1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
BANKROTLIK TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi OʻRQ-763-sonli “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 1998-yil 28-avgustdagi 668-I-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan.
Ushbu Qonun kreditorlarning daʼvolarini qondirish maqsadida xoʻjalik yuritish subyektlari boʻlmish yuridik va jismoniy shaxslarni bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish shartlari va tartibini belgilab beradi.
Qonun, mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston Respublikasi xududida xoʻjalik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yuridik va jismoniy shaxslarning, shu jumladan boshqa davlatlar xoʻjalik yuritish subyektlarining mulkiy munosabatlariga nisbatan tadbiq etiladi.
Basharti, qayta tashkil etish chora-tadbirlarini oʻtkazish iqtisodiy jihatdan maqsadga nomuvofiq boʻlsa yoki ular ijobiy natija bermasa, Qonun nochor xoʻjalik yuritish subyektini majburiy yoki ixtiyoriy ravishda tugatish uchun huquqiy asos yaratadi.
Ushbu Qonun oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiradigan korxonalarga (tashkilotlarga) nisbatan tatbiq etilmaydi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi xududida joylashgan xoʻjalik yuritish subyektlari bankrot boʻlganida yuzaga keladigan munosabatlar Qoraqalpogʻiston Respublikasining qonun hujjatlari bilan ham tartibga solinadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Bankrotlik tushunchasi va uning alomatlari
Xoʻjalik yuritish subyektining bankrot boʻlishi deyilganda qarzdorning majburiyatlari mol-mulkidan oshib ketganligi sababli tovarlarga (ishlarga, xizmatlarga) haq toʻlash yuzasidan kreditorlarning talablarini qondirishga qodir emasligi, shu jumladan budjetga va budjetdan tashqari fondlarga majburiy toʻlovlarni taʼminlashga qodir emasligi tushuniladi.
Kreditorlarning talablarini bajarish muddati boshlangan kundan eʼtiboran xoʻjalik yuritish subyekti uch oy mobaynida ularni bajarolmayotganligi yoki bajarishga qodir emasligining muqarrarligi sababli uning joriy toʻlovlari toʻxtatib qoʻyilishi xoʻjalik yuritish subyekti bankrot boʻlishining tashqi alomati hisoblanadi.
Bankrotlik fakti xoʻjalik sudi tomonidan eʼtirof etilganidan yoki xoʻjalik yuritish subyekti ixtiyoriy ravishda tugatilayotganida uning oʻzi bankrot boʻlganligini rasman eʼlon qilinganidan keyin, hamda ushbu qaror korxonalarning iqtisodiy nochorligi (bankrotligi) toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha vakolatli organ (bundan buyon — vakolatli organ) tomonidan tasdiqlangach xoʻjalik yuritish subyekti bankrot boʻlgan hisoblanadi.
(1-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
2-modda. Xoʻjalik yuritish subyektlarining mulkiy javobgarligi
Barcha xoʻjalik yuritish subyektlari oʻz majburiyatlari yuzasidan, basharti qonun hujjatlarida oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, toʻla mulkiy javobgar boʻladilar.
Xoʻjalik yuritish subyektining mulkiy javobgarligi mulkka egalik qilish huquqi yoxud xoʻjalikni toʻla yuritish yoxud operativ boshqarish huquqi asosida oʻziga tegishli boʻlgan mol-mulkka nisbatan qonun hujjatlarida belgilangan doirada tatbiq etiladi.
Xoʻjalik yuritish subyektlarining mol-mulki egasi boʻlmish jismoniy shaxslar, basharti qonun hujjatlarida oʻzgacha qoidalar nazarda tutilmagan boʻlsa, oʻz majburiyatlari yuzasidan xoʻjalik yuritish subyektlarining jami mol-mulki bilan javobgar boʻladilar.
Yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanayotgan jismoniy shaxslar oʻz majburiyatlari yuzasidan oʻzlarining jami mol-mulklari bilan javobgar boʻladilar.
Mol-mulki yetarli boʻlmagan taqdirda qarzdor oʻz qarzlari boʻyicha qonun hujjatlarida belgilab qoʻyilgan tartib va miqdorlarda javobgar boʻladi. Qarz undirishga tortilishi mumkin boʻlmagan mol-mulk qonun hujjatlari bilan belgilanadi.
Yollanib (shartnoma, kontrakt boʻyicha) ishlovchi shaxslar xoʻjalik yuritish subyektlarining qarzlari boʻyicha mulkiy javobgar boʻlmaydilar.
Xoʻjalik yuritish subyektlarining bankrot boʻlishi bilan bogʻliq mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi ishlar xoʻjalik sudi tomonidan koʻrib chiqiladi.
3-modda. Bankrot boʻlishga olib kelgan gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar
Bankrotlik boʻlishga olib kelgan gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar deyilganda xoʻjalik yuritish subyektlari mansabdor shaxslarining yoki mulkdorlarining yoxud kreditorning (kreditorlarning) yoki oʻzga shaxslarning qasddan, uquvsizlik yoki beparvolik oqibatida sodir etgan, xoʻjalik yuritish subyekti yoxud kreditorga (kreditorlarga) ziyon yetkazgan xatti-harakatlari bilan bogʻliq qoidabuzarliklar tushuniladi.
Quyidagilar ham gʻayrihuquqiy xatti-harakatlarga kiradi:
qarzdor mol-mulkining hammasini yoki muayyan qismini yoxud uning majburiyatlarini yashirganlik;
qarzdorning xoʻjalik faoliyatini amalga oshirishi bilan bogʻliq hisob-kitobga doir har qanday hujjatlar yashirganlik, yoʻq qilib yuborganlik, qalbakilashtirganlik;
mol-mulkni (shu jumladan pul mablgʻalarini) yashirish maqsadida boshqa va yuridik va jismoniy shaxslarga berganlik;
buxgalteriya hujjatlariga zarur qaydlarni kiritmaganlik;
qarzdorning qarzga olingan va haqi toʻlanmagan mol-mulkining hammasi yoki muayyan qismini sotganlik, yoʻq qilib yuborganlik, garovga qoʻyganlik;
mansabdor shaxslar yoki mulkdorlarning shaxsiy manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlari yoʻlida xoʻjalik yuritish subyektining toʻlovga layoqatsizligini battar kuchaytirganlik;
kreditorlardan siylov olish yoki ularga tegishli toʻlovlarni boʻlib-boʻlib toʻlashga erishish uchun kreditorlarni chalgʻitish maqsadida oʻzini yolgʻondan (soxta) nochor deb eʼlon qilganlik;
kreditorga (kreditorlarga) ziyon yetkazish maqsadida boshqa har qanday usul bilan xoʻjalik yuritish subyektini atayin bankrotlikka duchor qilganlik;
boshqa kreditorlarga ziyon keltirgan holda muayyan kreditorning talablarini qondirishga afzallik berganlik, talabning ana shunday yoʻsinda qondirilishiga rozi boʻlganlik;
soliqlar va qarzlarni toʻlashdan qochib qutulish maqsadida qarzdorning atayin oʻzini oʻzi tugatganligi.
Bankrot boʻlishga olib kelgan gʻayrihuquqiy xatti-harakatlar sodir etgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortilishlari mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
II BOʻLIM. SUDSIZ BAJARILADIGAN AMALLAR
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.04.00 Bankrotlik toʻgʻrisida ixtiyoriy ravishda eʼlon qilish]
4-modda. Sudsiz bajariladigan amallar
Sudsiz bajariladigan amallar — qarzdorga kreditorlar bilan muzokara olib borish yoʻli orqali yo qarzdor xoʻjalik yuritish subyekti faoliyatini davom ettirishga kelishish yoki xoʻjalik yuritish subyektining ixtiyoriy ravishda tugatilishi toʻgʻrisidagi qaroriga ularning roziligini olish imkonini beruvchi usullar hisoblanadi.
Muzokaralar olib borish tartibi va shartlarini qarzdor kreditorlar bilan kelishgan holda belgilaydi.
qarzdor bilan kreditorlarning hammasi yoki bir qismi oʻrtasida kreditorlarga toʻlanadigan toʻlov muddatini kechiktirish va (yoki) boʻlib-boʻlib toʻlash yoxud qarzdor xoʻjalik yuritish subyekti faoliyatini davom ettirish uchun qarz toʻlashda siylov belgilash toʻgʻrisidagi kelishuv;
qarzdor xoʻjalik yuritish subyektining ixtiyoriy ravishda kreditorlar nazorati ostida tugatilishi va bankrot boʻlganligini ushbu Qonunda belgilab qoʻyilgan tartib va shartlar asosida rasmiy ravishda eʼlon qilishi sudsiz bajariladigan amallar natijalari boʻlishi mumkin.
6-modda. Qarzdor xoʻjalik yuritish subyektining ixtiyoriy ravishda kreditorlar nazorati ostida tugatilishi
Qarzdor xoʻjalik yuritish subyektining ixtiyoriy ravishda tugatilishi toʻgʻrisida va bankrot boʻlganligi haqida rasmiy ravishda eʼlon qilishi xususidagi qarorni xoʻjalik yuritish subyekti rahbari kreditorlar bilan birgalikda xoʻjalik yuritish subyekti rahbari iqtisodiy ahvolining tahlili asosida, xoʻjalik yuritish subyekti oʻz majburiyatlari boʻyicha toʻlovlarni toʻlay olmasligi va uning toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyati yoʻqligi shu tahlil natijasida aniqlangach, qabul qiladi.
Bu qarorni qarzdor xoʻjalik yuritish subyekti mol-mulkining egasi hamda vakolatli organ tasdiqlaydi.
Vakolatli organ (xoʻjalik yuritish subyektining mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan hollarda) yoki ushbu xoʻjalik yuritish subyekti kreditorlaridan birining xoʻjalik yuritish subyektining oʻzini ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi qaroriga rozi boʻlmasligi xoʻjalik yuritish subyekti bankrot boʻlganligi xususida xoʻjalik sudida ushbu Qonunning III boʻlimida belgilab qoʻyilgan tartibda ish yuritishni qoʻzgʻatishga sabab boʻladi;
Qarzdor xoʻjalik yuritish subyekti oʻzini ixtiyoriy ravishda tugatish toʻgʻrisidagi qarorini mazkur xoʻjalik yuritish subyektining mulkdori va vakolatli organ tasdiqlagan paytdan eʼtiboran tugatilish jarayonidagi xoʻjalik yuritish subyekti deb hisoblanadi. Qarzdor xoʻjalik yuritish subyektining ixtiyoriy ravishda tugatilishi toʻgʻrisidagi eʼlon rasmiy matbuotda chop etiladi.
(6-moddaning ikkinchi, uchinchi va toʻrtinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.05.00 Sudda bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqish tartibi]
III BOʻLIM. BANKROT BOʻLGANLIKKA DOIR IShLARNI YURITISh
7-modda. Bankrot boʻlganlikka doir ish qoʻzgʻatish uchun asoslar
Xoʻjalik sudida bankrot boʻlganlikka doir ish qoʻzgʻatish uchun qarzdor kreditorning (kreditorlarning), prokurorning yoki vakolatli organning arizasi asos boʻladi.
(7-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Quyidagi hollarda bankrot boʻlganlikka doir ish qoʻzgʻatish mumkin:
xoʻjalik yuritish subyekti oʻzi eʼtirof etgan daʼvo talablarini uch oy mobaynida qanoatlantirishga yoxud ijro hujjatlari boʻyicha qarzini toʻlashga qodir boʻlmasa;
agar xoʻjalik yuritish subyekti shartnomadagi summani toʻlash haqida yozma ravishda talabnoma olganidan keyin uch oy mobaynida toʻlay olmagan boʻlsa;
qarz majburiyatlarining qiymati xoʻjalik yuritish subyekti mol-mulkining qiymatidan oshib ketsa;
xoʻjalik yuritish subyekti iqtisodiy jihatdan nochor ahvolga tushib qolganligini oʻzi eʼtirof etsa.
Bankrot boʻlganlikka doir ishlarni yuritish Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksi bilan tartibga solinadi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan alohida jihatlar bundan mustasnodir.
8-modda. Iqtisodiy jihatdan nochor qarzdorning arizasi
Nochor qarzdorning arizasi xoʻjalik yuritish subyekti rahbari yoki boshqa vakolatli shaxs tomonidan yozma ravishda xoʻjalik sudiga beriladi.
Oʻzining toʻlovga layoqatsizligi muqarrar ekanligi koʻrsatilgan ariza shunday layoqatsizlik yoki bankrot boʻlish xavfi yuzaga kelgan kundan eʼtiboran uch oydan kechiktirmay beriladi. Qarzdorning arizasiga uning kreditorlari va qarzdorlarining roʻyxati, xoʻjalik yuritish subyekti buxgalteriya balansi hamda uning moliyaviy va mulkiy ahvoliga doir boshqa maʼlumotlar ilova qilinadi.
Qarzdorning oʻzini nochor deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi arizasi qaytarib olinishi mumkin emas.
9-modda. Iqtisodiy jihatdan nochor qarzdorning ariza bermaganligi (arizani vaqtida bermaganligi) uchun javobgarligi
Toʻlovga layoqatsizlik toʻgʻrisida ariza bermaganlik yoki arizani vaqtida bermaganlik uchun xoʻjalik sudi xoʻjalik yuritish subyektining rahbariga yoki boshqa vakolatli shaxsga eng kam ish haqining besh barobaridan oʻn barobarigacha miqdorida jarima soladi.
Xoʻjalik sudiga ariza berish uchun vakolatli organga materiallarni bermaganlik yoki vaqtida bermaganlik uchun vakolatli organ xoʻjalik yuritish subyektining rahbariga yoki boshqa mansabdor shaxsiga eng kam ish haqining bir baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga haqli.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuniga muvofiq ikkinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
10-modda. Kreditorning arizasi
Kreditorning arizasi qarzdor joylashgan erdagi xoʻjalik sudiga yozma ravishda berilib, unga qarzdor eʼtirof etgan qarzini toʻlamagan kundan eʼtiboran uch oy mobaynida talablar qanoatlantirilmaganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Kreditorning arizasi xoʻjalik sudi nochor qarzdorni bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilinguniga qadar kreditor tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
11-modda. Prokurorning xoʻjalik sudiga arizasi
Prokuror Oʻzbekiston Respublikasining qonunlarida nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik yuritish subyektining bankrot boʻlganligiga doir ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi ariza bilan xoʻjalik sudiga murojaat qilishga haqlidir.
Prokurorning arizasi xoʻjalik sudi ish yuritishni qoʻzgʻatguniga qadar prokuror tomonidan qaytarib olinishi mumkin.
111-modda. Vakolatli organning arizasi
Mol-mulkida davlat mulkining ulushi boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektning bankrotligi toʻgʻrisida ish yuritishni qoʻzgʻatish xususida xoʻjalik sudiga vakolatli organ bergan ariza yozma shaklda taqdim etilib, unga ushbu subyektning iqtisodiy nochorligini tasdiqlovchi zarur hujjatlar ilova qilinadi.
(111-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuniga muvofiq kiritilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Qarzdorning, kreditorning (kreditorlarning) prokurorning yoki vakolatli organning arizasi asosida xoʻjalik sudi xoʻjalik yuritish subyektining bankrotligi toʻgʻrisida ish yuritishni qoʻzgʻatadi, bu xususda ajrim chiqarilib, u qarzdorga, kreditorga (kreditorlarga), prokurorga va vakolatli organga, shuningdek jamoa shartnomasini imzolagan organ orqali qarzdorning mehnat jamoasiga yoʻllanadi.
(12-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Bankrot boʻlganlikka doir ish nochor qarzdorning tashabbusi bilan qoʻzgʻatilganda xoʻjalik sudi kreditorlardan qarzdorga nisbatan qoʻyilgan talablarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilib oladi.
Ish kreditorning tashabbusi bilan qoʻzgʻatilganda xoʻjalik sudi qarzdordan kreditorlar va qarzdorlarning roʻyxatini hamda xoʻjalik yuritish subyektining buxgalteriya balansini talab qilib oladi.
Xoʻjalik sudi taqdim etilgan hujjatlarning asosliligi va ishonchliligini tekshiradi hamda tekshirish natijalariga qarab, oʻn kunlik muddat ichida ularni rad etadi yoki ish yuritish uchun qabul qiladi.
Bankrot boʻlganlikka doir ish koʻrib chiqilishi uchun qarzdor ish yuritishga qabul qilingan kundan eʼtiboran oʻn kun ichida:
yuridik shaxsning nomi;
uning faoliyatining tashkiliy shakli;
mulkning shakli, mol-mulkning egasi (egalari);
muassislar;
yuridik shaxs boshqaruv organining nomi;
yuridik shaxs va uning filiallari joylashgan manzillar;
pochta adresi;
faoliyat sohasi va maqsadi;
xoʻjalik sudi ishni yuritish uchun qabul qilgan sanadagi buxgalteriya balansi;
kreditorlarning roʻyxati hamda debitorlik va kreditorlik qarzlarining batafsil yozma bayoni;
ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxatiga doir maʼlumotlardan iborat materiallarni xoʻjalik sudiga topshirishi shart.
Agar qarzdor yakka tartibda ish yuritadigan tadbirkor boʻlsa:
familiyasi, ismi, otasining nomi, tugʻilgan vaqti va joyi;
pasport maʼlumotlari (seriyasi, nomeri, kim tomonidan va qachon berilganligi);
turar joyi va pochta adresi;
yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyatining turi;
agar ishlab chiqarish binosi boʻlsa — u joylashgan manzil;
roʻyxatga olinganligi toʻgʻrisidagi guvohnoma;
daromadlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya;
ilova qilinayotgan hujjatlarning roʻyxatiga doir maʼlumotlarni taqdim etadi.
Xoʻjalik sudi qarzdorning mulkiy ahvoli toʻgʻrisidagi boshqa zarur maʼlumotlarni ham talab qilib olishi mumkin.
Talab qilingan hujjatlar va maʼlumotlar taqdim etilmagan taqdirda xoʻjalik sudi xoʻjalik yuritish subyekti rahbariga, tadbirkorga va aybdor mansabdor shaxslarga eng kam ish haqining bir barobaridan besh barobarigacha miqdorda jarima solishga hamda balansni, boshqa zarur axborotlarni tuzish va taqdim etishni auditorga (auditorlik firmasiga) topshiriga haqlidir.
13-modda. Dastlabki harakatlar
Xoʻjalik sudi ish yuritish uchun materiallarni qabul qilib olgan kundan eʼtiboran qonunda belgilangan muddatda majlis tayin qiladi, unga qarzdorning oʻzi, qarzdor roʻyxatga olingan joydagi banklarning, moliya va soliq organlarining vakillari, kreditorlar, vakolatli organning vakillari (agar qarzdorning mol-mulkida davlatning ishtiroki boʻlsa), shuningdek sudning ixtiyoriga koʻra boshqa organlarning (tashkilotlarning) vakillari taklif qilinib, bu xususda ajrim chiqariladi.
Nochor qarzdor yoki uning mol-mulki egasining vakili bankrot boʻlganlikka doir ishni toʻxtatish haqida va sanatsiya oʻtkazish (mulkdor, vakolatli organ, kreditor (kreditorlar) yoki boshqa shaxslar tomonidan moliyaviy yordam koʻrsatish orqali xoʻjalik yuritish subyekti faoliyatini sogʻlomlashtirish) toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.
(13-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Xoʻjalik sudi sanatsiya oʻtkazish toʻgʻrisidagi iltimosnomani belgilangan muddatda qarab chiqadi hamda uni qondirish yoki rad etish haqida ajrim chiqaradi.
Qarzdor xoʻjalik yuritish subyekti oʻz faoliyatini davom ettirishi uchun uning toʻlov qobiliyatini tiklashning real imkoniyati mavjudligi sanatsiya oʻtkazish uchun asos boʻladi.
Sanatsiya oʻtkazish mumkinligini yoki maqsadga muvofiqligini aniqlash uchun xoʻjalik sudi mustaqil ekspertlarni (auditorlarni) jalb etishga va ularning faoliyati bilan bogʻliq xarajatlarni qarzdorning zimmasiga yuklashga haqlidir.
Xoʻjalik sudi ajrim chiqarganidan soʻng sanatsiya qatnashchilari yigʻilish oʻtkazib, bitim ishlab chiqishlari shart. Bitim imzolanganidan keyin oʻn kun ichida xoʻjalik sudiga topshiriladi. Taqdim etilgan bitimga asosan xoʻjalik sudi sanatsiya oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Bitimda qarzdorning asosiy vositalarni sanatsiya qatnashchilariga berishi koʻzda tutilgan boʻlishi mumkin emas, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa.
(13-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Sanatsiya boshlanganiga 12 oy toʻlganida kreditorlar talablari umumiy summasining kamida 40 foizi qondirilgan boʻlishi kerak.
Sanatsiya qatnashchilari kreditorlar oldida zimmaga olgan majburiyatlarini toʻliq bajarishlari shart va bu majburiyatlarning bajarilishi uchun birgalikda javobgar boʻladilar, agar bitimda oʻzga qoida nazarda tutilmagan boʻlsa.
Sanatsiyaning kechishi 18 oydan oshmasligi lozim. Xoʻjalik sudi sanatsiya qatnashchilarining iltimosnomasiga koʻra sanatsiya oʻtkazish muddatini koʻpi bilan olti oygacha uzaytirishga haqli, davlat korxonalarida sanatsiya oʻtkazish hollari bundan mustasno.
Sanatsiya oʻtkazilishi jarayonida qarzdor xoʻjalik yuritish subyektining egasi, kreditorlardan istalgan biri yoki vakolatli organning vakillarni sanatsiya besamara oʻtayotganligi yoki sanatsiya qatnashchilarining qarzdor xoʻjalik yuritish subyekti egasi yoki kreditorlar yoxud vakolatli organ aʼzolarining manfaatlariga ziyon yetkazishga olib boruvchi xatti-harakatlari toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga ariza bilan murojaat etishlari mumkin. Xoʻjalik sudi bunday arizalarni qarab chiqadi va tegishli, hatto sanatsiyani toʻxtatishgacha boʻlgan hal qiluv qarori qabul qiladi.
(13-moddaning oʻninchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Sanatsiya uni oʻtkazish uchun ajratilgan vaqt tugaganligi, ushbu Qonunda nazarda tutilgan talablar bajarilmayotganligi, shuningdek sanatsiya besamara ekanligi aniqlanganligi munosabati bilan toʻxtatilishi mumkin.
Sanatsiya toʻxtatilgan taqdirda xoʻjalik sudi qarzdorning bankrot boʻlganligini eʼtirof etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qiladi.
Sanatsiyadan koʻzlangan maqsadga erishilganligi xoʻjalik sudining bankrot boʻlganlikka doir ishni toʻxtatish haqidagi masalani hal qilishi uchun asos boʻladi.
Nochor qarzdorga kreditorlarning mulkiy daʼvolarini qondirish va sud xarajatlarini qoplash yuzasidan uchinchi shaxsning kafolati boʻlmasa, mazkur mol-mulkni boshqarishga vakolatli boʻlgan organ iqtisodiy jihatdan nochor qarzdorni sanatsiya qilishda ishtirok etish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar oʻrtasida tanlov oʻtkazishni rasmiy matbuotda eʼlon qilishga haqlidir. Agar bir oy ichida bundaylar topilmasa yoki ular taklif etgan sanatsiyada qatnashish shartlariga qarzdor rozi boʻlmasa, nochor qarzdorning bankrot boʻlganligiga doir ish ushbu Qonunda nazarda tutilgan tartibda qarab chiqilishi lozim.
Bankrot boʻlganlikka doir ish yuritishni toʻxtatish maqsadida qarzdor, u bankrot boʻlgan deb eʼtirof etilguniga qadar, kreditorlarga murojaat qilib, kelishuv bitimi tuzishni, toʻlovlarni kechiktirish va boʻlib-boʻlib toʻlashni, siylov berishni taklif etishi mumkin. Kreditorlar bilan qarzdorning kelishuv bitimi tuzilganligi xoʻjalik sudi tomonidan tegishli hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
14-modda. Mol-mulkida davlat ishtirok etadigan xoʻjalik yuritish subyektlari uchun dastlabki harakatlarning oʻziga xos xususiyatlari
Qarzdorning mol-mulkida davlat ishtirok etgan taqdirda xoʻjalik sudi belgilangan muddat ichida tegishli vakolatli organni ish yuritish qoʻzgʻatilishi toʻgʻrisida xabardor qiladi.
Vakolatli organ xabar topgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddat ichida sanatsiya oʻtkazishning maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi oʻz qarorini xoʻjalik sudiga maʼlum qiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuniga muvofiq 14-moddaning birinchi, ikkinchi qismlariga oʻzgartirishlar kiritilgan, uchinchi va toʻrtinchi qismlari chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Kreditorlarning talablari qondirilgan taqdirda bankrotlikka doir ish toʻxtatiladi.
Kreditorning talablari qondirilmagan taqdirda ishni koʻrish qayta tiklanadi. Bunda qarzdorning xoʻjalik sudiga ushbu Qonunning 13-moddasiga muvofiq iltimosnoma bilan murojaat qilish huquqi saqlanib qoladi.
15-modda. Banklar uchun dastlabki harakatlarning oʻziga xos xususiyatlari
Bank — qarzdor boʻlgan hollarda ish yuritish uchun qabul qilinganligi toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xabardor etiladi. Markaziy bank oʻn kunlik muddat ichida xoʻjalik sudiga bankni sanatsiyalash maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi oʻz xulosasini taqdim etmogʻi lozim. Bu xulosaning mazmuni qarzdor bankning iltimosnomasi qarab chiqilayotganda xoʻjalik sudi tomonidan inobatga olinadi.
16-modda. Xoʻjalik sudining nochor qarzdorni bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Sanatsiyalash yoki kelishuv bitimi toʻgʻrisida ilgari qabul qilingan qarorlar munosabati bilan ehtimol tutilgan kechiktirishlarni hisobga olgan holda xoʻjalik sudi tomonidan belgilangan muddatda xoʻjalik sudining majlisi oʻtkazilib, unda ish materiallarini koʻrib chiqish asosida nochor qarzdorni bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish hamda tugatishga doir ish yuritishni boshlash yoxud arizani rad etish toʻgʻrisida hal qiluv qarori chiqariladi.
Kreditorlarning xoʻjalik yuritish subyektiga boʻlgan talablari rad etilgan taqdirda xoʻjalik sudi koʻrilgan maʼnaviy va moddiy zarar uchun toʻlanadigan tovon miqdorini belgilab, uni xoʻjalik yuritish subyektining foydasiga undirib berishga haqlidir.
Xoʻjalik yuritish subyekti sud qarori chiqarilguniga qadar oʻz xoʻjalik faoliyatini davom ettirish huquqiga egadir.
Bankrot boʻlganlikka doir ish yuritishning har qanday bosqichida nochor qarzdor yoki uning muassisi (muassislari) qarzdorning toʻlanmagan majburiyatlariga barobar mablagʻni garovga qoʻyishi mumkin. Bunday holda ish yuritish bir yildan koʻp boʻlmagan muddatda toʻxtatib turilishi mumkin.
17-modda. Bankrot boʻlgan deb eʼlon qilish
Nochor qarzdorni bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish va tugatishga doir ish yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori belgilangan tartibda rasmiy matbuotda eʼlon qilinadi. Eʼlon haqi qarzdor hisobidan toʻlanadi.
Eʼlonda:
ishni yuritayotgan xoʻjalik sudining nomi;
nochor qarzdorning nomi va joylashgan manzili koʻrsatilishi;
tugatishga doir ish yuritishni qoʻzgʻatishga asos boʻlgan ariza berilgan sana, shuningdek kreditorlar qarzdorga nisbatan oʻz daʼvolarini eʼlon chiqqan kundan eʼtiboran ikki oylik muddat ichida berishlari zarurligi toʻgʻrisida kreditorlarga qaratilgan murojaat bayon qilingan boʻlishi kerak.
18-modda. Tugatishga doir ish yuritishni qoʻzgʻatishning nochor qarzdorga keltiradigan oqibati
Xoʻjalik yuritish subyekti bankrot boʻlgan deb eʼlon qilingan paytdan boshlab qarzdorning oʻz mulkini tasarrufidan chiqarishi, boshqalarga berishi va majburiyatlarini uzishi taʼqiqlanadi, hisob-kitob schyoti boʻyicha operatsiyalar oʻtkazishi, dividendlar, soliqlar toʻlashi va toʻlovlarni amalga oshirish toʻxtatib turiladi.
Nochor qarzdorning qarzga doir barcha majburiyatlarining muddatlari oʻtib ketgan hisoblanadi, unga nisbatan yangi talablar bilan chiqilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Nochor qarzdorning barcha turdagi qarzlari boʻyicha penya va foiz qoʻshib yozish toʻxtatiladi. Nochor qarzdorning mulkidan qarzni undirish borasidagi barcha cheklashlar bekor qilinadi. Xoʻjalik sudida nochor qarzdor ishtirokida koʻrilayotgan mulkiy nizolar, agar ular yuzasidan qabul qilingan hal qiluv qarorlari qonuniy kuchga kirmagan boʻlsa, toʻxtatiladi.
Shu paytdan eʼtiboran qarzdor oldiga qoʻyiladigan mulkiy yoki moliyaviy tusdagi barcha talablar faqat tugatishga doir ishni yuritish chegarasidagina qoʻyilishi mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
IV BOʻLIM. TUGATIShGA DOIR IShNI YURITISh
19-modda. Tugatishga doir ishni yuritishdan koʻzlangan maqsad
Tugatishga doir ishni yuritish — kreditorlarning talablarini mutanosib ravishda qondirish va nochor qarzdorni qarzlardan qutilgan deb eʼlon qilish, tomonlarni oʻzaro gʻayrihuquqiy xatti-harakatlardan himoyalash maqsadida amalga oshiriladi.
20-modda. Tugatishga doir ishni yuritish qatnashchilari
Ishonchli vakil, kreditorlarning yigʻilishi (kreditorlar komiteti), nochor qarzdor va boshqa manfaatdor tomonlar tugatishga doir ishni yuritish qatnashchilari hisoblanadilar.
Xoʻjalik sudi oʻz vakolatlari doirasida tugatishga doir ishni yuritish qatnashchilari oʻrtasida yuzaga keluvchi nizolarni koʻrib chiqadi.
Xoʻjalik sudi xoʻjalik yuritish subyektining bankrot boʻlganligi toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan taqdirda vakolatli organ ishonchli shaxs boshchiligida tugatish komissiyasini tuzadi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Tugatish komissiyasi:
bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyekti joylashgan erdagi rasmiy matbuotda uning tugatilishi toʻgʻrisida va kreditorlarning oʻz daʼvolarini taqdim etishlari tartibi xususida eʼlon berishi;
bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyekti tugatilishi toʻgʻrisida kreditorlar va manfaatdor tomonlarni xabardor qilishi;
bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyektining pul mablagʻlarini bitta bankdagi yagona schyotga jamlashi;
bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyektining mol-mulki, shu jumladan garovga qoʻyilgan mol-mulki toʻgʻrisida hisobot tuzishi;
tugatish balansini tuzishi va uni xoʻjalik sudiga taqdim etishi;
bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyektini tugatish rejasini tuzishi;
joriy ishlarni oxiriga yetkazishi;
bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyekti mulkini manfaatdor tomonlar foydasini koʻzlab, bosqichma-bosqich tugatishi;
kreditorlarga, xoʻjalik sudiga, davlat nazorati va soliq organlariga, boshqa manfaatdor tashkilotlar va shaxslarga bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyektining mol-mulki toʻgʻrisida, mol-mulkni tugatish jarayoni qanday borayotganligi haqida zarur axborotlar berishi;
bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyektini tugatish qanday oʻtganligi toʻgʻrisida yakunlovchi hisobot tayyorlashi va uni xoʻjalik sudiga taqdim etishi shart.
Tugatish komissiyasining xatti-harakatlari ustidan xoʻjalik sudiga shikoyat qilinishi mumkin.
22-modda. Bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyektini tugatish rejasi
Bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyektini tugatish rejasi quyidagilarni aks ettirmogʻi lozim:
bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyekti moliyaviy ahvolining toʻla va xolis bayonini;
kreditorlarning daʼvolarini qondirish shartlari, tartibi, navbati va mutanosibligini;
bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyekti mol-mulki egasining, mehnat jamoasining manfaatlari hisobga olinganligini;
sotilishi lozim boʻlgan mol-mulkning roʻyxatini;
mol-mulkni sotish usuli, joyi va vaqtini;
sud xarajatlarini toʻlash, ekspertlarning, tugatish komissiyasi aʼzolarining, ishonchli vakillar va boshqa shaxslarning faoliyatiga haq toʻlash shartlarini.
Bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyektini tugatish rejasi kreditorlar bilan kelishilgan boʻlishi kerak va u, agar daʼvo summasining kamida uchdan ikki qismining egasi boʻlgan kreditorlar tomonidan quvvatlansa, maʼqullangan hisoblanadi. Agar tugatish rejasi maʼqullanmasa, kreditorlar esa bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyektini tugatish uchun oʻzlari tuzgan rejani belgilangan muddatda taqdim etmasalar, vakolatli organ tugatish komissiyasi taqdim etgan rejani tasdiqlaydi.
(22-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Agar tugatishga doir ish xoʻjalik yuritish subyektining tashabbusi bilan qoʻzgʻatilgan boʻlsa, u xoʻjalik yuritish subyektini tugatishga doir oʻz rejasini taqdim etishga haqlidir.
Tasdiqlangan tugatish rejasi asosida mol-mulkni sotish va qarzdorga boʻlgan daʼvolarni qondirish ushbu Qonun va Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
23-modda. Tugatishga doir ishni yuritishdagi ishonchli vakil va uning huquqlari
Tugatishga doir ishni yuritishdagi ishonchli vakil jismoniy yoki yuridik shaxs boʻlishi mumkin. Ishonchli vakil:
kreditorlar talablarini qondirishga moʻljallangan mol-mulkni (tugatiladigan mol-mulkni) jamlaydi;
qarzdorning moliyaviy ahvoli va mol-mulki toʻgʻrisida davlat nazorat va soliq organlariga, shuningdek kreditorlarga axborot taqdim etadi;
tugatish komissiyasi faoliyatiga rahbarlik qiladi;
ishni yuritish uchun buxgalter va boshqa shaxslarni tayinlaydi;
(23-moddaning birinchi qismi yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
mol-mulkni yashirib qolish yoxud soliqlar va qarzlarni toʻlashdan boʻyin tovlash maqsadida bankrot boʻlganlikka doir ish boshlanishidan yoki iqtisodiy nochorlik toʻgʻrisida ariza berilishidan oldin bir yil mobaynida xoʻjalik yuritish subyekti tuzgan bitimlarni, shuningdek xoʻjalik yuritish subyekti bitim tuzish natijasida mol-mulkning sotish paytidagi bozor bahosiga nisbatan ancha past haq olgan yoki xoʻjalik yuritish subyekti toʻlovga layoqatsiz boʻlsa, bunday bitimlarni haqiqiy emas deb topish masalasini xoʻjalik sudi oldiga qoʻyishi mumkin;
(23-moddaning birinchi qismi toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
Xoʻjalik yuritish subyekti ishonchli vakilning talabi boʻyicha unga qarz summasini koʻrsatgan holda oʻz kreditorlari va debitorlarining toʻla roʻyxatini, aktiv va passivlarning mufassal balansini, moliyaviy ahvoli toʻgʻrisidagi hisobotni, ish daftarlari, schyotlar va boshqa hujjatlardan barcha zarur maʼlumotlarni taqdim etishi shart.
24-modda. Kreditorlar yigʻilishi
Kreditorlar yigʻilishida kreditorlar, ishonchli vakil va nochor qarzdor qatnashish huquqiga ega.
vakolatli organ tasdigʻiga ishonchli vakil nomzodini taqdim etadi;
(24-moddaning ikkinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
nochor qarzdorga qarashli mol-mulkni uning tasarrufidan chiqarish bilan bogʻliq ayrim bitimlar tuzishga ruxsat beradi;
kelishuv bitimi tuzish toʻgʻrisida takliflar kiritishi mumkin;
ishonchli vakilning xatti-harakatlarini nazorat qilib boradi;
yigʻilishning operativ ishlaydigan organi hisoblanmish kreditorlar komitetini tuzishi mumkin. Komitetning vazifalarini kreditorlar yigʻilishi belgilaydi.
Kreditorlar yigʻilishi, basharti, unda qarzdor majburiyati umumiy summasining kamida uchdan ikki qismi miqdorida daʼvo qilayotgan, ovoz berish huquqiga ega boʻlgan kreditorlar qatnashsa, vakolatli hisoblanadi. Kreditorlar yigʻilishda ishonchli vakil orqali qatnashishlari mumkin.
Kreditor, basharti, nochor qarzdorga nisbatan qoʻyilishi toʻgʻri deb topilgan talablar egasi boʻlsa va mazkur ishda oʻzga manfaatlari boʻlmasa, kreditorlar yigʻilishida ovoz berish huquqiga ega boʻladi.
25-modda. Kreditorning (kreditorlarning) huquqlari
Kreditor (kreditorlar) quyidagi huquqlarga ega:
xoʻjalik sudida oʻz manfaatlarini himoya qilish;
bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyektining moliyaviy ahvoli toʻgʻrisida va unga qarashli mol-mulkning holati haqida maʼlumot olish;
ishonchli vakilning xatti-harakatini nazorat qilish;
bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyektini tugatish rejasi bilan tanishish;
ishonchli vakilning, tugatish komissiyasining xoʻjalik sudidagi xatti-harakati (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.
26-modda. Mol-mulkni va qarzni narxlash
Nochor qarzdorning barcha aktivlari, ular balanslarda koʻrsatilgan yoki koʻrsatilmaganligidan qatʼi nazar, tugatiladigan mol-mulkni jamlash uchun asos boʻladi.
Tugatishga doir ish yuritish jarayonida ishonchli vakil jalb etilgan ekspertlar yoki auditorlar yordamida nochor qarzdorning mol-mulkini roʻyxatga oladi va narxlaydi, shuningdek uning majburiyatlarini baholaydi.
Kim oshdi savdosida sotiladigan mol-mulkning qiymat narxi uning dastlab belgilangan narxi boʻladi.
Tugatiladigan mol-mulk jumlasiga:
korxonalarda, tashkilotlarda yollanib (shartnoma, kontrakt boʻyicha) ishlovchi xodimlarning xususiy mol-mulki;
qarzdor tomonidan ijara huquqi asosida foydalanilayotgan mol-mulk;
qarzdor javobgarligida saqlanayotgan tovarlar;
amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq nochor qarzdorning mulki hisoblanmaydigan boshqa mol-mulk kiritilmaydi.
Bankrot boʻlganning mol-mulki oshkora savdo tashkil qilish yoʻli bilan sotiladi. Tugatish komissiyasi savdoni oʻtkazish joyi va vaqti toʻgʻrisida savdo boshlanishidan kamida oʻn kun oldin rasmiy matbuotda eʼlon beradi. Qarzdorning mulki bosqichma-bosqich sotilishi mumkin, lekin doimo oshkora ravishda hamda tugatish paytidagi dastlab belgilanadigan narxlardan past boʻlmagan narxlarda sotilishi shart.
(27-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
28-modda. Bankrot boʻlganning mol-mulkini taqsimlash tartibi va navbati
Savdodan tushgan pul bankrot boʻlgan xoʻjalik yuritish subyektini tugatish rejasiga muvofiq kreditorlar oʻrtasida taqsimlanadi. Toʻlovlar qarzdorning mol-mulki sotilishiga qarab toʻlanadi. Uzil-kesil toʻlov mol-mulk savdosi yakunlanganidan keyin tugatish rejasiga muvofiq amalga oshiriladi.
Tugatishga doir ish yuritish, ishonchli vakilning oʻz vazifalarini bajarishi, shuningdek xoʻjalik yuritish subyektining ishlab turishini davom ettirish bilan bogʻliq xarajatlar navbatdan tashqari qoplanadi.
Birinchi navbatda budjetga, budjetdan tashqari fondlarga toʻlovlarni hamda ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov (ijrochi) hujjatlari boʻyicha talablar, alimentlarni undirishga doir talablarni qondirish uchun hisobvaragʻidan pul mablagʻlarini oʻtkazish yoki pulni berishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlari boʻyicha talablar, mualliflik shartnomalariga binoan mukofotlarni toʻlash boʻyicha, shuningdek hayoti va salomatligiga yetkazilgan zararning oʻrnini qoplash toʻgʻrisidagi, budjetga toʻlovlar boʻyicha hamda mehnatga oid va unga tenglashtirilgan huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan talablar boʻyicha xoʻjalik subyektlarining majburiyatlari teng darajada bajarilishini taʼminlovchi talablar qondiriladi.
(28-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Ana shu talablar toʻla-toʻkis qondirilganidan keyin ijtimoiy sugʻurtaga oid talablar va fuqarolarning jinoyat yoki maʼmuriy huquqbuzarlik tufayli ularning mol-mulkiga yetkazilgan zararlarning oʻrnini qoplashga doir talablari qondiriladi.
Ikkinchi navbatda davlat sugʻurta organlarining majburiy sugʻurta boʻyicha talablari qondiriladi.
(28-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Uchinchi navbatda kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablari qondiriladi.
Toʻrtinchi navbatda kreditorlarning garov bilan taʼminlanmagan talablari qondiriladi.
Beshinchi navbatda qarzdor xoʻjalik yuritish subyektini, boshqarishda qatnashmaydigan mehnat jamoasi aʼzolari jumlasidan boʻlmish aksiya egalarining va investorlarning talablari qondiriladi.
Oltinchi navbatda qolgan barcha talablar qondiriladi.
Navbatdagi har qaysi talab navbat boʻyicha oldingi talab toʻla-toʻkis bajarilganidan keyin qondiriladi.
Undirib olinayotgan summa birorta navbatdagi talablarni toʻliq qondirish uchun yetarli boʻlmasa, bu talablar har bir undirib oluvchiga tegishli summaga mutanosib tarzda qondiriladi.
(28-moddaning oʻn birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
(28-moddaning oʻn ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustdagi 281-I-son Qonuniga muvofiq chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda)
Oxirgi toʻlov toʻlanganligi toʻgʻrisida rasmiy matbuotda maxsus xabar eʼlon qilinadi.
Mol-mulk qiymatining kreditorlar talablari qondirilganidan va ish yuritish xarajatlari toʻlanganidan keyingi qoldiq qismini tugatilayotgan xoʻjalik yuritish subyekti mol-mulkining egasi oladi.
Tugatish jarayonida sotilmay qolgan mol-mulkdan mulk egasi boʻlgan qarzdorning koʻrsatmasi boʻyicha foydalaniladi.
Mol-mulk yetarli emasligi sababli qondirilmay qolgan qarz majburiyatlari uzilgan deb hisoblanadi.
29-modda. Tugatilayotgan xoʻjalik yuritish subyekti xodimlarining huquqlari
Tugatilayotgan xoʻjalik yuritish subyektida yollanib (shartnoma, kontrakt boʻyicha) ishlayotgan shaxslarning huquqlari qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
30-modda. Tugatish komissiyaning hisobotini tasdiqlash
Tugatish jarayoni oxiriga yetgach, tugatish komissiyasi vakolatli organga tugatish balansini va daʼvolar qondirilganidan soʻng qolgan mablagʻlardan qanday foydalanilganligi toʻgʻrisida hisobotni ilova qilgan holda oʻz faoliyati toʻgʻrisida yakunlovchi maʼlumot taqdim etadi.
Vakolatli organ tugatish komissiyasining hisobotini tasdiqlaydi, tugatishga doir ish yuritish tamomlanganligi toʻgʻrisida qaror qabul qiladi va xoʻjalik yuritish subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazuvchi organga oʻzining qarorini maʼlum qiladi.
(30-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 485-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 241-modda)
31-modda. Xoʻjalik yuritish subyektining faoliyatini toʻxtatish
Xoʻjalik yuritish subyekti davlat roʻyxati reyestridan chiqarilgan paytdan boshlab, uning faoliyati toʻxtatilgan, bankrotlikka doir ish tugatilgan, qarzdor esa qarzlaridan qutilgan hisoblanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.09.00 Tugatish jarayoni]
V BOʻLIM. TUGATIShGA DOIR ISh YURITIShDAGI KELIShUV BITIMI
32-modda. Kelishuv bitimiga erishish imkoniyatlari
Qarzdor bilan kreditorlar oʻrtasida kelishuv bitimi tugatishga doir ish yuritishning istalgan bosqichida tuzilishi mumkin.
Kelishuv bitimi navbat boʻyicha oldingi talablar toʻla-toʻkis qondirilganidan keyin uchinchi va keyingi navbatdagi daʼvolarga nisbatangina tuzilishi mumkin.
33-modda. Kelishuv bitimi tuzish shartlari
Kelishuv bitimi, agar uni kreditorlarning kamida uchdan ikki qismi (daʼvolar summasi boʻyicha) yoqlagan boʻlsa, tuzilgan hisoblanadi.
Kelishuv bitimi tuzilishiga rozi boʻlmagan kreditorlar uchun kelishuv bitimiga rozilik bildirgan va talablarning navbati bir xil boʻlgan kreditorlar uchun belgilanganidan yomonroq shart-sharoit belgilanishi mumkin emas. Ana shu kreditorlar oʻrtasidagi nizolar xoʻjalik sudida koʻrib chiqiladi.
34-modda. Kelishuv bitimi tuzish
Kelishuv bitimi yozma ravishda tuziladi va uning ijrosi barcha kreditorlar uchun majburiy hisoblanadi hamda imzolangan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Kelishuv bitimi bajarilmagan taqdirda manfaatdor tomonlar belgilangan tartibda xoʻjalik sudiga murojaat qilishlari mumkin.
35-modda. Kelishuv bitimini haqiqiy emas deb eʼtirof etish yoki uni bekor qilish
Agar nochor qarzdor balansda oʻzining mol-mulki holatini notoʻgʻri aks ettirgan boʻlsa, istalgan kreditorning daʼvosi boʻyicha xoʻjalik sudi kelishuv bitimini haqiqiy emas deb topishi mumkin.
Quyidagi hollarda:
kelishuv bitimining shartlari bajarilmaganida;
qarzdorning moliyaviy ahvoli yomonlashuvi davom etib, bu hol kreditorlarga jarayonni qayta tiklash toʻgʻrisida iltimos qilishga huquq berganda;
qarzdor kreditorlarning huquqlari va manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazuvchi xatti-harakatlar sodir etgan hollarda kelishuv bitimi haqiqiy emas deb eʼtirof etilishi hamda qarzdorni bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish jarayoni qayta tiklanishi mumkin.
Kelishuv bitimi haqiqiy emas deb eʼtirof etilgan taqdirda bankrot boʻlgan deb eʼtirof etish jarayoni qayta tiklanganligi toʻgʻrisida rasmiy matbuotda xabar beriladi.
Agar kelishuv bitimi ijro qilingunga qadar qarzdor bankrot deb eʼlon qilingan boʻlsa, toʻlanishi kechiktirilgan, boʻlib-boʻlib toʻlashga kelishilgan yoki qarzlarning siylovidan iborat kreditorlarning daʼvolari, ularning qanoatlantirilmagan qismi doirasida toʻla hajmda qayta tiklanadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1994-yil 5-may,
1054-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1994-y., 5-son, 130-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-y., 9-son, 144-modda; 1997-y., 9-son, 241-modda; 1998-y., 5-6-son, 102-modda)