Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 19.08.2022 yildagi 460-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashni rag‘batlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(qaror nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarorini ijro etish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashni rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(muqaddima O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligini tashkil etish to‘g‘risida” 2021-yil 15-iyuldagi PQ-5185-son qarorida ekin maydoni tuprog‘i tarkibidagi zaharli kimyoviy moddalar (pestitsid) tahlili natijasiga ko‘ra eksportbop mahsulotlarni yetishtirishda biologik yoki almashlab ekish usulini qo‘llashni rag‘batlantirish tartibini ishlab chiqish nazarda tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar va tumanlarda (Quvasoy shaharda) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashning manzilli ro‘yxatini shakllantirish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilishda biologik himoya usuli qo‘llangan maydonlar uchun har bir ekin turini hisobga olgan holda hosil yilining yakuni bo‘yicha bir marotaba subsidiya ajratish tartibi;
(2-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi bir gektarga sarflanadigan biologik himoya vositalari (mahsulot) miqdorini O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik karta asosida belgilash tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tumanlar (Quvasoy shahar) ishchi guruhi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorga tegishli yer uchastkasida hosil yilida ekilishi rejalashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarini joyiga chiqib o‘rganadi va biologik himoya usuli qo‘llaniladigan qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va ularning maydonini tahlil qiladi;
(3-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorlarni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha tuman manzilli ro‘yxatiga kiritish bo‘yicha xulosalar tayyorlaydi;
(3-band “a” kichik bandining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hosil yilining 5-sentabriga qadar tuman (Quvasoy shahar)da qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha tuman (Quvasoy shahar) manzilli ro‘yxatini shakllantiradi va tasdiqlaydi hamda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga yuboradi.
(3-band “a” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tumanlar (Quvasoy shahar) manzilli ro‘yxatini umumlashtiradi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlangan umumlashtirilgan manzilli ro‘yxatni hosil yilining 25-sentabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuboradi.
(3-band “a” kichik bandining beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Manzilli ro‘yxatlar to‘g‘ri shakllantirilganligiga tuman (Quvasoy shahar) ishchi guruhi rahbarining o‘rinbosari mas’ul hisoblanadi.
(3-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik himoya usulini qo‘llashning hududiy manzilli ro‘yxatlarini hosil yilining 1-oktabriga qadar umumlashtiradi va 5-oktabriga qadar tasdiqlaydi;
(3-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashish uchun respublika hududida qo‘llashga ruxsat etilgan biologik vositalar ro‘yxatini har yili 1-fevralga qadar Qishloq xo‘jaligi vazirligi rasmiy veb-saytiga joylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi ekinlarining zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashishda biologik himoya usulini qo‘llash xarajatlarining bir qismini qoplash bo‘yicha mablag‘lar ajratilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi qishloq xo‘jaligi ekinlari zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi kurashish uchun biologik himoya vositalarini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratilgan mablag‘larni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga o‘tkazib berish uchun mas’ul hisoblanadi.
(3-bandning “g” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismini qoplashga ajratiladigan subsidiyani belgilangan muddatlarda talabgorlarning bankdagi asosiy hisobvarag‘iga o‘tkazib bersin.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2023-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash manzilli dasturiga muvofiq biologik himoya usulini qo‘llash bilan bog‘liq xarajatlarni qoplashga zarur mablag‘larni nazarda tutsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Sh.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 19-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
460-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-avgustdagi 460-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrosubsidiya” axborot tizimi — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga qishloq xo‘jaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish yuzasidan materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish hamda vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish hamda imtiyozli kreditlar va subsidiyalar ajratish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish imkonini beruvchi axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik himoya usuliqishloq xo‘jaligi o‘simliklarining zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi biologik entomofaglar, feramon tutqich, biologik va mikrobiologik preparatlar bilan kurashish usuli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik entomofaglarbiolaboratoriyalarda ko‘paytirilib, qishloq xo‘jaligi o‘simliklari zararkunandalariga qarshi kurashishda qo‘llanadigan biomahsulotlar (trixogramma, oltinko‘z, brakon va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik preparatlarqishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda qo‘llanadigan mikroorganizmlar va boshqa tirik organizmlar asosida ishlab chiqilgan vositalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manzilli ro‘yxat — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, Toshkent shahri hamda tumanlar (Quvasoy shahri) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llovchilar ro‘yxati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrobiologik preparatlarqishloq xo‘jaligi o‘simliklarining zararkunandalari va kasalliklariga qarshi kurashishda qo‘llanadigan mikroorganizmlar (bakteriyalar, zamburug‘lar va viruslar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablag‘larning O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qoplab beriladigan qismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda o‘simliklarni himoya qilish bo‘yicha biologik xususiyatga ega bo‘lgan mahsulotlardan foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
feromon tutqich — zararli hashoratlarni aniqlash va bashorat qilish hamda biologik kurashning muddatlari va me’yorlarini belgilashda qo‘llanadigan vosita.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda o‘simliklarni zararkunanda, kasallik va begona o‘tlarga qarshi kimyoviy himoya vositalaridan foydalanishdan biologik himoya vositalaridan (mahsulot) foydalanishga o‘tish bilan bog‘liq xarajatlarning bir qismi qoplab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarini zararkunanda, kasallik va begona o‘tlardan himoya qilishda biologik himoya usuli qo‘llangan maydonlar uchun har bir ekin turini hisobga olgan holda, hosil yili yakuni bo‘yicha bir marotaba subsidiya ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining zararkunandalari, kasalliklari va begona o‘tlarga qarshi bir gektarga sarflanadigan biologik himoya vositalari (mahsulot) miqdori O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Qishloq xo‘jaligi ekinlarini parvarishlash va mahsulot yetishtirish bo‘yicha namunaviy texnologik karta asosida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda O‘zbekistonda ishlatishga ruxsat etilgan biologik xususiyatga ega bo‘lgan mahsulotlardan foydalaniladi, bunda ruxsat etilgan biologik vositalar (mahsulot) ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan e’lon qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usuli qo‘llangan maydonlar uchun har bir ekin turini hisobga olgan holda hosil yili yakuni bo‘yicha bir marotaba subsidiya ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorga subsidiyaning bazaviy hisoblash miqdori biologik himoya usuli qo‘llangan maydonlar uchun biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablag‘larning 50 foizi miqdorida belgilanadi. Bunda sarflangan xarajatlarning subsidiyalashdan qolgan qismi talabgorning o‘z mablag‘lari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash xarajatlarini qoplash uchun subsidiya ajratish bo‘yicha materiallarni jamlash, ko‘rib chiqish hamda vakolatli organlar va tashkilotlar bilan kelishish “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usuli qo‘llangan maydonlarga subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” axborot tizimi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilgan tegishli havola (giperhavola) orqali ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar, Toshkent shahri hamda tumanlar (Quvasoy shahri) hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan manzilli ro‘yxatga (keyingi o‘rinlarda — manzilli ro‘yxat) asosan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llagan talabgorga subsidiya mablag‘lari hosil yilining 1-dekabriga qadar ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash xarajatlarining bir qismi ushbu Nizomga 1-ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Manzilli ro‘yxatni shakllantirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantirish yuzasidan tuman (Quvasoy shahri) ishchi guruhi (keyingi o‘rinlarda — tuman ishchi guruhi) ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligining tuman (Quvasoy shahri) bo‘limlari tuman ishchi guruhining ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — tuman ishchi organi) hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Talabgor qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish uchun hosil yilining 31-avgustiga qadar tuman ishchi guruhiga ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq elektron shakldagi ariza bilan “Agrosubsidiya” axborot tizimi yoki O‘zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga joylashtirilgan tegishli havola (giperhavola) orqali murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorga tegishli bo‘lgan yer uchastkasining maydoni (gektarda), shu jumladan, ekin, bog‘ va tokzorlar maydoni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hosil yilida ekilishi rejalashtirilayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va ularning maydoni (gektarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik himoya usuli qo‘llanadigan qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va ularning maydoni (gektarda) to‘g‘risida ma’lumotlarni kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tuman ishchi guruhi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor arizasini qabul qiladi va o‘n ish kunida talabgorning murojaati asosida hosil yilida ekilishi rejalashtirilayotgan yoki ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va ularning maydonlarini joyiga chiqib o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik himoya usuli qo‘llanadigan yoki qo‘llangan qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va ularning maydonini tahlil qiladi. Bunda talabgorning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydonlarining holatini, ya’ni zararkunanda va kasalliklar, begona o‘tlardan tozalangani, qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishga tayyorligi, bog‘lar, uzumzor va boshqa ekinlarning haqiqatda ekilganini (borligini) aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish yoki kiritmaslik yuzasidan xulosani ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, talabgor ushbu kamchiliklarni o‘n ish kunida bartaraf etib, hujjatlarni qayta taqdim etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman ishchi guruhi xulosasidan norozi bo‘lgan talabgor belgilangan tartibda yuqori turuvchi organga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hosil yilining 15-sentabriga qadar tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha tuman manzilli ro‘yxatini shakllantiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash manzilli ro‘yxati ikki ish kunida tuman ishchi guruhi rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan tuman manzilli ro‘yxati hosil yilining 20-sentabriga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligiga hamda viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga taqdim qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorni manzilli ro‘yxatga kiritilgani yoki kiritish rad etilgani to‘g‘risida bir ish kunida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda ma’lumotlarni “Agrosubsidiya” axborot tizimiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tumanlar manzilli ro‘yxatini umumlashtiradi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlangan umumlashtirilgan manzilli ro‘yxatni hosil yilining 25-sentabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hosil yilida ekilishi va biologik himoya usulida ishlov berilishi rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekin turlari va maydonlarining umumiy manzilli ro‘yxati hosil yilining 1-oktabriga qadar O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda O‘zbekiston fermerlari kengashi bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi kelishilgan umumiy manzilli ro‘yxatni hosil yilining 5-oktabriga qadar tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash xarajatlarining bir qismini qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash xarajatlari uchun ajratiladigan mablag‘lar hisobi O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligida ochiladigan maxsus g‘azna hisobvarag‘ida yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Talabgor subsidiya olish uchun hosil yilining 11-oktabridan 25-oktabriga qadar tuman ishchi guruhiga “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali ushbu Nizomga 5-ilovaga muvofiq elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning arizasiga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik himoya usuli qo‘llangan maydonlar (gektarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablag‘ miqdori (so‘mda), (hisobvaraq-faktura, chek va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biologik himoya usuli qo‘llangan maydonlarda yetishtirilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining tarkibidagi asosiy pestitsidlar qoldig‘i to‘g‘risidagi ma’lumotlar (xulosa), belgilangan tartibda akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriya tahlili natijalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorning tijorat banklaridagi asosiy hisobvarag‘i.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tuman ishchi guruhi hujjatlarni qabul qilib olgan kundan e’tiboran o‘n ish kunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorga tegishli bo‘lgan yer uchastkasida mahsulot pishib yetilgandan keyin olingan laboratoriya tahlili natijalarini o‘rganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor tomonidan biologik himoya usuli qo‘llangan maydonlar uchun biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablag‘larni tegishli dalolatnoma asosida rasmiylashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalolatnoma va subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari besh ish kunida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman ishchi guruhi tomonidan taqdim qilingan subsidiya ajratishga tavsiya qilingan talabgorlar ro‘yxatini tahlil qiladi va umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumlashtirilgan ro‘yxatni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim qiladi. Bunda umumlashtirilgan ro‘yxatga tegishli dalolatnomalar va subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarni uch ish kunida ko‘rib chiqib, tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan ro‘yxatlarga muvofiq hosil yilining 1-dekabriga qadar talabgorlarning tijorat bankidagi hisobvarag‘iga subsidiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, O‘zbekiston fermerlari kengashi bilan birgalikda talabgorlar tomonidan qo‘llanadigan biologik himoya usulini monitoring qilib boradi hamda yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilishda ularga har tomonlama ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash bo‘yicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2027-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi baholanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini biologik himoya usulini qo‘llagan holda yetishtirish hajmi oshganda, subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi “ijobiy”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotgani yoki undan samarasiz foydalanayotgani, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilgani aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik ko‘rsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Talabgorlarning biologik himoya usulini qo‘llash bilan bog‘liq xarajatlari bir qismini qoplash bo‘yicha Davlat budjetidan ajratiladigan mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash xarajatlarining bir qismini qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddatlari

1-bosqich

Talabgor

(jismoniy va yuridik shaxslar)

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish uchun tuman ishchi guruhiga elektron shakldagi ariza bilan murojaat qiladi.

Hosil yilining 31-avgustiga qadar

2-bosqich

Tuman ishchi guruhi

Talabgorning murojaati asosida hosil yilida ekilishi rejalashtirilayotgan yoki ekilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va ularning maydonlarini joyiga chiqib o‘rganadi.

Biologik himoya usuli qo‘llanadigan yoki qo‘llangan qishloq xo‘jaligi ekinlari turlari va ularning maydonini tahlil qiladi. Bunda talabgorning qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish uchun yer maydonlarining holatini, ya’ni zararkunanda va kasalliklar, begona o‘tlardan tozalangani, qishloq xo‘jalik ekinlarini yetishtirishga tayyorligi, bog‘lar, uzumzor va boshqa ekinlarning haqiqatda ekilganini (borligini) aniqlaydi.

Talabgorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish yoki kiritmaslik yuzasidan xulosa beradi.

10 ish kunida

3-bosqich

Tuman ishchi guruhi

Tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha tuman manzilli ro‘yxatini shakllantiradi.

Hosil yilining 15-sentabriga qadar

4-bosqich

Tuman ishchi guruhi

Tumanda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash manzilli ro‘yxati tasdiqlanadi.

2 ish kunida

5-bosqich

Tuman ishchi guruhi

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashning tuman manzilli ro‘yxatini tasdiqlaydi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga yuboradi.

Hosil yilining 20-sentabriga qadar

6-bosqich

Tuman ishchi guruhi

Talabgorni manzilli ro‘yxatga kiritilgani yoki kiritish rad etilgani to‘g‘risida xabardor qiladi.

Belgilangan tartibda ma’lumotlarni “Agrosubsidiya” axborot tizimiga kiritadi.

1 ish kunida

7-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari

Tuman manzilli ro‘yxatlarini umumlashtirib, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi va viloyatlar hokimlarining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosarlari tomonidan tasdiqlangan holda O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuboradi.

Hosil yilining 25-sentabriga qadar

8-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida hosil yilida ekilishi va biologik himoya usulida ishlov berilishi rejalashtirilgan qishloq xo‘jaligi ekin turlari va maydonlarining umumiy manzilli ro‘yxati Iqtisodiyot va moliya vazirligi, O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda O‘zbekiston fermerlari kengashi bilan kelishadi.

Hosil yilining 1-oktabriga qadar

9-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Kelishilgan umumiy manzilli ro‘yxatni tasdiqlaydi.

Hosil yilining 5-oktabriga qadar

10-bosqich

Talabgor

Subsidiya olish uchun tuman ishchi guruhiga quyidagilarni ilova qilgan holda ariza bilan murojaat qiladi:

biologik himoya usuli qo‘llangan maydonlar;

biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablag‘lar miqdori;

laboratoriya tahlili natijalari;

tijorat bankidagi asosiy hisobvarag‘i.

Hosil yilining 11-oktabridan 25-oktabriga qadar

11-bosqich

Tuman ishchi guruhi

Talabgorga tegishli bo‘lgan yer uchastkasida mahsulot pishib yetilgandan keyin olingan laboratoriya tahlili natijalarini o‘rganadi.

Talabgor tomonidan biologik himoya vositalarni xarid qilishga sarflangan mablag‘larni dalolatnoma asosida rasmiylashtiradi.

Dalolatnoma va subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalarni Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalariga ko‘rib chiqish va umumlashtirish uchun taqdim etadi.

10 ish kunida

12-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari

Tuman ishchi guruhi tomonidan taqdim qilingan subsidiya ajratishga tavsiya qilingan talabgorlar ro‘yxatini tahlil qiladi va umumlashtiradi.

Umumlashtirilgan ro‘yxatni Qishloq xo‘jaligi vazirligiga taqdim qiladi. Bunda umumlashtirilgan ro‘yxatga tegishli dalolatnomalar va subsidiya ajratish to‘g‘risidagi xulosalar ilova qilinadi.

5 ish kunida

13-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi, viloyatlar va Toshkent shahar o‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan ro‘yxatlarni ko‘rib chiqib, tasdiqlaydi.

3 ish kunida

14-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi

Tasdiqlangan ro‘yxatlarga muvofiq talabgorlarning tijorat bankidagi hisobvarag‘iga subsidiya mablag‘larini o‘tkazib beradi.

Hosil yilining 1-dekabriga qadar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha manzilli ro‘yxatni shakllantirish yuzasidan tuman ishchi guruhining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

F.I.O

Lavozimi

1.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (Quvasoy shahri) hokimi, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (Quvasoy shahri) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i

3.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (Quvasoy shahri) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

4.

Lavozimi bo‘yicha

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman (Quvasoy shahri) bo‘limi boshlig‘i

5.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (Quvasoy shahri) fermerlar kengashi raisi

6.

Lavozimi bo‘yicha

xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tuman (Quvasoy shahri) filiali rahbari

7.

Lavozimi bo‘yicha

O‘simliklar karantini va himoyasi tuman (Quvasoy shahri) bo‘limi boshlig‘i, ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish uchun tuman ishchi guruhiga

ARIZA
 

_________________________________________________________________________ tomonidan

(qishloq; xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs rahbari F.I. O.)

________________________ tumandagi _______________________ hududda faoliyat ko‘rsatayotgan

_______________________________________ning jami ekin yer maydoni ___________ gektariga,

_______________ (yuridik shaxs nomi)

shundan _______ gektari bog‘, ______ gektari tokzor va _________ gektariga boshqa qishloq xo‘jaligi ekinlari ekiladi.

20 ___ yilda ekin maydonlarining jami ____________ gektariga, shundan g‘o‘za maydonlarining _________ gektariga, donli ekinlar maydonining __________ gektariga, sabzavot ekinlari maydonining __________ gektariga, kartoshka ekilgan maydonning __________ gektariga, poliz va boshqa ekinlar ekilgan maydonning _________ gektariga, bog‘ va tokzorlar maydonining ___________ gektariga biologik himoya usuli joriy etiladi.

____________________________________ni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda

______________ (yuridik shaxs nomi)

biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritishingizni so‘rayman.

_________________________________ rahbari

_________

___________________

(yuridik shaxs nomi)

(imzo)

(F.I.O.)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Talabgorni qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish yoki kiritmaslik yuzasidan

XULOSA
 

__________________________________________________________________________ tomonidan

(qishloq xo‘jaligi mahsuloti ishlab chiqaruvchi jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs rahbari F.I.O)

____________ tumandagi _____________ hududida faoliyat ko‘rsatayotgan_________________ning

(yuridik shaxs nomi)

20 _____ yilda ekiladigan ekinlarining jami ______________ gektariga, shundan paxta ____________ gektar, donli ekinlar ___________ gektar, sabzavot __________ gektar, kartoshka ___________ gektar, poliz __________ gektar va boshqa ekinlar ____________ gektar va ___________ gektar bog‘ va tokzorlarga biologik himoya usuli qo‘llanadi.

____________________________________________________ni qishloq xo‘jaligi mahsulotlari

________________ (jismoniy shaxs yoki yuridik shaxs nomi)

yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish maqsadga muvofiq (muvofiq emas).

Ishchi guruh a’zolari

T/r

F.I.O

Lavozimi

1.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (Quvasoy shahri) hokimi, ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (Quvasoy shahri) hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i

3.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (Quvasoy shahri) hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — qishloq xo‘jaligi bo‘limi boshlig‘i

4.

Lavozimi bo‘yicha

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi tuman (Quvasoy shahri) bo‘limi boshlig‘i

5.

Lavozimi bo‘yicha

tuman (Quvasoy shahri) fermerlar kengashi raisi

6.

Lavozimi bo‘yicha

xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankining tuman (Quvasoy shahri) filiali rahbari

7.

Lavozimi bo‘yicha

O‘simliklar karantini va himoyasi tuman (Quvasoy shahri) bo‘limi boshlig‘i, ishchi guruh kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya usulini qo‘llashni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablag‘larni qoplab berish (subsidiya) uchun

ARIZA
 

____________________ tumani _______________________________ hududida faoliyat ko‘rsatayotgan

____________________________________________________________________________ tomonidan

(jismoniy yoki yuridik shaxs nomi)

20 ___ yilda jami ____ gektarda, jumladan, ____-konturdagi ____ gektar, ____-konturdagi ____ gektar, ____-konturdagi ____ gektar, ____-konturdagi ____ gektar maydonda biologik himoya usulini qo‘llagan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi. Ushbu mahsulotlarni yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga ________________ so‘m xarajat qilindi.

____________________________________________________________ tomonidan 20 _____ yilda

(jismoniy yoki yuridik shaxs nomi)

ekologik toza, kimyoviy vositalardan xoli qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishda biologik himoya vositalarini xarid qilishga sarflangan mablag‘larning bir qismini qoplab berish (subsidiya)da amaliy yordam berishingizni so‘rayman.

___________________________________ rahbari

________

_________________

(jismoniy yoki yuridik shaxs nomi)

(imzo)

(F.I.O)

(ilovaning matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 20-avgustdagi 520-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 20.08.2022-y., 09/22/460/0756-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son; 03.03.2025-y., 09/25/135/0208-son; 21.08.2025-y., 09/25/520/0753-son)