1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.04.00.00 Hudud / 01.04.02.00 Davlat chegarasi;
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.00 Boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.07.01 Xo‘jalik yuritish huquqi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulklarni rasmiylashtirish, saqlash va ularga nisbatan qaror qabul qilishni tartibga solish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish davomida aniqlangan egasiz ashyolarni rasmiylashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egasiz ashyolarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizligi xizmati Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga olib kelishda xavfsizlik choralarini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egasiz ashyolarni saqlashda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
egasiz ashyolarni saqlash va ularni ekspertizadan o‘tkazish (baholash) tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniqlangan egasiz ashyolarga nisbatan qaror qabul qilish va uni bajarish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati raisi A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2020-yil 2-sentabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
533-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 2-sentabrdagi 533-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari (keyingi o‘rinlarda — Chegara qo‘shinlari) bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini (keyingi o‘rinlarda — Davlat chegarasi) qo‘riqlash va himoya qilish davomida aniqlangan egasiz ashyolar, moddiy qimmatliklar va boshqa mol-mulklarni (keyingi o‘rinlarda — egasiz ashyo) rasmiylashtirish, saqlash, ekspertizadan o‘tkazish (baholash), ularga nisbatan qaror qabul qilish va ularni sotish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolar yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar Nizomga ilovaga muvofiq sxemada belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Egasiz ashyo deganda, Davlat chegarasining o‘tkazish punktlaridan tashqari hududda Davlat chegarasi orqali noqonuniy ravishda o‘tkazilishiga urinilgan vaqtda Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari tomonidan aniqlangan, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 7-bobida nazarda tutilgan egasi bo‘lmagan yoki egasi noma’lum bo‘lgan moddiy ne’matlar tushuniladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizom talablari O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi bilan tayyorlash, saqlash, tashish va olib yurish taqiqlangan ashyolarga nisbatan tatbiq etilmaydi va ular yuzasidan qonun talablariga muvofiq qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Egasiz ashyolarni rasmiylashtirish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Chegara qo‘shinlari aniqlagan egasiz ashyolar ular topilgan joyda sinchkovlik bilan ko‘zdan kechiriladi, foto suratga olinadi hamda vakolatli mansabdor shaxs tomonidan ko‘zdan kechirish bayonnomasi tuzilib, unda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) bayonnomani tuzish vaqti va joyi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) bayonnoma tuzuvchining familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi va harbiy unvoni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) egasiz ashyoni olib qo‘yishda ishtirok etgan xolislar (guvohlar, mutaxassis va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) egasiz ashyolar aniqlangan vaqt va joy;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) egasiz ashyoning nomi, soni va alohida (identifikatsiya) belgilari (vazni, hajmi, uzunligi, foydalanilganlik holati va boshqalar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bayonnoma vakolatli mansabdor shaxs, egasiz ashyoni aniqlagan Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va xolislar (guvohlar, mutaxassis va boshqalar) tomonidan imzolanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Davlat chegarasida egasiz ashyoni aniqlagan harbiy xizmatchilar va mazkur aniqlangan ashyo yuzasidan xolis (guvoh), mutaxassis va ekspert sifatida jalb qilingan shaxslardan tushuntirish xatlari olinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Egasiz ashyolar Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga zarur xavfsizlik va saqlash choralarini ko‘rgan holda olib kelinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Egasiz ashyo yuzasidan rasmiylashtirilgan bayonnomaning nusxasi va unga oid barcha ma’lumotlar Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligida umumlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Egasiz ashyolarni Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarida saqlash va ekspertizadan o‘tkazish (baholash) tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Egasiz ashyolar ular yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining maxsus omborlarida saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tez buziladigan tovarlar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va boshqa ashyolar belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga rioya qilingan holda, Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarida mavjud bo‘lgan muzlatgich (sovitgich) larda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Yoqilg‘i-moylash mahsulotlari Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari omborlaridagi maxsus rezervuarlarda saqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Mayda va yirik shoxli hayvonlar, parrandalar va boshqa hayvonlar Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga yoki Chegara qo‘shinlari ta’sisligidagi yuridik shaxslar hududlariga joylashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Davlat chegarasida aniqlangan egasiz ashyolarning iste’mol qilish, foydalanish, qayta ishlash uchun yaroqliligini ekspertizadan o‘tkazish, shuningdek, ularni baholash maqsadida Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining vakolatli mansabdor shaxslari egasiz ashyo aniqlangandan boshlab uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida ekspert va baholovchi tashkilotni tayinlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Ekspertiza ashyoning turiga qarab qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli vakolati organlar (tashkilotlar) (“O‘zstandart” agentligi yoki u tomonidan akkreditatsiya qilingan tashkilotlar, laboratoriyalar, fitosanitariya, sanitariya-karantin va veterinariya organlari, ixtisoslashtirilgan ekspert tashkilotlar va boshqa muassasalar) (keyingi o‘rinlarda — ekspertiza organlari) tomonidan o‘tkaziladi. Ekspertiza natijalari to‘g‘risida ekspertiza organlari ekspertiza tayinlangandan boshlab uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa — bir sutka mobaynida Chegara qo‘shinlari bo‘linmalariga xulosa taqdim etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Sud ekspertizasi tadqiqotlarini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi namunaviy nizom.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Uch sutka muddatda ekspertiza o‘tkazish mumkin bo‘lmagan, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan ashyolarning ayrim turlari, tez buziladigan tovarlardan tashqari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatlarda o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mol-mulk baholovchi tashkilot tomonidan baholash kunida amal qilgan narxlar bo‘yicha ichki bozorda talab va taklif konyunkturasining mavjud ma’lumotlari asosida baholanadi. Mutaxassis baholovchi tashkilot tayinlangandan boshlab uch sutka mobaynida, tez buziladigan tovarlar bo‘yicha esa — bir sutka mobaynida yozma ravishda xulosa (ma’lumot) taqdim etadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Majburiy sertifikatlanishi kerak bo‘lgan (etil, oziq-ovqat spirti, alkogolli mahsulotlar, pivo, tamaki mahsulotlari, dori vositalari va tibbiy jihozlar, oziq-ovqatga biologik aktiv qo‘shimchalar, oziq-ovqat qo‘shimchalari bundan mustasno) va ular bo‘yicha muvofiqlik sertifikatlari mavjud bo‘lmagan egasiz ashyolar bo‘yicha Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining vakolatli mansabdor shaxslari tomonidan ularni sertifikatlashtirish va belgilangan tartibda muvofiqlik sertifikatini olish uchun sertifikatlashtirish organiga buyurtmanoma beriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-iyundagi 353-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish to‘g‘risida”gi Qonuni.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tez buziladigan tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish barcha zarur hujjatlar (sinov bayonnomalari, ishlab chiqarishni baholash dalolatnomasi, sanitariya-epidemiologiya, veterinariya, fitosanitariya xulosalari) taqdim etilgan vaqtdan boshlab bir sutka mobaynida amalga oshiriladi. Boshqa turdagi mol-mulklarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish va berish muddati qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
(14-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Ekspert, baholovchi tashkilot, shuningdek, boshqa mutaxassislar o‘zlari bergan xulosaning ishonchliligi va xolisligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda to‘liq moddiy va boshqacha tarzda javobgar bo‘ladilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Egasiz ashyolar ularning iste’molga (foydalanishga) yaroqsizligi bo‘yicha xulosa olingan taqdirda, Chegara qo‘shinlari tomonidan tegishli dalolatnoma tuzilgan holda yo‘q qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Egasiz ashyolarga nisbatan qaror qabul qilish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish to‘g‘risidagi qaror Davlat xavfsizlik xizmati raisining buyrug‘i bilan joylarda tashkil etiladigan hududiy komissiyalar (keyingi o‘rinlarda – hududiy komissiya) tomonidan qabul qilinadi. Hududiy komissiyaning namunaviy tarkibi va faoliyatini tashkil etish tartibi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan tasdiqlanadi. Hududiy komissiyaga Chegara qo‘shinlari operativ qo‘mondonligi boshlig‘i rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Hududiy komissiya to‘plangan hujjatlarga muvofiq ekspertiza hulosasi olingandan so‘ng uch sutka mobaynida, tez buziladigan ashyolarga nisbatan esa — bir sutka mobaynida aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish hamda Chegara qo‘shinlari hisobiga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Qaror qabul qilingandan so‘ng hududiy komissiya bir sutka ichida egasiz deb topilgan ashyolarning hisobga olinishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarida foydalanilmaydigan egasiz ashyolar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda savdo tashkilotlari orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilishi yoxud O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati rahbariyatining ruxsatiga asosan jismoniy va yuridik shaxslarga beg‘araz berilishi mumkin.
(18-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Hududiy komissiyaning qaroriga muvofiq Chegara qo‘shinlari hisobiga o‘tkazilgan egasiz ashyolarni Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarida hisobga olish, saqlash, tashish, o‘tkazish, sarflash, sotuvga qo‘yish va hisobdan chiqarish (yo‘q qilish) tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilishda Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari tomonidan aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng uch sutka ichida qarordan ko‘chirma ashyo topib olingan joydagi ichki ishlar organiga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga ma’lumot uchun yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Egasiz ashyolarni sotishdan tushgan pul mablag‘lari to‘liq Chegara qo‘shinlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Egasiz oziq-ovqat mahsulotlari iste’molga yaroqli deb topilgan holatlarda, Chegara qo‘shinlari shaxsiy tarkibining iste’moli uchun foydalanilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Egasiz ashyolarni rasmiylashtirish va saqlash bilan bog‘liq barcha xarajatlar Chegara qo‘shinlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. Hududiy komissiyaning aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish hamda Chegara qo‘shinlari hisobiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qarori Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni tomonidan bekor qilinishi yoki o‘zgartirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Ashyolarni egasiz deb topish va ularni Chegara qo‘shinlari hisobiga o‘tkazish to‘g‘risidagi qaror bekor qilinganda yoki o‘zgarganda, shuningdek, ularni naturada qaytarish yoki qiymatini qoplab berish to‘g‘risida sud qarori qabul qilingan taqdirda, Chegara qo‘shinlari ushbu ashyolarni belgilangan tartibda tegishli shaxslarga qaytarilishini yoki ularning qiymati Chegara qo‘shinlarining budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan qoplab berilishini ta’minlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Ushbu Nizom talablarini buzishda aybdor shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Subyektlar
Chora-tadbirlar
Muddat
1-bosqich
Chegara qo‘shinlari bo‘linmalari
Davlat chegarasini qo‘riqlash va himoya qilish davomida egasiz ashyolarni aniqlash.
Doimo
2-bosqich
Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining vakolatli mansabdor shaxslari
Aniqlangan egasiz ashyolarni ko‘zdan kechirish, foto suratga olish hamda vakolatli mansabdor shaxs tomonidan bayonnomani rasmiylashtirish va tegishli shaxslardan tushuntirish xatlari olish.
Zudlik bilan
3-bosqich
Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarining vakolatli mansabdor shaxslari
Aniqlangan egasiz ashyolar yuzasidan tegishli ekspert va baholovchi tashkilotni tayinlash.
Tez buziladigan tovarlar bo‘yicha — bir sutka mobaynida, qolgan ashyolar bo‘yicha — uch sutka mobaynida
4-bosqich
Ekspertiza organlari va baholash tashkilotlari
Aniqlangan egasiz ashyolar bo‘yicha ekspertiza va baholash xulosalarini berish.
Tez buziladigan tovarlar bo‘yicha — bir sutka mobaynida, qolgan ashyolar bo‘yicha — uch sutka mobaynida
5-bosqich
Hududiy komissiya
Aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish hamda Chegara qo‘shinlari hisobiga o‘tkazish bo‘yicha qaror qabul qilish.
Tez buziladigan tovarlar bo‘yicha — bir sutka mobaynida, qolgan ashyolar bo‘yicha — uch sutka mobaynida
6-bosqich
Chegara qo‘shinlari
bo‘linmalari
Egasiz deb topilgan ashyolarni Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarida hisobga olish.
Qaror qabul qilingandan so‘ng bir sutka mobaynida
7-bosqich
Chegara qo‘shinlari
bo‘linmalari
Chegara qo‘shinlari bo‘linmalarida foydalanilmaydigan egasiz ashyolarni savdo tashkilotlari orqali yoki to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida sotish.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda
8-bosqich
Chegara qo‘shinlari
bo‘linmalari
Egasiz ashyolarni sotishdan tushgan pul mablag‘larini Chegara qo‘shinlarining budjetdan tashqari jamg‘armasi hisobiga o‘tkazish.
Qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatda
9-bosqich
Hududiy komissiya
Aniqlangan ashyolarni egasiz deb topish to‘g‘risidagi qarordan ko‘chirmani ashyo topib olingan joydagi ichki ishlar organiga va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organiga yuborish.
Qaror qabul qilingandan so‘ng uch sutka mobaynida
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.09.2020-y., 09/20/533/1245-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son; 03.07.2026-y., 09/26/353/0680-son)