

<!DOCTYPE html>

<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>

</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />

    <style type="text/css">
        /*.contents-caption DIV {
            float: right;
        }*/

        /*.mobilnav TD {
            height: 32px;
        }*/

        /*.mobilnav {
            border: 0px;
            padding: 0;
            background: url('/image/h-menu.gif') repeat-x scroll left top transparent;
        }*/

        body {
            margin: 0;
        }

        td {
            min-height: 22px;
        }

        /*#userComments {
            position: fixed;
            top: 0;
            left: 200px;
            width: 279px;
            height: 18px;
            background-color: Black;
            color: White;
            z-index: 2000;
            padding: 3px;
            display: none;
        }*/

        /*#fancybox_div {
            display: none;
        }*/

        /*#divContextRasporka {
            width: 270px;
        }*/

        /*#tddivContext {
            background-color: White;
        }*/

        /*#backButton {
            color: White;
            font-weight: bold;
            text-decoration: none;
        }*/

        /*#divCont {
            padding-top: 35px;
        }*/

        /*.main_menu ul .checkboxArea, .main_menu ul .checkboxAreaChecked {
            padding-top: 12px;
        }*/

        /*#item3 > ul > li {
            white-space: nowrap;
        }*/

        /*header > nav > ul > li > a {
            font-family: Arial;
            font-size: 11px;
        }*/

        /*#actContent a {
            font-size: 14px;
            font-family: Arial;
        }*/

        /*#selected_div {
            height: 250px;
            overflow: auto;
            padding: 6px 1px 1px 9px;
        }*/

        /*.enter_submit {
            background: url("/images/bg/search_button_bg.jpg") repeat-x scroll 0 0 transparent;
            border: 1px solid #7190EE;
            border-radius: 6px 6px 6px 6px;
            float: right;
            margin-right: 2px;
            cursor: pointer;
        }*/

        /*.enter_submit > div {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_left.png") no-repeat scroll 4px 7px transparent;
                float: left;
                width: 100%;
                cursor: pointer;
            }*/

        /*.enter_submit input[type="button"] {
                background: url("/images/arrow/button_uzor4_right.png") no-repeat scroll right 7px transparent;
                border: medium none;
                border-radius: 6px 6px 6px 6px;
                color: #FFFFFF;
                float: left;
                font-size: 12px;
                font-weight: bold;
                height: 21px;
                margin-left: 22px;
                margin-right: 4px;
                padding: 0 22px 3px 0;
                cursor: pointer;
            }*/

        .show_context {
            background-color: #FFFF00;
            color: inherit;
        }
    </style>
    <style id="tree_style" type="text/css">
        #divAct a, #divAct DIV, #divAct font, div#theDefCssID table td, th {
            font-size: 12pt;
        }
    </style>

    <script type="text/javascript" charset="utf-8">
        //window.onbeforeunload = function () {
        //    //document.getElementById("main_container").innerHTML = "";
        //    //window.body.style.background = "red";  //css("background", "red");
        //    //window.scrollTo(0, 0);
        //}

        window.onload = function () {
            setTimeout(function () { scrolPage(); }, 100);
        }

        function scrolPage() {
            var hash = location.hash.toString();
            if (hash.length > 2) {
                var elem = document.getElementById(location.hash.toString().substring(1));
                if (elem === null || elem === undefined) {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
                }
                else {
                    document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = elem.offsetTop - 10;
                }
            }
            else {
                document.body.scrollTop = document.documentElement.scrollTop = 0;
            }
        }
    </script>
</head>
<body>
    
    <a href="#DynContent" id="DynContentBtn"></a>
    <div style="display: none;">
        <div id="DynContent" style="width: 350px;">
            <table>
                <tr>
                    <td><span id="dynText"></span></td>
                </tr>
            </table>
        </div>
    </div>
    <div id="headcont">
        
        <header style="z-index: 2000;" id="headermenu">
            <div class='logo' style="padding: 0px 0px 0px 8px">
                <a href='/'><span></span></a>
            </div>
        </header>
        
    </div>
    <div id='main_container'>
        
        <section class='main_text'>
            <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
                <tr>
                    <td style="width: 50%">
                        
                        
                        
                    </td>
                    <td style="width: 50%; text-align: right">
                        
                        
                    </td>
                </tr>
            </table>
            <div id="divAct" style="margin: 0px; padding: 0px 5px 0px 5px; background: white;">
                
                <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1591655" id="onLBC-1591655">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7616"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.03.00.00 Sud-ekspertiza muassasalari. Sud-tibbiy ekspertizasi;</span></div><div id="LBC7619"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.05.00.00 Fuqarolik protsessual qonunchiligi / 17.05.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1591655" id="onLS-1591655">[<b>TSZ:</b><div id="LS3807"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1591664" id="-1591664">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1591665" id="-1591665">Qarori</div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-1591666" id="-1591666">FUQAROLIK ISHLARI BOʻYICHA EKSPERTIZA TAYINLASH, OʻTKAZISH VA EKSPERT XULOSASIGA BAHO BERISHDA SUD AMALIYOTIDA KELIB CHIQADIGAN AYRIM MASALALAR HAQIDA</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1591667" id="-1591667"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591668" id="-1591668">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining Plenumi sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertizani tayinlash, oʻtkazish, shuningdek ekspert xulosasiga baho berish boʻyicha sud amaliyotini muhokama qilib, fuqarolik protsessida ekspertizaning tobora keng tarqalayotganligini taʼkidlaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591669" id="-1591669">Sudlar ekspertiza tayinlashda protsessual qonun normalarini asosan toʻgʻri qoʻllamoqdalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591670" id="-1591670">Baʼzan ish holati boʻyicha albatta ekspertiza oʻtkazilishi lozim boʻlsada, ishlarni ekspertiza tayinlamasdan hal etish, aksincha, ayrim hollarda maxsus bilim talab etilmaydigan savollarni aniqlash borasida ekspertiza tayinlash yoki ekspertlar oldiga ularning vakolat doirasiga kirmaydigan huquqiy va boshqa masalalarni qoʻyish hollari ham uchramoqda. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591671" id="-1591671">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi fuqarolik ishlari boʻyicha ekspertiza tayinlash, oʻtkazish, shuningdek ekspert xulosasini baholash borasidagi sud amaliyotini takomillashtirish maqsadida “Sudlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining <a href="/acts/-68532#-70640">17-moddasiga</a> muvofiq qaror qiladi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591672" id="-1591672">1. Sudlarning eʼtibori fuqarolik ishi holatlarini har taraflama, obyektiv tekshirish maqsadida sud muhokamasida fan, sanʼat, texnika yoki hunar sohasida maxsus bilim talab qilinadigan masalalarni aniqlash uchun ekspertiza tayinlash orqali ushbu soha yutuqlaridan toʻgʻri va toʻliq foydalanish zarurligiga qaratilsin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591673" id="-1591673">2. Sud ekspertizasi deganda, sudning maxsus bilim talab qilinadigan masalalar boʻyicha tekshiruv olib borish va xulosa berishdan iborat protsessual harakati tushuniladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591674" id="-1591674">Sud ekspertlik faoliyati — bu ekspertizani tashkil etish va oʻtkazishga vakolatli boʻlgan organlar tomonidan amalga oshiriladigan harakatlar tizimidir.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7341228" id="edi-7341228"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=13.11.2015 00#-6932047">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7341228" id="-7341228"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7341229" id="-7341229">3. Sudlar ekspertiza tayinlash va oʻtkazish masalasini hal etishda Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, FPK, “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuni, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi namunaviy Nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 14-martdagi 6-mh-son buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi boʻyicha anonim murojaat qilgan shaxslarning shaxsiga doir maʼlumotlarni maxsus belgilar asosida qayd etish orqali tadqiqotlarni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom, shuningdek boshqa normativ huquqiy hujjatlarga amal qilishlari lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7341231" id="-7341231">(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308539">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1591676" id="-1591676"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4196436" id="edi-4196436"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=13.12.2012 00#-2133793">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4196436" id="-4196436"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4196453" id="-4196453">4. Sudlar FPK <a href="/acts/-3517337#-3519104">58-moddasiga</a> koʻra, ekspertiza quyidagi davlat muassasalari tizimidagi sud ekspertiza muassasalari, shuningdek, boshqa organlar tomonidan oʻtkazilishini nazarda tutishlari lozim:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4196463" id="-4196463">(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121410">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591677" id="-1591677">1) Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi qoshidagi Respublika sud ekspertiza markazi va uning hududiy boʻlinmalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591678" id="-1591678">2) Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash sohasidagi vakolatli organining Sud-tibbiy markazi va uning hududiy boʻlinmalari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591679" id="-1591679">3) qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga ekspertiza oʻtkazish yuklanishi mumkin boʻlgan (ekspertiza oʻtkazishga ixtisoslashmagan) boshqa muassasalar. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7341232" id="edi-7341232"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-1591680">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7341232" id="-7341232"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7341233" id="-7341233">Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qarashli ekspertiza muassasalari ekspertizani Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi tomonidan belgilangan xizmat koʻrsatish hududlariga muvofiq amalga oshiradilar.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7341234" id="-7341234">(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli <a href="/acts/-7307435?ONDATE=16.12.2024 00#-7308543">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591681" id="-1591681">Ish materiallarini xizmat koʻrsatish hududiga kirmaydigan ekspertiza muassasasiga yuborilishi sud tomonidan asoslantirilgan boʻlishi lozim (takroriy ekspertiza tayinlanganda, tegishli hududdagi ekspertiza muassasasida kerakli mutaxassis yoki asbob-uskuna yoʻqligi yoki boshqa holatlarda).</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1591682" id="-1591682"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4196469" id="edi-4196469"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=13.12.2012 00#-2133797">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4196469" id="-4196469"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4196472" id="-4196472">5. Sudlarning eʼtibori FPK <a href="/acts/-3517337#-3519104">58-moddasiga</a> muvofiq ekspertiza tadqiqotlari qonunda belgilangan tartibda ekspert etib tayinlangan shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkinligiga qaratilsin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4196478" id="-4196478">(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121412">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591683" id="-1591683">Bunda sud eksperti sifatida oliy maʼlumotga, istisno hollarda oʻrta-maxsus maʼlumotga ega boʻlgan, ekspertizaning tegishli sohasi boʻyicha maxsus tayyorgarlikdan oʻtgan va sud eksperti malakasiga ega boʻlgan davlat sud-ekspertiza muassasasining xodimi (davlat sud eksperti); sud tomonidan jalb etilgan boshqa (sud-ekspertlik ixtisosiga ega boʻlmagan) muassasa xodimi yoki mutaxassis ishtirok etishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591684" id="-1591684">Sud tomonidan ekspertiza oʻtkazish yuklatilgan boshqa (sud-ekspert ixtisosiga ega boʻlmagan) muassasa xodimi ekspertiza tayinlagan sudning muassasaga bergan topshirigʻini bajarish tartibida ekspertiza oʻtkazishga haqlidir.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4196534" id="edi-4196534"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-4196522">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4196534" id="-4196534"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4196602" id="-4196602">6. Sudlarga tushuntirilsinki, protsessual qonun mazmuniga koʻra, sudya nafaqat ishni koʻrish jarayonida, balki ishni sud muhokamasiga tayyorlash bosqichida ham ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrlarini hisobga olib, ish holatlari va taqdim etilgan dalillarga muvofiq, ekspert xulosasi zarur boʻlgan barcha hollarda ish boʻyicha tegishli ekspertiza (tibbiy, psixiatriya, tovarshunoslik, buxgalteriya va boshqa) oʻtkazishni tayinlash huquqiga ega (FPK 204-moddasi birinchi qismining <a href="/acts/-3517337#-3522534">7-bandi</a>). Ekspertiza tayinlashda FPK <a href="/acts/-3517337#-3519583">95 ― 101-moddalari</a> talabi eʼtiborga olinishi, xususan, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ekspertlar oldiga ekspert xulosasi boʻyicha javob berilishi lozim boʻlgan savollarni qoʻyish huquqi tushuntirilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4196603" id="-4196603">Ish holatlari boʻyicha shaxsning maʼlum harakatni sodir etish vaqtidagi ruhiy holatini aniqlash lozim boʻlgan barcha hollarda sud-psixiatriya ekspertizasi tayinlanishi lozim, masalan, bitimni haqiqiy emas deb topish haqidagi ishlarni koʻrishda bitim tuzilgan vaqtda shaxs oʻz harakatlarining ahamiyatini tushuna olmasligi yoki ularni boshqara olmasligi (FK <a href="/acts/-111189#-153495">121-moddasi</a>), shuningdek protsessual qonunda ekspertiza tayinlash nazarda tutilgan hollarda, xususan, ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi sababli fuqaroni muomalaga layoqatsiz deb topish haqidagi (FPK <a href="/acts/-3517337#-3524684">312-moddasi</a>) va sogʻligʻining sezilarli darajada yaxshilanganligi yoki sogʻayganligi sababli uni muomalaga layoqatli deb topish haqidagi ishlar boʻyicha (FPK <a href="/acts/-3517337#-3524724">315-moddasi</a>).</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4196604" id="-4196604">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121414">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-7531674" id="edi-7531674"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-1591693">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-7531674" id="-7531674"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-7531675" id="-7531675">7. Tushuntirilsinki, apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasi sudi taraflarning iltimosnomasi yoki oʻzining tashabbusi bilan ish materiallarida mavjud boʻlgan yoki taraflar tomonidan qoʻshimcha taqdim etilgan hujjatlar asosida ekspertiza oʻtkazish mumkin boʻlgan holatlarda, shuningdek, ish apellyatsiya, kassatsiya yoki taftish instansiyasida koʻrilayotganda ekspert tekshiruvi oʻtkazish zaruriyati mavjudligi aniqlanib, lekin uni oʻtkazish yangi holat va dalillarni oʻrganishni talab qilgan holatlarda ham ekspertiza tayinlash huquqiga ega.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-7531677" id="-7531677">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli <a href="/acts/-7521398?ONDATE=29.04.2025 00#-7521779">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1591694" id="-1591694"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4196606" id="edi-4196606"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-4196605">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4196606" id="-4196606"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4196607" id="-4196607">8. Sudlarga ekspertiza tayinlash haqida sud ajrimi chiqarishni tartibga soluvchi protsessual qonun (FPK <a href="/acts/-3517337#-3519583">95 — 101-moddalari</a>) normalariga aniq rioya etish zarurligi tushuntirilsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4196611" id="-4196611">(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121426">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591695" id="-1591695">Ekspertiza tayinlash haqidagi sud ajrimi asoslantirilgan boʻlishi, xususan ajrimda ekspertiza tayinlash uchun asos boʻlgan holatlar, tarafning aynan qaysi vaji yoki ishning aynan qaysi holati tekshirilishi va ushbu holatni tekshirish uchun qaysi sohadagi mutaxassis fikri talab qilinishi aniq va batafsil qayd etilmogʻi lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591696" id="-1591696">Materiallar ekspertizaga yuborilayotganda sud tomonidan ekspert ixtiyoriga quyidagilar taqdim qilinishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591697" id="-1591697">tegishli ekspertizani tayinlash haqida ajrim;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591698" id="-1591698">ekspert tekshiruvi obyekti boʻlgan predmetlar va hujjatlar, zarur hollarda esa taqqoslash tekshiruvini oʻtkazish uchun namunalar hamda oʻzida ekspertiza predmetiga taalluqli maʼlumotlarni mujassamlashtirgan boshqa hujjatlar (koʻzdan kechirish, soʻroq qilish va boshqa protsessual harakatlar bayonnomalari, maʼlumotnomalar, koʻchirmalar, fotosuratlar va boshqa).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591699" id="-1591699">Ekspertiza tayinlash haqidagi sud ajrimida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591700" id="-1591700">1) ajrim chiqarilgan vaqt va joy;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591701" id="-1591701">2) ekspertiza tayinlagan sudning nomi, sudyaning familiyasi (sud tarkibi), sud majlisining kotibi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591702" id="-1591702">3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591703" id="-1591703">4) ekspertiza tayinlangan ish toʻgʻrisida maʼlumotlar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591704" id="-1591704">5) ekspertiza tayinlash asoslari;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591705" id="-1591705">6) ekspertiza oʻtkazish yuklatilgan muassasaning nomi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591706" id="-1591706">7) ekspert oldiga qoʻyilgan savollar;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591707" id="-1591707">8) taqdim etilgan obyektlar va materiallar, zarur hollarda esa ekspert tekshiruvi obyekti bilan muomala qilishning alohida shartlari.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591708" id="-1591708">Ekspertiza oʻtkazish turli muassasa shtatida boʻlgan ikki yoki undan ortiq ekspertlarga topshirilganda, ajrimda tekshiruv qaysi ixtisosdagi ekspertlar tomonidan oʻtkazilishi kerakligi, ekspertlar komissiyasi faoliyatini tashkil qilish qaysi ekspert muassasasiga yuklatilganligi, tekshirilishi lozim boʻlgan obyektlar va boshqa materiallar qaysi ekspertiza muassasasiga yuborilayotganligi ham koʻrsatilishi lozim. Sudning ajrimi har bir ekspertiza muassasasiga yoʻllanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591709" id="-1591709">Materiallarning saqlanilishini taʼminlash maqsadida, ular sud tomonidan oʻralib, muhrlangan holatda yuboriladi. Oʻramda uning ichidagi predmetning nomi, u qachon, qayerda, kimdan va qaysi ish boʻyicha olinganligi koʻrsatilib, sudyaning imzosi va sud muhri bilan tasdiqlanishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591710" id="-1591710">Ekspertlar ixtiyoriga kseronusxa tarzida yuborilayotgan hujjatlarning asliga mosligi haqida sudya tomonidan belgi qoʻyilishi va imzolanishi hamda sudning muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi lozim. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4196640" id="edi-4196640"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-1591711">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4196640" id="-4196640"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4196644" id="-4196644">Obyektlarni ekspert ixtiyoriga yuborish mumkin boʻlmagan hollarda (uy, katta hajmdagi predmetlar va boshqalar) sudlar FPK <a href="/acts/-3517337#-3523252">239-moddasi</a> talabiga muvofiq, obyektlarni joyida koʻzdan kechirish va tekshirishni tashkil etishlari kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4196658" id="-4196658">(8-bandning oʻn sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121426">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591712" id="-1591712">9. Ekspertiza oldiga hal qilish uchun faqat javobi nizoni toʻgʻri hal qilish uchun dalil boʻla oladigan va fan, sanʼat, texnika yoki hunar sohasida maxsus bilim talab qiladigan savollar qoʻyilishi mumkin. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591713" id="-1591713">Sudlar ekspert oldiga vazifa qoʻyishda ekspertlar xizmatiga qayta murojaat etmaslik uchun javobi muayyan bir ishning toʻgʻri hal etilishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan, barcha kompleks savollarni qamrab olishlari lozim. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591714" id="-1591714">Hal qilinishi sudning vakolatiga kiruvchi huquq toʻgʻrisidagi savollar ekspert oldiga qoʻyilishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591715" id="-1591715">10. Tegishli ekspertiza tayinlashda, ishning murakkabligi, oʻziga xosligi va lozim boʻlgan ekspert tekshiruvi xarakteridan kelib chiqib, sudlar tekshiruv obyektlarini rasmiylashtirish va ekspertga taqdim etish tartibiga aniq rioya etishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591716" id="-1591716">Xususan, sud-xatshunoslik ekspertizasi boʻyicha ekspertning ixtiyoriga tegishli tekshiruv obyektlarini yuborishda bevosita sud tomonidan eksperimental nusxalar olinishiga yoʻl qoʻyiladi. Mazkur eksperimental yozuv va imzo nusxalarini talab qilib olish, shuningdek ekspert oʻrganayotgan obyektni koʻzdan kechirish taraflar albatta xabardor qilingan holda ularning ishtirokida oʻtkaziladi va bayonnoma tuziladi. Lekin tegishli tarzda xabardor qilingan tarafning hozir boʻlmaganligi mazkur protsessual harakatning amalga oshirilishiga monelik qilmaydi. Ekspert ixtiyoriga yuborish uchun olingan eksperimental nusxalarning haqiqiyligi uchun ishni koʻruvchi sudya masʼuldir.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1591717" id="-1591717"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6932065" id="edi-6932065"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-6932062">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6932065" id="-6932065"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6932070" id="-6932070">11. Odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi oʻtkazish uchun materiallarni yuborishda sudlar Oliy sud Plenumining 2011-yil 25-noyabrdagi “Sudlar tomonidan otalikni belgilashga oid ishlarni koʻrishda qonunchilikning qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi 8-sonli qarorining <a href="/acts/-1945465#-1945529">14-15-bandlaridagi</a> tushuntirishlaridan ham kelib chiqishlari lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6932071" id="-6932071">(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 2-oktabrdagi 16-sonli <a href="/acts/-6922505?ONDATE=02.10.2014 00#-6922572">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591718" id="-1591718">Boshqa vazifalar qatorida ona va ota tarafidan yaqin va uzoq qarindoshlikni aniqlash masalasini hal etuvchi molekulyar genetikani qoʻllashga asoslangan odam DNKsi sud-biologik ekspertizasi tekshiruvlari usullarining zamonaviy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, sudlar marhumning merosxoʻrlari oʻrtasidagi qarindoshlik munosabatlarini aniqlash toʻgʻrisidagi nizolarni koʻrib chiqishda, har bir aniq holat boʻyicha ona yoki ota tomonidan yaqin va uzoq qarindoshlikni belgilash haqida ish boʻyicha ekspertiza tayinlash masalasini muhokama qilishi lozim. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4197005" id="edi-4197005"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-1591719">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4197005" id="-4197005"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4197006" id="-4197006">12. Sudlarning eʼtibori ekspertiza tayinlanayotgan hamma holatlarda tegishli ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimda sudlar FPK <a href="/acts/-3517337#-3521170">135-moddasi</a> talablariga muvofiq ekspertiza oʻtkazish bilan bogʻliq xarajatlarini taraflar oʻrtasida taqsimlash masalasi hal etilishi lozimligiga qaratilsin. Agar ekspertiza oʻtkazish haqidagi iltimosnomani har ikkala taraf kiritsa yoki sud oʻz tashabbusi bilan ekspertiza tayinlagan hollarda ekspertiza oʻtkazish haqidagi ajrimda xarajatlar taraflar oʻrtasida teng taqsimlanganligini koʻrsatilishi shart. Qolgan hollarda, ekspertiza oʻtkazish xarajatlari sud ajrimida ekspertiza oʻtkazish haqida iltimosnoma kiritgan taraf zimmasiga yuklatilishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4197010" id="-4197010">(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121511">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591720" id="-1591720">13. Ekspertizaga yuborilayotgan materiallarni rasmiylashtirish qoidalarining buzilishi ekspertizani oʻtkazishga toʻsqinlik qilgan taqdirda, ekspertiza muassasasi (uning tarkibiy boʻlinmasi) rahbari ekspertizani tayinlagan sudga yozma tarzda xabar berib, kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha zarur boʻlgan choralarni koʻrishni talab qilishga haqli. Agar koʻrsatilgan kamchiliklar bir oy ichida bartaraf qilinmasa, muassasa rahbari materiallarni ijrosiz qaytaradi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591721" id="-1591721">Ekspertiza ish yurituviga taqdim etilgan materiallar tayinlangan ekspertizani oʻtkazish mazkur muassasada koʻzda tutilmagan, shuningdek muassasa tegishli mutaxassislar yoxud jihozlarga ega boʻlmagan taqdirda ham qaytarilishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591722" id="-1591722">14. Taqdim etilayotgan materiallar toʻliq boʻlmagan taqdirda, ekspert ekspertiza tayinlagan sudga qoʻshimcha materiallar taqdim qilinishi haqida ekspertiza muassasasi rahbari (uning tarkibiy boʻlinmasining rahbari) orqali yozma ravishda iltimosnoma yuborishga haqli. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591723" id="-1591723">Qoʻshimcha materiallar bir oy ichida taqdim qilinmagan taqdirda, ekspert mavjud materiallar asosida tekshiruv oʻtkazadi. Birorta ham masalani hal qilish imkoni boʻlmasa, bu haqida ekspert dalolatnoma tuzadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4197012" id="edi-4197012"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=13.12.2012 00#-2133802">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4197012" id="-4197012"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4197016" id="-4197016">Shu bilan birga FPK 59-moddasining <a href="/acts/-3517337#-3519111">ikkinchi qismi</a> mazmunidan kelib chiqqan holda ekspert qoʻyilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch. hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni ekspertizani tayinlagan sudga yuboradi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4197018" id="-4197018">(14-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121513">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591725" id="-1591725">15. Sudlarning eʼtibori, fuqarolik ishlarini koʻrishda sansalorlik va ishlarni koʻrish muddati choʻzilib ketishining oldini olish maqsadida oʻz vaqtida ekspertiza tayinlash, uni oʻtkazish muddatlariga qatʼiy rioya qilish lozimligiga qaratilsin. </div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6932073" id="edi-6932073"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-1591726">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6932073" id="-6932073"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6932076" id="-6932076">Sudning ekspertiza tayinlash haqidagi ajrimining oʻz vaqtida bajarilishini aniqlashda, sudlar “Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining sud ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi Yoʻriqnomada belgilangan ekspertiza oʻtkazish muddatlaridan kelib chiqishlari lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6932079" id="-6932079">(15-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2014-yil 2-oktabrdagi 16-sonli <a href="/acts/-6922505?ONDATE=02.10.2014 00#-6922578">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591727" id="-1591727">Xususan, ekspertiza oʻtkazish muddatlarini ekspertiza oʻtkazuvchi muassasa (uning tuzilmaviy boʻlinmasi) rahbari ekspertlarning bandligini inobatga olgan holda quyidagicha belgilaydi:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591728" id="-1591728">10 kun — obyektlar soni koʻp boʻlmagan yoki murakkab tekshiruvlarni talab etmaydigan ishlar boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591729" id="-1591729">20 kun — obyektlar soni koʻp boʻlgan yoki murakkab tekshiruvlarni talab etadigan ishlar boʻyicha;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591730" id="-1591730">30 kun — obyektlar soni koʻp boʻlgan ishlar boʻyicha (masalan, qurilish-texnik ekspertizalari, DNK sud-biologik ekspertizasi).</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591731" id="-1591731">16. Sudlar qoʻshimcha, qayta, kompleks va komissiyaviy ekspertiza tayinlash asoslari va tartibini qatʼiy farqlashlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591732" id="-1591732">Sud tomonidan qoʻshimcha ekspertiza ekspertning dastlabki xulosasidagi boʻshliqlarni toʻldirish maqsadida, xulosa toʻliq boʻlmagan yoki yetarli darajada aniq boʻlmagan hollarda, xulosa yuzasidan ekspertni soʻroq qilish orqali bartaraf etish imkoni mavjud boʻlmagan va majburiy qoʻshimcha tekshiruvlar oʻtkazish talab etiladigan, shuningdek ilgari tekshiruv oʻtkazilgan fuqarolik ishining holatlari boʻyicha yangi savollar tugʻilgan taqdirda tayinlanadi.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6932126" id="edi-6932126"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-1591733">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6932126" id="-6932126"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6932127" id="-6932127"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6932139" id="edi-6932139"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=13.11.2015 00#-6932138">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6932139" id="-6932139"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6932140" id="-6932140">17. FPK 96-moddasining <a href="/acts/-3517337#-3519603">ikkinchi qismiga </a>koʻra, ekspert (ekspertlar komissiyasi) xulosasi asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki ekspertizani oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta ekspertiza tayinlanadi. Sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, bir necha ekspertlarning xulosalari bir-biriga zidligi deganda ekspertlar komissiyasining xulosalaridagi tafovut (qarama-qarshilik, jiddiy farq) tushuniladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6932143" id="-6932143">(17-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121514">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6932128" id="-6932128">Qayta ekspertiza muqaddam xulosa berilgan obyektlarga nisbatan sud tomonidan avval qoʻyilgan savollar yuzasidan tayinlanadi, biroq uni oʻtkazish boshqa ekspertga (yoki ekspertlar komissiyasiga) topshirilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6932129" id="-6932129">Qayta ekspertizani oʻtkazish ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasiga asos qilib olingan dalillar haqiqiy emas deb tan olingan yoki ekspertiza oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilgan taqdirda ham tayinlanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6932131" id="-6932131">Ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasi ishning haqiqiy holatlariga zid boʻlsa yoki ishni koʻrish vaqtida ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan yangi holatlar aniqlansa, sud tomonidan qayta ekspertiza tayinlanishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6932134" id="-6932134">Sud ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosalariga qoʻshilmasa, qayta ekspertiza tayinlash majburiy emas. Ushbu masalani hal etayotganda ekspertiza predmeti boʻlgan holatlarga doir ishda boshqa dalillarning mavjudligi, shuningdek takroriy ekspertiza oʻtkazishning amaliy imkoniyatlari hisobga olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6932135" id="-6932135">Ish boʻyicha taraflarning ekspert (yoki ekspertlar komissiyasi) xulosasiga qoʻshilmasligi, mutaxassis fikri mavjudligi va boshqa vajlar qayta ekspertiza oʻtkazish uchun asos boʻla olmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6932136" id="-6932136">Qayta ekspertiza xulosasida ekspertning (yoki ekspertlar komissiyasining) oldingi ekspertiza xulosasining toʻgʻriligi yoki notoʻgʻriligi haqidagi xulosasi qaysi maʼlumotlarga asoslanganligi koʻrsatilishi shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6932137" id="-6932137">(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2015-yil 13-noyabrdagi 18-sonli <a href="/acts/-2844356?ONDATE=13.11.2015 00#-2844859">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591740" id="-1591740">18. Kompleks ekspertiza u yoki bu holatlarni alohida ekspertiza oʻtkazish orqali aniqlash mumkin boʻlmagan, yoxud u bir ekspert mutaxassisligining eksperti yoki ekspertlar komissiyasining vakolati doirasidan chiqqanida sud tomonidan tayinlanadi. Kompleks ekspertiza oʻtkazilayotgan vaqtda har bir ekspert tekshiruvni oʻz vakolati doirasida oʻtkazishi lozim. Xulosada har bir ekspert qanday hajmda qanaqa tadqiqotlar oʻtkazganligi, u shaxsan qanday faktlarni aniqlaganligi va qanday xulosaga kelganligi koʻrsatilishi lozim. Har bir ekspert xulosaning oʻzi tekshiruv oʻtkazgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga oladi. Bunda ekspertlar birgalikda xulosa tuzish huquqiga ham ega. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591741" id="-1591741">19. Komissiyaviy ekspertiza tarkibi sud yoki shu ekspertiza turini oʻtkazishni tashkil etayotgan sud-ekspertlik muassasasi rahbari tomonidan belgilanadigan bir ixtisosdagi bir nechta (2 tadan kam boʻlmagan) ekspert tomonidan oʻtkazilishi mumkin. Ekspertiza oldiga qoʻyilgan topshiriqni hal qilish zaruratidan kelib chiqqan holda har bir komissiyaviy ekspert tekshiruvni mustaqil va alohida holda olib boradi. Olingan natijalar birgalikda tahlil qilinib, umumiy fikrga kelingach, ekspertlar birgalikda xulosa (yoki xulosa berib boʻlmaslik toʻgʻrisidagi dalolatnoma) tuzadilar va imzolaydilar. Ekspertlar oʻrtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan taqdirda, komissiya tarkibidagi har bir ekspert kelishilmagan masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1591742" id="-1591742"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4197051" id="edi-4197051"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-4197050">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4197051" id="-4197051"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4197053" id="-4197053">20. Sudlarga tushuntirilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi FPK <a href="/acts/-3517337#-3519623">98-moddasiga </a>koʻra, ekspert xulosasi yetarlicha tushunarli boʻlmaganda sud ekspertni chaqirish yoʻli bilan xulosasini ogʻzaki tushuntirib berishni taklif qilish huquqiga ega va bu sud majlisi bayonnomasiga kiritilib, oʻqib beriladi hamda ekspert tomonidan imzolanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4197054" id="-4197054">(20-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121515">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591743" id="-1591743">Sudga faqat xulosa bergan ekspert chaqirilishi va bergan xulosasi doirasida soʻroq qilinishi mumkin. Agar sudda tugʻilgan qoʻshimcha savollarga javob olish uchun tadqiqotlar oʻtkazish zarur boʻlsa, qoʻshimcha ekspertiza tayinlash masalasi muhokama qilinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591744" id="-1591744">Sudning chaqiruvi boʻyicha kelish va oʻz oldiga qoʻyilgan masalalar yuzasidan xolis xulosa berish ekspertning majburiyati ekanligidan kelib chiqqan holda ekspert zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaslik oqibatlari toʻgʻrisidagi protsessual qonun talablariga ogʻishmay rioya qilish, shuningdek bila turib yolgʻon xulosa berganlik, sud uzrsiz deb topgan sababga koʻra xulosa berishdan bosh tortganlik uchun Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining <a href="/acts/-111453#-267022">238</a> va <a href="/acts/-111453#-267037">240-moddalari</a> asosida javobgar boʻlishi toʻgʻrisida ogohlantirilishi lozimligiga qaratilsin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1591745" id="-1591745"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4197056" id="edi-4197056"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-4197055">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4197056" id="-4197056"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4197058" id="-4197058">21. Ekspert xulosasi deganda, ekspert tomonidan yozma shaklda taqdim etilgan, muayyan fuqarolik ishini toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan, sud ajrimi asosida uning oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, batafsil tadqiqot qilingan va asoslantirilgan xulosalarni ifoda etgan, dalil turining biri tushuniladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4197068" id="-4197068">(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121516">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591746" id="-1591746">Qonunga muvofiq, ekspert xulosasi kirish, tekshiruv va xulosadan iborat boʻlishini sudlar nazarda tutmoqlari lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1591747" id="-1591747"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4197080" id="edi-4197080"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-4197079">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4197080" id="-4197080"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4197084" id="-4197084">22. FPK 80-moddasining <a href="/acts/-3517337#-3519339">toʻrtinchi qismiga</a> koʻra hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emasligini hisobga olgan holda, sudlar ekspert xulosasi boshqa dalillar qatorida ishning hamma holatlarini jamlagan holda har taraflama, toʻliq va xolis koʻrib chiqishga asoslangan sudyalarning ichki ishonchiga koʻra baholanishi lozimligini nazarda tutishlari lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4197093" id="-4197093">(22-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121517">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591748" id="-1591748">Sudlar ekspert xulosalarini baholashda uning malakasini, taraflarning manfaatlariga rioya qilinganligini, qoʻllanilgan usullarning ishonchli asoslantirilganligini, shuningdek ekspertlarga yetarli materiallar va tegishli tekshiruv obyektlari taqdim etilganligini hisobga olishlari lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1591749" id="-1591749">Ekspertning ehtimol tutilgan xulosasi sud qaroriga asos qilib olinishi mumkin emas.</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-4197099" id="edi-4197099"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-1591750">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4197099" id="-4197099"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4197100" id="-4197100">Sudning ekspert xulosasi bilan kelishmaganligi ish yuzasidan qabul qilingan sud hujjatida asoslantirilishi shart.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4197103" id="-4197103">(22-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 30-noyabrdagi 34-sonli <a href="/acts/-4120363?ONDATE=30.11.2018 00#-4121517">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><div name="edi-6406438" id="edi-6406438"><a href="/acts/-1591655?ONDATE=12.12.2008 00#-1591751">Oldingi</a> tahrirga qarang.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-6406438" id="-6406438"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-6406439" id="-6406439">23. Taraflar uzrsiz sabablarga koʻra tadqiqot predmetini ekspertga topshirishdan yoki ekspertiza oʻtkazishda shaxsan ishtirok etishdan bosh tortgan holatlarda sudlar Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Sudlar tomonidan fuqarolik ishlari boʻyicha dalillar va isbotlashga oid qonun normalarini qoʻllash amaliyoti toʻgʻrisida” 2020-yil 19-dekabrdagi 35-sonli qarorining <a href="/acts/-5185744#-5186239">18-bandidagi</a> tushuntirishga asoslanishlari lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-6406440" id="-6406440">(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 5-sonli <a href="/acts/-6402531?ONDATE=20.02.2023 01#-6402971">qarori</a> tahririda)</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1591752" id="-1591752"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1591753" id="-1591753">Toshkent sh.,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1591754" id="-1591754">2008-yil 12-dekabr,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1591755" id="-1591755">24-son</div></div></div>
                
            </div>
        </section>
        
    </div>
    
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script> 
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        //$('html,body').animate({
        //    scrollTop: $(window).scrollTop() - 75
        //});
    }
</script>
<script>     
    //function scrollToElement(selector, time, verticalOffset) {
    //    time = typeof (time) != 'undefined' ? time : 1000;
    //    verticalOffset = typeof (verticalOffset) != 'undefined' ? verticalOffset : 0;
    //    element = $(selector);
    //    offset = element.offset();
    //    offsetTop = offset.top + verticalOffset;
    //    $('html, body').animate({
    //        scrollTop: offsetTop
    //    }, time);
    //}

    //jQuery.fn.extend({
    //    scrollToMe: function () {
    //        var x = jQuery(this).offset().top - 100;
    //        jQuery('html,body').animate({ scrollTop: x }, 500);
    //    }
    //});

    //function opentInAct(id) {
    //    $("#" + id).scrollToMe();
    //}

    $(document).ready(function () {
        $("#theDefCssID TABLE TD").css('display', '');
    });
</script>
<style>
    #divCont > DIV {
        margin-left: -2px;
        margin-right: -2px;
        padding-left: 2px;
        padding-right: 2px;
    }

    TD.fTD {
        width: 22px;
    }

    .OFFICIAL_SOUR_TEXT {
        display: none;
    }

    /*.document_view_body*/ header {
        clear: both;
        float: left;
        height: 36px;
        width: 100%;
        background-color: #2263a9;
    }

        /*.document_view_body header .logo {
            float: left;
            padding: 0 12px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu {
            float: none;
        }*/

        /*nav.main_menu {
        float: left;
        padding-left: 22px;
        position: relative;
        z-index: 9;
    }*/

        /*nav.main_menu > div {
            float: left;
            height: 34px;
            margin-top: 1px;
            width: 21px;
        }*/

        /*.document_view_body header nav.main_menu > ul {
        float: none;
        font-family: helvatica;
        font-size: 11px;
    }*/

        /*nav.main_menu > ul {
        float: left;
        font-size: 16px;
    }*/

        /*nav ul, nav ol {
        list-style: none outside none;
        margin: 0;
        padding: 0;
    }*/

        /*ul, ol {
        margin: 1em 0;
        padding: 0 0 0 40px;
    }*/


        /*.document_view_body header .logo a {
        display: block;
        width: 100%;
    }*/


        /*.document_view_body*/ header .logo a span {
            background: url("/images/bg/doc_v_logo.png") no-repeat scroll center center transparent;
            display: block;
            height: 36px;
            width: 85px;
        }

    /*.hover-popup {
        display: none;
        border: 1px solid #969696;
        border-radius: 5px;
        -moz-border-radius: 5px;
        -webkit-border-radius: 5px;
        -o-border-radius: 5px;
        -ms-border-radius: 5px;
        position: absolute;
        behavior: url(css/PIE.htc);
        box-shadow: 2px 2px 6px -2px #555;
        padding: 7px;
        background: #fdffde;
        bottom: 28px;
        left: 10px;
        max-width: 500px;
        text-overflow: ellipsis;
        white-space: nowrap;
        color: #000;
        overflow: hidden;
    }*/

    /*.pre-loader {
        text-align: center;
        width: 100%;
        padding-bottom: 0 !important;
    }*/

    /*.actondate {
        width: 385px;
        height: 46px;
        background-color: White;
        z-index: 2000;
        font-family: Arial;
        font-size: 14px;
        font-weight: bold;
        opacity: 0.7;
        padding-top: 10px;
        text-align: center;
        top: 37px;
    }*/
</style>
