|
Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 09.10.2025
|
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
buyrugʻi
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2020-yil 29-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2565-9]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 9-oktabrdagi 23-mh-sonli “Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash, qabul qilish, huquqiy ekspertiza va davlat roʻyxatidan oʻtkazish qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 3686, 09.10.2025-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi PF-5975-son “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2019-yil 4-oktabrdagi PQ-4473-son “Mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi islohotlar ustidan jamoatchilik nazorati samaradorligini, shuningdek, fuqarolarning demokratik oʻzgartirishlardagi faolligini oshirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-martdagi 192-son “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 28-fevraldagi 53-mh-son buyrugʻi (roʻyxat raqami 2565, 2014-yil 28-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 10-son, 110-modda) bilan tasdiqlangan Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin hamda Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
3. Qonun hujjatlarini tahlil qilish va turkumlash boshqarmasi ushbu idoraviy normativ-huquqiy hujjatni “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilinishini taʼminlasin.
4. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Vazir R. DAVLETOV
Toshkent sh.,
2020-yil 29-aprel,
98-mh-son
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2020-yil 29-apreldagi 98-mh-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 21-bandda:
quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“jinsi boʻyicha bevosita yoki bilvosita kamsitish imkonini yaratadigan;”;
uchinchi xatboshi toʻrtinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 65-bandda:
“g” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“g) idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining Oʻzbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi oʻtkazilishi uchun joylashtirilganligi va uning natijalari haqidagi maʼlumotlar, bunda, qoida tariqasida, yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushgan takliflarni koʻrib chiqish natijalari Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qoʻrib chiqish yakuni boʻyicha jadvalda mazkur Qoidalarning 12a-ilovasiga muvofiq koʻrsatilishi majburiydir;”;
quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan toʻldirilsin:
“d) idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazilganligi va uning natijasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar.”.
3. 68-bandning ikkinchi xatboshisidagi “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi” degan soʻzlar “Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
4. 94-band quyidagi mazmundagi “a1” kichik band bilan toʻldirilsin:
“a1) hujjatda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-martdagi 192-son qarori bilan tasdiqlangan Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy ekspertizadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga asosan xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlarini taʼminlash prinsiplariga muvofiq boʻlmagan qoidalar mavjud boʻlsa;”.
5. Mazkur oʻzgartirish va qoʻshimchalarning ilovasiga muvofiq tahrirdagi 12a-ilova bilan toʻldirilsin.
Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalarga
ILOVA
ILOVA
“Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash va qabul qilish qoidalariga
12a-ILOVA
12a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga jamoatchilik muhokamasi uchun joylashtirilgan loyiha yuzasidan muhokama ishtirokchilari takliflarini (izohlari) qoʻrib chiqish yakuni boʻyicha
JADVAL
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining turi:
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasining nomlanishi:
|
Loyihaning tarkibiy |
Taklif |
Taklif |
Koʻrib chiqish |
|
|
”. |
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2020-y., 10/20/2565-9/0539-son)