1-ILOVA
T/r | 2026-yil 1-yanvargacha qoʻllab-quvvatlash choralari | 2026-yil 1-yanvardan qoʻllab-quvvatlash choralari | |||
Maqsadi | Asos | Masʼul vakolatli organ | Maqsadi | Masʼul vakolatli organ | |
1. | Paxta yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni (tomchilatib sugʻorish) joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni (tomchilatib sugʻorish) joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
2. | Paxta yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni (diskretli sugʻorish) joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi | |||
3. | Dukkakli ekinlar yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |||
4. | Moyli ekinlar yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |||
5. | Poliz ekinlar yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |||
6. | Sabzavot, koʻkatlar va karam yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |||
7. | Kartoshka yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |||
8. | Ozuqabop ekinlar yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |||
9. | Dorivor ekinlar yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |||
10. | Donli (gʻalla va yormabop) ekinlar yetishtirish uchun suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish uchun subsidiya. | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |||
11. | Yangi intensiv bogʻ va tokzorlarda suv tejamkor texnologiyani joriy etish uchun sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | ||
12. | Lalmi va yaylov yer uchastkalarida tomchilatib va yomgʻirlatib sugʻorish texnologiyasini joriy qilish uchun ozuqabop ekinlar yetishtiruvchilarning sugʻorish tik quduqlarini burgʻilash bilan bogʻliq xarajatlarini qoplab berish. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qarori | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi | Katta va kichik hajmdagi quduqlarni burgʻilash va daryolar, kanallar va boshqa suv obyektlaridan suv chiqarish vositalarini sotib olish va oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplash | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
13. | Yangi intensiv bogʻ va tokzorlarda burgʻilangan quduq qazish xarajatlarining bir qismini qoplash | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | ||
14. | Yangi intensiv bogʻ va tokzorlarda suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasi qurish xarajatlarining bir qismini qoplash. | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | |||
15. | Dorivor oʻsimliklarning madaniy plantatsiyalariga suv chiqarish uchun burgʻilanadigan quduq qazish maqsadida nasos stansiyasini qurish xarajatlarining bir qismini qoplash. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 20-maydagi PF-139-son Farmoni | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | ||
16. | Yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga moliyaviy yordam berish. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 368-son qarori | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi | ||
17. | Boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalarini sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 315-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan yer maydonlarini sugʻorishda foydalaniladigan nasos agregatlarini muqobil energiya manbalari bilan taʼminlash xarajatlarining bir qismini qoplash | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
18. | Boshoqli don ekin maydonlarini sugʻorish uchun koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash. | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |||
19. | Paxta maydonlarini sugʻorish uchun koʻchma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlaring bir qismini qoplash. | Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi | |||
20. | Kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan yer maydonlarini sugʻorishda foydalaniladigan nasos agregatlarini ishlatishda quyosh panellarini oʻrnatish xarajatlarining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlanmoqda | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | ||
21. | Uzumchilik, bogʻdorchilik, issiqxona xoʻjaliklarini yurituvchi va vinochilik subyektlarini davlat tomonidan moliyaviy qoʻllab-quvvatlash. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | ||
22. | Xorijiy davlatlardan nasldor qoramollarni import qilishda xarajatlar oʻrnini qisman qoplash uchun beriladigan mablagʻ ajratish. | Vazirlar Mahkamasining 2024 fil 26-yanvardagi 52-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Import qilingan chorva mollari va parrandalar uchun subsidiya ajratish | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
23. | Xorijiy davlatlardan nasldor qoʻylarni import qilishda xarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun beriladigan mablagʻ ajratish. | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |||
24. | Xorijiy davlatlardan nasldor echkilarni import qilishda xarajatlarning oʻrnini qisman qoplash uchun beriladigan mablagʻ. | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | |||
25. | Parrandachilik xoʻjaliklari tomonidan import qilingan bir kunlik nasldor joʻjalar uchun mablagʻ ajratish. | Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 12-maydagi 280-son qarori | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi | ||
26. | Uzum koʻchatlarini shpalerga (yogʻoch va boshqa sinuvchan ustunlardan tashqari) koʻtarish xarajatlarining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Xoʻraki va sanoatbop uzum koʻchatlarini shpalerga koʻtarish xarajatlarining bir qismini qoplash |
|
27. | Muqobil energiya orqali ishlaydigan isitish tizimini joriy etgan limon yetishtiruvchilarni, shuningdek, yangi limonzorlarni barpo etish va koʻchatlar xarid qilishni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlash. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 24-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Limon koʻchatlari, intensiv meva va xoʻraki tok koʻchatlari hamda mahalliy sharoitda “in-vitro” usulida yetishtirilgan har bir dona tok koʻchati va payvandtagli tok koʻchati uchun xarajatlarning bir qismini qoplash | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
28. | Payvandtagli meva koʻchatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-iyuldagi 468-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | ||
29. | Danaksiz va yangi nav tok koʻchatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash. | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | |||
30. | Mahalliy tok koʻchatlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash. | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | |||
31. | Dala chetlari va kanal atrofidagi maydonlarga ekish xarajatlarining bir qismini qoplash. | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | |||
32. | Limon yetishtirishda muqobil energiya (tabiiy gazga nisbatan) qurilmalari qiymatining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 17-yanvardagi 24-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Issiqxona xoʻjaliklarida muqobil energiya va koʻmir qozonlari qiymatining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
33. | Sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash xarajatlarining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-noyabrdagi 632-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash uchun subsidiya (Qoraqalpogʻiston Respublikasi uchun) ajratish | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
34. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etganlarga sovitkichli sigʻimlarning elektr energiyasi isteʼmoli xarajatlarining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-noyabrdagi 632-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Qoraqalpogʻiston Respublikasi sovitkichli sigʻimlar uyushmasiga aʼzo subyektlarga kooperatsiya tashkil etgan holda, sovitkichli sigʻimlarni qurish va jihozlash | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
35. | Uzum (mayiz) quritish va qadoqlash liniyalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Uzum (mayiz) quritish va qadoqlash liniyalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
36. | Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimini joriy qilish hamda zarur boʻlgan uskuna va laboratoriya jihozlarini xarid qilish xarajatlarini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Oziq-ovqat sanoatida boshqaruv tizimini qoʻllab-quvvatlash | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
37. | Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtiruvchi fermerlarning nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 320-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Paxta xomashyosi va boshoqli don, kartoshka yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarining nasos agregatlari va sugʻorish quduqlari isteʼmol qilgan elektr energiyasi qiymatini qoplash | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
38. | Kartoshka yetishtiruvchilar tomonidan yer maydonlarini sugʻorishda foydalaniladigan oʻz balansidagi nasos agregatlari sarflaydigan elektr energiyasi xarajatlarining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasi tayyorlanmoqda | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | ||
39. | Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 2-iyuldagi 373-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Qishloq xoʻjaligi subyektlariga qishloq xoʻjaligi ekinlari hosilini sugʻurtalashda sugʻurta mukofoti uchun toʻlov xarajatlarining bir qismini qoplash | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
40. | Qoraqalpogʻiston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish. | Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-iyundagi 348-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Qoraqalpogʻiston Respublikasining paxta, boshoqli don va sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari uchun subsidiya ajratish | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
41. | Xorazm viloyatining sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari hamda sholi ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunasi uchun subsidiya ajratish. | Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-fevraldagi 97-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Xorazm viloyatining sholi yetishtiruvchi subyektlariga lazerli qurilmaga ega yer tekislagich agregatlar bilan yer tekislash xarajatlari xamda sholi ekish seyalkalari va koʻchatlab ekish uskunasi uchun subsidiya ajratish | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
42. | Issiqxona xoʻjaliklariga xorijdan malakali agronom, entomolog va laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining 50 foizini, biroq 1 oyga 1 nafar mutaxassis uchun 1000 AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Xorijiy agronom ish haqining 50 foizi biroq 1000 AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismini subsidiyalash | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
43. | Xorijiy agronom ish haqining 50 foizi biroq 1000 AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismini subsidiyalash. | Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 410-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | ||
44. | Koʻmir qozonini xarid qilganda 20 foiz qiymatini qoplab berish boʻyicha subsidiya ajratish. | Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9-iyuldagi 400-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Koʻmir qozonini xarid qilganda 20 foiz qiymatini qoplab berish boʻyicha subsidiya ajratish | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
45. | Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq BHMning 50 barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratish. | Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 24-fevraldagi 109-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi | Qishloq xoʻjaligida foydalanilmayotgan har bir gektar yerni foydalanishga kiritish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi, biroq BHMning 50 barobaridan oshmagan miqdorda subsidiya ajratish | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
46. | Agrobank tomonidan suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish uchun ajratiladigan tijorat krediti foiz xarajatlarining 14 foizdan oshgan qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish. | Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Suvni tejaydigan texnologiyalarga ajratiladigan tijorat krediti foiz xarajatining 14 foizdan oshgan qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
47. | Xorijdan olib kelinadigan va respublikamizda ishlab chiqarilgan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlari qiymatining 30 foiz miqdorida subsidiya ajratish. | Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-son qarori | Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Qishloq xoʻjaligi texnikasi va agregati qiymatining bir qismini qoplash | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
48. | Qishloq xoʻjaligi korxonalari tomonidan mahalliylashtirish darajasi 25 foizdan kam boʻlmagan holda qishloq xoʻjaligi texnikalari xarid qilinganida texnika narxining 15 foiziga subsidiya ajratish. | Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qarori | Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | ||
49. | Yangi qishloq xoʻjaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda, ularning foiz xarajatlarini bir qismini qoplash. | Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Yangi qishloq xoʻjaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda, ularning foiz xarajatlarini bir qismini qoplash | ||
50. | Avtopilot uskunasini xarid qilish uchun ajratiladigan kredit boʻyicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplash. | Qishloq xoʻjaligini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi | Avtopilot uskunasini xarid qilish uchun ajratiladigan kredit foiz xarajatlarining bir qismini qoplash | ||
51. | Qishloq xoʻjaligi korxonalari, shu jumladan, chorvachilik xoʻjaliklari, fermer va dehqon xoʻjaliklarini sugʻorish uchun foydalaniladigan nasos agregatlarini muqobil energiya bilan taʼminlash maqsadida quyosh panellari oʻrnatish uchun tijorat banklari tomonidan milliy valyutada ajratilgan yoki kelgusida ajratiladigan tijorat kreditlarining 14 foiz punktidan yuqori, biroq 10 foiz punktidan oshmagan qismini subsidiya sifatida qoplash. | Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi tayyorlanmoqda | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Nasos agregatlarini uchun quyosh panellari oʻrnatish uchun tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlarining 14 foiz punktidan yuqori, biroq 10 foiz punktidan oshmagan qismini subsidiya sifatida qoplash | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
52. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash | Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
2-ILOVA
T/r | Subsidiyalar turi | Asos | Vakolatli organ | Izoh |
1. | Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari uchun subsidiya. | Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 20-fevraldagi 97-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 2025-yilda talabnoma kelib tushmagan |
2. | Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-yanvardagi 37-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Ushbu yoʻnalishga Davlat budjetidan mablagʻ olish rejalashtirilmagan |
3. | Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish va yetkazib berish tizimini joriy qilish hamda zarur boʻlgan uskuna va laboratoriya jihozlarini xarid qilish xarajatlarini qoplab berish. | Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan |
4. | Eksportni amalga oshiruvchi mahalliy korxonalar tomonidan injener-texnolog, marketolog, dizayner va xalqaro standartlar boʻyicha xorijiy mutaxassislar jalb qilinganda, ularga hisoblangan ish haqining bir qismini qoplab berish. | Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan |
5. | Qorakoʻlchilik subyektlarida yetishtirilib, eksport qilingan qorakoʻl teri uchun subsidiya. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 368-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan |
6. | Qorakoʻlchilik subyektlarida yetishtirilib, eksport qilingan qorakoʻlcha teri uchun subsidiya. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 368-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan |
7. | Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-yanvardagi 37-son qarori | Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi | Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan |
8. | Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-yanvardagi 37-son qarori | Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi | |
9. | Oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-yanvardagi 37-son qarori | Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi | |
10. | Uzumchilik va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda tabiiy vino va brendi eksporti xarajatlarining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan |
11. | Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatida suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishda milliy valyutada ajratilgan kreditlar boʻyicha foiz stavkasining 10 foizdan oshadigan, lekin 14 foizdan koʻp boʻlmagan qismini qoplash uchun kompensatsiya. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi PQ-5-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan |
12. | Meva-sabzavotchilik klasterlariga (kooperatsiyalarga) xorijdan malakali agronom, entomolog, laboratoriya mutaxassislarini jalb qilish xarajatlarining bir qismini kompensatsiya qilish. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-dekabrdagi PQ-52-son qarori, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-iyuldagi 410-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan |
13. | Qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qoʻllash xarajatlarining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 460-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan |
14. | Respublika hududidagi gidrografik obyektlarni raqamlashtirish va ularning elektron xaritalarini yaratish uchun xarajatlar. | Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyundagi PQ-273-son qarori | Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi | Gidrografik obyektlarning elektron xaritalarini yaratish toʻliq yakunlangan |
15. | Uzumchilik va vinochilik mahsulotlarini ishlab chiqarishda vinochilik asbob-uskunalarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash. | Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 10-iyundagi 327-son qarori | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | Ushbu yoʻnalishga talabgorlardan ariza kelib tushmagan |
16. | Xoʻraki uzum uchun burgʻilangan quduq qazish xarajatlarining bir qismini qoplash. | |||
17. | Xoʻraki uzum uchun suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasi qurish xarajatlarining bir qismini qoplash. | |||
18. | Sanoatbop uzum uchun burgʻilangan quduq qurish xarajatlarining bir qismini qoplash. | |||
19. | Sanoatbop uzum uchun suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasi qurish xarajatlarining bir qismini qoplash. | |||
20. | Sanoatbop uzum uchun tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish xarajatlarining bir qismini qoplash. | |||
21. | Xoʻraki uzum uchun tomchilatib sugʻorish tizimini joriy qilish xarajatlarining bir qismini qoplash. | |||
22. | Mahalliy yetishtirilgan intensiv koʻchatlar va payvandtaglarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash. | |||
23. | Klasterlar tomonidan eksport qilingan har bir litr uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravishda achitilgan tabiiy vino hamda brendi uchun subsidiya. |
3-ILOVA
T/r | Chora-tadbirlar | Amalga oshirish shakli | Muddati | Masʼullar |
1. | Agrar sohada toʻlovlar agentligi tashkiliy tuzilmasi va Agentlik toʻgʻrisidagi nizom loyihasini ishlab chiqish. | 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish: Agrar sohada toʻlovlar agentligi tashkiliy tuzilmasini tasdiqlash. Bunda Qishloq xoʻjaligi vazirligi markaziy apparati shtat birliklari (ichki audit) hisobidan davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash choralari boʻyicha monitoringni amalga oshiruvchi boʻlinma faoliyatini tashkil etishni nazarda tutish; | 2025-yil dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
Agentlik toʻgʻrisidagi nizom; mustaqil ekspertlarning faoliyatini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. 2. Qaror loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil dekabr | |||
2. | Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash ishlarini tizimli tashkil qilish. | 1. Qishloq xoʻjaligi sohasiga jalb qilinadigan grant mablagʻlari hisobidan xorijiy ekspertlarni jalb qilish. | 2026-yil iyun | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
2. Ekspertlar bilan birgalikda qoʻllab-quvvatlash choralarini tahlil qilish va 2027-yildan boshlab saqlab qolinadigan choralarning turlarini belgilash. | 2026-yil oktabr | |||
3. Tahlil natijalariga asosan tegishli meʼyoriy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2026-yil noyabr | |||
3. | Qoʻllab-quvvatlash choralarining samaradorlik koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, ijrosini monitoring va tahlil qilish hamda natijadorligini oshirish yoki ularni bekor qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish. | 1. Qoʻllab-quvvatlash choralari samaradorligi va natijadorligi, ularni koʻrishda yuzaga kelayotgan muammolarni oʻrganish. | Doimiy | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
2. Oʻrganish natijalari va qoʻllab-quvvatlash choralarini koʻrishda yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | Har chorak yakuni bilan | |||
4. | “Agrosubsidiya” AT platformasini davlat organlari va tashkilotlarining axborot tizimlariga integratsiya qilish va maʼlumotlarni doimiy ravishda qonunchilikka muvofiq begʻaraz asosda taqdim etib borish tartibini oʻrnatish. | 1. “Agrosubsidiya” ATga integratsiya qilinadigan vazirlik va idoralarning axborot tizimlari roʻyxatini shakllantirish. | 2025-yil noyabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Agrar sohada toʻlovlar agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar |
2. Integratsiya qilish boʻyicha texnologik yoʻriqnomalarni ishlab chiqish va tasdiqlash. | 2025-yil noyabr | |||
3. Texnologik yoʻriqnomalarga asosan tegishli axborot tizimlarini integratsiya qilish. | 2025-yil dekabr | |||
5. | Qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sohalarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlariga subsidiya mablagʻlarini ajratish boʻyicha mobil ilovani yaratish. | 1. Arizalarni taqdim etish, ularni kuzatish va subsidiya mablagʻlarini ajratish boʻyicha Agrosubsidiya mobil ilovasi va SMS xabarnoma tizimini yaratish boʻyicha texnik topshiriqlarni ishlab chiqish. | 2026-yil iyun | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Agrar sohada toʻlovlar agentligi, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” MCHJ |
2. Arizalarni taqdim etish, ularni kuzatish va subsidiya mablagʻlarini ajratish boʻyicha SMS xabarnomaga asoslangan Agrosubsidiya mobil ilovasini ishga tushirish. | 2026-yil avgust | |||
6. | Agentlikka vazirlik va idoralarning shtat birliklarini maqbullashtirish hisobiga 23 ta shtat birligi ajratish. | 1. Vazirlik va idoralarning shtat birliklarini maqbullashtirish. 2. Maqbullashtirilgan shtat birliklari hisobidan Agentlikka 23 ta shtat birligi ajratish. | 2025-yil dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
7. | Agentlik hamda Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasining faoliyatini tubdan yaxshilash hamda xodimlariga shart-sharoitlar yaratish uchun bino va zaruriy jihozlar bilan taʼminlash. | 1. Agentlikning Toshkent shahri Yakkasaroy tumani Sh. Rustaveli koʻchasi 8-uy manzilida bepul foydalanish huquqi asosida joylashtirilishini taʼminlash. | 2025-yil noyabr | Savdo-sanoat palatasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
2. Agentlik hamda Qishloq xoʻjaligi sugʻurtasi jamgʻarmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun zarur boʻlgan jihozlar va boshqa asosiy vositalar xaridi uchun Tarmoqlarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi hisobidan mablagʻ ajratish. | 2025-yil noyabr | |||
8. | Qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish. | Qonunchilik hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish. | 2025-yil dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
Ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjat loyihasini Vazirlar Mahkamasiga kiritish. | 2025-yil dekabr | |||
9. | Qishloq xoʻjaligi sohasidagi subsidiyalarni toʻlash jarayonlarini soddalashtirish, raqamlashtirish va ularning samaradorligini baholash mexanizmlarini belgilash boʻyicha xorijiy tajribalarni oʻrganish. | 1. Xorijiy tajribani oʻrganish boʻyicha tegishli vazirlik idoralardan iborat ishchi guruh tuzish. | 2025-yil dekabr | Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Agrar sohada toʻlovlar agentligi, Tashqi ishlar vazirligi |
2. Ispaniya, Portugaliya, Niderlandiya va Chexiya davlatlaridagi qishloq xoʻjaligida toʻlovlar agentliklari faoliyati tashkil etish boʻyicha tajribalarni oʻrganish. | 2026-yil yanvar | |||
3. Oʻrganish natijalari yuzasidan asoslangan takliflarni Prezident Administratsiyasiga kiritish. | 2026-yil mart | |||
10. | Agrar sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan oʻzgartirish boʻyicha maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish. | Agrar sohani davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan oʻzgartirish boʻyicha maʼlumotlarni keng jamoatchilikka muntazam ravishda yetkazish, joylarda tushuntirish ishlarini olib borish, tadbirkorlik subyektlariga yuzaga kelayotgan masalalar boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish. | 2025-yil noyabr | Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Agrar sohada toʻlovlar agentligi |
4-ILOVA
T/r | Vazirlik va idoralar nomi | Qisqartiriladigan shtat birliklari |
1. | Qishloq xoʻjaligi vazirligi | 6 ta |
2. | Suv xoʻjaligi vazirligi | 4 ta |
3. | Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qoʻmitasi | 5 ta |
4. | Oʻsimliklar karantini va himoyasi agentligi | 5 ta |
5. | Agrosanoatni rivojlantirish agentligi | 3 ta |
Jami | 23 ta | |