Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.2022 07.11.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2280
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining buyrugʻi, 07.11.2011 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2280
Kuchga kirish sanasi
17.11.2011
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.12.2022
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrug‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TEKShIRIShLARNI RO‘YXATGA OLISh KITOBINING ShAKLI VA UNI TO‘LDIRISh TARTIBINI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2011-yil 7-noyabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2280]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 21-dekabrdagi 31-mh-sonli “Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni Idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida”gi buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 3404, 22.12.2022-y.) asosan davlat reyestridan chiqarilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining shakli 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilsin va Idoraviy me’yoriy hujjatlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi (B. Boliyev) O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining davlat reyestriga tegishli yozuv kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (S. Nuriyev) ushbu normativ-huquqiy hujjatni o‘n kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishi va “O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur buyruq O‘zbekiston Respublikasi savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan boshlab o‘n kun o‘tgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazirning birinchi o‘rinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri N. YO‘LDOShEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 7-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
246-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi raisi A. ShAYXOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 7-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2011-yil 7-noyabrdagi 246-mh-son buyrug‘iga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎TEKShIRIShLARNI RO‘YXATGA OLISh
‎KITOBI

_____________________________________________________________________________________

(xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘liq nomi, yakka tartibdagi tadbirkorning F.I.O.)

_____________________________________________________________________________________ ‎‎

‎‎(xo‘jalik yurituvchi subyektning joylashgan eri (pochta manzili), yakka tartibdagi tadbirkorning yashash joyi)

_____________________________________________________________________________________ ‎‎

‎‎(soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami)

T/r‎

Nazorat yoki huquqni muhofaza qiluvchi organning nomi‎

Tekshiruvchining familiyasi, ismi, otasining ismi va guvohnoma raqami‎

Tekshirishga jalb qilingan nazorat qiluvchi organning nomi (tekshiruvchining F.I.O. va guvohnoma raqami), auditorlik tashkilotining nomi (litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati, auditorning F.I.O., tekshirishga jalb etishga asos bo‘lgan shartnomaning raqami va muddati), ekspertning F.I.O. (shaxsini tasdiqlovchi hujjat, tekshirishga jalb etishga asos bo‘lgan shartnomaning raqami va muddati)

Tekshirish o‘tkazish uchun asos‎

Tekshirish turi va maqsadi‎

1‎

2‎

3‎

4‎

5‎

6‎

Tekshirish o‘tkazish uchun belgilangan muddatlar ‎

Tekshirishni boshlash va tugatish sanasi va vaqti‎

Tekshirishning aniq davom etgan vaqti‎

Talab qilingan hujjatlar‎

Tekshirish jarayonida ko‘rilgan choralar‎

Xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor)ning fikri‎

7‎

8‎

9‎

10‎

11‎

12‎

(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 9-sentabrdagi 226-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2280-2, 09.09.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 36-son, 425-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2011-yil 7-noyabrdagi 246-mh-son buyrug‘iga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibi to‘g‘risidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 23-avgustdagi PQ-1602-son “O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi — o‘tkazilgan tekshirishlar to‘g‘risidagi axborot yozib qo‘yiladigan elektron yoki qog‘oz shaklidagi maxsus kitobdir.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-dekabrdagi 306-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2280-1, 26.12.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 52-son, 638-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining yuritilishidan maqsad:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tekshiruvchi organlar faoliyatida qonuniylik, xolislik va oshkoralikni ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga noqonuniy ravishda aralashuvlarga chek qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining qog‘oz shakli belgilangan namunaga muvofiq bo‘lishi, qattiq muqova bilan qoplangan va raqamlangan, tikilgan, varaqlar soni va Kitobni yuritish sanasi ko‘rsatilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining imzosi va muhri (yakka tartibdagi tadbirkor uchun — agar u mavjud bo‘lsa) bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-dekabrdagi 306-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2280-1, 26.12.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 52-son, 638-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobida xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘liq nomi, uning joylashgan joyi (pochta manzili), unga berilgan soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami to‘g‘risida ma’lumotlar bo‘lishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobi xo‘jalik yurituvchi subyektlar tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Texnik imkoniyat mavjud bo‘lganda majburiy tartibda tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakli to‘ldiriladi. Bunda tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining qog‘oz shaklini to‘ldirish talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakli bevosita xo‘jalik yurituvchi subyektda to‘ldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shakliga kirish etk.minjust.uz sayti orqali amalga oshiriladi.
(51-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-dekabrdagi 306-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2280-1, 26.12.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52-son, 638-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga tekshirishlar haqidagi yozuvlarni kiritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tekshirish boshlanishidan oldin xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshiruvchi mansabdor shaxsga tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish uchun taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tekshiruvchi mansabdor shaxslar tekshirish boshlanishidan oldin qonunchilik hujjatlariga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektning rahbarini (yakka tartibdagi tadbirkorni, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsni) tekshirish maqsadi va shartlari bilan tanishtirishi, qonunchilikda belgilangan hujjatlarni taqdim etishi, tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining tegishli ustunlariga yozuvlar kiritishi lozim.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirish boshlanishiga qadar tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining 2 — 7-ustunlarini to‘ldiradi. Bunda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobiga kiritilgan ma’lumotlarni tekshiruvchi mansabdor shaxs tomonidan qonunchilik hujjatlariga muvofiq taqdim etilgan hujjatlardagi ma’lumotlar bilan taqqoslashga haqli.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. 2-ustunda tekshiruvchi organning to‘liq rasmiy nomi, uning pochta manzili, rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, u bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. 3-ustunda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, guvohnoma (shu jumladan maxsus guvohnoma) raqami, guvohnomani bergan tashkilot nomi, guvohnomaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. 4-ustunda tekshirishga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazorat qiluvchi organ jalb etilgan taqdirda, nazorat qiluvchi organning to‘liq rasmiy nomi, uning pochta manzili, tekshiruvchi mansabdor shaxslarning familiyasi, ismi, otasining ismi, guvohnoma (shu jumladan maxsus guvohnoma) raqami, guvohnomani bergan tashkilot nomi, guvohnomaning amal qilish muddati ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
auditorlik tashkiloti jalb etilgan taqdirda, auditorlik tashkilotining nomi, litsenziya berilgan sana, raqami va amal qilish muddati, auditorning familiyasi, ismi, otasining ismi, tekshirishga jalb etishga asos bo‘lgan nazorat qiluvchi organ bilan tuzilgan shartnomaning raqami va muddati ko‘rsatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ekspert jalb etilgan taqdirda, ekspertning familiyasi, ismi, otasining ismi, shaxsini tasdiqlovchi hujjat raqami, tekshirishga jalb etishga asos bo‘lgan nazorat qiluvchi organ bilan tuzilgan shartnomaning raqami va muddati ko‘rsatiladi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2016-yil 9-sentabrdagi 226-mh-sonlibuyrug‘i (ro‘yxat raqami 2280-2, 09.09.2016-y.) tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 36-son, 425-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. 5-ustunda tekshirish o‘tkazish reja-jadvalini tasdiqlagan organ nomi va uni tasdiqlash sanasi; buyruqni chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, buyruqni qabul qilish raqami va sanasi; qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bilan bog‘liq tekshirishni tayinlash to‘g‘risida qaror chiqargan mansabdor shaxsning familiyasi, ismi, otasining ismi, qarorning sanasi, shuningdek jinoyat ishining raqami ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. 6-ustunda tekshirish turining to‘liq nomi (rejali tekshirish, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi qaroriga muvofiq o‘tkaziladigan qisqa muddatli tekshirish, nazorat tartibida tekshirish, yuridik shaxs tugatilayotganda o‘tkaziladigan soliq tekshiruvi, Nazorat qiluvchi organlar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi Respublika kengashi (viloyat komissiyalari) bilan qo‘shimcha kelishuvsiz amalga oshiriladigan nazorat funksiyalari) va maqsadi ko‘rsatiladi. Tekshirish turining nomi tekshirish o‘tkazish reja-jadvali va buyruqda ko‘rsatilgan nomga, maqsadi esa — buyruqda ko‘rsatilganiga muvofiq bo‘lishi lozim.
(13-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2017-yil 6-iyundagi 116-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2280-3, 06.06.2017-y.) tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 23-son, 481-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. 7-ustunda tekshirish o‘tkazish muddati ko‘rsatiladi. U tekshirish o‘tkazish reja-jadvalida ko‘rsatilgan muddatdan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining 8 — 12-ustunlari xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) tomonidan to‘ldiriladi. Bunda, 8 — 10-ustunlarga tekshirish davomida yozuvlar kiritib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. 8-ustunda har kuni tekshirish o‘tkazishni boshlash va tugatish vaqti, sanasi ko‘rsatiladi. Ushbu ustunda zarur hollarda tekshiruvchi mansabdor shaxslarning xo‘jalik yurituvchi subyektning ichki tartibida belgilangan ish vaqti tugaganidan keyingi harakati haqida maxsus belgilar qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. 9-ustunda tekshirishning haqiqatda davom etgan kalendar muddati ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. 10-ustunda talab qilingan hujjatlarning to‘liq nomi ko‘rsatiladi. Ushbu ustunda talab qilingan hujjatlar tavsifi tekshirish o‘tkazish reja-jadvali hamda buyruqda ko‘rsatilgan tekshirish turi va maqsadlariga mos kelmagan holda maxsus belgilar qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. 11-ustunda xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan belgilangan tartibda ko‘rilgan choralar (ishlab chiqarishni to‘xtatish, omborni muhrlash, pul mablag‘laridan va/yoki xomashyodan foydalanishni taqiqlash, moliya va boshqa hujjatlarni olib qo‘yish va h. k.) ko‘rsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. 12-ustunda o‘tkazilgan tekshirish yakuni bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining (yakka tartibdagi tadbirkorning, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxsning) “Roziman”, “Rozi emasman”, “E’tirozlar bilan roziman” shakllaridagi fikri qayd etiladi. “Rozi emasman” shaklidagi fikr ko‘rsatilgan holda xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) buning asoslangan sabablarini ko‘rsatadi. “E’tirozlar bilan roziman” shaklidagi fikr ko‘rsatilgan holda asoslangan e’tirozlar keltiriladi. Tekshirish tugagandan so‘ng xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) ushbu ustunga tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobida qayd qilingan yozuvlarning to‘g‘riligi haqida yozuv kiritadi. Mazkur yozuvlar tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining qog‘oz shaklida sana va vaqtni ko‘rsatgan holda imzo bilan tasdiqlanadi.
(20-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-dekabrdagi 306-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2280-1, 26.12.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 52-son, 638-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirishdan bosh tortsa yoki mazkur Nizomning 8-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotni taqqoslash natijasida tafovutlar aniqlangan taqdirda, tekshiruvchi mansabdor shaxs tekshirishga qo‘yilmaydi. Bunda, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 80-son “Adliya organlarida maxsus “ishonch telefoni” tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalarida (keyingi o‘rinlarda adliya organlari deb yuritiladi) tashkil etilgan maxsus “ishonch telefoni”ga murojaat etishga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining qog‘oz shaklida o‘chirib yozish va bo‘yash taqiqlanadi. To‘g‘rilashlar xato yozuvlar o‘chirilib, kerakli ma’lumotlarning ustidan qayta yozish yoki qo‘lda ustidan yozish yo‘li bilan amalga oshirilishi lozim. Har bir bunday to‘g‘rilash tekshiruvchi mansabdor shaxsning va xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari (yakka tartibdagi tadbirkor, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bo‘lmagan taqdirda — uning vazifasini bajaruvchi shaxs)ning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining elektron shaklini to‘ldirishda xatolikka yo‘l qo‘yilgan bo‘lsa, ushbu satrga to‘g‘rilashlar kiritish orqali yangi yozuv amalga oshiriladi. Bunda, oldingi ma’lumot avtomatik ravishda saqlanib qolinadi.
(22-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-dekabrdagi 306-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2280-1, 26.12.2014-y.) tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 52-son, 638-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga noqonuniy aralashishlarning oldini olish maqsadida nazorat qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobini to‘ldirish tartibiga rioya qilinayotganligi bo‘yicha monitoring adliya organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Adliya organlari tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining hisobini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Tekshiruv natijasi bo‘yicha tuziladigan hujjatda tekshirish jarayonida to‘ldirilgan tekshirishlarni ro‘yxatga olish kitobining shakli ko‘rsatiladi.
(241-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2014-yil 26-dekabrdagi 306-mh-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2280-1, 26.12.2014-y.) asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2014-y., 52-son, 638-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Nizomning buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 30-noyabrdagi 20-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3338, 30.11.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 45-46-son, 480-modda; 2014-y., 52-son, 638-modda; 2016-y., 36-son, 425-modda; 2017-y., 23-son, 481-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)