07.06.2022 yildagi PQ-273-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5853-son hamda 2022-yil 28-yanvardagi “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-son farmonlari ijrosini ta’minlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha davlat siyosatini ishlab chiqish va joriy etish yo‘nalishida 2022-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida Ummon Sultonligining Atyab interneyshnl servis (Atyab International Service) kompaniyasini jalb etgan holda mahsulot yetishtiruvchilar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi, sifat nazorati, xalqaro tan olingan sertifikatsiya tizimlarini o‘z ichiga olgan, akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalar ishga tushiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi muassisligida Qo‘qon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro instituti tashkil etiladi. Mazkur institutga xalqaro ta’lim standartlari darajasidagi xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etishga qodir yuqori malakali kadrlarni tayyorlash vazifasi yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Shukurov) 2022-yil yakuniga qadar oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalarni ishga tushirish, Qo‘qon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil etish, uning faoliyatini yo‘lga qo‘yish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish yo‘nalishida joriy yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari mablag‘lari hisobidan agrar sohada umumiy qiymati 400 mln AQSH dollarigacha bo‘lgan miqdordagi investitsiya loyihalari ishga tushiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir hududda kamida bittadan agrologistika markazlari barpo etiladi. Mazkur markazlarda xalqaro bozorlarda tan olingan sifat sertifikatlarini olish imkoniyati yaratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev, Sh. Mirzayev, X. Karimov) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda loyihalarni shakllantirish, tashabbuskorlarni aniqlash va ularni o‘z vaqtida ishga tushirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sohada davlat ishtirokini kamaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish va qishloq hududlarini rivojlantirish yo‘nalishlarida 2022-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jahon bankining “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasidagi mablag‘lar hisobidan Andijon viloyatining tanlab olingan Oltinko‘l, Namangan viloyatining Chust va Farg‘ona viloyatining Rishton tumanlarida innovatsion usullarni qo‘llagan holda intensiv usulda meva-sabzavot yetishtirish bo‘yicha maxsus (pilot) loyihalar amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turkiyaning Gaziantep pistachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Samarqand viloyatida O‘zbekiston — Turkiya pistachilik ilmiy markazi tashkil etiladi, Turkiyaning serhosil pista navlari kolleksiyasi asosida milliy pista navlarini yaratish va ularning onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish hamda Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev, X. Karimov, A. Shukurov) 2022-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sektorni jalb etgan holda mazkur tumanlarda amalga oshiriladigan intensiv usulda meva-sabzavotchilik loyihalarini ishga tushirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samarqand viloyatida O‘zbekiston — Turkiya pistachilik ilmiy markazini tashkil etish, milliy pista navlarini yaratish va Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yer va suv resurslaridan samarali foydalanish yo‘nalishi doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kosmik suratlar va uchuvchisiz uchish apparatlarining materiallari hamda dala kuzatuv ma’lumotlarini tahlil qilish orqali 3 mln gektardan ortiq sug‘oriladigan yerlar, 400 ming gektardan ortiq ko‘p yillik daraxtzorlar va 450 ming gektardan ortiq lalmi yerlarning tizimli monitoringi yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda joriy yilda 1-ilovada keltirilgan prognoz ko‘rsatkichlarga muvofiq 133,5 ming gektardan ortiq yer maydonlari qayta foydalanishga kiritiladi va o‘zlashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi yerlarining geoaxborot tizimida 6 turdagi asosiy (paxta, g‘alla, sholi, kartoshka, makkajo‘xori hamda moyli ekinlar) qishloq xo‘jaligi ekinlarining ekilishi, vegetatsiya davrini tahlil qilish yo‘lga qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev, M. Ro‘zmetov), Suv xo‘jaligi vazirligi (Sh. Xamrayev) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari 2022-yil yakuniga qadar mazkur kichik banddagi chora-tadbirlarning o‘z vaqtida bajarilishiga shaxsan mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish yo‘nalishida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Andijon, Namangan, Farg‘ona, Jizzax, Samarqand va Xorazm viloyatlarida agroxizmatlar markazlari tashkil etiladi va 100 dan ortiq xizmatlar ko‘rsatish yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlarining jalb etilgan grant mablag‘lari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2023-yil hosili uchun mahalliy sharoitga mos serhosil, kasallik va zararkunandalarga, suvsizlikka chidamli paxtaning 4 ta, boshoqli donning 6 ta navi amaliyotga joriy etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sektorni jalb qilgan holda, kartoshkaning serhosil, kasallik va zararkunandalarga, suvsizlikka, sho‘rga chidamli virussiz (“in vitro”) “Super elita” va “Elita” navlariga mansub 4 mln dona (yiliga) mikrotuganak yetishtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashgan hududlarda kartoshka, jumladan uning yangi navlarini yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil qilish va yangi navlarni ishlab chiqarishga keng joriy etish choralari ko‘riladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (A. To‘rayev, X. Karimov, A. Shukurov) 2022-yil yakuniga qadar 2023-yil hosili uchun paxtaning 4 ta, boshoqli donning 6 ta navini amaliyotga joriy etsin, shuningdek, kartoshkaning 4 mln dona (yiliga) mikrotuganaklarini yetishtirish, hududlarda kartoshka yetishtirish bo‘yicha ko‘rgazmali dala maydonlarini tashkil qilsin va yangi navlarini ishlab chiqarishga keng joriy etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) tarmoq statistikasining shaffof mexanizmini ishlab chiqish yo‘nalishida 2022-yil yakuniga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yagona darcha” tamoyili asosida fermer xo‘jaliklariga paxta, g‘alla va boshqa mahsulotlarni yetishtirish uchun imtiyozli kredit ajratish, sug‘urtalash, shartnomalarni elektron rasmiylashtirish, texnikalarni lizingga olish, agrotexnik tadbirlarni amalga oshirishda ta’minot va xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan “Agroplatforma” (agroplatforma.uz) axborot tizimi ishga tushiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilariga ajratilayotgan 26 turdagi subsidiyalar bo‘yicha hujjatlarni to‘plash, ko‘rib chiqish hamda vakolatli organ va tashkilotlar bilan kelishish jarayonlarini “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali amalga oshirish yo‘lga qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farg‘ona va Samarqand viloyatlarida suv balansi va sarfi hisobini yuritish hamda yerlarni to‘g‘ri sug‘orish ishlarini masofaviy monitoring qilishning elektron modeli ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev, Q. Yuldashev), Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (A. Isroilov), Suv xo‘jaligi vazirligi (A. Nazarov) mahalliy hokimliklar bilan birgalikda 2022-yil yakuniga qadar mazkur tizimlarni ishga tushirish orqali elektron xizmatlarni ko‘rsatishni tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar dasturi (keyingi o‘rinlarda — Dastur) 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi (J. Xodjayev, A. Shukurov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 2022-yil yakuniga qadar Jahon bankining mablag‘lari hisobidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy sektorni jalb etgan holda O‘zbekistonda mavjud genofonddan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining birlamchi urug‘chiligi va duragaylarini yaratishning samarali tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida O‘zbekiston — Serbiya qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi ilmiy markazini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro kartoshkachilik markazi (CIP) bilan hamkorlikda kartoshkaning serhosil, kasallik va zararkunandalarga, suvsizlikka, sho‘rga chidamli navlari seleksiyasi hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shma loyihani amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Moliya vazirligi (T. Ishmetov) bilan birgalikda bir oy muddatda Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi hisobidan qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish loyihalari uchun 20 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘larni yo‘naltirish choralarini ko‘rsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Xalqaro qishloq xo‘jaligi universitetini tashkil etish, Toshkent davlat agrar universitetini modernizatsiya qilish uchun Jahon banki ishtirokidagi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi hisobidan 17 mln AQSH dollari, Yevropa Ittifoqining “Budjetni qo‘llab-quvvatlash” dasturi mablag‘lari hisobidan 6 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lar ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasiga Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan birgalikda mazkur qarorning mazmun-mohiyati hamda maqsad va vazifalari ommaviy axborot vositalarida keng yoritish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning ijrosini samarali tashkil etishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib qishloq xo‘jaligi vaziri J.A. Xodjayev, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlari belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-273-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyundagi PQ-273-son qaroriga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 2022-yilda yer maydonlarini qayta foydalanishga kiritish va o‘zlashtirishning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ KO‘RSATKICHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

(gektar)

T/r

Hududlar

2022-yilda foydalanishga kiritiladigan yer maydoni

Shundan:

foydalanishdan chiqqan sug‘oriladigan yerlarni qayta foydalanishga kiritish

cho‘l-adir hududlaridagi lalmi va yaylov yerlarni o‘zlashtirish

lalmi, yaylov va boshqa yerlarga suv talab qilmaydigan ekin turlarini joylashtirish hisobidan

1.

Qoraqalpog‘iston

Respublikasi

12 805

12 805

-

-

viloyatlar:

2.

Andijon

4 418

-

2 418

-

3.

Buxoro

37 750

-

22 565

15 185

4.

Jizzax

22 092

482

21 611

-

5.

Qashqadaryo

20 423

17 675

2 748

-

6.

Navoiy

7 422

1 397

3 300

2 725

7.

Namangan

2 510

751

1 141

618

8.

Samarqand

8 140

1 060

7 080

-

9.

Surxondaryo

7 604

3 803

3 801

-

10.

Sirdaryo

2 971

2 971

-

-

11.

Toshkent

1 732

1 732

-

-

12.

Farg‘ona

6 727

6 618

109

-

13.

Xorazm

1 000

400

600

-

JAMI:

133 594

49 693

65 372

18 528

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-iyundagi PQ-273-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLAR DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Moliyalashtirish manbalari

Ijro muddati

Ijro uchun mas’ullar

I. Aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash

1.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi muassisligida Qo‘qon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil etish.

1. Ummon Sultonligining Atyab interneyshnl servis (Atyab International Service) kompaniyasini jalb qilgan holda Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi sohasida strategik rivojlanish va tadqiqotlar xalqaro markazi hisob-kitoblariga asosan, Qo‘qon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil etish bilan bog‘liq tashkiliy chora-tadbirlar uchun xalqaro moliya institutlarining grant mablag‘larini jalb qilish;

2. Qo‘qon oziq-ovqat texnologiyasi va muhandisligi xalqaro institutini tashkil etishga oid tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mazkur institutga xalqaro ta’lim standartlari darajasidagi xalqaro bozorlarda tan olingan sifat standartlarini (Global G.A.P, Organic, NACCP va boshqalar) joriy etishga qodir yuqori malakali kadrlarni tayyorlash vazifasini yuklash.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil avgust

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

2.

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida davlatlararo hamda xalqaro standartlarni qabul qilish.

1. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati sohasida qabul qilinishi lozim bo‘lgan davlatlararo va xalqaro standartlar ro‘yxatini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan ro‘yxatlarni O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligiga taqdim qilish.

3. Qabul qilingan standartlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni rasmiy saytlarga joylab borish va amaliyotga joriy etish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

3.

Dukkakli don va moyli ekinlar urug‘larini yetishtirish va yetkazib berishning samarali mexanizmini yaratish.

1. Elita va yuqori reproduksiyali urug‘larning hajmini, ekin turlari va navlarini ko‘paytirish.

2. Talab va ehtiyojdan kelib chiqib, ixtisoslashtirilgan urug‘chilik fermer xo‘jaliklarida har yili dukkakli don va moyli ekinlar urug‘lari tayyorlashni tashkil etish.

3. Dukkakli va moyli ekinlarning urug‘chilik tizimi rivojlangan mamlakatlar tajribasini o‘rganish.

4. Urug‘larni tayyorlashda innovatsion va ilg‘or xorijiy texnologiyalarni tatbiq qilish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari

4.

Meva-sabzavotni yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va tashish bilan shug‘ullanuvchi sanoat korxonalariga xavfsizlikni boshqarish tizimlarini joriy etish.

1. Xavfsizlikni boshqarish tizimlarini joriy etish istagini bildirgan meva-sabzavot yetishtirish, qayta ishlash, saqlash va tashish bilan shug‘ullanuvchi sanoat korxonalari ro‘yxatini shakllantirish.

2. Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat sanoati korxonalarini Organic, Global G.A.P, Nalal, ISO 22000, ISO 28000, BCI, BRC va boshqa sifat menejment tizimlari bo‘yicha sertifikatlash.

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari va bank kreditlari

2022-yil iyul — oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

II. Qulay agrobiznes muhitini va qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratish

5.

Yuqori hosildorlikka erishgan va shartnomaviy majburiyatlarni bajargan fermer xo‘jaliklarini yakuniy daromaddan rag‘batlantirishni yo‘lga qo‘yish.

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda yuqori hosildorlikka erishgan va shartnomaviy majburiyatlarini bajargan fermer xo‘jaliklarini yakuniy daromaddan rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish.

Bunda, xalqaro tajribalarni chuqur tahlil qilgan holda, ekinlar hosildorligidan kelib chiqib, tabaqalashtirilgan narxlarda, ya’ni ustama va imtiyozlar qo‘llagan holda barcha agroklasterlar uchun fermer xo‘jaliklarini rag‘batlantirish mexanizmini joriy etish nazarda tutiladi.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, O‘zbekiston Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

6.

Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlari avlodli urug‘liklarini yetishtirish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda mahalliy va xorijiy investorlarni jalb qilgan holda urug‘chilik ilmiy klasterlarini tashkil etish.

1. Urug‘chilik ilmiy klasterlarini tashkil etish maqsadida tanlovlar asosida mahalliy va xorijiy tashabbuskorlarni tanlash.

2. Tanlov yakunlariga ko‘ra, urug‘chilik ilmiy klasterlarini tashkil etish uchun belgilangan tartibda yer maydonlarini ajratish.

3. Mahalliy va xorijiy seleksiyaga mansub qishloq xo‘jaligi ekinlari nav va duragaylarining urug‘i va ko‘chatlarini yetishtirishni yo‘lga qo‘yish.

4. Respublikada qishloq xo‘jaligi ekinlarini eksport qilishning zamonaviy tizimini shakllantirib, “Uzbek seeds” milliy brendi asosida qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘larini eksport qilish.

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari, xorijiy investitsiya va bank kreditlari

2022-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari

7.

Respublikada umumiy quvvati 324 ming tonna bo‘lgan zamonaviy agrologistika markazlarini tashkil etish.

1. Loyihalar doirasida ishlab chiqilgan tarmoq jadvallarga muvofiq bajarilgan ishlar monitoringini olib borish.

2. Loyihalar doirasida vujudga keladigan muammolarni aniqlash hamda bartaraf etish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish.

Tadbirkorlik subyektlarining o‘z mablag‘lari hamda tijorat banklari kreditlari

2022-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, tegishli tijorat banklari

III. Soha boshqaruvida davlat ishtirokini kamaytirish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish hamda qishloq hududlarini rivojlantirish

8.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) ishtirokida Orolbo‘yi mintaqasida qishloq xo‘jaligini diversifikatsiyalash va modernizatsiyalash.

1. IFAD konsultantlari tomonidan o‘rganishlar o‘tkazish.

2. Texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqish (kredit liniyasi uchun ajratiladigan mablag‘lar 80 foizdan oshmagan taqdirda).

3. Qarz bitimini imzolash.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi mablag‘lari

2022-yil iyul — sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi

9.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi (IFAD) ishtirokida chorvachilik va meva-sabzavotchilikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash.

1. IFAD konsultantlari missiyasi tomonidan o‘rganishlar o‘tkazish.

2. Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida chorvachilik va meva-sabzavotchilik loyihalari bo‘yicha texnik-iqtisodiy asosnomani ishlab chiqish (kredit liniyasi uchun ajratiladigan mablag‘lari 80 foizdan oshmagan taqdirda).

3. Qarz bitimini imzolash.

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi mablag‘lari

2022-yil iyul — sentabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazrligi, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hokimliklari

IV. Tabiiy resurslardan samarali foydalanish va atrof-muhit muhofazasini ta’minlash

10.

O‘zbekiston Respublikasining “Tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish to‘g‘risida”gi qonuni loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Bunda:

tuproqlar holatini yaxshilash, unumdorligini saqlash va oshirish shartlari;

qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tuproq va suv manbalari sho‘rlanishini, botqoqlanishini va ifloslanishini istisno etadigan usullar bilan yetishtirish;

tuproq, iqlim sharoiti va o‘simlik talabini hisobga olgan holda, o‘g‘itlardan tizimli hamda tabaqalashtirilgan tarzda foydalanish;

tuproq va uning unumdorligini muhofaza qilishning iqtisodiy chora-tadbirlarini belgilash;

tuproq va uning unumdorligini muhofaza qilish ustidan nazorat o‘rnatish;

tuproq unumdorligini muhofaza qilish sohasida yerdan foydalanuvchi va ijarachilarning huquq va majburiyatlarini belgilash;

tuproq holatini yaxshilab, uning unumdorligini oshirishga erishgan yerdan foydalanuvchilarni iqtisodiy rag‘batlantirish nazarda tutiladi.

1. Xorijiy davlatlarning tuproq unumdorligini muhofaza qilish sohasidagi qonunchilik hujjatlarini tahlil qilish va o‘rganish.

2. Qonun loyihasini ishlab chiqish.

3. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi

11.

Qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqqan va yangi yerlarni foydalanishga kiritish.

Quyidagilarni:

Suv xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari

Suv xo‘jaligi vazirligiga ajratiladigan mablag‘lar hisobidan 36,2 km irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va ta’mirlash hamda 2 ta nasos agregatini qurish hisobiga 964 gektar yer maydonlarini;

Respublika budjeti mablag‘lari

2022-yil davomida

mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan 747 km irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va ta’mirlash, 60 ta sug‘orish qudug‘ini qurish, 56 ta nasos agregatlarini o‘rnatish va boshqa tadbirlarni amalga oshirish hisobidan 52,3 ming gektar yer maydonlarini;

Mahalliy budjet mablag‘lari

2022-yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi

tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan 691 km irrigatsiya-melioratsiya obyektlarini qurish va ta’mirlash, 969 ta sug‘orish qudug‘ini qurish, 88 ta nasos agregatini o‘rnatish va boshqa tadbirlar orqali 80,4 ming gektar yer maydonlarini foydalanishga kiritish hamda ushbu yer maydonlarida 1,5 mln tonnadan ortiq qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish choralarini ko‘rish.

Tashabbuskorlarning o‘z mablag‘lari hisobidan

2022-yil davomida

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va tumanlar hokimliklari, Qishloq xo‘jaligi vazirligi

12.

Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan yer tuzish xizmatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlar ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda rag‘batlantirish, ish haqiga ustamalar belgilash, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish.

1. Qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yuritayotgan yer tuzish xizmatlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, xodimlar ish faoliyatini samarali tashkil etish hamda rag‘batlantirish, ish haqiga ustamalar belgilash, kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha tegishli normativ hujjat loyihasini ishlab chiqish.

2. Loyihani manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish, huquqiy ekspertizadan o‘tkazish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

Mablag‘ talab etilmaydi

2022-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, manfaatdor vazirlik va idoralar

V. Qishloq xo‘jaligida ilm-fan, ta’lim, axborot va maslahat xizmatlari tizimini rivojlantirish

14.

Turkiyaning Gaziantep pistachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Samarqand viloyatida O‘zbekiston — Turkiya pistachilik ilmiy markazini tashkil etish.

O‘zbekiston — Turkiya pistachilik ilmiy markazini tashkil etishga oid tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Unda Turkiyaning Gaziantep pistachilik ilmiy-tadqiqot instituti bilan birgalikda Toshkent davlat agrar universitetining Samarqand filiali huzurida O‘zbekiston — Turkiya pistachilik ilmiy markazini tashkil etish, Turkiyaning serhosil pista navlari kolleksiyasi asosida milliy pista navlarini yaratish va ularning onalik ko‘chatzorlarini tashkil etish hamda Nurobod tumanini pistachilikka ixtisoslashtirishni nazarda tutish.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2022-yil oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Samarqand viloyati hokimligi

15.

Paxtaning kamida 4 ta navi va bug‘doyning 6 ta yangi navi hamda kam suv talab qiladigan sholi navlari namunalari ustida ilmiy tadqiqotlar olib borish.

1. Paxtaning kamida 4 ta navi va bug‘doyning 6 ta yangi navi hamda mahalliy genofond va xorijiy seleksiyaga mansub kam suv talab qiladigan sholi navlarini yaratish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish.

2. Paxta va bug‘doyning yangi navlari hamda respublika hududlarida kam suv talab qiladigan sholi navlarining sinovlarini tashkil etish.

3. Paxta va bug‘doyning yangi navlari hamda kam suv talab qiladigan va hududlarning tuproq-iqlim sharoitiga mos nav namunalarini tanlab olish.

4. Paxta va bug‘doyning yangi navlari hamda kam suv talab qiladigan sholi navlarini yaratish ustida ilmiy tadqiqotlarni tashkil qilish.

Xalqaro moliya institutlarining grantlari hamda Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar doirasida, budjetdan tashqari mablag‘lar

2022-yil oktabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

16.

Xalqaro kartoshkachilik markazi (CIP) bilan hamkorlikda kartoshkaning yangi navlari seleksiyasi hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish.

1. Xalqaro kartoshkachilik markazi (CIP) bilan hamkorlik o‘rnatish.

2. Kartoshkaning serhosil, kasallik va zararkunandalarga, suvsizlikka, sho‘rga chidamli navlari seleksiyasi hamda urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish uchun qo‘shma loyiha ishlab chiqish.

3. Loyihani amalga oshirish.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2022-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi

17.

Qiziriq, G‘ijduvon agrotexnologiyalar texnikumlari moddiy-texnik, o‘quv-metodik bazasini mustahkamlash.

1. Qiziriq, G‘ijduvon agrotexnologiyalar texnikumlari uchun zarur bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.

2. Rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari uchun tender hujjatlarini tayyorlash, tender savdolarini o‘tkazish.

3. Belgilangan tartibda pudratchi tashkilot bilan shartnoma tuzish, rekonstruksiya va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish.

4. Texnikumlarni zarur inventarlar, mebellar, zamonaviy o‘quv va laboratoriya jihozlari, kutubxona fondlari, kompyuter texnikasi va boshqalar bilan ta’minlash.

Xalqaro moliya institutlari va YUNESKO mablag‘lari, mahalliy budjet mablag‘lari

2022 — 2024-yillar davomida

Qishloq xo‘jaligi vazirligi,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi,

Surxondaryo va Buxoro viloyatlari hokimliklari

18.

O‘zbekiston — Serbiya qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi ilmiy markazini tashkil etish.

O‘zbekiston — Serbiya qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘chiligi ilmiy markazini tashkil etishga oid tegishli qaror loyihasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. Unda xususiy sektorni jalb etgan holda O‘zbekistonda mavjud genofonddan samarali foydalanish, qishloq xo‘jaligi ekinlarining birlamchi urug‘chiligi va duragaylarini yaratish bo‘yicha samarali tizimni yo‘lga qo‘yish nazarda tutiladi.

Xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2022-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi

VI. Tarmoq statistikasining shaffof mexanizmini ishlab chiqish

19.

Qishloq xo‘jaligi vazirligining geoaxborot tizimini takomillashtirish.

1. Geoaxborot tizimiga manfaatdor vazirlik va idoralarning axborot tizimlarini integratsiya qilish.

2. Geoaxborot tizimida barcha tumanlardan dala ma’lumotlarining onlayn tarzda real vaqt rejimida yig‘ilishini tashkil etish.

3. Qishloq xo‘jaligi yerlarining geoaxborot tizimida qishloq xo‘jaligi yerlarining konturlar, massivlar, subyektlar kesimidagi bazasini yaratish.

4. Vazirlik va idoralar, shuningdek, foydalanuvchilar uchun maxsus geoportallarni yaratish, jumladan yer maydonlari va ekinlar tahlillarini tegishli joylashuvga bog‘langan holda vizual qulay tarzda taqdim etish.

5. Yillar, konturlar kesimida yer maydonlari va ekinlar holati, hosildorligiga oid ma’lumotlar bazasini yaratish va yuritish.

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va budjetdan tashqari mablag‘lar

2022-yil IV chorak

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Transport vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Kadastr agentligi, O‘zgidromet, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

20.

Fermer xo‘jaliklariga ta’minot va xizmat ko‘rsatishni o‘z ichiga olgan “agroplatforma.uz” axborot tizimini ishga tushirish.

1. Loyihada tizim foydalanuvchilari sifatida ishtirok etuvchi davlat organlari va idoralar faoliyatini auditdan o‘tkazish.

2. Ish jarayoniga taalluqli bo‘lgan davlat organlari va idoralarning axborot tizimlari bilan loyiha o‘rtasida axborot almashinuvini tashkil etish.

3. “Agroplatforma.uz” ATning asosiy modullarini ishlab chiqish va sinov tariqasida ishga tushirish.

Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar

2022-yil noyabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM, Agrosanoat majmuiga kiruvchi vazirlik va idoralar

21.

“Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali xizmat ko‘rsatishni tashkil etish.

1. Agrar sohada taqdim etiladigan subsidiyalarni xatlovdan o‘tkazish.

2. Xatlov natijasida aniqlangan subsidiya turlarini shakllantirish hamda ularni taqdim etish jarayonlarini elektron shaklga o‘tkazish bo‘yicha reglamentlar ishlab chiqish.

3. Mahsulot yetishtiruvchilarga ajratilayotgan 26 turdagi subsidiyalar bo‘yicha hujjatlarni to‘plash, ko‘rib chiqish va kelishishni “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali amalga oshirishni yo‘lga qo‘yish.

Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar

2022-2023-yillar

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Moliya vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, “Agrosanoatni raqamlashtirish markazi” DM, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, tegishli vazirlik va idoralar

22.

Suv balansi va sarfi hisobini yuritish hamda yerlarni to‘g‘ri sug‘orishni masofaviy monitoring qilishning elektron modelini ishlab chiqish.

1. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan “yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash.

Davlat budjeti va budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2022-yil iyun

Suv xo‘jaligi vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi, tegishli vazirlik va idoralar

2. Irrigatsiya tizimlarining raqamli xaritasini yaratish.

2022-yil noyabr

3. Farg‘ona viloyati misolida yerni masofadan zondlash texnologiyalari yordamida suv balansi va suv sarfini yuritish namunaviy (prototip) modelini ishga tushirish.

4. Pilot loyiha natijalariga ko‘ra loyihani respublikaning barcha hududlarida qo‘llash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

2022-yil dekabr

23.

“Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsiyalashgan platformasini amaliyotga joriy etish.

1. “Raqamli qishloq xo‘jaligi” yagona integratsion platforma axborot tizimini ishlab chiqish yuzasidan konsalting kompaniyasini yollash uchun shartnoma imzolash.

2. Agrosanoat majmuiga kiruvchi vazirlik va idoralarda biznes jarayonlarni auditdan o‘tkazish.

3. Platformani ishlab chiqish uchun loyiha-texnik hisob-kitob hujjatlarini ishlab chiqish, vakolatli organlarda ekspertizadan o‘tkazish.

4. Platformani ishlab chiquvchi kompaniyani aniqlash bo‘yicha tanlov e’lon qilish va shartnoma imzolash.

5. Platformaning sinov versiyasini ishlab chiqish, axborot tizimlarini unga bosqichma-bosqich integratsiya qilish.

6. Platformani amaliyotga joriy etish.

Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar va budjetdan tashqari mablag‘lar, xalqaro moliya institutlari mablag‘lari

2022-yil dekabr

Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Suv xo‘jaligi vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Ipakchilik va jun sanoatini rivojlantirish qo‘mitasi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi, O‘zgidromet, “O‘zdonmahsulot” AK, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar

(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PF-22-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 09.06.2022-y., 07/22/273/0500-son; 10.07.2023-y., 07/23/216/0457-son; 03.08.2023-y., 07/23/257/0552-son; 18.02.2025-y., 06/25/22/0156-son)