Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida
(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirliklar va idoralar meʼyoriy hujjatlarining qonuniyligini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
1. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi, mazkur boshqaruv organi tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan yoki idoralararo tusdagi (umumiy majburiy tusdagi) huquqiy hujjatlari (keyingi oʻrinlarda “meʼyoriy hujjatlar” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak va ular rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi, agar hujjatning oʻzida kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa;
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
davlat roʻyxatidan oʻtkazilmagan meʼyoriy hujjatlar kuchga kirmagan hujjat sifatida huquqiy oqibatlarga olib kelmaydi hamda tegishli ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, undagi koʻrsatmalar bajarilmaganligi uchun fuqarolar, mansabdor shaxslar, tashkilotlarga biror-bir jazo qoʻllash uchun asos boʻlib xizmat qilmaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinmagan tadbirkorlik subyektlari bilan oʻzaro munosabatlar masalalarini tartibga soluvchi normativ hujjatlar buzilganligi uchun javobgarlik choralarini qoʻllash taqiqlanadi;
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-iyuldagi 183-sonli qaroriga asosan toʻrtinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 28-son, 341-modda)
meʼyoriy hujjatning davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartib raqami va sanasi koʻrsatilmagan holda tarqatilishi va eʼlon qilinishi taqiqlanadi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan qoidalar vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning mazkur qaror qabul qilinguncha Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan meʼyoriy hujjatlariga tatbiq etilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan meʼyoriy hujjatlar “Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasida rasman eʼlon qilinishi kerak.
(1-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-noyabrdagi 629-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2026-y., 09/26/629/1145-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Koʻrsatib oʻtilgan Nizomni qoʻllashga doir tushuntirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan beriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 197-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan toʻldirilgan)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga:
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarning meʼyoriy hujjatlar qabul qilish va qoʻllash shuningdek, qabul qilingan meʼyoriy hujjatlarni eʼlon qilish va manfaatdor shaxslar eʼtiboriga yetkazish boʻyicha ishini nazorat qilish;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Oldingi tahrirga qarang.
vazirliklar va idoralarga oʻn kun muddatda bajarilishi majburiy boʻlgan taqdimnoma kiritish yoki davlat roʻyxatidan oʻtmagan hujjatlarni bekor qilish, buzilgan huquqlarni tiklash, yetkazilgan zararlarni qoplash toʻgʻrisidagi daʼvolar bilan sud organlariga murojaat qilish, shuningdek, aybdor mansabdor shaxslarni tegishli javobgarlikka tortish masalasini Hukumat oldiga qoʻyish huquqi berilsin.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 22-iyuldagi 439-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2024-y., 09/24/439/0543-son)
Koʻrsatib oʻtilgan daʼvolar sudga berilganda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Adliya vazirligiga yuklangan vazifalarni taʼminlash uchun Adliya vazirligi markaziy apparatining vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning meʼyoriy hujjatlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish boʻlimi negizida Idoraviy meʼyoriy hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish boshqarmasi tashkil etilsin.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 13-sentabrdagi 268-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 429-modda)
Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida tashkil etilayotgan Boshqarma uchun zarur mablagʻlar ajratsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 7-dekabrdagi 323-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 650-modda)
6. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 6-son, 25-modda);
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning umumiy-majburiy tusdagi normativ hujjatlarining huquqiy ekspertizasi va ularni davlat roʻyxatiga olish toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1993-yil 17-iyundagi 294-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida” 1994-yil 15-iyundagi 300-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994-yil., 6-son, 29-modda).
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiquvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
Vazirliklar yuklangan vazifalarni hisobga olgan holda Vazirlik toʻgʻrisidagi nizomni va markaziy apparat tuzilmasini takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlasin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1997-yil 9-oktabr,
469-son
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 9-oktabrdagi 469-son qaroriga
ILOVA
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertizadan va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibini, shuningdek ularga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi.
2. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni (keyingi oʻrinlarda — idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar) ularning amal qilish muddatidan (doimiy yoki vaqtincha) hamda ulardagi maʼlumotlarning xususiyati, shu jumladan davlat sirini tashkil etuvchi maʼlumotlarga yoki maxfiy maʼlumotlarga ega boʻlishidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Adliya vazirligi) huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Mazkur Nizom maqsadlari uchun idoralar deganda tegishli sohada davlat siyosatini amalga oshirish boʻyicha vakolatlar berilgan idoralar, shu jumladan vazirliklar va idoralar boʻysunuvidagi tegishli sohada davlat siyosatini yuritish vakolati berilgan qoʻmita, agentlik va inspeksiyalar yoxud boshqa maxsus vakolatli davlat organlari tushuniladi.
3. Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilinadigan umumiy majburiy tusdagi:
jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga daxl qiluvchi;
idoralararo tusga ega boʻlgan;
qabul qilgan vazirlik yoki idora tizimiga kirmaydigan tashkilotlar uchun majburiy kuchga ega boʻlgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi kerak.
4. Vazirliklar va idoralar tomonidan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga, basharti vazirliklar va idoralarda koʻtarilayotgan masalalarni yoki muammolarni qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan mexanizmlar va maʼmuriy tartib-taomillar orqali hal etish vakolatlari mavjud boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi.
Ijtimoiy munosabatlarni haddan ziyod huquqiy tartibga solishga yoʻl qoʻymaslik maqsadida idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqilishidan oldin, ushbu hujjatni qabul qilishning yaqqol zarurati va uni qabul qilmasdan boshqa muqobil yechimlar orqali muammoni hal qilishning imkoniyatlari oʻrganiladi.
5. Mazkur Nizomga muvofiq quyidagi hujjatlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydi:
shaharsozlik normalari va qoidalari;
energetika sohasidagi texnik normalar va qoidalar;
fitosanitariya talablari;
sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari;
ekologik normalar va qoidalar;
veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari;
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar.
Ushbu bandda nazarda tutilmagan hujjatlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazilmaydigan hujjat deb topish Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan shaharsozlik normalari va qoidalari, fitosanitariya talablari, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari, ekologik normalar va qoidalar, veterinariya, veterinariya-sanitariya qoidalari va normalari Adliya vazirligida majburiy tartibda huquqiy ekspertizadan oʻtkaziladi hamda ijobiy xulosa berilgan taqdirda hisobga olinadi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni tayyorlash, huquqiy ekspertizadan oʻtkazish va hisobga olish tartibi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
6. Vazirliklar va idoralar idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻn kun ichida normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va kelishishning yagona elektron tizimi (keyingi oʻrinlarda — elektron tizim) orqali Adliya vazirligiga taqdim etadilar (bundan davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar mustasno).
Davlat roʻyxatidan oʻtmagan normativ-huquqiy tusga ega boʻlgan hujjatlar qoʻllanilgani aniqlangan taqdirda, Adliya vazirligi tegishli vazirlik yoki idoraga ushbu hujjatni bekor qilish va ijrodan chaqirib olish toʻgʻrisida taqdimnoma kiritadi. Vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda Adliya vazirligining talabini bajarishlari shart. Adliya vazirligi “Xalq soʻzi” — “Narodnoye slovo” gazetalari va boshqa ommaviy axborot vositalarida mazkur hujjatning noqonuniyligi toʻgʻrisidagi axborotni eʼlon qilishga haqlidir.
7. Bir nechta vazirlik va idoralar qoʻshma holda qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etish, qoida tariqasida, hujjatni tasdiqlagan vazirliklar va idoralar orasida nomi birinchi boʻlib koʻrsatilgan vazirlik yoki idoraga yuklanadi.
2-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga qoʻyiladigan talablar
8. Idoraviy normativ-huquqiy hujjat, unga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiq boʻlishi kerak.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga:
korrupsiya koʻrinishlari va boshqa huquqbuzarliklar sodir etilishi uchun sharoit yaratadigan;
amaldagi tartib-taomillarni asossiz murakkablashtiradigan;
fuqarolarning huquq va erkinliklarini cheklaydigan;
jismoniy va yuridik shaxslarga yangi imtiyoz va javobgarlik choralarini hamda asoslanmagan qoʻshimcha xarajat va toʻlovlarni belgilaydigan;
yangi turdagi soliq va yigʻimlarni, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillarini joriy etadigan;
gender tengligi prinsiplariga muvofiq boʻlmagan;
xoʻjalik birlashmalari vakolatiga kiruvchi masalalar va korporativ munosabatlarni tartibga soladigan;
ortiqcha maʼmuriy va boshqa cheklashlarni nazarda tutadigan huquqiy normalar kiritilishi taqiqlanadi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalari talablariga muvofiq tayyorlanishi va qabul qilinishi kerak.
9. Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni buyruqlar va qarorlar shaklida qabul qiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar bilan ushbu hujjatlarning tarkibiy qismi hisoblangan nizomlar, qoidalar, yoʻriqnomalar va boshqa hujjatlar tasdiqlanishi mumkin.
Huquqiy normalarni huquqiy hujjat hisoblanmagan hujjatlarga (texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar, xatlar, xususiy masalalar boʻyicha tushuntirishlar, yakka tartibdagi xususiyatga ega boʻlgan hujjatlar va boshqalar) kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi hamda bunday hujjatlar qonunchilik hujjatlariga zid yoki nomuvofiq boʻlgan normalarni oʻz ichiga olmasligi lozim.
Vazirliklar va idoralar huquqiy tartibga solishni talab qiladigan masalalar paydo boʻlgan taqdirda, agar ushbu masalalarni huquqiy tartibga solish oʻz vakolatlariga kirsa, tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni oʻz vaqtida qabul qilishlari kerak. Adliya vazirligi vazirliklar va idoralarga ishlab chiqish muddatini koʻrsatgan holda tegishli idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish zarurligi toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini bajarish yuzasidan idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilish muddati, agar bundan koʻp muddat belgilanmagan boʻlsa, ikki oydan oshmasligi kerak.
10. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda mazkur hujjat qonunchilik hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari yoki qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlarini (ularning moddalari yoki bandlari) bajarish yuzasidan yoxud ular asosida qabul qilinayotganligi majburiy tartibda koʻrsatiladi.
11. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tarkibiy tuzilishi huquqiy tartibga solish predmetining izchil, mantiqan rivojlanib borishi va yoritilishini, shuningdek, boʻlajak hujjat bir xilda tushunilishi va qoʻllanilishini taʼminlashi kerak.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat oʻz mazmuniga mos hamda tartibga solish predmetini aks ettiruvchi qisqa nomga ega boʻlishi lozim.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi maqsadlari va sabablari tushuntirilishi talab etilsa, unga kirish qismi — muqaddima kiritiladi. Huquqiy norma boʻlgan qoida muqaddimaga kiritilmaydi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat matni loʻnda, oddiy va ravon tilda bayon qilinishi kerak. Foydalaniladigan tushunchalar va atamalar turlicha izohlash imkoniyatini istisno etadigan, ularning qonunchilikda qabul qilingan maʼnosiga muvofiq yagona shaklda qoʻllaniladi.
Zarur hollarda maxsus atamalar va tushunchalarning qisqacha taʼrifi beriladi, umumiy qabul qilingan qisqartmalar qoʻllanadi va boshqa qisqartmalarga tushunchalar beriladi. Eskirgan hamda koʻp maʼnoni anglatadigan soʻzlar va iboralar, majoziy taqqoslashlar, sifatlashlar va kinoyalar qoʻllanilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Zarur hollarda idoraviy normativ-huquqiy hujjatda yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan normativ-huquqiy hujjatning ayrim qoidalari mazkur hujjatga havola qilingan holda aynan takrorlanadi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda, qoida tariqasida, boshqa idoraviy normativ-huquqiy hujjatlardagi huquqiy normalar aynan qayta takrorlanmaydi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnida qonunchilik hujjatlariga havolalar qilishga faqat istisno hollarda yoʻl qoʻyiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning boshqa bandlariga, shuningdek, vazirliklar va idoralar tomonidan ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga havola qilishga ularning oʻzaro aloqasini koʻrsatish yoki takrorlashlarga yoʻl qoʻymaslik zarur boʻlgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning har bir bandi, qoida tariqasida, bitta huquqiy normani oʻz ichiga olishi kerak. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning har bir bandi toʻliq va tugallangan mazmunga ega boʻlishi kerak.
Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatda roʻyxatlar, jadvallar, grafiklar, formulalar, metodikalar, xaritalar, sxemalar, hujjatlar, uslubiyotlar, blankalar namunalari keltirilsa, ular, qoida tariqasida, ilovalarda berilishi kerak. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning tegishli bandlarida ushbu ilovalarga havola qilinadi.
Amaldagi idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish yoʻli bilan hal etish mumkin boʻlgan masalalar boʻyicha oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish shaklidagi hujjatlar qabul qilinadi.
12. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatda quyidagi rekvizitlar boʻlishi kerak:
hujjatning turi;
huquqiy tartibga solish predmetini aks ettiruvchi nom;
hujjatning tartib raqami, qabul qilingan sanasi va joyi;
vazirlik yoki idora rahbarining yoxud uning vazifalarini bajaruvchi shaxsning lavozimi, elektron raqamli imzosi (davlat siri hisoblangan maʼlumotlar va maxfiy maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarda tegishli vazirlik yoki idoraning muhri bilan tasdiqlangan imzosi), ismining bosh harfi va familiyasi.
13. Agar idoraviy normativ-huquqiy hujjatning qabul qilinishi uni qabul qilgan vazirlik va idora tomonidan ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilishini yoki ularga tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilishini talab etsa, ushbu qoidalar taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatda yoxud boshqa hujjatda aks ettirilishi kerak.
14. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga:
idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilish uchun asos (vazirlik va idoraning vakolati, idoraviy normativ-huquqiy hujjatda aks etgan masalalarni hal etishni topshirish yoki bunday huquq berish yuzasidan yuqori organning qarori, hujjat qabul qilinishi uchun asos boʻlib xizmat qilgan boshqa holatlar);
mazkur vazirlik yoki idora tomonidan ushbu masala boʻyicha ilgari qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
ushbu masala boʻyicha ilgari boshqa vazirliklar va idoralar tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar hamda davlat roʻyxatidan oʻtkazishga taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat qabul qilinishi munosabati bilan ularni oʻzgartirish yoki oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida takliflar tayyorlash haqidagi maʼlumotlar;
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarida nazarda tutilgan boshqa hujjat va maʼlumotlar ilova qilinadi.
15. Tayyorlangan idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirlik yoki idoraning rahbari tomonidan imzolangunga qadar ushbu vazirlik yoki idoraning yuridik xizmati tomonidan huquqiy ekspertizadan oʻtkazilishi kerak.
Taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatga ushbu vazirlik yoki idoraning yuridik xizmati rahbari (yuridik xizmat rahbari lavozimi mavjud boʻlmagan taqdirda — yuriskonsult) tomonidan viza qoʻyilgan hamda ilova qilingan maʼlumotnoma imzolangan boʻlishi kerak.
16. Qonunchilik hujjatlariga muvofiq kelishilishi majburiy boʻlgan hollarda, shuningdek idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasida boshqa vazirliklar va idoralar manfaatlariga yoki vakolatlariga daxl qiluvchi normalar mavjud boʻlsa, idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi elektron tizim orqali manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishilishi lozim.
Vazirliklar va idoralar boʻysunuvidagi qoʻmita, agentlik va inspeksiyalar, agar ularga tegishli sohada davlat siyosatini yuritish vakolati yuklatilgan boʻlsa, idoraviy hujjatlar qabul qilishi mumkin, bunda zarur hollarda ushbu hujjat yuqori turuvchi organ bilan ham kelishiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi vazirliklar va idoralar tomonidan u taqdim etilgan kundan boshlab besh ish kuni ichida eʼtirozlarsiz kelishilishi yoki asoslantirilgan eʼtirozlar bilan qaytarilishi kerak.
17. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni kelishish davomida vazirlik va idoralar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelganda, bunday hujjat kelishmovchiliklar bartaraf qilinguniga qadar qabul qilinishi mumkin emas.
Agar kelishmovchiliklarni bartaraf qilishning imkoni boʻlmasa, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni tayyorlashga masʼul boʻlgan vazirlik yoki idora ushbu masalani hal qilish uchun Vazirlar Mahkamasiga yoxud boshqa yuqori turuvchi organga murojaat qilishi lozim.
18. Barcha idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari majburiy tartibda jamoatchilik muhokamasidan oʻtkaziladi, bundan yangi qabul qilingan qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi hamda davlat sirlariga oid maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari mustasno.
3-bob. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi
19. Adliya vazirligi taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat kelib tushgan kundan boshlab uni yigirma kun ichida huquqiy ekspertizadan oʻtkazadi.
Agar ushbu hujjat, shu jumladan malakali mutaxassislarni jalb etish yoʻli bilan qoʻshimcha oʻrganishni talab etgan hollarda, uni koʻrib chiqish muddati oʻn kungacha uzaytirilishi mumkin.
20. Zarur hollarda huquqiy ekspertizadan oʻtkazish jarayonida Adliya vazirligi qoʻshimcha hujjat va maʼlumotlarni soʻrab olish, shuningdek, normativ-huquqiy hujjatlar boʻyicha xulosalar berish uchun mutaxassislar va ilmiy xodimlarni ekspert sifatida jalb qilish huquqiga ega.
21. Agar taqdim etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat qonunchilik hujjatlariga muvofiq boʻlgan va mazkur Nizomning 2-bobida koʻrsatilgan talablarga javob bergan taqdirda, Adliya vazirligi mazkur idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazadi.
Adliya vazirligi idoraviy normativ-huquqiy hujjatni quyidagi hollarda qayta ishlash (tahrirlash) orqali davlat roʻyxatidan oʻtkazadi:
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiqlashtirish maqsadida;
qonunchilik texnikasi qoidalariga muvofiqlashtirish zarurati tugʻilganda;
havola qiluvchi normalar qoʻllanishining asosliligi va maqsadga muvofiqligi taʼminlanmaganda.
Qayta ishlangan (tahrirlangan) idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazishga ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qabul qilgan vazirlik yoki idoraning birinchi rahbari tomonidan yozma yoki elektron tizim orqali rozilik berilgan taqdirda yoʻl qoʻyiladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish unga Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri tomonidan tasdiqlanadigan xulosa asosida unikal raqam bergan holda Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga (keyingi oʻrinlarda — Davlat reyestri) kiritish orqali amalga oshiriladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat, agar hujjatning oʻzida yanada kechroq muddat koʻrsatilmagan boʻlsa, rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab kuchga kiradi.
Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish tartib-taomilini murakkablashtirishni va tadbirkorlik subyektlariga yangi majburiyatlarni yuklashni nazarda tutuvchi idoraviy normativ-huquqiy hujjatda uning (yoki uning bir qismining) kuchga kirishi muddati koʻrsatilgan boʻlishi kerak. Bunda idoraviy normativ-huquqiy hujjatning kuchga kirish muddati u rasmiy eʼlon qilingan kundan boshlab uch oydan kam boʻlmasligi kerak.
22. Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni davlat roʻyxatidan oʻtkazish quyidagi hollarda rad etilishi mumkin:
hujjat Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, oʻziga nisbatan yuqori yuridik kuchga ega boʻlgan boshqa qonunchilik hujjatlariga, mamlakatda oʻtkazilayotgan islohotlar maqsadlari va vazifalariga, shuningdek, qonunchilik texnikasi qoidalariga zid boʻlsa;
mazkur Nizomning 2-bobida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa;
jamoatchilik muhokamasidan oʻtkazish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning asosli eʼtirozlariga sabab boʻlsa;
manfaatdor organlar bilan kelishish majburiy hisoblanganda bunday organlar bilan kelishilmagan boʻlsa.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat Adliya vazirligi tomonidan tegishli xulosa bilan uni taqdim etgan vazirlik yoki idoraga qaytariladi.
Adliya vazirligi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar rad etilgan vaqtdan eʼtiboran bekor qilingan hisoblanadi hamda vazirliklar va idoralar tomonidan ularni bekor qilish uchun alohida hujjat qabul qilish talab etilmaydi.
Davlat roʻyxatidan oʻtkazish rad etilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjat Adliya vazirligining xulosasi hisobga olingan holda puxta ishlangan taqdirda, davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroran taqdim etilishi mumkin hamda Adliya vazirligiga davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun takroriy taqdim etish muddati bir oydan oshmasligi kerak.
23. Vazirliklar va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Oʻzbekiston Respublikasi qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasidan elektron koʻrinishda yuklab olishlari mumkin.
4-bob. Qonunchilik hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilganda idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qayta koʻrib chiqish tartibi
24. Qonunchilik hujjatlari oʻzgargan taqdirda, vazirliklar va idoralar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan oʻz idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiqlashtirishi hamda huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun tegishli oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlarni Adliya vazirligiga taqdim etishlari kerak.
Adliya vazirligi vazirliklar va idoralardan ularning davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarini qonunchilik hujjatlariga muvofiq holga keltirishni talab qilishga haqlidir.
Bunda vazirliklar va idoralar oʻn kun muddatda huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish uchun oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi hujjatlarni Adliya vazirligiga taqdim etishga majburdir. Ushbu talab bajarilmagan taqdirda, Adliya vazirligi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan salbiy oqibatlarni hisobga olgan holda idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarishga haqlidir.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatni Davlat reyestridan chiqarish ushbu hujjatni yuridik kuchga ega emas deb hisoblash uchun asos boʻladi hamda Davlat reyestridan chiqarish natijasida yuzaga keladigan oqibatlar uchun vazirliklar va idoralar rahbarlari javobgar hisoblanadi.
Adliya vazirligi Davlat reyestrida mavjud boʻlgan hujjatlarga aynan bir xil masalada va texnik koʻrinishda oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishga haqli.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish ushbu hujjatni qabul qilgan organ yoki bunga vakolatli boshqa organ tomonidan mazkur hujjat qabul qilingan tartibda amalga oshiriladi.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi nizoli masalalar kelib chiqqanda, shuningdek, idoraviy normativ-huquqiy hujjatni qoʻllash bilan bogʻliq boʻlgan yangi holatlar aniqlanganda Adliya vazirligi tomonidan toʻxtatib turilishi mumkin.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatning yoki uning tuzilmaviy birligining amal qilishi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi bilan toʻxtatib turiladi yoki qayta tiklanadi.
25. Vazirliklar va idoralar qayta tashkil etilgan, tugatilgan yoki nomi oʻzgartirilgan taqdirda, ular tomonidan qabul qilingan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga nisbatan huquqiy vorislik qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.
26. Davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar Adliya vazirligi tomonidan rasmiy eʼlon qilingandan soʻng ikki ish kuni mobaynida idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnlari hamda zarur hollarda ularga tegishli axborot-tahliliy materiallar elektron shaklda tegishliligiga koʻra davlat organlari va tashkilotlariga yuboriladi.
Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar matnlari tegishliligiga koʻra tarqatilishini taʼminlashi shart.
Vazirliklar va idoralar oʻzlari qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni (zarur hollarda axborot-tahliliy materiallar bilan birga) ular rasman eʼlon qilingandan keyin bir kundan kechiktirmay oʻzlarining rasmiy veb-saytlarida joylashtirishga majburdir.
27. Adliya vazirligi tegishli vazirliklar va idoralarga ular qabul qilgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarga rasmiy sharh berish zarurligi toʻgʻrisida taqdimnoma kiritishga haqlidir.
Rasmiy sharh berish toʻgʻrisidagi buyruq yoki qaror faqat u Adliya vazirligi bilan kelishilgandan keyin ijro etish uchun yuboriladi.
5-bob. Yakunlovchi qoida
28. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 19-noyabrdagi 629-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.11.2026-y., 09/26/629/1145-son)