Hujjat kuchini yo‘qotgan " " 29.07.2021
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida
 LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 28-iyuldagi OʻRQ-703-sonli “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qaror qiladi:
1993-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 10, 367-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda; 1996-yil, № 2, 56-modda) oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritilib, uning yangi tahriri tasdiqlansin (ilova qilinmoqda).
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 14-dekabr,
162-II-son
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
SUDLAR TOʻGʻRISIDA
(yangi tahriri)
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Sud tizimi
Oʻzbekiston Respublikasida:
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi;
harbiy sudlar;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyatlar va Toshkent shahar sudlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari;
fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudlari;
jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudlari;
tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudlari;
tuman (shahar) maʼmuriy sudlari faoliyat koʻrsatadi.
(1-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oʻzbekiston Respublikasida ishlarning toifalariga qarab sudlarning ixtisoslashuvi amalga oshirilishi mumkin.
Favqulodda sudlar tuzishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudini tashkil etish va uning faoliyat tartibi alohida qonun bilan belgilanadi.
2-modda. Sudning vazifalari
Oʻzbekiston Respublikasida sud Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari toʻgʻrisidagi xalqaro hujjatlarda eʼlon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishga daʼvat etilgan.
Sudning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini taʼminlashga qaratilgandir.
3-modda. Odil sudlovning amalga oshirilishi
Oʻzbekiston Respublikasida odil sudlov faqat sud tomonidan amalga oshiriladi.
4-modda. Sud hokimiyatining mustaqilligi
Sudyalar mustaqildirlar, faqat qonunga boʻysunadilar. Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 236-moddasiga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
5-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi
Sud hujjatlari barcha davlat organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar uchun majburiydir hamda Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
6-modda. Qonun va sud oldidagi tenglik
Oʻzbekiston Respublikasining barcha fuqarolari jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qatʼi nazar qonun va sud oldida tengdir. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham qonun va sud oldida tengdir.
7-modda. Sud ishlarini yuritishning oshkoraligi
Hamma sudlarda ishlar ochiq koʻriladi. Ishlarni yopiq majlisda koʻrib chiqishga faqat qonunda belgilangan hollarda yoʻl qoʻyiladi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 19-moddasi va Fuqarolik protsessual kodeksining 12-moddasiga qarang.
8-modda. Sud ishlari yuritiladigan til
Oʻzbekiston Respublikasida sud ishlarini yuritish oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi.
Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sudda qatnashuvchi shaxslarning tarjimon orqali ish materiallari bilan toʻla tanishish va sud ishlarida ishtirok etish huquqi hamda sudda ona tilida soʻzlash huquqi taʼminlanadi.
9-modda. Sud himoyasida boʻlish huquqi
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar davlat organlari va boshqa organlarning, mansabdor shaxslarning har qanday gʻayriqonuniy xatti-harakatlaridan (qarorlaridan), shuningdek hayoti va sogʻligʻi, shaʼni va qadr-qimmati, shaxsiy erkinligi va mol-mulki, boshqa huquq va erkinliklariga tajovuzlardan sud himoyasida boʻlish huquqiga ega. Korxonalar, muassasalar va tashkilotlar ham sud himoyasida boʻlish huquqiga egadir.
Fuqarolarning, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonuniy manfaatlari sud yoʻli bilan samarali himoya qilinishini taʼminlash maqsadida sud muhokamasining barcha bosqichlarida va qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi masalalar sudlar tomonidan koʻrilayotganda prokuror ishtirok etadi.
(9-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10-modda. Himoya huquqini taʼminlash. Aybsizlik prezumpsiyasi
Oldingi tahrirga qarang.
Gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi himoyalanish huquqi bilan taʼminlanadi. Sud ishlarini yuritishning har qanday bosqichida malakali yuridik yordam olish huquqi kafolatlanadi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-100-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
Ayblanuvchi, uning aybi qonunda nazarda tutilgan tartibda isbotlanmagunga va sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlanmagunga qadar, aybsiz hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hech kim sud qaroriga asoslanmagan holda qamoqqa olinishi mumkin emas.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi OʻRQ-100-sonli Qonuni asosida uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda)
Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, shafqatsiz yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi boshqa tarzdagi tazyiqqa duchor etilishi mumkin emas.
11-modda. Sudlarning faoliyatini tashkiliy va moddiy-texnika jihatidan taʼminlash
Sudlarning faoliyatini tashkiliy jihatdan taʼminlash sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi prinsiplariga qatʼiy muvofiq holda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining vakolatlari va uning faoliyatini tashkil etish tartibi qonun bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 6-apreldagi OʻRQ-427-son “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti tomonidan amalga oshiriladi, ushbu departament toʻgʻrisidagi nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-apreldagi PQ-2872-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti toʻgʻrisidagi nizom”.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti:
sudlarning faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlashga doir ishlarni tashkil etadi, shuningdek bu ishlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
sud binolarini qurish va taʼmirlash uchun ajratilgan mablagʻlarning samarali sarflanishini taʼminlaydi, sudlarning faoliyati uchun zarur shart-sharoitlar yaratish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;
sudyalarning va sudlar apparati xodimlarining mehnat sharoitlarini, moddiy va ijtimoiy taʼminotini yaxshilash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlashning joriy ahvolini tizimli tahlil qiladi, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlashni rivojlantirish yuzasidan uzoq muddatli kompleks dasturlar tayyorlaydi;
sudyalar va sud protsesslarining xavfsizligini taʼminlash ishlarini tashkil etadi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining qonunchilik tashabbusi
Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasida qonunchilik tashabbusi huquqiga ega.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
II BOʻLIM. SUDLARNING TUZILISHI
(II boʻlimning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
1-BOB. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi fuqarolik, jinoiy, iqtisodiy va maʼmuriy sud ishlarini yuritish sohasida sud hokimiyatining oliy organidir.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi quyi sudlarning sudlov faoliyati ustidan nazorat qilish huquqiga ega.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida va nazorat tartibida koʻradi. U oʻzi birinchi instansiya sifatida koʻrgan ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) huquqiga ega boʻlgan shaxslarning xohishiga koʻra apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻrishi mumkin. Apellyatsiya tartibida koʻrilgan ish kassatsiya tartibida koʻrilmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar tomonidan bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;
sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi.
(13-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
14-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi rais, uning birinchi oʻrinbosari — jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatining raisi hamda rais oʻrinbosarlari — fuqarolik, maʼmuriy va iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼatlarining raislari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalaridan iborat boʻladi hamda quyidagi tarkibda ish olib boradi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati;
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati;
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati;
Maʼmuriy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati;
Iqtisodiy ishlar boʻyicha sudlov hayʼati.
(14-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
15-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari va Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining raislaridan iborat tarkibda ish olib boradi.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori qatnashadi. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi, Sudyalar oliy kengashi raisi, adliya vaziri, sudyalar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi aʼzolari ishtirok etishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
16-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumini chaqirish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi toʻrt oyda kamida bir marta chaqiriladi. Muhokama qilinadigan umumiy masalalarga doir hujjatlar loyihalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining aʼzolariga, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuroriga majlisdan yigirma kun ilgari yuboriladi.
17-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi Plenum aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi:
Oldingi tahrirga qarang.
(17-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
sud amaliyotini umumlashtirish materiallarini koʻrib chiqadi va qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlar beradi;
(17-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqidagi taqdimnomasini koʻrib chiqadi;
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-son Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi tarkibini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomalariga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibini, sudlov hayʼatlarining tarkibini, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibini tasdiqlaydi;
(17-moddaning ikkinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining ishi toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek sudlov hayʼatlarining faoliyati haqidagi maʼruzalarni tinglaydi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha tushuntirishlarini bajarish toʻgʻrisidagi maʼruzalarini tinglaydi;
(17-modda ikkinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi matbuot organining tahrir hayʼati tarkibini tasdiqlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosati reglamentini tasdiqlaydi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(18-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
19-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori qabul qilingan paytdan eʼtiboran qonuniy kuchga kiradi.
(19-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi.
20-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlislarida bayonnoma yuritiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisining bayonnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi tomonidan imzolanadi.
21-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan oʻz vakolatlariga taalluqli masalalarni koʻrib chiqish
(21-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi muhokamasiga kiritilgan masalalar tegishincha ularning maʼruzalari yoki ular vakolat bergan shaxslarning maʼruzalari boʻyicha eshitiladi. Ushbu masalalarning muhokamasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisiga taklif qilingan shaxslar ishtirok etishi mumkin.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining qarori majlisda ishtirok etayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi aʼzolarining koʻpchilik ovozi bilan ochiq ovoz berish orqali qabul qilinadi va qabul qilingan paytdan boshlab kuchga kiradi.
Qonunchilikni qoʻllash masalalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari sudlar, ushbu tushuntirishlar berilgan qonunchilikni qoʻllayotgan boshqa organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va mansabdor shaxslar uchun majburiydir.
(21-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
22-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining kotibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasi vazifasini bajarish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining majlisini tayyorlashga, majlis bayonnomasini yuritishga doir ishlarni tashkiliy jihatdan taʼminlaydi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qabul qilgan qarorlarning ijrosi uchun zarur boʻlgan harakatlarni amalga oshiradi.
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati eng yuqori sudlov instansiyasi boʻlib Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan belgilanadigan miqdorda tuziladi.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, uning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tarkibiga lavozim boʻyicha kiradilar.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining majlislari har oyda kamida bir marta oʻtkaziladi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(23-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
24-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati:
ishlarni nazorat tartibida koʻradi;
sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini koʻrib chiqadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raislarining shu sudlar faoliyati toʻgʻrisidagi va qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi maʼruzalarini tinglaydi;
(24-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudlov hayʼatlari va apparatining ishini tashkil etish masalalarini koʻrib chiqadi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
25-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudlov hayʼatlari:
ishlarni birinchi instansiyada, apellyatsiya, kassatsiya tartibida va nazorat tartibida koʻradi;
sud amaliyotini oʻrganadi va umumlashtiradi;
qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
(25-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sud statistikasini tahlil qiladi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
26-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi;
sudlarning hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi;
sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;
sudlar tomonidan chiqarilgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini qonunda nazarda tutilgan tartibda toʻxtatib turadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatini chaqiradi hamda ularning majlislarida raislik qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Rayosatining umumiy masalalar boʻyicha qabul qilgan qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishini tashkil etadi;
ishni bir suddan boshqa sudga olib berish masalasini hal qiladi;
Plenum va Rayosat muhokamasiga qonunga binoan ularning vakolatiga taalluqli boʻlgan masalalarni kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining tushuntirishlari qonunchilikka muvofiq emasligi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
(26-moddaning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qonunlarni sharhlab berishni talab etuvchi masalalar yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga taqdimnomalar kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining muayyan ishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarning Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiqligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudiga sudlar tashabbusi bilan kiritilgan murojaati haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi koʻrib chiqishi uchun taqdimnoma kiritadi;
(26-moddaning oʻn birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-son Qonuniga asosan oʻn birinchi va oʻn ikkinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatining tarkibi toʻgʻrisida, sudlov hayʼatlari hamda Sudyalarning oliy malaka hayʼati tarkiblari haqida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga taqdimnomalar kiritadi;
(26-moddaning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi sudlari sudyalarining intizomiy javobgarligi haqida ish qoʻzgʻatadi;
rais oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bilan kelishilgan holda sudlarning tuzilmalariga boshqaruv xodimlarining umumiy soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi;
(26-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuniga asosan oʻn oltinchi xatboshisi bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining shtat jadvalini tasdiqlaydi;
buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(26-moddaning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
27-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari — sudlov hayʼatlarining raislari
(27-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari, rais oʻrinbosarlari — sudlov hayʼatlarining raislari:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosatidan tashqari barcha instansiya sudlarining hal qiluv qarorlari, hukmlari, ajrimlari va qarorlari ustidan protest kiritadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hayʼatlari ishiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumiga sudlov hayʼatlarining faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzalarni taqdim etadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tegishli sudlov hayʼatlari majlislarida raislik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(27-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi OʻRQ-607-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
sud ishlarini nazorat tartibida tekshirish uchun talab qilib oladi;
tegishli quyi sudlarning faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashadi;
sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
sudlar tomonidan chiqarilgan, oʻzlari protest kiritishga haqli boʻlgan hal qiluv qarorlari, hukmlar, ajrimlar va qarorlar ijrosini toʻxtatib turadi;
sudyalar va sudning boshqa xodimlari malakasini oshirish ishini tashkil etadi;
vazifalar taqsimotiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining tarkibiy boʻlinmalari ishiga rahbarlik qiladi;
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(27-modda birinchi qismining oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi yoʻqligida uning vakolatlarini raisning birinchi oʻrinbosari, birinchi oʻrinbosar ham yoʻqligida esa rais oʻrinbosarlaridan biri amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(28-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
2-BOB. QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI SUDI, VILOYAT SUDI, TOSHKENT SHAHAR SUDI
(2-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
29-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining tarkibi
Qoraqalpogʻiston Respublikasi jinoyat ishlari boʻyicha sudi, jinoyat ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais oʻrinbosari, sudyalar, xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi fuqarolik ishlari boʻyicha sudi, fuqarolik ishlari boʻyicha viloyat, Toshkent shahar sudlari rais, rais oʻrinbosari, sudyalardan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiy sudlari rais va sudyalardan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar maʼmuriy sudlari rais va sudyalardan iborat boʻladi hamda sud rayosati va sudlov hayʼatlari tarkibida ish olib boradi.
(29-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
30-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi vakolatlari
(30-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi:
(30-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiya sudi sifatida, apellyatsiya, kassatsiya tartibida koʻradi;
(30-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sud faoliyati ustidan nazorat olib boradi, sud amaliyotini umumlashtiradi;
sud amaliyoti va sud statistikasining tizimli tahlilini amalga oshiradi;
sudlarning kadrlari malakasi oshirilishini tashkil qiladi;
(30-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuniga muvofiq xatboshilar bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
31-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati shu sudning sudyalaridan iborat tarkibda ish olib boradi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati majlislari har oyda kamida ikki marta oʻtkaziladi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati aʼzolarining koʻpchiligi hozir boʻlgan taqdirda vakolatli hisoblanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosatining qarorlari ovoz berishda ishtirok etgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati aʼzolarining koʻpchiligi ovozi bilan qabul qilinadi va tegishli sud raisi tomonidan imzolanadi.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
32-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati vakolatlari
(32-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi rayosati:
(32-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(32-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
sud amaliyotini umumlashtirish natijalarini koʻrib chiqadi;
hayʼatlar faoliyati toʻgʻrisidagi maʼruzalarni, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raislarining shu sudlar faoliyati toʻgʻrisidagi va qonunchilikni qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisidagi maʼruzalarini tinglaydi;
(32-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
33-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining sudlov hayʼatlari
(33-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudining sudlov hayʼatlari:
(33-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
oʻz vakolatlari doirasida ishlarni birinchi instansiyada koʻradi;
apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida shikoyat berish (protest bildirish) huquqiga ega boʻlgan shaxslarning xohishiga koʻra, ishlarni apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida koʻradi. Apellyatsiya tartibida koʻrilgan ish kassatsiya tartibida koʻrilmasligi kerak;
sud amaliyotini umumlashtiradi;
qonunga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
34-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisi
(34-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisi:
(34-moddaning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
sud faoliyatiga tashkiliy jihatdan rahbarlik qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(34-moddaning uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
sud rayosatini chaqiradi va uning majlislarida raislik qiladi;
sud rayosatining qarorlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish ishini tashkil etadi;
sud majlislarida raislik qiladi;
tegishli quyi sudlarning faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashadi;
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuniga asosan beshinchi va oltinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
sudyalar, sudning boshqa xodimlari hamda xalq maslahatchilari malakasini oshirish ishini tashkil etadi;
sud amaliyotini umumlashtirish va sud statistikasini yuritish ishini tashkil etadi;
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi, ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishini tashkil etadi;
sudyalarning malaka hayʼati qarorlari ustidan Sudyalarning oliy malaka hayʼatiga taqdimnomalar kiritadi;
(34-moddaning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyat, Toshkent shahar Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
(34-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuniga asosan toʻqqizinchi va oʻninchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
sud idorasi ishlariga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(34-moddaning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
35-modda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari
(35-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat sudi, Toshkent shahar sudi raisining oʻrinbosari:
(35-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
sudlov hayʼatlarining ishini tashkil etadi;
sudlov hayʼati majlislarida raislik qiladi;
(35-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-496-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son)
sud rayosatiga sudlov hayʼatlarining faoliyati toʻgʻrisida maʼruzalar taqdim etadi;
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi;
sud raisi yoʻqligida uning vakolatlarini amalga oshiradi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(35-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudi, viloyat, Toshkent shahar sudlari raisining oʻrinbosari yoʻqligida uning vakolatlari Sudyalarning oliy malaka hayʼati qaroriga koʻra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
(35-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
3-BOB. FUQAROLIK ISHLARI BOʻYICHA TUMANLARARO, TUMAN (SHAHAR) SUDI. JINOYAT ISHLARI BOʻYICHA TUMAN (SHAHAR) SUDI. TUMANLARARO, TUMAN (SHAHAR) IQTISODIY SUDI. TUMAN (SHAHAR) MAʼMURIY SUDI
(3-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
36-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman(shahar) maʼmuriy sudining tarkibi
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi rais va sudyalardan iborat boʻladi.
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi rais va sudyalardan iborat boʻladi.
Tuman (shahar) maʼmuriy sudi rais va sudyadan iborat boʻladi.
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
37-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining vakolatlari
(37-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudi qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan fuqarolik ishlarini va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
(37-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi OʻRQ-288-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
Jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudi qonun bilan uning vakolatlari doirasiga kiritilgan jinoyat ishlarini va maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni, shuningdek qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash haqidagi yoxud qamoqda saqlash yoki uy qamogʻi muddatini uzaytirish toʻgʻrisidagi, ayblanuvchini lavozimidan chetlashtirish haqidagi, shaxsni tibbiy muassasaga joylashtirish toʻgʻrisidagi yoxud ayblanuvchining tibbiy muassasada boʻlishi muddatini uzaytirish haqidagi, murdani eksgumatsiya qilish toʻgʻrisidagi, pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlash haqidagi, amnistiya aktiga asosan jinoyat ishini qoʻzgʻatishni rad qilish toʻgʻrisidagi yoki jinoyat ishini tugatish haqidagi yoxud mahkumni jazodan ozod qilish toʻgʻrisidagi iltimosnomalarni koʻrib chiqadi.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi OʻRQ-421-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda)
Tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudi xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi fuqaroviy-huquqiy munosabatlarda yuzaga keladigan nizolarni va korporativ nizolarni, shuningdek qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
Tuman (shahar) maʼmuriy sudi davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining, shuningdek ular mansabdor shaxslarining xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan berilgan, ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan shikoyat va arizalar boʻyicha maʼmuriy nizolarni hamda qonun bilan uning vakolatlari doirasiga berilgan maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi.
(37-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi qismlar bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
38-modda. Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining raisi
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining raisi:
sud majlislarida raislik qiladi;
(38-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi OʻRQ-607-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
fuqarolarni shaxsan qabul qiladi hamda ularni qabul qilish, ariza va shikoyatlarni koʻrib chiqish ishlarini tashkil etadi;
sudning fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilishni amalga oshirishga doir faoliyati toʻgʻrisida tegishli xalq deputatlari Kengashiga bir yilda kamida bir marta axborot taqdim etadi;
bir oyda kamida bir marta joylarda sudyalarning aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etadi, shuningdek jamoatchilikni sudning faoliyati toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalari orqali xabardor qilib boradi;
(38-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 23-iyuldagi OʻRQ-486-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son)
sud apparati ishiga rahbarlik qiladi, sud xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va bekor qiladi;
qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
(38-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining raisi yoʻqligida uning vakolatlari sudyalarning tegishli malaka hayʼati qaroriga koʻra sudyalardan birining zimmasiga yuklatilishi mumkin.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
4-BOB. HARBIY SUDLAR
39-modda. Harbiy sudlar tizimi
Oʻzbekiston Respublikasining harbiy sudlari tizimi Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi va hududiy harbiy sudlardan iborat.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
40-modda. Harbiy sudlarning tarkibi
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi viloyat sudi huquqida ish olib boradi hamda rais, sudyalar va xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.
Hududiy harbiy sudlar tuman sudi huquqida ish olib boradi va rais, xalq maslahatchilaridan iborat boʻladi.
(40-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
41-modda. Harbiy sudlar sudloviga taalluqli ishlar
Oʻzbekiston Respublikasi harbiy sudlari:
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining, Davlat xavfsizlik xizmatining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti davlat xavfsizlik xizmatining, Milliy gvardiyasining, Favqulodda vaziyatlar vazirligining, Ichki ishlar vazirligi qoʻshinlarining va qonunchilikka muvofiq tashkil etiladigan boshqa harbiy tuzilmalarning harbiy xizmatchilari, shuningdek oʻquv yigʻinlarida boʻlgan vaqtda harbiy xizmatga majburlar tomonidan sodir etilgan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlarni;
(41-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
harbiy qismlar, qoʻshilmalar va birlashmalar, harbiy boshqaruv organlarining qoʻmondonligiga nisbatan harbiy xizmatchilarning daʼvolari boʻyicha fuqarolik ishlarini va harbiy boshqaruv organlari hamda harbiy mansabdor shaxslarning harbiy xizmatchilarning huquq va erkinliklarini buzuvchi xatti-harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyatlarni;
alohida holatlarga koʻra sudlar faoliyat koʻrsatmayotgan joylarda barcha fuqarolik va jinoyat ishlarini;
(41-moddaning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
davlat sirlariga taalluqli ishlarni;
qonunchilikka muvofiq boshqa ishlarni koʻradi.
(41-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
42-modda. Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish
Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish qonunchilik bilan belgilanadi.
(42-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi 164-II-son qarori bilan tasdiqlangan “Harbiy sudlar faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(III boʻlim Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
IV BOʻLIM. SUDYALAR MAQOMI
7-BOB. SUDYALAR, ULARNING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
60-modda. Sudyalar
Sudyalar qonunga muvofiq odil sudlovni amalga oshirishga vakolat berilgan shaxslardir.
Oʻzbekiston Respublikasida barcha sudyalar bir xil maqomga ega.
Sudlarning raislari, rais oʻrinbosarlari ayni vaqtda sudyalardir.
61-modda. Sudyalikka nomzodlarga qoʻyiladigan talablar
Oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha, avvalambor, huquqni muhofaza qiluvchi organlarda kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo, tuman (shahar) sudining, jinoyat ishlari boʻyicha tuman (shahar) sudining, tumanlararo, tuman (shahar) iqtisodiy sudining, tuman (shahar) maʼmuriy sudining, hududiy harbiy sudning sudyasi boʻlishi mumkin.
(61-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha kamida yetti yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida ikki yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining, viloyat sudining, Toshkent shahar sudining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining sudyasi boʻlishi mumkin.
Oliy yuridik maʼlumotga va yuridik ixtisosligi boʻyicha kamida oʻn yillik, shu jumladan, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida besh yillik mehnat stajiga ega boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi boʻlishi mumkin.
Sudyalik lavozimiga birinchi marta tayinlanadigan nomzodlar zaxirasida turgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabida majburiy tartibda oʻqishi shart. Oʻqish davrida ular asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha oylik ish haqi saqlanmagan holda mehnat majburiyatlarini bajarishdan ozod etiladi, biroq oʻqishning butun davrida ish joyi (lavozimi) saqlanadi.
(61-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
62-modda. Xalq maslahatchilari
Oʻttiz besh yoshdan kichik boʻlmagan, fuqarolarning yashash yoki ish joyidagi yigʻilishlarida ochiq ovoz berish yoʻli bilan ikki yarim yil muddatga saylangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi xalq maslahatchisi boʻlishi mumkin.
(62-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Haqiqiy harbiy xizmatni oʻtayotgan, saylov kunida oʻttiz besh yoshga toʻlgan, harbiy qismlar harbiy xizmatchilarining yigʻilishlarida ochiq ovoz berish yoʻli bilan ikki yarim yil muddatga saylangan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi harbiy sud xalq maslahatchisi boʻlishi mumkin.
(62-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Har bir sud uchun xalq maslahatchilari soni sudyalarning tegishli malaka hayʼatlari tomonidan belgilanadi.
(62-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2001-yil 7-dekabrdagi 320-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 20-modda)
Xalq maslahatchilari sudlardagi vazifalarini bajarish uchun yiliga koʻpi bilan ikki haftaga navbatma-navbat chaqiriladi, ularning ishtirokida boshlangan sud ishini koʻrishni tugallash zarurati bu muddatni uzaytirishni taqozo etgan hollar bundan mustasno. Shu davrda ularning ish joyidagi oʻrtacha ish haqi saqlanib qoladi.
63-modda. Sudyalarni saylash va tayinlash tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, rais oʻrinbosarlari, sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan saylanadi.
Viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining raislari va rais oʻrinbosarlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishilgan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan saylanadi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan tayinlanadi.
(63-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Harbiy sudlarning, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining sudyalari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining raislari va sudyalari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan lavozimga tayinlanadi hamda lavozimdan ozod etiladi.
(63-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
631-modda. Sudyaning vakolat muddati va uni hisoblash tartibi
Sudya birinchi marta besh yillik muddatga, navbatdagi oʻn yillik muddatga va sudyalik lavozimida boʻlishning muddatsiz davriga belgilangan tartibda tayinlanadi yoki saylanadi.
Sudya oʻz vakolati muddati davomida harbiy sudning, viloyat va Toshkent shahar sudining sudyasi, tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining sudyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi tumanlararo, tuman (shahar) sudining raisi va sudyasi lavozimiga Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan qayta tayinlanishi mumkin. Bunda bir sudning oʻzida sudyalik lavozimida boʻlish muddati ikki yildan kam boʻlmasligi kerak.
Sudyaning qayta tayinlanishi masalasi uning arizasiga asosan Sudyalar oliy malaka hayʼatining tavsiyasiga binoan kiritiladi.
Sudyaning vakolat muddati uning sudyalik lavozimida faoliyat yuritgan umumiy stajidan kelib chiqqan holda hisoblanadi.
632-modda. Sud raislarining vakolat muddati
Sud raislari besh yil muddatga saylanadi yoki tayinlanadi. Ayni bir shaxs tegishli sudda surunkasiga ikki muddatdan ortiq rais etib saylanishi yoki tayinlanishi mumkin emas.
Sud raisining rais sifatidagi vakolat muddati tugagach, u oʻzining faoliyatini oʻz roziligi bilan shu sudda sudyalik lavozimida davom ettiradi yoxud qolgan vakolat muddatiga oʻz roziligi bilan boshqa sudyalik lavozimiga saylanadi yoki tayinlanadi.
(631 va 632-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
64-modda. Sudyaning qasamyodi
Ilk bor sudyalik lavozimiga saylangan yoki tayinlangan shaxs quyidagi mazmunda qasamyod qilganidan keyin oʻz vazifasini bajarishga kirishadi:
“Zimmamga yuklatilgan vazifalarni halol va vijdonan bajarishga, odil sudlovni faqat qonunga boʻysungan holda amalga oshirishga, sudyalik burchim va vijdonim buyurganidek begʻaraz, xolis va adolatli boʻlishga tantanali qasamyod qilaman”.
Sudyalar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi, Qoraqalpogʻiston Respublikasida esa Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat bayrogʻi oldida ham tantanali vaziyatda qasamyod qiladilar.
Sudyalar quyidagi tartibda qasamyod qiladilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyalari, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar sudyalari — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi majlisida;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlarining sudyalari –Qoraqalpogʻiston Respublikasining tegishli sudlari rayosati majlisida.
(64-moddaning uchinchi qismi uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
65-modda. Sudyalarning huquqlari
Sudyalar:
mansabdor shaxslar va fuqarolardan odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan oʻz farmoyishlarining bajarilishini talab qilish;
mansabdor va boshqa shaxslardan odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot olish;
uyushmalarga birlashish huquqiga ega.
Sudyalar qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(65-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan talab va farmoyishlarini soʻzsiz bajarishlari shart. Odil sudlovni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborot, hujjatlar va ularning nusxalari sudyalarning talabiga muvofiq bepul beriladi. Sudyalarning talablari va farmoyishlarini bajarmaslik qonunda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
66-modda. Sudyalarning majburiyatlari
Sudyalar oʻz vakolatlari doirasida ishlarni koʻrish chogʻida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga va boshqa qonunlariga soʻzsiz rioya etishi, fuqarolarning huquq va erkinliklari, shaʼni, qadr-qimmati va mol-mulki, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashi, begʻaraz va adolatli boʻlishi shart.
(66-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sudyalar sudyalik shaʼnini sudyalar odob-axloqi qoidalarini qatʼiy saqlashlari, odil sudlovning obroʻsini, sudyalik qadr-qimmatini tushirishi yoki sudyaning xolisligiga shubha tugʻdirishi mumkin boʻlgan xatti-harakatlardan oʻzlarini tiyishlari shart.
(66-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Sudyalar sudyalarning maslahat sirini hamda yopiq sud majlislari oʻtkazish chogʻida olingan maʼlumotlarni oshkor qilishga haqli emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalar senator, davlat hokimiyati vakillik organlarining deputati boʻlishi mumkin emas.
(66-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyalar siyosiy partiyalarning aʼzosi boʻlishi, siyosiy harakatlarda ishtirok etishi, shuningdek ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq toʻlanadigan boshqa biron-bir turdagi faoliyat bilan shugʻullanishi mumkin emas.
(66-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
661-modda. Sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyalari uchun sudyalik lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi yetmish yoshni, boshqa sudlarning sudyalari uchun oltmish besh yoshni tashkil etadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan, boshqa sudlarning sudyasi lavozimida boʻlishning eng yuqori yoshi sudyaning roziligi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan besh yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Sudya pensiya yoshiga yetganda yoki pensiyaga chiqishning qonunchilikda belgilangan boshqa asoslari mavjud boʻlgan taqdirda, pensiyaga chiqish huquqini saqlab qoladi.
(661-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
8-BOB. SUDYALAR MUSTAQILLIGINING ASOSIY KAFOLATLARI
67-modda. Sudyalarning mustaqilligini taʼminlash
Sudyalarning mustaqilligi quyidagilar orqali taʼminlanadi:
ularni qonunda belgilangan tartibda sudyalikka saylash, tayinlash va sudyalikdan ozod qilish;
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun mazkur Qonunning 63 va 72-moddalariga qarang.
ularning daxlsizligi;
odil sudlovni amalga oshirishdagi qatʼiy taomil;
qaror chiqarish chogʻida sudyalar maslahatining sir tutilishi va uni oshkor qilishni talab etishning taqiqlanishi;
sudga hurmatsizlik yoki muayyan ishlarni hal qilishga aralashganlik, sudyalar daxlsizligini buzganlik uchun javobgarlik;
sudyaga davlat hisobidan uning yuksak maqomiga munosib moddiy va ijtimoiy taʼminot berish.
68-modda. Sudyaga nisbatan hurmatsizlik qilganlik uchun javobgarlik
Davlat organlari va boshqa organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar, mansabdor shaxslar, fuqarolar sudyalarni hurmat qilishi va ularning mustaqilligiga rioya etishi shart.
Sudyaga nisbatan hurmatsizlik qilish, shuningdek uni ochiqdan-ochiq mensimaslikdan dalolat beruvchi xatti-harakatlar qilish qonunga binoan javobgarlikka sabab boʻladi.
69-modda. Sud ishlarini hal qilishga aralashishga yoʻl qoʻyilmasligi
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Muayyan ishni har tomonlama, toʻla va xolisona koʻrishga toʻsqinlik qilish yoki gʻayriqonuniy sud qarori chiqarilishiga erishish maqsadida sudyalarga qanday boʻlmasin biron-bir tarzda taʼsir etish qonunga muvofiq jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Sudyadan koʻrilgan yoki ish yuritishidagi ishlar mohiyati boʻyicha biron-bir tushuntirishlar berishni, shuningdek qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari, kimga boʻlmasin, tanishib chiqish uchun ishlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.
(69-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Ommaviy axborot vositalari oʻz xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan oʻzicha hal qilib qoʻyishga yoki sudga boshqacha tarzda taʼsir etishga haqli emas.
691-modda. Sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlash
Sudlarda ishlar sudyalarning ish hajmi va ixtisoslashuvi hisobga olingan holda, sudyalar oʻrtasida ishlarni taqsimlashga sud muhokamasi natijasidan manfaatdor boʻlgan shaxslarning taʼsir koʻrsatishi istisno etiladigan tartibda, avtomatlashtirilgan axborot tizimidan foydalangan holda taqsimlanadi.
Sudlarda ishlarni avtomatik tarzda taqsimlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
(691-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 10-martdagi OʻRQ-607-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son)
70-modda. Sudyalar daxlsizligi
Sudyaning shaxsi daxlsiz. Sudyaning daxlsizligi uning turar joyiga, xizmat xonasiga, foydalanadigan transporti va aloqa vositalariga, xat-xabarlariga, unga tegishli ashyolar va hujjatlarga taalluqlidir.
Sudyalarning shaxsiy xavfsizligini taʼminlash maqsadlarida ularga tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi, adliya vaziri tomonidan belgilanadigan roʻyxat boʻyicha oʻqotar qurol beriladi. Zarur hollarda tegishli sud raisining qaroriga binoan ichki ishlar organi sudya va uning oilasi uchun qurolli soqchilar ajratadi.
(70-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sudyaga nisbatan jinoyat ishi faqat Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining roziligisiz jinoiy javobgarlikka tortilishi, qamoqqa olinishi mumkin emas.
(70-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sudya Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasi olinmasdan maʼmuriy javobgarlikka tortilishi mumkin emas.
(70-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sudyaning turar joyiga yoki xizmat xonasiga, foydalanadigan transportiga kirish, ularni koʻzdan kechirish, ularda tintuv oʻtkazish yoki ulardan ashyoni olish, telefondagi soʻzlashuvlarini eshitish, sudyani shaxsan koʻzdan kechirish va uni shaxsiy tintuv qilish, shuningdek uning xat-xabarlarini, unga tegishli ashyolar va hujjatlarni koʻzdan kechirish, olib qoʻyish yoki olishga faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurorining, viloyat, Toshkent shahar prokurorining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy prokurorining ruxsati yoki sudning qarori bilan yoʻl qoʻyiladi.
Tumanlararo, tuman (shahar) sudining, hududiy harbiy sudning sudyasiga nisbatan jinoyat ishi yuqori turuvchi sud sudloviga, boshqa sudlarning sudyalariga nisbatan esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudloviga tegishlidir.
(70-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sudda oʻz vazifalarini bajarayotgan davrda xalq maslahatchilariga sudyalar daxlsizligining barcha kafolatlari tatbiq etiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining 2018-yil 23-fevraldagi 11-87-son “Sudlar, sud protsesslari va ular ishtirokchilarining xavfsizligini taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 2981).
71-modda. Sudyaning vakolatlarini toʻxtatish
Sudya jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda uning vakolatlari toʻxtatiladi.
Sudyalarning vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan sudyalarning tegishli malaka hayʼati qarori bilan quyidagi hollarda toʻxtatib turilishi mumkin, agar:
(71-moddaning ikkinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
sudya oʻz lavozimiga zid faoliyat bilan shugʻullanayotgan boʻlsa;
sudya tibbiy yoʻsindagi majburlov choralariga tortilgan boʻlsa;
(71-moddaning ikkinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
sudya sud qarori bilan bedarak yoʻqolgan deb topilgan boʻlsa.
Sudyaning vakolatlari bu vakolatlarni toʻxtatishga sabab boʻlgan asoslar bekor boʻlgunga qadar toʻxtatiladi.
Sudya qonunchilikda belgilangan tartibda sudyalar malaka hayʼati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.
(71-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 22-apreldagi OʻRQ-368-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida”gi nizomning 57-moddasiga qarang.
Sudyalik vakolatlarining toʻxtatilishi unga ish haqi toʻlanishi toʻxtatilishiga yoki uning ish haqi miqdori kamaytirilishiga, sudyaning taʼminoti darajasini pasaytirishga va sudyani ushbu Qonunda belgilangan daxlsizlik kafolatlaridan mahrum qilishga sabab boʻlmaydi, ehtiyot chorasi sifatida sudyaga nisbatan hibsga olish chorasi tanlangan hollar bundan mustasno.
72-modda. Sudyaning vakolatlarini muddatidan ilgari tugatish
Sudyaning vakolatlari quyidagi hollarda muddatidan ilgari tugatiladi:
1) sudyaning qasamyodini buzgan taqdirda;
2) yozma ariza bergan taqdirda;
3) sudyalarning tegishli malaka hayʼati tomonidan ogohlantirish qilinganidan yoki vakolatlari toʻxtatilganidan keyin u sudya lavozimiga zid faoliyat bilan shugʻullanishni davom ettiravergan taqdirda;
4) belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan taqdirda;
5) Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligini yoʻqotgan taqdirda;
6) unga nisbatan sudning ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda;
7) vafot etganda yoki sudning qarori bilan vafot etgan deb eʼlon qilingan taqdirda;
8) sogʻligʻining holatiga yoki boshqa uzrli sabablarga koʻra uzoq vaqt mobaynida sudyalik vazifasini bajarishga qodir boʻlmay qolgan taqdirda;
9) sud raisining vakolat muddati tugashi munosabati bilan, agar u boshqa sudyalik lavozimiga oʻtishga rozilik bermasa.
Ushbu moddada nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda:
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan;
viloyatlar va Toshkent shahar sudlari raisining va rais oʻrinbosarining, Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi raisining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining taqdimnomasiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan;
harbiy sudlar, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyasining, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari raisining va sudyasining vakolatlari — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi tomonidan;
(72-modda ikkinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari sudyasining vakolatlari — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisining Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining xulosasiga asosan kiritiladigan taqdimnomasiga binoan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi tomonidan muddatidan ilgari tugatiladi.
Sudyaning vakolatlarini ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 8-bandlarida nazarda tutilgan hollarda sudyalarning tegishli malaka hayʼati qarori asosida muddatidan ilgari tugatishga yoʻl qoʻyiladi.
Sudya qonunchilikda belgilangan tartibda sudyalarning malaka hayʼati qarori ustidan shikoyat qilishga haqli.
(72-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 22-apreldagi OʻRQ-368-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida”gi nizomning 58-moddasiga qarang.
Xalq maslahatchilarining vakolatlari ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan asoslar boʻyicha muddatidan ilgari tugatiladi, bundan ushbu modda birinchi qismining 1, 3 va 9-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan asoslar mustasno.
(72-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
73-modda. Sudyalarning intizomiy javobgarligi
Sudya:
odil sudlovni amalga oshirish chogʻida qonuniylikni buzganligi uchun;
sud ishini tashkil etishda beparvoligi yoki intizomsizligi oqibatida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun, shuningdek sudyalik shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda sudning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etganlik uchun;
sudyalar odob-axloqi qoidalarini buzganligi uchun faqat sudyalar malaka hayʼatining qaroriga koʻra intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin.
(73-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuniga asosan uchinchi va toʻrtinchi xatboshilar bilan almashtirilgan — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(73-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sud qarorining bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishining oʻzi, sud qarorini chiqarishda qatnashgan sudyaning, agar u ataylab qonun buzilishiga yoki jiddiy oqibatlarga olib kelgan vijdonsizlikka yoʻl qoʻymagan boʻlsa, javobgar boʻlishiga sabab boʻlmaydi.
Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 22-apreldagi OʻRQ-368-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida”gi nizomning 6-bobiga (“Sudyalarning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi”ga) qarang.
74-modda. Sudyalar malaka hayʼatlari
Sudyalarning malaka hayʼatlari quyidagi masalalarni koʻrib chiqish uchun tuziladi:
sudyaning intizomiy javobgarligi;
sudyaning vakolatlarini toʻxtatib turish yoki muddatidan ilgari tugatish;
sudyaning daxlsizligini taʼminlash;
sudyaga malaka darajasini berish;
xalq maslahatchilarini tanlash va ularning saylovini oʻtkazish boʻyicha ishlarni tashkil qilish;
sudyalik qasamyodi va sudyalar odob-axloqi qoidalariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish.
Sudyalarning malaka hayʼatlari Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishida unga koʻmaklashadi.
Sudyalar oliy malaka hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi tomonidan besh yil muddatga saylanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Harbiy sudi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari sudyalarining malaka hayʼatlari tegishli sudlar sudyalarining konferensiyalarida besh yil muddatga saylanadi.
(74-moddaning ikkinchi — toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sudyalar malaka hayʼatlarining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 22-apreldagi OʻRQ-368-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka hayʼatlari toʻgʻrisida”gi nizomga qarang.
(74-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
9-BOB. SUDYALARNING MODDIY VA IJTIMOIY TAʼMINOTI
75-modda. Sudyalarning moddiy taʼminoti
Sudyalarning ish haqi lavozim maoshidan, malaka darajasi, koʻp yillik xizmati uchun toʻlanadigan ustama haqlardan iborat boʻlib, uning miqdori qonunchilik bilan belgilanadi.
(75-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Malaka darajalari uchun sudyalarning lavozim maoshlariga qoʻshiladigan qoʻshimcha haq miqdorlari, shuningdek malaka darajalariga ega boʻlgan sudyalarga beriladigan oylik ustama haq miqdorlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 9-iyuldagi 343-son qarorining 1 va 3-ilovalarida belgilangan.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi 164-II-son qarori bilan tasdiqlangan “Sudyalarning malaka darajalari toʻgʻrisida”gi Nizom, “Sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisida”gi Nizomga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 2-avgustdagi PF-4459-sonli “Sud tizimi xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilishni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(75-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 9-noyabrdagi OʻRQ-646-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son)
Sudyalarga har yili oʻttiz olti ish kunidan iborat haq toʻlanadigan taʼtil beriladi.
76-modda. Sudyalarni va ularning oila aʼzolarini ijtimoiy himoyalash choralari
Sudyalarning hayoti va sogʻligʻi davlatning maxsus muhofazasida boʻladi hamda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan davlat tomonidan majburiy tartibda sugʻurta qilinadi.
Quyidagi hollarda davlat sugʻurta organlari sugʻurta summalarini toʻlaydi:
sudya ishlayotgan davrida yoki vakolat muddati tugaganidan keyin halok boʻlsa (vafot etsa), agar bu sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki sogʻligʻining boshqacha shikastlanishi oqibatida roʻy bergan boʻlsa, uning merosxoʻrlariga sudyaning ellik oylik ish haqi miqdorida;
sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolsa yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning yigirma besh oylik ish haqi miqdorida;
sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kasbga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etmaydigan va mehnat qobiliyatining doimiy yoʻqolishiga olib kelmaydigan tan jarohatlari yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida — sudyaning besh oylik ish haqi miqdorida.
Sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan kelgusida kasbga doir faoliyat bilan shugʻullanish imkoniyatini istisno etadigan darajada mayib boʻlib qolganida yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilganida majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha olingan toʻlovlarni hisobga olmagan holda unga ish haqi va tayin etilgan pensiya oʻrtasidagi farq har oyda toʻlab boriladi.
Sudya oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan olgan tan jarohatlari yoki uning sogʻligʻiga boshqacha shikast yetkazilishi oqibatida halok boʻlsa (vafot etsa), uning qaramogʻida boʻlgan mehnatga qobiliyatsiz oila aʼzolariga sudya ish haqining ularning hissasiga toʻgʻri keladigan qismi va boquvchisini yoʻqotganligi munosabati bilan ularga tayinlangan pensiya oʻrtasidagi farq har oyda, majburiy davlat sugʻurtasi boʻyicha olingan toʻlovlarni hisobga olmagan holda toʻlanadi.
Sudyaning oʻz xizmat vazifalarini bajarishi munosabati bilan unga tegishli mol-mulkni yoʻq qilish yoki shikastlash oqibatida yetkazilgan zarar sudyaga yoki uning oila aʼzolariga toʻlaligicha qoplanadi.
Ushbu moddaning ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan zararni qoplash boʻyicha toʻlovlar respublika budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilib, keyinchalik ular aybdor shaxslardan qonunda belgilangan tartibda undirib olinadi.
761-modda. Sudyalarning vakolatlari tugaganidan keyin ularga beriladigan kafolatlar
Vakolatlari muddati tugagan sudyalarning oʻrtacha oylik ish haqi ularni yangi vakolatlar muddatiga qayta saylash yoki qayta tayinlash uchun hujjatlari koʻrib chiqiladigan davrda yoxud yangi ish joyiga ishga joylashtirilgunga qadar, lekin koʻpi bilan uch oygacha saqlab qolinadi.
Sudyalarga ularning vakolatlari tugaganidan keyin ular sudyalik lavozimiga saylanishga yoki tayinlanishga qadar egallab turgan avvalgi ishi (lavozimi) beriladi, bunday ish (lavozim) mavjud boʻlmaganda esa, avvalgisiga teng boshqa ish (lavozim) beriladi.
(761-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvardagi OʻRQ-365-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2014-y., 4-son, 45-modda)
V BOʻLIM. YAKUNLOVCHI QOIDALAR
77-modda. Sud apparati
Sud apparati sudning odil sudlovni amalga oshirish, sud amaliyotini umumlashtirish, sud statistikasini tahlil qilish, shuningdek sudning boshqa vazifalarini bajarishga doir ishlarini taʼminlaydi.
Sud apparati xodimlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan belgilanadigan tartibda attestatsiyadan oʻtadi.
(77-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
Sud apparati xodimlariga malaka darajalarini belgilash va ularni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan nizom bilan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2000-yil 14-dekabrdagi 164-II-son qarori bilan tasdiqlangan “Sud va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazi xodimlarining mansab darajalari toʻgʻrisida”gi Nizomga qarang.
78-modda. Sudlarning tuzilishi va shtatlari
Oʻzbekiston Respublikasi sudlarining tuzilmasi va shtat birligining soni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Sudlarning shtatlar jadvali Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti tomonidan tasdiqlanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni, 2013-yil 4-oktabrdagi PF-4570-sonli “Tuman va shahar umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmonlari.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi zarur boʻlgan hollarda sudlarning shtatlar jadvaliga shtat birligi va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritadi.
(78-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
79-modda. Sudlarni moliyalash va ularning moddiy-texnika taʼminoti
Sudlarni moliyalashtirish, ularning moddiy-texnika va oʻzga xil taʼminoti, binolarini qoʻriqlash va saqlab turish respublika budjetining hamda Sudlar va adliya organlarini rivojlantirish jamgʻarmasining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi. Ajratiladigan mablagʻlarning miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ajratilgan mablagʻlarni taqsimlash:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudlari, viloyatlar, Toshkent shahar sudlari, tumanlararo, tuman (shahar) sudlari va harbiy sudlar uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi Sudlar faoliyatini taʼminlash departamenti tomonidan;
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi uchun — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan amalga oshiriladi.
Har bir sud alohida bino, qoʻriqlash va avtotransport bilan taʼminlanadi.
(79-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
80-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining matbuot organlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi oʻz matbuot organlariga ega.
(80-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
81-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzuridagi ilmiy-maslahat kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi huzurida maslahat organi boʻlgan va jamoatchilik asosida ishlaydigan ilmiy-maslahat kengashi tuziladi. Uning vazifasiga qonunchilikni qoʻllash yuzasidan sud amaliyotida kelib chiqadigan masalalar boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalar ishlab chiqish kiradi.
(81-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
82-modda. Sudlar muhri
Sudlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻladi.
83-modda. Sudlarda davlat ramzlari
Sud binosida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtariladi va Davlat gerbining tasviri oʻrnatiladi, sud zallarida esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbining tasviri oʻrnatiladi.
(83-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
84-modda. Sudyalarning maxsus kiyimi
Sudyalar sud majlisini maxsus kiyimda olib boradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudyaning maxsus kiyimi tavsifi va namunalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati tomonidan tasdiqlanadi.
(84-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
85-modda. Sudyaning guvohnomasi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisiga, rais oʻrinbosariga va sudyalariga guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining, harbiy sudlarning, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyalariga guvohnomalar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi tomonidan beriladi.
(85-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 12-apreldagi OʻRQ-428-son Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 15-son, 242-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 10-modda; 2002-y., 1-son, 20-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2007-y., 29-30-son, 296-modda; 2009-yil, 52-son, 553-modda; 2011-y., 16-son, 162-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 249-modda; 2012-y., 38-son, 433-modda; 2014-y., 4-son, 45-modda; 2017-y., 13-son, 194-modda, 15-son, 242-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2018-y., 03/18/486/1559-son, 12.10.2018-y., 03/18/496/2043-son; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son, 05.09.2019-y., 03/19/564/3690-son, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; 11.03.2020-y., 03/20/607/0279-son, 09.11.2020-y., 03/20/646/1488-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son )