1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Umumiy masalalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TADBIRKORLIK FAOLIYATI ERKINLIGINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 2-maydagi O‘RQ-328-sonli “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuniga muvofiq yangi tahrirda tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Qonunning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari fuqarolarning tadbirkorlik faoliyatida erkin ishtirok etishi va manfaatdorligi uchun kafolatlar hamda sharoitlar yaratishdan, ularning ishchanlik faolligini oshirishdan, shuningdek tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Notijorat tashkilotlarga nisbatan ushbu Qonun ular faoliyatining o‘z xususiyatiga ko‘ra tadbirkorlikdan iborat bo‘lgan qismiga tatbiq etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari bilan bog‘liq munosabatlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Tadbirkorlik faoliyati tushunchasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati subyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va o‘z mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.03.00 Yakka tartibdagi tadbirkorlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari (tadbirkorlik subyektlari) belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi nizomga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subyektlari bo‘lishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-sentabrdagi 414-son “Budjet tashkilotlarini mablag‘ bilan ta’minlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan budjet tashkilotlari faoliyat turi bo‘yicha tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan, foydalanilmayotgan binolarni va davlatning boshqa mol-mulkini boshqa tashkilotlarga ijaraga berishdan qo‘shimcha daromad olishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 6-martdagi 103-son “Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi taqiqlangan mansabdor shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Kichik tadbirkorlik subyektlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik tadbirkorlik subyektlari quyidagilardir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma kishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi va boshqa noishlab chiqarish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan o‘n kishi, ulgurji va chakana savdo hamda umumiy ovqatlanish tarmoqlaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan besh kishi bo‘lgan mikrofirmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi tarmoqlardagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yengil va oziq-ovqat sanoatidagi, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochsozlik, mebel sanoati hamda qurilish materiallari sanoatidagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yuz kishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jalik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat-ishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan ellik kishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohalari (sug‘urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa noishlab chiqarish sohalaridagi, band bo‘lgan xodimlarining o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan yigirma besh kishi bo‘lgan kichik korxonalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik tadbirkorlik subyektlari xodimlarining o‘rtacha yillik soni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda aniqlanadi. Bunda unitar (shu’ba) korxonalarda, filiallarda va vakolatxonalarda ishlovchilarning soni ham hisobga olinadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun Yollanib ishlovchilarning soni va ish haqi statistikasi bo‘yicha Yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 788, 30.07.1999-y.)ga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Faoliyatning bir necha turini amalga oshiruvchi (ko‘p tarmoqli) yuridik va jismoniy shaxslar yillik oborot hajmida ulushi eng ko‘p bo‘lgan faoliyat turi mezonlari bo‘yicha kichik tadbirkorlik subyektlariga kiradi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar yuqorida sanab o‘tilgan tijorat tashkilotlariga ular tomonidan vakolatli tashkilotlarga (davlat soliq, bojxona xizmati organlari, davlat statistika organlari, banklar va boshqalarga) imtiyozlar, kafolatlar va huquqlar xususiyatidan kelib chiqib, kichik tadbirkorlik subyektlari ekanligi haqida xabarnoma taqdim etgan holda qilingan murojaatlar asosida beriladi. Xabarnomaning to‘g‘riligi uchun javobgarlik xabarnomani taqdim etgan subyektlar zimmasiga yuklatiladi.
(5-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuniga muvofiq to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mikrofirma va kichik korxona xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik sonini oshirib yuborgan taqdirda, oshirib yuborishga yo‘l qo‘yilgan davr uchun va keyingi uch oyga ular qonun hujjatlarida nazarda tutilgan imtiyozlar, kafolatlar va huquqlardan mahrum etiladi. Ushbu qoida quyidagi hollarda tatbiq etilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mikrofirma va kichik korxona O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylarining hamda oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchilari bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band bo‘lgan xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 20 foiz oshirilganda. Xodimlar sonining oshirilishiga O‘zbekiston Respublikasi kasb-hunar kollejlari, akademik litseylari va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining o‘qishni tugallagan kunidan boshlab uch yildan ortiq vaqt o‘tmagan taqdirda yo‘l qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kichik korxona o‘z uyida ishlayotgan fuqarolar (kasanachilar) bilan mehnat shartnomalari tuzganda, band bo‘lgan xodimlarning belgilangan o‘rtacha yillik soni ko‘pi bilan 30 foiz oshirilganda.
(5-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 13-dekabrdagi O‘RQ-265-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 50-son, 469-modda)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.02.00.00 Fuqarolar (jismoniy shaxslar) / 03.02.03.00 Fuqarolarning tadbirkorlik faoliyati (yakka tartibdagi tadbirkor)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi tadbirkorlik — yuridik shaxs tashkil etmagan holda jismoniy shaxs (yakka tartibdagi tadbirkor) tomonidan tadbirkorlik faoliyatining amalga oshirilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi tadbirkorlik yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan xodimlarni yollash huquqisiz, mulk huquqi asosida o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida, shuningdek mol-mulkka egalik qilish va (yoki) undan foydalanishga yo‘l qo‘yadigan o‘zga ashyoviy huquq tufayli o‘ziga tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida mustaqil ravishda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 165-moddasiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi tadbirkorlikni amalga oshirish uchun er-xotindan biri er-xotinning umumiy birgalikdagi mol-mulkidan foydalanadigan hollarda, agar qonunlarda, nikoh shartnomasida yoki er-xotin o‘rtasidagi o‘zga kelishuvda boshqacha qoida nazarda tutilgan bo‘lmasa, erning (xotinning) roziligi talab qilinadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 24-moddasiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Jismoniy shaxslarning yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar yuridik shaxs tashkil etmagan holdagi birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini quyidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
er-xotinning umumiy mol-mulki negizida ular tomonidan amalga oshiriladigan oilaviy tadbirkorlik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oddiy shirkat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xo‘jaligi shakllarida amalga oshirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Er-xotinga umumiy birgalikdagi mulk huquqida tegishli bo‘lgan mol-mulk negizida oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, ish muomalalarida er-xotin nomidan erning yoki xotinning roziligi bilan ulardan biri ishtirok etadi, bu rozilik yakka tartibdagi tadbirkor ro‘yxatdan o‘tkazilayotganda tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati obyekti sifatida uy-joydan foydalanish bilan bog‘liq oilaviy tadbirkorlik amalga oshirilayotganida, uy-joy mulkdorlaridan birining ish muomalalariga kirishishi oilaning voyaga yetgan boshqa a’zolarining notarial tasdiqlangan roziligi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslar faqat yakka tartibdagi tadbirkorlar tariqasida davlat ro‘yxatidan o‘tganlaridan keyin ular birgalikdagi tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tuziladigan oddiy shirkat shartnomasi taraflari bo‘lishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi va oddiy shirkatni tuzish, ularning faoliyat yuritishi va faoliyatini tugatish bilan bog‘liq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari quyidagilarga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq o‘ziga tegishli mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mustaqil ravishda ishlab chiqarish dasturini shakllantirish, mahsulot yetkazib beruvchilarni va o‘z mahsulotining (ishlari, xizmatlarining) iste’molchilarini tanlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish va uni o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish, tovarlar (ishlar, xizmatlar) bozorida ustun mavqeni egallab turgan tadbirkorlik faoliyati subyektlari bundan mustasno;
LexUZ sharhi
“Tovar bozorlari chegarasini aniqlash va xo‘jalik yurituvchi subyektni monopolist deb tan olish tartibi to‘g‘risida Nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror (ro‘yxat raqami 1014, 09.03.2001-y.)ga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mahsulotini (ishlari, xizmatlarini), ishlab chiqarish chiqindilarini bozor konyunkturasidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilanadigan narxlar va tariflar bo‘yicha yoki shartnoma asosida realizatsiya qilish, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-oktabrdagi 239-sonli “Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga tartibga solinadigan narxlar (tariflar)ni deklaratsiya qilish (tasdiqlash) va belgilash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar, inshootlar, uskunalar va boshqa mol-mulkni olish va (yoki) ijaraga olish, shu jumladan lizing yo‘li bilan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zlari tuzgan shartnomalardan kelib chiqadigan majburiyatlarni bajarishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yollash asosida jalb etilgan xodimlar bilan o‘z vaqtida hisob-kitob qilishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfsizlik, ekologiya, sanitariya, gigiyena va mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
realizatsiya qilinadigan tovarlar uchun qonun hujjatlariga muvofiq sertifikatlarga ega bo‘lishlari;
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi Qonunining 10—16-moddalari, shuningdek O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish agentligi bosh direktorining 2005-yil 7-sentabrdagi 340-sonli “Majburiy tartibda sertifikatlanadigan bir turdagi mahsulotlarning alohida turlarini sertifikatlash qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi buyrug‘iga qarang (ro‘yxat raqami 1513, 2005-yil 28-sentabr).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta manzili va boshqa rekvizitlari o‘zgarganligi to‘g‘risida tegishli davlat organlarini o‘z vaqtida xabardor qilishlari;
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi Nizomning 36-bandiga muvofiq, tadbirkorlik subyektlari o‘z pochta manzili o‘zgargan taqdirda o‘n kun muddatda bu haqda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlarni yozma ravishda xabardor qilishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya, tezkor va statistika hisobini qonun hujjatlari talablariga muvofiq yuritishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyatlari to‘g‘risidagi hisobotlarni tegishli organlarga belgilangan tartibda va muddatlarda taqdim etishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.10.00 Tadbirkorlar birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar va b.) / 09.01.10.02 Tadbirkorlarning boshqa birlashmalari (uyushmalar, assotsiatsiyalar, jamg‘armalar va b.)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari o‘z huquqlarini hamda manfaatlarini himoya qilish maqsadlarida qonunga muvofiq uyushmalar (ittifoqlar) va boshqa birlashmalarga birlashishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining birlashmalarini tuzish, ularning faoliyat yuritishi, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bog‘liq munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 22-martdagi 153-son qarori bilan tasdiqlangan “Yuridik shaxslar birlashmalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish haqida”gi Nizomga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRISh ASOSLARI
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.02.00 Tadbirkorlik subyektlari. Tadbirkorlik subyektlarini ro‘yxatga olish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini ro‘yxatga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tegishli davlat organi tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va muddatlarda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-maydagi PQ-357-sonli qarori bilan tasdiqlangan qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatiga olish va hisobga qo‘yishning xabardor qilish tartibini joriy etish to‘g‘risida”gi nizomga qarang.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar ariza beruvchiga tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni uni tashkil etish maqsadga muvofiq emas degan vaj bilan rad etishga yoki qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha talablarni belgilashga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ariza beruvchini tadbirkorlik faoliyati subyekti tariqasida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni rad etganlik, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazish muddatlarini buzganlik ustidan sudga shikoyat qilish mumkin. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organning qarori, shuningdek mazkur organ mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) sud tomonidan qonunga xilof deb topilgan taqdirda ular ariza beruvchiga ro‘yxatdan o‘tkazishni rad etganlik yoki ro‘yxatdan o‘tkazish muddatini buzganlik tufayli yetkazilgan zararning o‘rnini qoplaydilar va ma’naviy zarar uchun tovon to‘laydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 30-apreldagi 621-II-son Qonuniga muvofiq chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 25-son, 287-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.06.00 Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash. Ruxsat berish (shuningdek, 02.08.06.00ga qarang) / 09.01.06.01 Umumiy qoidalar. Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan faoliyat turlari]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Litsenziyalanishi lozim bo‘lgan tadbirkorlik faoliyatining turlari qonunlar bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-son “Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlarini litsenziyalash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
“O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 50-moddasiga muvofiq, banklar va kredit uyushmalarini ro‘yxatga olish, shuningdek banklar, kredit uyushmalari va garovxonalarga litsenziyalar berish Markaziy bank tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi Qonunining 3-moddasiga muvofiq, notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziya berish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Tadbirkorlik faoliyatining mulkiy asosi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati tadbirkorlik subyektlarining o‘z mol-mulki asosida va (yoki) jalb etilgan mol-mulk asosida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishiga asos va vosita bo‘lgan mol-mulk, shu jumladan mulkiy huquqlar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda huquqlarning belgilanishi, o‘zgartirilishi va bekor bo‘lishi bilan bog‘liq oldi-sotdi, garov, ijara va boshqa bitimlar obyekti bo‘lishi mumkin.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.13.00 Kredit (shuningdek, 07.22.00.00, 07.23.00.00 larga qarang);
2.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.02 Majburiy sug‘urta;
3.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sug‘urta / 03.11.22.03 Ixtiyoriy sug‘urta;
4.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.01.00 Umumiy masalalar]
[TSZ:
1.Moliya / Banklar va boshqa kredit muassasalari. Kreditlar;
2.Moliya / Sug‘urta]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash va sug‘urta qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini kreditlash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga kredit berilayotganda bank muassasalari, boshqa kredit yoki sug‘urta tashkilotlari kafil bo‘lishlari mumkin. To‘lovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda kafil bo‘lishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi Qonunining 18-moddasiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyekti kredit shartnomalari bo‘yicha majburiyatlarni ta’minlash tariqasida o‘z mol-mulkidan, shu jumladan ashyolari va mulkiy huquqlaridan, shuningdek o‘zi olgan kreditni to‘lay olmaslik xavfi sug‘urtasi to‘g‘risidagi sug‘urta polisidan foydalanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda imtiyozli kreditlanish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
“Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1548, 21.02.2006-y.) va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 195-son qarori bilan tasdiqlangan “Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi hisobidan kredit berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini sug‘urta qilish sug‘urta tashkilotlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(16-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.08.00.00 Iqtisodiyot, ijtimoiy-madaniy qurilish sohasidagi davlat boshqaruvining umumiy masalalari / 02.08.07.00 Hisob. Hisobot. Statistika (shuningdek, 07.29.00.00 ga qarang);
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.14.00.00 Soliq to‘lovchilarning hisobi. Soliq hisoboti;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.29.00.00 Buxgalteriya hisobi. Moliyaviy hisobot / 07.29.02.00 Asosiy vositalarning hisobi]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Hisobga olish, statistika va hisobot]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Hisob va hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari hisob va hisobotni qonun hujjatlariga muvofiq yuritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik tadbirkorlik subyektlari faqat davlat statistika organlari hamda soliq organlariga belgilangan shaklda hisobot taqdim etadilar.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 23-fevraldagi 65-son “Kichik biznes korxonalarining hisobot berishini qisqartirish va tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston Respublikasi Buxgalteriya hisobining Milliy standarti “Kichik tadbirkorlik subyektlari tomonidan soddalashtirilgan tartibda hisob yuritish va hisobotlar tuzish to‘g‘risida”gi 20-son BXMS (ro‘yxat raqami 879, 24.01.2000-y.)ga qarang.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruv organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilmagan qo‘shimcha hisobot turlarini belgilash man etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.08.00 Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyati kafolatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARI HUQUQLARINING KAFOLATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining konstitutsiyaviy kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini va huquqiy jihatdan bab-baravar muhofaza etilishini kafolatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlarga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Tadbirkorlik subyektlarining qonun hujjatlarida man etilmagan har qanday faoliyatni amalga oshirish erkinligi kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs bo‘lmish tadbirkorlik faoliyati subyektlarining muassislari ta’sis hujjatlarida faoliyatning asosiy turlarini sanab o‘tish bilan kifoyalanishga haqli. Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan va ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilmagan har qanday faoliyat turi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shug‘ullanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Tadbirkorlik subyektlarining o‘z mahsuloti (ishlari, xizmatlari) va daromadlarini (foydani) tasarruf etish erkinligi kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotning (bajargan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlarning) hamda ularni realizatsiya qilishdan olgan daromadlarining (foydaning) mulkdoridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha ishlab chiqarish xarajatlari qoplanib, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘langanidan keyin qolgan daromadi (foydasi) ular tomonidan ixtiyoriy ravishda ishlatiladi, sud tartibidagi majburiy undiruv hollari bundan mustasno.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Pul mablag‘larini tasarruf etish kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘z pul mablag‘larini mustaqil ravishda tasarruf etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank muassasalari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining pul mablag‘laridan foydalanish yo‘nalishlarini belgilab berish va nazorat qilishga hamda pul mablag‘larini o‘z ixtiyoriga ko‘ra tasarruf etish borasidagi huquqlarini qonunda yoki bank hisobvarag‘i shartnomasida nazarda tutilmagan boshqa cheklashlarni belgilashga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ularga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasalari hisobvaraqlaridagi mablag‘lari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda naqd pul shaklida olinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 22-iyundagi 264-sonli “Naqd pul muomalasini mustahkamlash va tijorat banklarining mas’uliyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda 2002-yil 5-avgustdagi 280-sonli “Pul mablag‘larining bankdan tashqari muomalasini yanada qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlariga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyat erkinligi kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatni mustaqil tarzda amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi valyuta hisobvaraqlarini ochish va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi. Tovarlarni import qiluvchi yakka tartibdagi tadbirkorlarning tashqi iqtisodiy aloqalar ishtirokchisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilganligi ham bunday tadbirkorlarga tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish uchun asos bo‘ladi.
(22-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 3-dekabrdagi 714-II-son Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlari kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mulki daxlsizdir va qonun bilan muhofaza qilinadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mol-mulk mulkdori o‘z mol-mulkiga nisbatan qonunga zid bo‘lmagan har qanday harakatni qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektidan mulkni olib qo‘yishga, uning boshqa ashyoviy huquqlarini bekor qilishga, shuningdek bunday huquqlarni cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 199-moddasiga muvofiq, mol-mulkni mulkdordan olib qo‘yishga qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va tartibda mulkdorning majburiyatlari bo‘yicha undiruv ana shu mol-mulkka qaratilgan taqdirda, shuningdek natsionalizatsiya qilish, rekvizitsiya va musodara qilish tartibida yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ashyoviy huquqlari qonunlarda nazarda tutilgan tartibda himoya qilinadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 19-bobi (228—233-moddalari)ga qarang. (Mulk huquqini va boshqa ashyoviy huquqlarni himoya qilish).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Fermer xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarga fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari ellik yilgacha bo‘lgan, lekin o‘n yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasi yoki uning bir qismini olib qo‘yishga faqat yer to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot olish uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 37-38-moddalariga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasining ijara shartnomasi taraflarning kelishuviga binoan, taraflar o‘rtasida kelishuvga erishilmagan taqdirda esa sud tomonidan o‘zgartirilishi yoki bekor qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xo‘jaligi tugatilgan taqdirda uni yuritish uchun berilgan yer uchastkasining ijara shartnomasi qonunda belgilangan tartibda bekor qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36-moddasiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan foydalanish huquqi kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquqlari va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilab qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligiga berilgan tomorqa yer uchastkasi bo‘linmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomorqa yer uchastkasining o‘lchamlari va chegarasi faqat dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligining yer uchastkasini olib qo‘yishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shunga teng boshqa yer uchastkasi berilib, buzib tashlanayotgan binolar va inshootlar qiymati qoplanganidan yoki boshqa joyga ko‘chirilganidan yoxud boshqa bino va inshootlar qurib berilganidan keyingina yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 41-moddasiga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 97-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun yer uchastkalarining olib qo‘yilishi munosabati bilan fuqarolarga va yuridik shaxslarga yetkazilgan zararlarni qoplash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Yakka tartibdagi tadbirkorlikni o‘z nomidan amalga oshirish huquqi kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanadi, huquqlar va majburiyatlarga ega bo‘ladi hamda ularni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxs o‘zining tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq bitimlarni tuzayotganida, agar buning mohiyati tuzilayotgan bitimning mazmunidan aniq kelib chiqmasa, yakka tartibdagi tadbirkor tariqasida harakat qilayotganligini ko‘rsatishi lozim. Bunday eslatmaning bo‘lmasligi yakka tartibdagi tadbirkorni o‘z majburiyatlari yuzasidan zimmasidagi javobgarlikdan ozod etmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yakka tartibdagi tadbirkor o‘z faoliyatini amalga oshirayotganda shaxsiy ish hujjatlari blankalaridan, muhr, shtamplardan foydalanishga haqli, ularning matnlari mazkur shaxs yakka tartibdagi tadbirkor ekanligidan dalolat berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Tadbirkorlik subyektlarining xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozorlariga erkin kirish kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari, mulk shakli va xo‘jalik yuritish shakllaridan qat’i nazar, xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga erkin kirishda, shuningdek davlat ehtiyojlari uchun ayrim tovar turlarini yetkazib berishda qatnashishda, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishda teng imkoniyatlarga ega. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xomashyo, tovarlar va xizmatlar bozoriga kirish erkinligi davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek ularning mansabdor shaxslari tomonidan biron-bir tarzda cheklanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xomashyo, ayrim tovarlar va xizmatlar bozoriga kirishning alohida shartlarini belgilashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-fevraldagi 57-son “Mahsulotlar, xom-ashyo va materiallarning yuqori likvidli turlarini sotishning bozor mexanizmlarini joriy etishni davom ettirish to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining moddiy-texnika resurslari, urug‘lik materiallar, ko‘chatlar va zotdor chorvadan erkin foydalanish kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer va dehqon xo‘jaliklari moddiy-texnika resurslari, shu jumladan yonilg‘i-moylash materiallari, omixta yem, organik va mineral o‘g‘itlar bozorlariga erkin kirishda boshqa xo‘jalik yuritish subyektlari bilan teng huquqlarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruv organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) fermer va dehqon xo‘jaliklarining urug‘lik materiallarga, ko‘chatlarga, qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilish vositalariga, zotdor chorvaga bo‘lgan ehtiyojlarini ta’minlash yuzasidan sharoit yaratib beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv iste’molini amalga oshirish kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer va dehqon xo‘jaliklari suv iste’molini ularga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv obyektlaridan suv olish limitlari ularning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv iste’moli huquqini davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan cheklashga faqat qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonunining 34-moddasi, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993-yil 3-avgustdagi 385-son “O‘zbekiston Respublikasida suvdan cheklangan miqdorda foydalanish to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
(29-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Kredit resurslaridan erkin foydalanish kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari kredit resurslaridan erkin foydalanishda qonun hujjatlariga muvofiq, teng huquqlarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjetdan tashqari fondlar mablag‘laridan tadbirkorlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini rivojlantirishga ajratiladigan kreditlardan foydalanganlik uchun davlat tomonidan imtiyozli foiz stavkalari belgilanishi mumkin.
LexUZ sharhi
“Tijorat banklari tomonidan kichik biznes subyektlariga budjetdan tashqari jamg‘armalar va Mikrokreditbank kredit liniyalari hisobidan mikrokreditlar berish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 1548, 21.02.2006-y.) ga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlarini imtiyozli kreditlashni amalga oshiruvchi tijorat banklariga qulay sharoitlar yaratishi mumkin.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 19-maydagi 195-son “Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorining 2-bandiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Axborot olish erkinligi kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari, ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlariga bu subyektlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor qonun hujjatlari, hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar bilan tanishish imkoniyatini ta’minlashi shart. Axborot olish erkinligi qonun hujjatlarini va tegishli materiallarni e’lon qilish va tarqatish yo‘li bilan ta’minlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor axborot bepul beriladi. Boshqa axborotlarni berganlik uchun taraflar kelishuvi asosida haq undirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat statistika organlari hamma erkin foydalanishi mumkin bo‘lgan statistika axboroti muntazam e’lon qilib borilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-modda. Natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilinishdan kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki natsionalizatsiya va musodara qilinmaydi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 202-moddasiga muvofiq, natsionalizatsiya — fuqarolarga hamda yuridik shaxslarga qarashli natsionalizatsiya qilinayotgan mol-mulkka nisbatan mulk huquqini haq to‘lash asosida qonun hujjatlariga muvofiq davlat ixtiyoriga o‘tkazishdan iborat. Mazkur mol-mulk keyinchalik denatsionalizatsiya qilingan taqdirda, agar qonunlarda o‘zgacha tartib belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, sobiq mulkdorlar ushbu mol-mulkning qaytarib berilishini talab qilishga haqlidirlar.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 204-moddasiga muvofiq, qonunda nazarda tutilgan hollarda mol-mulk sudning qaroriga muvofiq jinoyat yoki o‘zga huquqbuzarlik qilganlik uchun haq to‘lamasdan mulkdordan olib qo‘yilishi mumkin (musodara).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining mol-mulki rekvizitsiya qilinmaydi, tabiiy ofatlar, avariyalar, epidemiyalar, epizotiyalar va favqulodda tusdagi boshqa holatlar bundan mustasno bo‘lib, unda mulkdorga rekvizitsiya qilinayotgan mol-mulk qiymati to‘lanadi. Rekvizitsiya to‘g‘risidagi qaror davlat hokimiyati organlari tomonidan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari natsionalizatsiya, musodara va rekvizitsiya qilish to‘g‘risidagi qaror ustidan sud tartibida shikoyat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33-modda. Firma nomi, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) foydalanish kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs bo‘lgan tadbirkorlik faoliyati subyekti firma nomiga bo‘lgan huquqqa ega bo‘lib, bu nom uning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatiladi. Firma nomiga bo‘lgan huquq tadbirkorlik faoliyati subyekti davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan e’tiboran yuzaga keladi
(33-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-52-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 37-38-son, 371-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ilgari ro‘yxatdan o‘tkazilgan firma nomiga juda o‘xshash bo‘lib, tegishli tadbirkorlik subyektlarini aynan bir deb hisoblashga olib kelishi mumkin bo‘lgan firma nomi ro‘yxatga olinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) foydalanish huquqi uning ro‘yxatga olinganligi asosida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Firma nomidan, tovar belgisidan (xizmat ko‘rsatish belgisidan) foydalanish, ularga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritishga bo‘lgan mutlaq huquq ana shu nom va belgi egasiga tegishli bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Firma nomini, tovar belgisini (xizmat ko‘rsatish belgisini) nashr qilganda, omma orasida ijro etganda yoki ulardan boshqa tarzda foydalanganda firma nomining, tovar belgisining (xizmat ko‘rsatish belgisining) o‘ziga, xuddi shuningdek ularning ifodasiga biron-bir o‘zgartishlar kiritishga faqat ularning egasi roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Firma nomi, tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) daxlsizligiga bo‘lgan huquq firma nomi, tovar belgisi (xizmat ko‘rsatish belgisi) egasiga tegishlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34-modda. Tadbirkorlik faoliyatiga aralashmaslik kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilayotgan faoliyatiga aralashishga haqli emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari qoidabuzarlik mavjudligi faktidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining qonuniy faoliyatiga aralashish yoki uni cheklash uchun asos sifatida foydalanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) dehqon va fermer xo‘jaliklarining tadbirkorlik faoliyatiga, shu jumladan ularning agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turini tanlashiga, ana shu mahsulotning bahosini hamda realizatsiya qilish yo‘nalishini belgilash ishlariga aralashishga haqli emas, davlat ehtiyojlari uchun mo‘ljallangan xaridlar bundan mustasno.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. TADBIRKORLIK FAOLIYATI SUBYEKTLARI HUQUQLARINI HIMOYA QILISh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obro‘sini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyekti o‘z ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlarga raddiya berilishini sud orqali talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tadbirkorlik faoliyati subyektining ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar ommaviy axborot vositalarida tarqatilgan bo‘lsa, bu ma’lumotlarga raddiya ayni shu ommaviy axborot vositalarida berilishi lozim. Agar bunday ma’lumotlar tashkilotdan olingan hujjatda mavjud bo‘lsa, bunday hujjat almashtirilishi yoki chaqirib olinishi kerak. Boshqa hollarda raddiya berish tartibi sud tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyekti o‘zining ishchanlik obro‘siga putur yetkazadigan ma’lumotlar tarqatilganda, bunday ma’lumotlarga raddiya berilishi bilan bir qatorda ularning tarqatilishi oqibatida yetkazilgan zararning o‘rni qoplanishini va ma’naviy zarar uchun tovon to‘lanishini talab qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36-modda. Intellektual faoliyat natijalarini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining xolisona ifodalangan intellektual faoliyat natijalariga hamda uning o‘ziga xos vositalariga (firma nomi, tovar belgisi, xizmat ko‘rsatish belgisi va hokazolarga) bo‘lgan mutlaq huquqi qonun bilan muhofaza etiladi va davlat tomonidan himoya qilinadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 65-bobi (1098—1111-moddalari) (Fuqarolik muomalasi qatnashchilari, tovarlar, ishlar va xizmatlarni shaxsiylashtirish vositalari) va O‘zbekiston Respublikasining “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi Qonuniga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mutlaq huquqlar obyektlari bo‘lgan intellektual faoliyat natijalari va o‘ziga xos vositalardan uchinchi shaxslar faqat huquq egasining roziligi bilan foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining tijorat siri va oshkor etilmagan axborotini himoya qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tijorat siri bo‘lgan, uchinchi shaxslarga ma’lum bo‘lmagan axborot (oshkor etilmagan axborot) uchinchi shaxslarga ma’lum emasligi, qonuniy asosda undan erkin foydalana olish mumkin emasligi hamda axborotning egasi uning maxfiyligini muhofaza qilish choralarini ko‘rayotganligi tufayli haqiqiy yoki potensial tijorat qiymatiga ega bo‘lgan hollarda himoya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oshkor etilmagan axborotni noqonuniy foydalanishdan himoya qilish huquqi bu axborotga nisbatan biron-bir rasmiyatchilikni bajarishdan (uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, guvohnoma olish va hokazodan) qat’i nazar vujudga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oshkor etilmagan axborotni himoya qilish qoidalari qonunga muvofiq xizmat yoki tijorat siri bo‘la olmaydigan ma’lumotlarga (davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan yuridik shaxslar to‘g‘risidagi, mol-mulkka bo‘lgan huquqlar hamda mol-mulk xususida tuzilgan bitimlar haqidagi ma’lumotlarga, davlat statistika hisoboti tariqasida taqdim etilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarga va boshqa ma’lumotlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oshkor etilmagan axborotni qonuniy asoslarsiz olgan yoki tarqalgan yoxud undan foydalanayotgan shaxs axborotdan noqonuniy foydalanganlik oqibatida bu axborotning qonuniy egasiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oshkor etilmagan axborot mazmunini tashkil etuvchi ma’lumotlarni mustaqil ravishda va qonuniy tarzda olgan shaxs bu ma’lumotlardan, tegishli oshkor etilmagan axborot egasining huquqlaridan qat’i nazar, foydalanishga haqli va bunday foydalanganlik uchun uning oldida javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni bu zararni yetkazgan shaxs tomonidan to‘la hajmda, shu jumladan boy berilgan foydani qo‘shib qoplanishi kerak. Zarar yetkazuvchi bo‘lmagan shaxs zimmasiga qonun bilan zararning o‘rnini qoplash majburiyati yuklatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlarining, fuqarolar o‘zini-o‘zi boshqarish organlarining noqonuniy qarorlari natijasida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni, ularning mansabdor shaxslari aybidan qat’i nazar, sudning qarori asosida qoplanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) oqibatida tadbirkorlik faoliyati subyektiga yetkazilgan zararning o‘rni sudning qarori asosida qoplanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39-modda. Tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirishlarning cheklanganligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan nazorat qiluvchi organlar tomonidan rejali tartibda ko‘pi bilan yiliga bir marta amalga oshirilishi mumkin, xususiy korxonalar va ushbu moddaning ikkinchi — oltinchi qismlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(39-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish to‘g‘risida”gi Qonuni va O‘zbekiston Respublikasi “Xususiy korxona to‘g‘risida”gi Qonunining 25-moddasiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilangan normalar va qoidalarga o‘z vaqtida hamda to‘la hajmda rioya qiluvchi tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta amalga oshiriladi, ushbu moddada nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiy korxonalar faoliyatini tekshirishlar nazorat qiluvchi organlar tomonidan ko‘pi bilan ikki yilda bir marta, belgilangan tartibda amalga oshirilishi mumkin, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Qarang: Nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan, tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslar faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom (ro‘yxat raqami 1573, 06.05.2006-y.).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan to‘rt yilda bir marta, boshqa tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini rejali tekshirishlar ko‘pi bilan uch yilda bir marta amalga oshiriladi.
(39-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki uch yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi, ushbu moddaning oltinchi qismida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(39-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aksiz to‘lanadigan tovarlar ishlab chiqaruvchi yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining moliya-xo‘jalik faoliyati, shuningdek kichik tadbirkorlik subyektlari va fermer xo‘jaliklarining budjet hamda markazlashtirilgan mablag‘lar va resurslardan maqsadli foydalanish bilan bog‘liq moliya-xo‘jalik faoliyati ular davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran dastlabki ikki yil mobaynida rejali tekshirishlardan o‘tkazilmaydi.
(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuniga muvofiq oltinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o‘tkazish muddatlari o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi lozim. Alohida hollarda bu muddat nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organning qaroriga binoan uzaytirilishi mumkin, bunda ushbu qoida kichik tadbirkorlik subyektlariga nisbatan tatbiq etilishi mumkin emas.
(39-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘tkazilayotgan tekshirishlar tadbirkorlik subyektlarining faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga a’zo tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini tekshirishlar mazkur Palata vakillari ishtirokida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prokuratura, ichki ishlar va milliy xavfsizlik xizmati organlari tomonidan tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshiruvlardan o‘tkazish uchun qo‘zg‘atilgan jinoyat ishining mavjudligi asos bo‘ladi. Bunda tadbirkorlik faoliyati subyektining qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq faoliyatigina tekshiruv bilan qamrab olinishi mumkin bo‘lib, bu haqda tekshiruv tayinlanganligi to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishlar belgilangan tartibda faqat davlat soliq xizmati organlari tomonidan, mazkur organlar tekshirishlar davomida soliq va valyutaga oid jinoyatlar alomatlarini aniqlaganida esa O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq va valyutaga oid jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlari nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning vakolatiga kirmaydigan masalalar bo‘yicha ularning talablarini bajarmaslik hamda tekshirish predmetiga taalluqli bo‘lmagan materiallar bilan ularni tanishtirmaslik huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlar natijalari dalolatnoma (ma’lumotnoma) bilan rasmiylashtiriladi, uning bir nusxasi tekshirish tugagan kuni tekshirilayotgan tadbirkorlik faoliyati subyektida qoladi.
(39-moddaning o‘n uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
(39-modda O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi O‘RQ-26-sonli Qonuni tahririda — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
391-modda. Tadbirkorlik subyektlariga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llanilmasligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari nazorat organlarining tekshirishlar natijalari bo‘yicha ko‘rsatmalarini bajargan, shuningdek zararning o‘rnini belgilangan muddatlarda va to‘la hajmda ixtiyoriy ravishda qoplagan, shu jumladan penya to‘lagan taqdirda, ularga nisbatan moliyaviy jazo choralari qo‘llanilmaydi.
(Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 23-martdagi O‘RQ-26-sonli Qonuniga muvofiq 391-modda bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 12-13-son, 100-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.11.00 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazorati / 09.01.11.02 Tadbirkorlik subyektlari faoliyati yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish tartibi]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40-modda. Tekshirishni amalga oshirayotgan mansabdor shaxslarga doir talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektlarining faoliyatini tekshirish nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nazorat qiluvchi organlar mansabdor shaxslarining tadbirkorlik faoliyati subyektlari faoliyatini tekshirishga kirishishiga ushbu shaxslarda nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha maxsus vakolatli organ tomonidan tasdiqlangan tekshirishlarni o‘tkazish rejasidan ko‘chirma yoki shu organ qabul qilgan rejadan tashqari yoxud muqobil tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi qarorning ko‘chirma nusxasi, shuningdek nazorat qiluvchi organning tekshirish o‘tkazish to‘g‘risidagi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tarkibi hamda tekshirishni o‘tkazish muddatlari ko‘rsatilgan buyrug‘ining ko‘chirma nusxasi, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning tekshirishlarni o‘tkazishga ruxsat berilganligi to‘g‘risidagi maxsus guvohnomasi va shaxsiy guvohnomasi bo‘lganda yo‘l qo‘yiladi.
(40-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-295-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 374-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati tekshirilayotganda nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarning mansabdor shaxslari tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli yozuvni kiritadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan ularning faoliyatini cheklovchi choralar qo‘llaniladi. Bunda tadbirkorlik subyektlariga nisbatan quyidagi huquqiy ta’sir choralari faqat sud tartibida qo‘llaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatni tugatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atrof tabiiy muhitga zararli ta’sir ko‘rsatayotgan obyektlar faoliyatini tugatish va (yoki) qayta ixtisoslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatni cheklash, to‘xtatib turish va taqiqlash, bundan favqulodda vaziyatlar, epidemiyalar hamda aholining hayoti va salomatligi uchun boshqa real xavf yuzaga kelishining oldini olish bilan bog‘liq holda faoliyatni o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lmagan muddatga cheklash, to‘xtatib turish hollari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklardagi hisobvaraqlar bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib qo‘yish, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyaviy jazo choralarini qo‘llash, bundan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lash muddatini o‘tkazib yuborganlik uchun penya hisoblab chiqarish, shuningdek tashkilot yoki fuqaroning sodir etilgan huquqbuzarlikdagi aybiga iqror bo‘lganligi va moliyaviy jazo choralari summalarini ixtiyoriy ravishda to‘laganligi hollari mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik predmetlarini davlat daromadiga o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziyalarning (ruxsatnomalarning) amal qilishini o‘n ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turish yoki ularning amal qilishini tugatish va litsenziyalarni (ruxsatnomalarni) bekor qilish, bundan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan beriladigan litsenziyalar (ruxsatnomalar) mustasno.
(401-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi O‘RQ-288-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 16-son, 162-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.09.00 Tadbirkorlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va huquqlarini himoya qilish]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. TADBIRKORLIK FAOLIYATINI DAVLAT YO‘LI BILAN QO‘LLAB-QUVVATLASh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41-modda. Davlat boshqaruv organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat boshqaruv organlari o‘z vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi va tadbirkorlik faoliyatining rivojlantirilishi ustidan monitoringni, mavjud muammolarni o‘rganishni hamda tadbirkorlikning huquqiy kafolatlarini mustahkamlashga qaratilgan normativ hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga moliyaviy, moddiy-texnik va axborot resurslaridan erkin foydalanishda ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga o‘z mahsulotlarini tashqi va ichki bozorlarda realizatsiya qilishda ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati subyektlari o‘rtasida axborot va tushuntirish ishlarini, konsalting, lizing, sug‘urta va boshqa xil xizmatlar tizimi rivojlantirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati subyektlariga kadrlarni tayyorlashda, qayta tayyorlashda va ularning malakasini oshirishda ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.15.00.00 Mahalliy davlat hokimiyati organlari / 01.15.01.00 Mahalliy davlat vakillik organlari (Xalq deputatlari kengashlari) / 01.15.01.02 Mahalliy vakillik organlarining vakolatlari;
2.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.04.00.00 Mahalliy ijroiya organlari (Hokimliklar) (shuningdek, 01.15.03.00ga qarang) / 02.04.03.00 Mahalliy ijroiya organlarining tuzilmasi va shtatlari]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42-modda. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasidagi vakolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘z vakolatlari doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni rivojlantirish hududiy dasturlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik subyektlarining faoliyatini himoya qilishning qo‘shimcha kafolatlari va choralarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq mahalliy soliqlar bo‘yicha imtiyozlarni belgilaydi;
(42-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan boshqa faoliyatni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43-modda. Tadbirkorlikni rivojlantirishning davlat tomonidan rag‘batlantirilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag‘batlantirish quyidagi yo‘llar bilan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik sohasiga investitsiyalarni (shu jumladan chet el investitsiyalarni), zamonaviy texnologiyalar va uskunalarni jalb etish uchun, shuningdek bozor infratuzilmasi institutlarini rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport-import operatsiyalari, xalqaro ko‘rgazmalar va yarmarkalarda, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi dasturlar va loyihalarni amalga oshirishda tadbirkorlik faoliyati subyektlarining ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyati subyektlari samarali faoliyat yuritishi uchun ularni zarur huquqiy, iqtisodiy, statistik, ishlab chiqarish-texnologik, ilmiy-texnik va boshqa xil axborotlar bilan ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zooveterinariya xizmati ko‘rsatilishi uchun zarur sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar, boshqa majburiy to‘lovlar va tariflar bo‘yicha imtiyozlar belgilash.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 15-maydagi PQ-1112-sonli “Tadbirkorlik faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
(43-moddaning birinchi qismi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan rag‘batlantirish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44-modda. Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash fondlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadlarida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda fondlar tuzilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 25-oktabrdagi 486-son “Dehqon va fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizomni hamda uning mablag‘larini jamg‘arish va ulardan foydalanish tartibini tasdiqlash haqida”gi qaroriga qarang.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45-modda. Tezlashtirilgan amortizatsiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari ishlab chiqarish chiqimlariga mo‘ljallangan xarajatlarga kiritib, asosiy fondlarning tezlashtirilgan amortizatsiyasini tegishli asosiy fondlar uchun belgilangan normadan ikki martadan ko‘proq oshib ketmaydigan miqdorda qo‘llashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari amortizatsiya ajratmalari ajratib kelingan va uch yildan ko‘proq muddat davomida ishlatilgan asosiy fondlar dastlabki qiymatining ellik foiziga qadarini hisobdan chiqarish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kichik yoki xususiy korxona ishga tushgan paytdan e’tiboran ikki yil o‘tgunga qadar tugatilgan taqdirda, qo‘shimcha ravishda hisoblab chiqarilgan (tezlashtirilgan) amortizatsiya summasi kichik yoki xususiy korxonaning balans foydasi ko‘payishi hisobiga qaytarilishi kerak.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.04.00 Kichik va xususiy tadbirkorlik. Oilaviy tadbirkorlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46-modda. Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga energiya ta’minoti manbai iste’molidagi imtiyozlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Energiya ta’minoti manbai bo‘yicha qishloq xo‘jalik tovari ishlab chiqaruvchilari uchun belgilangan imtiyozli tariflar qishloq joylarda joylashgan hamda faoliyat olib borayotgan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ham tatbiq etiladi.
LexUZ sharhi
“Elektr va issiqlik energiyasi iste’molchilarining tarif guruhlari to‘g‘risida”gi Nizom (ro‘yxat raqami 955, 10.08.2000-y.)ning 2-bandiga muvofiq, qishloqda joylashgan va o‘z faoliyatini amalga oshiradigan kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlari III tarif guruhiga kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47-modda. Tadbirkorlik faoliyati uchun kadrlar tayyorlashni davlat yo‘li bilan qo‘llab-quvvatlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tadbirkorlik faoliyati subyektlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi rivojlantirilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq joylardagi tadbirkorlik faoliyati subyektlarining kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni amalga oshirayotgan muassasalar va tashkilotlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda imtiyozlardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. YAKUNIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48-modda. Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish (faoliyatini to‘xtatish)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyektini tugatish uning mol-mulki mulkdorining yoki bunday korxonalarni tuzishga vakolatli organning qaroriga muvofiq yoxud sudning qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyekti tugatilayotganida bo‘shab qolayotgan xodimlarga qonun hujjatlariga muvofiq ularning huquqlari va manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 67-moddasiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati subyekti u davlat reyestridan chiqarilgan paytdan e’tiboran tugatilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyekti faoliyatining to‘xtatilishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53—57-moddalari, Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 3-iyuldagi 327-son “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risida”gi qarori, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49-modda. Davlat organlari va boshqa organlarning qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning noqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan o‘z xohishlariga ko‘ra bo‘ysunuv tartibi asosida yuqori organlar yoki sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq huquqlari va qonuniy manfaatlari buzilganligi yuzasidan davlat organlari va boshqa organlarning qarori, ularning mansabdor shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan sudga murojaat qilganda davlat boji to‘lashdan ozod etiladi.
LexUZ sharhi
Tadbirkorlik subyektlari davlat organlari va boshqa organlarning noqonuniy qarorlari, ularning mansabdor shaxslarining noqonuniy harakatlari (harakatsizligi) ustidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga shikoyat qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarining faoliyati bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.01.00.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik / 09.01.12.00 Tadbirkorlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51-modda. Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 25-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish