1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xo‘jalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining
Qarori
“BANKROTLIK TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA KIRITISh TARTIBI TO‘G‘RISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 12-apreldagi O‘RQ-763-sonli “To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
LexUZ sharhi
Mazkur Qaror O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 28-avgustdagi 668-I-sonli “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni qabul qilinishi munosabati bilan amalda o‘z ahamiyatini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi qaror qiladi:
1. “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni matbuotda e’lon qilingan kundan e’tiboran amalga kiritilsin.
LexUZ sharhi
“Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni “Xalq so‘zi” gazetasining 1994-yil 26-maydagi 102 (850)-sonida e’lon qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oylik muddat ichida:
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashiga qonunlarni “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirish haqida takliflar kiritsin;
Hukumatning qarorlarini “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirsin, respublika vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari o‘zlarining mazkur Qonunga zid bo‘lgan normativ hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishi va bekor qilishini ta’minlasin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, qonunlar “Bankrotlik to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiqlashtirilgunga qadar amaldagi qonun hujjatlarining mazkur Qonunga zid bo‘lmagan qismi qo‘llanilaveradi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi Raisi vazifasini bajaruvchi E. XALILOV
Toshkent sh.,
1994-yil 5-may,
1055-XII-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 131-modda)