29.01.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2416
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 29.01.2013 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2416
Kuchga kirish sanasi
04.02.2013
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2013-yil 29-yanvarda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2416]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 921-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq T. O‘LJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 27-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14n-son

O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2012-yil 27-dekabrdagi 14n-son buyrug‘iga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasi Havo kodeksining 921-moddasiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 6-son, 247-modda) muvofiq yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yo‘lovchi — havo transportida tashish shartnomasiga muvofiq havo kemasida tashilayotgan yoki tashilishi lozim bo‘lgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
havo kemasi ekipaji — havo kemasi komandiri, uchuvchilar tarkibiga kiruvchi boshqa shaxslar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar O‘zbekiston Respublikasining tashuvchilari tomonidan tashiladigan barcha yo‘lovchilar uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II bob. Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Havo kemasi (bundan buyon matnda HK deb yuritiladi) ichida yo‘lovchi quyidagilarni bajarishga majburdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qoidalarni, HK komandirining yoki ekipaj a’zosining havo kemasi komandiri nomidan bergan parvoz va HK ichidagi odamlar xavfsizligini, mol-mulk but saqlanishini, tashish shartnomasini ijro etish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish tartibi va imkoniyatini ta’minlashga doir farmoyishlarini bajarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HK sahnida uchish taloniga, shuningdek zarur bo‘lgan hollarda parvoz xavfsizligini ta’minlash maqsadida HK ekipaji a’zolarining ko‘rsatmasiga muvofiq joylashishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuklarini maxsus ajratilgan joylarga joylashtirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Kamarlarni taqish” tablosi yoqilishi bilan xavfsizlik kamarini taqishga va u o‘chmaguncha yechmaslikka.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Yo‘lovchi HK ichida quyidagilarni amalga oshirishi taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
giyohvand moddalarni, tamaki mahsulotlarini (nosvoy va boshqalarni ham) iste’mol qilishi, shuningdek elektron sigaretlardan foydalanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashuvchi tomonidan iste’mol qilish uchun taklif qilingan belgilangan me’yordan tashqari, shuningdek boj olinmaydigan savdo do‘konlaridan sotib olingan alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchuvchilar kabinasiga kirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HK ekipaji a’zolarining xizmat vazifalarini bajarishlarida ularga to‘sqinlik qilishi yoki ularning ishlariga aralashishi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HKning yurish, ko‘tarilish, va qo‘nish vaqtida elektron va aloqa vositalaridan foydalanishi, jumladan HK bortida turib fotosuratga va video tasvirga olishi;
(4-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2016-yil 8-yanvardagi 67-N-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2416-1, 12.01.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 2-son, 17-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HKning mol-mulkini (pledlar, yostiqlar, idish-tovoqlar, oshxona jihozlari, elektron vositalar, qutqarish nimchalari va boshqalarni) olib ketishi va shikastlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoat tartibini buzishi va zaruratsiz atrofdagilarni bezovta qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HK ekipaji a’zolarining tegishli ko‘rsatmalarisiz avariya-qutqaruv jihozlarini ishlatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HK ekipaji a’zolarining ruxsati yoki ko‘rsatmalarisiz boshqa joylarga o‘tirishi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Yo‘lovchi tomonidan HK ichida yurish-turish qoidalari buzilgan taqdirda, HK ekipaji a’zolari tomonidan mazkur Qoidalarning ilovasiga muvofiq shaklda yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarini buzganligi to‘g‘risida dalolatnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnomada quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalolatnomada tuzilgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalolatnomani tuzgan HK ekipaji a’zolarining lavozimi, familiyasi, ismi, otasining ismi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoidabuzarlik sodir etilgan reys va uning yo‘nalishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoidabuzarlikning qisqacha tafsiloti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoidabuzar yo‘lovchi shaxsiga oid ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoidabuzar yo‘lovchining tushuntirishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qoidabuzarlik oqibatida moddiy zarar yetkazilgan yoxud boshqa shaxslar jabrlangan bo‘lsa, bu haqda ham dalolatnomada ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dalolatnoma uni tuzgan HK ekipaji a’zolari va qoidabuzar yo‘lovchi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoidabuzarlik sodir etgan yo‘lovchi dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan taqdirda, dalolatnomaga bu haqda yozib qo‘yiladi. Qoidabuzarlik sodir etgan yo‘lovchi dalolatnomaning mazmuni yuzasidan dalolatnomaga ilova qilinadigan tushuntirish va mulohazalarini berishga, shuningdek mazkur dalolatnomaga imzo chekishdan bosh tortish sabablarini bayon etishga haqlidir.
(41-band O‘zbekiston Respublikasi Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshlig‘ining 2017-yil 5-sentabrdagi 93-N-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2416-2, 11.09.2017-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 1014-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. HK ichidagi yurish-turish qoidalari yo‘lovchi tomonidan parvoz xavfsizligiga tahdid tug‘diradigan yoxud shaxslarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga va mol-mulkiga tahdid tug‘diradigan tarzda buzilsa, u bilan tuzilgan tashish shartnomasi tashuvchi tomonidan tashish yo‘nalishining istalgan manzilida bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III bob. Yo‘lovchining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Yo‘lovchi HK ekipaji a’zolaridan tashish shartnomasi shartlarida belgilangan xizmatlarning ko‘rsatilishini talab qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Yo‘lovchi jamoat tartibini buzayotgan, o‘zini yoki boshqa shaxslarni zaruriyatsiz bezovta qilayotgan hamda sha’ni va qadr-qimmatiga putur yetkazayotgan, mol-mulkiga yoki sog‘lig‘iga yoxud hayotiga tahdid tug‘dirayotgan yo‘lovchiga ta’sir ko‘rsatish talabi bilan HK ekipaji a’zolariga murojaat qilish, shuningdek xuddi shunday harakatlar qilayotgan HK ekipaji a’zolari ustidan shikoyat qilish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlariga muvofiq yo‘lovchi boshqa huquqlarga ham egadir.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV bob. Yakuniy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Qoidalar talablarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur Qoidalar “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi bosh direktori V. TYAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2012-yil 26-dekabr
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalariga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish
‎qoidalarini buzganligi to‘g‘risida
‎DALOLATNOMA

_______. ‎ ________. ‎ 20____y. ‎

‎‎__________________________‎

‎‎(reys va uning yo‘nalishi)‎

‎‎HK ekipaji a’zolari F.I.O. va lavozimi:
‎‎1) _______________________________________________________________________________________________
‎‎2) _______________________________________________________________________________________________
‎‎3) _______________________________________________________________________________________________
‎‎4) _______________________________________________________________________________________________
‎‎Yo‘lovchi haqida ma’lumot:
‎‎_________________________________________________________________________________________________

‎‎Yo‘lovchining havo kemasi ichidagi yurish-turish qoidalarining (ro‘yxat raqami 2416, 2013-yil 29-yanvar) quyidagi talablari buzildi:

‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎_________________________________________________________________________________________________
‎‎_________________________________________________________________________________________________
Brigadir ‎

‎‎______________________________________________________

‎‎___________‎

‎‎(F.I.O.) ‎

‎‎(Imzo)‎

‎‎Bort kuzatuvchi ‎

‎‎_______________________________________________________

‎‎___________‎

‎‎(F.I.O.)

‎‎(Imzo)‎

HK komandiri‎‎‎

‎‎_______________________________________________________

‎‎___________

‎‎(F.I.O.) ‎

‎‎(Imzo)

Yo‘lovchi ‎

‎‎_______________________________________________________

‎‎___________

‎‎(F.I.O.) ‎

‎‎(Imzo)

(ilova O‘zbekiston Respublikasi transport vazirining 2023-yil 26-iyundagi 17-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2416-3, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/2416-3/0479-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2013-y., 5-son, 60-modda; 2016-y., 2-son, 17-modda; 2017-y., 37-son, 1014-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 17.07.2023-y., 10/23/2416-3/0479-son)