10.02.2020 yildagi 76-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmonini ijro etish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Soliq va bojxona imtiyozlari berilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-iyundagi PF-5755-son Farmoniga muvofiq ilgari berilgan imtiyozlarni bekor qilish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchisi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga tovarlarni olib kirishda, shuningdek, ishlar (xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha imtiyoz o‘rniga 120 kungacha bo‘lgan muddatga qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashni kechiktirish mexanizmlaridan foydalanilishi belgilaganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi va Davlat soliq qo‘mitasi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda 2020-yil 1-oktabrga qadar tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish jarayonining avtomatlashtirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M.B. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 10-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
76-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 10-fevraldagi 76-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i (keyingi o‘rinlarda QQS deb ataladi) to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish (120 kun muddatgacha) tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomning amal qilishi davlat soliq xizmati organlarida QQS to‘lovchi sifatida ro‘yxatdan o‘tgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga (keyingi o‘rinlarda soliq to‘lovchilar deb ataladi) nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Soliq to‘lovchilar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya) hisobida turuvchi soliq to‘lovchilarning reyestri O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tovarlarni import qilishda, soliq to‘lovchilarga QQS to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati ushbu Nizom talablariga rioya qilingan taqdirda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan ishlar (xizmatlar)ni sotib olishda QQSni to‘lash bo‘yicha majburiyat yuzaga kelgan taqdirda, QQS to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati ushbu Nizom talablariga rioya qilingan xolda davlat soliq xizmati organlari tomonidan beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tovarlarni import qilishda QQS summasi bojxona to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan ishlar (xizmatlar)ni sotib olishda esa — soliq to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq aniqlanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tovarlarni import qilishda to‘lov muddatini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tovarlarni import qilishda soliq to‘lovchilarga QQS to‘lov muddatini uzaytirish imkoniyati davlat bojxona xizmati organining qarori bilan beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. QQSni to‘lash muddatining uzaytirilishi bojxona deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan kundan boshlab 120 kundan oshmasligi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun soliq to‘lovchi davlat bojxona xizmati organiga quyidagilarni taqdim etadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQS summasini to‘lash bo‘yicha yozma majburiyatni o‘z ichiga olgan ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq ariza;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 47-bobiga muvofiq QQS to‘lanishining ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjat, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha hududlararo davlat soliq inspeksiyasida hisobda turuvchi soliq to‘lovchilar, shuningdek, oxirgi o‘n ikki oy davomida qiymati 1 million AQSh dollaridan ortiq tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan, asosiy va yordamchi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallarni olib kirayotgan korxonalar bundan mustasno.
(10-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat bojxona xizmati organi tomonidan QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish yoki uni rad etish to‘g‘risidagi qaror ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan zarur hujjatlar taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni mobaynida qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat bojxona xizmati organining qarorida QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati berilayotgan muddat, uzaytirish imkoniyati berilishi rad etilgan taqdirda esa — bir ish kuni ichida rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda qabul qilingan qaror to‘g‘risida soliq to‘lovchini yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Quyidagilar QQS to‘lov muddatini uzaytirish imkoniyatini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 10-bandida belgilangan talablarga rioya qilmaslik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQSni to‘lash bo‘yicha oldin taqdim etilgan uzaytirilgan to‘lov muddatini buzish holatlari mavjudligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatining berilgan har bir kuni uchun to‘lanadigan QQS summasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan, qayta moliyalashtirish stavkasining bir kun uchun qayta hisoblangan foizining ellik foizi miqdorida foizlar undiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Oxirgi o‘n ikki oy davomida qiymati 1 million AQSh dollaridan ortiq tayyor to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan korxonalarga asosiy va yordamchi ishlab chiqarish uchun butlovchi buyumlar, xomashyo va materiallar olib kirishda bojxona to‘lovlarini to‘lash bo‘yicha foiz hisoblanmagan holda to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) imkoniyati beriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda 120 kun ichida to‘lov muddati uzaytirilgan QQS summasi to‘lanmagan taqdirda, ushbu bandga muvofiq foizlar hisoblanishi to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. QQSni to‘lash bo‘yicha taqdim etilgan uzaytirilgan to‘lov muddati davrida QQS to‘lovi soliq to‘lovchi tomonidan to‘lov muddatini uzaytirish imkoniyatining oxirgi kunidan kechiktirmay amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lov muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan soliq to‘lovchi tomonidan QQS summasi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, bojxona organlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda QQS to‘lovi bo‘yicha qarzdorlikning to‘liq miqdorini undirish choralarini ko‘radilar.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Berilgan to‘lov muddatini uzaytirish davrida QQS summasining (yoki uning bir qismining) to‘lanishi soliq to‘lovchiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga to‘lanadigan QQSni hisoblashda ushbu summani O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq hisobga olish huquqini beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lov muddati uzaytirilgan davrda summa quyidagilar mavjud bo‘lganda to‘langan hisoblanadi va bojxona organi tomonidan hisobdan chiqariladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar amalda eksport qilinganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan soliq to‘lovchida tovarlar eksporti munosabati bilan QQSning salbiy qoldig‘i mavjudligi to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lganda.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Soliq to‘lovchi tomonidan to‘lov muddati uzaytirilgan davrda QQS summasi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, davlat bojxona xizmati organlari to‘lov muddati uzaytirilgan QQS summasi bo‘yicha qarzlarni qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda undirish choralarini ko‘radilar.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan ishlar (xizmatlar)ni sotib olishda to‘lov muddatini uzaytirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Soliq to‘lovchi O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan ishlar (xizmatlar)ni sotib olishda QQSni to‘lash muddatini uzaytirish uchun davlat soliq xizmati organiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda ariza taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish to‘g‘risidagi arizaga QQS summasi to‘lanishi ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiyada hisobda turuvchi soliq to‘lovchilar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lanishi ta’minlanganini tasdiqlovchi hujjatlarga QQSni to‘lash bo‘yicha majburiyatlar summasidan kam bo‘lmagan garov bilan ta’minlangan mol-mulk va bank kafolati kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Davlat soliq xizmati organi ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan zarur hujjatlar taqdim qilingan kundan boshlab 5 ish kuni mobaynida to‘lov muddatini uzaytirish imkoniyatini berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Quyidagilar QQS to‘lov muddatini uzaytirish imkoniyatini berishni rad etish uchun asos hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 17-bandida belgilangan talablarga rioya qilmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
soliq va moliyaviy hisobotlarni taqdim qilish hamda soliqlar va yig‘imlarni to‘lash muddatlarining ariza berilgan sanadan oldingi 12 oy mobaynida buzilganligi.
(19-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 12-maydagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. To‘lov muddatini uzaytirish imkoniyati berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organi bir ish kuni mobaynida soliq to‘lovchini rad etish sabablarini ko‘rsatgan holda qabul qilingan qaror to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Norezidentlardan olingan ishlar (xizmatlar) bo‘yicha QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda, soliq to‘lovchi QQS summasini ushbu summa haqiqatda to‘langan hisobot davrigacha hisobga olishga haqli emas.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lov muddati uzaytirilgan summa soliq hisobotida alohida ko‘rsatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Norezidentlardan olingan ishlar (xizmatlar) bo‘yicha QQS ni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati 120 kun muddatgacha beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. QQSni to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan har bir kun uchun to‘lanadigan QQS summasidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan qayta moliyalashtirish stavkasining bir kun uchun qayta hisoblangan foizining ellik foizi miqdorida foizlar undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda 120 kun ichida to‘lov muddati uzaytirilgan QQS summasi to‘lanmagan taqdirda, ushbu bandga muvofiq foizlar hisoblanishi to‘xtatiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. QQSni to‘lash bo‘yicha taqdim etilgan uzaytirilgan to‘lov muddati davrida QQS to‘lovi soliq to‘lovchi tomonidan muddatni uzaytirish imkoniyati berilgan oxirgi kuni tugashidan kechiktirmay to‘lanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
To‘lov muddatini uzaytirish imkoniyati berilgan soliq to‘lovchi tomonidan QQS summasi o‘z vaqtida to‘lanmagan taqdirda, soliq xizmati organlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda QQS to‘lovi bo‘yicha qarzdorlikni to‘liq miqdorini undirish choralarini ko‘radilar.
(24-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Soliq to‘lovchilar ushbu Nizom talablariga rioya qilinishi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda ko‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1 -bosqich

Qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar

Tovarlarni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun davlat bojxona xizmati organlariga ariza (qog‘oz yoki elektron shaklda) hamda QQS to‘lanishi ta’minlanishini tasdiqlovchi hujjatni topshiradilar.

Norezidentlardan ish (xizmat)larni sotib olganda qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun davlat soliq xizmati organlariga ariza (qog‘oz yoki elektron shaklda) topshiradilar.

Zarur bo‘lganda

2-bosqich

Bojxona va soliq

xizmati organlari

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Nizom talablariga muvofiqligini ko‘rib chiqadilar.

Besh ish kuni

mobaynida

3-bosqich

Bojxona va (yoki) soliq xizmati organlari

1. Taqdim etilgan hujjatlar Nizom talablariga muvofiq bo‘lganda davlat bojxona (tovarlarni import qilishda) yoki soliq (norezidentlardan ishlar, xizmatlarni sotib olishda) xizmati organlari tomonidan qo‘shilgan qiymat so�ig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish imkoniyatini berish yoki uni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.

Besh ish kuni

mobaynida

2. To‘lov muddatini uzaytirish imkoniyatining berilishi rad etilgap taqdirda, ariza beruvchiga rad etish sabablari ko‘rsatilgan holda yozma ravishda xabar beradilar.

3. To‘lov muddatiny uzaytirish imkoniyati berilgan takdirda, uning summasi va tugash muddati ko‘rsatiladi.

Bir ish kuni

mobaynida

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

O‘zbekiston Respublikasiga import qilingan tovarlar uchun to‘lanishn lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatnni kechiktirish to‘g‘risida
‎ARIZA

_______________________________________________________________________________________________________

(viloyat. shahar, tuman),

____________________________________________________________________________________manzilda joylashgan

ko‘chaning nomi va uy (xonadon)ning raqami

______________________________________________________________________________________amalga oshiradigan

(asosiy faoliyat (ixtisosligi) turi)

_______________________________________________________________________________________________________

(soliq to‘lovchining to‘liq nomi)

Sizdan import qilingan tovarlar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ining to‘lov muddatini _____________________dan ________________________gacha (120 kundan ortiq bo‘lmagan) muddatga kechiktirishga ruxsat berishingizni so‘raydi.

Import qilingan tovarlar bo‘yicha import shartnomasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar
‎Shartnoma sanasi va raqami _______________________ yil __________________-son
‎Xorijiy hamkor________________________________________________________
‎davlati ___________________________________
‎Tovarning turi ______________________________________________ shartnoma bo‘yicha
‎qiymati _______________________
‎ekvivatentda (so‘mda) ____________________________so‘m
‎Tovarlar import qilingan sana _______________________ yil
‎Qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisoblangan summasi
‎_____________________________________so‘m

Tashkilot rahbari

________________

____________________________________________

(M.O‘.)

(imzo)

(F.I.O.)

Sana

(kk/oo/yy)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Ushbu ariza xorijdan shtort qilingan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining hududiy bojxona boshqarmasiga yozma yoki elektron shaklda taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni import qilishda qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lovchilar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lash muddatini uzaytirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlaridan olingan ishlar, xizmatlar bo‘yicha budjetga to‘lanishi lozim bo‘lgan qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lov muddatini kechiktirish to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA

Izoh: Ushbu ariza soliq bo‘yicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organiga yozma yoki elektron shaklda soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti, shu jumladan, axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.02.2020-y., 09/20/76/0149-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 13.05.2022-y., 09/22/255/0412-son)