1.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.06.00.00 Bojxona ishi / 10.06.03.00 Bojxona rejimlari / 10.06.03.05 Tranzit]
[TSZ:
1.Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona / Bojxonaga oid qonun hujjatlari]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovarlarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish bilan bog‘liq operatsiyalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bojxona kodeksiga muvofiq, shuningdek, tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalash tartibini yanada takomillashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. O‘zbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 118 va 261-moddalariga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarni bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona organiga tranzit deklaratsiyasi va tovarning kuzatuv hujjatlari taqdim etilishi belgilanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit deklaratsiyasi bojxona hududiga kirib kelayotgan tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tguniga qadar yoki kesib o‘tish vaqtida berilishi belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organlariga dastlabki axborot taqdim etilgan hollarda Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi Bojxona konvensiyasiga (1975-yil 14-noyabr, Jeneva) muvofiq to‘ldirilgan xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasi hamda Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyaga (1990-yil 26-iyun, Istanbul) muvofiq to‘ldirilgan ATA karneti tranzit deklaratsiyasi sifatida qabul qilinadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona organiga tranzit deklaratsiyasi tovarlar va transport vositalari bojxona chegarasini kesib o‘tguniga qadar taqdim etilganda, qonunchilikda belgilangan dastlabki elektron shakldagi axborotni taqdim etish talab etilmaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga taqdim etish va rasmiylashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan operatsiyalar Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining “E-Tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi yoki “us-uz.gov.uz” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Belgilab qo‘yilsinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
havo transporti uchun bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kuni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasida bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kuni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘l transportida bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovar va transport vositalari uchun belgilangan yetkazib berish muddati o‘tkazib yuborilgan har bir kuni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 10 foizi miqdorida, 2028-yil 1-yanvardan bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganda, uni olib chiqib ketish muddatining o‘tkazib yuborilgan har kuni uchun — bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari miqdorida yig‘imlar undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda avtotransport vositasini bir kalendar yil davomida to‘qson kalendar kundan ortiq muddatga vaqtinchalik olib kirganlik uchun umumiy hisoblangan yig‘imlar, transport vositasini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirgandagi to‘lanishi lozim bo‘lgan bojxona to‘lovlari summasidan oshmasligi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur bandda nazarda tutilgan yig‘imlar bojxona organlarining budjetdan tashqari jamg‘armasiga yo‘naltiriladi.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 2025-yil 31-yanvardagi 55-sonli qaroriga asosan kiritilgan — 03.02.2025-y., 09/25/55/0102-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 4-may)
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-sonli qaroriga asosan 4-bandning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 4-may — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2025-y., 09/25/55/0102-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qaror 2023-yil 1-yanvardan e’tiboran kuchga kiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mazkur qarorga 2-ilovaning 2-bandi 2023-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri Sh.D. Kudbiyev zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2022-yil 31-dekabr,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
737-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 31-dekabrdagi 737-son qaroriga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Mazkur Nizom tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat nazorati organlari — shaxslar, tovarlar va transport vositalarini ushbu Nizomga muvofiq Davlat chegarasi orqali o‘tkazishda ishtirok etadigan chegara, bojxona, sanitariya-karantin, fitosanitariya, ekologiya va veterinariya nazorati organlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga tranzit deklaratsiyasini o‘z nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki deklarantning yoxud deklarant bilan shartnoma tuzgan bojxona brokerining shtat birligida bo‘lgan tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit deklaratsiyasi — tovarlar va (yoki) transport vositalari haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan holda bojxona organiga taqdim etiladigan hamda O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kiriladigan va O‘zbekiston Respublikasining hududi orqali tranzit olib o‘tiladigan tovarlarni jo‘natuvchi bojxona organidan tovar kelib tushadigan bojxona organigacha nazorat qilish uchun foydalaniladigan hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-tranzit” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “E-tranzit” AAT) — bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtiriladigan tovar va (yoki) transport vositalari to‘g‘risidagi hujjat va ma’lumotlarni taqdim etish, qabul qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish, rasmiylashtirish, hisobga olish hamda monitoring qilishni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasining avtomatlashtirilgan axborot tizimi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“E-arxiv” interaktiv xizmati — tovarlarni elektron shaklda deklaratsiyalashni shakllantirishga asos hisoblangan elektron hujjatlarni taqdim etish hamda saqlash uchun mo‘ljallangan va deklaratsiyalash jarayoni va bojxona rasmiylashtiruvi davomida bojxona organlari bilan axborot almashinuviga qaratilgan bir martalik elektron arxivni yaratish imkonini beruvchi xizmat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jo‘natuvchi bojxona organi — qaysi bojxona organi faoliyat ko‘rsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish boshlanadigan bo‘lsa, o‘sha bojxona organi;
(2-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
identifikatsiya kodi — bojxona organlariga taqdim qilingan tranzit deklaratsiyasiga “E-tranzit” AAT orqali berilgan yagona elektron kod;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
munosabat belgisi — davlat nazorat organlari tomonidan “E-tranzit” AATga qo‘yiladigan belgi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar kelib tushadigan bojxona organi — qaysi bojxona organi faoliyat ko‘rsatish zonasida tovarlarni bojxona nazorati ostida tashish tugallanadigan bo‘lsa, o‘sha bojxona organi;
(2-bandning o‘ninchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tranzit operatsiyalari — tovar va transport vositalarining bojxona rasmiylashtiruvida tovarlarga va transport vositalariga nisbatan davlat nazorat organlari va (yoki) vakolatli shaxs tomonidan amalga oshiriladigan harakat.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Tovar va transport vositalarini bojxona tranziti bojxona rejimiga joylashtirish “E-tranzit” AATda yoki “us-uz.gov.uz” axborot tizimida tranzit deklaratsiyasini bojxona organiga elektron tarzda taqdim etish va uni rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Tranzit deklaratsiyasi bir yoki bir nechta tovarning kuzatuv hujjatlari bo‘yicha tashiladigan tovarning har bir turkumi yoki tovarlarning bir nechta turkumi uchun rasmiylashtiriladi. Bunda tovarning bir nechta turkumi bo‘yicha bitta tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirish uchun ular bir transport vositasida bitta transport hujjati bilan bitta jo‘natuvchidan bitta qabul qiluvchining manziliga tashilayotgan bo‘lishi lozim.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Tranzit deklaratsiyasining bojxona rasmiylashtiruvi quyidagi ikki bosqichda ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxema bo‘yicha amalga oshiriladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi bosqichda deklaratsiyalovchi shaxs tovarlar bo‘yicha tranzit deklaratsiyasini jo‘natuvchi bojxona organlariga elektron shaklda taqdim etadi. Taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasi bojxona organlarida ro‘yxatga olinib, unga davlat nazorat organlari tomonidan munosabat belgisi qayd etiladi va tranzit operatsiyasi boshlanadi. Bunda, bojxona, veterinariya va fitosanitariya organlarining nazorat tartibotlari xavfni boshqarish tizimining topshirig‘iga asosan amalga oshiriladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi bosqichda bojxona tranziti bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan tovar va transport vositalari belgilangan joylarga yetkazib beriladi, tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi fakti tasdiqlanadi va kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tovar kelib tushadigan bojxona organi tomonidan tranzit operatsiyalari yakunlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Tranzit deklaratsiyasi va tovarning kuzatuv hujjatlarini taqdim etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Tranzit deklaratsiyasi quyidagi hollarda taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarni bojxona hududiga olib kirishda yoki bojxona hududi orqali tranzit olib o‘tishda — tovar va transport vositasi bojxona chegarasini kesib o‘tgunga qadar yoki kesib o‘tish vaqtida;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududida turgan tovarlarni bojxona nazorati ostida yetkazib berishni nazorat qilishda — tovarlar transport vositasiga yuklanishidan avval taqdim etiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bojxona hududida turgan bojxona nazorati ostidagi transport vositasini tovar sifatida yetkazib berishni nazorat qilishda — yuk operatsiyalarini amalga oshirishdan oldin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tranzit deklaratsiyasi jo‘natuvchi bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran o‘ttiz kalendar kun ichida unda ko‘rsatilgan tovarlar deklaratsiya ro‘yxatga olingan bojxona organiga taqdim etilmagan bo‘lsa, tranzit deklaratsiyasi berilmagan deb hisoblanadi va avtomatik tarzda bekor qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Bojxona organiga tranzit deklaratsiyasini taqdim etish quyidagi holatlarda talab etilmaydi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovar va transport vositalari respublika hududidan olib chiqilayotganda, bundan reeksport bojxona rejimidagi tovarlar olib chiqilishi mustasno;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy shaxslar tomonidan qo‘l yuki yoki kuzatib boriladigan bagajida tovarlar olib o‘tilayotganda, bundan tijorat maqsadida olib o‘tilayotgan tovarlar mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuksiz transport vositalari o‘tganda hamda yo‘lovchilar tashilganda, transport vositasini O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga tovar sifatida olib kirish va O‘zbekiston Respublikasining hududi orqali tovar sifatida tranzit olib o‘tish holatlari bundan mustasno;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasini qo‘llagan holda Yuklarni xalqaro tashish to‘g‘risidagi bojxona Konvensiyasiga (1975-yil 14-noyabr, Jeneva,) muvofiq tovarlar Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish daftarchasi asosida dastlabki axborotni taqdim etish orqali tashilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha olib kirish to‘g‘risidagi konvensiyaga (1990-yil 26-iyun, Istanbul) muvofiq tovarlar ATA karneti asosida bojxona organlariga dastlabki axborotni taqdim etish orqali tashilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat sirlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha olib kelinayotgan tovarlar tashilganda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa hollarda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Tranzit deklaratsiyasi jo‘natuvchi bojxona organiga elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda elektron shaklda “E-Tranzit” AAT orqali deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tranzit deklaratsiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati tomonidan taqdim etilganda, deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilgan tranzit deklaratsiyasi jamiyatning mas’ul xodimi tomonidan umumlashtiriladi va bitta temir yo‘l transporti tarkibi doirasida bojxona organiga o‘ziga biriktirilgan elektron raqamli imzosi orqali taqdim etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyatining mas’ul xodimiga tranzit deklaratsiyasi tovarga vakolatli shaxs yoki u bilan shartnoma tuzgan bojxona brokeri nomidan bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassis tomonidan o‘ziga biriktirilgan elektron raqamli imzosi orqali taqdim etilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tranzit deklaratsiyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mas’ul xodimiga deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan taqdim etilganda mazkur Nizomning 11-bandida qayd etilgan talablar bo‘yicha tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va unga ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi uchun javobgarlik tranzit deklaratsiyasini to‘ldirgan va “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati mas’ul xodimiga taqdim etgan deklaratsiyalovchi shaxsda qoladi.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Tovar va transport vositalarining kuzatuv hujjatlari “E-Tranzit” AATga “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali ilova qilinadi. Bunda “E-Tranzit” AATning tegishli maydoniga “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali hujjatlarga berilgan maxsus raqam qo‘yiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Deklarant tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchisi kabinetidagi “E-arxiv” interaktiv xizmatidan foydalangan holda elektron arxivni shakllantirib, unga o‘zining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlagan bojxona rasmiylashtiruvi uchun taqdim etiladigan hujjatlarning elektron shakllarini joylashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Elektron arxivga joylashtirilgan hujjatlarga avtomatik tarzda maxsus raqam beriladi va bu haqda deklarantga tasdiqlangan elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Tovar va transport vositalarining kuzatuv hujjatlari “E-Tranzit” AATga “E-arxiv” interaktiv xizmati orqali ilova qilinganda, ushbu hujjatlarni bojxona va boshqa rasmiylashtiruv jarayonlarida davlat nazorat organlariga qaytadan taqdim etish talab etilmaydi, sifatsiz (xira, bo‘yalgan, tushunarsiz va hokazo) hujjatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Deklaratsiyalovchi shaxs tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi va unga ilova qilingan hujjatlarga muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi, deklaratsiyani to‘ldirish uchun taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlarning noto‘g‘riligi bilan bog‘liq holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Deklarant taqdim etilgan hujjatlardagi (tranzit deklaratsiyasi bundan mustasno) ma’lumotlarning to‘g‘riligi va amalda olib o‘tilayotgan tovarlar va transport vositalariga o‘zaro muvofiqligi uchun javobgar hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-§. Tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirishning birinchi bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Tranzit deklaratsiyasi quyidagi hujjatlarning elektron nusxasi bilan birga jo‘natuvchi bojxona organiga taqdim etiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) avtotransport vositasida tashilganda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yo‘l harakati to‘g‘risida Konvensiyaga (Vena, 1968-yil 8-noyabr) muvofiq avtotransport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risida guvohnoma;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda xorijiy avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirishi, chiqishi va tranzit o‘tishi uchun vakolatli organning ruxsatnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yuklarni xalqaro yo‘llarda tashish shartnomasi to‘g‘risidagi Konvensiya (Jeneva, 1956-yil 19-may) talablariga muvofiq tovar-transport yukxati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlar bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi bilan bog‘liq taqiq va cheklovlarga rioya etilishini tasdiqlovchi hujjatlar, agar bunday hujjatlar mavjud bo‘lganda olib o‘tishga yo‘l qo‘yilsa;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) temir yo‘l transportida xalqaro tashuvlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro temir yo‘l yuk yo‘nalishlari to‘g‘risidagi bitimga (1951-yil 1-noyabr) muvofiq hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
temir yo‘lning harakatdagi tarkibiga doir topshirish qaydnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning bojxona chegarasi orqali harakatlanishida taqiqlar va cheklovlarga rioya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar, agar bunday harakatlanish ushbu hujjatlar mavjudligida ruxsat berilgan taqdirda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) havo transportida xalqaro tashish chog‘ida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuk qaydnomasi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avia yuk xati;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tijorat hujjatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tovarlarning bojxona chegarasi orqali harakatlanishida taqiqlar va cheklovlarga rioya qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar, agar bunday harakatlanish ushbu hujjatlar mavjudligida ruxsat berilgan taqdirda.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan “v” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Tranzit deklaratsiyasi bojxona organiga taqdim qilinib, “E-Tranzit” AATda yoki “us-uz.gov.uz” axborot tizimida ro‘yxatga olingandan so‘ng tizim orqali avtomatik tarzda identifikatsiya kodi beriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 20-iyuldagi 393-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2026-y., 09/26/393/0764-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tranzit deklaratsiyasi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida deklaratsiyalovchi shaxsga elektron tarzda ma’lumot yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Tranzit deklaratsiyasi “E-Tranzit” AATda ro‘yxatga olingan paytdan boshlab yuridik ahamiyatga molik faktlardan dalolat beruvchi hujjatga aylanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Tovar va transport vositalari jo‘natuvchi bojxona organiga yetib kelgandan so‘ng tashuvchi tovar va transport vositalarining kuzatuv hujjatlari bilan birga identifikatsiya kodini bojxona organiga taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Taqdim etilgan identifikatsiya kodi asosida tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilinadi va bu haqda deklaratsiyalovchi shaxsga elektron xabarnoma yuboriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Bojxona organlari xodimi bojxona rasmiylashtiruvini amalga oshirishda bojxona qonunchiligida belgilangan harakatlarni bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Tovar va transport vositalarini bojxona tranziti bojxona rejimiga rasmiylashtirishda to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha turdagi to‘lovlar va yig‘imlarni to‘lash tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgunga qadar yoki bojxona hududida amalga oshiriladi.
(18-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 210-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/210/0286-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur to‘lovlar va yig‘imlar tranzit deklaratsiyasi bojxona organlarida ro‘yxatdan o‘tgan kunda amalda bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyutalarning rasmiy ayirboshlash kursi yoki bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqib hisoblanadi hamda shu maqsadda ochilgan bank hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘tkazilgan to‘lov va yig‘imlar besh ish kuni mobaynida avtomatik tarzda davlat nazorati organlarining Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkaziladi.
(18-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 210-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2024-y., 09/24/210/0286-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Jo‘natuvchi bojxona postida faoliyat olib boruvchi davlat nazorati organlari to‘lanishi lozim bo‘lgan tegishli to‘lovlar va yig‘imlar to‘g‘ri hisoblanganligini tegishliligi bo‘yicha nazorat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Jo‘natuvchi bojxona organida faoliyat olib boruvchi davlat nazorat organlari o‘ziga yuklatilgan vazifalaridan kelib chiqib, taqdim etilgan hujjatlar hamda tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘zining munosabat belgisini qayd etgandan so‘ng tranzit operatsiyalari boshlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tranzit operatsiyalari boshlanganligi haqida deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga elektron xabarnoma yuboriladi. Bunda jo‘natuvchi bojxona postida tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilganligi va tovarni yetkazib berish muddati bilan bog‘liq ma’lumotlar xabarnomada aks ettiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-§. Tranzit deklaratsiyasini rasmiylashtirishning ikkinchi bosqichi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Tashuvchi tomonidan tovar va transport vositasi belgilangan manzilga yetkazib berilgandan hamda chegara bojxona postida hisoblangan yig‘imlar to‘langandan so‘ng bojxona organi axborot tizimida tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi hamda yig‘imlar to‘langanligi tasdiqlanadi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-oktabrdagi 522-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2023-y., 09/23/522/0748-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
22. Axborot tizimida tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi fakti tasdiqlangandan so‘ng bojxona tranziti bojxona rejimi yakunlanadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
23. O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tovarning kuzatuv hujjatlariga bojxona organlari tomonidan belgi qo‘yilishi ko‘zda tutilgan hollarda mazkur Nizomning 21-bandi talablari bajarilgandan so‘ng tashuvchi kuzatuv hujjatlarini tovarlar kelib tushadigan bojxona organiga belgi qo‘yish uchun taqdim etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tovar kelib tushadigan bojxona organi tegishli belgini qo‘yadi va tashuvchiga qaytarib beradi.
(23-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
24. Bojxona tranziti bojxona rejimi yakunlangan paytdan e’tiboran tranzit deklaratsiyasidagi bojxona hududida turgan tovar “vaqtincha saqlash” bojxona rejimida turgan tovar maqomini oladi, bundan “bojxona ombori” bojxona rejimida bojxona nazorati ostida turgan vaqtda bir bojxona omboridan boshqasiga bojxona nazorati ostida yetkazib berilgan tovarlar mustasno. Bunda “vaqtincha saqlash” bojxona rejimiga joylashtirish uchun bojxona yuk deklaratsiyasini taqdim etish talab etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar tovarlar “bojxona ombori” bojxona rejimida turgan vaqtda bir bojxona omboridan boshqasiga yetkazib berilgan bo‘lsa, tovarlarni “bojxona ombori” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun takroran bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilmaydi, bundan qonunchilikda nazarda tutilgan hollar mustasno.
(24-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 30-yanvardagi 40-sonli qaroriga asosan birinchi va ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.02.2026-y., 09/26/40/0112-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vaqtincha saqlash” maqomida turgan tovarlarni belgilangan muddatda boshqa bojxona rejimiga joylashtirishga mas’ul shaxsning ma’lumotlari deklarant yoki uning nomidan ish ko‘ruvchi vakolatli shaxs tomonidan Bojxona qo‘mitasining “Bojxona va yuk operatsiyalari” axborot tizimida tasdiqlanadi.
(24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Tranzit deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
25. Tranzit deklaratsiyasida ko‘rsatilgan ma’lumotlarga deklarant tomonidan o‘zgartirishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishi, topshirilgan tranzit deklaratsiyasi esa qaytarib olinishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tranzit deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish va (yoki) uni qaytarib olish tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan qabul qilinguniga qadar amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
26. Tranzit deklaratsiyasi qabul qilinganidan so‘ng uni o‘zgartirish, qo‘shimcha kiritish, qayta rasmiylashtirish, qaytarib olish va (yoki) bekor qilish deklarant bojxona organiga murojaat etganidan keyin amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
27. Bojxona rasmiylashtiruvi tugallanganidan keyin tranzit deklaratsiyasi bojxona organi tomonidan ro‘yxatga olingan kundan e’tiboran uch yil ichida tranzit deklaratsiyasiga bojxona organining talabi bilan yoki bojxona organi deklarant tomonidan ko‘rsatilgan sabablarni asosli deb topsa, uning arizasiga ko‘ra o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
28. Deklarantning murojaatiga asosan tranzit deklaratsiyasiga bojxona organlari tomonidan ham o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin. Bunda tranzit deklaratsiyasiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan stavkalar bo‘yicha yig‘im undiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
29. Tranzit deklaratsiyasini to‘ldirish, bojxona organlariga taqdim etish, rasmiylashtirish, o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni bekor qilish va qaytarib olish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
30. Deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxs bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida va undan so‘ng bojxona xizmati organlari tomonidan tranzit deklaratsiyasida qoidabuzarliklar aniqlangunga qadar bojxona to‘lovlarini hisoblashga yoki taqiq, cheklovlar qo‘llanilishiga ta’sir etmaydigan qoidabuzarliklarni ixtiyoriy ravishda bojxona organi ruxsati bilan tuzatish huquqiga ega, bundan qonunchilikda deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsning murojaatiga asosan tranzit deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qaytarib olish va bekor qilish taqiqlangan holatlar mustasno.
(30-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 24-oktabrdagi 560-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.10.2023-y., 09/23/560/0796-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ushbu holatlarda deklarant va deklaratsiyalovchi shaxsga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlikka oid protsessual hujjatlar rasmiylashtirilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
31. Deklarantning nomidan u ishonch bildirgan shaxs bojxona organlariga bojxona rasmiylashtiruvi uchun hujjatlarning elektron shakllarini taqdim etishi, tranzit deklaratsiyasini o‘zgartirish, unga qo‘shimcha kiritish, uni qayta rasmiylashtirish yoxud bekor qilish bo‘yicha murojaat etishi mumkin. Bunda u qonunchilik hujjatlarida belgilangan deklarantning huquq va majburiyatlariga ega bo‘ladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
32. Chegara bojxona postlarida veterinariya va fitosanitariya organlarining nazorat tartibotlarini xavfni boshqarish tamoyili asosida tashkil etishda veterinariya, fitosanitariya va bojxona organlari o‘rtasida o‘zaro ma’lumot almashinuvi joriy etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
33. Ushbu Nizomni qo‘llashda yuzaga keladigan nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
34. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bosqichlar
Ishtirokchilar
Tadbirlar
Bajarish muddatlari
1-bosqich
Deklaratsiyalovchi shaxs
Tranzit deklaratsiyasi hamda taqdim etiladigan hujjatlarni tayyorlaydi, elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlaydi va “E-tranzit” AAT orqali bojxona organlariga yuboradi.
1. Tranzit deklaratsiyasini ro‘yxatga oladi va identifikatsiya kodini beradi.
2. Tranzit deklaratsiyasi ro‘yxatga olinganligi to‘g‘risida deklaratsiyalovchi shaxsga elektron xabarnoma yuboradi.
Real vaqt rejimida
Deklarant
1. Tovar va transport vositalarining kuzatuv hujjatlari bilan birga identifikatsiya kodni bojxona organiga taqdim etadi.
Bojxona hududiga kirib kelayotganda — tovarlar va transport vositalari jo‘natuvchi bojxona organiga kelgandan so‘ng.
Ichki hududda — tayyor bo‘lishga ko‘ra.
2. Tegishli bojxona to‘lovlari va yig‘imlarni to‘laydi.
Tranzit deklaratsiyasi rasmiylashtirilgunga qadar yoki bojxona hududida
Davlat nazorati organlari
Taqdim etilgan hujjatlar hamda tranzit deklaratsiyasidagi ma’lumotlar bilan tanishib, o‘zining munosabat belgisini qayd etadi.
Chegara bojxona postida — uch soat ichida Ichki hududda — bir ish kunida
“E-Tranzit” AAT
Vakolatli organlarning munosabat belgilari qayd etilgandan so‘ng tranzit operatsiyalari boshlanganligi haqida deklarant yoki deklaratsiyalovchi shaxsga elektron xabarnoma yuboradi.
Real vaqt rejimida
2-bosqich
Bojxona organi axborot tizimi
Tashuvchi tomonidan tovar va transport vositasi belgilangan manzilga yetkazib berilgandan hamda chegara bojxona postida hisoblangan yig‘imlar to‘langandan so‘ng bojxona organi axborot tizimida tovar va transport vositasi yetkazib berilganligi hamda yig‘imlar to‘langanligi tasdiqlanadi hamda bojxona tranziti bojxona rejimi yakunlanadi.
Real vaqt rejimida
Tashuvchi
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida tovarning kuzatuv hujjatlariga bojxona organlari tomonidan belgi qo‘yilishi ko‘zda tutilgan hollarda mazkur Nizomning 21-bandi talablari bajarilgandan so‘ng tashuvchi tovarlar kelib tushadigan bojxona organiga belgi qo‘yish uchun taqdim etadi.
Ish vaqtida uch soat ichida
Tovarlar kelib tushadigan bojxona organi
Kuzatuv hujjatlari taqdim etilgandan so‘ng tovar kelib tushadigan bojxona organi tegishli belgini qo‘yadi va tashuvchiga qaytarib beradi.
30 daqiqa ichida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Tovar va transport vositalari bilan tranzit operatsiyalarini amalga oshirish sxemasida belgilangan muddatlarni istisno etadigan holatlar Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilanadi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-noyabrdagi 700-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2025-y., 09/25/700/1022-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 8-fevral)
(O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 31-yanvardagi 55-sonli qaroriga asosan 2-ilovaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 4-may — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.02.2025-y., 09/25/55/0102-son)