14.02.2024 yildagi O‘RQ-907-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2023-yil 5-sentabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023-yil 24-noyabrda maʼqullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi va qoʻllanilish sohasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning maqsadi davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini sud hujjatlari asosida realizatsiya qilish, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish, qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish (bundan davlat mulkiy majmualarini (korxonalarni), binolar va inshootlarni, qurilishi tugallanmagan obyektlarni yer uchastkalari bilan birga xususiylashtirish mustasno) Oʻzbekiston Respublikasining alohida qonunlari bilan tartibga solinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik sanoat zonalari, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududida joylashgan davlat koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasining alohida qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(1-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 23-yanvardagi OʻRQ-1021-sonli Qonuniga asosan uchinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi davlat mulkini xususiylashtirish ushbu Qonun va mulk joylashgan davlatning qonunchiligi inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Asosiy tushunchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat koʻchmas mulk obyektlari — davlatga mulk huquqi asosida tegishli boʻlgan mulkiy majmualar (korxonalar), binolar va inshootlar, shu jumladan qurilishi tugallanmagan obyektlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish — davlat mulkini ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarga realizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchi — ommaviy savdolarda ishtirok etuvchi talabgor yoki uning vakolatli vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professional maslahatchi — xususiylashtiriladigan davlat mulkini xususiylashtirish jarayoniga tayyorlashni va sotishni, shuningdek u bilan bogʻliq bitimlar tuzishni tashkil etish maqsadida jalb qilinadigan, turli yoʻnalishdagi maslahat xizmatlari, shu jumladan moliyaviy, investitsiyaviy, iqtisodiy va (yoki) yuridik masalalar boʻyicha xizmatlar koʻrsatadigan yuridik yoki jismoniy shaxs (shu jumladan chet el yuridik yoki jismoniy shaxsi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabgor — xususiylashtiriladigan davlat mulki boʻyicha ommaviy savdolarda ishtirok etish uchun ariza bergan jismoniy yoki nodavlat yuridik shaxs (shu jumladan chet el yuridik yoki jismoniy shaxsi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xaridor — vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari yoxud uning vakolatli shaxsi bilan ushbu Qonunga muvofiq davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha oldi-sotdi shartnomasini yoki birja bitimini tuzgan shaxs yoki uning vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jamiyati — aksiyadorlik jamiyati, masʼuliyati cheklangan jamiyat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Davlat mulkini xususiylashtirishning asosiy prinsiplari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirishning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonuniylik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiqlik va shaffoflik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hisobdorlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teng raqobat muhitini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Qonuniylik prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, ushbu Qonunga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Ochiqlik va shaffoflik prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni, shu jumladan xususiylashtirilayotgan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ochiq va shaffof boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari xususiylashtirilayotgan davlat mulki haqidagi maʼlumotlardan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan usullarda erkin foydalanish imkoniyatini yaratishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Hisobdorlik prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi davlat mulkini xususiylashtirish holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bir yilda kamida bir marta, soʻrovlar boʻyicha esa Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalariga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari tegishli hududda munitsipal mulkni xususiylashtirish holati toʻgʻrisida bir yilda kamida bir marta Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Teng raqobat muhitini taʼminlash prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish istagini bildirgan talabgor ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda xususiylashtirish jarayonida boshqa talabgorlar bilan teng ravishda ishtirok etish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi va (yoki) uning hududiy boshqarmalari talabgorlarga sogʻlom raqobat, tenglik va ularga nisbatan xolislikni taʼminlovchi shart-sharoitlar yaratadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik prinsipi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida korrupsiyaga yoʻl qoʻymaslik quyidagilarni taʼminlash orqali amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatlar toʻqnashuviga olib kelishi mumkin boʻlgan asoslarni bartaraf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida davlat organlari, jismoniy va nodavlat yuridik shaxslar oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarning masofaviy shakllarini keng joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida talabgorlar uchun teng shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish tartib-taomillarini ushbu Qonunda belgilangan talablarga muvofiq bajarish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulki obyektlari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat koʻchmas mulk obyektlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushlari (aksiyalari, ulushlari);
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muassasalari.
(10-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki, bundan davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisidagi qonunchilikda nazarda tutilgan xususiylashtirilmaydigan davlat mulki mustasno, toʻliq yoki qisman xususiylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Davlat mulkini xususiylashtirish subyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi va (yoki) uning hududiy boshqarmalari hamda xaridorlar davlat mulkini xususiylashtirish subyektlaridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etishi qonunchilikka muvofiq taqiqlangan shaxslar, shuningdek ishtirok etishi insofsiz raqobatga olib kelishi mumkin boʻlgan talabgorlar va ularga nisbatan affillangan shaxslar davlat mulki xususiylashtirilayotganda talabgor boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Davlat mulkini xususiylashtirish sohasini tartibga solish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish chogʻida davlat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mulkini xususiylashtirish dasturini belgilangan tartibda tasdiqlaydi, bundan ushbu modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisida koʻrsatilgan davlat mulki mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan roʻyxati tasdiqlanadigan davlat ishtirokidagi yirik korxonalarni xususiylashtirish dasturini tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlarini muvofiqlashtirish va ularning samaradorligini oshirish maqsadida komissiya, ishchi guruh tuzilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organining vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi vakolatli davlat organidir (bundan buyon matnda vakolatli davlat organi deb yuritiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish sohasida yagona davlat siyosatini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish dasturlariga muvofiq davlat mulkini xususiylashtirish ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mulkini sotuvchisi sifatida ish yuritadi, bunda uning hududiy boshqarmalari munitsipal mulkning sotuvchisi vazifalarini ham bajaradi, shuningdek tegishincha xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomalarini imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika mulkini xususiylashtirish dasturini shakllantiradi hamda uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish dasturining ijro etilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish muddatlari va usullarini belgilaydi, zarur hollarda tegishli axborotni eʼlon qilish orqali ularga oʻzgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdoga qoʻyiladigan davlat mulkining boshlangʻich narxini belgilaydi, bundan sotish usullariga asosan boshlangʻich narxni eʼlon qilmagan holda uni savdoga qoʻyish mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazish uchun boshqa baholovchi tashkilotni jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchilarga qoʻyiladigan talablar va mezonlarni davlat mulkini xususiylashtirish usullaridan kelib chiqqan holda belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtiriladigan davlat mulkining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirishning tanlangan usuliga muvofiq davlat mulkini realizatsiya qilish jarayonini tashkil etadi, shu jumladan xususiylashtirishning tanlangan usulidan kelib chiqqan holda elektron savdo maydonchasining operatorini (bundan buyon matnda operator deb yuritiladi) jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirish jarayonlarining monitoringini tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish jarayonida ishtirok etish uchun professional maslahatchilar bilan belgilangan tartibda shartnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Maxsus vakolatli davlat organlarining davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga asosan davlat ishtirokidagi alohida yirik korxonalarni isloh qilish vazifalari yuklangan maxsus vakolatli davlat organlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisidagi qonunchilikka asosan amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlariga isloh qilish uchun berilgan davlat ishtirokidagi yirik korxonalarning ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini xususiylashtirish yoki oʻzgacha tarzda tasarruf etish toʻgʻrisidagi takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Davlat mulkini xususiylashtirishni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Davlat mulkini xususiylashtirish dasturlarini ishlab chiqish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish dasturlari vakolatli davlat organi va (yoki) uning hududiy boshqarmalari tomonidan davlat organlarining va mahalliy davlat hokimiyati organlarining, shuningdek jismoniy va nodavlat yuridik shaxslarning takliflari asosida ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish dasturlari quyidagilar tomonidan shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi tomonidan — respublika mulkini xususiylashtirish dasturlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari tomonidan — munitsipal mulkni xususiylashtirish dasturlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulki, shu jumladan xalqaro kelishuvlarga muvofiq amalga oshiriladigan loyihalarga koʻra realizatsiya qilinadigan davlat mulki Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining vakolatli davlat organi taklifiga koʻra qabul qilingan hujjatlariga asosan toʻgʻridan-toʻgʻri bozor qiymati boʻyicha xususiylashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari munitsipal mulkka nisbatan quyidagilarni shakllantiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari bilan kelishilgan holda, tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari tomonidan tasdiqlanadigan davlat muassasalarini va xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushlarini xususiylashtirish dasturlarini;
(15-modda toʻrtinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlari bilan kelishilgan holda, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan tasdiqlanadigan koʻchmas mulk obyektlarini xususiylashtirish dasturlarini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat banklarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat aksiyalarini sotish banklar va bank faoliyati toʻgʻrisidagi qonunchilik talablari inobatga olingan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish dasturida davlat mulkini xususiylashtirishning asosiy maqsadlari va vazifalari, shuningdek xususiylashtirilishi lozim boʻlgan davlat mulkining roʻyxati nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish dasturiga bir yoki bir nechta davlat mulki obyekti kiritilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organining yoki uning hududiy boshqarmalarining soʻrovlariga asosan tegishli tashkilotlar davlat mulkini xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish doirasida quyidagilarni taqdim etadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadastr organlarining xususiylashtiriladigan davlat mulkining tasarruf etilishiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan taqiqlar va cheklovlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarini, shuningdek davlat koʻchmas mulk obyektiga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisidagi hujjatlarni oʻn kunlik muddatda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi xususiylashtirilishi rejalashtirilayotgan xoʻjalik jamiyatlari, davlat muassasalari faoliyati sohasida raqobatning rivojlanganlik holati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish qoʻmitasining yoki uning hududiy boshqarmasining xulosasini oʻn kunlik muddatda;
(15-modda sakkizinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyekt moddiy madaniy meros obyektlari roʻyxatiga kiritilmaganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining yoki uning hududiy boshqarmasining xulosasini bir haftalik muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarining bosh rejalariga, aholi punktlarining qismlarini batafsil rejalashtirish loyihalariga yoki hududlarni kompleks rivojlantirish dasturlariga muvofiq davlat koʻchmas mulk obyektlaridan foydalanishning kelgusidagi istiqbollari toʻgʻrisida va mazkur obyektlar band etgan hamda ular foydalanishidagi yer uchastkalarini savdoga qoʻyishda mulk huquqi haqida Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining yoki uning hududiy boshqarmasining xulosasini bir haftalik muddatda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish dasturini ishlab chiqish doirasida vakolatli davlat organining yoki uning hududiy boshqarmalarining soʻrovlari asosida tegishli tashkilotlar davlat mulkini xususiylashtirish bilan bogʻliq boshqa hujjatlarni ham qonunchilikda belgilangan tartibda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Davlat mulkini xususiylashtirishga tayyorlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari davlat mulkini xususiylashtirish dasturi asosida davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni ishlab chiqadi, tasdiqlaydi va unga tuzatishlar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” davlat mulkini xususiylashtirish shartlarini, bosqichlarini, xususiylashtiriladigan davlat mulkini baholash jarayonlarini, davlat mulkini xususiylashtirish muddatlarini, davlat koʻchmas mulk obyekti toʻgʻrisida taqdim etiladigan maʼlumotlarni va boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan tadbirlarning bajarilishi masʼul ijrochilar uchun majburiydir. Bunda vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmasi davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ni masʼul ijrochilarga u tasdiqlangan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilishi tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlarining yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining qarorlariga koʻra amalga oshiriladigan munitsipal mulk boʻyicha “yoʻl xaritalari” vakolatli davlat organining hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirishga tayyorlash vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirishga tayyorlash davlat mulkining tarkibini aniqlashni, uni inventarizatsiyadan oʻtkazishni, baholashni (baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazishni), shu jumladan uning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni oʻz ichiga oladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi boʻlgan xoʻjalik jamiyatini, davlat muassasasini xususiylashtirishga tayyorlash maqsadida, jozibadorlikni oshirish va muammoli holatlarni bartaraf etish uchun vakolatli davlat organi huzurida yuridik shaxs tashkil etilmagan holda tuzilgan budjetdan tashqari davlat maqsadli jamgʻarmasining (bundan buyon matnda jamgʻarma deb yuritiladi) mablagʻlari yoʻnaltirilishi mumkin.
(16-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirishga tayyorlashda yuridik shaxsning (davlat koʻchmas mulk obyektini balansda saqlovchining) rahbari tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli davlat organi tomonidan belgilangan shaklga muvofiq, yuridik shaxsning (davlat koʻchmas mulk obyektini balansda saqlovchining) rahbari tomonidan tasdiqlangan asosiy vositalarni inventarizatsiyadan oʻtkazish dalolatnomalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka va yer uchastkalariga boʻlgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxsning (davlat koʻchmas mulk obyektini balansda saqlovchining) rahbari tomonidan tasdiqlangan ishlab chiqarish (xizmat koʻrsatish), tarkibiy boʻlinmalari va kommunikatsiya tarmoqlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonadagi ishlab chiqarish jarayonining texnologik va ekologik xususiyatlaridan kelib chiqqan holda oʻtkazilgan auditorlik xulosalari, shuningdek korxonaning tashkiliy-huquqiy jihatdan kompleks tahliliy hisoboti;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtiriladigan ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi mavjud xoʻjalik jamiyatining moliyaviy hisobotlari va oʻtgan hisobot yili natijalari toʻgʻrisidagi auditorlik xulosasi;
(16-modda sakkizinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirishning tanlangan usuliga muvofiq boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taqdim etilgan hujjatlarning toʻgʻriligi, ishonchliligi va asosliligi uchun yuridik shaxsning (davlat koʻchmas mulk obyektini balansda saqlovchining) rahbari masʼul boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat koʻchmas mulk obyektlari ular joylashgan yer uchastkalari bilan birga yagona mulkiy majmua sifatida xususiylashtirilganda shaharsozlik faoliyati sohasidagi vakolatli davlat organining yoki uning hududiy boshqarmalarining xulosasi taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi davlat ishtirokidagi yirik korxonalarning ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshliligini, boshqarish samaradorligini, aktivlardan oqilona foydalanishini tahlil qilish asosida korxonaning investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha ekspertlar guruhini tuzishi, shuningdek shartnoma asosida professional maslahatchilarni jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Davlat mulkini xususiylashtirish dasturiga kiritilgan davlat mulkini tasarruf etishga nisbatan cheklovlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkini boshqa shaxsga oʻtkazish, hisobdan chiqarish, garovga qoʻyish yoki boshqacha tarzda tasarruf etish davlat mulkini xususiylashtirish dasturi qabul qilingan kundan eʼtiboran taqiqlanadi, bundan davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”da nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Xususiylashtiriladigan davlat mulkini baholashdan oʻtkazish va uning boshlangʻich narxini belgilash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining boshlangʻich narxi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadi. Davlat mulkini xususiylashtirish mustaqil baholovchi tashkilotning, shu jumladan xalqaro nufuzga ega boʻlgan baholovchi tashkilotlarning baholash toʻgʻrisidagi hisobotiga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotdan ushbu Qonunda belgilangan davlat mulkini xususiylashtirish usullari doirasida moʻljal sifatida foydalaniladi. Vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
baholovchi tashkilotlarni shartnomaga muvofiq jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtiriladigan davlat mulkining boshlangʻich narxini ommaviy savdolarda amaldagi bozor konyunkturasini va ushbu davlat mulkining qiymatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar jamlanmasini hisobga olgan holda, shu jumladan baholash qiymatidan farqli boʻlgan, qoldiq (balans) qiymati yoki sof aktivlar miqdoriga mutanosib qiymatini belgilashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligini ekspertizadan oʻtkazadi. Bunda davlat mulkini baholash xalqaro nufuzga ega auditorlik kompaniyalarining Oʻzbekiston Respublikasida faoliyat yuritayotgan shoʻba korxonalari tomonidan amalga oshirilganda, shuningdek davlat mulki auksionga va birja savdolariga qoʻyilganda baholash toʻgʻrisidagi hisobotning ishonchliligi ekspertizadan oʻtkazilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Davlat mulkini xususiylashtirish usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Davlat mulkini xususiylashtirish usullari va ularni tanlash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish quyidagi usullardan foydalangan holda amalga oshiriladi, bundan ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlarida belgilangan hollar mustasno:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auksion;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov savdolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
raqobatga asoslangan muloqot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birja savdolari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
(19-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushlarini va davlat koʻchmas mulk obyektlarini xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.
(19-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish usulini tanlash vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan, shu jumladan jalb etilgan professional maslahatchining tavsiyasiga asosan amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish usulini tanlash davlat koʻchmas mulk obyektining, davlat muassasasining yoki davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatining oʻziga xos (individual, tarmoqqa oid, hududiy va boshqa) xususiyatlari, moliyaviy-iqtisodiy koʻrsatkichlari hamda xususiylashtirish maqsadlari hisobga olingan holda amalga oshiriladi.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi”ga davlat mulkini xususiylashtirish usulini oʻzgartirish yuzasidan tegishli oʻzgartirishlar va (yoki) qoʻshimchalar kiritishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirishda davlat mulkini xususiylashtirishning ushbu Qonunda nazarda tutilgan usullaridan biri yoki bir nechtasi qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Davlat mulkini auksionda xususiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksionga davlat mulkiga nisbatan muayyan shartlarni bajarish talab qilinmaydigan davlat mulki (bundan davlat aksiyalari mustasno) qoʻyiladi, bundan shaharsozlik normalari asosidagi loyiha boʻyicha qurish sharti bilan auksionda sotiladigan davlat koʻchmas mulk obyektlari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu Qonunning 35-moddasiga muvofiq eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksion oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomaning matniga auksion predmetiga taalluqli boʻlmagan talabni va (yoki) ishtirokchilar oʻrtasidagi raqobatni cheklovchi talabni kiritish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksion vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan tuzilgan shartnomaga asosan operator tomonidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator auksion jarayonida ishtirokchilarga nisbatan kamsituvchi yondashuvni qoʻllashga, xususan, ishtirokchilardan olingan maxfiy axborotni oshkor etishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha auksion boshlangʻich narxni oshirib borish shaklida elektron onlayn-auksion tarzida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdoga qoʻyilgan davlat mulki uchun eng yuqori sotib olish narxini taklif qilgan savdo ishtirokchisi gʻolib deb topiladi. Bunda davlat mulki uchun gʻolib taklif qilgan narxdan bir pogʻona past narxni taklif qilgan savdo ishtirokchisi zaxiradagi gʻolib deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksionda ishtirok etish uchun talabgor tomonidan majburiyatlarning bajarilishini taʼminlash maqsadida davlat mulkining quyidagi boshlangʻich narxlariga bogʻliq ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy hisoblash miqdorining (bundan buyon matnda BHM deb yuritiladi) yuz baravarigacha — boshlangʻich narxning oʻn besh foiziga teng;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BHMning yuz baravaridan yuqori, lekin BHMning koʻpi bilan ming baravarigacha — boshlangʻich narxning oʻn foiziga teng;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BHMning ming baravaridan yuqori, lekin BHMning koʻpi bilan oʻn ming baravarigacha — boshlangʻich narxning besh foiziga teng;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BHMning oʻn ming baravaridan yuqori — boshlangʻich narxning uch foiziga teng miqdorda ishtirokchi tomonidan auksionda ishtirok etish uchun kafolat taʼminoti sifatida zakalat puli kiritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnoma eʼlon qilingan sanadan eʼtiboran auksion yakunlanguniga qadar ishtirokchi davlat mulkini sotib olish boʻyicha auksionning qadamiga bogʻlanmagan va auksion boshlanguniga qadar boshqa ishtirokchilarga oshkor etilmaydigan narxga oid oʻz taklifini kiritishi mumkin. Bu holda savdo ishtirokchisi tomonidan kiritiladigan zakalat puli u taklif etayotgan narxga nisbatan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻolib kiritgan zakalat puli sotib olish narxiga kiritiladi, qolgan savdo ishtirokchilari kiritgan zakalat puli auksion natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida operator tomonidan qaytariladi. Zaxiradagi gʻolibning zakalat puli auksion gʻolibi bilan oldi-sotdi shartnomasi tuzilganidan keyin uch ish kuni ichida qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar auksion gʻolibi oldi-sotdi shartnomasini auksion natijalari boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn ish kuni ichida imzolashdan bosh tortsa, gʻolib kiritgan zakalat puli qaytarilmaydi va operator zaxiradagi gʻolibga oldi-sotdi shartnomasini tuzishni taklif qiladi. Agar zaxiradagi gʻolib ham oldi-sotdi shartnomasini oʻn ish kuni ichida imzolashdan bosh tortsa, uning zakalat puli qaytarilmaydi. Bu holda davlat mulkini sotish boʻyicha auksion boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi hamda mazkur davlat mulki takroriy auksionga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar auksion boshlanguniga qadar auksionda ishtirok etishga doir bitta ham ariza kelib tushmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar auksionda ishtirok etish uchun faqat bir nafar talabgordan ariza olingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo gʻoliblari auksion natijalari boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn ish kuni ichida davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda auksion boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroriy auksion davlat mulkining narxini oshirib borish shaklida har oʻn kunda bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksion natijalari yuzasidan bayonnoma gʻolib tomonidan operatorning xizmat haqi toʻlanganidan keyingi ish kunidan kechiktirmay rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilayotgan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi auksion natijalari boʻyicha bayonnoma asosida tuziladi va elektron shaklda rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat mulki uch oy ichida auksionda sotilmasa, u ushbu Qonunning 18-moddasiga muvofiq belgilanadigan yangi boshlangʻich narx bilan takroriy auksionga qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksion olti oy ichida boʻlib oʻtmagan deb topilgan taqdirda, vakolatli davlat organining yoki uning hududiy boshqarmalarining qaroriga koʻra davlat mulkini xususiylashtirishning boshqa usulidan foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Auksionni tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Davlat mulkini tanlov savdolarida xususiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xaridor zimmasiga muayyan shartlar yuklatilgan taqdirda, mazkur davlat mulki tanlov savdolarida xususiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov savdolari davlat mulkining xususiyatidan kelib chiqqan holda savdo ishtirokchilari uchun vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan oldindan belgilangan malakaviy mezonlarga asosan oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov savdolarini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq operator tomonidan amalga oshiriladi. Davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha tanlov savdolari elektron onlayn savdolar tarzida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov shartlari vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu Qonunning 35-moddasiga muvofiq eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov savdolari oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomaning matniga tanlov predmetiga taalluqli boʻlmagan talablarni va (yoki) ishtirokchilar oʻrtasidagi raqobatni cheklovchi talablarni kiritish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tanlov savdolarida ishtirok etishi hamda davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha bitim tuzish uchun tanlov shartlari va mezonlariga muvofiq hujjatlarni taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorning tanlovda ishtirok etish boʻyicha majburiyatlari bajarilishini taʼminlash maqsadida zakalat puli ushbu Qonun 20-moddasining sakkizinchi qismida nazarda tutilgan miqdorlarda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda gʻolib kiritgan zakalat puli sotib olish narxining summasiga kiritiladi, qolgan ishtirokchilarga esa kiritilgan zakalat puli tanlov savdolarining natijalari eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch ish kuni ichida operator tomonidan qaytarib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻolibni aniqlash mezonlari moliyaviy yoki nomoliyaviy boʻlishi mumkin. Baholash 100 balli baholash tizimi boʻyicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlovga oid takliflarni baholashda va tanlov gʻolibini aniqlashda davlat mulkini sotib olish boʻyicha narx taklifiga 80 ballgacha hamda moliyaviy va nomoliyaviy shartlar summasi toʻgʻrisidagi taklifga 20 ballgacha beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzining tanlovga oid taklifi eng koʻp ball toʻplagan ishtirokchi tanlov savdolarining gʻolibi deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki va undan ortiq talabgorga berilgan ballar teng boʻlgan taqdirda, sotib olish narxining eng koʻp summasini taklif etgan ishtirokchi tanlov savdolarining gʻolibi deb eʼlon qilinadi. Sotib olish narxining summasi va muayyan shartlar boʻyicha bir xil takliflar berilgan taqdirda, tanlov savdolarining shartlari va mezonlariga muvofiq hujjatlarni birinchi boʻlib taqdim etgan ishtirokchi tanlov gʻolibi deb topiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operator bayonnoma rasmiylashtirilgan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida tanlov savdolarining natijalari va yakunlari haqida ishtirokchilarni xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagi hollarda davlat mulkini sotish boʻyicha tanlov savdolari boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi va davlat mulki takroriy tanlov savdolariga qoʻyiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar tanlov savdolari boshlanguniga qadar tanlov savdolarida ishtirok etishga doir ariza kelib tushmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar tanlov savdolarida ishtirok etish uchun bir nafar talabgordan ariza olingan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
savdo gʻolibi tanlov savdolarining natijalari boʻyicha bayonnoma rasmiylashtirilgandan soʻng oʻn ish kuni ichida davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasini imzolashni rad etgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tanlov gʻolibi oldi-sotdi shartnomasini imzolashni rad etsa, u toʻlagan zakalat puli qaytarilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takroriy tanlov savdolari har oʻn kunda bir marta oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat mulki uch oy ichida tanlov savdolarida sotilmasa, u ushbu Qonunning 18-moddasiga muvofiq belgilanadigan yangi boshlangʻich narx bilan tanlov savdolariga qoʻyilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Olti oy ichida tanlov savdolari boʻlib oʻtmagan deb topilgan taqdirda, vakolatli davlat organining yoki uning hududiy boshqarmalarining qaroriga koʻra davlat mulkini xususiylashtirishning boshqa usulidan foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tanlov savdolarini tashkil etish va oʻtkazish bilan bogʻliq boshqa qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish yoʻli bilan davlat mulkini xususiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish yoʻli bilan davlat mulkini xususiylashtirish uning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda vakolatli davlat organi tomonidan yoki vakolatli davlat organining ruxsatiga asosan professional maslahatchi tomonidan bir necha bosqichda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi barcha manfaatdor taraflarning belgilangan mezonlarga muvofiq ishtirok etishi uchun davlat mulkini sotib olishga doir arizalar talabgorlardan qabul qilinishi toʻgʻrisida eʼlon beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu Qonunning 35-moddasiga muvofiq eʼlon qilinadi. Bunda davlat mulkining boshlangʻich narxi oshkor qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Eʼlonga muvofiq kelib tushgan, davlat mulkini sotib olishga oid qiziqish ifodalangan davlat mulkini sotib olishga doir arizalar talabgorlardan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi yoki u jalb etgan professional maslahatchi tomonidan talabgorlarga davlat mulkini xususiylashtirish jarayoni toʻgʻrisida axborot taqdim etiladi. Unda davlat mulkini sotib olish boʻyicha majburiy boʻlmagan narxga doir takliflarni berish muddatlari, shuningdek vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlangan tartib va shartlar koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini sotib olishga doir ariza bergan talabgorlar bilan axborotni oshkor etmaslik toʻgʻrisida bitim imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Axborotni oshkor etmaslik toʻgʻrisidagi bitimni imzolagan talabgorlarga davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha takliflarni tayyorlash uchun zarur boʻlgan axborotni oʻz ichiga olgan dastlabki maʼlumotlar bilan tanishish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgor tomonidan taqdim etilgan, davlat mulkini sotib olish boʻyicha majburiy boʻlmagan narxga doir takliflar, shuningdek talabgorning eʼlon qilingan mezonlarga muvofiqligi vakolatli davlat organi va (yoki) professional maslahatchi tomonidan oʻrganiladi hamda oʻrganish yakunlari boʻyicha talabgorlarning keyingi bosqichga oʻtishi-oʻtmasligi toʻgʻrisida qaror qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi bosqichga oʻtgan ishtirokchilarga davlat mulkini xususiylashtirishning mazkur jarayoniga koʻra davlat mulkini sotib olish uchun majburiy boʻlgan narxga doir takliflarni taqdim etish muddatlari, tartibi va tegishli shartlari toʻgʻrisida axborot vakolatli davlat organi yoki professional maslahatchi tomonidan elektron yoki qogʻoz shaklida yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bosqichga oʻtgan ishtirokchilarga xususiylashtiriladigan davlat mulki boʻyicha soliqqa oid, moliyaviy, huquqiy va ekologik tahlillar bilan tanishish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻshimcha ravishda ishtirokchilarga xususiylashtiriladigan davlat mulkini koʻzdan kechirish, vakolatli davlat organ va (yoki) professional maslahatchi bilan, ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi xususiylashtirilayotgan xoʻjalik jamiyatining boshqaruv organi yoki davlat koʻchmas mulk obyektining balansda saqlovchisi bilan suhbatlar oʻtkazish, shuningdek oldi-sotdi shartnomasining loyihasi bilan tanishish imkoniyati beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur bosqichda ishtirokchilar davlat mulkini sotib olish boʻyicha majburiy boʻlgan narxga doir takliflarini taqdim etadi, shuningdek oldi-sotdi shartnomasining loyihasi yuzasidan fikrini bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini sotib olish yuzasidan taqdim etilgan majburiy boʻlgan narxga doir takliflarni, shuningdek oldi-sotdi shartnomasining loyihasi boʻyicha takliflar va eʼtirozlarni koʻrib chiqish yakunlari yuzasidan vakolatli davlat organi keyingi muzokaralarga taklif qilinadigan ishtirokchilar roʻyxatini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi va (yoki) professional maslahatchi muzokara jarayonida ishtirokchilarga nisbatan kamsituvchi yondashuvni qoʻllashga, xususan, ishtirokchilardan olingan axborotni oshkor etishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzokaralar natijalariga koʻra, savdo gʻolibi taklif etilgan davlat mulkini sotib olish narxi boʻyicha oldi-sotdi shartnomasining eng maqbul shartlari asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirishning har bir bosqichi vakolatli davlat organi yoki professional maslahatchi tomonidan bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish yoʻli bilan sotish boʻyicha savdolar quyidagi hollarda boʻlib oʻtmagan deb topiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish yoʻli bilan sotish boshlanguniga qadar ishtirok etishga doir bitta ham ariza kelib tushmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat bir nafar ishtirokchi mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishtirokchi xususiylashtirilayotgan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasini oʻn ish kuni ichida imzolashni rad etgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish yoʻli bilan sotish boʻyicha savdolar ikki marotaba boʻlib oʻtmagan deb topilgan taqdirda, vakolatli davlat organining qaroriga koʻra davlat mulkini xususiylashtirishning boshqa usuli qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddada belgilangan bosqichlar xususiylashtiriladigan davlat mulkining xususiyatidan kelib chiqqan holda vakolatli davlat organi tomonidan qisqartirilishi, davlat mulkini sotish jarayonining ketma-ketligi va muddatlari oʻzgartirilishi yoki muzokaralar toʻxtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Davlat mulkini raqobatga asoslangan muloqot yoʻli bilan xususiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirishda mazkur mulkni sotishning eng maqbul usulini aniqlash uchun sotish shartlari, tovar va moliya bozorlarining talablari, investitsiya loyihalarining maqsadli koʻrsatkichlari aniq boʻlmagan hollarda, davlat mulkini sotish raqobatga asoslangan muloqot yoʻli bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqobatga asoslangan muloqotga taklif qilish toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu Qonunning 35-moddasiga muvofiq eʼlon qilinadi. Bunda davlat mulkining boshlangʻich narxi oshkor qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqobatga asoslangan muloqotga taklif qilish toʻgʻrisidagi xabarnomaning matnida raqobatga asoslangan muloqot predmetiga taalluqli boʻlmagan talablar, shuningdek xususiylashtiriladigan davlat mulki boʻyicha talabgorlarga nisbatan shartlar, mezonlar va talablar nazarda tutilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi oʻz takliflarini bergan raqobatga asoslangan muloqot ishtirokchilarining har biri bilan alohida muzokaralar oʻtkazadi, shuningdek qoʻshimcha ravishda raqobatga asoslangan muloqotning barcha ishtirokchilari bilan davlat mulkini xususiylashtirishning ayrim jihatlarini muhokama qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi davlat mulkini raqobatga asoslangan muloqot yoʻli bilan xususiylashtirishning barcha bosqichlarida professional maslahatchilarni jalb qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzokaralar jarayoni va natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muzokaralar jarayonida berilgan takliflar va ularning natijalari asosida savdoga qoʻyish shartlari va mezonlari, talabgorlar uchun savdoda ishtirok etishga doir yoʻriqnoma, xususiylashtirilayotgan davlat mulki oldi-sotdi shartnomasining loyihasi tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi takliflar bergan ishtirokchilarga davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha majburiy boʻlgan narxga doir taklifini, shuningdek, mavjud boʻlgan taqdirda, davlat mulkidan foydalanish boʻyicha muayyan shartlarini taqdim etish toʻgʻrisida xabarnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilar tomonidan takliflarni berish muddati raqobatga asoslangan muloqotni oʻtkazish toʻgʻrisidagi xabarnoma eʼlon qilingan kundan eʼtiboran oltmish kundan koʻp boʻlishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilarga xususiylashtiriladigan davlat mulkining soliqqa oid, moliyaviy, huquqiy va ekologik tahlillari bilan tanishish imkoniyati beriladi. Bu holda ishtirokchilar bilan axborotni oshkor etmaslik toʻgʻrisida bitim imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Takliflarni berish muddati tugaguniga qadar ishtirokchi oʻzining takliflar mavjud boʻlgan hujjatlarida koʻrsatilgan shartlarga asosan avvalgi taklifini oʻzgartirishga yoki chaqirib olishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilarning takliflaridan kelib chiqqan holda, vakolatli davlat organi va (yoki) professional maslahatchi eng yaxshi taklif bergan ishtirokchini oldindan belgilangan yoʻriqnomalar hamda mezonlarga asosan tanlaydi. Bunda ishtirokchilarning takliflarini koʻrib chiqish toʻgʻrisida bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi va (yoki) professional maslahatchi eng yaxshi taklifni bergan ishtirokchi bilan muzokaralar olib boradi. Muzokaralar natijalari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Taklifi, shu jumladan sotib olish narxiga doir taklifi eng yaxshi deb topilgan ishtirokchi gʻolib deb topiladi va u bilan xususiylashtirilayotgan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish boʻyicha raqobatga asoslangan muloqot quyidagi hollarda boʻlib oʻtmagan deb hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar raqobatga asoslangan muloqot yoʻli bilan sotish boshlanguniga qadar ishtirok etishga doir bitta ham ariza kelib tushmagan boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faqat bir nafar ishtirokchi mavjud boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻolib xususiylashtirilayotgan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasini oʻn ish kuni ichida imzolashni rad etgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Raqobatga asoslangan muloqot ikki marotaba boʻlib oʻtmagan deb topilgan taqdirda, davlat mulkini xususiylashtirishning boshqa usuli vakolatli davlat organining qarori bilan qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining xususiyatidan kelib chiqqan holda vakolatli davlat organi sotish jarayonining ushbu moddada belgilangan ketma-ketligini va muddatlarini oʻzgartirishi yoki muzokaralarni toʻxtatishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Davlat aksiyalarini birja savdolari orqali xususiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aksiyalarini birja savdolari orqali xususiylashtirish “Qimmatli qogʻozlar bozori toʻgʻrisida”gi hamda “Birjalar va birja faoliyati toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat aksiyalarini xususiylashtirishda vakolatli davlat organi tomonidan davlat aksiyalarini xususiylashtirishning boshqa usulidan foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Davlat ulushlarini va davlat koʻchmas mulk obyektlarini xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga (ustav kapitallariga) kiritish orqali xususiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ulushlarini va koʻchmas mulk obyektlarini xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga (ustav kapitallariga) kiritish orqali xususiylashtirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ulushi ishtirokida tashkil etiladigan xoʻjalik jamiyatlari taʼsis etilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlari (ustav kapitallari) davlat ulushi hisobidan oshirilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ulushlarini va koʻchmas mulk obyektlarini xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga (ustav kapitallariga) kiritish davlat mulkini xususiylashtirish dasturiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ulushlarini va koʻchmas mulk obyektlarini xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondlariga (ustav kapitallariga) kiritish baholovchi tashkilotning davlat ulushlari va davlat koʻchmas mulk obyektlarining qiymatini baholash toʻgʻrisidagi hisobotida belgilangan miqdorda vakolatli davlat organining yoki uning hududiy boshqarmalarining buyruqlari bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Davlat muassasasini xususiylashtirishning oʻziga xos xususiyatlari
(5-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Davlat muassasasini xususiylashtirishning umumiy tartibi
(26-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasasini xususiylashtirish quyidagi usullardan biridan foydalangan holda amalga oshiriladi:
(26-modda birinchi qismining birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartirish orqali davlat ulushlarini realizatsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkiy majmua sifatida sotish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkiy majmuani xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) ulush sifatida kiritish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muassasasini kelgusida xususiylashtirish sharti bilan ijaraga berish.
(26-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasasi davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisidagi qonunchilikka muvofiq xoʻjalik jamiyati etib oʻzgartiriladi.
(26-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xoʻjalik jamiyatining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushi ushbu Qonunda belgilangan usullardan biri bilan realizatsiya qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasasi tanlov savdolarida yoki muzokaralarga ommaviy ravishda taklif qilish yoʻli bilan mulkiy majmua sifatida sotiladi.
(26-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasasini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi xabarnoma ushbu Qonunning 35-moddasiga muvofiq eʼlon qilinadi.
(26-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasasi xususiylashtirilganda uni tashkiliy-huquqiy shakli oʻzgartirilgan holda qayta roʻyxatdan oʻtkazish xususiylashtirilayotgan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq amalga oshiriladi.
(26-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida davlat muassasasining mehnat munosabatlari boʻyicha huquqiy vorisligi qonunchilikda belgilangan tartibda xaridorga oʻtadi.
(26-moddaning yettinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasasini xususiylashtirish belgilangan tartibda amalga oshirilmagan taqdirda, vakolatli davlat organi uni qonunchilikda belgilangan tartibda tugatish toʻgʻrisida tashabbus bilan chiqishi mumkin.
(26-moddaning sakkizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasasini keyinchalik xususiylashtirish sharti bilan xoʻjalik jamiyatiga ijaraga berish vakolatli davlat organi tomonidan amalga oshiriladi. Bunda davlat muassasasining davlat mulkini xususiylashtirish jarayonidagi kelgusi faoliyatini nazorat qilish maqsadida cheklangan muhitda (qamrov hududi, ijara muddati, faoliyat sohasi, xodimlar soni, ishlab chiqarish (xizmatlar) hajmi va boshqalar) sinovdan oʻtkazish uchun “tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimi joriy etilishi mumkin.
(26-moddaning toʻqqizinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tartibga solish qumdoni” maxsus huquqiy rejimini joriy etish tartibi vakolatli davlat organi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish
(27-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish xoʻjalik jamiyati boshqaruv organlarining mazkur mulkni jamiyatning ustav fondiga (ustav kapitaliga) kiritish haqidagi qarori qabul qilinganidan keyin belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(27-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat muassasasini xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish vakolatli davlat organining yoki uning hududiy boshqarmasining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
(27-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi har yili mazkur xoʻjalik jamiyati ishtirokchilariga (aksiyadorlariga) davlat aksiyalarining (ulushlarining) bir qismini bozor qiymatida sotib olish toʻgʻrisida taklif beradi. Bunda davlat muassasasini mulkiy majmua tarzida xoʻjalik jamiyatining ustav fondiga (ustav kapitaliga) davlat ulushi sifatida kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganidan keyin 5 yil ichida boshqa ishtirokchilarning (aksiyadorlarning) ulushi 51 foizdan ortiqni tashkil etishi kerak.
(27-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishtirokchilar (aksiyadorlar) tomonidan taklif etilgan davlat ulushlarini (aksiyalarini) sotib olish rad etilgan taqdirda, mazkur ulushlar (aksiyalar) davlat mulkini xususiylashtirishning ushbu Qonunda belgilangan usullaridan foydalangan holda xususiylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Davlat mulkini xususiylashtirishda talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Xususiylashtiriladigan davlat mulkining xaridoriga nisbatan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining xaridoriga nisbatan quyidagi talablar qoʻyilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiatni muhofaza qilish talablariga rioya etish hamda davlat mulkini xususiylashtirish obyektini tegishli holatda saqlashga qaratilgan muayyan ishlarni amalga oshirish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqaro muhofazasi, ijtimoiy, tabiatni muhofaza qilish obyektlarining va safarbarlik ahamiyatiga molik obyektlarning, davlat mulkini xususiylashtirish obyekti tarkibiga kirmaydigan, lekin texnik tavsiflariga va joylashgan yeriga (koʻchmas mulk obyektlari) koʻra, xususiylashtiriladigan davlat mulkining ajralmas qismi hisoblanadigan obyektlarning taʼminoti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzganing yer uchastkasidan cheklangan tarzda foydalanish huquqi (oʻtish, transportda tashish, chegaraviy, geodezik belgilarni va boshqa belgilarni joylashtirish imkoniyati, elektr uzatish, aloqa liniyalarini va quvurlarni, suv taʼminoti, kanalizatsiya va melioratsiya tizimlarini taʼminlashga doir majburiyat, shuningdek ulardan foydalanish imkoniyati) va qonunchilikka muvofiq boshqa talablar ham mavjud boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan davlat mulkini boshqa shaxslarga oʻtkazish koʻrsatilgan talablarning bekor qilinishiga sabab boʻlmaydi va ushbu talablar keyingi xaridorga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Xususiylashtiriladigan davlat mulkining xaridoriga qoʻyiladigan talablarni bekor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkining xaridoriga qoʻyiladigan talablarni bekor qilish yoki ularning shartlarini oʻzgartirish quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan talablarga zarurat mavjud boʻlmaganda yoki ular bekor qilinganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulki obyektidan belgilangan maqsadda foydalanib boʻlmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkining xaridoriga qoʻyiladigan talablarni bekor qilish yoki ularning shartlarini oʻzgartirish ushbu talablarni belgilash haqida qaror qabul qilgan organning qaroriga yoki sudning hal qiluv qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Xususiylashtirilgan davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqlarini roʻyxatdan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulki boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat koʻchmas mulk obyektining oldi-sotdi shartnomasi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari, xaridor hamda balansda saqlovchi ishtirokida, shu jumladan elektron shaklda tuziladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat muassasalarining, xoʻjalik jamiyatlarining ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) davlat ulushining oldi-sotdi shartnomasi vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari va xaridor oʻrtasida, shu jumladan elektron shaklda tuziladi.
(30-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomalarini roʻyxatdan oʻtkazish vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomalarida quyidagi maʼlumotlar va shartlar boʻlishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflarning nomi va manzili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomani tuzish uchun asos;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sotib olish toʻlovini amalga oshirish miqdori, tartibi va muddatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflarning majburiyatlari, shu bilan birga sotilayotgan davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqini sotuvchidan xaridorga oʻtkazish, shu jumladan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatni berish shartlari, tartibi va ketma-ketligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada koʻrsatilgan majburiyatlar bajarilmaganligi va oʻz vaqtida bajarilmaganligi yuzasidan taraflarning javobgarligi, neustoyka miqdori hamda ularni toʻlash shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirishning shartlari bajarilmagan yoki oʻz vaqtida bajarilmagan taqdirda, xaridor toʻlashi lozim boʻlgan neustoyka summasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizolarni hal qilish tartibi, shartnomani bekor qilish shartlari, qoʻllaniladigan huquq, fors-major vaziyatlar yuzaga kelgan taqdirda harakatlarni belgilash va ularni bajarish tartibi, shartnomaning tili, nusxalarning soni, shartnomaga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish shartlari, shartnomaning kuchga kirish sanasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taraflarning ilovalar tarzidagi kafolatlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasida zarur boʻlganda quyidagilar koʻrsatilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻlovlarni kechiktirish va shartnoma shartlarini bajarish davrida xaridorning xususiylashtiriladigan davlat mulkiga egalik qilish va undan foydalanish shartlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomada koʻrsatilgan shartlar bajarilishini tasdiqlash tartibi va mezonlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Balansda saqlovchi sotilgan davlat koʻchmas mulk obyektining oldi-sotdi shartnomasi imzolangan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmasi ishtirokida qabul qilish-topshirish dalolatnomasini rasmiylashtiradi va mazkur davlat koʻchmas mulk obyektini xaridorga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birja savdolarida davlat aksiyalari boʻyicha bitimlar amalga oshirilganda xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi rasmiylashtirilmaydi, birja bitimi esa oldi-sotdi shartnomasiga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Xususiylashtiriladigan davlat mulki uchun toʻlovlarni amalga oshirish tartibi va shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xaridor tomonidan sotib olinayotgan davlat mulki uchun toʻlov bir oy ichida amalga oshiriladi, bundan ushbu modda ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik hujjatlarida sotib olinayotgan davlat mulki uchun uzoqroq boʻlgan toʻlov muddati nazarda tutilgan boʻlishi mumkin, qoida tariqasida, u xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasida koʻrsatilgan sanadan eʼtiboran uch yildan koʻp boʻlmasligi kerak. Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasida birinchi toʻlov kiritilgandan keyin qolgan summani toʻlash sharti ham nazarda tutilishi kerak. Bunda, agar bir oy davomida kiritilgan birinchi toʻlov summasi xaridor tomonidan sotib olingan davlat mulki narxining oʻttiz besh foizidan kamini tashkil etsa, qolgan summaga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi miqdorida yillik foizlar hisoblanadi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlarida nazarda tutilgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toʻlov muddatlari, agar qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, savdo sanasidagi belgilangan BHMdan kelib chiqqan holda sotib olish toʻlovlarining summasiga qarab quyidagi tarzda belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BHMning uch ming baravarigacha — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran uch oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BHMning uch ming baravaridan yuqori, biroq BHMning olti ming baravaridan koʻp boʻlmaganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BHMning olti ming baravaridan yuqori, biroq BHMning oʻn ikki ming baravaridan koʻp boʻlmaganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran oʻn ikki oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BHMning oʻn ikki ming baravaridan yuqori, biroq BHMning oʻn besh ming baravaridan koʻp boʻlmaganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran oʻn sakkiz oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BHMning oʻn besh ming baravaridan yuqori, biroq BHMning oʻn sakkiz ming baravaridan koʻp boʻlmaganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran yigirma toʻrt oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BHMning oʻn sakkiz ming baravaridan yuqori, biroq BHMning yigirma ming baravaridan koʻp boʻlmaganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran oʻttiz oydan koʻp boʻlmagan muddatda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BHMning yigirma ming baravaridan yuqori boʻlganda — oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan kundan eʼtiboran oʻttiz olti oydan koʻp boʻlmagan muddatda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boʻlib-boʻlib toʻlash sharti bilan sotilayotgan davlat mulki qiymatining kamida oʻttiz besh foizi miqdoridagi dastlabki toʻlovni bir oy ichida amalga oshirgan xaridor qonunchilikda belgilangan shartlar asosida ushbu davlat mulkini kredit taʼminoti sifatida garovga qoʻyish huquqini oladi. Bunda xaridor toʻlovlarning qolgan qismi uchun tegishli sugʻurta kompaniyasining toʻlovni amalga oshirmaslikka oid sugʻurta polisini va (yoki) toʻlov majburiyatlari boʻyicha sotuvchi oldidagi majburiyatlarning bajarilishini taʼminlovchi bank kafolatini kelgusi toʻlovlar taʼminoti sifatida taqdim etadi. Boshqa hollarda davlat mulkini majburiyatlar toʻliq bajarilguniga qadar kredit boʻyicha taʼminot sifatida garovga qoʻyishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Xususiylashtirilgan davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqini rasmiylashtirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha barcha majburiyatlar bajarilganidan keyin, shu jumladan penyaning (mavjud boʻlganda) butun summasi toʻlanganda toʻlov toʻliq hajmda kelib tushgan kundan eʼtiboran besh ish kuni ichida xaridorga davlat xizmatlari markazlari orqali va (yoki) Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali vositasida QR-kod qoʻyilgan holda mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlar quyidagilardan iborat:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat koʻchmas mulk obyektlarini, davlat muassasalarini, davlat ulushlarini xususiylashtirish chogʻida ushbu Qonunning ilovasiga binoan belgilangan shakl boʻyicha vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan berilgan davlat orderi;
(32-modda ikkinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2025-yil 7-fevraldagi OʻRQ-1025-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 8-may)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatga tegishli aksiyalar sotilganda “Qimmatli qogʻozlar markaziy depozitariysi” aksiyadorlik jamiyati tomonidan beriladigan depo hisobvaragʻidan koʻchirma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqi ushbu Qonunning ilovasiga muvofiq shakldagi mulk huquqini tasdiqlovchi davlat orderi yoki depo hisobvaragʻidan koʻchirma olinganidan keyin xaridorga oʻtadi. Bunda mazkur obyekt bilan birga xaridorga obyekt egallagan va undan foydalanish uchun zarur boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkasiga boʻlgan mulk huquqi oʻtadi, bundan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq davlat mulkini xususiylashtirish subyektlari boʻlmagan shaxslar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarga xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasida nazarda tutilgan majburiyatlar toʻliq bajarilguniga qadar davlat mulkini tasarruf qilish huquqini cheklash toʻgʻrisida qaydlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkiga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni berish vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushadigan mablagʻlar jamgʻarmada jamlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarma Oʻzbekiston Respublikasining konsolidatsiyalashgan budjeti tarkibiga kiradi. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlarining asosiy parametrlari Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti toʻgʻrisidagi Qonun bilan tasdiqlanadi. Joriy moliya yilining yakuni boʻyicha mablagʻlar qoldigʻi olib qoʻyilmaydi va keyingi yilga oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaga kelib tushadigan mablagʻlarning manbalari, ularni boshqarish, taqsimlash va ulardan foydalanish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va (yoki) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi shartlarini xaridor tomonidan bajarmaslik va lozim darajada bajarmaslik oqibatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, taraflar qonunchilikka va xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha majburiyatlar xaridor tomonidan bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari xaridorga sotib olish toʻlovlarini toʻlash muddatlariga rioya etilmayotganligi va (yoki) davlat mulkini xususiylashtirishning shartlarini belgilangan muddatlarda bajarish hamda xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq axborot taqdim etish toʻgʻrisida yozma talab (xabarnoma) yuborishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi boʻyicha majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, taraflar mediatsiya tartib-taomillarini oʻtkazishi mumkin.
(34-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 17-martdagi OʻRQ-1122-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi shartlarining xaridor tomonidan bajarilishi bilan bogʻliq nizolar boʻyicha daʼvo muddati uch yilni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xaridor xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi shartlarini bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda, vakolatli davlat organiga xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasida belgilangan miqdorda neustoyka toʻlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Davlat mulkini xususiylashtirish sohasida ochiqlikni taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Davlat mulkini xususiylashtirishda ochiqlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish va uning natijalari toʻgʻrisidagi axborot vakolatli davlat organining va (yoki) uning hududiy boshqarmalarining, jalb qilingan savdolar tashkilotchisining hamda investitsiya vositachisining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi davlat mulkini xususiylashtirish dasturi toʻgʻrisidagi axborotni ushbu dastur tasdiqlangan yoki unga oʻzgartirishlar kiritilganidan keyin oʻn kun ichida oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qilishi shart. Xususiylashtiriladigan davlat mulki toʻgʻrisidagi axborot (xabarnoma) savdolar boshlanadigan sanaga yoki koʻrsatilgan davlat mulkiga oid arizalarni qabul qilish sanasi tugashiga qadar kamida oʻttiz kun oldin vakolatli davlat organining, savdolar tashkilotchisining, investitsiya vositachisining rasmiy veb-saytlarida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtiriladigan davlat mulki toʻgʻrisidagi axborot (xabarnoma) markaziy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida hamda ijtimoiy tarmoqlarda eʼlon qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini sotishga tayyorlash va sotishni tashkil etish jarayoniga jalb etilgan professional maslahatchilar toʻgʻrisidagi axborot uch ish kuni ichida vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabarnomada vakolatli davlat organi va (yoki) uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadigan, xususiylashtiriladigan davlat mulki toʻgʻrisidagi maʼlumotlar (davlat mulkining turiga, vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan belgilanadigan faoliyat yoʻnalishiga, shuningdek sohalariga, korxonaning moliyaviy koʻrsatkichlariga, yer uchastkasining maydoniga, binolar va inshootlarning maydoniga, texnik holatiga, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari bilan taʼminlanganligiga qarab va hokazo), savdolar oʻtkaziladigan sana, savdolarning predmeti va ularni oʻtkazish tartibi, savdolarda ishtirok etish uchun arizani rasmiylashtirish tartibi, davlat mulki xususiylashtirilishida talabgorlar uchun belgilangan mezonlar, shuningdek, agar nazarda tutilgan boʻlsa, boshlangʻich narx haqidagi maʼlumotlar hamda boshqa shartlar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdolarning natijalari toʻgʻrisidagi axborot (shu jumladan xaridor toʻgʻrisidagi axborot: jismoniy shaxs uchun — familiyasi, ismi, otasining ismi, yuridik shaxs uchun — nomi, davlat mulkini sotib olish narxi va bitimning boshqa muhim shartlari) vakolatli davlat organi, savdolar tashkilotchisi va investitsiya vositachisi tomonidan bitim tuzilgan sanadan eʼtiboran uch ish kuni ichida ommaviy savdolar oʻtkazilishi toʻgʻrisidagi xabar avval eʼlon qilingan aynan oʻsha ommaviy axborot vositalarida, shuningdek rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xaridor va xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasi toʻgʻrisidagi axborotni oshkor qilishda xaridor bilan tuzilgan axborotni oshkor qilmaslik haqidagi shartnoma shartlariga rioya etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish dasturi bajarilishining borishi, shu jumladan davlat mulkini sotish usullari, davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan pul mablagʻlari, bitimlarning muhim shartlari haqidagi hisobotlar vakolatli davlat organi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan har chorakda ommaviy axborot vositalarida, shuningdek vakolatli davlat organining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish natijalari hamda har bir davlat mulki boʻyicha sotish jarayonlarining borishi toʻgʻrisidagi hisobot vakolatli davlat organining va (yoki) uning hududiy boshqarmalarining rasmiy veb-saytida oʻn kunlik muddatda eʼlon qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi hisobotni oshkor qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli davlat organi har yili 1-aprelga qadar oʻtgan yil uchun davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotni oʻzining rasmiy veb-saytida eʼlon qiladi. Unda oʻtgan yil uchun davlat mulkini xususiylashtirish natijalari, davlat mulkini xususiylashtirishdan olingan pul mablagʻlari, shuningdek joriy yildagi, shu jumladan yaqin kelajakka moʻljallangan maqsadli koʻrsatkichlar, davlat mulkini xususiylashtirish sohalari va yoʻnalishlari toʻgʻrisidagi axborot aks ettirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Xususiylashtirish jarayonlarining monitoringini oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollarda, sotib olish narxining toʻlovi, xususiylashtiriladigan davlat mulki oldi-sotdi shartnomasining shartlari xaridor tomonidan bajarilishi ustidan nazorat oldi-sotdi shartnomasiga muvofiq vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majburiyatlarning xaridor tomonidan bajarilishi yuzasidan monitoring xaridor shartlarni toʻliq bajarguniga qadar amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish jarayonlari yuzasidan monitoring oʻtkazish maqsadida vakolatli davlat organi yoki uning hududiy boshqarmalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini xususiylashtirish shartlari xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasida belgilangan muddatlarda bajarilishi monitoringini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomalari bajarilmaganligi sabablari haqidagi axborotni xaridordan soʻrab oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomalarida koʻrsatilgan shartlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan taqdirda, ushbu shartnomalarda nazarda tutilgan choralarni koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi xalqaro hamkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi xalqaro hamkorlik Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Xususiylashtirilgan davlat mulkining kafolatlari va himoya qilinishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirish jarayonida yuzaga kelgan xususiy mulk daxlsizdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor oʻz mol-mulkidan qonunda nazarda tutilgan hollardan va tartibdan tashqari hamda sudning qaroriga asoslanmagan holda mahrum etilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sobiq mulkdorlarning huquqlari sud tomonidan tiklangan taqdirda, ushbu Qonun talablariga muvofiq xususiylashtirilgan, sudning hukmiga, hal qiluv qaroriga (qaroriga) asosan davlat daromadiga oʻtkazilgan yoki ixtiyoriy ravishda oʻtkazilgan jismoniy va yuridik shaxsning mulkini natura shaklida qaytarishga yoʻl qoʻyilmaydi, mazkur mulkning bozor qiymati esa jamgʻarmaning boshqa davlat mulkini sotishdan kelib tushgan mablagʻlari hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish sohasidagi nizolar qonunchilikda belgilangan tartibda hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining quyidagi qonun hujjatlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 15-noyabrda qabul qilingan “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-728-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, № 11, 1060-modda, № 6, 577-modda) quyidagi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-moddaning ikkinchi xatboshisidagi “elektron onlayn-auksionga” degan soʻzlar “qonunchilikda belgilangan tartibda ommaviy savdolarga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-moddaning ikkinchi qismi “elektron onlayn-auksionga” degan soʻzlardan keyin “yoki boshqa ommaviy savdolarga” degan soʻzlar bilan toʻldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasining 2023-yil 9-martda qabul qilingan “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-821-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2023-yil, № 3, 183-modda) 8-moddasining ikkinchi qismidagi “(auksionlar, tanlovlar yoki muzokaralarga ommaviy taklif etish yoʻli bilan)” degan soʻzlar “(auksionlar, tanlovlar, muzokaralarga ommaviy taklif etish yoʻli bilan va boshqalar) hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) Oʻzbekiston Respublikasining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi 425-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 43-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1991-yil 19-noyabrda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 426-XII-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-yil, № 1, 44-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) Oʻzbekiston Respublikasining 1993-yil 7-mayda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 852-XII-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 5, 236-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 2022-XII-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-yil, № 11-12, 285-modda) X boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) Oʻzbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 118-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda) XI boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 549-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 3, 38-modda) III boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 25-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 729-I-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1999-yil, № 1, 20-modda) I boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 13-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 447-II-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 1, 8-modda) II boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yil 3-aprelda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga oʻzgartishlar kiritish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish masalalariga oid ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi OʻRQ-27-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 4, 153-modda) 1-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yil 17-sentabrda qabul qilingan “Baholash faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-257-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2010-yil, № 9, 337-modda) 1-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 13-aprelda qabul qilingan “Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasiga oʻzgartishlar kiritish haqida”gi OʻRQ-281-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2011-yil, № 4, 97-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) Oʻzbekiston Respublikasining 2012-yil 29-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-345-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2012-yil, № 12, 336-modda) 1-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13) Oʻzbekiston Respublikasining 2014-yil 20-yanvarda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-365-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2014-yil, № 1, 2-modda) 1-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14) Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-416-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2016-yil, № 12, 383-modda) 3-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15) Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyunda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-436-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2017-yil, № 6, 300-modda) 3-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Ayrim davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi, shuningdek fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini himoya qilish kafolatlarini taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-456-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 1, 1-modda) 2-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17) Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 18-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-476-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2018-yil, № 4, 224-modda) 3-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 18-fevralda qabul qilingan “Xavfsizlik va mudofaa sohasidagi baʼzi davlat organlari faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-522-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 2, 47-modda) 3-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoatchilik nazoratini kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-559-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 8, 470-modda) 1-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 3-dekabrda qabul qilingan “Mehnatga haq toʻlash, pensiyalar va boshqa toʻlovlar miqdorlarini aniqlash tartibi takomillashtirilganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-586-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 880-modda) 1-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21) Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 24-dekabrda qabul qilingan “Baʼzi davlat organlarining faoliyati takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-597-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2019-yil, № 12, 891-modda) 1-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22) Oʻzbekiston Respublikasining 2020-yil 6-yanvarda qabul qilingan “Davlat boji toʻgʻrisida”gi OʻRQ-600-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020-yil, № 1, 1-modda) 28-moddasining 1-bandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23) Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-aprelda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-683-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2021-yil, 4-songa ilova) 11-moddasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24) Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 17-mayda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasida tibbiy-ijtimoiy xizmatlar tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-770-sonli Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2022-yil, № 5, 464-modda) 2-moddasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Ushbu Qonunning ijrosini, yetkazilishini, mohiyati va ahamiyati tushuntirilishini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning amal qilishi u kuchga kirguniga qadar davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisidagi xabarnomalar joylashtirilgan yoki xususiylashtiriladigan davlat mulkining oldi-sotdi shartnomasini tuzish haqidagi takliflar (ofertalar) yuborilgan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2024-yil 14-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻRQ-907-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davlat mulkini xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

TITUL VARAGʻI

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI DAVLAT AKTIVLARINI BOSHQARISH AGENTLIGI

DAVLAT MULKIGA (KOʻCHMAS MULK OBYEKTI, KORXONA, MUASSASA VA YURIDIK SHAXSNING USTAV FONDIDAGI

(USTAV KAPITALIDAGI) DAVLAT ULUSHI) MULK

HUQUQINI TASDIQLOVCHI DAVLAT ORDERI

(Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi fonida oltin rangli bosma harflar bilan yoziladi)

_ _ _ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _

ORDERNING BIRINCHI ICHKI TOMONI

MULK HUQUQINI TASDIQLOVCHI

DAVLAT ORDERI № _______________

Mulkdorning nomi ________________________________________________________________________________________________________

(nodavlat yuridik shaxsning nomi yoki jismoniy shaxsning F.I.Sh.)

_____________________________________________________________________________________________________________________________ ga

Mulkdorning manzili (yashash joyi) __________________________________________________________________________________________

________________________________________________________________________________________________________________________________

Pasport seriyasi _____________ raqami ________________________________ kim tomonidan va qachon berilgan ________________________________________________________________________________________________________________________________

(jismoniy shaxslar uchun)

________________________________________________________________________________________________________________________________

JSHSHIR _____________________________ STIR _________________________

____________________ (jismoniy shaxslar uchun) __________ (nodavlat yuridik shaxslar uchun)

________________________________________________________________________________________________________________________________

(summa raqam va soʻz bilan yoziladi)

_____________________________________________________________________________________________________________________qiymatidagi

________________________________________________________________________________________________________________________________

(xususiylashtirilgan davlat mulki nomi va (yoki) ulushning miqdori (foizda))

___________________________________________________________________________________________________________ga mulk huquqi berildi.

Ushbu order _______________________________________________________________________________________________________________

(ushbu orderni bergan davlat organining nomi)

__________________________________________________________________________________________________________ga asosan berildi.

(orderni berish asosi)

Order berilgan va roʻyxatdan oʻtkazilgan sana ______________________________

Agentlik direktori (direktor oʻrinbosari)

(hududiy boshqarma boshligʻi)

_________________

__________ (F.I.Sh.)

QR-kod

_ _ _ _ _ _ _ _ _ __ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _

ORDERNING IKKINCHI ICHKI TOMONI

Boʻlishi mumkin boʻlgan oʻzgarishlar haqidagi qaydlar

________________________________________________________________________________

(faqat order bergan davlat organi tomonidan kiritiladi)

(Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2024-y., 03/24/907/0127-son; 23.01.2025-y., 03/25/1021/0063-son; 07.02.2025-y., 03/25/1025/0116-son; 17.03.2026-y., 03/26/1122/0250-son; 17.08.2026-y., 03/26/1168/0851-son)