Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026 20.01.2022 yildagi 37-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 29.04.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini yanada qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-sonli “Agrar va oziq-ovqat sohalarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-son qarorining ijrosini taʼminlash hamda oziq-ovqat sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarni yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika oziq-ovqat sanoatini jadal rivojlantirish hamda aholini sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan toʻlaqonli taʼminlashga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 9-sentabrdagi PQ-4821-son qaroriga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligining Vinochilikni rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan 20 mlrd soʻm miqdoridagi mablagʻlar Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) oʻtkazib berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Quyidagilar Jamgʻarma mablagʻlarini sarflashning qoʻshimcha yoʻnalishlari etib belgilanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va ularni chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda qoplash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiyalar ajratishga doir tartib-taomillar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskorlarning subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi arizalarini koʻrib chiqish tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskorlarga subsidiya ajratishni rad etishning asoslari hamda ularning ariza bilan qayta murojaat qilish yoxud yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishida yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarni texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash hamda yangi loyihalarning infratuzilmasini yaratish, shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berishga subsidiyalar mazkur loyihalar toʻliq ishga tushirilib, tegishli dalolatnomalar rasmiylashtirilgandan soʻng ajratiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini Jamgʻarma hisobidan qoplab berishga subsidiya ajratish Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishidagi loyihalarini tashkil etish boʻyicha subsidiyalar ajratilishini qonunchilik hujjatlari va mazkur qaror talablari asosida amalga oshirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari Sh.M. Gʻaniyev hamda Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi vaziri J.A. Xodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2022-yil 20-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-yanvardagi 37-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishidagi loyihalarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom qoidalari tashabbuskorlarning 2020-yil 10-sentabrdan soʻng amalga oshirgan tegishli xarajatlarini qoplashga nisbatan tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
infratuzilma — tashkilotning yangi loyihalarini ishlab chiqarish faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib beradigan, tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini (ichimlik suv, oqova suv tarmoqlari, tabiiy gaz va elektr energiyasi) tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq qurish, rekonstruksiya qilish va taʼmirlash ishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha — oziq-ovqat mahsulotlarini sanoat usulida ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan infratuzilma, xorijiy ekspert jalb etish va texnik-iqtisodiy asoslantirishlar bilan bogʻliq tadbirlar majmui;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskorlar — oziq-ovqat mahsulotlarini sanoat usulida ishlab chiqarish bilan bogʻliq loyihalarni amalga oshirish yuzasidan murojaat qilgan yuridik shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik-iqtisodiy asoslanish — yangi loyihaning umumiy eng koʻp miqdordagi qiymatini va moliyalashtirish ehtiyoji hajmini koʻrib chiqilgan, moliyalashtirishning dastlabki shartlari hisobga olingan holda belgilab beruvchi muqobil variantlarni oʻrganish asosida loyihani amalga oshirishning eng samarali texnik-texnologik va tashkiliy yechimini tanlashni asoslab beruvchi, shuningdek, mahsulotga brend jalb qilish boʻyicha loyiha hujjati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy ekspert — oliy maʼlumotli, portfolio hamda oziq-ovqat ishlab chiqarish tizimida kamida besh yil ish tajribasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
arizalarni elektron shaklda qabul qilish — Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan, ariza va uning ilovalarini hamda uning asl nusxalarini elektron shaklda qabul qilish imkoniyati yaratilgan veb sahifa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish loyihalarini tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish boʻyicha subsidiya Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) hisobidan ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Jamgʻarmadan subsidiya quyidagi tartibda ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning texnik-iqtisodiy asoslanishini tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizi miqdorida, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda — loyiha tashkiloti bilan texnik-iqtisodiy asoslanishini ishlab chiqish uchun tuzilgan ikki tomonlama shartnoma, ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslanishining tasdiqlangan nusxasi, bajarilgan ishlar boʻyicha dalolatnoma, toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat hamda loyiha ishga tushirilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalarning infratuzilmasini yaratish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 100 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda — xizmat koʻrsatish boʻyicha tuzilgan ikki tomonlama shartnoma, bajarilgan ishlar boʻyicha dalolatnoma va toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat, loyiha ishga tushirilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirish va chuqur qayta ishlash sohasiga xorijiy ekspertlarni jalb qilish bilan bogʻliq xarajatlarning 50 foizini, lekin har bir loyiha uchun 50 mln soʻmdan koʻp boʻlmagan miqdorda — ikki tomonlama tuzilgan mehnat shartnomasi yoki kontrakti (alohida kelish va ketish, yashash bilan bogʻliq xarajatlar bundan mustasno) va toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat asosida ajratiladi (oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirish va chuqur qayta ishlash boʻyicha uskunalar va texnikalarni xarid qilish bilan bogʻliq tuzilgan shartnomalarning tarkibiga kiritilgan xizmatlar bundan mustasno). Bunda tomonlar oʻrtasida tuzilgan shartnomaning muddati ikki yildan ortiq boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning bir qismini qoplab berish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalar uchun subsidiya berish mazkur Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxemaga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tashabbuskorlarga oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish boʻyicha yangi loyihalar uchun subsidiya Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — vazirlik) qaroriga asosan beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu vazifani bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan vazirlik markaziy apparati va tizim tashkilotlari masʼul xodimlaridan iborat tarkibda ishchi guruh tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Subsidiya toʻlovlari vazirlik qarori qabul qilingandan soʻng tashabbuskorlar bilan tuziladigan shartnoma asosida qoplab beriladi. Shartnoma tashkil etilayotgan loyihani monitoring qilib borish maqsadida tomonlarning huquq va majburiyatlari, yangi tashkil etilgan loyiha dastlabki uch yil davomida faoliyatini oʻzgartirsa yoki toʻxtatsa, ajratilgan subsidiya qaytarilishi toʻgʻrisidagi bandlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tashabbuskorlar subsidiya olish uchun mazkur Nizomga 2-ilovaga muvofiq shakldagi arizani tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyat yoki Toshkent shahar Qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga yozma yoki elektron shaklda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzilgan ikki tomonlama shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari (infratuzilma obyektlari uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslanish hujjatlarining nusxasi (texnik-iqtisodiy asoslanishni tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash obyektlari uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan ishlar boʻyicha tuzilgan dalolatnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlov amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha ishga tushirilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tashabbuskorlarning arizalarini qabul qiladi hamda vazirlikka kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xoʻjaligi vazirligi tashabbuskorlarning arizalarini mazkur Nizom boʻyicha qabul qilib oladi va koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Taqdim qilingan hujjatlar vazirlikning hududiy boʻlinmalari tomonidan oʻn kun muddatda arizani va unda koʻrsatib oʻtilgan obyektni joyiga chiqqan holda oʻrganadi hamda oʻrganish natijalarini vazirlikka yuboradi va bu haqda tashabbuskorga yozma yoki elektron holda maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlik tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan oʻrganib chiqadi va oʻn kun davomida subsidiya ajratish yoki ajratishni rad etish toʻgʻrisida qarorni qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlik tashabbuskorlarning faoliyati va ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni axborot tizimlari, shu jumladan, tegishli organlarning internet jahon axborot tarmogʻidagi maʼlumotlar bazalari yordamida hamda soʻrovnomalar asosida oʻrganib chiqishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Subsidiya ajratishni rad etish asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Quyidagi holatlarda tashabbuskorlarga subsidiya ajratish rad etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskorlarning faoliyati mazkur Nizom 4-bandida belgilangan shartlarga muvofiq boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan ariza va unga ilova qilingan hujjatlar mazkur Nizomning 8-bandi talablariga mos kelmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarda mazkur Nizomning 11-bandida belgilangan tartibda oʻtkaziladigan oʻrganishlar orqali ishonchsiz va notoʻgʻri maʼlumotlar mavjudligi yoki maʼlumotlarni atayin buzib koʻrsatish holatlari aniqlanganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashabbuskorlar subsidiya ajratishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosada qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etgan holda, subsidiya olish uchun vazirlikka yoki uning hududiy boʻlinmalariga ariza bilan qaytadan murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tashabbuskorlar subsidiya ajratilishini rad etish toʻgʻrisidagi xulosadan norozi boʻlgan taqdirda, belgilangan tartibda yuqori turuvchi tashkilotga yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Subsidiya toʻlovini amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Subsidiya ajratilishi asoslanganligi va uning miqdori haqidagi maʼlumot vazirlik qarori asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik hamda uning hududiy boʻlinmalari tasdiqlangan bayonnomaning haqqoniyligiga masʼul hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Vazirlik tomonidan qaror qabul qilingandan soʻng oʻn kun muddatda subsidiya tashabbuskorlarga belgilangan tartibda Jamgʻarma hisobidan toʻlab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Subsidiya Vazirlik tomonidan belgilangan tartibda tegishli tashabbuskorlarning tijorat bankidagi asosiy hisobraqamiga oʻtkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Subsidiya ajratilgan tashabbuskorlarning reyestri Vazirlik tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tashabbuskorlarning oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishidagi loyihalari xarajatlarining bir qismini qoplash boʻyicha ajratiladigan subsidiya mablagʻlaridan samarali foydalanishi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi tomonidan nazorat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga moʻljallangan strategiyasini amalga oshirish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi kengash huzuridagi Agrar va oziq-ovqat sohalarini subsidiyalash boʻyicha Texnik ishchi guruh tomonidan 2025-yil 1-yanvarga qadar ushbu subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi baholanadi. Bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiyani ajratish natijasida subsidiya ajratilgan subyektlarning oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi oshganda hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish yoʻnalishidagi loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “ijobiy”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
subsidiya oluvchi subyekt tomonidan olingan subsidiyadan foydalanilmayotganligi yoki undan samarasiz foydalanayotganligi, shuningdek, subsidiyalardan boshqa maqsadlarda foydalanilganligi aniqlanganda, subsidiyaning samaradorlik koʻrsatkichi “salbiy” deb baholanadi.
(191-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 3-avgustdagi 331-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikada oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida ishlab chiqarish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlarning bir qismini qoplab berish boʻyicha yangi tashkil etilayotgan istiqbolli loyihalar uchun subsidiya berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqich

Subyekt

Chora-tadbir

Muddat

1-bosqich

Tashabbuskorlar

1. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish boʻyicha loyihani amalga oshirishdagi xarajatlarning bir qismini qoplashni soʻrash maqsadida zarur hujjatlarni tayyorlaydi.

2. Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qishloq xoʻjaligi boshqarmalariga ariza bilan yozma yoki elektron shaklda murojaat qiladi.

Tashabbus koʻrsatish tartibida

2-bosqich

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qishloq xoʻjaligi boshqarmalari

1. Tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan murojaatlarga ilova qilingan hujjatlarni Nizom talablariga mosligini oʻrganadi.

2. Tashabbuskorlar tomonidan taqdim etilgan hujjatlarni Qishloq xoʻjaligi vazirligiga elektron shaklda yuboradi va bu haqda tashabbuskorlarga yozma ravishda maʼlum qiladi.

Oʻn kun ichida

3-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligi

1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar Qishloq xoʻjaligi boshqarmalari tomonidan kiritilgan joylardagi tashabbuskorlarning murojaatlari va ularga ilova qilingan hujjatlarni mazkur Nizom talablariga muvofiqligi nuqtai nazaridan oʻrganib chiqadi.

2. Tashabbuskorlarning faoliyatini va ular tomonidan taqdim etgan hujjatlarini axborot tizimlari hamda soʻrovnomalar asosida oʻrganib chiqadi.

3. Oʻrganish natijalari boʻyicha tashabbuskorlar tomonidan loyihani amalga oshirishdagi xarajatlarni bir qismini qoplashga subsidiya ajratish yoki rad etish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi.

Oʻn kun ichida

4-bosqich

Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasi

Qishloq xoʻjaligi vazirligining loyihani amalga oshirishdagi xarajatlarni bir qismini qoplashga subsidiya ajratish toʻgʻrisidagi qarorga asosan loyiha tashabbuskoriga xarajatlarning bir qismini qoplab berish maqsadida ularning tijorat banklaridagi hisobvaraqlariga subsidiyalarni oʻtkazib beradi.

Oʻn kun ichida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish yoʻnalishidagi loyihalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarning bir qismini qoplab berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligiga _____________________________dan

Ariza

___________________________________________________________________________________

(oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi subyektning nomi)

tomonidan amalga oshirilgan __________________________________________________________
(loyihaning nomi)
umumiy qiymati ___________________________________________________________ soʻmga teng texnik-iqtisodiy asoslanishni tayyorlash, infratuzilmani yaratish, xorijiy ekspertni jalb etish (tegishlisi tagiga chizilsin) ishlari amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil sentabrdagi PQ-4821-son qarorining
4-bandiga asosan _____________________________________________________________________ _____________________________________ amalga oshirilgan ishlar uchun toʻlangan xarajatlarning bir qismi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligining Qishloq xoʻjaligini rivojlantirish va oziq-ovqat taʼminoti jamgʻarmasidan qoplab berilishini koʻrib chiqishingizni va ijobiy xulosa berilgandan soʻng tegishli mablagʻlarni ______________________________________
(tashkilotning nomi)
___________________________________________________________________________________
(tijorat bankining nomi)
________________________________________________________________________ filialidagi ________________________________________________________________ hisobvaraqiga oʻtkazib berishingizni soʻrayman.
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilindi:
1) ish va xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzilgan ikki tomonlama shartnoma;
2) tasdiqlangan loyiha-smeta hujjatlari (infratuzilma obyektlari uchun);
3) ishlab chiqilgan texnik-iqtisodiy asoslanish hujjatlarining nusxasi
(texnik-iqtisodiy asoslanishni tayyorlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash obyektlari uchun);
4) bajarilgan ishlar boʻyicha tuzilgan dalolatnoma;
5) toʻlovlar amalga oshirilganligini tasdiqlovchi hujjat;
6) loyiha ishga tushirilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnoma.
_______________________ rahbari ________________________ (F.I.O.)‎
Bogʻlanish uchun telefon: +998 (____)_________________________(imzo)
(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.01.2022-y., 09/22/37/0054-son; 04.08.2023-y., 09/23/331/0560-son)