Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 06.07.2022 yildagi 368-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Chorvachilik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash sohasidagi ayrim normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida pillachilik va qorako‘lchilikni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 2-sentabrdagi PF-6059-son Farmoni, “Qorako‘lchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 9-fevraldagi PQ-4984-son hamda “Respublikada mavjud yaylovlardan unumli foydalanish, ipak va junni qayta ishlashni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyuldagi PQ-5178-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Subsidiya berish yuzasidan arizani kiritish va ko‘rib chiqish shartlari, qaror qabul qilish va subsidiya berish tartibini nazarda tutuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorako‘lchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorako‘l va qorako‘lcha teri uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-sonli qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan chiqariladi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorako‘lchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlar uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi bilan birgalikda “2022-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 6-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
368-son

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 368-son qaroriga
1-ILOVA

Qorako‘lchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorako‘l va qorako‘lcha teri uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom eksportbop qorako‘l va qorako‘lcha teri yetishtirib, eksport qiluvchi qorako‘lchilik subyektlariga subsidiya berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:

subsidiya — eksportbop qorako‘l va qorako‘lcha teri yetishtirib, eksport qiluvchi qorako‘lchilik subyektlariga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan moliyaviy yordam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorako‘lchilik subyektlari — qorako‘l zotli qo‘ylarni parvarish qiluvchi hamda qorako‘l va qorako‘lcha teri yetishtirish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorako‘l teri — qorako‘l zotiga mansub ona (sovliq) qo‘ylardan tug‘ilgan qo‘zilardan olinadigan xomashyo;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorako‘lcha teri — asosiy podaga yaroqsiz ona (sovliq) qo‘ylarni bo‘rdoqiga boqib va urug‘lantirib, bo‘g‘ozlikning 130-135 kunligida so‘yilishi natijasida olinadigan xomashyo.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qorako‘l va qorako‘lcha terini o‘zi yetishtirmasdan aholi va boshqa qorako‘lchilik subyektlaridan xarid qilgan yoki qorako‘l va qorako‘lcha terini eksportga yo‘naltirmagan qorako‘lchilik subyektlariga subsidiya berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida beriladi.

2-bob. Subsidiya berish shartlari

6. Qorako‘l va qorako‘lcha teri yetishtirib, eksportga yo‘naltiruvchi qorako‘lchilik subyektlari subsidiya oluvchilar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qorako‘l va qorako‘lcha teri yetishtirib, eksport qiluvchi qorako‘lchilik subyektlariga har moliya yilida keyingi moliya yiliga qadar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan quyidagi miqdorda bir martalik subsidiya beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorako‘lchilik subyektlarida yetishtirilib, eksport qilingan har bir dona qorako‘l teri uchun 50 ming so‘mdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorako‘lchilik subyektlarida yetishtirilib, eksport qilingan har bir dona qorako‘lcha teri uchun 75 ming so‘mdan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarini shakllantirishda subsidiya oluvchilarga subsidiya berish uchun zarur mablag‘larni hisobga oladi.

3-bob. Subsidiya berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi

9. Qorako‘lchilik subyektlari O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) subsidiya berishni so‘rab mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

qorako‘l va qorako‘lcha terini eksport qilish bo‘yicha eksport shartnomasi nusxasi;

eksport shartnomasi bo‘yicha qorako‘lchilik subyekti hisobvarag‘iga kelib tushgan pul o‘tkazmalari haqidagi bank ma’lumotnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga bevosita, elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etiladi.

11. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.

12. Qorako‘lchilik subyektlaridan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qo‘mita eksport qilingan mahsulotlar hisob-faktura hujjatlari nusxalarini davlat bojxona xizmati organlaridan tegishli so‘rovnomalar yuborish orqali oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga bevosita taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmasa, ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmasa, Qo‘mita ariza kelib tushgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida ariza beruvchiga tegishlicha elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali arizani ko‘rib chiqish rad etilganligi to‘g‘risida javob xatini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda, Qo‘mita ariza kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida qorako‘lchilik subyektlari tomonidan yetishtirilgan hamda eksport qilingan qorako‘l va qorako‘lcha teri sonini o‘rganadi hamda natijasi bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qilib, bir ish kunida ariza beruvchiga bu haqda xabar yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Subsidiya berish to‘g‘risidagi xabarda subsidiya summasi ko‘rsatilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qorako‘lchilik subyektiga subsidiya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorako‘lchilik subyektining mazkur Nizomda belgilangan talablarga mos kelmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorako‘lchilik subyekti tomonidan soxta hujjatlar taqdim etilganligi yoki hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Mazkur Nizomning 14-bandida qayd etilganidan boshqa asoslarda subsidiya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Subsidiya berish rad etilgan qorako‘lchilik subyekti xabarda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda subsidiya olish uchun Qo‘mitaga ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar Qo‘mita tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.

21. Subsidiya oluvchining arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Subsidiyani berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qo‘mita subsidiya berish to‘g‘risida xulosa qabul qilingandan so‘ng bir ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya berish to‘g‘risida buyurtmanomani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir ish kuni ichida buyurtmanomada ko‘rsatilgan mablag‘larni Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar bir ish kuni ichida subsidiya oluvchilarning tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Moliya yili yakuni bo‘yicha Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar

26. Qo‘mita tomonidan subsidiya berilgan qorako‘lchilik subyektlari reyestri yuritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Reyestrdagi ma’lumotlar o‘zgargan hollarda, Qo‘mita tomonidan uch ish kuni ichida unga tegishli yozuvlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qo‘mita ma’lumotlarning reyestrga to‘g‘ri, o‘z vaqtida kiritilishi va yangilab borilishiga mas’ul hisoblanadi.

281. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash bo‘yicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi baholanadi. Bunda:

subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning qorako‘l va qorako‘lcha terilarini yetishtirish hamda eksport qilish hajmi oshganda, subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi “ijobiy”;

subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
(281-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son)

29. Subsidiya oluvchilarga beriladigan subsidiyaning Qo‘mita tomonidan yetkazilishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)

30. Qorako‘lchilik subyekti subsidiya berilishini rad etish to‘g‘risidagi xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorako‘lchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorako‘l va qorako‘lcha teri uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

Qorako‘lchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorako‘l va qorako‘lcha teri uchun subsidiya berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(qorako‘lchilik subyektlari)

Subsidiya olishda talab etiladigan barcha zarur hujjatlarni ariza bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga topshirish.

Yil davomida

2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

1. Qorako‘lchilik subyekti tomonidan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa, ularni javob xati bilan qaytarish.

1 ish kuni ichida

2. Qorako‘lchilik subyekti tomonidan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda, ularni o‘rganib chiqish.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

1. O‘rganish natijasida subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi xulosa haqida ariza beruvchiga xabar yuborish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya olish to‘g‘risida buyurtmanoma berish.

Xulosa qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida

4-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Respublika budjetidan tegishli subsidiya summasini O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish.

Buyurtmanoma qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida

5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

Qorako‘lchilik subyektining hisobvarag‘iga tegishli subsidiya summasini o‘tkazish.

Maxsus g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘ kelib tushgandan boshlab 1 ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorako‘lchilik subyektlariga ular tomonidan eksport qilingan qorako‘l va qorako‘lcha teri uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga _______________________dan ‎
‎(qorako‘lchilik subyektning nomi)

Ariza

_______________________________________________ (qorako‘lchilik subyektning nomi) tomonidan yetishtirilib, ______________________ga (mamlakat nomi) umumiy qiymati _______________________ (valyuta)ga teng, TIF TN kodi ____________________ bo‘lgan _____________________ (mahsulotning nomi) mahsulot(lar) eksport qilindi.

___________________________________________ tomonidan (qorako‘lchilik subyektning nomi) yetishtirilib, eksport qilingan ____ dona ___________________ terisi (mahsulotning nomi) uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan subsidiya berilishini ko‘rib chiqishingizni va tegishli mablag‘larni ______________________________ (tijorat bankining nomi) tijorat bankining ______________________________ (hududning nomi) filialidagi _____________________________ hisobvarag‘iga o‘tkazib berishingizni so‘rayman.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilindi:

qorako‘l va qorako‘lcha terini eksport qilish bo‘yicha eksport shartnomasi nusxasi;

eksport shartnomasi bo‘yicha qorako‘lchilik subyekti hisob varag‘iga kelib tushgan pul o‘tkazmalari haqidagi bank ma’lumotnomasi;

_______________________ rahbari _________________________ (F.I.O.)

Bog‘lanish uchun telefon: (____)______________

____________________________________________________(imzo)

Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-dekabrdagi PQ-471-son qaroriga asosan 2023-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 6-iyuldagi 368-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorako‘lchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlar uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom qorako‘lchilik klasterlariga yaylov yerlarida shaxtali va tik quduqlar hamda suv tortish uchun nasos stansiyalarini (keyingi o‘rinlarda — suv inshootlari) yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlar uchun subsidiya berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishga qorako‘lchilik klasteriga O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan beriladigan moliyaviy yordam;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv ko‘tarish lentasi — shaxtali quduqdan suv chiqaruvchi yassi tasma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tik quduq — yer osti chuqur qatlamidagi suv manbasidan elektr nasosi orqali yer ustiga suv chiqarish uchun burg‘ilangan quduq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxtali quduq — yer osti birinchi qatlamidagi suv manbasidan suv ko‘tarish lentasi orqali yer ustiga suv chiqarish uchun qazilgan quduq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorako‘lchilik klasteri — respublikaning yaylovlarga ega bo‘lgan barcha hududlarida oziqa bazasini yaratgan holda, mayda shoxli nasldor mollarni ko‘paytirish, shuningdek, mol so‘yish, teri va junni qayta ishlash, go‘sht-sut mahsulotlari, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish korxonalarini tashkil qilishga ixtisoslashgan klaster.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga (keyingi o‘rinlarda — Qo‘mita) tegishli bo‘lmagan yer maydonlarida qazilgan suv chiqarish quduqlariga subsidiya ajratilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxema asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya berish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirgan qorako‘lchilik klasterlari subsidiya oluvchilar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilishni amalga oshirgan qorako‘lchilik klasterlariga har moliya yilida keyingi moliya yiliga qadar O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan 120 mln so‘mgacha bir martalik subsidiya beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi kelgusi yil uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlarini shakllantirishda subsidiya oluvchilarga subsidiya berish uchun zarur mablag‘larni hisobga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya berish uchun taqdim etiladigan hujjatlar va ularni ko‘rib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qorako‘lchilik klasterlari Qo‘mitaga subsidiya berishni so‘rab mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shaklda ariza topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha bajaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
resurs tejamkor uskunalar, suv ko‘tarish lentasi yoki boshqa uskunalar sotib olinganligi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalari;

yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilganligi to‘g‘risida loyihalashtirish tashkilotining xulosasi (ekspertiza xulosasi) nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kooperatsiya orqali yaylov yerlaridan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan tuzilgan yaylov ijara shartnoma nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga bevosita, elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ariza beruvchi taqdim etilgan hujjatlarning to‘liq va haqqoniyligi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ariza beruvchidan mazkur Nizomning 9-bandida nazarda tutilgan hujjatlardan tashqari boshqa hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga bevosita taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmasa, ariza ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ariza va unga ilova qilingan hujjatlar Qo‘mitaga elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali taqdim etilganda, ushbu Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq bo‘lmasa, Qo‘mita ariza kelib tushgan sanadan boshlab bir ish kuni ichida ariza beruvchiga tegishlicha elektron shaklda yoki pochta xizmati orqali arizani ko‘rib chiqish rad etilganligi to‘g‘risida javob xatini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur Nizomning 9-bandida qayd etilgan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda, Qo‘mita ariza kelib tushgan sanadan boshlab besh ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlar asosida yaylov yerlarida suv inshootlari qurilganligini (rekonstruksiya qilinganligini) o‘rganadi hamda natijasi bo‘yicha subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qilib, bir ish kunida ariza beruvchiga bu haqda xabar yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Subsidiya berish to‘g‘risidagi xabarda subsidiya summasi ko‘rsatilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qorako‘lchilik klasteriga subsidiya berishni rad etish uchun quyidagilar asos bo‘ladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorako‘lchilik klasterining mazkur Nizomda belgilangan talablarga mos kelmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qorako‘lchilik klasteri tomonidan soxta hujjatlar taqdim etilganligi yoki hujjatlarda noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Mazkur Nizomning 18-bandida qayd etilganidan boshqa asoslarda subsidiya berishni rad etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Subsidiya berish rad etilgan qorako‘lchilik klasteri xabarda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan taqdirda subsidiya olish uchun Qo‘mitaga ariza bilan qayta murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda arizalar Qo‘mita tomonidan ikki ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Subsidiya oluvchining arizasini ko‘rib chiqish uchun to‘lov undirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Subsidiyani to‘lash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Qo‘mita subsidiya berish to‘g‘risida xulosa qabul qilingandan so‘ng bir ish kuni ichida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya berish to‘g‘risida buyurtmanomani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bir ish kuni ichida buyurtmanomada ko‘rsatilgan mablag‘larni Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga kelib tushgan mablag‘lar bir ish kuni ichida qorako‘lchilik klasterlarining tijorat banklaridagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Moliya yili yakuni bo‘yicha Qo‘mitaning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida foydalanilmay qolgan budjet mablag‘lari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetiga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Qo‘mita:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga tegishli yaylov yerlaridagi suv inshootlarini xatlovdan o‘tkazadi va ularning reyestrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kelgusi yilda yaylov yerlarida suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha tumanlar, hududlar hamda qorako‘lchilik klasterlari kesimida yaylov yer maydoni va suv manbai ko‘rsatilgan holda, hududiy manzilli ro‘yxatni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan manzilli ro‘yxat har yili 1-fevralga qadar belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Qo‘mita tomonidan subsidiya berilgan qorako‘lchilik klasterlari reyestri yuritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Reyestrdagi ma’lumotlar o‘zgargan hollarda Qo‘mita tomonidan uch ish kuni ichida unga tegishli yozuvlar kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Qo‘mita ma’lumotlarning reyestrga to‘g‘ri, o‘z vaqtida kiritilishi va yangilab borilishiga mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
281. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash bo‘yicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi baholanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning qorako‘l va qorako‘lcha terilarini yetishtirish hamda eksport qilish hajmi oshganda, subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi “ijobiy”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
(281-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Subsidiya oluvchilarga beriladigan subsidiyaning Qo‘mita tomonidan yetkazilishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Qorako‘lchilik klasteri subsidiya berilishini rad etish to‘g‘risidagi xulosadan norozi bo‘lgan taqdirda, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorako‘lchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlari uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

Qorako‘lchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlari uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Chora-tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Ariza beruvchi

(qorako‘lchilik klasteri)

Subsidiya olishda talab etiladigan barcha zarur hujjatlarni ariza bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga topshirish.

Yil davomida

2-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

1. Qorako‘lchilik klasterlari tomonidan hujjatlar to‘liq taqdim etilmagan bo‘lsa, ularni javob xati bilan qaytarish.

1 ish kuni ichida

2. Qorako‘lchilik klasterlari tomonidan hujjatlar to‘liq taqdim etilganda, ularni o‘rganib chiqish.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

1. O‘rganish natijasida subsidiya berish yoki berishni rad etish to‘g‘risidagi xulosa haqida ariza beruvchiga xabar yuborish.

2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga subsidiya ajratish to‘g‘risida buyurtmanoma berish.

Xulosa qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida

4-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi

Respublika budjetidan tegishli subsidiya summasini O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasining maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga o‘tkazish.

Buyurtmanoma qabul qilingan kundan boshlab 1 ish kuni ichida

5-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi

Qorako‘lchilik klasterlarining hisobvarag‘iga tegishli subsidiya” summasini o‘tkazish.

Maxsus g‘azna hisobvarag‘iga mablag‘ kelib tushgandan boshlab 1 ish kuni ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qorako‘lchilik klasterlariga suv inshootlarini qurish va rekonstruksiya qilishga sarflangan xarajatlari uchun subsidiya berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasiga _______________________dan
‎(qorako‘lchilik klasteri nomi)

Ariza

_______________________________________________ (qorako‘lchilik klasteri nomi) tomonidan ________ga. yaylovlarda yangidan tik va shaxtali quduqlar burg‘ilandi, (qazildi) yoki rekonstruksiya qilindi, daryolar, kanallar va boshqa suv havzalaridan suv tortish uchun nasos stansiyasi qurildi yoki rekonstruksiya qilindi.

___________________________________________ tomonidan (qorako‘lchilik klasteri nomi) burg‘ilangan, qazilgan yoki rekonstruksiya qilingan quduqlar, qurilgan yoki rekonstruksiya qilingan nasos stansiyalari uchun O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan subsidiya berilishini ko‘rib chiqishingizni va tegishli mablag‘larni ______________________________ (tijorat bankining nomi) tijorat bankining ______________________________ (hududning nomi) filialidagi ________________________hisobvarag‘iga o‘tkazib berishingizni so‘rayman.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish bo‘yicha bajaruvchi korxona bilan tuzilgan shartnoma;

qurilish (rekonstruksiya) smetasi;

resurs tejamkor uskunalar, suv ko‘tarish lentasi yoki boshqa uskunalar sotib olinganligi to‘g‘risidagi hujjatlar nusxalari;

yaylov yerlarida suv inshootlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirilganligi to‘g‘risida loyihalashtirish tashkilotining xulosa (ekspertiza xulosasi) nusxasi;

kooperatsiya orqali yaylov yerlaridan foydalanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan tuzilgan yaylov ijara shartnoma nusxasi.

_______________________ rahbari _________________________ (F.I.O.)

Bog‘lanish uchun telefon: (____)______________

____________________________________________________(imzo)

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2022-y., 09/22/368/0604-son, 01.01.2023-y., 07/23/471/0001-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)