

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                            <div class="act_warning">
                                Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.10.2025
                            </div>
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-4877726" id="onLBC-4877726">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6067"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-4877726" id="onLS-4877726">[<b>TSZ:</b><div id="LS3680"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-4878204" id="-4878204">Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-4878205" id="-4878205">buyrugʻi</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4878206" id="-4878206">Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida</div></div><div class="DEPARTMENTAL"><div name="-4878207" id="-4878207">[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2565-10]</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4878209" id="-4878209"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-7795941" id="-7795941">Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-7766987?ONDATE=09.10.2025 00#-7789225">buyrugʻiga </a>(roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878210" id="-4878210">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-4820060">Farmoni</a> va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 13-apreldagi PQ-3666-son “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi <a href="/acts/-3681790">qaroriga</a> muvofiq buyuraman: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878211" id="-4878211">1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351464">qoidalariga</a> <a href="/acts/-4877726#-4878221">ilovaga</a> muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878212" id="-4878212">2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878213" id="-4878213">3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878214" id="-4878214">4. Mazkur buyruq 2020-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4878216" id="-4878216">Vazir R. DAVLETOV</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4878217" id="-4878217">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4878219" id="-4878219">2020-yil 29-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4878220" id="-4878220">150-mh-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4878221" id="-4878221"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4878223" id="-4878223">Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-iyundagi 150-mh-son <a href="/acts/-4877726">buyrugʻiga</a><br />ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4878225" id="-4878225">Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4878226" id="-4878226"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878227" id="-4878227">1. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351470">1-bandda</a>: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878228" id="-4878228">quyidagi mazmundagi toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878232" id="-4878232">“texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar — texnik reglamentlar, standartlashtirishga doir normativ hujjatlar, sanitariya, veterinariya, veterinariya-sanitariya, fitosanitariya qoidalari va normalari, shaharsozlik normalari hamda qoidalari, ekologik normalar va qoidalar hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa hujjatlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878235" id="-4878235">Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (bundan buyon matnda yagona elektron tizim deb yuritiladi) — idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazishni taʼminlovchi elektron tizim;”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878238" id="-4878238"><a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351473">toʻrtinchi xatboshi</a> oltinchi xatboshi deb hisoblansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878240" id="-4878240">2. Quyidagi mazmundagi 1<sup>1</sup>-band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878247" id="-4878247">“1<sup>1</sup>. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish, kelishish, qabul qilish, shuningdek qabul qilingan hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish faqat yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi, bundan qonun hujjatlariga muvofiq davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mustasno.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4894908" id="-4894908">3. 2-bandning <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351475">ikkinchi xatboshisidan</a> “(agentliklar, komissiyalar, markazlar, boshqarmalar va boshqalar)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878248" id="-4878248">4. 3-bandning <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351477">birinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878249" id="-4878249">“3. Vazirlik va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qiladi. Vazirlik va idoralarga, agar qonunlar, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari bilan tegishli hujjatni qabul qilish yoki aniq ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solish boʻyicha vakolat berilgan boʻlsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishlari mumkin.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878250" id="-4878250">5. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351481">5-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878251" id="-4878251"><a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351481">birinchi xatboshidagi</a> “(xat, telefonogramma, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar)” degan soʻzlar “(texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, xatlar, telefonogrammalar, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega hujjatlar va boshqalar)” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878252" id="-4878252">quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878253" id="-4878253">“Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi vazirlik va idoralar tomonidan qabul qilingan davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878254" id="-4878254">Vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan hujjatlarni bekor qilish va ijrodan chaqirib olishi hamda bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga axborot berishi shart.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878255" id="-4878255">6. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351503">19-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878256" id="-4878256"><a href="/acts/-2349913?ONDATE=01.06.2014 00#-2395138">ikkinchi xatboshi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878257" id="-4878257">“Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilining murakkablashtiruvchi hamda jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlik, qoʻshimcha toʻlov va yigʻimlarni belgilovchi, ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni nazarda tutuvchi, ularga asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib keluvchi, shuningdek ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan huquqiy normalar mavjudligi boʻyicha oʻrganiladi.”; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878258" id="-4878258"><a href="/acts/-2349913?ONDATE=01.06.2014 00#-2395140">uchinchi xatboshi</a> chiqarib tashlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878260" id="-4878260">7. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-4893421">21-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878261" id="-4878261">“21. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4894909" id="-4894909">davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tizimida korrupsiya, boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4894910" id="-4894910">jinsi boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4894911" id="-4894911">jismoniy va yuridik shaxslar uchun javobgarlikni, qoʻshimcha toʻlov va yigʻimlarni, ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni belgilaydigan, ularga asoslanmagan xarajatlar yuzaga kelishiga olib keladigan, shuningdek ruxsat berish xususiyatiga ega boʻlgan huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878263" id="-4878263">8. 26-bandning <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351517">ikkinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4894912" id="-4894912">“ikkitali raqamlar va (yoki) harflarni ishlatishga (masalan, “1.1”, “5.1.1”, “1.a”, “a.a” va h.k.);”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878265" id="-4878265">9. 34-bandning <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351535">toʻrtinchi xatboshisidagi</a> “maʼlumotnomasiga” degan soʻz “xulosasiga” degan soʻz bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878267" id="-4878267">10. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351552">40-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4894913" id="-4894913">“40. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning loyihasi bilan kiritilayotgan oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar ikki yoki undan ortiq bandni tashkil etsa va (yoki) hajmi katta boʻlsa, bunday oʻzgartirish va qoʻshimchalar mazkur Qoidalarning 10 va 11-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878269" id="-4878269">11. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351553">41-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878271" id="-4878271">“41. Bir vaqtning oʻzida ikki yoki undan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilayotgan yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan boʻlsa, ushbu hujjatlar tegishli ravishda mazkur Qoidalarning 8, 11a, 11b va 12-ilovalariga muvofiq buyruq yoki qarorga ilova koʻrinishida rasmiylashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878273" id="-4878273">Bir vaqtning oʻzida ikkitadan ortiq idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritilayotgan yoxud oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan berilgan roʻyxatdan oʻtkazish raqamlarining oʻsib borishi boʻyicha joylashtiriladi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878275" id="-4878275">12. Quyidagi mazmundagi 43<sup>1</sup>-band bilan toʻldirilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878276" id="-4878276">“43<sup>1</sup>. Jumlaning, ilovaning, boʻlimning, bobning, bandning, kichik bandning, xatboshining va h.k.ning matnini sezilarli oʻzgartirish talab etilsa, ularni yangi tahrirda bayon etish lozim.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878278" id="-4878278">13. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351582">53-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878279" id="-4878279">“53. Asosiy idoraviy normativ-huquqiy hujjat oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotganda, ushbu hujjatga oʻzgartirish va (yoki) qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar (ularning tegishli tuzilmaviy birliklari) ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi kerak.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878280" id="-4878280">14. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351583">54-band</a> “yagona yangi hujjat” degan soʻzlardan keyin “(bundan buyon matnda yagona yangi hujjat deb yuritiladi)” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878281" id="-4878281">15. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351584">55-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878307" id="-4878307">“55. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishda kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarning aniqliligini lozim darajada nazorat qilishni taʼminlash uchun, shuningdek yagona yangi hujjat ishlab chiqilganida vazirlik yoki idora rahbari (uning oʻrinbosari) tomonidan imzolanadigan qiyosiy jadval tayyorlanishi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan birga kiritilishi lozim.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878308" id="-4878308">16. 60-bandning <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351600">ikkinchi xatboshisidagi</a> “pastki oʻng burchagida” degan soʻzlar “yuqorisida oʻrtada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878309" id="-4878309">17. 63-bandning <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351606">ikkinchi xatboshisidan</a> ikkinchi jumla chiqarib tashlansin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878310" id="-4878310">18. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351608">64-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878311" id="-4878311">“64. Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq, shuningdek havolaki normalarning qoʻllanilishi asoslangan va maqsadga muvofiq boʻlgan taqdirda ushbu loyiha boʻyicha yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadigan xulosa tayyorlanadi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878312" id="-4878312">19. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351609">65-bandda</a>: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878316" id="-4878316"><a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351609">birinchi xatboshi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878318" id="-4878318">“65. Yuridik xizmat xulosasida quyidagilar aks ettirilishi lozim:”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878320" id="-4878320"><a href="/acts/-2349913?ONDATE=29.04.2020 00#-4813877">“g” kichik bandi</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878322" id="-4878322"><a href="/acts/-2349913?ONDATE=29.04.2020 00#-4813906">“d” kichik banddagi</a> “gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganligi” degan soʻzlar “korrupsiyaga qarshi hamda gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878325" id="-4878325">20. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351613">66-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4894916" id="-4894916">“66. Yuridik xizmat mavjud boʻlmagan taqdirda, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi boʻyicha xulosa idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun masʼul boʻlgan tarkibiy boʻlinma tomonidan tayyorlanishi va vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning oʻrinbosari tomonidan imzolanishi mumkin.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878327" id="-4878327">21. Quyidagi mazmundagi 66<sup>1</sup>-band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878329" id="-4878329">“66<sup>1</sup>. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga uning maqsadga muvofiqligini asoslashdan iborat boʻlgan tushuntirish xati ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878330" id="-4878330">Tushuntirish xati vazirlik yoki idora rahbari (istisno hollarda — uning birinchi oʻrinbosari) tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878333" id="-4878333">Tushuntirish xatida quyidagilar aks ettiriladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878334" id="-4878334">idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlash uchun asos va uni qabul qilish zarurligini asoslash, shu jumladan hujjatni ishlab chiqish va tasdiqlash topshirilgan normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878336" id="-4878336">idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan belgilanadigan asosiy qoidalar, ularni qisqacha asoslash, shuningdek hujjatni qabul qilishdan kutilayotgan natijalar. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan huquqiy jihatdan tartibga solishda yuz berishi mumkin boʻlgan ijobiy oʻzgarishlar keltiriladi. Kutilayotgan natijalar miqdoriy koʻrsatkichlar koʻrsatilgan holda bayon qilinishi ham mumkin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878339" id="-4878339">idoraviy normativ-huquqiy hujjatda foydalaniladigan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga havolaning har birini asoslash. Bunda unga havola qilinadigan normativ-huquqiy hujjat normasining mazmuni qisqacha ochib beriladi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878343" id="-4878343">idoraviy normativ-huquqiy hujjat bilan tartibga solinayotgan masala yuzasidan boshqa davlatlarning qonunchilik yoʻli bilan tartibga solish tajribasi va qonun hujjatlari, xalqaro shartnomalar va boshqa hujjatlar, tegishli qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti, koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha ilmiy adabiyotlar va ommaviy axborot vositalarining materiallari, shuningdek agar oʻtkazilgan boʻlsa, ijtimoiy va boshqa tadqiqotlar maʼlumotlari; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878345" id="-4878345">idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi kelishilgan manfaatdor vazirliklar va idoralar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878348" id="-4878348">idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilganligi va uning natijalari haqidagi maʼlumotlar, bunda qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlarini) qoʻrib chiqish yakuni boʻyicha jadvalda mazkur Qoidalarning 12a-ilovasiga muvofiq koʻrsatilishi majburiydir;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878351" id="-4878351">idoraviy normativ-huquqiy hujjatni asoslash uchun zarur boʻlgan boshqa maʼlumotlar.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878352" id="-4878352">22. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=20.04.2019 00#-4298174">67-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878353" id="-4878353"><a href="/acts/-2349913?ONDATE=20.04.2019 00#-4298174">birinchi xatboshining</a> “manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim” degan soʻzlar “yagona elektron tizim orqali manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishilishi lozim” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878354" id="-4878354"><a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351616">ikkinchi xatboshi</a> quyidagi tahrirda bayon qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4894919" id="-4894919">“Kelishilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik va idoralar rahbarlari tomonidan elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan holda uning kelishilganini koʻrsatuvchi yakuniy qoidalarni oʻz ichiga olishi lozim. Bunda, mazkur Qoidalarning 3, 4, 5, 6, 8 va 10-ilovalariga muvofiq shakl boʻyicha lavozim nomi, familiya, ismning bosh harfi, shuningdek kelishilish sanasi koʻrsatilishi lozim.”. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878357" id="-4878357">23. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351621">71-band</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878367" id="-4878367">24. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351624">73</a> va <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351626">74-bandlar</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878369" id="-4878369">“73. Vazirlik va idora tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjat vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan buyruq yoki qarorni elektron raqamli imzo bilan tasdiqlash yoʻli bilan qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878371" id="-4878371">Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar vazirlik va idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan imzolanganda, imzolar tegishli vazirlik va idoraning muhri bilan tasdiqlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878373" id="-4878373">Qoʻshma qarorlar qabul qilishda vazirlik va idoralarning nomi har bir vazirlik va idora uchun tartibga solinayotgan masalaning ahamiyatini hisobga olgan holda ketma-ket joylashtiriladi. Tartibga solinayotgan masala bir nechta vazirlik va idoralar uchun teng ahamiyatga ega boʻlgan taqdirda, ularning nomlari alfavit tartibida joylashtiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878375" id="-4878375">74. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat davlat tilida qabul qilinadi. Bunda, hujjatning tarjimalari boshqa tillarda ham qabul qilinishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878378" id="-4878378">Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tarjimalari uning davlat tilidagi tahririga muvofiq boʻlishi lozim.”. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878379" id="-4878379">25. 76-bandning <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351630">“b” kichik bandi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878381" id="-4878381">“b) vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxsning lavozimi, elektron raqamli imzosi (davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli vazirlik yoki idoraning muhri bilan tasdiqlangan imzosi), ismining bosh harfi va familiyasi;”. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878382" id="-4878382">26. 77-bandning <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351632">birinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878383" id="-4878383">“77. Bir nechta vazirlik va idoralarning qoʻshma qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjati u birinchi boʻlib qabul qilayotgan vazirlik va idora tomonidan imzolangan sanadan boshlab oʻn kun ichida qabul qilinishi lozim.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878384" id="-4878384">27. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351644">80-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878385" id="-4878385">“80. Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ikkita asl nusxada qabul qilinadi. Qoʻshma qarorning asl nusxalari soni hujjatni tasdiqlagan organlar soniga mutanosib ravishda hamda bitta asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uchun qabul qilinadi.”. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878386" id="-4878386">28. 81-bandning <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-4880987">birinchi</a> va <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351648">ikkinchi xatboshilari</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878387" id="-4878387">“81. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun idoraviy normativ-huquqiy hujjat tasdiqlangan holda uni qabul qilgan organ tomonidan ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan kundan boshlab, oʻn kun ichida yagona elektron tizim orqali taqdim etiladi. Agar koʻrsatilgan muddatning tugashi ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelsa, u holda huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilish muddati keyingi ish kuniga qadar uzaytiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4894980" id="-4894980">Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni belgilangan muddat davomida huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim qilish fakti yagona elektron tizim orqali kelib tushgan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi devonxonasi tomonidan roʻyxatdan oʻtkazilgan sanadan qayd qilinadi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878391" id="-4878391">29. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351650">82-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878394" id="-4878394">“82. Kuzatuv xatida idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashga masʼul boʻlgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va aloqa telefon raqamlari koʻrsatilishi lozim.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878397" id="-4878397">30. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351654">84</a> va <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351656">85-bandlar</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878399" id="-4878399">“84. Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga vazirlik va idora rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan ikkita asl nusxada taqdim qilinadi. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat davlat roʻyxatidan oʻtkazilgandan soʻng uning bitta asl nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida qoladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878402" id="-4878402">85. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga idoraviy normativ-huquqiy hujjatni taqdim etgan organning yuridik xizmati rahbari (vazirlik yoki idoraning rahbari yoki tegishli oʻrinbosari) tomonidan imzolangan yuridik xulosa ilova qilinadi. Yuridik xulosada uni imzolagan shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi, aloqa telefon raqamlari koʻrsatilishi lozim.”. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878404" id="-4878404">31. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351657">86</a> va <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351658">87-bandlardagi</a> “maʼlumotnomada” degan soʻz “yuridik xulosada” degan soʻzlar bilan almashtirilsin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878405" id="-4878405">32. 90-bandning <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351664">birinchi xatboshisidagi</a> “Bunda mazkur” degan soʻzlar “Mazkur” degan soʻz bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878408" id="-4878408">33. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351666">91-bandda</a>:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878412" id="-4878412"><a href="/acts/-2349913?ONDATE=15.01.2018 00#-3511737">“e” kichik band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4894981" id="-4894981">“e) shaharsozlik, ekologik normalar va qoidalar;”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878418" id="-4878418">quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4894982" id="-4894982">“Mazkur bandning “v” — “j” kichik bandlarida nazarda tutilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878419" id="-4878419">34. 93-bandning “<a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351686">v</a>” va <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351687">“g” kichik bandlaridagi</a> “yozuv” degan soʻz “maʼlumot” degan soʻz bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878423" id="-4878423">35. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351700">98-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878426" id="-4878426">“98. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish yagona elektron tizim orqali idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa bilan rasmiylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878428" id="-4878428">Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisidagi xulosa asosida roʻyxatdan oʻtkazish raqami berilgan holda Davlat reyestriga tegishli maʼlumot kiritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878429" id="-4878429">Davlat reyestri elektron shaklda yuritiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878430" id="-4878430">Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi belgi (davlat roʻyxatidan oʻtkazish raqami va sanasi, shuningdek davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar uchun qoʻshimcha ravishda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining gerbli muhri) buyruq yoki qarorning yuqori qismiga qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878431" id="-4878431">Davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning rasmiylashtirilgan asl nusxasi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etgan vazirlik yoki idoraga belgilangan tartibda yuboriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878432" id="-4878432">Kelishuvchi vazirlik va idoralarga, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun taqdim etgan vazirlik va idora tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning nusxasi taqdim etiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878433" id="-4878433">Vazirlik va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasidan elektron koʻrinishda yuklab olishlari mumkin.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878434" id="-4878434">36. Quyidagi mazmundagi 4<sup>1</sup>-bob bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-4878435" id="-4878435">“4<sup>1</sup>-bob. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878436" id="-4878436">101<sup>1</sup>. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasining “Texnik jihatdan tartibga solish toʻgʻrisida”gi Qonunida koʻrsatilgan talablar asosida ishlab chiqiladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878437" id="-4878437">101<sup>2</sup>. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarga huquqiy normalar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878438" id="-4878438">101<sup>3</sup>. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar loyihasi vazirlik va idoralarning yuridik xizmati tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878439" id="-4878439">Loyiha qonunchilikka, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq rasmiylashtirilgan, shuningdek loyihada umummajburiy normalar qoʻllanilmagan boʻlsa, ushbu loyiha boʻyicha yuridik xizmat rahbari tomonidan imzolanadigan xulosa tayyorlanadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878440" id="-4878440">101<sup>4</sup>. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi va hisobga olinishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878441" id="-4878441">101<sup>5</sup>. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat uni qabul qilgan vazirlik va idora rahbari tomonidan tasdiqlangan holda ushbu texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat qabul qilingan kundan boshlab, oʻn kun ichida vazirlik va idora rahbari (rahbar oʻrinbosari) tomonidan imzolangan kuzatuv xati bilan taqdim etiladi va unga yuridik xizmat xulosasi ilova qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878442" id="-4878442">Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun bitta kuzatuv xati bilan faqatgina bitta texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat taqdim etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878444" id="-4878444">101<sup>6</sup>. Vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun yagona elektron tizim orqali Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878446" id="-4878446">101<sup>7</sup>. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar qonunchilikka, xalqaro shartnomalar normalariga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalariga, qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqligini, ularni korrupsiyaga, boshqa huquqbuzarliklarni sodir etishga shart-sharoit yaratuvchi, shuningdek jismoniy va yuridik shaxslar uchun ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklovlarni joriy etuvchi qoidalar va normalarni aniqlash nuqtai nazaridan huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878447" id="-4878447">Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarda belgilangan mahsulotlar, ishlar va xizmatlar xavfsizligiga doir majburiy talablarni belgilash, qoʻllash va bajarish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazish predmeti hisoblanmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878448" id="-4878448">101<sup>8</sup>. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan hujjat kelib tushgan kundan boshlab oʻttiz kun ichida amalga oshiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878450" id="-4878450">101<sup>9</sup>. Mazkur Qoidalarning 4<sup>1</sup>-bobi talablariga rioya qilinmagan holda taqdim qilingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni hisobga olish rad etiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878451" id="-4878451">101<sup>10</sup>. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar huquqiy ekspertiza natijasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining ijobiy xulosasi berilgan taqdirda hisobga olinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878452" id="-4878452">Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni hisobga olish rad etilganda, vazirlik yoki idora rahbari yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs tomonidan hisobga olish rad etilgan hujjatni oʻn kun ichida bekor qilish toʻgʻrisida tegishli hujjat qabul qilinadi va uning nusxasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga yuboriladi. Ushbu hujjat huquqiy normalarni oʻz ichiga olmasligi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878453" id="-4878453">Hisobga olish rad etilgan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat bekor qilinganidan soʻng vazirlik va idoralar rad etish sabablarini bartaraf etishi va ushbu texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish uchun takroran taqdim etishlari mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878454" id="-4878454">101<sup>11</sup>. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida hisobga olingan texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar matni Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasiga joylashtiriladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878455" id="-4878455">101<sup>12</sup>. Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjat, agar qonun hujjatlarida yoki hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilgan boʻlmasa, rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878460" id="-4878460">37. 105-bandning <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351719">birinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon qilinsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4895955" id="-4895955">“105. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi buyruq yoki qaror qabul qilinganidan soʻng yagona elektron tizim orqali oʻn kun ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va kelishish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga taqdim qilinadi.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878461" id="-4878461">38. 105<sup>1</sup>-bandning <a href="/acts/-2349913?ONDATE=16.05.2016 00#-2962383">birinchi xatboshisidagi</a> “deb hisoblanayotganda” va “deb hisoblanishi” degan soʻzlar tegishli ravishda “deb topilayotganda” va “deb topilishi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878462" id="-4878462">39. Quyidagi mazmundagi 110<sup>1</sup>-band bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878464" id="-4878464">“110<sup>1</sup>. Vazirlik va idoralar oʻzlari tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga bir xil masaladagi oʻzgartirish va qoʻshimchalarni bitta hujjat bilan kiritishi mumkin.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878466" id="-4878466">40. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351728">111-band</a> quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878467" id="-4878467">“Qonun hujjatlariga muvofiqlashtirilmagan idoraviy normativ-huquqiy hujjatning Davlat reyestridan chiqarilishi natijasida yuzaga keladigan “huquqiy boʻshliq” oqibatlari uchun ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik va idoralar rahbarlari javobgar boʻladi.”; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878468" id="-4878468"><a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351730">uchinchi</a> va <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351731">toʻrtinchi xatboshilar</a> tegishli ravishda toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar deb hisoblansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878470" id="-4878470">41. 112-bandning <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351733">ikkinchi xatboshisi</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878471" id="-4878471">“Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish toʻgʻrisida xulosa asosida Davlat reyestriga idoraviy normativ-huquqiy hujjatni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish va Davlat reyestridan chiqarish toʻgʻrisidagi maʼlumot kiritiladi.”. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878473" id="-4878473">42. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351735">113-band</a> quyidagi tahrirda bayon etilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878475" id="-4878475">“113. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat (tuzilmaviy birlik) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsa, oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatga (tuzilmaviy birlikka) oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar (ularning tegishli tuzilmaviy birligi) ham oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishi lozim.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878476" id="-4878476">43. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351756">124</a> va <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351764">128-bandlar</a> oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878477" id="-4878477">44. <a href="/acts/-2349913?ONDATE=10.03.2014 00#-2351767">1 — 13-ilovalardan</a> “M.Oʻ.” degan qisqartma chiqarib tashlansin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878478" id="-4878478">45. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning <a href="/acts/-4877726?ONDATE=01.07.2020 00#-4878487">1</a> va <a href="/acts/-4877726?ONDATE=01.07.2020 00#-4878565">2-ilovalariga</a> muvofiq tahrirda 11a va 11b-ilovalar bilan toʻldirilsin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4878487" id="-4878487"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4878491" id="-4878491">Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va <a href="/acts/-4877726#-4878225">qoʻshimchalarga</a><br /> 1-ILOVA </div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4878494" id="-4878494">“Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga<br /> 11a-ILOVA </div></div><div class="TEXT_BOLD_RIGHT"><div name="-4878497" id="-4878497">NAMUNA</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4878505" id="-4878505"><img src="/files/2351771" /></div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-4878507" id="-4878507">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOSHQARUVINING<br /> QARORI </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4878511" id="-4878511">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritish haqida </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4878516" id="-4878516"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878518" id="-4878518">Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-iyuldagi PQ-4400-son “Mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878537" id="-4878537">1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq qoʻshimchalar va oʻzgartirish kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878538" id="-4878538">2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4878539" id="-4878539">Rais X. Xxxxxxxxxx</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4878540" id="-4878540">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4878542" id="-4878542">2020-yil 17-sentabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4878543" id="-4878543">70-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4878545" id="-4878545"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4878546" id="-4878546">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2020-yil 17-sentabrdagi 70-son qaroriga<br /> ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4878548" id="-4878548">Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan qoʻshimchalar va oʻzgartirish </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4878551" id="-4878551"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878558" id="-4878558">1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi tomonidan 2000-yil 22-fevralda 429-son (roʻyxat raqami 905, 2000-yil 2-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 5-son) bilan tasdiqlangan Tijorat banklari kredit siyosatiga nisbatan qoʻyiladigan talablar toʻgʻrisidagi nizomning 2.3-bandi quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878559" id="-4878559">“Kredit siyosati banklarga taqiqlovchi quyidagi qoidalarni oʻz ichiga olishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878560" id="-4878560">jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada kreditlar (qarzlar) berish va kreditlar (qarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olish;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878561" id="-4878561">ilgari olingan kreditlar (qarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish.”.”.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878552" id="-4878552">2. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining 2006-yil 7-oktabrdagi 24/3-son qarori (roʻyxat raqami 1642, 2006-yil 23-noyabr) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 46-47-son, 470-modda) bilan tasdiqlangan Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalarida:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878553" id="-4878553">a) 6-band quyidagi mazmundagi xatboshilar bilan toʻldirilsin:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878554" id="-4878554">“jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada mikrokreditlar (mikroqarzlar) berish va mikrokreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olishga; </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878556" id="-4878556">ilgari olingan mikrokreditlar (mikroqarzlar) boʻyicha soʻndirilmagan muddati oʻtgan qarzdorlik mavjud boʻlgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatishga.”;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878557" id="-4878557">b) 71-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.”.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4878565" id="-4878565"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4878568" id="-4878568">Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va <a href="/acts/4877726#4878225">qoʻshimchalarga</a><br />2-ILOVA </div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4878573" id="-4878573">“Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga<br />11b-ILOVA </div></div><div class="TEXT_BOLD_RIGHT"><div name="-4878574" id="-4878574">NAMUNA</div></div><div class="TEXT_CENTER"><div name="-4878578" id="-4878578"><img src="/files/2351771" /></div></div><div class="TEXT_BOLD_CENTER"><div name="-4878581" id="-4878581">OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRLIGI <br />OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT SOLIQ QOʻMITASINING<br />QARORI </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4878583" id="-4878583">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirishlar kiritish haqida </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4878585" id="-4878585"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878589" id="-4878589">Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878590" id="-4878590">1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878591" id="-4878591">2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4878593" id="-4878593">Moliya vaziri X. Xxxxxxxxxx</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4878595" id="-4878595">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4878597" id="-4878597">2020-yil 25-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4878598" id="-4878598">17-son</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-4878601" id="-4878601">Davlat soliq qoʻmitasi raisi X. Xxxxxxxxxx</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4878603" id="-4878603">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-4878605" id="-4878605">2020-yil 27-mart,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-4878606" id="-4878606">22-son</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4878610" id="-4878610"></div></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><div name="-4878612" id="-4878612">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2020-yil 25 va 27-martdagi 17, 22-son qaroriga<br /> ILOVA </div></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><div name="-4878614" id="-4878614">Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan qabul qilingan ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga kiritilayotgan oʻzgartirishlar </div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4878615" id="-4878615"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878617" id="-4878617">1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligining 2010-yil 1-maydagi 2010-16, 36-son “Soliq toʻlovchi tomonidan hisob hujjatlari yoʻqotilgan yoki yoʻq qilingan taqdirda budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga toʻlanishi kerak boʻlgan soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar summasini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorida (roʻyxat raqami 2110, 2010-yil 31-may) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 22-son, 178-modda): </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878618" id="-4878618">qaror nomi va 1-bandidagi “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “soliqlar va yigʻimlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878620" id="-4878620">ilovaning nomi, muqaddimasi va 1-bandidagi “soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar” degan soʻzlar “soliqlar va yigʻimlar” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878622" id="-4878622">2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2017-yil 20-iyuldagi 85, 2017-33-son qarori bilan tasdiqlangan (roʻyxat raqami 2902, 2017-yil 24-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 749-modda) Respublika isteʼmolchilariga elektr energiyasi va tabiiy gazni milliy valyutada sotishdan tushadigan Majburiy ijro byurosini rivojlantirish jamgʻarmasini shakllantirish manbasi sifatida belgilangan mablagʻlarni hisob-kitob qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 9-bandi uchinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin: </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4878623" id="-4878623">“soliqlar va yigʻimlarning toʻlanishi;”.”.</div></div><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><div name="-4878208" id="-4878208">(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.06.2020-y., 10/20/2565-10/1010-son)</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
