Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 07.06.2022 yildagi 315-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish va muqobil energiyadan foydalanish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022 — 2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida” 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son Farmoni hamda “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya miqdorini hisoblash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratilgan subsidiyadan samarali foydalanilishi ustidan nazorat olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va Qishloq xo‘jaligi vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qaroriga muvofiq 2022-yildan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti parametrlari doirasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga 10 gektardan kam bo‘lmagan, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orishda quyidagi xarajatlarining bir qismini qoplash uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarini sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 100 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chma generatorlar uskunalarini sotib olish xarajatlarining 30 foizigacha, biroq 30 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiya ajratish tizimini joriy qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni joriy qilish bo‘yicha ma’lumotlar bazasini shakllantirib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Suv xo‘jaligi vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda 10 gektardan kam bo‘lmagan, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishni Qishloq xo‘jaligi vazirligining “Agro-subsidiya” yagona axborot tizimi orqali yo‘lga qo‘yish yuzasidan taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qaroriga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Suv xo‘jaligi vazirligi manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 7-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
315-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 315-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga (keyingi o‘rinlarda — talabgorlar) 10 gektardan kam bo‘lmagan, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — talabgorlarning 10 gektardan kam bo‘lmagan, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplab berish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar — qonunchilik hujjatlariga muvofiq ajratilgan yer maydonida 2022-yil yoki undan keyingi yillarda 10 gektardan kam bo‘lmagan, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ko‘chma generatorlar kabi uskunalar — 10 gektardan kam bo‘lmagan, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun nasos stansiyalari va sug‘orish quduqlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida quyosh, suv, shamol yordamida hamda ko‘chma generatorlar orqali elektr energiyasini hosil qiluvchi qurilmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xulosa — 10 gektardan kam bo‘lmagan, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olgan talabgorga ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq tarkibdagi tuman ishchi guruhi tomonidan beriladigan va subsidiya ajratish uchun asos bo‘ladigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Talabgorlarga ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha 10 gektardan kam bo‘lmagan, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari uskunalarini sotib olish xarajatlarining 50 foizigacha, biroq 100 million so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘chma generator uskunalarini sotib olish xarajatlarining 30 foizigacha, biroq 30 mln so‘mdan ortiq bo‘lmagan miqdorda subsidiya beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya miqdorini hisoblash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplash uchun subsidiya miqdorini hisoblash va uni ajratish yuzasidan dalolatnoma ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan namunaviy tarkib asosida shakllantiriladigan Paxta va boshoqli don ekin maydonlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — ishchi guruh) tomonidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Talabgorlar subsidiya ajratish to‘g‘risida ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha ariza bilan ishchi guruhga (tuman hokimligiga) yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan paxta va kuzgi boshoqli don ekin maydonlari (konturlar kesimida) to‘g‘risida ma’lumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olingan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarning sertifikati va texnik pasporti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olinganligi va o‘rnatilganligi to‘g‘risidagi hujjatlar (ijrochi bilan tuzilgan shartnomalar, bajarilgan qurilish, sinov-sozlash ishlariga oid ma’lumotlar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomasi nusxalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar talabgorlar tomonidan ishchi guruhga (tuman hokimligiga) pochta yoki elektron aloqa vositalari orqali taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar taqdim etilgan hujjatlar hamda ularda ko‘rsatilgan ma’lumotlarning ishonchliligi va haqqoniyligi uchun javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ishchi guruh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ariza tushgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liqligini tekshiradi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni qurilish-sozlash ishlari yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilganligini joyiga chiqib o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishi to‘g‘risida ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorlarga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmaganda yoxud qurilish-sozlash ishlari yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilmagan taqdirda, o‘rnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishini rad etish to‘g‘risida ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorlarga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar ishchi guruhdan o‘rnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismini O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplashni rad etish to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etganidan keyin bir oy muddatda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ishchi guruhga (tuman hokimligiga) takroran murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tuman ishchi guruhining ushbu qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, sud organlariga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya ajratish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ushbu Nizomga asosan 10 gektardan kam bo‘lmagan, suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etilgan paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya 2022-yil va undan keyingi yillar uchun O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti parametrlari doirasida ajratiladi hamda quyidagi tashkilotlarning maxsus shaxsiy g‘azna hisobvaraqlarida yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi vazirligi — boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xo‘jaligi vazirligi — paxta maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuman (shahar) ishchi guruhlari tomonidan talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar rasmiylashtirilib, ishchi guruhning barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va umumlashtirilib, ro‘yxat asosida har o‘n kunda hududiy ishchi guruhga ko‘rib chiqish uchun belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarning haqqoniyligi uchun tuman (shahar) ishchi guruhi mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududiy ishchi guruhlar ro‘yxat kelib tushgan kundan e’tiboran uch ish kuni ichida uni umumlashtiradi va tahlil qiladi, agar taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarda kamchilik aniqlansa, joyiga chiqqan holda o‘rganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har o‘n kunda subsidiya oladigan talabgorlarning ro‘yxatini umumlashtirib, tegishliligicha 1-avgustga qadar Suv xo‘jaligi vazirligi hamda 20-noyabrga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Suv xo‘jaligi vazirligi hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim qilingan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarga paxta maydonlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan subsidiyani 10-avgustga qadar talabgorlarning bank kartasi yoki tijorat bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qishloq xo‘jaligi vazirligi hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim qilingan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarga boshoqli don ekin maydonlari uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan subsidiyani 1-dekabrga qadar talabgorlarning bank kartasi yoki tijorat bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida ajratilgan subsidiyaning samarali foydalanilishi ustidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan doimiy nazorat amalga oshiriladi.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 1-martdagi 135-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratishga ko‘maklashuvchi tuman ishchi guruhining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari

2.

Tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, ishchi guruh rahbari o‘rinbosari

3.

Tuman moliya bo‘limi boshlig‘i

4.

Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

5.

Tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i

6.

Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tuman filiali boshqaruvchisi

7.

“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining hududiy bo‘limi boshlig‘i, ishchi organ

8.

Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan subsidiya to‘lash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddati

I. Subsidiya miqdorini hisoblash tartibi

1-bosqich

Talabgorlar

Subsidiya ajratish yuzasidan ushbu Nizomga 3-ilovada keltirilgan shakl bo‘yicha ariza bilan tuman ishchi guruhiga murojaat qiladi.

O‘z xohishiga ko‘ra

2-bosqich

Tuman ishchi guruh

Ushbu Nizomning 5-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘g‘ri va to‘liqligini tekshiradi hamda qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni qurilish-sozlash ishlari yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilganligini joyiga chiqib o‘rganadi. Bunda:

o‘rnatilgan energiya samarador qurilmalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishi to‘g‘risidagi ushbu Nizomga 4-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorlarga yuboradi;

taqdim etilgan hujjatlar to‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmaganda yoxud qurilish-sozlash ishlari yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq amalga oshirilmagan taqdirda, o‘rnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishini rad etish to‘g‘risidagi ushbu Nizomga 5-ilovada keltirilgan shaklga muvofiq dalolatnomani tasdiqlaydi hamda talabgorlarga yuboradi.

Talabgorlar rad etish to‘g‘risidagi dalolatnomada ko‘rsatib o‘tilgan kamchiliklarni bartaraf etganlaridan keyin, bir oy muddatda ushbu Nizomda belgilangan tartibda ishchi guruhga takroran murojaat qilishlari mumkin.

Murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kunida

3-bosqich

Tuman ishchi guruh

Ijobiy xulosa rasmiylashtirilgandan so‘ng, hujjatlar umumlashtirilib, subsidiya ajratiladigan talabgorlar ro‘yxatini hududiy ishchi guruhlarga yuboradi.

Murojaat kelib tushgan kundan boshlab 10 ish kunida

II. Subsidiya ajratish tartibi

4-bosqich

Hududiy ishchi guruh

Talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarni tushgan kundan e’tiboran umumlashtiradi va tahlil qiladi, agar taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarda kamchilik aniqlansa, joyiga chiqqan holda ishlash jarayonini o‘rganadi

Har o‘n kunda

5-bosqich

Hududiy ishchi guruh

Subsidiya oladigan talabgorlarning ro‘yxatlarini umumlashtirib, tegishliligicha:

Suv xo‘jaligi vazirligiga;

1-avgustga qadar

Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim etadi.

20-noyabrga qadar

6-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi

Hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim qilingan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarga paxta maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan subsidiyani talabgorlarning bank kartasi yoki tijorat bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

10-avgustga qadar

7-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Hududiy ishchi guruhlar tomonidan taqdim qilingan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarga boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalar sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun talab etiladigan subsidiyani talabgorlarning bank kartasi yoki tijorat bankdagi hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.

1-dekabrga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎ARIZA

‎‎1. Qurilma nomi _____________________________________________________________________________

‎2. Qurilmaning turi __________________________________________________________________________

‎3. Qurilmaning quvvati ________________________________________________________________________

‎4. Qurilmaning joylashgan manzili ______________________________________________________________

‎5. Qurilmaning kafolat muddati “_______” 202

‎6. Qurilmani o‘rnatgan tashkilot ________________________________________________________________

‎7. Qurilmaning o‘rnatilgan vaqti “_______” 202

‎8. Quyidagilar ilova qilinadi:

‎1. __________________________ (_____ varaqda)

‎2. __________________________ (_____ varaqda)

‎3. __________________________ (_____ varaqda)

‎4. __________________________ (_____ varaqda)

9. Vazirlar Mahkamasining 20___ yil “____” _______________ dagi _______-son qarori bilan tasdiqlangan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi nizom talablari doirasida ishchi guruh tegishli o‘rganishlarni amalga oshirib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari tomonidan o‘rnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni xarid qilish xarajatlarining bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplanishi bo‘yicha belgilangan shaklga muvofiq dalolatnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng ajratiladigan mablag‘ni bank kartamga yoki bankdagi hisobvarag‘imga o‘tkazib berilishini so‘rayman.

‎‎
‎Bank hisobvarag‘i va rekvizitlari:_______________________________________________________________

‎ ___________________________________________________________________________________________

‎10. Men _____________________________________________________________________________________

‎‎(yuridik shaxsning nomlanishi, tashkiliy-huquqiy shakli, STIR raqami, telefon raqami, elektron pochta manzili)

‎‎barcha taqdim etilgan ma’lumotlarning ishonchliligini tasdiqlayman __________________________________
(imzo)‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎O‘rnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi
‎ uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi
‎ Davlat budjetidan qoplanishi to‘g‘risida
‎DALOLATNOMA

‎‎20____ “____”__________dagi _____-son

‎‎Mazkur dalolatnoma ishchi guruh rahbari _________________________________________________________

‎‎(lavozimi, F.I.O.)

‎‎va ishchi guruh a’zolari ________________________________________________________________________

‎‎(ish joyi va lavozimi,F.I.O.)

‎‎________________________________________________________________________________

‎qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni o‘rnatgan yuridik shaxs ___________________________________________________________________________________________

‎‎( yuridik shaxs nomi)

‎‎uskunalarni o‘rnatgan yuridik shaxs vakili ________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎ishtirokida uskuna o‘rnatilganligi to‘g‘risida tuzildi.
‎‎Obyektning nomi _____________________________________________________________________________

‎Obyektning joylashgan manzili _________________________________________________________________

‎Uskunalar _________ yil _____________________________________________ tomonidan ishlab chiqarilgan.

‎‎(ishlab chiqaruvchi nomi)

‎‎Kafolat muddati _______________________________

‎‎(oy, yil)

‎‎Texnik ko‘rsatkichi:
‎‎ishlab chiqarish quvvati _________________;
‎‎(kVt.soat)
‎‎o‘rnatilgan quvvati _____________________
‎‎(kVt.soat)
‎‎Sarflangan mablag‘:
‎‎o‘z mablag‘i hisobidan _________________________________________________________;‎

‎‎(so‘mda)

‎‎tijorat banki krediti hisobidan _______________________________________________;

‎‎‎‎(so‘mda)

‎‎Ushbu dalolatnoma bilan jismoniy (yuridik) shaxsning energiya samarador uskunalarni ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilganligi va qurilish-sozlash ishlari _______________________________ ravishda amalga oshirilganligini ma’lum qiladi.

‎‎
‎XULOSA:

‎‎____________________________________________________ ga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan

‎‎(yuridik shaxs nomi)

‎‎__________________________________ so‘m miqdorda subsidiya to‘lash maqsadga muvofiq.

‎‎

‎Ishchi guruh a’zolari:

Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari _______________________‎

___________________________‎‎‎‎

‎‎(imzo)

(F.IO)‎‎

Tuman hokimining qishloq va suv
‎xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari __________________ ‎‎

___________________________‎‎‎‎ ‎‎

‎‎(imzo)‎

(F.IO)‎‎ ‎‎

Tuman moliya bo‘limi boshlig‘i ___________________________‎‎

___________________________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i __________________

‎‎___________________________‎‎

‎‎(imzo) ‎

‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i ________________________

‎‎__________________________

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining
‎tuman ‎ filiali boshqaruvchisi ___________________________

__________________________

‎‎‎‎(imzo) ‎‎

‎‎‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining
‎ hududiy bo‘limi boshlig‘i _______________________________

‎‎__________________________

‎‎(imzo)

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari
‎va ‎tomorqa yer egalari kengashi raisi _____________________

__________________________ ‎‎

‎‎‎‎(imzo)

‎‎‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta va boshoqli don ekin maydonlarini sug‘orish uchun qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni sotib olish xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

O‘rnatilgan qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi
‎ uskunalarni sotib olishga sarflangan xarajatlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi
‎Davlat budjetidan qoplanishini rad etish to‘g‘risida
‎ DALOLATNOMA

‎‎20____ “____”__________dagi _____-son

‎‎Mazkur dalolatnoma ishchi guruh rahbari _________________________________________________________

‎‎(lavozimi, F.I.O.)

‎‎va ishchi guruh a’zolari ________________________________________________________________________

‎‎(ish joyi va lavozimi,F.I.O.)

‎‎________________________________________________________________________________

‎qayta tiklanuvchi energiya manbalari hamda ko‘chma generatorlar kabi uskunalarni o‘rnatgan yuridik shaxs ___________________________________________________________________________________________

‎‎( yuridik shaxs nomi)

‎‎uskunalarni o‘rnatgan yuridik shaxs vakili ________________________________________________________

‎‎(F.I.O.)

‎‎ishtirokida qurilma o‘rnatilganligi to‘g‘risida tuzildi.
‎‎Obyektning nomi _____________________________________________________________________________

‎Obyektning joylashgan manzili _________________________________________________________________

‎Uskunalar _________ yil _____________________________________________ tomonidan ishlab chiqarilgan.

‎‎(ishlab chiqaruvchi nomi)

‎‎Kafolat muddati _______________________________

‎‎(oy, yil)

‎‎Texnik ko‘rsatkichi:
‎‎ishlab chiqarish quvvati _________________;
‎‎(kVt.soat)
‎‎o‘rnatilgan quvvati _____________________
‎‎(kVt.soat)
‎‎Sarflangan mablag‘:
‎‎o‘z mablag‘i hisobidan _________________________________________________________;‎

‎‎(so‘mda)

‎‎tijorat banki krediti hisobidan _______________________________________________;

‎‎‎‎(so‘mda)

‎‎Ushbu dalolatnoma bilan jismoniy (yuridik) shaxsning energiya samarador uskunalarni ishchi guruh tomonidan ko‘rib chiqilganligi va qurilish-sozlash ishlari _______________________________ ravishda amalga oshirilganligini ma’lum qiladi.

‎‎
‎XULOSA:

‎‎____________________________________________________ ga O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan

‎‎(yuridik shaxs nomi)

____________________________ so‘m miqdorida subsidiya mablag‘lari to‘lash maqsadga muvofiq emas.


‎‎‎Rad etish sabablari:


‎‎‎1.__________________________________________________________________________________

‎2.__________________________________________________________________________________

‎3.__________________________________________________________________________________

‎4.__________________________________________________________________________________


‎Ishchi guruh a’zolari:

Tuman hokimi, ishchi guruh rahbari _______________________‎

___________________________‎‎‎‎

‎‎(imzo)

(F.IO)‎‎

Tuman hokimining qishloq va suv
‎xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari __________________ ‎‎

___________________________‎‎‎‎ ‎‎

‎‎(imzo)‎

(F.IO)‎‎ ‎‎

Tuman moliya bo‘limi boshlig‘i ___________________________‎‎

___________________________‎‎

‎‎(imzo)

‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎?Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i __________________

‎‎___________________________‎‎

‎‎(imzo) ‎

‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i ________________________

‎‎__________________________

‎‎(imzo) ‎‎

‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining
‎tuman ‎ filiali boshqaruvchisi ___________________________

__________________________

‎‎‎‎(imzo) ‎‎

‎‎‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎“O‘zdavenergonazorat” inspeksiyasining
‎ hududiy bo‘limi boshlig‘i _______________________________

‎‎__________________________

‎‎(imzo)

‎‎‎‎‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

‎‎Tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari
‎va ‎tomorqa yer egalari kengashi raisi _____________________

__________________________ ‎‎

‎‎‎‎(imzo)

‎‎‎‎‎‎‎‎(F.IO)‎‎ ‎‎

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 315-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 23-fevraldagi 95-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) qarorning nomi va matnidagi “texnologiyalarni” so‘zi “sug‘orish texnologiyalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) qarorning muqaddimasida “qarori” so‘zi “hamda “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarorlari” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 1-bandning to‘rtinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“a” kichik bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari hamda “d” kichik bandidagi “yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislash, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olish” so‘zlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“v” kichik bandidagi “yerlarni lazer uskunali tekislagichlar bilan tekislashga, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilardan lazerli qurilmaga ega avtomatlashtirilgan yer tekislagich agregatlarini sotib olishga” so‘zlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“g” kichik bandi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 3-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash va berilgan subsidiyani qaytarish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Nizomning nomi va matnidagi “texnologiyalarni” so‘zi “sug‘orish texnologiyalarini” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 1-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Talabgorlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligida suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 1-martdagi PQ-144-son qarori bilan belgilangan subsidiyalar miqdoriga asosan qoplab beriladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 2-bandning uchinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“quruvchi-pudrat tashkilotining ishlab chiqarish bazasi — markaziy boshqaruv ofisiga ega bo‘lish hamda loyiha amalga oshirilgan hududda servis xizmati, savdo shoxobchasi tashkil qilinganligi va mahsulotlar zaxirasi yaratilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tomchi-reestr” YAER — suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish ishlari bilan shug‘ullanuvchi quruvchi-pudrat tashkilotlarining yagona elektron reyestri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agro-subsidiya” YAAT — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga subsidiya ajratish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishishning yagona axborot tizimi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini joriy etish ishlarini bajarish xarajatlari uchun subsidiya O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har bir konturga joriy qilingan texnologiyaning har bir turi hamda sug‘oriladigan ekinlarning bir turi uchun faqat bir marta ajratiladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) 4-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4. Ushbu Nizom talablari paxta, donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va oziqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklarni yetishtirish uchun suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari 2022-yil va undan keyingi yillarda joriy etilgan maydonlarga, shuningdek, 2021-yil manzilli ro‘yxatga kiritilgan va texnologiya joriy qilingan hamda subsidiya berilmagan maydonlarga tatbiq etiladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 5-bandning uchinchi va to‘rtinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Qishloq xo‘jaligi vazirligi) tomonidan donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va oziqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar yetishtirish uchun suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish xarajatlarining bir qismini qoplash uchun beriladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) quyidagi mazmundagi 51-band qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“51. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga 2022-yildan boshlab Davlat budjetidan subsidiya “Agro-subsidiya” YAAT orqali “Tomchi-reestr” YAERdan o‘tgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar uchun ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasi “Agro-subsidiya” YAATga barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar Davlat moliyasini boshqarishning axborot tizimi va “UzASBO” dasturiy majmuasi bilan integratsiya qilinishini ta’minlaydi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 7-bandning ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 8-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“8. Tuman ishchi guruhi har kalendar yilning 1-iyuliga qadar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan muloqotlar o‘tkazadi va kelgusi yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qiluvchi talabgorlarni aniqlaydi (ushbu Nizomga 2-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida har kalendar yilning 1-iyuliga qadar tuman ishchi guruhiga elektron shaklda ariza bilan murojaat qilishi mumkin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 9-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Tuman ishchi guruhi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch ish kunida joyiga chiqqan holda, talabgorlarning suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy etiladigan yer maydonlari va ularning shart-sharoitlari, yetishtiriladigan qishloq xo‘jaligi ekinlariga mosligi, suv va elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasi, “bir kanal — bir tizim” tamoyili asosida joylashishini, oldingi yillar ushbu maydonlarda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarining joriy etilgan yoki etilmaganligini va boshqa tomonlarini, shuningdek, talabgorlarning moliyaviy holatini o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rganish natijasi bo‘yicha suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha tuman manzilli ro‘yxatlarini qishloq xo‘jaligi ekinlari va sug‘orish texnologiyalari turlari, hududlar hamda talabgorlar bo‘yicha yer maydonlari va kontur raqamlari, suv manbai, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari nomi ko‘rsatilgan holda shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman manzilli ro‘yxatlari tuman ishchi guruhining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi guruhining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan tuman manzilli ro‘yxatlari tuman ishchi guruhi tomonidan har kalendar yilning 10-iyuliga qadar “Agro-subsidiya” YAATga kiritiladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kelgusi yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha “Agro-subsidiya” YAATga kiritilgan tumanlar manzilli ro‘yxatlarini uch kun muddatda tahlil qiladi, zaruratga ko‘ra talabgorlar bo‘yicha ma’lumotlarni joyiga chiqib o‘rganadi va sug‘orish texnologiyalari turlari, tumanlar, hududlar hamda talabgorlar bo‘yicha yer maydonlari, suv manbai, xizmat ko‘rsatuvchi tijorat banklari nomi ko‘rsatilgan holda hududiy manzilli ro‘yxatlarni shakllantiradi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tasdiqlangan hududiy manzilli ro‘yxatlar har kalendar yilning 15-iyuliga qadar “Agro-subsidiya” YAATga kiritiladi yoki Suv xo‘jaligi vazirligiga belgilangan tartibda taqdim qilinadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) 11-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“11. Suv xo‘jaligi vazirligi Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda hududiy manzilli ro‘yxatlarning belgilangan prognoz ko‘rsatkichlarga mosligini tahlil qiladi hamda har kalendar yilning 1-avgustiga qadar kelgusi yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalariga subsidiya ajratish maqsadida budjet parametrlarini shakllantirishda inobatga olish uchun ularni O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga taqdim qiladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) 14-banddagi “sxemaga muvofiq” so‘zlaridan keyin “Agro-subsidiya” YAAT orqali” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) 15-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“15. Manzilli ro‘yxatlarga kiritilgan talabgorlar paxta, donli ekinlar, sabzavot ekinlari va kartoshka, poliz ekinlari va ozuqabop, moyli, dukkakli ekinlar va dorivor o‘simliklar (keyingi o‘rinlarda — qishloq xo‘jaligi ekinlari) yetishtirish uchun suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarning bir qismini davlat budjetidan qoplashga subsidiya ajratilishi uchun tuman ishchi guruhiga “Agro-subsidiya” YAAT orqali elektron shaklda ariza bilan murojaat qiladi (ushbu Nizomga 4-ilova).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini qurish bo‘yicha quruvchi-pudrat tashkiloti bilan tuzilgan shartnoma nusxasi, loyiha hujjati va qurilish ishlari yakunlanganligi to‘g‘risidagi dalolatnoma (agar suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasini o‘z kuchi va imkoniyatlari orqali qurgan bo‘lsa, ehtiyot qismlarni sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etiladi) ilova qilinadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) 17-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“17. Tuman ishchi guruhi ariza tushgan kundan e’tiboran besh ish kunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarda borligini hamda quruvchi — pudrat tashkilotini “Tomchi-reestr” YAERdan o‘tganligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlar va quruvchi — pudrat tashkilotlari vakili ishtirokida joriy qilingan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarining to‘liq ishlash jarayonini joyida o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologiya sifatli qurilgan, to‘liq ishlagan bo‘lsa va belgilangan texnik talablarga javob bersa, hisoblangan subsidiyaning 50 foizini “Agro-subsidiya” YAAT orqali ajratilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan tayyorlangan xulosaga elektron imzo qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman ishchi guruhi a’zolari tomondan imzolangan xulosa tuman hokimi tomonidan elektron imzo bilan tasdiqlanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) 18-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“18. O‘rganish natijalariga ko‘ra suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq bo‘lmaganda, sifatsiz qurilgan va texnik talablarga javob bermaganda yoki boshqa kamchiliklar aniqlanganda, tuman ishchi guruhi uch kun ichida aniq sabablarni ko‘rsatgan holda subsidiya ajratilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosa berishni rad etish haqidagi qarorni qabul qiladi hamda “Agro-subsidiya” YAAT orqali talabgorlarga ma’lum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar tuman ishchi guruhining ushbu qarorida qayd qilingan kamchiliklarni to‘liq bartaraf qilgandan so‘ng tuman ishchi guruhiga subsidiya ajratish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaytadan murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar tuman ishchi guruhining ushbu qaroridan norozi bo‘lgan taqdirda, sud organlariga shikoyat qilishi mumkin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) 19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“19. Tuman ishchi guruhi tomonidan talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar rasmiylashtirilgandan so‘ng hududiy ishchi guruhga ko‘rib chiqish uchun “Agro-subsidiya” YAAT orqali belgilangan tartibda yuboriladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) 20-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“20. Tuman ishchi guruhi a’zolari talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarni rasmiylashtirishda quyidagilarga shaxsan mas’ul hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman hokimi — ishchi guruh tomonidan talabgorlarning subsidiya ajratish to‘g‘risidagi arizalarini o‘z vaqtida joyida to‘liq o‘rganilishiga va rasmiylashtirilgan hujjatlarning haqqoniyligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — diskret sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan maydonlarni lazer uskunali yer tekislagichlar orqali sifatli tekislanganligiga, subsidiya ajratish bo‘yicha hujjatlarni o‘z vaqtida rasmiylashtirish va ularni muvofiqlashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i — suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasi joriy qilingan maydonning o‘lchami, kontur raqami va ekin turini aniqlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman irrigatsiya bo‘limi boshlig‘i — joriy qilingan texnologiya turi va uning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman moliya bo‘lim boshlig‘i — subsidiyalarni mazkur nizom talablari asosida to‘g‘ri hisob-kitob qilinganligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tuman filiali boshqaruvchisi — talabgorlarning tijorat bankidagi hisobvarag‘i va STIR raqami to‘g‘ri kiritilishiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasining tuman bo‘limi boshlig‘i — suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari joriy qilingan maydonlarda ushbu texnologiyalardan foydalanish yuzasidan davriy ravishda nazorat olib borishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi raisi — quruvchi — pudrat tashkilotlari bilan tuziladigan shartnomalarda fermer xo‘jaliklari huquqini himoya qilishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, talabgorlar tomonidan “Agro-subsidiya” YAAT orqali yuborilgan murojaatlar tuman ishchi guruh a’zolari tomonidan muddatlar buzilib ko‘rib chiqilgan taqdirda, kelishilgan deb hisoblanadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “ajratish to‘g‘risidagi” so‘zlardan, to‘rtinchi xatboshidagi “umumlashtirib,” so‘zidan keyin “Agro-subsidiya” YAAT orqali” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshiga quyidagi mazmundagi beshinchi-to‘qqizinchi xatboshilar qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Paxta xom ashyosini yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha “Agro-subsidiya” YAAT orqali talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibida tashkil etilgan ichki audit guruhlari bilan birgalikda o‘rganiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi va irrigatsiya tizimlari havza boshqarmalari tarkibida tashkil etilgan ichki audit guruhlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududiy ishchi guruhlar bilan birgalikda paxta maydonlarida tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha “Agro-subsidiya” YAAT orqali talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarni o‘n kunda tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar taqdim etilgan hujjatlarda keltirilgan ma’lumotlarda kamchilik aniqlansa, joyiga chiqqan holda texnologiyaning ishlash jarayonini o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
paxta xom ashyosini yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasi joriy qilgan talabgorlarga subsidiya ajratish yoki ajratmaslik to‘g‘risidagi xulosalarni har besh kunda hududiy ishchi guruhlarga hamda Suv xo‘jaligi vazirligining Ichki audit xizmatiga taqdim qilib boradi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) 22-bandning ikkinchi va uchinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha (paxta yetishtirishda joriy qilingan tomchilatib sug‘orish texnologiyasi bo‘yicha ro‘yxat bundan mustasno) taqdim etilgan talabgorlar ro‘yxatlarini ular tushgan kundan boshlab o‘n kun ichida Suv xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashi bilan birgalikda ko‘rib chiqadi (ushbu Nizomga 4-ilova);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakuniy kelishilgan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarning qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha xarajatlarining bir qismini qoplash maqsadida “Agro-subsidiya” YAAT orqali hisob-kitob qilingan subsidiyani ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi xatboshidagi “suvni tejaydigan texnologiyalar” so‘zlari “tomchilatib sug‘orish texnologiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin, “va umumlashtiradi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi xatboshidagi “qoplash maqsadida” so‘zlaridan keyin “Agro-subsidiya” YAAT orqali hisob-kitob qilingan subsidiyani” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) quyidagi mazmundagi 231 va 232-bandlar qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“231. Talabgorlarga ikkinchi yilda uskunalarning ishlatilishi va birinchi yilga nisbatan hosildorlik oshishiga qarab subsidiyaning qolgan 50 foizi, uchinchi yilda esa joriy qilingan tizimni ishlatgan holda hosildorlikni saqlab qolgan paxta, g‘alla va meva-sabzavot klasterlariga qo‘shimcha 20 foiz subsidiya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda talabgorlarga keyingi yillarda ajratiladigan subsidiya tuman va hududiy ishchi guruhlarining mazkur Nizom talablari asosida berilgan xulosalariga ko‘ra tegishliligicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi hamda Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan ajratib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232. Qishloq xo‘jaligi vazirligi Davlat statistika qo‘mitasining har bir qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari tomonidan yetishtirilgan hosil to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oldingi yil olingan hosildorlikka taqqoslagan holda tahliliy ma’lumotni “Agro-subsidiya” YAATga kiritadi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23) 4-bob quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“4-bob. “Tomchi-reestr” yagona elektron reyestrini shakllantirish va reyting ko‘rsatkichlarini baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha quruvchi-pudrat tashkilotlari va mahalliy ishlab chiqaruvchi tashkilotlar “Tomchi-reestr” YAERga quyidagi belgilangan mezonlar asosida tegishli hujjatlarni onlayn tarzda kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot tomonidan mahalliy sharoitda ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilganligi yoki xorijiy va mahalliy ishlab chiqaruvchilarning rasmiy dilerlik guvohnomasi (agar quruvchi-pudrat tashkiloti xorijiy ishlab chiqaruvchining rasmiy dilerlik maqomiga ega bo‘lsa, O‘zbekistonda dilerlik markazi va mahsulotlar bazasini tashkil qilishi lozim);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq qarzi va yig‘imlar bo‘yicha qarzdorlik mavjud emasligi hamda soliq hisobotlarining to‘liq taqdim etilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida soliq to‘lamaslik xavfi yuqori bo‘lgan tashkilotlar ro‘yxatida mavjud emasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish uchun malakali mutaxassislar, jumladan, loyihachi, muhandis va agronom bilan ta’minlanganlik darajasi (har 100 gektar maydon uchun 5 nafar ishchi xodim);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga aloqador oliy va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalar amalga oshirilgan hududlarda savdo shoxobchasi va servis-xizmat ko‘rsatishning yo‘lga qo‘yilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda “Tomchi-reestr” YAER platformasiga kiritilgan hujjatlarning to‘g‘riligiga tashkilotlar rahbarlari mas’ul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish ishlariga ko‘maklashuvchi hududiy va tuman ishchi guruhlari suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qilish bo‘yicha “Tomchi-reestr” YAERdan o‘tgan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar yuzasidan doimiy nazorat o‘rnatadi hamda faqat ushbu loyihalar yuzasidan talabgorlarga subsidiya ajratilishi yuzasidan tegishli xulosalarni rasmiylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi “Tomchi-reestr” YAERdan o‘tgan quruvchi-pudrat tashkilotlarining reyting ko‘rsatkichini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Quyidagilar reyting ko‘rsatkichlarining asosiy mezonlari etib belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quruvchi-pudrat tashkilotlari tomonidan texnologiyani joriy qilish ishlari loyiha asosida amalga oshirilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarining qurilish-montaj ishlari o‘z vaqtida to‘liq joriy etilishi va ularning sifat ko‘rsatkichlari koeffitsiyenti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quruvchi-pudrat tashkilotlari tomonidan loyiha amalga oshirilgan hududlarda servis xizmati yo‘lga qo‘yilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish uchun malakali mutaxassislar, jumladan, loyihachi, muhandis va agronom bilan ta’minlanganlik darajasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sohaga aloqador oliy va ilmiy-tadqiqot institutlari bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quruvchi-pudrat tashkilotlari o‘rtasida halol raqobat muhitini shakllantirish orqali mahalliy ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologiyadan foydalanish bo‘yicha buyurtmachilar tomonidan e’tirozlar mavjud emasligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Reytinglar ballari quyidagilardan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli reytinglar ko‘rsatkichlari bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan quruvchi-pudrat tashkilotlari aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir mezon bo‘yicha ko‘rsatkich ballar yig‘indisidan iborat bo‘ladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir mezon bo‘yicha hisoblangan ballar yig‘indisi quruvchi-pudrat tashkilotlari reytingini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Quruvchi-pudrat tashkilotlari reytingi natijalari quyidagi toifalarga bo‘linadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Ishonchlilik darajasi

Umumiy ballar

1.

Mahalliy ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilganligi

20

2.

Oliy ta’lim muassasalariva ilmiy-tadqiqot institutlari tomonidan obyektlarning loyihaoldi birlamchi hujjatlarini tayyorlashda hamda materiallar va hisob-kitoblarni ilmiy-texnik jihatdan asoslanganligini, zamonaviy qurilish materiallari, resurs tejamkor texnologiyalar qo‘llanilishini bo‘yicha tegishli xulosalar mavjudligi

20

3.

Hududlarda savdo shoxobchasi va servis-xizmat ko‘rsatish markazi mavjudligi

20

4.

Malakali loyihachi, muhandis, agronom va ishchi xodimlar bilan ta’minlanganlik darajasi

15

5.

Texnologiyaning sifat ko‘rsatkichlar koeffitsiyenti ≥ 1,0

15

6.

Texnologiyadan foydalanish bo‘yicha buyurtmachilar tomonidan e’tirozlar mavjud emasligi

10

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Reyting natijalariga ko‘ra 60 yoki undan ko‘p ball to‘plagan tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan loyihalar uchun subsidiya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Quyidagi hollarda quruvchi-pudrat tashkilotlari reytingdan chiqariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quruvchi-pudrat tashkilotlarining to‘plagan ballar yig‘indisi 60 balldan past bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quruvchi-pudrat tashkilotlari tomonidan Suv xo‘jaligi vazirligiga reytingdan ixtiyoriy chiqish to‘g‘risida ariza berilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha amalga oshirilgan hududda buyurtmachilar umumiy sonining 25 foizi yoki undan ortig‘i “Tomchi-reestr” YAER orqali texnologiyadan foydalanish bo‘yicha shikoyatlar va arizalar yuborganda hamda kamchiliklar o‘z vaqtida bartaraf etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quruvchi-pudrat tashkilotlari faoliyati tugatilganda”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) 38-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“32. Agar joriy qilingan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalaridan yoki uning asosiy qismlaridan sug‘orish mavsumida foydalanilmaslik holatlari aniqlansa, ajratilgan subsidiya quyidagicha tartibda qaytariladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi yildan foydalanilmasa — subsidiyaning 80 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi yildan foydalanilmasa — subsidiyaning 60 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi yildan foydalanilmasa — subsidiyaning 40 foizi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi yildan foydalanilmasa — subsidiyaning 20 foizi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25) 39-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agar davlat budjetidan subsidiya olib joriy qilingan suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyasidan yoki uning asosiy qismidan maqsadli va samarali foydalanmaslik holati aniqlansa, talabgorga subsidiyaning ushbu Nizom 32-bandida belgilangan miqdorini subsidiyani ajratgan mas’ul idoraga (ochiladigan shaxsiy g‘aznahisobvarag‘ini ko‘rsatgan holda) qaytarish to‘g‘risida ogohlantirish xati beradi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26) 44-banddagi “38-bandida” so‘zlari “32-bandida” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27) 48-bandga quyidagi mazmundagi ikkinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Paxta xom ashyosini yetishtirish uchun tomchilatib sug‘orish texnologiyasini joriy qilish bo‘yicha sarflangan xarajatlarning bir qismini qoplash uchun taqdim etilgan subsidiyalardan maqsadli foydalanish holatlari sug‘orish mavsumi davomida kuzatib boriladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28) 24 — 49-bandlar tegishlicha 24 — 43 bandlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29) Nizomga 1-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. Tuman qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tuman moliya bo‘limi boshlig‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tuman filiali boshqaruvchisi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3 — 6 bandlar tegishlicha 3 — 8 bandlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-banddagi “ishchi guruh kotibi” so‘zlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30) Nizomga 2-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqich “Subyektlar” ustunidagi “Talabgorlar” so‘zlaridan oldin “Tuman ishchi guruhi” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqich “Chora-tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tuman ishchi guruhi har kalendar yilning 1-iyuliga qadar qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari bilan muloqotlar o‘tkazadi va kelgusi yilda suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy qiluvchi talabgorlarni aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlar suvni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish to‘g‘risida tuman ishchi guruhiga elektron shaklda ariza berishi mumkin.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bosqich “Chora-tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Joyiga chiqqan holda suv va elektr energiyasi bilan ta’minlanganlik darajasi, shuningdek, talabgorlarning moliyaviy holatini o‘rganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘rganish natijasi bo‘yicha suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalarini joriy etishning tuman manzilli ro‘yxatlarini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tuman manzilli ro‘yxatlari tuman ishchi guruhining barcha a’zolari tomonidan imzolanadi va tuman ishchi guruhining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan tuman manzilli ro‘yxatlari tuman ishchi guruhi tomonidan “Agro-subsidiya” YAATga kiritiladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-banddagi “Taqdim etilgan” so‘zlari “Agro-subsidiya” YAATga kiritilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning ikkinchi xatboshidagi “ro‘yxatlar” so‘zidan keyin “Agro-subsidiya” YAATga kiritiladi yoki” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bosqich “Muddatlar” ustunidagi “20-iyuliga” so‘zlari “1-avgustiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31) Nizomga 3-ilova chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32) Nizomga 4-ilovada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunidagi “ariza bilan yozma yoki” so‘zlari “Agro-subsidiya” YAAT orqali” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bosqich “Chora-tadbirlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“1. Talabgorlarning tasdiqlangan manzilli ro‘yxatlarda borligini hamda quruvchi — pudrat tashkiloti “Tomchi-reestr” YAERdan o‘tganligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Talabgorlar va quruvchi — pudrat tashkilotlari vakili ishtirokida joriy qilingan suvni tejaydigan texnologiyalarning to‘liq ishlash jarayonini joyida o‘rganadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnologiya sifatli qurilgan, to‘liq ishlagan bo‘lsa va belgilangan texnik talablarga javob bersa, hisoblangan subsidiyaning 50 foizi “Agro-subsidiya” YAAT orqali ajratilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan tayyorlangan xulosaga elektron imzo qo‘yadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘rganish natijalariga ko‘ra suvni tejaydigan sug‘orish texnologiyalari talabgorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarga muvofiq bo‘lmaganda, sifatsiz qurilgan va texnik talablarga javob bermaganda yoki boshqa kamchiliklar aniqlanganda, tuman ishchi guruhi uch kun ichida aniq sabablarni ko‘rsatgan holda subsidiya ajratilishi maqsadga muvofiqligi yuzasidan xulosa berishni rad etish haqidagi qarorni qabul qiladi hamda “Agro-subsidiya” YAAT orqali talabgorlarga ma’lum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar rasmiylashtirilgandan so‘ng hududiy ishchi guruhga ko‘rib chiqish uchun “Agro-subsidiya” YAAT orqali belgilangan tartibda yuboriladi.”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunidagi 1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Talabgorlarga subsidiya ajratish to‘g‘risida “Agro-subsidiya” YAAT orqali tushgan xulosalar kelgan kundan e’tiboran ularni umumlashtiradi va tahlil qiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunining 1-bandidagi “va umumlashtiradi” so‘zlari chiqarib tashlansin, 2-bandi “qoplash maqsadida” so‘zlaridan keyin “Agro-subsidiya” YAAT orqali hisob-kitob qilingan summani” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bosqich “Chora-tadbirlar” ustunining 1-bandidagi “joriy etilgan” so‘zlaridan keyin “tomchilatib sug‘orish texnologiyasi” so‘zlari, 2-banddagi “qoplash maqsadida” so‘zlaridan keyin “Agro-subsidiya” YAAT orqali hisob-kitob qilingan” so‘zlari qo‘shilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33) Nizomga 5-ilova chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34) Nizomga 6-ilova chiqarib tashlansin.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.06.2022-y., 09/22/315/0495-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son)