1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.01.00 Umumiy qoidalar;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.07.00 Dehqon xo‘jaliklari (shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar)]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Yuridik shaxslar. Tijorat tashkilotlari. Notijorat tashkilotlari;
2.Iqtisodiyot / Qishloq xo‘jaligi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli “Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Qonun dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishining huquqiy asoslarini, huquq va majburiyatlarini belgilaydi, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan munosabatlarini tartibga soladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. Dehqon xo‘jaligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi oilaviy mayda tovar xo‘jaligi bo‘lib, oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish uchun oila boshlig‘iga berilgan yer uchastkasida qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiradi va realizatsiya qiladi.
(1-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligidagi faoliyat tadbirkorlik faoliyati jumlasiga kiradi hamda dehqon xo‘jaligi a’zolarining istagiga ko‘ra yuridik shaxs tashkil etgan holda va yuridik shaxs tashkil etmasdan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatida yollanma mehnatdan doimiy asosda foydalanishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishi bilan bog‘liq munosabatlar ushbu Qonun hamda boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. Dehqon xo‘jaligi a’zolari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi a’zolari jumlasiga birgalikda yashayotgan va dehqon xo‘jaligini birgalikda yuritayotgan oila boshlig‘i, uning xotini (eri), bolalari, shu jumladan farzandlikka olingan bolalari, tarbiyaga olgan bolalari, ota-onalari, mehnatga qobiliyatli yoshga yetgan boshqa qarindoshlari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda dehqon xo‘jaligi nomidan shu xo‘jalik boshlig‘i ish ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi berilgan oila boshlig‘i yoki oilaning muomalaga layoqatli a’zolaridan biridir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligining boshlig‘i vaqtincha mehnat qobiliyatini yo‘qotgan taqdirda yoki uzoq vaqt bo‘lmaganda u o‘z majburiyatlarini bajarish vakolatini shu xo‘jalik a’zolaridan biriga berishga haqlidir.
(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. Dehqon xo‘jaligini tashkil etish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi ixtiyoriylik asosida tuziladi hamda fuqaroga belgilangan tartibda yer uchastkasi berilganidan va dehqon xo‘jaligi davlat ro‘yxatiga olinganidan keyin tashkil etilgan hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 55-moddasiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va dov-daraxtlar bilan qoplanmagan o‘rmon fondi yerlarida, shuningdek zaxira yerlarda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini olishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimiga oilasining tarkibini va yer uchastkasining mo‘ljallangan joyini ko‘rsatgan holda ariza beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning xulosasi asosida dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki arizachiga yer uchastkasi berish bo‘yicha asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimining yer uchastkasi berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
(5-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. Dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligini davlat ro‘yxatiga olish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘iga Yer uchastkasiga umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati hamda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi belgilangan namunadagi guvohnoma beriladi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan “Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida nizom”ga qarang.
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat ro‘yxatiga olish belgilangan muddatda amalga oshirilmagan yoki dehqon xo‘jaligi boshlig‘i asossiz deb hisoblaydigan sabablarga ko‘ra rad etilgan bo‘lsa, xo‘jalik boshlig‘i sudga murojaat qilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari har bir dehqon xo‘jaligini Xo‘jalik kitobiga kiritib, unda dehqon xo‘jaligining tarkibi, xo‘jalik boshlig‘i yoxud uning vazifasini bajaruvchi shaxs, shuningdek xo‘jalikning tashkiliy-huquqiy shakli (yuridik shaxs tashkil etgan holda yoki yuridik shaxs tashkil etmasdan) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni qayd etib qo‘yadi.
(6-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaliklarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
(6-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 31-dekabrdagi O‘RQ-197-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 513-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-BOB. DEHQON XO‘JALIKLARIGA YER BERISh. YERGA EGALIK QILISh, YERDAN FOYDALANISh VA SUV ISTE’MOLI
(2-bobning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.09.00 Yer uchastkasiga nisbatan huquqlarning vujudga kelishi / 11.03.09.01 Davlat organlari hujjatlariga asosan yerga bo‘lgan huquqning vujudga kelishi (yer berish)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-modda. Tomorqa yer uchastkasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomorqa yer uchastkasi — qishloq xo‘jalik mahsulotini erkin savdo hamda oila ehtiyojlari uchun yetishtirish, shuningdek yakka tartibdagi uy-joy qurilishi hamda uy-joyni obodonlashtirish maqsadida oila a’zolaridan biriga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va o‘lchamlarda ajratib beriladigan yer uchastkasidir.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 55-moddasiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tomorqa yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini beruvchi davlat hujjati bilan guvohlantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. Dehqon xo‘jaliklariga yer berish shartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga, shuningdek tuman fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashining hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tuman (shahar) kengashining birgalikda berilgan tavsiyasiga ega bo‘lgan yosh fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha o‘lchamda, cho‘l va sahro mintaqasida esa sug‘orilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha o‘lchamda beriladi. Qishloq joylarda kamida uch yil yashab turganlik to‘g‘risidagi talab yangi sug‘oriladigan yer massivlari uchun qo‘llanilmaydi. Bunda dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining o‘lchami yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
(8-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi. Mazkur qoida yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin.
(8-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligiga ajratilgan yerning chegaralari naturada (joyning o‘zida) yer tuzish xizmati organlari tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasidan oqilona va samarali foydalanayotgan dehqon xo‘jaligiga tuman (shahar) hokimining qarori bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish va realizatsiya qilish, ozuqa yetishtirishni tashkil etish, shuningdek yaylov yaratish uchun qisqa muddatli ijaraga qo‘shimcha ravishda yer uchastkalari berilishi mumkin.
(8-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksi, ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
(8-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-modda. Yerga egalik qilish va yerdan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligining yerga egalik qilish va yerdan foydalanish sohasidagi huquq va majburiyatlari qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 39, 40-moddalariga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyekti bo‘lishi mumkin emas. Yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kredit olish uchun garovga qo‘yilishi mumkin.
(9-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligiga berilgan yer uchastkasi bo‘linishi mumkin emas.
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasining o‘lchami va chegaralari faqat dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining roziligi bilan o‘zgartirilishi mumkin.
(9-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i vafot etgan taqdirda, yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi shu xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida, dehqon xo‘jaligi faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan xo‘jalik a’zolaridan biriga meros bo‘yicha o‘tadi. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i mehnat qobiliyatini to‘la yo‘qotgan taqdirda, yer uchastkasiga egalik qilish va undan foydalanish huquqi xo‘jalik a’zolaridan biriga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda topshiriladi.
(9-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligining yer uchastkasini davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun olib qo‘yishga qonunda nazarda tutilgan hollarda, faqat boshqa teng qimmatli yer uchastkasi berilib, dov-daraxtlarning, buzilayotgan binolar va inshootlarning bozor qiymati qoplangandan keyin yoxud ular boshqa joyga ko‘chirilgandan yoki o‘zga binolar va inshootlar qurilgandan keyin hamda boshqa barcha zararlarning (boy berilgan foydani qo‘shgan holda) o‘rni qonun hujjatlarida belgilangan hollarda va tartibda to‘la hajmda qoplangandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 206-moddasiga, O‘zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 36—38-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil maydagi 146-son qarori bilan tasdiqlangan “Yer uchastkalari egalari, foydalanuvchilari ijarachilari va mulkdorlarining ko‘rgan zararlarini, shuningdek qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi ishlab chiqarishi nobudgarchiliklarining o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qarang.
(9-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 20-avgustdagi O‘RQ-391-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 33-son, 439-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaliklari o‘ziga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalarini yoki ushbu yer uchastkalarining bir qismini qishloq xo‘jaligi mahsulotini yetishtirish maqsadida yuridik va jismoniy shaxslarga vaqtincha foydalanishga berishi mumkin. Yer uchastkasidan vaqtincha foydalanish tartibi taraflarning kelishuvi asosida belgilanadi. Bunda dehqon xo‘jaliklarining ushbu yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi saqlanib qoladi.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 29-sentabrdagi O‘RQ-639-sonli Qonuniga asoan yettinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-modda. Yer uchastkasidan foydalanganlik uchun to‘lanadigan haq
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi asosida berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq yer solig‘i tariqasida undiriladi.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVI bo‘limi (“Yer solig‘i”).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. Suv iste’moli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaliklarining suv iste’moli ularga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan suv olish limitlari asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligiga beriladigan suvning sarfini hisobga olish hamda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash tartibi, shuningdek mazkur soliq bo‘yicha imtiyozlar qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv iste’moli tartibi to‘g‘risida”gi nizomga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining XVII bo‘limiga (“Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq”) qarang.
(11-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-BOB. DEHQON XO‘JALIGINING HAMDA UNING A’ZOLARINING HUQUQ VA MAJBURIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-modda. Dehqon xo‘jaligining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi tadbirkorlik faoliyatining subyekti tariqasida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga berilgan yer uchastkasida dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish;
(12-moddaning birinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetishtirilayotgan va realizatsiya qilinayotgan mahsulotga mustaqil ravishda baho belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zi yetishtirgan mahsulotni, shu jumladan bu mahsulotni iste’molchilarga o‘z xohishi bo‘yicha realizatsiya qilish huquqini tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarid etiladigan mahsulotga oldindan haq to‘lanadigan fyuchers bitimlari tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlikdan cheklanmagan miqdorda daromad (foyda) olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtiruvchilarga sotish uchun va erkin savdoga mo‘ljallangan aksiyalarni sotib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z mol-mulkini, shuningdek yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini, shu jumladan kimoshdi savdosi asosida sotib olingan huquqni garovga qo‘yish.
(12-moddaning birinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi quyidagilarni bajarishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasidan qat’iy belgilangan maqsadda foydalanish;
(12-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tabiiy obyekt bo‘lmish yerga zarar yetkazmaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini asrash, uning unumdorligini saqlash va oshirish yuzasidan sarf-xarajatlar qilish;
(12-moddaning ikkinchi qismi to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi berilgan yer uchastkasidan, agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, bir yil ichida foydalanishga kirishish;
(12-moddaning ikkinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrotexnika talablariga, belgilangan rejim, saqlash vazifasi va servitutlarga rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xo‘jaligining majburiyatlari va qarzlari bo‘yicha to‘la javobgar bo‘lish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik a’zolari uchun xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida dehqon xo‘jaligining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Dehqon xo‘jaligi boshlig‘ining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xo‘jaligi nomidan ishonchnomasiz ish ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishonchnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankda hisobvaraqlar ochish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining manfaatlari himoya qilinishini va huquqlari amalga oshirilishini ta’minlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi boshlig‘i qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa huquq va majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14-modda. Dehqon xo‘jaligi a’zolarining huquq va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi a’zolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik a’zolari o‘rtasidagi shartnoma shartlariga ko‘ra birgalikda yoki yakka tartibda foydalaniladigan daromaddan o‘z ulushini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilish va ijtimoiy ta’minlanish, shuningdek tovar qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish uchun dehqon xo‘jaligida sarflangan ish vaqti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lab borilgan taqdirda mehnat stajiga kiritilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom.
(14-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyatida shaxsiy mehnati bilan ishtirok etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlarida dehqon xo‘jaligi a’zolarining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-BOB. DEHQON XO‘JALIGINING MOL-MULKI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15-modda. Dehqon xo‘jaligining mulki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘ziga qarashli uy-joylar, xo‘jalik imoratlari, qishloq xo‘jalik ekinzorlari va ko‘chatzorlari, dov-daraxtlar, mahsuldor chorva mollar, parrandalar, qishloq xo‘jalik texnikasi, asbob-uskuna va ashyo-anjomlari, transport vositalari, pul mablag‘lari, intellektual mulk obyektlariga, shuningdek boshqa mol-mulklarga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish faoliyati natijasida yetishtirilgan mahsulotga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olingan daromadga (foydaga);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunda taqiqlanmagan asoslarda ega bo‘lingan boshqa mol-mulkka mulkdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-modda. Dehqon xo‘jaligining mol-mulkiga bo‘lgan mulk huquqi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligining o‘ziga qarashli mol-mulkka bo‘lgan mulk huquqi davlat himoyasidadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligining mol-mulki, agar uning a’zolari o‘rtasidagi kelishuvga binoan umumiy ulushli mulk tashkil etish nazarda tutilgan bo‘lmasa, uning a’zolariga umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligining mol-mulkiga egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish xo‘jalik a’zolarining o‘zaro kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mol-mulkni hosil qilish, ko‘paytirish, olish, sotish, uni ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
(16-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17-modda. Dehqon xo‘jaligining mablag‘lari va hisob-kitoblari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi pul muomalasini yuritish hamda pul mablag‘larini saqlab turish va bu mablag‘larni erkin tasarruf etish uchun bank muassasasida hisobvaraqlar ochish huquqiga ega. Dehqon xo‘jaligining hisob-kitob hisobvarag‘idan mablag‘larni faqat uning roziligi yoki sudning qarori bilan hisobdan chiqarish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18-modda. Dehqon xo‘jaligining mol-mulkini meros qilib qoldirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligining mol-mulki fuqarolik qonun hujjatlari normalariga muvofiq meros qilib qoldiriladi. Xo‘jalikda faoliyatni davom ettirayotgan merosxo‘rlar meros huquqi to‘g‘risidagi guvohnoma berilganlik uchun davlat boji to‘lashdan ozod etiladilar.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V-bo‘limiga (“Vorislik huquqi”) qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-BOB. DEHQON XO‘JALIGI FAOLIYATINING ASOSLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19-modda. Dehqon xo‘jaligining ishlab chiqarish faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyati yo‘nalishlarini, ishlab chiqarish tuzilishi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi. Dehqon xo‘jaligi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining qonunlarda taqiqlanmagan har qanday turi, shuningdek qishloq xo‘jaligi mahsulotini qayta ishlash va realizatsiya qilish bilan shug‘ullanishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan va realizatsiya qilayotgan mahsulot sifatiga oid amaldagi normativ va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga oid hamda qonun hujjatlarida belgilab qo‘yilgan boshqa talab va qoidalarga rioya etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaliklarining xo‘jalik faoliyatiga, shu jumladan ular tomonidan agrotexnika usullarini, yetishtiriladigan mahsulot turlarini tanlashda, uning narxini va uni realizatsiya qilish yo‘nalishlarini aniqlashda davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 34-moddasiga qarang.
(19-modda uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrdagi 175-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 23-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining va fuqarolarning g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari (qarorlari) natijasida, shuningdek bunday organlar, tashkilotlarning, ular mansabdor shaxslarining dehqon xo‘jaligiga nisbatan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan majburiyatlarni lozim darajada bajarmasliklari oqibatida dehqon xo‘jaligiga yetkazilgan zararlar, shu jumladan boy berilgan foyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qoplanishi kerak.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14, 15, 324—339, 985, 989 va 990-moddalariga, O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonunining 38-moddasiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs tariqasida ro‘yxatga olingan dehqon xo‘jaligi tashqi iqtisodiy faoliyatni boshqa shakllarda xo‘jalik yurituvchi korxonalar bilan teng shartlarda amalga oshiradi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi to‘g‘risidagi qonunchilik / 05.02.00.00 Mehnat / 05.02.01.00 Umumiy qoidalar. Mehnat qonunchilik hujjatlarining amal qilish doirasi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20-modda. Dehqon xo‘jaligida mehnat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligining faoliyati xo‘jalik a’zolarining shaxsiy mehnatiga asoslanadi. Dehqon xo‘jaligidagi muayyan ishni bajarishga boshqa shaxslar mehnat shartnomasi asosida vaqtincha jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligining a’zolari dehqon xo‘jaligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga ixtiyoriy ravishda badallar to‘langan taqdirda davlat ijtimoiy sug‘urtasidan o‘tkazilishi lozim.
(20-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligining barcha a’zolari uchun O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga badallar to‘lab borayotgan dehqon xo‘jaligi a’zolarining mehnat faoliyati hisobini dehqon xo‘jaligi boshlig‘i yuritadi.
(20-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligida ishlangan vaqt davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘langanligini tasdiqlovchi hujjatlar asosida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tuman (shahar) bo‘limida mehnat daftarchasini belgilangan tartibda rasmiylashtirgan holda mehnat stajiga qo‘shiladi.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom, Mehnat daftarchalarini yuritish tartibi to‘g‘risidagi Yo‘riqnomaga (ro‘yxat raqami 402, 29.01.1998-y.) qarang.
(20-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 9-sentabrdagi O‘RQ-254-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 35-36-son, 300-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi kooperativida (shirkat xo‘jaligida), boshqa qishloq xo‘jaligi yoki o‘rmon xo‘jaligi korxonasida, muassasasida, tashkilotida ishlayotgan dehqon xo‘jaligi a’zosining mehnat faoliyati hamda davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha badallar to‘lashi hisobini yuritish tegishincha mazkur kooperativ (shirkat xo‘jaligi), korxona, muassasa va tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
(20-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi a’zolariga ijtimoiy sug‘urta bo‘yicha davlat nafaqalari va pensiyalar tayinlash hamda to‘lash qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari hamda ish vaqtini hisobga olib bo‘lmaydigan shaxslarning ayrim toifalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lash tartibini, shuningdek ularning pensiyani hisoblash uchun olinadigan ish stajini va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21-modda. Mahsulotni dehqon xo‘jaligi tomonidan realizatsiya qilish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xo‘jalik shartnomalari tuzish huquqiga ega. Taraflar shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, qonun hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
LexUZ sharhi
Batafsil ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobiga (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”), O‘zbekiston Respublikasining “Xo‘jalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi to‘g‘risida”gi Qonunining V-bo‘limiga (“Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik”) qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi o‘zi yetishtirayotgan mahsulotga bozordagi talab va taklif nisbatidan kelib chiqib mustaqil ravishda baho belgilaydi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.10.00 Notijorat tashkilotlari / 03.03.10.06 Yuridik shaxslar birlashmalari (assotsiatsiyalar, uyushmalar va h.k.)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22-modda. Dehqon xo‘jaliklarining birgalikdagi faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaliklari ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulushli (pay) asosda mahsulot yetishtirish, xarid qilish, uni qayta ishlash va sotish, moddiy-texnika ta’minoti, qurilish, texnikaviy, suv xo‘jaligi, veterinariya, agrokimyo, maslahat berish yo‘sinidagi va boshqa xil xizmat ko‘rsatish bo‘yicha kooperativlarga (shirkatlarga), jamiyatlarga, ittifoqlarga, uyushmalarga va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaliklarining O‘zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga a’zoligi majburiydir.
(22-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)
(23-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 28-dekabrdagi O‘RQ-138-sonli Qonuni bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 52-son, 533-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xo‘jaligi / 09.14.17.00 Qishloq xo‘jaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sug‘urta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24-modda. Dehqon xo‘jaligini kreditlash va sug‘urtalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxs tashkil etgan holda tuzilgan dehqon xo‘jaliklari faoliyatni amalga oshirish uchun kredit olishlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslarning mol-mulki va pul mablag‘larini ixtiyoriylik asosida va shartnoma shartlarida, shu jumladan dehqon xo‘jaliklarini kreditni uzishning zarur garov, sug‘urta hamda boshqa kafolatlarini ta’minlagan holda imtiyozli kreditlashga jalb etishlari, shuningdek xususiy kichik tadbirkorlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlarning barcha turlaridan foydalanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligini ishlab chiqarish ahamiyatiga molik obyektlar qurilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi o‘ziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining (ko‘chatzorlarining), ko‘p yillik dov-daraxtlarning, yetishtirilgan mahsulotning, xomashyoning, materiallarning yo‘qotilishi (nobud bo‘lishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun o‘zining javobgarlik xavfini ixtiyoriylik asosida sug‘urta qildiradi hamda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda va shartlarda sug‘urta tovoni oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25-modda. Dehqon xo‘jaliklarini davlat yo‘li bilan va boshqa tarzda qo‘llab-quvvatlash
(25-moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirish va uni realizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi dehqon xo‘jaliklarining huquqlariga rioya etilishini va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini kafolatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat organlari dehqon xo‘jaligini rivojlantirish va mustahkamlashga ko‘maklashishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, qishloq xo‘jaligi kooperativlari (shirkat xo‘jaliklari) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda:
(25-modda uchinchi qismining birinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi O‘RQ-240-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish va ijtimoiy-maishiy ahamiyatga molik obyektlari bo‘lmagan hududda dehqon xo‘jaliklari tashkil etilganida uni birlamchi obodonlashtirish (yo‘llar, elektr uzatish va aloqa liniyalari qurish, suv bilan ta’minlash, gazlashtirish, telefonlashtirish, radiolashtirish, yer tuzish, yerlarni melioratsiyalash) ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xo‘jaliklariga ishlab chiqarish obyektlari va turar joylarni barpo etishda yordam ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xo‘jaligi uchun kerakli mol-mulk va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan olishda ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navli urug‘lik va qishloq xo‘jalik ekinlarining ko‘chat materiallarini, organik va mineral o‘g‘itlarni, qishloq xo‘jalik ekinlarini zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilish vositalarini yetkazib berish yuzasidan davlat agrotexnika xizmati ko‘rsatish tizimi orqali texnikaviy xizmat ko‘rsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi texnikasi, asbob-uskunalari va ashyo-anjomlarini lizing asosida olishda ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorva mollar va parrandalar boqish uchun shartnoma asosida aralash ozuqa ajratadi, yosh chorva mollar va parrandalar, zotdor qoramollar olishda ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xo‘jaliklarining chorva mollariga veterinariya xizmati ko‘rsatish uchun zarur sharoitlar yaratadi;
(25-moddaning uchinchi qismi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2016-yil 26-dekabrdagi O‘RQ-416-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 52-son, 597-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xo‘jaliklarida yetishtirilgan qishloq xo‘jalik mahsulotini tayyorlash va realizatsiya qilishda ko‘maklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(25-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2013-yil 7-oktabrdagi O‘RQ-355-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2013-y., 41-son, 543-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari dehqon xo‘jaligiga berilgan yerlardan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshiradilar hamda yerdan samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlash yuzasidan zarur choralar ko‘radilar.
(25-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari kengashlari dehqon xo‘jaliklarining yer uchastkalaridan maqsadli va samarali foydalanilishi, shu jumladan yerlarga ishlov berilishining holati, urug‘lar, ko‘chatlar va daraxtlarning ekilishi, issiqxonalar qurilishi, chorva va parrandaning ko‘paytirilishi yuzasidan uylarni aylanib chiqish orqali muntazam ravishda monitoring o‘tkazishga haqli.
(25-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 4-apreldagi O‘RQ-533-sonli Qonuniga asosan beshinchi qism bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26-modda. Dehqon xo‘jaligi faoliyatining natijalarini hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi o‘z faoliyatining natijalarini hisobga olib boradi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatiga olish]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-BOB. DEHQON XO‘JALIGINI TUGATISh (FAOLIYATINI TO‘XTATISh)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-modda. Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi quyidagi hollarda tugatiladi (faoliyati to‘xtatiladi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyatini davom ettirish istagida bo‘lgan bironta ham xo‘jalik a’zosi yoki merosxo‘r qolmagan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasiga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqidan ixtiyoriy voz kechilganda;
(27-moddaning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasi qonunda belgilangan tartibda olib qo‘yilganda;
(27-moddaning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan soliqlar muttasil to‘lanmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar qonun hujjatlarida boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa, yangi berilgan yer uchastkasidan bir yil mobaynida foydalanishga kirishmagan taqdirda;
(27-moddaning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 21-dekabrdagi O‘RQ-506-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xo‘jaliklari faoliyatini tartibga soluvchi qonun hujjatlari bir necha marta yoki bir marta, lekin qo‘pol ravishda buzilganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28-modda. Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dehqon xo‘jaligi a’zolarining qaroriga binoan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi (faoliyati to‘xtatiladi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligini tugatish (faoliyatini to‘xtatish) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53—56-moddalariga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-BOB. YAKUNLOVChI QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29-modda. Nizolarni hal etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish, ularning faoliyati va tugatilishi bilan bog‘liq nizolar qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30-modda. Majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi o‘z majburiyatlari bo‘yicha qonunlarga muvofiq undiruv qaratilishi mumkin bo‘lgan mol-mulki bilan javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi a’zolari dehqon xo‘jaligi mol-mulki yetarli bo‘lmaganda, qonun hujjatlariga muvofiq dehqon xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha o‘zlariga tegishli mol-mulk bilan solidar ravishda subsidiar javobgar bo‘ladi.
(30-modda O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat dehqon xo‘jaligining majburiyatlari bo‘yicha, dehqon xo‘jaligi esa davlat majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-modda. Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor bo‘lgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi qonun hujjatlariga muvofiq xo‘jalik a’zolarining va unda vaqtinchalik asosda ishlayotgan shaxslarning hayoti va sog‘lig‘iga ular mehnat majburiyatlarini bajarish chog‘ida yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar uchun javobgar bo‘lgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan dehqon xo‘jaligida mablag‘ bo‘lmagan yoxud yetarli bo‘lmagan taqdirda, undirilishi lozim bo‘lgan summalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan to‘lanadi.
(31-modda O‘zbekiston Respublikasining 2003-yil 12-dekabrdagi 568–II-son Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 1-2-son, 18-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligining hamda uning a’zolarining yerdan belgilangan maqsadda va samarali foydalanmaganlik uchun javobgarligi qonun hujjatlarida belgilanadi.
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 60, 65, 67—69-moddalariga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 197-moddasiga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1998-yil 30-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
604-I-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 88-modda; 2001-y., 1-2-son, 23-modda; 5-son, 89-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 51-son, 514-modda; 2005-y., 21-son, 148-modda; 2007-y., 52-son, 533-modda; , 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda, 52-son, 555-modda; 2010-y., 35-36-son, 300-modda; 2013-y., 41-son, 543-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda; 2016-y., 52-son, 597-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2018-y., 03/18/506/2356-son; 05.04.2019-y., 03/19/533/2885-son; 30.09.2020-y., 03/20/639/1342-son)