Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2025-yil 9-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3686]
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir A. TASHKULOV
Toshkent sh.,
2025-yil 9-oktabr,
23-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-son buyrugʻiga
1-ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish
QOIDALARI
Mazkur Qoidalar vazirliklar va idoralar tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash, rasmiylashtirish, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish hamda ularning kuchga kirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1-§. Asosiy tushunchalar
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi tushunchalar qoʻllaniladi:
qonunchilik texnikasi — huquq ijodkorligi faoliyatini tashkil qilish va amalga oshirish uchun foydalaniladigan qoidalar, metodlar, vositalar va usullar (instrumentlar) majmui;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat — qonunchilikka muvofiq vazirlik va idora tomonidan qabul qilingan, umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, oʻzgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat;
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (bundan buyon matnda elektron tizim deb yuritiladi) — idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlovchi elektron tizim;
huquqiy ekspertiza — idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligi, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi va maqsadga muvofiqligini tekshirishni amalga oshirish.
2. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish faqat elektron tizim orqali amalga oshiriladi, bundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mustasno.
3. Vazirlik va idoralar Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-sentabrdagi PF-161-son “Islohotlarni huquqiy jihatdan taʼminlash samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy munosabatlarni tartibga solishda vazirlik va idoralarning masʼuliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son “Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlari, shu jumladan mazkur Qoidalarga muvofiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qiladilar.
Mazkur Qoidalarda idoralar deganda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha vakolatlar berilgan respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari, shu jumladan vazirlik va idoralar boʻysunuvidagi tegishli sohada davlat siyosatini yuritish vakolati yuklatilgan qoʻmita, agentlik va inspeksiyalar yoxud maxsus vakolatli davlat organlari tushuniladi.
2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish boʻyicha vakolatlar
4. Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari asosida va ularni ijro etish uchun qabul qiladi.
Vazirlik va idoralar, agar ularga qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha vakolatlar berilgan boʻlsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin.
Vazirlik va idoralar boʻysunuvidagi qoʻmita, agentlik va inspeksiyalar, agar ularga qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan tegishli sohada davlat siyosatini yuritish vakolati yuklatilgan boʻlsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishi mumkin. Bunda zarur hollarda, vazirlik va idoralar boʻysunuvidagi qoʻmita, agentlik va inspeksiyalar ushbu hujjatlar loyihalarini yuqori turuvchi vazirlik yoki idora bilan ham kelishadi.
Vazirlik va idoralarning tarkibiy boʻlinmalari va hududiy organlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas. Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish boʻyicha vakolatni boshqa organlarga, shuningdek oʻzlarining tizimi yoki tashkiliy boʻysunuviga kiradigan ijro etuvchi hokimiyat organlari, tarkibiy boʻlinmalari hamda hududiy organlariga berishga haqli emas.
5. Vazirlik va idoralar davlat siyosatini amalga oshirish vakolati doirasida huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar kelib chiqqan taqdirda, tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vaqtida qabul qilishlari kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralarga tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish zarurligi toʻgʻrisida, uni qabul qilish muddatini koʻrsatgan holda taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish muddati, agar qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarida bundan koʻp muddat belgilanmagan boʻlsa, ikki oydan oshmasligi lozim.
6. Huquqiy normalarni idoraviy normativ-huquqiy hujjat boʻlmagan hujjatlarga (shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari, xatlar, telefonogrammalar, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalarga) kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi (bundan ushbu bandning ikkinchi xatboshisida nazarda tutilgan holatlar mustasno). Umummajburiy tusga ega boʻlmagan, lekin umummajburiy davlat koʻrsatmalari sifatida huquqiy normalarni oʻz ichiga olgan hujjatlar bekor qilinishi lozim va qoʻllanilmaydi.
Bunda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, fitosanitariya talablari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini xalqaro standartlarga moslashtirish jarayonida ularga huquqiy normalarni kiritishga yoʻl qoʻyiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqli.
Vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olishi hamda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga axborot berishi shart.
3-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning turlari va amal qilish muddatlari
7. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazkur Qoidalarning 1 — 14-ilovalariga muvofiq buyruq va qarorlar tarzida qabul qilinadi.
8. Buyruqlar vazirlik va idora nomidan qaror qabul qilish yakka tartibda amalga oshiriladigan vazirlik yoki idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
9. Qarorlar idoralar nomidan qaror qabul qilish kollegial organlari tomonidan amalga oshiriladigan idoralar tomonidan qabul qilinadi.
Ikki yoki undan ortiq vazirlik va idoralarning idoraviy normativ-huquqiy hujjatlari qarorlar tarzida qabul qilinadi.
10. Buyruq va qarorlar boshqa tashkilotlar bilan kelishilgan holda qabul qilinishi mumkin.
11. Buyruqlar va qarorlar bilan mazkur Qoidalarning 1 — 5-ilovalariga muvofiq ushbu buyruq yoki qarorning tarkibiy qismi boʻlgan nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.
Bitta buyruq yoki qaror bilan bir nechta nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar tasdiqlanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
12. Nizomlarning asosiy mazmuni umumiy belgilar asosida birlashtirilgan munosabatlar majmuini tartibga solishga qaratilgan oʻzaro tizimli bogʻlangan qoidalarni belgilashni nazarda tutadi.
13. Qoidalarning asosiy mazmuni aniq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan alohida huquqiy normalarni belgilashni nazarda tutadi.
14. Yoʻriqnomalarning asosiy mazmuni qonunchilik hujjatlari qoidalarini qoʻllashning aniqlashtiruvchi jihatlarini belgilashni nazarda tutadi.
15. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar muayyan muddatga (vaqtinchalik) yoki nomuayyan muddatga qabul qilinishi mumkin.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning amal qilish muddati butun hujjat yoki uning bir qismi uchun belgilanishi mumkin. Bunday holda idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoxud uning bir qismi qaysi muddatga yoki qanday hodisa yuz berguniga qadar oʻz kuchini saqlab qolishi koʻrsatilishi kerak.
16. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilish muddati:
a) aniq sana bilan;
b) muayyan hodisaning yuz berishi yoxud idoraviy normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishidan koʻzlangan maqsadga erishilganligi bilan chegaralanishi mumkin.
2-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash
1-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining tayyorlanishini tashkil etish
17. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash vazirlik va idoralarning bir yoki bir nechta tarkibiy boʻlinmalariga, ularning vazifalari va vakolatlarini hisobga olgan holda, yuklatiladi. Bunda koʻrsatilgan loyihaning tayyorlanishi uchun masʼul boʻlgan mansabdor shaxslar doirasi, uni tayyorlash muddati, zarurat boʻlgan taqdirda esa, mazkur ishga jalb qilinadigan tashkilotlar aniqlanadi.
18. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash uchun ishchi guruhlar tuzilishi mumkin.
19. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik va idoralarning yuridik xizmati tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.
20. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi ustidagi ish jarayonida loyiha mavzusiga oid Oʻzbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlari, boshqa davlatlarning qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish tajribasi va qonunchilik hujjatlari, xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar oʻrganiladi, tegishli qonunchilik hujjatlarini qoʻllash amaliyoti, koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha ilmiy adabiyotlar va ommaviy axborot vositalarining materiallari, shuningdek agar oʻtkazilgan boʻlsa, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar maʼlumotlari tahlil qilinadi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi mazkur Qoidalarning 22-bandida nazarda tutilgan huquqiy normalar mavjudligi boʻyicha ham oʻrganiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishidan oldin, uning tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish doirasida hujjatni qabul qilishning yaqqol zarurati va uni qabul qilmasdan boshqa muqobil yechimlar orqali muammoni hal qilishning imkoniyatlari oʻrganilishi shart.
21. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlishi shart.
22. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda:
korrupsiya koʻrinishlari va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan;
jinsi boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan;
xoʻjalik boshqaruvi organlari vakolatiga kiruvchi masalalar va korporativ munosabatlarni tartibga soladigan;
amaldagi tartib-taomillarni, shu jumladan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilini murakkablashtiradigan;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklaydigan;
jismoniy va yuridik shaxslarga yangi imtiyoz va javobgarlik choralarini hamda asoslanmagan qoʻshimcha xarajat va toʻlovlarni belgilaydigan;
yangi turdagi soliq va yigʻimlarni, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etadigan;
ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni nazarda tutadigan huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tuzilishi
23. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tuzilishi huquqiy tartibga solish predmetining izchil, mantiqan rivojlanib borishi va yoritilishini, shuningdek boʻlajak hujjat bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishini taʼminlashi lozim.
24. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat uning mazmuniga muvofiq boʻlgan hamda tartibga solish predmetini aks ettiruvchi qisqa nomga ega boʻlishi lozim. Hujjat nomi aniq, ravon va imkon qadar axborotga boy boʻlishi lozim.
Agar buyruq yoki qaror bilan nizom, qoidalar, yoʻriqnoma yoki boshqa hujjat tasdiqlanadigan boʻlsa, mazkur Qoidalarning 1 — 5-ilovalariga muvofiq shakl boʻyicha buyruq yoki qarorning nomida ushbu hujjatlarning tasdiqlangani koʻrsatilishi lozim.
25. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishdan koʻzlangan maqsad va sabablarni tushuntirish uchun loyihada kirish qismi — muqaddima berilishi mumkin.
Muqaddimada idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilishning sabablari, maqsadlari va vazifalari koʻrsatiladi, shuningdek qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (ularning moddalari yoki bandlarini) bajarish yuzasidan yoki ular asosida qabul qilinayotganligi koʻrsatilishi shart. Bunda normativ-huquqiy hujjatlar turlari ularning yuridik kuchiga nisbatan koʻrsatilishi kerak.
Muqaddima huquqiy normalarni oʻz ichiga olmasligi, bandlarga boʻlinmasligi va raqamlanmasligi kerak.
26. Huquqiy normalar arab raqamlarida belgilanib, nuqta qoʻyilgan bandlar koʻrinishida bayon qilinadi va sarlavhaga ega boʻlmaydi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat bandlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi kerak. Bandlar doirasimon qavslar bilan berkitiladigan kichik harflar yoki raqamlar koʻrinishidagi kichik bandlarga hamda xatboshilarga boʻlinishi mumkin.
27. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda quyidagilarga:
ikkitali raqamlar va (yoki) harflarni ishlatishga (masalan, “1.1”, “5.1.1”, “1.a”, “a.a” va h.k.);
bir vaqtning oʻzida kichik bandlarni va mustaqil (kichik bandlar bilan bogʻlanmagan) xatboshilarni bayon etishga;
xatboshilar boshlanishida defis yoki boshqa belgilar ishlatishga yoʻl qoʻyilmaydi.
28. Hajmiga koʻra idoraviy normativ-huquqiy hujjat kamayib boruvchi quyidagicha tuzilmaviy birliklarga boʻlinadi:
boʻlimlar;
boblar;
paragraflar;
bandlar;
kichik bandlar;
xatboshilar. Ikkinchi va keyingi xatboshilarni boʻlishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Boʻlimlar rim, boblar esa arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi. Paragraflar “§” belgisi bilan belgilanadi, arab raqamlari bilan raqamlanadi va sarlavhalarga ega boʻladi.
29. Quyidagi tuzilmaviy birliklar:
agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatda boblar boʻlmasa, boʻlim;
agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatda band boʻlmasa, kichik band va xatboshi kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
3-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning mazmunini bayon etish
30. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning har bir bandi, qoida tariqasida, bitta huquqiy normani oʻz ichiga olishi hamda toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.
31. Zarur holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatda yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjatining ayrim qoidalari mazkur hujjatga havola qilingan holda aynan takrorlanadi.
Yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjatlarining ayrim qoidalarini takrorlashga ushbu hujjatlarga havolalar qoʻllash bilan masalani toʻlaroq bayon etish uchungina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
32. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda, qoida tariqasida, boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning huquqiy normalari qayta aynan takrorlanmaydi.
33. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda uning boshqa bandlariga, shuningdek boshqa qonunchilik hujjatlariga havola qilish ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoki takrorlanishlarning oldini olish uchungina yoʻl qoʻyiladi.
34. Qonunchilik hujjatiga havola qilingan hollarda mazkur Qoidalarning 1 — 14-ilovalariga muvofiq uning turi, rekvizitlari va nomi ham koʻrsatilishi shart. Bunda boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatga havola qilinganda, uning nomi, davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan berilgan roʻyxatdan oʻtkazish raqami, davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi koʻrsatiladi.
35. Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan hujjatda mavjud boʻlmagan qonunchilik hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi uchun kuchga kirmagan xalqaro shartnomalarga, davlat roʻyxatidan oʻtmagan umummajburiy tusdagi hujjatga, shuningdek oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilgan hujjatga havola qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Vazirlik va idoralarning davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim boʻlmagan, shu jumladan tavsiya xususiyatiga ega hujjatlariga havola qilishga ularning qoidalariga umummajburiy tus bermaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi (shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga havolalar bundan mustasno).
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan vazirlik va idoralarga idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish vakolatini berishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Qonunchilik hujjatlari majmuiga yoki oʻrnatilgan tartibga havola qilingan holda yuridik xizmat xulosasiga tegishli qonunchilik hujjatlari roʻyxati ilova qilinadi.
36. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon etiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonunchilik hujjatlarida qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi.
37. Loyihada quyidagilarning qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi:
ogʻzaki nutq shakllari;
xorijiy tillarning atamalari, davlat tilida teng maʼnoli soʻzlar va tushunchalar boʻlgan taqdirda;
eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar, kinoyalar.
38. Loyihaning jumlalari rasmiy til uslubidan va yuridik atamashunoslikdan foydalanilgan holda umumeʼtirof etilgan grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalari asosida tuziladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda qonunchilik hujjatlarida mavjud boʻlmagan tushunchalar, shuningdek texnik va boshqa maxsus tushunchalardan foydalanilgan hollarda, hujjatda ularning taʼriflari beriladi. Loyihada koʻp marotaba qoʻllanilgan bir yoki bir nechta tushunchaga taʼrif berish zarur boʻlgan hollarda ular mazkur Qoidalarning 1, 3 va 4-ilovalariga muvofiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatning boshlanishida alohida bandda koʻrsatiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda umum qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanilishi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar berilishi mumkin.
39. Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatda roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar va blankalar namunalari, uslubiyotlar berilsa, unda ular ilovalar koʻrinishida, hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havolalar qoʻllagan holda rasmiylashtirilishi lozim.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga, shuningdek tavsiya xususiyatidagi hujjatlar (namunaviy nizomlar, ustavlar, uslubiy tavsiyalar va boshqalar) ham, ularning qoidalariga umummajburiy tus bermaslik sharti bilan ilova qilinishi mumkin. Ushbu hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish predmeti hisoblanmaydi.
Ilovalar tegishli tartibda arab raqamlari bilan raqamlanadi va mazkur Qoidalarning 4-ilovasiga muvofiq shaklda rasmiylashtiriladi.
4-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi loyihani tayyorlash
40. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar yoxud uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish tegishlicha buyruqlar yoki qarorlar bilan rasmiylashtiriladi. Muqaddam qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni yoki ularning tuzilmaviy birliklarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi qoidalar mazkur Qoidalarning 6 — 14-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qaror loyihasining matniga kiritiladi (oʻz kuchini yoʻqotayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar, boʻlimlar, boblar, paragraflar, bandlar, kichik bandlar, chiqarib tashlanayotgan xatboshilar koʻrsatilgan holda).
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar yoxud uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi hujjat oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat qaysi tilda qabul qilingan boʻlsa, shu tilda qabul qilinadi.
Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining matnida oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotgan yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat nomidan keyin mazkur Qoidalarning 6 — 14-ilovalariga muvofiq shakl boʻyicha unga Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazishda berilgan roʻyxatdan oʻtkazish raqami va davlat roʻyxatidan oʻtkazish sanasi, shuningdek eʼlon qilishning rasmiy manbasi koʻrsatiladi.
41. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning loyihasi bilan kiritilayotgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa, bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Qoidalarning 10 va 11-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
42. Bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilayotgan yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan boʻlsa, ushbu hujjatlar tegishli ravishda mazkur Qoidalarning 8, 12, 13 va 14-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi.
Bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilayotgan yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan berilgan roʻyxatdan oʻtkazish raqamlarining oʻsib borishi boʻyicha joylashtiriladi.
43. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning kichik bandigacha boʻlgan (kichik bandni ham qoʻshgan holda) tuzilmaviy birligining amal qilishining tugatilishi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish, xatboshi koʻrinishidagi tuzilmaviy birlikning amal qilishining tugatilishi esa chiqarib tashlash deb koʻrsatiladi.
44. Oʻzgartirishlarga quyidagilar kiradi:
raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar va pozitsiyalarni almashtirish;
kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish yoki raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilarni chiqarib tashlash;
xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalarni, shuningdek paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalar va idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar nomlarini yangi tahrirda bayon qilish.
45. Jumlaning, ilovaning, boʻlimning, bobning, bandning, kichik bandning, xatboshining va boshqalarning matnini sezilarli oʻzgartirish talab etilsa, ularni yangi tahrirda bayon etish lozim.
46. Qoʻshimchalarga idoraviy normativ-huquqiy hujjatni yangi raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar bilan toʻldirish kiradi.
47. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi hujjat quyidagilarga boʻlinishi mumkin:
nuqtali arab raqamlari bilan raqamlanadigan bandlar;
doirasimon qavs bilan berkitiladigan kichik harflar yoki arab raqamlari bilan belgilanadigan kichik bandlar;
xatboshilar.
48. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda uning ilovalari, boʻlimlari, boblari, paragraflari, bandlari va kichik bandlarining raqamlanishi oʻzgarmaydi.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjat yangi tuzilmaviy birliklar bilan toʻldirilayotgan boʻlsa (mazkur Qoidalarning 49-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), unda ularni asosiy raqam yoki harf belgilari tepasiga qoʻyiladigan qoʻshimcha raqamlar bilan belgilash lozim (masalan, 21-band, “v1”-kichik bandi va hokazo).
49. Agar tegishli qoʻshimchalar tuzilmaviy birlikning (boʻlim, bob, paragraf, band yoki kichik bandning) oxiriga kiritilayotgan boʻlsa, unda mavjud raqamlanish davom ettiriladi (masalan, agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatning oxirgi bandi 50-band boʻlsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjat 51-band bilan toʻldiriladi, agar bandning oxirgi bandi “v” kichik band hisoblansa, unda “g” kichik band bilan toʻldiriladi va hokazo).
50. Band yoki kichik bandga yangi xatboshi qoʻshilayotganda, mazkur band yoki kichik bandning keyingi xatboshilari ketma-ketligi oʻzgaradi. Masalan:
“4-bandda:
quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“oʻn sakkiz yoshdan oʻttiz yoshgacha boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari;”;
ikkinchi — beshinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — oltinchi xatboshilar deb hisoblansin.”.
51. Kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar matniga, ularning mazmuniga qarab, tinish belgilari ham qoʻshiladi (masalan, “va yoʻriqnomalar” degan soʻzlar “, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin; “, shuningdek hujjatlar” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin; “suv bilan taʼminlovchi korxonalar —” degan soʻzlar chiqarib tashlansin).
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nomiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilayotganda ilovalarning nomi va ilova belgilari qayta koʻrib chiqiladi.
52. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning bandi yoki kichik bandi xatboshilardan iborat boʻlsa, xatboshilarni hisoblash kirish xatboshisidan boshlanadi. Masalan:
“(birinchi xatboshi) 2. Yer osti ishlari quyidagi hujjatlar bilan tasdiqlanishi mumkin:
(ikkinchi xatboshi) shaxta yoki rudnikka tushish va yer ustiga chiqish jurnali (tabeli);
(uchinchi xatboshi) marksheyderlik hujjatlari bilan;
(toʻrtinchi xatboshi) ishchi nomiga (shaxtalarda, rudniklarda) akkumulyatorlik raqamlarini biriktirish jurnallari bilan.
(beshinchi xatboshi) Yer osti ishlarini tasdiqlash uchun qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hujjatlar ham qoʻllanilishi mumkin.”.
53. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tegishli tuzilmaviy birliklari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilganda, keyingi tuzilmaviy birliklarning raqamlanishi oʻzgarmaydi.
54. Xatboshi chiqarib tashlanganda keyingi xatboshilarning ketma-ketligi qayta koʻrib chiqiladi. Masalan:
“2-bandning “a” kichik bandida:
beshinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
oltinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar tegishli ravishda beshinchi — oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.”.
55. Asosiy idoraviy normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotganda, ushbu hujjatga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar (ularning tegishli tuzilmaviy birliklari) ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi kerak.
56. Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatga muhim ahamiyatga ega oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish zarurati yoki aynan bir masala boʻyicha bir nechta hujjatlarning mavjudligi aniqlansa, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjat bir tilda qabul qilingan boʻlsa va uni boshqa tilda ham qabul qilish zaruriyati boʻlsa, u holda ularni tartibga solish maqsadida yagona yangi hujjat (bundan buyon matnda yagona yangi hujjat deb yuritiladi) ishlab chiqiladi.
57. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning aniqliligini lozim darajada nazorat qilishni taʼminlash uchun, shuningdek yagona yangi hujjat ishlab chiqilganida vazirlik yoki idora rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadigan qiyosiy jadval tayyorlanishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan birga kiritilishi lozim.
58. Qiyosiy jadval uchta grafadan iborat boʻladi:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatning oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish taklif etilayotgan tuzilmaviy birligining amaldagi tahriri;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatning oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilgan tegishli tuzilmaviy birligining taklif etilayotgan tahriri;
kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarni asoslantirish.
59. Tegishli tuzilmaviy birlikning amaldagi va taklif etilayotgan tahriridagi grafalari qiyosiy jadvalda quyidagi koʻrinishda bayon etiladi:
amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida oʻzgarayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar “yarim qora” shrifti bilan ajratib koʻrsatiladi;
taklif etilayotgan tahrir grafasida toʻldirilayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar “yarim qora” shrifti bilan ajratib koʻrsatiladi;
amaldagi tahrir grafasida oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar, ilovalar yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar va xatboshilar “yarim qora kursiv” shrifti bilan ajratib koʻrsatiladi.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tuzilmaviy birligi yangi tahrirda bayon etilayotgan boʻlsa, qiyosiy jadvalda faqat tegishlicha oʻzgarayotgan, toʻldirilayotgan, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan yoki chiqarib tashlanayotgan raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar ajratib koʻrsatiladi.
Amaldagi va taklif etilayotgan tahrirlar grafalarida oʻzgarmagan tegishli raqamlar, soʻzlar, gaplar, grafalar, bloklar, pozitsiyalar, xatboshilar, kichik bandlar, bandlar, paragraflar, boblar, boʻlimlar va ilovalar, kiritilgan oʻzgartirishlar oddiy shriftda beriladi.
3-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni rasmiylashtirish, kelishish va qabul qilish
1-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni rasmiylashtirish
60. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni A4 formatdagi qogʻoz varagʻining bir tomonida masshtab kichraytirilmagan holda joylashishi lozim.
61. Buyruqlar va qarorlar matnlari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan tegishli blankalarda yozilishi va ularni qabul qilgan organning (organlarning) nomi boʻlishi lozim.
62. Ilovalari boʻlgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning betlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi lozim, bunda buyruq yoki qaror uning ilovalaridan alohida raqamlanadi.
Betning tartib raqami varaqning yuqorisida oʻrtada 2 raqamidan boshlab yoziladi. Birinchi betida 1 raqami qoʻyilmaydi.
63. Qoida tariqasida, standart varaq 1 qator oraligʻida (“mnojitel”) yozilishi lozim, har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, oʻngdan 2 sm hoshiyaga ega, matnda birinchi qatorning satr boshisi 1,27 sm boʻlishi lozim.
Matnni kompyuter vositasida yozishda “Times New Roman” 12 oʻlchamli shriftida yoki shunga oʻxshash shriftni qoʻllagan holda Microsoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
64. Loyiha matnining har bir qatorida soʻzlar koʻchirilmasdan tugallangan boʻlishi lozim. Loyihaning har bir qatori oxirida, old koʻmakchilar, bogʻlovchilar, “№” belgisi, sonlar qismi, abbreviaturalar va boshqalarning qoldirilishi tavsiya etilmaydi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat matnida oʻchirish va tuzatishlarga yoʻl qoʻyilmaydi, bundan mazkur Qoidalarning 99-bandida koʻrsatilgan holatlar mustasno.
65. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi grammatik, orfografik va punktuatsiya qoidalariga muvofiqligi yuzasidan tekshirib chiqilganidan soʻng vazirlik va idoralarning yuridik xizmati loyihaning Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishining asosliligi hamda maqsadga muvofiqligini tekshiradi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishi asoslangan hamda maqsadga muvofiq boʻlsa, loyiha yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanilishi asoslangan hamda maqsadga muvofiq boʻlmasa, yuridik xizmat loyihani tegishli xulosa bilan loyihani tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmaga qaytaradi.
66. Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq, shuningdek havolaki normalarning qoʻllanilishi asoslangan va maqsadga muvofiq boʻlgan taqdirda ushbu loyiha boʻyicha yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadigan xulosa tayyorlanadi.
67. Yuridik xizmat xulosasida quyidagilar aks ettirilishi lozim:
a) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish uchun asos (vazirlik va idora vakolati, idoraviy normativ-huquqiy hujjatga kirgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan boshqa holatlar);
b) mazkur organ tomonidan ushbu masala boʻyicha muqaddam qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
v) ushbu masala boʻyicha muqaddam boshqa organlar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar va mazkur hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni oʻzgartirish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash haqidagi maʼlumotlar;
g) idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining korrupsiyaga qarshi hamda gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganligi va uning natijasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.
68. Yuridik xizmat mavjud boʻlmagan taqdirda, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha xulosa idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinma tomonidan tayyorlanishi va vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning oʻrinbosari tomonidan imzolanishi mumkin.
69. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga uning qabul qilinishi maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat boʻlgan tushuntirish xati ilova qilinadi.
Tushuntirish xati vazirlik yoki idora rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.
Tushuntirish xatida quyidagilar aks ettiriladi:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, ularni qisqacha asoslash, shuningdek hujjatni qabul qilishdan kutilayotgan natijalar. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga solishda yuz berishi mumkin boʻlgan ijobiy oʻzgarishlar keltiriladi. Kutilayotgan natijalar miqdoriy koʻrsatkichlar koʻrsatilgan holda bayon qilinishi ham mumkin;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har birini asoslash. Bunda unga havola qilinadigan normativ-huquqiy hujjat normasining mazmuni qisqacha ochib beriladi;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinayotgan masala yuzasidan boshqa davlatlarning qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish tajribasi va qonunchilik hujjatlari, xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar, tegishli qonunchilik hujjatlarini qoʻllash amaliyoti, koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha ilmiy adabiyotlar va ommaviy axborot vositalarining materiallari, shuningdek agar oʻtkazilgan boʻlsa, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar maʼlumotlari;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi kelishilgan manfaatdor vazirliklar va idoralar;
idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilganligi va uning natijalari haqidagi maʼlumotlar, bunda jamoatchilik muhokamasi natijalari, qoida tariqasida, kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni koʻrib chiqish natijalari bayon etilgan holda mazkur Qoidalarning 15-ilovasiga muvofiq shakldagi jadvalda koʻrsatiladi;
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni asoslash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.
70. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi natijalari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash uslubiyatida (roʻyxat raqami 3470, 2023-yil 31-oktabr) belgilangan tartibda korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillarni aniqlash boʻyicha cheklist toʻldiriladi va loyihani ishlab chiquvchining birinchi rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) imzosi bilan rasmiylashtiriladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan birga taqdim qilinadi.
2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini kelishish va uning jamoatchilik muhokamasi
71. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelishilishi majburiy boʻlgan hollarda, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasida boshqa vazirlik va idoralar manfaatlariga yoki vakolatlariga daxl qiluvchi normalar mavjud boʻlsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi elektron tizim orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim.
Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik va idoralar tomonidan u taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida eʼtirozlarsiz kelishilishi yoki asoslantirilgan eʼtirozlar bilan qaytarilishi kerak.
72. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik yoki idora rahbari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yoʻli bilan kelishiladi hamda buyruq yoki qaror qismida uning kelishilganini koʻrsatuvchi qoidalarni oʻz ichiga olishi lozim. Bunda mazkur Qoidalarning 4, 5, 6, 8, 10 va 11-ilovalariga muvofiq shakl boʻyicha lavozim nomi, familiya, ismning bosh harfi, shuningdek kelishilish sanasi koʻrsatiladi.
73. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari:
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan;
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi bilan;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi bilan;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan;
fuqarolarning mehnat huquqlariga taalluqli masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan;
Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi bilan;
Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi faoliyati sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bilan;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi sohasiga kiruvchi masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Boshqaruv samaradorligi agentligi bilan;
advokatlik faoliyati va sud ishini yuritish bilan bogʻliq masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan;
tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga bevosita yoki bilvosita taʼsir qiladigan masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakili va Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan;
nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi bilan;
fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga taalluqli masalalar boʻyicha — Oʻzbekiston fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan kelishilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
74. Atrof-tabiiy muhitga, shu jumladan tabiiy resurslardan foydalanish va atrof-tabiiy muhitni muhofaza qilishga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan xoʻjalik va boshqa faoliyatni tartibga soluvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va iqlim oʻzgarishi milliy qoʻmitasi tomonidan majburiy davlat ekologik ekspertizasidan oʻtkaziladi.
(74-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3789, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3789/0243-son)
75. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni kelishish davomida vazirlik va idoralar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, bunday hujjat kelishmovchiliklar bartaraf qilinguniga qadar qabul qilinishi mumkin emas. Agar kelishmovchiliklarni bartaraf qilishning imkoni boʻlmasa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashga masʼul boʻlgan vazirlik yoki idora bu masalani batamom hal qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yoxud boshqa yuqori turuvchi organga murojaat qilishi lozim.
76. Loyihani ishlab chiquvchi tomonidan barcha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi, bundan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi hamda davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mustasno.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtirish idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishidan oldin amalga oshiriladi.
77. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish muddati oʻn kunni tashkil etadi.
Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish boshlangan kundan eʼtiboran besh kun ichida loyiha yuzasidan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar kelib tushmasa, vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kiritishi mumkin.
78. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha jamoatchilik muhokamasi ishtirokchilaridan kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarni hisobga olish loyihani qabul qilingan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflarga muvofiq maromiga yetkazish yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar rad etilgan taqdirda, loyihani ishlab chiquvchi ularni rad etish sababini asoslashi shart.
3-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish
79. Vazirlik va idora tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan buyruq yoki qarorni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yoʻli bilan qabul qilinadi.
Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar vazirlik va idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanganda, imzolar tegishli vazirlik va idoraning muhri bilan tasdiqlanadi.
Qoʻshma qarorlar qabul qilishda vazirlik va idoralarning nomi har bir vazirlik va idora uchun tartibga solinayotgan masalaning ahamiyatini hisobga olgan holda ketma-ket joylashtiriladi. Tartibga solinayotgan masala bir nechta vazirlik va idoralar uchun teng ahamiyatga ega boʻlgan taqdirda, ularning nomlari alfavit tartibida joylashtiriladi.
80. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Zarur boʻlganda, hujjat boshqa tillarga tarjima qilinishi mumkin.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tarjimalari uning davlat tilidagi tahririga muvofiq boʻlishi lozim.
81. Nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar ularni tasdiqlayotgan buyruqlar yoki qarorlarga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi, buyruq yoki qarorning tegishli bandida esa ularga mazkur Qoidalarning 1 — 5-ilovalariga muvofiq havolalar boʻlishi lozim. Bunda ilova belgisida buyruq yoki qarorning tasdiqlangan sanasi hamda normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnaliga muvofiq berilgan raqami koʻrsatilishi kerak.
82. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat quyidagi rekvizitlarga ega boʻlishi lozim:
a) hujjatning turi va nomi;
b) vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning lavozimi, elektron raqamli imzosi (davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli vazirlik yoki idoraning muhri bilan tasdiqlangan imzosi), ismining bosh harfi va familiyasi;
v) qabul qilingan sanasi, raqami va joyi.
Oldingi tahrirga qarang.
83. Vazirlik yoki idora rahbariga ikki yoki undan ortiq lavozimdagi vazifalarni bajarish yuklatilgan boʻlsa, u holda hujjatning rekvizitlarida unga ushbu vazirlik yoki idora nomidan imzolash huquqini beruvchi lavozimi koʻrsatiladi.
Vazirlik yoki idora rahbari vaqtinchalik mehnatga layoqatsizligi, taʼtildaligi yoki boshqa sababga koʻra boʻlmaganida uning vazifasini bajarishni yuklash tegishli vazirlik yoki idora rahbari tomonidan imzolangan tashkiliy-boshqaruv hujjatida nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
(83-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2026-yil 13-martdagi 10-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3789, 16.03.2026-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.03.2026-y., 10/26/3789/0243-son)
84. Vazirlik va idoralar oʻzlari qabul qilayotgan hujjatlar hisobini yuritish uchun elektron yoki qogʻoz shakldagi alohida jurnal yuritishadi va unga idoraviy normativ-huquqiy hujjat haqida quyidagi maʼlumotlar kiritiladi:
a) hujjatning turi va nomi;
b) hujjat qabul qilingan sana va joy;
v) hujjat kelishilgan organlar (ular mavjud boʻlsa);
g) hujjatni imzolagan shaxs ismining bosh harfi va familiyasi, shuningdek lavozimi;
d) hujjatni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinmaning nomi, shuningdek masʼul xodim ismining bosh harfi, familiyasi va lavozimi.
85. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnalidagi tartib raqamiga mutanosib raqam beriladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnalidagi maʼlumotlarni oʻzgartirish yoki ularni boshqacha tarzda buzib toʻgʻrilashga yoʻl qoʻyilmaydi. Agar maʼlumotlarni idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hisobini yuritish jurnaliga kiritishda jiddiy xatolarga yoʻl qoʻyilsa, notoʻgʻri kiritilgan maʼlumot toʻliqligicha oʻchiriladi va maʼlumotlar qaytadan kiritiladi.
86. Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ikkita asl nusxada qabul qilinadi. Qoʻshma qarorning asl nusxalari soni hujjatni tasdiqlagan organlar soniga mutanosib ravishda hamda bitta asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uchun qabul qilinadi.
4-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning huquqiy ekspertizasi, davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi va kuchga kirishi
1-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etish
87. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun idoraviy normativ-huquqiy hujjat tasdiqlangan holda uni qabul qilgan organ tomonidan ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan kundan boshlab oʻn kun ichida elektron tizim orqali taqdim etiladi (bundan davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mustasno). Agar koʻrsatilgan muddatning tugashi ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelsa, u holda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilish muddati keyingi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni belgilangan muddat davomida huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilish fakti elektron tizim orqali kelib tushgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonxonasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan qayd qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan oʻtkazilib, uni davlat roʻyxatidan oʻtkazish haqida xulosa yoki davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi xat rasmiylashtirilgunga qadar ushbu hujjatni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Mazkur bandning uchinchi xatboshisida koʻrsatilgan talabga rioya qilinmasdan takroran taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasdan, hujjatni taqdim etgan organga qaytariladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun bitta kuzatuv xati bilan faqatgina bitta idoraviy normativ-huquqiy hujjat taqdim etiladi.
88. Kuzatuv xatida idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashga masʼul boʻlgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va aloqa telefon raqamlari koʻrsatilishi lozim.
89. Bir nechta vazirlik va idoralarning qoʻshma holda qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatini huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etish, qoida tariqasida, hujjatni qabul qiluvchilar orasida nomi birinchi boʻlib koʻrsatilgan vazirlik yoki idoraga yuklatiladi.
90. Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga vazirlik va idora rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan mazkur Qoidalarning 86-bandiga muvofiq asl nusxalarda taqdim qilinadi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng uning bitta asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida qoladi.
91. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga idoraviy normativ-huquqiy hujjatni taqdim etgan organning yuridik xizmati rahbari (vazirlik yoki idoraning rahbari yoki tegishli oʻrinbosari) tomonidan imzolangan yuridik xulosa ilova qilinadi. Yuridik xulosada uni imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, aloqa telefon raqamlari koʻrsatilishi lozim.
92. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolangan taqdirda, yuridik xulosada vazirlik yoki idora rahbari vazifasini bajarishni yuklash, shuningdek mazkur vazifalarni bajarish muddati koʻrsatilgan tegishli tashkiliy-boshqaruv hujjatning (mazkur hujjatning nusxasini ilova qilgan holda) rekvizitlari boʻlishi lozim.
93. Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran joʻnatilayotgan boʻlsa, shuningdek u davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan hujjat oʻrniga qabul qilingan boʻlsa, yuridik xulosada Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganligi yoxud idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan qaytarilganligi toʻgʻrisidagi xatining (xulosasining) sanasi va raqami koʻrsatilishi lozim.
94. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida quyidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi:
a) Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning fuqarolik, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlari va majburiyatlariga, ularni amalga oshirish kafolatlariga, koʻrsatilgan huquq, erkinlik va majburiyatlarni amalga oshirish mexanizmlariga daxl qiluvchi;
b) idoralararo tusdagi (umummajburiy tusdagi);
v) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idora (qoʻshma holda qabul qilgan ikki yoki undan ortiq idora) tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar. Agar tashkilotlar vazirlik yoki idoralarning toʻliq boʻysunuvida boʻlsalar, mazkur organlarning tizimiga kiruvchi tashkilotlar hisoblanadilar. Boʻysunuv toʻgʻridan-toʻgʻri (mazkur tizimning barcha yuqori boʻgʻinlariga vertikal ravishda) yoki bevosita (bevosita yuqori turuvchi organga) boʻlishi mumkin. Tashkilotlar, agar vazirlik yoki idoraga qaysidir alohida munosabatlar yuzasidan (masalan, hisob yuritish qoidalari, mablagʻ bilan taʼminlash, uslubiy rahbarlik masalalari boʻyicha va hokazo) boʻysunuvda boʻlsalar, ularning nazorati ostida boʻlsalar yoxud vazirlik yoki idora tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasini bajarsa, vazirlik yoki idoralar tizimiga kiruvchi hisoblanmaydilar.
95. Mazkur Qoidalarning 94-bandida koʻrsatib oʻtilgan belgilardan biri yoki bir nechtasiga ega boʻlgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddatidan (doimiy amal qiluvchi, vaqtinchalik (maʼlum bir muddatga qabul qilingan), shuningdek ulardagi huquqiy normalarning qanday xususiyatda boʻlishidan, shu jumladan davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarga yoki maxfiy maʼlumotlarga ega boʻlishidan qatʼi nazar, huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
96. Quyidagilar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi:
a) yakka tartibdagi hujjatlar:
shaxsiy tusdagi (lavozimga tayinlash, boshqa lavozimga oʻtkazish yoki lavozimidan ozod qilish, komissiya va boshqa kollegial organlar tarkibini tasdiqlash, faxriy yoki harbiy unvonlar berish, muayyan shaxslarga imtiyozlar berish va boshqa shu kabilar);
amal qilishi bir marta qoʻllash bilan tamom boʻluvchi;
tezkor-farmoyishli tusdagi (bir martalik topshiriqlar);
b) muqaddam belgilangan tartibni ijro etishni tashkil etishga yoʻnaltirilgan hamda yangi huquqiy normalarni oʻz ichiga olmagan hujjatlar (shu jumladan, butun mazmuni boshqa organlar va mansabdor shaxslarning hujjatlari toʻgʻrisida xabardor qilishdan iborat boʻlgan hujjatlar);
v) texnik reglamentlar;
g) standartlashtirish boʻyicha normativ hujjatlar (standartlar, standartlashtirish boʻyicha qoidalar va normalar, texnik-iqtisodiy maʼlumotlar klassifikatorlari);
d) sanitariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari;
e) shaharsozlik, ekologik normalar va qoidalar;
j) ushbu bandning “v” — “e” kichik bandlarida nazarda tutilmagan hujjatlar. Ushbu kichik bandda nazarda tutilgan hujjatlarni texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga tegishli deb topish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi;
z) tavsiya xususiyatiga ega hujjatlar;
i) idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi hujjatlar;
k) umummajburiy tusga ega boʻlmagan boshqa hujjatlar.
Mazkur bandning “d” va “e” kichik bandlarida nazarda tutilgan shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya hamda veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari Shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalarini tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish qoidalariga (roʻyxat raqami 3545, 2024-yil 6-avgust) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi va hisobga qoʻyiladi.
2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish
97. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hujjat kelib tushgan kundan boshlab yigirma kun ichida amalga oshiriladi. Agar koʻrsatilgan muddatning tugashi ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelsa, unda davlat roʻyxatidan oʻtkazish muddati undan keyingi birinchi ish kuniga qadar uzaytiriladi.
Agar taqdim etilgan hujjat, shu jumladan malakali mutaxassislarni jalb etish yoʻli bilan qoʻshimcha oʻrganilishi talab etiladigan boʻlsa, hujjatni koʻrib chiqish muddati oʻn kungacha uzaytirilishi mumkin.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etish tartibini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish ushbu hujjat kelib tushgan kundan boshlab oʻn besh kun ichida amalga oshiriladi.
98. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish:
a) huquqiy ekspertizani;
b) ushbu hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtirishni;
v) Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga (bundan buyon matnda Davlat reyestri deb yuritiladi) roʻyxatdan oʻtkazish raqami berilgan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisida maʼlumot kiritishni va uni Davlat reyestriga kiritishni;
g) Davlat reyestriga idoraviy normativ-huquqiy hujjatning oʻz kuchini yoʻqotganligi toʻgʻrisida maʼlumot kiritishni va uni Davlat reyestridan chiqarishni oʻz ichiga oladi.
99. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida huquqiy ekspertizadan oʻtkazilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, yuqoriroq yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqlashtirish, shuningdek havola qiluvchi normalar qoʻllanishining asosliligi va maqsadga muvofiqligini taʼminlash yuzasidan qayta ishlash (tahrirlash) orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi mumkin.
Qayta ishlangan (tahrirlangan) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ushbu hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idoraning birinchi rahbari tomonidan yozma yoki elektron tizim orqali rozilik berilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Bunda qayta ishlangan (tahrirlangan) idoraviy normativ-huquqiy hujjat uni qabul qilgan vazirlik yoki idora birinchi rahbarining roziligini olish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idoraga beriladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish muddati ushbu hujjat vazirlik yoki idoraning birinchi rahbariga rozilik olish uchun yuborilgan kundan rozilik olingan kunga qadar toʻxtatib turiladi.
100. Taqdim qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin, agar:
a) hujjat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga zid boʻlsa;
b) hujjatda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-martdagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalar mavjud boʻlsa;
v) hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizom va mazkur Qoidalar bilan oʻrnatilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etish tartibini buzgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuborilgan boʻlsa. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etish tartibi buzilganligi sababli davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilsa, huquqiy ekspertiza oʻtkazilmaydi;
g) hujjat manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan boʻlsa;
d) jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning asosli eʼtirozlariga sabab boʻlgan boʻlsa;
e) hujjat mazkur Qoidalar bilan oʻrnatilgan boshqa talablarga javob bermasa.
101. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar rad etilgan vaqtdan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi hamda vazirlik va idoralar tomonidan ularni bekor qilish uchun alohida hujjat qabul qilish talab etilmaydi.
Bunda Adliya vazirligining davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosasi imzolangan vaqtdan idoraviy normativ-huquqiy hujjatda uning bekor qilinganligi haqidagi belgi avtomatik tarzda elektron tizimda qayd etiladi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi xulosasini eʼtiborga olgan holda qayta ishlab chiqilishi va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin. Bunda qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi taqdimnomasiga koʻra qabul qilingan hujjatlarni qayta ishlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga takroran taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi lozim.
Mazkur Qoidalarning 100-bandi “v” va “g” kichik bandlarida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilganda (mazkur Qoidalarning 87-bandida nazarda tutilgan muddat buzish hollari bundan mustasno), vazirlik va idoralar bir oy ichida rad etish sabablarini bartaraf etishga va ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran taqdim etishga majburdirlar.
102. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idoraga bu hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilgan organning iltimosiga koʻra, huquqiy ekspertizaning istalgan bosqichida davlat roʻyxatidan oʻtkazmasdan Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan qaytarib berilishi mumkin. Bu holda vazirlik yoki idora Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga tegishli xatni yuboradi.
103. Agar huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat huquqiy ekspertiza oʻtkazish natijasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim emas deb topilsa, ushbu hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etgan organga ushbu qarorni qabul qilish asoslari koʻrsatilgan tegishli xulosa yuboriladi.
104. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish elektron tizim orqali idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan, istisno tariqasida, qogʻoz shaklida tasdiqlanadigan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosa bilan rasmiylashtiriladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosa asosida roʻyxatdan oʻtkazish raqami berilgan holda Davlat reyestriga tegishli maʼlumot kiritiladi.
Davlat reyestri elektron shaklda yuritiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi belgi (davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami va sanasi, shuningdek davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar uchun qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri) buyruq yoki qarorning yuqori qismiga qoʻyiladi.
Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiylashtirilgan asl nusxasi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etgan vazirlik yoki idoraga belgilangan tartibda yuboriladi.
Kelishuvchi vazirlik va idoralarga, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etgan vazirlik va idora tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nusxasi taqdim etiladi.
Vazirlik va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidan elektron koʻrinishda yuklab olishlari mumkin.
105. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi, shuningdek ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mazkur Qoidalarda oʻrnatilgan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi lozim.
3-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning kuchga kirishi
106. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat, agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi va ijro etilishi lozim.
Agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlsa, unda idoraviy normativ-huquqiy hujjat shu sanadan boshlab kuchga kiradi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomili murakkablashtirilishini va tadbirkorlik faoliyati subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatilishini nazarda tutadigan, shuningdek ularning javobgarligiga oid yangi choralarni belgilaydigan idoraviy normativ-huquqiy hujjat rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kamida uch oydan keyin kuchga kiradi.
107. Davlat roʻyxatidan oʻtishi lozim boʻlgan hujjatlarni, ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilmasidan va rasmiy eʼlon qilinmasidan, ijroga yuborishga yoʻl qoʻyilmaydi. Mazkur talablar buzilgan taqdirda, hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida qoʻllanilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 37-moddasiga muvofiq vazirliklar va idoralarning mansabdor shaxslari davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni amalga kiritganlik uchun maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.
5-bob. Yakuniy qoidalar
1-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish
108. Vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlaydi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qoʻllash boʻyicha sharh berish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organ tegishli rasmiy sharh berishi shart.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda noaniqliklar topilgan, u amaliyotda notoʻgʻri yoki ziddiyatli tarzda qoʻllanilgan hollarda idoraviy normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharh beriladi. Rasmiy sharhlar berishda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish huquqiy normalar mazmunini tushuntirishdan iborat boʻlib, aniqlashtiruvchi qoidalarni oʻz ichiga oladi va mustaqil ahamiyatga ega boʻlmaydi hamda rasmiy sharh berilayotgan normalar bilan birgalikda amal qiladi.
Bunda rasmiy sharh berish maqsadida idoraviy normativ-huquqiy hujjat matnidan faqat soʻzma-soʻz (uning boʻlimi, bobi, paragrafi, bandi va hokazo) foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat mazmunidan (uning boʻlimi, bobi, paragrafi, bandi va hokazo) farq qiluvchi hamda yangi huquqiy norma hosil qiluvchi boshqa tushuncha va atamalardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
109. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organlarga ular qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha rasmiy sharh berish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
110. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharhlar tegishlicha buyruq yoki qarorlar bilan mazkur Qoidalarning 16-ilovasiga muvofiq shaklda beriladi.
111. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi buyruq yoki qaror qabul qilinganidan soʻng elektron tizim orqali oʻn kun ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qilinadi.
Rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi buyruq yoki qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyingina ijroga yuboriladi.
112. Rasmiy sharh berilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotganda, unga berilgan rasmiy sharh ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi kerak.
Rasmiy sharhni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish rasmiy sharhni berish toʻgʻrisidagi hujjat qanday tartibda qabul qilingan boʻlsa, shunday tartibda amalga oshiriladi.
113. Rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi hamda rasmiy sharhni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi buyruqlar yoki qarorlar “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da eʼlon qilinadi.
114. Rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi hamda rasmiy sharhni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi buyruq yoki qarorning matni idoraviy normativ-huquqiy hujjatning matni qanday tartibda tarqatilgan boʻlsa, shunday tartibda tarqatiladi.
115. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat qoidalarini qoʻllagan holda toʻliq sharh berish imkoni boʻlmagan taqdirda, vazirlik yoki idora idoraviy normativ-huquqiy hujjatga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga va ularni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilishga majburdir.
Agar sharh tayyorlash davomida qonunchilik hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalarini huquqiy tartibga solish zarurati aniqlansa, vazirlik va idoralar oʻz vakolatlari doirasida tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatni ishlab chiqishlari va qabul qilishlari yoxud yuqori turuvchi organlarga idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish boʻyicha taklif kiritishlari lozim.
2-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
116. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish qonunchilik hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan, shu jumladan vazirlik va idoralar tomonidan yangi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi munosabati bilan, shuningdek ularni qabul qilgan vazirlik va idoralarning tashabbusi boʻyicha amalga oshiriladi.
117. Yangi idoraviy normativ-huquqiy hujjat tayyorlanayotganligi munosabati bilan muqaddam qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga yoki ularning tuzilmaviy birliklariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud ularni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi takliflar bunday hujjat loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda tayyorlanishi lozim.
118. Vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga bir xil masaladagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni bitta hujjat bilan kiritishi lozim.
119. Qonunchilik hujjatlari oʻzgargan taqdirda, vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiq holga keltirishga hamda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdirlar. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilgunga qadar ushbu hujjatlar qonunchilik hujjatlariga zid boʻlmagan qismda amalda boʻladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralarga ular tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritishga haqlidir. Bu holda vazirlik va idoralar oʻn kunlik muddatda oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdirlar. Ushbu norma bajarilmagan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tegishli organ (organlar)ni keyinchalik xabardor qilgan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarishga haqlidir, bu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos boʻladi.
Qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Davlat reyestridan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan “huquqiy boʻshliqlar” oqibatlari uchun ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar boʻladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi, agar buyruqning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
120. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qonunchilik hujjatlari oʻzgarishi munosabati bilan yoxud vazirlik yoki idora tashabbusi boʻyicha qayta koʻrib chiqishda ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishini tugatish zarurati yuzaga kelgan taqdirda, vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi tegishli buyruq yoki qarorni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etadilar.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosa asosida Davlat reyestriga idoraviy normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish va Davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumot kiritiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjat rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran, agar unda kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.
121. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat (tuzilmaviy birlik) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatga (tuzilmaviy birlikka) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar (ularning tegishli tuzilmaviy birligi) ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim.
122. Ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni (tuzilmaviy birlikni) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni yoki uning tuzilmaviy birligini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish, ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjat (tuzilmaviy birlik) amal qilishining tiklanishiga olib kelmaydi.
123. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoxud uni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish ushbu hujjatni qabul qilgan organ tomonidan yoxud bunga vakolatli boshqa organ tomonidan ushbu hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Boshqa vazirlik va idoralar bilan qoʻshma holda qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga shu vazirlik va idoralar bilan qoʻshma holda oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritiladi yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.
Bir nechta vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni vazirlik va idoralar bilan kelishish talab etilmaydi.
Bir nechta vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirish bilan bogʻliq boʻlmagan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda, kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kelishilgan vazirlik va idoralardan qaysi birining manfaatlariga yoki vakolatlariga daxl qilsa, oʻsha vazirlik va idoralar bilan kelishiladi.
Boshqa vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar shu vazirlik va idoralar bilan kelishilgan holda oʻz kuchini yoʻqotgan deb topiladi.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar uni qabul qilishda ishtirok etmagan vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim boʻlsa, bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar ushbu vazirlik va idoralar bilan ham kelishilishi lozim.
124. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi berilgan vazirlik yoki idora qayta tashkil etilgan taqdirda, huquqiy vorisga oʻz vakolati doirasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish huquqi bilan birga ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish vakolatlari ham oʻtadi, ushbu Qoidalarning 125-bandida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
125. Vazirlik yoki idora tugatilgan yoxud u tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish huquqini huquqiy vorisiga bermasdan qayta tashkil etilgan taqdirda, ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish, qoʻshimchalar kiritish, ularning amal qilishini toʻxtatib turish va tugatish vakolatlari yuqori turuvchi yoki boshqa vakolatli organga oʻtadi.
126. Vazirlikning yoki idoraning nomi oʻzgartirilgan taqdirda, uning ilgarigi nomi koʻrsatilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning oʻzgartirilgan nomga oid qismiga oʻzgartirish yoki qoʻshimcha kiritilishi lozim. Bunday oʻzgartirishlar yoxud qoʻshimchalar kiritilguniga qadar ilgarigi nomi koʻrsatilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning amal qilishi nomi oʻzgartirilgan vazirlikka yoki idoraga toʻliq hajmda tadbiq etiladi.
Vazirlik yoki idora maqomining oʻzgartirilishi ular tomonidan ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining tugatilishiga olib kelmaydi.
127. Vaqtinchalik tusga ega boʻlgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ularning amal qilish muddati tugagan kundan eʼtiboran Davlat reyestridan chiqarilgan hisoblanadi. Vazirlik va idoralar zarur holda bunday hujjatlarning amal qilish muddati tugashidan kamida oʻttiz kun oldin ularning amal qilish muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi tegishli hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim etib, ularning amal qilish muddatini uzaytirishga majburdirlar.
Butun hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilish muddatini uzaytirish yoxud unga muddatsiz tus berish idoraviy normativ-huquqiy hujjat qonunchilik hujjatlariga, oʻtkazilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishlariga, jamiyatdagi barqaror huquqiy munosabatlarga muvofiq boʻlgan taqdirdagina amalga oshiriladi.
3-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar amal qilishining toʻxtatib turilishi
128. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi uni qabul qilgan organ yoxud uning yuqori turuvchi organi tomonidan muayyan muddatga yoki muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻxtatib turilishi mumkin. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻxtatib turilgan holda, qanday hodisa yuz berishi lozimligi aniq koʻrsatilishi hamda ushbu hodisa barchaga maʼlum boʻlishi lozim.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini toʻxtatib turish yoki qayta tiklash tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan amalga oshiriladi.
Muayyan muddatga toʻxtatilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi toʻxtatib turish muddati tugagandan soʻng avtomatik ravishda qayta tiklangan hisoblanadi. Bunda amal qilishni qayta tiklash toʻgʻrisidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi talab etilmaydi.
Muayyan hodisa yuz berguniga qadar toʻxtatib turilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan qayta tiklanadi.
129. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi nizoli masalalar kelib chiqqanda, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan yangi holatlar aniqlanganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin.
130. Mazkur Qoidalarning 129-bandiga asosan toʻxtatib turilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi uni toʻxtatib turish asoslari bartaraf qilingan taqdirda qayta tiklanishi mumkin.
131. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi mazkur Qoidalarning 129-bandiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan toʻxtatib turiladi yoki qayta tiklanadi, buyruqning nusxasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan organga yuboriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishini toʻxtatib turish yoki qayta tiklash toʻgʻrisidagi buyrugʻi, agar buyruqning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, u rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
4-§. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni eʼlon qilish va ularning matnlarini tarqatish
132. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalarda eʼlon qilinishi shart. “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”, Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, vazirlik va idoralarning rasmiy nashrlari idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar eʼlon qilinadigan rasmiy manbalardir.
Vazirlik va idoralar tomonidan taʼsis etilgan, taʼsis hujjatlarida koʻrsatib oʻtilgan organlar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni rasman eʼlon qilish nazarda tutilgan ommaviy axborot vositalari ularning rasmiy nashrlari hisoblanadi.
Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan” va Oʻzbekiston Respublikasi Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida rasman eʼlon qilingunga qadar oʻzlarining rasmiy nashrlarida eʼlon qilgan taqdirda, bu haqda eʼlon qilingan kundan kechikmay, rasmiy nashr rekvizitlarini koʻrsatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga maʼlum qiladi.
133. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ular davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur boʻlgan taqdirda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda yuboriladigan davlat organlari va boshqa tashkilotlarning roʻyxati boʻyicha davlat organlari va tashkilotlarga yuboriladi.
134. Vazirliklar va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur boʻlgan taqdirda, axborot-tahliliy materiallari bilan birga) ular rasman eʼlon qilingandan keyin bir kundan kechikmay oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishi shart.
Tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soladigan rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilinmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar talablarini buzganlik uchun tadbirkorlik subyektlariga javobgarlik choralarini qoʻllash taqiqlanadi.
135. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni eʼlon qilish va tarqatishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami va sanasi koʻrsatilishi majburiydir.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni rasmiy va norasmiy nashrlarda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida va maʼlumotlarning elektron bazalarida eʼlon qilishda (tarqatishda), shuningdek qayta chop etish yoʻli bilan tarqatishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami va sanasi hujjatning birinchi varagʻining markazida uning nomining ostiga qoʻyiladi.
136. Vazirlik va idoralar, oʻz vakolatlari doirasida, oʻzlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini taʼminlashlari shart.
137. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishi idoraviy normativ-huquqiy hujjat matni bilan toʻsiqsiz (erkin) tanishish imkonini taʼminlovchi har qanday shakllarda, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, rasmiy nashrlarda, umumfoydalanish joylaridagi peshlavhalarda va boshqalarda eʼlon qilish yoʻli orqali amalga oshirilishi mumkin. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qoʻllashga masʼul boʻlgan shaxslar idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan shaxsan tanishtirilishi lozim.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
1-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ISTIQBOLLI LOYIHALAR MILLIY AGENTLIGI DIREKTORINING

BUYRUGʻI

Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida

Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:

1. Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Direktor

(imzo)

X. Xxxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 29-oktabr,

11-son

Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi direktorining 20__ yil 29-oktabrdagi 11-son buyrugʻiga
ILOVA
Sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablari toʻgʻrisidagi
NIZOM
Mazkur Nizom sugʻurtalovchining, sugʻurta brokerining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbariga va bosh buxgalteriga qoʻyiladigan malaka talablarini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
suurtalovchining (suurta brokerining) rahbari — qonunchilik hujjatlari va sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) taʼsis hujjatlariga muvofiq tayinlanishi yoki saylanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasiga asosan sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) yagona ijro etuvchi organi boʻlib hisoblanadigan yoki sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) kollegial ijro etuvchi organi ustidan boshqaradigan jismoniy shaxs;
suurtalovchining (suurta brokerining) alohida boʻlinmasining rahbari — tayinlanishi natijasida, tuzilgan mehnat shartnomasi va berilgan ishonchnomaga asosan sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining yagona ijro etuvchi organi boʻlib hisoblanadigan jismoniy shaxs;
suurtalovchining (suurta brokerining) bosh buxgalteri — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini yuritishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni taʼminlaydigan jismoniy shaxs;
suurtalovchining (suurta brokerining) alohida boʻlinmasining bosh buxgalteri — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) alohida boʻlinmasining buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruvi funksiyalarini amalga oshiruvchi, buxgalteriya hisobini yuritishni hamda moddiy va moliyaviy resurslarni oqilona, tejamkorlik bilan ishlatilishini nazorat qilishni taʼminlaydigan jismoniy shaxs;
alohida boʻlinma — sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi filiali (vakolatxonasi).
2. Sugʻurtalovchilarning, sugʻurta brokerlarining hamda ular alohida boʻlinmalarining rahbarlari va bosh buxgalterlari lavozimlariga tavsiya etilayotgan nomzodlar (bundan buyon matnda nomzodlar deb yuritiladi) mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda tayinlanadi (saylanadi).
...
2-bob. Malaka talablari
6. Sugʻurtalovchining (sugʻurta brokerining) rahbari quyidagi malaka talablariga mos kelishi lozim:
a) Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim muassasalarida olingan oliy maʼlumotga yoki xorijiy davlatlarning taʼlim muassasalarida olingan, hamda qonunchilik hujjatlariga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasidagi oliy maʼlumotga ekvivalent deb tan olingan oliy maʼlumotga ega boʻlishi;
b) sugʻurta sohasida 3 yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi (sugʻurta agenti sifatidagi, shuningdek yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlar lavozimlaridagi ish staji hisobga olinmaydi);
v) quyidagi yoʻnalishlardagi bilimlarga ega boʻlishi:
Oʻzbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyoti;
sugʻurta faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari.
...
4-bob. Yakuniy qoidalar
20. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelgan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bu haqda sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) Komissiya qaror qabul qilgan kundan boshlab 3 kun muddatda yozma ravishda xabar beradi.
21. Nomzodlar mazkur Nizomda belgilangan malaka talablariga mos kelmagan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi bu haqda sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) mos kelmaganlik sabablarini koʻrsatgan holda Komissiya tomonidan qaror qabul qilingan kundan boshlab 3 kun muddatda yozma ravishda xabar beradi.
22. Sugʻurtalovchi (sugʻurta brokeri) mazkur Nizom talablarini buzgan taqdirda, sugʻurtalovchiga (sugʻurta brokeriga) qonunchilik hujjatlariga muvofiq choralar koʻriladi.
23. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
2-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI HUZURIDAGI IJTIMOIY HIMOYA MILLIY AGENTLIGI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA VA MAKTAB TAʼLIMI VAZIRLIGI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGINING

QARORI

Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogironligi boʻlgan bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-son “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi qaror qiladi:

1. Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogironligi boʻlgan bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 28-yanvar,

27-son

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 28-yanvar,

4-son

Iqtisodiyot va moliya vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 28-yanvar,

82-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligining 20__ yil 28-yanvardagi 27, 4 va 82-son qaroriga
ILOVA
Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda nogironligi boʻlgan bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi
NIZOM
Ushbu Nizom uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlariga, shuningdek nogironligi boʻlgan bolalarni va uyda yakka tartibda oʻqitiladigan bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga yoʻl haqi kompensatsiyasi tayinlash va toʻlash tartibini belgilaydi.
1-bob. Kompensatsiya miqdori
1. Uyda ijtimoiy yordam xizmati xodimlari hamda bolalarni uyida oʻqitganlik uchun umumtaʼlim maktablarining oʻqituvchilariga oylik yoʻl kompensatsiyasi miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 foizi miqdorida belgilanadi.
2-bob. Kompensatsiyani tayinlash
2. Kompensatsiya bolalarni uyida oʻqitadigan barcha turdagi umumtaʼlim maktablari, shu jumladan maktab-internatlarining oʻqituvchilariga (bundan buyon matnda — maktab oʻqituvchilari deb yuritiladi) tayinlanadi.
...
4-bob. Yakuniy qoida
10. Kompensatsiyaning toʻgʻri tayinlanishi va toʻlanishini nazorat qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
3-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI

BOJXONA QOʻMITASINING

QARORI

Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida

Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:

1. Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.

Rais

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 8-fevral,

01-02/8-4-son

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 20__ yil 8-fevraldagi 01-02/8-4-son qaroriga
ILOVA
Bojxona qiymati deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Mazkur Yoʻriqnoma bojxona qiymati deklaratsiyasini (bundan buyon matnda BQD deb yuritiladi) toʻldirish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
BQD — bojxona yuk deklaratsiyasining (bundan buyon matnda BYD deb yuritiladi) ajralmas qismi boʻlib, tovarning bojxona qiymati toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan va deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan bojxona organiga BYD bilan bir paytda topshiriladigan hujjat;
deklaratsiyalovchi shaxs — bojxona organlariga BQDni oʻz nomidan taqdim etayotgan deklarant yoki BQDni toʻldirish, imzolash va bojxona organlariga deklarant nomidan taqdim etishga vakolatli bojxona rasmiylashtiruvi boʻyicha mutaxassis yoxud boshqa shaxs;
...
11. BQDdagi maʼlumotlarni maʼlum qilishda Bojxona yuk deklaratsiyasini toʻldirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomada (roʻyxat raqami 2773, 2016-yil 6-aprel) koʻrsatilgan tasniflagichlardan foydalaniladi.
2-bob. BQD-1ni toʻldirish
12. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan quyidagi grafalari toʻldiriladi: 1, 2a, 2b, 3, 4, 5, 6, 7a, 7b, 8a, 8b, 9a, 9b, 10a, 10b, “Tovar №”, “kodi”, 11a, 11b, 12, 13a, 13b, 14, 15, 16, 17a, 17b, 17v, 18, 19, 20, 21, 22, 23a, 23b, 24 “Qoʻshimcha maʼlumotlar”, “Imzo”.
13. Bojxona organi mansabdor shaxsi tomonidan BQD-1ning asosiy va qoʻshimcha varaqlaridagi “Bojxona belgilari uchun”maydonchasi toʻldiriladi.
14. Deklaratsiyalovchi shaxs tomonidan grafalarni toʻldirish:
1) 1-grafa. “Sotuvchi”.
Grafada tovarni sotuvchi shaxs toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi:
agar sotuvchi yuridik shaxs boʻlsa — uning nomi;
agar jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) boʻlsa — familiyasi, ismi, otasining ismi.
...
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
4-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VAZIRINING

BUYRUGʻI

Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida

Oʻzbekiston Respublikasining “Pochta aloqasi toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-martdagi 185-son “Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya xizmatlari sifatini yanada yaxshilashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:

1. Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Sogʻliqni saqlash vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishilgan.

3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Vazir

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20___ yil 21-yanvar,

6-mh-son

Kelishilgan:

Favqulodda vaziyatlar vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxx

20__ yil 7-yanvar

Ichki ishlar vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxx

20__ yil 7-yanvar

Davlat xavfsizlik xizmati raisi

(imzo)

X. Xxxxxxxx

20__ yil 7-yanvar

Sogʻliqni saqlash vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxx

20__ yil 7-yanvar

Tashqi ishlar vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxx

20__ yil 7-yanvar

Oʻzbekiston Respublikasi raqamli texnologiyalar vazirining 20__ yil 12-yanvardagi 6-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
YOʻRIQNOMA
Ushbu Yoʻriqnoma pochta aloqasi operatorlari va provayderlari tomonidan pochta, kuryerlik joʻnatmalarida odamlar hayoti va sogʻligʻi uchun xavfli boʻlgan predmetlar va moddalarni aniqlash boʻyicha nazoratni tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
pochta, kuryerlik joʻnatmalari nazorati — pochta, kuryerlik joʻnatmalarini ularda xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalarini aniqlash maqsadida vizual koʻrikdan oʻtkazish va texnik nazorat vositalarini qoʻllash orqali tekshirish;
xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalari — Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) 3-ilovasi 1-bandi “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan predmetlar va moddalar yoki ularning belgilarini oʻz ichiga olgan joʻnatmalar;
vakolatli organlar — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi;
texnik nazorat vositalari — xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalarini aniqlash uchun qoʻllaniladigan maxsus texnika (metallodetektorlar, rentgen texnikasi, dozimetrlar, gaz analizatorlari va boshqalar).
2. Pochta, kuryerlik joʻnatmalari nazorati ularni qabul qilish, saralash va ishlov berishni amalga oshiruvchi pochta aloqasi operatorlari, provayderlariga yuklatiladi.
3. Pochta, kuryerlik joʻnatmalari nazorati joylari quyidagilar bilan jihozlangan boʻlishi kerak:
noqulay sanitariya-epidemiologik sharoitga, karantin va observatsiya zonalariga ega mamlakatlar roʻyxati (bunday mamlakatlar roʻyxati Respublika karantin va oʻta xavfli infeksiyalarni profilaktika qilish markazining maʼlumotlari boʻyicha tuziladi);
pochta, kuryerlik joʻnatmalari yuqori eʼtiborni talab etadigan mamlakatlar roʻyxati (bunday mamlakatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining maʼlumotlari boʻyicha tuziladi);
Pochta aloqasi xizmatlarini koʻrsatish qoidalarining (roʻyxat raqami 2219, 2011-yil 18-aprel) 3-ilovasi 1-bandi “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatib oʻtilgan predmetlar va moddalar, shuningdek ularning belgilari roʻyxati;
texnik nazorat vositalari;
ushbu Yoʻriqnomaning 1-ilovasiga muvofiq favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan xabardor qilish sxemasi (bundan buyon matnda xabardor qilish sxemasi deb yuritiladi).
4. Pochta aloqasi operatori, provayderi tomonidan xavfli pochta, kuryerlik joʻnatmalari aniqlanganda, bunday joʻnatmalar mazkur Yoʻriqnomada oʻrnatilgan talablarga rioya qilingan va ushbu Yoʻriqnomaning 2-ilovasiga muvofiq shaklda dalolatnoma tuzilgan holda ajratib qoʻyiladi.
...
9-bob. Yakuniy qoida
42. Pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan ushbu Yoʻriqnoma talablariga rioya qilishlari ustidan nazorat qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
1-ILOVA
Favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda pochta aloqasi operatorlari, provayderlari tomonidan xabardor qilish
SXEMASI
Pochta, kuryerlik joʻnatmalari pochta xavfsizligi yuzasidan nazoratni amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
2-ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
5-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRINING

BUYRUGʻI

Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibi”ni tasdiqlash toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining “Soliq maslahatiga oid faoliyat toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq buyuraman:

1. Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibi” ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi bilan kelishilgan.

3. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Vazir

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 30-iyul,

22-son

Kelishilgan:

Soliq qoʻmitasi raisi

(imzo)

X. Xxxxxxxx

20__ yil 8-yanvar

Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 20___ yil 30-iyuldagi 22-son buyrugʻiga
ILOVA
Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) “Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibi”
Ushbu Soliq maslahati milliy standarti (3-sonli SMMS) (bundan buyon matnda standart deb yuritiladi) Oʻzbekiston Respublikasida soliq maslahati boʻyicha faoliyatni normativ tartibga solishning elementi hisoblanadi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu standartning maqsadi davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq tekshiruvlarini oʻtkazish vaqtida soliq maslahatchilari tashkiloti tomonidan mijozga (ishonch bildiruvchiga) soliq maslahati boʻyicha xizmatlar koʻrsatish tartibini belgilash hisoblanadi.
2. Mazkur standart talablari barcha soliq maslahatchilari tashkilotlari tomonidan qoʻllanilishi majburiydir.
2-bob. Soliq tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida koʻrsatiladigan xizmatlar
3. Soliq tekshiruvlari oʻtkazish vaqtida soliq maslahati boʻyicha xizmatlar (bundan buyon matnda xizmatlar deb yuritiladi) shartnoma asosida koʻrsatiladi va quyidagilarni oʻz ichiga oladi:
tekshiruv vaqtida vujudga kelayotgan aniq koʻrsatilgan savollar boʻyicha xulosa berish, ushbu savollar boʻyicha mijozning (ishonch bildiruvchining) davlat soliq xizmati organlari oldidagi nuqtai nazarini tasdiqlovchi hujjatlarni (isbotlarni) taqdim etish yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqish;
soliq tekshiruvi doirasida amalga oshirayotgan harakatlarni kuzatib borish (soliq toʻlovchining hududi va joylarini koʻzdan kechirish, mol-mulkini inventarizatsiya qilish, hujjatlar va predmetlarni olib qoʻyish va boshqalar) hamda oʻtkazilayotgan harakatlar qonuniyligi toʻgʻrisida mijozga (ishonch bildiruvchiga) xulosa taqdim etish.
...
4-bob. Yakuniy qoida
10. Agar shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, soliq maslahati boʻyicha xizmat koʻrsatish soliq tekshiruvi boshlangan muddatdan qatʼi nazar, boshlanadi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
6-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING

QARORI

Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq, moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2011-yil 12-dekabrdagi 79 va 2011-37-son qarori (roʻyxat raqami 2310, 2012-yil 9-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 2-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Ishlab chiqariladigan tabiiy gazga aksiz soligʻini toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 10-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“10. Aksiz soligʻining hisob-kitobi soliq boʻyicha hisobga olish joyidagi davlat soliq xizmati organlariga yilning har choragida, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan kechiktirmay taqdim etiladi.”.

2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan kelishilgan.

3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 11-fevral,

770-son

Soliq qoʻmitasi raisi

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 11-fevral,

991-son

Kelishilgan:

Energetika vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxx

20__ yil 5-fevral

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
7-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI HUZURIDAGI

BOJXONA QOʻMITASI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ICHKI ISHLAR VAZIRLIGINING

QARORI

Avtomobil yoʻllari orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandiga qoʻshimcha kiritish haqida

Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonuni 6-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 18-iyuldagi PF-4455-son “Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligi qaror qiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar vazirligining 2003-yil 4-sentabrdagi 01-02/12-35 va 5-son qarori (roʻyxat raqami 1278, 20__ yil 27-sentabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 17-18-son) bilan tasdiqlangan Avtomobil yoʻllari orqali olib oʻtiladigan tovarlarning bojxona kuzatuvi tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi quyidagi mazmundagi sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“Import tovarlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida milliy avtotashuvchilar tomonidan tashilganda bojxona kuzatuvi talab qilinmaydi.”;

sakkizinchi xatboshi toʻqqizinchi xatboshi deb hisoblansin.

2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Bojxona qoʻmitasi raisi

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

2014-yil 11-fevral,

991-son

Ichki ishlar vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

2014-yil 11-fevral,

770-son

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
8-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGINING

QARORI

Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom va unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-noyabrdagi 306-son “Fiskal xotiraga ega boʻlgan nazorat-kassa mashinalarining qoʻllanishini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Markaziy banki boshqaruvi va Adliya vazirligi qaror qiladi:

1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishilgan.

3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri

(imzo)

X.Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 12-fevral,

11-son

Soliq qoʻmitasi raisi

(imzo)

X.Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 12-fevral,

8-son

Markaziy bank raisi

(imzo)

X.Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 12-fevral,

19-son

Adliya vaziri

(imzo)

X.Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 12-fevral,

88-son

Kelishilgan:

Sogʻliqni saqlash vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxx

20__ yil 7-fevral

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi, Markaziy banki boshqaruvi va Adliya vazirligining 20__ yil 12-fevraldagi 11, 8, 19 va 88-son qaroriga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar roʻyxati
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va Adliya vazirligi tomonidan tasdiqlangan Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 124, 1995-yil 15-fevral).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va Adliya vazirligi tomonidan 1997-yil 25-noyabrda 15-02-06/250, 97-99 va 10009/767-D-son bilan tasdiqlangan Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar (roʻyxat raqami 124-1, 1997-yil 28-noyabr).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999-yil 12-yanvarda EG/15-02-06-55-son, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki va Adliya vazirligi tomonidan 1999-yil 13-yanvarda 18/5-289, 97-V va 124-2-son bilan tasdiqlangan Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar (roʻyxat raqami 124-2, 1999-yil 22-yanvar).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Adliya vazirligining 2009-yil 13-noyabrdagi 107, 2009-34, 29/20 va 11-son “Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga qoʻshimcha kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 124-3, 2009-yil 30-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 49-son, 525-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Markaziy banki Boshqaruvi va Adliya vazirligining 2010-yil 22-oktabrdagi 87, 2010-39, 32/2 va 17-son “Aholi bilan pul hisob-kitoblarni amalga oshirishda nazorat-kassa mashinalarini majburiy qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 124-4, 2010-yil 2-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 44-45-son, 391-modda).
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
9-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QOʻMITASINING

QARORI

“Jismoniy shaxslarni birja savdolarida ishtirok etish huquqi uchun attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 16-iyuldagi PF-4453-son “Statistik, soliq va moliyaviy hisobotlarni, litsenziyalanadigan faoliyat turlarini va ruxsat berish tartib-taomillarini tubdan qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi qaror qiladi:

1. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasining 2003-yil 5-martdagi 01/NI-235-son “Jismoniy shaxslarni birja savdolarida ishtirok etish huquqi uchun attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1241, 2003-yil 29-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 7-8-son);

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasining 2007-yil 7-martdagi 01/19-18/07-son “Jismoniy shaxslarni birja savdolarida ishtirok etish huquqi uchun attestatsiya (qayta attestatsiya)dan oʻtkazish toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1241-1, 2007-yil 14-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 16-son, 167-modda).

2. Mazkur qaror 2020-yil 1-yanvardan eʼtiboran kuchga kiradi.

Rais

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

2014-yil 22-mart,

133-son

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
10-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI RAQOBATNI RIVOJLANTIRISH VA ISTEʼMOLCHILAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISH QOʻMITASI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI BOSH PROKURATURASI HUZURIDAGI IQTISODIY JINOYATLARGA QARSHI KURASHISH DEPARTAMENTINING

QARORI

“Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qaror qiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 01/19-18/24, 43-son “Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2038, 2009-yil 6-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 46-son, 501-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi bilan kelishilgan.

3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasi raisi

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 9-yanvar,

318-son

Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti boshligʻi

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 7-yanvar

13-son

Kelishilgan:

Oʻzbekiston Respublika tovar-xom ashyo birjasi boshqaruv raisi

(imzo)

X. Xxxxxxxx

20__ yil 5-yanvar

Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining 20__ yil 9-yanvardagi 318-son va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining 20__ yil 7-yanvardagi 13-son qaroriga
ILOVA
“Birja aʼzolari uchun jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va 1-bandidagi “Birja” degan soʻz “Tovar-xom ashyo birjalari”degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Qoidalarda:
a) nomidagi “Birja” degan soʻz “Tovar-xom ashyo birjalari” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
b) muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Qoidalar tovar-xom ashyo birjasi (bundan buyon matnda birja deb yuritiladi) aʼzolari tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilaydi.”;
v) 1-bandda:
uchinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
toʻrtinchi — yigirma uchinchi xatboshilar tegishli ravishda uchinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar deb hisoblansin;
g) 4-bandning uchinchi xatboshisidagi “koʻchmas mulk oldi-sotdisi faoliyatini” degan soʻzlar “operatsiyalarni” degan soʻz bilan almashtirilsin;
d) 34-bandning birinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“34. Shubhali operatsiyalar haqidagi maʼlumotlar birja aʼzosi tomonidan shubhali operatsiyalar deb topilgan paytdan eʼtiboran bir ish kunidan kechiktirmay Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi 402-son qarori bilan tasdiqlangan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom talablariga muvofiq maxsus vakolatli davlat organiga beriladi.”.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
11-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING

QARORI

Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-son “Tabiiy gaz va elektr energiyasini sotish mexanizmini takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoni hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 31-maydagi 319-son “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2010-yil 7-iyuldagi 53, 2010-32-son qarori (roʻyxat raqami 2127, 2010-yil 31-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 31-son, 263-modda) bilan tasdiqlangan Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Energetika vazirligi bilan kelishilgan.

3. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 7-avgust,

276-son

Soliq qoʻmitasi raisi

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20___ yil 6-avgust,

2025-15-son

Kelishilgan:

Energetika vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxx

20___ yil 2-avgust

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 20__ yil 7-avgustdagi 276-son va Soliq qoʻmitasining 20__ yil 6-avgustdagi 2025-15-son qaroriga
ILOVA
Elektr energiyasini sotishni buxgalteriya hisobida aks ettirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. Muqaddima quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Mazkur Nizom hududiy elektr tarmoqlari korxonalari (keyingi oʻrinlarda — HETK) tomonidan elektr energiyasini sotishning buxgalteriya hisobi masalalarini tartibga soladi.”.
2. 1-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin.
3. 2-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2. HETK elektr energiyasini “Oʻzenergosotish” AJdan elektr energiyasini sotib olish shartnomasiga asosan oladi. HETK har oyda “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning tegishli vakillari bilan birgalikda elektr tarmogʻining balans boʻyicha mansublilik chegarasida hisob-kitob davri uchun elektr energiyasini hisobga olish asboblari koʻrsatkichlarini yozib oladi.
“Oʻzenergosotish” AJdan elektr energiyasini sotib olish boʻyicha operatsiyalar HETKning buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi:
a) elektr energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisidagi dalolatnomaga asosan tuzilgan va HETK uchun rasmiylashtirilgan hisobvaraq-fakturaga muvofiq:
debet 2990 “Boshqa tovarlar” hisobvaragʻida “Elektr energiyasi” hisobvaragʻini alohida ajratgan holda;
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” hisobvaragʻi — har oylik elektr energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma va hisobvaraq-fakturaga asosan xarid qilingan elektr energiyasining summasiga;
b) olingan hisobvaraq-fakturaga muvofiq sotib olingan elektr energiyasi boʻyicha QQS summasiga:
debet 4410 “Budjetga soliqlar va yigʻimlar boʻyicha boʻnak toʻlovlari (turlari boʻyicha)” hisobvaragʻi;
kredit 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” hisobvaragʻi;
v) HETK tomonidan xarid qilinayotgan elektr energiyasi boʻyicha boʻnak toʻlovlari amalga oshirilganda:
debet 4310 “Tovar-moddiy zaxiralar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar” hisobvaragʻi;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5100, 5500 va h.k.) — hisobot davrida xarid qilinayotgan elektr energiyasi uchun berilgan boʻnak summasiga;
g) xarid qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblar amalga oshirilayotganda ilgari berilgan boʻnak toʻlovlari summasi hisobga olinganda:
debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit 4310 “Tovar-moddiy zaxiralar uchun mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga berilgan boʻnaklar” hisobvaragʻi;
d) hisobot davri mobaynida xarid qilingan elektr energiyasi uchun yakuniy hisob-kitoblar har oylik elektr energiyasini yetkazib berish toʻgʻrisidagi dalolatnoma va hisobvaraq-fakturaga muvofiq amalga oshirilganda:
debet 6010 “Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga toʻlovlar” hisobvaragʻi;
kredit pul mablagʻlarini hisobga oluvchi hisobvaraqlar (5100, 5500 va h.k.) — ilgari berilgan boʻnaklar hisobga olingandan keyin toʻlangan pul mablagʻlari summasiga.”.
4. 3-paragrafning nomidagi “isteʼmolchi — yuridik shaxslarga” degan soʻzlar “isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
5. 3 va 4-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“3. Bevosita HETKlarning elektr tarmoqlaridan hamda isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) yoki subisteʼmolchilarning elektr tarmoqlari orqali uzatilayotgan (yetkazib berilayotgan) elektr energiyasi uchun isteʼmolchilar (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) bilan hisob-kitoblar qonunchilikda belgilangan tartibda tasdiqlangan elektr energiyasining tegishli tariflari boʻyicha elektr taʼminoti shartnomasiga asosan amalga oshiriladi.
Barcha elektr energiyasi isteʼmolchilari (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) HETK bilan birgalikda hisob-kitob davri tamom boʻlgandan keyin har oyning 5-sanasiga qadar foydalanilgan elektr energiyasi uchun oʻzaro hisob-kitoblarning taqqoslash dalolatnomasini tuzadi.
4. Barcha toifadagi isteʼmolchilarga (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) elektr energiyasini har oyda yetkazib berish shartnomaga muvofiq tegishli oy uchun yetkazib berilishi nazarda tutilgan elektr energiyasi hajmining qiymatidan qonunchilikda belgilangan miqdorda boʻnak toʻlovi isteʼmolchi (maishiy isteʼmolchilardan tashqari) tomonidan toʻlangandan keyin amalga oshiriladi.”.
6. 5-bandda:
ikkinchi xatboshidagi “schyotlar” degan soʻz “hisobvaraqlar” degan soʻz bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“kredit 6310 “Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan boʻnaklar — joriy qismi” hisobvaragʻi.”.
...
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
12-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING

QARORI

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.

2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Rais

(imzo)

X. Xxxxxxxxxx

Toshkent sh.,

2020-yil 17-sentabr,

70-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 17-sentabrdagi 70-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 2000-yil 22-fevralda 429-son (roʻyxat raqami 905, 2000-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 5-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning 2.3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“Kredit siyosati banklarga taqiqlovchi quyidagi qoidalarni oʻz ichiga olishi kerak:
jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;
ilgari olingan kreditlar (qarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish.”.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/3-son qarori (roʻyxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarida:
a) 6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:
“jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada mikrokreditlar (mikroqarzlar) berish va mikrokreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olishga;
ilgari olingan mikrokreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishga.”;
b) 71-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.”.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
13-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING

QARORI

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida

Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.

2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Iqtisodiyot va moliya vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 25-mart,

17-son

Soliq qoʻmitasi raisi

(imzo)

X. Xxxxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 27-mart,

22-son

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasining 20___ yil 25 va 27-martdagi 17, 22-son qaroriga
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2010-yil 1-maydagi 2010-16, 36-son “Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida (roʻyxat raqami 2110, 2010-yil 31-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 178-modda):
qaror nomi va 1-bandidagi “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “soliqlar va yigʻimlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ilovaning nomi, muqaddimasi va 1-bandidagi “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “soliqlar va yigʻimlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 20-iyuldagi 85, 2017-33-son qarori (roʻyxat raqami 2902, 2017-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 749-modda) bilan tasdiqlangan Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“soliqlar va yigʻimlarning toʻlanishi;”.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
14-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING

QARORI

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida

Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan qabul qilingan ayrim normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.

2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Markaziy bank raisi

(imzo)

X. Xxxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 22-mart

991-son

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 20__ yil 22-martdagi 991-son qaroriga
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2002-yil 14-sentabrdagi 21-A/2-son “Kredit uyushmalari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1179, 2002-yil 7-oktabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2002-y., 19-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2009-yil 14-martdagi 6/4-son “Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari rejasini tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1944, 2009-yil 20-aprel) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 17-son, 216-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2010-yil 23-yanvardagi 3/6-son “Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2084, 2010-yil 1-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 9-son, 71-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 7-maydagi 14/6-son “Kredit uyushmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish va ularga litsenziya berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2084-1, 2011-yil 25-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 20-21-son, 214-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 5-fevraldagi 4/3-son “Kredit uyushmalarining kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2208, 2011-yil 14-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 10-11-son, 110-modda).
6. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2011-yil 9-apreldagi 10/9-son “Kredit uyushmalarining aktivlarini tasniflash, aktivlari boʻyicha ehtimoliy yoʻqotishlarni qoplash zaxiralarini yaratish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2227, 2011-yil 10-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 19-son, 196-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2011-yil 30-apreldagi 13/6-son “Kredit uyushmalarida buxgalteriya hisobini yuritish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2234, 2011-yil 9-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2011-y., 22-23-son, 245-modda).
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
15-ILOVA
Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga (regulation.gov.uz) jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) koʻrib chiqish yakuni boʻyicha
JADVAL
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining turi:
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining nomlanishi:

Loyihaning tarkibiy tuzilmasi

Taklif (sharh) muallifi

Taklif (sharh)

Koʻrib chiqish natijasi


 

Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalariga
16-ILOVA

NAMUNA

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IQTISODIYOT VA MOLIYA VAZIRLIGI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SOLIQ QOʻMITASINING

QARORI

“Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (roʻyxat raqami 1807, 2008-yil 16-may) rasmiy sharh berish toʻgʻrisida

Nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish tartibi boʻyicha kelib tushayotgan soʻrovlarni eʼtiborga olgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasi qaror qiladi:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2008-yil 30-apreldagi 44 va 2008-33-son “Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1807, ___ yil 16-may) ilovaga muvofiq rasmiy sharh berilsin.

2. Mazkur qaror tasdiqlangandan keyin oʻn kunlik muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga kelishish uchun yuborilsin.

3. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin ijroga yuborilsin.

Iqtisodiyot va moliya vaziri

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 11-avgust,

19-son

Soliq qoʻmitasi raisi

(imzo)

X. Xxxxxxxx

Toshkent sh.,

20__ yil 11-avgust,

88-son

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʻmitasining 20__ yil 11-avgustdagi 19 va 88-son qaroriga
ILOVA
“Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga (roʻyxat raqami 1807, 2008-yil 16-may)
RASMIY SHARH
1. Soliq toʻlovchilarga nol darajali stavkani qoʻllash natijasida hosil boʻlgan qoʻshilgan qiymat soligʻining ortiqcha summasini qaytarish toʻgʻrisidagi nizomning (bundan buyon matnda Nizom deb yuritiladi) 4-bandiga muvofiq soliqlardan qarzi boʻlmagan korxonaga qoʻshilgan qiymat soligʻi (bundan buyon matnda QQS deb yuritiladi) summasini qaytarish Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi korxonaning bank hisob raqamiga oʻtkazish yoʻli bilan amalga oshiradi.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining __-moddasiga asosan soliqlarga quyidagilar kiradi:
1) yuridik shaxslardan olinadigan foyda soligʻi;
2) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi;
3) qoʻshilgan qiymat soligʻi;
4) aksiz soligʻi;
5) yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlar;
6) suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
7) mol-mulk soligʻi;
8) yer soligʻi.
3. QQS summasini qaytarish usullari va ketma-ketligi Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ___-moddasida belgilab berilgan va Nizomning 2-bandida aks ettirilgan:
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ___-moddasiga asosan toʻlanishi kerak boʻlgan QQS summasini qoplash;
korxonaning boshqa soliqlardan boʻlgan qarzlarini qoplash;
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ___-moddasiga muvofiq soliq toʻlovchilarning bankdagi hisob raqamlariga pul mablagʻlarini oʻtkazib berish.
4. Nizomning 17-bandiga muvofiq soliq xizmati organlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi QQSning ortiqcha summasini qaytarishga rad javobini berish toʻgʻrisida, jumladan, soliq toʻlovchining soliq va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha soliq qarzdorligi mavjud boʻlgan holatda, qaror qabul qilishga haqli.
Bunda Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va Nizomga muvofiq boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarzdorlikning mavjud boʻlishi QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisob raqamiga qaytarishga majburiy ravishda rad javobini berish uchun asos boʻlmaydi.
Yuqorida qayd etilganlarni inobatga olgan holda, Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ___-moddasiga muvofiq toʻlanishi kerak boʻlgan QQS summasini, boshqa soliqlar boʻyicha soliq qarzini qoplashga yoʻnaltirilgandan soʻng qolgan QQSning ortiqcha summasi soliq toʻlovchining bankdagi hisob raqamiga oʻtkazib berilib, undan soliq toʻlovchining yozma murojaatiga muvofiq Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan maqsadlarga oʻtkaziladi.
5. Nizomning 4-bandiga muvofiq QQSning ortiqcha summasini qaytarish korxonaning bank hisob raqamiga Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan korxonaning soliqlar boʻyicha qarzdorligi mavjud boʻlmagan hollarda amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining ___-moddasiga asosan:
soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash vaqtinchalik moliyaviy qiyinchilikka ega boʻlgan korxonalarga davlat tomonidan yordam koʻrsatish maqsadida toʻlash muddatini soliq toʻlovchi qarz summasini bir yoʻla yoki bosqichma-bosqich toʻlagan holda keyinroq muddatga koʻchirishdan iboratdir;
soliq qarzini toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi yoki u vakolat bergan organ tomonidan bir oydan yigirma toʻrt oygacha muddatga beriladi;
soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha penya hisoblash qarzni toʻlashni kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlashning amal qilish davri boshlanishidan eʼtiboran toʻxtatib turiladi.
7. Shu tariqa, QQSning ortiqcha summasini soliq toʻlovchining bankdagi hisob raqamiga qaytarish masalasini koʻrib chiqishda toʻlanishi kechiktirilgan (boʻlib-boʻlib toʻlanadigan) soliq qarzi summasiga oʻrnatilgan tartibda taqdim etilgan soliq qarzini toʻlashni kechiktirishning (boʻlib-boʻlib toʻlashning) amal qilish muddati mobaynida soliq toʻlovchining qarzdorligi sifatida qaralmaydi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi ___-moddasining 11-bandiga muvofiq agar tovarlardan (ishlardan, xizmatlardan) soliq solinadigan oborotlar, shu jumladan nol darajali stavka qoʻllaniladigan oborotlar maqsadida foydalanilsa, haqiqatda olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha toʻlanishi lozim boʻlgan (toʻlangan) qoʻshilgan qiymat soligʻining summasi hisobga olinadi.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi ___-moddasiga koʻra Nizomning 6-bandi (b) va (v) kichik bandlarida QQSni bank hisob raqamiga qaytarish uchun soliq toʻlovchi tomonidan quyidagi hujjatlarni taqdim etishi nazarda tutilgan:
Soliq hisobotining shakllariga (roʻyxat raqami 2439, 2013-yil 22-mart) muvofiq QQS hisob-kitobi (bundan buyon matnda QQS hisob-kitobi deb yuritiladi);
soliq toʻlovchining rahbari va bosh hisobchisi (yoki zimmasiga buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy boshqarish vazifalari yuklangan boshqa shaxs) va davlat soliq xizmati organining QQSni qaytarilishi boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish vazifasi yuklatilgan javobgar xodimi tomonidan imzolangan soliq toʻlovchining bankdagi hisob raqamiga qaytariladigan QQSning Nizomning 2 va 3-ilovalariga muvofiq shakldagi hisob-kitobi.
10. Nizomning 2-ilovasida hisobot davrida nol darajali stavka qoʻllaniladigan tovarlarni eksportga realizatsiyasi boʻyicha oborotlar uchun foydalaniladigan olingan tovarlar (ishlar, xizmatlar) boʻyicha hisobga olinishi lozim boʻlgan QQS summasi (9-ustunning 050-satri), QQS hisob-kitobiga 2-ilovaning 05031-satri koʻrsatkichidan kelib chiqib toʻldiriladi.
Oʻz navbatida, QQS hisob-kitobiga 2-ilovaning 05031-satri nol darajali stavka qoʻllaniladigan tovarlarning eksportga realizatsiyasi boʻyicha oborotdan kelib chiqib aniqlanadi (QQS hisob-kitobiga 2-ilovaning 0503-satri).
Yuqoridagilarga koʻra, soliq toʻlovchining bankdagi hisob raqamiga QQSning ortiqcha summasini qaytarish Nizomning 2-ilovasi 080-satrda koʻrsatilgan QQS summasi miqdorida amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-son buyrugʻiga
2-ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 110-modda).
2. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 23-maydagi 138-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-1, 2014-yil 23-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 21-son, 253-modda).
3. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 31-dekabrdagi 317-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalarining 65-bandiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-2, 2014-yil 31-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 52(I)-son, 654-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 12-maydagi 114-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-3, 2016-yil 12-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami,2016y.,19-son, 221-modda).
5. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 13-oktabrdagi 335-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-4, 2017-yil 13-oktabr) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 10/17/2565-4/0110-son).
6. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 15-yanvardagi 27-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-5, 2018-yil 15-yanvar) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.01.2018-y., 10/18/2565-5/0565-son).
7. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2018-yil 5-iyuldagi 356-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-6, 2018-yil 5-iyul) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.07.2018-y., 10/18/2565-6/1469-son).
8. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 20-fevraldagi 65-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-7, 2019-yil 20-fevral) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.02.2019-y., 10/19/2565-7/2653-son).
9. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 19-apreldagi 197-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish Qoidalarining 67-bandiga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-8, 2019-yil 19-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 20.04.2019-y., 10/19/2565-8/2976-son).
10. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-apreldagi 98-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-9, 2020-yil 29-aprel) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 10/20/2565-9/0539-son).
11. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-10, 2020-yil 29-iyun) (Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son).
12. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 24-iyundagi 14-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-11, 2021-yil 24-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.06.2021-y., 10/21/2565-11/0594-son).
13. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 28-iyundagi 16-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-12, 2022-yil 28-iyun) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.06.2022-y., 10/22/2565-12/0580-son).
14. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 24-dekabrdagi 31-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-13, 2024-yil 25-dekabr) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.12.2024-y., 10/24/2565-13/1075-son).
15. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 30-iyuldagi 18-mh-son “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565-14, 2025-yil 30-iyul) (Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 31.07.2025-y., 10/25/2565-14/0678-son).
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2025-y., 10/25/3686/0927-son; 16.03.2026-y., 10/26/3789/0243-son)