O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli va masofaviy bojxona nazorati tizimlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoniga muvofiq, fuqarolarni bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tkazish sharoitlarini jahon standartlariga muvofiqligini ta’minlash, bojxona rasmiyatchiligini soddalashtirish, nazoratning samarali usullarini qo‘llash, shuningdek, turizmni rivojlantirish uchun yanada qulay sharoitlarni yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli va masofaviy bojxona nazorati tizimlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Belgilansinki:
a) ikki yo‘lakli tizim:
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarining uchib kelish yo‘nalishida;
xalqaro temir yo‘l qatnovlari boshlanish yoki so‘nggi nuqtasida bojxona nazorati amalga oshiriladigan temir yo‘l vokzallarida;
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali avtotransport vositalari hamda fuqarolar harakatining intensivligi yuqori bo‘lgan (bir yil davomida o‘rtacha bir sutkada ikki ming nafar yoki undan ortiq fuqarolar harakatlanganda) va infratuzilmasi ikki yo‘lakli tizim joriy etish talablariga javob beradigan avtomobil o‘tkazish punktlarida joriy etiladi;
b) masofaviy bojxona nazorati tizimi O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarining uchib ketish yo‘nalishida tatbiq etiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi mutasaddi vazirlik va idoralar bilan birgalikda xalqaro aeroportlarda ikki yo‘lakli tizimni ishlashini ta’minlash uchun kerakli infrastruktura ishlari bir oy muddatda o‘tkazilsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketayotgan hamda O‘zbekiston Respublikasiga kirib kelayotgan shaxslarning safar maqsadi, mamlakati, yoshi va regioni bo‘yicha shakllanishini ta’minlaydigan davlat statistika hisoboti shaklini ishlab chiqilsin va amaliyotga kiritilsin.
5. Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 15-maydagi 97-sonli “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 19-20-son, 197-modda) 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
6. Vazirlik va idoralar o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 11-oktabr,
814-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 814-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli va masofaviy bojxona nazorati tizimlarini qo‘llash tartibi to‘g‘risida
nizom
(ilova nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida ikki yo‘lakli va masofaviy bojxona nazorati tizimlarini qo‘llash talablari va tartibini, shuningdek bojxona chegarasi orqali o‘tadigan jismoniy shaxsning bojxona operatsiyalarini amalga oshirish maqsadida notijorat maqsadlar uchun mo‘ljallangan tovarlarni deklaratsiyalash shakli sifatida “yashil” yoki “qizil” yo‘lakni tanlash qoidalarini belgilaydi.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Oldingi tahrirga qarang.
masofaviy bojxona nazorati — xalqaro aeroportlar orqali uchib ketayotgan yo‘lovchilarni maxsus ajratilgan joylarda xavfni boshqarish tizimidan foydalangan holda tanlab olish tamoyili asosida hamda masofaviy vizual kuzatuvni amalga oshirish orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tkazishni ta’minlaydigan tizim;
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
“yashil” yo‘lak — kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning ko‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 235-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 27.03.2018-y., 09/18/235/0452-son)
“qizil” yo‘lak — kirib kelish va chiqib ketish joylarida maxsus belgilangan, jismoniy shaxslarning yozma shaklda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajdagi tovarlarni, shuningdek deklaratsiyalanishi jismoniy shaxsning ixtiyoriga ko‘ra amalga oshiriladigan tovarlarni bojxona chegarasidan olib o‘tishi uchun mo‘ljallangan joy.
bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joyi — chegara yonidagi bojxona komplekslari va postlari, xalqaro havo yo‘llari (parvozlar) uchun ochiq aeroportlar, O‘zbekiston Respublikasining chegara va bojxona nazorati amalga oshiriladigan, shuningdek fuqarolar, transport vositalari va tovarlar o‘tkaziladigan Davlat (bojxona) chegarasi orqali o‘tkazish punktlarida joylashgan temir yo‘l stansiyalari (vokzallar).
2-bob. Bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yo‘lak tizimiga nisbatan qo‘llaniladigan talablar
3. Bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida ikki yo‘lak tizimini qo‘llash uchun kamida bitta “yashil” va “qizil” yo‘lak ajratiladi. Yo‘laklar umumiy soni bojxona organi tomonidan yo‘lovchilar oqimi va mavjud imkoniyatlardan kelib chiqqan holda belgilanadi.
4. Har bir yo‘lak tomonga harakatlanish va har bir yo‘lakka kirish yo‘nalishi aniq belgilanishi hamda farqlanishi zarur.
“Yashil” yo‘lakka kirish oq fonda yashil rangli sakkiz burchak shaklidagi, shuningdek yashil rangda davlat tili. rus va ingliz tilida “Yashil yo'lak”, “Zelyoniy koridor” va “Green channel”, “Yozma deklaratsiyalanmaydigan tovarlar”, “Tovari, ne podlejashiye pismennomu deklarirovaniyu” va “Nothing to declare” yozuvlari bo‘lgan maxsus grafik belgi bilan belgilanadi.
“Qizil” yo‘lakka kirish oq fonda qizil rangli to‘rtburchak shaklidagi, shuningdek davlat tili, rus va ingliz tilida “Qizil yo'lak”, “Krasniy koridor” va “Red channel”, “Yozma deklaratsiyalanadigan tovarlar”, “Tovari podlejashiye pismennomu deklarirovaniyu” va “Goods to declare” yozuvlari bo‘lgan maxsus grafik belgi bilan belgilanadi.
Yozuvlar uchun davlat tili, rus va ingliz tilidan tashqari faoliyat ko‘rsatadigan hududida bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joyi joylashgan bojxona organlari qo‘llanilishini maqsadga muvofiq deb biladigan boshqa har qanday tildan foydalanishga yo‘l qo‘yiladi.
5. “Yashil” va “qizil” yo‘laklarga kirish va ulardan chiqish joylari eni 50 santimetr bo‘lgan tegishli rangdagi liniyalar bilan belgilanadi.
Kirish va chiqish joylarini anglatadigan liniyalar o‘rtasidagi masofa kamida 2 metr bo‘lishi zarur.
Oldingi tahrirga qarang.
6. “Yashil” va “qizil” yo‘laklar:
a) avtomobil yo‘llari (piyodalar) va temir yo‘l vokzallarida joylashgan o‘tkazish punktlarida:
bojxona hududiga kirib kelish joylarida — chegara nazoratidan o‘tgandan so‘ng;
bojxona hududidan chiqish joylarida — chegara nazoratidan o‘tishdan oldin;
b) xalqaro havo yo‘llari (parvozlar) uchun ochiq aeroportlarda kirib kelishda jismoniy shaxs yo‘lakni tanlashda kuzatib boriladigan bagajga ega bo‘lishi uchun bagaj beriladigan joydan so‘ng joylashtirilishi zarur.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Xalqaro havo yo‘llari (parvozlar) uchun ochiq aeroportlarning bojxona hududidan chiqib ketishda maxsus ajratilgan joylarda vizual kuzatuvni amalga oshirish orqali bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini o‘tkazish imkonini beruvchi masofaviy bojxona nazorati tizimidan foydalanishga ruxsat etiladi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
8. “Yashil” va “qizil” yo‘laklar boshqa yo‘lak orqali o‘tadigan shaxslarni kuzatishni istisno etadigan uslubda ajratilishi lozim.
9. Bojxona organi bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joylarida bevosita ikki yo‘lak tizimi oldida jismoniy shaxslarga bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan tovarlarni deklaratsiyalash uchun tegishli yo‘lakni ongli ravishda tanlash imkonini beradigan axborot hududini tashkil etishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
10. Axborot hududida jismoniy shaxslarning bojxona chegarasi orqali shaxsiy foydalanishi uchun mo‘ljallangan tovarlarni olib o‘tish masalasi bo‘yicha bojxona qonunchiligi va bajarilishini nazorat qilish bojxona organlariga yuklangan boshqa qonunchilikning asosiy qoidalari, ikki yo‘lak tizimini qo‘llash tartibi haqida qisqacha ma’lumotnomalar, shuningdek bojxona qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirish joylashtirilishi kerak.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
11. Axborot hududi davlat tili, rus va ingliz tilidagi, shuningdek faoliyat ko‘rsatadigan hududida bojxona hududiga kirib kelish yoki ushbu hududdan chiqib ketish joyi joylashgan bojxona organlari qo‘llanilishini maqsadga muvofiq deb biladigan boshqa har qanday tildagi axborot materiallarini o‘z ichiga olgan stendlar, shchitlar, tablo va boshqa qurilmalar bilan jihozlanishi darkor.
Axborot hududida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyalari blanklarini to‘ldirish joylari, toza blankalar va davlat tili, rus hamda ingliz tilida to‘ldirish namunalari bo‘lishi lozim.
3-bob. Jismoniy shaxslarning “yashil” yo‘lak orqali o‘tish tartibi
12. “Yashil” yo‘lakda tovarlar quyidagi tovarlardan tashqari og‘zaki deklaratsiyalashtiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
olib kirish yoki olib chiqish qonunchilikka muvofiq taqiqlangan yoki cheklangan tovarlar;
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qiymati va (yoki) miqdori respublikaga jismoniy shaxs tomonidan bojxona to‘lovlari solinmaydigan tovarlarni olib kirishning cheklangan normalaridan va respublikadan jismoniy shaxs tomonidan qonunchilikda belgilangan bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan tovarlarni olib chiqishning cheklangan normalaridan oshib ketgan tovarlar;
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
yozma deklaratsiyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va xorijiy valyutadagi olib kirish va olib chiqishga ruxsat etilgan mablag‘lar cheklangan normalari.
13. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar qo‘l yuki va kuzatib boriladigan bagajda olib o‘tadigan tovarlar unga hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan deklaratsiyalashtiriladi.
14. Jismoniy shaxsning “yashil” yo‘lakdan o‘tishi bojxona maqsadlari uchun bojxona organiga mazkur shaxsning yozma deklaratsiyalashtiriladigan tovarlari yo‘qligi haqida ma’lum qilish sifatida ko‘rib chiqiladi.
Bunda jismoniy shaxslar bojxona qonunchiligi talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Jismoniy shaxs “yashil” yo‘lak bo‘yicha bojxona chegarasi orqali olib kirish/olib chiqish taqiqlangan yoki cheklangan yoxud qiymati va (yoki) miqdori bojsiz olib kirish normasidan, shuningdek yozma deklaratsiyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va xorijiy valyutadagi olib kirish va olib chiqishga ruxsat etilgan mablag‘larning cheklangan normasidan ortadigan tovarlarni olib o‘tayotgani gumon qilinganda yoxud bu haqida axborot mavjud bo‘lsa, bojxona organining mansabdor shaxsi bunday shaxsga nisbatan bojxona qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlaydigan bojxona nazorati shaklini qo‘llash huquqiga ega.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. “Yashil” yo‘lak orqali o‘tadigan yoki jo‘nab ketadigan shaxsda olib kirish yoki olib chiqish taqiqlangan yoki cheklangan, qiymati va (yoki) miqdori bojsiz olib kirish normasidan, shuningdek yozma deklaratsiyalashtiriladigan O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy valyutasi va xorijiy valyutadagi olib kirish va olib chiqishga ruxsat etilgan mablag‘larning cheklangan normasidan ortadigan tovarlar borligi aniqlangan holatlarda, bunday shaxs O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-sentabrdagi 487-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son)
4-bob. Jismoniy shaxslarning “qizil” yo‘lak orqali o‘tish tartibi
17. “Qizil” yo‘lak orqali o‘tadigan jismoniy shaxslar belgilangan tartibda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldiradi.
18. O‘n olti yoshga to‘lmagan shaxslar qo‘l yuki va kuzatib boriladigan bagajda olib o‘tadigan tovarlar unga hamrohlik qiluvchi shaxs tomonidan deklaratsiyalashtiriladi.
19. Bojxona organlari “qizil” yo‘lakda bojxona nazorati shakllarini qo‘llashda tanlash prinsipiga asoslanadi va bojxona qonunchiligiga rioya etilishini ta’minlaydigan bojxona nazorati shakllari bilan cheklanadi. Bojxona nazorati shaklini tanlash bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
20. “Qizil” yo‘lak orqali o‘tadigan jismoniy shaxsda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida qayd etilmagan, yozma ravishda deklaratsiyalashtirishi shart bo‘lgan tovarlar borligi aniqlangan holatlarda, bunday shaxs O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka tortiladi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
21. Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona to‘lovlari solinmaydigan tovarlarni respublikaga olib kirishning cheklangan normalaridan yoki bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan tovarlarni respublikadan olib chiqib ketishning cheklangan normalaridan oshadigan tovarlarni bojxona chegarasi orqali olib o‘tishda qonunchilikda belgilangan bojxona rasmiylashtiruvining umumiy qoidalari qo‘llaniladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5-bob. O‘zbekiston Respublikasi xalqaro aeroportlarining uchib ketish joyidagi masofaviy bojxona nazorati tizimiga qo‘yiladigan talablar
22. Xalqaro aeroportlarining uchib ketish yo‘nalishida jismoniy shaxslarning bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish va ularga bojxona qonunchiligi bo‘yicha tushuntirishlar berish uchun yo‘lovchilar harakatiga ta’sir qilmaydigan alohida bojxona rasmiylashtiruvi joyi tashkil etiladi.
Bojxona rasmiylashtiruvi joyi davlat tilida, rus va ingliz tillarida “Bojxona”, “Tamojnya” va “Customs” yozuvlari bo‘lgan maxsus grafik belgi bilan belgilanadi.
23. Bojxona rasmiylashtiruvi joyi xalqaro aeroportlarning uchib ketish yo‘nalishida yo‘lovchilarni ro‘yxatdan o‘tkazish va bagajni topshirish hamda chegara nazoratidan o‘tish joylari oralig‘idagi hududida joylashtiriladi.
24. Bojxona nazorati zonasiga kirish va undan chiqish joylari eni 50 santimetr bo‘lgan liniyalar bilan belgilanadi.
25. Bojxona nazorati zonasiga kirish joylariga davlat tilida, rus va ingliz tillarida “Bojxona nazorati zonasi”, “Zona tamojennogo kontrolya” va “Customs control zone” yozuvlari bo‘lgan maxsus belgilar o‘rnatiladi.
26. Bojxona nazorati zonasiga kirib kelish joylarida bojxona qonunchiligi to‘g‘risida bevosita jismoniy shaxslar uchun bojxona chegarasi orqali harakatlanganda deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar to‘g‘risida zamonaviy axborot hududlari tashkil etiladi.
27. Axborot hududida masofaviy bojxona nazorati tizimiga oid bojxona qonunchiligi va bajarilishini nazorat qilish bojxona organlariga yuklangan boshqa qonunchilikning asosiy qoidalari, shuningdek, bojxona qonunchiligini buzganlik uchun javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirish joylashtirilishi kerak.
28. Axborot hududi davlat tili, rus va ingliz tillaridagi, shuningdek, faoliyat ko‘rsatadigan hududida bojxona hududidan chiqib ketish joyi joylashgan bojxona organlari qo‘llanilishini maqsadga muvofiq deb biladigan boshqa har qanday tildagi axborot materiallarini o‘z ichiga olgan stendlar, shchitlar, tablo va boshqa qurilmalar bilan jihozlanishi darkor.
Axborot hududida yo‘lovchi bojxona deklaratsiyalari blanklarini to‘ldirish joylari, toza blankalar va davlat tili, rus hamda ingliz tillarida.
6-bob. Jismoniy shaxslarning masofaviy bojxona nazoratidan o‘tishi tartibi
29. Jismoniy shaxslar va ularning qo‘l yuklari O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatining aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalari (keyingi o‘rinlarda — aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalari) xodimlari tomonidan tekshirish orqali nazorat qilinadi.
Tekshirish davomida qonunchilik hujjatlariga muvofiq olib chiqilishi taqiqlangan, cheklangan yoki olib chiqishning cheklangan normalaridan oshib ketadigan tovarlar hamda O‘zbekiston Respublikasining naqd milliy va xorijiy valyuta boyliklari aniqlanganda, tovarlar qonunchilik talablari asosida olib o‘tilayotganligiga aniqlik kiritish maqsadida aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalari tomonidan tekshirish jarayoniga bojxona organlari xodimlari taklif etiladi.
Aniqlik kiritish maqsadida o‘tkazilgan bojxona nazoratida noqonuniy tarzda olib chiqib ketilayotgan tovarlarga nisbatan bojxona organlari tomonidan dastlabki protsessual hujjatlar rasmiylashtiriladi.
30. Jismoniy shaxslarning bagajlarini nazorat qilish texnologik sxemalarga muvofiq bojxona organlari va aviatsiya xavfsizligi bo‘linmalari tomonidan alohida yoki hamkorlikda amalga oshiriladi.
31. Masofaviy bojxona nazorati tizimi joriy etilgan xalqaro aeroportlarda jismoniy shaxslar va ularning qo‘l yuklari bojxona organlari tomonidan bojxona nazoratidan o‘tkazilmaydi.
Jismoniy shaxslar, ularning qo‘l yuklari va bagajlari quyidagi hollarda bojxona nazoratidan o‘tkaziladi:
bojxona nazoratini o‘tkazish “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi tomonidan buyurilganda;
bojxona organlarida davlat organlari, shuningdek, xorijiy davlatlar bojxona, boshqa davlat organlari va xalqaro tashkilotlardan olingan ma’lumotlar mavjud bo‘lganida;
bojxona organlariga fuqarolarning bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari buzilishiga oid tezkor xabarlari kelib tushganda;
bojxona nazoratining tegishli shakllarini qo‘llash natijasida jismoniy shaxsning o‘zini tutish harakatlarida qonunchilik hujjatlari talablari buzilishining yetarlicha alomatlari aniqlanganda.
32. Masofaviy bojxona nazoratidan o‘tishda quyidagi holatlarda tovarlar og‘zaki deklaratsiyalanadi:
qonunchilik hujjatlariga muvofiq olib chiqilishi taqiqlanmagan va (yoki) cheklovlar belgilanmagan tovarlar olib o‘tilganda;
qiymati va (yoki) miqdori respublikadan jismoniy shaxs tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan bojxona deklaratsiyasini taqdim etmasdan olib chiqish normalari doirasidagi tovarlar olib o‘tilganda;
yozma deklaratsiyalanmasdan olib chiqishga ruxsat etilgan naqd valyuta mablag‘lari cheklangan normalardan oshmaganda.
33. Jismoniy shaxslarning belgilangan bojxona nazorati zonasi orqali yozma deklaratsiyasiz o‘tishi, bojxona maqsadlari uchun bojxona organiga mazkur shaxsning yozma deklaratsiyalanadigan tovarlari yo‘qligi haqida ma’lum qilish sifatida ko‘rib chiqiladi.
Bunda jismoniy shaxslar bojxona qonunchiligi talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilmaydi.
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi bojxona organlari tomonidan belgilanadi.
34. Jismoniy shaxslar yonida, qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarida yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ushbu tovarlar haqida yozma deklaratsiyalash orqali bojxona organi xodimiga bojxona deklaratsiyasini taqdim etishi shart.
7-bob. Ikki yo‘lakli tizim joriy etilmagan chegara bojxona postlarida jismoniy shaxslarning bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tishi tartibi
35. Ikki yo‘lakli tizim joriy etilmagan chegara bojxona postlarida jismoniy shaxslar o‘tishi uchun bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi joylari tashkil etiladi.
Mazkur joylar kirish va chiqish qismlari eni 50 santimetr bo‘lgan liniyalar bilan belgilanadi.
Shuningdek, bojxona nazorati zonasiga ushbu joylarga kirishda davlat tilida, rus va ingliz tillarida “Bojxona”, “Tamojnya” va “Sustoms” yozuvlari bo‘lgan maxsus belgilar o‘rnatiladi.
36. Jismoniy shaxslar yonida, qo‘l yuki va kuzatib borilayotgan bagajlarida yozma deklaratsiyalanishi lozim bo‘lgan tovarlar mavjud bo‘lgan taqdirda, bojxona deklaratsiyasi bojxona organi xodimiga taqdim etish yo‘li bilan deklaratsiyalashi shart.
37. Jismoniy shaxslar belgilangan bojxona nazorati va rasmiylashtiruvi joyi orqali yozma deklaratsiyasiz o‘tishi, bojxona maqsadlari uchun bojxona organiga mazkur shaxsning yozma deklaratsiyalanadigan tovarlari yo‘qligi haqida ma’lum qilish sifatida ko‘rib chiqiladi.
Bunda jismoniy shaxslar bojxona qonunchiligi talablariga rioya etish majburiyatidan ozod etilmaydi.
Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirish tartibi bojxona organlari tomonidan belgilanadi.
8-bob. Yakunlovchi qoida
38. Ushbu Nizomda belgilangan talablarning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(5 — 8-boblar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 11-avgustdagi 363-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-oktabrdagi 814-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini hisobga olishni takomillashtirish to‘g‘risida”gi 2007-yil 15-maydagi 97-son qaroriga
kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. 2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketgan va O‘zbekiston Respublikasiga kelgan shaxslar to‘g‘risida ularning borish maqsadlari, mamlakatlar, yoshi va mintaqalar bo‘yicha har choraklik statistika hisoboti yuritilishini ta’minlasin
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazining ma’lumotlari ketgan va kelgan shaxslar to‘g‘risidagi axborot manbai hisoblanadi”.
2. 3-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
3. Mehnat faoliyatini va tadbirkorlikni amalga oshirish uchun chet ellarga ketayotgan shaxslar sonini hisoblab chiqarish bo‘yicha integratsiyalashgan axborotlarni tayyorlash va taqdim etish moduli sxemasida:
a) “Axborot taqdim etuvchi vazirlik, idora” ustunida 1 va 5-satrlardagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
b) “Qayerga taqdim etiladi” ustunining 2 va 4-satrlaridagi “Mehnat vazirligi” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.
v) “Axborot taqdim etuvchi vazirlik, idora” ustunida” 2-satrdagi “Mehnat vazirligining” so‘zlari “Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
g) 3-satr quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
|
“ |
3. |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi personallashtirish Davlat markazi |
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi personallashtirish Davlat markazi ma’lumoti |
Safar maqsadi, davlati, yoshi va hududi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasidan ketayotgan va O‘zbekiston Respublikasiga kelayotgan fuqarolarining soni |
Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 20-kunigacha |
Davlat statistika qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi |
”. |
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.10.2017-y., 09/17/814/0099-son, 27.03.2018-y., 09/18/235/0452-son; 15.04.2021-y., 09/21/216/0337-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 05.09.2022-y., 09/22/487/0794-son; 15.08.2023-y., 09/23/363/0601-son)