01.08.2024 yildagi 476-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarishni qoʻllab-quvvatlashning samarali mexanizmlarini joriy etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoniga muvofiq oziq-ovqat sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini qoʻllab-quvvatlash, mahsulotlar sifat va xavfsizlik koʻrsatkichlarini xalqaro meʼyorlar bilan uygʻunlashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari J.A. Xodjayev va J.A. Qoʻchqorov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 1-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
476-son

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 1-avgustdagi 476-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi oziq-ovqat sanoati korxonalarida Xalqaro akkreditatsiya forumiga (keyingi oʻrinlarda — IAF) aʼzo davlatlarda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish hamda oziq-ovqat mahsulotlari sinovlari uchun zarur boʻlgan laboratoriya uskunalari, oʻlchash vositalari va jihozlarini xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrosubsidiya” AT — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining “Raqamli qishloq xoʻjaligi” yagona integratsiya platformasi tarkibiga kiruvchi hamda qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirish uchun imtiyozli kreditlar va subsidiyalarni ajratish, mahsulot yetishtiruvchilarga shaffoflik tamoyili asosida xizmatlar koʻrsatish imkoniyatlarini taʼminlab beradigan axborot tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruh — ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq tarkibda tuziladigan Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat sanoati korxonasi — sanoat usulida qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini birlamchi va chuqur qayta ishlash asosida tayyor yoki yarim tayyor oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlar — laboratoriya sinovlari va tahlillarini amalga oshirishda foydalaniladigan jihozlar (sinov va oʻlchash vositalari, standart namunalar, namunalarni sinovga tayyorlash uchun foydalaniladigan vositalar, sinov jarayonida foydalaniladigan elektron dasturlar, prekursorlar, reagentlar, reaktivlar va kimyoviy vositalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat sanoati uskunalari — qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda qoʻllaniladigan uskunalar va jihozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sifatni boshqarish tizimiga berilgan muvofiqlik sertifikati — xalqaro standartlar talablariga asosan sifatni boshqarish tizimi joriy qilinganligini tasdiqlovchi hujjat;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya — oziq-ovqat sanoati korxonalariga IAFga aʼzo davlatlarda akkreditatsiya qilingan sertifikatlashtirish organlari tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish, laboratoriyalar uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish hamda ishga tushirish xarajatlarning 50 foizini, biroq 500 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorini qoplash uchun Agrosanoatni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash davlat maqsadli jamgʻarmasidan ajratiladigan mablagʻ;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgorIAFga aʼzo davlatlarda akkreditatsiya qilingan sertfikatlashtirish organlari tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish hamda laboratoriyalar uchun zarur boʻlgan uskuna hamda jihozlarni xarid qilish xarajatlarining bir qismini qoplab berish yuzasidan murojaat qilgan oziq-ovqat sanoati korxonasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sifatni boshqarish tizimi — xalqaro standart talablariga asosan mahsulot va xizmatlar sifatini oshirish maqsadida ish jarayonlarini boshqarishni baholovchi boshqaruv tizimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xulosa — ishchi guruh tomonidan beriladigan va subsidiya ajratish uchun asos hisoblanadigan hujjat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Subsidiya miqdori korxonalar tomonidan oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarishda xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirishga alohida hamda laboratoriya uskunalari va jihozlarini xarid qilib ishga tushirishga alohida hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Subsidiya quyidagi yoʻnalishlarga ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriyalar uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish hamda ishga tushirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilgan va sertifikatlashtirgan hamda laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilib ishga tushirgan talabgorga subsidiya ushbu Nizomga 2-ilovaga muvofiq sxema boʻyicha ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorga bajarilgan ishlar uchun faqat bir marotaba subsidiya ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Subsidiya olish uchun talabgor tomonidan murojaat qilish tartibi va taqdim etiladigan hujjatlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Talabgor subsidiya olish uchun ushbu Nizomga 3-ilovaga muvofiq shakldagi ariza bilan “Agrosubsidiya” AT orqali ishchi guruhga murojaat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Talabgor arizaga quyidagi hujjatlarni ilova qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilganligi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish va sertifikatlashtirish boʻyicha tuzilgan shartnomalar nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro sifatni boshqarish tizimi joriy qilinganligi yuzasidan muvofiqlik sertifikati nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ekologik ekspertizasining ijobiy xulosasi nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlar ishga tushirilganligi boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni yetkazib beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalar nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarga rasmiylashtirilgan muvofiqlik sertifikatlari nusxalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlar xarid qilinganligini, yetkazib berilganligini va oʻrnatilganligini tasdiqlovchi hujjatlar (hisob-faktura va bajarilgan ishlar dalolatnomasi nusxasi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarning pasportlari nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishga tushirilgan laboratoriya uskunalari va jihozlarini talabgor balansiga olganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
laboratoriya oʻlchash vositalarining metrologik koʻrikdan oʻtganligini tasdiqlovchi hujjat nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ishga tushirilgan laboratoriya uskuna va jihozlarining ishlab chiqarilgan muddati ikki yildan oshmagan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgordan ushbu bandda koʻrsatilgan hujjatlardan boshqa hujjatlarni talab qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizadagi maʼlumotlar va taqdim qilingan hujjatlarning toʻgʻriligi hamda haqqoniyligi boʻyicha talabgor javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib chiqish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Talabgor ushbu Nizomning 7-bandida koʻrsatilgan hujjatlarni toʻliq yoki belgilangan tartibda rasmiylashtirmagan holda taqdim qilganda, ishchi guruh tomonidan ikki ish kuni ichida sabablari koʻrsatilib, arizani qabul qilish rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Talabgor tomonidan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar toʻliq boʻlgan taqdirda, ishchi guruh besh ish kuni ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ariza kelib tushgan kundan boshlab talabgor tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimi joriy qilinganligi va sertifikatlashtirilganligi, laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna hamda jihozlar toʻliq ishga tushirilganligini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabgorga xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy etish va sertifikatlashtirish hamda laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish xarajatlarining 50 foizi, biroq 500 mln soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda ajratiladigan subsidiyaning miqdorini aniqlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ushbu Nizomga 4-ilovaga muvofiq shaklda talabgorga subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiradi hamda uni talabgorga, xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Agrosanoatni rivojlantirish agentligiga (keyingi oʻrinda — Agentlik) “Agrosubsidiya” AT orqali elektron shaklda yuboradi;
(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) talabgorga subsidiya ajratishning maqsadga muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtirilganda, talabgorni xulosada koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, qayta murojaat qilish huquqiga ega ekanligi haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganish uchun zaruratga qarab, maxsus malakaga ega boʻlgan mutaxassislarni jalb qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi guruh rahbari va aʼzolari xulosaning toʻgʻriligi hamda haqqoniyligi uchun masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor ishchi guruhning qaroridan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ishchi guruh arizani oʻrganishda quyidagi mezonlarga asoslanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ariza va taqdim etilgan hujjatlar, ularda koʻrsatilgan maʼlumotlarning toʻliqligi, ishonchliligi hamda ushbu Nizomda belgilangan yoʻnalishlarga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) talabgor tomonidan xalqaro sifatni boshqarish tizimi joriy qilinganligi va sertifikatlashtirganligi, laboratoriya uchun zarur boʻlgan uskuna hamda jihozlar ishga tushirilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Ishchi guruh aʼzolari talabgorga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi xulosalarni rasmiylashtirishda quyidagilarga masʼul hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari — ishchi guruh faoliyatini tashkil qilishga va ishchi guruh tomonidan rasmiylashtirilgan xulosaning haqqoniyligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari — ishlab chiqarish korxonasi va uning laboratoriyasi joylashgan joy, maydoni, ishlovchilar soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning haqqoniyligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining viloyatlar hamda Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari — faoliyati boʻyicha davlat ekologik ekspertizasi ijobiy xulosasining haqqoniyligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlik huzuridagi “Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” DUK direktori — xarid qilingan laboratoriya uskunalari va jihozlarining ishlab chiqarilganligiga ikki yildan oshmaganligiga, standart talablar asosida ishga tushirilganligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agentlikning hududiy boʻlimi boshligʻi — ishchi guruh kotibi — talabgorga tegishli tartibda hujjatlarni “Agrosubsidiya” ATga kiritishga koʻmaklashish, ishchi guruh tomonidan oʻz vaqtida koʻrib chiqishga hamda koʻrib chiqish natijalarini talabgor va Agentlikka yuborishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Agentlik besh ish kuni ichida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi guruh tomonidan “Agrosubsidiya” AT orqali taqdim etilgan ijobiy xulosa hamda unga ilova qilingan hujjatlarning ushbu Nizom talablariga muvofiqligini oʻrganib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda kamchiliklar aniqlanganda, “Agrosubsidiya” AT orqali ishchi guruhni, ishchi guruh esa talabgorni kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor “Agrosubsidiya” AT orqali xabarni olgandan soʻng oʻn besh kun ichida koʻrsatilgan kamchiliklarni bartaraf etmaganda Agentlik tomonidan subsidiya ajratilishi rad etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Agentlik talabgorga subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisida qaror qabul qilgandan soʻng oʻn kun ichida talabgorning tijorat bankidagi asosiy hisobvaragʻiga subsidiyani oʻtkazib beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Quyidagilar talabgorga subsidiya ajratishni rad etish uchun asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 7-bandida nazarda tutilgan hujjatlar toʻliq taqdim etilmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda noaniqliklar yoki maʼlumotlarni buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu bandda koʻrsatilmagan boshqa asoslar bilan talabgorga subsidiya ajratishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Agentlik har chorak yakunida oʻzining rasmiy veb-saytida ajratilgan subsidiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni eʼlon qilib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ajratilgan subsidiyadan maqsadli foydalanish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh

TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Lavozimi boʻyicha

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari

4.

Lavozimi boʻyicha

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” DUK direktori

5.

Lavozimi boʻyicha

Agrosanoatni rivojlantirish agentligining hududiy boʻlimi boshligʻi, Ishchi guruh kotibi

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA

Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Muddatlar

1-bosqich

Talabgor

Subsidiya olish uchun “Agrosubsidiya” AT orqali arizaga hujjatlarni ilova qilgan holda ishchi guruhga murojaat qiladi.

Ishlar toʻliq bajarilgandan soʻng

2-bosqich

Ishchi guruh

1. Talabgorning arizasini oʻrganib chiqadi.

2. Subsidiya ajratishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisida xulosa rasmiylashtiradi hamda uni talabgorga, xulosa va unga ilova qilingan hujjatlarni Agentlikka yuboradi.

5 ish kuni ichida

3-bosqich

1. Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

2. Ishchi guruh

1. Taqdim etilgan hujjatlarni oʻrganib chiqib, kamchiliklar aniqlangan taqdirda, ishchi guruhga yuboradi.

2. Hujjatlardagi kamchiliklar toʻgʻrisida talabgorni xabardor qiladi.

5 ish kuni ichida

4-bosqich

1. Talabgor

2. Ishchi guruh

1. Kamchiliklarni bartaraf qilgandan soʻng tegishli hujjatlarni ishchi guruhga yuboradi.

2. Talabgor taqdim etgan hujjatlarni Agentlikka yuboradi.

15 kun ichida

5-bosqich

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi

Subsidiyani talabgorning xizmat koʻrsatuvchi tijorat bankida ochilgan asosiy hisobvaragʻiga oʻtkazadi.

10 kun ichida

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA

ARIZA

__________________________________________________________________________da faoliyat yuritayotgan

(hudud nomi)

______________________________________________________________ korxonasi 20___ yilda “___ _____________

____________________________(talabgor tashkilot nomi)

xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilib sertifikatlashtirdi va quyidagi laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna hamda jihozlarni xarid qilib ishga tushirdi.

Xususan,

______________________________________________________________________________________________________

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmonida belgilangan subsidiya ajratilishi uchun xulosa berishingizni soʻrayman.

Xizmat koʻrsatuvchi tijorat banki nomi: __________________________________________________________

Tijorat bankidagi asosiy hisobvaraq va boshqa maʼlumotlar:

________________________________________________________________________________________________

Subsidiya olish uchun qonunchilik hujjatlari talablariga muvofiq hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etmoqdaman (ilova qilinadi). Ularning haqiqiyligini kafolatlayman hamda javobgarlikni oʻz zimmamga olaman.

Talabgor__________________________

(imzo)

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Respublika oziq-ovqat sanoati korxonalarida xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilish hamda laboratoriyaga zarur boʻlgan uskuna va jihozlarni xarid qilish bilan bogʻliq xarajatlar uchun subsidiyalar ajratishga koʻmaklashuvchi ishchi guruh

XULOSASI

_______________________________________________________________da faoliyat yuritayotgan

(hudud nomi)

____________________________________________________korxonasi 20___ yilda “___”___________

_________________(talabgor tashkilot nomi)

xalqaro sifatni boshqarish tizimini joriy qilib sertifikatlashtirgan va quyidagi zarur uskuna hamda laboratoriya jihozlarini xarid qilib ishga tushirgan:

___________________________________________________________________________________

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2024-yil 16-fevraldagi PF-36-son Farmoniga asosan “__________________” korxonasiga __________________________soʻm miqdorida subsidiya ajratish maqsadga _________________________ deb topildi.

muvofiq/muvofiq emas

Ishchi guruh aʼzolari:

T/r

F.I.O

Imzo

Lavozimi

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi oʻrinbosari, viloyat hokimining qishloq va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari, Ishchi guruh rahbari

2.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar hududiy qishloq xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari, Ishchi guruh rahbari oʻrinbosari

3.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri, Oʻzbekiston Respublikasi ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligining viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshliqlari

4.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligi huzuridagi “Qishloq xoʻjaligini standartlashtirish markazi” DUK direktori

5.

Agrosanoatni rivojlantirish agentligining hududiy boʻlimi boshligʻi, Ishchi guruh kotibi

(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-apreldagi 255-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.08.2024-y., 09/24/476/0575-son; 23.04.2025-y., 09/25/255/0376-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 29.04.2026-y., 09/26/206/0425-son)