O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Aholiga sifatli ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish hamda uning samarali nazorat tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida
[Ko‘chirma]
So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, ijtimoiy dasturlarni moliyalashtirish xarajatlari YAIMga nisbatan 2 baravarga oshib, kam ta’minlangan nafaqa oluvchi oilalar qamrovi 5 barobarga ko‘paydi hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar va nogironligi bo‘lgan bolalarning parvarishi bilan band bo‘lganlar uchun yangi nafaqa turlari joriy etildi.
Yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyada mehnatga layoqatsiz va yolg‘iz keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand boshqa toifalarining huquqlari davlat himoyasida bo‘lishining belgilanganligi mazkur sohani yagona yondashuv asosida isloh qilish zarurligini taqozo etmoqda.
Xususan, davlatning nogironligi bo‘lgan shaxslarning ishga joylashishi va ta’lim olishiga ko‘maklashishi bo‘yicha konstitutsiyaviy majburiyatlari bajarilishini ta’minlash maqsadida mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirish tizimi joriy etilishi talab etilmoqda.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyada e’lon qilingan “ijtimoiy davlat” tamoyillarini inobatga olgan holda, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga oid huquqlarini va manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash, aholiga ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish sifatini tubdan oshirish hamda mazkur sohaga ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan mutlaqo yangi boshqaruv tizimini joriy etish maqsadida:
1. Quyidagilar davlat tomonidan aholini manzilli himoya qilishning asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:
kompleks yondashuv asosida professional ijtimoiy himoya tizimini joriy qilish;
ijtimoiy himoya tizimi samaradorligi va manzilliligini oshirish orqali aholining ko‘makka muhtoj qatlami ijtimoiylashuvini ta’minlash;
ijtimoiy himoyani mahalla darajasigacha tashkil etish, og‘ir hayotiy ahvolga tushib qolgan aholiga individual yondashuvga muvofiq ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish;
aholining ijtimoiy sug‘urta mexanizmlari bilan qamrab olinishini kengaytirish;
xavf guruhlariga tushib qolgan oilalarni aniqlash va kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish orqali ularning og‘ir ijtimoiy ahvolga tushib qolishining oldini olish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning hayot kechirishi uchun qulay muhit yaratish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik), shuningdek, uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari hamda tuman (shahar)larda “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilsin.
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari 1-ilovaga muvofiq;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yo‘nalishlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Quyidagilar Agentlik tuzilmasiga o‘tkazilsin:
a) 2023-yil 15-iyundan boshlab Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidan:
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning hududiy bo‘linmalari;
Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari;
Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish respublika markazi hamda uning hududiy bo‘limlari;
Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazi;
keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun “Muruvvat” va “Saxovat” internat-uylari;
Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionati;
keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar;
b) 2024-yil 1-yanvardan boshlab:
Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidan bolalar uylari;
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan mehribonlik uylari;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tizimidan voyaga yetmaganlar bilan ishlash sektorlari hamda oilaviy bolalar uylari;
v) 2024-yil 1-avgustdan boshlab:
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamda ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidan imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari;
Oldingi tahrirga qarang.
g) 2025-yil 1-yanvardan boshlab Iqtisodiyot va moliya vazirligi tizimidan Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi;
(4-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
d) 2028-yil 1-yanvardan boshlab Ichki ishlar vazirligi tizimidan muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan “d” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasining Paralimpiyachilarning matonat maktabini 2023-yil 15-iyundan Agentlik tuzilmasiga o‘tkazish hamda Paralimpiya sport turlari bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash institutining faoliyatini hamkorlikda muvofiqlashtirish bo‘yicha taklifi ma’qullansin.
Belgilansinki, mazkur bandda ko‘rsatilgan tashkilotlar va tarkibiy tuzilmalar amaldagi moliyalashtirish manbalari, shtat birliklari, huquq va majburiyatlari, mol-mulki hamda boshqa tovar-moddiy boyliklari bilan birgalikda to‘laligicha Agentlik tuzilmasiga o‘tkaziladi.
5. Ijtimoiy xizmatlarni mahalla darajasida tashkil etish maqsadida 2023-yil 1-iyuldan boshlab Agentlikning tuman (shahar)lardagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlarida ijtimoiy xodimlar guruhlari tashkil etilsin va quyidagilar ularning asosiy vazifalari etib belgilansin:
har bir xonadon ahvolini o‘rganib, oilalardagi haqiqiy holatni hamda ularning ijtimoiy xizmatlar va yordamga bo‘lgan ehtiyojini aniqlash;
oilalarning iqtisodiy-ijtimoiy holati va ehtiyojlarini o‘rganish natijasida ularning ijtimoiy pasportlarini shakllantirish;
ehtiyojmand aholi bilan, shu jumladan keys-menejment usulini qo‘llagan holda samarali ish tashkil qilish, ulardan ijtimoiy xizmatlar va yordam olish bo‘yicha buyurtmalar qabul qilish, zaruratga qarab buyurtmalarni mas’ul vazirlik va idoralarga yuborish;
Oldingi tahrirga qarang.
og‘ir ahvolga tushib qolgan va og‘ir ahvolga tushib qolish xavfi yuqori bo‘lgan oilalarni, shuningdek, Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarni muntazam ravishda monitoring qilib borish, ular uchun ijtimoiy xizmat va yordamlarni tashkil etish.
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
6. Belgilansinki:
Agentlik aholini ijtimoiy himoya qilish va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha vakolatli davlat organi hisoblanadi;
Agentlik o‘z faoliyatini boshqa davlat organlari va tashkilotlari, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi.
7. Agentlik huzurida quyidagilar tashkil etilsin:
Ijtimoiy inspeksiya hamda uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri boshqarmalari;
Ijtimoiy himoya tizimi xodimlarining malakasini oshirish markazi;
Oldingi tahrirga qarang.
Ijtimoiy siyosat laboratoriyasi;
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasi va uning bo‘linmalari negizida Agentlik markaziy apparati tarkibida Nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksionalligini baholash boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari.
8. O‘z vazifalarini amalga oshirishda Agentlikka quyidagi huquqlar berilsin:
vakolatli davlat organlariga aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha dasturlar talablarini bajarmaganligi uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlarni qo‘llash bo‘yicha taqdimnomalar kiritish;
o‘z vakolatlari doirasida umummajburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilish;
o‘z vakolati doirasida ma’muriy javobgarlikni keltirib chiqaradigan holatlar yuzasidan ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnomalar tuzish;
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun davlat organlari va tashkilotlarining ma’lumotlar bazasidan real vaqt rejimida foydalanish;
davlat organlari va tashkilotlaridan zarur statistik, tahliliy hamda boshqa ma’lumotlarni so‘rash va olish;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami vakillari uchun davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat granti asosida imtiyozli tarzda o‘qishga qabul qilish parametrlarini belgilash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasiga takliflar kiritish;
(8-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF-84-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son)
o‘z vakolatlari doirasida maslahat-kengash organlari va ekspert komissiyalarini tashkil etish;
o‘ziga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida maxsus kasbiy bilimlarni talab etadigan masalalarni ko‘rib chiqish uchun davlat organlari va tashkilotlarining mutaxassislarini jalb etish;
ijtimoiy himoya tizimini rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlar bilan hamkorlik yuzasidan va boshqa shartnomalarni tuzish.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi tuzilmasida:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha maslahatchisi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori lavozimi kiritilsin;
Ijtimoiy himoya masalalari bo‘yicha sho‘ba tashkil etilsin.
10. Agentlik:
a) 2023-yil 15-iyulga qadar YUNISEFning ekspertlarini jalb qilgan holda va ularning dasturlariga muvofiq ijtimoiy xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yo‘lga qo‘ysin.
Bunda, xorijiy va mahalliy malakali ekspertlarni jalb qilgan holda aholiga mahalla darajasida professional ijtimoiy xizmat ko‘rsatish mutaxassislarini tayyorlashga e’tibor qaratsin;
b) 2023-yil 1-avgustga qadar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan birgalikda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistraturasida ijtimoiy xodimlarni o‘qitish dasturlarini qayta ko‘rib chiqsin;
v) 2023-yil 15-avgustga qadar aholini ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish dasturlari bo‘yicha, shu jumladan ularning mobil aloqa vositalariga ma’lumot yuborish orqali xabardor qilish amaliyotini joriy etsin;
g) 2023-yil 1-sentabrga qadar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay muhitni tashkil qilish bo‘yicha taklif kiritsin;
d) quyidagilarni:
2023-yil 1-iyulga qadar aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish vazifalari Agentlikka o‘tkazilishi munosabati bilan boshqa vazirlik va idoralar, shu jumladan mahalla darajasida faoliyat yuritayotgan tuzilmalarning takrorlovchi funksiyalarini bekor qilishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini;
2023-yil 1-avgustga qadar Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan birgalikda aholining ijtimoiy muammolarini mahalla darajasida hal etishga qaratilgan professional xizmat ko‘rsatish tizimini joriy etish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini;
2023-yil 1-sentabrga qadar manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda Agentlik tuzilmasiga o‘tkazilgan ijtimoiy muassasalar va tashkilotlarning faoliyatini takomillashtirish hamda rivojlantirish bo‘yicha takliflarni;
2024-yil 1-yanvarga qadar mehnatga layoqatli aholini ijtimoiy sug‘urta mexanizmlari bilan qamrab olish darajasini oshirishga oid takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
e) 2024-yil 1-iyulga qadar:
(10-band “e” kichik bandining birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-dekabrdagi PF-216-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son — 2024-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlarini;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band bo‘lgan oila a’zolariga ko‘maklashish bo‘yicha ijtimoiy himoya mexanizmlarini ishlab chiqsin;
j) nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ijtimoiy sheriklik loyihalari amalga oshirilishini yo‘lga qo‘ysin;
z) ijtimoiy himoya sohasidagi muammo va takliflarni muhokama qilish, yangi loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha jamoatchilik vakillaridan iborat kengash tashkil etsin.
11. Agentlik Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2023-yil 1-oktabrga qadar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini ishga tushirsin uning zarur idoraviy axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari bilan integratsiyasini va doimiy takomillashtirib borilishini ta’minlasin.
12. Belgilansinki:
a) 2023-yil 1-oktabrdan boshlab:
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi Agentlik tasarrufiga o‘tkaziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
aholiga ko‘rsatiladigan barcha turdagi ijtimoiy xizmatlar va yordamlar, shu jumladan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bolalari uchun nafaqa va moddiy yordamlar bo‘yicha arizalar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali qabul qilinadi;
(12-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
b) “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimini joriy etish doirasida:
Agentlik so‘roviga asosan “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan vazirlik va idoralarning elektron ma’lumotlar bazalari integratsiyasi ta’minlanadi;
aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish, fuqarolardan murojaatlarni qabul qilish, ko‘rib chiqish uchun elektron tarzda mutasaddi vazirlik va idoralarga yuborish hamda jarayonni monitoring qilish asosida amalga oshiriladi;
mazkur bandda nazarda tutilgan elektron axborot bazalari ma’lumotlari asosida har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini aks ettiradigan ijtimoiy pasportlar joriy etiladi;
2024-yil 1-yanvardan boshlab “Mehr daftari”, “Saxovat va ko‘mak”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” orqali ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordam va ko‘maklar qamrab olinadi.
13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish hamda ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2023 — 2025-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlari dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
14. Har haftaning juma kuni “Mehr va saxovat kuni” sifatida belgilanib, barcha davlat organlari va tashkilotlari ehtiyojmand aholi, nogironligi bo‘lgan shaxslar hamda yolg‘iz keksalar holidan xabar olish, ularga g‘amxo‘rlik qilish hamda xayriya tadbirlarini o‘tkazsin.
15. Agentlik huzurida 2023-yil 1-oktabrdan boshlab Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi tashkil etilsin hamda jamg‘arma mablag‘larining xarajatlari yo‘nalishlari 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
16. Agentlik 2023-yil 1-sentabrga qadar Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Bunda, Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘larini oluvchilar hamda moliyalashtirish manbai kesimida ma’lumotlar shakllanishi va xarajat qilinishining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash mexanizmini joriy etish ko‘zda tutilsin.
17. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga 5-ilovaga * muvofiq qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritilsin.
* 5-ilova berilmaydi
18. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari S.U. Umurzakov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2023-yil 1-iyun,
PF-82-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga
1-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligining asosiy faoliyat yo‘nalishlari
I. Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida davlat siyosati va chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish yo‘nalishida:
aholini ijtimoiy himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va uni amalga oshirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar va oilalar bo‘yicha ijtimoiy yordam dasturlarini ishlab chiqish;
kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar standartlarini ishlab chiqish, ularning amalga oshirilishini monitoring qilish;
aholining turli guruhlari bilan ishlaydigan professional “ijtimoiy ish” xizmatini tashkil etish;
ijtimoiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat sektor va mahalliy hamjamiyatlarni turli xil xizmatlar ko‘rsatish va aholining zaif qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga yanada faol jalb qilish uchun rag‘batlantirish choralarini yaratish;
sohani raqamlashtirish orqali ijtimoiy himoya tizimi shaffofligini ta’minlash va jarayonlarni aholi uchun qulay tarzda tashkil qilish.
II. Nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlash tizimini takomillashtirish yo‘nalishida:
nogironlikni baholash va aniqlashning tibbiy modelidan ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich o‘tishni ta’minlash;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni yuqori sifatli protez-ortopediya mahsulotlari va reabilitatsiyaning texnik vositalari bilan ta’minlash;
nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya va abilitatsiya qilish sohasini rivojlantirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish;
jamiyatda ijtimoiy moslashuv va integratsiya uchun sharoit yaratish, nogironligi bo‘lgan shaxslarni bandligini ta’minlashga ko‘maklashish, inklyuzivlikni ta’minlanishini muvofiqlashtirish hamda ularga qulay muhit shakllantirilganligini nazorat qilish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar, shu jumladan nogironligi bo‘lgan shaxslarga nisbatan jamiyat ongida sog‘lom fikrni shakllantirish;
nogironligi bo‘lgan shaxslarning mustaqil hayot kechirishini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish, ularga uy sharoitida ijtimoiy xizmatlarini tashkil qilish;
nogironligi bo‘lgan shaxslar bilan ishlaydigan ixtisoslashtirilgan internat, ta’lim muassasalari va reabilitatsiya markazlari faoliyatini takomillashtirish.
III. Voyaga yetmagan bolalarni himoya qilish yo‘nalishida:
bolalarga nisbatan zo‘ravonlikning oldini olish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
vasiylik va homiylik tizimini takomillashtirish, shu jumladan oilaga asoslangan bolalarni parvarish qilishning muqobil shakllarini rivojlantirish;
farzand asrab olish tizimini takomillashtirish;
ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlari, erkinliklari va manfaatlarini himoya qilishni tashkil etish;
himoyaga muhtoj bolalarni davolashni tashkil qilish tizimini takomillashtirish.
IV. Ayollarni himoya qilish tizimini takomillashtirish yo‘nalishida:
ayollarni zo‘ravonlik va jinsiy zo‘ravonlik ta’qibidan himoya qilishda professional yordam ko‘rsatishni tashkil etish;
zo‘ravonlikdan aziyat chekkan ayollarni qo‘llab-quvvatlash, shu jumladan boshpana (shelter) va reabilitatsiya markazlari ishini tashkil qilish.
V. Og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan oilalar bilan ishlash yo‘nalishida:
oilalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish, bolalarni oilalardan ajratishning oldini olish, ota-onalarning ko‘nikmalarini rivojlantirish;
og‘ir hayotiy vaziyatda bo‘lgan homilador ayollar, yolg‘iz ota-onalar va yosh bolali oilalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tashkil qilish;
og‘ir hayotiy vaziyatlarda bo‘lgan oilalar farzandlari uchun ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish;
palliativ yordamni tashkil qilish.
VI. Yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida:
psixosotsial xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil qilish;
alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bitiruvchilarini turli tashkilotlar tomonidan taqdim qilingan ijtimoiy xizmatlar, yo‘llanma va so‘rovlari asosida psixologik salomatlik, zarur ko‘nikma va ta’lim olish, kasbga, ishga va tadbirkorlik qilishga yo‘naltirish tizimini yo‘lga qo‘yish.
VII. Yakka yolg‘iz va keksalar bilan ishlash yo‘nalishida:
uyda parvarish qilish va qo‘llab-quvvatlash xizmatlarini tashkil qilish;
qariyalar uylari va boshqa muassasalar negizida professional xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil qilish;
zo‘ravonlikdan himoya qilish.
VIII. Ijtimoiy ta’minot dasturlari yo‘nalishida:
ijtimoiy sug‘urta tizimida yagona davlat siyosatini yuritish;
aholini ijtimoiy sug‘urta tizimiga jalb qilish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi mexanizmlarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi shaxslarga nafaqalarni tayinlash, qayta hisoblash, tiklash, chegirma qilish va to‘lashni tashkil etish.
(VIII bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoniga asosan uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
Oldingi tahrirga qarang.
IX. Ijtimoiy reyestrga kiritiladigan oilalarni aniqlash, ularni ushbu reyestrga kiritish va undan chiqarish tizimini muvofiqlashtirish va takomillashtirish yo‘nalishida:
oilalarni Ijtimoiy reyestrga kiritish jarayonlarini muvofiqlashtirish hamda ushbu oilalarning hisobi va hisoboti yuritilishini ta’minlash;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar bilan individual tarzda ishlash tizimini takomillashtirish hamda ularga ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatilishini tashkil etish hamda muvofiqlashtirish;
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun belgilangan ijtimoiy xizmatlar, yordamlar va imtiyozlarning yagona ro‘yxatini shakllantirish va yuritish;
davlat tomonidan Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga taqdim etilayotgan ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash choralari samaradorligi, natijadorligi va manzilliligini muvofiqlashtirgan holda tahlil qilib borish.
(IX bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 26-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 1-fevral)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga
2-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan vazirlik va idoralarning muvofiqlashtiriladigan va monitoring qilinadigan faoliyat yo‘nalishlari
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Vazirlik va idoralar

Faoliyat yo‘nalishlari

1.

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi

Mehnat bozorida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini ish bilan ta’minlash bo‘yicha faol va qo‘shimcha chora-tadbirlarni amalga oshirish

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarining kasbiy mahoratini rivojlantirish

Aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha dasturlarni amalga oshirish

Ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni aniqlash va ularga manzilli yordam ko‘rsatish

2.

Ichki ishlar vazirligi

Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish

Jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshiga yetmagan bolalarga, boquvchisini yo‘qotgan, zo‘ravonlikdan aziyat chekkan bolalarga, jabrlanganlar va jinoyatlar guvohlariga, jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan bolalarga yordam berish

3.

Sog‘liqni saqlash vazirligi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun sog‘liqni saqlash muassasalarida tibbiy va reabilitatsiya xizmatlarini ko‘rsatish

Nogironligi bo‘lgan shaxslarni va aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarini erta aniqlash, davolash va reabilitatsiya qilish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni raqamlashtirish

Nogironlikni erta aniqlash hamda nogironlikdan chiqarish

4.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar hamda sanatoriy turdagi maktab-internatlar faoliyatini muvofiqlashtirish

Ixtisoslashtirilgan o‘quv-tarbiya muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish

Inklyuziv ta’limni joriy etish va rivojlantirish

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni darsliklar, o‘quv va didaktik materiallar bilan ta’minlash

Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari o‘quvchilarini psixologik-pedagogik qo‘llab-quvvatlash

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari uchun o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish

Ijtimoiy og‘ir holatdagi oilalar farzandlarini maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim bilan qamrab olishni tashkil qilish

5.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun mo‘ljallangan ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablari uchun o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqish

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarni darsliklar, o‘quv va didaktik materiallar bilan ta’minlash

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim muassasalarida o‘qitishni tashkil qilish

Inklyuziv ta’limni joriy etish va rivojlantirish

6.

Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun qulay shart-sharoit yaratish talablarini hisobga olgan holda jamoat obyektlari, jamoat joylari va turarjoy binolarini loyihalash va qurish

7.

Transport vazirligi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun shart-sharoitlarni ta’minlash, shu jumladan jamoat transportida qulay muhit yaratish

8.

Mahalliy hokimliklar

Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlarini uy-joy bilan ta’minlash

9.

Raqamli texnologiyalar vazirligi

Davlat idora va tashkilotlar tomonidan o‘zlarining rasmiy veb-saytlarida nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatdagi ma’lumotlarni taqdim etib borilishini ta’minlash

10.

Madaniyat va turizm vazirligi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari (nogironligi bo‘lgan shaxslar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar va boshqalar) uchun madaniyat muassasalari va turizm obyektlaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash

11.

Yoshlar siyosati va sport vazirligi

Yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini “Yoshlar daftari” orqali hal etish tizimini takomillashtirish, “Yoshlar daftari” orqali ijtimoiy-iqtisodiy xizmatlar ko‘rsatish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, shu jumladan yoshlarga subsidiyalar, kompensatsiyalar va moddiy yordam ko‘rsatish

Nogironligi bo‘lgan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish orqali ularning bandligini ta’minlash

Nogironligi bo‘lgan yoshlarga ta’lim, turarjoy va transport xarajatlarini qoplab berish, shuningdek, asbob-uskunalar sotib olish uchun subsidiyalar ajratish tizimini takomillashtirish

“Yoshlar daftari” axborot tizimini raqamlashtirish darajasini oshirish

Qiyin hayotiy vaziyatga tushib qolgan yoshlarni ijtimoiy hayotga moslashtirish, ularda sportga qiziqishni oshirish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirish

Paralimpiya harakatini rivojlantirish, sportchilarning nufuzli xalqaro musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etishini ta’minlash

12.

Adliya vazirligi

Ayollar va bolalar, nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga rioya qilish va ularni himoya qilish

Voyaga yetmaganlarga nisbatan odil sudlovni ta’minlash, ularni reabilitatsiya qilish uchun yo‘naltirish

Nodavlat va notijorat tashkilotlar bilan hamkorlikni tashkil qilish

13.

Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya

Voyaga yetmaganlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini muhofaza va himoya qilish, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi qonun hujjatlariga rioya qilish

14.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi

Favqulodda vaziyatlar vazirligining psixologik yordam bo‘limining faoliyatini muvofiqlashtirish

Favqulodda vaziyatlar va ofatlarning ijtimoiy oqibatlarini bartaraf etish

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-noyabrdagi PF-206-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Ijtimoiy himoya milliy agentligi faoliyatini tashkil etish hamda ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish tizimini rivojlantirish bo‘yicha 2023 — 2025-yillarga mo‘ljallangan chora-tadbirlari dasturi
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Amalga oshiriladigan chora-tadbirlar

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Mas’ul ijrochilar

1.

Ijtimoiy himoya milliy agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) faoliyatini tashkil qilish va rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar.

1. Ijtimoiy himoya milliy agentligini yuklatilgan vazifalarni professional darajada amalga oshira oladigan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirishni ta’minlash;

2023-yil iyun-iyul

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda manfaatdor vazirlik va idoralar

2. Tibbiy-ijtimoiy ekspertiza inspeksiyasini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tizimidan Agentlik tizimiga o‘tkazish hamda nogironlarning funksional imkoniyatlarini baholash xizmati sifatida uning faoliyatini isloh qilish;

3. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari, “Muruvvat” va “Saxovat” internat uylari, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylar, pansionatlar, ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlari, Odam savdosi jabrdiydalariga yordam berish bo‘yicha respublika reabilitatsiya markazini Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimiga o‘tkazish;

2023-yil iyun

4. Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibiga o‘tkazilgan muassasalar faoliyatini tahlil qilish va rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

2023-yil iyun — avgust

5. Ijtimoiy inspeksiya faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

2023-yil avgust-sentabr

6. Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi faoliyatini tashkil qilish va Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish;

2023-yil iyun

7. Aholiga ijtimoiy xizmatlar va yordam ko‘rsatish vazifalari Agentlikka o‘tishi munosabati bilan boshqa vazirlik va idoralar, shu jumladan mahalla darajasida faoliyat yuritayotgan tuzilmalarning takrorlovchi funksiyalarini bekor qilishga oid normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

2023-yil iyul

8. Tuman va shaharlarda “Inson” ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish markazlari faoliyatini tashkil etish;

9. Mahalla darajasida ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatishni tashkil qilish;

10. Rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlar, xalqaro tashkilotlar va ekspertlarni jalb chiqish hamda ular bilan shartnomalar tuzish;

2024-yilda

11. O‘zbekistonda ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha xalqaro hamkorlar va tashkilotlar bilan birgalikda xalqaro konferensiya o‘tkazish.

2.

Aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish tizimini tashkil etishning normativ-huquqiy bazasini shakllantirish

1. Oliy ta’lim muassasalarida “Ijtimoiy ish” mutaxassisligi bo‘yicha o‘qishga qabul qilish kvotalarini va o‘quv dasturlarini Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan kelishilgan holda qayta ko‘rib chiqish;

2023-yil iyun-iyul

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Ijtimoiy himoya milliy agentligi

2. Ijtimoiy himoya milliy agentligi xodimlari uchun maxsus o‘quv kurslar va treninglarni tashkil etish;

2023-yil iyul

3. “Ijtimoiy ish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishishgan holda Oliy majlis qonunchilik palatasiga kiritish;

2023-yil noyabr

4. Davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlarni ko‘rsatish standartlarini hamda ularning ijrosini monitoring qilish mezonlarini ishlab chiqish;

2023-yil dekabr

5. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni uyda parvarishlash bilan band bo‘lgan oila a’zolariga ko‘maklashish bo‘yicha ijtimoiy himoya mexanizmlarini ishlab chiqish va tasdiqlash;

6. Nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan hamkorlikda ijtimoiy sheriklik loyihalarini amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish;

7. Ijtimoiy ishchining kasbiy standartlarini qayta ko‘rib chiqish;

2023-yil avgust

8. Ijtimoiy himoya xodimlarining malakasini oshirish markazi faoliyatini tashkil qilish.

3.

Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish, ularni reabilitatsiya, abilitatsiya qilish va hayotga moslashtirish tizimini takomillashtirish.

1. Ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarni qabul qilish bo‘yicha yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyalari faoliyatini tashkil qilish;

2023-yil oktabr

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha yagona psixologik-tibbiy-pedagogik komissiyani tashkil etish, qabul mezonlari va tartibini qayta ko‘rib chiqish;

3. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, sanatoriy tipidagi maktablar hamda imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini inventarizatsiya qilish, ularning faoliyatini qayta ko‘rib chiqish, optimallashtirish va takomillashtirish.

2023-yil dekabr — 2024-yil iyun

4.

Ijtimoiy sohani to‘liq raqamlashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish.

1. “Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi”ning texnik topshirig‘ini ishlab chiqish;

2. “Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi”ni ishlab chiquvchi kompaniyani aniqlash va ushbu tashkilot bilan shartnoma tuzish va amaliyotga joriy etish;

3. “Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi”ni barcha davlat organlarining ma’lumotlar bazalari va axborot tizimlari bilan integratsiyasini ta’minlash;

4. Ijtimoiy sohani to‘liq raqamlashtirish orqali har bir fuqaroning iqtisodiy-ijtimoiy holati, ehtiyojlari va mavjud imkoniyatlarini aks ettiradigan ijtimoiy pasportlarini joriy etish.

2023-2024-yillar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

5.

Bolalarni ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgilash

1. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligidan “Mehribonlik” uylarini, Sog‘liqni saqlash vazirligidan go‘daklar uylarini Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarkibiga o‘tkazish;

2024-yil yanvar

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Iqtisodiyot va moliya vazirligi,

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Sog‘liqni saqlash vazirligi

2. Vasiylik va homiylik tizimi muassasalari faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

2024-yil mart

3. Vasiylikning muqobil shakllarini joriy qilish va rivojlantirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

4. Farzand asrab olish tizimini takomillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish;

2024-yil iyul — dekabr

5. Respublika bolalar o‘quv-tarbiya muassasalari, viloyat voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari faoliyatini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

6.

Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimiga zamonaviy xizmatlarni joriy etish

1. “Ijtimoiy taksi” xizmati faoliyatini tashkil etish;

2026-yil avgust

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Raqamli texnologiyalar vazirligi

2. 107 qisqa raqamli tunu-kun faoliyat ko‘rsatuvchi aholini ijtimoiy himoya qilish bo‘yicha ishonch telefonini ishga tushirish;

2025-yil mart

3. “Ijtimoiy karta”larni joriy qilish.

7.

Aholiga ijtimoiy sohada xizmat ko‘rsatishni yanada kengaytirish.

1. Boshpanalar, palliativ yordam muassasalarini tashkil qilish.

2026-yil yanvar — mart

2025-yil yanvar — mart

Ijtimoiy himoya milliy agentligi,

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi,

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

2. Ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlarni, nogironlar uchun ixtisoslashtirilgan kasb-hunar maktablarini Agentlik tarkibiga o‘tkazish va ularning faoliyatini takomillashtirish.

3. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarga talablarni belgilash va ular orasida tanlovni tashkil etish.

4. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatiladigan aholi qatlamini qayta ko‘rib chiqish hamda ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi subyektlarni litsenziyalash tartibini ishlab chiqish.

5. Ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi subyektlar faoliyatini monitoring qilishni yo‘lga qo‘yish.

2025-yil mart — iyul

(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son)
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 1-iyundagi PF-82-son Farmoniga
4-ILOVA
Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ijtimoiy himoya davlat jamg‘armasi mablag‘larining xarajatlari yo‘nalishlari
Oldingi tahrirga qarang.
1) “G‘amxo‘rlik” markazlari, Ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazlari, keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, urush va mehnat faxriylari uchun sanatoriylarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) va ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish;
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 27-apreldagi PF-69-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son)
2) aholini protez-ortopediya buyumlari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash;
3) protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik yangilash dasturlari va loyihalarini moliyalashtirish;
4) Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi hamda uning hududiy markazlari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) va faoliyatini takomillashtirish xarajatlarini moliyalashtirish;
5) nogironligi bo‘lgan shaxslarning yoki “Ijtimoiy reyestri”ga kiritilgan oilalar a’zolarining imtiyozli hamda bepul statsionar, shu jumladan, chet davlatlardagi tibbiyot muassasalarida davolanishini hamda ularni dori vositalari bilan ta’minlash xarajatlarini qoplash;
6) nogironligi bo‘lgan shaxslarni o‘quv, didaktik va boshqa muqobil materiallar bilan ta’minlash;
7) nogironligi bo‘lgan shaxslarning madaniy va ma’naviy rivojlanishi uchun sharoitlar yaratish hamda ularni madaniy tadbirlar va sportga jalb etish xarajatlarini moliyalashtirish;
8) nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlagan ish beruvchilarga qonunchilikda belgilangan tartibda subsidiya ajratish;
9) nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun teng imkoniyatlar va qulay muhit yaratishga qaratilgan dastur va chora-tadbirlarni moliyalashtirish;
10) Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini takomillashtirish, shu jumladan, asbob-uskunalar, inventar, avtotransport vositalari, diagnostika vositalari, ixtisoslashtirilgan tibbiy-reabilitatsiya uskunalari hamda o‘quv materiallari va boshqalarni xarid qilish, shuningdek, o‘quv qo‘llanmalar va didaktik materiallar bilan ta’minlash;
11) Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari xodimlarini qo‘llab-quvvatlash (rag‘batlantirish, mukofotlash, ustamalar to‘lash, qayta tayyorlash va malaka oshirish davri uchun pullik kompensatsiya) va ijtimoiy himoya qilish;
12) Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va stajirovkadan o‘tkazish xarajatlarni qoplash;
13) konferensiyalar, seminarlar, olimpiadalar, tanlovlar, ko‘rgazmalar va boshqa tadbirlarni, shu jumladan, chet elda o‘tkaziladigan tadbirlarni tashkil etish;
14) Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va tizim tashkilotlari xodimlari hamda tizim tashkilotlari o‘quvchi va tarbiyalanuvchilarining respublikada va chet elda tashkil etiladigan tadbirlarda qatnashishi bilan bog‘liq barcha xarajatlarni moliyalashtirish;
15) shartnoma asosida jalb qilinadigan yuqori malakali, shu jumladan, xorijiy mutaxassislarning xarajatlarini (mehnatga haq to‘lash, yashash, transport xarajatlari va boshqalar) moliyalashtirish;
16) tunu kun faoliyat ko‘rsatadigan Call-markaz xizmatini tashkil etish va takomillashtirish;
17) “ijtimoiy karta”larni joriy etish bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
18) xalqaro maslahatchilar, konsalting va tadqiqot kompaniyalarini yollashni moliyalashtirish, ilg‘or xorijiy tajribani o‘rganish va joriy etish chora-tadbirlari;
19) joylarda ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish va ularni ko‘rsatish xarajatlarini moliyalashtirish;
20) nogironligi bo‘lgan shaxslar va harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslar, shuningdek, aholining boshqa ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari uchun “ijtimoiy taksi” xizmatini tashkil etish va takomillashtirish;
21) ijtimoiy himoya sohasini avtomatlashtirish va raqamlashtirish tadbirlarini, shu jumladan, dasturiy ta’minotni ishlab chiqish, texnik uskuna va vositalarni sotib olish hamda tizimda axborot kommunikatsiya va texnologiyalarini rivojlantirish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni moliyalashtirish;
22) nogironligi bo‘lgan shaxslarning funksional imkoniyatlarini baholash xizmatini tashkil etish, shu jumladan, ularning moddiy-texnika bazasini yaxshilash bo‘yicha loyiha va dasturlarni moliyalashtirish;
23) bir martalik yordam pullari to‘lash;
24) yoshga doir, nogironlik va boquvchisini yo‘qotganlik nafaqalarini to‘lash;
25) nogironligi bo‘lgan bolalarni parvarishlayotgan onalar uchun nafaqalarni to‘lash;
26) farzand tug‘ilganda beriladigan nafaqalar (suyunchi puli)ni to‘lash;
27) dafn marosimi xarajatlarini qoplash;
28) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash hamda ijara to‘lovlarini qoplash;
29) “Mehribonlik” uylari va bolalar uylari moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) va ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish xarajatlarini moliyalashtirish;
30) voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish xizmatlarini moliyalashtirish;
31) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga, shuningdek, istisno tariqasida, kambag‘al oilalarning vasiylik va homiylik tayinlangan bolalariga yordam ko‘rsatish;
32) ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning iqtidorli bolalarini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq tadbirlar xarajatlarini qoplash;
33) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning sog‘lig‘ini saqlash, salomatligini tiklash, ularni mustaqil hayotga tayyorlash, ta’lim berish, kasb-hunarga yo‘naltirish va ishga joylashtirish tadbirlarini tashkil etish;
34) jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlikning eng kichik yoshiga yetmagan bolalarga psixologik yordam ko‘rsatish, ularni kasbga o‘qitish va tarbiyalash tadbirlarini tashkil etish;
35) qarovsiz va boshpanasiz qolgan, zo‘ravonlik qurboni bo‘lgan, jinoyat qurbonlari va guvohlari bo‘lgan, jinoyat sodir etgan va jinoiy javobgarlik yoshiga yetgan hamda fuqarolik protsessida ishtirok etayotgan bolalarning ijtimoiy va huquqiy himoyasini tashkil etish;
36) voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari va respublika ta’lim muassasalarining loyiha va dasturlarini moliyalashtirish;
37) oilalarda (homiylikka olingan) tarbiyalanayotgan har bir yetim bola va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning ijtimoiy himoyasini tashkil etish;
38) “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordamlar to‘lash;
39) ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 3 yoshgacha bo‘lgan farzandlariga davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari xizmatlari uchun haq to‘lash xarajatlarini qoplash;
40) ehtiyojmand aholi qatlamiga tibbiy, psixologik va boshqa xizmatlar ko‘rsatish;
41) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning o‘qish, kasbga tayyorlash, malakasini oshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qisman yoki to‘liq qoplash;
42) alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilash va ularga xizmat ko‘rsatish maqsadida ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar loyihalari va qo‘llab-quvvatlash dasturlarini moliyalashtirish;
43) yolg‘iz yashovchi va yolg‘iz keksalarga xizmat ko‘rsatish va ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tadbirlarni moliyalashtirish;
44) oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan uysiz fuqarolarni vaqtincha boshpana (ijtimoiy uylar) bilan ta’minlash;
45) zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan shaxslarni himoya va reabilitatsiya qilish bilan bog‘liq loyiha va tadbirlarni moliyalashtirish;
46) “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari xodimlari va mahallalardagi ijtimoiy xodimlarga faoliyatining samaradorlik ko‘rsatkichini (KPI) baholash asosida rag‘batlantirish to‘lovlarini joriy etish;
47) axborot-ma’lumot va reklama, maqolalar, broshyuralar, qo‘llanmalar hamda boshqa axborot materiallarini tayyorlash va nashr etish, shu jumladan, video va audio roliklar hamda filmlar yaratish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va aholini ijtimoiy muhofaza qilish hamda ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bilan bog‘liq boshqa tadbirlarni tashkil etish uchun haq to‘lash;
48) aholiga ijtimoiy yordam va xizmatlarni ko‘rsatish sohasida tajriba-loyihalarni moliyalashtirish;
49) nodavlat notijorat tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy mavzudagi loyihalarni hamda davlat ijtimoiy buyurtmalarini moliyalashtirish;
50) fuqarolar, davlat organlari va tashkilotlari xodimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar vakillari hamda tadbirkorlik subyektlarini “Ijtimoiy himoya fidoyisi” idoraviy ko‘krak nishoni bilan taqdirlash, mukofotlash va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish;
51) Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va tizimdagi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladigan ijtimoiy loyihalarni moliyalashtirish;
52) ijtimoiy himoya sohasiga homiylik qilish istagi bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar bilan amalga oshiriladigan loyihalarni birgalikda moliyalashtirish;
53) Agentlik, uning hududiy bo‘linmalari va tizimdagi tashkilotlar xodimlarini hamda jalb qilingan volontyorlar uchun maxsus kiyim-bosh, sumka va boshqa sovg‘alar berish hamda boshqa xarajatlarini qoplash;
54) O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmon va qarorlari bilan belgilangan miqdordagi mablag‘larni Agentlik huzuridagi budjetdan tashqari Ijtimoiy himoya milliy agentligini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yo‘naltirish;
55) Agentlikning axborot-kommunikatsiya tizimlarini rivojlantirish va boshqa sohalar bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish uchun “Axborot texnologiyalari markazi” davlat muassasasi faoliyatini moliyalashtirish;
56) homiylardan maqsadli jalb qilingan mablag‘larni kelishuvga ko‘ra homiylar tomonidan belgilangan ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirish;
57) Hamjamiyatlarni mustahkamlash va ijtimoiy farovonlikni rivojlantirish markazini tashkil etish, saqlash, xodimlarini rag‘batlantirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish va boshqa) xarajatlarini moliyalashtirish;
58) yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni muqobil joylashtirish shakllarini, shu jumladan, kichik hajmli bolalar uylarini tashkil etish tadbirlarini (uy-joy xarid qilish, qurish, joriy ta’mirlash, ijaraga olish, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish, nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirish va boshqa) moliyalashtirish;
59) hududiy ijtimoiy xizmatlar markazlarini tashkil etish bilan bog‘lik, barcha xarajatlarni moliyalashtirish;
60) ijtimoiy himoya sohasidagi loyihalarni xalqaro moliya tashkilotlari bilan birgalikda moliyalashtirish;
61) alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan shaxslarning hayot tarzini yaxshilash va ularga xizmat ko‘rsatish maqsadida ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, “Imkon” reabilitatsiya markaziga ega ko‘p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari, alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktablar va maktab-internatlar, imkoniyatlari cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumlar hamda Agentlik tizimidagi boshqa tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirish tadbirlari (qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta’mirlash, tegishli uskuna va jihozlar sotib olish, o‘quv qo‘llanmalar va didaktik materiallar bilan ta’minlash va boshqa) xarajatlarini moliyalashtirish;
62) Jamg‘arma kuzatuv kengashining topshirig‘iga asosan qo‘shimcha tadbirlarga va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa xarajatlarga mablag‘ ajratish;
Oldingi tahrirga qarang.
63) palliativ yordam ko‘rsatish markazlari va shelterlar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha loyihalar va dasturlarni moliyalashtirish, shuningdek, muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish, ijtimoiy oshxonalar tashkil etish*.
(63-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 9-iyundagi PF-109-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)
* Mazkur xarajat yo‘nalishi bo‘yicha tadbirlar 2026-yil 1-yanvardan boshlab moliyalashtiriladi.
(4-ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-dekabrdagi PF-255-sonli Farmoni tahririda)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.06.2023-y., 06/23/82/0327-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 10.05.2024-y., 06/24/75/0335-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 12.02.2025-y., 06/25/17/0127-son; 12.05.2025-y., 06/25/84/0432-son; 05.11.2025-y., 06/25/206/1017-son; 27.12.2025-y., 06/25/258/1223-son; 28.04.2026-y., 06/26/69/0420-son; 10.06.2026-y., 06/26/109/0580-son)