Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 09.07.2024 yildagi 400-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2023-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalarini va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etishni jadallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 16-fevraldagi PQ-57-son qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Issiqxona xoʻjaliklari va meva-sabzavotlarni eksport qiluvchi korxonalarning faoliyatini qoʻllab-quvvatlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2023-yil 27-oktabrdagi 567-son qarori ijrosini taʼminlash, shuningdek, issiqxona xoʻjaliklari faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va mahsulot yetishtirish hajmlarini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha talab etiladigan hujjatlar, ularni koʻrib chiqish hamda subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonidan foydalanish yuzasidan monitoring yuritish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasi (J. Xodjayev) (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) bir oy muddatda 2024-yilda koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismi qoplab beriladigan issiqxonalarning manzilli roʻyxatini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq “Agrosubsidiya” axborot tizimiga kiritilgan issiqxona xoʻjaliklariga oʻz vaqtida subsidiya ajratilishini nazorat qilib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Qoʻchqorov va J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 9-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
400-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 9 iyuldagi 400-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligining (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlari hisobidan qoplash tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona xoʻjaliklari — sanoat usulida issiqxonada qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklari, dehqon xoʻjaliklari, agroklasterlar va boshqa yuridik shaxs maqomiga ega boʻlgan qishloq xoʻjaligi subyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻmir qozon — issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun Oʻzbekiston Respublikasida yoki xorijiy davlatlarda ishlab chiqarilgan va muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan qozon;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — koʻmir qozonini xarid qilgan va xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun murojaat qilgan qishloq xoʻjaligi subyekti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilardan xarid qilingan koʻmir qozoni xarajatlarining Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan qoplab beriladigan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrosubsidiya” AT — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalarni ajratish, mahsulot yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatish imkoniyatlarini taʼminlab beradigan axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun xarid qilingan koʻmir qozoni xarajatlarining 20 foizgacha qismini qoplash maqsadida, biroq 80 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan bir martalik subsidiya beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismi ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subsidiya “V” va undan yuqori tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reyting darajasiga ega issiqxona xoʻjaliklariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reyting darajasidan kelib chiqib, subsidiyaning amaldagisiga nisbatan quyidagi miqdorlarda taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AAA” toifa — amaldagi miqdorning 100 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AA” toifa — amaldagi miqdorning 90 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“A” toifa — amaldagi miqdorning 80 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“VVV” toifa — amaldagi miqdorning 70 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“VV” toifa — amaldagi miqdorning 60 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“V” toifa — amaldagi miqdorning 50 foizi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya ajratish boʻyicha ariza bilan murojaat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Har bir tuman (Quvasoy shahar)da issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish maqsadida koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi (keyingi oʻrinlarda — tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi) mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Talabgor issiqxonani koʻmir yoqilgʻisida isitish maqsadida koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish boʻyicha tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhiga “Agrosubsidiya” AT orqali ariza bilan murojaat qiladi hamda quyidagilarni ilova qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atmosfera havosini ifloslantiruvchi statsionar manbalarda samaradorligi 99,5 foizdan past boʻlmagan chang va gazlarni tutib qoluvchi qurilmalarning mavjudligini tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona xoʻjaligining kadastr maʼlumotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻmir qozonining muvofiqlik sertifikati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyati boʻyicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻmir qozonining oldi-sotdi va/yoki pudrat shartnomasi, oʻrnatish ishlari sifatli bajarilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma hamda hisob-faktura hujjatlari nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻmir qozonining issiqxonani isitish uchun talab etiladigan isitish quvvatiga egaligi va issiqxona maydonining isitish qozoniga muvofiqligini tasdiqlovchi hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor arizadagi maʼlumotlar va ilova qilingan hujjatlarning toʻgʻriligi uchun javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgordan ushbu bandda nazarda tutilmagan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor koʻmir qozonini xarid qilish boʻyicha shartnoma imzolangan kundan boshlab bir yil mobaynida subsidiya ajratish yuzasidan tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhiga ariza bilan murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq boʻlmaganda yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirilmagan holda taqdim etilganda tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi tomonidan arizani qabul qilish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Talabgorning murojaatini koʻrib chiqish va subsidiya ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi har yili 1-martga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan oʻrnatilgan koʻmir qozonining energiya jihatdan samaradorlik darajasini hamda belgilangan tartibda oʻrnatilganligini, issiqxonani isitish uchun talab etiladigan quvvatga egaligi va issiqxona maydonining qurilma quvvatiga muvofiqligini, shuningdek, issiqxona loyihasining parametrlariga koʻra joylashtirilganligini joyiga chiqqan holda oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrganish natijalariga koʻra ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq xulosani rasmiylashtirgan holda talabgorlarning manzilli roʻyxatini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning manzilli roʻyxatidan kelib chiqib, talabgorlarga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani rasmiylashtirgandan soʻng talabgorlarning manzilli roʻyxatini va xulosalarni koʻrib chiqish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali Agentlikka yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlarning manzilli roʻyxatini shakllantirishda quyidagi mezonlar inobatga olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona obyektlari soz holatda boʻlganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
issiqxona xoʻjaliklari amalda faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyib, yil davomida kamida bitta mahsulot turini yetishtirayotganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“V” va undan yuqori Tadbirkorlik subyektlarining barqarorlik reyting darajasiga ega issiqxona xoʻjaliklari ekanligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi talabgorlarning manzilli roʻyxatini shakllantirishda quyidagilarga shaxsan masʼul hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (Quvasoy shahar) hokimi — ishchi guruh faoliyatini tashkil qilishga va ishchi guruh tomonidan talabgorning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi arizasini joyiga chiqqan holda muddatida va toʻliq oʻrganishga hamda rasmiylashtirilgan hujjatlarning toʻgʻriligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi hujjatlar oʻz vaqtida rasmiylashtirilishi va muvofiqlashtirilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi — issiqxona xoʻjaligining kadastr maʼlumotlari toʻgʻriligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (Quvasoy shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi — talabgorga xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki va hisobvaraqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻriligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (Quvasoy shahar) soliq inspeksiyasi rahbari — talabgorning soliq hisobotlarini topshirib borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻriligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki rahbari — talabgorning bank hisobvaragʻidan pul aylanmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻriligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (Quvasoy shahar) statistika boʻlimi boshligʻi — talabgorning statistika hisobotlarini topshirib borishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar toʻgʻriligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (Quvasoy shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi — quruvchi-pudrat tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomada talabgorning huquqi himoya qilinishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (Quvasoy shahar) ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻlimi boshligʻi — qishloq xoʻjaligi subyektining faoliyati boʻyicha davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi mavjudligi hamda koʻmir qozoni chang-gaz tozalash uskunasi bilan jihozlanganligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning tuman (Quvasoy shahar) loyiha ofisi rahbari — koʻmir qozonining muvofiqlik sertifikati mavjudligi, issiqxonani isitish uchun talab etiladigan isitish quvvatiga egaligi va issiqxona maydoniga muvofiqligiga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agentlik har yili 20-martga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning manzilli roʻyxatga kiritilganligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra talabgorga subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish haqida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning manzilli roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Talabgorga xarid qilingan koʻmir qozoni xarajatlarining bir qismini qoplashni rad etish uchun quyidagilar asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning oʻz arizasiga asosan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 6-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiq kelmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan soxta hujjatlar, notoʻgʻri yoki yolgʻon maʼlumotlar taqdim etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻmir qozoni sifatsiz oʻrnatilganda va issiqxona loyihasining parametrlariga koʻra joylashtirilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi subyekti tugatilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar bilan talabgorga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik subsidiya ajratishni rad etgan taqdirda, talabgorni bir kun muddatda “Agrosubsidiya” AT orqali rad etishning aniq sabablarini koʻrsatgan holda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Subsidiya ajratish rad etilgan talabgor Agentlikning qarorida koʻrsatilgan rad etish sabablarini birinchi marta murojaat qilgan kundan boshlab bir yil davomida bartaraf etgan holda qayta murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhining subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi har yili 1-aprelga qadar Agentlik tomonidan taqdim etilgan talabgorlarning manzilli roʻyxatini oʻrganib chiqib, Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tasdiqlash uchun kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Hukumat komissiyasi har yili 15-aprelga qadar talabgorlarning manzilli roʻyxatini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Agentlik Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan talabgorlarning manzilli roʻyxatiga muvofiq oʻn ish kuni ichida talabgorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiyani oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Koʻmir qozonidan foydalanish yuzasidan monitoring yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Talabgor issiqxonani isitish uchun oʻrnatilgan koʻmir qozonidan besh yil mobaynida foydalanishi va qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Agentlik Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil bilan kelishilgan holda va talabgor ishtirokida bir yilda bir marta (hisobot yilining oktabr oyidan keyingi yilning aprel oyiga qadar) koʻmir qozonidan foydalanish yuzasidan monitoring oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoring natijalari asosida Agentlik tomonidan ikki nusxada dalolatnoma tuziladi hamda dalolatnomaning bir nusxasi Agentlikda va ikkinchi nusxasi talabgorda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Agentlik va talabgor oʻrtasida tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan talablarning buzilish holatlari aniqlanganda, Agentlik uch ish kuni ichida talabgorga ajratilgan subsidiyani qaytarish haqidagi ogohlantirish xatini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Talabgor ogohlantirish xatini olgan kundan eʼtiboran bir oy ichida ajratilgan subsidiyani Agentlikning shartnomada koʻrsatilgan maxsus shaxsiy gʻazna hisobvaragʻiga qaytaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shartnomada nazarda tutilgan talablarning buzilish holatlari aniqlangan yilga qarab, subsidiya quyidagi tartibda qaytariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1 yilda — 100 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2 yilda — 80 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 yilda — 60 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4 yilda — 40 foiz;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5 yilda — 20 foiz.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Talabgor subsidiyani belgilangan muddat va miqdorda qaytarmaganda, Agentlik subsidiyani sud tartibida undirish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Subsidiya berishda yuzaga keladigan kelishmovchiliklar tomonlar oʻrtasida muzokaralar oʻtkazish orqali hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda taraflar oʻrtasida kelishmovchiliklar muzokaralar oʻtkazish orqali hal etilmagan taqdirda, nizolar sud tartibida hal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratilgan mablagʻlardan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA

Issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Qishloq xoʻjaligi subyekti

(keyingi oʻrinlarda — talabgor)

Koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish maqsadida koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhiga (keyingi oʻrinlarda — tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi) “Agrosubsidiya” AT orqali ariza bilan murojaat qiladi.

Koʻmir qozon ishga tushirilgandan soʻng ixtiyoriy ravishda

2-bosqich

Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi

Talabgor tomonidan kiritilgan arizani mazkur Nizomning 6 — 8-bandlariga mosligini koʻrib chiqib, manzilli roʻyxatga kiritadi va talabgorga subsidiya ajratish boʻyicha xulosasini Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Agentlik) taqdim etadi.

Har yili 1-martga qadar

3-bosqich

Agentlik

Talabgorga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosani va unga ilova qilingan hujjatlarni koʻrib chiqadi hamda talabgorning manzilli roʻyxatga mosligini tekshiradi.

Hujjatlarni koʻrib chiqish natijalariga koʻra talabgorga subsidiya ajratish yoki subsidiya ajratishni rad etish haqida qaror qabul qiladi.

Manzilli roʻyxatni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga taqdim etadi.

Har yili 20-martga qadar

4-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

Agentlik tomonidan kiritilgan manzilli roʻyxatni umumlashtirib Investitsiyalarni jalb qilish, sanoatni rivojlantirish va savdoni tartibga solish masalalari boʻyicha Hukumat komissiyasiga (keyingi oʻrinlarda — Hukumat komissiyasi) tasdiqlash uchun kiritadi.

Har yili 1-aprelga qadar

5-bosqich

Hukumat komissiyasi

Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan kiritilgan manzilli roʻyxatni koʻrib chiqib tasdiqlaydi.

Har yili 15-aprelga qadar

6-bosqich

Agentlik

Hukumat komissiyasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq talabgorning tijorat bankidagi hisobvaragʻiga subsidiya mablagʻlarini oʻtkazib beradi.

10 ish kuni ichida

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish maqsadida koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhining

NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tuman (Quvasoy shahar) hokimi, ishchi guruh rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, ishchi guruh rahbarining oʻrinbosari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman (Quvasoy shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tuman (Quvasoy shahar) soliq inspeksiyasi rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banklari rahbarlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tuman (Quvasoy shahar) statistika boʻlimi rahbari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tuman (Quvasoy shahar) fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuman (Quvasoy shahar) ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi boshligʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tuman (Quvasoy shahar) loyiha ofisi rahbari
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish uchun koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

“TASDIQLAYMAN”

__________________________ tumani hokimi,

tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi rahbari

___________ ______________________________________

___(imzo)________________________(F.I.O.)___________

20____ yil “_____” ___________________

Issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish maqsadida koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhining

XULOSASI

_________________ tumanida Issiqxona xoʻjaliklariga issiqxonalarni koʻmir yoqilgʻisida isitish maqsadida koʻmir qozonini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga koʻmaklashuvchi tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi “___________________________” MCHJ/fermer xoʻjaligi/dehqon xoʻjaligining 20__ yil “___”___________dagi ____-son murojaati oʻrganib chiqildi va quyidagilar aniqlandi:

1. Qishloq xoʻjaligi subyektining nomi: __________________________________________________.

2. Issiqxona va muqobil energiya qurilmasi toʻgʻrisida maʼlumotlar:

a) issiqxona turi: ________, oʻlchami: ____ga, shundan ekin maydoni: ____ga, kontur raqami: ____;

b) muqobil energiya turi: _________________, isitish quvvati (hajmi):______________.

2. Muqobil energiya qurilmasi xarid qilingan tashkilot nomi: _______________, u bilan tuzilgan shartnoma raqami va sanasi: ______-son shartnoma, 202___ yil “_____” _________.

3. Muqobil energiya qurilmasini qurilish-pudratchi nomi: _______________, u bilan tuzilgan shartnoma raqami va sanasi: _______-son shartnoma, 202___ yil “_____” __________.

4. Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi: “_____________” ATB __________ filiali.

XULOSA:

“_________________” MCHJ/fermer xoʻjaligi/dehqon xoʻjaligi tomonidan issiqxona oʻlchami _____ga, shundan ekin maydoni ___ga boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun barpo qilingan issiqxonada “__________” yoqilgʻisida ishlovchi muqobil energiya qurilmasi oʻrnatilgan va mazkur qurilma _____ga oʻlchamdagi issiqxonani isitish uchun ______ quvvatga ega, ushbu qurilmadan kamida besh yil mobaynida foydalanish sharti bilan ___________ mln soʻm subsidiya ajratish maqsadga muvofiq deb topildi.

Tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi aʼzolari:

T/r

F.I.O.

Imzo

Lavozimi

1.

Tuman (Quvasoy shahar) hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari

2.

Tuman (Quvasoy shahar) qishloq xoʻjaligi boʻlimi boshligʻi

3.

Tuman (Quvasoy shahar) iqtisodiyot va moliya boʻlimi boshligʻi

4.

Fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari tuman (Quvasoy shahar) kengashi raisi

5.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligining tuman (Quvasoy shahar) loyiha ofisi rahbari

6.

Tuman (Quvasoy shahar) ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi boʻlimi boshligʻi

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.07.2024-y., 09/24/400/0490-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)