toggle_night_mode
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish sohasidagi ishlarning tahlili moliyaviy nobarqaror korxonalar soni oshib borayotganini, koʻrilayotgan choralar esa kutilgan samarani bermayotganini koʻrsatmoqda. Korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirishning huquqiy asoslari tahlili quyidagi bir qator yechilmagan masalalar mavjudligidan dalolat beradi:
birinchidan, tartibga solishda kamchiliklar mavjud. Moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha tadbirlarning maʼlumot yigʻishdan monitoring qilishgacha boʻlgan bosqichidagi barcha masalalarni qamrab oluvchi yagona hujjat shu paytga qadar qabul qilinmagan, mavjud hujjatlar esa jarayonning faqat muayyan bosqichlarini tartibga soladi;
ikkinchidan, korxonalar tomonidan qabul qilinayotgan biznes rejalarning moliyaviy sogʻlomlashtirishning belgilangan normativlari bilan zaruriy bogʻliqligi mavjud emas. Korxonalarning boshqaruv organlari oʻz faoliyatida moliyaviy sogʻlomlashtirish normativlariga muvofiqlikni tekshirib koʻrmayapti va korxonalarning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirishda ularni hisobga olishmayapti;
uchinchidan, davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” tushunchasi tavsifi, uning mazmuniga oid talablar, ishlab chiqish va monitoring qilish tartibi mavjud emas. Moliyaviy sogʻlomlashtirish yoʻl xaritalari 2011-yildan buyon ishlab chiqilayotgan boʻlishiga qaramay, ularni ishlab chiqish, tasdiqlash va monitoring qilish boʻyicha normativ baza hozirgacha yaratilmagan;
toʻrtinchidan, “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishga xoʻjalik birlashmalari va hokimliklar jalb qilinmagan. Normativ baza yoʻqligi sababli tarmoq idoralari va hokimliklar “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqishda nomigagina ishtirok etmoqda va ularda belgilangan chora-tadbirlarning ijrochilaridan biri boʻlib qolmoqda;
Oldingi tahrirga qarang.
beshinchidan, moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha amaldagi huquqiy meʼyorlarning korporativ boshqaruv va toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari doirasida keng qoʻllanilishi taʼminlanmayapti. Oxirgi yillardagi toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini qoʻllash tahlili dinamikasi toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillari joriy qilish koʻlami kamayganligini koʻrsatmoqda. Holbuki, ushbu chora kreditorlarning qarzlarini qaytarish va korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish nuqtai nazaridan ancha samarali hisoblanadi.
(muqaddimaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirishning samarali tizimini yaratish, shuningdek, har tomonlama koʻmaklashish, ularning moliyaviy nobarqarorligi sabablarini tezkor ravishda aniqlash va barqaror ishlashi uchun oldindan tegishli chora-tadbirlar koʻrish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq;
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini oʻtkazish Reglamenti 2-ilovaga muvofiq;
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar rahbarlari, shuningdek, davlat nomidan davlat ishtirokidagi korxonalarning aksiyadori (ulushdori, taʼsischisi) huquqini amalga oshiruvchi shaxslar zimmasiga korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarning oʻz vaqtida ishlab chiqilishi va ularning soʻzsiz amalga oshirilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻzlari aksiyador (ulushdor) boʻlgan xoʻjalik jamiyatlarida toʻlovga qobiliyatsizlik alomatlari aniqlangan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan birgalikda ushbu jamiyatlar boshqaruv organlari taklifi asosida belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomillarini qoʻllash boʻyicha iqtisodiy sudlarga mazkur korxonalarning qarzlarini soʻndirish va ularni moliyaviy sogʻlomlashtirish nazarda tutilgan murojaatlar kiritilishini taʼminlasinlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi S.R. Xolmuradov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari N.Sh. Sharipov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 14-dekabr,
1013-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qaroriga
1-ILOVA
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
1. Ushbu Nizom davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun (keyingi oʻrinlarda tahlil qilish deb aytiladi) Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi deb aytiladi) maʼlumotlarni taqdim etish tartibini belgilaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizomga muvofiq, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb aytiladi) tahlil qilish obyekti hisoblanadi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
3. Tahlil qilish uchun maʼlumotlar mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq sxemada koʻrsatilgan davlat organlari maʼlumotlar bazasi orqali elektron hamkorlikda taqdim etiladi.
Maʼlumotlar taqdim qilganlik uchun toʻlov undirilmaydi.
2-bob. Tahlil qilish uchun maʼlumotlarni shakllantirish va taqdim etish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
4. Davaktiv agentligi har chorakda, kelgusi hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligidan tahlil qilish obyektlari toʻgʻrisidagi quyidagi maʼlumotlarni oladi:
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
yangidan tashkil etilgan korxonalar roʻyxati;
yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridan chiqarilgan korxonalar roʻyxati;
ustav fondi (ustav kapitali)dagi davlat ulushi toʻliq begonalashtirilgan korxonalar roʻyxati.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Davaktiv agentligi mazkur Nizomning 4-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarni olgandan keyin uch ish kuni mobaynida:
korxonalar roʻyxatini yangilash va solishtirishni amalga oshiradi;
uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Soliq qoʻmitasiga budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha uch oydan ortiq soliq qarziga ega boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalar toʻgʻrisida mazkur Nizomga 3-ilovaga muvofiq shaklda maʼlumotlarni olish uchun yuboradi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Davaktiv agentligi xodimlari tomonidan davlat ishtirokidagi korxonalar boʻyicha mazkur Nizomda keltirilgan maʼlumot va axborotlardan tashqari boshqa maʼlumot va axborotlar talab qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi (qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlar bundan mustasno).
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
3-bob. Maʼlumotlar taqdim etilishini texnikaviy taʼminlash
7. Mazkur Nizomda koʻrsatilgan davlat organlari:
mazkur Nizomga muvofiq maʼlumotlarni taqdim etish uchun barcha zarur tadbirlarni amalga oshirishni, shu jumladan dasturiy-texnik va kommunikatsiya jihozlarini (shu jumladan, tarkibiy boʻlinmalarida) uzluksiz ishlashi uchun moliyalashtirishni taʼminlaydi;
mazkur Nizomga muvofiq hisobotlarni tayyorlash, shuningdek, oʻz vaqtida taqdim qilish uchun dasturiy-texnik va kommunikatsiya jihozlarining uzluksiz ishlashi uchun oʻz xodimlaridan masʼul shaxslar tayinlaydi;
axborot-kommunikatsiya va innovatsion texnologiyalarning rivojlanishidan kelib chiqib, oʻzaro kelishgan holda maʼlumotlarni taqdim etish uchun mazkur Nizomda keltirilgan tartibga oʻzgartirish kiritish huquqiga ega.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
8. Davaktiv agentligi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha vazifa va funksiyalarni bajarish maqsadida:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
tegishli maʼlumotlar bazasini shakllantirish uchun olingan maʼlumotlardan foydalanadi;
tahlil ishlarini amalga oshirish uchun tarkibiy boʻlinmalariga shakllangan maʼlumotlar bazasidan foydalanish imkoniyatini beradi;
tahlil natijalari boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga maʼlumotlarni yuboradi.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Davaktiv agentligi korxonalar moliyaviy-iqtisodiy holatining tahlili natijalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni oʻzining rasmiy veb-saytiga joylashtirish huquqiga ega. Korxonalarning boshlangʻich statistik axborotlari va moliyaviy maʼlumotlari oshkor etilmaydi.
(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
10. Maʼlumotlarning oʻz vaqtidaligi va ishonchliligiga ularni taqdim etgan davlat organlari javob beradilar.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Maʼlumotlar Davaktiv agentligiga taqdim etilmasa yoki oʻz vaqtida taqdim etilmasa, ushbu maʼlumotlarning taqdim etilishi uchun masʼul boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish tartibi boʻyicha
SXEMA
Oldingi tahrirga qarang.

Bosqich

Subyekt

Chora-tadbir

Ijro muddati

1-bosqich

Adliya vazirligi

Davaktiv agentligiga tadbirkorlik subyektlarining yagona davlat reyestridagi axborotni taqdim etish:

yangi tashkil etilgan korxonalar roʻyxati;

yuridik shaxslarning yagona davlat reyestridan chiqarilgan korxonalar roʻyxati;

ustav fondn (ustav kapitali)dagi davlat ulushi toʻliq begonalashtirilgan korxonalar roʻyxati

har chorakda, kelgusi hisobot choragidan keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay

2-bosqich

Davaktiv agentligi

Korxonalar roʻyxatini yangilash, solishtirishni amalga oshirish va uni Soliq qoʻmitasiga yuboradi

Maʼlumotlarni olgandan keyin uch ish kuni davomida

3-bosqich

Soliq qoʻmitasi

Maʼlumotlarni Davaktiv agentligiga Nizomga 2-ilovaga muvofiq namunaviy shaklda taqdim qilish

Davlat statistika ishlar dasturida tasdiqlangan muddatlarda va xajmlarda

Soliq qoʻmitasi

Maʼlumotlarni Davaktiv agentligiga taqdim qilish: “Buxgalteriya balansi” 1-shakl boʻyicha moliyaviy hisobot;

“Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-shakl boʻyicha moliyaviy hisobot;

toʻlash kunidan uch oydan ortiq muddati oʻtgan budjet va davlat maqsadli jamgʻarmalari oldida kreditorlik qarzdorligi mavjud korxonalar toʻgʻrisida maʼlumot

hisobotlarni taqdim etish uchun qonunchilikda belgilangan muddatdan keyin besh ish kunidan kechiktirmay

4-bosqich

Davaktiv agentligi

Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantirish

hisobotlarni taqdim etish uchun qonunchilikda belgilangan muddatdan keyin besh ish kunidan kechiktirmay

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
3-ILOVA
Budjetga va davlat maqsadli jamgʻarmalariga soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha uch oydan ortiq soliq qarziga ega boʻlgan davlat ishtirokidagi korxonalar toʻgʻrisida
MAʼLUMOTLAR

mln. soʻm

T/r

Korxonaning nomi

Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar boʻyicha qarz

Izoh

jami

shundan

uch oydan ortiq

hisoblangan penya

budjetga toʻlovlar boʻyicha

davlat maqsadli jamgʻarmalarga toʻlovlar boʻyicha

jami

shundan

jami

shundan

uch oydan ortiq

hisoblangan penya

uch oydan ortiq

hisoblangan penya

1.

2

3 (6+9)

4 (7+10)

5 (8+11)

6

7

8

9

10

11

12




Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qaroriga
2-ILOVA
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini oʻtkazish
REGLAMENTI
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Reglament davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini oʻtkazish (keyingi oʻrinlarda tahlil deb ataladi) tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Tahlil iqtisodiy tavakkalchilik va iqtisodiy nochorlik alomatlarini aniqlash hamda kelgusida moliyaviy sogʻlomlashtirish, davlat aktivlarini sotish yoki toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini qoʻllash boʻyicha taklif tayyorlash maqsadida mazkur Reglamentga ilovada keltirilgan tartibda oʻtkaziladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Oʻzbekiston Respublikasining Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va uning hududiy boshqarmalari davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlarni taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq maʼlumotlarni shakllantirish yakuni boʻyicha har chorakda tahlil oʻtkazadi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. Mazkur Reglamentga muvofiq, ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb ataladi) tahlil obyekti hisoblanadi.
(4-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi mavjud boʻlmagan xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlarining qaroriga koʻra jamiyatning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini oʻtkazish uchun mazkur Reglament qoidalarini tatbiq etishlari mumkin.
2-bob. Korxonalar moliyaviy-iqtisodiy ahvolining asosiy koʻrsatkichlari (mezonlari)
5. Tahlil uchun quyidagi asosiy koʻrsatkichlar (mezonlar) qoʻllaniladi:
a) toʻlov qobiliyati yoki qoplash koeffitsiyenti — Tqk;
b) oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti — Oʻak;
v) aktivlarning va xarajatlarning rentabellilik koeffitsiyenti — Ark, Xrk.
Shuningdek, quyidagi qoʻshimcha koʻrsatkichlar ham qoʻllanilishi mumkin:
oʻz va qisqa muddatli qarz mablagʻlarining nisbat koeffitsiyenti — Oʻqk;
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti — Qfk;
asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti — Avek.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Toʻlash muddati kelgan kundan boshlab uch oydan ortiq muddat oʻtgan pulli majburiyatlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha muddati oʻtgan kreditorlik qarzlari qonun hujjatlari yoki shartnomalarga muvofiq majburiy toʻlovlarni toʻlash boʻyicha majburiyatlar va kreditorlarning pulli majburiyatlar boʻyicha talablarini amalga oshirish yuzaga kelgan vaqtdan boshlab korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holatini tahlil qilish uchun maʼlumotlar taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Milliy statistika qoʻmitasi va Oʻzbekiston Respublikasi Soliq qoʻmitasi tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar asosida belgilanadi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-oktabrdagi 627-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son)
7. Toʻlov qobiliyati (qoplash) koeffitsiyenti korxonaning nafaqat debitorlar bilan oʻz vaqtida hisob-kitob qilish va tayyor mahsulotni qulay sharoitda sotish sharti bilan, balki boshqa moddiy joriy (aylanma) mablagʻlar elementlari sharoitida baholanuvchi qisqa muddatli majburiyatlarni toʻlash imkoniyatlariga egaligini koʻrsatadi. Koeffitsiyentning kamayishi korxona toʻlov imkoniyatlarining pasayganligini koʻrsatadi.
Koeffitsiyent quyidagi formula asosida hisoblanadi:


Tqk =


Joriy (aylanma) aktivlar


=


A2


, bunda:

Joriy majburiyatlar

P2 - Umm

A2 — joriy (aylanma) aktivlar (ishlab chiqarish zaxiralari, tayyor mahsulot, pul mablagʻlari, debitorlik qarzlari va boshqalar), balans aktivining II boʻlim, 390-satri;
P2 — majburiyatlar, balans passivining II boʻlim, 770-satri;
Umm — uzoq muddatli majburiyatlar, balans passivining II boʻlim, 490 satri.
Agar toʻlov qobiliyati koeffitsiyenti hisobot davrining yakuniga kelib 1,25 qiymatidan past boʻlsa, shu koʻrsatkich boʻyicha korxona toʻlovga qodir emas, deb hisoblanadi.
8. Oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti moliyaviy barqarorlik, korxona egalari va kreditorlar manfaatlariga mos kelishi uchun zarur boʻlgan korxonaning oʻz aylanma mablagʻlari mavjudligidan dalolat beradi.
Koeffitsiyent quyidagi formula asosida hisoblanadi:

ak =

(P1 + Uqk2) - A1

, bunda:

A2

A1 — uzoq muddatli aktivlar (asosiy mablagʻlar, nomoddiy aktivlar, kapital qoʻyilmalar va boshqalar) balans aktivining I boʻlim, 130-satri;
P1 — oʻz mablagʻlarining manbalari (ustav kapitali, zaxira kapitali, qoʻshimcha kapital, taqsimlanmagan foyda va boshqalar) balans passivining I boʻlim, 480-satri;
Uqk2 — uzoq muddatli aktivlarni shakllantirishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli qarz va kreditlar (buxgalteriya balansining 570 va 580-satrlari boʻyicha hisoblab chiqariladi).
Ushbu kasr surati korxona oʻz mablagʻlari summasining qancha qismi aylanma mablagʻlarga yoʻnaltirilgani, maxraji — barcha aylanma mablagʻlar summasini koʻrsatadi. Ushbu koeffitsiyentning eng kam qiymati — 0,2.
Agar oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanganlik koeffitsiyenti hisobot davri oxirida 0,2 dan kam qiymatga ega boʻlsa, u holda korxona oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanmagan sanaladi.
9. Xarajatlar va aktivlarning rentabellik koeffitsiyenti korxonaning moliya-xoʻjalik faoliyatining foydalilik (zararlilik) darajasini koʻrsatadi.
Xarajatlar rentabelligi koeffitsiyenti quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Xrk =

Stf

, bunda:

X

Stf — foyda soligʻini toʻlagunga qadar foyda, “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-son shaklning 240-satr 5-ustuni yoki foyda soligʻini toʻlagunga qadar zarar, “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-son shaklning 240-satr 6-ustuni “ — ” belgisi bilan;
X — jami xarajatlar, “Moliyaviy natijalar toʻgʻrisidagi hisobot” 2-son shakldan satrlar (020 “6-ustun” + 040 “6-ustun” + 170 “6-ustun” + 230 “6-ustun”) yigʻindisi;
Aktivlar rentabelligi koeffitsiyenti faqat yil yakunlariga koʻra quyidagi formula asosida hisoblanadi:

Ark =

Stf

, bunda:

b


b — balansning jami aktivi yoki passivining oʻrtacha qiymati boʻlib, oʻrtacha arifmetik yoki oʻrtacha xronologik formula boʻyicha hisoblangan.
Agar hisobot davri uchun rentabellik koeffitsiyentlari:
noldan past (manfiy koʻrsatkich) chiqsa, korxona zarar koʻrib ishlayotgan;
0,05 dan past chiqsa, korxona past rentabelli (monopol korxonalardan tashqari) hisoblanadi.
10. Oʻz va qisqa muddatli qarz mablagʻlarining nisbat koeffitsiyenti (joriy moliyaviy mustaqillikda) qarz mablagʻlarini oʻz manbalari orqali qaytarish bilan taʼminlanganlik darajasini belgilaydi.
Koeffitsiyent quyidagi formula asosida hisoblanadi:

qk =

P1

P2 - Umm

Agar oʻz va qisqa muddatli qarz mablagʻlarining nisbat koeffitsiyenti hisobot davri yakunida 1 dan past qiymatga ega boʻlsa, bu hol korxonada moliyaviy tavakkalchilik mavjudligidan guvohlik beradi.
Koeffitsiyentning pasayib borishi korxona moliyaviy tavakkalchiligining oshib borishini koʻrsatadi.
11. Ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasini bildiruvchi koʻrsatkichdir:

Qfk =

Qhaq.

, bunda:

Qloyiha - (Qijara + Qkonserv.)

Qhaq. — ishlab chiqarilgan mahsulot (koʻrsatilgan xizmat)ning hisobot davridagi taqqoslanadigan qiymat koʻrinishidagi haqiqiy hajmi;
Qloyiha — belgilangan vaqt davomida asosiy texnologik uskunalardan toʻliq foydalanish va belgilangan ish rejimiga rioya qilish orqali erishish mumkin boʻlgan mahsulot ishlab chiqarish (xizmatlar koʻrsatish)ning taqqoslanadigan qiymat koʻrinishidagi eng koʻp hajmi;
Qijara — ijaraga berilgan quvvatlarga toʻgʻri keluvchi mahsulot (taqqoslanadigan) hajmlari;
Qkonserv. — konservatsiya qilingan quvvatlarga toʻgʻri keluvchi mahsulot (taqqoslanadigan) hajmlari.
Agar ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish koeffitsiyenti hisobot davrida 0,5 dan yoki oʻrtacha tarmoqnikidan past boʻlsa, u holda korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past hisoblanadi.
12. Asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti asosiy fondning davr uchun eskirish ulushini bildiruvchi koʻrsatkich boʻlib, asosiy vositalarning boshlangʻich narxiga nisbatan eskirish qiymati asosida aniqlanadi:

Avek =

E

, bunda:

A

E — asosiy vositalarning eskirishi — balans aktivining 011-satri,
A — asosiy vositalarning dastlabki qiymati — balans aktivining 010-satri.
Agar asosiy vositalarning eskirish koeffitsiyenti koʻrilayotgan davr oxirida 0,5 qiymatidan oshsa, korxonaning asosiy vositalari sezilarli darajada eskirgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
13. Mazkur Reglament bilan tasdiqlangan iqtisodiy nochorlikni aniqlovchi koeffitsiyentlarning meʼyoriy ahamiyati iqtisodiyotning barcha sohalari uchun yagona sanaladi, biroq muayyan sohalarning oʻziga xosligini hisobga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi bilan kelishilgan holda ularni hisoblash usuli oʻzgartirilishi mumkin.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
3-bob. Korxonalarni guruhlarga ajratish tartibi
14. Iqtisodiy holatiga koʻra korxonalar quyidagi guruhlarga boʻlinadi:
a) iqtisodiy barqaror;
b) iqtisodiy tavakkalchilik;
v) iqtisodiy nochor:
toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlgan;
toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan.
15. Iqtisodiy barqaror guruhiga iqtisodiy tavakkalchilik va iqtisodiy nochor guruhiga mansub boʻlmagan korxonalar kiradi.
16. Iqtisodiy tavakkalchilik guruhiga mansub korxonalar quyidagi belgilar mavjudligi asosida aniqlanadi:
mazkur Reglamentning 7-bandida koʻrsatilgan toʻlovga qodir emaslik belgisi;
mazkur Reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan past rentabellik belgisi;
mazkur Reglamentning 10-bandida koʻrsatilgan moliyaviy tavakkalchilik belgisi;
mazkur Reglamentning 11-bandida koʻrsatilgan ishlab chiqarish quvvatlaridan past darajada foydalanish belgisi.
17. Iqtisodiy nochor guruhiga kiruvchi korxonalar pulli majburiyatlar va majburiy toʻlovlar boʻyicha ularni toʻlash kunidan uch oydan ortiq muddat oʻtgan kreditorlik qarzlarining mavjudligiga qarab aniqlanadi.
Bunda:
a) toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlgan korxonalarga quyidagi mezonlar bilan tasniflanadigan korxonalar kiradi:
mazkur Reglamentning 7-bandida koʻrsatilgan toʻlovga qodir emaslik belgisi mavjud boʻlmagan;
mazkur Reglamentning 8-bandida koʻrsatilgan oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanmaganlik belgisi mavjud boʻlmagan;
mazkur Reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan past rentabelli (zarar bilan ishlayotganlik) belgisi mavjud boʻlmagan;
b) toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan korxonalarga quyidagi mezonlar bilan tasniflanadigan korxonalar kiradi:
Oldingi tahrirga qarang.
doimiy toʻlovga qobiliyatsizlik alomati mavjud boʻlgan;
(17-band “b” kichik bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
mazkur Reglamentning 7-bandida koʻrsatilgan toʻlovga qodir emaslik belgisi mavjud boʻlgan;
mazkur Reglamentning 8-bandida koʻrsatilgan oʻz aylanma mablagʻlari bilan taʼminlanmaganlik belgisi mavjud boʻlgan;
mazkur Reglamentning 9-bandida koʻrsatilgan past rentabelli belgisi mavjud boʻlgan.
18. Korxonalarni guruhlarga boʻlish natijasiga koʻra quyidagi roʻyxatlar shakllantiriladi:
a) moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlari ishlab chiqish taklif etiladigan korxonalar;
b) davlat aktivlari belgilangan tartibda sotilishi taklif etiladigan korxonalar;
Oldingi tahrirga qarang.
v) belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilishi taklif etiladigan korxonalar;
(18-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
g) boshqa choralar qoʻllanilishi taklif etiladigan korxonalar.
19. Moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlari ishlab chiqish taklif etiluvchi korxonalarga iqtisodiy tavakkalchilik va toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlgan iqtisodiy nochor guruhlariga mansub korxonalar kiradi.
20. Davlat aktivlari belgilangan tartibda sotilishi taklif etiladigan korxonalarga toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan iqtisodiy nochor guruhiga mansub boʻlgan korxonalar kiradi, mazkur Reglamentning 21-bandida koʻrsatilgan korxonalar bundan mustasno.
Oldingi tahrirga qarang.
21. Belgilangan tartibda toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomili qoʻllanilishi taklif etiladigan korxonalarga toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan iqtisodiy nochor guruhiga mansub boʻlgan korxonalar quyidagi belgilar mavjud boʻlganda kiritiladi:
(21-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
soʻnggi olti oy mobaynida oʻz faoliyatini amalga oshirmagan korxona;
soʻnggi ikki yil mobaynida toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlmagan iqtisodiy nochor guruhiga mansub boʻlgan korxona;
agar soliq (bojxona) organining qarzdorlikni mulk hisobidan undirish toʻgʻrisida chiqarilgan qarori yoki kreditorlar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosiga qarzdorlikni mulk hisobidan undirish uchun taqdim qilingan (ijroga qaratilgan) ijro hujjati ijro qilinishi xoʻjalik faoliyati yuritilishini murakkablashadigan yoxud imkonsiz holga keladigan korxona.
22. Ikkinchi va undan keyingi har yil davomida korxonaning sof aktivlari ustav fondi (ustav kapitali)dan kam boʻlgan holatda, korxonalar ustav fondi (ustav kapitali) sof aktivlari qiymatidan koʻp boʻlmagan miqdorgacha kamaytiriladi yoki qonunchilikda belgilangan tartibda tugatiladi.
 LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 21-avgustdagi 704-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini ixtiyoriy tugatish va ularning faoliyatini toʻxtatish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
23. Mazkur Reglamentning 20 — 22-bandlarida koʻrsatilgan korxonalarga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-iyundagi PQ-3067-son qarori bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilmaydigan, strategik davlat mulki obyektlarining yagona roʻyxatiga kiritilgan, qayta tashkil etilgan, rekonstruksiya qilinayotgan va investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan hamda budjetdan moliyalashtiriladigan korxonalar kirmaydi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
24. Mazkur Reglamentni qoʻllash bilan bogʻliq nizolar qonunda belgilangan tartibda hal etiladi.
25. Mazkur Reglament talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunda belgilangan tartibda javob beradilar.
Davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy holati tahlilini oʻtkazish Reglamentiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qaroriga
3-ILOVA
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom davlat ishtirokidagi korxonalarning moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Mazkur Nizom ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi miqdori ellik foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlariga (keyingi oʻrinlarda korxonalar deb ataladi) nisbatan qoʻllanadi.
(2-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-noyabrdagi 709-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son)
Ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi miqdori ellik foizdan kam boʻlgan va davlat ulushi mavjud boʻlmagan xoʻjalik yurituvchi jamiyatlar boshqaruv organlarining qaroriga koʻra jamiyatni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritasi” — dasturni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun mazkur Nizom qoidalarini qoʻllashi mumkin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
3. “Yoʻl xaritasi” — dastur zamirida iqtisodiy tavakkalchilik va toʻlov qobiliyatini tiklash imkoniyatiga ega boʻlgan iqtisodiy nochor guruhlariga mansub korxonalarning quvvatlaridan toʻliq foydalanishga va ularning barqaror moliyaviy-xoʻjalik faoliyatini taʼminlashga qaratilgan moliyaviy sogʻlomlashtirish dasturi tushuniladi.
2-bob. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish
4. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash mazkur Nizom ilovasiga muvofiq sxema boʻyicha amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi oʻrinlarda — Davaktiv agentligi) va uning hududiy boshqarmalari moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish taklif etiladigan korxonalar roʻyxatini har yili 15-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
6. Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlari ishlab chiqiladigan korxonalar roʻyxatiga asosan Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari uch kun muddatda “yoʻl xaritalari” — dasturlari ishlab chiqish uchun ushbu roʻyxatdagi korxonalar va ularning davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga soʻrovnomalar yuboradi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Soʻrovnomaga asosan davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari oʻn kun muddatda korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini chuqur tahlil qiladi, zarurat boʻlganda joyiga chiqib oʻrganadi.
(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Korxonalar, ularning davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari ikki hafta muddatda “yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini ishlab chiqadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
9. “Yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalari korxonani iqtisodiy tavakkalchilik yoki iqtisodiy nochorlik guruhidan chiqqunga qadar 1 yildan kam boʻlmagan muddatga ishlab chiqiladi.
10. “Yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalari korxonaning moliyaviy-iqtisodiy ahvoli va uning faoliyati xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi chora-tadbirlarni oʻz ichiga oladi:
ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni joriy qilish;
ishlab chiqarish quvvatlarini mukammal kapital va joriy taʼmirlash;
sohaga xos boʻlmagan aktivlar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlarini optimallashtirish va mavjud aktivlardan samarali foydalanish;
ichki zaxiralarni safarbar qilish;
korxonalarni moliyaviy jihatdan tarkibiy oʻzgartirish va moliyaviy qoʻllab-quvvatlash;
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarining tannarxini pasaytirish;
marketing ishlarini olib borish va marketing strategiyasini ishlab chiqish;
uzluksiz ishlab chiqarish faoliyatini taʼminlash.
Oldingi tahrirga qarang.
“Yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalari korxonani iqtisodiy tavakkalchilik yoki iqtisodiy nochorlik guruhidan chiqarishga qaratilgan choralarni, shu jumladan toʻlovga qobiliyatsizlik tartib-taomilini qoʻllashni oʻz ichiga olishi mumkin.
(10-bandning oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-iyuldagi 304-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son)
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki korxonalar besh kun muddatda korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini koʻrib chiqish uchun Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalariga taqdim etadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari yigirma kun muddatda taqdim qilingan “yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini koʻrib chiqishni tashkil etadi, zarurat boʻlganda joyiga chiqqan holda oʻrganadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
121. Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish “yoʻl xaritalari” — dasturlari ikki hafta muddatda davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki korxonalarning boshqa boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlanadi.
122. Korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” — dasturlar (elektron koʻrinishda) korxonalar tomonidan bir hafta muddatda Davaktiv agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritiladi hamda taalluqliligi boʻyicha tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, banklar va boshqa tashkilotlarga yuboriladi.
(121 va 122-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
3-bob. “Yoʻl xaritalari” — dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish qoidalari
Oldingi tahrirga qarang.
13. Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari “yoʻl xaritalari” — dasturlarda belgilangan tadbirlar amalga oshirilishini Davaktiv agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga korxonalar tomonidan kiritilgan maʼlumotlar hamda davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari taqdim etgan maʼlumotlar asosida monitoring qilib boradi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
14. Davaktiv agentligi “yoʻl xaritalari” — dasturlarni monitoring qilish jarayonida:
“yoʻl xaritalari” — dasturlarda belgilangan tadbirlar va prognoz koʻrsatkichlarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishini chuqur tahlil qilgan holda, maʼlumotlar toʻplanishini va tahlil qilinishini tashkil etadi;
davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining “yoʻl xaritalari” — dasturlar amalga oshirilayotgan korxonalarga koʻmaklashish masalalari boʻyicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
“yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirayotgan korxonalar faoliyatida yuzaga kelayotgan muammoli masalalarni oʻrganadi, ularga metodik va amaliy yordam koʻrsatadi;
korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirishning yangi yoʻnalishlarini joriy etish va anʼanaviy yoʻnalishlarni kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
“yoʻl xaritalari” — dasturlarda belgilangan tadbirlar va prognoz koʻrsatkichlar ijrosining monitoringi va tahlili asosida umumlashtirilgan tahliliy maʼlumotlarni har chorakda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
15. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarda belgilangan tadbirlar amalga oshirilishini monitoring qilish uchun quyidagi tartibda maʼlumotlar taqdim etiladi:
a) har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning uchinchi kunidan kechiktirmagan holda:
“yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirayotgan korxonalar tomonidan — tadbirlarning bajarilishi va yuzaga kelayotgan muammolar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davaktiv agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga hamda davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga;
b) har oy yakunlari boʻyicha keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmagan holda:
davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan — “yoʻl xaritalari” — dasturlarda belgilangan tadbirlarning bajarilishi, erishilgan natijalar va muammolar mavjud korxonalar toʻgʻrisidagi umumlashtirilgan maʼlumotlarni Davaktiv agentligiga va uning hududiy boshqarmalariga;
tijorat banklari tomonidan — “yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirish maqsadida ajratilgan kreditlar (agar ushbu tadbirlar “yoʻl xaritalari” — dasturlarda koʻzda tutilgan boʻlsa) toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalariga yuboriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
16. Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari yoki korxonalar “yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirish yakunida ushbu dasturlarda belgilangan tadbirlar va prognoz koʻrsatkichlarning bajarilganligi toʻgʻrisidagi yakuniy maʼlumotlarni Davaktiv agentligiga taqdim etadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
17. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarning bajarilishi davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tegishli boshqaruv organlari majlislarida har chorakda kamida bir marta koʻrib chiqiladi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
4-bob. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirishda korxonalarga koʻmaklashish
Oldingi tahrirga qarang.
18. Davaktiv agentligi monitoring jarayonida, shuningdek, “yoʻl xaritasi” — dastur amalga oshirilayotgan korxonaning murojaatiga koʻra, “yoʻl xaritalari” — dasturlarini amalga oshirishda toʻsqinlik qiluvchi masalalar yuzaga kelganda:
(18-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
davlat organlariga va tegishli tashkilotlarga “yoʻl xaritalari” — dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda yuzaga kelayotgan masalalarni oʻz vakolati doirasida hal qilishga koʻmaklashish yuzasidan iltimosnoma yuboradi;
iltimosnoma yoʻllangandan keyin masala hal etilmagan taqdirda “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda paydo boʻlayotgan masalalarni oʻz vakolati doirasida bartaraf etishi yuzasidan davlat organlariga va tegishli tashkilotlarga bajarilishi majburiy boʻlgan talabnoma yuboradi;
“yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirayotgan korxonalarga ruxsat etuvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishda va tijorat banklarining kreditlari ajratilishida koʻmaklashadi.
Oldingi tahrirga qarang.
19. Yuborilgan iltimosnomalar va talabnomalar boʻyicha koʻrilgan choralar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar “yoʻl xaritalari” — dasturlarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida har chorakda Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan maʼlumotlarda aks ettiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Oldingi tahrirga qarang.
20. Davlat organlari va masʼul tashkilotlar tomonidan Davaktiv agentligi yuborilgan iltimosnoma va talabnomalarga zarur darajada eʼtibor berilmagan taqdirda, ularning mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini qoʻllash tashabbusi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga maʼlumot kiritadi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
21. “Yoʻl xaritasi” — dastur korxona iqtisodiy tavakkalchilik yoki iqtisodiy nochor guruhidan chiqqanda amalga oshirilgan hisoblanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
22. Davaktiv agentligi, zaruriyat boʻlganda, yiliga kamida bir marta joyiga borgan holda, amalga oshirilgan “yoʻl xaritalari” — dasturlarning samaradorligini oʻrganadi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
23. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
24. “Yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirishda paydo boʻlgan bahsli holatlar qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirilishini monitoring qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Davlat ishtirokidagi korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish va tasdiqlash
SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Bajarish muddati

1-bosqich

Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari

Korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish taklif etiladigan korxonalar roʻyxatini Vazirlar Mahkamasi bilan kelishish uchun shakllantirish.

har yili 15-aprelga qadar

2-bosqich

Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari

Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan roʻyxat asosida korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlarni ishlab chiqish toʻgʻrisida korxonalarga, davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga soʻrovnomalar yuborish.

uch kun muddatda

3-bosqich

Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

Korxonalarning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini chuqur tahlil qilish, zarurat boʻlganda joyiga chiqib oʻrganish.

oʻn kun muddatda

4-bosqich

Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar

Korxonalarning moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha “yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini ishlab chiqish.

ikki hafta muddatda

5-bosqich

Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, korxonalar

Korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish boʻyicha ishlab chiqilgan “yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini koʻrib chiqish uchun Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalariga kiritish.

besh kun muddatda

6-bosqich

Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari

“Yoʻl xaritalari” — dasturlar loyihalarini koʻrib chiqish, zarurat boʻlganda joyiga chiqqan holda tashkil etish.

yigirma kun muddatda

7-bosqich

Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, tegishli boshqaruv organlari

Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari tomonidan koʻrib chiqilgan korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish “yoʻl xaritalari” — dasturlarni tasdiqlash.

ikki hafta muddatda

8-bosqich

Korxonalar

Tasdiqlangan “yoʻl xaritalari” — dasturlarni (elektron koʻrinishda) Davaktiv agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga kiritish.

bir hafta muddatda

9-bosqich

Davaktiv agentligi va uning hududiy boshqarmalari

“Yoʻl xaritalari” — dasturlar amalga oshirilishini monitoring qilish.

doimiy

10-bosqich

Korxonalar

Davaktiv agentligining “Davlat mulki” axborot tizimiga, shuningdek, davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga:

a) “yoʻl xaritalari” — dasturlarning bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni;

a) har oy keyingi oyning uchinchi kunidan kechiktirmagan holda;

b) “yoʻl xaritalari” — dasturlarning toʻliq bajarilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim etish.

b) yoʻl xaritalari” — dasturlarining bajarilishi tugallanganda

11-bosqich

Davlat ulushiga nisbatan aksiyador (ishtirokchi, muassis) vazifasini bajaruvchi vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari

Davaktiv agentligiga va uning hududiy boshqarmalariga:

“yoʻl xaritalari” — dasturlarning amalga oshirilishi monitoringi natijalari boʻyicha umumlashtirilgan maʼlumotlarni;

“yoʻl xaritalari” — dasturlarni amalga oshirish jarayonida muammolari mavjud korxonalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni taqdim qilish.

har oy

keyingi oyning beshinchi kunidan kechiktirmagan holda

Tijorat banklari

Davaktiv agentligiga va uning hududiy boshqarmalariga ajratilgan kreditlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni (agar ushbu tadbirlar “yoʻl xaritalari” — dasturlarda koʻzda tutilgan boʻlsa) taqdim qilish.

12-bosqich

Davaktiv agentligi

“Yoʻl xaritalari” — dasturlarda belgilangan tadbirlar va prognoz koʻrsatkichlar ijrosining monitoringi va tahlili asosida umumlashtirilgan tahliliy maʼlumotlarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

har chorakda

(ilovaning matni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-dekabrdagi 1013-son qaroriga
4-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Sanoat korxonalari va qurilish tashkilotlarining barqaror faoliyatini va ularning quvvatlaridan yuqori darajada foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2015-yil 26-yanvardagi 11-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 1-son, 3-modda).
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-maydagi 282-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son)
3. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiy faoliyat turlarini tasniflashning xalqaro tizimiga oʻtish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 24-avgustdagi 275-son qaroriga 2-ilovaning 14-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 8-son, 81-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi 638-son qaroriga 1-ilovaning 76-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 177-modda).
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2017-yil 9-oktabrdagi 810-son qaroriga 1-ilovaning 27-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 10-son, 229-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.12.2018-y., 09/18/1013/2322-son; 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.06.2021-y., 09/21/393/0596-son; 22.07.2023-y., 09/23/304/0510-son; 15.05.2024-y., 09/24/282/0347-son; 07.10.2025-y., 09/25/627/0901-son; 10.11.2025-y., 09/25/709/1027-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)