Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Qarori
BUYRUQ TARTIBIDA ISH YURITISHNI TARTIBGA SOLUVCHI QONUN NORMALARINI QOʻLLASHNING AYRIM MASALALARI TOʻGʻRISIDA
Buyruq tartibida ish yuritishda yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklarni bartaraf etish hamda mazkur tartibda ish yuritishni belgilovchi qonunchilikka ogʻishmay rioya qilinishini taʼminlash maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga muvofiq, Oʻzbekiston Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
1. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, sud buyrugʻi ishni sudda muhokama qilish bilan bogʻliq boʻlmagan birinchi instansiya sudi qarorining alohida turi boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 171-moddasida koʻrsatilgan talablar boʻyicha beriladi va bevosita ijro hujjati kuchiga egadir.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Sudlar nazarda tutishlari lozimki, sud buyrugʻi berish haqidagi talab FPK 33-moddasida belgilangan sudlovga taalluqlilikning umumiy qoidalariga amal qilingan holda sudga beriladi. Shu bilan birgalikda voyaga yetmagan farzandning taʼminoti uchun aliment undirish haqidagi talab undiruvchi yashayotgan joydagi sudga, ijro qilish joyi koʻrsatilgan notarial tasdiqlangan bitimga asoslangan talab ushbu talab bajarilishi lozim boʻlgan joydagi sudga taqdim qilinishi ham mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ariza yozma shaklda va axborot tizimi orqali elektron hujjat shaklida beriladi. Bunda fuqarolik protsessual qonun talabiga koʻra sud buyrugʻi berish haqidagi arizaning shakli va mazmuniga qoʻyilgan talablar daʼvo arizaga (FPK 189-moddasi) qoʻyilgan talablarga oʻxshash ekanligini nazarda tutish lozim. Shu bilan birgalikda buyruq tartibida ish yuritish undiruvchining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishning soddalashtirilgan usuli ekanligidan kelib chiqib, sudlar sud buyrugʻi berish haqida arizani qabul qilishda undiruvchining vakili tomonidan berilgan arizada vakilning nomi va manzili koʻrsatilishi shart emasligini nazarda tutishlari lozim. Undiruvchi tomonidan vakilga sud buyrugʻini olish va ijroga qaratish vakolati berilgan holatlar bundan mustasno.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
5. Sudlarga tushuntirilsinki, buyruq tartibida ish yuritish sud muhokamasini istisno qilishi sababli koʻchar mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisida sud buyrugʻi berish haqidagi arizada ushbu mol-mulkning qiymati koʻrsatilishi lozim (FPK 172-moddasi toʻrtinchi qismi), shuningdek, qarzdorlikni undirish toʻgʻrisidagi sud buyrugʻi berish haqidagi arizada tegishincha qarzdorlik vujudga kelgan davr koʻrsatilishi lozim (FPK 172-moddasi ikkinchi qismi 5-bandi).
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, FPK 194-moddasi bilan daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish uchun belgilangan umumiy asoslari bilan bir qatorda, agar:
Oldingi tahrirga qarang.
qarzdor Oʻzbekiston Respublikasi sudlari yurisdiksiyasi doirasidan chetda boʻlsa;
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
arizani va undiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganishda huquq toʻgʻrisida nizo borligi aniqlangan boʻlsa;
arz qilingan talab FPK 171-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa, sudya sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Sud buyrugʻi berish haqidagi arizada Oʻzbekiston Respublikasi FPKning 171-moddasida belgilangan talab bilan birgalikda qarzdor tomonidan tan olinmagan talablar qoʻyilgan boʻlib, ularni alohida koʻrish imkoni boʻlmasa, Oʻzbekiston Respublikasi FPK 175-moddasi birinchi qismining 3-bandiga muvofiq sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ariza qabul qilishdan rad etilishi va undiruvchiga daʼvo ariza bilan sudga murojaat qilish huquqi tushuntirilishi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi 39-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
9. FPK 171-moddasida nazarda tutilgan talablar boʻyicha undiruvchi sud buyrugʻi berish haqidagi ariza bilan yoki daʼvo talabi tartibida murojaat qilishga haqli. Mazkur holatda sud daʼvo talabini qabul qilish va ishni daʼvo tartibida koʻrishni rad qilishga haqli emas.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. Sudya FPK 171-moddasida koʻrsatilgan talablar boʻyicha faqatgina ushbu talab hujjat asosida tasdiqlangan hamda talab yuzasidan qarzdor tomonidan eʼtiroz bildirilmagan taqdirda sud buyrugʻi berish mumkin. Shunga koʻra, undiruvchi taraflar oʻrtasida daʼvo tartibida hal qilinishi lozim boʻlgan huquq toʻgʻrisida nizo mavjud emasligi haqidagi oʻz talabini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilishi shart.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning ikkinchi — beshinchi xatboshilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Sudlarning eʼtibori qaratilsinki, FPK 171-moddasining 4-bandiga asosan, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish haqidagi talab boʻyicha sud buyrugʻi arz qilingan talab otalikni belgilash yoki uchinchi shaxslarni jalb etish zarurati bilan bogʻliq boʻlmasa beriladi.
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Bunda sudlar, birgina otalikni belgilash haqidagi talab arz qilingan holda emas, balki shu bilan birgalikda ikkinchi taraf tomonidan otalik (onalik)ka nisbatan eʼtiroz bildirilgan hollarda ham sud buyrugʻi berish mumkin emasligini nazarda tutishlari lozim. Ushbu holatlarning barchasi nizo mavjudligidan dalolat berib, sud buyrugʻi berishni istisno etadi. Shuningdek, Oila kodeksi 102-moddasining 2-qismiga asosan voyaga yetmagan farzand taʼminoti uchun qatʼiy summada aliment undirish haqidagi talab ham sud buyrugʻi tartibida koʻrilishi mumkin emas.
12. Oila kodeksi 136-moddasining 3-qismi talabiga koʻra voyaga yetmagan bolalar uchun aliment sudga murojaat etilgan paytdan boshlab undirilishini eʼtiborga olib, voyaga yetmagan bolalar uchun aliment undirish talabida oʻtgan davr uchun ham aliment undirish talabi qoʻyilgan boʻlsa, oʻtgan davr uchun aliment undirish haqidagi talab Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksi 136-moddasining 4-qismida koʻrsatilgan holatlar aniqlangandagina qanoatlantirilishi mumkinligidan kelib chiqib, sud talab berilgan kundan boshlab aliment undirish haqida sud buyrugʻi berib, oʻtgan davr uchun aliment undirish qismi boʻyicha esa undiruvchiga daʼvo tartibida sudga murojaat qilishi huquqini tushuntiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. FPK 174-moddasiga muvofiq, sud buyrugʻi berish toʻgʻrisida ariza berilganda qonun hujjatlarida daʼvo ish yuritish tartibi uchun belgilangan tartib va miqdorda davlat boji undiriladi.
(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda undiruvchi tomonidan toʻlangan davlat boji qaytarib beriladi. Sud buyrugʻi bekor qilingan taqdirda toʻlangan davlat boji qaytarib berilmaydi, balki u undiruvchi qarzdorga nisbatan daʼvo ishi yuritish tartibida ariza bilan sudga murojaat etgan taqdirda toʻlanishi lozim boʻlgan boj hisobiga oʻtkaziladi.
14. Umumiy qoida boʻyicha sud majlisida ishtirok etishga jalb qilinmagan tarafga nisbatan chiqarilgan sud qarorlari chet davlatlar tomonidan, shuningdek, chet davlatlarning shu tartibda qabul qilingan sud qarorlari Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan tan olinmaydi va ijro qilinmaydi. Bir vaqtning oʻzida ijro hujjati ham boʻlgan sud buyrugʻini berish taraflarni sud majlisiga chaqirib, ularning tushuntirishlarini eshitish imkoniyatidan mahrum qilishi sababli qarzdorning yashash joyi yoki joylashgan manzili Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida ekanligi sud buyrugʻini berish haqidagi arizani qabul qilishni rad etish uchun ham asos boʻladi. Bunday holda, undiruvchining huquqlari qarzdorga sud majlisi oʻtkazilishi vaqti va joyi toʻgʻrisida xabar berilgan holda ishni sud muhokamasida koʻrish orqali himoya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. Agar ariza FPK 172-moddasi talablariga javob bermasa va unga arz qilingan talabni tasdiqlovchi hujjatlar, shuningdek, belgilangan miqdorda davlat boji va pochta xarajatlari toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, sudya sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qaytaradi va bu haqda ajrim chiqaradi.
Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi arizaning qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar bartaraf etilganidan keyin sudga qaytadan murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi (FPK 176-moddasi).
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish haqidagi (FPK 175-moddasi), shuningdek, sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi arizani qaytarish (FPK 176-moddasi) haqidagi ajrim ariza sudga kelib tushgan kundan boshlab uch kunda chiqarilishi va mazmuni boʻyicha FPK 194, 195-moddalari talablariga javob berishi shart.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish undiruvchini shu talab boʻyicha sudga daʼvo tartibida murojaat qilish huquqidan mahrum qilmasligi sababli, sudlar shuni nazarda tutishi lozimki, sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat berilmaydi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
19. Sudlar sud buyrugʻini berishda FPK 178-moddasida uning mazmuniga qoʻyilgan talablarga amal qilishi lozim.
Xususan, sud buyrugʻida talabni qanoatlantirishga asos boʻlgan moddiy huquq normasi koʻrsatilishi shart. Sud buyrugʻining yozuvidagi xatolarni va ochiq koʻrinib turgan arifmetik xatolarni tuzatish sudning tashabbusi yoxud undiruvchining yoki qarzdorning arizasi boʻyicha sudning ajrimiga asosan amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Tushuntirilsinki, FPK 179-moddasida nazarda tutilgan sud buyrugʻining nusxasini qarzdorga darhol yuborish tartibi, shuningdek, FPK 181-moddasida koʻrsatilgan sud buyrugʻini bekor qilish asoslari qarzdor huquqlarining kafolatidir.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
21. Agar oʻn kunlik muddatda qarzdor tomonidan arz qilingan talabga nisbatan eʼtiroz berilsa, sudya oʻz ajrimi bilan sud buyrugʻini bekor qilishi shart. Shu bilan birga, sudya buyruqni bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimda undiruvchiga arz qilgan talabi boʻyicha daʼvo ishlarini yuritish tartibida murojaat qilish huquqini tushuntiradi. Sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrimning nusxalari ajrim chiqarilganidan keyin uch kundan kechiktirilmay taraflarga yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Sudlar, sud buyrugʻi tartibidagi ishlar boʻyicha davlat boji miqdorini belgilashda FPK 129-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2024-yil 16-dekabrdagi “Fuqarolik ishlari boʻyicha sud xarajatlarini undirish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarorida bayon etilgan tushuntirishlarga asoslanishlari lozim.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2025-yil 29-apreldagi 10-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
23. Sud buyrugʻiga nisbatan eʼtiroz bildirish uchun qonunda belgilangan oʻn kunlik muddatning qarzdor tomonidan oʻtkazib yuborilganligi sud tomonidan uzrli deb topilgan taqdirda, sud uning iltimosnomasiga asosan ushbu muddatni tiklashi mumkin. Muddatni tiklash haqida iltimosnoma bilan murojaat qilinmasdan turib, muddat oʻtkazilgandan soʻng berilgan eʼtirozlar sud tomonidan koʻrilmaydi va muallifga qaytariladi.
(23-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
Oldingi tahrirga qarang.
24. FPK 181-moddasida koʻrsatilgan qarzdor tomonidan eʼtirozlar taqdim qilinishi mumkin boʻlgan oʻn kunlik muddat protsessual muddatlar toifasiga kirishligi sababli ushbu muddatlarga nisbatan FPK 15-bobida koʻrsatilgan talablar qoʻllanilishi, shu jumladan, oʻtkazilgan muddatni tiklash haqidagi arizani rad etish toʻgʻrisidagi ajrimga nisbatan FPK 155-moddasiga muvofiq xususiy shikoyat keltirish mumkinligiga sudlarning eʼtibori qaratilsin.
(24-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 17-sonli qarori tahririda)
25. Mazkur institutning sud hokimiyati samaradorligini oshirishdagi va sud ishini soddalashtirishdagi muhim ahamiyatini inobatga olib, sudlarga sud buyrugʻi berish amaliyotini muntazam ravishda umumlashtirib borish tavsiya qilinsin.
2006-yil 3-fevral,
4-son