1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 9-moddasiga muvofiq mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmas kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash Savdo-sanoat palatasining asosiy funksiyalaridan biri etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlovchi sertifikatni (keyingi o‘rinlarda — sertifikat) olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni berish tartibi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat olish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish tartibi va muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatni rasmiylashtirish va berishni rad etish tartibi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga Raqamli texnologiyalar vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Savdo-sanoat palatasining rasmiy veb-sayti orqali ikki oy muddatda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha ariza taqdim etish va ularning ko‘rib chiqilishini kuzatib borish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikatlar reyestrini e’lon qilish imkoniyatlarini yaratish tavsiya etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Ushbu qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran ikki oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2023-yil 7-iyun,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
231-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 7-iyundagi 231-son qaroriga ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi (keyingi o‘rinlarda — Palata) tomonidan mahalliy xo‘jalik shartnomalari (keyingi o‘rinlarda — shartnoma) doirasida O‘zbekiston Respublikasi hududida boshlangan yoki bo‘lib o‘tgan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini (keyingi o‘rinlarda — fors-major holatlar) tasdiqlash tartibini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mazkur Nizom talablari tashqi savdo bitimlari va xalqaro shartnomalar shartlari doirasida yuzaga keladigan fors-major holatlarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Fors-major holatlar Palata raisining elektron raqamli imzosi (keyingi o‘rinlarda — ERI) bilan tasdiqlangan hamda ushbu Nizomga 1-ilovadagi elektron shaklda QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiriladigan sertifikatni berish orqali tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Sertifikat muddatsiz davrga beriladi. Sertifikat bir martalik xususiyatga ega bo‘lib, faqat arizada ko‘rsatilgan shartnomaviy munosabatlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sertifikat — Palata tomonidan ushbu Nizom talablariga muvofiq berilgan va fors-major holatlarni tasdiqlovchi davlat namunasidagi rasmiy hujjat;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
talabgor — shartnoma doirasida fors-major holatlarni tasdiqlash maqsadida hujjatlarni taqdim etuvchi O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan tadbirkorlik subyekti bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslar (shartnoma tarafi);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari — O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq davlat ro‘yxatidan o‘tgan tadbirkorlik subyektlari va Soliq kodeksining 33-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan yuridik shaxslar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fors-major holatlar — tomonlarning xohish-irodasi va faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan tabiat hodisalari (zilzila, ko‘chki, bo‘ron, qurg‘oqchilik, suv toshqinlari va boshqalar) yoki ijtimoiy-iqtisodiy holatlar (ommaviy noroziliklar, urush holati, qamal, davlat manfaatlarini ko‘zlab import va eksportni taqiqlash, xalqaro sanksiyalarning joriy etilishi va boshqalar), obyektiv to‘sqinlik qiluvchi holatlar (epidemiya, pandemiya, karantin), texnogen ofatlar (yonginlar, portlashlar va boshqalar), infratuzilma tarmoqlaridagi (transport, energetika tizimlaridagi), favqulodda va keng miqyosdagi kutilmagan avariyalar, uzilishlar sababli yuzaga kelgan sharoitlarda taraflarga qabul qilingan majburiyatlarni bajarish imkonini bermaydigan favqulodda, oldini olib bo‘lmaydigan va kutilmagan holatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma — O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari o‘rtasida tuzilgan shartnoma.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Sertifikat olish uchun ariza berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Sertifikat talabgorning arizasiga asosan ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq Palata tomonidan rasmiylashtiriladi va beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Talabgor sertifikat olish bo‘yicha Palataga O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (keyingi o‘rinlarda — YIDXP) va Davlat xizmatlari markazlari orqali murojaat qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Arizalar YIDXP orqali dam olish va bayram kunlaridan qat’i nazar, har kuni 24 soat davomida yuborilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Bunda arizalar ish vaqtidan keyin yoki dam olish va bayram kunlarida tushganda, kalendar bo‘yicha navbatdagi ish kuni arizalarning vakolatli organga tushgan va vakolatli organ tomonidan qabul qilingan kun deb hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor shaxsan yoki uning nomidan murojaat qilish huquqiga ega bo‘lgan shaxs o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda, Davlat xizmatlari markazi xodimi ariza beruvchi nomidan, YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda esa, mustaqil ravishda ushbu nizomga 21-ilovaga muvofiq shakldagi arizani elektron shaklda to‘ldiradi
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma(lar), qo‘shimcha kelishuv(lar) (mavjud bo‘lgan taqdirda);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma(lar) bo‘yicha bajarilgan majburiyatlarning hajmlarini tasdiqlovchi hujjatlar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fors-major holat yuzaga kelganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (materiallar).
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgordan ushbu bandda ko‘rsatilmagan hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Ariza to‘ldirilganidan so‘ng talabgor ma’lumot to‘g‘riligini tekshiradi va imzolarni identifikatsiya qilishning zamonaviy vositalari (daktiloskopiya, elektron raqamli imzo, Mobil-ID va boshqa) bilan tasdiqlaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgor YIDXP orqali murojaat etgan taqdirda, pasportni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash talab etilmaydi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
71. Sertifikat berganlik uchun to‘lov undirilmaydi.
(71-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Nizomning 5 va 6-bandlarida keltirilgan ma’lumotlar va hujjatlar talabgor tomonidan to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa yoki taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar fors-major holatni tasdiqlash uchun yetarli bo‘lmasa, Palata sertifikat berish to‘g‘risidagi ariza kelib tushgan kundan boshlab bir ish kuni ichida Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali talabgorga to‘liq taqdim etilmagan ma’lumot va hujjatlarni besh kun ichida taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuboradi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Agar talabgor tomonidan so‘ralgan ma’lumotlar va hujjatlar belgilangan muddatda taqdim etilmasa yoki ushbu muddatni uzaytirish to‘g‘risida iltimosnoma berilmagan bo‘lsa, ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq Palata tomonidan sertifikat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Talabgorning iltimosiga ko‘ra to‘liq taqdim etilmagan ma’lumot va hujjatlarni berish muddati ko‘pi bilan ikki kun muddatga uzaytirilishi mumkin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Arizani ko‘rib chiqish va sertifikatni berish tartibi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Palata qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha quyidagilarni o‘rganadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma bo‘yicha majburiyatlarning mavjudligi va ularni bajarish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma taraflarining irodasi va faoliyatiga bog‘liq bo‘lmagan, favqulodda va yengib bo‘lmaydigan xususiyatga ega holatlar, shuningdek, ushbu holatlarni tasdiqlovchi vakolatli organlar (tashkilotlar) hujjatlarining mavjudligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sodir bo‘lgan holatlar va shartnoma bo‘yicha majburiyatlarni bajarish muddatlarini inobatga olgan holda, ularni to‘liq yoki qisman bajara olmaslik o‘rtasidagi sababli bog‘liqlik;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fors-major holatlarning amal qilish muddatlari;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma taraflarining fors-major holatlar vujudga kelishida aloqasi yo‘qligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Arizada ko‘rsatilgan holatlarning haqqoniyligi Palata tomonidan mustaqil ravishda respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlardan tegishli ma’lumotlarni so‘rab olish orqali aniqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar Palataning so‘rovi kelib tushgan kundan boshlab besh ish kuni ichida so‘ralayotgan ma’lumotlarni yozma shaklda bepul taqdim etishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Talabgorga sertifikat berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi qaror Palata tomonidan ariza qabul qilingan kundan boshlab o‘n ish kuni ichida qabul qilinadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Palata tomonidan talabgorga sertifikat berilgan taqdirda, sertifikat Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki talabgorga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi hamda sertifikat va u bilan bog‘liq barcha hujjatlar Palataning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Sertifikat berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Palata tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlarga asosan arizada ko‘rsatilgan holatlar o‘z tasdig‘ini topmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
arizaga ilova qilingan hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar mavjudligi yoki ma’lumotlarni buzib ko‘rsatish holatlari aniqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma bo‘yicha majburiyatlar O‘zbekiston Respublikasi hududida boshlanmagan yoki sodir bo‘lmagan fors-major holatlar oqibatida bajarilmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi hududida shartnomadan kelib chiquvchi majburiyatning bajarib bo‘linganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shartnoma bo‘yicha majburiyatning bajarilmaganligi fors-major holatlar davom etgan muddatlarga muvofiq emasligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 333-moddasiga muvofiq talabgorning shartlashuvchi sheriklari tomonidan majburiyatlarning buzilganligi, majburiyatni bajarish uchun zarur tovarlarning bozorda mavjud emasligi, talabgorda zarur mablag‘larning bo‘lmaganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fors-major holat sud qaroriga asosan tasdiqlanganligi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 11-bandiga muvofiq respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarning fors-major holatlar mavjud emasligi bo‘yicha asoslantirilgan ma’lumotlari olinganligi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Boshqa asoslarga ko‘ra sertifikat berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Palata tomonidan sertifikat berish rad etilgan taqdirda bu haqida xabarnoma Davlat xizmatlari markaziga (shaxsan kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali elektron shaklda yuboriladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Sertifikat berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng qayta kiritilgan ariza ko‘rib chiqilmaydi, mazkur Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan muddatlardan kechikib taqdim etilgan ariza yangidan kiritilgan hisoblanadi va Palata tomonidan umumiy asoslarda ko‘rib chiqiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Talabgor sertifikat berish rad etilganligi to‘g‘risidagi qaror, shuningdek, Palata mansabdor shaxsining xatti-harakatlari (harakatsizligi) bo‘yicha belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
19. Palata tomonidan berilgan sertifikatlar reyestri ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq Palataning rasmiy veb-saytida avtomatik shaklda yuritiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
20. Zarur hollarda Palata tomonidan tadbirkorlik subyektlariga sertifikat berish, fors-major holatlarni tasdiqlash va sertifikat olish uchun hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayoni bo‘yicha maslahatlar beriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
21. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuchlar (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha sertifikat namunasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
___________-son SERTIFIKAT
Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga asosan
1. Yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi
2. Yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlari yuzaga kelganligi
3. Shartnoma to‘g‘risida ma’lumot (shartnoma tuzilgan sana, shartnoma taraflari va ularning pochta manzili, shartnoma muddatlari, qarama-qarshi majburiyatlarning bajarilishi va boshqa rekvizitlar)
4. Shartnoma majburiyatlarini bajarishda yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarining yuzaga kelganligini tasdiqlash
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining vakolatli shaxsi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar mavjud bo‘lgan taqdirda, talabgorga to‘liq taqdim etilmagan ma’lumot va hujjatlarni o‘n kun ichida taqdim etish to‘g‘risida so‘rov yuboradi.
Bir ish kuni muddatda
3. Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlarga tegishli ma’lumot yoki xulosa olish uchun so‘rov yuboradi.
Zaruratga ko‘ra
3-bosqich
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, xo‘jalik birlashmalari va boshqa tashkilotlar
So‘rov kelib tushgan taqdirda, uni o‘rganib chiqadi hamda tegishli xulosa tayyorlab, Savdo-sanoat palatasiga bepul taqdim etadi.
Besh ish kuni muddatda
4-bosqich
Savdo-sanoat palatasi
1. Fors-major holatlar mavjudligini tasdiqlash yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
3. Berilgan sertifikatlar to‘g‘risidagi ma’lumotni sertifikatlar reyestriga kiritadi.
Bir kun muddatda
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 21-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha sertifikat olish yuzasidan
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ARIZA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
I. Ariza beruvchi — yuridik shaxs haqida ma’lumotlar
1.
Yuridik shaxs nomi:
2.
Yuridik shaxs STIR:
3.
Yuridik shaxs manzili:
4.
Telefon raqami:
5.
Elektron pochtasi:
II. Ariza beruvchi — jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) ma’lumotlari
1.
Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami:
2.
Telefon raqami:
3.
Yakka tartibdagi tadbirkor guvohnomasi ma’lumotlari (ro‘yxatdan o‘tkazish raqami va sanasi):
III. Tovar (shartnoma) haqida ma’lumotlar
1.
Sertifikat beriladigan shartnoma(lar)ning rekviziti va predmeti:
2.
Ariza beruvchining mazkur shartnoma(lar) bo‘yicha majburiyatlari, ularni bajarish tartibi va muddatlari:
3.
Ariza beruvchi shartnoma(lar) bo‘yicha o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajarishga to‘sqinlik qilgan deb hisoblaydigan fors-major holatlarning tavsifi (ular sodir bo‘lgan joy, vaqt, davr hamda ularning ta’siri):
4.
Fors-major holat amal qilish muddatining boshlanganligi va tugaganligi (agar tugagan bo‘lsa):
5.
Fors-major holat bilan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlar (mavjud bo‘lsa):
(21-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 2025-yil 24-dekabrdagi 821-son qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mahalliy xo‘jalik shartnomalari doirasida yuzaga keladigan yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Yengib bo‘lmaydigan kuch (fors-major) holatlarini tasdiqlash bo‘yicha berilgan sertifikatlar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
REYESTRI
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
T/r
STIR
(mavjud bo‘lsa)
Talabgor to‘g‘risida ma’lumot
Sertifikat berilgan shartnoma sanasi va raqami
Sertifikat seriyasi, tartib raqami va berilgan sanasi
Yuridik shaxsning to‘liq nomi va tashkiliy-huquqiy shakli / Yakka tartibdagi tadbirkorning davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risidagi guvohnoma rekvizitlari
Pochta manzili
Elektron pochta manzili
(mavjud bo‘lsa),
telefon raqami
1.
2.
3.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2023-y., 09/23/231/0342-son; 25.12.2025-y., 09/25/821/1211-son)