Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020 03.07.1999 yildagi 327-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 01.01.2020
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRMAYOTGAN VA QONUNChILIKDA BELGILANGAN MUDDATLARDA O‘ZLARINING USTAV JAMG‘ARMALARINI ShAKLLANTIRMAGAN KORXONALARNI TUGATISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-sonli “Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini to‘xtatish tartibi hamda Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat reyestridan chiqarish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan 2020-yil 1-yanvardan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 28-iyundagi PF-2331-son Farmonini amalga oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning mablag‘lari va mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, ularning budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzlarini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 40-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 9-son, 100-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va budjetdan tashqari jamg‘armalar ular tomonidan hisobdan chiqarilgan qarzdorlik summalari alohida hisobga olinishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan tugatilayotgan korxonalar mansabdor shaxslariga nisbatan materiallar davlat soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga belgilangan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonunchilikda belgilangan muddatda ta’sis hujjatlarida nazarda tutilgan miqdorlarda o‘z ustav jamg‘armasini shakllantirmagan korxonalar uni amalda shakllangan, lekin qonunchilikda belgilangan eng kam miqdordan kam bo‘lmagan, miqdorgacha kamaytirishlari yoki belgilangan tartibda boshqa tashkiliy-huquqiy shakllarga qayta tashkil etilishlari mumkinligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonalar tomonidan mazkur talablar bajarilmaganda ularning tugatilishi qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 298-son qarori bilan tasdiqlangan Hisob-kitoblar mexanizmini takomillashtirish va budjetga to‘lovlar intizomini mustahkamlash bo‘yicha Hukumat komissiyasi to‘g‘risidagi Nizomning 7-bandi quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xat boshi bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning budjet va budjetdan tashqari jamg‘armalar oldidagi qarzlarini O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi taqdimnomasiga ko‘ra hisobdan chiqarish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1999-yil 3-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
327-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 1999-yil
3-iyuldagi 327-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. UMUMIY QOIDALAR
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.1. Mazkur Nizom moliya-xo‘jalik faoliyatini olti oy mobaynida amalga oshirmayotgan korxonalarni (talab qilib olinguncha depozit hisobvaraqlari bo‘yicha uch oy mobaynida operatsiyalarni o‘tkazmagan savdo, savdo-vositachi korxonalarni), shuningdek qonunchilikda belgilangan muddatda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish tartibini belgilab beradi.
(1.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.2. Mazkur Nizomda “moliya-xo‘jalik faoliyati” atamasi ostida korxonalarning mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish hamda buxgalteriya-moliya, hisob-kitob va tovarga ilova hujjatlarini yuritish bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatish faoliyati tushuniladi.
(1.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.3. Korxonalarni tugatish uchun:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona muassislari (qatnashchilari)ning qarori (ixtiyoriy tugatish);
(1.3-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy sud qarori asos bo‘lib hisoblanadi.
(1.3-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oilaviy korxonada yagona qatnashchi qolishi;
(1.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 19-iyuldagi 225-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan— O‘R QHT, 2012-y., 29-son, 339-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonani ixtiyoriy tugatish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(1.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori asosida to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.31. Ushbu Nizom qoidalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
banklar va kredit byurolarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarini, nodavlat notijorat tashkilotlarini, shu jumladan ularning yuridik shaxslar hisoblanadigan alohida bo‘linmalarini (vakolatxonalari va filiallarini), shuningdek xalqaro va xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud tomonidan bankrot deb e’lon qilingan korxonalarni tugatishda qo‘llanilmaydi.
(1.31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qaroriga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.4. Moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan buyon davom ettirishining maqsadga muvofiqligi to‘g‘risidagi masalani hal etish, shuningdek korxonalarni tugatish jarayonini iqtisodiy sudlar qarorlari bo‘yicha amalga oshirish (ularning muassislari, qatnashchilari ularni tugatishga rozi bo‘lmagan, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan shaxslar turar joyini aniqlash va ularni tugatish jarayoniga jalb etishni ta’minlash mumkin bo‘lmagan holatlarda) tumanlar va shaharlar hokimliklari huzuridagi maxsus komissiyalar (keyingi o‘rinlarda maxsus komissiya deb ataladi) tomonidan amalga oshiriladi.
(1.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.5. Mazkur Nizom III bo‘limining amal qilishi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarga hamda muassislari (qatnashchilari)ning yoki ular tomonidan vakil qilingan organlarning turar joyini aniqlash mumkin bo‘lmagan korxonalarga, IV va V bo‘limlarda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda, joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. TUGATILADIGAN KORXONALARNI ANIQLASh VA HISOBGA OLISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.1. Savdo va savdo-vositachi korxonalar tomonidan uch oy mobaynida, boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlar — yuridik shaxslar tomonidan esa — olti oy mobaynida bank hisob raqamlari bo‘yicha pul operatsiyalarini o‘tkazgan holda moliya-xo‘jalik faoliyati amalga oshirilmagan hollarda tijorat banklari uch kun muddatda u hisobga qo‘yilgan joydagi soliq xizmati organiga axborot taqdim etadi, axborotda quyidagilar ko‘rsatiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankda hisob raqami ochilgan va oxirgi operatsiya o‘tkazilgan sana;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank hisob raqamlarida pul mablag‘larining mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud debitorlik va kreditorlik qarzlarning, kreditorlar ro‘yxati ko‘rsatilgan holdagi 2-kartotekaning mavjudligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning mansabdor shaxslari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bank hisob raqamlari bo‘yicha operatsiyalarni to‘xtatib turish to‘g‘risida sudning tegishli qarori taqdim etilgan taqdirda banklar keyingi ish kunidan kechikmay xo‘jalik yurituvchi subyektlarning hisob raqamlarini yopadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning yopilayotgan hisob raqamlaridagi mablag‘lar qoldiqlari foydalanish huquqisiz tijorat banklari tomonidan maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi, xo‘jalik yurituvchi subyektning to‘lov uchun bankka taqdim etilgan kreditorlik qarzi esa ko‘zda tutilmagan holatlar alohida hisob raqamiga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xo‘jalik yurituvchi subyektlar nomiga tushgan mablag‘lar ularning bankdagi hisob raqamlari yopilgandan keyin foydalanish huquqisiz maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Foydalanish huquqisiz maxsus hisob raqamlarida jamlangan mablag‘lar tijorat banklari tomonidan birinchi navbatda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning budjetdan va budjetdan tashqari fondlardan qarzini to‘lashga, qolgan summa esa — to‘lovlarning kalendar navbati bo‘yicha ularning kreditorlik qarzini to‘lashga yo‘naltiriladi.
(2.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10-noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.2. Soliq organi bank muassasasidan mazkur Nizomning 2.1-bandida ko‘rsatilgan ma’lumotlar olingan kundan boshlab bir hafta muddatda moliya-xo‘jalik faoliyatini so‘nggi olti oy mobaynida amalga oshirmagan korxonalarni (bank operatsiyalarini uch oy mobaynida amalga oshirmagan savdo, savdo-vositachi korxonalarni), shu jumladan:
(2.2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini boshlamagan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkka ega bo‘lmagan va (yoki) mol-mulkini aniqlash mumkin bo‘lmagan (bundan keyin mol-mulki bo‘lmagan korxonalar deb ataladi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muassislari (qatnashchilari)ning turar joyini aniqlash, tugatish jarayoniga mazkur shaxslarni jalb qilishni ta’minlash imkoni bo‘lmagan (bundan keyin muassislari bedarak bo‘lgan korxonalar deb ataladi) korxonalarni aniqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.3. Qonunchilikda belgilangan muddatda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalarni aniqlash ro‘yxatdan o‘tkazgan organ tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.4. Soliq organlari, qonunchilikda belgilangan muddatlarda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarning aniqlanishiga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga mol-mulki bo‘lmagan va (yoki) muassislari bedarak bo‘lgan korxonalarni tugatish to‘g‘risida taqdimnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qolgan korxonalar bo‘yicha korxonalarni tugatish bo‘yicha tegishli hududiy maxsus komissiyaga korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida so‘rovnomalar yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.5. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ maxsus komissiyaga qonunchilikda belgilangan muddatda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida so‘rovnoma yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.6. Maxsus komissiya korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq ekanligi yoxud maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organiga — qonunchilikda belgilangan muddatda moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmagan korxonalar bo‘yicha;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga – qonunchilikda belgilangan muddatda o‘z ustav jamg‘armasini shakllantirmagan korxonalar bo‘yicha bir hafta muddatda xulosa (qaror) yuborishga majburdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining maxsus qarorlariga muvofiq tashkil etilgan korxonalar bo‘yicha xulosa maxsus komissiya tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.7. Maxsus komissiya tomonidan korxona faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalar bo‘yicha — protokol bilan moliya-xo‘jalik faoliyatini tiklash uchun muddat belgilanadi va nazorat qilib boriladi;
(2.7-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 10noyabrdagi 235-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 46-47-son, 458-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikda belgilangan muddatlarda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar bo‘yicha — ustav jamg‘armasini shakllantirish uchun muddat belgilanadi va nazorat qilib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.8. Soliq organi maxsus komissiyaning mazkur Nizomning 2.6-bandida nazarda tutilgan xulosasini (qarorini) olgan kundan boshlab uch kun muddatda korxonalarning davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarini aniqlaydi va:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar hamda davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlari bo‘lmagan korxonalar bo‘yicha — ularni tugatish to‘g‘risidagi taqdimnomani va maxsus komissiya xulosasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlari mavjud korxonalar bo‘yicha — ularning soliq qarzlarini undiradi yoki umidsiz soliq qarzlari mavjud korxonalarni belgilangan tartibda hisobdan chiqarish choralarini ko‘radi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlar soliq xizmati organi tomonidan undirilsa, u holda soliq xizmati organi uch kun muddatda korxonani tugatish to‘g‘risidagi taqdimnomani va maxsus komissiya xulosasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi.
(2.8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.9. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan (faoliyat ko‘rsatmayotgan korxonalar) va qonunchilikda belgilangan muddatda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan sifatida tugatiladigan korxonalar reyestrini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.10. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar faoliyat ko‘rsatmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan korxonalar reyestriga kiritilgan korxonalar to‘g‘risida ular bo‘yicha alohida hisob olib boruvchi tegishli statistika organlariga har oyda ma’lumotlar taqdim etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rsatib o‘tilgan reyestrga ustav jamg‘armasini qonun hujjatlarida belgilangan muddat mobaynida shakllantirmagan aksiyadorlik jamiyati shaklidagi korxona to‘g‘risida yozuvlar kiritishda ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bunday yozuvlar kiritilgan kundan boshlab bir hafta muddatda bu to‘g‘rida qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat vakolatli organini xabardor qiladi.
(2.10 - bandga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli Qarori bilan xatboshi qo‘shilgan;— O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. KORXONALARNI TUGATISh TARTIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.1. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va (yoki) qonunchilikda belgilangan muddatda o‘z ustav jamg‘armasini shakllantirmagan korxonalar faoliyatini bundan keyin davom ettirishning maqsadga muvofiq emasligi to‘g‘risida soliq organining taqdimnomasini yoki maxsus komissiyaning xulosasini olgan kundan boshlab bir hafta muddatda muassislarga (qatnashchilarga) asoslarini ko‘rsatgan holda yozma ravishda, korxonani ixtiyoriy tugatishni taklif etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar korxona ikki hafta muddatda (aksiyadorlik jamiyati — bir oy muddatda) ixtiyoriy tugatishga kirishmagan yoxud korxona muassislari (qatnashchilar) ixtiyoriy tugatishni amalga oshirishni rad etgan, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarni aniqlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ro‘yxatga oluvchi organ bir hafta muddatda iqtisodiy sudga korxonani tugatish to‘g‘risidagi da’vo arizasini belgilangan tartibda yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiy sud tomonidan korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda tugatish jarayoni uning topshirig‘iga ko‘ra maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
(3.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.2. Korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilgan iqtisodiy sud bu haqda korxonani davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan organga, maxsus komissiyaga, shuningdek qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat vakolatli organiga (agar korxona aksiyadorlik jamiyati bo‘lsa) yozma ravishda xabar berishi shart. Buning asosida:
(3.2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuridik shaxslarning davlat reyestriga korxona tugatish jarayonida ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus komissiya korxonani tugatishni amalga oshirishga kirishadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga soluvchi davlat vakolatli organi Emissiyaviy qimmatli qog‘ozlar chiqarish Yagona davlat reyestriga tegishli yozuvlarni kiritadi.
(3.2 - band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 29-dekabrdagi 284-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 52-son, 523-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3.4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.5. Iqtisodiy sudning qarori kuchga kirgan vaqtdan boshlab korxona ishlarini boshqarish bo‘yicha barcha vakolatlar maxsus komissiyaga o‘tadi.
(3.5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.6. Maxsus komissiya korxonaning pul mablag‘larini milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarini (tugatish hisob raqamini) jamlash bo‘yicha korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi bankka topshiriq yuboradi. Korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi bank bir hafta muddatda korxonaning pul mablag‘larini milliy va xorijiy valyutadagi yagona hisobvaraqlarida jamlaydi va tugatish hisob raqamidagi qoldiqlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rsatgan holda maxsus komissiyaga taqdim etadi.
(3.6-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiyasi uch kun muddatda bir yoki bir necha davriy bosma nashrlarda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lon berilishini tashkil etadi. Tugatish to‘g‘risidagi e’londa yuridik shaxsning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi, kreditorlarning talablari ko‘rsatilgan arizalarni qabul qilish muddati ko‘rsatiladi, bu muddat mazkur e’lon chiqarilgan vaqtdan boshlab ikki oydan kam bo‘lmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlarni aniqlash chora-tadbirlarini ko‘rishga va ularni yuridik shaxsning tugatilishi to‘g‘risida xabardor qilishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debitorlik qarzlarni undirib olishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning mavjud mol-mulkini xatlovdan o‘tkazishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kreditorlar tomonidan talablar taqdim etish muddati tugagandan so‘ng maxsus komissiyasi tugatilayotgan korxona mol-mulki tarkibi to‘g‘risidagi ma’lumotlar, kreditorlar tomonidan qo‘yilgan talablar ro‘yxati, shuningdek ularni ko‘rib chiqish natijalari ko‘rsatilgan oraliq tugatish balansi loyihasini tuzadi va kelishish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi, unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonani tugatish jarayoni boshlanganligi to‘g‘risida matbuot organlarida berilgan e’lonning nusxasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat ko‘rsatuvchi bankning tugatish hisobvarag‘ida mablag‘larning mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi va mavjud kreditorlik qarzlari bo‘yicha ma’lumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlar yozma ravishda xabardor qilinganligini tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ oraliq tugatish balansi loyihasiga rozilik berganligi yoki rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda rozilik berishni rad etganligi to‘g‘risida yozma xabar berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oraliq tugatish balansi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bilan kelishilgandan keyin maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
(3.6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.7. Tugatilayotgan korxona kreditorlariga pul mablag‘lari oraliq tugatish balansiga muvofiq, u tasdiqlangan kundan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 56-moddasida belgilangan navbatga ko‘ra maxsus komissiyasi tomonidan to‘lanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar tugatilayotgan korxonaning mavjud pul mablag‘lari kreditorlar talablarini qondirish uchun yetarli bo‘lmasa maxsus komissiyasi korxonaning mol-mulkini qonunchilikda belgilangan tartibda sotadi.
(3.7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatda o‘zlarining ustav jamg‘armalarini shakllantirmagan tugatilayotgan korxonalarning mablag‘lari va mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda, ularning budjetga va budjetdan tashqari jamg‘armalarga majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlari davlat soliq xizmati organlari tomonidan umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish uchun belgilangan tartibda hisobdan chiqariladi.
(3.7-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 25-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat soliq inspeksiyalari hisobdan chiqarilgan umidsiz soliq qarzi summalarining hisobini yuritadi.
(3.7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 4-yanvardagi 1-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 2-son, 25-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda, soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha to‘lanmagan qarzlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ygan tugatilayotgan korxonalar mansabdor shaxslariga nisbatan materiallar davlat soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari jamg‘armalar tomonidan aybdor shaxslarni qonun bilan belgilangan javobgarlikka tortish va davlatga yetkazilgan moddiy zararni qoplash uchun huquqni muhofaza qilish organlariga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.8. Kreditorlar bilan hisob-kitoblar tugallangandan keyin maxsus komissiya kreditorlar bilan hisob-kitoblarni tasdiqlovchi bank to‘lov hujjatlari nusxalarini ilova qilgan holda tugatish balansi loyihasini tuzadi va kelishish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ hujjatlar olingan vaqtdan boshlab uch kun mobaynida tugatish balansi loyihasi kelishilganligi yoxud, rad etishning aniq sabablarini ko‘rsatgan holda, kelishish rad etilganligi to‘g‘risida yozma bildirishnoma berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tugatish balansi hududiy maxsus komissiya tomonidan tasdiqlanadi.
(3.8-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 6-iyundagi 109-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 23-son, 237-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.9. Yuridik shaxsning kreditorlar talablari qondirilgandan va tugatish balansi tasdiqlangandan so‘ng qolgan mol-mulki, qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilmagan bo‘lsa, uning ushbu mol-mulkka mulkiy huquqlarga yoki shu yuridik shaxsga nisbatan majburiy huquqqa ega bo‘lgan muassislari (qatnashchilari)ga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.10. Maxsus komissiya bankdagi tugatish hisob raqamini yopadi, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish hamda muhrni, burchakli va boshqa shtamplarni yo‘q qilish uchun ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya tomonidan korxonaning muhri, burchakli va boshqa shtamplarini, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani topish imkoni mavjud bo‘lmasa, ularning bekor qilinishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi va mazkur e’lonni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Korxonaning tovar belgisi mavjud bo‘lsa maxsus komissiya tegishli organlarga korxonaning tugatilishi munosabati bilan tovar belgisining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani bekor qilish haqida xat jo‘natadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya tugatish ishlari tugallanganligi to‘g‘risidagi (qolgan mol-mulk taqsimotini hisobga olgan holda) protokolni rasmiylashtiradi va tasdiqlaydi.
(3.10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.11. Korxonaning tugatish hujjatlari to‘liq paketi to‘plangandan so‘ng maxsus komissiya tugatilayotgan korxonani yuridik shaxslarning davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza bilan ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga murojaat qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organining davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzlarning mavjud emasligi to‘g‘risidagi xulosasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatish ishlari yakunlanganligi to‘g‘risidagi Maxsus komissiya protokoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxona hujjatlarining Davlat arxiviga topshirilganligini tasdiqlovchi ma’lumotnoma.
(3.11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.12. Ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar asosida uch kun muddatda korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qiladi va yuridik shaxslar davlat reyestriga bu haqda yozib qo‘yadi hamda tuman aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari, korxonaga xizmat ko‘rsatuvchi bankka, statistika va soliq organiga xabar yuboradi, ular korxonani bir ish kuni mobaynida hisobdan chiqarishlari shart.
(3.12-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 8-sentabrdagi 703-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 990-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar davlat reyestriga tugatish haqida yozib qo‘yilgandan so‘ng korxonani tugatish yakunlangan, korxona esa mavjud emas deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. DAVLAT RO‘YXATIDAN O‘TKAZILGAN VAQTDAN BOShLAB MOLIYA-XO‘JALIK FAOLIYATINI AMALGA OShIRMAYOTGAN KORXONALARNI TUGATISh XUSUSIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.1. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmayotgan korxonalarni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilishda hududiy maxsus komissiya quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning tugatilishi to‘g‘risida matbuotda e’lon beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat ko‘rsatuvchi bank hisobvarag‘ini yopadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga korxonani davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi ariza bilan murojaat qiladi hamda agar, mavjud bo‘lsa, yo‘q qilish uchun muhr va shtamplarni topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus komissiya tomonidan korxonaning muhri, burchakli va boshqa shtamplarini, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani topish imkoni mavjud bo‘lmasa, ularning bekor qilinishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon beradi va mazkur e’lonni ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organga taqdim etadi.
(4.1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4.2. Matbuotda korxonaning tugatilishi to‘g‘risida e’lon chiqqandan so‘ng kamida bir oydan keyin quyidagi hujjatlar taqdim etilganda korxona ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ tomonidan davlat reyestridan chiqarilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonani uning tugatilishi munosabati bilan yuridik shaxslar davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risidagi ariza;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy sudning korxonani tugatish to‘g‘risidagi qarori;
(4.2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agar mavjud bo‘lsa — davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat ko‘rsatuvchi bank hisobvarag‘i yopilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq organining korxona davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtdan boshlab moliya-xo‘jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonaning tugatilishi to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon chiqarilganligini tasdiqlovchi hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shundan keyin tugatish jarayoni mazkur Nizomning 3.12-bandiga muvofiq amalga oshiriladi.
(4.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-maydagi 293-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 372-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. MUASSISLARI BEDARAK BO‘LGAN KORXONALARNI TUGATISh XUSUSIYATLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.1. Muassislari bedarak bo‘lgan korxonalar bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar matbuotda ular tomonidan korxonalarni tugatish jarayonining boshlanishi to‘g‘risida e’lon beradilar hamda ayni paytda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki ishlar organlariga — muassislar va mansabdor shaxslarni qidirish chora-tadbirlarini ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur korxonalarga xizmat ko‘rsatuvchi bank muassasalariga — ularning bank hisobvaraqlarini belgilangan tartibda yopish uchun tegishli axborot yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.2. Agar uch oydan so‘ng muassislar (qatnashchilar) kelmasa yoki topilmasa, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bir hafta muddatda korxonani tugatish to‘g‘risida iqtisodiy sudga da’vo arizasi bilan murojaat qiladi.
(5.2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.3. Iqtisodiy sud tomonidan korxonani tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilingan taqdirda tugatish jarayoni uning topshirig‘iga ko‘ra hududiy maxsus komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Korxonani tugatish mazkur Nizomning 3.5 — 3.12 yoki 4.1 - 4.2-bandlariga muvofiq amalga oshiriladi.
(5.3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-yanvardagi 34-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5.4. Korxonani tugatish jarayoni tugallangandan so‘ng qolgan mol-mulk tegishli organ tomonidan egasiz mol-mulk sifatida hisobga olinadi. Tugatish jarayoni tugallangandan so‘ng qolgan pul mablag‘lari mavjud bo‘lgan taqdirda maxsus komissiya ular hisobiga mol-mulk saqlanishini tashkil qiladi. Saqlash muddati tugatish jarayoni tugallangandan keyin uch yildan oshmasligi kerak. Pul mablag‘lari mavjud bo‘lmaganda yoki uch yillik muddat mobaynida saqlash uchun sarflanib bo‘lgan taqdirda, mol-mulk saqlanmaydi va sotib yuboriladi. Tushgan mablag‘lar, operatsiya xarajatlaridan tashqari, bankda ushbu maqsad uchun maxsus ochiladigan hisobvaraqqa o‘tkaziladi. Ko‘rsatib o‘tilgan mablag‘lar bedarak bo‘lgan muassislar (qatnashchilar) mulki hisoblanadi va korxona tugatilgan vaqtdan kamida uch yildan so‘ng mahalliy budjetga o‘tkazilishi kerak.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 20-21-son, 181-modda, 46-47-son, 458-modda; 2007-y., 23-son, 237-modda; 2008-y., 52-son, 523-modda; 2012-y., 29-son, 339-modda, 44-son, 507-modda; 2013-y., 2-son, 25-modda; 2015-y., 9-son, 100-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda, 20-son, 372-modda, 37-son, 990-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/34/0605-son)