1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.03.00.00 Bankrotlik va sanatsiya (shuningdek, 03.03.03.00 ga qarang) / 09.03.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Fuqarolik qonunchiligi. Tadbirkorlik / Tadbirkorlik faoliyati subyektlarini tugatish. Sanatsiya va bankrotlik]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
“BANKROTLIK TOʻGʻRISIDA”GI OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINING 110, 111, 133 VA 135-MODDALARIGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2005-yil 22-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2005-yil 2-dekabrda maʼqullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 12-apreldagi OʻRQ-763-sonli “Toʻlovga qobiliyatsizlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1994-yil 5-mayda qabul qilingan “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga (2003-yil 24-aprelda qabul qilingan 474–II-sonli Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 5, 63-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
“Korxonani (biznesni) sotish narxi kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasining qarori bilan pasaytirilishi mumkin, biroq bunda pasaytirish avvalgi kimoshdi savdosidagi narxning 10 foizidan koʻp boʻlmasligi kerak”;
2) 111-moddaning birinchi qismidagi “tashqi boshqaruv rejasida va” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
3) 133-modda quyidagi mazmundagi qism bilan toʻldirilsin:
“Agar qarzdorning butun mol-mulki garov narsasi boʻlsa va garovga qoʻyilgan mol-mulkni (garov narsasini) sotishdan tushgan summa kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablari summasidan kam yoki unga teng boʻlib qolsa, kreditorlarning garov bilan taʼminlangan talablarini qanoatlantirish ushbu Qonun 134-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan xarajatlar qoplanganidan va talablar qondirilganidan keyin hamda ish haqi toʻlash uchun pul mablagʻlari berilishini nazarda tutuvchi toʻlov hujjatlari boʻyicha talablar qondirilganidan keyin amalga oshiriladi”:
4) 135-moddaning birinchi qismidagi “agar kreditorlar yigʻilishi yoki kreditorlar qoʻmitasi tomonidan qarzdorning mol-mulkini sotishning boshqacha tartibi belgilangan boʻlmasa” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun “Xalq soʻzi” gazetasining 2005-yil 22-dekabrdagi 249 (3794)-sonida eʼlon qilingan.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2005-yil 20-dekabr,
OʻRQ–15-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y., 51-son, 375-modda)