Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
PORTLOVCHI MODDALAR VA PORTLATISH VOSITALARINI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIGA OLIB KIRISH, TRANSPORTDA TASHISH, SAQLASH VA ULARDAN FOYDALANISH TARTIBINI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
[Koʻchirma]
Portlovchi moddalar va portlatish vositalarining (keyingi oʻrinlarda matnda “portlovchi moddalar” deb yuritiladi) xavfsizligini taʼminlash, ularni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish, transportda tashish, saqlash va ulardan foydalanish tartibini takomillashtirish hamda ushbu materiallar jinoyat maqsadlarida oʻgʻirlanishi, talon-toroj qilinishi, foydalanilishining oldini olish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar roʻyxati 1-ilovaga muvofiq;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
2. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
sanoat maqsadidagi portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirish portlovchi moddalar aylanmasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
Oldingi tahrirga qarang.
portlovchi materiallarni Oʻzbekiston Respublikasiga jismoniy shaxslar tomonidan olib kirish, shu jumladan kuzatilmaydigan bagajda olib kirish taqiqlanadi;
portlovchi moddalarni (olib kirishga ruxsatnoma mavjud boʻlganda) transport vositalari Oʻzbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan oʻtkazish punktlari orqali ustuvor tartibda (navbatsiz) oʻtkaziladi;
portlovchi materiallarni bojxonada tekshirish faqat maxsus jihozlangan joylarda (portlovchi materiallarni saqlash omborlarida) amalga oshiriladi;
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan uchinchi, toʻrtinchi va beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 503-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son)
portlovchi moddalar maxsus jihozlangan avtotransport vositalari va temir yoʻl vagonlarida faqat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining qurollangan boʻlinmalari soqchiligi ostida tashiladi;
portlovchi moddalarni Oʻzbekiston Respublikasi havo kengligida fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan tashish qatʼiyan taqiqlanadi. Istisno hollarda bunday tashish fuqaro aviatsiyasining havo kemalari bilan xavfsizlikning zarur chora-tadbirlariga rioya qilingan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining alohida qarori boʻyicha amalga oshirilishi mumkin;
Oldingi tahrirga qarang.
uzoq vaqt saqlanadigan portlovchi materiallar omborlari Ichki ishlar vazirligining boʻlinmalari tomonidan qoʻriqlanadi, qisqa muddatli, koʻchma sarflash va yer osti omborlari Ichki ishlar vazirligi boʻlinmalari yoki idoraviy jihatdan tegishli boʻlmagan harbiylashtirilgan qoʻriqlash xizmati tomonidan qoʻriqlanishi mumkin;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 630-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son)
Oldingi tahrirga qarang.
portlovchi moddalarni hisobga olish, saqlash, transportda tashish va ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda Ichki ishlar vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
(2-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining avval chiqarilgan qarorlariga muvofiq tuzilgan portlovchi materiallarni xarid qilish va olib kirishga kontraktlar ular boʻyicha majburiyatlar bajarilgunga qadar amal qiladi.
3. Zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalarini Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish va ulardan portlatish ishlarini bajarishda foydalanish taqiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Elektromagnit moslik markazi tomonidan ruxsat berilgan chastotada ishlash sharti bilan Muruntov konida quduq zaryadlari bloklarini masofadan turib boshqarishga maxsus moʻljallangan “Druza-M” tipidagi portlatish apparatini olib kirishga istisno tariqasida ruxsat berilsin.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Navoiy kon-metallurgiya kombinati rahbariyatiga (N.I. Kucherskiy) xavfsizlik chora-tadbirlariga rioya qilgan holda mazkur apparatni olib kirish, hisobga olish, saqlash va undan maqsadli foydalanish uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Ichki ishlar vazirligi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Togʻ-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi bilan birgalikda Navoiy kon-metallurgiya kombinatidagi mavjud “Druza-M” tipidagi zaryadni masofadan turib (kontaktsiz) portlatish qurilmalari saqlanishi va ulardan maqsadli foydalanilishi uchun qatʼiy nazoratni taʼminlasin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 2-maydagi 289-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
6. “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi (R.T. Saidov) Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekiston havo yoʻllari” milliy aviakompaniyasi, Parvozlar xavfsizligini nazorat qilish davlat inspeksiyasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi, Davlat geologiya qoʻmitasi, “Oʻzavtoyoʻl” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi, “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” ochiq aksiyadorlik jamiyati, “Oʻzbekportlatishsanoat” ochiq aksiyadorlik jamiyati bilan birgalikda zamonaviy talablarni va shart-sharoitlarni hisobga olgan holda:
bir oy muddatda — Portlovchi materiallarni ishlab chiqarish, sotib olish, saqlash, transportda tashish, ulardan foydalanish va ularni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hududida portlovchi materiallarni tashish qoidalarini (ularda mutaxassislarga qoʻyiladigan ishlab chiqarish talablari va ishga qoʻyishni rasmiylashtirish tartibi nazarda tutilsin);
2005-yil 1-yanvargacha — Portlatish ishlarini bajarishda xavfsizlikning yagona talablarini ishlab chiqsin hamda belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Ikki oy muddatda portlovchi materiallarni ishlab chiqaradigan yoki ulardan foydalanadigan korxonalarda portlovchi materiallar, portlatish qurilmalarini tashish, saqlash va portlatish ishlarini amalga oshirishga qoʻyilgan xodimlar attestatsiyadan oʻtkazilsin.
8. Adliya vazirligi (A.A. Polvon-zoda) vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarni mazkur qaror talablariga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashi Kotibi R. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 6-may,
213-son
Vazirlar Mahkamasining
2004-yil 6-maydagi 213-son qaroriga
1-ILOVA
2004-yil 6-maydagi 213-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasiga olib kirishda nazorat qilinadigan sanoat maqsadidagi portlovchi materiallar roʻyxati
|
T/r |
Nomi |
TIF TN |
|
1. |
Tetril (ammoniy nitriti) va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa nitritlar | 283410000 dan |
|
2. |
Ten (pentaeritrittetranitrat) va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa nitritlar | 283429800 dan |
|
3. |
Cimobli portlovchi modda (simob fulminati) va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa fulminatlar | 283800000 dan |
|
4. |
Trotil, granutol, trinitrotoluol va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa nitritlashgan yoki nitritlashtirilgan hosila uglevodorodlar | 290420000 dan |
|
5. |
Trinitrofenol (pikrin kislotasi) va boshqa portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan nitritlashtirilgan hosila fenollar yoki fenol spirtlar | 290890000 dan |
|
6. |
Geksogen, trimetilentrinitramin va portlovchi moddalar xossalariga ega boʻlgan boshqa geterotsiklik birikmalar | 293369100 dan |
|
7. |
Porox | 360100000 |
|
8. |
Tayyor portlovchi moddalar, poroxdan tashqari | 360200000 |
|
9. |
Bikford piltasi; portlovchi piltalar; | 360300100 |
|
10. |
Bikfordlarning boshqa piltalari; portlovchi piltalar; zarbali yoki portlatuvchi pistonlar; zapallar; elektrodetonatorlar | 360300900 |
|
11. |
Boshqa signal rakatelari, yomgʻir yogʻdiriladigan raketalar, tumanga qarshi signallar va mushakbozlikning boshqa bumlari | 360490000 |
Izoh: Roʻyxatda tovarlar faqat Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN boʻyicha tovar kodi bilan belgilanadi.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining TIF TN boʻyicha tovar kodiga “dan” qoʻshimchasi qoʻshilsa, bu portlovchi materiallarga tegishli deb topish faqat ikkinchi ustunda nomma-nom qayd etilgan tovarlarga nisbatan qoʻllanilishini koʻrsatadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabrdagi 809-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 19-son, 219-modda; 2008-y., 19-son, 161-modda; 2010-y., 51-son, 486-modda; 2012-y., 38-son, 436-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 34-son, 458-modda; 2015-y., 26-son, 338-modda; 2016-y., 25-son, 308-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 05.07.2018-y., 09/18/503/1458-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son, 09.10.2018-y., 09/18/809/2017-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2022-y., 09/22/630/0980-son; 05.05.2025-y., 09/25/289/0406-son)