Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020 27.04.2007 yildagi PQ-630-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-iyundagi PF-5739-sonli “Tadbirkorlik subyektlarni tugatish tartib-taomillarini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tadbirkorlik faoliyatining erkinligi kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2007-yil 1-iyuldan boshlab tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish (faoliyatini to‘xtatish)ning soddalashtirilgan tartibi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazgan organ tadbirkorlik subyektini — yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘xtatiladi, shu munosabat bilan yer solig‘i, yagona yer solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik solig‘i, shuningdek barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisoblab yozish to‘xtatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislar (qatnashchilar)ning ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsning majburiyatlarini bajarishga yo‘naltirilayotgan mablag‘laridan soliq olinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ixtiyoriy tugatish, shuningdek tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish va faoliyatini tiklash tartiboti qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan taqdirda ushbu qarorda belgilangan soliq imtiyozlari qo‘llanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibini ommaviy axborot vositalarida keng yoritsin va tushuntirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar va idoralarning normativ hujjatlari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2007-yil 27-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-630-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007-yil 27-apreldagi PQ-630-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik subyektlari — yuridik shaxslarni (keyingi o‘rinlarda korxonalar deb ataladi) ixtiyoriy tugatish va tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslar faoliyatini to‘xtatish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning qoidalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar va boshqa kredit tashkilotlarini;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharni tashkil etuvchi korxonalar va ularga tenglashtirilgan korxonalarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan bankrotlik belgilariga ega bo‘lgan korxonalarni tugatishda qo‘llanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ayrim korxonalar uchun qonun hujjatlarida ularni tugatishning ushbu Nizomda nazarda tutilmagan boshqacha xususiyatlari belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Korxonani ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror uning muassislari (qatnashchilari) tomonidan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi. Qarorda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatuvchi — tugatish komissiyasi (uning a’zolari tarkibi) yoki jismoniy shaxs (pasporti ma’lumotlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mo‘ljallanayotgan tugatish muddati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tugatuvchi tayinlangan vaqtdan boshlab korxona ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar unga o‘tadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning qaroriga (arizasiga) ko‘ra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning tegishli davlat reyestriga bu to‘g‘rida yozuvlar qayd etilgandan keyin korxona tugatilgan, tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs esa o‘z faoliyatini to‘xtatgan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korxona muassislari (qatnashchilari), tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs tugatishning istalgan bosqichida faoliyatini tiklash va tugatish jarayonini to‘xtatish to‘g‘risida qaror qabul qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Tugatuvchining vakolatlari va ularni to‘xtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida korxonaning boshqaruv organlari unga korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, shuningdek korxonaning muhri, shtamplari va boshqa mol-mulkini ro‘yxat bo‘yicha topshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tugatuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ixtiyoriy tugatishni amalga oshiradi va korxonaning kreditorlari, muassislari (qatnashchilari) hamda boshqa tegishli shaxslar manfaatlariga rioya etilishini ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a1) korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlarining ijrosini tugatish tartiboti doirasida ta’minlaydi;
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qaroriga asosan “a1” kichik band bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ishonchnomasiz korxona nomidan vakillik qiladi, korxonaning moliyaviy, to‘lov-hisob-kitob va boshqa hujjatlarini imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) korxonaning barcha mansabdor shaxslari va xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) ushbu Nizomda o‘z vakolatiga kiritilgan masalalarni hal qiladi, shuningdek muassislar (qatnashchilar) qaroriga ko‘ra berilgan taqdirda — boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tugatish komissiyasi tayinlangan taqdirda korxonani boshqarishga oid barcha masalalar ovoz berish yo‘li bilan hal etiladi va komissiya a’zolarining oddiy ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar soni teng bo‘lgan taqdirda tugatish komissiyasi raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tugatish komissiyasi majlislarini o‘tkazishni uning raisi tashkil qiladi, rais ushbu Nizomda belgilangan funksiyalarning tugatish komissiyasi qarorlariga muvofiq bajarilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tugatuvchining vakolatlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ixtiyoriy tugatish nihoyasiga yetganda — korxonani tugatish to‘g‘risidagi yozuvlar ro‘yxatdan o‘tkazgan organ tomonidan tegishli davlat reyestriga kiritilgan kunda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) korxona faoliyati tiklanganda — tugatish ishlari to‘xtatilganligi va korxona faoliyati tiklanganligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan kunda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) korxona bankrot deb e’tirof etilganda — korxona bankrot deb e’tirof etilganligi va tugatish ishlari boshlanganligi to‘g‘risida sud qarori qabul qilingan kunda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) yangi tugatuvchi tayinlanganda — muassislar (qatnashchilar) tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kunda to‘xtatiladi. Ushbu holatda korxonaning barcha hujjatlari, muhrlari, shtamplari va boshqa mol-mulki yangidan tayinlangan tugatuvchiga ikki kun muddat ichida ro‘yxat bo‘yicha topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni ixtiyoriy tugatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshiruvchi korxonalarni ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechikmay:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ro‘yxatdan o‘tkazgan organga — ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) korxonaning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga (keyingi o‘rinlarda asosiy hisob raqami deb ataladi) xizmat ko‘rsatuvchi bankka va korxonaning xorijiy valyutadagi mablag‘lari jamlanadigan vakolatli bankka:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qo‘yilgan, notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) korxonaning milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisob raqamlariga, jamg‘arma depozit hisob raqamlariga va muddatli depozit hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga — ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) korxonaning xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari, jamg‘arma depozit va muddatli depozit hisob raqamlari ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisob raqamlariga, uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqami ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga yoki, agar uning asosiy hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani jo‘natadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va banklar ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning olinganini yozma ravishda tasdiqlashi shart. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va bankning hujjatlarni qabul qilib olgan sana to‘g‘risidagi belgi, ularning tugatuvchiga yozma yoki elektron xabari, hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va bankka yuborilgani haqidagi pochta kvitansiyasi va shu kabilar mazkur hujjatlar olinganligining tasdig‘i hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan sanadan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyati to‘xtatib qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer solig‘i, yagona yer solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik solig‘i, shuningdek barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha penyalarni hisoblab yozish to‘xtatiladi. Mol-mulkni, tayyor mahsulot qoldiqlarini va boshqa aktivlarni sotishda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar amaldagi sotish narxlaridan kelib chiqqan holda, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi va to‘lanadi, ushbu xatboshida ko‘rsatilganlar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlar talablarini ta’minlash bo‘yicha ilgari ko‘rilgan chora-tadbirlar bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslar tomonidan foydalanish uchun berishga sabab bo‘ladigan bitishuvlarni faqat ushbu Nizomda belgilangan tartibda amalga oshirishga yo‘l qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha majburiyatlarni, shuningdek muddati kechiktirilgan majburiy to‘lovlarni bajarish muddati boshlangan hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan asosiy hisob raqamiga va ikkilamchi depozit hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarishga faqat tugatuvchining topshirig‘iga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-kartotekaning amal qilishi to‘xtatib qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi barcha ikkilamchi depozit hisob raqamlari, jamg‘arma depozit hisob raqamlari hamda muddatli depozit hisob raqamlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy valyutadagilari — ulardagi mavjud mablag‘larni korxonaning asosiy hisob raqamiga o‘tkazgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy valyutadagilari — mablag‘larning mavjud qoldiqlarini korxonaning milliy valyutadagi asosiy hisob raqamlari ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga yoki, agar uning asosiy hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazgan holda yopiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korxona xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) korxonaning aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazadi, shu jumladan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi;
(17-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazgan organ korxonani ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davrda korxona tomonidan to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) korxonaning debitorlik qarzlarini olish, shuningdek tasdiqnoma olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) kreditorlarni aniqlash va korxonaning tugatilishi to‘g‘risida ularni yozma ravishda xabardor qilish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lonlar berilishini tashkil qiladi, e’lonlarda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning to‘liq va qisqartirilgan nomi (shuningdek korxonaning tugatishdan oldingi yil mobaynida o‘zgartirilgan barcha to‘liq va qisqartirilgan nomlari ko‘rsatiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchi identifikatsiya tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanasi va ro‘yxatdan o‘tkazgan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nomi va manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi ma’lumotlar (sanasi, tartib raqami);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlarning talablari ko‘rsatilgan holdagi arizalarni qabul qilish muddati; ushbu muddat ko‘rsatib o‘tilgan e’lon chiqqan vaqtdan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risidagi qaror nusxasi olingandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmay yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxonaning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi hamda bu to‘g‘rida korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati va statistika organlarini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi tuman (shahar) bo‘limi (keyingi o‘rinlarda — Byuro)ni xabardor qiladi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Oldingi tahrirga qarang.
(19-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Byuroning tuman (shahar) bo‘limi ro‘yxatdan o‘tkazgan organning bildirishnomasini olgan sanadan boshlab o‘n kundan kechiktirmay, belgilangan tartibda, ish yuritishda ijro hujjati mavjudligini aniqlaydi, unda tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etadi. Tegishli ijro hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda, davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda uning yuzasidan ijro ishini tugallaydi va tartib- taomil doirasida tugatishni ijro etish uchun ijro hujjatini tugatuvchiga yuboradi.
(191-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi ro‘yxatdan o‘tkazgan organning bildirishnomasi belgilangan tartibda olingan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga (taftish qilishga) kirishadi, uning muddati o‘ttiz kalendar kundan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirishda korxonaning oxirgi tekshirish o‘tkazilgan sanadan boshlab (agar korxonani tekshirish davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab amalga oshirilmagan bo‘lsa — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan sanadan boshlab) korxonani tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davr mobaynidagi moliya-xo‘jalik faoliyati qamrab olinadi, biroq bunda da’vo qo‘zg‘atishning quyidagi muddatlariga rioya qilinishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya hisoboti taqdim etgan soliq to‘lovchilar bo‘yicha — uch yil;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq summasining 20 foizdan ortiq miqdorda pasaytirib ko‘rsatilgani (yashirilgani) aniqlangan taqdirda — besh yil.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish ushbu bandning birinchi xatboshida belgilangan muddatda tugallanmagan taqdirda korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi tugatuvchi taqdim etgan hisob-kitoblarga binoan aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tekshirish yakunlariga ko‘ra soliq qonunchiligi buzilishlari aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organi qonun hujjatlariga muvofiq choralar ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etilishi uchun belgilangan muddat tugagach va davlat soliq xizmati organi tomonidan o‘tkazilgan tekshirish natijalarini, shuningdek tuzilgan ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda tugatuvchi oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi.
(21-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq tugatish balansi korxona muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tugatuvchi oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin besh ish kuni mobaynida, tasdiqnomani olgan holda (qabul qilib olingan sanasi to‘g‘risidagi belgi, pochta kvitansiyasi, yozma yoki elektron xabar va shu kabilar) har qaysi kreditorni uning talablari e’tirof etilgani yoki rad qilingani, e’tirof etilgan talablar summasi haqida yozma ravishda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab tugatuvchi tomonidan kreditorlarga quyidagi navbat bo‘yicha pul summalarini to‘lash amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi navbatda — fuqarolarning mehnatga oid huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlarni undirishga va mualliflik shartnomalari bo‘yicha pul to‘lovlariga doir talablarini, shuningdek fuqarolarning hayoti va salomatligiga yetkazilgan zarar uchun korxona tegishli vaqtbay to‘lovlarni soqit qilish yo‘li bilan javob beradigan talablarini qondirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi navbatda — Davlat budjetiga va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar;
(23-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi navbatda — boshqa kreditorlarning talablari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Kreditorlarning garov (ipoteka) bilan ta’minlangan talablarini qondirish korxonaning garovga qo‘yilgan mol-mulkini (garov predmetini) belgilangan tartibda sotishdan keyin tushgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi. Ushbu mablag‘lar qoldig‘i kreditorlar talablarini mazkur Nizomning 23-bandida belgilangan navbat bo‘yicha qondirish uchun yo‘naltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar garov (ipoteka) predmetini sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan ta’minlangan talablarini to‘liq qondirish uchun yetarli bo‘lmasa, u holda talablarning qolgan qismi ushbu Nizomning 23-bandida belgilangan navbat bo‘yicha qondiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablag‘lari yetarli bo‘lmagan taqdirda tugatuvchi tomonidan:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkning bozor qiymatini aniqlash uchun baholovchi tashkilot jalb etiladi;
(25-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010-yil 5-noyabrdagi PQ-1430-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 44-45-son, 378-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona mol-mulkini ochiq savdolarda sotish tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muomaladagi cheklangan mol-mulkni sotish yopiq savdolarda, qonunchilikka muvofiq ko‘rsatib o‘tilgan mulkka nisbatan mulk egasi huquqiga yoki boshqacha buyum egasi huquqiga ega bo‘lgan shaxslar ishtirokida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Savdoga qo‘yilgan sanadan boshlab ikki oy mobaynida sotilmagan mol-mulk kreditorlarga baholash summasida, ushbu Nizomning 23 va 24-bandlarida belgilangan navbatga rioya etgan holda mulk etib qabul qilish taklif etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Garovga qo‘yilgan mulkni garov saqlovchiga mulk qilib berish “Garov to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 29-moddasiga hamda “Ipoteka to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 43-moddasiga muvofiq amalga oshiriladi. Mol-mulkni boshqa kreditorlarga berishda uning baholash summasi e’tirof etilgan talablarni to‘lash hisobiga qo‘shiladi, baholash summasi bilan talab miqdori o‘rtasida korxona foydasiga hosil bo‘lgan tafovut bir hafta muddatda kreditor tomonidan korxonaga to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Kreditorlar talablarini qondirish muassislar (qatnashchilar) tomonidan tugatilayotgan korxonaning bankdagi hisob raqamlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Kreditorlarning talablarini to‘liq hajmda qondirishning mumkin emasligi aniqlangan taqdirda tugatuvchi korxonani to‘lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etish to‘g‘risidagi ariza bilan xo‘jalik sudiga murojaat qilishi shart. Korxona to‘lovga qodir emas (bankrot) deb e’tirof etilgan vaqtdan boshlab ixtiyoriy tugatish to‘xtatiladi va bundan keyingi tartibot bankrotlik to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Tugatuvchi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan, shuningdek korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari amalda ijro etilgandan keyin;
(30-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, moliyaviy sanksiyalar summasi, shu jumladan tekshirishlar yakunlari bo‘yicha to‘langandan keyin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning mol-mulki mol-mulkka egalik qilish yuzasidan buyumlar bo‘yicha huquqlarga yoki ushbu korxonaga nisbatan majburiyatlar bo‘yicha huquqlarga ega bo‘lgan muassislar (qatnashchilar) o‘rtasida taqsimlangandan keyin tugatish balansi loyihasini tuzadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tugatish balansi korxonaning muassislari (qatnashchilari) tomonidan tasdiqlanadi va davlat soliq xizmati organiga topshiriladi. Ayni paytda, tugatuvchi tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjatlarining Byuro organlari ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Byuro hududiy boshqarmasiga so‘rov yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatish balansi qabul qilingandan keyin davlat soliq xizmati organi, korxonaning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi bo‘lmagan taqdirda, bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risida xulosa berishi shart. Byuroning hududiy boshqarmasi, korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati uning ish yurituvida mavjud bo‘lmagan taqdirda, ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvda mavjud emasligi haqida tugatuvchiga uch ish kuni mobaynida yozma javob berishi shart.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasi olingandan, shuningdek ijro etilmagan tegishli ijro hujjati ish yurituvda mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi olingandan keyin, tugatuvchi korxonaning asosiy hisob raqami ochilgan bankka hisob raqamini yopish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnoma bilan murojaat qiladi. Bank bir ish kuni mobaynida korxonaga tegishli bo‘lgan hisob raqamini yopadi va tugatuvchiga asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risida xulosa beradi.
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tugatuvchi asosiy hisob raqami yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida davlat arxiviga korxonaning qonun hujjatlarida nazarda tutilgan barcha buxgalteriya va boshqa hujjatlarini topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tugatuvchi korxonani davlat reyestridan chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan organga quyidagi hujjatlarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risidagi e’lonni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning barcha hisob raqamlari yopilganligi to‘g‘risida xizmat ko‘rsatuvchi banklarning ma’lumotnomalarini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar mavjud bo‘lsa, korxonaning muhr va shtamplari;
(34-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-maydagi PQ-2985-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 386-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organning, agar mavjud bo‘lsa, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarini bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasini;
Oldingi tahrirga qarang.
(34-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-maydagi PQ-2985-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 386-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasini;
(34-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 31-oktabrdagi PQ-2060-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 585-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati Byuro organlari ish yurituvida mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi;
(34-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona hujjatlarining davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingandan keyin ikki ish kuni mobaynida davlat reyestriga korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni kiritadi yoxud ular to‘liq hajmda taqdim etilmagan taqdirda davlat reyestriga yozuvlar kiritilishini rad etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning qarori u qabul qilingan kundan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi. Reyestrga kiritish rad etilgan taqdirda tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplar qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ davlat reyestriga korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona tugatilganligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilgan korxonaning muhr va shtamplarini yo‘q qiladi;
(36-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaga berilgan litsenziya va ruxsatnomalarni (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ularni bergan organlarga topshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining korxona joylashgan joydagi filialini korxona tugatilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Tadbirkorlik subyekti — yuridik shaxsni ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan o‘tkazgan organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab to‘kqiz oydan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ko‘rsatilgan muddat o‘tgungacha ushbu Nizomning 34-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarning to‘liq komplekti ro‘yxatdan o‘tkazgan organga taqdim etilmasa, ixtiyoriy tugatish to‘xtatiladi. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ bir ish kuni mobaynida davlat soliq xizmati va statistika organlariga ixtiyoriy tugatish to‘xtatilgani to‘g‘risida xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning 37-bandida ko‘rsatilgan muddatda tugallanmaganda, shuningdek ixtiyoriy tugatish va korxona faoliyatini tiklash tartiboti to‘xtatilganda ushbu Nizomning 16-bandi “a” kichik bandi uchinchi xatboshida belgilangan imtiyozlar qo‘llanmaydi hamda barcha tegishli to‘lovlar ularni hisoblab yozish to‘xtatib qo‘yilgan davr uchun to‘liq hajmda undiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini yuritmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish ushbu Nizom 2-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechikmay:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ro‘yxatdan o‘tkazgan organga — ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini jo‘natadi, qarorda korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumot mavjud bo‘lishi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) korxonaning talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga (keyingi o‘rinlarda asosiy hisob raqami deb ataladi) xizmat ko‘rsatuvchi bankka va korxonaning xorijiy valyutadagi mablag‘lari jamlanadigan vakolatli bankka:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imzolar namunalari va tugatuvchi muhrining bosma izi qo‘yilgan, notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) korxonaning milliy valyutadagi ikkilamchi depozit hisob raqamlariga, jamg‘arma depozit hisob raqamlariga va muddatli depozit hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklarga — ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) korxonaning xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlari, jamg‘arma depozit va muddatli depozit hisob raqamlari ochilgan banklarga — ularni yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini uning depozit hisob raqamlariga, uning milliy valyutadagi asosiy hisob raqami ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga yoki agar uning asosiy hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnomani jo‘natadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ayni paytda, tugatuvchi tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati Byuro organlari ish yurituvida mavjudligi yuzasidan Byuro hududiy boshqarmasiga so‘rov yuboradi. Bunda, Byuro hududiy boshqarmasi tugatuvchidan so‘rovni olgan kundan boshlab uch ish kuni mobaynida yozma javob yuboradi.
(40-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va banklar ushbu Nizomning 40-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni olganligini yozma ravishda tasdiqlashlari shart. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va bankning hujjatlarni qabul qilib olgan sana to‘g‘risidagi belgi, ularning tugatuvchiga yozma yoki elektron xabari, hujjatlar ro‘yxatdan o‘tkazgan organ va bankka yuborilgani haqidagi pochta kvitansiyasi va shu kabilar mazkur hujjatlar olinganining tasdig‘i hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan sanadan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning ta’sis hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkni begonalashtirish bilan bog‘liq bo‘lgan yoxud mol-mulkni uchinchi shaxslar tomonidan foydalanish uchun berishga sabab bo‘ladigan bitishuvlarni amalga oshirish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) milliy va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan asosiy hisob raqamlariga va ikkilamchi depozit hisob raqamlariga xizmat ko‘rsatuvchi banklar xabardor qilingan sanadan boshlab — korxonaning milliy va xorijiy valyutadagi hisob raqamlaridan mablag‘larni hisobdan chiqarishga faqat tugatuvchining topshirig‘iga binoan, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi barcha ikkilamchi depozit hisob raqamlari, jamg‘arma depozit hisob raqamlari hamda muddatli depozit hisob raqamlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
milliy valyutadagilari — ulardagi mavjud mablag‘larni korxonaning asosiy hisob raqamiga o‘tkazgan holda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy valyutadagilari — mablag‘larning mavjud qoldiqlarini korxonaning milliy valyutadagi asosiy hisob raqamlari ochilgan joyda ochilgan xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamlariga yoki, agar uning asosiy hisob raqamiga xizmat ko‘rsatuvchi bank vakolatli bank hisoblanmasa, boshqa vakolatli bankdagi xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazgan holda yopiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tugatuvchi ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda korxona xodimlari bilan mehnatga oid huquqiy munosabatlarni to‘xtatish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) korxonaning aktivlari va majburiyatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda xatlovdan o‘tkazadi, shu jumladan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan ijro hujjatlari reyestrini tuzadi.
(43-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lonlar berilishini tashkil qiladi, e’lonlarda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning to‘liq va qisqartirilgan nomi (shuningdek korxonaning tugatishdan oldingi yil mobaynida o‘zgartirilgan barcha to‘liq va qisqartirilgan nomlari ko‘rsatiladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchi identifikatsiya tartib raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazilgan sanasi va ro‘yxatdan o‘tkazgan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar (nomi va manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror to‘g‘risidagi ma’lumotlar (sanasi, tartib raqami);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab korxona tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risidagi qaror nusxasi olingandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmay yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxonaning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi hamda bu to‘g‘rida korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi.
(44-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(45-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Tugatuvchi korxonani davlat reyestridan chiqarish uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi e’lon chiqqan sanadan keyin bir oydan erta bo‘lmagan muddatda quyidagi hujjatlarni:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risida bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda chiqqan e’lonni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to‘g‘risidagi xat yoki, agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilayotgan korxona qarzdor sifatida ishtirok etgan va ijro etilmagan ijro hujjati Byuro organlari ish yurituvida mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi.
(46-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislar (qatnashchilar)ning ular o‘rtasida mol-mulk taqsimlanganligi to‘g‘risidagi qarorini;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud bo‘lsa, korxonaning muhr va shtamplari;
(46-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-maydagi PQ-2985-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 386-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona hujjatlari davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar olingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga quyidagilarni tasdiqlash uchun so‘rovnoma yuboradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligini tasdiqlash uchun. Bunda korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati ro‘yxatdan o‘tkazgan organning so‘rovnomasi olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida yozma javob yuboradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan hujjatlarda banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to‘g‘risidagi xat mavjud bo‘lganda — korxona tomonidan hisob raqamlari ochilmaganligini tasdiqlash uchun. Bunda korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organi so‘rovnoma olingan kundan boshlab bir hafta mobaynida yozma javob yuboradi.
(47-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 22-maydagi PQ-2985-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 21-son, 386-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ kreditorlar talablari mavjud bo‘lmagan taqdirda quyidagi sanalardan bittasi boshlanganda korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvni ikki ish kuni mobaynida davlat reyestriga kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar olingan sana boshlanganda — taqdim etilgan hujjatlarda asosiy hisob raqamining yopilgani to‘g‘risida bank ma’lumotnomasi mavjud bo‘lgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organining korxona tomonidan bankda asosiy hisob raqami ochilmaganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomasi olingan sana boshlanganda — ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan taqdim etilgan hujjatlarda tugatuvchining hisob raqami ochilmaganligi to‘g‘risidagi xati mavjud bo‘lgan taqdirda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritishni quyidagi hollarda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 46-bandida ko‘rsatilgan hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmaganda;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlar talablari mavjud bo‘lganda, shu jumladan ijro hujjati bo‘yicha bajarilmagan talablar mavjud bo‘lganda;
(49-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 29-dekabrdagi PQ-1900-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 16-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazgan organning korxona tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligini tasdiqlash to‘g‘risidagi so‘rovnomasiga davlat soliq xizmati organining javobi salbiy bo‘lganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona tomonidan bankda asosiy hisob raqami ochilmaganligi davlat soliq xizmati organi tomonidan tasdiqlanmaganda rad etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning qarori qabul qilingan kunidan keyin bir ish kuni mobaynida tugatuvchiga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi. Bunda reyestrga kiritish rad etilgan taqdirda tugatuvchiga ayni bir vaqtda olingan barcha hujjatlar, muhr va shtamplar qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ davlat reyestriga korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlar kiritilgandan keyin bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona tugatilganligi to‘g‘risida davlat soliq xizmati va statistika organlarini xabardor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilgan korxonaning muhr va shtamplarini yo‘q qiladi;
(51-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq bankining korxona joylashgan joydagi filialini korxona tugatilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritish quyidagi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 49-bandi ikkinchi va beshinchi xatboshida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra rad etilgan taqdirda korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuv davlat reyestriga rad etish sabablari bartaraf etilgandan keyin kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu Nizomning 49-bandi uchinchi va to‘rtinchi xatboshida ko‘rsatilgan sabablarga ko‘ra rad etilgan taqdirda ixtiyoriy tugatish ushbu Nizomning III bo‘limiga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq sxema bo‘yicha amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish uning ro‘yxatdan o‘tkazgan organga taqdim etgan arizasi asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organining soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzi yo‘qligi to‘g‘risidagi xulosasi. Xulosa davlat soliq xizmati organi tomonidan tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs murojaat qilgandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlar mavjud bo‘lganda esa — ular to‘langandan keyin ikki ish kunidan kechiktirmay beriladi;
(54-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 31-oktabrdagi PQ-2060-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 585-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muhr va shtamplar, agar ular mavjud bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari, agar ular mavjud bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risidagi bank ma’lumotnomasi.
(54-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Agar tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs tomonidan banklarda hisob raqamlari ochilmagan bo‘lsa, ro‘yxatdan o‘tkazgan organ arizani olgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga uning hisob raqami ochmaganligini tasdiqlash uchun so‘rovnoma yuboradi. Bunda davlat soliq xizmati organi so‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki kun mobaynida yozma javob yuboradi.
(55-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 17-apreldagi PF-5420-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ davlat reyestriga quyidagi hujjatlar olingandan keyin bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni kiritadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Nizomning 54-bandida ko‘rsatilgan barcha hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organining ushbu Nizomning 55-bandiga muvofiq hisob raqami ochilmagani to‘g‘risidagi tasdiqnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organning tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuvni davlat reyestriga kiritish haqidagi qarori qabul qilingandan so‘ng bir ish kuni mobaynida tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning bevosita o‘ziga beriladi yoki unga pochta orqali jo‘natiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Davlat reyestriga tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini to‘xtatish to‘g‘risidagi yozuv kiritilgandan keyin ro‘yxatdan o‘tkazgan organ bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat soliq xizmati organini tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyati to‘xtatilgani to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatini to‘xtatgan tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxsning (mavjud bo‘lsa) muhr va shtamplarini yo‘q qiladi;
(58-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 3-oktabrdagi PF-4473-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 40-son, 466-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
litsenziya va ruxsatnomalarni (ular mavjud bo‘lganda) ularni bergan organlarga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Tadbirkorlik subyekti sifatida faoliyatining to‘xtatilishi jismoniy shaxsni kreditorlar oldidagi uning tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq majburiyatlaridan ozod qilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Korxona muassislari (qatnashchilari) tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs, tugatuvchi o‘zlari tayyorlagan, ro‘yxatdan o‘tkazgan organga va davlat soliq xizmati organiga taqdim etgan hujjatlarning to‘g‘riligi va qonunchilikka muvofiqligi uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar, shu jumladan o‘zlariga yuklangan vazifalarni bajarmaganlik yoki zarur darajada bajarmaganlik natijasida kreditorlarga, muassislarga (qatnashchilarga) yoki uchinchi shaxslarga yetkazilgan zarar uchun qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Muassislar (qatnashchilar)

Tugatuvchini tayinlash.

Tugatishning mo‘ljallanayotgan muddatini belgilash.

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda

2-bosqich

Korxonani boshqarish organlari

Tugatuvchiga korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, shuningdek korxonaning muhrlari, shtamplari va boshqa mol-mulkini berish.

Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida

Tugatuvchi

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini taqdim etish.

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay

Bankka quyidagilarni taqdim etish:

ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasi;

tugatuvchi imzolarining va muhri bosma izining namunalari bilan birga notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasi;

barcha hisob raqamlarini yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamiga va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnoma.

Moliya-xo‘jalik faoliyatini to‘xtatib qo‘yish.

Yer solig‘i, yagona yer solig‘i, mulk solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik solig‘i, shuningdek barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblab yozishni to‘xtatish.

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ xabardor qilingan kundan boshlab

Bank

Korxona hisob raqamlaridan mablag‘larni tugatuvchining oldindan bergan roziligisiz hisobdan chiqarilishiga yo‘l qo‘ymaslik.

2-kartotekaning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish.

Pul mablag‘larini har bir valyuta turi bo‘yicha yagona hisob raqamida jamlash.

Bank xabardor qilingan kundan boshlab

3-bosqich

Tugatuvchi

Korxona xodimlari bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rish.

Ixtiyoriy tugatish

to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab

Korxonaning aktivlari va majburiyatlrini xatlovdan o‘tkazish, shu jumladan ijro hujjatlari reyestrini tuzish.

Korxona tomonidan yil boshidan boshlab ro‘yxatdan o‘tkazgan organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida xabardor qilingan sanagacha bo‘lgan davr uchun to‘lanadigan barcha turdagi soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni tuzish.

Debitorlik qarzni olish hamda kreditorlarni aniqlash va korxonani tugatish to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish choralarini ko‘rish.

4-bosqich

Tugatuvchi

Bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Internet-saytida korxona tugatilishi to‘g‘risida e’lon berish, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab

korxonaning to‘liq va qisqartirilgan nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiyalash tartib raqami;

ro‘yxatdan o‘tkazgan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqidagi ma’lumotlar (sanasi, tartib raqami);

kreditorlar talablari ko‘rsatilgan holdagi arizalarni qabul qilish muddati (e’lon chiqqan vaqtdan boshlab kamida ikki oy).

5-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ

Yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxonaning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish.

Xabardor qilingandan so‘ng keyingi kundan kechiktirmay

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida:

ichki ishlar;

davlat soliq xizmati;

statistika organlarini;

sud ijrochilari bo‘limini xabardor qilish.

Ichki ishlar organi

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga korxona nomi yozilgan amaldagi muhrlar va shtamplarni tayyorlash uchun korxonaga berilgan barcha ruxsatnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish.

Bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay

Korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishni tayinlash va belgilangan tartibda o‘tkazish.

Bildirishnoma olingan kundan boshlab tegishli ravishda 3+30 kun

Davlat soliq xizmati organi

Tekshirish taftish qilish ko‘rsatilgan muddatlarda tugallanmagan taqdirda korxonaning taqdim etilgan hisob-kitoblarga muvofiq soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzini aniqlash.

6-bosqich

Tugatuvchi

Davlat soliq xizmati organi tomonidan o‘tkazilgan tekshirishlar natijalarini, shuningdek ijro hujjatlari reyestrini hisobga olgan holda oraliq tugatish balansini tuzish.

Kreditorlar tomonidan talabnomalar taqdim etish muddati tugagandan keyin

Muassislar

(qatnashchilar

Oraliq tugatish balansini tasdiqlash.

Oraliq tugatish balansi tasdiqlash uchun taqdim etilgandan keyin

Tugatuvchi

Har bir kreditorni uning talabnomalarini e’tirof etish yoki rad qilish, e’tirof etilgan talabnomalar summasi to‘g‘risida yozma ravishda xabardor qilish.

Oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin 5 ish kun mobaynida

7-bosqich

Tugatuvchi

Kreditorlar bilan belgilangan navbat bo‘yicha hisob-kitob qilish.

Oraliq tugatish balansi tasdiqlangandan keyin

Kreditorlar bilan hisob-kitob qilish uchun pul mablag‘lari yetishmaganda mol-mulkni sotish.

Sotilmagan taqdirda mol-mulkni kreditorlarga mulk qilib berish.

Muassislar (qatnashchilar) tomonidan tugatilayotgan korxonaning bankdagi hisob raqamlariga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hisobiga kreditorlar talabnomalarini qondirish imkoniyati.

8-bosqich

Tugatuvchi

Qolgan mol-mulkni muassislarga (qatnashchilarga) berish.

Kreditorlar bilan hisob-kitoblartugallangandan keyin

Tugatish balansini tuzish.

Muassislar (qatnashchilar)

Tugatish balansini tasdiqlash.

9-bosqich

Tugatuvchi

Tugatish balansini davlat soliq xizmati organiga taqdim etish, Byuro organiga ijro etilmagan ijro hujjati mavjudligi yuzasidan so‘rov yuborish.

Tugatish balansi tasdiqlangandan keyin

Davlat soliq xizmati organi

Qarz bo‘lmagan taqdirda soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarz yo‘qligi to‘g‘risida xulosa berish.

Bir ish kuni mobaynida

10-bosqich

Tugatuvchi

Barcha bank hisob raqamlarini yopish.

Soliq organi xulosasi

olingandan keyin

Hujjatlarni davlat arxiviga berish.

Barcha hisob raqamlari yopilgandan keyin uch ish kuni mobaynida

11-bosqich

Tugatuvchi

Korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritish uchun ro‘yxatdan o‘tkazgan organga quyidagilarni taqdim etish:

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin

bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risida chiqqan e’lon;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

xizmat ko‘rsatuvchi bankning barcha hisob raqamlari yopilgani to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;

muhrlar va shtamplar;

vakolatli organning, agar mavjud bo‘lsa, chiqarilgan qimmatli qog‘ozlarni bekor qilish to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;

agar mavjud bo‘lsa, barcha litsenziyalar (ruxsatnomalar)ning asl nusxalari;

ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi;

davlat soliq xizmati organining xulosasi;

davlat arxivi ma’lumotnomasi.

12-bosqich

Ro‘yxatdan

o‘tkazgan organ

Korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Ikki ish kuni mobaynida

Hujjatlar to‘liq hajmda taqdim etilmagan taqdirda korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.

Tugatuvchini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qilish.

Bir ish kuni mobaynida

Davlat soliq xizmati va statistika organlarini, shuningdek hududiy adliya boshqarmasini xabardor qilish.

Bir hafta muddatda

Muhrlar va shtamplarni ichki ishlar organiga yo‘q qilish uchun topshirish.

Litsenziyalar va ruxsatnomalarni (ular mavjud bo‘lgan taqdirda) ularni bergan organlarga topshirish.

O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki filialini xabardor qilish.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda korxonalarni ixtiyoriy tugatishning umumiy muddati ro‘yxatdan o‘tkazgan organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan boshlab to‘qqiz oydan oshmaydi.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni ixtiyoriy tugatish sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Bosqichlar

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

1-bosqich

Muassislar (qatnashchilar)

Tugatuvchini tayinlash.

Tugatishning mo‘ljallanayotgan muddatini belgilash.

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilinganda

2-bosqich

Korxonani boshqarish organlari

Tugatuvchiga korxona faoliyati bilan bog‘liq barcha hujjatlarni, shuningdek korxonaning muhrlari, shtamplari va boshqa mol-mulkini berish.

Tugatuvchi tayinlangandan keyin uch kun mobaynida

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasini taqdim etish.

Tugatuvchi

Ijro etilmagan ijro hujjati mavjudligi yuzasidan Byuro organiga so‘rov yuborish

Ixtiyoriy tugatish

to‘g‘risida qaror

Bankka quyidagilarni taqdim etish:

qabul qilingandan

ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi qaror nusxasi;

so‘ng keyingi ish

tugatuvchi imzolarining va muhri bosma izining namunalari bilan birga notarial tasdiqlangan kartochkalarning ikki nusxasi;

kunidan kechiktirmay

barcha hisob raqamlarini yopish hamda mablag‘larning mavjud qoldiqlarini talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqami�a va xorijiy valyutadagi talab qilib olinadigan depozit hisob raqamiga o‘tkazish to‘g‘risidagi ariza-topshiriqnoma.

Korxona hisob raqamlaridan mablag‘larning

Bank xabardor

Bank

tugatuvchining oldindan bergan roziligisiz hisobdan chiqarilishiga yo‘lqo‘ymaslik.

qilingan kundan boshlab

Pul mablag‘larini har bir valyuta turi bo‘yicha yagona hisob raqamida jamlash.

3-bosqich

Tugatuvchi

Korxona xodimlari bilan mehnat munosabatlarini to‘xtatish bo‘yicha qonun hujjatlarida belgilangan tartibda chora-tadbirlar ko‘rish.

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab

Korxonaning aktivlari va majburiyatlarini xatlovdan o‘tkazish, shu jumladan ijro hujjatlari reyestrini tuzish.

4-bosqich

Tugatuvchi

Bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda va O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Internet-saytida korxona tugatilishi to‘g‘risida e’lon berish, unda quyidagilar ko‘rsatiladi:

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingandan keyin

korxonaning to‘liq va qisqartirilgan nomi;

joylashgan joyi (pochta manzili), soliq to‘lovchining identifikatsiyalash tartib raqami;

ro‘yxatdan o‘tkazgan organ to‘g‘risidagi ma’lumotlar;

ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul qilingan qaror haqidagi ma’lumotlar (sanasi, tartib raqami);

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab korxona tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

5-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ

Yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxonaning ixtiyoriy tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritish.

Xabardor qilingandan so‘ng keyingi kundan kechikmay

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida:

ichki ishlar;

davlat soliq xizmati;

Ichki ishlar organi

statistika organlarini xabardor qilish. Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga korxona nomi yozilgan amaldagi muhrlar va shtamplarni tayyorlash uchun korxonaga berilgan barcha ruxsatnomalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish.

Bildirishnoma olingan kundan boshlab o‘n kundan kechiktirmay

6-bosqich

Tugatuvchi

Mavjud bo‘lgan taqdirda, talab qilib olinadigan asosiy depozit hisob raqamini yopish.

E’lon chiqqandan keyin bir oy mobaynida

7-bosqich

Tugatuvchi

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organga quyidagilarni taqdim etish:

Ixtiyoriy tugatish to‘g‘risidagi e’lon chiqqandan keyin bir oydan erta bo‘lmagan muddatda

bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning ixtiyoriy tugatilganligi to‘g‘risida chiqqan e’lon;

davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;

banklarda hisob raqamlari ochilmaganligi to‘g‘risida xat yoki bankning, agar mavjud bo‘lsa, asosiy hisob raqami yopilgani to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;

muassislar (qatnashchilar) yig‘ilishining korxona mol-mulki ular o‘rtasida taqsimlanganligi to‘g‘risidagi qarori (protokoli);

korxonaning muhrlari va shtamplari.

ijro etilmagan ijro hujjati mavjud emasligi haqidagi Byuro hududiy boshqarmasining yozma javobi

8-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazgan

So‘rovnomani Davlat soliq xizmati organiga quyidagilarni:

Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay

organ

a) davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab korxona tomonidan moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmaganligini;

Davlat soliq xizmati organi

yozma javob jo‘natilganligini;

So‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki ish kuni mobaynida

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ

b) taqdim etilgan hujjatlarda banklarda hisob raqamlari ochilmagani to‘g‘risidagi xat mavjud bo‘lganda — korxona tomonidan hisob raqami ochilmaganligini tasdiqlash uchun jo‘natish.

Hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay

Davlat soliq xizmati organi

So‘rovnomaga yozma javob jo‘natish.

So‘rovnoma olingan kundan boshlab ikki hafta mobaynida

9-bosqich

Ro‘yxatdan o‘tkazgan organ

Korxona tugatilganligi to‘g‘risidagi yozuvlarni davlat reyestriga kiritish haqida qaror qabul qilish.

So‘rovnoma(jo‘natilgan taqdirda — ikkala so‘rovnoma)

Tugatuvchini qabul qilingan qaror to‘g‘risida xabardor qilish.

tasdiqlangandan keyin bir ish kuni mobaynida

Davlat soliq xizmati va statistika organlarini, shuningdek hududiy adliya boshqarmasini xabardor qilish.

Bir ish kuni mobaynida

Muhrlar va shtamplarni ichki ishlar organiga yo‘q qilish uchun topshirish.

Bir hafta muddatda

O‘zbekiston Respublikasi Xalq banki filialini xabardor qilish.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda ixtiyoriy tugatish muddati qaror qabul qilingan vaqtdan boshlab o‘rtacha uch oygachani tashkil qiladi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-oktabrdagi PF-5200-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tadbirkorlik subyektlari — jismoniy shaxslar faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish sxemasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda tadbirkorlik subyekti — jismoniy shaxs faoliyatini ixtiyoriy to‘xtatish muddati ro‘yxatdan o‘tkazgan organga ariza berilgan vaqtdan boshlab ikki kunni, banklarda hisob raqamlari ochilmagan taqdirda esa — o‘rtacha bir haftani tashkil qiladi.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 31-oktabrdagi PQ-2060-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 585-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 17-18-son, 179-modda; 2010-y., 44-45-son, 378-modda; 2011-y., 9-son, 84-modda; 2012-y., 3-4-son, 26-modda, 40-son, 466-modda; 2013-y., 2-son, 16-modda, 45-son, 585-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 21-son, 386-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.10.2017-y., 06/17/5200/0079; 18.04.2018-y., 06/18/5420/1081-son)