1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.01.00 Umumiy qoidalar]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING XOʻJALIK PROTSESSUAL KODEKSI
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 30-avgustdagi 478-I-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining Xoʻjalik protsessual kodeksini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qonuni Oʻzbekiston Respublikasining 2018-yil 29-yanvardagi OʻRQ-463-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotganligi sababli mazkur Kodeks ham 2018-yil 1-apreldan oʻz kuchini yoʻqotgan.
[OKOZ:
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.01.00 Umumiy qoidalar]
I BOʻLIM. UMUMIY QOIDALAR
1-BOB. ASOSIY QOIDALAR
1-modda. Xoʻjalik sudiga murojaat qilish huquqi
Har qanday manfaatdor shaxs oʻzining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilishni soʻrab xoʻjalik sudiga ushbu Kodeksda belgilangan tartibda murojaat qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 9-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 18-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 19-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi.
Xoʻjalik sudiga murojaat qilish huquqidan voz kechish haqiqiy emas.
2-modda. Xoʻjalik sudining odil sudlovni amalga oshirishi
Xoʻjalik sudi iqtisodiyot sohasida vujudga keladigan, ushbu Kodeks va boshqa qonunlar bilan oʻzining vakolatiga kiritilgan nizolar hamda boshqa ishlarni hal qilish yoʻli bilan odil sudlovni amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasi, mazkur Kodeksning 23 va 24-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 3-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 2-bandining birinchi xatboshisi.
3-modda. Xoʻjalik sudida sud ishlarini yuritish vazifalari
Xoʻjalik sudida sud ishlarini yuritish vazifalari quyidagilardan iborat:
1) iqtisodiyot sohasida korxona, muassasa, tashkilotlar va fuqarolarning buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlarini yoxud qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish;
2) iqtisodiyot sohasida qonunchilikni mustahkamlash va huquqbuzarliklarning oldini olishga koʻmaklashish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 2-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 1-bandi.
4-modda. Xoʻjalik sudlarida sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari
Xoʻjalik sudlarida sud ishlarini yuritish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari ushbu Kodeksdan hamda unga muvofiq qabul qilinadigan boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
5-modda. Xoʻjalik sudi sudyalarining mustaqilligi
Odil sudlovni amalga oshirishda xoʻjalik sudining sudyalari mustaqildirlar va faqat qonunga boʻysunadilar.
Sudyalarning odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga biron-bir tarzda aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi va bunday aralashuv qonunga muvofiq javobgarlikka sabab boʻladi.
3) qonun boʻyicha davlat va jamiyat manfaatlarini himoya qilish maqsadida xoʻjalik sudiga murojaat qilish huquqiga ega boʻlgan hollarda davlat organlari va boshqa organlarning arizalari boʻyicha ish qoʻzgʻatadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 44-moddasi birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining birinchi xatboshisi.
Agar qonunda ayrim toifadagi nizolar uchun ularni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibi belgilangan yoxud bu tartib shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa, taraflar oʻzaro munosabatlarini ixtiyoriy ravishda hal qilish choralarini koʻrganlaridan soʻnggina xoʻjalik sudida ish qoʻzgʻatish mumkin. Bunda prokuror, davlat organlari va boshqa organlarning arizalari boʻyicha ish qoʻzgʻatish taraflar yuqoridagi choralarni koʻrgan-koʻrmaganliklaridan qatʼi nazar amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 86-moddasi birinchi qismining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 384-moddasining ikkinchi qismi, 724-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasining Havo kodeksi 122-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17–19-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
7-modda. Qonun va sud oldida tenglik
Xoʻjalik sudida nizolarni hal qilish korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning mulkchilik shaklidan, qayerda joylashganligi, kimga boʻysunishidan qatʼi nazar, fuqarolarning esa — jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan, shuningdek boshqa holatlardan qatʼi nazar qonun va sud oldida tengligi asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 18-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 6-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi.
8-modda. Ishlarni koʻrishning oshkoraligi
Xoʻjalik sudlarida ishlar oshkora koʻriladi.
Davlat sirini yoki tijorat sirini saqlash zarur boʻlgan taqdirda ishni yopiq majlisda koʻrishga yoʻl qoʻyiladi.
9-modda. Taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi
Xoʻjalik sudida sud ishlarini yuritish taraflarning tortishuvi va teng huquqliligi asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 36-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 1-bandi.
10-modda. Sud ishlari yuritiladigan til
Xoʻjalik sudida sud ishlari oʻzbek tilida, qoraqalpoq tilida yoki muayyan joydagi koʻpchilik aholi soʻzlashadigan tilda olib boriladi.
Sud ishlari olib borilayotgan tilni bilmaydigan sud ishtirokchilarining tarjimon yordamida ishga taalluqli materiallar bilan toʻla tanishish va sud ishlarida ishtirok etish hamda oʻz ona tilida soʻzlash huquqi taʼminlanadi.
Turli davlatlarning korxona, muassasa va tashkilotlari oʻrtasidagi xoʻjalik nizolari sudning ajrimiga binoan taraflar uchun maqbul tilda olib boriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 115-moddasi, mazkur Kodeksning 48-moddasi, 170-modda ikkinchi qismining 3-bandi, 188-modda uchinchi qismining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi.
11-modda. Sudda ishni koʻrishning bevositaligi
Xoʻjalik sudi ishni koʻrishda ish boʻyicha barcha dalillarni bevosita tekshirishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 3-bandi.
12-modda. Nizolarni qonun hujjatlari asosida hal qilish
Xoʻjalik sudi nizolarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, boshqa qonun hujjatlari, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari asosida hal qiladi.
Xoʻjalik sudi ishni koʻrish chogʻida davlat organi yoki boshqa organning hujjati qonunga toʻgʻri kelmasligini, shu jumladan u vakolat doirasidan chetga chiqqan holda chiqarilganini aniqlasa, qonunga muvofiq qaror qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 16-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 2-bandining birinchi xatboshisi.
Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari boʻlmagan taqdirda xoʻjalik sudi shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini tatbiq etadi, bordi-yu bunday normalar ham boʻlmasa, qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib nizoni hal qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 5, 6-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 2-bandining birinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi qonunga yoki Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasiga muvofiq chet davlatlarning huquq normalarini qoʻllaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 13-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining VI boʻlimi (“Xalqaro xususiy huquq normalarini fuqarolik-huquqiy munosabatlarga nisbatan tatbiq qilish”).
13-modda. Chet davlat huquqini qoʻllash
Chet davlat huquqi qoʻllangan taqdirda xoʻjalik sudi bu huquq normalarining mavjudligi va mazmunini ularning tegishli davlatdagi sharhlanishiga va amalda qoʻllanishiga muvofiq holda aniqlaydi.
Chet davlatning huquq normalari mavjudligini va ularning mazmunini aniqlash maqsadida xoʻjalik sudi yordam berishni yoki tushuntirib berishni soʻrab, Oʻzbekiston Respublikasining hamda xorijiy davlatning vakolatli organlari va tashkilotlariga murojaat qilishi yoxud mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1160-moddasi.
Agar koʻrilgan choralarga qaramay chet davlatning huquq normalari mavjudligi yoki ularning mazmuni aniqlanmasa, xoʻjalik sudi Oʻzbekiston Respublikasining tegishli huquq normalarini qoʻllaydi.
14-modda. Sud hujjatlarining majburiyligi
Xoʻjalik sudi hal qiluv qarori, ajrim, qaror, sud buyrugʻi shaklidagi sud hujjatlarini qabul qiladi.
Sudning qonuniy kuchga kirgan hujjati barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar uchun majburiy boʻlib, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijro etilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi, mazkur Kodeksning 209-moddasi.
Xoʻjalik sudi qabul qilgan sud hujjatlarini bajarmaslik ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan javobgarlikka sabab boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 232-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 181, 1981-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2-BOB. XOʻJALIK SUDINING TARKIBI. RAD QILISH
15-modda. Xoʻjalik sudining tarkibi
Xoʻjalik sudlarida birinchi instansiya boʻyicha ishlar sudyaning yakka oʻzi tomonidan, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudida esa uch nafar sudyadan iborat tarkibda koʻriladi.
Sud raisining qarori bilan har qanday ish hayʼatda koʻrilishi mumkin.
Apellyatsiya, kassatsiya, nazorat instansiyalarida barcha ishlar xoʻjalik sudi tomonidan hayʼatda koʻriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 9-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarori 12-bandining birinchi xatboshisi.
Ish hayʼatda koʻrilayotganda sudning tarkibi uch yoki undan ortiq toq nafar sudyadan iborat boʻlishi kerak.
Ishni koʻrish chogʻida hamma sudyalar teng huquqlardan foydalanadilar.
Ushbu Kodeksga muvofiq sudyaga ishni va ayrim masalalarni yakka tartibda hal qilish huquqi berilgan boʻlsa, u xoʻjalik sudi nomidan harakat qiladi.
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarori 9-bandining birinchi xatboshisi.
16-modda. Xoʻjalik sudida masalalarni hal qilish tartibi
Xoʻjalik sudida ish hayʼatda koʻrilayotganda va hal qilinayotganda kelib chiqadigan masalalar sudyalarning koʻpchilik ovozi bilan hal qilinadi. Sudyalardan birortasi ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas. Majlisga raislik qiluvchi hammadan keyin ovoz beradi.
Boshqa sudyalarning qaroriga qoʻshilmagan sudya bu qarorga imzo chekishga majbur, u oʻzining alohida fikrini yozma ravishda bayon qilishga haqli. Alohida fikr ishga qoʻshib qoʻyiladi, lekin eʼlon qilinmaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudyaning alohida fikri bilan tanishtirilmaydilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 39-bandi.
17-modda. Sudyani rad qilish
Sudya quyidagi hollarda ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va u rad qilinishi lozim:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yoki ular vakillarining qarindoshi boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi.
2) shu ish ilgari koʻrilganida ekspert, tarjimon, prokuror, sud majlisi kotibi, vakil yoki guvoh sifatida ishtirok etgan boʻlsa;
(17-modda birinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
3) ishning pirovard natijasidan shaxsan, bevosita yoki bilvosita manfaatdor boʻlsa yoxud uning xolisligiga shubha tugʻdiruvchi boshqa holatlar mavjud boʻlsa.
Ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudi tarkibiga bir-biriga qarindosh boʻlgan sudyalar kirishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oila kodeksining 57-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining birinchi xatboshisi.
18-modda. Prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi va tarjimonni rad qilish
(18-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Ushbu Kodeks 17-moddasining 1 va 3-bandlarida koʻrsatilgan asoslarga muvofiq prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi va tarjimon ishni koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas va ular rad qilinishi lozim.
(18-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Bundan tashqari ekspertni rad qilish uchun quyidagilar asos boʻladi:
1) uning ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoki ularning vakillariga ishni koʻrish paytida yoki oʻtmishda xizmat vazifasi yuzasidan yoki boshqa tomondan qaram boʻlganligi;
2) u oʻtkazgan taftish materiallari xoʻjalik sudiga murojaat qilish uchun asos boʻlib xizmat qilgan yoki ishni koʻrishda ulardan foydalanilayotgan boʻlsa.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining birinchi, uchinchi – beshinchi xatboshilari.
19-modda. Ishni koʻrishda sudyaning takror ishtirok etishiga yoʻl qoʻyilmasligi
Ishni koʻrishda ishtirok etgan sudya, shu ishni boshqa instansiya sudida koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas.
Biron bir instansiyada ishni koʻrishda ishtirok etgan sudya, ishni oʻsha instansiyada takror koʻrishda ishtirok etishi mumkin emas, yangi ochilgan holatlar boʻyicha ishlarni koʻrish hollari bundan mustasno.
Ushbu Kodeksning 17 va 18-moddalarida koʻrsatilgan holatlar mavjud boʻlsa, sudya, prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi, tarjimon oʻzini oʻzi rad qilish haqida ariza berishlari shart. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ham shu asoslarga koʻra rad qilish haqida ariza berishlari mumkin.
(20-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Rad qilish haqidagi arz asoslantirilgan boʻlishi hamda ish mazmunan koʻrilishidan oldin maʼlum qilinishi lozim. Ish koʻrilayotgan paytda rad qilish haqida arz qilishga rad qilish uchun asoslar xoʻjalik sudiga yoki rad qilish haqida arz qilayotgan shaxsga ishni koʻrish boshlab yuborilgandan keyin maʼlum boʻlib qolgan hollardagina yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 126-moddasi ikkinchi qismi 3-bandining birinchi xatboshisi.
21-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani hal qilish tartibi
Rad qilish toʻgʻrisida arz qilingan taqdirda, xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning fikrini eshitishi, shuningdek agar rad qilinishi talab etilayotgan shaxs tushuntirish berishni xohlasa, uni eshitishi kerak.
Ishni yakka oʻzi koʻrayotgan sudyani rad qilish masalasini xoʻjalik sudining raisi yoki sud hayʼatining raisi hal qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
Ish hayʼatda koʻrilayotganda sudyani rad qilish toʻgʻrisidagi masala rad qilinishi talab etilayotgan sudya ishtirokisiz xoʻjalik sudi tarkibi tomonidan hal qilinadi. Rad qilishni yoqlab va unga qarshi berilgan ovozlar soni teng boʻlib qolsa, sudya rad qilingan hisoblanadi.
Bir necha sudyani yoki ishni koʻrayotgan sud tarkibini butunlay rad qilish masalasi shu sudning toʻliq tarkibida, oddiy koʻpchilik ovoz bilan hal qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 6-bandining toʻrtinchi va beshinchi xatboshilari.
Prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi va tarjimonni rad qilish masalasini ishni koʻrayotgan sud hal qiladi.
(21-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Rad qilish masalasini koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
22-modda. Rad qilish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirish oqibatlari
Sudya yoki bir necha sudyalar yoxud butun sud tarkibi rad qilingan taqdirda ish oʻsha sudda, biroq boshqa tarkibda koʻriladi.
Agar rad qilishni qanoatlantirish natijasida ishni oʻsha xoʻjalik sudida koʻrish uchun sudning yangi tarkibini tuzish mumkin boʻlmasa, ish boshqa xoʻjalik sudiga oʻtkazilishi lozim.
3-BOB. SUDGA TAALLUQLI ISHLAR VA SUDLOVGA TEGISHLILIK
23-modda. Sudga taalluqli ishlar
Xoʻjalik sudiga quyidagi ishlar taalluqlidir:
1) iqtisodiyot sohasida yuridik shaxslar (bundan buyon matnda tashkilotlar deb yuritiladi), yuridik shaxs tuzmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va yakka tartibdagi tadbirkor maqomini qonunda belgilangan tarzda olgan fuqarolar oʻrtasidagi (bundan buyon matnda fuqarolar deb yuritiladi) fuqaroviy, maʼmuriy va boshqa huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarga doir ishlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 111-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24, 39, 40-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 3–6-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining birinchi xatboshisi, 9-bandining birinchi, toʻrtinchi, beshinchi xatboshilari, 10-bandi.
2) iqtisodiyot sohasida tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari vujudga kelishi, oʻzgarishi yoki bekor boʻlishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash (bundan buyon matnda yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash deb yuritiladi) toʻgʻrisidagi ishlar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
3) tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 57-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni 3-moddasining ikkinchi xatboshisi, 4, 5-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
Qonun bilan xoʻjalik sudiga taalluqli ishlar jumlasiga boshqa ishlar ham kiritilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 2451-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 269-moddasining uchinchi qismi.
Xoʻjalik sudi oʻziga taalluqli ishlarni, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolari, shuningdek chet el tashkilotlari, chet el investitsiyalari ishtirokidagi tashkilotlar, xalqaro tashkilotlar, chet el fuqarolari, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokida koʻradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning V boʻlimi (“Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokidagi ishlarni yuritish”).
Oʻzaro bogʻliq boʻlib, baʼzilari xoʻjalik sudiga, boshqalari esa umumiy yurisdiksiya sudiga taalluqli boʻlgan bir necha talab birlashtirilgan taqdirda, hamma talablar umumiy yurisdiksiya sudida koʻrilishi kerak.
(23-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
24-modda. Xoʻjalik sudi tomonidan hal etiladigan nizolar
Xoʻjalik sudi quyidagilarni hal etadi:
1) tuzilishi qonunda nazarda tutilgan shartnoma yuzasidan chiqqan kelishmovchiliklar yoki shartnoma yuzasidan chiqqan boʻlib, hal etish uchun xoʻjalik sudiga topshirish haqida taraflar oʻzaro kelishgan ixtiloflar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi 377-moddasining ikkinchi, toʻrtinchi, oltinchi qismilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 10-bandining birinchi – toʻrtinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1993-yil 3-iyundagi 17-sonli “Mahsulotlar, tovarlar yetkazib berishda kamomad chiqishi bilan bogʻliq nizolarni hal etish amaliyoti toʻgʻrisida”gi qarori 10-bandining birinchi – uchinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 1 – 16-bandlari.
2) shartnoma shartlarini oʻzgartirish yoki shartnomani bekor qilish haqidagi nizolar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 382-moddasining ikkinchi qismi, 383-moddasining uchinchi – beshinchi qismlari, 384-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 10-bandining beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 1, 16 – 25-bandlari.
3) mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi nizolar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 11-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni 8-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4-bandi.
4) majburiyatlar bajarilmaganligi yoki tegishli darajada bajarilmaganligi toʻgʻrisidagi nizolar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 20 (“Majburiyat tushunchasi va taraflari”), 21 (“Majburiyatlarni bajarish”), 24-boblari (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”) va Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 7, 19-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 163-sonli “Majburiyatlarni bajarmaganlik yoki lozim darajada bajarmaganlik uchun mulkiy javobgarlik toʻgʻrisidagi fuqarolik qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
5) mulkdor yoki mulkning boshqa qonuniy egasi tomonidan mol-mulkni boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish toʻgʻrisidagi nizolar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 228, 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 20-moddasi.
6) mulkdorning yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan holda buzilganligi toʻgʻrisidagi nizolar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 231, 232-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 21-moddasi.
7) yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi nizolar;
8) shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi nizolar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 100-moddasi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi 5-sonli “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi qonunlarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori.
9) davlat organlari va fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining qonun hujjatlariga muvofiq boʻlmagan, tashkilotlar va fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzadigan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar;
10) undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar;
11) davlat roʻyxatiga olishni rad etganlik yoki belgilangan muddatda davlat roʻyxatiga olishdan bosh tortganlik ustidan berilgan shikoyat;
12) agar qonunda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda jarima undirilishi nazarda tutilmagan boʻlsa, tekshiruv vazifalarini amalga oshiruvchi davlat organlari tomonidan tashkilotlar va fuqarolardan jarimalar undirish toʻgʻrisidagi nizolar;
13) tekshiruv vazifalarini amalga oshiruvchi organlar tomonidan qonun hujjatlarining talablarini buzgan holda soʻzsiz (akseptsiz) tartibda hisobdan chiqarilgan pul mablagʻlarini budjetdan qaytarish toʻgʻrisidagi nizolar.
Xoʻjalik sudi oʻzining vakolat doirasiga kiritilgan boshqa nizolarni ham hal qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 19-bandining ikkinchi xatboshisi.
25-modda. Nizolarni hal etishni hakamlar sudiga topshirish
Fuqarolik huquqiy munosabatlaridan kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan hamda xoʻjalik sudiga taalluqli boʻlgan nizo taraflarning kelishuviga binoan, xoʻjalik sudi qaror chiqargunga qadar hakamlar sudiga koʻrish uchun topshirilishi mumkin.
Xoʻjalik sudiga taalluqli ishlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar xoʻjalik sudlari tomonidan koʻriladi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi sudloviga tegishli ishlar bundan mustasno.
Oliy xoʻjalik sudi quyidagilarni koʻradi:
respublika boshqaruv organlari bilan vakillik va ijroiya hokimiyati mahalliy organlari oʻrtasidagi iqtisodiy bitimlardan kelib chiqadigan nizolar;
hokimiyat oliy organlarining normativ xarakterga ega boʻlmagan hujjatlarini (butunlay yoki qisman) haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ishlar.
Oliy xoʻjalik sudi alohida holatlarni eʼtiborga olgan holda har qanday ishni istalgan xoʻjalik sudidan olib qoʻyish va uni birinchi instansiya boʻyicha oʻzining ish yuritishiga qabul qilishga, ishni bir xoʻjalik sudidan boshqasiga oʻtkazishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 27 – 32-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 43-bandi.
27-modda. Daʼvoni javobgar joylashgan joyda taqdim etish
Daʼvolar javobgar joylashgan joydagi xoʻjalik sudiga taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 46-moddasining uchinchi qismi.
Yuridik shaxsga nisbatan uning alohida boʻlinmasi faoliyatidan kelib chiqadigan daʼvolar alohida boʻlinma joylashgan joyda taqdim etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasi.
28-modda. Daʼvogarning tanlashi boʻyicha sudlovga tegishlilik
Turli yerlarda joylashgan bir necha javobgarga nisbatan daʼvolar daʼvogarning tanlashi boʻyicha javobgarlarning biri joylashgan joydagi xoʻjalik sudiga taqdim etiladi.
Qayerdaligi nomaʼlum boʻlgan javobgarga nisbatan daʼvolar uning mol-mulki joylashgan joydagi yoki Oʻzbekiston Respublikasidagi maʼlum boʻlgan oxirgi turar joyidagi xoʻjalik sudiga taqdim etilishi mumkin.
Oʻzbekiston Respublikasining tashkiloti yoki fuqarosi boʻlgan va ayni paytda boshqa davlat hududida turgan javobgarga nisbatan daʼvolar daʼvogar joylashgan joydagi yoki javobgarning mol-mulki joylashgan joydagi xoʻjalik sudiga taqdim etilishi mumkin.
Ijro etish joyi koʻrsatilgan shartnomadan kelib chiqadigan daʼvolar shartnoma ijro etiladigan joyda taqdim etilishi mumkin.
29-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarning sudlovga tegishliligi
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar arizachi turgan joyda koʻriladi. Binoga, inshootga, yer uchastkasiga egalikni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar bundan mustasno boʻlib, ular bino, inshoot, yer uchastkasi joylashgan joyda koʻriladi.
30-modda. Bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlarning sudlovga tegishliligi
Tashkilot va fuqarolarning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlar qarzdor turgan joyda koʻriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 5, 35, 45-moddalari, mazkur Kodeksning 154-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori.
31-modda. Alohida sudlovga tegishlilik
Bino, inshoot, yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi, bino, inshoot, yer uchastkasini boshqa shaxsning qonunsiz egaligidan talab qilib olish, mulkdor yoki mol-mulkning boshqa qonuniy egasining huquqlari egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmagan holda buzilishini bartaraf etish toʻgʻrisidagi daʼvolar bino, inshoot, yer uchastkasi joylashgan joyda taqdim etiladi.
Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasidan kelib chiqadigan yoʻlovchi, bagaj va yuk tashuvchiga nisbatan daʼvolar, shu jumladan yoʻlovchi, bagaj va yuk tashuvchi javobgarlardan biri boʻlgan hollarda ham, transport tashkilotining organi joylashgan joyda taqdim etiladi.
Ushbu Kodeksning 27 va 28-moddalarida belgilangan sudlovga tegishlilik taraflarning roziligi bilan oʻzgartirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6-bandi.
33-modda. Ishni bir xoʻjalik sudidan boshqasiga oʻtkazish
Xoʻjalik sudi tomonidan sudlovga tegishlilik qoidalariga rioya qilgan holda qabul qilib olingan ish, garchi keyinchalik boshqa xoʻjalik sudining sudloviga tegishli boʻlib qolsa-da, avvalgi xoʻjalik sudi tomonidan mazmunan koʻrilishi lozim.
Xoʻjalik sudi ishni boshqa xoʻjalik sudiga quyidagi hollarda oʻtkazadi:
1) agar ish sudlovga tegishlilik qoidasini buzib qabul qilinganligi shu sudda ishni koʻrish vaqtida maʼlum boʻlsa;
2) agar bir yoki bir necha sudyalar rad qilinganidan keyin ularni ushbu sudda almashtirish mumkin boʻlmay qolsa, shuningdek ishni ushbu sudda koʻrish mumkin boʻlmay qolgan boshqa hollarda.
Ishni boshqa xoʻjalik sudida koʻrishga oʻtkazish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Bir suddan boshqa sudga yuborilgan ish u yuborilgan sudda koʻrish uchun qabul qilib olinishi kerak.
Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlari oʻrtasida sudlovga tegishlilik toʻgʻrisida nizolarga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
4-BOB. ISHDA ISHTIROK ETUVCHI SHAXSLAR HAMDA XOʻJALIK SUDLOV ISHLARINI YURITISHNING BOSHQA ISHTIROKCHILARI
34-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar
Taraflar, uchinchi shaxslar, prokuror, davlat organlari va boshqa organlar oʻz zimmalariga yuklatilgan vakolatga koʻra, shuningdek arizachilar hamda yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi va tashkilotlar hamda fuqarolar bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlardan manfaatdor boshqa shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslar deb hisoblanadilar.
35-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning huquq va majburiyatlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ish materiallari bilan tanishish, ulardan koʻchirmalar olish, nusxa koʻchirish, rad qilish toʻgʻrisida arz qilish, dalillar taqdim etish, dalillarni tekshirishda ishtirok etish, savollar berish, iltimosnomalar kiritish, arz qilish, xoʻjalik sudiga ogʻzaki va yozma tushuntirishlar berish, ishni koʻrish davomida tugʻiladigan barcha masalalar boʻyicha oʻz vajlarini, xulosalarini taqdim qilish, ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning iltimosnomalari, vajlariga eʼtiroz bildirish, sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) hamda ushbu Kodeksda ularga berilgan boshqa protsessual huquqlardan foydalanish huquqiga egadirlar.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ushbu Kodeksda nazarda tutilgan protsessual majburiyatlarga egadir va ular oʻzlariga tegishli barcha protsessual huquqlardan insofli ravishda foydalanishlari shart.
Oʻzlarining huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida daʼvo taqdim etayotgan yoki manfaatlarini koʻzlab daʼvo taqdim etilgan tashkilotlar va fuqarolar daʼvogardir.
Daʼvo talabi qaratilgan tashkilotlar va fuqarolar javobgardir.
37-modda. Ishda bir necha daʼvogar va javobgarning ishtiroki
Daʼvo bir necha daʼvogar tomonidan birgalikda yoki bir necha javobgarga nisbatan taqdim etilishi mumkin. Har bir daʼvogar yoki javobgar protsessda mustaqil qatnashadi. Birgalikda ishtirok etuvchilar ishni olib borishni sherik ishtirokchilardan biriga topshirishlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 115-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.5-bandi.
Boshqa javobgarni jalb etish zarur boʻlgan hollarda xoʻjalik sudi hal qiluv qarori qabul qilguniga qadar daʼvogarning roziligi bilan oʻsha javobgarni jalb qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 1-bandi.
38-modda. Ishga daxldor boʻlmagan tarafni almashtirish
Xoʻjalik sudi daʼvo taqdim etish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan yoki daʼvo boʻyicha javob berishi lozim boʻlmagan shaxsga nisbatan taqdim etilganini aniqlasa, hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar, daʼvogarning roziligi bilan dastlabki daʼvogar yoki javobgarning ishga daxldor daʼvogar yoki javobgar bilan almashtirilishiga yoʻl qoʻyishi mumkin.
Ishga daxldor boʻlmagan taraf xoʻjalik sudining tashabbusi bilan almashtirilishi mumkin, biroq daʼvogar oʻzining boshqa shaxs bilan almashtirilishiga rozi boʻlmasa, bu shaxs ishda nizo yuzasidan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxs sifatida qatnashishga haqli va bu haqda sud ushbu shaxsni xabardor qiladi.
Agar daʼvogar javobgarni boshqa shaxs bilan almashtirishga rozi boʻlmasa, sud daʼvogarning roziligi bilan bu shaxsni ikkinchi javobgar sifatida ishga jalb qilishi mumkin.
Ishga daxldor boʻlmagan taraf almashtirilganligi toʻgʻrisida sud ajrim chiqaradi.
Ishga daxldor boʻlmagan taraf almashtirilganidan soʻng ishni koʻrish yangidan boshlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 37.3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xoʻjalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 17-bandi.
Taraflardan biri nizoli yoki xoʻjalik sudining hal qiluv qarori bilan aniqlangan huquqiy munosabatdan chiqib ketgan taqdirda (qayta tashkil etilish, talabdan boshqa shaxs foydasiga voz kechish, qarzning boshqa shaxsga oʻtkazilishi, fuqaroning oʻlimi va boshqa hollarda) sud bu tarafni uning huquqiy vorisi bilan almashtirib, bu haqda oʻz ajrimi, hal qiluv qarori yoki qarorida koʻrsatadi. Huquqiy vorislik protsessning har qanday bosqichida amalga oshirilishi mumkin.
Huquqiy voris protsessga kirishguniga qadar amalga oshirilgan barcha harakatlar huquqiy vorisga oʻrnini boʻshatib bergan shaxsga qay darajada majburiy boʻlgan boʻlsa, huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 1-bandi.
40-modda. Daʼvoning asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablari miqdorini oʻzgartirish, daʼvodan voz kechish, daʼvoni tan olish, kelishuv bitimi
Daʼvogar xoʻjalik nizosi boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar daʼvoning asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talablarining miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, yoxud daʼvodan voz kechishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
Javobgar daʼvoni qisman yoki toʻla tan olishi mumkin.
Taraflar har qanday instansiyada ishni kelishuv bitimi bilan tamomlashlari mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 132-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 18-bandi.
Agar daʼvogarning daʼvodan voz kechishi, javobgarning daʼvoni tan olishi va taraflarning kelishuv bitimi qonun hujjatlariga xilof boʻlsa yoki boshqa shaxslarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzsa, xoʻjalik sudi daʼvodan voz kechishni, daʼvo talablari miqdorini kamaytirishni, daʼvoni tan olishni qabul qilmaydi, kelishuv bitimini tasdiqlamaydi. Bunday hollarda xoʻjalik sudi ishni mazmunan koʻradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 165-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi, 13-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 10-bandi va 11-bandning ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-bandi.
41-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qiluvchi uchinchi shaxslar xoʻjalik sudi hal qiluv qarori qabul qilgunga qadar ishga kirishishi mumkin. Ular daʼvogarning barcha huquqlaridan foydalanadilar va barcha majburiyatlarini bajaradilar, shu toifadagi nizolar uchun qonunda nazarda tutilgan yoki shartnomada belgilangan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etish majburiyati bundan mustasnodir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 6-bandi.
42-modda. Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talablar bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar, agar ish boʻyicha hal qiluv qarori ularning taraflardan biriga nisbatan huquq va majburiyatlariga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlsa, xoʻjalik sudi hal qiluv qarori qabul qilgunga qadar daʼvogar yoki javobgar tomonida ishga kirishishi mumkin. Uchinchi shaxslar ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasi bilan yoki sudning tashabbusi bilan ham ishda ishtirok etishga jalb qilinishi mumkin.
(42-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 6-bandi.
Nizoning predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilmaydigan uchinchi shaxslar tarafning huquqlaridan foydalanadilar va protsessual majburiyatlarini bajaradilar, daʼvoning asosi yoki predmetini oʻzgartirish, daʼvo talabining miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish, shuningdek daʼvodan voz kechish, daʼvoni tan olish yoki kelishuv bitimi tuzish, sud hujjatining majburiy tarzda bajarilishini talab qilish huquqi bundan mustasno.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi bir jarayonda dastlabki daʼvoni koʻrib chiqishga va mansabdor shaxs tomonidan tashkilotga yetkazilgan zararni undan undirish masalasini regress tartibda hal etishga haqlidir.
(42-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
43-modda. Ishda prokurorning ishtiroki
Prokuror hamma ishlar boʻyicha sud majlisida ishtirok etishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 34-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 33-moddasi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga daʼvo arizasini Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar xoʻjalik sudiga esa — tegishincha Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat va Toshkent shahar prokurorlari hamda ularga tenglashtirilgan prokurorlar yoki ularning oʻrinbosarlari taqdim etadi.
Qonunda nazarda tutilgan yoki sud ishda prokuror qatnashishi zarur deb topgan hollarda ishni koʻrishda prokuror ishtirok etishi shart.
44-modda. Ishda davlat organlari va boshqa organlarning ishtiroki
Davlat organlari va boshqa organlar qonunlarda nazarda tutilgan hollarda davlat va jamiyatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini himoya qilish maqsadida daʼvo taqdim etishlari mumkin. Daʼvo taqdim etgan mazkur organlar daʼvogarning kelishuv bitimi tuzish huquqidan tashqari barcha huquqlaridan foydalanadi va majburiyatlarini bajaradi. Ushbu organlarning taqdim etilgan daʼvolardan voz kechishi daʼvogarni nizoni mazmunan koʻrishni talab qilish huquqidan mahrum qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 35-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 27-bandi.
Davlat organi yoki boshqa organ tomonidan daʼvogarning huquqlarini himoya qilish maqsadida qoʻzgʻatilgan daʼvodan daʼvogarning voz kechishi arizani koʻrmasdan qoldirishga olib keladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 88-moddasining 9-bandi, 89-moddasi birinchi, ikkinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
45-modda. Xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslardan tashqari xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishda vakillar, guvohlar, ekspertlar, tarjimonlar ishtirok etishlari mumkin.
Xoʻjalik sudi nizoni toʻgʻri hal etishi uchun ahamiyatga ega boʻlgan maʼlumotlar va holatlardan xabardor har qanday shaxs guvoh boʻlishi mumkin.
Guvoh xoʻjalik sudining chaqiruvi boʻyicha u yerga kelishi va ish yuzasidan oʻzi xabardor boʻlgan maʼlumot va holatlarni maʼlum qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 70-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining uchinchi xatboshisi.
Guvoh toʻgʻri koʻrsatuvlar berishi, sudyaning, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning savollariga javob berishi shart.
Guvoh bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar berganligi va koʻrsatuv berishdan bosh tortganligi yoki boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Xulosa berish uchun maxsus bilimga ega boʻlgan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda sud tomonidan tayinlangan shaxs xoʻjalik sudida ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin.
Ekspertiza oʻtkazish topshirilgan shaxs xoʻjalik sudi chaqiruviga binoan kelishi va qoʻyilgan savollar boʻyicha sudga xolis xulosa berishi shart.
Agar xulosa berish uchun zarur boʻlsa, ekspert ish materiallari bilan tanishish, xoʻjalik sudi majlislarida ishtirok etish, savollar berish, suddan qoʻshimcha materiallar berishni soʻrash huquqiga ega.
Ekspert bila turib yolgʻon xulosa bergani, xulosa berishdan bosh tortgani uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.
Agar ekspertga taqdim etilgan materiallar yetarli boʻlmasa yoki ekspert oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifani bajarish uchun zarur bilimlarga ega boʻlmasa, u xulosa berishdan voz kechishga haqli.
Tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni biladigan hamda ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda xoʻjalik sudi tomonidan tayinlangan shaxs tarjimondir.
Xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari, garchi tarjima qilish uchun zarur boʻlgan tillarni bilsalar ham, tarjimonlik vazifalarini oʻz zimmalariga olishga haqli emaslar.
Tarjimon sud chaqiruviga binoan kelishi va tarjimani toʻla, toʻgʻri hamda oʻz vaqtida amalga oshirishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining uchinchi xatboshisi.
Tarjimon aniq tarjima qilish maqsadida tarjima chogʻida hozir boʻlganlarga savollar berishga haqli.
Tarjimon bila turib notoʻgʻri tarjima qilganligi uchun jinoiy javobgarlikka tortiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi birinchi qismi.
5-BOB. XOʻJALIK SUDIDA VAKILLIK
49-modda. Vakillar orqali ish yuritish
Xoʻjalik sudida tashkilotlarning ishlarini ularning qonun hujjatlarida yoki taʼsis hujjatlarida berilgan vakolatlar doirasida ish koʻradigan organlari hamda vakillari olib boradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 45-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 57-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Masʼuliyati cheklangan hamda qoʻshimcha masʼuliyatli jamiyatlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 29-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy uy-joy mulkdorlarining shirkatlari toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Fermer xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xususiy korxona toʻgʻrisida”gi Qonunining 14-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Kooperatsiya toʻgʻrisida”gi Qonunining 9-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisida”gi Qonunining 10-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining birinchi xatboshisi.
Tashkilotlarning rahbarlari, boshqa shaxslar taʼsis hujjatlariga muvofiq xoʻjalik sudiga ularning xizmat mavqelarini yoki vakolatini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar.
Fuqarolar oʻz ishlarini xoʻjalik sudida shaxsan oʻzlari yoki vakillari orqali yuritishlari mumkin. Fuqaroning ishda shaxsan ishtirok etishi uni ish boʻyicha vakilga ega boʻlish huquqidan mahrum qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 50-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi.
50-modda. Xoʻjalik sudida vakillik qilishi mumkin boʻlgan shaxslar
Xoʻjalik sudida ish yuritish uchun tegishli tarzda rasmiylashtirilgan vakolatga ega boʻlgan har qanday fuqaro xoʻjalik sudida vakil boʻlishi mumkin.
Toʻla muomala layoqatiga ega boʻlmagan fuqarolarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishda ularning qonuniy vakillari — ota-onasi, farzandlikka olganlar, vasiy yoki homiylari himoya qiladilar. Qonuniy vakillar xoʻjalik sudida ish yuritishni oʻzlari tanlagan boshqa vakilga topshirishlari mumkin.
Tashkilot nomidan berilgan ishonchnomaga uning rahbari yoki taʼsis hujjatlarida shunday vakolat berilgan boshqa shaxs imzo chekadi va bu imzo tashkilotning muhri bilan tasdiqlanadi.
Fuqaro tomonidan berilayotgan ishonchnoma notarial tartibda, shuningdek ishonchnomani beruvchi ishlayotgan yoki oʻqiyotgan tashkilot tomonidan, yashab turgan joyi boʻyicha fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi, uy-joylardan foydalanish tashkiloti tomonidan va u davolanayotgan statsionar davolash muassasasining maʼmuriyati tomonidan, agar ishonchnoma harbiy xizmatchi tomonidan berilayotgan boʻlsa — tegishli harbiy qism qoʻmondonligi tomonidan tasdiqlanishi mumkin. Jazoni ijro etish muassasalaridagi shaxslarning ishonchnomasi tegishli muassasaning boshligʻi tomonidan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 135-moddasi ikkinchi qismi, 136-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 47-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi.
Advokatning vakolati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatlik faoliyatining kafolatlari va advokatlarning ijtimoiy himoyasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 4-moddasining ikkinchi qismi, Advokat tomonidan ishni olib borishga order shaklini tasdiqlash toʻgʻrisida (roʻyxat raqami 1938, 08.04.2009-y.), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 13-bandining uchinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudida ish yuritish vakolatlari vakilga uni vakil qilgan shaxs nomidan barcha protsessual harakatlarni amalga oshirish huquqini beradi, daʼvo arizasini imzolash, ishni hakamlar sudiga topshirish, daʼvo talablaridan qisman yoki butunlay voz kechish va daʼvoni tan olish, daʼvo predmetini yoki asosini oʻzgartirish, kelishuv bitimini tuzish, vakolatlarni boshqa shaxsga topshirish (ishonib topshirish), sud hujjati ustidan shikoyat qilish, protest keltirish toʻgʻrisidagi arizani imzolash, sud hujjatining majburiy tartibda ijro etilishini talab qilish, undirilgan mol-mulk yoki pulni olish bundan mustasno. Vakilning ushbu moddada koʻrsatib oʻtilgan harakatlarning har birini amalga oshirishga boʻlgan vakolatlari vakil qilayotgan shaxs bergan ishonchnomada maxsus nazarda tutilgan boʻlishi kerak.
Sudyalar, tergovchilar, prokurorlar xoʻjalik sudida vakil boʻla olmaydilar. Koʻrsatib oʻtilgan shaxslar protsessda tegishli sudlar, prokuraturaning vakili sifatida yoki qonuniy vakil sifatida qatnashayotgan boʻlsalar, bu qoida tadbiq etilmaydi.
6-BOB. DALILLAR
54-modda. Dalillar tushunchasi va ularning turlari
Ushbu Kodeks va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan tartibda olingan maʼlumotlar ish boʻyicha dalillar boʻlib, ular asosida xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning talablari va eʼtirozlarini asoslovchi holatlar, shuningdek nizoni toʻgʻri hal qilish uchun ahamiyatga ega boʻlgan boshqa holatlar bor yoki yoʻqligini aniqlaydi. Bunday maʼlumotlar yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari bilan aniqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 62, 64, 69–71-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi.
Qonunni buzgan holda olingan dalillardan foydalanishga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 14-sentabrdagi 12/239-sonli “Tadbirkorlik subyektlari faoliyati bilan bogʻliq qonun hujjatlarini sud amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qoʻshma qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 20.1-bandining birinchi xatboshisi.
Ishda ishtirok etuvchi har bir shaxs oʻz talab va eʼtirozlariga asos qilib keltirayotgan holatlarni isbotlashi kerak. Davlat organlari va boshqa organlarning hujjatlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi nizolar koʻrilganda ushbu hujjatlarning qabul qilinishiga asos boʻlgan holatlarni isbotlash majburiyati hujjatni qabul qilgan organ zimmasiga yuklatiladi.
Xoʻjalik sudi, agar ishni koʻrib chiqish uchun mavjud materiallar yetarli emas deb hisoblasa, ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qoʻshimcha dalillar taqdim etishni taklif qilishga haqlidir.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 122-moddasi birinchi qismining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 14-bandi.
56-modda. Dalillarni taqdim etish va talab qilib olish
Dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan taqdim etiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs ishda ishtirok etuvchi yoki ishtirok etmaydigan shaxsdagi zarur dalilni mustaqil olish imkoniga ega boʻlmasa, oʻsha dalilni talab qilib olish toʻgʻrisida xoʻjalik sudiga iltimosnoma bilan murojaat qilishga haqli. Iltimosnomada shu dalil bilan ish uchun ahamiyatli qanday holatlar aniqlanishi mumkinligi, dalilning alomatlari va uning joylashgan joyi koʻrsatilishi zarur. Sud zarur hollarda ishda ishtirok etuvchi shaxsga dalilni olish uchun soʻrov beradi. Sud talab qilayotgan dalilni saqlayotgan shaxs uni bevosita sudga yuboradi yoki sudga topshirish uchun tegishli soʻrovga ega boʻlgan shaxsga beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 14-bandining ikkinchi xatboshisi.
Agar shaxs xoʻjalik sudi talab qilayotgan dalilni taqdim etish imkoniyatiga butunlay ega boʻlmasa yoki sud belgilagan muddatda taqdim eta olmasa, u sudning soʻrovini olganidan soʻng besh kunlik muddat ichida bu haqda sababini koʻrsatib sudni xabardor qilishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 17-bandi.
Agar dalilni saqlayotgan shaxs soʻralayotgan dalilni taqdim etish majburiyatini xoʻjalik sudi uzrsiz deb topgan sabablarga koʻra bajarmasa, bu shaxsga eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorida jarima solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 1-bandi.
Talab qilinayotgan dalilni saqlayotgan shaxsga jarima solinishi uni dalilni xoʻjalik sudiga taqdim etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
57-modda. Dalillarni ular turgan joyda koʻzdan kechirish va tekshirish
Sudga olib kelish mumkin boʻlmagan yoki qiyin boʻlgan dalillarni, shuningdek tez buziladigan ashyoviy dalillarni xoʻjalik sudi ular joylashgan yerda koʻzdan kechirishi va tekshirishi mumkin.
Dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirish xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilgan holda amalga oshiriladi, ularning kelmasligi koʻzdan kechirish va tekshirish oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi. Zarur hollarda dalillarni koʻzdan kechirish va tekshirishda ishtirok etish uchun ekspertlar va guvohlar chaqirilishi mumkin.
Tez buziladigan ashyoviy dalillar ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan xoʻjalik sudi tomonidan darhol koʻzdan kechirilishi va tekshirilishi mumkin.
Dalillar turgan joyida koʻzdan kechirib va tekshirib boʻlinishi bilanoq bayonnoma tuziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 134-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
58-modda. Dalillarning daxldorligi
Xoʻjalik sudi koʻrilayotgan ishga daxldor boʻlgan dalillarnigina qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Ishning holatlari qonun hujjatlariga muvofiq muayyan dalillar bilan tasdiqlanishi kerak boʻlsa, boshqa dalillar bilan tasdiqlanishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
60-modda. Isbotlashdan ozod qilish asoslari
Ishning xoʻjalik sudi hammaga maʼlum deb topgan holatlari isbotlashga muhtoj emas.
Xoʻjalik sudining ilgari koʻrilgan ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori bilan aniqlangan holatlar, xuddi shu shaxslar ishtirokchisi boʻlgan boshqa ishni sud koʻrayotganda yangidan isbot qilinmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 19-bandi.
Umumiy sudning fuqarolik ishi boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boshqa ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudi uchun umumiy sudning hal qiluv qarorida aniqlangan va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga aloqador holatlarga doir masalalar boʻyicha majburiydir.
Jinoyat ishi boʻyicha umumiy sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi muayyan harakatlar sodir etilgan yoki sodir etilmaganligi va ular kimlar tomonidan sodir etilganligi masalalari boʻyicha xoʻjalik sudi uchun majburiydir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 20-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi ishdagi mavjud dalillarni har tomonlama, toʻliq va xolis tekshirishga asoslangan oʻz ichki komil ishonchi boʻyicha baholaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 128-moddasining birinchi qismi.
Hech qanday dalil xoʻjalik sudi uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi, oʻn ikkinchi xatboshilari.
Ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan hujjatlar, shartnomalar, maʼlumotnomalar, amaliy yozishmalar, shu jumladan, faksimil, elektron yoki boshqa aloqa vositasida yoxud hujjatning toʻgʻriligini aniqlash imkonini beruvchi boshqa usulda olingan oʻzga hujjatlar va materiallar yozma dalillar hisoblanadi.
Yozma dalillar asl nusxada yoki tegishlicha tasdiqlangan nusxa shaklida taqdim etiladi. Agar koʻrilayotgan ishga hujjatning faqat bir qismi aloqador boʻlsa, uning tasdiqlangan nusxasi taqdim etiladi.
Ish holatlari qonun hujjatlariga muvofiq hujjatlarning faqat asl nusxalari bilan tasdiqlanishi lozim boʻlsa, shuningdek boshqa zarur hollarda xoʻjalik sudining talabi bilan ularning asl nusxalari taqdim etiladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan xoʻjalik sudiga topshirilgan yozma dalillarning nusxalari xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi, qoʻlida shunday nusxalar boʻlmagan boshqa shaxslarga yuboriladi (beriladi).
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining ikkinchi, uchinchi xatboshilari.
63-modda. Hujjatlarning aslini qaytarish
Ishda mavjud boʻlgan hujjatlarning asli ularni taqdim etgan shaxslarning iltimosnomasiga koʻra xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgandan keyin, agar sud hujjatni qaytarish nizoning toʻgʻri hal qilinishiga zarar yetkazmaydi degan xulosaga kelsa, ishni yuritish jarayonida hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgunga qadar ularga qaytarib berilishi mumkin. Iltimosnoma bilan bir vaqtda mazkur shaxslar hujjat aslining tegishlicha tasdiqlangan nusxasini taqdim etadilar yoki ishda qolayotgan nusxaning asliga toʻgʻriligi sud tomonidan tasdiqlanishini iltimos qiladilar.
Oʻzining tashqi koʻrinishi, ichki xususiyatlari, turgan joyi yoki boshqa belgilari bilan ish uchun ahamiyatga ega boʻlgan holatlarni aniqlash vositasi boʻlib xizmat qila oladigan ashyolar ashyoviy dalillar hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining uchinchi xatboshisi.
65-modda. Ashyoviy dalillarni saqlash
Ashyoviy dalillar xoʻjalik sudida saqlanadi.
Xoʻjalik sudiga keltirib boʻlmaydigan ashyoviy dalillar turgan joyida saqlanadi. Ular batafsil tasvirlanishi, muhrlab qoʻyilishi, zarur hollarda esa fotosuratga yoki videotasvirga olinishi lozim.
Xoʻjalik sudi va saqlovchi ashyoviy dalillarni oʻzgarmaydigan holatda saqlash choralarini koʻradilar.
66-modda. Ashyoviy dalillarni qaytarish
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach ashyoviy dalillar kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga qaytarib beriladi yoxud sud shu ashyolarga kimning huquqi bor deb topgan boʻlsa, oʻsha shaxslarga beriladi yoki sud belgilaydigan boshqa tartibda realizatsiya qilinadi.
Ayrim hollarda xoʻjalik sudi ashyoviy dalillarni koʻzdan kechirib va tekshirib chiqqanidan keyin basharti, ashyoviy dalillarni taqdim etgan shaxslar ularni qaytarib berishni iltimos qilgan boʻlsalar va bunday iltimosnomaning qanoatlantirilishi nizoning toʻgʻri hal etilishiga zarar keltirmasa, ular kimdan olingan boʻlsa, oʻsha shaxslarga ish yuritish jarayonida qaytarib berilishi mumkin.
Xoʻjalik sudi ashyoviy dalillarni qaytarish masalalari yuzasidan ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
Qonunga muvofiq ayrim shaxslarning egaligida turishi mumkin boʻlmagan ashyolar tegishli tashkilotlarga topshiriladi.
67-modda. Ekspertiza tayinlash
Ishni koʻrish vaqtida kelib chiqadigan, maxsus bilimlarni talab qiladigan savollarni tushuntirib berish uchun xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosiga koʻra ekspertiza tayinlaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar xoʻjalik sudiga ekspertiza oʻtkazish vaqtida tushuntirib berilishi kerak boʻlgan savollari va ekspertlarning nomzodlari boʻyicha takliflarini taqdim etishga haqlidirlar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 8.3-bandining birinchi xatboshisi.
Ekspertizaning xulosasi talab qilinadigan savollarning uzil-kesil mazmunini xoʻjalik sudi belgilaydi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar taklif etgan savollarni rad etishni sud asoslab berishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 8.3-bandining birinchi xatboshisi.
Ekspertiza tayinlash toʻgʻrisida xoʻjalik sudi ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonuni 17-moddasining birinchi, ikkinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 8 – 8.4-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 36-bandining uchinchi xatboshisi.
68-modda. Ekspertiza oʻtkazish tartibi
Ekspertiza xoʻjalik sudi topshirigʻiga koʻra ekspertiza muassasalarining xodimlari yoki boshqa mutaxassislar tomonidan oʻtkaziladi. Ekspertizani oʻtkazish bir necha ekspertga topshirilishi mumkin.
Ekspertiza xoʻjalik sudining majlisida yoki, agar tekshirishning xususiyatiga koʻra zarur boʻlsa yoxud materiallarni majlisda tekshirish uchun olib kelish mumkin boʻlmasa yoki ularni olib kelish qiyin boʻlsa, majlisdan tashqarida oʻtkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza oʻtkazilayotganda hozir boʻlishga haqlidirlar. Bunday ishtirok etish yoki ekspertizani sud majlisidan tashqarida oʻtkazish ekspertlarning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin boʻlgan hollar bundan mustasno.
Agar ekspertizani oʻtkazish ikki yoki undan ortiq ekspertga topshirilgan boʻlsa, ular oʻzaro kengashishga haqlidir. Agar ekspertlar umumiy xulosaga kelsalar, ular bitta umumiy xulosa beradilar. Boshqa ekspertlarning fikriga qoʻshilmagan ekspert alohida xulosa beradi.
Ekspertning xulosasi oʻtkazilgan tekshirishlarning batafsil bayonini, ular natijasida chiqarilgan xulosalarni va xoʻjalik sudi tomonidan qoʻyilgan savollarga javoblarni oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim. Agar ekspert ekspertiza oʻtkazayotganida oʻziga qoʻyilgan savollarda koʻrsatilmagan, lekin ish uchun ahamiyatli boʻlgan holatlarni aniqlasa, shu holatlar toʻgʻrisidagi fikrlarini oʻz xulosasiga kiritishga haqli.
Ekspertning xulosasi xoʻjalik sudining majlisida tekshiriladi hamda boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanadi.
Ekspertning xulosasi yetarlicha aniq yoki toʻliq boʻlmasa, xoʻjalik sudi qoʻshimcha ekspertiza tayinlashi, uni oʻtkazishni oʻsha yoki boshqa ekspertga topshirishi mumkin.
Xoʻjalik sudi ekspertning xulosasiga qoʻshilmasa, ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra qayta ekspertiza tayinlashi, uni oʻtkazishni boshqa ekspertga topshirishi mumkin.
Guvoh oʻzi bilgan maʼlumotlar va holatlarni xoʻjalik sudiga ogʻzaki xabar qiladi. Guvoh xoʻjalik sudining taklifiga koʻra oʻz koʻrsatuvlarini yozma tarzda bayon qilishi mumkin.
Agar guvoh oʻzi bilgan maʼlumotlarning manbaini koʻrsatib bera olmasa, u xabar qilgan maʼlumotlar dalil hisoblanmaydi.
71-modda. Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ish uchun ahamiyatli boʻlgan oʻzlariga maʼlum holatlar toʻgʻrisidagi tushuntirishlari tekshirilishi va boshqa dalillar bilan bir qatorda baholanishi lozim. Ishda ishtirok etuvchi shaxs xoʻjalik sudining taklifiga koʻra oʻz tushuntirishlarini yozma tarzda bayon qilishi mumkin.
Ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan boshqa shaxs oʻz talablarini yoki eʼtirozlarini asoslayotgan faktlarning tan olinishi xoʻjalik sudi uchun majburiy emas.
Agar faktni tan olish ishning holatlariga muvofiq ekanligiga va aldash, zoʻrlik ishlatish, qoʻrqitish, chalgʻitish taʼsirida yoki haqiqatni yashirish maqsadida qilinmaganiga xoʻjalik sudida shubha tugʻilmasa, u tan olingan faktni aniqlangan deb hisoblashi mumkin.
72-modda. Dalillarni taʼminlash
Zarur dalillarni keyinchalik taqdim etish mumkin boʻlmay qoladi yoki qiyinlashadi deb xavotirlanish uchun asosi boʻlgan shaxslar ishni yuritishga qabul qilgan xoʻjalik sudidan shu dalillarni taʼminlashni iltimos qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi.
Dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizada taʼminlanishi zarur boʻlgan dalillar, tasdiqlash uchun bu dalillar zarur boʻlgan holatlar, ularni taʼminlash toʻgʻrisida arizachini iltimos bilan murojaat qilishga undagan sabablar koʻrsatilishi kerak.
Dalillarni taʼminlash yoki iltimosnomani qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillarni taʼminlash toʻgʻrisidagi arizani koʻrish vaqti va joyi haqida xabardor qilinadi, biroq ularning kelmasligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
74-modda. Sud topshiriqlari
Ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudi boshqa viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri) hududidagi dalillarni olishi zarur boʻlib qolgan hollarda tegishli xoʻjalik sudiga muayyan protsessual harakatlarni bajarishni topshirishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 122-moddasi birinchi qismining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi.
Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrilayotgan ishning mazmuni qisqacha bayon qilinadi, aniqlanishi zarur boʻlgan holatlar, topshiriqni bajaradigan xoʻjalik sudi toʻplashi lozim boʻlgan dalillar koʻrsatiladi.
Sud topshirigʻi toʻgʻrisidagi ajrim topshiriq berilgan xoʻjalik sudi uchun majburiydir va ajrim olingan paytdan boshlab oʻn kunlik muddatdan kechiktirmay bajarilishi lozim.
Sud topshirigʻi xoʻjalik sudining majlisida ushbu Kodeksda belgilangan qoidalarga muvofiq bajariladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadilar, biroq ularning kelmaganligi majlisni oʻtkazishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar, topshiriqni bajargan xoʻjalik sudiga tushuntirishlar yoki koʻrsatuvlar bergan guvohlar ishni koʻrayotgan sud majlisida oʻzlari ishtirok etgan taqdirda umumiy tartibda tushuntirishlar va koʻrsatuvlar beradilar.
Xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrishga haqli. Daʼvoni taʼminlashga, agar shunday choralarni koʻrmaslik sud hujjatining ijrosini qiyinlashtirishi yoki bajarib boʻlmaydigan qilib qoʻyishi mumkin boʻlsa, xoʻjalik sudlov ishini yuritishning har qanday bosqichida yoʻl qoʻyiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 77-moddasi, 122-moddasi birinchi qismining 7-bandi.
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ariza tushganidan keyingi kundan kechiktirmasdan nizoni hal etayotgan xoʻjalik sudi tomonidan koʻriladi.
LexUZ sharhi
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi. Daʼvoni taʼminlash yoki taʼminlashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat berish ushbu ajrim ijrosini toʻxtatib turmaydi.
Quyidagilar daʼvoni taʼminlash choralari boʻlishi mumkin:
1) javobgarga tegishli boʻlgan mol-mulk yoki pul mablagʻlarini xatlab qoʻyish;
2) javobgarga muayyan harakatlarni qilishni taqiqlash;
3) boshqa shaxslarga nizo predmetiga aloqador boʻlgan muayyan harakatlarni qilishni taqiqlash;
4) daʼvogar nizolashayotgan, undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan ijro hujjati yoki boshqa hujjat boʻyicha undirishni toʻxtatib turish;
5) mol-mulkni xatlashdan ozod qilish toʻgʻrisida daʼvo taqdim etilgan taqdirda uni realizatsiya qilishni toʻxtatib turish.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
Zarur hollarda daʼvoni taʼminlash uchun bir necha chora qoʻllashga yoʻl qoʻyiladi.
Xoʻjalik sudi daʼvoni taʼminlashga yoʻl qoʻyar ekan, javobgarning iltimosnomasiga koʻra daʼvogardan javobgar koʻrishi mumkin boʻlgan zarar qoplanishining taʼminlovini talab qilishi mumkin.
Ushbu moddaning birinchi qismi 2 va 3-bandlarida koʻrsatilgan choralarga rioya etmaganlik uchun tashkilotlar va fuqarolardan respublika budjeti daromadiga quyidagicha jarima undiriladi:
baholanadigan daʼvolar boʻyicha — daʼvo bahosining ellik foizigacha miqdorda;
baholanmaydigan daʼvolar boʻyicha — eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda.
Xoʻjalik sudining daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimini ijro etmaslik bilan yetkazilgan zararni qoplashni daʼvogar oʻsha xoʻjalik sudida daʼvo taqdim etish yoʻli bilan talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xoʻjalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarori 1-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi.
78-modda. Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish
Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirishga yoʻl qoʻyiladi.
Daʼvoni taʼminlashning bir turini boshqasi bilan almashtirish masalasi ushbu Kodeksning 76-moddasida nazarda tutilgan tartibda hal etiladi.
Pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvoni taʼminlashda javobgar daʼvoni taʼminlash boʻyicha belgilangan choralarni qoʻllash oʻrniga xoʻjalik sudining depozit hisobvaragʻiga daʼvogar talab qilayotgan summani toʻlashga haqli.
79-modda. Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrimni ijro etish
Daʼvoni taʼminlash toʻgʻrisidagi ajrim xoʻjalik sudining hal qiluv qarorlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda darhol ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 5-moddasining birinchi qismining 1-bandi, 221-moddasining ikkinchi qismi, 30-modda ikkinchi qismining 3-bandi, mazkur Kodeksning IV boʻlimi (“Sud hujjatlarini ijro etish”).
80-modda. Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish
Daʼvoni taʼminlash ishda ishtirok etuvchi shaxsning iltimosnomasiga koʻra ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudi tomonidan bekor qilinishi mumkin. Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish masalasi sud majlisida hal qilinadi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida xabardor qilinadilar, biroq ularning kelmasligi daʼvoni taʼminlashni bekor qilish masalasini koʻrib chiqishga toʻsqinlik qilmaydi.
Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish masalasini koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
Daʼvo rad etilgan taqdirda yoʻl qoʻyilgan taʼminlash choralari hal qiluv qarori kuchga kirguncha saqlanadi. Biroq, xoʻjalik sudi hal qiluv qarori bilan bir vaqtda yoki u qabul qilinganidan keyin daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarishi mumkin.
Daʼvoni taʼminlashni bekor qilish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 17-bandining beshinchi, oltinchi xatboshilari.
81-modda. Daʼvoni taʼminlash tufayli javobgarga yetkazilgan zararni qoplash
Daʼvoni rad etish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirgach, javobgar oʻsha xoʻjalik sudida daʼvo taqdim etish yoʻli bilan daʼvogardan daʼvoni taʼminlash tufayli oʻziga yetkazilgan zararni qoplashni talab qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 14-moddasi.
8-BOB. ISH YURITISHNI TOʻXTATIB TURISH
82-modda. Xoʻjalik sudining ish yuritishni toʻxtatib turish majburiyati
Xoʻjalik sudi quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga majbur:
1) ishni konstitutsiyaviy, fuqaroviy, jinoyat yoki maʼmuriy sud ishlarini yuritish tartibida koʻrilayotgan boshqa ish yoki masala yuzasidan qaror qabul qilingunga qadar koʻrish mumkin boʻlmaganda;
(82-modda birinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 18-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 13-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining beshinchi xatboshisi.
2) javobgar fuqaro Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida boʻlgan yoki Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harakatdagi qismida boʻlgan daʼvogar fuqaro tegishli iltimosnoma bilan murojaat qilganda;
3) fuqaro vafot etganda, agar nizoli huquqiy munosabatlar huquqiy vorislikka yoʻl qoʻysa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 86-moddasi birinchi qismining 5-bandi.
4) fuqaro muomala layoqatini yoʻqotganda.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 30-moddasi.
Xoʻjalik sudi qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ham ish yuritishni toʻxtatib turadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 83-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 18-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari, 24-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 16-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi.
83-modda. Xoʻjalik sudining ish yuritishni toʻxtatib turish huquqi
Xoʻjalik sudi quyidagi hollarda ish yuritishni toʻxtatib turishga haqli:
1) xoʻjalik sudi tomonidan ekspertiza tayinlanganda;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 67-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlmish tashkilot qayta tashkil qilinganda;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49-moddasi.
3) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlmish fuqaro biror-bir davlat majburiyatini bajarish uchun jalb qilinganda.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi.
84-modda. Ish yuritishni tiklash
Ish yuritishni toʻxtatib turishga asos boʻlgan holatlar bartaraf qilingach, ish yuritish tiklanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 82, 83-moddalari, 85-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
85-modda. Ish yuritishni toʻxtatib turish va uni tiklash tartibi
Xoʻjalik sudi ish yuritishni toʻxtatib turish va uni tiklash yuzasidan ajrim chiqaradi.
Xoʻjalik sudi quyidagi hollarda ish yuritishni tugatadi:
1) nizo xoʻjalik sudida koʻrish uchun tegishli boʻlmasa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 25-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 25-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, 8-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarori 16-bandining beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi.
2) umumiy sud, xoʻjalik sudining ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 24-bandining uchinchi xatboshisi.
3) hakamlar sudining ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori boʻlsa, hakamlar sudining qarorini majburiy tarzda ijro etish yuzasidan xoʻjalik sudi ijro varaqasini berishni rad etgan, ishni yangidan koʻrish uchun hal qiluv qarorini qabul qilgan hakamlar sudiga yuborgan, lekin ishni oʻsha hakamlar sudida koʻrish mumkin boʻlmay qolgan hollar bundan mustasno;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxs boʻlmish tashkilot tugatilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 24-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13, 17-bandlari.
5) ishda ishtirok etgan shaxs boʻlmish fuqaroning oʻlimidan soʻng nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yoʻl qoʻymasa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 12-bandining ikkinchi xatboshisi.
6) daʼvogar daʼvosidan voz kechgan va xoʻjalik sudi uni qabul qilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-bandi.
7) kelishuv bitimi tuzilib, u xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlangan boʻlsa;
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 15-bandi.
8) daʼvogar sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan boʻlsa, basharti bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki taraflar shartnomasida nazarda tutilgan va bunday tartibni qoʻllash imkoniyati yoʻqotilgan boʻlsa.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 19-bandi, 24-bandining ikkinchi xatboshisi, 33-bandining ikkinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudining ajrimida sud xarajatlarini ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida taqsimlash, davlat bojini budjetdan qaytarish masalalari hal qilinishi mumkin.
Ish yuritish tugatilgan taqdirda ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan xoʻjalik sudiga ikkinchi bor murojaat qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Ish yuritishni tugatish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudining ajrimi ustidan shikoyat berish (protest keltirish) mumkin.
(87-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi.
10-BOB. DAʼVONI KOʻRMASDAN QOLDIRISH
88-modda. Daʼvoni koʻrmasdan qoldirish asoslari
Xoʻjalik sudi quyidagi hollarda daʼvoni koʻrmasdan qoldiradi:
1) umumiy sud, xoʻjalik sudi, hakamlar sudi ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish yuritayotgan boʻlsa;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ushbu nizoni hakamlar sudiga koʻrish uchun topshirish toʻgʻrisidagi kelishuvi boʻlib, hakamlar sudiga murojaat qilish imkoniyati yoʻqolmagan boʻlsa va agar ishning xoʻjalik sudida koʻrilishiga qarshi boʻlgan javobgar birinchi arizasidan kechiktirmay nizoni mazmunan hal etishni hakamlar sudiga topshirish toʻgʻrisida iltimosnoma bilan murojaat qilsa;
3) daʼvo arizasi imzolanmagan yoki imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan, yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi.
4) qonun hujjatlari yoki shartnomaga muvofiq qarz bank yoki boshqa kredit muassasasi orqali undirib olinishi shart boʻlishiga qaramay daʼvogar javobgardan qarzini undirib olish uchun bank yoki boshqa kredit muassasasiga murojaat etmagan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 13-bandining oltinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi.
5) daʼvogar nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etmagan, bu esa shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 6-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 203-sonli “Xoʻjalik shartnomalarini tuzish, oʻzgartirish va bekor qilishni tartibga soluvchi fuqarolik qonun hujjatlari normalarini qoʻllashning ayrim masalalari toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
6) daʼvogar xoʻjalik sudining majlisiga kelmagan va ishni oʻzining ishtirokisiz koʻrib chiqishga rozilik bermagan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 130-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlarning xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilishida qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 11-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
7) davlat roʻyxatidan oʻtishni rad etish yoki undan bosh tortish toʻgʻrisidagi ariza koʻrilayotganda huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan boʻlsa;
8) yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ariza koʻrilayotganda huquq toʻgʻrisida nizo kelib chiqqan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining oʻn ikkinchi xatboshisi.
9) daʼvogar uning manfaatlarini koʻzlab prokuror tomonidan taqdim etilgan daʼvodan voz kechgan boʻlsa.
(88-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuniga muvofiq 9-band bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 43-moddasining beshinchi qismi, 44-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi, 33-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15-bandi.
Xoʻjalik sudining ajrimida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarini taqsimlash, davlat bojini budjetdan qaytarish masalalari hal qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 20-bandi.
Daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
Daʼvoni koʻrmasdan qoldirish uchun asos boʻlgan holatlar bartaraf etilgach, daʼvogar xoʻjalik sudiga umumiy tartibda yana murojaat qilish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 15-bobi (“Daʼvo taqdim etish”).
11-BOB. SUD XARAJATLARI
90-modda. Sud xarajatlarining tarkibi
Sud xarajatlari davlat bojidan va ishni koʻrish bilan bogʻliq chiqimlardan: sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlaridan, xoʻjalik sudi tayinlagan ekspertizani oʻtkazish, guvohni chaqirish, dalillarni oʻz joyida koʻzdan kechirish uchun toʻlanishi kerak boʻlgan summa, shuningdek ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa xarajatlardan tashkil topadi.
Sud hujjatlarini yuborish bilan bogʻliq pochta xarajatlarining taxminiy summasi xoʻjalik sudi tomonidan belgilanadi va daʼvogar tomonidan xoʻjalik sudining depozit hisobvaragʻiga oʻtkazib qoʻyilishi kerak.
2) tashkilotlar va fuqarolarni bankrot deb topish toʻgʻrisidagi arizalar;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni 35-moddasining birinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, 16-bandi.
3) nizo predmeti yuzasidan mustaqil talablar qoʻyadigan uchinchi shaxs sifatida ishga kirishish haqidagi arizalar;
5) xoʻjalik sudining hal qiluv qarorlari, shuningdek ish yuritishni tugatish, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish, sud jarimalari solish toʻgʻrisidagi ajrimlari ustidan berilgan appelyatsiya va kassatsiya shikoyatlari;
6) hakamlar sudining qarorlarini majburiy ijro etish varaqasini berish toʻgʻrisidagi ariza;
7) hakamlar sudining qarorlarini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish va ijro varaqasini berishni rad etish toʻgʻrisidagi xoʻjalik sudining ajrimlari ustidan berilgan appelyatsiya va kassatsiya shikoyatlari.
Daʼvo talablari koʻpaytirilganida davlat bojining yetishmayotgan summasi hal qiluv qarori qabul qilinayotganda daʼvoning koʻpaygan summasiga muvofiq undiriladi. Daʼvo qiymati kamaytirilganda toʻlangan boj qaytarilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
Davlat bojining miqdori, uni toʻlashdan ozod qilish va uning miqdorini kamaytirish qonun hujjatlarida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 326-moddasi, 328-moddasining 1, 2-bandlari, 330, 336, 337, 341, 342-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuni 19-moddasi birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi, mazkur Kodeksning 106-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 3-noyabrdagi 533-sonli Davlat boji stavkalari haqidagi qarorining 2-bandi (“Xoʻjalik sudlariga beriladigan daʼvo arizalaridan va xoʻjalik sudining qarorlarini qayta koʻrib chiqish haqidagi arizalaridan”), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 25–29-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 34-bandi.
Alohida hollarda sud daʼvogarning arizasiga koʻra uning mulkiy ahvoliga qarab, davlat bojini toʻlashni kechiktirishga yoki boʻlib-boʻlib toʻlash uchun ruxsat berishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 217-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1995-yil 5-maydagi PF-1030-sonli “Xususiy tadbirkorlikda tashabbus koʻrsatish va uni ragʻbatlantirish toʻgʻrisida” Farmonining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7–7.4-bandlari.
92-modda. Daʼvoning bahosi
Daʼvoning bahosi quyidagicha aniqlanadi:
1) pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — undiriladigan summaga qarab;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.1-bandi.
2) ijro etish hujjatini yoki undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etish mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — nizolashilayotgan summaga qarab;
3) mol-mulkni talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — shu mol-mulkning qiymatiga qarab;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.2-bandi.
4) yer uchastkasini talab qilib olish toʻgʻrisidagi daʼvolar boʻyicha — yer uchastkasining belgilangan bahoda, bahosi boʻlmasa — bozor bahosida chiqarilgan qiymatiga qarab.
Daʼvoning bahosiga daʼvo arizasida koʻrsatilgan neustoyka (jarima, penya) summalari ham kiritiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 260–263-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.4-bandi.
Bir necha mustaqil talablardan iborat boʻlgan daʼvoning bahosi barcha talablarning summasi bilan belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.3-bandi.
Daʼvoning bahosi notoʻgʻri koʻrsatilgan taqdirda u xoʻjalik sudi tomonidan belgilanadi.
Davlat boji qonun hujjatlarida belgilangan hollarda qaytarilishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 342-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13–17-bandlari.
Xoʻjalik sudining hujjatida davlat bojini toʻliq yoki qisman qaytarish uchun asos boʻladigan holatlar koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13, 14 va 16-bandlari.
Davlat boji toʻlangan, lekin xoʻjalik sudiga kelib tushmagan yoki u qaytargan arizalar, apellyatsiya yoki kassatsiya shikoyatlari boʻyicha hamda bojni toʻliq yoki qisman qaytarishni nazarda tutuvchi sud hujjatlari boʻyicha uni qaytarish sud tomonidan berilgan maʼlumotnoma asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 23-bandining ikkinchi xatboshisi.
94-modda. Ekspertlar, guvohlar va tarjimonlarga tegishli summalarni toʻlash
Ekspertlar, guvohlar va tarjimonlarga xoʻjalik sudiga kelish bilan bogʻliq boʻlgan yoʻlkira, uy-joy ijarasi xarajatlari qoplanadi va kundalik xarajatlar uchun haq toʻlanadi.
Ekspertlar va tarjimonlar xoʻjalik sudining topshirigʻi bilan bajargan ish ularning xizmat vazifasi doirasiga kirmasa, ular bu ish uchun haq oladilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud ekspertizasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 25-moddasi.
Xoʻjalik sudiga guvoh sifatida chaqirilgan fuqarolarning sudga kelishi tufayli yoʻqotilgan vaqt bilan bogʻliq xarajatlari qoplanadi.
Ishda ishtirok etib, tegishli iltimos bilan murojaat qilgan shaxs guvohlar va ekspertlarga toʻlanishi lozim boʻlgan summani xoʻjalik sudining depozit hisobvaragʻiga oldindan oʻtkazadi. Agar ikkala tomon iltimos bilan murojaat qilgan boʻlsa, talab qilinadigan summani ular teng boʻlib oʻtkazadilar. Agar qoʻshimcha ekspertiza sudning tashabbusi bilan tayinlansa, toʻlanishi lozim boʻlgan summa ekspertga sud tomonidan depozit hisobidan toʻlanadi. Bu summa ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ushbu Kodeksning 95-moddasiga muvofiq undirilib, sudning depozit hisobvaragʻiga oʻtkaziladi. Ekspertlarga, guvohlarga va tarjimonlarga tegishli boʻlgan summalar xoʻjalik sudi tomonidan ular oʻz vazifalarini bajarganlaridan keyin toʻlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23-bandi.
Toʻlash tartibi va toʻlanishi lozim boʻlgan summalar miqdori qonun hujjatlarida belgilanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 165-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Guvohlar, jabrlanuvchilar, ekspertlar, mutaxassislar, tarjimonlar va xolislarning qilgan xarajatlarini toʻlash tartibi va miqdorlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
95-modda. Sud xarajatlarining taqsimlanishi
Sud xarajatlari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda yuklanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21–21.2-bandlari, 21.3-bandining ikkinchi xatboshisi.
Daʼvogar toʻlashdan belgilangan tartibda ozod qilingan davlat boji, agar javobgar boj toʻlashdan ozod qilinmagan boʻlsa, qanoatlantirilgan daʼvo talablari miqdoriga mutanosib ravishda javobgardan respublika budjeti daromadiga undiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23-bandi.
Agar ish ishda ishtirok etuvchi shaxs tomonidan shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibini buzish (talabnomani javobsiz qoldirish, talab qilingan hujjatlarni joʻnatmaslik) oqibatida kelib chiqqan boʻlsa, xoʻjalik sudi ishning natijasidan qatʼi nazar, sud xarajatlarini shu shaxsga yuklashga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21.3-bandi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisida oʻzaro kelishsalar, xoʻjalik sudi shu kelishuvga muvofiq qaror qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 24-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 17-bandi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning apellyatsiya, kassatsiya shikoyati berishlari bilan bogʻliq sud xarajatlari ushbu moddada bayon qilingan qoidalarga muvofiq taqsimlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21.4, 22-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 23-bandining birinchi, uchinchi xatboshilari.
96-modda. Protsessual muddatlarni belgilash va hisoblash
Protsessual harakatlar ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan muddatlarda bajariladi, protsessual muddatlar belgilanmagan hollarda esa ular xoʻjalik sudi tomonidan belgilanadi.
Protsessual harakatlarni bajarish muddatlari aniq kalendar sana bilan, albatta sodir boʻlishi lozim boʻlgan voqeani koʻrsatish bilan yoki harakat bajarilishi mumkin boʻlgan davr bilan belgilanadi.
Yillar, oylar yoki kunlar bilan hisoblanadigan protsessual muddatning oʻtishi kalendar sananing ertasidan yoki uning boshlanishi belgilab qoʻyilgan voqea sodir boʻlgan kundan boshlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2, 3-bandlari.
Yillar bilan hisoblanadigan muddat belgilangan muddat oxirgi yilining tegishli oy va kunida tugaydi. Oylar bilan hisoblanadigan muddat belgilangan muddat oxirgi oyining tegishli kunida tugaydi. Agar oylar bilan hisoblanadigan muddatning tugashi tegishli kuni boʻlmagan oyga toʻgʻri kelsa, muddat shu oyning oxirgi kunida tugaydi.
Muddatning oxirgi kuni ish kuni boʻlmagan kunga toʻgʻri kelgan hollarda undan keyin keladigan birinchi ish kuni muddatning tugash kuni deb hisoblanadi.
Protsessual harakat belgilangan muddatning oxirgi kuni to soat yigirma toʻrtgacha bajarilishi mumkin. Agar apellyatsiya, kassatsiya shikoyatlari va boshqa hujjatlar aloqa tashkilotiga muddatning oxirgi kunida soat yigirma toʻrtga qadar topshirilgan boʻlsa, muddat oʻtkazib yuborilgan hisoblanmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4–6-bandlari.
98-modda. Protsessual muddatlarni toʻxtatib turish
Ish yuritish toʻxtatib turilishi bilan oʻtib ketmagan barcha protsessual muddatlarning oʻtishi toʻxtatib turiladi. Ish yuritish tiklangan kundan boshlab protsessual muddatlarning oʻtishi davom etadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 81, 82-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 18-bandining uchinchi xatboshisi.
99-modda. Protsessual muddatlarni tiklash va uzaytirish
Xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra, ushbu Kodeksda yoki boshqa qonunlarda belgilangan protsessual muddatning oʻtkazib yuborilishi sabablarini uzrli deb topsa, oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8 va 9-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 37-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 5-bandining birinchi – toʻrtinchi xatboshilari.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida xoʻjalik sudining hal qiluv qarorida, ajrimida yoki qarorida koʻrsatiladi. Muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 135–137, 151, 171, 189-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 5-bandining beshinchi, oltinchi xatboshilari.
Xoʻjalik sudining protsessual muddatni tiklashni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorning 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 5-bandining oltinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi tomonidan belgilangan protsessual muddatlarni uning oʻzi uzaytirishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10-bandi.
13-BOB. SUD JARIMALARI
100-modda. Jarima solish
Jarima xoʻjalik sudi tomonidan ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda nazarda tutilgan hollarda va miqdorda solinadi.
Oʻzlariga nisbatan jarima solish masalasi koʻrilayotgan shaxslarga majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali xabar qilinadi. Tegishli tarzda xabar berilgan shaxsning kelmasligi jarima solish masalasini koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Sud buyrugʻi ijro hujjati kuchiga ega. Sud buyrugʻi boʻyicha undiruv buyruq berilgandan soʻng oʻn kunlik muddat oʻtgach sud hujjatlarini ijro etish uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning IV boʻlimi (Sud hujjatlarini ijro etish), Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-moddasi birinchi qismining 4-bandi, 27-moddasi uchinchi qismining 2-bandi.
103-modda. Sud buyrugʻi berish boʻyicha talablar
Sud buyrugʻi sudya tomonidan quyidagi hollarda yakka tartibda beriladi:
1) soliqlar, yigʻimlar va davlat budjetiga majburiy toʻlovlar boʻyicha boqimondalarni undirishni tashkilotlar va fuqarolarning mol-mulkiga qaratish toʻgʻrisida talab qoʻyilsa;
2) hujjatlar asosida tan olingan debitorlik qarzini undirish toʻgʻrisida talab qoʻyilsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 2.3, 7.3-bandlari.
3) talab toʻlanmagan, akseptlanmagan va akseptga sana qoʻyilmagan veksel notarius tomonidan protest qilinishiga asoslansa;
Ariza xoʻjalik sudiga yozma shaklda sudlovga tegishlilikning umumiy qoidalari boʻyicha beriladi. U kreditor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolanadigan arizaga ishonchnoma ilova qilinadi.
Arizada quyidagilar koʻrsatilishi kerak:
1) ariza berilayotgan xoʻjalik sudining nomi;
2) kreditorning, qarzdorning nomi va ularning manzillari;
3) kreditorning qonun hujjatlariga asoslangan talabi;
4) talabga asos boʻlgan holatlar va ularni tasdiqlovchi dalillar;
105-modda. Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza nusxalarini qarzdorga topshirish
Kreditor sud buyrugʻini berish toʻgʻrisida ariza berganida qarzdorga shu arizaning nusxasini topshirishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9-bandi.
106-modda. Davlat boji
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza uchun sudga daʼvo bilan umumiy tartibda murojaat qilganda nizolashilayotgan summa asosida hisoblab chiqilgan stavkaning ellik foizi miqdorida davlat boji toʻlanadi.
Sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilish rad etilgan taqdirda undiruvchi toʻlagan davlat boji undiruvchi tomonidan qarzdorga umumiy tartibda daʼvo taqdim etilganda toʻlanishi lozim boʻlgan boj hisobiga oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10 – 10.4-bandlari.
107-modda. Arizani qabul qilishni rad etish asoslari
Sudya quyidagi hollarda sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi arizani qabul qilishni rad etadi:
1) bildirilgan talab ushbu Kodeksning 103-moddasida nazarda tutilmagan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10-bandi.
2) ariza ushbu Kodeksning 104-moddasida belgilangan talablarga rioya qilmagan holda berilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6-bandi.
3) bildirilgan talabni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 7.5-bandining ikkinchi xatboshisi.
4) qarzdorga ariza nusxasi topshirilgani toʻgʻrisidagi dalillar taqdim etilmagan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 21-bandining uchinchi xatboshisi.
5) bildirilgan talab uchun davlat boji toʻlanmagan boʻlsa.
Sudya arizani qabul etishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi.
Arizani qabul qilishni rad etish haqidagi ajrim ustidan shikoyat qilish mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi.
Arizani qabul qilishni rad etish kreditorning oʻsha talab boʻyicha umumiy tartibda daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 118-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-12-bandlari, 21-bandi.
108-modda. Ariza yuzasidan bildirilgan yozma fikr
Qarzdor unga sud buyrugʻini berish toʻgʻrisidagi ariza nusxasi topshirilgan paytdan boshlab oʻn kunlik muddatda xoʻjalik sudiga kreditor talablariga qarshi eʼtirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini taqdim etishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
Belgilangan muddatda qarzdor tomonidan yozma fikrning berilmasligi, shuningdek uning bildirilgan talabga roziligi sud buyrugʻini berish uchun asos boʻladi.
Yozma fikr qarzdor yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga ishonchnoma ilova qilinadi.
109-modda. Sud buyrugʻini berish tartibi va uni berishni rad etish asoslari
Sudya sud buyrugʻini ishni sudda muhokama qilmasdan, qarzdor va undiruvchini chaqirmasdan hamda ularning tushuntirishlarini eshitmasdan beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15-bandi.
Sudya quyidagi hollarda sud buyrugʻini berishni rad etadi:
1) agar qarzdor bildirilgan talabga rozi boʻlmasa;
2) huquq toʻgʻrisidagi mavjud nizoni taqdim etilgan hujjatlar asosida hal etib boʻlmaydi deb hisoblansa.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15.1-bandi.
Sudya sud buyrugʻini berishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi, 15.1-bandining birinchi xatboshisi.
Sud buyrugʻini berishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13-bandi, 15.1-bandining birinchi xatboshisi.
Sud buyrugʻini berishni rad etish oʻsha talab boʻyicha umumiy tartibda daʼvo taqdim etish imkoniyatiga toʻsqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 15.1-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
110-modda. Sud buyrugʻining mazmuni
Sud buyrugʻida quyidagilar koʻrsatilgan boʻlishi kerak:
1) xoʻjalik sudining nomi va buyruq berilgan sana;
2) ishning tartib raqami, sudyaning familiyasi va ism-sharifining bosh harflari, talab nima haqdaligi;
3) qarzdor va kreditorning nomi, ularning manzillari;
4) undirilishi lozim boʻlgan pul summasining miqdori yoki talab qilib olinishi lozim boʻlgan mol-mulk, uning qiymatini koʻrsatgan holda;
5) neustoyka, agar toʻlanishi lozim boʻlsa;
6) qarzdordan undiruvchi yoki davlat foydasiga undirilishi lozim boʻlgan davlat bojining summasi.
Sud buyrugʻi sudya tomonidan ikki nusxada imzolanadi, ulardan biri ishda qoladi, boshqasi xoʻjalik sudining gerbli muhri bilan tasdiqlanib, undiruvchiga beriladi.
Agar qarzdor uzrli sabab bilan kreditorning talabiga qarshi oʻz vaqtida eʼtiroz bildirish imkoniyatiga ega boʻlmagan boʻlsa, sud buyrugʻi berilgan kundan eʼtiboran oʻn kunlik muddatda oʻsha sudga sud buyrugʻini bekor qilish toʻgʻrisida ariza berishga haqli. Sudya bunday holda buyruqni bekor qiladi, shundan keyin kreditorning talabi umumiy tartibda koʻrib chiqilishi mumkin.
Sud buyrugʻini bekor qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20, 22-bandlari.
15-BOB. DAʼVO TAQDIM ETISH
112-modda. Daʼvo arizasining shakli va mazmuni
Daʼvo arizasi xoʻjalik sudiga yozma shaklda beriladi. U daʼvogar yoki uning vakili tomonidan imzolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 22-bandi.
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, ularning pochta manzillari;
3) agar daʼvo baholanishi lozim boʻlsa, daʼvoning bahosi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 92-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4–4.6-bandlari.
4) daʼvo talablariga asos boʻlgan holatlar;
5) daʼvo talablarining asoslarini tasdiqlovchi dalillar;
6) undiriladigan yoki nizolashilayotgan summaning hisob-kitobi;
7) daʼvogarning qonun hujjatlarini dalil qilib keltirgan talablari, daʼvo bir necha javobgarga nisbatan taqdim etilganda esa — ularning har biriga qoʻyilgan talablar;
8) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17, 18-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9.1, 12-bandlari.
Daʼvo arizasida, agar nizoni toʻgʻri hal qilish uchun zarur boʻlsa, boshqa maʼlumotlar ham, shuningdek daʼvogarda mavjud iltimosnomalar koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining sakkizinchi xatboshisi.
113-modda. Daʼvo arizasining va unga ilova qilinadigan hujjatlarning nusxalarini yuborish
Daʼvogar daʼvo taqdim etganda ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga daʼvo arizasining va unga ilova qilingan, bu shaxslarda boʻlmagan hujjatlarning nusxalarini yuborishi shart.
114-modda. Daʼvo arizasiga ilova qilinadigan hujjatlar
Daʼvo arizasiga quyidagilarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi:
1) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini;
3) nizoni javobgar bilan sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganligini, agar bu shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17, 18-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 9.1, 12-bandlari.
4) daʼvo talablariga asos boʻlgan holatlarni.
Agar daʼvo arizasi daʼvogarning vakili tomonidan imzolangan boʻlsa, uning daʼvo taqdim etishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Shartnoma tuzishga majbur etganlik toʻgʻrisidagi arizaga shartnoma loyihasi ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 174-sonli “Tegishli darajada sifatli boʻlmagan mahsulotlar (tovarlar)ni yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining 9-bandi.
115-modda. Bir nechta daʼvo talabini birlashtirish va ajratish
Daʼvogar oʻzaro bogʻliq boʻlgan bir necha talabni bitta daʼvo arizasida birlashtirishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 174-sonli “Tegishli darajada sifatli boʻlmagan mahsulotlar (tovarlar)ni yetkazib berish bilan bogʻliq boʻlgan nizolarni hal qilish tartibi toʻgʻrisida”gi qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4.3-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
Xoʻjalik sudi ayni bir shaxslar ishtirok etuvchi bir turdagi bir necha ishni bitta ish yuritishga birlashtirishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining yettinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 16-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi bir yoki bir necha birlashtirilgan talabni alohida ish yuritishga ajratishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 337-moddasining toʻrtinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 16-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi.
Xoʻjalik sudi ishlarni birlashtirish va talablarni alohida ish yuritishga ajratish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
116-modda. Daʼvo arizasini qabul qilish
Daʼvo arizasini qabul qilish masalasini sudyaning yakka oʻzi hal qiladi.
Sudya ushbu Kodeksda nazarda tutilgan talablarga rioya etgan holda berilgan daʼvo arizasini xoʻjalik sudining ish yuritishiga qabul qilishi shart.
Sudya daʼvo arizasini qabul qilish toʻgʻrisida u kelib tushgan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi. Bu ajrimning mazmuni ishni majlisda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrimda bayon qilinishi mumkin.
117-modda. Daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish
Sudya daʼvo arizasini qabul qilishni quyidagi hollarda rad etadi:
1) nizo xoʻjalik sudida koʻrib chiqishga tegishli boʻlmasa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 23-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xoʻjalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlarning xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilishida qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15, 16.8-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarori 16-bandining beshinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi, 7-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 7-bandining ikkinchi xatboshisi, 8-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 220-sonli “Mulk huquqini tan olish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 19-noyabrdagi 221-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan moliya-xoʻjalik faoliyatini amalga oshirmayotgan va qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻzlarining ustav fondlarini shakllantirmagan korxonalarni tugatish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 17-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 12-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 3.1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarori 9-bandining ikkinchi xatboshisi.
2) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ishni yuritishni tugatish toʻgʻrisida xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori yoki ajrimi yoxud umumiy sudning kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisida hal qiluv qarori yoki ajrimi boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 8-bandining ikkinchi xatboshisi.
3) xoʻjalik sudining, umumiy sudning, hakamlar sudining ish yuritishida ayni bir shaxslar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ish mavjud boʻlsa;
4) ayni bir shaxslar oʻrtasidagi, ayni bir predmet toʻgʻrisidagi va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan qabul qilingan hakamlar sudining qonuniy kuchga kirgan qarori boʻlsa, xoʻjalik sudi hakamlar sudining qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berishni rad etib, ishni qarorni qabul qilgan hakamlar sudiga yangidan koʻrish uchun qaytargan, biroq ishni oʻsha hakamlar sudida koʻrish imkoniyati boʻlmagan hollar bundan mustasno.
Sudya daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi. Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ariza kelib tushgan kundan boshlab besh kundan kechiktirmasdan yuboriladi. Daʼvogarga yuborilayotgan ajrimga daʼvo materiallari ilova qilinadi.
Daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda daʼvo arizasi xoʻjalik sudiga dastlabki murojaat qilingan kunda berilgan deb hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 25, 27-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
Sudya daʼvo arizasini va unga ilova qilingan hujjatlarni quyidagi hollarda qaytaradi:
1) daʼvo arizasining ushbu Kodeksning 112-moddasida belgilangan shakli va mazmuniga rioya qilinmagan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining toʻqqizinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 17-bandining oltinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 262-sonli “Ishtirokchilar oʻrtasida, ishtirokchilar bilan xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari oʻrtasida, aksiyadorlar oʻrtasida, aksiyador bilan aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari faoliyatidan kelib chiqadigan nizolarni xoʻjalik sudlari tomonidan hal qilishning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16-bandi.
2) daʼvo arizasi imzolanmagan yoki uni imzolash huquqiga ega boʻlmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 112-moddasining birinchi qismi, 114-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlarning xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilishida qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 15.2-bandi.
3) ish mazkur xoʻjalik sudi sudloviga tegishli boʻlmasa;
5) belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini va boshqa sud xarajatlari qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilmagan boʻlsa, davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash mumkinligi qonunda nazarda tutilgan hollarda bu haqda iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
(118-modda birinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Shuningdek, qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 2-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11-bandi.
6) shu toifadagi nizolar uchun qonunda yoki shartnomada nazarda tutilgan hollarda daʼvogar javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish (talabnoma yuborish) tartibiga rioya etilganini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etmagan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 6-moddasi ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining 17, 18-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7.6-bandi.
7) bitta daʼvo arizasida bir yoki bir necha javobgarga oʻzaro bogʻlanmagan bir necha talab birlashtirilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 23-bandi.
8) qonun hujjatlariga yoki shartnomaga muvofiq qarz bank yoxud boshqa kredit muassasasi orqali olinishi lozim boʻlganida javobgardan qarzni olish uchun bankka yoki boshqa kredit muassasasiga murojaat qilinganligi haqida dalillar taqdim etilmagan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2010-yil 18-iyundagi 210-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi Umumiy qismini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 13-bandining oltinchi xatboshisi.
9) agar daʼvo arizasini ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqarilgunga qadar uni qaytarib olish toʻgʻrisida daʼvogardan ariza tushgan boʻlsa.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12-bandi.
Sudya daʼvo arizasini qaytarish toʻgʻrisida u olingan kundan boshlab besh kundan kechiktirmay ajrim chiqaradi.
Daʼvo arizasini qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin. Ajrim bekor qilingan taqdirda daʼvo arizasi xoʻjalik sudiga dastlabki murojaat qilingan kuni berilgan deb hisoblanadi.
Daʼvo arizasining qaytarilishi yoʻl qoʻyilgan xatolar bartaraf etilgandan keyin ikkinchi marta xoʻjalik sudiga umumiy tartibda daʼvo arizasi bilan murojaat etishga toʻsqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 11, 12-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 26-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 14-bandi.
119-modda. Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs daʼvo arizasi yuzasidan daʼvoga qarshi eʼtirozlarini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilingan yozma fikrini va ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yozma fikrini hamda ularda boʻlmagan hujjatlarning nusxalari yuborilganini tasdiqlovchi dalillarni ish koʻriladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda xoʻjalik sudiga yuborishga haqli.
Yozma fikrda quyidagilar koʻrsatiladi:
1) yozma fikr yuborilayotgan xoʻjalik sudining nomi;
2) daʼvogarning nomi va ishning tartib raqami;
3) daʼvo talablari rad etilgan taqdirda, daʼvogarning talablarini toʻliq yoki qisman rad etishning qonun hujjatlariga asoslangan sabablari, shuningdek eʼtirozlarni asoslovchi dalillar;
4) yozma fikrga ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati;
5) boshqa maʼlumotlar, shuningdek javobgarda mavjud boʻlgan iltimosnomalar.
Yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
120-modda. Qarshi daʼvo taqdim etish
Javobgar ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilingunga qadar dastlabki daʼvo bilan birga koʻrib chiqish uchun daʼvogarga qarshi daʼvo taqdim etishga haqlidir.
Qarshi daʼvo taqdim etish daʼvo taqdim etishning umumiy qoidalari boʻyicha amalga oshiriladi.
1) qarshi talab dastlabki talabni hisob qilishga qaratilgan boʻlsa;
2) qarshi daʼvoni qanoatlantirish dastlabki daʼvoni qanoatlantirishni toʻliq yoki qisman mumkin boʻlmaydigan qilib qoʻysa;
3) qarshi daʼvo bilan dastlabki daʼvo oʻrtasida oʻzaro bogʻliqlik boʻlib, ularni birgalikda koʻrib chiqish nizoni tez va toʻgʻri koʻrishga olib kelsa.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 27-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
121-modda. Ishni yuritish vaqtida manzilning oʻzgarishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ishni yuritish vaqtida oʻz manzillarining oʻzgarganligi haqida xoʻjalik sudiga xabar berishlari shart. Bunday xabar berilmagan taqdirda protsessual hujjatlar xoʻjalik sudiga maʼlum boʻlgan oxirgi manzilga yuborilib, garchi oluvchi shu manzilda boʻlmasa yoki yashamayotgan boʻlsa ham, yetkazib berilgan deb hisoblanadi.
122-modda. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash boʻyicha sudyaning harakatlari
Ishni sudda koʻrishga tayyorlash paytida sudya daʼvo arizasi kelib tushgan kundan boshlab oʻn kundan kechiktirmay quyidagi harakatlarni amalga oshiradi:
2) ishni yuritish toʻgʻrisida manfaatdor shaxslarni xabardor qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga, boshqa tashkilotlarga, ularning mansabdor shaxslariga muayyan harakatlarni bajarishni, shu jumladan nizoni hal qilish uchun ahamiyatli hujjatlar va maʼlumotlarni taqdim etishni taklif etadi;
4) dalillarning daxldorligi va ularga yoʻl qoʻyilishi mumkinligini tekshiradi;
Qarang: mazkur Kodeksning 46-moddasi, 124-moddasining ikkinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining uchinchi xatboshisi.
6) ekspertiza tayinlash masalasini koʻrib chiqadi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 67-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 20-iyundagi 261-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan ekspertizaga oid qonun hujjatlarini qoʻllash amaliyotining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6-bandi.
7) boshqa xoʻjalik sudlariga sud topshiriqlarini yuboradi;
9) taraflarni murosaga keltirish choralarini koʻradi;
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 40-moddasining uchinchi qismi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarorining 4-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 30-bandi.
10) ishda ishtirok etuvchi tashkilotlar rahbarlarini tushuntirish berish uchun chaqirish masalasini hal qiladi;
Sudya nizoni toʻgʻri va oʻz vaqtida hal qilishga qaratilgan boshqa harakatlarni ham amalga oshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 24, 28-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12-bandi.
123-modda. Ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim
Sudya ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisida ajrim chiqaradi, unda ishni tayyorlashga doir harakatlar, ishni sudda koʻrishga tayinlash, uni oʻtkazish vaqti va joyi koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlarning xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilishida qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16.1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 24-bandining uchinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
124-modda. Xabarnomalar va chaqiruvlar
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar sudda koʻriladigan vaqt va joy toʻgʻrisida sudning ajrimi orqali xabardor qilinadi, ajrim topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat bilan yuboriladi.
Protsessning boshqa ishtirokchilari sudning ajrimi bilan, zarur hollarda chaqiruv qogʻozlari, telegramma, faks, teletayp va boshqa aloqa vositalari orqali xabardor qilinadi va chaqiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 22-bandining toʻrtinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlarning xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilishida qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 6.1-bandi.
Ishni sudda koʻrishga tayyorlash toʻgʻrisidagi ajrim chiqarilgan kundan boshlab ish bir oydan ortiq boʻlmagan muddatda koʻrilishi va hal qiluv qarori qabul qilinishi kerak.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 23-bandi.
Alohida hollarda ishni koʻrish muddati xoʻjalik sudining raisi tomonidan bir oydan oshmagan muddatga uzaytirilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 12-bobi (“Protsessual muddatlar”), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 31-bandi, 35-bandining birinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2012-yil 15-iyundagi 238-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan hakamlik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish hamda hakamlik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish uchun ijro varaqasini berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 13–15-bandlari, 21-bandining birinchi xatboshisi.
1) xoʻjalik sudining majlisini ochadi va qanday ish koʻrilishini eʼlon qiladi;
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslar, xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari majlisga kelganligini, ularning vakolatlarini, majlisga kelmagan shaxslar tegishli ravishda xabardor qilinganliklarini hamda ular kelmaganligining sabablari toʻgʻrisida qanday maʼlumotlar borligini tekshiradi;
3) sud tarkibini eʼlon qiladi, prokuror, ekspert, sud majlisi kotibi, tarjimon sifatida kimlar ishtirok etayotganligini maʼlum qiladi hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga ularning rad qilish huquqini tushuntiradi;
(126-modda ikkinchi qismining 3-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
4) kelgan guvohlarni soʻroq qilish boshlanguncha ularni majlis zalidan chiqarib yuboradi;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga hamda xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlarini tushuntiradi;
6) tarjimonni bila turib notoʻgʻri tarjima qilganlik uchun, ekspertni bila turib notoʻgʻri xulosa berganlik yoki xulosa berishdan bosh tortganlik uchun, guvohlarni bila turib yolgʻon koʻrsatuv berganlik va koʻrsatuv berishdan bosh tortganlik yoki boʻyin tovlaganlik uchun javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantiradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 238-moddasi.
7) majlisni olib borish va dalillarni tekshirish tartibini belgilaydi;
8) majlisga rahbarlik qilib, ish uchun ahamiyatli holatlar aniqlanishini taʼminlaydi;
9) majlisda tegishli tartibni taʼminlash choralarini koʻradi.
Majlis zalida hozir boʻlganlar yozma qaydnomalar qilish, stenogramma olib borish va ovoz yozib olish huquqiga ega. Sud majlisini kinoga va fotosuratga olish, videotasvirga olish, shuningdek radio va televideniye orqali koʻrsatishga ishni koʻrayotgan sudning ruxsati bilan yoʻl qoʻyiladi.
Sudyalar majlis zaliga kirganlarida zalda hozir boʻlganlarning barchasi oʻrinlaridan turadi. Xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini zalda hozir boʻlganlarning barchasi tik turgan holda tinglaydi.
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari xoʻjalik sudiga tik turgan holda murojaat qiladi hamda tushuntirishlar va koʻrsatuvlar beradi. Bu qoidadan chetga chiqishga faqat raislik qiluvchining ruxsati bilangina yoʻl qoʻyilishi mumkin.
Majlis vaqtida tartib buzilgan taqdirda raislik qiluvchi xoʻjalik sudi nomidan tartibni buzgan shaxsni ogohlantiradi. Tartib takroran buzilgan taqdirda mazkur shaxs raislik qiluvchining farmoyishi bilan chiqarib yuborilishi mumkin.
128-modda. Dalillarni tekshirish va ishni koʻrishning uzluksizligi
Xoʻjalik sudi ishni koʻrganda ish boʻyicha dalillarni tekshiradi: ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlarini, guvohlarning koʻrsatuvlarini, ekspertlarning xulosalarini eshitadi, yozma dalillar bilan tanishadi, ashyoviy dalillarni koʻzdan kechiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 32-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 41-bandi.
Ishni koʻrish sudning oʻzgarmas tarkibida amalga oshiriladi. Ishni koʻrish jarayonida sudyalardan biri almashtirilgan taqdirda ishni koʻrish yangidan boshlanishi lozim.
Har bir ishni koʻrish dam olish uchun belgilangan vaqtdan tashqari uzluksiz davom etadi. Alohida hollarda xoʻjalik sudi majlisda uch kundan oshmagan muddatga tanaffus eʼlon qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 33-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 21.1-bandi.
Xoʻjalik sudi ish boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinguncha yoki ishni koʻrish keyinga qoldirilguncha boshqa ishlarni koʻrishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 7.4–7.7, 9-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 32, 33-bandlari.
129-modda. Xoʻjalik sudining ishda ishtirok etuvchi shaxslar arizalari va iltimosnomalarini hal qilishi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning yangi dalillarni talab qilib olish toʻgʻrisidagi va ishni koʻrish bilan bogʻliq boshqa barcha masalalar boʻyicha arizalari va iltimosnomalarini xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning fikrlarini eshitib boʻlgach, hal qiladi.
Xoʻjalik sudi arizalar va iltimosnomalarni koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 34-bandi.
130-modda. Daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganda, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ishtirokisiz nizoni hal qilish
Sudya ishda ishtirok etuvchi shaxslarga taqdim etishni taklif qilgan daʼvo arizasi yuzasidan yozma fikr yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etilmaganligi ishni unda mavjud materiallar asosida koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 14-bandining birinchi xatboshisi.
Ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan javobgar xoʻjalik sudining majlisiga kelmasa, nizo uning yoʻqligida hal qilinishi mumkin.
Ishni koʻrish vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilingan daʼvogar xoʻjalik sudining majlisiga kelmasa, daʼvogarning ishni uning ishtirokisiz koʻrish toʻgʻrisidagi arizasi boʻlgan taqdirda, nizo uning yoʻqligida hal qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 124-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi ishni shu majlisda koʻrish mumkin boʻlmagan taqdirda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxslar, guvohlar, ekspertlar va tarjimonlardan biri kelmaganligi yoki qoʻshimcha dalillar taqdim etish zarurligi sababli ishni koʻrishni keyinga qoldirishga haqli.
Ishni koʻrishni keyinga qoldirish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining uchinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi yangi majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning ishtirokchilari topshirilganligi maʼlum qilinadigan xat bilan ajrim yoki boshqa hujjatni yuborish orqali xabardor qilinadilar.
Ishni koʻrish keyinga qoldirilgach, uni yangidan koʻrish boshidan boshlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 10, 11-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 35-bandi.
132-modda. Taraflarning kelishuv bitimi
Taraflarning kelishuv bitimiga erishishi ular tomonidan yozma tarzda rasmiylashtiriladi.
Kelishuv bitimi xoʻjalik sudi tomonidan tasdiqlanadi, bu haqda ajrim chiqarilib, unda ish yuritish tugatilganligi koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 40-moddasining uchinchi, toʻrtinchi qismlari, 86-moddaning 7-bandi, 146-soddasi beshinchi qismi, 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 18-dekabrdagi 204-sonli “Kelishuv bitimini tasdiqlashda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarining qoʻllanilishi haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 30-bandi.
Barcha dalillar tekshirilganidan keyin sud majlisida raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslardan ularda ish boʻyicha qoʻshimcha materiallar bor-yoʻqligini aniqlaydi. Bunday arizalar boʻlmasa, raislik qiluvchi ishni tekshirish tugaganligini eʼlon qiladi va xoʻjalik sudi hal qiluv qarori qabul qilish uchun chiqib ketadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 135-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12.1-bandi.
134-modda. Bayonnoma
Sud majlisida, shuningdek sud majlisidan tashqarida ayrim protsessual harakatlar bajarilganda bayonnoma tuziladi.
Sud majlisining bayonnomasida quyidagilar koʻrsatiladi:
2) ishni koʻrayotgan sudning nomi, sud tarkibi, sud majlisi kotibi;
(134-modda ikkinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
3) ishning nomi;
4) ishda ishtirok etuvchi shaxslar va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilari kelganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning boshqa ishtirokchilariga ularning protsessual huquqlari va majburiyatlari tushuntirilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
6) sud tomonidan majlis zalidan chiqib ketmasdan chiqarilgan ajrimlar;
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning ogʻzaki arzlari va iltimosnomalari;
8) guvohlarning koʻrsatuvlari, ekspertlarning oʻz xulosalarini ogʻzaki tushuntirishlari;
9) ayrim protsessual harakatlar bajarilganda olingan maʼlumotlar.
Bayonnoma kotib tomonidan sud majlisining oʻzida yoki alohida protsessual harakat bajarilgan vaqtda majlisdan tashqarida tuziladi. Bayonnoma raislik qiluvchi va sud majlisi kotibi tomonidan majlisning ertasi kunidan kechiktirmay yoki bevosita shu harakat bajarilganidan keyin imzolanishi kerak.
(134-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Xoʻjalik sudlov ishlarini yuritishning ishtirokchilari bayonnoma imzolanganidan keyin uch kunlik muddatda sud majlisining yoki protsessual harakatning bayonnomasi bilan tanishish hamda uning toʻla-toʻkisligi va toʻgʻri tuzilganligi xususida oʻz fikrlarini berish huquqiga ega.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 20-bandi.
Sudya bayonnoma xususida fikrlar qabul qilinganligi yoki rad etilganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 37-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 22-bandi.
Xoʻjalik sudi nizoni mazmunan hal qilishda hal qiluv qarori qabul qiladi. Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi kerak. Xoʻjalik sudi hal qiluv qarorini majlisda tekshirilgan dalillar bilangina asoslaydi.
Hal qiluv qarori sud majlisida ishni koʻrish tugagandan keyin alohida xonada qabul qilinadi. Hal qiluv qarorini qabul qilish vaqtida xonada ishni koʻrayotgan xoʻjalik sudi tarkibiga kiruvchi sudyalargina boʻlishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 20-dekabrdagi 1/60-sonli “Sud hokimiyati toʻgʻrisida”gi qoʻshma qarorining 8-bandi.
Ishni hayʼatda koʻrganda xoʻjalik sudining hal qiluv qarori koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 16-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2014-yil 28-noyabrdagi 270-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan videokonferensaloqa rejimida sud majlislarini oʻtkazishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 12.1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 24-bandining ikkinchi xatboshisi, 33-bandining ikkinchi xatboshisi, 38-bandi.
6) daʼvoni qanoatlantirish lozimligi yoki lozim emasligini hal qiladi.
Xoʻjalik sudi maslahat vaqtida dalillarni qoʻshimcha ravishda tekshirishni yoki ish uchun ahamiyatli holatlarni aniqlashni davom ettirishni zarur deb topsa, ishni koʻrishni yangidan boshlaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 1-bandining uchinchi xatboshisi, 3, 4-bandlari.
Hal qiluv qarori sud majlisida raislik qiluvchi yoki ishni koʻrayotgan sudyalar tarkibidagi boshqa sudya tomonidan yozma bayon qilinib, majlisda ishtirok etayotgan barcha sudyalar tomonidan imzolanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 170-moddasi ikkinchi qismining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 3-bandining oltinchi xatboshisi, 11-bandi va 12-bandining uchinchi xatboshisi.
138-modda. Hal qiluv qarorining mazmuni
Xoʻjalik sudi hal qiluv qarorini Oʻzbekiston Respublikasi nomi bilan qabul qiladi.
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori kirish, bayon, asoslantiruvchi va xulosa qismlaridan iborat boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 5-bandining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
Hal qiluv qarorining kirish qismida uni qabul qilgan xoʻjalik sudining nomi, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, ishning tartib raqami, ish koʻrilgan sana va joy, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, nizo predmeti, majlisda hozir boʻlgan shaxslarning familiyalari va vakolatlari koʻrsatiladi.
(138-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 5-bandining uchinchi, toʻrtinchi xatboshilari.
Hal qiluv qarorining bayon qismida daʼvo arizasining, uning yuzasidan bildirilgan mulohazaning, boshqa tushuntirishlarning, ishda ishtirok etuvchi shaxslar arizalarining qisqacha bayoni ifodalanishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 5-bandining oltinchi xatboshisi.
Hal qiluv qarorining asoslantiruvchi qismida ishning xoʻjalik sudi tomonidan aniqlangan holatlari, xoʻjalik sudining bu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalariga asos boʻlgan dalillar va xoʻjalik sudi u yoki bu dalillarni rad qilishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonun hujjatlarini qoʻllamasligiga sabab boʻlgan vaj, shuningdek sud hal qiluv qarorini qabul qilishda tayangan qonun hujjatlari koʻrsatilishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 282-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan fuqarolik qonun hujjatlarining daʼvo muddatiga oid normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 18-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 5-bandining oltinchi xatboshisi, 6-bandi.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida har bir daʼvo talabini qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish toʻgʻrisidagi xulosalar boʻlishi lozim.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 6, 7, 8-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2011-yil 30-iyundagi 229-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining 2011-yil 21-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonuni qabul qilinganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 30–37-bandlari.
Ishda bir necha daʼvogar va javobgar ishtirok etayotgan boʻlsa, qarorda nizo ulardan har biriga nisbatan qanday hal qilingani koʻrsatiladi.
Dastlabki daʼvoni va qarshi daʼvoni toʻla yoki qisman qanoatlantirganda hal qiluv qarorining xulosa qismida daʼvolarni oʻzaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim boʻlgan summa koʻrsatiladi.
Hal qiluv qarorining xulosa qismida ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining qanday taqsimlanishi, hal qiluv qarori ustidan shikoyat berish muddati va tartibi koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi.
Agar xoʻjalik sudi hal qiluv qarorini ijro etish tartibini belgilasa yoki uning ijrosini taʼminlash choralarini koʻrsa, bu toʻgʻrida hal qiluv qarorida koʻrsatiladi.
139-modda. Pul mablagʻlarini va mol-mulkni undirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Xoʻjalik sudi pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi daʼvoni qanoatlantirganida hal qiluv qarorining xulosa qismida undiriladigan summaning umumiy miqdorini asosiy qarzni, zararlarni, neustoykani (jarima va penyani) alohida-alohida aniqlagan holda koʻrsatadi.
(139-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
Xoʻjalik sudi mol-mulkni undirib berganida topshirilishi lozim boʻlgan mol-mulkning nomi, uning qiymati va turgan joyini koʻrsatadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 8-bandining beshinchi va oltinchi xatboshilari.
140-modda. Ijro hujjatini yoki boshqa hujjatni ijro etishga tegishli emas deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Ijro hujjatini yoki undirish soʻzsiz (akseptsiz) tartibda, shu jumladan notariusning ijro yozuvi asosida, amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etishga tegishli emas deb topish toʻgʻrisidagi nizo boʻyicha daʼvo qanoatlantirilganida hal qiluv qarorining xulosa qismida ijro etishga tegishli boʻlmagan hujjatning nomi, tartib raqami va sanasi hamda hisobdan oʻchirilmaydigan summa koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 8-bandining yettinchi xatboshisi.
141-modda. Shartnoma tuzish yoki uni oʻzgartirish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Shartnoma tuzish yoki uni oʻzgartirish vaqtida kelib chiqqan nizo boʻyicha hal qiluv qarorining xulosa qismida shartnomaning har bir nizoli sharti boʻyicha qabul qilingan qaror koʻrsatiladi, shartnoma tuzishga majburlash toʻgʻrisidagi nizo boʻyicha esa taraflar qanday shartlarda shartnoma tuzishiga majburligi koʻrsatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 378, 382–384-moddalari, 460-moddaning uchinchi, beshinchi qismlari, 462-moddaning uchinchi, toʻrtinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida” Qonuni 15-moddasining toʻrtinchi–oltinchi qismlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2002-yil 4-martdagi 103-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunini xoʻjalik sudlari amaliyotida qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 4-bandi.
142-modda. Javobgarga muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan hal qiluv qarori
Javobgar zimmasiga mol-mulkni berish yoki pul summasini undirish bilan bogʻliq boʻlmagan muayyan harakatlarni bajarish majburiyatini yuklaydigan hal qiluv qarori qabul qilinganida xoʻjalik sudi uning xulosa qismida shu harakatlarni kim, qayerda, qachon yoki qaysi davr mobaynida bajarishi shartligini koʻrsatadi.
Zarurat boʻlganda xoʻjalik sudi, agar javobgar hal qiluv qarorini bajarmasa, daʼvogar tegishli harakatlarni javobgar hisobidan bajarib, zarur xarajatlarni undirib olishga haqli ekanligini koʻrsatishi mumkin.
Agar ushbu moddada koʻrsatilgan harakatlar faqat javobgar tomonidan bajarilishi mumkin boʻlsa, xoʻjalik sudi hal qiluv qarorida u ijro etilishi lozim boʻlgan muddatni belgilab qoʻyadi.
143-modda. Davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarori
Davlat organining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organining hujjatini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha hal qiluv qarorining xulosa qismida quyidagilar aks etishi kerak:
1) hujjatning nomi, tartib raqami, chiqarilgan sanasi, boshqa zarur rekvizitlari va uni chiqargan organ toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
2) hujjatni toʻla yoki uning maʼlum qismini haqiqiy emas deb topish yoxud arizachining talabini toʻla yoki uning maʼlum qismini rad etish toʻgʻrisidagi koʻrsatma;
Davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etishni yoki roʻyxatdan oʻtkazishdan bosh tortishni noqonuniy deb topish toʻgʻrisidagi talab qanoatlantirilganida xoʻjalik sudi hal qiluv qarorining xulosa qismida tegishli davlat organiga shunday roʻyxatdan oʻtkazish majburiyatini yuklaydi.
144-modda. Xoʻjalik sudining yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori
Xoʻjalik sudi yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirganida hal qiluv qarorida aniqlangan fakt bayon qilinishi kerak.
Xoʻjalik sudining yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktni aniqlash toʻgʻrisidagi hal qiluv qarori tegishli organlar tomonidan shunday faktni qayd etish uchun yoki aniqlangan fakt munosabati bilan yuzaga keladigan huquqlarni rasmiylashtirish uchun asos boʻladi.
145-modda. Hal qiluv qarorini eʼlon qilish
Hal qiluv qarori qabul qilinganidan keyin ish koʻrilgan majlisning oʻzida raislik qiluvchi tomonidan eʼlon qilinadi. Alohida hollarda oʻta murakkab ishlar yuzasidan asoslantirilgan hal qiluv qarorini tuzish koʻpi bilan uch kunga kechiktirilishi mumkin, ammo hal qiluv qarorining xulosa qismi ishning muhokamasi tugagan majlisning oʻzida eʼlon qilinadi. Ayni bir vaqtda raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan hal qiluv qarori bilan qachon tanishishlari mumkinligini eʼlon qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 21-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 38-bandining ikkinchi xatboshisi.
Hal qiluv qarorining eʼlon qilingan xulosa qismi barcha sudyalar tomonidan imzolanishi va ishga qoʻshib qoʻyilishi lozim.
Majlisda raislik qiluvchi xoʻjalik sudining hal qiluv qarori ustidan shikoyat qilish tartibini tushuntirib beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 21 (“Apellyatsiya instansiyasida ish yuritish”), 22-boblari (“Kassatsiya instansiyasida ish yuritish”), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 11-bandi, 13-bandining oltinchi xatboshisi.
146-modda. Hal qiluv qarorining qonuniy kuchga kirishi
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingandan keyin bir oylik muddat oʻtgach kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qabul qilingan paytdan kuchga kiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining ikkinchi xatboshisi.
Apellyatsiya shikoyati berilgan taqdirda hal qiluv qarori, agar u bekor qilinmasa, apellyatsiya instansiyasi qaror chiqargan paytdan qonuniy kuchga kiradi.
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin ijro etiladi.
Davlat organlarining, fuqarolar oʻzini oʻzi boshqarish organlarining hujjatlarini haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisidagi hal qiluv qarorlari, shuningdek kelishuv bitimini tasdiqlash toʻgʻrisidagi ajrimlar darhol ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 9-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 30-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 2-bandi.
147-modda. Hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash
Xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizalari boʻyicha ushbu Kodeksning 7-bobida belgilangan qoidalar asosida hal qiluv qarorining ijrosini taʼminlash choralarini koʻradi.
148-modda. Hal qiluv qarorini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori ishda ishtirok etuvchi shaxslarga qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi.
Hal qiluv qarorini qabul qilgan xoʻjalik sudi quyidagi hollarda qoʻshimcha hal qiluv qarori qabul qiladi:
1) ishda ishtirok etuvchi shaxslar dalillar taqdim etgan biron-bir talab boʻyicha hal qiluv qarori qabul qilinmagan boʻlsa;
2) sud huquq masalasini hal qilib, undiriladigan summa miqdorini, berilishi lozim boʻlgan mol-mulkni yoki javobgar bajarishi shart boʻlgan harakatlarni koʻrsatmagan boʻlsa;
3) sud xarajatlari toʻgʻrisidagi masala hal qilinmagan boʻlsa.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarorining 40-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 13-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi hal qiluv qarori qonuniy kuchga kirguncha qoʻyilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 22-bandi.
Qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilish masalasi sud majlisida hal qilinadi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali xabardor qilinadi. Tegishli ravishda xabardor qilingan ishda ishtirok etuvchi shaxslarning kelmaganligi masalani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Xoʻjalik sudining qoʻshimcha hal qiluv qarorini qabul qilishni rad etish toʻgʻrisidagi ajrimi ustidan shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(149-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 13-bandi.
150-modda. Hal qiluv qarorini tushuntirish. Yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish
Hal qiluv qarori noaniq boʻlgan taqdirda, nizoni hal qilgan xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxsning yoki sud ijrochisining arizasiga koʻra, hal qiluv qarorini uning mazmunini oʻzgartirmagan holda tushuntirib berishga, shuningdek ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasiga koʻra yoki oʻz tashabbusi bilan yoʻl qoʻyilgan yozuvdagi xatolar, harfiy xatolar va hisob-kitobdagi yanglishishlarni, hal qiluv qarorining mohiyatiga tegmagan holda, tuzatishga haqlidir.
(150-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Hal qiluv qarorini tushuntirib berish va yozuvdagi xatolar, harfiy xatolarni yoki hisob-kitobdagi yanglishishlarni tuzatish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(150-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 14-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi, 22-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 6-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
Xoʻjalik sudi ish koʻrishni keyinga qoldirganda, ish yuritishni toʻxtatib turganda, tugatganda, daʼvoni koʻrmasdan qoldirganda, shuningdek ushbu Kodeksda nazarda tutilgan boshqa hollarda alohida hujjat tariqasida ajrim chiqaradi.
1) xoʻjalik sudining nomi, ishning tartib raqami, ajrim chiqarilgan sana, sud tarkibi, sud majlisi kotibi, nizo predmeti;
(151-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi;
3) ajrim chiqarilayotgan masala;
4) xoʻjalik sudi oʻz xulosalarini chiqarishga olib kelgan sabablar, bunda tayanilgan qonun hujjatlari;
5) koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa.
Xoʻjalik sudi sud majlisida ishni koʻrayotganida sud muhokamasi davomida hal etilishini talab qiladigan masalalar boʻyicha alohida hujjat tariqasida rasmiylashtirmasdan ajrim chiqarishga haqlidir. Ajrim ogʻzaki eʼlon qilinadi va sud majlisining bayonnomasiga yozib qoʻyiladi. Ajrimda u qaysi masala boʻyicha chiqarilayotgani, sud oʻz xulosasini chiqarishiga olib kelgan sabablar hamda koʻrib chiqilayotgan masala boʻyicha xulosa koʻrsatiladi.
152-modda. Xususiy ajrim
Nizoni koʻrish vaqtida tashkilotlar, davlat organi va boshqa organ, mansabdor shaxs yoki fuqaroning faoliyatida qonun hujjatlari buzilgani aniqlangan taqdirda xoʻjalik sudi xususiy ajrim chiqarishga haqlidir.
Xususiy ajrim tegishli tashkilotlarga, davlat organlariga va boshqa organlarga, mansabdor shaxslarga, fuqarolarga yuboriladi, ular bir oylik muddatda xoʻjalik sudiga koʻrilgan choralar toʻgʻrisida xabar qilishlari shart.
Agar xoʻjalik nizosini koʻrib chiqish chogʻida sud mansabdor shaxs xatti-harakatlarida jinoyat alomatlarini aniqlasa, u jinoyat ishi qoʻzgʻatadi hamda yetkazilgan zarar undirilishini taʼminlash uchun unga tegishli mol-mulkni xatlab qoʻyadi.
(152-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 1-maydagi 621-I-sonli Qonuniga muvofiq toʻrtinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 102-modda)
Xoʻjalik sudi alohida hujjat tariqasida ajrim chiqargan hollarda u ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va unga daxldor boshqa shaxslarga chiqarilgandan keyin besh kunlik muddatda yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi.
Ushbu Kodeksga muvofiq ustidan shikoyat qilinishi mumkin boʻlgan ajrimlar ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va unga daxldor boshqa shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi.
20-BOB. ALOHIDA TOIFADAGI ISHLAR BOʻYICHA ISH YURITISH XUSUSIYATLARI
154-modda. Tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish
Tashkilotlar va fuqarolarning bankrotligi toʻgʻrisidagi ishlar xoʻjalik sudi tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan qoidalar boʻyicha, bankrotlik toʻgʻrisidagi qonunda belgilangan xususiyatlarni hisobga olgan holda koʻriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-moddasi, 35–61-moddalari, mazkur Kodeks 23-moddasi birinchi qismining 1-bandi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2006-yil 27-yanvardagi 142-sonli “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 11-bandining ikkinchi xatboshisi.
155-modda. Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi arizalar ushbu Kodeksning 112-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Xoʻjalik sudi yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni arizachi bu faktlarni tasdiqlaydigan tegishli hujjatlarni boshqacha tartibda olish imkoniyatiga ega boʻlmaganda yoxud yoʻqolgan yoki yoʻq qilib yuborilgan hujjatlarni tiklash imkoniyati boʻlmagan taqdirda aniqlaydi.
Yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlash toʻgʻrisidagi ishlar xoʻjalik sudi tomonidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan tartibda koʻriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeks 23-moddasi birinchi qismining 2-bandi.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.03.00 Hakamlik sudi hal qiluv qarorining ijrosi boʻyicha ish yuritish]
III BOʻLIM. HAL QILUV QARORLARINI QAYTA KOʻRISH BOʻYICHA ISH YURITISH
156-modda. Apellyatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) huquqi
Ishda ishtirok etuvchi shaxslar xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirmagan hal qiluv qarori ustidan apellyatsiya shikoyati berish (protesti keltirish)ga haqlidir.
(156-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
157-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻruvchi xoʻjalik sudi
Apellyatsiya shikoyati (protesti)ni birinchi instansiyada hal qiluv qarorini qabul qilgan xoʻjalik sudining apellyatsiya instansiyasi koʻradi.
(157-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 9-bandi.
1) shikoyat (protest) yoʻllangan xoʻjalik sudining nomi;
2) shikoyat berayotgan (protest keltirayotgan) shaxsning nomi;
3) ustidan shikoyat berilayotgan (protest keltirilayotgan) hal qiluv qarorini qabul qilgan xoʻjalik sudining nomi, ishning tartib raqami va hal qiluv qarori qabul qilingan sana, nizoning predmeti;
4) shikoyat berayotgan (protest keltirayotgan) shaxsning talablari va hal qiluv qarorini notoʻgʻri deb hisoblashining asoslari, bunga dalil boʻlgan qonun hujjatlari hamda ish materiallari;
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Apellyatsiya shikoyati shikoyat berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan, apellyatsiya protesti esa prokuror tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma, agar u avval shu ish boʻyicha berilmagan boʻlsa, ilova qilinadi.
Shikoyatga (protestga) shikoyat (protest) nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi. Bundan tashqari shikoyatga davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi dalillar ham ilova qilinadi.
(159-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
160-modda. Apellyatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuborish
Apellyatsiya shikoyati (protesti) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyatning va unga ilova qilingan, bu shaxslarda boʻlmagan hujjatlarning nusxalarini yuboradi.
(160-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
161-modda. Apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
(161-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Ishda ishtirok etuvchi shaxs apellyatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini olgach, uning yuzasidan oʻz yozma fikrini va yozma fikrning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi dalillarni apellyatsiya shikoyati koʻriladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda xoʻjalik sudiga yuborishga haqlidir.
(161-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolatli ekanligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Yozma fikrga avval taqdim etilmagan hujjatlar ilova qilinishi mumkin. Bu holda yozma fikrga ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga ularda boʻlmagan hujjatlarning nusxalari yuborilganini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 10-bandining ikkinchi xatboshisi, 13-bandining ikkinchi xatboshisi, 18-bandining uchinchi xatboshisi.
Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) quyidagi hollarda qaytaradi:
1) apellyatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan yoxud uni imzolashga huquqi boʻlmagan shaxs yoki mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
2) apellyatsiya shikoyatiga (protestiga) uning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga joʻnatilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan boʻlsa;
3) davlat boji belgilangan tartibda va miqdorda toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar apellyatsiya shikoyatiga ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat bojini toʻlash muddatini kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
4) apellyatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va unda oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma boʻlmasa;
5) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga apellyatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi ajrim yuborilgunga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarish toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisidagi ajrim ustidan kassatsiya shikoyati berish (protesti keltirish) mumkin.
Shikoyat bergan (protest keltirgan) shaxs ushbu moddaning birinchi qismidagi 1, 2, 3-bandlarda koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilganidan keyin xoʻjalik sudiga apellyatsiya shikoyati (protesti) bilan umumiy tartibda yana murojaat qilishga haqli.
(162-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 4-bandi.
163-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisidagi ajrim
(163-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Sudya apellyatsiya shikoyatini (protestini) ish yuritishga qabul qilish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
(163-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Ajrimda apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish vaqti va joyi koʻrsatiladi.
(163-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Ajrim ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi.
164-modda. Apellyatsiya instansiyasida ishni koʻrish tartibi
Ish apellyatsiya instansiyasida ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda ishni birinchi instansiya xoʻjalik sudida koʻrib chiqish qoidalari boʻyicha koʻrib chiqiladi. Bunda birinchi instansiya uchungina belgilangan qoidalar qoʻllanilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 11-bandi.
165-modda. Apellyatsiya shikoyatidan voz kechish. Protestni chaqirib olish
(165-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Apellyatsiya shikoyati bergan shaxs qaror chiqarilgunga qadar undan voz kechishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 40-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etib, ishni apellyatsiya tartibida koʻrib chiqishga haqli.
Protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguncha protestni chaqirib olishga haqli. Protest chaqirib olingani haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinadi.
(165-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuniga muvofiq uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Sud shikoyatdan voz kechishni qabul qilsa yoki protest chaqirib olinsa, agar hal qiluv qarori ustidan boshqa shaxslar shikoyat qilmagan boʻlsa, apellyatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatadi.
(165-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Xoʻjalik sudi apellyatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatganligi toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 11, 12-bandlari.
166-modda. Ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrish chegarasi
Xoʻjalik sudi ishni apellyatsiya instansiyasida koʻrganida ishda mavjud va qoʻshimcha taqdim etilgan dalillar boʻyicha ishni qayta koʻradi. Agar arizachi qoʻshimcha dalillarni oʻziga bogʻliq boʻlmagan sabablarga koʻra birinchi instansiya sudiga taqdim etish imkoniyatiga ega boʻlmaganligini asoslasa, xoʻjalik sudi qoʻshimcha dalillarni qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 13-bandi.
Sud apellyatsiya shikoyatida (protestida) bayon etilgan vajlar bilan cheklanib qolmaydi hamda hal qiluv qarorining qonuniyligi va asoslantirilganligini toʻla hajmda tekshiradi.
(166-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 14, 15-bandlari.
Ish birinchi instansiyada koʻrilganda taqdim etilmagan yangi talablar apellyatsiya instansiyasida qabul qilinmaydi va koʻrilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 11-bandining uchinchi va toʻrtinchi xatboshilari.
167-modda. Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish muddati
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori ustidan tushgan apellyatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudiga tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda koʻriladi.
(167-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
1) sudning hal qiluv qarorini oʻzgarishsiz qoldirishga, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmaslikka;
(168-moddaning 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
2) hal qiluv qarorini toʻla yoki qisman bekor qilib, yangi qaror qabul qilishga;
4) hal qiluv qarorini toʻla yoki qisman bekor qilib, ishni yuritishni tugatishga yoxud daʼvoni toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
5) hal qiluv qarorini bekor qilishga va ushbu Kodeks 170-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga haqli.
(168-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 14-dekabrdagi 163-II-sonli Qonuniga muvofiq 4 va 5-bandlar bilan almashtirilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 1-2-son, 11-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 17-bandining birinchi xatboshisi.
169-modda. Hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari
Quyidagilar xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi:
1) ish uchun ahamiyatli holatlarning toʻliq aniqlanmaganligi;
2) xoʻjalik sudi aniqlangan deb hisoblagan ish uchun ahamiyatli holatlarning isbotlanmaganligi;
3) hal qiluv qarorida bayon qilingan xulosalarning ish holatlariga muvofiq kelmasligi;
4) moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilganligi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilganligi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 17-bandining ikkinchi – toʻrtinchi xatboshilari.
170-modda. Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi
Agar protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan boʻlsa yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, bu hol hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 17-bandining beshinchi xatboshisi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi har qanday holda ham birinchi instansiya xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini bekor qilish uchun asos boʻladi, agar:
1) ish sud tomonidan noqonuniy tarkibda koʻrilgan boʻlsa;
2) sud ishni majlis joyi va vaqti toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmagan ishda ishtirok etuvchi shaxslardan birortasining yoʻqligida koʻrgan boʻlsa;
3) ishni koʻrishda sud ishi yuritiladigan til toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan boʻlsa;
4) sud ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquqlari va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori qabul qilgan boʻlsa. Ushbu shaxslar bunday hal qiluv qarori ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqlidir;
5) hal qiluv qarori sudyalardan birortasi tomonidan imzolanmagan boʻlsa yoki hal qiluv qarorida koʻrsatilmagan sudyalar tomonidan imzolangan boʻlsa;
6) hal qiluv qarori ishni koʻrgan tarkibdagi sudyalardan boshqa sudyalar tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
7) ishda sud majlisining bayonnomasi boʻlmasa yoki u ushbu Kodeks 134-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxs tomonidan imzolanmagan boʻlsa.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarori 17-bandining oltinchi xatboshisi.
Apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinib, u barcha sudyalar tomonidan imzolanadi.
(171-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
1) qarorni qabul qilgan xoʻjalik sudining nomi, qaror qabul qilingan sana, ishning tartib raqami, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, sud majlisi kotibi, majlisda ishtirok etgan shaxslarning familiyalari va vakolatlari, birinchi instansiyada hal qiluv qarori qabul qilingan sana va hal qiluv qarorini qabul qilgan sudyalarning familiyalari;
(171-modda ikkinchi qismining 1-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
2) ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, apellyatsiya shikoyati (protesti) bergan shaxsning nomi;
(171-modda ikkinchi qismining 2-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
3) qabul qilingan hal qiluv qarori mazmunining qisqacha bayoni;
4) hal qiluv qarorining qonuniyligi va asosliligini tekshirish masalasi qoʻyilishiga sabab boʻlgan asoslar;
5) apellyatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan bildirilgan mulohazada bayon qilingan vajlar;
(171-modda ikkinchi qismining 5-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
6) majlisda ishtirok etgan shaxslarning tushuntirishlari;
7) ishning xoʻjalik sudi tomonidan aniqlangan holatlari, xoʻjalik sudining shu holatlar toʻgʻrisidagi xulosalariga asos boʻlgan dalillar hamda xoʻjalik sudi u yoki bu dalillarni rad etishiga hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslar asos qilib keltirgan qonun hujjatlarini qoʻllamasligiga sabab boʻlgan vajlar, shuningdek sud qaror qabul qilishda amal qilgan qonun hujjatlari;
8) birinchi instansiya sudining hal qiluv qarorini bekor qilayotganda yoki oʻzgartirayotganda apellyatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya sudining xulosalariga qoʻshilmaganligining sabablari;
9) apellyatsiya shikoyatini (protestini) koʻrib chiqish natijalari boʻyicha xulosalar;
(171-modda ikkinchi qismining 9-bandi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
10) sud xarajatlarining taraflar oʻrtasida taqsimlanishi.
Qaror qabul qilingan vaqtidan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Qaror qabul qilingan kunidan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi.
Qaror ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(171-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 18, 19-bandlari, 21-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
172-modda. Xoʻjalik sudining ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyatlari (protestlari)
(172-moddaning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Xoʻjalik sudining ajrimlari ustidan ushbu Kodeksda nazarda tutilgan hollarda shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
(172-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Xoʻjalik sudining ajrimi ustidan apellyatsiya shikoyatlari (protestlari) sudning hal qiluv qarori ustidan berilgan apellyatsiya shikoyatlarini (protestlarini) koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda koʻriladi.
(172-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Xoʻjalik sudi tomonidan apellyatsiya instansiyasida daʼvo arizasini qabul qilishni rad etish, daʼvo arizasini qaytarish, ish yuritishni toʻxtatib turish, tugatish, daʼvoni koʻrmasdan qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimlar bekor qilingan hollarda ish birinchi instansiya sudiga koʻrish uchun oʻtkaziladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 85, 86, 88, 117, 118-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 21-bandi.
22-BOB. KASSATSIYA INSTANSIYASIDA ISH YURITISH
173-modda. Kassatsiya shikoyati berish huquqi
Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori hamda apellyatsiya instansiyasining qarori ustidan ishda ishtirok etuvchi shaxslar kassatsiya shikoyati berishga, prokuror esa — kassatsiya protesti keltirishga haqlidir.
174-modda. Kassatsiya instansiyasida qabul qilingan qarorlarning qonuniyligini tekshiruvchi xoʻjalik sudlari
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar xoʻjalik sudlari tomonidan birinchi va apellyatsiya instansiyalarida qabul qilingan hal qiluv qarorlari va qarorlarning qonuniyligini tekshiradi.
Oliy xoʻjalik sudining Rayosati shu sud tomonidan birinchi instansiyada qabul qilingan hal qiluv qarorlarining qonuniyligini tekshiradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 3-bandi.
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining 5-bobi (“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi”).
175-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish tartibi
Kassatsiya shikoyati (protesti) Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xoʻjalik sudi orqali beriladi.
Hal qiluv qarori, qaror qabul qilgan xoʻjalik sudi shikoyat (protest) tushgan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda uni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga ish bilan birga yuborishi shart.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 4-bandi.
176-modda. Kassatsiya shikoyatini (protestini) berish muddati
Kassatsiya shikoyati (protesti) xoʻjalik sudining hal qiluv qarori yoki apellyatsiya instansiyasining qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin bir oy davomida berilishi mumkin.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 5-bandining birinchi xatboshisi, 7.1-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 24, 25–25.3-bandlari.
1) shikoyat (protest) yoʻllanayotgan xoʻjalik sudining nomi;
2) shikoyat (protest) berayotgan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi;
3) ustidan shikoyat (protest) berilayotgan hal qiluv qarorining yoki qarorni qabul qilgan xoʻjalik sudining nomi, ishning tartib raqami va hal qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana, nizo predmeti;
4) shikoyat (protest) bergan shaxsning talablari, moddiy yoxud protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi nimadan iboratligi;
5) shikoyatga (protestga) ilova qilinayotgan hujjatlar roʻyxati.
Kassatsiya shikoyatida (protestida) ishning holatlari isbotlanmaganligini yoki ishda ishtirok etuvchi shaxslarning haqiqiy munosabatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori yoki qarorda bayon qilingan xulosalar ishning holatlariga nomuvofiqligini dalil qilib keltirishga yoʻl qoʻyilmaydi.
Kassatsiya shikoyati uni berayotgan shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan shikoyatga uning sud hujjatlari ustidan shikoyat qilish vakolatini tasdiqlovchi ishonchnoma, agar u avval ushbu ish boʻyicha taqdim etilmagan boʻlsa, ilova qilinadi.
Shikoyatga davlat boji toʻlanganligini va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyatning nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 6-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2008-yil 18-apreldagi 180-sonli “Xoʻjalik sudlari tomonidan davlat boji toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 8-bandi.
178-modda. Ishda ishtirok etayotgan shaxslarga kassatsiya shikoyatining (protestining) nusxalarini yuborish
Kassatsiya shikoyatini (protestini) berayotgan shaxs ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga shikoyat (protest) nusxasini va unga ilova qilingan, ularda boʻlmagan hujjatlarning nusxalarini yuboradi.
179-modda. Kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bildirish
Ishda ishtirok etuvchi shaxs kassatsiya shikoyatining (protestining) nusxasini olganidan keyin uning yuzasidan oʻz yozma fikrini hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga fikr nusxalari joʻnatilganligini tasdiqlovchi hujjatlarni kassatsiya shikoyati (protesti) koʻrib chiqiladigan kungacha yetib borishini taʼminlaydigan muddatda xoʻjalik sudiga yuborishga haqlidir.
Yozma fikr ishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili tomonidan imzolanadi. Vakil tomonidan imzolangan yozma fikrga uning ishni yuritishga vakolati borligini tasdiqlovchi ishonchnoma ilova qilinadi.
Kassatsiya shikoyati (protesti) quyidagi hollarda qaytariladi:
1) kassatsiya shikoyati (protesti) imzolanmagan yoki uni imzolashga huquqi boʻlmagan shaxs yoxud mansab mavqeyi koʻrsatilmagan shaxs tomonidan imzolangan boʻlsa;
2) shikoyat (protest) hal qiluv qarorini qabul qilgan xoʻjalik sudini chetlab oʻtgan holda yuborilgan boʻlsa;
3) kassatsiya shikoyatiga (protestiga) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga uning nusxalari joʻnatilganini tasdiqlovchi dalillar ilova qilinmagan boʻlsa;
4) kassatsiya shikoyatiga belgilangan tartibda va miqdorda davlat boji toʻlanganligini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinmagan boʻlsa, qonunda davlat boji toʻlashni kechiktirish, boʻlib-boʻlib toʻlash imkoniyati nazarda tutilgan hollarda esa, bu haqda iltimosnoma berilmagan yoxud iltimosnoma rad etilgan boʻlsa;
5) kassatsiya shikoyati (protesti) belgilangan muddat oʻtganidan keyin berilgan boʻlsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma boʻlmasa;
6) kassatsiya shikoyatida (protestida) moddiy yoki protsessual huquq normalarini buzish yoki notoʻgʻri qoʻllanish nimadan iboratligi koʻrsatilgan boʻlmasa;
7) ishda ishtirok etuvchi shaxslarga kassatsiya shikoyati (protesti) ish yuritishga qabul qilingani toʻgʻrisidagi ajrim yuborilgunga qadar shikoyatni (protestni) bergan shaxsdan uni qaytarish toʻgʻrisida ariza tushgan boʻlsa.
Kassatsiya shikoyati (protesti) birinchi instansiya sudining sudyasi tomonidan qaytariladi. Agar shikoyatni (protestni) qaytarish asoslari kassatsiya instansiyasida aniqlangan boʻlsa, shikoyatni (protestni) shu instansiya sudining sudyasi qaytaradi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Kassatsiya shikoyatini (protestini) qaytarish toʻgʻrisida birinchi instansiya sudyasi tomonidan chiqarilgan ajrim ustidan kassatsiya instansiyasiga shikoyat qilinishi (protest keltirilishi) mumkin.
Ushbu modda birinchi qismining 1, 2, 3, 4, 6-bandlarida koʻrsatilgan holatlar bartaraf etilgach, shikoyatni (protestni) bergan shaxs kassatsiya shikoyati (protesti) bilan xoʻjalik sudiga umumiy tartibda yana murojaat qilishga haqli.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori 4-bandining ikkinchi xatboshisi, 7-bandining birinchi xatboshisi, 7.2, 8-bandlari.
182-modda. Hal qiluv qarorini, qarorni ijro etishni toʻxtatib turish
Ishda ishtirok etuvchi shaxslarning iltimosnomasiga koʻra, kassatsiya instansiyasining xoʻjalik sudi birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudlarida qabul qilingan hal qiluv qarorining, qarorning ijrosini kassatsiya instansiyasida ish yuritish tamomlangunga qadar toʻxtatib turishga haqli.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 10-bandi.
183-modda. Kassatsiya instansiyasida ishni koʻrish tartibi
Ish kassatsiya instansiyasida ushbu bobda nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda birinchi instansiya xoʻjalik sudi tomonidan ishni koʻrish qoidalari asosida koʻriladi. Bunda birinchi instansiya uchungina belgilangan qoidalar qoʻllanilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 11-bandi.
184-modda. Kassatsiya shikoyatidan voz kechish. Protestni chaqirib olish
Kassatsiya shikoyati bergan shaxs qaror chiqarilgunga qadar undan voz kechishga haqli.
Sud shikoyatdan voz kechishni ushbu Kodeks 40-moddasining toʻrtinchi qismida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha rad etib, ishni kassatsiya tartibida koʻrishga haqli.
Protest keltirgan prokuror, shuningdek yuqori turuvchi prokuror sud majlisi boshlanguncha protestni chaqirib olishga haqli. Protest chaqirib olingani haqida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinadi.
Sud kassatsiya shikoyatidan voz kechishni qabul qilsa yoki protest chaqirib olinsa, agar hal qiluv qarori, qaror ustidan ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar shikoyat qilmagan boʻlsalar, kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatadi.
Xoʻjalik sudi kassatsiya instansiyasida ish yuritishni tugatish toʻgʻrisida ajrim chiqaradi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 151-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 12-bandi.
185-modda. Kassatsiya shikoyatini koʻrish muddati
Xoʻjalik sudining hal qiluv qarori yoki apellyatsiya instansiyasining qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudiga tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda koʻriladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining hal qiluv qarori ustidan kassatsiya shikoyati (protesti) uning Rayosati tomonidan bir oylik muddatda koʻriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarori 13-bandining uchinchi xatboshisi, 24.2-bandi.
186-modda. Kassatsiya instansiyasida ishni koʻrish chegarasi
Xoʻjalik sudi ishni kassatsiya instansiyasida koʻrganida birinchi instansiya va apellyatsiya instansiyasi sudida moddiy va protsessual huquq normalari toʻgʻri qoʻllanilganligini tekshiradi.
Kassatsiya instansiyasi xoʻjalik sudi ishni koʻrganidan keyin quyidagilarga haqli:
1) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellyatsiya instansiyasining qarorini oʻzgarishsiz, shikoyatni (protestni) esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellyatsiya instansiyasining qarorini toʻla yoki qisman bekor qilish hamda yangi qaror qabul qilishga;
3) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellyatsiya instansiyasining qarorini, agar qabul qilingan hal qiluv qarori va qaror yetarlicha asoslanmagan boʻlsa, bekor qilish hamda ishni hal qiluv qarori va (yoki) qarori bekor qilingan xoʻjalik sudi instansiyasiga yangidan koʻrish uchun yuborishga;
4) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellyatsiya instansiyasining qarorini oʻzgartirishga;
5) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini va (yoki) apellyatsiya instansiyasining qarorini toʻla yoki qisman bekor qilish va ish yuritishni tugatish yoxud daʼvoni toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
6) avval qabul qilingan hal qiluv qarorlaridan yoki qarorlardan birini kuchda qoldirishga.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 15-bandi.
188-modda. Hal qiluv qarorini oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari
Moddiy yoki protsessual huquq normalarining buzilishi yoxud notoʻgʻri qoʻllanilishi xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini yoki qarorini oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi, agar bu buzilish notoʻgʻri hal qiluv qarori qabul qilinishiga olib kelgan yoki olib kelishi mumkin boʻlsa, hal qiluv qarorini yoki qarorni oʻzgartirish yoxud bekor qilish uchun asos boʻladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 16-bandi.
Protsessual huquq normalarining buzilishi yoki notoʻgʻri qoʻllanilishi quyidagi hollarda hal qiluv qarorini yoki qarorni bekor qilish uchun asos boʻladi:
1) ish xoʻjalik sudi tomonidan noqonuniy tarkibda koʻrilgan boʻlsa;
2) ish xoʻjalik sudi tomonidan ishda ishtirok etuvchi, majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida tegishli ravishda xabardor qilinmagan shaxslardan birontasining yoʻqligida koʻrilgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 162-sonli “Birinchi instansiya sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanilishi toʻgʻrisida”gi qarori 29-bandining toʻrtinchi xatboshisi.
3) ishni koʻrishda sud ishi yuritiladigan til toʻgʻrisidagi qoidalar buzilgan boʻlsa;
4) xoʻjalik sudi hal qiluv qarorini yoki qarorni qabul qilishda qaysi qonun hujjatiga amal qilganligi hal qiluv qarorida yoki qarorda koʻrsatilmagan boʻlsa;
5) xoʻjalik sudi ishda ishtirok etishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida hal qiluv qarori yoki qaror qabul qilgan boʻlsa. Mazkur shaxslar bunday hal qiluv qarori yoki qaror ustidan ushbu Kodeksda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli;
6) hal qiluv qarori yoki qaror sudyalardan biri tomonidan imzolanmagan boʻlsa yoxud hal qiluv qarori yoki qarorda koʻrsatilganidan boshqa sudyalar tomonidan imzolangan boʻlsa;
7) hal qiluv qarori ishni koʻrgan sud tarkibiga kirmagan sudyalar tomonidan qabul qilingan boʻlsa;
8) ishda sud majlisining bayonnomasi boʻlmasa yoki u ushbu Kodeks 134-moddasining uchinchi qismida koʻrsatilgan shaxs tomonidan imzolanmagan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 15.1, 15.2, 16.1-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi.
189-modda. Kassatsiya instansiyasi sudining qarori
Kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilinib, u barcha sudyalar tomonidan imzolanadi.
Qarorda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
1) qarorni qabul qilgan xoʻjalik sudining nomi, ishning tartib raqami va qaror qabul qilingan sana, qarorni qabul qilgan sud tarkibi, majlisda hozir boʻlgan shaxslarning familiyalari va vakolatlari;
2) kassatsiya shikoyatini (protestini) bergan shaxsning va ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi;
3) ishni birinchi va apellyatsiya instansiyalarida koʻrgan xoʻjalik sudining nomi, ishning tartib raqami, hal qiluv qarori, qaror qabul qilingan sana, uni qabul qilgan sudyalarning familiyalari;
4) qabul qilingan hal qiluv qarori, qaror mazmunining qisqacha bayoni;
5) hal qiluv qarori, qarorning qonuniyligini tekshirish toʻgʻrisida masala qoʻyilishiga sabab boʻlgan asoslar;
6) kassatsiya shikoyati (protesti) yuzasidan yozma fikr bayon qilingan vajlar;
7) majlisda hozir boʻlgan shaxslarning tushuntirishlari;
8) xoʻjalik sudi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslangan qonun hujjatlarini qoʻllamasligining sabablari, shuningdek, qarorni qabul qilishda sud amal qilgan qonun hujjatlari;
9) birinchi instansiyaning hal qiluv qarorini, apellyatsiya instansiyasining qarorini bekor qilganda yoki oʻzgartirganda kassatsiya instansiyasi sudi birinchi instansiya yoki apellyatsiya instansiyasi sudining xulosalariga rozi boʻlmaganligining sabablari;
10) kassatsiya shikoyatini (protestini) koʻrish natijalari boʻyicha xulosalar;
11) agar ish yangidan koʻrish uchun topshirilayotgan boʻlsa, ishda ishtirok etayotgan shaxslar va xoʻjalik sudi tomonidan bajarilishi kerak boʻlgan harakatlar;
12) ishda ishtirok etuvchi shaxslar oʻrtasida sud xarajatlarining taqsimlanishi.
Qaror qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi yoki tilxat olib topshiriladi.
Qaror qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi va uning ustidan shikoyat qilish mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 17-bandi.
Ishni kassatsiya instansiyasida koʻrgan xoʻjalik sudining qarorda bayon qilingan koʻrsatmalari ishni yangidan koʻrayotgan sud uchun majburiydir.
Ishni kassatsiya instansiyasida koʻrayotgan xoʻjalik sudi u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ish yangidan koʻrilganida qanday hal qiluv qarori qabul qilinishi toʻgʻrisidagi masalalarni avvaldan hal qilib qoʻyishga haqli emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 18-bandi.
Xoʻjalik sudining ajrimlari ustidan tushgan kassatsiya shikoyati (protesti) sudning hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan tushgan kassatsiya shikoyatlarini koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda koʻriladi.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2005-yil 23-dekabrdagi 136-sonli “Kassatsiya instansiyasida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarorining 21-bandi.
192-modda. Xoʻjalik sudlarining hal qiluv qarorlari va qarorlarini nazorat tartibida qayta koʻrish
Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlarining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlari ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxslarning protestlari boʻyicha nazorat tartibida qayta koʻrilishi mumkin, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosatining qarorlari bundan mustasno.
193-modda. Protest keltirish huquqiga ega boʻlgan shaxslar
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Raisi va uning oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasining har qanday xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorlari va qarorlar ustidan protest keltirishga haqli, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosatining qarorlari bundan mustasno.
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 53-moddasining birinchi, uchinchi xatboshilari, 54-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari, Oʻzbekiston Respublikasi “Prokuratura toʻgʻrisida”gi Qonunining 35-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarori 13-bandining ikkinchi xatboshisi.
194-modda. Hal qiluv qarorining, qarorning ijrosini toʻxtatib turish
Ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatilgan shaxslar protest keltirgan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasining Oliy xoʻjalik sudi tegishli hal qiluv qarorining, qarorning ijrosini nazorat tartibida ish yuritish tamomlangunga qadar toʻxtatib turishi mumkin.
195-modda. Ishlarni protestlar boʻyicha nazorat tartibida koʻruvchi xoʻjalik sudi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Rayosati barcha xoʻjalik sudlarining hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan keltirilgan protestlar boʻyicha ishlarni nazorat tartibida koʻradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonuni 51-moddasi birinchi qismining birinchi, ikkinchi xatboshilari.
Ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatib oʻtilgan mansabdor shaxslar nazorat tartibida protest keltirishga asoslar mavjudligi masalasini hal etish uchun ishni tegishli xoʻjalik sudidan talab qilib olishga haqli.
Protest keltirish uchun asoslar mavjud boʻlganda, shu jumladan ishda ishtirok etuvchi shaxsning arizasi munosabati bilan ushbu Kodeksning 193-moddasida koʻrsatilgan mansabdor shaxs protest keltiradi va uni ish bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Rayosatiga yuboradi. Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qaroriga va qaroriga protest keltirish toʻgʻrisidagi ariza ish apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudida koʻrilganidan keyin berilishi mumkin. Protest keltirish uchun asoslar yoʻqligi toʻgʻrisida ariza bergan shaxs xabardor qilinadi.
(197-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Protestning nusxalari ishda ishtirok etuvchi shaxslarga yuboriladi.
Nazorat tartibida protest keltirgan mansabdor shaxs uni ishni koʻrish boshlanishidan avval chaqirib olishga haqli. Protest chaqirib olingani toʻgʻrisida ishda ishtirok etuvchi shaxslar xabardor qilinadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Rayosati protestni koʻrishda Oliy xoʻjalik sudi sudyasining ishning holatlari va protest vajlari toʻgʻrisidagi maʼruzasini eshitadi.
Tushuntirishlar berish uchun Rayosat majlisiga ishda ishtirok etuvchi shaxslar chaqirilishi mumkin. Bunday holda ularga Rayosat majlisining vaqti va joyi toʻgʻrisida xabarnomalar yuboriladi. Ularning kelmaganligi ishni koʻrib chiqishga toʻsiq boʻlmaydi.
Ishni nazorat tartibida koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasining Bosh prokurori yoki uning oʻrinbosari ishtirok etib, oʻzi keltirgan protestni quvvatlaydi yoki Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Raisi yoki uning oʻrinbosari keltirgan protest boʻyicha koʻrilayotgan ish yuzasidan xulosa beradi.
1) xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini, qarorini oʻzgarishsiz, protestni esa qanoatlantirmasdan qoldirishga;
2) hal qiluv qarorini, qarorni toʻla yoki qisman bekor qilib, ishni yangidan koʻrish uchun yuborishga;
3) hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirib yoki bekor qilib, ishni yangidan koʻrishga yubormasdan yangi qaror qabul qilishga;
4) hal qiluv qarorini, qarorni toʻla yoki qisman bekor qilib, ish yuritishni tugatishga yoxud daʼvoni toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirishga;
5) ish boʻyicha ilgari qabul qilingan hal qiluv qarorlari yoki qarorlardan birini kuchda qoldirishga haqli.
200-modda. Hal qiluv qarorini, qarorni oʻzgartirish yoki bekor qilish asoslari
Sud hujjatining noqonuniyligi yoki asossizligi hal qiluv qarorini, qarorni nazorat tartibida oʻzgartirish yoki bekor qilish uchun asos boʻladi.
Xoʻjalik sudining mazmunan toʻgʻri boʻlgan hal qiluv qarori, qarori yuzaki asoslar boʻyichagina bekor qilinishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarori 1-bandining ikkinchi xatboshisi.
201-modda. Qaror qabul qilish tartibi
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Rayosati ishni nazorat tartibida koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qiladi. Agar Rayosatning hozir boʻlgan aʼzolaridan koʻpchiligi yoqlab ovoz bersa, qaror qabul qilingan hisoblanadi. Rayosat aʼzolari ovoz berishda betaraf qolishga haqli emas.
Rayosat qarori Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining Raisi tomonidan imzolanadi.
Rayosat qarori qabul qilingan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi.
Rayosat qarori qabul qilingan kundan eʼtiboran besh kunlik muddatda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali yuboriladi.
202-modda. Ishni nazorat tartibida koʻrgan xoʻjalik sudi koʻrsatmalarining majburiyligi
Ishni nazorat tartibida koʻrgan xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini, qarorni bekor qilish toʻgʻrisidagi qarorida bayon etilgan koʻrsatmalari shu ishni yangidan koʻrayotgan xoʻjalik sudi uchun majburiydir.
Ishni nazorat tartibida koʻrgan xoʻjalik sudi hal qiluv qarorida, qarorda aniqlanmagan yoxud rad etilgan holatlarni aniqlashga yoki isbotlangan deb hisoblashga, u yoki bu dalilning ishonchli yoki ishonchsizligi, bir dalilning boshqalaridan ustunligi, ishni yangidan koʻrishda qanday hal qiluv qarori, qaror qabul qilinishi kerakligi masalalarini oldindan hal qilishga haqli emas.
203-modda. Xoʻjalik sudlarining ajrimlari ustidan nazorat tartibida protest keltirish va ularni qayta koʻrish
Xoʻjalik sudlarining qonuniy kuchga kirgan ajrimlari ustidan nazorat tartibida protest keltirilishi va ushbu Kodeksda ular ustidan shikoyat qilish nazarda tutilgan, shuningdek ular ishning kelgusidagi harakatiga toʻsqinlik qilgan hollarda, hal qiluv qaroridan alohida qayta koʻrilishi mumkin.
Xoʻjalik sudining ajrimlari ustidan keltirilgan protestlar sudning hal qiluv qarorlari va qarorlari ustidan keltirilgan protestlarni koʻrish uchun nazarda tutilgan tartibda koʻriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 198-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarori 14-bandining ikkinchi xatboshisi.
24-BOB. XOʻJALIK SUDINING QONUNIY KUCHGA KIRGAN HUJJATLARINI YANGI OCHILGAN HOLATLAR BOʻYICHA QAYTA KOʻRISH
204-modda. Qayta koʻrish asoslari
Xoʻjalik sudi oʻzi qabul qilgan va qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 2-bandi.
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish uchun quyidagilar asos boʻladi:
1) arizachiga maʼlum boʻlmagan va maʼlum boʻlishi mumkin boʻlmagan, ish uchun muhim holatlar;
2) guvohning bila turib yolgʻon koʻrsatuvlar bergani, ekspertning bila turib yolgʻon xulosa bergani, tarjimonning bila turib notoʻgʻri tarjima qilgani, hujjatlar yoki ashyoviy dalillarning soxtaligi, bu hol sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan va noqonuniy yoki asoslanmagan sud hujjati qabul qilinishiga sabab boʻlgan boʻlsa;
3) ishda ishtirok etuvchi shaxslar yoxud ular vakillari yoki ular vakillarining yoxud sudyalarning shu ishni koʻrish vaqtidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan aniqlangan jinoiy qilmishlari;
4) ushbu hal qiluv qarorini qabul qilishga asos boʻlgan xoʻjalik sudining hujjati yoki sudning hal qiluv qarori, hukmi yoxud boshqa organning qarori bekor qilinganligi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 3 – 7-bandlari.
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ariza ishda ishtirok etuvchi shaxslar tomonidan shu hujjatni qabul qilgan xoʻjalik sudiga sud hujjatini qayta koʻrish uchun asos boʻlib xizmat qiluvchi holatlar ochilgan kundan eʼtiboran bir oydan kechiktirmay berilishi mumkin.
Arizaga uning nusxalari va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi.
Ariza belgilangan muddat oʻtgandan keyin berilsa va oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida iltimosnoma boʻlmasa yoxud ariza nusxalari va unga ilova qilingan hujjatlarning nusxalari ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarga yuborilganini tasdiqlovchi dalillar taqdim etilmasa, u sudya tomonidan arizachiga qaytariladi.
Arizani qaytarish toʻgʻrisida ajrim chiqariladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 8 – 10-bandlari.
206-modda. Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻruvchi xoʻjalik sudlari
Birinchi instansiyada qabul qilinib, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori, ajrim shu hal qiluv qarorini, ajrimni qabul qilgan xoʻjalik sudi tomonidan qayta koʻriladi.
Yangi ochilgan holatlar boʻyicha apellyatsiya, kassatsiya yoki nazorat instansiyasining sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan qarorlari va ajrimlarini qayta koʻrish xoʻjalik sudining sud hujjati oʻzgartirilgan yoki yangi sud hujjati qabul qilingan instansiyasi tomonidan amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 11 va 12-bandlari.
207-modda. Arizani koʻrish
Xoʻjalik sudi qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani, u tushgan kundan eʼtiboran bir oylik muddatda oʻz majlisida koʻradi. Arizachi va ishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslar majlis vaqti va joyi toʻgʻrisida topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali xabardor qilinadi. Biroq ularning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
208-modda. Xoʻjalik sudining ishni qayta koʻrish toʻgʻrisidagi ajrimi
Xoʻjalik sudi qonuniy kuchga kirgan sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani koʻrib, arizani qanoatlantiradi va sud hujjatini bekor qiladi yoxud qayta koʻrishni rad etadi.
Sud hujjatini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrish toʻgʻrisidagi arizani qanoatlantirishni rad etish haqidagi xoʻjalik sudining ajrimi ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
Sud hujjati bekor qilingan taqdirda ish xoʻjalik sudi tomonidan ushbu Kodeksda belgilangan qoidalar boʻyicha koʻriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2003-yil 25-iyuldagi 111-sonli “Xoʻjalik sudining qonuniy kuchga kirgan hujjatlarini yangi ochilgan holatlar boʻyicha qayta koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining qoʻllanishi haqida”gi qarorining 14 – 17-bandlari.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.04.00 Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiruvchi chet ellik fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar ishtirokida ish yuritish]
IV BOʻLIM. SUD HUJJATLARINI IJRO ETISH
209-modda. Sud hujjatlarini ijro etish tartibi
Qonuniy kuchga kirgan sud hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida barcha davlat organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda belgilangan tartibda ijro etiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 114-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni, mazkur Kodeksning 210–220-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 2-bandi.
Sud hujjatini majburiy ijro etish shu hujjatni qabul qilgan xoʻjalik sudi tomonidan beriladigan ijro varaqasi asosida amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni 7-modda birinchi qismining 1 – 4-bandlari.
Ijro varaqasi undiruvchiga sud hujjati qonuniy kuchga kirgandan keyin beriladi. Pul mablagʻlarini budjet daromadiga undirish uchun ijro varaqasi qarzdor turadigan joydagi soliq organiga yuboriladi.
Pul mablagʻlarini undirish uchun ijro varaqasi undiruvchi tomonidan bankka yoki boshqa kredit muassasasiga, boshqa hollarda esa sud ijrochisiga yuboriladi.
211-modda. Bitta sud hujjati boʻyicha bir necha ijro varaqasi berish
Agar sud hujjati bir necha daʼvogar foydasiga yoki bir nechta javobgarga qarshi qabul qilingan boʻlsa yoxud ijro turli joylarda amalga oshirilishi kerak boʻlsa, ijro varaqalari sud hujjatining qaysi qismi ushbu ijro varaqasi boʻyicha ijro etilishi koʻrsatilgan holda beriladi.
2) ijro varaqasi berilgan ish va uning tartib raqami;
3) ijro etilishi lozim boʻlgan sud hujjati qabul qilingan sana;
4) undiruvchining va qarzdorning nomi, ularning manzillari;
5) sud hujjatining xulosa qismi;
6) sud hujjati qonuniy kuchga kirgan sana;
7) ijro varaqasi berilgan sana va uning amal qilish muddati.
Agar xoʻjalik sudi tomonidan ijro varaqasi berilguncha sud hujjatini ijro etishni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etishga ruxsat berilgan boʻlsa, unda ijro varaqasining muddati qachondan oʻta boshlashi koʻrsatiladi.
Ijro varaqasini sudya imzolaydi va u xoʻjalik sudining gerbli muhri bilan tasdiqlanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 8-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 6-bandi.
213-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati
Ijro varaqasi sud hujjati qonuniy kuchga kirgan kundan yoxud ijroni kechiktirish yoki boʻlib-boʻlib ijro etishda belgilangan muddat tugagan kundan yoxud ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisida ajrim chiqarilgan kundan boshlab olti oydan kechiktirmasdan taqdim etilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 27-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2015-yil 19-iyundagi 283-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksining protsessual muddatlarga oid normalarini xoʻjalik sudlari tomonidan qoʻllanilishining ayrim masalalari haqida”gi qarorining 28-bandi.
Agar sud hujjatining ijro etilishi toʻxtatib turilgan boʻlsa, u toʻxtatib turilgan vaqt ijro varaqasi ijroga taqdim etiladigan olti oylik muddatga qoʻshib hisoblanmaydi.
214-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddatining uzilishi
Ijro varaqasini ijro etishga taqdim etish muddati ijro varaqasini ijro etishga taqdim etish, sud hujjatini qisman ijro etish bilan uziladi.
Ijro varaqasini ijro etish imkoniyati yoʻqligi sababli u undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, ijro varaqasini taqdim etish uchun yangi muddat u qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonunining 28-moddasi.
215-modda. Ijro varaqasini ijroga taqdim etishning oʻtkazib yuborilgan muddatini tiklash
Ijro varaqasini ijroga taqdim etish muddati xoʻjalik sudi tomonidan uzrli deb topilgan sabablar bilan oʻtkazib yuborilganda, oʻtkazib yuborilgan muddat tiklanishi mumkin.
Oʻtkazib yuborilgan muddatni tiklash toʻgʻrisidagi ariza sud hujjatini qabul qilgan xoʻjalik sudiga beriladi. Ariza xoʻjalik sudining majlisida undiruvchi va qarzdor topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali xabardor qilingan holda koʻriladi. Biroq ularning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(215-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 7, 8-bandlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
216-modda. Ijro varaqasining dublikatini berish
Ijro varaqasi yoʻqolgan taqdirda sud hujjatini qabul qilgan xoʻjalik sudi undiruvchining arizasi boʻyicha uning dublikatini berishi mumkin. Ariza ijro varaqasini ijroga taqdim etish uchun belgilangan muddat oʻtguncha berilishi mumkin. Ariza xoʻjalik sudining majlisida, undiruvchi va qarzdor topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali xabardor qilingan holda koʻriladi. Biroq ularning kelmaganligi arizani koʻrishga toʻsqinlik qilmaydi.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(216-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2009-yil 10-apreldagi 06/196-sonli “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini qoʻllashda sud amaliyotida vujudga keladigan ayrim masalalar haqida”gi qoʻshma qarorining 5-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
217-modda. Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish
Xoʻjalik sudi undiruvchi, qarzdor yoki sud ijrochisining arizasiga koʻra sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etishga, ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirishga haqli.
Xoʻjalik sudi qarzdorga hujjatni kechiktirib yoki boʻlib-boʻlib ijro etish imkonini berar ekan, ushbu Kodeksning 7-bobida nazarda tutilgan tartibda sud hujjatining ijro etilishini taʼminlash choralarini koʻrishi mumkin.
Sud hujjatining ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish uni ijro etish usulini va tartibini oʻzgartirish masalalari xoʻjalik sudining majlisida, undiruvchi va qarzdor topshirilganligi maʼlum qilinadigan buyurtma xat orqali xabardor qilingan holda koʻriladi.
Arizani koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqarilib, u undiruvchi hamda qarzdorga yuboriladi.
Ajrim ustidan shikoyat qilish (protest keltirish) mumkin.
(217-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 172, 191, 203-moddalari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 28-dekabrdagi 173-sonli “Apellyatsiya instansiyasi sudida ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksini qoʻllash haqida”gi qarorining 23-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2007-yil 15-iyundagi 161-sonli “Sudning hal qiluv qarori haqida”gi qarorining 10-bandi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
218-modda. Sud hujjatini ijro etmaganlik uchun javobgarlik
Sud hujjati (ijro varaqasi) topshirilgan bank yoki boshqa kredit muassasasi pul mablagʻlarini undirish toʻgʻrisidagi sud hujjatini ijro etmaganligi uchun unga xoʻjalik sudi undirilishi kerak boʻlgan summaning ellik foizigacha miqdorda jarima soladi.
(218-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Sud hujjatida (ijro varaqasida) koʻrsatilgan harakatlarni bajarish zimmasiga yuklatilgan shaxs ana shu harakatlarni bajarmaganligi uchun unga eng kam ish haqining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima solinadi.
(218-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 30-avgustdagi 405-II-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2002-y., 9-son, 165-modda)
Jarimani toʻlash sud hujjatini ijro etish majburiyatidan ozod qilmaydi.
Agar ijro etilgan sud hujjati oʻzgartirilib yoki bekor qilinib, daʼvoni toʻla yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa, yoxud daʼvo koʻrmasdan qoldirilsa, bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha daʼvogar foydasiga undirilgan hamma narsa javobgarga qaytariladi.
Agar ijro etilmagan sud hujjati bekor qilinib yoki oʻzgartirilib, daʼvoni toʻla yoki qisman rad etish toʻgʻrisida yangi sud hujjati qabul qilinsa yoxud ish yuritish tugatilsa yoxud daʼvo toʻla yoki qisman koʻrmasdan qoldirilsa, xoʻjalik sudi bekor qilingan yoki tegishli qismi oʻzgartirilgan sud hujjati boʻyicha undirishni toʻla yoki qisman bekor qilish toʻgʻrisida sud hujjati qabul qiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
220-modda. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masalani hal qilish
Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi masala yangi sud hujjatini qabul qilgan xoʻjalik sudi tomonidan hal qilinadi.
Agar sud hujjatini bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarorda uning qaytarma ijrosi toʻgʻrisida koʻrsatma berilmagan boʻlsa, javobgar birinchi instansiya xoʻjalik sudiga tegishli ariza berishga haqli. Sud hujjatining qaytarma ijrosi toʻgʻrisidagi javobgarning arizasini koʻrish natijalari boʻyicha ajrim chiqariladi.
Tashkilotning, fuqaroning arizasi boʻyicha xoʻjalik sudi undirilgan pul mablagʻlari, mol-mulk yoki uning qiymatini qaytarish toʻgʻrisida ijro varaqasini beradi. Arizaga avval qabul qilingan sud hujjatining ijrosini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 5-dekabrdagi 254-sonli “Sud buyrugʻi berish toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrishda Oʻzbekiston Respublikasi Xoʻjalik protsessual kodeksi normalarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 18-bandi.
1.17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.05.00 Qarorlarni qayta koʻrish boʻyicha ish yuritish]
V BOʻLIM. CHET EL TASHKILOTLARI, XALQARO TASHKILOTLAR VA TADBIRKORLIK FAOLIYATINI AMALGA OSHIRAYOTGAN CHET ELLIK FUQAROLAR, FUQAROLIGI BOʻLMAGAN SHAXSLAR ISHTIROKIDAGI ISHLARNI YURITISH
221-modda. Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning protsessual huquqlari
Chet el tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan chet ellik fuqarolar, fuqaroligi boʻlmagan shaxslar (bundan buyon matnda chet ellik shaxslar deb yuritiladi) oʻzlarining buzilgan yoki nizolashilayotgan huquqlari va qonun bilan muhofaza qilinadigan manfaatlarini himoya qilish uchun Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlariga murojaat qilish huquqiga ega.
Chet ellik shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolari bilan baravar protsessual huquqlardan foydalanadilar va protsessual majburiyatlarni bajaradilar.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 23-moddasi, mazkur Kodeksning 35-moddasi.
Sudlarida Oʻzbekiston Respublikasi tashkilotlari va fuqarolarining protsessual huquqlariga nisbatan maxsus cheklashlarga yoʻl qoʻyilayotgan davlatlarning shaxslariga nisbatan javob tariqasida Oʻzbekiston Respublikasi hukumati cheklashlar belgilashi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1167-moddasi.
222-modda. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi sud ishlarini yuritish
Chet ellik shaxslar ishtirokidagi sud ishlarini yuritish ushbu Kodeksga muvofiq amalga oshiriladi.
223-modda. Chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudlarining vakolatlari
Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlari chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni, basharti javobgar tashkilot Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan, fuqaro esa shu hududda yashash joyiga ega boʻlsa, koʻradi.
Oʻzbekiston Respublikasining xoʻjalik sudlari chet ellik shaxslar ishtirokidagi ishlarni quyidagi hollarda ham koʻrishga haqli:
1) chet ellik shaxsning filiali yoki vakolatxonasi Oʻzbekiston Respublikasi hududida joylashgan boʻlsa;
2) javobgar Oʻzbekiston Respublikasi hududida mol-mulkka ega boʻlsa;
3) daʼvo Oʻzbekiston Respublikasi hududida ijro etilishi lozim boʻlgan yoki ijro etilgan shartnomadan kelib chiqsa;
4) mol-mulkka yetkazilgan zararni qoplash toʻgʻrisidagi ish boʻyicha zararni qoplash toʻgʻrisidagi talabni qoʻyishga asos boʻlib xizmat qilgan harakat yoki boshqa holat Oʻzbekiston Respublikasi hududida sodir etilgan boʻlsa;
5) daʼvo Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi asossiz boyishdan kelib chiqsa;
6) shaʼn, qadr-qimmat va ishchanlik obroʻsini himoya qilish toʻgʻrisidagi ish boʻyicha daʼvogar Oʻzbekiston Respublikasida turgan boʻlsa;
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1992-yil 19-iyundagi 5-sonli “Sud amaliyotida fuqaro va tashkilotlarning shaʼni, qadr-qimmati va ishchanlik obroʻsini himoya qilish haqidagi qonunlarni qoʻllash toʻgʻrisida”gi qarori.
7) bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi tashkiloti yoki fuqarosi bilan chet ellik shaxs oʻrtasida kelishuv mavjud boʻlsa.
Binolarga, inshootlarga, yer uchastkalariga nisbatan mulk huquqini tan olish, binolar, inshootlar, yer uchastkalarini oʻzganing qonunsiz egaligidan talab qilib olish, mulkdorning yoki qonuniy egalik qiluvchining huquqlari buzilishini bartaraf etish bilan bogʻliq ishlar, basharti egalik qilishdan mahrum etish bilan bogʻliq boʻlmasa, bino, inshoot, yer uchastkasi joylashgan joyda koʻriladi.
Yoʻlovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasidan kelib chiqadigan tashuvchilarga daʼvolar boʻyicha ishlar, shu jumladan tashuvchi javobgarlardan biri boʻlganda ham, transport tashkilotining organi joylashgan joyda koʻriladi.
Xoʻjalik sudi tomonidan ushbu moddada nazarda tutilgan qoidalarga rioya qilgan holda koʻrish uchun qabul qilingan ish, garchi ish yuritish davomida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning turgan joyi oʻzgarishi yoki boshqa holatlar tufayli boshqa davlat sudining sudloviga oʻtsada, mazmunan hal qilinaveradi.
224-modda. Sudning immuniteti
Xoʻjalik sudida chet davlatga nisbatan daʼvo taqdim etishga, uni uchinchi shaxs sifatida ishda ishtirok etishga jalb qilishga, chet davlatga qarashli boʻlgan va Oʻzbekiston Respublikasi hududida turgan mol-mulkni xatlash va unga nisbatan daʼvoni taʼminlash boʻyicha boshqa choralarni qoʻllashga, xoʻjalik sudining hal qiluv qarorini majburiy ijro etish tartibida undiruvni shu mol-mulkka qaratishga, agar Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida yoki xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan boʻlsa, tegishli davlatning vakolatli organlari roziligi bilangina yoʻl qoʻyiladi.
Xalqaro tashkilotlarning sud immuniteti Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi.
225-modda. Chet davlat sudi tomonidan ayni bir shaxslar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizolar yuzasidan ishlarni koʻrishning protsessual oqibatlari
Agar chet davlatning vakolatli sudi Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudida daʼvo taqdim etilgunicha ishni koʻrishga qabul qilib, ayni bir shaxslar oʻrtasida, ayni bir predmet toʻgʻrisida va ayni bir asoslar boʻyicha nizo yuzasidan ishni koʻrgan yoki shu ish boʻyicha qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori qabul qilgan boʻlsa, xoʻjalik sudi daʼvoni koʻrmasdan qoldiradi yoki ish yuritishni tugatadi. Agar chet davlatning sudi tomonidan qabul qilinadigan yoki qabul qilingan hal qiluv qarori Oʻzbekiston Respublikasi hududida tan olinishi yoki ijro etilishi mumkin boʻlmasa yoxud tegishli ish Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik sudining mutlaq vakolatida boʻlsa, shunday oqibatlar kelib chiqmaydi.
226-modda. Sud topshiriqlari
Xoʻjalik sudi ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisida chet davlatlar sudlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari yoki xalqaro shartnomalarida belgilangan tartibda oʻziga berilgan topshiriqlarni (chaqiruv qogʻozlarini va boshqa hujjatlarni topshirish, yozma dalillar olish, ekspertiza oʻtkazish, joyni koʻzdan kechirish va boshqalarni) ijro etadi.
Topshiriq quyidagi hollarda ijro etilmaydi:
1) topshiriqni ijro etish Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetiga zid boʻlsa yoki uning xavfsizligiga tahdid solsa;
2) topshiriqni ijro etish xoʻjalik sudining vakolatiga kirmasa.
Xoʻjalik sudi tomonidan ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlarni ijro etish, agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida boshqacha tartib belgilangan boʻlmasa, ushbu Kodeksda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Xoʻjalik sudlari chet davlatlarning sudlariga ayrim protsessual harakatlarni bajarish toʻgʻrisidagi topshiriqlar bilan belgilangan tartibda murojaat qilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qarang: mazkur Kodeksning 74-moddasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 2013-yil 24-maydagi 248-sonli “Chet davlat sudi yoki hakamlik qarorini tan olish va ijroga qaratish hamda chet davlat sudining topshirigʻini ijro etish toʻgʻrisidagi ishlarning xoʻjalik sudlari tomonidan koʻrilishida qonun hujjatlarini qoʻllashning ayrim masalalari haqida”gi qarorining 16.2 – 16.8-bandlari.