07.05.1993 yildagi -son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING HAVO KODEKSI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Samoviy hudud suvereniteti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublikaning quruqlikdagi yerlari va suv havzalari ustidagi samoviy hududiga Oʻzbekiston Respublikasi toʻla va tanho egalik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududi Oʻzbekiston davlati hududining ajralmas qismidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish hamda barcha undan foydalanuvchilarning faoliyati, shu jumladan aviatsiya faoliyati sohasidagi munosabatlar Oʻzbekiston Respublikasi hududida ushbu Kodeks, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom, Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalari, shuningdek tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari hamda Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Havo kodeksining amal qilish doirasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi davlat manfaatlarini himoya qilish, havo kemalari parvozi xavfsizligini taʼminlash, Oʻzbekiston Respublikasi xalq xoʻjaligi va fuqarolari ehtiyojlarini qondirish maqsadlarida aviatsiya faoliyatini hamda samoviy hududdan foydalanish bilan bogʻliq boshqa faoliyatni amalga oshirish tartibini belgilaydi; faqat fuqaro aviatsiyasigagina taalluqli 24, 25, 33, 38, 43-46, 50, 53, 54, 56, 94-135-moddalardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining barcha aviatsiyasi uchun taalluqlidir.
(3-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Samoviy hududdan foydalanish va aviatsiya faoliyati sohasidagi davlat boshqaruvi va nazorati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samoviy hududdan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq samoviy hududdan foydalanish sohasidagi davlat boshqaruvi va nazoratini olib borish Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro va eksperimental aviatsiya faoliyati sohasidagi boshqaruv va nazoratni Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aviatsiyasi faoliyati sohasidagi boshqaruv va nazoratni oʻz vakolatlari doirasida Mudofaa vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiya, Ichki ishlar vazirligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq davlat boshqaruvining boshqa organlari amalga oshiradilar.
(4-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Davlat tasarrufida boʻlmagan tashkilotlar va fuqarolarning samoviy hududdan foydalanish hamda aviatsiya faoliyatini tartibga solish borasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishdagi ishtiroki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat, jamoat va davlat tasarrufida boʻlmagan boshqa tashkilotlar hamda fuqarolar samoviy hududdan va aviatsiya faoliyatidan oqilona, samarali hamda xavfsiz foydalanish borasidagi tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari yuqorida zikr etilgan tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish chogʻida tijorat, jamoat va davlat tasarrufida boʻlmagan boshqa tashkilotlarning hamda fuqarolarning takliflarini hisobga oladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II BOʻLIM. SAMOVIY HUDUDDAN FOYDALANISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I-bob. SAMOVIY HUDUDDAN FOYDALANISHNI TARTIBGA SOLISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Samoviy hududdan foydalanish bilan bogʻliq faoliyat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatga havo kemalarining va boshqa uchuvchi apparatlarning parvozi, barcha otishma turlari va raketa uchirishlar, portlatish ishlari va moddiy obyektlarning samoviy hududdagi harakati bilan bogʻliq boshqa faoliyat kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Samoviy hududdan foydalanuvchilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining hamda oʻzga davlatlarning ushbu Kodeksning 6-moddasida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshiruvchi, Oʻzbekiston Respublikasi davlat organlarida rasmiy roʻyxatdan oʻtgan korxonalari, muassasalari, tashkilotlari va fuqarolari Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanuvchilar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Samoviy hududning tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samoviy hududdan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirish uchun samoviy hududda havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatadigan rayonlar, aerodromlar va aerouzellarning rayonlari, havo yoʻllari, havo kemalari parvozining yoʻnalishlari va maxsus mintaqalari, nazorat qilinmaydigan parvozlarning rayonlari, taqiqlangan va cheklangan mintaqalar, sinov rayonlari, portlatish ishlari rayonlari hamda boshqa maxsus elementlar belgilanib, ularning majmuasi Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududining tarkibini tashkil etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samoviy hududdan foydalanishni tashkil etish atrof muhitni muhofaza qilishning umum eʼtirof etgan meʼyorlariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi lozim.
(8-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Samoviy hududdan foydalanishdagi ustuvorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samoviy hududning barcha foydalanuvchilari Oʻzbekiston Respublikasi hududida samoviy hududdan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatni amalga oshirishda teng huquqlardan foydalanadilar va bir xilda javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samoviy hududdan foydalanishdan manfaatdor boʻlganlar ikkita va bundan ortiq boʻlsa, samoviy hududning maʼlum qismidan foydalanish huquqi quyidagi ustuvorlik boʻyicha beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) havo hujumini daf etish yoki Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasi buzilishining oldini olish va chegara buzilishini toʻxtatish, Oʻzbekiston Respublikasi suvereniteti, hududiy butunligi, siyosiy mustaqilligi va jamoat xavfsizligiga qarshi qaratilgan kuch ishlatishni yoki kuch ishlatish tahdidini bartaraf qilish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) odamlarning hayoti va sogʻligʻiga xavf soluvchi yoki katta iqtisodiy zarar yetkazish xavfini tugʻdiruvchi tabiiy hamda boshqa ofatlarda, falokatlar, avariyalar, favqulodda holatlarda yordam koʻrsatish uchun;
(9-modda ikkinchi qismining “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kosmik apparatlar va ularning ekipajlarini uchirish, qoʻndirish, qidirish va evakuatsiya qilish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilishining oldini olish yoki tartib buzilishini toʻxtatish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) havo kemalarining qatnovi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan amalga oshiriladigan oʻzga faoliyat uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) havo kemalarining qatnovi yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlariga binoan amalga oshiriladigan boshqa faoliyat uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) yoʻlovchilarni muntazam tashish uchun;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) Oʻzbekiston Respublikasi, shuningdek oʻzga davlatlar davlat aviatsiyasining maxsus qoidalar asosida amalga oshiriladigan parvozlari uchun;
(9-modda ikkinchi qismining “z” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlari uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) yuk va pochtani muntazam tashish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) yuklarni nomuntazam tashish uchun, xalq xoʻjaligi manfaatlarini koʻzlab aviatsiya ishlarini va boshqa yumushlarni amalga oshirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
m) oʻquv, koʻrgazmali, madaniy-maʼrifiy hamda boshqa tadbirlarni amalga oshirish uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
n) fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish bilan bogʻliq faoliyat uchun;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o) boshqa faoliyatlar uchun.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Samoviy hududdan foydalanishni ildam boshqaruvchi organlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samoviy hududdan foydalanishni ushbu Kodeksning 4-moddasida koʻrsatilgan organlar oʻz vakolatlari doirasida ildam boshqaradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Samoviy hududdan foydalanishga ruxsat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur xavfsizlik qoidalariga rioya qilingan holda va faqat ushbu Kodeksning 4-moddasida koʻrsatilgan organlardan Samoviy hududdan foydalanish boshqarmasi (SʼHFB) organlari orqali ruxsat olinganidan keyingina samoviy hududdan foydalanish bilan bogʻliq faoliyatga ijozat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samoviy hududdan foydalanish boshqarmasi organlarining koʻrsatmalari samoviy hududdan foydalanuvchilarning barchasi uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Samoviy hududdan foydalanishni taqiqlash va cheklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan yoki uning ayrim mintaqalaridan ushbu Kodeksning 6-moddasida nazarda tutilgan faoliyatni amalga oshirish uchun foydalanish Samoviy hududdan foydalanish boshqarmasi organlari tomonidan taqiqlanishi yoki cheklanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Aloqani tashkil etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samoviy hududdan foydalanishdan manfaatdor vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar Aviatsiya maʼmuriyati, Mudofaa vazirligining tegishli organlari bilan, samoviy hududdan havo kemalarining parvozi uchun foydalanilgan taqdirda esa, Oʻzbekiston Respublikasi havo hujumidan mudofaa organlari bilan ham aloqa kanallari tashkil qilishga majburdirlar.
(13-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa korxonalari foydalanuvchilarga zarur aloqa kanallarini va vositalarini ijaraga beradilar. Xizmatga berilgan aloqa kanallari va vositalari ishdan chiqqan taqdirda ular belgilangan tartibda boshqa aloqa kanallari va vositalari bilan almashtirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Umumiy foydalanishdagi barcha xalqaro va shaharlararo telefonlar hamda telegrafni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining korxonalari oʻrnatadilar va ishlatadilar.
(13-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro va shaharlararo telefon va telegraf orqali aloqa bogʻlash imkoniyati favqulodda vaziyatlarda qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotganda hamda yordam koʻrsatilayotganda birinchi galda beriladi.
(13-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Samoviy hududdan foydalanish tartibining buzilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksga va uning asosida ishlab chiqilgan boshqa huquqiy hujjatlarga zid ravishda Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish bilan bogʻliq faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish tartibini buzish deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samoviy hududdan foydalanish tartibiga rioya qilishni nazorat etuvchi organlar samoviy hududdan foydalanish tartibini buzishning oldini olish yoki toʻxtatish choralarini koʻrishga majburdirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan yoki havo kemalari parvozi xavfsizligiga xavf tugʻilishiga olib kelgan xatti-harakatlar sodir etgan samoviy hududdan foydalanuvchilar, shuningdek aviatsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan yuridik va jismoniy shaxslar yuqorida zikr etilgan organlarning talabiga binoan koʻrsatilgan tartibbuzarlikni yoki tartib buzilishiga olib keladigan faoliyatni oʻz hisoblaridan va oʻz kuchlari bilan toʻxtatishlari lozim.
(14-modda uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Tartibbuzar havo kemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini buzgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish tartibi buzilishiga yoʻl qoʻygan havo kemasi tartibbuzar havo kemasi deb hisoblanadi va samoviy hududdan foydalanish tartibiga rioya qilishni nazorat etuvchi organlarning talabiga boʻysunmasa, yerga qoʻnishga majbur etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibbuzar havo kemasi qoʻnish toʻgʻrisidagi buyruqni bajarmagan taqdirda samoviy hududdan foydalanish tartibi ataylab buzilayapti va bu bilan Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga, hududiy butunligiga, siyosiy mustaqilligiga va jamoat xavfsizligiga tahdid solib kuch ishlatilayapti yoki kuch ishlatishga urinish boʻlayapti deyish uchun mantiqiy asos boʻlib, bunday tartib buzilishini oʻzga vositalar bilan toʻxtatib boʻlmaydigan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari qurol va jangovar texnikani ishga solishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tartibbuzar havo kemasida samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilishiga aloqasi yoʻq yoʻlovchilar yoxud boshqa shaxslar borligi haqida ishonchli maʼlumot boʻlsa, qurol va jangovar texnika ishlatilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududiga asossiz kirgan va unga kirish shartlariga rioya etmagan, shuningdek samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilgan boshqa hollarda ham havo kemasi qoʻngan aerodromda ushlab turilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tartibbuzar havo kemasining undan keyingi parvoziga tartib buzilishi tekshirib chiqilgandan soʻng Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan yoʻsinda ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Samoviy hududdan foydalanish tartibini buzganlik uchun javobgarlik
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samoviy hududdan foydalanish tartibi buzilgan har bir hol Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tekshirib chiqilishi lozim. Samoviy hududdan foydalanish tartibini buzishda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(16-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektr uzatish obyektlari va liniyalarini qurish; samoviy hududda elektromagnit, yorugʻlik, akustik, korpuskulyar va boshqa turdagi nurlanishlar paydo boʻlishiga olib keladigan ishlar; qushlarning va yovvoyi hayvonlarning (kemiruvchilarning) koʻplab toʻplanishiga hamda ornitologik vaziyatning, parvoz paytida koʻrishning va aerodromlardagi uchish maydonlari holatining yomonlashuviga sabab boʻluvchi obyektlarni joylashtirish; havo kemalari parvoz qilish va qoʻnish zonalariga baland oʻsadigan daraxtlarning koʻchatlarini oʻtqazish; shuningdek samoda moddiy obyektlar harakati bilan bevosita aloqasi boʻlmagan, ammo havo kemalarining, boshqa uchuvchi apparatlarning parvoziga, asbob-uskunalari va ulardagi odamlar xavfsizligiga taʼsir etuvchi har qanday boshqa faoliyat aerodrom hududidagi parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatlar jumlasiga kiradi.
(17-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda ruxsat olinganidan keyingina amalga oshirilishi mumkin. Bunday faoliyat ustidan nazoratni 4-moddada sanab oʻtilgan organlar amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalari parvozining xavfsizligiga tahdid soluvchi faoliyatni amalga oshirish qoidalarini buzgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar shu qoida buzishlarni oʻz hisoblaridan va oʻz kuchlari bilan bartaraf qilishlari, ular bartaraf qilingunicha esa bunday faoliyatni toʻxtatishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Havo kemalari parvozining xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat haqida xabar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarning ular xavfsizligiga tahdid solishi mumkin boʻlgan faoliyat amalga oshirilayotgan rayonga bexosdan kirib qolishining oldini olish uchun bunday faoliyat bilan mashgʻul boʻlgan organ yoki shaxs samoviy hududdan foydalanuvchilarni koʻrsatilgan faoliyat amalga oshirilayotganligi toʻgʻrisida aeronavigatsiya axborot xizmati orqali xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi obyektlarga belgilar qoʻyish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozlar xavfsizligiga tahdid soluvchi bino va inshootlarning egalari parvozlar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati belgilagan talablarga muvofiq bu obyektlarga oʻz hisoblaridan tungi va kunduzgi belgilar hamda moslamalar oʻrnatishga majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Aerodromlar mintaqasida belgi va moslamalar oʻrnatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerodromlar mintaqasida aerodromlarni tanish uchun oʻrnatiladigan maxsus belgilar va moslamalarga oʻxshash har qanday belgi va moslamalarni joylashtirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Suratga va kinoga olish, radioaloqa vositalaridan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasidan suratga olish va kinoga tushirish hamda radioaloqa vositalaridan foydalanishga 4-moddada qayd etilgan organlar tomonidan belgilangan tartibda yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III BOʻLIM. OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI AVIATSIYASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiyasi tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi aviatsiyasi eksperimental, davlat va fuqaro aviatsiyasiga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya va boshqa texnika sohasida tajriba-konstruktorlik, eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlari hamda sinovlari uchun moʻljallangan aviatsiya eksperimental aviatsiya hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Milliy gvardiya tasarrufidagi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq boshqa respublika ijro etuvchi hokimiyat organlarining tasarrufidagi aviatsiya davlat aviatsiyasi hisoblanadi. Eksperimental va davlat aviatsiyasi tarkibiga kirmagan aviatsiya fuqaro aviatsiyasi hisoblanadi.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Fuqaro aviatsiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yoʻlovchilar, ularning qoʻl yuklari, yuklar va pochta (havo transportida tashiladigan) tashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) aviatsiya ishlarini bajarish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) oʻquv, sport, madaniy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish, texnikaviy ijodkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning shaxsiy ehtiyojlarini qondirish;
(24-modda birinchi qismining “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) favqulodda vaziyatlar yuz bergan hududlarga avariya-qutqaruv ishlarini amalga oshirish uchun kuchlar va asbob-uskunalarni, shuningdek zarar koʻrganlarga yordam koʻrsatish uchun yuklarni yetkazib berish maqsadlarida foydalaniladi.
(24-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq “g” kichik band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib oʻtilgan maqsadlarda pulli va kira qilish tarzida foydalaniladigan fuqaro aviatsiyasi tijorat aviatsiyasi deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayd etib oʻtilgan maqsadlarda bepul hamda yollanmay foydalaniladigan fuqaro aviatsiyasi umumiy ahamiyatdagi aviatsiya deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Aviatsiya vositalariga mulkchilik
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya vositalari: havo kemalari, aerodromlar, aeroportlar, texnikaviy vositalar hamda havo kemalarining parvozini tashkil etish, bajarish va taʼminlash uchun zarur boʻladigan boshqa mol-mulk xususiy va ommaviy shakldagi mulk boʻlishi mumkin.
(25-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya vositalarini mulk sifatida sotib olinishiga qarshi, Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan hollardan tashqari, cheklashlar oʻrnatilishi mumkin emas.
(25-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. AERODROMLAR. AEROPORTLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Aerodromlar tasnifi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quruqlikdagi yoki suv sathidagi maxsus jihozlangan, havo kemalarining kelib qoʻnishi, joʻnashi va shu sath boʻylab harakatlanishi uchun toʻliq yoki qisman moʻljallangan uchastka unda joylashgan binolar, inshootlar hamda anjomlari bilan birga aerodrom deb eʼtirof etiladi.
(26-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerodromlar oʻzining vazifasiga qarab bazaviy, muvaqqat va zaxiradagi aerodromlarga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerodromlar aviatsiya turiga mansubligiga koʻra fuqaro aviatsiyasi aerodromlari, davlat aviatsiyasi aerodromlari, eksperimental aviatsiya aerodromlari hamda hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlariga boʻlinadi.
(26-modda birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq birinchi, ikkinchi va uchinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aeroport – havo kemalarini qabul qilish va joʻnatishga, havo transportida tashishga xizmat koʻrsatishga moʻljallangan va shu maqsadlarda aerodrom, aerovokzal, boshqa inshootlar, shuningdek zarur qurilmalarga ega boʻlgan inshootlar majmuasidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Aerodromlar va aeroportlar uchun yer ajratish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerodromlar va aeroportlar qurilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida yer ajratiladi.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerodromlar va aeroportlar uchun ajratiladigan yer uchastkalari sathining kattaligi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda tasdiqlanadigan meʼyorlar va loyiha-texnikaviy hujjatlar asosida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Aerodromlar qurish va ularni taʼmirlash
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerodromlar va aeroportlar qurish uchun qidiruv ishlarini olib borish, ularni loyihalashtirish, qurish va taʼmirlash mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan, manfaatdor vazirliklar, idoralar va tashkilotlar bilan Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda kelishiladi.
(28-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerodromlarni qurish va taʼmirlash, shuningdek aerodromlar rayonida sanoatga oid, turar joylar va madaniy-maishiy binolar qurilishi havo kemalarining shovqini, ularning motorlaridan chiqadigan zararli chiqindilar, elektromagnit va boshqa nurlanishlarning zararli taʼsirini bartaraf etishini hisobga olgan holda amalga oshirilmogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Aerodrom ekspluatanti
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga asosan oʻzga davlatning muayyan aerodromga mulk huquqi asosida (aerodrom egasi), ijara shartnomasiga binoan yoki Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra tegishli boʻlgan hamda aerodromning muvofiqlik sertifikatiga ega boʻlgan yuridik shaxsi yoki fuqarosi shu aerodromning ekspluatanti deb eʼtirof etiladi.
(29-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Aerodromni ishga tushirishga ruxsat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanishga yaroqlilik normalariga va havo kemalari parvozlarining xavfsizligini taʼminlash talablariga muvofiq boʻlsa, aerodromdan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi. Fuqarolar tashish uchun moʻljallangan aerodrom bundan tashqari, yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq qoʻshimcha talablarga ham javob bermogʻi lozim. Davlat, fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga moʻljallangan aerodromlar majburiy suratda sertifikatlanishi shart.
(30-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerodromlarning, shuningdek ulardagi asbob-uskunalarning foydalanishga yaroqliligi normalari va ularni sertifikatlashtirish tartibi:
(30-modda ikkinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro aerodromlari, eksperimental aviatsiya aerodromlari va hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromlari uchun – Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aviatsiyasi aerodromlari uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerodrom ekspluatantiga aerodromning butun xizmat koʻrsatish muddati davomida aerodromning muvofiqlik sertifikati olish uchun belgilangan talablarga javob berishini taʼminlash vazifasi yuklatiladi.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Davlat aviatsiyasi aerodromlarini roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aviatsiyasi aerodromlari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida roʻyxatga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aviatsiyasi aerodromi reyestrga kiritilganidan soʻng ekspluatantga davlat aviatsiyasi aerodromi roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aviatsiyasi aerodromlarini roʻyxatga olish va ular roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisida guvohnomalar berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
(31-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Hamkorlikda foydalanish (joylashish) aerodromi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasi yoki eksperimental aviatsiyaning havo kemalari joylashish huquqisiz parvozlarni amalga oshiradigan davlat aviatsiyasi aerodromi hamkorlikda foydalanish aerodromi deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Turli idoralar tasarrufida boʻlgan havo kemalari joylashadigan fuqaro aviatsiyasi, davlat aviatsiyasi yoki eksperimental aviatsiya aerodromi hamkorlikda joylashish aerodromi deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerodromlardan samoviy hududdan foydalanuvchilarning turli toifalari hamkorlikda foydalanishi (joylashishi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
(32-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Aeroport bilan aholi manzilgohlari orasida transport qatnovi va aloqa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchilar tashish ehtiyojini taʼminlash uchun aeroportlar bilan yaqin shaharlar va aholi manzilgohlari oʻrtasida muntazam transport qatnovi yoʻlga qoʻyiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aeroportlarga boradigan yoʻllar qurilishini, ularni taʼmirlashni, obodonlashtirishni va ulardan foydalanishni, yoʻlovchi tashiydigan transportning bu yoʻllarda muntazam qatnovini, shuningdek shaharlar va boshqa aholi punktlari bilan aeroportlar oʻrtasida telefon va boshqa aloqa turlarini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari taʼminlaydilar.
(33-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Aerodromlarni tugatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerodromlarni tugatish, shu jumladan boshqa joyga koʻchirish maqsadida tugatish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. HAVO KEMALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Havo kemalarining tasnifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya turiga mansubligiga qarab havo kemalari fuqaro, davlat va eksperimental havo kemalariga boʻlinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Havo kemalari ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarning sertifikatlangan turlarini koʻplab ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilotlar havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga hamda havo kemalarini ishlab chiqarishni sertifikatlashtirishga doir belgilangan talablar asosida ish olib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalari va boshqa uchuvchi apparatlarni ishlab chiqarishga doir talablarni ishlab chiqish hamda ishlab chiqarishni sertifikatlashtirish xalqaro standartlar va tavsiyalarni hisobga olgan holda Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi.
(36-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
(36-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Foydalanishga ruxsat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro havo kemasi, shuningdek tijorat maqsadlarida ishlatiladigan davlat havo kemasi fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqliligi borasidagi normalarga muvofiq boʻlsa, foydalanishga qoʻyiladi va bu haqda havo kemasining ekspluatantiga havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalari Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan joriy etiladi. Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(37-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasining xorijiy davlat tomonidan berilgan uchishga yaroqlilik sertifikati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etilishi mumkin.
(37-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro havo kemasini havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati talablariga muvofiq boʻlgan holatda saqlash havo kemasi ekspluatanti zimmasiga yuklanadi. Bunday muvofiqlikka rioya etilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat havo kemalaridan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.
(37-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
371-modda. Havo kemalariga texnikaviy xizmat koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalariga texnikaviy xizmat koʻrsatish Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan berilgan havo kemalariga texnikaviy xizmat koʻrsatish tashkilotining sertifikati asosida bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalariga texnikaviy xizmat koʻrsatish tashkilotining sertifikatini berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(371-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Havo kemasi turining sertifikati
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasi turining sertifikati havo kemasi turining tuzilishini belgilaydigan va uning fuqaro havo kemalarining uchishga yaroqlilik normalariga muvofiqligini tasdiqlaydigan Davlatlararo aviatsiya qoʻmitasi tomonidan beriladigan hujjatdir.
(38-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(38-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 11-dekabrdagi OʻRQ-381-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 50-son, 588-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasi turining xorijiy davlat tomonidan berilgan sertifikati, basharti havo kemasi fuqaro havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan belgilangan uchishga yaroqlilik normalariga muvofiq boʻlsa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etilishi mumkin.
(38-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Havo kemalarini roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro va davlat havo kemalari roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim. Fuqaro havo kemalari Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrida, davlat havo kemalari esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat havo kemalari reyestrida roʻyxatga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tegishli reyestrda qayd qilingan havo kemasining egasiga roʻyxatdan oʻtganlik toʻgʻrisida guvohnoma beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestrini va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat havo kemalarining reyestrini yuritish tartibi, shuningdek havo kemalarining roʻyxatdan oʻtganligi toʻgʻrisida guvohnoma berish tartibi tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
(39-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksperimental havo kemalari davlat reyestrida qayd etilmaydi, ammo Aviatsiya maʼmuriyatida hisobda turadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksperimental havo kemalarini hisobga olish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(39-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi OʻRQ-688-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqaro havo kemalarining davlat reyestriga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Davlat havo kemalarining reyestriga kiritilgan havo kemalari, shuningdek Aviatsiya maʼmuriyatida hisobda turuvchi eksperimental havo kemalari Oʻzbekiston Respublikasiga qarashli milliy havo kemalaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el havo kemasi tegishli chet el davlati havo kemalarining reyestridan oʻchirilganidan keyingina Oʻzbekiston Respublikasining tegishli reyestriga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi tegishli reyestridan belgilangan tartibda oʻchirilmagan Oʻzbekiston Respublikasi havo kemasining har qanday chet el davlati havo kemalarining reyestriga kiritilishi tan olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Reyestrdan oʻchirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli reyestridan quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) havo kemasi foydalanishdan chegirib tashlansa yoki chiqarilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) havo kemasi belgilangan tartibda chet el davlatiga, chet el yuridik yoki jismoniy shaxsiga sotilsa yoki berilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) havo kemasi eksperimental havo kemalari qatoriga oʻtkazilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) havo kemalarini roʻyxatga olish tartibida nazarda tutilgan boshqa hollarda oʻchirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasini Oʻzbekiston Respublikasining tegishli reyestridan oʻchirish bilan kemaning roʻyxatdan oʻtkazilgani toʻgʻrisidagi guvohnoma va bu havo kemasi haqidagi tegishli reyestrdagi yozuvlar oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Havo kemalariga qoʻyiladigan belgilar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxatdan oʻtkazish paytida havo kemalariga roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisi berilib, ular shu havo kemalarida qayd etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisidan tashqari havo kemalariga qoʻshimcha belgilar (ramzlar, yozuvlar, nishonlar) qoʻyilishi mumkin. Mazkur belgilarni havo kemalariga qayd etishda roʻyxat belgisi va davlat tanish belgisining koʻrinishini yomonlashtirmaslikka eʼtibor qilish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro va eksperimental havo kemalariga roʻyxat belgisini va davlat tanish belgisini hamda boshqa belgilarni qayd etish tartibi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan, davlat havo kemalariga qayd etish esa Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Havo kemalaridan foydalanish huquqlarini cheklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo kemalaridan foydalanish huquqlarini cheklash (muayyan aybdorlikka tortish, huquqdan vaqtinchalik yoki butunlay mahrum qilish hamda alohida holatlarga bogʻliq boshqa cheklashlar) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq qoʻllanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Havo kemalarini ijaraga berishda huquq va majburiyatlarning oʻtishi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasining egasi bilan boʻlajak ekspluatant oʻrtasida ijara shartnomasi mavjud boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasining havo kemasi tegishli huquq va majburiyatlar ekspluatantga oʻtkazilgan holda chet ellik ekspluatantga ijaraga (ekipaj bilan yoki ekipajsiz) berilishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati chet el davlatining vakolatli organi bilan ijaraga olingan havo kemasidan foydalanilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha muayyan majburiyatlarni unga oʻtkazish maqsadida belgilangan tartibda bitim tuzishi mumkin.
(43-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el havo kemasini Oʻzbekiston Respublikasidagi ekspluatant ijaraga oladigan hollarda ham xuddi shunday tartib qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V bob. HAVO KEMALARINING EKSPLUATANTLARI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Ekspluatant sertifikatini berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasiga mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquq asosida egalik qiluvchi, shu havo kemasidan foydalanishni amalga oshirish qobiliyati ekspluatant sertifikati bilan tasdiqlangan yuridik yoki jismoniy shaxs havo kemasining ekspluatanti deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspluatant sertifikati Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi. Bunda xususiy va ijaradagi havo kemalarining, parvozga oid va texnika xizmatlari tuzilmalarining mavjudligi bunday sertifikatni olish uchun majburiy shartdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan ekspluatant sertifikati berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Ekspluatant sertifikati berishni rad etish ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspluatant sertifikatini berish toʻgʻrisidagi arizani takroran koʻrib chiqishda ekspluatant sertifikati berishni rad etish haqidagi bildirishnomada ilgari koʻrsatilmagan yangi asoslar boʻyicha ushbu sertifikatni berishni rad etishga yoʻl qoʻyilmaydi.
(44-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuniga asosan toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspluatant sertifikatining amal qilishi belgilangan tartibda toʻxtatib turilishi, tugatilishi yoki ekspluatant sertifikati bekor qilinishi mumkin. Guvohnomani boshqa shaxsga berish mumkin emas.
(44-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
(44-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Ekspluatant sertifikatini eʼtirof etish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy davlat tomonidan berilgan ekspluatant sertifikati yoki unga oʻxshash hujjat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb eʼtirof etilishi mumkin.
(45-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda. Ekspluatant faoliyati ustidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspluatant sertifikatini bergan organ ekspluatant uchun belgilangan talablarga rioya etilishi ustidan nazorat yuritadi.
(46-modda birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspluatant sertifikatini berish uchun belgilangan talablar havo kemasi ekspluatanti tomonidan buzilgan taqdirda, sertifikat bergan organ ekspluatantni belgilangan muddatlarda kamchiliklarni bartaraf etish zarurligi haqida ogohlantirishga haqli.
(46-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(46-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 4-sentabrdagi OʻRQ-373-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2014-y., 36-son, 452-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati Oʻzbekistonda doimiy parvozlarni amalga oshiruvchi chet ellik ekspluatantlarni, agar xalqaro bitimlarda oʻzgacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, amaliy inspeksiya qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI bob. AVIATSIYA XODIMLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda. Aviatsiya xodimlarining xizmat turlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyatlari havo transport qatnovini tashkil qilish, bajarish va taʼminlash, shuningdek havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq shaxslar aviatsiya xodimlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya turiga mansubligiga koʻra aviatsiya xodimlari tegishli ravishda fuqaro, davlat va eksperimental aviatsiya xodimlariga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda. Aviatsiya xodimlarining tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya xodimlari tarkibiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) uchuvchilar tarkibiga kiruvchi shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) havo transporti qatnovini tashkil qiluvchi va taʼminlovchi shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) havo kemasi parvozlarini tashkil etuvchi shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) havo kemalariga texnikaviy xizmat koʻrsatuvchi shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) havo kemalarining parvozlarini taʼminlovchi shaxslar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(48-moddaning birinchi qismidan Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq “e” kichik bandi chiqarilib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(48-moddaning birinchi qismidan Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq “j” kichik bandi chiqarilib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro, davlat va eksperimental aviatsiya xodimlari qatoriga kiruvchi shaxslar lavozimlarining roʻyxatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda. Kasb faoliyatiga tayyorlash va bunday faoliyatga ruxsat berish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Egallab turgan lavozimiga binoan faoliyati parvozlarni tashkil etish, amalga oshirish va taʼminlash hamda havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish bilan bevosita aloqador aviatsiya xodimlarini kasb faoliyatiga tayyorlash davlat tomonidan shahodatlangan tashkilotlarda amalga oshiriladi. Fuqaro va davlat aviatsiyasi kadrlarini tayyorlovchi oʻquv yurtlarini sertifikatlash tegishincha Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonunchilikda belgilangan tartibda oʻtkaziladi.
(49-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalari parvozini amalga oshirish va bu parvozlarni taʼminlash bilan bevosita aloqador aviatsiya xodimlari tegishli faoliyatni amalga oshirish guvohnomasiga ega boʻlgan hamda salomatliklari belgilangan talablarga javob beradigan taqdirdagina kasb faoliyatini bajarishga qoʻyiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya xodimlarini kasb faoliyati bilan shugʻullanishga ruxsat etish va shu faoliyatni bajarish uchun guvohnoma berish tartibi, shuningdek aviatsiya xodimlari turli toifalarining sogʻliqlariga boʻlgan talablar hamda ularni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi fuqaro va eksperimental aviatsiyada Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida esa Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlari kasb faoliyatini bajarish chogʻida amaldagi guvohnomani oʻzlari bilan olib yurishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda. Aviatsiya xodimlari guvohnomasini tan olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet el davlati tomonidan aviatsiya xodimlariga berilgan yoki kuchga kiritilgan guvohnomalar, agar shu guvohnomalarni berish yoki kuchga kiritish uchun belgilangan talablar Fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkiloti belgilagan minimal standartlarga yoki undan yuqoriroq talablarga javob bersa, Oʻzbekiston Respublikasida haqiqiy deb tan olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda. Havo kemasi ekipaji
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasi ekipaji kema komandiri, uchuvchilar tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslar va xizmat koʻrsatuvchi xodimlardan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro va davlat aviatsiyasi havo kemalarining ekipaji tarkibi havo kemalarining turi va vazifasi, maqsadi va ulardan foydalanish sharoitlari hisobga olinib, havo kemasining loyihalovchisi va buyurtmachisi tomonidan belgilanadi hamda har bir turdagi havo kemasining parvozda foydalanish hujjatlariga yozib qoʻyiladi. Bundan tashqari, havo kemalari ekipaji tarkibiga tegishlicha Aviatsiya maʼmuriyati yoki Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilangan tartibda shu kemadan foydalanishga aloqador boshqa aviatsiya xodimlari ham kiritilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eksperimental aviatsiya havo kemasi ekipajining tarkibi tajriba-konstruktorlik, eksperimental yoki ilmiy-tadqiqot ishlarining maqsad va vazifalariga bogʻliq holda Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati bilan kelishuvga koʻra havo kemasining ishlab chiqaruvchisi va loyihalovchisi tomonidan belgilanadi.
(51-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52-modda. Havo kemasining komandiri
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchuvchi ixtisosligiga va belgilangan tartibda maʼlum turdagi havo kemasini mustaqil boshqarish huquqiga ega boʻlgan shaxsgina havo kemasining komandiri boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasining komandiri ekipaj faoliyatini boshqaradi, kemada tartib va intizom saqlanishini, parvoz qoidalariga va kemadan foydalanish qoidalariga rioya qilinishini taʼminlaydi, shuningdek kemaning asralishi va kemadagi odamlar hamda mol-mulkning xavfsizligini taʼminlash uchun zarur choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasining komandiri quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) havo kemasining fazoga koʻtarilishi, parvozi va qoʻnishi haqida, shuningdek parvozni tugallash va parvoz boshlangan punktga qaytish yoki majburiy qoʻnish haqida uzil-kesil qaror qabul qilish. Parvoz xavfsizligiga yaqqol xavf tugʻilganida, shuningdek kema ichidagi yoʻlovchilar hayotini saqlab qolish niyatida parvoz rejasidan, havo transporti qatnovini taʼminlovchi idora koʻrsatmalaridan va parvoz topshirigʻidan chekingan holda, ammo belgilangan parvoz qoidalariga iloji boricha rioya qilgan holda, bunday qaror qabul qilinishi mumkin. Kema komandiri koʻrilgan tadbirlar toʻgʻrisida kemaning bevosita rahbari boʻlmish havo kemalari qatnovini taʼminlovchi organga zudlik bilan xabar qilishi shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) havo kemasi ichidagi har qanday shaxsga oʻz vakolatlari doirasida buyruq berish. Bu buyruqlar soʻzsiz bajarilmogʻi lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) xatti-harakatlari bilan parvoz xavfsizligiga bevosita tahdid solib, oʻzining buyruqlariga boʻysunmayotgan shaxslarga nisbatan barcha zarur choralarni koʻrish, hatto qurol ishlatish. Havo kemasi eng yaqin aerodromga qoʻngani zahoti kema komandiri bunday shaxslarni kemadan chiqarib yuborishi, agar jinoyat belgilari mavjud qilmish sodir etgan boʻlsalar, ularni tegishli organlarga topshirishi mumkin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) parvoz xavfsizligini hamda havo kemasini qoʻndirishni taʼminlash uchun zarur boʻlsa parvoz paytida yonilgʻini toʻkib tashlash, qoʻl yuki, yuk va pochtani tashlab yuborish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53-modda. Havo kemasi ekipaji aʼzolariga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasi ekipaji aʼzolari parvozda oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida tan jarohatlari olgan yoki sogʻliqlariga boshqa zarar yetkazilgan taqdirda, havo kemasining ekspluatanti, agar u yetkazilgan zarar jabrlanuvchining qasddan qilingan harakati natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, jabrlanuvchiga zararning u oladigan nafaqadan yoki unga jarohatidan keyin tayinlangan va amalda u oladigan pensiyadan ortiqcha qismini qoplashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasi ekipajining aʼzosi parvozda oʻz xizmat vazifasini bajarish chogʻida halok boʻlgan taqdirda, yetkazilgan zararni qoplash marhumning qaramogʻida boʻlgan mehnatga layoqatsiz shaxslarga yoki faoliyat roʻy bergan kungacha undan nafaqa olishga huquqi boʻlgan shaxslarga, shuningdek marhumning vafotidan soʻng dunyoga kelgan farzandiga yuqorida qayd etilgan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
531-modda. Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga beriladigan kafolatlar va imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlarining alohida toifalarini ular xizmat vazifalarini bajarayotganda belgilangan namunadagi formali kiyim-bosh va oziq-ovqat bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasi korxonalari aviatsiya xodimlariga foydalanilayotgan havo kemalarida imtiyozli tarzda yurish huquqini berishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasining aviatsiya xodimlariga ushbu moddaga koʻra beriladigan va mehnatga haq toʻlash toʻgʻrisidagi tarmoq bitimlarida belgilangan kafolatlar va imtiyozlar fuqaro aviatsiyasi korxonalarining mablagʻlari hisobidan taʼminlanadi hamda jismoniy shaxslarning daromadi sifatida qaralmaydi.
(531-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni bilan kiritilgan — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII bob. HAVO TRANSPORTI QATNOVI
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-modda. Samoviy hudud tasnifi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududi xalqaro standartlar talablariga muvofiq va Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda tasniflanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining samoviy hududi nazorat qilinadigan va nazorat qilinmaydigan samoviy hududga boʻlinadi. Bunda nazorat qilinadigan samoviy hudud deganda parvozlarga dispetcherlik xizmati koʻrsatish taʼminlanadigan doiradagi samoviy hudud tushuniladi. Nazorat qilinmaydigan samoviy hudud deganda parvozlar paytida axborot xizmati koʻrsatiladigan doiradagi samoviy hudud tushuniladi.
(54-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55-modda. Havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatish xalqaro standartlarga hamda Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tashkil etiladi va xizmat koʻrsatish amalga oshirilayotgan samoviy hudud tasnifiga bogʻliq boʻladi.
(55-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56-modda. Havo transporti qatnovi oqimlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Samoviy hududdan samarali va oqilona foydalanish maqsadida havo transporti qatnovi oqimlari Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga moslashtirib tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57-modda. Aeronavigatsion va meteorologik axborot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida havo transporti qatnovi aeronavigatsion va meteorologik axborot bilan taʼminlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik xizmat koʻrsatadi, davlat aviatsiyasi uchun meteorologik axborot beradi, xalqaro aeronavigatsiya manfaatlarini koʻzlab meteorologik taʼminlashni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaga meteorologik xizmat koʻrsatish samoviy hududdan foydalanuvchilar bilan tuzilgan shartnomalar asosida Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan tasdiqlanadigan qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.
(57-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aviatsiyasini meteorologik axborot bilan taʼminlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(57-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transporti qatnovini aeronavigatsiya axboroti bilan taʼminlash tartibi fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyada Oʻzbekiston Respublikasining Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida — Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
(57-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi – beshinchi qismlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan xavfsiz, samarali va tejamkorlik bilan foydalanishni taʼminlash maqsadida xalqaro tashkilot yoki chet el davlatlari aeronavigatsion axborot xizmatlaridan bitim yoki shartnoma asosida olinadigan meteorologik axborot ham ishlatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-modda. Aeronavigatsiya hamda aloqa vositalari va tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi havo transporti qatnovi aeronavigatsiya vositalari va tizimlari, shuningdek havo transporti qatnovining aloqa hamda boshqaruv vositalari va tizimlari bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday taʼminlash tartibini oʻz vakolatlari doirasida Aviatsiya maʼmuriyati va Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur vositalar va tizimlardan birgalikda foydalanish tartibi ushbu organlar oʻrtasida tuzilgan bitimlarga binoan belgilanadi.
(58-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aeronavigatsiya vositalari va tizimlari sifatida foydalaniladigan obyektlar qurilishi (oʻrnatilishi) uchun yer ajratish Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligi asosida amalga oshiriladi. Bunday qurilishlar uchun ajratiladigan yer maydonining sathi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda tasdiqlangan meʼyorlar hamda loyiha-texnikaviy hujjatlar asosida aniqlanadi.
(58-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59-modda. Aloqa vositalaridan foydalanish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transporti qatnovini taʼminlash va unga xizmat koʻrsatish uchun telefon, telegraf va boshqa aloqa vositalaridan navbatsiz, oddiy tarif boʻyicha haq toʻlab foydalaniladi. Havo transporti qatnovini taʼminlash va unga xizmat koʻrsatish uchun ommaviy aloqa vositalaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Aviatsiya maʼmuriyatining, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning tegishli organlari bilan kelishuv asosida belgilanadi.
(59-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60-modda. Havo trassalari va mahalliy havo yoʻllarini ishga tushirishga ruxsat berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo trassalari va mahalliy havo yoʻllari havo transporti qatnovini xavfsiz tashkil qilish talablariga javob bersagina ishga tushirilishiga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo trassalari va mahalliy havo yoʻllaridan foydalanishga Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda ijozat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61-modda. Aeronavigatsiya va aeroport yigʻimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aerodromlarda havo transporti qatnovi va havo kemalariga aeronavigatsiya va aeroport yigʻimlari tarzida undiriladigan haq evaziga xizmat koʻrsatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qidiruv-qutqaruv ishlarini bajarishda, tabiiy va texnogen xususiyatga ega favqulodda vaziyatlar roʻy bergan taqdirda insonparvarlik yordami koʻrsatishda ishtirok etayotgan havo kemalari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining havo kemalari aeronavigatsiya va aeroport yigʻimlaridan ozod qilinadi.
(61-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aeronavigatsiya va aeroport yigʻimlarini undirish va taqsimlash tartibini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VSH bob. HAVO KEMALARINING PARVOZI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62-modda. Parvozlarni bajarish qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kodeksda parvoz atamasi ostida havo kemasining parvoz boshlanishi chogʻidagi kuchli yugurishi (tik koʻtarilish chogʻidagi quruqlik yoki suv sathidan uzilishi)dan tortib, parvoz masofasi toʻla bosib oʻtilgunga qadar (uchish va qoʻnish yoʻlkasini betoʻxtov boʻshatib qoʻygunga qadar) yoki tik qoʻnish chogʻida quruqlik (suv) sathiga qoʻngunga qadar quruqlik (suv) sathida va havoda bajargan harakati tushuniladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi parvozlari Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasining va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalariga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalariga muvofiq holda bajariladi.
(62-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-modda. Kema hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozni bajarish uchun havo kemasida kema hujjatlari boʻlmogʻi lozim; bu hujjatlarning roʻyxati fuqaro va eksperimental aviatsiya uchun Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan, davlat aviatsiyasi uchun esa Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat maqsadlarida foydalaniladigan havo kemalarida quyidagi hujjatlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) havo kemasining roʻyxatdan oʻtkazilganligi haqida guvohnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati;
(63-modda ikkinchi qismining “b” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kema daftarlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mazkur turdagi havo kemasida parvoz qilish chogʻida ishlatiladigan qoʻllanma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) Aviatsiya maʼmuriyati nazarda tutgan boshqa hujjatlar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64-modda. Parvozga tayyorlanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasi parvoz qilishidan oldin havo kemasini, kema ekipajini va aviatsiyaning boshqa xodimlarini, uchish va qoʻnish aerodromlarini tayyorlash kabi ishlar amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozlarga tayyorgarlik qoidalari va bu tayyorgarlik uchun masʼul shaxslar roʻyxati fuqaro va eksperimental aviatsiyada Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan, davlat aviatsiyasida esa Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Texnikaviy soz va parvozga shay havo kemasiga hamda uning tegishli sharoitlarda parvoz qilishga huquqi bor ekipajiga Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalarida belgilangan tartibda parvozni amalga oshirish uchun ruxsat beriladi.
(64-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvoz boshlanishi oldidan yoʻlovchilar xatarli vaziyatda qanday harakat qilishlari haqida maʼlumot olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65-modda. Havo kemasining uchishi uchun qaror qabul qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasining uchishi uchun qaror qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyaning parvoz qilish qoidalari yoki Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida davlat aviatsiyasining parvoz qilish qoidalari bilan belgilanadi.
(65-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66-modda. Havo kemasining havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatuvchi organlar bilan radioaloqasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa vositalariga ega boʻlgan har bir havo kemasiga shartli radiochaqiriq signali beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qilinadigan samoviy hududda parvoz etayotgan havo kemasi bilan shu parvozga dispetcherlik xizmati koʻrsatayotgan organ oʻrtasida muntazam radioaloqa boʻlmogʻi lozim. Aloqa uzilib qolgan taqdirda havo kemasining komandiri va havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatayotgan organlar aloqani tiklash uchun barcha zarur choralarni koʻrishlari shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar koʻrilgan choralar natijasida radioaloqani tiklab boʻlmasa, havo kemasining komandiri va havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatayotgan organlar Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalariga binoan harakat qilishlari lozim.
(66-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qilinmaydigan samoviy hududda boʻlgan havo kemalarining ekipajlari bir-birlariga axborot berib turishlari, favqulodda vaziyatlarda esa – havo transporti qatnoviga xizmat koʻrsatuvchi va favqulodda vaziyatlar boʻyicha eng yaqin organlarga avariya kanallari orqali axborot berishlari lozim.
(66-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67-modda. Aholi manzilgohlari ustida parvoz qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi parvozi yerdagi odamlarning hayoti hamda sogʻligʻiga va (yoki) ularning mol-mulkiga xavf solmagan holda belgilangan yoʻnalishlar va uchish balandliklarida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasida nosozlik roʻy bergan taqdirda yoki odamlar hayotini qutqarish uchun parvozlar qilish zarur boʻlganda belgilangan yoʻnalish va uchish balandligidan chetga chiqishga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra havo kemalarining belgilangan yoʻnalish va uchish balandligidan chetga chiqqan holda aholi manzilgohlari ustida parvoz qilishiga yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalarining aholi manzilgohlari ustidagi koʻrgazmali uchishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ruxsati bilan amalga oshirilishi mumkin.
(67-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi OʻRQ-688-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68-modda. Tovushdan tez uchuvchi havo kemalari parvozlarini cheklash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovushdan tez uchuvchi havo kemalarining parvozi mazkur parvozlar atrof muhitga zarar yetkazmaydigan balandlikda va rayonlarda amalga oshirilishiga yoʻl qoʻyiladi. Tovushdan tez uchuvchi havo kemalari parvozining minimal balandligi har bir alohida olingan rayon uchun Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda koʻrsatilgan tartibda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69-modda. Havo kemasi ekipajining xatti- harakatiga aralashmaslik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasi ichidagi shaxslarga, shu jumladan havo kemasiga egalik qiluvchi shaxslarga ham, havo kemasi ekipajining xatti-harakatiga aralashish, jumladan ekipajdan parvoz tartibi va rejasini oʻzgartirishni yoxud havo transportiga xizmat koʻrsatuvchi organning koʻrsatmalariga rioya qilmaslikni talab qilish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70-modda. Havo kemasining belgilangan havo trassasi, mahalliy havo yoʻli, parvoz yoʻnalishi yoki tegrasidan chetga chiqqanida koʻriladigan chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasi belgilangan havo trassasi, mahalliy havo yoʻli, parvoz yoʻnalishi yoki tegrasidan chetga chiqqanida yoxud parvozning boshqa parametrlariga rioya etmaganda havo kemasining komandiri va havo transporti qatnovini taʼminlovchi organ bunday xatolarni tuzatish uchun zudlik bilan chora-tadbirlar koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71-modda. Havo kemasi halokatga uchraganda kema ekipajining vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasi yoki uning ichidagi odamlar uchun bevosita xatar tugʻilsa yoxud kema bilan radioaloqa uzilib, uning qayerdaligi nomaʼlum boʻlsa, bunday havo kemasi halokatga uchrayotgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchish, qoʻnish yoki qulash natijasida jiddiy zarar koʻrgan yoxud butunlay vayron boʻlgan, shuningdek aerodromdan tashqariga majburan qoʻngan havo kemasi halokatga uchragan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Halokatga uchrayotgan havo kemasining ekipaji Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida belgilangan tartibda falokat signalini berishi, havo transporti qatnovini taʼminlovchi organga halokat xususiyati haqida maʼlumot berishi va kema ichidagi odamlarning hayotini, sogʻligʻi va mol-mulkni, shuningdek havo kemasining oʻzini saqlab qolish uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart.
(71-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Halokatga uchragan havo kemasining ekipaji oʻz vakolatini tegishli organlarga topshirgunga qadar, havo kemasi ichidagi odamlarni, mol-mulkni hamda havo kemasini qutqarish va xavfsizligini taʼminlash uchun barcha zarur chora-tadbirlarni koʻrishi shart. Ushbu havo kemasi ekipajining barcha aʼzolari va imkon qadar, yoʻlovchilari odamlarni, mol-mulkni hamda havo kemasini qutqarishda ishtirok etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Halokatga uchrayotgan yoki halokatga uchragan havo kemasining komandiri oʻz vakolatini tegishli organlarga topshirguniga qadar, mazkur kemadagi yoki kemaning ichida boʻlgan odamlarning xatti-harakatlariga boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72-modda. Xavf ostida qolgan odamlarga yordam berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavf ostida qolgan odamlar haqida har qanday maʼlumot olgan havo kemasining komandiri bu haqda havo transporti qatnovini taʼminlovchi organga yoxud boshqa vakolatli organga xabar bermogʻi va agar mazkur kema parvozi, yoʻlovchilari va ekipaj hayoti uchun xatar tugʻilmasa, ularga zarur yordam koʻrsatmogʻi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73-modda. Havo transporti qatnovini taʼminlovchi organning halokat roʻy bergandagi vazifalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transporti qatnovini taʼminlovchi organ halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasi toʻgʻrisida, shuningdek havo kemasi komandiridan xavf ostida qolgan odamlar haqida har qanday boshqa maʼlumot olganida Oʻzbekiston Respublikasi Samoviy hududida aviatsiya parvozining asosiy qoidalarida belgilangan tartibda zarur yordam koʻrsatish uchun barcha choralarni koʻrishi shart.
(73-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX bob. XALQARO PARVOZLAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74-modda. Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalarining xalqaro parvozlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeksda xalqaro parvoz deb havo kemasining xorijiy davlatning chegarasini kesib oʻtadigan parvozi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalarining xalqaro parvozlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tegishli xorijiy davlatlarning vakolatli organlari tomonidan yakka parvoz uchun beriladigan maxsus ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalari mazkur havo kemalarini tasarruf etuvchi yoki ularning egalari boʻlgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va fuqarolar ruxsati bilan yakka xalqaro parvozlarni amalga oshirishi mumkin. Xorijiy davlat samoviy hududida Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro havo kemasining parvoziga maxsus ruxsatnoma olish uchun soʻrovnomani havo kemasining ekspluatanti, davlat va eksperimental havo kemasining parvozi uchun esa — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi yuboradi. Bunday soʻrovnomalar kema hujjatlariga, ekipaj toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga taalluqli barcha talablarga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi va parvoz rejalashtirilgan xorijiy davlat hududida amal qiladigan boshqa talab va qoidalarga rioya qilingan holdagina amalga oshiriladi.
(74-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uqtirib oʻtilgan parvozlar uchun soʻrovnoma yuborish va ruxsatnoma olish tartibini belgilovchi qoidalar Aviatsiya maʼmuriyati, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Tashqi ishlar vazirligi tomonidan birgalikda tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasining havo kemalarida muntazam xalqaro parvozlar Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati belgilagan tartibda tayinlangan tashuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
(74-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75-modda. Xorijiy havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidagi parvozi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidagi parvozlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) parvoz uchun maxsus ruxsatnomalar asosida va ularning shartlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur ruxsatnomalarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro havo kemalarining yakka parvozi uchun – Aviatsiya maʼmuriyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro havo kemalaridan boshqa kemalarning yakka parvozi uchun – Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga xalqaro parvozlar amalga oshirilishidan oldin xorijiy havo kemalarining egalari (ekspluatantlari) xalqaro parvozlar uchun ruxsatnoma beradigan davlat organlariga tanish belgilarini xabar qilishlari shart.
(75-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka parvozlarga ruxsatnoma berish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda belgilab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76-modda. Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida xalqaro parvozlarni amalga oshirish qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududida milliy va xorijiy havo kemalarining xalqaro parvozi vaqtida ushbu Kodeksga asoslangan havo kemalaridan foydalanish va parvozlarni bajarishni tartibga soluvchi umumiy qoidalariga amal qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy va xorijiy havo kemalarining Oʻzbekiston Respublikasi hududidan havoga koʻtarilishi, shuningdek ularning Oʻzbekiston Respublikasi hududiga uchib kirgandan keyingi qoʻnishi xalqaro parvozlar uchun ochiq aerodromlarda amalga oshiriladi. Samoviy hududda xalqaro parvozlar belgilangan havo yoʻllari boʻylab bajariladi. Havo kemalari Oʻzbekiston Respublikasi davlat chegarasini Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda maxsus ajratilgan xalqaro havo trassalari yoki havo yoʻlkalari boʻylab kesib oʻtadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq tabiiy ofat, falokat, avariya, avariya vaziyati hamda odamlar hayotiga xavf tugʻilgan boshqa sharoitlarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida nazarda tutilgan hollarda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda belgilangan tartibda beriladigan maxsus ruxsatnoma olinganida yuqoridagi qoidalardan istisnoga yoʻl qoʻyish mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77-modda. Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlar, aerodromlar va havo yoʻllari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transportida xalqaro koʻlamda tashishga moʻljallangan, bojxona, chegara va sanitariya-karantin nazorati taʼminlanadigan aeroportlar, aerodromlar havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlar, aerodromlar deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun moʻljallangan aeroportlarni, aerodromlarni ochish haqidagi qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro havo yoʻllarini ochish haqidagi qaror Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
(77-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevraldagi OʻRQ-522-sonli Qonuni tahririda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-y., 2-son, 47-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalarining xalqaro parvozlari uchun moʻljallangan havo yoʻllarini ochish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizom bilan belgilanadi.
(77-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
(77-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalarining xalqaro parvozlarini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi fuqaro aviatsiyasi aeroportlarini (aerodromlarini) ochish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(77-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni asosida beshinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78-modda. Havo kemalarining xalqaro parvozlarni bajarishlari uchun qoʻllaniladigan pasport, bojxona qoidalari va boshqa qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududiga kelayotgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan ketayotgan yoki tranzit havo kemalarining barchasiga, ularning ekipajlari va yoʻlovchilariga, shuningdek ular Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirayotgan yoki bu hududdan olib chiqayotgan mol-mulklariga Oʻzbekiston Respublikasining chetga chiqish va chetdan kelish hamda mol-mulk olib kirish (olib ketish) va Oʻzbekiston Respublikasi hududida tranzit harakati toʻgʻrisidagi qonunchilikda belgilangan pasport, bojxona, valyuta, sanitariya, karantin qoidalari va boshqa qoidalar tatbiq etiladi.
(78-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X bob. QIDIRUV VA QUTQARUV ISHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79-modda. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari yoʻlovchilari va ekipajini qutqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasini qidiruv va qutqaruv ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan tegishli ishlarni bajarish qoidalariga muvofiq zudlik bilan amalga oshirilishi lozim. Bu qoidalarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) barcha davlatlar havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlari, qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarini joylashtirish, ularga yuqoridagi ishlarni bajarishda tekin taʼminot va xizmat koʻrsatilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) havo kemasini, uning yoʻlovchilarini va ekipajini halokat joyidan evakuatsiya qilish, halokatga uchragan havo kemasi ekspluatantining kuchi va vositalari bilan yoxud ekspluatant hisobidan oʻzga kuch va vositalar bilan amalga oshirilishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar havo kemasini qidiruv va qutqaruv ishlarini amalga oshirishda barcha zarur yordamni koʻrsatishga va qidiruv-qutqaruv organlari yetib kelguniga qadar odamlarni qutqarish, ularga tibbiy va boshqa yordam koʻrsatish uchun, shuningdek havo kemasini va uning ichidagi hujjatlar, asbob-uskunalar va mol-mulklarni saqlash uchun choralar koʻrishlari shartligi nazarda tutilishi lozim.
(79-moddaning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80-modda. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlarini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlarini Oʻzbekiston Respublikasining Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati amalga oshiradi. Mazkur xizmat Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan nizomga muvofiq ishlaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya qidiruv-qutqaruv ishlarini tashkil etish va bajarishda Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning kuchlari hamda vositalarini jalb qilish huquqiga ega.
(80-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirliklar va idoralar, shuningdek davlat muassasalari va tashkilotlari Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati organlarining talabiga muvofiq ularga qidiruv-qutqaruv ishlari uchun tayyor turgan qutqaruv kuchlari va vositalarini tezda ajratib berishlari shart.
(80-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika Prezidentining qaroriga muvofiq davlat tasarrufida boʻlmagan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek fuqarolar yuqoridagi kabi kuch va vositalarni ajratishlari shart, keyinchalik bu xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi budjeti hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalarining tarkibi, texnika va anjomlari roʻyxati, qidiruv-qutqaruv ishlarini boshqarish va bajarish tartibi, tegishli mansabdor shaxslarning vazifalari Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati tasdiqlagan qidiruv-qutqaruv ishlarini amalga oshirish qoidalarida belgilab beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalarini, ularning yoʻlovchilari va ekipajini qidiruv-qutqaruv ishlarini taʼminlash maqsadida Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati tunu kun navbatchilikni yoʻlga qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida oʻzga davlatlarning tegishli organlari bilan hamkorlikda faoliyat koʻrsatadi, shuningdek oʻz faoliyatini respublikaning qidiruv-qutqaruv va avariya ishlarini oʻtkazishga masʼul boshqa organlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda moslashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalariga kerakli yordam koʻrsatish uchun Oʻzbekiston Respublikasi hududiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) oʻzga davlatlarning qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mazkur havo kemalarining egalari va ekspluatantlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasi roʻyxatdan oʻtkazilgan davlat maʼmurlari kelishlariga yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday kelishga yoʻl qoʻyish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi samoviy hududidan foydalanish toʻgʻrisidagi nizomda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81-modda. Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari haqida xabar qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa vositalariga ega boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlar shu vositalarni halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari haqidagi maʼlumotlarni zudlik bilan xabar qilish uchun foydalanishga berib turishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aloqa vositalarini berish, halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemasiga, uning yoʻlovchilari va ekipajiga yordam koʻrsatish haqidagi xabarlarni qabul qilish va joʻnatish hech qanday navbatsiz oddiy tarif boʻyicha haq olib amalga oshiriladi. Bunday hodisa toʻgʻrisidagi birinchi maʼlumotni xabar qilish bepul amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Halokatga uchrayotgan yoki uchragan havo kemalari haqida xabar berish uchun umumiy aloqa vositalaridan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Aviatsiya maʼmuriyati va Mudofaa vazirligi bilan birgalikda belgilanadi.
(81-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 18-apreldagi OʻRQ-429-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 16-son, 265-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar oʻzlariga maʼlum havo kemalarining halokati toʻgʻrisida Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmatiga yoki eng yaqin aerodromga zudlik bilan xabar berishlari shart. Fuqarolar bunday holatlarda zudlik bilan mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yoki eng yaqin korxona, muassasa va tashkilotlarga xabar berishlari shart.
(81-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82-modda. Qutqaruv ishlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Falokatga uchragan havo kemasining yoʻlovchilari va ekipajiga yordam koʻrsatish boʻyicha qutqaruv ishlari Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmatining kuchlari va vositalari bilan, shuningdek mazkur kodeksning 80-moddasiga asosan shu xizmat tomonidan bu ishga safarbar qilinadigan vazirliklar, idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning kuchlari hamda vositalari bilan amalga oshiriladi.
(82-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 28-noyabrdagi OʻRQ-880-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar falokatga uchragan havo kemasi yoki uning qismlari temir yoʻl, avtomobil, suv transporti harakatiga yoki havo kemalarining parvoziga xalaqit beradigan boʻlsa, qutqaruv ishlari rahbari transport harakatini yoki kemalar parvozini taʼminlash uchun havo kemasini (uning qismini) — uning (ularning) umumiy holati va joylashuvini qayd qilib olgach — chetga olib qoʻyish uchun choralar koʻrishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83-modda. Havo kemasini, uning yoʻlovchilari va ekipajini qidiruv ishlarining toʻxtatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrilgan tadbirlar natija bermagan taqdirda halokatga uchragan havo kemasini qidiruv ishlarini toʻxtatish haqidagi qaror Yagona aviatsiya qidiruv-qutqaruv xizmati rahbari tomonidan qabul qilinadi. Bunday qaror mavjud qidiruv-qutqaruv kuchlari va vositalari bilan havo kemasini topishda davom ettiriladigan qidiruv ishlari samarasizdir va tirik qolgan odamlarni qutqarish uchun hech qanday real umid qolmadi, deb taxmin qilishga yetarli asoslar boʻlganidagina qabul qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Halokatga uchragan havo kemasini qidiruv ishlarini toʻxtatish haqidagi qaror ustidan mazkur kema egasi tegishli sudga shikoyat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qidirilishi toʻxtatilgan havo kemasi bedarak yoʻqolgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84-modda. Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqaridagi qidiruv va qutqaruv ishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida halokatga uchrayotgan yoki uchragan Oʻzbekiston Respublikasi havo kemalarini qidiruv va qutqaruv ishlari mazkur Kodeks talablari hisobga olinib, hududida qidiruv-qutqaruv ishlari olib borilayotgan davlatda bunday ishlarni bajarish qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI bob. HAVO KEMALARI PARVOZINING XAVFSIZLIGI USTIDAN NAZORAT. AVIATSIYA XALOKATLARI VA BAXTSIZ HODISALARNI TEKSHIRISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85-modda. Havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazorat amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasidan uchish maqsadlarida foydalanish chogʻida mazkur kemaning, ekipajning, boshqa aviatsiya xodimlarining normal faoliyatini buzgan holda yoki tashqi sharoitlar natijasida roʻy bergan va odamlar halokatiga, havo kemasining jiddiy zarar koʻrishiga, vayron boʻlishiga yoki yoʻqolishiga olib kelgan hodisa aviatsiya halokati deb eʼtirof etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hodisa natijasida yuqorida zikr etilgan oqibatlar sodir boʻlmagan-ku, lekin ish oʻngidan kelmay shunday oqibatlar sodir qilinishi mumkin boʻlsa, bunday hodisa baxtsiz hodisa deb eʼtirof etiladi. Havo kemalari parvozining xavfsizligi ustidan nazoratni tashkil qilish va uni amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86-modda. Tekshirishni tashkil qilish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Har bir aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisa albatta tekshirishdan oʻtkazilmogʻi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Halokatlar yoki baxtsiz hodisalar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro aviatsiyasi va eksperimental aviatsiyada – Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi komissiyalari tomonidan;
(86-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi OʻRQ-688-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aviatsiyasida – Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi komissiyalari tomonidan tekshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Halokat yoki baxtsiz hodisa davlat va fuqaro aviatsiyasi yoki davlat aviatsiyasi va eksperimental aviatsiya manfaatlariga daxldor boʻlgan taqdirda tekshirish Oʻzbekiston Respublikasining Transport vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining boshqa daxldor vazirliklari va idoralari vakillaridan tashkil topgan qoʻshma komissiyalar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday komissiyalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadi.
(86-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi OʻRQ-688-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishni tashkil qilish va amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlagan qoidalar bilan belgilanadi. Aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisani bunday tekshirishdan maqsad kimningdir aybini yoki javobgarligini belgilash emas, balki hodisaning obyektiv sabablarini aniqlashdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87-modda. Aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisa haqida xabar berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya halokati yoki baxtsiz hodisadan xabar topgan shaxslar zudlik bilan bu haqda ushbu Kodeksning 81-moddasi toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan organlarga maʼlum qilishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan soʻng bu maʼlumotni aviatsiya halokatlari yoki baxtsiz hodisalarni tekshiruvchi organlarga yetkazish tartibi mazkur tekshirishlarni oʻtkazish qoidalari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasi, uning tarkibiy qismlari, kema ichidagi va yerdagi obyektiv nazorat vositalari, havo kemasidagi hamda yerdagi aviatsiya halokatiga yoki baxtsiz hodisaga aloqador barcha predmetlar, havo kemasini ishlab chiqarish, taʼmirlash, undan foydalanish va uning parvozini taʼminlash bilan bogʻliq barcha hujjatlar mazkur halokatni (baxtsiz hodisani) tekshiruvchi komissiya aʼzolari yetib kelgunga qadar tashkilotlar va fuqarolar tomonidan daxlsizlikda saqlanmogʻi lozim, ushbu Kodeksning 82-moddasi ikkinchi qismida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish komissiyasi raisining talabiga binoan zarur ashyoviy dalillar hech bir toʻsiqsiz ushbu komissiya ixtiyoriga toʻlaligicha berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-modda. Aviatsiya halokati roʻy bergan joydagi ishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya halokati roʻy bergan joyda amalga oshiriladigan tekshirish tabiiy ofatlar oqibatlarini tugatish ishlariga tenglashtirilgan alohida sharoitlarda bajariladigan ishlar qatoriga kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar aviatsiya halokatini tekshiruvchi komissiyaga har tomonlama koʻmaklashishlari shart.
(89-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya ishini aviatsiya halokati roʻy bergan joyda taʼminlash tartibi ushbu Kodeksning 86-moddasida koʻrsatilgan aviatsiya halokatlari va baxtsiz hodisalarni tekshirish qoidalari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90-modda. Aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa)ni tekshirish bilan bogʻliq ishlarni mablagʻ bilan taʼminlash va xarajatlarni qoplash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa) roʻy bergan joyda oʻtkaziladigan tekshiruv bilan bogʻliq barcha ishlarni havo kemasining ekspluatanti mablagʻ bilan taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy tekshirish va konstruktorlik muassasalari, tashkilotlari, taʼmirlov va sanoat korxonalari amalga oshirayotgan aviatsiya halokati (baxtsiz hodisa)ni tekshirish bilan bogʻliq tadqiqot va sinov ishlari ana shu korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan mablagʻ bilan taʼminlanib, keyinchalik bu xarajatlar havo kemasining ekspluatanti tomonidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XII bob. AVIATSIYA FAOLIYATIGA GʻAYRIQONUNIY ARALASHUVNING OLDINI OLISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91-modda. Aviatsiyani gʻayriqonuniy aralashuvlardan himoya qilishning chora-tadbirlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalari, yoʻlovchilar, yuk va pochta qabul qilish, joʻnatish yoki ularga xizmat koʻrsatishni amalga oshirayotgan havo kemalarining ekspluatantlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar aviatsiyani gʻayriqonuniy aralashuvidan himoya qilish chora-tadbirlarini koʻrishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday chora-tadbirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) begona shaxslar va transportning aerodromlarning nazorat ostidagi tegrasiga nazoratsiz kirishlarining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yoʻlovchilar tomonidan qurollar, oʻq-dorilar, portlovchi, zaharli, tez alangalanuvchi moddalar va havo transportida olib yurish taqiqlangan boshqa predmetlarning yashirincha havo kemasiga olib kirilishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qurol va oʻq-dorilarni olib uchishda ularni havo kemalarining yoʻlovchilardan ajratilgan boʻlmalarida, yuk orasida oʻqsiz holda joylashtirishni taʼminlaydigan alohida choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) havo kemalari turgan joylarda ularga xizmat koʻrsatishga aloqasi yoʻq shaxslarning kirib olishiga yoʻl qoʻymay qoʻriqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) havo kemalarini maxsus tekshiruvdan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) havo kemalarini parvoz davomida ekipajning xavfsiz faoliyatini taʼminlaydigan, shuningdek samoviy hududidan beruxsat foydalanishning oldini oladigan texnikaviy vositalar bilan taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) havo kemalari va obyektlariga nisbatan gʻayriqonuniy aralashuvning oldini olish uchun maxsus ishlab chiqilgan tadbirlarni (usullarni) qoʻllashdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday chora-tadbirlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan qoidalarga muvofiq qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92-modda. Yoʻlovchilarni, qoʻl yuki va bagajni tekshirish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozning xavfsizligini taʼminlash, yoʻlovchilarning va havo kemalari ekipajining hayoti va salomatligini saqlash maqsadida aeroport xodimlari, ichki ishlar organlari, Davlat xavfsizlik xizmati organlariga va bojxona organlariga, bu organlarning vakolatli vakillari yoʻq boʻlgan taqdirda esa — havo kemalarining komandirlari yoki ularning topshirigʻiga binoan ekipajning boshqa aʼzolariga — ichki yoʻnalishlarda ham, xalqaro yoʻnalishlarda ham havo kemalari yoʻlovchilarini, qoʻl yuki va bagajlarni tekshirish huquqi beriladi. Tekshirish aeroportda, shahar aerovokzalida yoxud aerodromda havo kemasining oʻzida bu ish uchun maxsus tayinlangan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi. Yoʻlovchi tekshiruvdan boʻyin tovlagan taqdirda aviatsiya xizmati koʻrsatuvchi havo transportida tashish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilishga haqlidir.
(92-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 10-oktabrdagi OʻRQ-974-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Parvozdagi havo kemasida sharoit taqozosi bilan havo kemasi komandirining qaroriga muvofiq yoʻlovchining roziligidan qatʼi nazar, tekshirish oʻtkazilishi mumkin. Ushbu moddada parvozdagi havo kemasi deb yoʻlovchilar yoki yuklar joylashtirilganidan soʻng kemaning barcha tashqi eshiklari yopilgan daqiqadan boshlab, yoʻlovchilarni yoki yuklarni tushirish uchun eshiklardan istalgan biri ochilguncha boʻlgan holatdagi havo kemasi tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish oʻtkazish qoidalari va tekshirish oʻtkazishga haqli shaxslar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
921-modda. Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga rioya etishi, havo kemasi komandirining yoki ekipaj aʼzosining havo kemasi komandiri nomidan bergan parvoz va havo kemasi ichidagi odamlar xavfsizligini, mol-mulk but saqlanishini, tashish shartnomasini ijro etish bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish tartibi va imkoniyatini taʼminlashga doir farmoyishlarini bajarishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan belgilanadi.
(921-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93-modda. Javobgarlik turlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Kodeks talablarini buzganlikda aybdor boʻlganlar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
(93-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV BOʻLIM. HAVO TRANSPORTIDA TASHISH VA AVIATSIYA ISHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIII bob. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94-modda. Taʼrif

Aeroportlar va havo transportida tashuvchilar tomonidan bajariladigan yoʻlovchilar, qoʻl yuki va yukni belgilangan manzilga yetkazishni bevosita amalga oshirish bilan bogʻliq tadbirlar va operatsiyalar majmui havo transportida tashish deb hisoblanadi. Havo transportida tashish yoʻlovchilar, qoʻl yuki va yuk aeroportda, havo kemasi ichida yoki boshqa uchish-qoʻnish joyida boʻlishidan qatʼi nazar, tashuvchining javobgarligi ostida boʻlgan vaqt mobaynidagi davrni qamrab oladi.
(94-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasining joʻnash, qoʻnish manzili va nazarda tutilgan barcha oraliq qoʻnish manzillari Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan parvozi chogʻida bajarilgan tashish ishlari havo transportida ichki tashish deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasining parvoz davomida yangi yuk olgan-olmaganidan yoki parvozda tanaffus boʻlgan-boʻlmaganidan qatʼi nazar, joʻnash va qoʻnish manzillari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ikki davlat hududida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar boshqa davlat hududida oraliq qoʻnish manzili (manzillari) nazarda tutilgan boʻlsa, bir davlat hududida bajariladigan parvozlari chogʻidagi tashish ishlari havo transportida xalqaro tashish deb hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspluatant sertifikati boʻlgan havo kemasining ekspluatanti tashuvchi deb eʼtirof etiladi.
(94-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transportida tashish shartnomasiga muvofiq havo kemasida tashilayotgan yoki tashilishi lozim boʻlgan shaxs yoʻlovchi deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻl yuki – yoʻlovchining tashuvchi bilan shartnomaga muvofiq havo kemasida tashilayotgan shaxsiy ashyolari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuk – havo kemasida tashilayotgan yoki tashish uchun qabul qilingan (pochta va xalqaro pochta bitimlarining shartlariga koʻra tashiladigan boshqa mol-mulk, tashuvchining qoʻl yuki yoki mol-mulkidan tashqari) har qanday mol-mulk, shuningdek yuk xati boʻyicha tashiladigan qoʻl yuki.
(94-moddaning birinchi – uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuniga muvofiq birinchi – yettinchi qismlari bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya vositalarida korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar (buyurtmachi)ning texnologik yoki transport ishlab chiqarish jarayonlarini taʼminlash maqsadida, shu jumladan eksperimental va ilmiy-tadqiqot ishlarini, sanitariya va tabiatni qoʻriqlash tadbirlarini, aholiga tibbiy yordam koʻrsatish, tabiiy ofatlar, avariyalar va halokatlar oqibatlarini tugatish maqsadida tijorat asosida bajariladigan maxsus yumushlar aviatsiya ishlari qatoriga kiradi. Aviatsiya ishlariga mansub xizmatlar roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan belgilab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95-modda. Havo transportida tashish va aviatsiya ishlarini bajarish qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transportida tashish yoki aviatsiya ishlarini bajarish istagini bildirgan havo kemasining ekspluatanti ekspluatant sertifikatini olishi lozim.
(95-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transportida tashish va aviatsiya ishlari havo kemalarining ekspluatantlari va buyurtmachilar oʻrtasidagi shartnomalar asosida yoki korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolarning bir martalik buyurtmalari asosida bajariladi. Havo kemalarining ekspluatantlari va buyurtmachilar oʻz sheriklarini tanlashda teng huquqlarga egadirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari hududlarining ekologiyasi yoki hududlarida transport vositalari va odamlar harakatining alohida tartibidan kelib chiqib, aviatsiya ishlarini bajarish shartlarini va cheklovlarni belgilab qoʻyish huquqiga egadir. Bunday shartlar va cheklovlarni kelishib olish buyurtmachi zimmasiga yuklatiladi.
(95-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 30-dekabrdagi OʻRQ-1109-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalarining ekspluatantlari Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan belgilanadigan havo transportida tashish yoki aviatsiya ishlarini bajarish qoidalariga rioya qilishi shart. Bunda havo kemalarining ekspluatantlari havo transportida tashish yoki aviatsiya ishlarini bajarishning oʻz faoliyatlari xususiyatiga mos keladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan belgilangan qoidalarga zid boʻlmagan qoʻshimcha qoidalarini belgilashi mumkin.
(95-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemalarida pochta tashish tartibi pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Aviatsiya maʼmuriyati bilan kelishiladi.
(95-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(96-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi OʻRQ-688-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(97-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 29-apreldagi OʻRQ-688-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XIV bob. HAVO TRANSPORTIDA TASHISH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98-modda. Havo transportida tashish shartnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transportida tashish shartnomasiga binoan tashuvchi yoʻlovchi va uning qoʻl yukini chiptada koʻrsatilgan parvozni amalga oshirayotgan havo kemasidan joy berib belgilangan manzilga eltib qoʻyish majburiyatini, yoʻlovchi qoʻl yukini topshirgan boʻlsa — qoʻl yukini belgilangan manzilga yetkazib, uni yoʻlovchiga yoki yoʻlovchi tayinlagan shaxsga topshirish majburiyatini oladi. Yoʻlovchi belgilangan tarif boʻyicha parvoz uchun, yuk tashuvchi belgilagan meʼyordan ortiq qoʻl yuki boʻlgan taqdirda esa bunday — qoʻl yuki uchun ham haq toʻlash majburiyatini oladi.
(98-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transportida tashish shartnomasiga koʻra yuk tashuvchi oʻziga yuk joʻnatuvchi ishonib topshirgan yuk yoki pochtani belgilangan manzilga yetkazib, ularni yukni yoki pochtani qabul qilib olishga vakolat berilgan shaxsga topshirish majburiyatini oladi, yuk joʻnatuvchi esa yuk yoki pochta tashilgani uchun belgilangan tarif boʻyicha haq toʻlash majburiyatini oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99-modda. Charter shartnomasi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Charter (havo kemalarini kira qilish) shartnomasi boʻyicha bir tomon (kiraga beruvchi) ikkinchi tomon (kiraga oluvchi)ga haq evaziga bir yoki bir necha havo kemasini yoʻlovchilar, qoʻl yuki, yuk va pochta tashish yoxud boshqa maqsadlarda foydalanishga bir yoki bir necha parvoz uchun toʻliq berib turish majburiyatini oladi.
(99-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Charter (havo kemalarini kira qilish) shartnomasi boʻyicha tashish ushbu Kodeks qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(99-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100-modda. Havo kemasida joy band qilib qoʻyish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasida yoʻlovchi, qoʻl yuki tashish uchun joylarni hamda yuk va pochta tashish uchun tashish sigʻimini band qilib qoʻyish tashuvchining qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(100-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101-modda. Tashishga doir hujjatlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chipta va qoʻl yuki pattasi, pochta va yuk xati, shuningdek qogʻozda yoki elektron shaklda rasmiylashtiriladigan boshqa tashish hujjatlari yoʻlovchini va qoʻl yukini, pochtani va yukni havo transportida tashish shartnomasini tasdiqlovchi tashish hujjatlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashish hujjatlarining shakli tegishli fuqaro aviatsiyasi xalqaro tashkilotlarining qoidalari va tavsiyalarini hisobga olgan holda tashuvchi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochta orqali tashish hujjatlarining shakli pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan belgilanadi.
(101-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102-modda. Yoʻlovchiga koʻrsatiladigan xizmatlar va imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi yoʻlovchilarga tashish qoidalarida belgilangan tartibda xizmat koʻrsatilishini tashkil etishi shart. Shunga muvofiq yoʻlovchiga belgilangan meʼyor doirasida bagaj va qoʻl yukini tekin oʻzi bilan olib uchish, bolalarini (yoshiga qarab) tekin yoki imtiyozli shartlarda olib uchish, aeroportlarda maxsus ajratilgan binolardan foydalanish, shuningdek yuk tashuvchining aybi bilan yoxud boshqa majburiy sabablar bilan roʻy bergan parvozlarning kechiktirilishi yoki ular orasidagi tanaffuslarda mehmonxonalarda joy bilan taʼminlanish huquqi beriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi oʻz imtiyozli tijorat dasturlarini amalga oshirish va bunday dasturlarda nazarda tutilgan qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatish huquqiga ham ega.
(102-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103-modda. Tashuvchining tashabbusi bilan havo transportida tashish shartnomasi kuchining toʻxtatilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi havo transportida yoʻlovchi, qoʻl yuki va yuk tashish shartnomasini tashish yoʻnalishining istalgan manzilida quyidagi hollarda bekor qilishi mumkin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻlovchi yoki yuk joʻnatuvchi tomonidan parvoz boshlanadigan, tugaydigan va tranzit mamlakatning qonunchiligida belgilangan bojxona, chegara, sanitariya-karantin talablari va havo transportida tashishga taalluqli boshqa talablar buzilsa;
(103-moddaning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar yoʻlovchi sogʻligʻining holati havo transportida tashishning alohida shart-sharoitlarini talab qilsa yoxud yoʻlovchining oʻz xavfsizligiga yoki boshqa shaxslarning xavfsizligiga tahdid solsa, bu hol tibbiy hujjatlar bilan tasdiqlansa, xuddi shuningdek tartibsizlik keltirib chiqarsa va boshqa yoʻlovchilarga tashish shartnomasining shartlarida nazarda tutilgan xizmatlarni koʻrsatishi uchun tashuvchiga imkoniyat bermasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari yoʻlovchi tomonidan parvoz xavfsizligiga tahdid tugʻdiradigan yoxud havo kemasi ichidagi shaxslarning hayotiga yoki sogʻligʻiga va mol-mulkiga tahdid tugʻdiradigan tarzda buzilsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo transportida tashishlarning belgilangan qoidalari talablarini bajarish yoʻlovchi yoki yuk joʻnatuvchi tomonidan rad etilsa.
(103-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104-modda. Yoʻlovchining tashabbusi bilan havo transportida tashish shartnomasi kuchining toʻxtatilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi havo transportida tashish shartnomasi amal qilib turgan istalgan vaqtda — yoʻlovchi uchun joy band qilib qoʻyilgan havo kemasi parvoz qilgunicha yoki parvoz qilganidan keyin yoʻnalish manzillaridan birida havo transportida tashish shartnomasini bekor qilish va tashish uchun toʻlangan summaning hammasini yoki bir qismini tashuvchining tariflarini qoʻllash qoidalarida belgilangan tartibda olish huquqiga ega.
(104-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105-modda. Tashish tariflari, yigʻimlari, stavkalari va qatnovni kiraga sotish qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashish ishlarini tashkil qilish va tariflarni qoʻllash, yigʻimlar toʻlash, qatnovni kiraga sotish qoidalari tashuvchi tomonidan qonunchilikka muvofiq belgilanadi.
(105-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Charter (havo kemalarini kira qilish) shartnomalari boʻyicha tashishni bajarish uchun shartnoma tariflari belgilanishi mumkin.
(105-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106-modda. Yukning yoki qoʻl yukining olinmasligi va kechikib olinishi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qabul qiluvchi yetib kelgan yukni tashish qoidalarida belgilangan muddatda talab qilib olmasa yoki uni olishdan voz kechsa, tashuvchi joʻnatuvchini bu haqda xabardor qilgan holda yukni joʻnatuvchining hisobidan saqlash uchun oʻzida qoldirishga haqlidir. Qabul qiluvchi xabardor qilingan kundan boshlab 30 kun ichida yuk olib ketilmagan va bu yukka nisbatan yuk joʻnatuvchining biror-bir farmoyishi olinmagan boʻlsa, bunday yuk talab qilib olinmagan deb hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi.
(106-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Uchib kelgan reys yoʻlovchilariga qoʻl yuki topshirilganidan keyin talab qilib olinmagan qoʻl yuki uni olib kelgan tashuvchi hisobidan saqlash va bunday qoʻl yukining egasini qidirish hamda uni egasiga yetkazib berishni tashkil etish uchun aeroportning tegishli xizmatiga topshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan qoʻl yuki aeroportda koʻpi bilan 3 oy saqlanadi va keyin Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
(106-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chet ellik tashuvchilar tomonidan olib kelinib, talab qilib olinmagan qoʻl yuki aeroportda koʻpi bilan 7 kun saqlanadi va uni olib kelgan tashuvchining reysi bilan qaytarib yuboriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talab qilib olinmagan qoʻl yukidagi tez buziladigan narsalar buzilish belgilari aniqlangan taqdirda, Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda yoʻq qilinadi.
(106-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107-modda. Tashishning alohida shartlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portlovchi moddalar, qurollar, oʻq-dorilar, zaharli, tez alangalanuvchi, radioaktiv va boshqa xavfli moddalarni hamda predmetlarni tashish shartlari qonunchilikka muvofiq maxsus qoidalar bilan belgilanadi.
(107-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108-modda. Tashishning axborot-reklama taʼminoti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi parvozlarning yoʻnalishlari va jadvallarini, yoʻlovchilarni hamda yuklarni tashish tariflarini, aeroportlarda va havo kemasining ichida xizmat koʻrsatish shartlarini eʼlon qilishi hamda aholining (mijozlarning) eʼtiboriga yetkazishi shart.
(108-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109-modda. Havo transportida tashish ishlarini taʼminlash xizmatining tashkil etilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transportida tashishni taʼminlovchi barcha xizmatlar aeroport tomonidan xizmat koʻrsatiladigan tashishlarning hajmi va turlariga muvofiq xodimlarni, texnologik asbob-uskunalar, mexanizatsiya va avtomatizatsiya vositalari bilan jihozlangan operatsion zonalarni qamrab oluvchi tegishli tashkiliy tuzilmaga ega boʻlishi kerak.
(109-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110-modda. Sugʻurta
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi yoʻlovchilarga, tashishga qabul qilingan qoʻl yuki va yuklarga, shuningdek oʻzga shaxslarga yetkaziladigan zararni qoplash yuzasidan oʻz masʼuliyatini sugʻurta qildirishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zararni qoplaydigan sugʻurta summasi miqdori tashuvchi javobgarligining belgilangan miqdoridan past boʻlishi mumkin emas.
(110-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 22-iyundagi OʻRQ-1154-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(110-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2015-yil 9-iyundagi OʻRQ-388-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2015-y., 23-son, 301-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111-modda. Xorijiy tashuvchilarning Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi faoliyati
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida xorijiy tashuvchilar respublika qonunchiligi hamda Oʻzbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlatlar ishtirokida tuzilgan xalqaro shartnomalar asosida, shuningdek Aviatsiya maʼmuriyati tomonidan bir gallik va muntazam parvozlar uchun beriladigan maxsus ruxsatnomalarga binoan faoliyat koʻrsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy tashuvchilar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan Oʻzbekiston Respublikasi hududida oʻzlarining vakolatxonalarini ochishlari mumkin.
(111-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy yuk tashuvchilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Oʻzbekiston Respublikasi va tegishli xorijiy davlatlar ishtirok etgan havo aloqasi toʻgʻrisidagi xalqaro shartnomalarda yoki maxsus ruxsatnomalarda koʻzda tutilmagan hollarda Oʻzbekiston Respublikasi hududidan xorijiy davlatga olib ketish yoki xorijiy davlat hududidan Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kelish uchun kemaga yoʻlovchilar, qoʻl yuki, yuk va pochta olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi boshqa bir manzilga yetkazish uchun Aviatsiya maʼmuriyatining maxsus ruxsatisiz Oʻzbekiston Respublikasi hududida kemaga yoʻlovchilar, qoʻl yuki, yuk va pochta olish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112-modda. Tashuvchining masʼuliyatini tartibga solishning umumiy prinsiplari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transportida tashishda tashuvchining javobgarligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari, fuqarolik qonunchiligi va ushbu Kodeks bilan tartibga solinadi.
(112-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113-modda. Yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligiga yetkazilgan zarar uchun tashuvchining masʼuliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi parvoz chogʻida yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligining yomonlashuviga olib kelgan zarar uchun, agar bu zararning oldini olish uchun tashuvchi barcha zarur choralarni koʻrganligini yoki bunday choralarni koʻrishning iloji boʻlmaganligini isbotlab bera olmasa, mulkiy javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligining yomonlashuvi qaytarib boʻlmas kuch natijasida sodir boʻlgan boʻlsa, tashuvchi, agar yetkazilgan zarar yoki zararning koʻpayishi jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini isbotlab bera olmasa, belgilanganiga muvofiq javobgar boʻladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yetkazilgan zarar yoki zararning koʻpayishi jabrlanuvchining qoʻpol ehtiyotsizligi natijasi ekanligini tashuvchi isbotlab bergan boshqa hollarda fuqarolikka doir qonunchilikning umumiy meʼyorlariga muvofiq zarar uchun toʻlanadigan tovonning miqdori kamaytirilishi mumkin yoki zararni qoplashdan xalos etilishi mumkin.
(113-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligʻi shikastlanganligi uchun yetkazilgan zararning oʻrni Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda va miqdorlarda qoplanishini taʼminlashi shart.
(113-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(113-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114-modda. Tashuvchining qoʻl yukining butligi uchun javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan qoʻl yuki tashishga qabul qilib olingan paytdan eʼtiboran to u qabul qiluvchiga berilguniga yoki boshqa vakolatli shaxsga topshirilguniga qadar uning yoʻqolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar boʻladi.
(114-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yoʻlovchining yonidagi buyumlar yoʻqolsa yoki ularga zarar yetkazilsa va bu yoʻqotish yoki zarar tashuvchining aybi bilan yuz berganligi isbotlansa, tashuvchi bu buyumlar uchun moddiy javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115-modda. Tashuvchining yukning butligi uchun javobgarligi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yukning yoʻqolishi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar havo transportida tashish vaqtida yuz bergan boʻlsa, yukning yoʻqolganligi, kamomadi yoki unga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tashuvchi yukning yoʻqolganligi, kamomadi yoki unga zarar yetkazilganligi bilan bogʻliq ziyon quyidagi holatlardan biri yoki bir nechtasi natijasida yuzaga kelganligini isbotlay olmasa, yetkazilgan ziyon uchun javobgar boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organining yukni olib kirish, olib chiqish yoki uning tranzitiga taalluqli akti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
urush yoki qurolli toʻqnashuv akti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yukka xos boʻlgan nuqson, uning sifati yoki undagi kamchilik.
(115-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116-modda. Yuk, qoʻl yuki, shuningdek yoʻlovchi yonidagi buyumlarning yoʻqolishi, kamomadi yoki ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi masʼuliyati miqdori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuk, qoʻl yuki yoki yoʻlovchi yonidagi buyumlarning yoʻqolgani, kamomadi va ularga yetkazilgan zarar uchun tashuvchi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) tashish uchun olingan qiymati eʼlon qilingan yuk yoki qoʻl yukining yoʻqolgani, kamomadi yoxud unga yetkazilgan zarar uchun – eʼlon qilingan qiymati miqdorida, agar tashuvchi eʼlon qilingan qiymat haqiqiy qiymatdan balandligini isbot qilsa — haqiqiy qiymat miqdorida;
(116-modda birinchi qismining “a” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) qiymati eʼlon qilinmagan holda tashish uchun qabul qilingan yukning yoki qoʻl yukining, shuningdek yoʻlovchi yonidagi buyumlarning yoʻqolganligi, kamomadi yoxud ularga yetkazilgan zarar uchun — Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari hamda fuqarolik qonunchiligida belgilangan tartibda va miqdorlarda javobgar boʻladi.
(116-modda birinchi qismi “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar yetkazilgan zarar tashuvchi yoki uning vakolatli shaxslari oʻz xizmat vazifalarini bajarish chogʻida qasddan qilingan yoki qoʻpol ehtiyotsizliklari natijasi ekanligi isbotlansa javobgarlik meʼyorlari qoʻllanilmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
(116-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo kemasida hayvonlarni kuzatib borayotgan shaxsning oʻlimi yoki uning sogʻligiga yetkazilgan zarar uchun, agar bu halokat hayvonlarning xatti-harakati tufayli roʻy bergan boʻlsa, tashuvchi javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hayvonlarning oʻlimi yoki jarohatlangani uchun, agar bu koʻngilsizlik tabiiy sabablarga koʻra yoki ularni kuzatib borayotgan shaxsning xatti-harakati natijasida roʻy bergan boʻlsa, tashuvchi javobgar boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117-modda. Yoʻlovchi, qoʻl yuki yoki yuk tashish kechikkani uchun tashuvchining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi, qoʻl yuki yoki yuk tashishning kechikkani uchun tashuvchi — agar u kechikishning oldini olish uchun barcha choralarni koʻrganligini yoki bu choralarni koʻrishning iloji boʻlmaganligini isbotlab bera olmasa — javobgar boʻladi. Javobgarlik miqdori tashish qoidalariga muvofiq aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldini olish mumkin boʻlmagan holatlar yuzaga kelganida tashuvchi javobgarlikdan ozod qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118-modda. Pochtani yoʻqotganlik, unga ziyon yetkazganlik va kechiktirganlik uchun tashuvchining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pochtani yoʻqotganlik, unga ziyon yetkazganlik yoki kechiktirganlik uchun — agar bu tashuvchi aybi bilan yuz bergan boʻlsa — tashuvchi Jahon pochta ittifoqining pochta qoidalari va hujjatlariga muvofiq pochta joʻnatuvchilar yoki pochtani oluvchilar oldida aloqa organlari belgilaydigan miqdorda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119-modda. Javobgarlik miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi kelishuvlarning gʻayriqonuniyligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchining yoʻlovchilar, yuk joʻnatuvchilar yoki qabul qiluvchilar bilan ushbu Kodeksda koʻzda tutilgan javobgarlik miqdorini kamaytirish toʻgʻrisidagi barcha kelishuvlari gʻayriqonuniydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120-modda. Javobgarlik miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi kelishuv
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi oʻz masʼuliyati miqdorini ushbu Kodeks yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida koʻzda tutilgan miqdorlardan yuqori qilib belgilab, shartnoma tuzishga haqlidir.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121-modda. Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnomalar tuzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi, yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi va oluvchilarning mulkiy javobgarliklari uchun asos sifatida xizmat qilishi mumkin boʻlgan holatlar havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma bilan guvohlantiriladi. Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzish tartibi hamda havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzishni taqozo qilmaydigan holatlar tartibi tashish qoidalari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transportida tashish shartnomasining buzilishi toʻgʻrisidagi dalolatnoma quyidagi hollarda tuziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) yukning nomi, ogʻirligi yoki yuk va pochtaning oʻrinlari soni tashish hujjatida koʻrsatilgan maʼlumotlarga nomuvofiq boʻlganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yukda kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qoʻl yukida kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) pochtada kamomad boʻlganida yoki unga zarar yetkazilganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) hujjatsiz yuk, qoʻl yuki va pochta, shuningdek yuksiz, qoʻl yukisiz yoki pochtasiz hujjatlar topilganida.
(121-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122-modda. Talab qoʻyish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi, qoʻl yuki, yuk yoki pochtani tashish yuzasidan tashuvchiga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatishdan oldin uning oldiga talab qoʻyilishi shart, aviatsiya halokati natijasida yoʻlovchining oʻlimi yoki sogʻligʻiga zarar yetishi bilan bogʻliq hollar bundan mustasno.
(122-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashish bitta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda talablar daʼvogarning xohishiga koʻra parvoz boshlangan yoki tugagan manzilda bildiriladi. Tashish bir nechta tashuvchi tomonidan bajarilgan taqdirda, qoʻl yuki yoki yuk tashish qoidasi buzilganligiga doir talablar daʼvogarning xohishiga koʻra birinchi yoxud oxirgi tashuvchiga, yoʻlovchining oʻlimi yuz bergan yoki sogʻligʻiga zarar yetkazilgan taqdirda esa, tashishni yoʻnalishning zarar yuzaga kelgan uchastkasida bajargan tashuvchiga bildiriladi.
(122-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bevosita aralash transportlarda tashishdan kelib chiqadigan talablar:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) agar tashishning soʻnggi manzili aeroport boʻlsa – tashuvchiga;
(122-moddaning uchinchi qismi “a” bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) agar tashishning soʻnggi manzili temir yoʻl yoki avtomobil stansiyasi, bandargoh yoki port boʻlsa – tegishli transport tashkilotiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123-modda. Talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi, yukni qabul qiluvchi yoki ular vakolat bergan shaxslar yoʻlovchini va qoʻl yukini, pochta va yukni havo transportida tashish shartnomasi tuzilganligi faktini tasdiqlovchi hujjatlarni, shuningdek havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomani taqdim etib, tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Havo transportida tashish shartnomasi buzilganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning yoʻqligi, agar bunday dalolatnoma tashuvchining xodimlari yoki agenti tomonidan tuzilmaganligi isbotlansa, tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish huquqidan mahrum eta olmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻlovchi, yuk joʻnatuvchi, yukni qabul qiluvchi vafot etgan yoki ular sogʻligʻining holati tashuvchiga nisbatan talab qoʻyish va daʼvo qoʻzgʻatish imkonini bermagan taqdirda, yetkazilgan zararning oʻrnini qonunchilikka muvofiq qoplatish huquqiga ega boʻlgan shaxslar talab qoʻyishi yoki daʼvo qoʻzgʻatishi mumkin.
(123-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124-modda. Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda talab qoʻyish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakat ichkarisidagi tashishlarda tashuvchiga olti oylik muddat ichida, jarima toʻlanishi toʻgʻrisidagi daʼvolar esa — 45 kun ichida taqdim etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻrsatilgan muddat hisobi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qoʻl yuki, yuk yoki pochta kamomadini yoxud yetkazilgan zararni qoplash, shuningdek qoʻl yuki, yuk yoki pochta kechiktirilganligi uchun qoʻyiladigan talablar boʻyicha — ular berilgan kundan boshlab;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yoʻqotilgan yuk badalini qoplash haqidagi talablar boʻyicha — yuk yetkazib berish uchun moʻljallangan muddatdan 10 kun oʻtgach;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yoʻqotilgan qoʻl yuki yoki pochta badalini qoplash haqidagi talablar boʻyicha — yetkazib berish muddati oʻtgandan soʻng;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) boshqa barcha hollarda — talab qilish uchun asos boʻla oladigan voqea roʻy bergan kundan eʼtiboran boshlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talab qilish muddati tugaganidan soʻng ham, agar tashuvchi koʻrsatilgan sabab uzrli deb hisoblasa, talablarni koʻrib chiqish uchun qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125-modda. Xalqaro tashishlarda talab qoʻyish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻl yuki yoki yuk eʼtiroz bildirilmasdan qabul qilingan taqdirda, agar oʻzga holat tasdiqlanmagan boʻlsa, ular tegishli holatda va tashish hujjatlariga muvofiq yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻl yuki yoki yukka zarar yetkazilgan taqdirda, uni olishga huquqi boʻlgan shaxs zarar aniqlangani haqida zudlik bilan, ammo qoʻl yuki olingan kundan keyingi 7 kun hamda yuk olingan kundan keyingi 14 kundan kech boʻlmagan muddat ichida tashuvchiga talabnoma taqdim etish lozim. Yetkazib berish kechiktirilgan taqdirda, qoʻl yuki yoki yuk oluvchiga berilgan kundan boshlab 21 kun ichida talab qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻl yuki (yuk) yoʻqotilgani taqdirda tashuvchiga talablar havo kemasining belgilangan manzilga qoʻnganidan yoki tashish toʻxtatilgan kundan keyingi ikki yil davomida qoʻyilishi lozim. Koʻrsatilgan muddatlarda bildirilgan yozma talabnoma boʻlmasa, tashuvchiga nisbatan daʼvo qoʻzgʻatilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126-modda. Talablarni koʻrib chiqish muddatlari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchi talabni koʻrib chiqishi va uning qondirilganligi yoki rad etilganligi haqida uch oy ichida xabar qilishi shart, bevosita aralash havo yoʻllarida tashishga yoki bir nechta tashuvchi ishtirok etayotgan tashishga doir talablar uchun bu muddat olti oydan, jarima toʻlash toʻgʻrisidagi daʼvolar uchun esa 45 kundan iborat.
(126-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 27-sentabrdagi OʻRQ-337-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2012-y., 39-son, 447-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127-modda. Daʼvoning eskirishi va sudda koʻrish ehtimoli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashuvchiga nisbatan qoʻyilgan tashishga taalluqli daʼvo havo kemasining belgilangan manzilga qoʻngan, qoʻnishi lozim boʻlgan yoki parvozi toʻxtatilgan kundan keyin ikki yil ichida daʼvogar istagan joyda: tashuvchi joylashgan yerda, tashuvchining tashishga doir shartnoma tuzgan vakolatxonasi bor joyda yoki parvoz tugashi belgilangan manzildagi tegishli sudda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XV bob. AVIATSIYA ISHLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128-modda. Aviatsiya ishlariga doir shartnoma
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya ishlariga doir shartnomaga binoan tomonlardan biri (ekspluatant) ikkinchi tomon (buyurtmachi) uchun bir yoki bir necha havo kemasida shartnomalarda nazarda tutilgan muddat, hajm va shartlarda aviatsiya ishlari bajarishni oʻz zimmasiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129-modda. Aviatsiya ishlariga doir tariflar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspluatant va buyurtmachi aviatsiya ishlariga doir shartnoma tuzish vaqtida shartnoma tariflarini belgilashga haqlidirlar.
(129-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130-modda. Xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan aviatsiya ishlarining bajarilishi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlari ekspluatant sertifikati asosida xorijiy ekspluatantlar, shuningdek chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar tomonidan bajarilishi mumkin.
(130-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar oʻz xususiy havo kemalaridan, shu jumladan tegishli xorijiy davlatda roʻyxatdan oʻtkazilgan havo kemalaridan yoki Oʻzbekiston Respublikasining ijaraga olingan havo kemalaridan foydalanishlari mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi hududida aviatsiya ishlarini bajaruvchi xorijiy ekspluatantlar va chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga nisbatan ushbu Kodeksning tegishli qoidalari tatbiq etiladi.
(130-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2008-yil 8-iyuldagi OʻRQ-159-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2008-y., 28-son, 261-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131-modda. Oʻzbekiston Respublikasi ekspluatantlari tomonidan xorijiy davlat hududida aviatsiya ishlarini bajarish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspluatant sertifikatini olgan Oʻzbekiston Respublikasining ekspluatantlari xorijiy davlat hududida aviatsiya ishlari bajarishlari mumkin.
(131-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yil 30-apreldagi OʻRQ-352-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 18-son, 233-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132-modda. Aviatsiya ishlarini bajarishda sugʻurta
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Buyurtmachi oʻz xodimlari va aviatsiya ishlarini bajarish yoki oʻz buyurtmasiga binoan chipta sotib olmay tashish amalga oshirilayotgan vaqtda texnologiya jarayonini taʼminlash bilan bogʻliq shaxslarni sugʻurta qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekspluatant aviatsiya ishlari bajarilishi bilan bogʻliq holda yetkazilishi mumkin boʻlgan zararni qoplash boʻyicha oʻz javobgarligini sugʻurta qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133-modda. Aviatsiya ishlarini bajarish chogʻida yetkazilgan zarar uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya ishlarini bajarish chogʻida odamlarga va mol-mulkka yetkazilgan zarar uchun ekspluatant ushbu Kodeksning 112 – 116 -moddalarida nazarda tutilgan tartib va shartlarda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134-modda. Eʼtiroz bildirish va ularni qarab chiqish muddatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya ishlarini bajarish bilan bogʻliq eʼtirozlar ana shunday eʼtirozlar bildirish uchun asos boʻlib xizmat qilgan hodisa aniqlangan kundan eʼtiboran olti oy ichida bildirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135-modda. Daʼvoning eskirishi va sudda koʻrilishi ehtimoli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aviatsiya ishlarini bajarish bilan bogʻliq daʼvolar daʼvo qilish uchun asos boʻlib xizmat qilgan voqea aniqlangan kundan eʼtiboran ikki yil ichida daʼvogar istagan joyda: javobgar joylashgan yoki u yashaydigan joydagi, aviatsiya ishlarini bajarish uchun shartnoma imzolangan vakolatxona joylashgan yerdagi, aviatsiya ishlari bajarilgan joydagi tegishli sudda qoʻzgʻatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 7-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
863-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 28-son, 261-modda; 2012-y., 39-son, 447-modda; 2013-y., 18-son, 233-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda, 36-son, 452-modda, 50-son, 588-modda; 2015-y., 23-son, 301-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi 2019-y., 2-son, 47-modda, Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 29.04.2021-y., 03/21/688/0394-son; 29.11.2023-y., 03/23/880/0905-son; 10.10.2024-y., 03/24/974/0804-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 30.12.2025-y., 03/25/1109/1241-son; 23.06.2026-y., 03/26/1154/0618-son)