olib chiqilishiga ruxsat etilgan summalarning belgilangan cheklangan normalaridan ortiq boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi olib kirilayotganda va olib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining yoki vakolatli banklarning ruxsatnomasi mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsda mavjud boʻlgan summaning bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
242-modda. Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib kirish hamda olib chiqish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda koʻriladigan choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini noqonuniy olib kirish va olib chiqish bilan bogʻliq huquqbuzarliklar aniqlangan taqdirda bojxona organlari noqonuniy olib kirilayotgan va olib chiqilayotgan Oʻzbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasini va naqd chet el valyutasini olib qoʻyadi, surishtiruv oʻtkazadi, maʼmuriy ish yoki jinoyat ishini qoʻzgʻatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentiga Oʻzbekiston Respublikasi naqd milliy valyutasi va naqd chet el valyutasi noqonuniy olib kirilganligi va olib chiqilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
35-bob. Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
243-modda. Tashqi savdo operatsiyalari ustidan monitoringni amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo operatsiyalari monitoringi Oʻzbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari oʻrtasida tuzilgan, tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtish bilan bogʻliq boʻlgan va qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasida yoki chet el valyutasida oʻzaro hisob-kitoblar qilishni nazarda tutuvchi kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini kuzatib borish va tahlil qilish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kontraktlarning (shartnomalarning, kelishuvlarning) bajarilishini monitoring qilish jarayonida Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida mavjud boʻlgan axborot bojxona yuk deklaratsiyasi bilan solishtiriladi, tovarlarning amaldagi miqdori va sifati boʻyicha tavsiflarining hamda assortimentining Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiqligi nazorat qilinadi, shuningdek kontraktlarning qonun hujjatlari talablariga muvofiqligi tekshiriladi hamda mazkur kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) yuzasidan muddati oʻtkazib yuborilgan debitorlik qarzlar bor-yoʻqligi aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
244-modda. Tashqi savdo operatsiyalari monitoringini amalga oshirishda bojxona organlarining boshqa vakolatli organlar bilan oʻzaro hamkorligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi valyuta nazoratini amalga oshiruvchi organlardan biri boʻlib, tashqi savdo operatsiyalari sohasida boshqa vakolatli organlar, shuningdek banklar va oʻzga tashkilotlar bilan axborot almashish, shu jumladan Tashqi savdo operatsiyalarining yagona elektron axborot tizimi orqali axborot almashish yoʻli bilan oʻzaro hamkorlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
245-modda. Valyutaga oid qonun hujjatlari buzilishlarining belgilari bojxona organlari tomonidan aniqlangan taqdirda koʻriladigan choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Valyutaga oid qonun hujjatlari buzilishlarining belgilari aniqlangan taqdirda bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasini quyidagi faktlardan xabardor qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kirilayotgan (olib chiqilayotgan) tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organiga tovarning faktura qiymatini eksport qiluvchi (import qiluvchi) mamlakatda tovarning maʼlum qilingan qiymatiga nisbatan asossiz ravishda oshirish (kamaytirish) maqsadida notoʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlar taqdim etilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) boʻyicha kontragent boʻlmagan yetkazib beruvchilardan kelib tushganligi;
(245-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
eksport-import operatsiyalari amalga oshirilayotganda qonun hujjatlarini boshqa tarzda buzish hollari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan faktlar soliq organlari tomonidan tasdiqlangan, shuningdek valyutani nazorat qilish sohasida huquqbuzarlik sodir etilganlik faktlari boshqa vakolatli organlar tomonidan taqdim etilgan taqdirda bojxona organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasidan eksport qilinayotgan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini kontraktlar boʻyicha muddati oʻtgan debitorlik qarzi uzilguniga qadar rad etishga bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
(245-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
246-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxs tomonidan tanlangan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar va transport vositalari bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish tartibi foydalanilayotgan transportning turlari, tovarlar va transport vositalarini olib oʻtayotgan jismoniy shaxslarning toifalari hisobga olingan holda, bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning turiga qarab qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi tovarlarning ishlab chiqarilgan, joʻnatilgan va kelib tushgan mamlakatidan, bojxona chegarasi orqali olib oʻtish maqsadidan va bojxona hududida foydalanilishidan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa davlatlarning bojxona nazorati uchun foydalaniladigan hujjatlari bojxona rasmiylashtiruvini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq qoʻllanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PQ-122-son “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
247-modda. Bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish joyi va vaqti
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi deklarantning yoki boshqa vakolatli shaxsning soʻroviga koʻra va uning hisobidan boshqa joylarda hamda bojxona organining ishdan tashqari vaqtida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvining bojxona organlari joylashgan yerlarda emas, balki bevosita oʻz hududlarida yoki binolarida amalga oshirilishidan manfaatdor boʻlgan shaxslar bu organlarga xizmat va maishiy binolarni, uskunalarni hamda aloqa vositalarini tekin asosda foydalanish huquqini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
248-modda. Bojxona rasmiylashtiruvining boshlanishi va tugallanishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organiga tovarlar va (yoki) transport vositalari xususida hujjatlar taqdim etilgan paytdan, ushbu Kodeksning 162-moddasida nazarda tutilgan hollarda esa, ogʻzaki maʼlum qilingan yoxud jismoniy shaxsning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish niyatidan dalolat beruvchi boshqa harakatlar bajarilgan paytdan eʼtiboran boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi va deklarant yoxud vakolatli shaxs oʻrtasidagi tovarlarni bojxona rejimiga joylashtirish va (yoki) bojxona rejimining amal qilishini tugallash, bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va toʻlash yoxud ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa harakatlarni bajarish bilan bogʻliq boʻlgan munosabatlar tartibga solinganidan keyin tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda veterinariya, fitosanitariya nazorati, ekologik nazorat va boshqa turdagi davlat nazorati amalga oshirilganidan keyin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boʻlsa, mazkur hujjatlarning mavjudligi tasdiqlanganidan keyin tugallanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi hamda taqdim etilgan hujjatlarni tekshirish bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan va barcha zarur hujjatlar hamda maʼlumotlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Bu muddat boshqa davlat organlari tomonidan tovarlar va (yoki) transport vositalari yuzasidan nazoratni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan vaqtni oʻz ichiga olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
249-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona organlariga roʻyxati va topshirilish muddatlari ushbu Kodeksda belgilangan hujjatlar hamda maʼlumotlar taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organlarining axborot tizimidagi toʻlovchining shaxsiy hisobvaragʻi boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlanganligi (bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlashga muhlat berilgan hollar bundan mustasno) toʻgʻrisidagi, xizmat koʻrsatuvchi banklar (gʻaznachiliklar) tomonidan taqdim etiladigan maʼlumotlar mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tegishli bojxona rejimiga joylashtirish uchun ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar olinishini talab etuvchi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda bojxona organi bojxona organlarining axborot tizimida bunday hujjatning mavjudligini tekshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarining axborot tizimida tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat mavjud boʻlmagan taqdirda bojxona organlari bojxona rasmiylashtiruvini rad etish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan tegishli ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz tovarning chiqarib yuborilishiga yoʻl qoʻygan bojxona organining mansabdor shaxsi belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
250-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda vakolatli shaxslarning hozir boʻlishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vakolatli shaxslar tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda hozir boʻlishga hamda bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona organlarining mansabdor shaxslariga koʻmaklashishga haqli, bojxona organining talabiga koʻra esa hozir boʻlishi va koʻmaklashishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
251-modda. Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni joʻnatuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan choralarni qoʻllamagan holda yetkazib berishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarga joylashtirishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini tovarlar kuzatuv hujjatlarining koʻchirma nusxalari asosida amalga oshirib, keyinchalik ushbu hujjatlarning asl nusxalarini taqdim etishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvida hujjatlarni tekshirishni tovarning namunalari va nusxalarini olmagan holda amalga oshirishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayrim tovarlar bojxona rasmiylashtiruvining soddalashtirilgan tartibi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa choralarni ham oʻz ichiga olishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan, avariyalar yoki yengib boʻlmas kuch taʼsiri oqibatlarini tugatish uchun zarur boʻlgan tovarlarning, shuningdek insonparvarlik yordami sifatida yuborilayotgan tovarlarning, tez buziladigan tovarlarning, tirik hayvonlarning, radioaktiv materiallarning bojxona rasmiylashtiruvi birinchi navbatda va soddalashtirilgan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
37-bob. Deklaratsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
252-modda. Deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan tovarlar va (yoki) transport vositalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va (yoki) transport vositalari bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda, bojxona rejimi oʻzgartirilayotganda, shuningdek ushbu Kodeksda belgilangan boshqa hollarda bojxona organlariga deklaratsiyalanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
253-modda. Deklaratsiyalash joyi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarga doir bojxona deklaratsiyasi bojxona deklaratsiyasini qabul qilib olish vakolatiga ega boʻlgan istalgan bojxona organiga taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tovarlarning va (yoki) transport vositalarining ayrim toifalarini deklaratsiyalash quyidagilarga bogʻliq holda faqat muayyan bojxona organlarida amalga oshirilishi kerakligini belgilaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
madaniy boyliklarning, qurol-yarogʻning, harbiy texnikaning va oʻq-dorilarning, radioaktiv materiallarning bojxona rasmiylashtiruvi uchun maxsus asbob-uskunalar va (yoki) maxsus bilimlar qoʻllanilishi zarurligiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni xalqaro tashish uchun foydalaniladigan transportning turiga (avtomobil, havo, temir yoʻl, daryo, quvur transporti va elektr uzatish liniyalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining bir necha marta buzilishi hollari qayd etilgan yoki iqtisodiy siyosat choralari belgilangan tovarlarning alohida turlariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarkibida intellektual mulk obyektlari boʻlgan tovarlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tashiyotgan transport vositalari tovarlar bilan bir vaqtda deklaratsiyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuksiz transport vositalari va yoʻlovchilarni tashiyotgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtayotganda deklaratsiyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Daryo va havo kemalari bojxona hududiga kelish joyidagi daryo portida yoki aeroportda yoxud bojxona hududidan ketish joyidagi daryo portida yoki aeroportda deklaratsiyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
254-modda. Deklaratsiyalashning shakli
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklaratsiyalash tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi, ularning bojxona rejimlari haqidagi toʻgʻri maʼlumotlarni hamda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlarni belgilangan shaklda (ogʻzaki, yozma, elektron) maʼlum qilish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
255-modda. Bojxona deklaratsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati maqsadlari uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjat bojxona deklaratsiyasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilishi kerak boʻlgan maʼlumotlarning roʻyxati bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va undirish, bojxona statistikasini shakllantirish va bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllash maqsadi uchun zarur maʼlumotlar bilangina cheklanadi. Bojxona deklaratsiyasidan bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladigan valyuta nazorati maqsadlari uchun hisobga olish hujjati sifatida foydalanilgan taqdirda, bojxona deklaratsiyasida shu maqsad uchun zarur boʻlgan maʼlumotlar ham koʻrsatilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona deklaratsiyalarining shakli, ularda koʻrsatiladigan maʼlumotlarning roʻyxati, ularni bojxona organlariga berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2016-yil 29-fevraldagi 01-02/15-07-son “Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2773, 06.04.2016-y.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
256-modda. Bojxona deklaratsiyalarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotganida bojxona deklaratsiyalarining quyidagi turlari qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasi uchun deklaratsiya;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
257-modda. Transport vositasi uchun deklaratsiya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Transport vositasi uchun deklaratsiya transport vositasi, uning yoʻnalishi, tashilayotgan tovarlar, ekipaj va yoʻlovchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan, tijorat maqsadlarida foydalaniladigan transport vositasining kelishi yoki ketishi toʻgʻrisidagi hujjatdir. Bojxona organlari tashuvchining Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hujjatlarini transport vositasi uchun deklaratsiya sifatida qabul qiladi. Transport vositasi uchun deklaratsiya tashuvchi tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
258-modda. Bojxona yuk deklaratsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yuk deklaratsiyasi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga taqdim etiladigan va muayyan bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlar haqidagi toʻgʻri maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatdir. Bojxona yuk deklaratsiyasi elektron shaklda yoki qogʻozda yozma shaklda taqdim etiladi. Deklaratsiyalash qogʻozda yozma shaklda amalga oshirilishi mumkin boʻlgan holatlar, tovarlar va bojxona tartib-taomillari roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Tovarlar qogʻozda yozma shaklda deklaratsiyalangan taqdirda bunday deklaratsiya uning elektron nusxasi taqdim etilgan holda topshirilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-avgustdagi 531-son “Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yuk deklaratsiyasi dastlabki deklaratsiyalash chogʻida, shuningdek qisqa, muvaqqat, toʻliq boʻlmagan yoki davriy bojxona yuk deklaratsiyasi sifatida qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
259-modda. Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasi notijorat maqsadlar uchun moʻljallangan, deklaratsiyalanadigan tovarlarni va transport vositalarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtayotgan jismoniy shaxs tomonidan toʻldiriladigan va bojxona organiga taqdim etiladigan hujjatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
260-modda. Deklaratsiyalash usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni deklaratsiyalash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normalaridan va aksiz soligʻi solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalaridan oshmaydigan tovarlari deklaratsiyalanayotganda — ogʻzaki shaklda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasidan foydalanilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi, qiymati va miqdori qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normalaridan va aksiz soligʻi solinmaydigan tovarlarni olib kirish normalaridan oshadigan tovarlarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxsning yashash joyi oʻzgarganda (avvalgi yashash joyidan hisobdan chiqarilganligi toʻgʻrisida qayd mavjud boʻlgan holda) uning shaxsiy mol-mulki boʻlgan tovarlarning, bundan avtotransport vositalari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) bojxona yuk deklaratsiyasidan foydalanilgan holda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun tovarlarning, bundan ushbu moddaning “g” bandida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning tijorat maqsadlaridagi tovarlarining;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslarning notijorat maqsadlardagi transport vositalarining, bundan ushbu Kodeksning 158 va 160-moddalarida koʻrsatilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxs kirib kelishidan yoki chiqib ketishidan oldin yoki keyin olib kiriladigan yoki olib chiqiladigan, alohida kuzatib kelinayotgan bagajda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarning;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuridik shaxslar uchun va yuridik shaxs tashkil etmasdan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan jismoniy shaxslar uchun qiymati eng kam oylik ish haqining oʻn baravarigacha boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda, bundan tovarlar tashqi savdo kontraktlari (shartnomalari, kelishuvlari) boʻyicha majburiyatlarni bajarish doirasida olib oʻtilayotgan va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijdagi koʻrgazma va yarmarkalarda namoyish etish uchun moʻljallangan, ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunida rasmiy ayirboshlashning qiymati Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha besh ming AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni olib chiqishda, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymati rasmiy ayirboshlashning ushbu tovarlarni deklaratsiyalash kunidagi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha bir ming AQSH dollarigacha boʻlgan ekvivalentdagi tovarlarni umumjahon Internet tarmogʻida onlayn doʻkonlari orqali eksport qilish chogʻida amalga oshiriladi.
(260-moddaning “g” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 26-iyuldagi OʻRQ-488-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 27.07.2018-y., 03/18/488/1579-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
261-modda. Bojxona deklaratsiyasini berish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kundan kechiktirmay beriladi, bundan ushbu Kodeksning 22, 23 va 25-boblarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bojxona deklaratsiyasini taqdim etish muddatining tugashi bojxona organi ishlamaydigan kunga toʻgʻri kelib qolsa, bojxona organining navbatdagi ish kuni shu muddat tugaydigan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona deklaratsiyasini berish tovarlarni taqdim etish bilan bir vaqtda yoki bevosita tovarlar va transport vositalari bojxona hududiga olib kirilganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib chiqilayotgan tovarlar uchun bojxona deklaratsiyasi ular amalda olib chiqib ketilguniga qadar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning oʻzini olib chiqmasdan yoki ularni olib kirmasdan bojxona rejimi oʻzgartiriladigan tovarlarga nisbatan bojxona deklaratsiyasi avvalgi bojxona rejimi tugallanguniga qadar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni notijorat maqsadlarda qoʻl yukida va kuzatib boriladigan bagajda bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda bojxona deklaratsiyasi tovarlarni taqdim etish bilan bir vaqtda beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududiga kirib kelayotgan transport vositalari bojxona chegarasini kesib oʻtganidan soʻng uch soatdan kechiktirmay deklaratsiyalanadi, bojxona hududidan chiqib ketayotgan transport vositalari esa bojxona chegarasini kesib oʻtishdan kamida uch soat oldin deklaratsiyalanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
262-modda. Dastlabki deklaratsiyalash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni dastlabki deklaratsiyalash ularni bojxona hududiga yetib kelguniga qadar deklaratsiyalash boʻlib, u deklarantning xohishiga koʻra qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bojxona maqsadlari uchun tovarning kuzatuv hujjatlaridan foydalanish nazarda tutilsa, dastlabki bojxona deklaratsiyasiga ushbu hujjatlarning deklarant tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalari ilova qilinadi va, zarur boʻlgan hollarda, tovarlar bojxona hududiga yetib kelganidan keyin bojxona organi hujjatlarning koʻchirma nusxalarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni hujjatlarning asl nusxasidagi maʼlumotlar bilan taqqoslaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar bojxona hududiga kelguniga qadar maʼlumotlarni taqqoslash tugallanganidan va tegishli bojxona toʻlovlari toʻlanganidan keyin dastlabki bojxona deklaratsiyasidan tovarlarga bojxona operatsiyalari qoʻllanilishi uchun zarur yagona hujjat sifatida foydalaniladi, bundan deklaratsiyada barcha zarur maʼlumotlarning koʻrsatilmaganligi va (yoki) bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarning toʻliq hajmda taqdim etilmaganligi hollari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar dastlabki bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻttiz kalendar kun ichida unda koʻrsatilgan tovarlar deklaratsiyani qabul qilgan bojxona organiga taqdim etilmagan boʻlsa, dastlabki bojxona deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
263-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻladigan hujjatlar va qoʻshimcha maʼlumotlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona deklaratsiyasi bojxona organiga zarur hujjatlarni taqdim etish bilan bir vaqtda beriladi. Bojxona organi bojxona deklaratsiyasida va taqdim etilgan boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan axborotni tekshirish uchun qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrab olishga haqli. Mazkur hujjatlarning va qoʻshimcha maʼlumotlarning roʻyxati bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organiga xalqaro tashishlarda qoʻllaniladigan, chet tillarda tuzilgan hujjatlar taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi yetishmayotgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish muddatlarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
264-modda. Bojxona deklaratsiyasini qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi bojxona deklaratsiyasini qabul qilishni rad etishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligini rasmiylashtirish u topshirilgan kunda, roʻyxatdan oʻtkazish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganligi rasmiylashtirilgan paytdan boshlab u yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
265-modda. Bojxona deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarga deklarant tomonidan oʻzgartirishlar yoki qoʻshimchalar kiritilishi, topshirilgan bojxona deklaratsiyasi esa qaytarib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish va (yoki) uni qaytarib olish deklaratsiya qabul qilinguniga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganidan soʻng oʻzgartirish, qoʻshimcha kiritish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va (yoki) bekor qilish deklarant bojxona organiga murojaat etganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona deklaratsiyasini oʻzgartirish yoki unga qoʻshimcha kiritish uning amal qilish doirasini kengaytirishi yoki toraytirishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari oʻz tashabbusi bilan, deklarantning yoki uchinchi shaxslarning topshirigʻiga yoki iltimosiga koʻra yozma bojxona deklaratsiyasini toʻldirishga, bojxona deklaratsiyasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzgartirishga yoki ularga qoʻshimcha kiritishga haqli emas, bundan bojxona organlarining vakolatiga kiritilgan maʼlumotlarni bojxona deklaratsiyasiga kiritish, shuningdek, agar mashinada ishlov berish uchun foydalaniladigan kodli maʼlumotlar bojxona deklaratsiyasida kodsiz tarzda mavjud boʻlsa, kodli maʼlumotlarni oʻzgartirish yoki ularga qoʻshimcha kiritish mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
266-modda. Bojxona yuk deklaratsiyasini oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va bekor qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanganidan va tovarlar muayyan bojxona rejimiga joylashtirilganidan keyin, bojxona yuk deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran uch yil ichida bojxona yuk deklaratsiyasini bojxona organining talabi bilan yoki vakolatli shaxsning arizasiga koʻra oʻzgartirish, unga qoʻshimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan koʻrsatilgan sabablarni asosli deb topsa, bojxona yuk deklaratsiyasi tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan qaytarib olinishi mumkin. Olib chiqilayotgan tovarlarga doir bojxona yuk deklaratsiyasi ushbu tovarlarni olib chiqishga ruxsat berilganidan keyin ham, lekin ular amalda olib chiqilguniga qadar qaytarib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yuk deklaratsiyalariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish, ularni qaytarib olish, qayta rasmiylashtirish va bekor qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan ushbu moddaga muvofiq belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
267-modda. Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar va transport vositalari muayyan bojxona rejimiga joylashtirilguniga qadar, shu jumladan bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tashuvchi yoki vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga tovar bojxona hududiga yetib kelgan joyda tovarni taqdim etish yoki tovar kelib tushadigan bojxona organiga tovarni yetkazib berish bilan bir vaqtda beriladi. Agar tashuvchi yoki vakolatli shaxs uni toʻldirish uchun barcha zarur hujjatlarga ega boʻlmasa, qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi tovar taqdim etilgandan soʻng keyingi ish kunidan kechiktirmay tashuvchi yoki vakolatli shaxsning arizasi asosida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi sifatida transport, tijorat hujjatlaridan, shu jumladan xalqaro tashishlar amalga oshirilayotganda qoʻllaniladigan, chet tillarda tuzilgan va quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan hujjatlardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport hujjatlariga muvofiq tovarni joʻnatuvchining (qabul qiluvchining) nomi va joylashgan yeri;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar joʻnatilgan mamlakat va kelib tushadigan mamlakat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning nomi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning miqdori, shu jumladan tovarlarning brutto/netto ogʻirligi (kilogrammlarda) yoki tovarlarning hajmi (metr kublarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk joylarining soni, tovarning oʻrash-joylash hamda tamgʻalash xususiyati va usullari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning faktura (maʼlum qilingan) qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovarning kamida oltita belgi darajasidagi tasnifiy kodi haqidagi maʼlumotlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
268-modda. Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar bojxona chegarasi orqali quvur transportida yoxud elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtilayotganda muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasini berish yoʻli bilan tovarlarni dastlabki tarzda deklaratsiyalashga yoʻl qoʻyiladi. Tovarlar bojxona chegarasi orqali bojxona organi tomonidan belgilangan muddatlarda amalda olib oʻtilganidan keyin deklarant yoki bojxona brokeri bojxona yuk deklaratsiyasini berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Muvaqqat bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarning chamalangan miqdorida olib oʻtish maqsadlaridan, bojxona chegarasidan olib oʻtish rejalashtirilayotgan tovarlarning miqdoriga va (yoki) tovarning kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlarida nazarda tutilgan bahosini aniqlash tartibiga, shuningdek tovarlarning taxminiy sifatiga koʻra aniqlanadigan shartli bojxona qiymatidan (bahosidan) kelib chiqqan holda maʼlumotlarni bayon etishga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
269-modda. Toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar deklarant yoki bojxona brokeri oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra deklaratsiyani toʻldirish uchun barcha zarur axborotga ega boʻlmasa, toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi tovarni identifikatsiyalash imkoniyati boʻlishi sharti bilan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi ushbu Kodeks 22-moddasi ikkinchi qismining “v”, “d” va “e” bandlarida koʻrsatilgan hollarda berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasiga deklarant yoki bojxona brokeri, agar bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarida alohida maʼlumotlarni taqdim etish uchun boshqa muddat nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilib olingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kundan ortiq boʻlmagan muddatda yetishmagan maʼlumotlarni va lozim darajada toʻldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish haqidagi yozma majburiyatni ilova qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻliq boʻlmagan bojxona yuk deklaratsiyasi qoʻllanilgan holda deklaratsiyalashda lozim darajada toʻldirilgan bojxona yuk deklaratsiyasi avval boshda berilganidagi kabi bojxona organlarining zimmasiga qonun hujjatlarining qaysi talablari va shartlari bajarilishi ustidan nazorat qilish vazifasi yuklatilgan boʻlsa, oʻsha talablar va shartlar, shu jumladan bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va toʻlash tartibi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
270-modda. Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davriy bojxona yuk deklaratsiyasi ishlab chiqarilgan mamlakati, fizik xususiyatlari, sifati, ishlab chiqaruvchisi va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovar kodining oʻnta belgili darajasi bir xil boʻlgan tovarlar ayni bir shaxs tomonidan bojxona chegarasi orqali muntazam ravishda olib oʻtilgan taqdirda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ayni bir shaxs tomonidan muntazam ravishda olib oʻtish deganda, mazkur moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan tovarlarning oltmish kalendar kun ichida bir marotabadan koʻp marta bitta yuk joʻnatuvchi manzilidan boshqa yuk qabul qiluvchi manziliga bir kontrakt (shartnoma, kelishuv) asosida bir xil sharoitda bojxona chegarasidan olib oʻtilishi tushuniladi. Bunday hollarda muayyan vaqt ichida bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar uchun bitta bojxona yuk deklaratsiyasi beriladi. Bu tartib vaqtincha tovarlarni saqlashning eng koʻp muddati yoki bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlari buzilishiga olib kelishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
38-bob. Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
271-modda. Tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish asoslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi shartlarga rioya etilishi tovarlarni va transport vositalarini chiqarib yuborish uchun asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi va tovarlarni tekshirish vaqtida qonun hujjatlari buzilganligi bojxona organlari tomonidan aniqlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organiga Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlarni chiqarib yuborish uchun zarur boʻlgan litsenziyalar, sertifikatlar, boshqa davlat organlarining ruxsatnomalari taqdim etilganda, bundan shunday hujjatlarning tovarlar va transport vositalari chiqarib yuborilganidan keyin taqdim etilishi hollari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni va transport vositalarini tanlangan bojxona rejimiga joylashtirish talablari va shartlariga deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan (agar bojxona brokeri bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni shartnoma asosida bajarayotgan boʻlsa) rioya etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarga va transport vositalariga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanganda yoxud ularning toʻlanishini taʼminlash taqdim etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
272-modda. Tovarlarni bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 251-moddasida koʻrsatilgan tovarlar bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotganda tovarlarni chiqarib yuborish bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar yoki bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalar yakunlanguniga qadar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan quyidagi shartlarga rioya etilgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni identifikatsiyalash imkonini beruvchi zarur maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan tovarning kuzatuv hujjatlari taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga yoki xalqaro shartnomalariga muvofiq radioaktiv materiallarni chiqarib yuborish uchun zarur boʻlgan litsenziyalar, sertifikatlar, tegishli davlat organlarining ruxsatnomalari taqdim etilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlash taʼminlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar chiqarib yuborilgan kundan eʼtiboran oʻn besh kalendar kundan kechiktirmay bojxona yuk deklaratsiyasini berish haqida yoki bojxona rasmiylashtiruvini tugatish toʻgʻrisida yozma majburiyat taqdim etilganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yuk deklaratsiyasi berilguniga qadar chiqarib yuborilgan tez buziladigan tovarlardan hamda tirik hayvonlardan foydalanish va ularni uchinchi shaxslarga berish, shu jumladan sotish yoki boshqacha tarzda oʻzga shaxsga oʻtkazish orqali berish taqiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2 sentayabrdagi 533-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
273-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishi aniqlangan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishiga oid ish yurituv tugallanguniga qadar amalga oshirilishi mumkin, basharti:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar qonun hujjatlariga muvofiq olib qoʻyilmagan yoki xatlanmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq tovarlar musodara qilinishi yoxud davlat daromadiga oʻtkazilishi lozim boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarining buzilishiga oid ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha hisoblanishi mumkin boʻlgan bojxona toʻlovlarini va jarimalarni toʻlash yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa undiruv choralari deklarant tomonidan taʼminlangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda akkreditatsiya qilingan vakolatxonaga ega boʻlgan shaxs shunday vakolatxonalarning oʻz ehtiyojlari uchun olib kiriladigan tovarlarni vaqtincha olib kirish, reeksport qilish, bojxona tranziti bojxona rejimlariga, shuningdek erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirishni maʼlum qilganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-fevraldagi 76-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tijorat tashkilotlarining vakolatxonalarini akkreditatsiya qilish va ularning faoliyat yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashuvchi tovarlar bojxona nazorati ostida tashilayotganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
275-modda. Deklarantning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilguniga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida koʻzdan kechirish hamda oʻlchash, ularning namunalari va nusxalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazishda, bojxona organining mansabdor shaxslari tomonidan namunalar va nusxalar olinayotganda tovarlarning tekshirilishida hozir boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan olingan namunalar va nusxalarni tekshiruvdan oʻtkazish natijalari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona masalalari boʻyicha bojxona organlaridan axborot va maslahatlar olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojxona organlarini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish;
(275-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan beshinchi — toʻqqizinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish uchun moʻljallangan bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organiga taqdim etilgan, tovarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalanilgan maʼlumotlarning ishonchliligini isbotlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymatiga aniqlik kiritish zarurati tugʻilganda, basharti tovarning bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlasa yoxud bojxona toʻlovlarini toʻlasa, deklaratsiyalangan tovardan bojxona organining ruxsati bilan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning bojxona qiymatini aniqlash xususida bojxona organining qarori, uning mansabdor shaxslari harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
276-modda. Deklarantning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini deklaratsiyalashni amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona maqsadlari uchun zarur, shu jumladan deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatli organlar tomonidan oʻtkaziladigan veterinariya, fitosanitariya nazorati, ekologik nazorat va davlat nazoratining boshqa turlari talablariga rioya etilishi toʻgʻrisidagi hujjatlarni va (yoki) maʼlumotlarni bojxona organiga taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona organining talabiga koʻra taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organining talabiga koʻra tovarlarni tarozida tortishni hamda boshqacha tarzda ularning miqdori va sifatini aniqlashni, shuningdek deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlarini toʻgʻri hisoblab chiqarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlarini toʻlashi yoki ularning toʻlanishini taʼminlashni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida bojxona organining talabiga koʻra hozir boʻlishi hamda bojxona organining mansabdor shaxslariga bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazishda koʻmaklashishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar va (yoki) transport vositalari joylashtirilgan bojxona rejimi talablari hamda shartlariga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni va (yoki) transport vositalarini deklaratsiyalashda bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgartirilganligi, yoʻq qilinganligi, buzilganligi yoki yoʻqotilganligi, idishlar va oʻrovlar buzilganligi, tovarlar tovarning kuzatuv hujjatlarida va bojxona nazoratining boshqa hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq emasligi aniqlanganligi haqida bojxona organlarini oʻz vaqtida xabardor qilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organiga tovarning bojxona qiymatini maʼlum qilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning bojxona qiymatini aniqlashga taalluqli maʼlumotlarni bojxona organining talabiga koʻra taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarantda tovarning oʻzi maʼlum qilgan bojxona qiymatini aniqlashtirish yoki bojxona organiga qoʻshimcha maʼlumot taqdim etish tufayli yuzaga kelgan xarajatlar deklarantning zimmasida boʻladi. Tovarning bojxona rasmiylashtiruvi muddatining bojxona qiymatini aniqlash bilan bogʻliq tarzda uzaytirilishidan deklarant bojxona toʻlovlarini amalda kechiktirib toʻlash uchun foydalanishi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarantning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
40-bob. Bojxona brokeri
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
277-modda. Bojxona brokerining faoliyati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona brokerining faoliyati bojxona operatsiyalarini deklarantning yoki vakolatli shaxsning topshirigʻiga koʻra va uning nomidan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirishdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona brokerining deklarant yoki vakolatli shaxs bilan oʻzaro munosabatlari shartnoma asosida yoʻlga qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 26-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona brokerining ushbu Kodeksda nazarda tutilgan huquqlari, majburiyatlari va javobgarligi bojxona brokeri va deklarant oʻrtasida tuzilgan shartnoma bilan cheklanishi mumkin emas.
(277-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
(277-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
(277-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
(277-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
(278-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
(279-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
(280-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
281-modda. Bojxona brokerining huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona brokeri quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarantdan yoki vakolatli shaxsdan bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur hujjatlarni va maʼlumotlarni, shu jumladan tijorat, bank siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oʻz ichiga olgan hujjatlarni va maʼlumotlarni talab qilish va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasini hamda tovarlarni deklaratsiyalash uchun zarur hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilangan tartibda deklaratsiyalash maqsadida bojxona organlarining axborot resurslaridan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda mazkur Kodeks 275-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq deklarantga berilgan huquqlardan foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona nazorati uchun zarur boʻlgan boshqa harakatlarni vakolatli shaxs sifatida bajarish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant yoki vakolatli shaxs oldidagi oʻz fuqarolik javobgarligini eng kam oylik ish haqining ming baravari miqdorida sugʻurtalashi;
(282-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organiga bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlarining tovarlarga doir talablariga, taqiqlariga, cheklovlariga rioya etgan holda tovarlarni deklaratsiyalashni amalga oshirishi va bojxona organiga bojxona deklaratsiyasini berishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni joʻnatuvchidan, qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmasligi, undan shaxsiy maqsadlari uchun foydalanmasligi shart, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan majburiyatlarning bajarilganlik fakti bojxona brokerining zimmasiga bojxona rejimining amal qilishini tugallash bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish majburiyatlarini yuklamaydi.
(283-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
41-bob. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
284-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisga qoʻyiladigan talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona brokeri yoxud boshqa yuridik shaxs bilan mehnat shartnomasi tuzgan va ushbu yuridik shaxs nomidan bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha ish bajaradigan Oʻzbekiston Respublikasi jismoniy shaxsi bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisdir.
(284-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi.
(285-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
286-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning huquqlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis oʻz faoliyatini amalga oshirayotganda quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) deklaratsiyalanayotgan tovarlarning va (yoki) transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida, tovarlarning namunalari va nusxalari olinayotganda hozir boʻlish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) deklaratsiyalanayotgan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona nazorati ostida koʻzdan kechirishni, ularni tarozida tortishni va boshqacha tarzda ularning miqdorini aniqlashni amalga oshirish, shuningdek bojxona organining ruxsati bilan tovarlarning namunalari va nusxalarini olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tovarlardan olingan namunalar va nusxalarning bojxona organlari tomonidan oʻtkazilgan bojxona ekspertizasi (tekshiruvi) natijalari bilan tanishish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha operatsiyalarni bajarish uchun bojxona nazorati zonasiga kirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) bojxona masalalari boʻyicha bojxona organlaridan belgilangan tartibda maʼlumotlar va maslahatlar olish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
(286-moddaning birinchi qismi “e” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis quyidagi huquqlarga ham ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) deklarantning yoki vakolatli shaxsning tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona hududidan olib chiqish niyati toʻgʻrisida bojxona organlarini xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) dastlabki operatsiyalar amalga oshirilayotganda bojxona maqsadlari uchun zarur boʻladigan hujjatlarning loyihalarini tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) deklaratsiyalanadigan tovarlarni va (yoki) transport vositalarini bojxona omborlariga bojxona nazorati ostida joylashtirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
287-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning majburiyatlariga quyidagilar kiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) vakolatli shaxsdan olingan, bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan hujjatlar va maʼlumotlarning bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqligini tekshirish hamda ularni tahlil qilish, shuningdek vakolatli shaxsning tovarlarga va (yoki) transport vositalariga nisbatan vakolatlarini tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) tovarlarni deklaratsiyalash va bojxona maqsadlari uchun zarur boʻlgan tovarlar toʻgʻrisidagi hujjatlarni berish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) tovarlarni toʻgʻri deklaratsiyalash, shu jumladan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlarini toʻgʻri hisoblash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq bojxona maqsadlari uchun toʻgʻri tasniflash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar ishlab chiqarilgan mamlakatni toʻgʻri koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning miqdorini toʻgʻri koʻrsatish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning bojxona qiymatini toʻgʻri aniqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirish va bojxona nazoratini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan hujjatlarni hamda qoʻshimcha maʼlumotlarni bojxona organiga oʻz vaqtida taqdim etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) deklaratsiyalanayotgan tovarlarga va transport vositalariga nisbatan veterinariya, fitosanitariya nazorati va davlat nazoratining boshqa turlari tugallanganligini qonun hujjatlarida belgilangan hollarda tekshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) deklarantdan olingan axborotdan faqat bojxona maqsadlari uchun foydalanish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tovarlarni joʻnatuvchidan, ularni qabul qiluvchidan olingan, davlat sirlarini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi axborotni oshkor etmaslik, undan shaxsiy maqsadlar uchun foydalanmaslik, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
i) bojxona identifikatsiyalash vositalari oʻzgarganligi, buzilganligi, yoʻq qilinganligi yoki yoʻqotilganligi, idishlari va oʻrovlari buzilganligi, tovarlarning transport, tijorat hujjatlarida va boshqa hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq emasligi va bojxona ishiga taalluqli boʻlgan boshqa shunday holatlar aniqlangan taqdirda bojxona organlarini zudlik bilan xabardor qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
k) deklaratsiyalanadigan tovarlarning va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona koʻrigini oʻtkazishda bojxona organining talabiga koʻra ishtirok etish;
(287-moddaning birinchi qismi “l” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
(287-moddaning birinchi qismi “m” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tasarruf etish huquqi berilgan taqdirda bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona koʻrigi va rasmiylashtiruvi uchun tovarlarni bojxona organining talabiga koʻra taqdim etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tanlangan bojxona rejimiga muvofiq bojxona rasmiylashtiruvi yakunlanmagan tovarlarga nisbatan ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha shartlarga va cheklovlarga rioya etishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarantning majburiyatlarini bajarishi va tovarlarni bojxona chegarasi orqali oʻzi mustaqil olib oʻtganidagi kabi javobgarlikni oʻz zimmasiga olishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
288-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis faoliyati ustidan bojxona organlari tomonidan nazorat bevosita bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona brokeri yoki oʻz shtatida bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis mavjud boʻlgan boshqa yuridik shaxs bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassisning bojxona organlariga nisbatan majburiyatlarini cheklashi mumkin emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis va bojxona brokeri yoki boshqa yuridik shaxs oʻrtasidagi munosabatlar mehnat shartnomasi bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 12-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
VIII boʻlim. Bojxona toʻlovlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
42-bob. Asosiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
289-modda. Bojxona toʻlovlarining turlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishda va ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda quyidagi bojxona toʻlovlari toʻlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona boji;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qoʻshilgan qiymat soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aksiz soligʻi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yigʻimlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qonun hujjatlarida boshqa bojxona toʻlovlari ham belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
290-modda. Bojxona bojlari, qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona bojlariga import, eksport, alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) va mavsumiy bojxona bojlari kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Import bojxona boji tovar bojxona hududiga olib kirilayotganda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eksport bojxona boji tovar bojxona hududidan olib chiqilayotganda toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Alohida (maxsus, antidemping va kompensatsiya) bojxona bojlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mavsumiy bojxona bojlari tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va bojxona hududidan olib chiqishni tezkor tartibga solib turish uchun qoʻllaniladi. Bunda boj tarifida nazarda tutilgan bojxona bojlarining stavkalari qoʻllanilmaydi. Mavsumiy bojxona bojlarining amal qilish muddati ular belgilangan paytdan eʼtiboran olti oydan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga soliq va bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq qoʻshilgan qiymat soligʻi va aksiz soligʻi solinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
291-modda. Bojxona yigʻimlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari tomonidan quyidagi harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilganligi uchun bojxona yigʻimlari undiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi uchun belgilangan joylardan tashqaridagi va (yoki) bojxona organlarining ish vaqtidan tashqari vaqtdagi bojxona rasmiylashtiruvi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni bojxona organi egaligidagi bojxona omborida saqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transport vositasini bojxona hamrohligida kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki qarorni qabul qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(291-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
(291-moddaning birinchi qismi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektlarini Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yigʻimlarining stavkalari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
292-modda. Boj tarifi. Bojxona bojlari qoʻllanilayotgandagi tarif kvotalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj tarifi bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tizimlashtirilgan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladigan bojxona bojlari stavkalarining jamlanmasidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo siyosatini amalga oshirishda tovarlarning ayrim turlari uchun tarif kvotalari joriy etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotasi muayyan davrda tovarning muayyan miqdorini olib kirish va olib chiqishda bojxona bojining boj tarifiga muvofiq qoʻllaniladigan stavkasiga nisbatan pastroq bojxona boji stavkalari qoʻllanilishini nazarda tutuvchi, tovarlarni bojxona hududiga olib kirish va undan olib chiqishda boj tarifini tartibga soluvchi choradir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Belgilangan miqdordan (kvotadan) ortiq miqdorda bojxona hududiga olib kiriladigan va bu hududdan olib chiqiladigan tovarlarga bojxona bojining boj tarifiga muvofiq stavkasi qoʻllaniladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-son qarori bilan tasdiqlangan Bojxona yigʻimlari stavkalarini tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif kvotalari, ularni tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari oʻrtasida taqsimlash usullari va tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
293-modda. Bojxona toʻlovlari stavkalarining turlari va ularni hisoblab chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari stavkalarining turlari quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov undiriladigan tovarning bojxona qiymatiga nisbatan foizlarda hisoblanadigan advalor stavka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan miqdorda hisoblanadigan xos stavka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari stavkalarining advalor va xos turlarini oʻz ichiga oladigan aralash stavka.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Advalor stavka belgilangan tovar boʻyicha bojxona toʻlovlarining summasi bojxona toʻlovlari advalor stavkasining tovarning bojxona qiymatiga koʻpaytmasi sifatida hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xos stavka belgilangan tovar boʻyicha bojxona toʻlovlarining summasi bojxona toʻlovlarining xos stavkasining tovar miqdoriga koʻpaytmasi sifatida hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka qoʻllanilgan, lekin toʻlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavkadan kam boʻlmagan holda qoʻllanilgan taqdirda, bojxona toʻlovlarining summasi advalor va xos stavkalar boʻyicha hisoblab chiqarilgan summalarning eng koʻpiga tengdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qiymatiga nisbatan foizlardagi aralash stavka va toʻlov undiriladigan tovar birligi uchun belgilangan stavka qoʻllanilgan taqdirda bojxona toʻlovlarining summasi bojxona toʻlovlarining advalor va xos stavkalari boʻyicha hisoblab chiqarilgan summa yigʻindisiga tengdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
294-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha majburiyat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha majburiyat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bojxona toʻlovlarini toʻlash nazarda tutilgan bojxona rejimiga joylashtirilganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 201-moddasiga muvofiq tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona nazoratini amalga oshirish natijasida bojxona toʻlovlari qoʻshimcha hisoblangan taqdirda yuzaga keladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
295-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlovchilar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlovchi (bundan buyon matnda toʻlovchi deb yuritiladi) quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona brokeri, agar deklarant bilan tuzilgan shartnomada bu nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona omborining, erkin omborning, boj olinmaydigan savdo doʻkonining egasi, tashuvchi, ular tomonidan bojxona rejimlarining qoʻllanilish talablari va shartlariga amal qilinmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining pochta aloqasi operatorlari va provayderlari, basharti bojxona nazorati ostida boʻlgan xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalari yoʻqolsa yoki bojxona nazoratisiz berilsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday manfaatdor shaxs toʻlovchi uchun bojxona toʻlovlarini toʻlashga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
43-bob. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar va tarif preferensiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
296-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar va tarif preferensiyalari berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksga, boshqa qonunlarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga binoan yuridik va jismoniy shaxslarga tarif imtiyozlari, qoʻshilgan qiymat soligʻini, aksiz soligʻini va bojxona yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar, tarif preferensiyalari berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 28-apreldagi 167-son qarori bilan tasdiqlangan Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hisobidan Oʻzbekiston Respublikasida amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida sotib olinadigan hamda olib kiriladigan tovarlarga (xizmatlarga) qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash va soliqqa tortish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
297-modda. Tarif imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo siyosati amalga oshirilayotganda ilgari toʻlangan bojxona bojini qaytarish, bojxona boji stavkasini pasaytirish va bojxona bojini toʻlashdan ozod etish tarzida tarif imtiyozlari berilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona bojidan ozod etish tarzidagi tarif imtiyozlari quyidagilarga nisbatan beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) xalqaro yoʻnalishda yuklar, bagaj va yoʻlovchilar tashishni amalga oshiradigan transport vositalariga, shuningdek ularning yoʻlda qatnov vaqtida, oraliq toʻxtash punktlarida bir maromda ishlashi uchun zarur boʻlgan yoki transport vositalarida yuz bergan avariyalarga (nosozliklarga) barham berish uchun bojxona hududidan tashqarida olingan moddiy-texnika taʼminoti predmetlariga va anjomlariga, yoqilgʻiga, oziq-ovqatga va boshqa mol-mulkka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasiga, chet el valyutasiga (numizmatika maqsadida ishlatiladigan valyuta bundan mustasno), shuningdek qimmatli qogʻozlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) dengizda ov bilan band boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi kemalarini hamda Oʻzbekiston Respublikasi yuridik va jismoniy shaxslari tomonidan ijaraga olingan (fraxt qilingan) kemalarning faoliyatini taʼminlash uchun bojxona hududidan tashqariga olib chiqiladigan moddiy-texnika taʼminoti predmetlariga va anjomlariga, yoqilgʻiga, oziq-ovqatga va boshqa mol-mulkka, shuningdek ularning bojxona hududiga olib kiriladigan ov mahsulotiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) davlat mulkiga aylantirilishi lozim boʻlgan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda insonparvarlik yordami sifatida olib kiriladigan tovarlarga;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 531-son “Bojxona nazorati ostidagi tovarlarga nisbatan yuk operatsiyalarini amalga oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) xayriya yordami, shu jumladan texnik koʻmak koʻrsatish maqsadida davlatlar, hukumatlar, xalqaro tashkilotlar tomonidan olib kiriladigan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) uchinchi davlatlar uchun moʻljallangan va bojxona nazorati ostida bojxona hududidan bojxona tranziti bojxona rejimida olib oʻtiladigan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga koʻra xalqaro moliyaviy tashkilotlar va xorijiy hukumatning moliyaviy tashkilotlari tomonidan berilgan qarzlar (kreditlar) hisobidan, shuningdek grantlar hisobidan yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) ustav fondida (ustav kapitalida) chet el investitsiyalarining ulushi kamida oʻttiz uch foiz boʻlgan chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran ikki yil davomida oʻz ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10) chet ellik investorlar, chet ellik investorlar bilan tuzilgan mehnat shartnomalariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasida turgan chet davlatlar fuqarolari va Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida doimiy ravishda yashaydigan fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning shaxsiy ehtiyojlari uchun bojxona hududiga olib kiriladigan mol-mulkka;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11) Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotiga umumiy summasi ellik million AQSH dollari ekvivalentidan ortiq boʻlgan toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyani amalga oshirgan chet ellik yuridik shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, basharti olib kirilayotgan tovarlar ularning oʻz ishlab chiqarish mahsuloti boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12) mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlar olib borish uchun moʻljallangan va loyiha hujjatlariga muvofiq mahsulot taqsimotiga oid bitim boʻyicha ishlarni bajarishda ishtirok etayotgan chet ellik investor yoki boshqa shaxslar tomonidan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga, shuningdek investor tomonidan bojxona hududidan olib chiqiladigan, mahsulot taqsimotiga oid bitimga muvofiq investorga tegishli boʻlgan mahsulotga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13) bojxona hududiga qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha olib kirilayotgan texnologik asbob-uskunalar, shuningdek butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, agar ularni yetkazib berish kontrakti (shartnomasi, kelishuvi) shartlarida nazarda tutilgan boʻlsa. Olib kirilgan texnologik asbob-uskunalar olib kirilgan paytdan eʼtiboran uch yil mobaynida eksportga realizatsiya qilingan yoki tekin berilgan taqdirda, mazkur imtiyozning amal qilishi bojxona bojlarini toʻlash majburiyatlari tiklangan holda bekor qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14) vakolatli davlat organining yozma shakldagi tasdigʻi boʻlgan taqdirda, telekommunikatsiyalar operatorlari hamda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalarini sertifikatlashtirish boʻyicha maxsus organ tomonidan olinadigan tezkor-qidiruv tadbirlari tizimining texnik vositalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
298-modda. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga qoʻshilgan qiymat soligʻini va aksiz soligʻini toʻlash boʻyicha imtiyozlar Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq beriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Solik kodeksining 54-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
299-modda. Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimlarini toʻlashdan quyidagilar ozod etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) bojxona chegarasi orqali begʻaraz, insonparvarlik yordami yoki xayriya maqsadlari, shu jumladan texnik koʻmak uchun olib oʻtilayotgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) notijorat maqsadlar uchun jismoniy shaxslar tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan bojsiz olib kirish normasi doirasida olib oʻtiladigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) bojxona imtiyozlaridan foydalanuvchi chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari, xalqaro birlashmalar va tashkilotlar rasmiy foydalanishi uchun bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar, shuningdek bojxona hududidan olib chiqiladigan hamda Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va ularga tenglashtirilgan vakolatxonalarning faoliyat koʻrsatishini taʼminlash uchun moʻljallangan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) davlat muzeylarining, axborot-kutubxona muassasalarining, arxivlarining fondlarida va Oʻzbekiston Respublikasining madaniy boyliklari saqlanadigan davlatga qarashli boshqa joylarda doimiy saqlanadigan, bojxona hududidan vaqtincha olib chiqiladigan va ushbu hududga qaytarib olib kiriladigan madaniy boyliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) koʻrgazmada namoyish etish uchun davlat muzeylari, axborot-kutubxona muassasalari, arxivlari va davlatga qarashli Oʻzbekiston Respublikasining madaniy boyliklari saqlanadigan boshqa joylar tomonidan bojxona hududiga vaqtincha olib kiriladigan hamda koʻrgazmalar va shunga oʻxshash boshqa tadbirlar oʻtkazilganidan keyin qaytarib olib chiqiladigan madaniy boyliklar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Milliy xavfsizlik xizmatining, Ichki ishlar vazirligining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining va Davlat bojxona qoʻmitasining harbiy yuklari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
300-modda. Tarif preferensiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tarif preferensiyalari bojxona bojlarini toʻlashdan ozod etish, bojxona bojlari stavkalarini kamaytirish yoki muayyan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarni bojxona hududiga preferensial olib kirish yoki ushbu hududdan preferensial olib chiqishda kvotalar belgilash tarzida beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona bojlari qoʻllanilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarda ishlab chiqarilgan va ushbu davlatlardan bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan va uning bojxona hududidan Oʻzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi erkin savdo rejimini belgilagan davlatlarga olib chiqilgan tovarlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisida xalqaro shartnoma tuzgan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan, agar tovar erkin savdo zonasini tashkil etish toʻgʻrisidagi xalqaro shartnoma ishtirokchilari boʻlgan davlatlardan birining rezidenti tomonidan eksport qilinayotgan boʻlsa va ushbu shartnoma ishtirokchisi boʻlgan davlatning rezidenti tomonidan shartnoma ishtirokchisi boʻlgan boshqa davlatning bojxona hududidan olib kirilgan boʻlsa, bojxona bojlari qoʻllanilmaydi. Bunda rezident deganda shu davlat hududida tashkil etilgan tashkilot yoxud shu davlat hududida doimiy yashaydigan jismoniy shaxs tushuniladi. Boshqa hollarda boj tarifiga muvofiq bojxona boji stavkasi qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojxona bojlari Oʻzbekiston Respublikasi savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimini qoʻllayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan, tovarni joʻnatuvchi va eksport qiluvchi mamlakatdan qatʼi nazar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Savdo-iqtisodiy munosabatlarda eng koʻp qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoxud ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan bojxona bojlarining stavkalari ikki baravar oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Rivojlanayotgan davlatlarda, shuningdek kam rivojlangan davlatlarda ishlab chiqarilgan va bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasining preferensiyalar milliy tizimi belgilanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
44-bob. Tovarning bojxona qiymati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
301-modda. Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymati tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullaridan biri orqali aniqlanadigan va bojxona toʻlovlarini hisoblash maqsadida foydalaniladigan tovar qiymatidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
302-modda. Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash quyidagi usullarni qoʻllash orqali amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymatlarni chegirib tashlash asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qiymatlarni qoʻshish asosida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zaxira usul.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha aniqlash usuli olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usuli hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashning asosiy usulini qoʻllash mumkin boʻlmasa, ushbu modda birinchi qismining uchinchi — yettinchi xatboshilarida koʻrsatilgan usullar ketma-ketlikda qoʻllaniladi. Bunda har bir keyingi usulning qoʻllanilishiga, agar bojxona qiymatini aniqlashda oldingisidan foydalanish mumkin boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. Qiymatlarni chegirib tashlash va qoʻshish usullari teskari ketma-ketlikda qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
303-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kiriladigan tovarga doir bitim qiymatiga oid usul olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini bitim qiymati boʻyicha, yaʼni olib kirilayotgan tovar bojxona chegarasini kesib oʻtayotgan paytda tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan, ushbu Kodeksning 304 va 305-moddalari qoidalari hisobga olingan holda tuzatilgan narx boʻyicha aniqlashni nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
304-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitim narxiga kiritiladigan xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning narxiga quyidagi xarajatlar kiritiladi, agar bu xarajatlar bitimning narxiga kiritilmagan boʻlsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovarni bojxona hududiga olib kiriladigan joyga yetkazib berilgunga qadar qilinadigan xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tashish qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va boshqa joyga toʻkish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurta qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sotib oluvchi tomonidan qilingan xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachilik va brokerlik haqlari, bundan tovarni xarid qilishdagi vositachilik xarajatlari mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konteynerlar va (yoki) koʻp marta ishlatiladigan boshqa idishlarning qiymati, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrov-joylov qiymati, shu jumladan oʻrash-joylash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sotuvchi sotib oluvchiga bepul yoki arzonlashtirilgan narxda bevosita yoxud bilvosita taqdim etadigan xizmatlarning va boshqa tovarlarning qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish sharti sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) olib kirilgan tovarni keyinchalik qayta sotish, oʻzgacha tarzda tasarruf etish yoki undan boshqa tarzda foydalanishdan tushgan tushumning bevosita yoki bilvosita sotuvchiga tegishi kerak boʻlgan har qanday qismining qiymati.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan, bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish, brokerlik xizmati) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddada koʻrsatilmagan xarajatlarni bitim narxiga qoʻshishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Turli nomdagi tovarlardan tashkil topgan tovarlarning bitta turkumi yetkazib berilganda, bojxona hududiga olib kirilgan tovarlardan har birining bojxona qiymatiga qoʻshilishi lozim boʻlgan hamda tovarlarning butun turkumi uchun belgilangan xarajatlarni aniqlash har bir tovar qiymatining tovarlar turkumining qiymatiga nisbati bilan aniqlanadigan kattalikka mutanosib ravishda, transport xarajatlarini hisobga olishda esa, tovarlarning ogʻirligiga yoxud hajmiga mutanosib ravishda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
305-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitim narxidan quyidagi toʻlovlar va xarajatlar, basharti ular bojxona hududiga olib kiriladigan tovar uchun haqiqatda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan ajratib olingan boʻlsa, chiqarib tashlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin amalga oshirilgan uskunalarni qurish, oʻrnatish, yigʻish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat koʻrsatish yoki texnik koʻmaklashish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bojxona hududiga olib kirilganidan keyin qilinadigan transport xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni olib kirish yoki sotish bilan bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojxona toʻlovlari va boshqa toʻlovlar, agar kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlariga koʻra bu toʻlovlar sotuvchi tomonidan toʻlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va xarajatlar, bundan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanadigan bojxona toʻlovlari mustasno, tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurta qilish) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
306-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usuldan foydalanish boʻyicha cheklovlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kiriladigan tovarga doir bitimning qiymatiga oid usuldan quyidagi hollarda bojxona qiymatini aniqlash uchun foydalanilishi mumkin emas, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotib oluvchining baholanayotgan tovardan foydalanishga yoki uni tasarruf etishga boʻlgan huquqlariga nisbatan cheklovlar mavjud boʻlsa, bundan qonun hujjatlarida belgilangan cheklovlar yoxud tovar qayta sotilishi mumkin boʻlgan geografik mintaqadagi cheklovlar yoki tovarning qiymatiga jiddiy taʼsir koʻrsatmaydigan cheklovlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bojxona hududiga qiymat asosiga ega boʻlmagan bitim boʻyicha olib kirilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sotish yoki bitimning bahosi taʼsirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga bogʻliq boʻlsa (ayirboshlash, kontraktatsiya, qayta ishlash shartnomalari);
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 465, 497-moddalari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni keyinchalik qayta sotish, undan foydalanish yoki uni tasarruf etishdan tushgan tushumning istalgan qismi sotuvchiga bevosita yoki bilvosita oʻtsa va bunda tovarning qiymatiga ushbu Kodeksning 304-moddasiga muvofiq tegishli tuzatishlarni kiritish mumkin boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan foydalanilgan maʼlumotlar hujjatlar bilan tasdiqlangan boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning taraflari (sotib oluvchi va sotuvchi) bir-biriga oʻzaro bogʻliq shaxslar boʻlsa, bundan ularning oʻzaro bogʻliqligi bitimning bahosiga taʼsir etmagan hollar mustasno, bu esa deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan isbotlanishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
307-modda. Oʻzaro bogʻliq shaxslar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro bogʻliq shaxslar deganda quyidagi belgilarning hech boʻlmaganda bittasiga mos keladigan shaxslar tushuniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) yoki bitim taraflaridan birining mansabdor shaxsi ayni vaqtda bitim boshqa tarafining mansabdor shaxsi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim taraflari yuridik shaxsga birgalikda egalik qiluvchilar boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim taraflarining biri (jismoniy shaxs) boshqa taraf bilan mehnat munosabatlari boʻyicha bogʻliq boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim taraflarining biri bitim boshqa ishtirokchisining ustav fondida (ustav kapitalida) ovoz berish huquqi bilan ustav fondining (ustav kapitalining) kamida besh foizini tashkil etuvchi hissaga (payga) egalik qilsa yoki aksiyalarining egasi boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning har ikkala tarafi bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxs tomonidan nazorat qilinayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning taraflari bevosita yoki bilvosita uchinchi shaxsni nazorat qilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitimning bir tarafi va (yoki) uning mansabdor shaxsi bevosita yoki bilvosita bitimning ikkinchi tarafini nazorat qilayotgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim taraflari va (yoki) ularning mansabdor shaxslari qarindosh boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
308-modda. Olib kiriladigan tovarga doir bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi belgilari aniqlanishining oqibatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib kiriladigan tovarga doir bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi belgilari boʻlgan taqdirda bojxona organi bitimning amaldagi holatlarini oʻrganib chiqishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bojxona organi bitim taraflarining oʻzaro bogʻliqligi bitim bahosiga taʼsir koʻrsatmagan deb topsa, ushbu bitim bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi. Aks holda, bojxona organi deklarantga yoki bojxona brokeriga mazkur oʻzaro bogʻliqlik bitim narxiga taʼsir koʻrsatmaganligini isbotlovchi dalillarni oʻttiz kalendar kundan oshmagan muddatda taqdim etish zarurligi toʻgʻrisida yozma shaklda xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra amalga oshirilgan bitimning narxi tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun qabul qilinadi, agar deklarant yoki bojxona brokeri bitimning qiymati baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin yoki olib kirilganidan soʻng oʻttiz kalendar kun ichida tovarning olib kirilayotganda bojxona organi rozi boʻlgan quyidagi qiymatlarning biriga yaqinligini isbotlay olsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasida oʻzaro bogʻliq boʻlmagan sotib oluvchilarga aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlar sotilayotgandagi bitimning qiymatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning qiymatlarini chegirib tashlash usuli boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning qiymatlarini qoʻshish usuli boʻyicha aniqlangan bojxona qiymatiga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslash uchun taqdim etilgan, ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan bitimning bahosiga va tovarning bojxona qiymatiga quyidagi mezonlar boʻyicha farqlar hisobga olingan holda tuzatishlar kiritiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat shartlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 304-moddasida sanab oʻtilgan xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxslar oʻrtasidagi bitimda sotuvchining xarajatlari, agar bunday xarajatlar sotuvchi tomonidan oʻzaro bogʻliq boʻlgan shaxs bilan tuzilgan bitimda amalga oshirilmasa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqqoslashga taqdim etilgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bitim bahosidan yoki bojxona qiymatidan baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bitimning bahosi oʻrniga foydalanilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
309-modda. Aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati qabul qilinishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Aynan bir xil tovar deganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan tovar bilan fizik xususiyatlariga, sifatiga va bozordagi qadriga koʻra bir xil boʻlgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan tovar qaysi mamlakatda ishlab chiqarilgan boʻlsa, shu mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni oʻsha shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarning bitim qiymati Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatini oʻz ichiga olgan boʻlsa, aynan bir xil tovar deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning tashqi koʻrinishidagi juzʼiy farqlar, agar bunday tovar qolgan jihatlari bilan ushbu moddaning shartlariga muvofiq boʻlsa, unga aynan bir xil deb qarashni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qila olmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aynan bir xil tovar bojxona hududiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib kirilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taxminan oʻsha miqdorda va (yoki) oʻsha tijorat shartlarida olib kirilgan boʻlsa, aynan bir xil tovar yuzasidan tuzilgan bitimning qiymati baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarni oʻsha miqdorda va oʻsha tijorat shartlarida bojxona hududiga olib kirish hollari mavjud boʻlmasa, boshqacha miqdorda va boshqa tijorat shartlarida olib kirilgan aynan bir xil tovarning ushbu farqlar hisobga olinib bitimning narxiga tuzatishlar kiritilgan holdagi qiymatidan foydalanish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aynan bir xil tovar uchun ushbu Kodeks 304-moddasi birinchi qismining “a” bandida koʻrsatilgan xarajatlarning qiymati baholanayotgan tovar uchun shunday xarajatlarning qiymatidan masofa va transportning turlaridagi tafovut tufayli ancha farq qilsa, aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymatiga koʻra aniqlanadigan bojxona qiymatiga tegishli tarzda tuzatishlar kiritilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholanayotgan tovarning bojxona qiymatiga tuzatishlar kiritish deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan toʻgʻri va hujjat bilan tasdiqlangan maʼlumotlar asosida amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar aynan bir xil tovarga doir bitimning qiymati boʻyicha aniqlash usuli qoʻllanilganda aynan bir xil tovarga doir bir nechta bitim aniqlansa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bahosi eng past boʻlgan aynan bir xil tovarga doir bitim qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
310-modda. Oʻxshash tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻxshash tovarga doir bitimning qiymatiga oid usul bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun oʻxshash tovarga doir bitimning qiymati ushbu moddada koʻrsatilgan shartlarga rioya etgan holda asos sifatida qabul qilinishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻxshash tovar deganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan tovar bilan har jihatdan bir xil boʻlmasa-da, u bilan oʻxshash xususiyatlarga ega boʻlganligi va tarkib jihatdan oʻxshashligi tufayli bir xil vazifalarni bajara oladigan hamda tijorat nuqtai nazaridan, shu jumladan sifati, bozordagi qadri, tovar belgisining mavjudligiga koʻra uning oʻrnini bosa oladigan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan tovar olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida olib kirilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan va Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish uchun sotilgan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar tushuniladi. Baholanayotgan tovarni ishlab chiqargan ayni bir shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar mavjud boʻlmagan taqdirda boshqa shaxs tomonidan ishlab chiqarilgan tovar oʻxshash tovar sifatida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar bitimning qiymati Oʻzbekiston Respublikasida bajarilgan loyihalashning, tajriba-konstruktorlik ishlarining, badiiy bezatishning, dizaynning, eskizlarning yoki chizmalarning qiymatlarini oʻz ichiga olsa, tovar oʻxshash tovar deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
311-modda. Qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududida dastlabki holati oʻzgarmagan holatda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
baholanayotgan tovar bojxona hududiga olib kirilguniga qadar toʻqson kalendar kun ichida katta miqdorlarda (bir nechta turkumlarda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxsga sotilayotgan, baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining narxi qabul qilinishini nazarda tutadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar birligining narxidan quyidagi xarajatlar chegirib tashlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlanadigan yoxud toʻlashga kelishilgan vositachilik haqi yoki foyda uchun ustamalar hamda olib kirilgan oʻsha klassdagi va turdagi tovarni bojxona hududida sotish bilan bogʻliq boʻlgan umumiy xarajatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni olib kirish yoki sotish munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasida toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va boshqa toʻlovlarning summalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududida transportda tashish, sugʻurtalash, yuklash va tushirish uchun sarflangan xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻsha klassdagi yoki turdagi tovar iqtisodiyotning muayyan tarmogʻi mahsulotiga taalluqli boʻlgan tovarlar guruhini, shu jumladan aynan bir xil va oʻxshash tovarlarni anglatadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ichki bozorda tovarning sotilish narxini tanlashda koʻrilayotgan tovarning import qilinganidan keyingi birinchi tijorat bosqichidagi narxini, yaʼni olib kirilgan tovarning birinchi marta qayta sotilishidagi narxini hisobga olish kerak boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning baholanayotgan tovar olib kirilishidan oldin toʻqson kalendar kun ichida sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan taqdirda, ushbu modda birinchi va ikkinchi qismlarining qoidalari inobatga olingan holda baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovar tovar birligining qaysi narxi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida eng katta turkumda, oʻzgarmas holatda, baholanayotgan tovar olib kirilgan kunga eng yaqin muddatda, lekin baholanayotgan tovar olib kirilgan kundan eʼtiboran toʻqson kundan kechiktirmay sotilayotgan boʻlsa, oʻsha narx qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Baholanayotgan, aynan bir xil yoki oʻxshash tovarning bojxona hududida oʻzgarmas holatda sotilganligi faktlari mavjud boʻlmagan taqdirda, baholanayotgan tovarning bojxona qiymati tovarga keyinchalik ishlov berilganidan keyin olingan, shunday tovarni sotuvchi bilan oʻzaro bogʻliq boʻlmagan shaxsga bojxona hududida eng katta miqdorda sotiladigan mahsulot birligining narxi asosida, deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra aniqlanadi. Bunda tovarning bojxona qiymatiga ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan tuzatishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
312-modda. Qiymatlarni qoʻshish asosidagi usul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qiymatlarni qoʻshish asosidagi usul baholanayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun asos sifatida tovarning quyidagilarni qoʻshish orqali hisoblab chiqarilgan narxi qabul qilinishini nazarda tutadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) baholanayotgan tovarni tayyorlashda sarflangan materiallarning qiymati hamda ishlab chiqarish va (yoki) ishlov berish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ushbu moddaning “a” bandida aks ettirilmagan umumiy xarajatlarning hajmi va baholanayotgan tovar ishlab chiqarilgan ayni oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan ayni oʻsha klassdagi va turdagi tovarni Oʻzbekiston Respublikasida sotishda odatda eksport qiluvchi tomonidan olinadigan foyda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) ushbu Kodeks 304-moddasi birinchi qismining “a” bandida koʻrsatilgan xarajatlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
313-modda. Zaxira usul
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarning bojxona qiymatini ushbu Kodeksning 303, 309, 310, 311 va 312-moddalarida koʻrsatilgan bojxona qiymatini aniqlash usullarini ketma-ketlikda qoʻllash natijasida deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan aniqlash mumkin boʻlmasa, baholanayotgan tovarning bojxona qiymati bojxona qiymatini aniqlash usullarining muddatlarni qoʻllash, tovarlarning ishlab chiqarilgan mamlakatini, aynan bir xilligini yoki oʻxshashligini aniqlashga doir talablarini bir muncha qayishqoqlik bilan qoʻllash orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira usulni qoʻllashda bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeriga oʻz ixtiyorida mavjud boʻlgan narxlar toʻgʻrisidagi axborotni taqdim etadi. Bojxona organi zaxira usulni toʻgʻri qoʻllash maqsadida shunday axborotni yigʻib boradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Zaxira usuldan foydalanishda hujjatlar bilan tasdiqlashga doir talablar quyidagilarni boshqa usullarga nisbatan bir muncha qayishqoqlikka yoʻl qoʻyadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon narxlariga doir, ichki bozor narxlariga doir axborot maʼlumotnomalaridan foydalanishni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachilik haqlari, chegirmalar, foydalar, transport tariflari umum qabul qilingan darajalarining statistik maʼlumotlaridan foydalanishni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilgan hollarda, baholanayotgan tovarni yetkazib berish shartlarini hisobga olgan holda maʼlumotlarga tegishli tuzatishlar kiritilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona qiymatini zaxira usulda aniqlash uchun asos sifatida quyidagilardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Oʻzbekiston Respublikasida ishlab chiqarilgan oʻxshash tovarning sotilish narxidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) ikki va undan ortiq muqobil qiymatlarning eng yuqori qiymatidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) eksport qiluvchi mamlakatning ichki bozoridagi tovar narxidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) bojxona qiymatini aniqlash uchun qiymatlarni qoʻshish usulini qoʻllashda foydalanilmaydigan ishlab chiqarish chiqimlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) eksport qilayotgan mamlakatdan uchinchi mamlakatlarga yetkazib berilayotgan tovarning narxidan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) eng past bojxona qiymatlaridan;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) tovarning oʻzboshimchalik bilan belgilangan yoki toʻgʻri tasdiqlanmagan narxidan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi ushbu moddaga muvofiq aniqlangan tovarning bojxona qiymati hamda shunday qiymatni aniqlash uchun foydalanilgan usul toʻgʻrisida deklarant yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra unga axborot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududida sarflangan xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, qiymatlarni chegirib tashlash asosidagi usul bilan bojxona qiymatini aniqlash uchun ekspert baholash qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyiladi, uni qoʻllash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi. Bunda tovar birligining bojxona qiymati aniqlanib, keyinchalik butun turkumning bojxona qiymati qayta hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
314-modda. Axborot tashuvchi jismning bojxona qiymatini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot tashuvchi jismning bojxona qiymati tovarning bojxona qiymatini aniqlashning ushbu bobda koʻrsatilgan usullari qoʻllanilgan holda axborotning qiymati belgilanganidan keyin aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududiga olib kirilayotgan va maʼlumotlarni qayta ishlash boʻyicha uskunalar uchun dasturiy taʼminotni oʻz ichiga olgan axborot tashuvchi jismning bojxona qiymatini aniqlashda, agar baholanayotgan tovar uchun amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan narxdan dasturiy taʼminotning qiymati va (yoki) axborot tashuvchi jismning qiymati ajratib chiqarilsa, faqat axborot tashuvchi jismning qiymati hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar dasturiy taʼminot axborot tashuvchi jism boʻlmagan tovarning tarkibiga kirsa hamda u bunday dasturiy taʼminotsiz oʻziga xos boʻlgan vazifalarni bajara olmaydigan ushbu tovarning ishlashiga qaratilgan boʻlsa, dasturiy taʼminotning qiymati tovarning qiymatidan ajratib chiqarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
315-modda. Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati u eksportga sotilganda amalda toʻlangan yoki toʻlanishi lozim boʻlgan bitimning bahosi asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda ushbu Kodeks 306-moddasining yettinchi xatboshisida, shuningdek 307 va 308-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlmagan taqdirda, bunday tovarning bojxona qiymati bojxona organida mavjud boʻlgan aynan bir xil yoki oʻxshash tovarlarga oid maʼlumotlar asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ilgari olib kirilgan tovarlarni oʻzgarmas holatda bojxona hududidan olib chiqishda bojxona qiymati tovarning u olib kirilgan paytdagi bojxona qiymatining hamda bojxona hududida qilingan xarajatlarning, shu jumladan bojxona rasmiylashtiruvi va bojxona toʻlovlarini toʻlash (tovarlar reeksport qilinishi munosabati bilan qaytarilishi kerak boʻlgan toʻlovlarni chegirgan holda), tovarlarni saqlash, sugʻurtalash uchun qilingan xarajatlarning, bojxona hududida qilingan boshqa xarajatlarning yigʻindisi sifatida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib chiqiladigan tovarning deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan bojxona qiymatini aniqlash toʻgʻri ekanligini tasdiqlovchi maʼlumotlar mavjud boʻlmagan yoxud deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarni notoʻgʻri yoki yetarli emas deb taxmin qilish uchun asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona organi bojxona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi. Bunda bojxona organi deklarant yoki bojxona brokerining yozma arizasiga koʻra unga olib chiqiladigan tovarning deklarant yoki bojxona brokeri maʼlum qilgan bojxona qiymati bojxona organi tomonidan qabul qilinmaganligining sabablari koʻrsatilgan yozma tushuntirish berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi oʻz ixtiyorida boʻlgan yoki deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan, ushbu Kodeksning 316 va 317-moddalarida koʻrsatilgan axborotdan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududidan olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bojxona organi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) baholanayotgan, aynan bir xil va (yoki) oʻxshash tovarlarni sotish shartlarining mumkin qadar taqqoslana olinishini taʼminlashi, shu jumladan quyidagi koʻrsatkichlar boʻyicha taʼminlashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) import amalga oshirilayotgan mamlakat yoki geografik mintaqa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) olib chiqiladigan tovarlarning miqdori;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) sotuvning tijorat shartlari, shu jumladan bozor konyunkturasi (asosan xom ashyo tovarlarni eksport qilishda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) sotib oluvchining barcha sarf-xarajatlarini xarajatlarning bojxona qiymatiga kiritish nuqtai nazaridan hisobga olishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar kontraktda (shartnomada, kelishuvda) qatʼiy belgilab qoʻyilgan narxlar mavjud boʻlmasa va faqat tovarning uzil-kesil narxini belgilash shartlari aks ettirilgan boʻlsa yoxud kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlariga muvofiq uzil-kesil narx sotib oluvchi tomonidan tovarni miqdor va sifat boʻyicha qabul qilib olish natijalariga koʻra aniqlansa, olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymati muvaqqat (shartli) bahoni hisobga olgan holda aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki bojxona brokeri oʻzida mavjud boʻlgan, bojxona qiymatining muvaqqat (shartli) bahosi xolis ekanligini taʼminlaydigan hujjatlarni taqdim etishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib chiqilayotgan tovarning bojxona qiymatini muvaqqat (shartli) bahosi uchun asos sifatida quyidagilar qabul qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktda (shartnomada, kelishuvda) qayd etilgan dastlabki narx;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktda (shartnomada, kelishuvda) belgilangan, uni hisob-kitob qilish shartlariga muvofiq tovar yuklab joʻnatilgan sanada aniqlangan hisob-kitob bahosi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning oʻninchi qismida koʻrsatilgan hisob-kitoblarni oʻtkazish mumkin boʻlmagan taqdirda, olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini muvaqqat (shartli) baholash bojxona organining ixtiyorida mavjud boʻlgan narxlar toʻgʻrisidagi tegishli axborot asosida amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki bojxona brokerining yozma arizasi boʻyicha bojxona organi koʻrib chiqilayotgan bitim shartlaridan hamda bojxona va valyutaga oid qonun hujjatlari talablaridan kelib chiqqan holda, deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan, bojxona qiymatini tasdiqlaydigan va (yoki) aniqlashtiradigan zarur hujjatlarning deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilish muddatini belgilaydi. Maʼlum qilingan bojxona qiymatini tasdiqlash va (yoki) aniqlashtirish uchun zarur boʻlgan barcha hujjatlar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan belgilangan muddatda taqdim etilganidan keyin unga tuzatishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qiymati olib chiqilayotgan tovarga doir bitimning qiymati asosida quyidagi hollarda aniqlanishi mumkin emas, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kontraktda (shartnomada, kelishuvda) bitimning qiymatiga taʼsir koʻrsatgan cheklovlar va (yoki) shartlar mavjud boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taʼsirini hisobga olish mumkin boʻlmagan shartlarga rioya etilishiga sotish va bitimning qiymati bogʻliq boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bitim ishtirokchilari oʻzaro bogʻliq shaxslar boʻlsa va bu omilning bitim qiymatiga taʼsirini qiymat tarzida ifodalash mumkin boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qiymatini maʼlum qilishda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan foydalanilgan maʼlumotlar hujjatlar bilan tasdiqlanmagan yoxud notoʻgʻri boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
316-modda. Olib chiqiladigan tovarga doir bitimning narxiga kiritiladigan xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning bahosiga quyidagi xarajatlar kiritiladi, agar bu xarajatlar bitimning bahosiga kiritilmagan boʻlsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) tovarni bojxona hududidan olib chiqiladigan joygacha yetkazib berish xarajatlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
transportda tashish qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni yuklash, tushirish, qayta yuklash va tushirish-ortish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sugʻurtalash qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) sotuvchi tomonidan qilingan xarajatlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vositachilik va brokerlik haqi, bundan tovarni xarid qilish boʻyicha vositachilik haqi mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
konteynerlarning va (yoki) boshqa koʻp marta ishlatiladigan idishlarning qiymati, agar Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq ularga baholanayotgan tovar bilan bir butun deb qaralsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oʻrov-joylashning qiymati, shu jumladan oʻrash-joylash materiallarining va oʻrash-joylash ishlarining qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) intellektual mulk obyektlaridan foydalanganlik uchun sotib oluvchi baholanayotgan tovarni sotish shartlari sifatida bevosita yoki bilvosita toʻlashi kerak boʻlgan litsenziya toʻlovlari va boshqa toʻlovlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) sotuvchining baholanayotgan tovarni keyinchalik bojxona hududidan tashqarida har qanday tarzda qayta sotish, oʻtkazish yoki undan foydalanishdan olingan bevosita yoki bilvosita daromadining bir qismi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bitimning bahosiga qoʻshiladigan komponentlar tegishli tovarlar, ishlar va xizmatlar (tashish, sugʻurtalash, sertifikatlashtirish, brokerlik xizmatlari) uchun haq toʻlanganligi toʻgʻrisida vakolatli shaxs tomonidan taqdim etilgan hujjatlar (hisobvaraq-fakturalar, toʻlov topshiriqnomalari, cheklar) asosida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
317-modda. Olib chiqiladigan tovarga doir bitimning narxidan chiqarib tashlanadigan toʻlovlar va xarajatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlashda bitimning narxidan quyidagi toʻlovlar va xarajatlar chiqarib tashlanadi, basharti ular ilgari bitimning narxiga kiritilgan boʻlsa va hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin boʻlsa:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat qurilmalari, mashinalar yoki uskunalar kabi tovarlar bojxona hududidan olib chiqilganidan soʻng amalga oshirilgan uskunalarni qurish, oʻrnatish, yigʻish, montaj qilish, sozlash va ularga xizmat koʻrsatish yoki texnik koʻmaklashish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bojxona hududidan olib chiqilgandan keyingi uni yetkazib berish xarajatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bojxona hududidan olib chiqilganidan keyingi uni yetkazib berishni sugʻurtalash qiymati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
import qilingan mamlakatda sotuvchi tomonidan toʻlanadigan bojxona toʻlovlari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bitimning narxi mavjud boʻlmagan taqdirda, olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymati eksport qilayotgan sotuvchining olib chiqiladigan tovarni ishlab chiqarish yoki olish, saqlash va tashish bilan bogʻliq xarajatlari toʻgʻrisida deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan hujjatlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi. Bunda ushbu moddaning birinchi qismida sanab oʻtilgan xarajatlar ham hisobga olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
318-modda. Tovarning bojxona qiymatini maʼlum qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona qiymati bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirgan holda tovarlarni deklaratsiyalashda deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga maʼlum qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qiymati deklaratsiyasi bojxona yuk deklaratsiyasining ajralmas qismi boʻlib, tovarning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga bojxona yuk deklaratsiyasi bilan bir paytda topshiriladigan hujjat hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qiymati deklaratsiyasining shakli va uni toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2017-yil 8-fevraldagi 01-02/8-4-son “Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami, 2868 14.03.2017-y.).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilinadigan tovarning bojxona qiymati va uni aniqlashga taalluqli taqdim etiladigan maʼlumotlar toʻgʻri, miqdoriy jihatdan aniqlash mumkin boʻlgan va hujjatlar bilan tasdiqlangan axborotga asoslanishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki bojxona brokeri deklaratsiyalanadigan tovarning bojxona qiymati maʼlum qilinguniga qadar aniqlangan tovar turkumining tovarning yoʻqolishi, kamomadi, shikastlanishi hajmlariga mos birlikka keltirilgan bojxona qiymatini maʼlum qilish huquqiga ega. Tovarning yoʻqolishi, kamomadi, shikastlanishi fakti ekspertiza xulosasi va bojxona koʻzdan kechiruvi dalolatnomasi bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qiymati deklaratsiyasi bojxona toʻlovlarini toʻlashni nazarda tutuvchi bojxona rejimlari maʼlum qilinganda bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan barcha tovarlar uchun toʻldiriladi, bundan ushbu moddaning yettinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona qiymati deklaratsiyasi quyidagi hollarda toʻldirilmaydi va bojxona qiymati bojxona yuk deklaratsiyasida maʼlum qilinadi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududiga olib kirilayotgan tovarlar turkumining bojxona qiymati bir ming AQSH dollariga teng ekvivalent summadan oshmasa, bundan bitta kontrakt (shartnoma, kelishuv) doirasida bir necha marta tovar yetkazib berish, shuningdek turli kontraktlar (shartnomalar, kelishuvlar) boʻyicha ayni oʻsha tovarni bir joʻnatuvchi tomonidan ayni oʻsha bitta oluvchining manziliga takror-takror yetkazib berish mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
olib oʻtiladigan tovarlar bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
319-modda. Tovarning bojxona qiymatini nazorat qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tanlangan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulining va maʼlum qilingan bojxona qiymati hisoblab chiqarilishining toʻgʻriligini quyidagilar asosida aniqlaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan bojxona qiymati deklaratsiyasi, hujjatlar va maʼlumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning bojxona qiymatini aniqlashda foydalaniladigan, oʻz ixtiyorida mavjud boʻlgan axborot.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-apreldagi 160-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun tanlangan usulga quyidagi hollarda rozi boʻlmaslikka va deklarantga yoki bojxona brokeriga bojxona qiymatini aniqlashning boshqa usulidan foydalanib, bojxona qiymatini aniqlashni taklif etishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan tovarning bojxona qiymati toʻgʻri aniqlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar va maʼlumotlar mavjud boʻlmasa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning bojxona qiymatini aniqlash uchun bojxona organi tomonidan soʻralgan zarur qoʻshimcha hujjatlar deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilmagan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan taqdim etilgan hujjatlar va maʼlumotlar notoʻgʻri ekanligining belgilari aniqlansa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi va deklarant yoki bojxona brokeri oʻrtasida tovarning bojxona qiymatini aniqlash usulini tanlash xususida maslahatlashuvlar oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar deklarant yoki bojxona brokeri tovarning bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatiga rozi boʻlmasa, deklarant yoki bojxona brokeri oʻzi maʼlum qilgan bojxona qiymati qaysi sabablarga koʻra qabul qilinmaganligini tushuntirib berishni bojxona organidan soʻrashga haqli, bundan shartli bojxona qiymatining qoʻllanilishi holati mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan tovarning bojxona qiymati nima uchun bojxona organi tomonidan qaysi sabablarga koʻra qabul qilinmaganligini deklarantning yoki bojxona brokerining arizasiga binoan yozma shaklda yoxud elektron shaklda tushuntirish berishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilayotganda aniqlangan va bojxona organi tomonidan qabul qilingan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usuli va bojxona qiymati summasining hisob-kitobi faqat ushbu Kodeksning 320-moddasida nazarda tutilgan hollarda hamda tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish zarurligini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda qayta koʻrib chiqilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
320-modda. Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish quyidagi hollarda amalga oshirilishi mumkin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar chiqarib yuborilganidan keyin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga quyidagi hollarda tuzatishlar kiritiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan maʼlum qilingan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usuli va miqdori ularni tasdiqlash uchun taqdim etilgan hujjatlarga mos emasligi aniqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona qiymati deklaratsiyasida tovarning maʼlum qilingan bojxona qiymati va (yoki) bojxona toʻlovlari miqdoriga taʼsir etgan texnik xatolar aniqlangan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar chiqarib yuborilganidan keyin uning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga quyidagi hollarda tuzatishlar kiritiladi, agar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli chiqarib yuborilgan tovarga nisbatan uning uzil-kesil bojxona qiymati deklarantning yoki bojxona brokerining qoʻshimcha axboroti asosida aniqlansa yoxud deklarant yoki bojxona brokeri ushbu Kodeksning 321-moddasiga muvofiq bojxona organi tomonidan aniqlangan bojxona qiymatini qabul qilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni deklaratsiyalashda sodir etilgan, tovarning bojxona qiymatining va (yoki) bojxona toʻlovlarining miqdoriga taʼsir koʻrsatgan texnik xatolar aniqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
hujjatlarning keyingi tekshiruvi paytida tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlarining miqdoriga taʼsir koʻrsatgan notoʻgʻri deklaratsiyalash aniqlangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
maʼlum qilingan bojxona qiymatining bojxona hududiga olib kirilgan yoki ushbu hududdan olib chiqilgan tovarning miqdori va (yoki) sifati kontrakt (shartnoma, kelishuv) shartlaridan chetga chiqishi tufayli tovarning haqiqiy qiymatiga mos emasligi bojxona deklaratsiyasini qabul qilish sanasida aniqlangan boʻlsa. Bojxona koʻzdan kechiruvi dalolatnomasi, shuningdek kontrakt (shartnoma, kelishuv) taraflari oʻrtasida kelishilgan, bojxona toʻlovlari undirilmaydigan tovar boʻyicha — tovarning miqdoriga oid eʼtiroz yoki bojxona toʻlovlari undiriladigan tovarlar boʻyicha — ekspertiza xulosasi tovarning mos emasligini tasdiqlovchi hujjatlar hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlarining summalari qaytarilishiga yoki qoʻshimcha toʻlanishiga olib keladigan yoki tovarning bojxona qiymati miqdoriga taʼsir koʻrsatgan boshqa asoslar yuzaga kelgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning paydo boʻlishiga olib kelgan boʻlsa, ana shu qarzdorlik summasiga ushbu Kodeksning 349-moddasida nazarda tutilgan tartibda penya hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish qaysi tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilayotgan boʻlsa, faqatgina oʻsha tovarga nisbatan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish shaklini taqdim etish orqali maʼlum qilinadi, bu shakl bojxona deklaratsiyasining ajralmas qismi boʻlib, uning maʼlumotlariga tovarning bojxona qiymati va (yoki) bojxona toʻlovlari boʻyicha tuzatishlar kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar deklarant yoki bojxona brokeri bojxona organi tomonidan tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga kiritilgan tuzatishlarga rozi boʻlmasa, u tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritishning bojxona organi tomonidan qayta hisob-kitob qilingan tovarlarning bojxona qiymati va (yoki) bojxona toʻlovlari koʻrsatilgan shaklini imzolamaslikka haqli. Bu hollarda deklarant yoki bojxona brokeri tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish sabablarini tushuntirib berishni bojxona organidan talab qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga soʻrov yuborilishi deklarantni yoki bojxona brokerini bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish shakli, shuningdek uni toʻldirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvi uchun hujjatlar qabul qilinganidan keyin bojxona organi tomonidan tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilishi ustidan deklarant yoki bojxona brokeri belgilangan tartibda shikoyat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
321-modda. Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda tovarning shartli chiqarib yuborilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda uni shartli chiqarib yuborish deklarantning yoki bojxona brokerining arizasiga koʻra bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda bojxona organi ushbu bobda belgilangan tartibda tovarning shartli bojxona qiymatini mustaqil ravishda belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni boʻlmagan taqdirda uni shartli chiqarib yuborish, agar bojxona organi tomonidan aniqlangan tovarning bojxona qiymatiga muvofiq ravishda hisoblab chiqarilgan bojxona toʻlovlari summasi deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan toʻlansa yoki toʻlanishi taʼminlansa, amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi ariza kelib tushgan kundan keyingi uch ish kuni ichida deklarantga yoki bojxona brokeriga tovarning shartli bojxona qiymatining va talab qilinayotgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash miqdorlari toʻgʻrisida yozma yoki elektron shaklda xabar qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning amal qilish muddati tovar chiqarib yuborilgan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kunni tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganidan keyin bojxona qiymati va tegishli bojxona toʻlovlari tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish shaklini toʻldirgan holda qaytadan hisob-kitob qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning bojxona qiymatini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan taqdirda, bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasi ushbu moddaning toʻrtinchi qismiga muvofiq belgilangan muddat oʻtgach Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi. Bunda tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish shakli toʻldirilib, u tovarning bojxona qiymati xususidagi uzil-kesil qaror hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
45-bob. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish va toʻlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
322-modda. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun asos
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻllaniladigan stavka turlariga bogʻliq holda bojxona bojini, aksiz soligʻini va tegishli bojxona yigʻimlarini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati va (yoki) uning miqdori asos boʻladi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshilgan qiymat soligʻini hisoblab chiqarish uchun tovarning bojxona qiymati, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona boji summasi, aksiz toʻlanadigan tovar boʻyicha esa, toʻlanishi lozim boʻlgan aksiz soligʻi summasining yigʻindisi asos boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
323-modda. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari deklarant tomonidan hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida amalga oshiriladi, bundan ushbu Kodeksning 66-moddasida va boshqa qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda boʻlgan, bundan ushbu Kodeksning 172 va 325-moddalarida nazarda tutilgan hollar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlarini toʻlashda bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni amalda boʻlgan stavkalar qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
325-modda. Tovarlar bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilganda yoxud belgilangan talab va shartlar boshqacha tarzda buzilganda bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilganda yoxud ushbu Kodeksda belgilangan talablar va shartlar boshqacha tarzda buzilganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan talablar va shartlar buzilgan holda bojxona hududiga olib kirilgan va bojxona toʻlovlari toʻlanmagan tovarlarga nisbatan — bojxona chegarasini kesib oʻtish kuni amalda boʻlgan stavkalar, agar bunday kunni aniqlashning imkoni boʻlmasa — shunday tovarlar aniqlangan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
noqonuniy olib chiqilgan tovarlarga nisbatan — bojxona chegarasini kesib oʻtish kuni amalda boʻlgan stavkalar, agar bunday kunni aniqlash imkoni boʻlmasa — shunday faktlar aniqlangan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit bojxona rejimida olib oʻtilayotgan yoki bojxona nazorati ostida saqlanayotganda yoʻqotilgan, yetkazib berilmagan yoki bojxona organi bilan kelishilmagan holda berib yuborilgan tovarlarga nisbatan — tovarlar tegishli bojxona rejimiga joylashtirilgan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli chiqarib yuborilgan va bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilgan maqsadlardan boshqa maqsadlarda foydalanilayotgan tovarlarga nisbatan — bojxona organi tomonidan bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni amalda boʻlgan stavkalar boʻyicha hisoblab chiqariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
326-modda. Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilayotganda — bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kuni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruviga bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlari uchun — bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kuni Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasining Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi boʻyicha amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 29-avgustdagi 18/5-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasida valyuta operatsiyalarini amalga oshirish qoidalari (roʻyxat raqami 3281, 31.08.2020-y.)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar vaqtincha olib kirish bojxona rejimiga joylashtirilayotganda davriy bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish hamda tovarlarni quvur transportida va elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtishda bojxona toʻlovlarini hisoblab chiqarish uchun chet el valyutasini qayta hisob-kitob qilish ushbu Kodeksning 66 va 172-moddalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
46-bob. Bojxona toʻlovlarini toʻlash tartibi va muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar yoki qabul qilinishi bilan bir vaqtda toʻlanadi, bundan ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarning ayrim toifalariga nisbatan bojxona toʻlovlarini toʻlash muddati quyidagicha belgilanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
quvur transportida yoki elektr uzatish liniyalari orqali olib oʻtiladigan tovarlar uchun — ushbu Kodeksning 172-moddasiga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli chiqarib yuborilgan tovarlardan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyozlar berilishidan koʻzlanganidan boshqa maqsadlarda foydalanilgan taqdirda — tovarlardan foydalanish va ularni tasarruf etish boʻyicha cheklovlarga rioya etilmagan birinchi kun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona chegarasi orqali noqonuniy olib oʻtilayotgan tovarlar uchun — bojxona chegarasi kesib oʻtilgan kun. Agar bu kunni aniqlashning imkoni boʻlmasa, tovarlarni bojxona chegarasidan noqonuniy olib oʻtish fakti bojxona organlari tomonidan aniqlangan kun bojxona toʻlovlarini toʻlash kuni hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududiga vaqtincha olib kirilgan tovarlar uchun — ushbu Kodeksning 66-moddasiga muvofiq.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan taqdirda, bojxona toʻlovlarini kechiktirib va boʻlib-boʻlib toʻlashga imkoniyat berilgan oxirgi toʻlash kuni bojxona toʻlovlarini toʻlash muddati hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlanishi bojxona rasmiylashtiruvi bilan bogʻliq boʻlmagan bojxona yigʻimlari bojxona organlari tomonidan tegishli harakatlar va tartib-taomillar bajarilishidan oldin toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatlari buzilgan taqdirda bojxona toʻlovlari oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun ushbu Kodeksning 349-moddasiga muvofiq penya hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
328-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari toʻlovchi tomonidan bojxona organlarining qonun hujjatlariga muvofiq shu maqsadlarda ochilgan shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlangan bojxona toʻlovlari tovar chiqarib yuborilgan kundan yoki toʻlanishi tovarlarning bojxona rasmiylashtiruviga bogʻliq boʻlmagan bojxona toʻlovlari uchun bojxona organi tomonidan harakatlar yoki tartib-taomillar bajarilgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida bojxona organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
329-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib va boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organining qaroriga asosan toʻlovchiga bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatining qoʻshimcha davrga uzaytirilishi bojxona toʻlovlarini kechiktirib toʻlashdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddatini qoʻshimcha davrga uzaytirib, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasini shu davr ichida qismlarga boʻlib toʻlash bojxona toʻlovlarini boʻlib-boʻlib toʻlashdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kundan oshmasligi lozim, bundan ushbu moddaning beshinchi va oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona deklaratsiyasi qabul qilingan kundan eʼtiboran toʻqson kalendar kun muddatga kechiktirib toʻlash imkoniyati quyidagilar boʻyicha beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqaruvchi korxonalarga eksport mahsulotini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, bojxona hududiga olib kiriladigan tovarlar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash boʻyicha;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moddiy ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish sohasidagi mikrofirmalar hamda kichik korxonalarga, fermer xoʻjaliklariga, shuningdek yuridik shaxs maqomini olgan dehqon xoʻjaliklariga oʻz ehtiyojlari uchun olib kirilayotgan tovarlar uchun bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati bojxona toʻlovlarining bitta yoki bir nechta turiga, shuningdek toʻlanishi lozim boʻlgan butun summaga yoki uning bir qismiga nisbatan berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berish toʻgʻrisidagi qaror ushbu Kodeksning 330-moddasida nazarda tutilgan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan eʼtiboran besh ish kunidan ortiq boʻlmagan muddatda bojxona organi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organining qarorida bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilayotgan muddat, bunday imkoniyat berish rad etilgan taqdirda esa rad etish sabablari koʻrsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati ushbu Kodeksning 47-bobida nazarda tutilgan tartibda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sharti bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoxud Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan uzoqroq muddatlarga va bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanmagan holda berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21 aperlagi PQ-5087-son “Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori, Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi 76-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
330-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini olish uchun toʻlovchi bojxona organiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari summalarini toʻlash boʻyicha yozma majburiyatni oʻz ichiga olgan arizani;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 47-bobiga muvofiq bojxona toʻlovlari toʻlanishi taʼminlanganligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
331-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad etish asosi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyatini berishni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 330-moddasi talablariga rioya etilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlarini ilgari berilgan kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati boʻyicha toʻlash muddatlari buzilganligi faktlarining mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
332-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganligi uchun foizlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan har bir kun uchun toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlari summasidan Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasining ellik foizi miqdorida, bir kun uchun qayta hisob-kitob qilingan hisoblab chiqariladigan foizlar undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi 76-son qarori bilan tasdiqlangan Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qoʻshilgan qiymat soligʻi toʻlovchilar uchun qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlash muddatini uzaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Foizlar kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan bojxona toʻlovlarining summasi toʻlanguniga qadar yoki toʻlash bilan bir vaqtda, lekin kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaydigan kundan keyingi kundan kechiktirmay toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeks 329-moddasining beshinchi va oʻninchi qismlarida nazarda tutilgan hollarda bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan taqdirda, foizlar hisoblanmaydi va toʻlanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari boʻyicha kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganligi uchun foizlarni toʻlash, undirish va qaytarish ushbu bobda, shuningdek ushbu Kodeksning 48 va 49-boblarida nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
333-modda. Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda ularning summalarini toʻlash muddatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda toʻlovchi tomonidan ularning summalarini toʻlash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kechiktirib toʻlash imkoniyati berilganda — kechiktirib toʻlash muddati tugaydigan kundan kechiktirmay;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganda — bojxona organi tomonidan toʻlovchi bilan birgalikda tasdiqlangan jadval boʻyicha boʻlib-boʻlib toʻlanadigan summalarni kiritishning kelishib olingan kunlaridan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilgan bojxona toʻlovlarining summalari toʻlovchi tomonidan oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda, bojxona organlari bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning butun summasini ushbu Kodeksning 47 va 48-boblarida nazarda tutilgan tartibda depozit, tovarlar garovi, bank kafolati, sugʻurta polisi yoki kafillik bilan taʼminlangan pul mablagʻlari hisobidan undirib olish choralarini koʻradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
334-modda. Kelgusi bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun pul mablagʻlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchi bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar kelgusi bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun pul mablagʻlarini dastlabki tarzda (bundan buyon matnda dastlabki pul mablagʻlari deb yuritiladi) bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga oʻtkazishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchining koʻrsatmasiga koʻra dastlabki pul mablagʻlaridan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlarini toʻlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
penya, foizlar toʻlash majburiyatlarini bajarish hisobiga deb;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash uchun foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchi bojxona organiga mazkur dastlabki pul mablagʻlariga bojxona toʻlovlari sifatida qarash haqida koʻrsatma bermaguniga qadar ushbu mablagʻlarga bojxona toʻlovlari sifatida qaralishi mumkin emas. Toʻlovchining bojxona deklaratsiyasini topshirishi yoki dastlabki pul mablagʻlaridan penya, foizlar toʻlash majburiyatlarini bajarish hisobiga deb, bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash yoxud bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash uchun foydalanish haqidagi arizasini berish toʻlovchining koʻrsatmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
335-modda. Dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchi dastlabki pul mablagʻlari ushbu mablagʻlardan oxirgi foydalanilgan kunning ertasidan eʼtiboran uch yil ichida qaytarib berilishini talab qilishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib olish uchun toʻlovchi shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga koʻrsatilgan pul mablagʻlari oʻtkazib berilgan bojxona organiga dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib berish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi. Toʻlovchi bojxona organiga ariza bilan bir vaqtda toʻlovchi va bojxona organi oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasini taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi oʻn besh ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatda oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasida koʻrsatilgan maʼlumotlarni solishtirib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzaro hisob-kitoblarni solishtirish dalolatnomasi bojxona organining mansabdor shaxsi va toʻlovchi tomonidan imzolangan kunning ertasidan eʼtiboran uch ish kuni ichida bojxona organi dastlabki pul mablagʻlari qaytarilishini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchida bojxona toʻlovlarini, shuningdek penya yoki foizlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlik boʻlgan taqdirda, dastlabki pul mablagʻlari toʻlovchining roziligi bilan ushbu qarzdorlik chegirib qolingan holda qaytarib beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar dastlabki pul mablagʻlarini qaytarib berish haqidagi ariza ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat ichida taqdim etilmagan boʻlsa, ushbu pul mablagʻlari bojxona organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
(336-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash bojxona organlariga tovarlar chiqarib yuborilguniga qadar yoxud shunday taʼminlashni nazarda tutuvchi harakatlar amalga oshirilguniga qadar taqdim etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
337-modda. Bojxona nazorati ostida turgan tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi tovarlarga nisbatan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning miqdori erkin muomalaga chiqarish (import) bojxona rejimiga joylashtirish maʼlum qilinganda toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasiga mos boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 222 va 223-moddalarida nazarda tutilgan, bojxona hududida bojxona nazorati ostida olib oʻtiladigan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona ombori maqomiga ega boʻlmagan joylarda saqlanayotgan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartli bojxona qiymati qoʻllanilgan holda chiqarib yuboriladigan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlarini kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib toʻlash qoʻllanilgan holda chiqarib yuboriladigan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona yuk deklaratsiyasi topshirilguniga qadar chiqarib yuboriladigan tovarlarga.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
338-modda. Nazorat qilinishi bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirishda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashning miqdori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat qilinishi bojxona organlariga yuklatilgan faoliyatni amalga oshirish uchun bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
(338-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-oktabrdagi OʻRQ-494-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2018-y., 03/18/494/1992-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bojxona ombori yoki erkin ombor sifatida ochiq maydoncha maʼlum qilinayotgan boʻlsa, bir kvadrat metr maydon uchun eng kam oylik ish haqining besh baravari miqdorida yoki agar bojxona ombori yoxud erkin ombor sifatida tegishincha bino maʼlum qilinayotgan boʻlsa, binoning bir kub metr hajmi uchun eng kam oylik ish haqining bir baravari miqdorida, lekin eng kam oylik ish haqining ikki ming baravaridan kam boʻlmagan summasi miqdorida — bojxona ombori yoki erkin ombor egalari uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
340-modda. Pul mablagʻlarini bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga kiritish va ularni qaytarish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchi bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash uchun bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ushbu Kodeksning 337 va 338-moddalarida belgilangan miqdorda pul mablagʻlari summasini kiritadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Pul mablagʻlari bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga (bundan buyon matnda depozit deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasining milliy valyutasida, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda esa chet el valyutasida kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Saqlangan vaqt uchun depozit summasiga foizlar hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozitni qaytarish toʻlovchining arizasi bojxona organi tomonidan olingan kundan eʼtiboran besh ish kunidan kechiktirmay mazkur arizaga koʻra amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Depozitni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza toʻlovchi tomonidan bojxona organiga majburiyat bajarilganidan keyin, lekin majburiyat bajarilgan kunning ertasidan eʼtiboran uch yildan kechiktirmay beriladi. Agar depozitni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza belgilangan muddatda berilmagan boʻlsa, depozit summasi bojxona organi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchi tomonidan depozit bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, kiritilgan pul mablagʻlari bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash hisobiga depozit summasidan olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
341-modda. Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza depozit qaysi bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga tushgan boʻlsa, oʻsha bojxona organiga yoxud bojxona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojxona organiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tashish majburiyatlari bajarilganligi bojxona nazorati ostida tovarlarni tashish tugallanayotgan bojxona organi tomonidan tasdiqlanganidan keyin ikki ish kuni ichida bojxona organi bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozit qaytarilishini amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona nazorati ostida tovarlar tashilayotganda majburiyat bajarilishini taʼminlash uchun kiritilgan depozitni qaytarish toʻlov qaysi valyutada kiritilgan boʻlsa, oʻsha valyutada bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
342-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida tovarlar garovini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida garov toʻgʻrisidagi shartnoma asosida tovarlar garovi qoʻllanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 2-bob, 2-paragrafi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Har qanday tovar garov narsasi boʻlishi mumkin, bundan quyidagilar mustasno:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korxonalar, binolar, qurilmalar, inshootlar, yer uchastkalari, fazoviy obyektlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa majburiyatlarni taʼminlash uchun garovga qoʻyib boʻlingan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududiga olib kirilishi taqiqlangan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez buziladigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jonivorlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida boʻlgan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
realizatsiya qilish imkoniyati cheklangan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylashgan yeri va foydalanilishi ustidan bojxona organi doimiy nazoratni taʼminlay olmaydigan tovarlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonun hujjatlariga muvofiq erkin realizatsiya qilinishi taqiqlangan ishlab chiqarish mahsulotlari va chiqindilari.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan va sertifikatlanishi yoki davlatning boshqa organlari nazoratida boʻlishi lozim boʻlgan tovarlar sertifikatlar, ruxsatnomalar va tovarlar chiqarib yuborilayotganda zarur boʻlgan boshqa hujjatlar boʻlgan taqdirdagina garov narsasi boʻlishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasining bozor qiymatini aniqlash uchun uning baholanishi garovga qoʻyuvchi hisobidan baholash faoliyati toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov narsasining bozor qiymati toʻlanishi garov narsasi bilan taʼminlanadigan bojxona toʻlovlariga doir majburiyatlar, shu jumladan tovarlarning ularni saqlash va realizatsiya qilish boʻyicha zarur xarajatlarning oʻrnini qoplash uchun bozor qiymatidan oʻn besh foizi qoʻshib hisoblangandagi majburiyatlar miqdoridan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksning 93 va 236-moddalarida nazarda tutilgan hollarda, shuningdek bojxona ombori, boj olinmaydigan savdo doʻkoni va erkin ombor faoliyatini litsenziyalashda bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida tovarlarni garovga qoʻyish qoʻllanilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
343-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida tovarlarni garovga qoʻyishga doir talablar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni garovga qoʻyish bojxona organi va kafolat shartnomasi boʻyicha toʻlovchi yoki boshqa shaxs boʻlishi mumkin boʻlgan garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi garov toʻgʻrisidagi shartnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov toʻgʻrisidagi shartnoma yozma shaklda tuzilgan va notarial tartibda tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garovga qoʻyuvchi garov toʻgʻrisidagi shartnomaga muvofiq garov narsasini tasarruf etishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Garov toʻgʻrisidagi shartnoma qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
344-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida bank kafolatini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida Oʻzbekiston Respublikasida bank operatsiyalarini oʻtkazish huquqiga ega boʻlgan bankning kafolati qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bank kafolatida koʻrsatilgan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasining miqdori toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchi tomonidan bank kafolati bilan taʼminlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining summasi va foizlar qonun hujjatlariga muvofiq soʻzsiz tartibda kafolat bergan bankdan bojxona organi tomonidan undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
345-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida sugʻurta majburiyatini qoʻllash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida toʻlovchining fuqarolik javobgarligini sugʻurtalash shartnomasiga koʻra sugʻurtalovchining majburiyatlari kuchga kirganligini tasdiqlovchi sugʻurta polisi qoʻllanilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 52-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta polisi bilan tasdiqlanadigan bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash summasining miqdori toʻlanishi lozim boʻlgan bojxona toʻlovlarining va foizlarning summasidan kam boʻlmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sugʻurta polisi bilan taʼminlangan majburiyat toʻlovchi tomonidan bajarilmagan taqdirda bojxona toʻlovlarining summasi va foizlar sugʻurta polisini bergan sugʻurtalovchidan bojxona organi tomonidan soʻzsiz tartibda qonun hujjatlariga muvofiq undirib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
346-modda. Bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida kafillikning qoʻllanilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafilning bojxona toʻlovlari toʻlanishi uchun masʼul boʻlgan shaxs oʻrniga bojxona toʻlovlari va foizlarning toʻlanishini taʼminlash niyati toʻgʻrisidagi yozma majburiyati bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash sifatida qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafil sifatida har qanday yuridik yoki jismoniy shaxs ish yuritishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafil ushbu Kodeksning 340-moddasiga muvofiq bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga taʼminlash summalarini kiritish orqali bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlashni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kafillik bilan taʼminlanadigan majburiyat bajarilmaganligi uchun kafil va toʻlovchi bojxona organi oldida solidar javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
48-bob. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
347-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning yuzaga kelishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik ushbu Kodeksning 327-moddasida belgilangan muddatlarda toʻlanmagan bojxona toʻlovlari summasidan, shuningdek uni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati berilganligi uchun toʻlanishi lozim boʻlgan foizlardan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik quyidagi hollarda yuzaga keladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari ularni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaganidan keyin toʻlanmaganda. Kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugagan kunning ertasidan qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin bojxona nazoratini oʻtkazish natijasida bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda. Agar toʻlovchining bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanishiga eʼtirozlari boʻlmasa, bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma taqdim etilgan kun, toʻlovchi eʼtiroz bildirgan taqdirda esa, sudning bojxona toʻlovlari boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi qarori qonuniy kuchga kirgan sana qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchining tashabbusi bilan bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda. Tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish shakli rasmiylashtirilgan kun qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeks 327-moddasining birinchi va ikkinchi qismlarida belgilangan muddatlarda bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash muddati tugagan kundan keyingi kun qarzdorlik yuzaga kelgan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
348-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma bojxona organi tomonidan toʻlovchiga mazkur qarzdorlikni majburiy tartibda undirish choralari koʻrilguniga qadar yozma ravishda qoʻyiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnoma qoʻyilishi asoslari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning talabnoma qoʻyilgan paytdagi summasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabnomani bajarish uchun belgilangan muddat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchi tomonidan talabnoma bajarilmagan taqdirda, bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni sud tartibida undirish toʻgʻrisidagi ogohlantirish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma bunday qarzdorlik yuzaga kelganligi fakti aniqlangan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan kechiktirmay, toʻlovchi tomonidan ushbu talabnoma olinganligi faktini va olish sanasini tasdiqlash imkonini beradigan har qanday usulda toʻlovchiga yuborilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani bajarish muddati talabnoma toʻlovchiga topshirilgan yoki u toʻlovchi tomonidan olingan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kunini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlari ularni toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugaganidan keyin toʻlanmagan taqdirda bojxona organlari bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning soʻzsiz tartibda undirilishini bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisida toʻlovchiga talabnoma yubormagan holda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
349-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun penya
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik oʻz vaqtida toʻlanmaganligi uchun toʻlovchi tomonidan penya toʻlanadi. Penya, bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik summasini istisno etganda, uni undirish boʻyicha majburiy choralar, shuningdek bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun boshqa javobgarlik choralari qoʻllanilishidan qatʼi nazar, toʻlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchining penyani toʻlash boʻyicha majburiyati bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik yuzaga kelgan kundan eʼtiboran paydo boʻladi hamda bojxona toʻlovlari va penyani toʻlash boʻyicha qarzdorlik amalda toʻlangan kunda tugatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Penya uni toʻlash boʻyicha majburiyat bajarilmagan har bir kalendar kun uchun bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlik summasining 0,033 foizi miqdorida hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Penyaning umumiy summasi bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning miqdoridan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Penyani toʻlash, undirish va qaytarish ushbu Kodeksning 46, 48 va 49-boblarida bojxona toʻlovlarini toʻlash va qaytarish hamda bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirishga nisbatan nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
350-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchi tomonidan eʼtiroz mavjud boʻlgan, qoʻshib hisoblangan bojxona toʻlovlarini undirish sudning bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi qonuniy kuchga kirgan qarori asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxslardan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni undirish sud tartibida amalga oshiriladi, bundan yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchi bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlashni bojxona organiga yozma yoki elektron shaklda xabar yuborib, quyidagi hollarda olti oy davomida teng ulushlarda amalga oshirishga haqli:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda, agar toʻlovchi bojxona organining qaroriga rozi boʻlsa — bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash toʻgʻrisidagi talabnoma olingan kundan eʼtiboran;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchining tashabbusi bilan bojxona toʻlovlari qoʻshib hisoblanganda — tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish shakli rasmiylashtirilgan kundan eʼtiboran.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda, bojxona toʻlovlari toʻlanmagan tovarlarga nisbatan undiruvni qaratish bojxona toʻlovlarini toʻlash toʻgʻrisidagi talabnomani yubormasdan yoki bunday yuborishga qadar amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni, shuningdek penyani toʻlash toʻlovchi tomonidan bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaraqlarida turgan dastlabki pul mablagʻlari yoxud ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
351-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlari hisobidan undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining bank hisobvaraqlarida turgan pul mablagʻlari hisobidan undirish bojxona organi tomonidan bankka pul mablagʻlarining soʻzsiz tartibda undirilishi toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini yuborish orqali amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikning summasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasi quyidagilar toʻlanmagan taqdirda bojxona organi tomonidan besh ish kunidan kechiktirmay qoʻyiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlarini toʻlashni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash muddati tugagach, bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeks 350-moddasining uchinchi qismida nazarda tutilgan muddatlarda toʻlovchida eʼtiroz mavjud boʻlmagan qoʻshib hisoblangan bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 66-moddasida nazarda tutilgan muddatlarda davriy bojxona toʻlovlari toʻlanmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchining hisobvaraqlariga xizmat koʻrsatayotgan bank bojxona organining bojxona toʻlovlarini undirish toʻgʻrisidagi inkasso topshiriqnomasini qonun hujjatlarida belgilangan navbat tartibida bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
352-modda. Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan undirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlovchining mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan pul mablagʻlari hisobidan undirish uning hisobvaraqlarida bojxona organining inkasso topshiriqnomasi qoʻyilgan paytdan eʼtiboran olti oydan koʻproq muddatda pul mablagʻlari boʻlmagan taqdirda qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha qarzdorlikni toʻlash hisobiga undiruvni mol-mulkka qaratish bojxona organining daʼvo arizasiga asosan sud tartibida amalga oshiriladi, bundan undiruvni bojxona organiga garov narsasi sifatida berilgan mol-mulkka qaratish bojxona organi va garovga qoʻyuvchi oʻrtasidagi shartnoma shartlariga qarab amalga oshiriladigan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
49-bob. Bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
353-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq toʻlanishi lozim boʻlgan summadan oshadigan miqdorda bojxona toʻlovlari sifatida toʻlangan yoki undirilgan pul mablagʻlarining summalari ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalari hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari shunday toʻlovlar toʻlangan yoxud undirilgan paytdan eʼtiboran uch yil ichida qaytarilishi yoki dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkazilishi lozim, bundan ushbu moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlarida koʻrsatilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Eng koʻp qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qoʻllanilgan (tiklangan) taqdirda, ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari ushbu toʻlovlar toʻlangan yoki undirilgan paytdan eʼtiboran bir yil ichida, bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etish sharti bilan qaytarilishi yoxud dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkazilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qaytarilishi reeksport va reimport bojxona rejimlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak boʻlgan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summasini qaytarish ushbu Kodeksning 35 va 59-moddalarida belgilangan muddatlarda amalga oshirilishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirish sanasi ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalarining toʻlanish yoki undirilish paytidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlovchi tomonidan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish toʻgʻrisida ariza berilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlari summalarining ortiqcha toʻlanganligi yoki undirilganligi fakti aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summasi, agar uni qaytarish toʻgʻrisidagi ariza ushbu moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlarida belgilangan tegishli muddatlar tugaganidan keyin topshirilgan boʻlsa, bojxona organlari tomonidan qaytarilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
354-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish shartlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkazilgan bojxona toʻlovlarining summalari quyidagi hollarda dastlabki pul mablagʻlari hisobiga oʻtkaziladi yoki bojxona organlari tomonidan toʻlovchiga qaytarib beriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritilishi munosabati bilan bojxona toʻlovlari summalari qayta hisoblanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bojxona rejimi shartlarida ilgari toʻlangan bojxona toʻlovlari summalarini qaytarish nazarda tutilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar tovarning bojxona toʻlovlarini toʻlash ularni hisoblab chiqarishning belgilangan tartibini buzgan holda amalga oshirilgan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududiga olib kirilgan tovarga nisbatan bojxona toʻlovlarini toʻlash boʻyicha imtiyoz tiklangan boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bojxona toʻlovlari toʻlangan tovarlar bojxona nazorati ostida yoʻq qilinishi lozim boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egasi bojxona organi boʻlgan bojxona ombori tugatilishi munosabati bilan tovarlar berilayotganda saqlash uchun toʻlangan bojxona yigʻimlari summalarining bir qismi qaytarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona toʻlovlarini hisoblashda ortiqcha toʻlovga olib kelgan texnik xatoliklar aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa hollarda ham qaytarib berilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
355-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi ariza shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari kiritilgan bojxona organiga topshiriladi. Toʻlovchi bojxona organiga ariza bilan birga ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish huquqini yuzaga keltiruvchi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
356-modda. Bojxona organining ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi ariza kelib tushgan va zarur hujjatlar taqdim etilgan kunning ertasidan eʼtiboran oʻn ish kuni ichida toʻlovchining ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi arizasiga koʻra qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisidagi arizada va taqdim etilgan hujjatlarda koʻrsatilgan maʼlumotlarning bojxona organi tomonidan qoʻshimcha tekshiruvini amalga oshirish zarurati tugʻilganda, arizani koʻrib chiqish oʻn ish kunidan oshmaydigan muddatga uzaytiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda bojxona organi arizachini yozma shaklda xabardor qiladi. Yozma xabardan keyin arizachi bojxona organi bilan birga oʻzaro hisob-kitoblarni taqqoslash dalolatnomasini tuzadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarishni rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan taqdirda arizachini qabul qilingan qaror haqida rad etishning asoslantirilgan sabablarini koʻrsatgan holda yozma shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
357-modda. Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish tartib-taomili
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish bojxona qiymatiga va (yoki) bojxona rasmiylashtiruvida avval hisoblangan bojxona toʻlovlariga tuzatishlar kiritish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish mazkur summalarni quyidagi tartibda oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
toʻlov amalga oshirilgan valyutada;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki pul mablagʻlari hisobiga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlari oldidagi boshqa majburiyat boʻyicha bojxona toʻlovlari toʻlanishini taʼminlash uchun.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toʻlovchida bojxona toʻlovlarini, shuningdek penyani yoki foizlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlik boʻlgan taqdirda, bojxona organi qarzdorlikni toʻlovchining roziligi bilan ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlari summasi hisobidan toʻlanishini amalga oshiradi. Bunda ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summasi toʻlovchiga ushbu qarzdorlik miqdoridagi bojxona toʻlovlarini, penyani yoki foizlarni toʻlash boʻyicha qarzdorlik chegirib tashlangan holda qaytariladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalari qaytarilayotganda ular uchun foizlar toʻlanmaydi va qaytarilayotgan toʻlov summasi indeksatsiyalanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ortiqcha toʻlangan yoki undirilgan bojxona toʻlovlarining summalarini qaytarish bojxona toʻlovlari turi boʻyicha bojxona organining shaxsiy gʻazna hisobvaragʻidan, tovarlari bojxona jihatidan rasmiylashtirilgan boshqa toʻlovchilarning mablagʻlaridan va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga oʻtkazilishi lozim boʻlgan mablagʻlardan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50-bob. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
358-modda. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar toʻliq ishlab chiqarilgan yoki ushbu bobda belgilangan talablarga muvofiq yetarli darajada qayta ishlangan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakat hisoblanadi. Bir guruh mamlakatlar, mamlakatlarning bojxona ittifoqlari, mintaqa va (yoki), tovar ishlab chiqarilgan joyni aniqlash maqsadi ajratib koʻrsatishni taqozo etsa, biror mamlakatning muayyan qismi tovar ishlab chiqarilgan mamlakat deb hisoblanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
359-modda. Muayyan mamlakatda toʻliq ishlab chiqarilgan tovarlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagi tovarlar muayyan mamlakatda toʻliq ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) uning hududidan, hududiy suvlaridan, qitʼa shelfidan yoki dengiz tubidan qazib olingan foydali qazilmalar, agar mamlakat ushbu yer qaʼri boyliklarini qidirish va qazib olish uchun mutlaq huquqqa ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) mamlakat hududida yetishtirilgan yoki yigʻib olingan oʻsimlik mahsulotlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) mamlakatda tugʻilgan va parvarish qilingan tirik hayvonlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) mamlakatda yetishtirilgan oʻsimlik mahsulotlaridan va hayvonlardan olingan mahsulot;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) mamlakatda tayyorlangan ovchilik, baliqchilik va dengiz ovi mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) mamlakat kemalarida yoki ijaraga olgan (fraxt qilgan) kemalarida jahon okeanida ovlangan va (yoki) tayyorlangan dengiz ovi mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7) mamlakatda amalga oshiriladigan ishlab chiqarish yoki boshqa operatsiyalarning mahsuli boʻlgan ikkilamchi xom ashyo va chiqindilar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8) mamlakatga tegishli boʻlgan yoki u ijaraga olgan kosmik kemalarda ochiq koinotdan olingan yuqori texnologiyalar mahsuloti;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9) mamlakatda ushbu moddada koʻrsatilgan mahsulotdangina ishlab chiqarilgan tovarlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
360-modda. Tovarni yetarli darajada qayta ishlash mezonlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarni ishlab chiqarishda ikki yoki undan ortiq mamlakat ishtirok etayotgan boʻlsa, tovarning ishlab chiqarilgan joyi yetarli darajada qayta ishlash mezonlariga muvofiq aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash uchun tovarni yetarli darajada qayta ishlashning quyidagi mezonlaridan biri qoʻllaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni muayyan mamlakatda qayta ishlash yoki tayyorlash boʻyicha operatsiyalarni amalga oshirish natijasida uning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasidagi oʻrni dastlabki toʻrtta belgisining istalgan biri darajasida oʻzgarishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
advalor ulush qoidasi — foydalanilgan materiallarning va (yoki) qoʻshilgan qiymatning foizli ulushi yakuniy mahsulotning narxida qayd etilgan belgilangan ulushiga yetganda tovar qiymatining oʻzgarishi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlariga javob bermaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
saqlash yoki tashish vaqtida tovarlarning but saqlanishini taʼminlash boʻyicha operatsiyalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni sotishga va tashishga tayyorlash operatsiyalari (tovar turkumini maydalash, tovarlarni joʻnatishni tashkil etish, saralash, qaytadan oʻrash va boshqalar);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oddiy yigʻuv operatsiyalari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni (tarkibiy qismlarni) aralashtirib hosil qilingan mahsulotga unga dastlabki tarkibidan jiddiy farqlantiradigan xususiyatlarni bermaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chorva mollarini soʻyish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi qismida koʻrsatilgan tovarning yetarli darajada qayta ishlanganligi mezonlarining qoʻllanilish xususiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
361-modda. Tovarlarni turkumlab yetkazishda ular ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ishlab chiqarish yoki transport sharoitlariga koʻra tovarlarni bitta turkum qilib joʻnatishning imkoni boʻlmaganligi sababli ular boʻlib-boʻlib yoki yigʻilmagan holda bir necha turkumda yetkazib berilsa, shuningdek bir turkum tovar notoʻgʻri taqsimlanishi natijasida bir necha turkumga boʻlingan boʻlsa, tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashda bunday tovarlar deklarantning xohishiga koʻra yagona tovar deb qaralishi kerak. Ushbu qoidaning qoʻllanilish sharti quyidagilardan iborat:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boʻlaklarga boʻlingan yoki yigʻilmagan tovarning bir necha turkumga taqsimlanganligini bunday taqsimlash sabablarini, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarlarning kodlarini, har bir turkumga kiradigan tovarlar qiymati va tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni koʻrsatgan holda har bir turkumning batafsil tasnifini bojxona organiga oldindan yozma ravishda maʼlum qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar bir necha turkumga notoʻgʻri taqsimlanganligining hujjatlar bilan tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turkumdagi tovarlarning bitta mamlakatdan bitta yetkazib beruvchi orqali yetkazib berilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning barcha turkumlari bitta bojxona organi orqali olib kirilganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
barcha turkumdagi tovarlarning kontraktda (shartnomada, bitimda) koʻrsatilgan muddat ichida yetkazib berilganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
362-modda. Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashdagi oʻziga xos xususiyatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashda ularni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash uchun foydalaniladigan energiya, mashinalar, uskunalar va asboblarning qayerda ishlab chiqarilganligi hisobga olinmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mashinalar, uskunalar, apparatlarda yoki transport vositalarida foydalanish uchun moʻljallangan buyumlar, ehtiyot qismlar hamda asboblar, basharti ushbu buyumlar, ehtiyot qismlar hamda asboblar kuzatuv hujjati sifatida ilova qilingan texnik pasportda, texnik formulyarda va boshqa texnik hujjatlarda koʻrsatilgan toʻplamga hamda miqdorga muvofiq holda oʻsha mashinalar, uskunalar, apparatlar yoki transport vositalari bilan bir toʻplamda olib kirilsa va sotilsa, mazkur mashinalar, uskunalar, apparatlar yoki transport vositalari ishlab chiqarilgan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududiga uchinchi mamlakatlardan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan erkin bojxona zonalari va erkin omborlar hududlaridan olib kiriladigan tovar ishlab chiqarilgan mamlakatni aniqlashning oʻziga xos xususiyatlari qonun hujjatlarida belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududiga olib kiriladigan tovarning oʻrovi tovarning oʻzi kabi oʻsha mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanadi, bundan oʻrovi tovardan alohida deklaratsiyalanishi lozim boʻlgan hollar mustasno. Bunday hollarda oʻrov ishlab chiqarilgan mamlakat tovar ishlab chiqarilgan mamlakatdan alohida aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
363-modda. Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligi tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat bilan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat tovarning muayyan mamlakatda ishlab chiqarilganligini tasdiqlaydigan, eksport yoki reeksport qiluvchi mamlakatda belgilangan tartib va shaklga muvofiq vakolatli organ tomonidan berilgan, shu jumladan elektron shaklda berilgan hujjatdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxona hududidan olib chiqishda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat, agar mazkur sertifikat kontrakt (shartnoma, bitim) shartlariga, tovar olib kiriladigan mamlakatning milliy qoidalariga koʻra zarur boʻlsa yoki koʻrsatilgan sertifikatning mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa, shuningdek eksport qiluvchining talabiga koʻra zarur boʻlsa, qonun hujjatlariga muvofiq sertifikat berishga vakolatli boʻlgan organ tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
364-modda. Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat bojxona rasmiylashtiruvi uchun zarur boʻlgan bojxona deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar bilan bir vaqtda taqdim etiladi. Sertifikat yoʻqolgan taqdirda uni bergan organ tomonidan rasmiy ravishda tasdiqlangan dublikati qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarni bojxona hududiga olib kirishda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat quyidagi hollarda majburiy tartibda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi tarif preferensiyalari beradigan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
muayyan mamlakatdan olib kirilishi miqdoriy cheklovlar (kvotalar) yoki tashqi iqtisodiy faoliyatni tartibga solishning boshqa choralari orqali boshqarib turiladigan tovarlarga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarda tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mavjud boʻlmaganda yoxud tovarlarning kelib chiqishi toʻgʻrisida notoʻgʻri maʼlumotlar deklaratsiya qilinayotganligiga bojxona organida asoslar mavjud boʻlganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
agar bu talab Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida va xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan boʻlsa.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki undagi maʼlumotlarning, shu jumladan tovar ishlab chiqarilgan mamlakat haqidagi maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha tugʻilsa, bojxona organi qoʻshimcha yoki aniqlik kiritadigan maʼlumot berishni soʻrab ushbu sertifikatni bergan organlarga yoki sertifikatda tovar ishlab chiqarilgan mamlakat sifatida koʻrsatilgan mamlakatning vakolatli tashkilotlariga murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida belgilangan hollarda, lozim darajada rasmiylashtirilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat yoki soʻralgan maʼlumotlar taqdim etilmaguniga qadar tovar muayyan mamlakatda ishlab chiqarilgan deb hisoblanmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarida tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat blanklari namunalari, tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni tasdiqlash va berishga vakolatli boʻlgan organlar muhrlarining izlari va shaxslarning imzolari mavjudligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan erkin savdo zonasini tashkil etuvchi yoki Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan erkin savdo rejimi oʻrnatilgan davlatlarda ishlab chiqarilgan tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatni bojxona organlari tomonidan qabul qilish shartidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
365-modda. Tovarni bojxona hududiga olib kirishni uning kelib chiqishi asosida rad etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va xalqaro shartnomalariga muvofiq tovarlari bojxona hududiga olib kirilishi mumkin boʻlmagan mamlakatda ishlab chiqarilganligiga asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona organi tovarni bojxona hududiga olib kirishni rad etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
366-modda. Tovarni kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmagan taqdirda chiqarib yuborish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikatning taqdim etilmaganligi tovarni chiqarib yuborishni rad etish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarning kelib chiqishi toʻgʻrisidagi sertifikat mavjud boʻlmaganda yoki ushbu sertifikatning va (yoki) unda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda tovarga nisbatan bojxona bojining ikki baravar oshirilgan stavkasi qoʻllaniladi, bundan ushbu Kodeksning 365-moddasida nazarda tutilgan hol mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar bojxona toʻlovlari toʻlanishini nazarda tutuvchi bojxona rejimiga joylashtirilgan sanadan eʼtiboran bir yildan kechiktirmay bojxona organiga lozim darajada rasmiylashtirilgan kelib chiqish toʻgʻrisidagi sertifikat taqdim etilgan taqdirda tovarlarga eng koʻp qulaylik berish rejimi yoki erkin savdo rejimi qoʻllanilishi yoki qayta tiklanishi mumkin. Bunday holda bojxona toʻlovlarining toʻlangan summalarini qaytarish ushbu Kodeksning 49-bobiga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
51-bob. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
367-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining asosiy qoidalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tovarlarning tizimlashtirilgan roʻyxati boʻlib, undan tashqi iqtisodiy faoliyatni davlat tomonidan tartibga solish maqsadida foydalaniladi va u tovarning raqamli kodli belgilanishini, uning nomini, oʻlchov birliklarini hamda izohlarni oʻz ichiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga asoslanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi belgilangan tartibda joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi tashqi savdoni hamda tashqi iqtisodiy faoliyatning boshqa turlarini tarif va notarif tartibga solish choralarini amalga oshirish, Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish uchun qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
368-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining andaza nusxasini hamda unga doir sharhlarni ishlab chiqish va saqlab turish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasiga doir sharhlarning va uni talqin etish boʻyicha tasnifiy yechimlarning nashr etilishini taʼminlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining xalqaro asosiga doir oʻzgartish va qoʻshimchalarni, mazkur asosni talqin etishga doir xalqaro tushuntirishlarni hamda qarorlarni kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga oʻzgartish va qoʻshimchalarni ishlab chiqish, kiritish, shu jumladan bu oʻzgartish va qoʻshimchalarni mazkur nomenklaturaning xalqaro asosiga muvofiq ishlab chiqish, kiritish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5) tovarlarning kodlarini kichik subpozitsiyalar darajasida aniqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6) ayrim tovarlarni tasniflash boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan qarorlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va eʼlon qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi bilan birgalikda amalga oshiriladi.
(368-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
369-modda. Tovarlarni tasniflash
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tasniflash:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasini talqin etishning asosiy qoidalariga;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tasniflashning har qanday darajasidagi kichik subpozitsiyalarga doir izohlarga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tasniflashda Umumjahon bojxona tashkilotining Tovarlarni tavsiflash va kodlashtirishning uygʻunlashtirilgan tizimiga, Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga doir tushuntirishlar tovar kodini uning xususiyatlari boʻyicha aniqlashtirish imkonini beradigan qoʻshimcha material sifatida qoʻllaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyati tovar nomenklaturasining bir xil talqin etilishini taʼminlash maqsadida bojxona organi ayrim turdagi tovarlarni tasniflash boʻyicha qarorni chop etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona rasmiylashtiruvida tovarlar notoʻgʻri tasniflanganligi aniqlangan taqdirda bojxona organi tovarlarni tasniflashni mustaqil amalga oshiradi va ularning tasnifi boʻyicha qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarining tovarlarni bojxona maqsadlarida tasniflash boʻyicha qarorlari majburiydir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarining qarorlari, ular mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan belgilangan tartibda shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
52-bob. Dastlabki qarorlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
370-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari tovarlarning tasniflanishiga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasiga muvofiq tovar bojxona organiga taqdim etilgunga qadar dastlabki qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
371-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisida soʻrov
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi soʻrovda (bundan buyon matnda soʻrov deb yuritiladi) tovarlarning toʻliq tijorat nomi, firma nomi, asosiy texnik, tijorat tavsiflari va tovarni bir maʼnoda tasniflash imkonini beruvchi boshqa maʼlumotlar koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Zarur hollarda, mahsulotning fotosuratlari, rasmlari, chizmalari, pasportlari hamda ushbu dastlabki qarorni qabul qilish uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar va hujjatlar taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik shaxsdan kelib tushadigan soʻrov tashkilot rahbari tomonidan familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan holda imzolangan hamda tashkilot joylashgan yer toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Jismoniy shaxsdan kelib tushadigan soʻrov ushbu shaxs tomonidan imzolangan va uning yashash manzili haqidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan boʻlishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrov bojxona organiga kelib tushgan kundan eʼtiboran yigirma kun ichida koʻrib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizachi tomonidan maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish uchun toʻliq boʻlmagan hajmda taqdim etilgan taqdirda, bojxona organi dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida bojxona organiga ariza berilgan kundan eʼtiboran yigirma kalendar kun ichida qoʻshimcha maʼlumotlarni, hujjatlarni va materiallarni berish zarurligi toʻgʻrisida arizachini xabardor qiladi. Bunda aynan qanday qoʻshimcha maʼlumotlar, hujjatlar va materiallarni taqdim etish zarurligi koʻrsatilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qoʻshimcha maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar arizachi xabardor qilingan kundan eʼtiboran oltmish kalendar kun ichida taqdim etilishi lozim. Agar maʼlumotlar, hujjatlar va materiallar belgilangan muddatda taqdim etilmagan boʻlsa, tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilish toʻgʻrisidagi ariza koʻrib chiqmasdan qoldiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi boʻyicha tovarning kodini aniqlash borasida nizoli vaziyatlar yuzaga kelgan hollarda va ularni hal etish qiyin boʻlganda, bojxona organi tovarlarning namunalarini yoki nusxalarini hamda tegishli hujjatlarni Umumjahon bojxona tashkilotiga tegishli tekshirishlar yoki sinovlar oʻtkazish uchun yuborishi mumkin. Bunda tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror bojxona organi tomonidan oʻz soʻroviga javob olinganidan keyin qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi tegishli qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida arizachini tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida xabardor qilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Soʻrovning rad etilishi uni rad etish uchun asos boʻlib xizmat qilgan sabablar bartaraf etilgan taqdirda arizachining dastlabki qarorni qabul qilish toʻgʻrisida qayta murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
372-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning amal qilish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror, agar u oʻzgartirilgan, qaytarib olingan yoki bekor qilingan boʻlmasa, qabul qilingan kunidan eʼtiboran bir yil ichida amal qiladi. Ushbu muddat tugagach, dastlabki qaror oʻz kuchini yoʻqotadi, bu manfaatdor shaxsning yangi dastlabki qaror berish toʻgʻrisidagi soʻrov bilan murojaat etishiga toʻsqinlik qilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
373-modda. Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyatining tovar nomenklaturasi oʻzgartirilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
dastlabki qarorni qabul qilishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va xatolar aniqlanganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning oʻzgarishi shu qarorda koʻrsatilgan muddatda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning shartlariga amal qilinmagan taqdirda u qaytarib olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni qaytarib olish toʻgʻrisidagi qaror tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorning oʻzgarishi eʼlon qilinganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmay qabul qilinishi kerak va bir vaqtda kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qaror arizachi tomonidan taqdim etilgan toʻliq boʻlmagan yoki notoʻgʻri maʼlumotlar asosida qabul qilingan boʻlsa, bunday qaror bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror dastlabki qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorni oʻzgartirish, qaytarib olish yoki bekor qilish toʻgʻrisidagi qaror dastlabki qaror berilgan shaxsga qaror qabul qilingan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay yozma shaklda yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
374-modda. Dastlabki qarorlarning oshkoraligi. Tovarlarni tasniflash boʻyicha berilgan dastlabki qarorlarning reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni tasniflash boʻyicha dastlabki qarorlar ochiq axborot boʻlib, barcha yuridik va jismoniy shaxslarga ularning yozma soʻrovlariga koʻra hech bir cheklovlarsiz taqdim etilishi kerak, bundan tijorat siri yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir boʻlgan axborot mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat sirlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Tovarlarni tasniflash boʻyicha berilgan dastlabki qarorlarning reyestrini yuritadi va uning davriy ravishda eʼlon qilinishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
IX boʻlim. Bojxona statistikasi. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
53-bob. Bojxona organlari tomonidan bojxona statistikasini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
375-modda. Bojxona statistikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan uslubiyot va tartibga muvofiq bojxona statistikasini yuritadi va shakllantiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona statistikasi maʼlumotlaridan bojxona organlari tomonidan bojxona maqsadlari va bojxona organlarining zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarni bajarish uchun foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona statistikasini yuritish uchun shaxslar tomonidan ushbu Kodeksga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq bojxona organlariga taqdim etiladigan hujjatlar hamda maʼlumotlardan, shuningdek bojxona organlari ixtiyoridagi hujjatlar va maʼlumotlardan foydalaniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari davlat, tijorat, bank sirini yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni oʻz ichiga olgan bojxona statistikasi maʼlumotlarini oshkor etmasligi shart, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona statistikasi tashqi savdo bojxona statistikasi va maxsus bojxona statistikasiga boʻlinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
376-modda. Tashqi savdo bojxona statistikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo bojxona statistikasi Oʻzbekiston Respublikasining tashqi savdo tovar aylanmasi boʻyicha uning miqdori va qiymati ifodalangan, tizimlashtirilgan maʼlumotlar yigʻindisidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tashqi savdo bojxona statistikasining asosiy vazifalari davlat organlarini Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo tovar aylanmasining holati toʻgʻrisidagi axborot bilan taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga bojxona toʻlovlarining tushishini nazorat qilish, valyuta nazoratini va Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalar amalga oshirilishini taʼminlashdan iborat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
377-modda. Maxsus bojxona statistikasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus bojxona statistikasi bojxona organlari faoliyatining turli yoʻnalishlari boʻyicha tizimlashtirilgan, tashqi savdo bojxona statistikasini yuritish bilan bogʻliq boʻlmagan maʼlumotlar yigʻindisidan iboratdir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maxsus bojxona statistikasi bojxona organlarining faoliyatini oʻrganish, boshqaruvini tashkil etish va ushbu faoliyatni takomillashtirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash uchun yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
54-bob. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
378-modda. Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ishi, qoida tariqasida, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuridik yoki jismoniy shaxslar, shu jumladan chet ellik shaxslar bojxona ishida boshqa davlat organlarining axborot tizimlari bilan oʻzaro hamkorlik qiluvchi bojxona organlarining axborot tizimlaridan foydalanishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ishida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish axborot xavfsizligi talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
379-modda. Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ishida foydalaniladigan axborot resurslari bojxona organlarining axborot tizimlarida yaratiladigan, ishlov beriladigan va toʻplab boriladigan maʼlumotlar bazasini oʻz ichiga olgan hujjatlashtirilgan axborotning tashkil etilgan majmuidir.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarining ixtiyorida boʻlgan axborot resurslari ochiqdir va ulardan hamma erkin foydalanishi mumkin, bundan ulardagi axborotdan foydalanish qonun hujjatlariga muvofiq cheklangan hollar mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
55-bob. Axborot va maslahat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
380-modda. Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari toʻgʻrisida axborot berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari umumjahon Internet tarmogʻidagi oʻz rasmiy veb-saytlarida joylashtirilgan bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga doir axborotdan shaxslarning moneliksiz foydalanishini taʼminlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari haqida axborot berish boshqa usul orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
381-modda. Bojxona organlarining vakolatlariga kiruvchi masalalar boʻyicha maslahat berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari manfaatdor shaxslarga bojxona ishi masalalari va bojxona organlarining vakolatlariga kiradigan boshqa masalalar yuzasidan maslahat beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tomonidan maslahat berish bojxona organlari joylashgan yerda va ularning ish vaqtida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari tomonidan maslahat berish ogʻzaki, elektron yoxud yozma shaklda bepul amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahat berishda manfaatdor shaxslarga taqdim etilgan axborot tovarlar va transport vositalariga nisbatan bojxona operatsiyalari amalga oshirilayotganda bojxona organlari tomonidan qaror qabul qilish yoki harakatni bajarish uchun asos boʻlmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
56-bob. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
382-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish borasida bojxona organlari tomonidan koʻriladigan choralar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari oʻz vakolatlari doirasida intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish choralarini koʻradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-martdagi PQ-122-son “Davlat bojxona xizmati organlarining faoliyatini tashkil etish va bojxona maʼmuriyatchiligini yanada takomillashtirishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona hududiga olib kiriladigan va bojxona nazorati ostida turgan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning himoya qilinishini taʼminlash uchun bojxona organlari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3) diplomatik vakolatxonalar, konsullik muassasalari, xorijiy davlatlarning boshqa rasmiy vakolatxonalari, xalqaro tashkilotlar, ushbu vakolatxonalar, muassasalar va tashkilotlarning xodimlari tomonidan rasmiy va shaxsiy foydalanish uchun;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4) insonparvarlik yordami va texnik koʻmak sifatida bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan tovarlarga nisbatan intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
384-modda. Intellektual mulk obyektiga boʻlgan mutlaq huquqlar egasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektiga boʻlgan mutlaq huquqlarga ega shaxs yoki uning vakolatli vakili intellektual mulk obyektiga boʻlgan mutlaq huquq egasi (huquq egasi) boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining IV-boʻlimi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
385-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq egasi yoki uning vakolatli vakili toʻgʻrisidagi, uning nomini, rekvizitlarini, shuningdek, agar mavjud boʻlsa, elektron pochta manzilini koʻrsatgan holda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq egasi yoki uning vakolatli vakili himoya qilish toʻgʻrisida murojaat etayotgan intellektual mulk obyektining tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli organ tomonidan berilgan intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning amal qilish muddati haqidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektini ishlab chiqaruvchi, shuningdek huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar toʻgʻrisidagi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyekti Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga qaysi muddatga kiritilayotgan boʻlsa, oʻsha muddat haqidagi, lekin bu muddat intellektual mulk obyekti ushbu reyestrga kiritilgan kundan eʼtiboran uch yildan koʻp boʻlmasligi kerak;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya qilinishi uchun ariza berilayotgan intellektual mulk obyektlari mavjud boʻlgan tovarlarning tavsifi (fotosuratlar, rasmlar, chizmalar, mahsulotlarning pasportlari va boshqa maʼlumotlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi ariza vakil tomonidan berilsa, ushbu arizaga vakilning vakolatlarini tasdiqlovchi hujjat ham ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish toʻgʻrisidagi arizaga intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarning mavjudligi va mansubligini tasdiqlovchi mavjud hujjatlarning (patentning, guvohnomaning, litsenziya shartnomasining yoki boshqa hujjatlarning) huquq egasi tomonidan tasdiqlangan koʻchirma nusxalari ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilganidan keyin intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarning himoya qilinishini taʼminlash uchun intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarini himoya qilib bojxona organlariga bojxona nazorati ostida turgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish boʻyicha choralar koʻrilishi uchun murojaat qilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
386-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritish uchun arizani u kelib tushgan kundan eʼtiboran oʻn kundan koʻp boʻlmagan muddatda koʻrib chiqadi va mazkur reyestrga kiritish toʻgʻrisida yoki kiritishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini tekshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi vakolatli organlardan taqdim etilgan maʼlumotlarni tasdiqlovchi qoʻshimcha axborot va hujjatlarni soʻrab olishga haqli.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huquq egasiga yoki uning vakolatli vakiliga Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilganligi toʻgʻrisida yoki kiritish rad etilganligi haqida, rad etilishi sabablarini asoslantirgan holda xabar yuboradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
387-modda. Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar qoʻllanilishi toʻgʻrisida qaror qabul qilingan intellektual mulk obyektlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritadi va keyinchalik uni doimiy ravishda yangilab borgan holda oʻz rasmiy veb-saytida vaqti-vaqti bilan eʼlon qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlari quyidagi hollarda Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining reyestrdan chiqarilish toʻgʻrisidagi murojaatiga koʻra;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Kodeksning 385-moddasida koʻrsatilgan hujjatlardagi notoʻgʻri maʼlumotlar bojxona organi tomonidan aniqlanganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyektining huquqiy muhofazasi belgilangan tartibda tugatilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyekti Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestriga kiritilgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtgach;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligi Apellyatsiya kengashining qarori asosida.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini intellektual mulk obyektlari Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilganligi toʻgʻrisida uch ish kuni ichida yozma shaklda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestrini yuritish tartibi va shakli Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: OʻzbekistonRespublikasiPrezidentining 2022 yil 26 apreldagiPQ-221-son “Intellektualmulksohasiniyanadarivojlantirishgaoidqoʻshimchachora-tadbirlartoʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
388-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi ariza
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi ariza huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizada quyidagi maʼlumotlar boʻlishi kerak:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
himoya qilinishi uchun ariza berilayotgan, intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarning tavsifi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
huquq egasining fikricha, uning intellektual mulk obyektiga boʻlgan huquqlarini buzayotgan tovarlarning, bojxona organlari bunday tovarlarni aniqlay olishi uchun yetarlicha batafsil tavsifi, agar huquq egasi yoki uning vakolatli vakili shunday maʼlumotlarga ega boʻlsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
taxmin qilinayotgan huquqbuzarlikni aniqlash uchun koʻmaklashadigan har qanday boshqa axborot (ishlab chiqaruvchi, eksport qiluvchi, import qiluvchi yoki yukni qabul qiluvchi, tovar turishi mumkin boʻlgan joy va uning bojxona chegarasi orqali olib oʻtilish sanasi, tashilish xususiyatlari va oʻrovining koʻrinishi, tovar turgan joy yoki rejalashtirilayotgan yetkazilish joyi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizaga huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining tovarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish tufayli deklarantga yetkazilishi mumkin boʻlgan mulkiy zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi yozma shakldagi majburiyati ilova qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
389-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqadi va tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida yoki asoslantirilgan sabablarni koʻrsatgan holda uni rad etish haqida uch ish kuni ichida qaror qabul qiladi, bu haqda huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlarni himoya qilish boʻyicha choralar koʻrishni rad etish toʻgʻrisidagi qaror ushbu bobga muvofiq huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan notoʻgʻri maʼlumotlar taqdim qilingan, shuningdek ushbu Kodeksning 388-moddasida belgilangan talablarga rioya etilmagan taqdirda qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
390-modda. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligining belgilari boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligining belgilari boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish ushbu Kodeksning 385 va 388-moddalarida nazarda tutilgan shartlarga rioya etgan holda bojxona organlari tomonidan amalga oshiriladi. Intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar buzilganligining belgilari boʻlgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining sud organlariga murojaat qilishi va sudning ishni sudda koʻrish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi ajrimini bojxona organlariga taqdim etish maqsadida amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organi deklarantni va huquq egasini yoki uning vakolatli vakilini tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish sabablari va muddatlari toʻgʻrisida zudlik bilan xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish natijasida deklarantga yetkazilgan zarar uchun, agar sud intellektual mulk obyektlariga boʻlgan huquq buzilganligi toʻgʻrisida qaror chiqarmasa, belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
391-modda. Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarning namunalari va nusxalarini tanlab olish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq egasi, uning vakolatli vakili yoki deklarant intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan qaysi tovarlarga nisbatan chiqarib yuborilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan boʻlsa, oʻsha tovarlarning namunalari va nusxalarini bojxona nazorati ostida tanlab olishi, ularni tekshirishni amalga oshirishi, shuningdek koʻzdan kechirishi, fotosuratga olishi yoki shunday tovarlarni boshqacha tarzda qayd etishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
392-modda. Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish muddati
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining arizasiga koʻra, bojxona organlari intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turishni ularni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar huquq egasi yoki uning vakolatli vakili sudning ishni sudda koʻrish tayinlanganligi toʻgʻrisidagi ajrimini bojxona organlariga taqdim etgan boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan muddat huquq egasining yoki uning vakolatli vakilining soʻroviga koʻra uzaytirilishi, lekin koʻpi bilan oʻn ish kuniga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sudning tovarlarni olib qoʻyish, xatlash yoxud daʼvoni taʼminlashning boshqa choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi (qarori) ushbu moddaning ikkinchi qismida belgilangan muddatda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilgan taqdirda, tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish sudning ajrimiga (qaroriga) muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
393-modda. Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Intellektual mulk obyektlarini oʻz ichiga olgan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror quyidagi hollarda bekor qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
amal qilish muddati tugagach;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasiga huquq egasidan yoki uning vakolatli vakilidan tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarorni bekor qilish haqida ariza kelib tushganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
intellektual mulk obyekti ushbu Kodeks 387-moddasining uchinchi qismiga muvofiq Intellektual mulk obyektlarining bojxona reyestridan chiqarilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sudning tovarlarni olib qoʻyish, xatlash yoxud daʼvoni taʼminlashning boshqa choralarini qoʻllash toʻgʻrisidagi ajrimi (qarori) ushbu Kodeks 392-moddasining ikkinchi qismida belgilangan muddatda huquq egasi yoki uning vakolatli vakili tomonidan taqdim etilmaganda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni chiqarib yuborishni toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qaror bekor qilingan taqdirda tovarlarni chiqarib yuborish ushbu Kodeksga muvofiq tiklanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
X boʻlim. Chet ellik shaxslarning ayrim toifalari uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
57-bob. Chet davlatlarning vakolatxonalari va ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
394-modda. Chet davlatlarning diplomatik vakolatxonalari uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi diplomatik vakolatxonalari bojxona chegarasidan olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya etgan taqdirda vakolatxonalar va muassasalarning rasmiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan holda bojxona hududiga olib kirishlari va ushbu hududdan olib chiqishlari mumkin, bundan saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son “Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining hamda ular xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
395-modda. Chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agenti uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik vakolatxonaning diplomatik agentlari (diplomatik vakolatxonaning boshligʻi va aʼzolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan va Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi boʻlmagan oila aʼzolari oʻzlarining shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni dastlab taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasidan bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan va olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan holda, bojxona hududiga olib kirishlari va ushbu hududdan olib chiqishlari mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son “Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining hamda ular xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning shaxsiy bagaji unda shaxsiy foydalanish uchun moʻljallanmagan tovarlar yoki bojxona hududiga olib kirilishi yoxud bu hududdan olib chiqilishi Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida taqiqlangan yoxud karantin qoidalari va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona koʻrigidan ozod etilmaydi. Bojxona koʻrigi diplomatik agent yoki uning vakolatli vakili ishtirokida oʻtkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
396-modda. Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik xodimlari va ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari, agar ular Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmasa yoki Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamasa, roʻzgʻorni dastlab taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod qilingan holda bojxona hududiga olib kirishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
397-modda. Diplomatik agentlarga beriladigan bojxona imtiyozlarining chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga tatbiq etilishi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlat diplomatik vakolatxonasining maʼmuriy-texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlmagan va Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila aʼzolariga har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi oʻzaro hamjihatlik prinsipidan kelib chiqqan holda, ushbu Kodeksning 395-moddasiga muvofiq diplomatik agentlarga beriladigan bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
398-modda. Chet davlatlarning konsullik muassasalari va ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatning konsullik muassasalariga va konsullik muassasalarining mansabdor shaxslariga, shuningdek ularning oila aʼzolariga chet davlatning diplomatik vakolatxonalari hamda diplomatik vakolatxonalarining diplomatik agentlari uchun ushbu bobda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Chet davlat konsullik muassasasining boshqa xodimlariga (konsullik xizmatchilariga, xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga), shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan oila aʼzolariga nisbatan har bir chet davlat bilan tuzilgan maxsus kelishuv asosida va shu davlat bilan munosabatlardagi oʻzaro hamjihatlik prinsipidan kelib chiqqan holda chet davlat diplomatik vakolatxonasining tegishli xodimlariga (maʼmuriy-texnik xodimlari va xizmat koʻrsatuvchi xodimlariga) ushbu bobda beriladigan bojxona imtiyozlari tatbiq etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
399-modda. Chet davlatlarning diplomatik pochtasini va konsullik pochta qoplarini bojxona chegarasi orqali olib oʻtish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik pochtani va konsullik pochta qoplarini oʻz ichiga olgan joylar ushbu joylarning xususiyatini koʻrsatadigan koʻzga tashlanuvchi tashqi belgilarga ega boʻlishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son “Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining hamda ular xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan chet davlatlarning diplomatik pochta va konsullik pochta qoplari ochilishi ham, ushlab turilishi ham mumkin emas. Konsullik pochta qopida ushbu moddaning uchinchi qismida koʻrsatilmagan narsalar bor deb gumon qilish uchun jiddiy asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bojxona organi bojxona organining mansabdor shaxslari ishtirokida tegishli chet davlatning vakolatli shaxslari tomonidan konsullik pochta qopi ochilishini talab qilishga haqli. Pochta qopini ochishdan bosh tortilgan taqdirda konsullik pochta qopi joʻnatilgan joyiga qaytarib yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Diplomatik pochtada faqat diplomatik hujjatlar va rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlar, konsullik pochta qopida esa, faqat rasmiy xat-xabarlar va faqat rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan hujjatlar yoki tovarlar boʻlishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
58-bob. Chet ellik boshqa shaxslar uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
400-modda. Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatlarning diplomatik va konsullik kuryerlari oʻz shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni oʻzaro kelishuv asosida bojxona koʻrigidan oʻtkazishdan va bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda bojxona hududiga olib kirishi va ushbu hududdan olib chiqishi mumkin, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
401-modda. Chet davlatlarning vakillari va delegatsiyalari aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlatlararo muzokaralarda, xalqaro konferensiyalar va kengashlarda qatnashish uchun yoki boshqa rasmiy topshiriqlar bilan Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan chet davlat vakillariga, parlament va hukumat delegatsiyalari aʼzolariga, shuningdek oʻzaro kelishuv asosida chet davlat delegatsiyalarining aʼzolariga chet davlat diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari uchun ushbu boʻlimda nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi. Xuddi shunday imtiyozlar mazkur shaxslarga hamroh boʻlib kelgan oila aʼzolariga ham beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
402-modda. Bojxona hududi orqali tranzit tarzida oʻtadigan diplomatik agentlar, konsullik mansabdor shaxslari, chet davlatlarning vakillari va delegatsiya aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chet davlatning diplomatik agentlariga va konsullik mansabdor shaxslariga, ularning oila aʼzolariga, shuningdek ushbu Kodeksning 401-moddasida koʻrsatilgan shaxslarga bojxona hududidan tranzit tarzida oʻtayotganda chet davlatlar diplomatik vakolatxonalarining diplomatik agentlari uchun nazarda tutilgan bojxona imtiyozlari beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
403-modda. Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro hukumatlararo va hukumatga qarashli boʻlmagan tashkilotlar, ular huzuridagi chet davlatlar vakolatxonalari, shuningdek ushbu tashkilotlar hamda vakolatxonalarning xodimlari va ularning oila aʼzolari uchun bojxona imtiyozlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: 1963-yil 24-apreldagi “Konsullik munosabatlari toʻgʻrisida”gi Vena konvensiyasi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
59-bob. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari hamda ularning xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
404-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari bunday vakolatxonalar va muassasalar tomonidan rasmiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi va Oʻzbekiston Respublikasidan olib chiqadi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son “Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining hamda ular xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
405-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor shaxslari uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining diplomatik agentlari va konsullik muassasalarining konsullik mansabdor shaxslari (diplomatik vakolatxonaning boshligʻi va aʼzolari), shuningdek ular bilan birga yashaydigan oila aʼzolari oʻz shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni dastlabki taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona toʻlovlari toʻlanishidan ozod etilgan holda olib chiqadi va xizmat safari yakunlanganidan keyin shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son “Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining hamda ular xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan shaxslarning shaxsiy bagaji unda shaxsiy foydalanish uchun moʻljallanmagan tovarlar yoki olib kirilishi va olib chiqilishi qonun hujjatlarida taqiqlangan yoxud karantin qoidalari va boshqa maxsus qoidalar bilan tartibga solinadigan tovarlar bor deb taxmin qilish uchun yetarli asoslar mavjud boʻlgan taqdirda bojxona koʻrigidan oʻtkazilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
406-modda. Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining maʼmuriy-texnik xodimlari uchun bojxona imtiyozlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining chet davlatlardagi diplomatik vakolatxonasining va konsullik muassasasining maʼmuriy-texnik xodimlari hamda ularning oʻzlari bilan birga yashaydigan oila aʼzolari oʻz shaxsiy foydalanishi uchun moʻljallangan tovarlarni, shu jumladan roʻzgʻorni dastlabki taʼminlash uchun kerakli boʻlgan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib oʻtishning belgilangan tartibiga rioya qilgan, bojxona toʻlovlarini toʻlashdan ozod etilgan holda olib chiqadi va xizmat safari yakunlanganidan keyin shaxsiy foydalanish uchun moʻljallangan tovarlarni (avtotransport vositalari bundan mustasno) Oʻzbekiston Respublikasiga olib kiradi, bundan tovarlarni saqlaganlik, belgilangan joylardan tashqarida yoki bojxona organlarining belgilangan ish vaqtidan tashqari vaqtda bojxona rasmiylashtiruvini oʻtkazganlik uchun bojxona yigʻimlari mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 8-maydagi 207-son “Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro tashkilotlar vakolatxonalarining hamda ular xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasidagi faoliyati toʻgʻrisida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XI boʻlim. Nazorat ostida yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
407-modda. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar xalqaro noqonuniy muomalada boʻlishining oldini olish hamda bunday muomalada ishtirok etayotgan shaxslarni aniqlash maqsadida bojxona organlari har bir alohida holda chet davlatning bojxona organlari va boshqa vakolatli organlari bilan kelishuvlarga koʻra yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanadi, yaʼni noqonuniy muomalaga kiritilgan giyohvandlik vositalarining, psixotrop moddalarning va prekursorlarning oʻz nazorati ostida bojxona hududiga olib kirilishiga, bu hududdan olib chiqilishiga yoki tranzit tarzida olib oʻtilishiga yoʻl qoʻyadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat ostida yetkazib berish usuli jinoyat sodir etish quroli yoki vositasi boʻlgan boshqa ashyolarga yoxud jinoiy yoʻl bilan topilgan ashyolarga yoki ular bilan qonunga xilof xatti-harakatlar sodir etish kontrabanda hisoblanuvchi ashyolarga nisbatan ham qoʻllanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Nazorat ostida yetkazib berish usulidan foydalanish toʻgʻrisidagi qaror qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni nazorat ostida yetkazib berish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasida jinoyat ishi qoʻzgʻatilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qabul qilingan qaror toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurorini darhol xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
408-modda. Nazorat ostida yetkazib berish amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan giyohvandlik vositalarini, psixotrop moddalarni, prekursorlarni va boshqa ashyolarni olib qoʻyish yoki almashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan, erkin realizatsiya qilish taqiqlangan yoki muomalasiga qonun hujjatlariga muvofiq litsenziya yoki ruxsatnoma asosida yoʻl qoʻyiladigan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar, prekursorlar va boshqa ashyolar nazorat ostida yetkazib berilayotganda bu tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda toʻliq yoki qisman olib qoʻyilishi yoki almashtirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Odamlarning sogʻligʻi, atrof muhit uchun katta xavf tugʻdiradigan yoxud ommaviy qirgʻin quroli tayyorlash uchun asos boʻlib xizmat qiladigan ashyolar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda almashtirilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-noyabrdagi 912-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Davlat chegarasi orqali shaxslar, transport vositalari va tovarlarni oʻtkazish punktlarida chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya va veterinariya nazoratidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
409-modda. Nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qoʻllanilganda musodara qilingan pul mablagʻlari va boshqa mol-mulkni tasarruf etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oʻzbekiston Respublikasining va chet davlatlarning sudlari tomonidan ochish va chek qoʻyish paytida nazorat ostida tovar yetkazib berish usuli qoʻllanilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha musodara qilingan pul mablagʻlari, shuningdek bunda musodara qilingan mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablagʻlari bojxona organlari va boshqa vakolatli organlari mazkur usulni qoʻllashda ishtirok etgan davlatlar oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va chet davlatlarning vakolatli organlari oʻrtasidagi kelishuvga muvofiq taqsimlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
XII boʻlim. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
410-modda. Bojxona organlarining bayrogʻi va farqlash belgisi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona organlari va ular ixtiyoridagi daryo kemalari oʻz bayrogʻiga ega boʻladi. Bojxona organlarining avtotransport vositalari hamda havo kemalari farqlash belgisiga ega boʻladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayroq va farqlash belgisi toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-avgustdagi 630-son “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlarining bayrogʻi va farqlash belgisi namunalarini, shuningdek, ularni tayyorlash, ishlatish, saqlash va yoʻq qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
411-modda. Nizolarni hal etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bojxona ishi sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.