Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
ADVOKATURA TOʻGʻRISIDA
1-modda. Advokatura va uning vazifalari
Advokatura — huquqiy institut boʻlib, u advokatlik faoliyati bilan shugʻullanuvchi shaxslar hamda xususiy advokatlik amaliyoti bilan shugʻullanuvchi ayrim shaxslarning mustaqil, koʻngilli, kasbiy birlashmalarini oʻz ichiga oladi. Advokatura Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari, ajnabiy fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yuridik yordam koʻrsatadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 141-moddasi.
Oldingi tahrirga qarang.
2-modda. Oʻzbekiston Respublikasining advokatura toʻgʻrisidagi qonunchilik
Oʻzbekiston Respublikasida advokatura toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonundan hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3-modda. Advokat
Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan va advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyani (bundan buyon matnda litsenziya deb yuritiladi) belgilangan tartibda olgan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarosi Oʻzbekiston Respublikasida advokat boʻlishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslarning advokatlik faoliyati bilan shugʻullanishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat quyidagilardan tashqari haq toʻlanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shugʻullanishga haqli emas:
ilmiy va pedagogik faoliyat;
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasidagi (bundan buyon matnda Advokatlar palatasi deb yuritiladi) va uning hududiy boshqarmalaridagi faoliyat;
patent vakili va mediator sifatidagi faoliyat;
Oldingi tahrirga qarang.
shartnomaviy-huquqiy asosda davlat organlarining, xoʻjalik boshqaruvi organlarining, davlat muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatidagi faoliyat;
(3-modda uchinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
hakamlik sudlarida va xalqaro tijorat arbitrajlarida (sudlarida) sudya sifatidagi faoliyat;
(3-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
sud boshqaruvchisi sifatidagi faoliyat (fuqarolik va iqtisodiy sud ishlarini yuritishni amalga oshirish boʻyicha advokatlik faoliyati uchun litsenziya olgan advokatlar uchun).
(3-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
Oldingi tahrirga qarang.
31-modda. Advokat maqomiga ega boʻlish
Litsenziya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari (bundan buyon matnda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan tegishli malaka komissiyalarining qarorlari asosida beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) litsenziya olish uchun advokatlik tuzilmasida (advokatlik byurosida, advokatlik firmasida, advokatlar hayʼatida, yuridik maslahatxonada) kamida uch oy muddat stajirovka oʻtashi kerak hamda malaka imtihonini topshirishi shart.
(31-moddaning ikkinchi kismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 9-avgustdagi OʻRQ-862-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2023-y., 03/23/862/0578-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat organlari, xoʻjalik boshqaruvi organlari, davlat muassasalari va tashkilotlarining yuridik xizmati xodimi sifatida, sudya, tergovchi, surishtiruvchi yoki prokuror lavozimida kamida uch yil yuridik mutaxassislik boʻyicha ish stajiga ega boʻlgan shaxs advokatlik tuzilmasida stajirovkadan oʻtmasdan malaka imtihonida ishtirok etishga haqli.
(31-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida olti oydan keyin qoʻyiladi.
(31-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor litsenziya olish uchun tegishli adliya organiga uch oy ichida murojaat qilishi kerak. Bu muddatni oʻtkazib yuborgan talabgor litsenziya olish uchun adliya organiga malaka imtihonini takroran topshirganidan keyingina murojaat qilishi mumkin.
Advokatlik faoliyatini litsenziyalash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-son qarori.
Belgilangan tartibda litsenziya olgan talabgor uch oy ichida advokat qasamyodini qabul qilishi va yakka tartibda yoki litsenziyaga ega boʻlgan boshqa shaxslar bilan birgalikda advokatlik tuzilmasini tuzishi yoxud faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Talabgorga advokatlik guvohnomasi advokatlik tuzilmasi roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki talabgorning faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar adliya organi tomonidan olingan paytdan eʼtiboran ikki ish kuni ichida beriladi.
(31-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
Talabgor advokatlik guvohnomasi berilgan kundan eʼtiboran advokat maqomini oladi, Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi adliya organi tomonidan bu haqda uch kunlik muddatda xabardor qilinadi. Shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran advokat Advokatlar palatasining aʼzosi boʻladi.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlik guvohnomasining shakli va uni berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuniga asosan oʻninchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
4-modda. Advokatura faoliyatining prinsiplari va tashkiliy shakllari
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatura oʻz faoliyatini qonun ustuvorligi, mustaqillik va boshqa demokratik prinsiplar asosida amalga oshiradi.
Belgilangan tartibda litsenziya olgan shaxs advokatlik faoliyatini oʻz advokatlik byurosini ochib, yakka tartibda amalga oshirishga yoxud boshqa advokatlar (sheriklar) bilan advokatlik firmasini yoki aʼzolikka asoslangan advokatlar hayʼatini tuzishga yoxud faoliyat koʻrsatayotgan shunday advokatlik tuzilmalaridan biriga kirishga yoki yuridik maslahatxonada ishlagan holda advokatlik faoliyatini amalga oshirishga haqli. Advokat oʻz faoliyatini faqat bitta advokatlik tuzilmasida amalga oshirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlarini roʻyxatdan oʻtkazish, shuningdek yuridik maslahatxonalarni hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda davlat xizmatlari markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
(4-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi OʻRQ-749-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 5-avgustdagi 432-son qarori.
Advokatlik tuzilmalarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, tuzilmasi, shtatlari, vazifalari, mablagʻlarni sarflash tartibi, rahbar organlarining vakolatlari, ularni saylash tartibi hamda advokatlik tuzilmalari faoliyatiga taalluqli boshqa masalalar ularning ustavlari (nizomlari), taʼsis shartnomalari bilan tartibga solinadi.
Advokatlik byurolari, advokatlik firmalari va advokatlar hayʼatlari ular roʻyxatdan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran yuridik shaxs maqomini oladi. Yuridik maslahatxona hisobga olingan kundan eʼtiboran oʻz faoliyatini amalga oshirishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlik firmasining yoki advokatlar hayʼatining joylashgan yeri yashash uchun moʻljallanmagan joyda boʻlishi kerak.
Advokatlik byurolarini taʼsis etgan advokatlar oʻz faoliyatini mulk huquqi asosida yoki boshqa qonuniy asosda oʻzlariga tegishli boʻlgan turar joylarda amalga oshirishi mumkin, bunda advokatga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan turar joylarni advokatlik byurosi faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun moʻljallanmagan joylar toifasiga oʻtkazish talab qilinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlik tuzilmalari fuqarolar va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatganlik uchun ulardan tushadigan pul mablagʻlari (daromadlar) hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan taʼminot oladi.
(4-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Advokatlar advokatlarning jamoat birlashmalarini tuzishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati Oʻzbekiston Respublikasi hududida hamda chet davlatlarda ushbu davlatlarning qonunchiligiga muvofiq oʻzining alohida boʻlinmalarini (vakolatxonalari va filiallarini) tashkil etishga haqli. Bunda advokatlik firmasi va advokatlar hayʼati alohida boʻlinmani ochish toʻgʻrisidagi qarori haqida adliya organini oldindan xabardor qiladi.
(4-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 2-fevraldagi OʻRQ-749-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son)
Oldingi tahrirga qarang.
41-modda. Advokatlik byurosi
Advokatlik byurosi advokatlik faoliyatini yakka tartibda amalga oshirish uchun advokat tomonidan taʼsis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.
Advokatlik byurosining taʼsis hujjati muassis tomonidan tasdiqlanadigan ustavidir.
42-modda. Advokatlik firmasi
Advokatlik firmasi sheriklikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan taʼsis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.
Advokatlik firmasining taʼsis hujjati uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustavdir.
Advokatlik firmasini taʼsis etgan advokatlar oddiy yozma shaklda oʻzaro sheriklik shartnomasini tuzadi. Sheriklik shartnomasiga koʻra advokatlar — sheriklar barcha sheriklar nomidan yuridik yordam koʻrsatish uchun oʻz saʼy-harakatlarini birlashtirish majburiyatini oladi.
Sheriklik shartnomasida uning amal qilish muddati, sheriklar tomonidan qarorlar qabul qilish tartibi, boshqaruvchi sherikni saylash tartibi, uning vakolatlari va boshqa muhim shartlar koʻrsatiladi.
Advokatlik firmasining umumiy ishlarini yuritish, agar sheriklik shartnomasida boshqacha qoida belgilangan boʻlmasa, boshqaruvchi sherik tomonidan amalga oshiriladi. Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan yuridik yordam koʻrsatish haqidagi bitim (shartnoma) boshqaruvchi sherik yoki barcha sheriklar nomidan ular bergan ishonchnomalar asosida boshqa sherik tomonidan tuziladi. Ishonchnomalarda ishonch bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va uchinchi shaxslar bilan bitimlar (shartnomalar) hamda kelishuvlar tuzayotgan sherik vakolatlarining barcha cheklovlari koʻrsatiladi. Mazkur cheklovlar ishonch bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va uchinchi shaxslar eʼtiboriga yetkaziladi.
Sheriklik shartnomasi quyidagi hollarda tugatiladi:
sheriklik shartnomasining amal qilish muddati tugaganda;
sheriklardan biri boʻlgan advokatning maqomi tugatilganda yoki toʻxtatib turilganda, agar sheriklik shartnomasida boshqa sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda ushbu shartnomaning kuchda qolishi nazarda tutilmagan boʻlsa;
sheriklardan birining talabiga koʻra sheriklik shartnomasi bekor qilinganda, agar sheriklik shartnomasida boshqa sheriklar oʻrtasidagi munosabatlarda ushbu shartnomaning kuchda qolishi nazarda tutilmagan boʻlsa.
Sheriklik shartnomasi tugatilgan paytdan eʼtiboran uning ishtirokchilari ishonch bildiruvchi shaxslarga (himoya ostidagi shaxslarga) va uchinchi shaxslarga nisbatan ijro etilmagan umumiy majburiyatlar boʻyicha solidar tartibda javobgar boʻladilar.
Sheriklardan biri sheriklik shartnomasidan chiqqanda u oʻzi yuridik yordam koʻrsatgan barcha ishlar boʻyicha ish yuritishni boshqaruvchi sherikka topshirishi shart.
Sheriklik shartnomasidan chiqqan advokat sheriklik shartnomasida oʻzi ishtirok etgan davrda yuzaga kelgan umumiy majburiyatlar boʻyicha ishonch bildiruvchi shaxslar (himoya ostidagi shaxslar) va uchinchi shaxslar oldida javobgar boʻladi.
Sheriklik shartnomasi tugatilganidan keyin advokatlar yangi sheriklik shartnomasini tuzishlari shart. Agar yangi sheriklik shartnomasi avvalgi sheriklik shartnomasining amal qilishi tugatilgan kundan eʼtiboran bir oy ichida tuzilmasa, advokatlik firmasi advokatlik tuzilmasining boshqa shakliga oʻzgartirilishi yoki tugatilishi kerak.
Sheriklik shartnomasi tugatilgan paytdan eʼtiboran va advokatlik firmasi advokatlik tuzilmasining boshqa shakliga oʻzgartirilguniga qadar yoxud yangi sheriklik shartnomasi tuzilguniga qadar advokatlar yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida bitimlar (shartnomalar) tuzishga haqli emas.
43-modda. Advokatlar hayʼati
Advokatlar hayʼati aʼzolikka asoslangan va advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun advokatlar tomonidan taʼsis etilgan, notijorat tashkiloti boʻlgan advokatlik tuzilmasidir.
Advokatlar hayʼatining taʼsis hujjatlari uning muassislari tomonidan tasdiqlanadigan ustav hamda ular tomonidan tuziladigan taʼsis shartnomasidir.
Taʼsis shartnomasida muassislar advokatlar hayʼatiga oʻz mol-mulkini oʻtkazish shartlarini, ushbu hayʼat faoliyatida ishtirok etish tartibini, advokatlar hayʼatiga yangi aʼzolarni qabul qilish, muassislarning (aʼzolarning) uning tarkibidan chiqish tartibi va shartlarini, shuningdek advokatlar hayʼati muassislarining (aʼzolarining) huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
Advokatlar hayʼatlari tarkibidagi aʼzolar soni oʻntadan kam boʻlmasligi kerak.
Advokatlar hayʼatida yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimlar (shartnomalar) advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) oʻrtasida tuziladi hamda advokatlar hayʼatining hujjatlarida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
Advokatlar hayʼati yuridik yordam koʻrsatish uchun oʻzi turgan yerdan tashqarida joylashgan filiallar tuzishga haqli.
44-modda. Yuridik maslahatxona
Yuridik maslahatxona — advokatlik faoliyatini amalga oshirish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladigan va yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmagan advokatlik tuzilmasi.
Yuridik maslahatxona tegishli hududda yuridik yordamga boʻlgan ehtiyojlarni qanoatlantirish uchun advokatlik tuzilmalarining soni yetarli boʻlmagan hollarda Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tashkil etiladi.
Tegishli hududlardagi yuridik yordamga boʻlgan ehtiyoj Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan normativlarga muvofiq aniqlanadi.
Yuridik maslahatxonaning moddiy-texnika taʼminoti tartibi va shartlari, yuridik maslahatxonalarga ishlash uchun yuborilgan advokatlar uchun xizmat xonalari va zarurat boʻlganda, turar joylar ajratish bilan bogʻliq masalalar Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan tuman, shahar hokimligi bilan birgalikda hal qilinadi.
Yuridik maslahatxona Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga asosan ish olib boradi.
(41—44-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
5-modda. Advokatlik faoliyatining turlari
Jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatish maqsadida advokat:
Oldingi tahrirga qarang.
huquqiy masalalar boʻyicha maslahatlar va tushuntirishlar, qonunchilik yuzasidan ogʻzaki va yozma maʼlumotnomalar beradi;
(5-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
huquqiy xususiyatdagi arizalar, shikoyatlar va boshqa hujjatlarni tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
fuqarolik, iqtisodiy va maʼmuriy ishlari hamda maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sudda, boshqa davlat organlarida, jismoniy va yuridik shaxslar oldida vakillikni amalga oshiradi;
(5-moddaning birinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jinoyat ishlari boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov bosqichida va sudda himoyachi, jabrlanuvchining vakili, fuqaroviy daʼvogar, fuqaroviy javobgar sifatida ishtirok etadi;
(5-moddaning birinchi qismi beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
tadbirkorlik faoliyatiga yuridik xizmat koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
hakamlik sudida va xalqaro tijorat arbitrajida (sudida) vakillikni amalga oshiradi.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan yettinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat qonunchilikda man etilmagan boshqa turdagi yuridik yordam ham koʻrsatishi mumkin.
(5-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
6-modda. Advokatning huquqlari
Advokat kasbiy faoliyatini amalga oshirish chogʻida quyidagi huquqlarga egadir:
tegishli masalalarni hal etishga vakolatli boʻlgan barcha organlar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda jismoniy va yuridik shaxslarning topshirigʻiga muvofiq ularning manfaatlarini ifoda etish va huquqlarini himoya qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv, dastlabki tergovni oʻtkazish va ishni sudda koʻrib chiqish chogʻida yoki maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqayotgan organlarda va boshqa vakolatli organlarda maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi ish yoki jinoyat ishi materiallariga qoʻshib qoʻyilishi, shuningdek albatta baholanishi lozim boʻlgan dalillarni toʻplash va taqdim etish;
(6-moddaning birinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
yuridik yordam koʻrsatilishi munosabati bilan advokat tomonidan soʻralgan hujjatlarni yoki ularning tasdiqlangan koʻchirma nusxalarini qonunchilikda belgilangan tartibda berishi shart boʻlgan davlat organlari va boshqa organlardan, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar hamda boshqa hujjatlarni soʻrash va olish;
(6-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 10-moddasi beshinchi qismining uchinchi xatboshi, “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi.
yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan masalalar yuzasidan ekspertlarning yozma xulosalarini, mutaxassislarning maʼlumotnoma-maslahatlarini ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) roziligi bilan soʻrash va olish;
ishga taalluqli axborotdan xabardor boʻlgan shaxslarni soʻrovdan oʻtkazish va ularning roziligi bilan yozma tushuntirish olish;
toʻplangan materiallarni oʻz ishonch bildiruvchi shaxsining (himoya ostidagi shaxsning) ishi yuzasidan ish yuritayotgan sudlarga va boshqa davlat organlariga taqdim etish;
advokat yuridik yordam koʻrsatayotgan ishdagi zarur maʼlumotlarni yozib olish, materiallar va hujjatlardan texnika vositalari yordamida oʻz hisobidan nusxalar olish yoki ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarni oʻzga shaklda qayd etish, bunda davlat sirlari, tijorat siri yoki boshqa sirni oʻz ichiga olgan axborotni oshkor qilmaslik;
Oldingi tahrirga qarang.
ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan maxfiylik taʼminlanadigan sharoitlarda (shu jumladan uni qamoqda saqlab turish davrida) uchrashuvlarning soni, davomiyligi cheklanmagan holda hamda ishni yuritishga masʼul boʻlgan davlat organlari va mansabdor shaxslarning ruxsatisiz xoli uchrashish;
(6-moddaning birinchi qismi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
mansabdor shaxslarga iltimosnomalar bildirish va shikoyatlar berish hamda ulardan yozma shaklda asoslantirilgan javoblar olish;
oʻzining kasbga oid mulkiy javobgarlik xavfini sugʻurta qilish;
Oldingi tahrirga qarang.
iqtisodiy, fuqarolik va maʼmuriy ish yuritilayotganda ishni sud muhokamasiga tayyorlash chogʻida yoki sud muhokamasi jarayonida davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida ishonch bildiruvchi shaxs roziligi bilan ekspertiza oʻtkazilishini soʻrash;
ekspertiza xulosasi ish materiallariga qoʻshib qoʻyilishini va sud tomonidan ushbu xulosa ishdagi mavjud dalillar bilan birgalikda baholanishini talab qilish;
(6-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli Qonuniga asosan oʻn ikkinchi va oʻn uchinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikka muvofiq boshqa harakatlarni bajarish.
(6-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat yordamchiga va stajyorga ega boʻlishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
7-modda. Advokatning vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat oʻz professional faoliyatida amaldagi qonunchilik talablariga, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etishi, oʻziga yuridik yordam soʻrab murojaat etgan jismoniy hamda yuridik shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning qonunda nazarda tutilgan vositalari hamda usullaridan foydalanishi shart.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat muayyan ish boʻyicha yuridik yordam koʻrsatayotgan yoki ilgari yuridik yordam koʻrsatgan shaxslarning manfaatlari ishni olib borishni soʻrab murojaat etgan shaxsning manfaatlariga zid kelgan yoki u sudya, prokuror, tergovchi, surishtiruv oʻtkazuvchi shaxs, jamoat ayblovchisi, sud majlisi kotibi, ekspert, mutaxassis, jabrlanuvchining, fuqaroviy daʼvogarning, fuqaroviy javobgarning vakili, guvoh, xolis, tarjimon sifatida ishtirok etgan hollarda, shuningdek agar ishni surishtiruv yoki dastlabki tergov shaklida tergov qilishda yoxud sudda advokatning qarindoshi boʻlgan mansabdor shaxs ishtirok etgan yoki ishtirok etayotgan boʻlsa, xuddi shuningdek agar advokat bevosita yoki bilvosita shu ishdan shaxsan manfaatdor boʻlsa bu hol unga ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) manfaatlariga zid kelsa, yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi topshiriqni qabul qilishga haqli emas.
(7-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 79-moddasi.
Advokat qaysi shaxsning manfaatlarini himoya qilish topshirigʻini olgan boʻlsa, oʻz vakolatlaridan shu shaxsning zarariga foydalanishga hamda gumon qilinuvchini, ayblanuvchini, sudlanuvchini himoya qilishdan bosh tortishga, agar uni bundan ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) oʻzi ozod etmasa, haqli emas.
Advokat oʻz bilimlarini doimiy ravishda takomillashtirib borishi, Advokatlar palatasi tomonidan belgilangan tartibda uch yilda kamida bir marta kasbiy malakasini oshirishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish uchun tanlangan advokat fuqaroning toʻlovga qobiliyatsizligini vaj qilib, unga yuridik yordam koʻrsatishdan bosh tortishga haqli emas.
(7-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-915-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)
Advokat davlat xizmatida turishi mumkin emas.
(7-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Jismoniy va yuridik shaxslar nomidan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq bitimlar tayyorlanganda hamda amalga oshirilganda advokatlar jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq axborotni qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda va tartibda maxsus vakolatli davlat organiga taqdim etadi.
(7-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 10, 39-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Notarial idoralar va advokatlik tuzilmalarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat Qoidalari”ning 33-bandi.
Oldingi tahrirga qarang.
71-modda. Advokat soʻrovi
Advokat davlat organlariga va boshqa organlarga, shuningdek korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga mazkur organlar hamda tashkilotlarning vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan advokat tomonidan malakali yuridik yordam koʻrsatilishi uchun zarur boʻlgan maʼlumotnomalar, tavsifnomalar va boshqa hujjatlarni (bundan buyon matnda axborot (hujjatlar) deb yuritiladi) taqdim etish masalalari yuzasidan advokat soʻrovini (bundan buyon matnda advokat soʻrovi deb yuritiladi) yuborishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Axborot (hujjatlar), shuningdek ularning koʻchirma nusxalari advokat soʻrovi olingan sanadan eʼtiboran oʻn besh kundan kechiktirmay taqdim etiladi. Advokat soʻroviga koʻra ekspertiza xulosasini olish muddatlari davlat sud-ekspertiza muassasalari va nodavlat sud-ekspertiza tashkilotlari bilan tuzilgan shartnomalarda belgilanadi.
(71-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
Agar davlat organi yoki boshqa organ, shuningdek korxona, muassasa, tashkilot soʻralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega boʻlmasa, ular oʻzlariga murojaat etgan advokatga soʻrov olingan sanadan eʼtiboran besh kundan kechiktirmay bu haqda xabar qilishi shart.
Advokat tomonidan ish boʻyicha surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud muhokamasi boshlanganligi toʻgʻrisida dalolat beradigan hujjat taqdim etilgan taqdirda, soʻrovda koʻrsatilgan axborot (hujjatlar) uch ish kunidan kechiktirmay taqdim etilishi kerak.
Advokat soʻrovida quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
soʻrov yuborilayotgan davlat organi yoki boshqa organning, shuningdek korxona, muassasa, tashkilotning nomi va pochta manzili;
advokatning familiyasi, ismi, otasining ismi;
advokat oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan advokatlik tuzilmasining nomi, pochta manzili, elektron pochta manzili, telefon raqami;
advokat soʻrovini qayd etish daftaridagi advokat soʻrovining roʻyxatdan oʻtkazilganlik raqami va sanasi;
advokat kimning manfaatlarini koʻzlab harakat qilayotgan boʻlsa, oʻsha jismoniy shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi yoki yuridik shaxsning nomi;
yuridik yordam koʻrsatish uchun zarur boʻlgan axborot (hujjatlar);
soʻralayotgan axborotni (hujjatlarni) berish usuli (pochta joʻnatmasi, faksimil aloqa, elektron pochta, bevosita topshirish);
advokatning imzosi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat soʻroviga orderning koʻchirma nusxasi, sud ekspertizasi advokat soʻroviga koʻra tayinlanganda esa oʻrganish obyektlari va toʻlaqonli ekspertiza oʻtkazish uchun zarur boʻlgan ish materiallari ham ilova qilinadi.
(71-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 3-avgustdagi OʻRQ-786-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son)
Agar advokatlik soʻrovini olgan subyekt soʻralayotgan axborotga (hujjatlarga) ega boʻlmasa yoki maʼlumotlarda davlat sirlari yoki qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sir mavjud boʻlsa, shuningdek advokat soʻrovida ushbu moddaning beshinchi va oltinchi qismlarida nazarda tutilgan axborot (hujjatlar) koʻrsatilmagan boʻlsa, soʻralayotgan axborotni (hujjatlarni) advokatga taqdim etish rad etilishi mumkin.
Advokat soʻrovi advokatlik siriga rioya etilgan holda axborot tizimi orqali elektron shaklda ham berilishi mumkin.
Advokat soʻroviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, oʻz vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolgʻon yoki notoʻgʻri axborot (hujjatlar) taqdim etganlik qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
(71-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
8-modda. Advokatning yordamchisi
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik maʼlumotga ega boʻlgan fuqarosi advokat yordamchisi boʻlishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganligi bekor qilinmagan yoki olib tashlanmagan shaxs advokat yordamchisi boʻlishi mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat yordamchisi advokat huquqlariga ega boʻlmaydi hamda uning tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlarda, surishtiruv, dastlabki tergov organlarida, sudlarda va boshqa davlat organlarida ishlarni olib borishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Advokat yordamchisi advokat koʻrsatmasiga binoan advokatning yurituvidagi ishlar boʻyicha topshiriqlarni bajaradi, advokatning protsessual vakolatlariga taalluqli ishlar bundan mustasno.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 3-iyundagi 10-mh-sonli “Advokat stajyori va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3517, 04.06.2024-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat yordamchisining mehnat sharoitlari qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
(8-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 118 — 132 -moddalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
81-modda. Advokatning stajyori
Kamida uch yillik ish stajiga ega boʻlgan advokat stajyorga ega boʻlishga haqli.
Oliy yuridik maʼlumotga ega boʻlgan shaxs advokatning stajyori boʻlishi mumkin.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan, shuningdek sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxs advokatning stajyori boʻlishi mumkin emas.
Stajirovka advokatlik tuzilmasida oʻtaladi. Advokatning stajyori oʻz faoliyatini advokat rahbarligida, uning alohida topshiriqlarini bajargan holda amalga oshiradi. Stajyor advokatlik faoliyati bilan mustaqil ravishda shugʻullanishga haqli emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 3-iyundagi 10-mh-sonli “Advokat stajyori va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3517, 04.06.2024-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat stajyorining mehnat sharoitlari qonunchilikda belgilangan tartibda tuziladigan mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
(81-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Advokat stajyorining faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
(81-modda bilan Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
9-modda. Advokatlik siri
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat advokatlik sirini saqlashi shart. Advokatlik siri jumlasiga ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) advokatdan yordam soʻrab murojaat etganligining oʻzi, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) yordam soʻrab murojaat etgan masalalar, advokatdan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) olgan maslahatlar, nasihatlar va tushuntirishlarning mohiyati, advokatning ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan oʻtkazgan suhbatida toʻxtab oʻtilgan barcha masalalar kiradi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrdagi 721-I-son “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida” Qonuni 2-moddasining uchinchi xatboshisi.
Advokat, advokat yordamchisi, advokat stajyori, advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalari mansabdor shaxslari va texnik xodimlarining advokatlik siri boʻlmish maʼlumotlarni oshkor etishi va bu maʼlumotlardan oʻz manfaatlari yoki uchinchi shaxslar manfaatlari yoʻlida foydalanishi man etiladi.
(9-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 3-iyundagi 10-mh-sonli “Advokat stajyori va yordamchisining faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3517, 04.06.2024-y.).
Oldingi tahrirga qarang.
91-modda. Yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitim (shartnoma)
Advokatlik faoliyati advokat va ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) oʻrtasida tuziladigan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
Yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitim (shartnoma) ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan advokat oʻrtasida ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) oʻziga yoki u tayinlagan shaxsga yuridik yordam koʻrsatish uchun oddiy yozma shaklda tuziladigan fuqarolik-huquqiy shartnomadan iboratdir.
Yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimni (shartnomani) bekor qilish masalalari, agar ushbu Qonunda boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi bilan tartibga solinadi.
Advokat, unga qaysi adliya organi tomonidan guvohnoma berilganligidan qatʼi nazar, ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) bilan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimni (shartnomani), uning yashash joyi yoki joylashgan yeridan qatʼi nazar, tuzishga haqli.
Yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimning (shartnomaning) muhim shartlari quyidagilardan iborat:
topshiriqni bajarishni ishonchli vakil sifatida oʻz zimmasiga olgan advokat haqidagi, uning guvohnomasi rekvizitlari koʻrsatilgan holdagi maʼlumotlar;
topshiriqning predmeti;
koʻrsatilayotgan yuridik yordam uchun ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan haq toʻlash shartlari;
advokatning topshiriqni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish tartibi va miqdori;
topshiriqni bajarishni oʻz zimmasiga olgan advokat javobgarligining miqdori va xususiyati.
Advokatning haq olishi hamda topshiriqni bajarishi bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish huquqi ishonch bildiruvchi shaxsning (himoya ostidagi shaxsning) maxsus ruxsatisiz uchinchi shaxslarga berilishi mumkin emas.
Ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) tomonidan advokatga toʻlanadigan haq va advokatning topshiriqni bajarish bilan bogʻliq xarajatlarini kompensatsiya qilish yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi bitimda (shartnomada) nazarda tutilgan tartibda hamda muddatlarda tegishli advokatlik tuzilmasining kassasiga kirim qilinishi yoki advokatlik tuzilmasining bankdagi hisobvaragʻiga oʻtkazilishi shart.
(91-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
10-modda. Advokatlik faoliyatining kafolatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatning kasbga oid huquqlari, shaʼni va qadr-qimmati qonun bilan qoʻriqlanadi. Advokatlarning kasbiy faoliyatiga u yoki bu tarzda bevosita yoki bilvosita aralashish, ular oʻz kasbiy vazifalarini bajarayotganda olgan muayyan maʼlumotlarni oshkor etishni talab qilish, shuningdek advokatlar birlashmalarining mansabdor shaxslaridan va texnik xodimlaridan xuddi shunday maʼlumotlarni talab qilish taqiqlanadi. Advokat oʻz kasbiy vazifalarini bajarayotganida unga biror-bir shaklda taʼsir oʻtkazishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(10-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Advokat himoyachilik yoki vakillik vazifasini bajarayotganda oʻziga maʼlum boʻlib qolgan tafsilotlar yuzasidan guvoh sifatida soʻroq qilinishi mumkin emas. Advokat kasbiy vazifalarini bajarishi munosabati bilan qoʻlga kiritgan advokatlik dalillari (ashyolari), hujjatlari undan olib qoʻyilishi yoki koʻzdan kechirilishi mumkin emas, shuningdek uning oʻzi yuridik yordam koʻrsatayotgan shaxslar bilan uchrashish huquqi cheklanishi mumkin emas.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 115-moddasining 2) bandi.
Advokatning ish yuzasidan huquqiy nuqtai nazari xususida surishtiruv organi, tergovchi, prokuror taqdimnoma kiritishi, shuningdek sud xususiy ajrim chiqarishi mumkin emas.
Advokat qonunga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslarga yuridik yordam koʻrsatayotganligi munosabati bilan uni jinoiy, moddiy va boshqa javobgarlikka tortish yoki bunday javobgarlikni qoʻllash bilan qoʻrqitish mumkin emas.
Advokatga nisbatan jinoiy ish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokurori, viloyatlar, Toshkent shahar prokurorlari va ularga tenglashtirilgan prokurorlar tomonidan qoʻzgʻatilishi mumkin.
 LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Oldingi tahrirga qarang.
Sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish toʻgʻrisidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirgan taqdirda, sudya bir sutka ichida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligini va Advokatlar palatasini yozma shaklda xabardor qiladi.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan oltinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
11-modda. Advokatlar mehnatiga haq toʻlash
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlarning mehnatiga jismoniy va yuridik shaxslardan ularga yuridik yordam koʻrsatilganligi uchun advokatlik tuzilmalariga kelib tushgan mablagʻlar hisobidan haq toʻlanadi. Mablagʻlar yetarli boʻlmagan taqdirda, Advokatlar palatasining yuridik maslahatxonani tashkil etgan hududiy boshqarmasi ushbu yuridik maslahatxonaning taʼminoti uchun qoʻshimcha mablagʻlar ajratadi.
Yuridik xizmat uchun haq toʻlash advokat bilan ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) oʻrtasida ixtiyoriy ravishda tuziladigan bitim (shartnoma) asosida amalga oshiriladi.
(11-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
“Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunida belgilangan tartibda davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatgan advokatga koʻrsatilgan yuridik yordam uchun haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda va miqdorlarda amalga oshiriladi.
(11-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 27-fevraldagi OʻRQ-915-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 21-noyabrdagi 774-sonli “Davlat hisobidan yuridik yordam koʻrsatadigan advokatlarni jalb etish va ularga haq toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori.
12-modda. Advokatning ijtimoiy huquqlari
Advokat davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha barcha nafaqa turlarini olish huquqidan foydalanadi. Davlat ijtimoiy sugʻurtasiga badallar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan miqdorlarda toʻlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatga davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha nafaqalar belgilash va toʻlash, uning davlat pensiya taʼminoti va jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(12-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Advokatlar byurolari, hayʼatlari va firmalari mablagʻlari advokatlarning ijtimoiy ehtiyojlariga ishlatiladigan fondlar tuzishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
121-modda. Advokatlar palatasi
Advokatlar palatasi Oʻzbekiston Respublikasi barcha advokatlarining majburiy aʼzoligiga asoslangan notijorat tashkilotidir.
Advokatlar palatasi oʻzining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy boshqarmalari bilan birgalikda advokaturaning yagona oʻzini oʻzi boshqarish tizimini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlar palatasi advokatlarning qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladigan faoliyatiga aralashmaslik prinsipi asosida faoliyat koʻrsatadi.
(121-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Advokatlar palatasining vazifalari va vakolatlariga oʻxshash vazifalar va vakolatlarga ega boʻlgan boshqa tashkilotlarni tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Advokatlar Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi, advokatlarning majburiyatlari boʻyicha esa, Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalari javob bermaydi.
Advokatlar palatasi va uning hududiy boshqarmalarining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha advokatlik tuzilmalari va advokatlar uchun majburiydir.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlar palatasi faoliyatini moliyalashtirish Advokatlar palatasi Konferensiyasi tomonidan miqdori belgilanadigan kirish va aʼzolik badallari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobidan amalga oshiriladi.
(121-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
122-modda. Advokatlar palatasining asosiy vazifalari
Advokatlar palatasining asosiy vazifalari quyidagilardir:
advokatlik tuzilmalarining faoliyatini markazlashtirilgan holda muvofiqlashtirib borish;
advokaturani yanada rivojlantirishga, uning obroʻ-eʼtiborini oshirishga, advokaturaning inson huquqlari va erkinliklarini himoya qilishdagi rolini kuchaytirishga koʻmaklashish;
aholining huquqiy bilimlari va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan huquqiy targʻibot chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikni va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish, huquqiy tartibga solishning yaxlitligini hamda qonunchilik normalarining bir xilda qoʻllanilishini taʼminlashga doir takliflar kiritish;
(122-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
advokatura faoliyatini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish, ular yuzasidan takliflar tayyorlash;
advokatlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish, shu jumladan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari bilan munosabatlarda, shuningdek sudda ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini ifodalash hamda himoya qilish;
advokatlarni ularning kasbiy faoliyati bilan bogʻliq taʼqiblardan, cheklashlar va tajovuzlardan himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish;
advokatlarning kasbiy tayyorgarligi va malaka oshirishini tashkil etish;
aholining yuridik yordamdan foydalana olish imkoniyatini tumanlar va shaharlarda yuridik maslahatxonalar tashkil etish orqali taʼminlash;
advokatura faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni toʻplash va oʻrganish, advokatlarning ijobiy ish tajribasini ommalashtirish, advokatlik tuzilmalariga uslubiy yordam koʻrsatish;
Oldingi tahrirga qarang.
advokatlar tomonidan qonunchilikka, Advokatning kasb etikasi qoidalariga, advokatlik siri va advokat qasamyodiga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish.
(122-modda birinchi qismining oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlar palatasi qonunchilikka muvofiq boshqa vazifalarni ham amalga oshirishi mumkin.
(122-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
123-modda. Advokatlar palatasining organlari va mansabdor shaxslari
Advokatlar palatasining Konferensiyasi palataning yuqori organi boʻlib, kamida besh yilda bir marta chaqiriladi.
Advokatlar palatasi Boshqaruvi Advokatlar palatasining advokatlar orasidan saylanadigan ijro etuvchi organi boʻlib, palataning faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlar palatasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferensiyasi tomonidan ushbu Konferensiya saylagan Advokatlar palatasi Boshqaruvi aʼzolari orasidan besh yil muddatga saylanadi. Ayni bir shaxs ketma-ket ikki muddatdan ortiq Advokatlar palatasining raisi boʻlishi mumkin emas.
(123-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlar palatasining raisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining qonun loyihalarini muhokama qilish boʻyicha majlislarida ishtirok etishga va ular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirishga haqlidir.
(123-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Advokatlar palatasining raisini lavozimidan muddatidan oldin chaqirib olish Advokatlar palatasining ustavida belgilangan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining taqdimnomasiga binoan Advokatlar palatasining Konferensiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
Advokatlar palatasining taftish komissiyasi Advokatlar palatasining moliyaviy nazorat organi hisoblanadi va advokatlar orasidan saylanadi.
 LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 27-maydagi 112-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
124-modda. Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari
Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari yuridik shaxs boʻlib, Advokatlar palatasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlar asosida faoliyat koʻrsatadi.
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining rahbarlari Advokatlar palatasining raisi tomonidan lavozimga (tegishli hududda faoliyat koʻrsatayotgan advokatlar orasidan) tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(121 — 124-moddalar Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
13-modda. Malaka komissiyalari
Oldingi tahrirga qarang.
Zarur bilimlar va kasbiy malakalarga ega boʻlgan shaxslarga litsenziyalar berish toʻgʻrisidagi masalani hal etish, advokat qasamyodini qabul qilish maqsadida, shuningdek advokatlarga nisbatan intizomiy ish yuritishni olib borish uchun Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzurida malaka komissiyalari tuziladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Malaka komissiyalari hamkasblari orasida hurmatga sazovor boʻlgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi hududiy boshqarmalarining va adliya organlarining qoʻshma qarorlari bilan tuziladi.
(13-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Malaka komissiyalarining qarorlari ustidan keltirilgan apellyatsiyalarni koʻrib chiqish, malaka komissiyalarining ish amaliyotini umumlashtirish va tahlil qilish uchun Advokatlar palatasi huzurida Oliy malaka komissiyasi tuziladi. Oliy malaka komissiyasining tarkibi hamkasblari orasida hurmatga sazovor boʻlgan advokatlar, shuningdek huquq sohasidagi tajribali mutaxassislar orasidan toq miqdorda Advokatlar palatasi va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining qoʻshma qarori bilan tasdiqlanadi.
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi huzuridagi Oliy malaka komissiyasi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 1920, 14.03.2009).
Malaka komissiyalarining vakolatlari va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Advokatlar palatasi bilan kelishilgan holda belgilanadi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2025-yil 3-iyuldagi 15-mh-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmalari huzuridagi malaka komissiyalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyrugʻi (roʻyxat raqami 3637, 07.07.2025-y.)
(13-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
131-modda. Advokat maqomini toʻxtatib turish
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat maqomini toʻxtatib turish malaka komissiyalarining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
(131-moddaning birinchi qismi birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
advokat advokatlik faoliyati bilan birga olib borib boʻlmaydigan doimiy lavozimga saylanganda yoki tayinlanganda — ish davriga;
Oldingi tahrirga qarang.
taʼlim muassasalariga, shu jumladan kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslariga oʻqishga kirganda — oʻqish davriga, biroq koʻpi bilan uch yilga;
homiladorlik va tugʻish, uch yoshgacha boʻlgan bolani parvarish qilish boʻyicha taʼtillar berilganda — taʼtil vaqtiga;
advokat yoki uning yaqin qarindoshi ogʻir kasalligi sababli vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik tufayli tibbiy xulosa taqdim etilganda — sogʻayguncha, biroq koʻpi bilan bir yilga;
(131-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan uchinchi — beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
advokat qonunchilikda belgilangan tartibda bedarak yoʻqolgan deb topilganda — bedarak yoʻqolgan deb topish haqidagi qaror sud tomonidan bekor qilinguniga qadar boʻlgan davrga;
(131-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
advokat harbiy xizmatga chaqirilganda — harbiy xizmatni oʻtash davriga;
sud tomonidan advokatga nisbatan tibbiy yoʻsindagi majburlov choralarini qoʻllash toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda, agar sudning mazkur qarori ushbu Qonunning 16-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishini tugatish uchun asos boʻlmasa, — tibbiy yoʻsindagi majburlov choralari sud tomonidan bekor qilinguniga qadar yoki oʻzgartirilguniga qadar boʻlgan davrga;
ushbu Qonunning 15-moddasiga muvofiq litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilganda — litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilgan davrga;
advokatlik tuzilmasi tugatilganda yoki advokat undan chiqqanida — advokat tomonidan uch oydan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladigan boshqa advokatlik tuzilmasi tashkil etilguniga qadar yoxud mavjud advokatlik tuzilmalaridan biriga kirguniga qadar boʻlgan davrga.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatda advokatlik faoliyati bilan bir oydan ortiq muddatga shugʻullanishdan ozod qilinishiga qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar mavjud boʻlganda, advokatning maqomi uning arizasiga binoan bunday ozod qilinish muddatiga toʻxtatib turilishi mumkin.
(131-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Advokatlik maqomini toʻxtatib turish haqidagi qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran advokat maqomi toʻxtatiladi.
Adliya organi uch kunlik muddat ichida advokatning guvohnomasini olib qoʻyadi, bundan advokat bedarak yoʻqolgan deb topilgan hol mustasno va Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasiga advokat maqomi toʻxtatilganligi haqida xabar beradi. Advokat maqomining toʻxtatib turilishi advokatning Advokatlar palatasiga aʼzoligi toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat maqomining toʻxtatib turilishi mazkur advokatga nisbatan qonunda nazarda tutilgan kafolatlarning amal qilishi toʻxtatilishiga olib keladi, ushbu Qonun 10-moddasining uchinchi — beshinchi qismlarida hamda “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 6-moddasi toʻrtinchi va beshinchi qismlarida nazarda tutilgan kafolatlar bundan mustasno.
(131-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Advokat maqomi toʻxtatib turilgan shaxs advokat maqomini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan hollar tugatilganidan keyin uch oy ichida advokatlik faoliyatiga kirishishi kerak. Mazkur talabni bajarmaslik litsenziyaning amal qilishi ushbu Qonunning 16-moddasida belgilangan tartibda tugatilishiga sabab boʻladi.
(131-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
14-modda. Advokatning intizomiy javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi unga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanilishiga sabab boʻladi.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Intizomiy ish yuritish malaka komissiyalarining yoki Oliy malaka komissiyasining qarori bilan qoʻzgʻatiladi.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Intizomiy ish yuritishni qoʻzgʻatish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Oldingi tahrirga qarang.
advokatura toʻgʻrisidagi qonunchilikning, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik sirining va advokat qasamyodining advokat tomonidan buzilishi Advokatlar palatasining hududiy boshqarmasi yoki adliya organi tomonidan aniqlanganligi;
(14-modda uchinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
advokatning noqonuniy xatti-harakatlari yuzasidan jismoniy yoki yuridik shaxslarning murojaatlari;
sudning advokatga nisbatan chiqargan xususiy ajrimi.
Intizomiy ish yuritishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha advokatga nisbatan quyidagi intizomiy jazo choralari qoʻllanilishi mumkin:
ogohlantirish (malaka komissiyasining qaroriga asosan);
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyaning amal qilishini olti oygacha muddatga toʻxtatib turish (ushbu Qonun 15-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilariga muvofiq);
(14-moddaning toʻrtinchi qismi uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
litsenziyaning amal qilishini tugatish (ushbu Qonun 16-moddasi ikkinchi qismining ikkinchi, beshinchi va oltinchi xatboshilariga muvofiq).
(14-moddaning toʻrtinchi qismi toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Malaka komissiyasi tomonidan qaror qabul qilinguniga qadar advokat intizomiy ish qoʻzgʻatilishiga sabab boʻlgan shikoyatni bergan shaxs bilan yarashuv choralarini koʻrishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatlik tuzilmalari mehnat intizomini buzganlik uchun advokatga nisbatan mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq intizomiy jazo choralarini qoʻllashga haqli.
(14-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Advokatga nisbatan intizomiy jazo nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan eʼtiboran olti oy oʻtganidan keyin, moliya-xoʻjalik faoliyatini taftish etish yoki tekshirish natijalari boʻyicha esa, advokat tomonidan nojoʻya xatti-harakat sodir etilgan kundan eʼtiboran ikki yil oʻtganidan keyin qoʻllanilishi mumkin emas.
(14-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuniga asosan yettinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15-modda. Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokat jinoiy javobgarlikka tortilgan taqdirda u ayblanuvchi tariqasida jalb etilgan paytdan boshlab va sud hukmi qonuniy kuchga kirguniga qadar yoxud reabilitatsiya qiluvchi asoslarga binoan uni jinoiy javobgarlikdan ozod etish toʻgʻrisida qaror qabul qilinguniga qadar advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan amalga oshiriladi.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokatga guvohnoma bergan adliya organining yoki Advokatlar palatasining murojaatiga koʻra maʼmuriy sudning qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Advokatlar palatasi hududiy boshqarmasining yoki adliya organining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan, shu jumladan advokatning zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklaydigan qarorlari advokat tomonidan bajarilmaganda yoki lozim darajada bajarilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi buzilganligi aniqlanganda.
(15-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish muddati olti oydan oshishi mumkin emas, bundan advokat jinoyat ishida ishtirok etishga ayblanuvchi tariqasida jalb qilingan hol mustasno. Litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turishga olib kelgan holatlarni, agar ular bartaraf etib boʻlmaydigan xususiyatga ega boʻlmasa, koʻrsatilgan muddatda bartaraf etishi shart.
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini toʻxtatib turish advokat maqomining toʻxtatib turilishiga sabab boʻladi.
(15-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16-modda. Litsenziyaning amal qilishini tugatish
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokatga guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat etganda, agar ishonch bildiruvchi shaxs (himoya ostidagi shaxs) buni talab qilsa, ilgari qabul qilingan topshiriqni bajarib boʻlganidan soʻng;
Oldingi tahrirga qarang.
agar litsenziya berish uchun qaror qabul qilinganligi toʻgʻrisida bildirishnoma yuborilgan (topshirilgan) paytdan eʼtiboran uch oy ichida talabgor litsenziya berganlik uchun davlat boji toʻlovini amalga oshirmagan boʻlsa;
(16-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 7-fevraldagi OʻRQ-905-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son)
ushbu Qonun 31-moddasining yettinchi qismida va 131-moddasining oltinchi qismida nazarda tutilgan talablar bajarilmaganda;
advokatning muomala layoqati cheklanganda yoki u belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz deb topilganda;
sudning advokatni jinoyat sodir etishda aybdor deb topish haqidagi ayblov hukmi qonuniy kuchga kirganda;
advokat Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotganda;
advokat vafot etganda yoki sudning uni vafot etgan deb eʼlon qilish haqidagi qarori qonuniy kuchga kirganda.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish maʼmuriy sud tomonidan Oliy malaka komissiyasining xulosasi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining murojaatiga koʻra quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
advokat kasbiga doir vazifalarini olti oy mobaynida uzrsiz sabablarga koʻra bajarmaganda;
litsenziya soxta hujjatlardan foydalanilgan holda olinganligi fakti aniqlanganda;
litsenziya berish toʻgʻrisidagi qarorning gʻayriqonuniy ekanligi aniqlanganda;
litsenziyasining amal qilishi toʻxtatib turilgan shaxs litsenziyaning amal qilishi toʻxtatib turilishiga olib kelgan holatlarni sud tomonidan belgilangan muddatda bartaraf etmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
advokat tomonidan advokatura toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari, Advokatning kasb etikasi qoidalari, advokatlik siri va advokat qasamyodi muntazam ravishda yoki bir marta qoʻpol ravishda buzilganda, advokatning shaʼni va qadr-qimmatiga dogʻ tushiradigan hamda advokaturaning obroʻsini tushiradigan qilmish sodir etilganda.
(16-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham maʼmuriy sud tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
(16-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Litsenziyaning amal qilishini tugatish litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan sanadan eʼtiboran amalga oshiriladi.
Adliya organining litsenziyaning amal qilishini tugatish toʻgʻrisidagi qarori ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Litsenziyaning amal qilishini tugatish advokat maqomining tugatilishiga sabab boʻladi.
Adliya organi uch kunlik muddatda Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini advokatning maqomi tugatilganligi haqida xabardor qiladi, shuningdek tegishli xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladi. Advokat maqomining tugatilishi advokatning Advokatlar palatasiga aʼzoligi tugatilishiga sabab boʻladi.
Ushbu modda ikkinchi qismining beshinchi va oltinchi xatboshilarida nazarda tutilgan asoslarga koʻra litsenziyasining amal qilishi tugatilgan shaxs uch yil mobaynida talabgor boʻlishga haqli emas.
(16-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 11-oktabrdagi OʻRQ-497-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son)
17-modda. Advokatura va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi oʻz vakolatlari doirasida:
advokatlik tuzilmalari va Advokatlar palatasining faoliyatiga koʻmaklashadi;
advokatura faoliyati toʻgʻrisidagi statistik maʼlumotlarni oʻrganadi;
advokatlarning malakasini oshirishga doir tadbirlarni amalga oshirishga koʻmaklashadi;
advokatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek advokatlik tuzilmalari tomonidan taʼsis hujjatlariga, ustavda belgilangan faoliyatiga, qayta roʻyxatdan oʻtish va tugatish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
(17-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-sentabrdagi OʻRQ-566-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son)
order shaklini tasdiqlaydi.
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hammaning foydalanishi uchun ochiq boʻlgan Advokatlarning yigʻma davlat reyestrini yuritadi. Adliya organlari advokatlarning tegishli davlat reyestrlarini yuritadi. Advokatlarning yigʻma davlat reyestrini hamda advokatlarning davlat reyestrini yuritish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.
(17-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi OʻRQ-198-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 52-son, 514-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1996-yil 27-dekabr,
349-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 48-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 37-38-son, 280-modda; 2008-y., 52-son, 514-modda; 2009-y., 39-son, 423-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 12.10.2018-y., 03/18/497/2044-son; 16.01.2019-y., 03/19/516/2484-son; 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 11.09.2019-y., 03/19/566/3734-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 03.02.2022-y., 03/22/749/0101-son; 04.08.2022-y., 03/22/786/0705-son; 10.08.2023-y., 03/23/862/0578-son; 07.02.2024-y., 03/24/905/0106-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son; 28.02.2024-y., 03/24/915/0160-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son)