Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 29.08.2025 yildagi 549-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Agrar sohani mexanizatsiyalashni davlat tomonidan rag‘batlantirishni raqamlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2023-yil 28-fevraldagi PF-27-son Farmoni hamda “O‘zbekiston Respublikasi davlat budjeti xarajatlarining samaradorligini yanada oshirish va davlat moliyaviy nazorati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida” 2022-yil 14-fevraldagi PQ-128-son va “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-431-son qarorlari ijrosini ta’minlash, qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining, shuningdek, ular kredit yoki lizing shartlarida xarid qilinganda, foiz xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplash bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish, subsidiya ajratish jarayonini raqamlashtirish va mablag‘lardan samarali foydalanishni nazorat qilish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishni raqamlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining, shuningdek, ular kredit yoki lizing shartlarida xarid qilinganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya olish bo‘yicha arizani “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali taqdim etish hamda arizani ko‘rib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining, shuningdek, ular kredit yoki lizing shartlarida xarid qilinganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish hamda subsidiyadan maqsadli va samarali foydalanishni nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining, shuningdek, ular kredit yoki lizing shartlarida xarid qilinganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish bilan bog‘liq barcha amaliyotlar bepul amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining, shuningdek, ular kredit yoki lizing shartlarida xarid qilinganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya bir marotaba ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi har yili Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda ushbu qarorning 2-bandida nazarda tutilgan subsidiyalar uchun zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda “Subsidiya.mf.uz” axborot portalining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiyalash bo‘yicha yagona elektron axborot tizimi, Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi, soliq, bojxona va sertifikatlashtirish organlarining axborot almashinuvi tizimlari hamda tijorat banklari va lizing tashkilotlarining dasturiy ta’minotlari bilan integratsiya qilinishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mas’ul vazirlik va idoralar “Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga integratsiya qilingan axborot tizimlari orqali kiritilgan ma’lumotlarning haqqoniyligiga javobgar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirlik va idoralarning elektron axborot tizimlarini “Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga integratsiya qilish jarayonlari to‘liq yakunlanguniga qadar amaldagi qaror talablari asosida subsidiya ajratilishi davom ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2025-yil 29-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
549-son

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-son qaroriga
1-ILOVA

Qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishni raqamlashtirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining bir qismini qoplash uchun “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali subsidiya ajratish hamda subsidiyadan maqsadli va samarali foydalanishni nazorat qilish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:

“Subsidiya.mf.uz” axborot portali — qishloq xo‘jaligi texnikasi, lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati xarid qiymatining bir qismini hamda ular kredit va lizing shartlarida xarid qilinganda, foiz xarajatlarining bir qismini, shuningdek, avtopilot uskunasini o‘rnatish uchun ajratilgan kredit bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish bilan bog‘liq amaliyotlar bajariladigan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati (keyingi o‘rinlarda — lazerli yer tekislagich agregati) — qishloq xo‘jaligi yerlarida tekis sirt hosil qilish, gorizontal (sholi dalasi) yoki yetishtiriladigan ekinga qarab bir yoki ikki qiyali, ko‘p miqdorda suv talab qilmaydigan ekinlarni yetishtirishda ortiqcha namlikni drenajlashni ta’minlash uchun ishlatiladigan, respublikada ishlab chiqarilgan hamda chet davlatdan olib kelinadigan lazerli yer tekislagich agregati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy korxona — O‘zbekiston Respublikasi hududida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan qishloq xo‘jaligi texnikalarini ishlab chiqaruvchi korxona;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatini sotib olgan xaridorning arizasiga muvofiq qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizini, lazerli yer tekislagich agregati qiymatining 30 foizini qoplash uchun ajratiladigan mablag‘;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor — soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tgan, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi yuridik shaxslar va o‘zini o‘zi band qilgan jismoniy shaxslar, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti bo‘lgan qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron hisobvaraq-faktura (keyingi o‘rinlarda — EHF) — tovarlarni (qishloq xo‘jaligi texnikalari yoki agregatlari, ishlar, xizmatlar) realizatsiya qilish va sotib olishni tasdiqlovchi, EHF aylanish tizimi operatorlari orqali taqdim etiladigan va qabul qilinadigan elektron hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi — mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona yoki uning rasmiy vakolatli dileridan xarid qilingan, avval foydalanilmagan va qishloq xo‘jaligida ishga tushirilmagan qishloq xo‘jaligi texnikasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasi — mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan, qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya ishlarini bajaradigan barcha turdagi traktorlar, kombaynlar, tirkamalar va agregatlar, shuningdek, 2026-yil 1-yanvarga qadar xorijdan tayyor holda olib kelinadigan, aniq donalab ekuvchi ko‘p funksiyali chigit ekish seyalkalari, g‘alla o‘rish kombaynlari hamda paxta terish mashinalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya hisobi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subsidiya xaridor bilan tuzilgan shartnoma shartlariga asosan qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregati uchun tegishli miqdordagi to‘lov to‘langanda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatining har biri uchun alohida shartnoma va EHF rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiyalar ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun ariza berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xaridor subsidiya olishga ariza berish uchun “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida Yagona identifikatsiya tizimi (One ID) yoki elektron raqamli imzo (ERI) orqali ro‘yxatdan o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xaridor yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatini shartnoma shartlariga muvofiq sotib olgandan so‘ng EHF rasmiylashtirilgan kundan boshlab bir yil davomida qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizini va lazerli yer tekislagich agregati qiymatining 30 foizini qoplash uchun subsidiya olishga “Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga o‘zining shaxsiy kabineti orqali quyidagilarni kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xaridor jismoniy shaxs bo‘lsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
familiyasi, ismi va otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pasport yoki identifikatsiyalovchi ID-kartasi (JSHSHIR) ma’lumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;

soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);

bank rekvizitlari (bank bo‘limi nomi, MFO va talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari hisobvarag‘i);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma raqami va sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasini boshqarish uchun berilgan traktorchi-mashinist guvohnomasi raqami hamda berilgan sanasi va ruxsat etilgan tegishli toifasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) xaridor yuridik shaxs bo‘lsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘liq nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy-huquqiy shakli xos raqami (THSH);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyat turi kodi (IFUT);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron manzili (mavjud bo‘lsa) va telefon raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami (STIR);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank rekvizitlari (bank bo‘limi nomi, MFO va talab qilib olinguncha saqlanadigan depozitlari hisobvarag‘i).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregati bo‘yicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oldi-sotdi shartnomasi raqami hamda sanasi (to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilinganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit yoki lizing shartnomasi raqami hamda sanasi (kredit yoki lizing shartlarida xarid qilinganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
EHF raqami hamda sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregati nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rusumi yoki modeli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zavod raqami (kuzov shassi raqami);

dvigatelning zavod raqami (lazerli yer tekislagich va boshqa agregatlar bundan mustasno);

muvofiqlik sertifikati raqami hamda sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi texnik pasport, lazerli yer tekislagich agregati va boshqa agregatlarning texnik guvohnoma raqami hamda sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing obyektini qabul qilish — topshirish dalolatnomasi raqami hamda sanasi (lizing shartlarida xarid qilinganda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xaridor tomonidan ushbu bandda keltirilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga kiritilganda, ariza avtomatik ravishda (xaridor tanlagan yo‘nalish bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregati uchun ushbu Nizomga 2a, 2b-ilovalarga muvofiq) shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimida to‘liq yoki mavjud bo‘lmasa ariza shakllanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga kiritilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘g‘riligiga va haqqoniyligiga xaridor hamda qishloq xo‘jaligi texnikalari va lazerli yer tekislagich agregatini yetkazib beruvchi korxona va tashkilotlar javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Ariza va ilova qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqish hamda subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Jamg‘armada Qishloq xo‘jaligi texnikalari va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining, shuningdek, ular kredit yoki lizing shartlarida xarid qilinganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishni ko‘rib chiquvchi komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya a’zolari tarkibi Jamg‘armani boshqarish departamenti direktorining buyrug‘iga asosan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Komissiya a’zolarining har biriga “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida shaxsiy kabinet ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali kelib tushgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni besh ish kunida o‘rganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 6-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlardagi ma’lumotlarning qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregati ma’lumotlariga mosligini o‘rganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rganish jarayoni yakunlangandan so‘ng bir ish kunida komissiya subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya a’zolari “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida ariza beruvchiga ajratiladigan subsidiyani “subsidiya ajratish” yoki “subsidiya ajratishni rad etish” tugmasi orqali asoslantirgan holda elektron imzo (QR-kod) bilan tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya a’zolarining uchdan ikki qismining qarori subsidiya ajratish to‘g‘risida ijobiy bo‘lganda, ariza beruvchiga subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Xaridor “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali o‘ziga subsidiya ajratish ma’qullangani yoki rad etilgani to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xaridor komissiya qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Subsidiya ajratish ma’qullanganda, “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatining qiymatiga asosan ajratiladigan subsidiya miqdori avtomatik ravishda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Subsidiya bir ish kunida “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida Jamg‘armaga ochilgan maxsus g‘azna hisobvarag‘idan xaridorning arizasida ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagi holatlarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza shakllanmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) EHF rasmiylashtirilgan vaqti bir yil muddatdan oshganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oldi-sotdi (lizing) shartnomasi, EHF hamda texnik pasport (texnik guvohnoma) hujjatlari ma’lumotlari bir-biriga mos bo‘lmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun muvofiqlik sertifikati mavjud bo‘lmaganda (muvofiqlik sertifikati talab etilmaydigan qishloq xo‘jaligi texnikalari bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) subsidiya olingan qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregati uchun qayta ariza kiritilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) ikki va undan ortiq qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregati uchun bitta shartnoma va EHF rasmiylashtirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) ushbu Nizomning 2-bandiga muvofiq xaridor maqomiga mos kelmagan subyektlarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza ko‘rib chiqish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oldi-sotdi (lizing) shartnomasi, EHF va tegishli boshqa hujjatlar ma’lumotlari bir-biriga mos bo‘lmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ushbu Nizomning 2-bandiga muvofiq qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregati tushunchasiga mos kelmaydigan texnikalarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qaroriga asosan Jamg‘armaning imtiyozli qarz mablag‘lari hisobidan xarid qilingan qishloq xo‘jaligi texnikalariga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Xaridor subsidiya ajratish rad etilgani to‘g‘risida ma’lumot “Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga joylashtirilgan kundan boshlab 30 kun davomida kamchiliklarni to‘liq bartaraf etgan holda takroran murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xaridor tomonidan takroran murojaat qilish ushbu Nizomning 6-bandida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Subsidiyadan maqsadli va samarali foydalanishni nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Xaridor subsidiya olgan kundan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatini bir yil davomida sotishi yoki boshqacha tartibda begonalashtirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2025-2026-yillarda Jahon bankining “Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish” loyihasi, “Farg‘ona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish” loyihasi doirasida ajratilgan mablag‘lar hisobidan kredit yoki lizing shartlarida xarid qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-431-son qaroriga 1-ilovaning 1 — 6-pozitsiyalariga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvati 140 ot kuchiga teng va undan yuqori bo‘lgan umumiy foydalanishdagi (GPS qurilmali) g‘ildirakli traktorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvati 80 — 110 ot kuchiga teng bo‘lgan (GPS qurilmali) universal chopiq traktorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvati 80 — 110 ot kuchiga teng bo‘lgan (GPS qurilmali) yuqori klirensli traktorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quvvati 40 — 60 ot kuchiga teng bo‘lgan bog‘dorchilikda ishlatiladigan (GPS qurilmali) traktorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g‘alla o‘rish kombaynlari (GPS qurilmali);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta terish mashinalarini (GPS qurilmali) uch yil davomida sotish yoki boshqacha tartibda begonalashtirishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda — O‘zagroinspeksiya) Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 29-apreldagi 170-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini majburiy yillik texnik ko‘rikdan o‘tkazish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga muvofiq subsidiya olgan xaridorning qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatini har yili texnik ko‘rikdan o‘tkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zagroinspeksiya qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatidan maqsadli va samarali foydalanishni masofaviy hamda har olti oyda bir marotaba joyiga chiqqan holda monitoring qilib boradi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatidan maqsadli foydalanish — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yig‘ib-terib olish bilan bog‘liq (yerni shudgor qilish, lazerli yer tekislagich bilan tekislash, yerni frezalash, tuproqni chizellash, boronalash, mola bosish, ildiz qoldiqlarini daladan tashqariga chiqarish, urug‘ni tashish, chigit, bug‘doy, meva-sabzavot ekish, sug‘orish tarmoqlarini qazish, kultivatsiya qilish, mineral, organik o‘g‘it sepish, zararkunandalarga qarshi kimyoviy usulda kurashish, kimyoviy chilpish, defoliatsiya qilish, desikatsiya qilish, paxta terish, g‘alla o‘rish, paxta, don, meva-sabzavot, g‘o‘zapoya, somon tashish, somonni kichik toylarga toylash, yuklash, g‘o‘zapoyani yulib, qatorlab uyub ketish, g‘o‘zapoyani maydalab dalaga sochish, meva-sabzavot hosilini kovlash) agrotexnik tadbirlarni bajarishda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatidan samarali foydalanish — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va yig‘ib-terib olish bilan bog‘liq agrotexnik tadbirlarni bajarish davrida qishloq xo‘jaligi texnikasi, lazerli yer tekislagichni soz holatda saqlash va foydalanish, ularni ushbu Nizomning 16-bandi “a” kichik bandida belgilangan muddatda sotmaslik va boshqacha tartibda begonalashtirmaslik tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zagroinspeksiya monitoring jarayonida xaridor subsidiya olgan kundan boshlab qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatidan maqsadsiz yoki samarasiz foydalanayotganini aniqlaganda, xaridor ishtirokida uch nusxada dalolatnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomaning bir nusxasi O‘zagroinspeksiyada, ikkinchi nusxasi xaridorda va uchinchi nusxasi Jamg‘armada saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zagroinspeksiya tomonidan tuzilgan dalolatnomaga asosan xaridor olgan subsidiyani uch ish kunida to‘liq Jamg‘armaning G‘aznachilik xizmati qo‘mitasida ochilgan maxsus shaxsiy g‘azna hisobvarag‘iga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zagroinspeksiya xaridorning ushbu Nizomning 16-bandi “b” kichik bandida nazarda tutilgan mablag‘lar hisobidan imtiyoz asosida xarid qilgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatidan maqsadli va samarali foydalanilishini doimiy masofaviy monitoring qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zagroinspeksiya monitoring jarayonida xaridor subsidiya olgan kundan boshlab qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatidan uch yil davomida maqsadsiz yoki samarasiz foydalanayotganini aniqlaganda, xaridor ishtirokida uch nusxada dalolatnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomaning bir nusxasi O‘zagroinspeksiyada, ikkinchi nusxasi xaridorda va uchinchi nusxasi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar

20. Xaridor tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatidan qishloq xo‘jaligining mavsumiy tanaffuslarida, ta’mirlash davrida, shuningdek, fors-major holatlarda vaqtincha foydalanilmasligi maqsadsiz va samarasiz foydalanishga kiritilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Xaridor ushbu Nizomning 16-bandi “b” kichik bandi talablariga amal qilmasa, unga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash darajasini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 12-dekabrdagi PQ-431-son qarorining 4-bandi “d” kichik bandida belgilangan choralar qo‘llanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqaruvchi korxona hamda xaridor o‘zi tomonidan taqdim etilgan hujjatlarning haqqoniyligiga javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishni raqamlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga

Qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregati qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Xaridor

Subsidiya olish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash jamg‘armasiga (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) ariza bilan, unga zarur hujjatlarni ilova qilgan holda “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali murojaat qiladi.

Qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregati qiymati shartnoma shartlariga muvofiq to‘langandan so‘ng

2-bosqich

Jamg‘arma

Ariza va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqadi.

5 ish kunida

3-bosqich

Jamg‘arma

Subsidiya ajratish yoki rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va qaror to‘g‘risida xaridorni “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali xabardor etadi.

1 ish kunida

4-bosqich

Jamg‘arma, G‘aznachilik xizmati qo‘mitasi

Subsidiyani xaridorning hisobvarag‘iga “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali avtomatik ravishda o‘tkazib beradi.

1 ish kunida

5-bosqich

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi

Qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatidan maqsadli va samarali foydalanishni masofaviy hamda joyiga chiqqan holda monitoring qilib boradi.

Subsidiya ajratilgan kundan boshlab masofaviy doimiy hamda joyiga chiqqan har olti oyda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishni raqamlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2a-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan

qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga

Qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizini yoki lazerli yer tekislagich agregati qiymatining 30 foizini qoplash uchun subsidiya olishga

ARIZA

(jismoniy shaxs uchun)

Familiyasi: ______________________________________________________________________________

Ismi: ___________________________________________________________________________________

Otasining ismi: __________________________________________________________________________

Pasport yoki identifikatsiya ID-karta raqami: _________________________________________________

Amal qilish muddati: ______________________________________________________________________

Bergan organ nomi: ________________________________________________________________________

JSHSHIR: ________________________________________________________________________________

Elektron manzili: ________________________________________________________________________

STIR: ___________________________________________________________________________________

Bank MFO: _______________________________________________________________________________

Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i: ______________________________________

Telefon raqami: __________________________________________________________________________

O‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida soliq organlarida ro‘yxatdan o‘tganligi to‘g‘risida ma’lumotnoma raqami: ______________________________, sanasi: _______________________________

Qishloq xo‘jaligi texnikasini boshqarish uchun berilgan traktorchi-mashinist guvohnomasining:

raqami: _____________________________________, sanasi:_____________________________________

ruxsat berilgan tegishli toifasi: ___________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(qishloq xo‘jaligi texnikasi yoki lazerli yer tekislagich agregatini yetkazib beruvchining nomi)

Oldi-sotdi/kredit, lizing shartnomasi raqami: ____________________, sanasi:____________________

Shartnoma qiymati: _______________________________________________________________________

(raqam va so‘z bilan yoziladi)

Elektron hisobvaraq-faktura raqami: _________________________, sanasi: _______________________

Texnika nomi: ______________________________, rusumi/modeli: _______________________________

Zavod raqami: ______________________________, dvigatelning zavod raqami: _____________________

Muvofiqlik sertifikati raqami: ________________________, sanasi: ___________________________

Texnik pasport/guvohnoma raqami: ___________________________, sanasi: ________________________

Lizing obyektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi raqami: _________, sanasi: ______________

Sotib olingan qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizini yoki lazerli yer tekislagich agregati qiymatining 30 foizini qoplash uchun subsidiya ajratish so‘raladi.

Elektron imzo (QR-kod)

20___ yil “____” ______________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishni raqamlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2b-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘zbekiston Respublikasi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi

Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan

qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga

Qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizini yoki lazerli yer tekislagich agregati qiymatining 30 foizini qoplash uchun subsidiya olishga

ARIZA

(yuridik shaxs uchun)

_________________________________________________________________________________________

(davlat ro‘yxatidan o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma raqami va berilgan sanasi)

“_______________________________________________________________________________________”

(yuridik shaxsning to‘liq nomi)

Tashkiliy-huquqiy shakli xos raqami (THSH): _________________________________________________

Amalga oshirilayotgan faoliyat turi kodi (IFUT): _____________________________________________

Elektron manzili: ________________________________________________________________________

Pochta manzili: ___________________________________________________________________________

STIR: ___________________________________________________________________________________

Bank MFO: _______________________________________________________________________________

Talab qilib olinguncha saqlanadigan depozit hisobvarag‘i: ______________________________________

Telefon raqami: __________________________________________________________________________

_________________________________________________________________________________________

(qishloq xo‘jaligi texnikasi yoki lazerli yer tekislagich agregatini yetkazib beruvchining nomi)

Oldi-sotdi/kredit, lizing shartnomasi raqami: ____________________, sanasi: ____________________

Shartnoma qiymati: _______________________________________________________________________

(raqam va so‘z bilan yoziladi)

Elektron hisobvaraq-faktura raqami: ________________________, sanasi: ________________________

Texnika nomi: _____________________________, rusumi/modeli: ________________________________

Zavod raqami: ________________________, dvigatelning zavod raqami: ___________________________

Muvofiqlik sertifikati raqami: _________________________, sanasi: __________________________

Texnik pasport/guvohnoma raqami: _________________________, sanasi: __________________________

Lizing obyektini qabul qilish-topshirish dalolatnomasi raqami: _________, sanasi: ______________

Sotib olingan qishloq xo‘jaligi texnikasi qiymatining 15 foizini yoki lazerli yer tekislagich agregati qiymatining 30 foizini qoplash uchun subsidiya ajratish so‘raladi.

Elektron imzo (QR-kod)

20___ yil “____” ______________

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-son qaroriga
2-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloqni lizing shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2000-yil 2-noyabrdagi 424-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-bandning uchinchi xatboshisidagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 4-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-banddagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-bandning ikkinchi xatboshisidan “(23216)” raqami chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-iyuldagi 533-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi yettinchi xatboshisi “xarajatlarini” so‘zidan keyin “, tovar-moddiy boyliklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida xarid qilishni” so‘zlari bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning moddiy-texnik bazasini yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-banddagi “Moliya vazirligi” so‘zlari “Iqtisodiyot va moliya vazirligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 4-banddagi “moliya vaziri” so‘zlari “iqtisodiyot va moliya vaziri” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 1-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 12-iyuldagi 578-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligi korxonalari samaradorligini oshirish hamda ularni zamonaviy yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida subsidiya ajratish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Subsidiya.mf.uz” axborot portali — qishloq xo‘jaligi texnikalari, lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati xarid qiymatining bir qismini hamda ular kredit va lizing shartlarida xarid qilinganda, foiz xarajatlarining bir qismini, shuningdek, avtopilot uskunasini xarid qilish uchun ajratiladigan kredit bo‘yicha foiz xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun subsidiya ajratish bilan bog‘liq amaliyotlar bajariladigan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avtopilot uskunasi — qishloq xo‘jaligi texnikalarini inson aralashuvisiz yoki kam aralashuv bilan boshqarishga imkon beradigan elektron-mexanik tizim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — qarz oluvchi tomonidan yangi qishloq xo‘jaligi texnikasi lizing yoki kredit shartlarida xarid qilinganda, ularning foiz xarajatlarini tijorat banklari yoki lizing tashkilotlari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktidan, shuningdek, yangi avtopilot uskunasini xarid qilish uchun tijorat banki tomonidan ajratiladigan kreditning 14 foiz punktidan yuqori, biroq 8 foizlik punktidan oshmagan qismini qoplab berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasining (keyingi o‘rinlarda — Jamg‘arma) pul mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi — qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, paxta-to‘qimachilik ishlab chiqarish tashkilotlari va klasterlari hamda mexanizatsiya xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasi — mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalarda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jaligida mexanizatsiya ishlarini bajaradigan barcha turdagi traktorlar, kombaynlar, tirkamalar va agregatlar, shuningdek, 2026-yil 1-yanvarga qadar xorijdan tayyor holda olib kelinadigan, aniq donalab ekuvchi ko‘p funksiyali chigit ekish seyalkalari, g‘alla o‘rish kombaynlari hamda paxta terish mashinalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olish uchun ajratilgan kredit va lizing bo‘yicha, shuningdek, avtopilot uskunasini xarid qilishga ajratilgan kredit bo‘yicha hisoblangan foizining bir qismini qoplab berish uchun ko‘zda tutilgan mablag‘larni Jamg‘armaga ajratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xarajatlarni qoplashning ushbu miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy foiz stavkasining o‘zgarishiga qarab O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan qayta ko‘rib chiqilishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tijorat banklarida resurslar taqchilligi yuzaga kelganda, qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib olishga kreditlar ajratish uchun O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi G‘aznachilik xizmati qo‘mitasining (keyingi o‘rinlarda — G‘aznachilik qo‘mitasi) vaqtincha bo‘sh turgan mablag‘larini tijorat banklariga belgilangan tartibda joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qishloq xo‘jalik texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratilgan lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya ushbu Nizomga 1-ilovadagi sxemaga muvofiq ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banki tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonasiga kredit shartlarida qishloq xo‘jalik texnikasiga avtopilot uskunasini xarid qilish uchun ajratilgan kredit foizini qoplash uchun subsidiya ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq amalga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qarz oluvchiga ushbu Nizom talablari asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
lizing hamda kredit shartlarida xarid qilingan qishloq xo‘jaligi texnikasining foiz to‘lovini qisman qoplab berish uchun subsidiya lizing tashkiloti, tijorat banki va Jamg‘arma o‘rtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit shartlarida xarid qilinadigan avtopilot uskunasining foiz to‘lovini qisman qoplab berish uchun subsidiya tijorat banki va Jamg‘arma o‘rtasida tuziladigan Bosh bitimga muvofiq ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya miqdori qarz oluvchi va lizing tashkiloti yoki tijorat banki o‘rtasida tuziladigan shartnoma shartlarida aks ettirilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xo‘jaligi texnikalarini sotib oluvchiga lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya tijorat banki va lizing tashkiloti tomonidan belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktidan, shuningdek, avtopilot uskunasi xarid qilish uchun ajratilgan kreditning 14 foizlik punktidan yuqori, biroq 8 foizlik punktidan oshmagan qismi miqdorida ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda qarz oluvchining lizing yoki kredit shartnomasi barcha turdagi kombaynlar va dvigatel quvvati 100 ot kuchidan ko‘p bo‘lgan traktorlar uchun 10 yil muddatga, qolgan traktorlar, osma va tirkama texnikalar, shuningdek, avtopilot uskunasini xarid qilish uchun 7 yildan kam bo‘lmagan muddatga rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kredit yoki lizing oluvchilarning so‘roviga asosan ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatlar qisqartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Subsidiya O‘zbekiston Respublikasi rezidenti hisoblangan qonunchilikda belgilangan tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi lizing tashkiloti va tijorat banklariga ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Qishloq xo‘jaligi texnikalarini xarid qilishda subsidiya ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Subsidiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) lizing oluvchilar tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasini shartnomada ko‘rsatilgan qiymatining 15 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans to‘langanda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) lizing yoki kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasining 10 foizlik punktdan, avtopilot uskunasi xarid qilish uchun ajratilgan kreditning 14 foizlik punktidan yuqori, biroq 8 foizlik punktidan oshmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qarz oluvchi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilishda lizing tashkiloti yoki tijorat bankiga quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sug‘urta polisi yoki kafillik yoxud qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa ta’minot turlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tijorat banki tomonidan quyidagi holatlarda kredit ajratish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchining bank kreditlari bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorligi mavjud bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi salbiy kredit tarixiga ega bo‘lganda (kredit to‘lovi 6-marta 60 kundan kechiktirilgan bo‘lsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qarz oluvchi tomonidan ushbu Nizomning 9-bandiga muvofiq barcha zarur hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng lizing tashkiloti yoki tijorat banki arizani 3 ish kunida ko‘rib chiqadi hamda ijobiy xulosa qabul qilinganda qarz oluvchi bilan shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Lizing tashkiloti yoki tijorat bankining kredit qo‘mitasi tomonidan kredit ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda, qarz oluvchiga rad etish sabablari bayon etilgan yozma ma’lumot taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarz oluvchi qayta murojaat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Lizing tashkiloti yoki tijorat banki qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovi to‘langandan so‘ng hisoblangan foizning bir qismini qoplash uchun quyidagi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni “Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) lizing tashkiloti yoki tijorat banki o‘rtasida qarz oluvchi bilan tuzilgan shartnoma raqami, sanasi, foizi, muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qarz oluvchi tomonidan to‘langan o‘ziga tegishli foiz to‘lovi summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qishloq xo‘jaligi texnikasi va/yoki lazerli yer tekislagich agregatining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi;

rusumi/modeli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zavod raqami (kuzov shassi raqami);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dvigatelning zavod raqami (lazerli yer tekislagich va boshqa agregatlar bundan mustasno);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi texnik pasport, lazerli yer tekislagich agregati va boshqa agregatlarning texnik guvohnoma raqami, sanasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga kiritilganda, qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovini to‘langani to‘g‘risidagi ma’lumot va buyurtmanoma avtomatik ravishda shakllanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agarda hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimida to‘liq yoki mavjud bo‘lmasa, buyurtmanoma shakllanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi, lizing yoki kredit ajratish va ular bo‘yicha subsidiya olishning barcha jarayoni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan mas’uliyat lizing tashkiloti va tijorat banklarining rahbarlariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Jamg‘armada Qishloq xo‘jaligi texnikalari va lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregati qiymatining, shuningdek, ular kredit yoki lizing shartlarida xarid qilinganda, foiz xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishni ko‘rib chiquvchi komissiya (keyingi o‘rinlarda — komissiya) tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya a’zolari tarkibi Jamg‘armani boshqarish departamenti direktori tomonidan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya a’zolarining har biriga “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida shaxsiy kabinet ochiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali kelib tushgan buyurtmanoma va unga ilova qilingan hujjatlarni besh ish kunida o‘rganib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli lizing yoki kredit uchun foiz to‘lovi summasi to‘langanini o‘rganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rganish jarayoni yakunlangandan so‘ng bir ish kunida Komissiya subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya a’zolari “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida buyurtmanoma beruvchiga ajratiladigan subsidiyani “subsidiya ajratish” yoki “subsidiya ajratishni rad etish” tugmasi orqali asoslantirgan holda elektron imzo (QR-kod) bilan tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
komissiya a’zolarining uchdan ikki qismining qarori subsidiya ajratish to‘g‘risida ijobiy bo‘lganda, buyurtmanoma beruvchiga subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagi holatlarda buyurtmanomani ko‘rib chiqish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ushbu Nizomning 12-bandiga muvofiq taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar to‘liq bo‘lmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli lizing yoki kredit uchun foiz to‘lovi to‘lanmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Lizing tashkiloti yoki tijorat banki “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali subsidiya ajratish ma’qullangani yoki rad etilgani to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Subsidiya ajratish ma’qullanganda, “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida qishloq xo‘jaligi texnikasi va lazerli yer tekislagich agregatining shartnomadagi to‘lov grafigiga asosan ajratiladigan subsidiya miqdori avtomatik ravishda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya bir ish kunida “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida G‘aznachilik qo‘mitasida Jamg‘armaga ochilgan maxsus g‘azna hisobvarag‘idan lizing tashkiloti yoki tijorat bankining buyurtmanomada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga avtomatik ravishda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Avtopilot uskunasini xarid qilish uchun subsidiya ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Subsidiya qishloq xo‘jaligi texnikasiga xarid qilingan avtopilot uskunasi uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Subsidiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kredit oluvchilar tomonidan avtopilot uskunasining shartnomada ko‘rsatilgan qiymatining 20 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda avans to‘langanda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kredit shartnomasida belgilangan foiz stavkasining 14 foizlik punktdan yuqori, biroq 8 foiz punktidan oshmagan qismini qoplash uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tijorat banki qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovini to‘lagandan so‘ng, hisoblangan foizning 14 foiz punktdan yuqori, biroq 8 foiz punktidan oshmagan qismini qoplash uchun “Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga quyidagi hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tijorat banki bilan qarz oluvchi o‘rtasida tuzilgan shartnoma raqamini, sanasini, foizini, muddatini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovi to‘langani to‘g‘risida ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) avtopilot uskunasining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rusumi/modeli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilgan sanasi, oyi, yili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zavod raqamini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuqorida qayd etilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar “Subsidiya.mf.uz” axborot portaliga kiritilganda, qarz oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovi to‘langani to‘g‘risida ma’lumot va buyurtmanoma avtomatik shakllanadi. Agarda hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar axborot tizimda mavjud bo‘lmasa, buyurtmanoma shakllanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi yoki kredit ajratish va ular bo‘yicha subsidiya olishning barcha jarayoni ushbu Nizom talablariga muvofiqligi yuzasidan mas’uliyat tijorat banklarining rahbarlariga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Komissiya avtopilot uskunasini xarid qilish bo‘yicha “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali kelib tushgan buyurtmanoma va ilova qilingan hujjatlarni uch ish kunida o‘rganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘rganish jarayonlari yakunlangandan so‘ng bir ish kunida komissiya subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va shu kunning o‘zida tijorat banki “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida subsidiyani ajratish ma’qullangani yoki rad etilgani to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya a’zolari “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida buyurtmanoma beruvchiga ajratiladigan subsidiyani “subsidiya ajratish” yoki “subsidiya ajratishni rad etish” tugmasi orqali asoslantirgan holda elektron imzo (QR-kod) bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya a’zolarining uchdan ikki qismining qarori “subsidiya ajratish” to‘g‘risida ijobiy bo‘lganda, buyurtmanoma beruvchiga subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Quyidagi holatlarda buyurtmanomani ko‘rib chiqish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kredit oluvchi tomonidan o‘ziga tegishli foiz to‘lovi to‘lanmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) hujjatlardagi ma’lumotlar avtopilot uskunasi ma’lumotlariga mos bo‘lmaganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Subsidiya ajratish ma’qullanganda, “Subsidiya.mf.uz” axborot portalida ajratiladigan subsidiya miqdori avtomatik tarzda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ajratiladigan subsidiya miqdori aniqlangandan so‘ng bir ish kunida O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida G‘aznachilik qo‘mitasida Jamg‘armaga ochilgan maxsus g‘azna hisobvarag‘idan “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali subsidiya tijorat bankining buyurtmanomada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga avtomatik tarzda o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Subsidiyani hisoblash va ajratishni to‘xtatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Subsidiya ushbu Nizom talablari asosida rasmiylashtirilgan lizing va kredit muddatidan kelib chiqib, haqiqatda qoldiq qarz summasiga hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda to‘lov jadvali bo‘yicha muddati o‘tgan qarzdorlikka qayta subsidiya hisoblanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarz oluvchi lizing yoki kreditni uni muddati o‘tgandan so‘ng qaytarganda, ajratiladigan subsidiya tasdiqlangan to‘lov jadvalida qayd etilgan summadan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Qarz oluvchi shartnomaning to‘lov jadvaliga muvofiq o‘ziga tegishli bo‘lgan lizing yoki kredit foiz to‘lovlarini (subsidiya sifatida beriladigan foizdan tashqari) to‘liq to‘lagan bo‘lishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Subsidiya lizing tashkiloti uchun har chorakda, tijorat banki uchun har oyda keyingi oyning 20-kunigacha taqdim etilgan buyurtmanomalar bo‘yicha hisoblangan joriy foizlar miqdorida hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Jamg‘arma tomonidan lizing tashkiloti yoki tijorat banki hisobvarag‘iga qarz oluvchi uchun hisoblangan foiz to‘lovini qisman qoplash uchun o‘tkazib berilgan subsidiya ushbu qarz oluvchining hisoblangan foiz to‘lovlari uchun hisob-kitob qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ajratilgan subsidiya qarz oluvchiga hisoblangan subsidiya miqdoridan ko‘p bo‘lgan taqdirda, ortiqcha mablag‘lar 2 bank ish kunidan kechiktirmasdan Jamg‘arma hisobvarag‘iga qaytarib o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Lizing yoki kredit shartnomasining shartlari o‘zgargan taqdirda, ilgari tasdiqlangan va hisoblangan subsidiya miqdori oshirilmaydi va subsidiya muddati uzaytirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Jamg‘arma tomonidan ajratilgan subsidiyadan maqsadli foydalanishni, to‘lovlarning va hisob-kitoblarning to‘g‘ri amalga oshirilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maqsadsiz foydalanilgan subsidiya mablag‘lari Bosh bitim shartlariga asosan Jamg‘armaga qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Subsidiya ajratilishi quyidagi hollarda to‘xtatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) lizing yoki kredit shartnomasi bo‘yicha subsidiya maqsadsiz sarflangani aniqlanganda, qarz oluvchi tomonidan lizing yoki kredit asosiy qarzining tegishli qismi to‘lov jadvalida belgilangan sanadan boshlab 90 kun davomida to‘liq to‘lanmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qarz oluvchi tomonidan lizing yoki kredit shartnomasi bo‘yicha majburiyatlar to‘liq bajarilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qarz oluvchining subsidiya olishni to‘xtatish to‘g‘risidagi murojaati mavjud bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) lizing yoki kredit shartnomasi to‘liq bekor qilinganda hamda qarz majburiyatlari boshqa shaxsga o‘tkazilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Taraflar o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar belgilangan tartibda sud tomonidan hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga

Qishloq xo‘jalik texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratilgan lizing yoki kredit foizini qoplash uchun subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qishloq xo‘jaligi korxonasi

Lizing tashkiloti yoki tijorat bankka qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ariza taqdim etadi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Lizing tashkiloti yoki tijorat banki

Qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqadi.

3 bank ish kuni

3-bosqich

Lizing tashkiloti yoki tijorat banki

Ijobiy xulosa qabul qilinganda qishloq xo‘jaligi korxonasiga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun lizing yoki kredit ajratadi.

Xulosa qabul qilingandan keyin 1 bank ish kuni

4-bosqich

Lizing tashkiloti yoki tijorat banki

Qishloq xo‘jaligi korxonasiga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing yoki kredit shartlarida xarid qilish uchun ajratgan lizing yoki kredit foizini tegishli miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish yuzasidan Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali buyurtmanoma taqdim etadi.

Hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga kadar

5-bosqich

Komissiya

(Jamg‘arma)

1. “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali kelib tushgan buyurtmanoma va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqadi.

5 ish kunida

2. O‘rganish jarayoni yakunlangandan so‘ng subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

1 ish kunida

6-bosqich

Jamg‘arma

Komissiya subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilganda, “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida G‘aznachilik qo‘mitasida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan ko‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ochilgan maxsus g‘azna hisobvarag‘idan lizing tashkiloti yoki tijorat bankining buyurtmanomada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga avtomatik ravishda o‘tkazadi.

Bosh bitimda belgilangan muddatda

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi texnikasini kredit va lizing shartlarida, shuningdek, qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilishni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banki tomonidan qishloq xo‘jaligi korxonasiga kredit shartlarida qishloq xo‘jalik texnikasiga avtopilot uskunasini xarid qilishga ajratilgan kredit foizini qoplash uchun subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qishloq xo‘jaligi korxonasi

Tijorat bankka kredit shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilish uchun ariza taqdim etadi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Tijorat banki

Qishloq xo‘jaligi korxonasi tomonidan kredit shartlarida qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilish uchun taqdim etilgan arizani ko‘rib chiqadi.

3 bank ish kuni

3-bosqich

Tijorat banki

Ijobiy xulosa qabul qilinganda, qishloq xo‘jaligi korxonasiga qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun avtopilot uskunasini xarid qilish uchun kredit ajratadi.

Xulosa qabul qilingandan keyin 1 bank ish kuni

4-bosqich

Tijorat banki

Qishloq xo‘jaligi korxonasiga qishloq xo‘jaligi texnikasiga avtopilot uskunasini xarid qilish uchun ajratgan kredit foizini tegishli miqdorda qoplash uchun subsidiya ajratish yuzasidan Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali buyurtmanoma taqdim etadi.

Hisobot davridan keyingi oyning 20 sanasiga kadar

5-bosqich

Komissiya

(Jamg‘arma)

1. “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali kelib tushgan buyurtmanoma va unga ilova qilingan hujjatlarni o‘rganib chiqadi.

3 ish kunida

2. O‘rganish jarayoni yakunlangandan so‘ng subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

1 ish kunida

6-bosqich

Jamg‘arma

Komissiya subsidiya ajratish to‘g‘risida qaror qabul qilganda, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan subsidiya uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida G‘aznachilik qo‘mitasida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga ochilgan maxsus g‘azna hisobvarag‘idan “Subsidiya.mf.uz” axborot portali orqali subsidiya tijorat bankining buyurtmanomada ko‘rsatilgan bank hisobvarag‘iga avtomatik tarzda o‘tkazadi.

Bosh bitimda belgilangan muddatda

.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 29-avgustdagi 549-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 26-noyabrdagi 952-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi sohasini boshqarish tizimini yanada takomillashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 30-iyundagi PQ-4765-son qarori)” 2020-yil 30-oktabrdagi 666-son qaroriga 1-ilovaning 8-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qaroriga 2-ilovaning 2-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Avtomototransport vositalarini sotib olish jarayoniga axborot tizimlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-fevraldagi 78-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida” 2021-yil 20-apreldagi O‘RQ-682-son Qonuni) 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 739-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash va ularning manfaatdorligini oshirish uchun qulay sharoitlar yaratilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2022-yil 17-avgustdagi 455-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlar Mahkamasining “Agrar va oziq-ovqat sohalari uchun subsidiya ajratish tizimini takomillashtirish va uning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 3-avgustdagi 331-son qaroriga 3-ilovaning 3-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash hamda subsidiya berish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2023-yil 11-avgustdagi 364-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.08.2025-y., 09/25/549/0791-son)