1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.15 Davlat foydasiga rad qilish]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq hamda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni nazorat qilish va hisobga olish tartibini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi tegishli vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘z idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining raisi M.V. Toxiriy zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017-yil 18-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
742-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-sentabrdagi 742-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat foydasiga voz kechish — bojxona rejimida vakolatli shaxs tovardan voz kechadi hamda uni bojxona to‘lovlari to‘lanmagan va iqtisodiy siyosat choralari qo‘llanilmagan holda tekinga davlat mulkiga o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat bojxona xizmatining hududiy organi — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ — O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining “Bojxona-servis” davlat muassasasi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar — bojxona chegarasi orqali olib o‘tiladigan har qanday ko‘char mol-mulk, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qog‘ozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari hamda transport vositasi (tovarlarni va yo‘lovchilarni tashuvchi transport vositasi, shu jumladan konteynerlar va boshqa transport uskunalari bundan mustasno);
(2-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarning kuzatuv hujjatlari — hisobvaraq-faktura (invoys), yuklab jo‘natish varaqlari hamda tashqi savdo faoliyati va o‘zga faoliyat amalga oshirilayotganda bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish bilan bog‘liq bitimlar tuzilganligini tasdiqlash uchun foydalaniladigan boshqa hujjatlar, shuningdek konosament, yuk xati yoki tovarlarni tashish shartnomasi mavjudligini tasdiqlovchi hamda shunday tashishda kuzatib boruvchi boshqa hujjat;
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-sentabrdagi 787-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vakolatli shaxs — tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq vakolatlarga ega bo‘lgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish yurituvchi shaxs;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
topshirish-qabul qilish dalolatnomasi — davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarning bojxona organlari tomonidan davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirilganligini tasdiqlovchi hujjat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish va realizatsiya qilish tartiboti mazkur nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tovarning davlat foydasiga voz kechish rejimiga bojxona rasmiylashtiruvi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi tovar qaysi bojxona organining faoliyat ko‘rsatish zonasida turgan bo‘lsa o‘sha bojxona organi tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar vakolatli shaxs tomonidan bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuziladi. Dalolatnomaning bir nusxasi bojxona organida saqlanadi. Dalolatnomaning ikkinchi nusxasi vakolatli shaxsga beriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovar to‘g‘risida bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgandan so‘ng, ushbu tovarlar bo‘yicha tegishli barcha ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olib, bir ish kuni mobaynida o‘zi joylashgan hududdagi davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organiga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboradi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ yozma yoki elektron shaklda xabarnomani olgan kuni davlat bojxona xizmatining hududiy organi bilan kelishilgan holda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarni topshirish va qabul qilish joyini belgilaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tovardan davlat foydasiga voz kechgan vakolatli shaxs tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ va davlat bojxona xizmatining hududiy organi tomonidan belgilanadigan joyga yetkazib berish bilan bog‘liq barcha xarajatlarni o‘z zimmasiga oladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ va davlat bojxona xizmatining hududiy organi o‘rtasida 3-ilovaga muvofiq tuzilgan dalolatnomaga asosan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Davlat bojxona xizmatining hududiy organi davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarning kelgusidagi realizatsiyasini ta’minlash uchun bojxona yuk deklaratsiyasi, tovarning kuzatuv hujjatlari, agar tovar vakolatli organlar tomonidan nazorat qilinishi lozim bo‘lsa, ushbu organlarning tegishli ruxsatnomasini davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarning vaqtincha saqlaydi hamda sotadi (qimmatli qog‘ozlar bundan mustasno).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda qimmatbaho metallar, qimmatbaho toshlar, ulardan yasalgan zargarlik buyumlari va boshqa buyumlar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat asillik darajasi nazorati inspeksiyasida texnik ekspertizadan o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnik ekspertizadan o‘tkazilganligi uchun asillik darajasi to‘lovi undirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan qimmatli qog‘ozlar Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga vaqtincha saqlash uchun topshiriladi va qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha huquqlar qonunchilikda belgilangan boshqa vakolatli organ tomonidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ tomonidan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tez buziladigan va past qiymatli tovarlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar tuzish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
boshqa tovarlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki “E-auksion shop” elektron savdo do‘koni orqali sotiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilib topshirish-qabul qilish dalolatnomasi bo‘yicha olingan tovarlarning sotilishi yuzasidan Davlat bojxona xizmatining hududiy organiga har oy yakunida ma’lumot taqdim etadi.
(12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarning realizatsiyasi bo‘yicha ma’lumotlar almashinuvi elektron shaklda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organning tegishli daromadlar bo‘yicha shaxsiy g‘azna hisobraqamiga o‘tkaziladi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga o‘tkaziladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
50 foizi — Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organning rivojlantirish jamg‘armasi hisobraqamiga o‘tkaziladi va davlat foydasiga voz kechilgan tovarlarni baholash, saqlash va realizatsiya qilish hamda davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organning tasarruf etish va boshqaruv funksiyalarini amalga oshirish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga yo‘naltiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish va realizatsiya qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
SXEMASI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Tadbirlar
Bajarish muddati
1-bosqich
Vakolatli shaxs
Tovarlarning elektron deklaratsiyasi hamda taqdim etiladigan hujjatlarni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi va axborot tizimlari orqali bojxona organlariga yuboradi.
Tadbirkorlik subyektining xohishiga ko‘ra
2-bosqich
Bojxona organlarining axborot tizimi
1. Tovarlarning elektron deklaratsiyasi dastlabki format-mantiqiy nazoratdan o‘tkaziladi va tekshiruvlarning ijodiy natijasiga ko‘ra unga avtomatlashtirilgan tarzda tartib raqami berib, ro‘yxatdan o‘tkaziladi.
2. Format-mantiqiy nazoratdan ijobiy o‘tmagan tovarlarning elektron deklaratsiyasi, xabarnomada sabablari ko‘rsatilgan holda deklaratsiyalovchi shaxsga qaytarib yuboriladi.
3. Ro‘yxatdan o‘tgan tovarlarning elektron deklaratsiyasi bojxona organlarining axborot tizimi orqali bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshiruvchi bojxona xodimlari o‘rtasida avtomatlashtirilgan tarzda taqsimlanadi.
Real vaqt rejimida
3-bosqich
Davlat bojxona xizmatining hududiy organi xodimlari
Vakolatli shaxs tomonidan tovarlar bojxona organiga topshirilayotganda ikki nusxada dalolatnoma tuzadi.
Tovar bojxona organiga topshirilayotganda
Tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvini elektron shaklda amalga oshiradi.
Uch ish kunida
4-bosqich
Davlat bojxona xizmatining hududiy organi xodimlari
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlar bo‘yicha bojxona rasmiylashtiruvi amalga oshirilgandan so‘ng, ushbu tovarlar bo‘yicha tegishli barcha ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarni olib, bir ish kuni mobaynida o‘zi joylashgan hududdagi davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga yozma yoki elektron shaklda xabarnoma yuboradi.
Bir ish kunida
5-bosqich
Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ
Xabarnomani olgan kuni davlat bojxona xizmatining hududiy organi bilan kelishilgan holda davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovarlarni topshirish va qabul qilish joyini belgilaydi.
Bir ish kunida
6-bosqich
Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni qabul qilinganidan keyin ularni mazkur Nizomning 11-bandiga muvofiq vaqtincha saqlaydi va realizatsiya qiladi.
Doimo
(1-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 4-oktabrdagi 630-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organga topshirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat foydasiga voz kechish bojxona rejimiga joylashtirilgan tovarlarni topshirish-qabul qilish DALOLATNOMASI
№ ___________________________
raqam va sana (yil, oy, kun)
Mazkur dalolatnoma O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 131-moddasiga muvofiq
(davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli shaxsning F.I.O., lavozimi)
imzo
Topshirdim: _______________________________
___________
M.O‘.
(davlat bojxona xizmatining hududiy organi xodimining F.I.O., lavozimi)
imzo
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
* Davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli organ nomidan dalolatnomani moddiy javobgar shaxs imzolaydi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 38-son, 1051-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2018-y., 09/18/260/1000-son, 19.09.2019-y., 09/19/787/3770-son; 31.12.2020-y., 09/20/834/1700-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 08.10.2024-y., 09/24/630/0793-son)