O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklarining kichik tadbirkorlikni rivojlantirishda qatnashishini rag‘batlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
(qarorning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 12-sentabrdagi PQ-3270-sonli “Respublika bank tizimini yanada rivojlantirish va barqarorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 21-martdagi PF-2564-son Farmonini bajarish hamda tijorat banklarining kichik biznesni, xususiy tadbirkorlarni rivojlantirishda faol qatnashishini yanada rag‘batlantirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
(kirish qismi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarib tashlangan — O‘R QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi hisobidan kredit berish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
(1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
Tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasini shakllantirish tartibi to‘g‘risidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Belgilab qo‘yilsinki:
Tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari, asosan uzoq va borish qiyin bo‘lgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan tumanlar va shaharlarda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlarining yuqori texnologiyali va innovatsion loyihalarini, ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xo‘jaliklarini moliyalashtirish uchun ajratiladi, ushbu bandning to‘rtinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
tijorat banklari kichik tadbirkorlik subyektlariga kredit berishda kreditning umumiy summasida qarz oluvchining garov ta’minotini rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarni hisobga olish huquqiga ega.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qarorining 2-ilovasida ko‘rsatilgan uzoq va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan tumanlarda yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha miqdorda kreditlar ajratiladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qaroriga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
4. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Markaziy bank, Moliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
amaldagi qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
idoraviy me’yoriy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Pul-kredit siyosati bo‘yicha Respublika komissiyasi ilgari qabul qilingan qarorlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Quyidagilar:
Vazirlar Mahkamasining “Muomaladagi naqd pullarni kamaytirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1994-yil 11-iyuldagi 356-son qarorining 3-bandi;
Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 7-avgustdagi 342-47-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari B.S. Hamidov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 19-may,
195-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-oktabrdagi 222-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2005-y., 40-son, 307-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Tijorat banklari tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi hisobidan kredit berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
NIZOM
(2-ilovaning nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
I. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi, “O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki to‘g‘risida”, “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2000-yil 21-martdagi PF-2564-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda kichik tadbirkorlik subyektlarining, dehqon va fermer xo‘jaliklarining iqtisodiyotining aniq sektori pirovard mahsulotidagi ulushini ko‘paytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
2. Ushbu Nizom banklar tomonidan kichik tadbirkorlik subyektlariga, mikrofirmalarga, kichik korxonalarga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) mablag‘lari hisobidan kredit berish tartibini tartibga soladi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
3. Yakka tartibdagi tadbirkorlarga, dehqon va fermer xo‘jaliklariga, shuningdek kichik tadbirkorlikning boshqa subyektlariga tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan mikrokredit berish “Mikromoliyalash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga, shuningdek tijorat banklari tomonidan belgilanadigan mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatish qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
4. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan mikrokreditlar ushbu Nizomning 13-bandiga muvofiq belgilanadigan foiz stavkasi bo‘yicha beriladi, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik-tijorat banki tomonidan beriladigan mikrokreditlar bundan mustasno.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
5. Tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar berish, qaytarish, to‘lash, muddatli va maqsadli foydalanish shartlari bilan amalga oshiriladi.
Jamg‘arma mablag‘lari, asosan uzoq va borish qiyin bo‘lgan tumanlarda, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan tumanlar va shaharlarda joylashgan kichik tadbirkorlik subyektlarining yuqori texnologiyali va innovatsion loyihalarini, ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xo‘jaliklarini moliyalashtirish uchun ajratiladi, ushbu bandning beshinchi xatboshida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno.
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
Ko‘rsatib o‘tilgan subyektlarni tijorat banklarining Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirish uchun mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan tumanlar va shaharlar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tomonidan Markaziy bank bilan birgalikda aniqlanadi.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
Jamg‘arma hisobidan kreditlar eng kam oylik ish haqining ikki ming baravaridan ortiq bo‘lmagan summada ajratiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qaroriga asosan ikkinchi — to‘rtinchi xatboshilar bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik subyektlari va keng aholi qatlamiga mikrokreditlar ajratish tizimini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 17-martdagi PQ-2844-son qarorining 2-ilovasida ko‘rsatilgan uzoq va borish qiyin bo‘lgan, shuningdek mehnat resurslari ortiqcha bo‘lgan tumanlarda yangi ro‘yxatga olingan yuridik shaxs tashkil etmasdan faoliyat yuritayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar hamda oilaviy tadbirkorlik subyektlariga Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan eng kam oylik ish haqining 100 barobarigacha miqdorda kreditlar ajratiladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
II. Tijorat banklari tomonidan Jamg‘arma hisobidan kreditlar berish tartibi
(II-bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
7. Tijorat banklari Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar berishni shartnoma asosida amalga oshiradilar.
8. Imtiyozli kredit berish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan kreditlar berish muddatlari kredit berilayotgan tadbirning o‘zini qoplashiga bog‘liq bo‘ladi, chunonchi:
xomashyo va materiallar, yarim tayyor mahsulotlar hamda boshqa ishlab chiqarish zaxiralari xarid qilish uchun zarur bo‘lgan aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar kichik tadbirkorlik subyektlariga, qoidaga ko‘ra, 18 oygacha bo‘lgan muddatga beriladi;
(8-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etish uchun aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kreditlar fermer xo‘jaliklariga, shuningdek yuridik shaxs bo‘lgan dehqon xo‘jaliklariga, qoidaga ko‘ra, kamida 2 yil muddatga beriladi;
Oldingi tahrirga qarang.
investitsiya loyihalarini mablag‘ bilan ta’minlash uchun kreditlar kichik tadbirkorlik barcha subyektlariga, shu jumladan yuridik shaxs bo‘lgan fermer va dehqon xo‘jaliklariga to‘lov muddatini kechiktirish huquqisiz 5 yilgacha muddatga berilishi mumkin.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 17-yanvardagi 28-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2004-y., 3-son, 31-modda)
9. Aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun kichik tadbirkorlik subyektlariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda 18 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
10. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini tashkil etishga mo‘ljallangan aylanma mablag‘larni to‘ldirish uchun dehqon va fermer xo‘jaliklariga berilgan kreditlarni qaytarishning eng uzoq muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 30 oydan oshishi mumkin emas, fors-major holatlari bundan mustasno. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining qishloq xo‘jaligi faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan aylanma mablag‘lari uchun berilgan boshqa kreditlar bo‘yicha ulardan foydalanish muddati, qaytarish muddatini uzaytirishni hisobga olgan holda, 18 oy etib belgilanadi.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
11. Banklar investitsiya maqsadlari uchun berilgan kreditlar bo‘yicha kredit berish bo‘yicha imtiyozli davrni belgilashi mumkin.
12. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan qarz oluvchilarga kreditlar mahsulot yetishtirish (tamakichilik va alkogolli mahsulotlar ishlab chiqarishdan tashqari), ishlarni bajarish, xizmatlar (savdo sohasi va umumiy ovqatlanishdan tashqari) ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, amaldagi qonunchilik bilan taqiqlanmagan va quyidagilarni nazarda tutuvchi tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, rivojlantirish va kengaytirish uchun beriladi:
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
ishlab chiqarish binolarini qurish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilish;
mashinalar, asbob-uskunalar, jihozlar, inventarlar, urug‘lik, mol va parrandalar sotib olish;
xomashyo va materiallar, shu jumladan mollar uchun yem, omixta ozuqa, veterinariya preparatlari, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy vositalari, mineral o‘g‘itlar, yonilg‘i-moylash materiallari va ekin maydonlariga ishlov berish bo‘yicha mexanizatsiyalashtirilgan xizmatlar sotib olish.
Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlarning ilgari olingan kreditlarni yoki boshqa har qanday qarzlarni uzishga, ishlab chiqarish maqsadida foydalanilmaydigan shaxsiy mol-mulk sotib olishga berilishi mumkin emas.
13. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan berilgan kreditlardan foydalanganlik uchun foiz stavkasi miqdori O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining qayta moliyalash bo‘yicha kredit berilgan kundagi belgilangan stavkasining 50 foizidan ortiq bo‘lmagan miqdorda belgilanadi.
14. Kreditlar mijozning talab qilib olinadigan depozit hisob raqami joylashgan joy bo‘yicha beriladi.
15. Zarar ko‘rib ishlayotgan, likvidsiz balansga ega bo‘lgan qarz oluvchilarga Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kredit berilmaydi, ilgari berilgan ssudalar esa belgilangan tartibda muddatidan oldin undirib olinadi. Ushbu qoida kredit shartnomasida albatta nazarda tutilishi kerak.
III. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan beriladigan kreditlarni rasmiylashtirish tartibi
(III-bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
16. Qarz oluvchilar kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni (kredit paketini) taqdim etadi:
kredit buyurtmanomasi;
qarz oluvchining bankdagi hisob raqamiga pul tushumlari (pul oqimi) prognozi albatta ko‘rsatilgan holdagi biznes-reja;
so‘nggi hisobot davri uchun buxgalteriya balansi (1-shakl) 90 kundan ortiq vaqtdagi qarzlar bo‘yicha solishtirish dalolatnomasi, moliyaviy natijalar to‘g‘risida hisobot (2-shakl), dehqon xo‘jaliklari bundan mustasno;
(16-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatilgan kreditni qaytarishni ta’minlash shakllaridan bittasi.
17. To‘lamaslik xavfini bartaraf etish uchun qarz oluvchi ta’minotga ega bo‘lishi kerak, ta’minotga bo‘lgan asosiy talab uning amalga oshiriluvchanligi hisoblanadi.
Qarz oluvchi bankka ta’minlashning quyidagi turlaridan bittasini taqdim etishga haqlidir:
mol-mulkni yoki qimmatli qog‘ozni garov sifatida qo‘yish;
bank yoki sug‘urta tashkiloti kafolatnomasi;
uchinchi shaxslarning kafilligi;
sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytarmasligi xavfini sug‘urta qilish to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.
18. Banklar o‘zlari bilan doimiy aloqaga, bank hisob raqamida doimiy pul oqimiga, yaxshi nufuzga va yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan qarz oluvchilarga, ushbu Nizomning 17-bandida ko‘rsatib o‘tilgan qaytarish ta’minotini taqdim etmasdan, blankli (ishonchli) kreditlar berishga haqlidirlar.
19. Mol-mulkni garovga qo‘yish kreditning qaytarilishini ta’minlash shakllaridan biridir. “Garov to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq har qanday mol-mulk, shu jumladan buyumlar va mulkiy huquqlar (talablar), qimmatbaho boyliklar, zargarlik buyumlari, erkin almashtiriladigan valyuta va shu kabilar garov predmeti bo‘lishi mumkin, (muomaladan chiqarilgan buyumlar, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq garov predmeti bo‘la olmaydigan boshqa mol-mulk va/yoki mulkiy huquqlar (talablar) bundan mustasno).
Kredit hisobiga sotib olinadigan qiymatning 80 foizi miqdoridagi mol-mulk ham ushbu kredit bo‘yicha garov predmeti bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
(19-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-oktabrdagi 225-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 43-44-son, 430-modda)
20. Kafolatnoma O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 299-moddasiga muvofiq garantning yozma majburiyati shaklida rasmiylashtiriladi.
21. Kafillik O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 292-moddasiga muvofiq qarzdor va kafil o‘rtasida bank-benefitsiar foydasiga yozma shakldagi kafillik shartnomasi bilan rasmiylashtiriladi.
22. Kredit paketini tahlil qilish chog‘ida bank kredit bitishuvining har xil jihatlarini, qarz oluvchining kredit tarixini, uning rahbari nufuzini (oldingi ish joylari, layoqatliligi, ilgari olingan kreditlarning o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlay olishi va shu kabilarni) baholaydi.
23. Aylanma mablag‘larni to‘ldirishga kredit olish uchun ushbu Nizomning 16-bandida ko‘rsatib o‘tilgan zarur hujjatlar ilova qilingan holdagi buyurtmanoma bankka kelib tushgan kundan boshlab ushbu kredit bo‘yicha bank xulosasini berishgacha bo‘lgan muddat uch ish kunidan oshmasligi kerak.
(23-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 7-apreldagi PF-4609-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 15-son, 163-modda)
Investitsiya loyihasini mablag‘ bilan ta’minlash uchun kredit olishga kredit buyurtmanomalarini banklar tomonidan ko‘rib chiqish muddati tegishli ravishda uzaytirilishi, biroq ko‘pi bilan ikki baravar uzaytirilishi mumkin.
24. Kredit shartnomasi tuzilgandan keyin bank bo‘limi rahbari yoki u vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning o‘rinbosari o‘z vakolati doirasida muddati va foiz stavkasi ko‘rsatilgan holdagi ssuda hisob raqami ochish to‘g‘risida buxgalteriyaga buyruq beradi.
25. Kredit berish to‘g‘risida qaror qabul qilinishi bilan qarz oluvchiga kredit kartochkasi ochiladi, kredit shu kartochka bo‘yicha nazorat qilib boriladi.
26. Qurilish, texnika bilan jihozlash va rekonstruksiya qilishga berilgan kreditlar hisobiga moliyalash faqat barcha zarur loyiha-smeta hujjatlari va boshqa hujjatlar amaldagi qonunchilikka muvofiq bankka taqdim etilgandan keyingina ochiladi.
IV. Kreditlarni berish va qaytarishni hisobga olish tartibi
27. Kreditlar alohida ssuda hisob raqami ochish va qarz oluvchining tovar-moddiy boyliklar uchun to‘lov topshiriqnomasini ushbu hisob raqamidan naqd pulsiz to‘lash yo‘li bilan beriladi.
28. Kredit xodimining farmoyishiga binoan alohida ssuda hisob raqamlari bo‘yicha berilgan kreditlar muddatli majburiyatlar bilan rasmiylashtiriladi, ular, kredit berish muddatlariga ko‘ra, kredit to‘liq qaytarilgungacha ko‘zda tutilmagan holatlar hisob raqamlarida hisobga olib boriladi.
Kreditni qaytarish muddatlari jadval holida taqdim etilishi mumkin, u kreditning pul oqimlari tushishi istiqbollariga ko‘ra bir necha bosqichda qaytarilishini nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Qaytarish muddati yetib kelganda va qarz oluvchida pul bo‘lmaganda kredit muddati o‘tgan ssudalar hisob raqami orqali undiriladi, uning bo‘yicha muddatli majburiyatlar esa 2-kartotekaga joylashtiriladi va qonun hujjatlarida belgilangan navbatli tartibda to‘lanadi. Bunda foizlar kredit qarzidan oldin to‘lanadi.
(28-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 31-oktabrdagi 225-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 43-44-son, 430-modda)
29. Qarz oluvchilarga berilgan kreditlar, kredit berish muddatiga ko‘ra, tijorat bankining tegishli balans hisob raqamlarida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Tijorat banklari hisob raqamlari rejasiga muvofiq hisobga olinadi.
(29-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
30. Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoring olib boradi. Monitoring qarz oluvchining buyurtmanomasini va kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirishga har tomonlama ko‘maklashishga yo‘naltirilishi kerak.
31. Monitoring jarayonida mijozning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati, uning tuzilgan shartnomalarga (buyurtmanomalarga) muvofiq mahsulot yetkazib berish majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlar, muomala chiqishlari, foyda hajmlari, o‘z aylanma mablag‘lari mavjud bo‘lishi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralari ahvoli, aylanma mablag‘larning muomalada bo‘lishi tahlil qilinadi. Bank, qarz oluvchining kredit ishidagi ko‘rsatkichlarni turkumlagan holda, kreditga qodirlik bo‘yicha doimiy monitoringni amalga oshiradi.
Bankka berilgan garovning holati, kreditdan kredit shartnomasida qayd etilgan shartlarda samarali va maqsadli foydalanilishi joyida o‘rganiladi.
Bank qurilishni mablag‘ bilan ta’minlashga berilgan kreditlar bo‘yicha, monitoring jarayonida kreditlangan obyektda kredit shartnomasida qayd etilgan muddat va shartlarda bajarilgan ishlar hajmini nazorat tartibida o‘lchab chiqadi.
32. Berilgan kreditlardan maqsadli foydalanmaganlik aniqlangan taqdirda bank kreditning belgilangan maqsadda foydalanilmagan qismini kredit shartnomasida belgilangan tartibda Qarz oluvchining talab qilib olinadigan depozit hisob raqamidan muddatidan oldin undirish huquqiga egadir.
33. Qarz oluvchi asosiy qarzni va uning bo‘yicha foizlarni kredit shartnomasida qayd etilgan muddatda to‘lanmagan taqdirda bank, sudga murojaat qilmasdan, o‘z talablarini qo‘yilgan mol-mulk hisobidan O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 280-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq qondirishga haqlidir.
34. Tavakkalchiliklarning yo‘l qo‘yiladigan darajalarini aniqlash, shuningdek kreditlar bo‘yicha yo‘qotish ehtimoli uchun zaxiralarni shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilanadigan talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
(34-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 3-maydagi 254-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 18-son, 326-modda)
35. Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan beriladigan kreditlar bo‘yicha mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarga zaxiralarni shakllantirish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Aktivlar sifatini tasniflash, ular bo‘yicha mumkin bo‘lgan yo‘qotishlarni qoplash uchun tijorat banklari tomonidan yaratiladigan zaxiralarni shakllantirish va ulardan foydalanish tartibiga muvofiq amalga oshiriladi.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
Tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasini shakllantirish tartibi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2000-yil 21-martdagi PF-2564-son Farmoniga muvofiq ishlab chiqilgan hamda tijorat banklari tomonidan Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasini shakllantirish tartibini va bu Jamg‘armaga banklar foydasidan ajratmalar normalarini belgilaydi.
II. Jamg‘armani shakllantirish tartibi
(II-bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
2. Tijorat banklari Imtiyozli kredit berish maxsus jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sohasidagi yuqori texnologiyali va innovatsiya loyihalarini, ishlab chiqarish mikrofirmalarini, kichik korxonalarni, dehqon va fermer xo‘jaliklarini moliyalashtirish uchun imtiyozli kreditlar va mikrokreditlar berish uchun tashkil etadilar.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
III. Jamg‘armaga ajratmalar
(III-bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
4. Jamg‘armaga ajratmalar har chorakda bankning biznes-rejasida nazarda tutilgan soliqlar to‘langandan so‘ng har chorakdagi sof foydaning prognoz summasidan kelib chiqqan holda ajratiladi.
Chorak mobaynida amalda ajratilgan ajratmalar miqdori har chorak soliqlar to‘langandan so‘ng amalda olingan foydadan kelib chiqqan holda, foyda va zararlar to‘g‘risidagi hisobotga muvofiq qayta hisoblab chiqariladi.
Jamg‘armaga ajratmalar normalari Markaziy bankning me’yoriy hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan bank faoliyatining moliyaviy ko‘rsatkichlaridan kelib chiqqan holda har chorakda Bank Kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bilan kelishgan holda tasdiqlanadi.
(4-bandning birinchi va uchinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
IV. Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘larni hisobga olish
(IV-bo‘lim nomi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
5. Jamg‘armaga ajratilgan mablag‘lar harakati O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan tasdiqlangan Tijorat banklari hisob raqamlari rejasiga muvofiq tijorat bankining alohida balans hisob raqamida hisobga olinadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 19-martdagi 79-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 12-13-son, 116-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari to‘plami, 2000-y., 5-son, 25-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 3-son, 31-modda; 8-son, 98-modda; 2005-y., 40-son, 307-modda; 2006-y., 43-44-son, 430-modda; 2009-y., 25-son, 288-modda; 2011-y., 12-13-son, 116-modda; 2014-y., 15-son, 163-modda; 2017-y., 18-son, 326-modda)