1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.99.00 Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkatlari)]
[TSZ:
1.Iqtisodiyot / Qishloq xoʻjaligi]
Oʻzbekiston Respublikasining qonuni
QISHLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVI (SHIRKAT XOʻJALIGI) TOʻGʻRISIDA
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi OʻRQ-995-sonli “Qishloq xoʻjaligi kooperativi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2025-yil 12-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Ushbu Qonun qishloq xoʻjaligi kooperativlarini (shirkat xoʻjaliklarini) tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi hamda tugatilishining huquqiy asoslarini, huquq va majburiyatlarini belgilaydi, ularning boshqa yuridik va jismoniy shaxslar bilan oʻzaro munosabatlarini tartibga soladi.
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR
1-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tovar qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish uchun pay usuliga va asosan oila (jamoa) pudratiga, fuqarolarning ixtiyoriy ravishda birlashishiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xoʻjalik yurituvchi subyektdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
2-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisidagi qonunchilik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarini (shirkat xoʻjaliklarini) tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq munosabatlar ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan tartibga solinadi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining IV bobi.
[OKOZ:
1.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) faoliyatining prinsiplari
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) faoliyati quyidagi prinsiplarga asoslanadi:
kooperativga (shirkatga) aʼzolikning ixtiyoriyligi va undan erkin chiqish mumkinligi;
kooperativ (shirkat) faoliyatida aʼzolarning oʻz mehnati bilan ishtirok etishi shartligi;
mahsulot yetishtirish va mehnatni xoʻjalik ichida asosan oila (jamoa) shartnomasi asosida tashkil etish;
kooperativ (shirkat) aʼzolarining mehnatiga ishlab chiqargan mahsuloti (bajargan ishi) hajmiga, sifatiga qarab haq toʻlash;
yakuniy daromadni (foydani) kooperativ (shirkat) aʼzolari oʻrtasida ularning mulkiy paylariga muvofiq taqsimlash;
boshqaruvning demokratik xususiyati, qarorlar qabul qilishda huquqlar tengligi (kooperativning (shirkatning) bir aʼzosi — bir ovozga ega boʻlishi);
kooperativ (shirkat) ustavida nazarda tutilgan tartibda uning ishi ustidan kooperativ (shirkat) aʼzolarining nazorat qilishi;
yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalanish, yerlarning muhofaza qilinishini va tuproq unumdorligining oshirilishini taʼminlash.
4-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) faoliyat turlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) faoliyatining asosiy turi qishloq xoʻjalik mahsuloti yetishtirishdir.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish bilan bir qatorda kooperativning (shirkat xoʻjaligining) oʻz hududida ham, shuningdek undan tashqarida ham qishloq xoʻjalik xom ashyosini qayta ishlash, oziq-ovqat mahsulotlari, xalq isteʼmol mollari, ishlab chiqarish-texnika ahamiyatiga ega boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarish, savdo-sotiq, taʼmirlash va qurilish ishlari, yuridik va jismoniy shaxslarga xizmat koʻrsatish, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyat turlari bilan shugʻullanishga haqli.
(4-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
5-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) tashkil etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) uning muassislari tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etiladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining soni kooperativ (shirkat) faoliyati ixtisoslashuvidan kelib chiqib uning ustavida belgilab qoʻyiladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) qonunchilikda belgilangan tartibda davlat xizmatlari markazida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab tashkil etilgan deb hisoblanadi va yuridik shaxs huquqlariga ega boʻladi.
(5-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 16-yanvardagi OʻRQ-896-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) mustaqil balansga, bank muassasasida hisob-kitob varaqlariga va boshqa hisobvaraqlarga ega boʻladi, shuningdek oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻlishga haqli.
(5-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi OʻRQ-531-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)
6-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) ustavi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Ustav qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) faoliyatini tartibga soluvchi asosiy huquqiy hujjatdir. Ustavda quyidagilar belgilanadi:
kooperativning (shirkatning) nomi va joylashgan yeri;
faoliyat sohasi va maqsadi;
kooperativga (shirkatga) kirish va undan chiqish tartibi;
kooperativ (shirkat) muassislarining tarkibi va aʼzolarining soni;
kooperativ (shirkat) aʼzolarining huquq va majburiyatlari;
boshqaruv organlari, ularni shakllantirish tartibi va ularning vakolatlari;
kooperativning (shirkatning) pay, boʻlinmas va boshqa jamgʻarmalarining miqdori va ularni shakllantirish tartibi;
kooperativ (shirkat) aʼzolarining mehnatda ishtirok etishi va ular mehnatiga haq toʻlashning koʻproq oila (jamoa) pudratiga asoslangan shakllari;
kooperativ (shirkat) daromadlarini (foydasini) taqsimlash, shu jumladan mulkiy paylar boʻyicha dividendlar toʻlash uchun taqsimlash tartibi;
kooperativni (shirkatni) qayta tashkil etish va tugatish tartibi.
Ustavga kooperativ (shirkat) faoliyati bilan bogʻliq, qonunchilikka zid boʻlmagan boshqa qoidalar ham kiritilishi mumkin.
(6-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) ustavi muassislar tomonidan taʼsis yigʻilishida qabul qilinadi, unga oʻzgartishlar kooperativ (shirkat) aʼzolarining umumiy majlisida kiritiladi. Ustavga kiritilgan oʻzgartishlar toʻgʻrisidagi axborot kooperativni (shirkatni) davlat roʻyxatidan oʻtkazgan organga bir haftalik muddat ichida taqdim etiladi.
2-BOB. QISHLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVINING (SHIRKAT XOʻJALIGINING) AʼZOLARI
7-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzo boʻlib kirish va unga aʼzolik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Yoshi 16 ga toʻlgan, kooperativ (shirkat) ustavini tan oluvchi va uning talablariga rioya etuvchi, kooperativ (shirkat) faoliyatida va uning jamgʻarmalarini shakllantirishda ishtirok etuvchi jismoniy shaxslar qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzosi boʻlishlari mumkin.
Yuridik shaxslar ham qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) jamoa aʼzolari boʻlishlari mumkin. Kooperativlar (shirkatlar) va ularning jamoa tarzidagi aʼzolari oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlar shartnoma asosida olib boriladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzo boʻlib kirish berilgan ariza asosida amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvining (raisining) kooperativga (shirkatga) qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori kooperativning (shirkatning) umumiy majlisida ariza bergan shaxsning ishtirokida tasdiqlanishi lozim. Bunday qarorni qabul qilish va uni tasdiqlash tartibi kooperativ (shirkat) ustavida belgilanadi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzolik undan vaqtincha chiqib ketgan shaxslar uchun quyidagi hollarda saqlanib qoladi:
haqiqiy muddatli harbiy xizmatni oʻtayotganda;
davlat va jamoat organlariga saylab qoʻyiladigan lavozimga saylanganda;
ishlab chiqarishdan ajralgan holda oʻqishga kirganda;
boshqa qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga), xoʻjaliklararo va boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvi tomonidan belgilangan muddatga ishga yoʻllanganda.
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) aʼzolari qarilik yoki nogironlik boʻyicha ishni toʻxtatsa, uning umumiy majlisi qarori bilan belgilangan asos va shartlarda oʻzlarining kooperativga (shirkatga) aʼzoliklarini saqlab qoladilar.
8-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining huquq va majburiyatlari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolari quyidagi huquqlarga ega:
kooperativ (shirkat) ishlarini boshqarishda ishtirok etish;
kooperativning (shirkatning) boshqaruv organlariga saylash va saylanish;
kooperativ (shirkat) xizmatlaridan foydalanish;
oʻz mehnati natijalariga muvofiq daromadlar olish;
mulkiy payga muvofiq dividendlar olish.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolari ustavga rioya etishlari, kooperativning (shirkatning) umumiy majlisi va boshqaruvi qarorlarini bajarishlari shart.
Qonunchilikda qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarining boshqa huquq va majburiyatlari ham nazarda tutilishi mumkin.
(8-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
9-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzolikni tugatish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzolik quyidagi hollarda tugatiladi:
kooperativ (shirkat) aʼzoligidan ixtiyoriy ravishda chiqilganda;
kooperativ (shirkat) faoliyatida mehnati bilan ishtirok etish tugatilganda;
kooperativ (shirkat) aʼzoligidan uning ustavida belgilangan hollarda va tartibda chiqarilganda;
boshqaruvning (raisning) qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkatga) qabul qilish toʻgʻrisidagi qarori umumiy majlisda tasdiqlanmaganda;
kooperativ (shirkat) xoʻjalik yuritishning boshqa shakllariga oʻzgartirilib qayta tashkil etilganda yoki kooperativ (shirkat) tugatilganda.
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) aʼzolikni tugatish tartibi uning ustavida belgilanadi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzoligidan chiqarish ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
3-BOB. QISHLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVI (SHIRKAT XOʻJALIGI) BOSHQARUV ORGANLARI
10-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) boshqarish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) boshqarish oʻzini oʻzi boshqarish, oshkoralik, kooperativ (shirkat) faoliyati masalalarini hal etishda uning aʼzolari ishtirok etishi asosida amalga oshiriladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) yuqori boshqaruv organi umumiy majlis boʻlib, u raisni, boshqaruvni, taftish komissiyasini (taftishchini) saylaydi, kooperativni (shirkatni) joriy boshqarish boʻyicha oʻz vakolatlarini ularga berib qoʻyadi.
11-modda. Umumiy majlis
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) umumiy majlisi:
kooperativning (shirkatning) ustavini qabul qiladi va unga belgilangan tartibda oʻzgartishlar kiritadi;
kooperativning (shirkatning) raisini, kooperativning (shirkatning) boshqaruvini va taftish komissiyasini (taftishchini) saylaydi va ularni chaqirib oladi, ularning faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi va faoliyatiga baho beradi;
kooperativ (shirkat) aʼzoligiga qabul qilish, aʼzolikdan chiqarish toʻgʻrisidagi masalalarni, shuningdek kooperativ (shirkat) aʼzoligidan chiqish bilan bogʻliq masalalarni hal etadi;
kooperativning (shirkatning) ichki mehnat tartibi qoidalarini hamda mehnatga haq toʻlash tartibini belgilaydi;
kooperativ (shirkat) faoliyatining biznes-rejalarini va ularning ijrosi toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
daromadni (foydani) taqsimlash tartibini, kooperativning (shirkatning) boʻlinmas, pay va boshqa jamgʻarmalari turlarini, miqdorini va ulardan foydalanish yoʻnalishlarini belgilaydi;
(11-modda birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
kooperativni (shirkatni) qayta tashkil etish va tugatish, uning uyushmalar, jamiyatlar, agrofirmalar va boshqa birlashmalarga kirishi va ulardan chiqishi masalalarini hal etadi.
Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan masalalarni hal qilish qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) umumiy majlisining mutlaq vakolatiga kiradi. Uning mutlaq vakolati jumlasiga kooperativning (shirkatning) ustaviga yoki umumiy majlisining qaroriga muvofiq kooperativ (shirkat) faoliyatining boshqa masalalari ham kiritilishi mumkin.
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) har bir aʼzosi, shu jumladan jamoa aʼzosi oʻzining mulkiy ulushi miqdoridan qatʼi nazar ovoz berishda bitta ovozga ega boʻladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslar umumiy majlisda maslahat ovozi huquqi bilan ishtirok etadilar.
Umumiy majlis har yili moliya yili tugaganidan keyin oʻtkaziladi. U qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvining (raisining) qaroriga binoan yoki kooperativ (shirkat) aʼzolari kamida uchdan bir qismining tashabbusi bilan navbatdan tashqari chaqirilishi mumkin.
Aʼzolarining soni besh yuz kishidan ortiq boʻlgan yirik qishloq xoʻjaligi kooperativlarida (shirkat xoʻjaliklarida) umumiy majlis vakolatiga kiradigan masalalarni hal qilish uchun, ustavda nazarda tutilgan hollarda, vakillar majlisi chaqirilishi mumkin.
12-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) boshqaruvi va raisi
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) boshqaruvi:
kooperativ (shirkat) faoliyatining biznes-rejalarini ishlab chiqadi va umumiy majlis tasdigʻiga kiritadi;
kooperativ (shirkat) aʼzolarining umumiy majlisini chaqiradi va majlis tomonidan qabul qilingan qarorlar bajarilishini nazorat qiladi;
kooperativning (shirkatning) joriy xoʻjalik faoliyati masalalarini uning ustaviga muvofiq hal etadi;
kooperativga (shirkatga) yangi aʼzolar qabul qilish va aʼzolikni tugatish toʻgʻrisidagi qarorni umumiy majlis tasdigʻiga kiritadi;
kooperativning (shirkatning) mol-mulki saqlanishini taʼminlaydi hamda yetkazilgan zararning oʻrni qoplanishiga doir choralarni koʻradi;
zarurat boʻlganda mustaqil auditorlik tekshirishlari oʻtkazilishini tashkil etadi;
(12-modda birinchi qismining sakkizinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuniga muvofiq chiqarilgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
(12-moddaning birinchi qismining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni bilan chiqarib tashlangan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
kooperativ (shirkat) ustavida nazarda tutilgan boshqa masalalarni hal etadi.
Boshqaruv aʼzolarining soni qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) ustavida belgilanadi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) boshqaruvining aʼzolari oʻz tarkibidan kooperativning (shirkatning) ustaviga muvofiq kooperativ (shirkat) raisining oʻrinbosarini va boshqaruv kotibini saylashlari mumkin.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) raisi boshqaruvga rahbarlik qiladi. Kooperativ (shirkat) raisini saylash va chaqirib olish tartibi, shuningdek uning vakolatlari kooperativ (shirkat) ustavida belgilanadi.
13-modda. Taftish komissiyasi (taftishchi)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Taftish komissiyasi (taftishchi) qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining), boshqaruvning moliyaviy hamda xoʻjalik faoliyatini tekshiradi va u umumiy majlisga hisobdordir. Taftish komissiyasi aʼzolarining soni kooperativning (shirkatning) ustavida belgilanadi.
Umumiy majlis qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) va uning boshqaruvining moliya-xoʻjalik faoliyatini tekshirish uchun belgilangan tartibda auditor yoki auditorlik tashkilotini jalb etishga haqli.
4-BOB. QISHLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVIGA (SHIRKAT XOʻJALIGIGA) YER UCHASTKALARI BERISH. YERDAN FOYDALANISH VA SUV ISTEʼMOLI
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yil 25-dekabrdagi OʻRQ-240-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 555-modda)
14-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) yer uchastkalari berish. Yerdan foydalanish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.08.00 Qishloq xoʻjaligida ijara]
Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlar qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga) belgilangan maqsadda tovar qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishini yuritish uchun ellik yilgacha boʻlgan, lekin oʻttiz yildan kam boʻlmagan muddatga ijaraga beriladi.
Yer uchastkalaridan oqilona va samarali foydalanayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) qoʻshimcha ravishda ijaraga yoki vaqtincha foydalanish uchun yer uchastkalari olishlari mumkin.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlariga (shirkat xoʻjaliklariga) berilgan yerlar jamoat egaligidagi yerlardan, shuningdek fuqarolarga dehqon xoʻjaligini yuritish uchun berib qoʻyilgan yerlardan iborat boʻladi hamda ulardan faqat belgilangan maqsadda foydalaniladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) berib qoʻyilgan yer uchastkalari xususiylashtirilishi va oldi-sotdi, garov, hadya, ayirboshlash obyektlari boʻlishi mumkin emas. Bu yer uchastkalari fermer va dehqon xoʻjaliklari yuritish uchun belgilangan tartibda berilishi mumkin. Qishloq xoʻjalik kooperativining (shirkat xoʻjaligining) foydalanilmayotgan yerlari boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ikkilamchi ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga uch yilgacha boʻlgan muddatga yerdan foydalanishni yangi muddatga uzaytirish huquqi bilan berilishi mumkin.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 53, 55-moddalariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 30-oktabrda 476-son qarori bilan tasdiqlangan Yer uchastkalarini fermer xoʻjaliklariga uzoq muddatli ijaraga berish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga qarang.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) xodimlariga dehqon xoʻjaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga yer uchastkalarini ajratish qonunchilikda nazarda tutilgan oʻlchamlar va tartibda amalga oshiriladi.
(14-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 55-moddasiga, Oʻzbekiston Respublikasining “Dehqon xoʻjaligi toʻgʻrisida”gi Qonunining 8 va 9-moddalariga qarang.
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) yer uchastkasiga boʻlgan huquqi ular uyushmalar, jamiyatlar, agrofirmalar va boshqa birlashmalar tarkibiga kirganida ham saqlanib qoladi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) yerdan foydalanish sohasidagi huquq va majburiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 39, 40 va 48-moddalariga qarang.
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) berilgan yer uchastkalarini olib qoʻyish belgilangan kafolatlarga rioya etilgan holda qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston respublikasi Yer kodeksining 41-moddasiga qarang.
(14-moddaning yettinchi va sakkizinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
15-modda. Yer uchastkalarini oila (jamoa) pudrati shartnomasi shartlari asosida berish
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.01.00 Asosiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) umumiy majlisning qaroriga asosan yer uchastkalari, qoida tariqasida, oilalarga (jamoalarga) qishloq xoʻjaligi mahsuloti yetishtirish uchun oila (jamoa) pudrati shartnomasi shartlari asosida vaqtincha foydalanishga kamida besh yil muddatga beriladi. Yer uchastkasidan foydalanish muddati tugaganidan keyin oilalar (jamoalar) oila (jamoa) pudrati shartnomasini yangi muddatga uzaytirish huquqiga egadir.
(15-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Oila (jamoa) pudrati shartlari asosida beriladigan yer uchastkalaridan qatʼiy belgilangan maqsadda foydalaniladi, bunda haydaladigan yerlar maydoni oʻlchamlarining kamaytirilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Yer uchastkasining oʻlchamlari va uning chegaralari taraflarning kelishuviga binoan oʻzgartirilishi mumkin.
Pudrat shartnomasi shartlari asosida olingan yer uchastkasini ijaraga yoki yordamchi pudratga berish taqiqlanadi.
Pudratchidan oila (jamoa) pudrati shartlari asosida berilgan yer uchastkasidan foydalanganlik uchun haq undirilmaydi.
(15-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Yer uchastkasi jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilgan taqdirda pudratchi zarar (shu jumladan boy berilgan foyda) va boshqa xarajatlar qonunchilikka muvofiq qoplanishini talab qilish huquqiga ega.
(15-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2022-yil 29-iyundagi OʻRQ-782-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son — 2022-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Yer uchastkalarini kompensatsiya evaziga jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyish tartib-taomillari toʻgʻrisida”gi Qonunining 4-bobi.
16-modda. Suv isteʼmoli
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.04.00 Suv xoʻjaligi balanslari. Suvdan foydalanish uchun limitlar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) uchun suv obyektlaridan suv olish limitlari vakolatli organlar tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.05.00.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.05.02.00 Suvdan foydalanish va muhofaza qilishni boshqarish va nazorat qilish]
Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) yetkazib berilayotgan suv sarfini hisobga olish tartibi, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq miqdori va uni toʻlash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonuniga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 19-martdagi 82-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oʻzbekiston Respublikasida suvdan foydalanish va suv isteʼmoli tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga qarang.
5-BOB. QISHLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVINING (SHIRKAT XOʻJALIGINING) MOL-MULKI
17-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) mulki
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) mustaqil balansida aks ettiriladigan asosiy jamgʻarmalar, aylanma mablagʻlar hamda boshqa boyliklar shu kooperativning (shirkatning) mulkidir.
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) mol-mulki asosiy jamgʻarmalar qiymati, yetishtirgan mahsuloti, uni sotishdan tushgan daromadlar (foyda), aʼzolarning pul va moddiy badallari, bank kreditlari, qimmatli qogʻozlar hisobidan hamda kooperativning (shirkatning) ustavida nazarda tutilgan boshqa faoliyat natijasida va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan hosil boʻladi. Kooperativ (shirkat) mol-mulkini shakllantirishda yuridik va jismoniy shaxslar shartnoma asosida pul va moddiy badallar kiritish yoʻli bilan ishtirok etishlari mumkin.
(17-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tomonidan tashkil etiladigan korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki, shuningdek xoʻjaliklararo korxonalar va tashkilotlarning mol-mulki ularning ulushli ishtirokiga muvofiq shu kooperativning (shirkatning) mulkidir.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Tarkibiga qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari), mulkchilikning turli shaklidagi boshqa korxonalar va tashkilotlar kirgan uyushmalarning mol-mulki ularning umumiy (ulushli) mulki hisoblanadi. Tarkibiga faqat kooperativlar (shirkatlar) kirgan uyushmalarning mol-mulki, agar uyushmalarning taʼsis hujjatlarida yoki qonunchilikda boshqacha tartib nazarda tutilgan boʻlmasa, shu kooperativlarga (shirkatlarga) umumiy (ulushli) mulk huquqi asosida qarashli boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) yuridik va jismoniy shaxslardan mol-mulkni qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda olish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish huquqiga ega.
(17-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
18-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) pay va boʻlinmas jamgʻarmalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) umumiy majlis qarori bilan quyidagilardan tarkib topadigan ustav jamgʻarmasi (kapitali) shakllantiriladi:
pay jamgʻarmasi;
tuproq unumdorligini oshirish tadbirlarini oʻtkazish, irrigatsiya inshootlarini saqlash, yangi irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlarini loyihalash va qurish, texnika olish, ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish, boshqa umumiy ijtimoiy va xoʻjalik vazifalarini hal etish uchun moʻljallangan boʻlinmas jamgʻarma.
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) pay jamgʻarmasi uning asosiy jamgʻarmalari qiymatini hamda majburiyatlaridan holi boshqa aktivlari qiymatini oʻz ichiga oladi, boʻlinmas jamgʻarmani shakllantirishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlar bundan mustasno.
(18-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
Pay va boʻlinmas jamgʻarmalarning miqdorlari qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) ustavida belgilab qoʻyiladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.06.00 Umumiy mulk / 03.08.06.01 Umumiy ulushli mulk]
Pay jamgʻarmasi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolariga umumiy ulushli mulk asosida, boʻlinmas jamgʻarma esa — umumiy birgalikdagi mulk asosida qarashli boʻladi.
19-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) mulkiy paylar
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Pay jamgʻarmasi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolari oʻrtasida mulkiy paylarga taqsimlanishi lozim.
Mulkiy pay qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) har bir aʼzosining kooperativ (shirkat) pay jamgʻarmasi qiymatidagi ulushini belgilaydi va kooperativ (shirkat) aʼzosiga kooperativning (shirkatning) yakuniy daromadidan (foydasidan) dividendlar tariqasida tegishli ulushni olish huquqini beradi.
Mulkiy pay miqdorini aniqlash, paylar boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi, shartlari qonunchilik bilan belgilanadi. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) har bir aʼzosi mulkiy payining aniq miqdori kooperativning (shirkatning) aʼzosiga mol-mulkning muayyan ulushiga hamda xoʻjalik oladigan umumiy daromadning (foydaning) tegishli qismiga boʻlgan uning huquqini mustahkamlab qoʻyuvchi, nomi yozilgan guvohnoma berilgan holda kooperativning (shirkatning) yuqori boshqaruv organi qarori bilan belgilanadi.
(19-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 15-iyulda 299-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi)da mulkiy paylarni shakllantirish, ularni taqsimlash va ular boʻyicha dividendlar toʻlash tartibi toʻgʻrisidagi Namunaviy nizomga va mulkiy pay toʻgʻrisidagi namunaviy guvohnomaga qarang.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) daromadining (foydasining) paylar boʻyicha dividendlar toʻlash uchun moʻljallangan qismi yil yakunlariga koʻra taqsimlanadi va mulkiy payning miqdoriga mutanosib ravishda toʻlanadi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzoligidan chiqish fermer xoʻjaligi yoki yangi qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tashkil etish maqsadida amalga oshirilgan hollarda mulkiy paylar qonunchilikka muvofiq ajratib beriladi.
(19-moddaning beshinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzosining mulkiy payini meros qilib olish qonunchilikda belgilangan tartibda faqat uning qiymatidagi ifodasida amalga oshiriladi.
(19-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining V-boʻlimiga (“Vorislik huquqi”) qarang.
6-BOB. QISHLOQ XOʻJALIGI KOOPERATIVI (SHIRKAT XOʻJALIGI) FAOLIYATINING ASOSLARI
20-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) ishlab chiqarish faoliyati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) oʻz faoliyati yoʻnalishlarini, ishlab chiqarishning tuzilishi va hajmlarini mustaqil ravishda belgilaydi.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) oʻzi yetishtirayotgan mahsulot sifatiga oid amaldagi normativlar va standartlarga, ekologiyaga, sanitariyaga oid hamda qonunchilikda belgilab qoʻyilgan boshqa talablar va qoidalarga rioya etishi shart.
Davlat organlari va tashkilotlarining hamda boshqa organlar va tashkilotlarning, shuningdek ular mansabdor shaxslarining qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) xoʻjalik faoliyatiga aralashuviga yoʻl qoʻyilmaydi, qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
(20-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlari Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining 18-moddasiga qarang.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.09.00 Pudrat / 03.11.09.01 Umumiy qoidalar. Maishiy pudrat]
Oila (jamoa) pudrati qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) ichki xoʻjalik ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etishning ustun shaklidir.
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
Oila (jamoa) pudrati shartnomasi har yili qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) raisi orqali mazkur kooperativ (shirkat) va oila boshligʻi (jamoaning vakolat berilgan vakili) oʻrtasida tuziladi.
(21-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
Oila (jamoa) pudrati shartnomasi boʻyicha oila (xodimlar guruhi) pudratchi sifatida muayyan qishloq xoʻjaligi mahsulotini yetishtirish va uni buyurtmachiga — qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) kelishilgan muddatlarda topshirish majburiyatini oladi, buyurtmachi esa, mazkur mahsulotni qabul qilish va uning uchun haq toʻlash majburiyatini oladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
Oila (jamoa) pudrati shartnomasida quyidagilar nazarda tutiladi:
yer uchastkasining oʻlchami, joylashgan manzili va holati;
yer uchastkasidan foydalanish shartlari, taraflarning almashlab ekish sxemasiga muvofiq qishloq xoʻjalik ekinlari hosildorligini va yer sifatini oshirish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish boʻyicha majburiyatlari;
yetishtiriladigan qishloq xoʻjaligi mahsulotining miqdori va turlari, uning sifati;
yetishtirilgan qishloq xoʻjaligi mahsulotining bahosi, unga haq toʻlash va uni realizatsiya qilish shartlari;
sugʻorish uchun suv va moddiy-texnika resurslari bilan pudratchini taʼminlash;
taraflarning shartnoma majburiyatlarini bajarmaganlik uchun javobgarligi va ularning xohishiga koʻra boshqa shartlar.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
Pudratchi, agar oila (jamoa) pudrati shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, ishlarni bajarish usullarini mustaqil ravishda belgilaydi, ularni oʻz kuchi va vositalari bilan amalga oshiradi. Buyurtmachi pudratchiga oila (jamoa) pudrati shartnomasida nazarda tutilgan hajmda va tartibda ishlarni bajarishda koʻmaklashishi shart. Koʻrsatilgan ishlarning bajarilishini moddiy-texnikaviy taʼminlash, agar oila (jamoa) pudrati shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan boʻlmasa, buyurtmachi tomonidan amalga oshiriladi. Ishlar tugaganidan keyin pudratchi buyurtmachi tomonidan berilgan moddiy-texnika resurslaridan foydalanilganlik toʻgʻrisida buyurtmachiga hisobot taqdim etishi, shuningdek ularning qoldigʻini buyurtmachiga qaytarishi yoxud pudratchidagi foydalanilmay qolgan moddiy-texnika resurslari qiymatini hisobga olgan holda haq toʻlanishi lozim boʻlgan ishlar qiymatini buyurtmachining roziligi bilan kamaytirishi shart.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.02 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatish (shuningdek, 03.12.16.00 ga qarang)]
Oila (jamoa) pudratida mehnatga haq toʻlash yakuniy natijalarga koʻra — yetishtirilgan mahsulotning shartnomada nazarda tutilgan miqdori, sifati va bahosiga qarab amalga oshiriladi. Shu bilan birga oila aʼzolari (pudratchilar) — pay egalari xoʻjalikning yil davomidagi faoliyati yakuniy natijalariga koʻra aniqlanadigan dividendlar oladilar.
22-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) mehnat
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.04.00 Qishloq xoʻjaligi xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari]
Qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) mehnat munosabatlari ushbu Qonun, boshqa qonun hujjatlari, kooperativning (shirkatning) ustavi va ichki ish tartibi bilan tartibga solinadi.
(22-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.04.00 Qishloq xoʻjaligi xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) ustavda belgilangan vazifalarni bajarish uchun kooperativ (shirkat) aʼzosi boʻlmagan shaxslarni mehnat shartnomasi boʻyicha ishga jalb etishi mumkin.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.04.00 Qishloq xoʻjaligi xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) kooperativ (shirkat) aʼzolari va yollangan xodimlarning mehnatiga haq toʻlash shakllari, tizimi va shartlarini qonunchilikka hamda oila (jamoa) pudratiga muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi.
(22-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.04.00 Qishloq xoʻjaligi xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolariga mulkiy paylar boʻyicha toʻlangan dividendlar mehnat haqi tarkibiga kiritilmaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.04.00 Qishloq xoʻjaligi xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) mehnatni muhofaza qilish, texnika xavfsizligi boʻyicha belgilangan normalar va qoidalarga, ishlab chiqarish sanitariyasi talablariga rioya etilishini taʼminlaydi.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.10.00.00 Ayrim toifadagi xodimlarning mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari / 05.10.04.00 Qishloq xoʻjaligi xodimlarining mehnatini (xizmatini) tartibga solishning xususiyatlari]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolarini va unda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarni ijtimoiy taʼminlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(22-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining XVI-bobiga (“Davlat ijtimoiy sugʻurtasi”), Oʻzbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya taʼminoti toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
23-modda. Mahsulotni qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tomonidan realizatsiya qilish tartibi
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) yetishtirilayotgan mahsulotni realizatsiya qilish uchun, shu jumladan davlat ehtiyojlarini koʻzlab realizatsiya qilish uchun yuridik va jismoniy shaxslar bilan ixtiyoriylik asosida xoʻjalik shartnomalari tuzish huquqiga ega.
(23-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 30-avgustdagi 535-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2003-y., 9-10-son, 149-modda)
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.21.00 Qishloq xoʻjaligi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Shartnoma majburiyatlari buzilgan taqdirda, taraflar qonunda yoki shartnomada belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 24-bobiga (“Majburiyatlarni buzganlik uchun javobgarlik”), Oʻzbekiston Respublikasining “Xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatining shartnomaviy-huquqiy bazasi toʻgʻrisida”gi Qonunining V-boʻlimiga (“Shartnoma majburiyatlarini buzganlik uchun javobgarlik”) qarang.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.01 Kontraktatsiya. Davlat ehtiyoji uchun qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini sotib olish va yetkazib berish (shuningdek, 03.11.01.05 ga qarang)]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) yetishtirilayotgan mahsulotni eksportga chiqarish, shuningdek chet ellik sheriklar bilan hisob-kitob qilish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(23-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 163-son qarori bilan tasdiqlangan Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizom.
24-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativiga (shirkat xoʻjaligiga) soliq solish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.09.00.00 Soliq qonunchiligi / 07.09.01.00 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) qonunchilikka muvofiq soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlaydi.
(24-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga qarang.
25-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) moddiy-texnikaviy taʼminlash, unga agrotexnik va boshqa xil xizmat koʻrsatish
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) moddiy-texnikaviy taʼminlash, unga agrotexnik va boshqa xil xizmat koʻrsatish raqobat toʻgʻrisidagi qonunchilikning talablarini hisobga olgan holda shartnoma asosida amalga oshiriladi.
(25-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Raqobat toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.03 Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini moddiy-texnik jihatdan taʼminlash]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) oʻziga zarur boʻlgan mol-mulk va ishlab chiqarish vositalarini birjalarda, yarmarkalarda, bozorlarda yuridik va jismoniy shaxslardan, aholidan olishga haqli.
26-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) kreditlash va sugʻurtalash
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) ishlab chiqarish ahamiyatiga molik obyektlar qurilishi, asosiy ishlab chiqarish vositalarini xarid etish uchun uzoq muddatli kreditlash va joriy ishlab chiqarish faoliyati uchun qisqa muddatli kreditlash kredit shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) tashkil etilgan paytda unga qarzlar va kreditlar berishda toʻlovga qobiliyatli yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek kooperativlarning (shirkatlarning) oʻzlari oʻz mol-mulkini garovga qoʻyib kafil boʻlishlari mumkin.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) oʻziga qarashli va ijaraga olingan ishlab chiqarish vositalarining, qishloq xoʻjalik ekinzorlarining (koʻchatzorlarining), koʻp yillik dov-daraxtlarning, yetishtirilgan yoki qayta ishlangan mahsulotning, xom ashyoning, materiallarning yoʻqotilishi (nobud boʻlishi), kam chiqishi yoki shikastlanishi xavfini, tadbirkorlik xavfini, shuningdek shartnomalarni buzganlik uchun oʻzining javobgarlik xavfini sugʻurta qildiradi hamda qonunchilikda belgilangan tartibda va shartlarda sugʻurta tovoni oladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Sugʻurta faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni.
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) uni iqtisodiy nochorlikka olib boradigan darajada zarar koʻrgan va toʻlovga qobiliyatsiz boʻlgan hollarda qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) sanatsiya qilish oʻtkazilishi yoki uning toʻlovga qobiliyatsizligi toʻgʻrisidagi masala qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqilishi mumkin.
(26-moddaning toʻrtinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi OʻRQ-911-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasining “Qishloq xoʻjaligi korxonalarini sanatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasining “Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Qonuniga qarang.
27-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) qishloq aholi punktlari ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish borasidagi faoliyati
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) qishloq aholi punktlari ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish, kooperativ (shirkat) aʼzolari va unda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning, shuningdek ular oilalarining madaniy-maishiy turmush sharoitlarini yaxshilash, ularning salomatligini mustahkamlash, boshqa ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish boʻyicha tadbirlarni amalga oshiradi. Bu maqsadlarda qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi):
ijtimoiy infratuzilma obyektlarini quradi va jihozlaydi;
qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) hududidagi aholi punktlarini obodonlashtirish, elektrlashtirish, gazlashtirish va ichimlik suv bilan taʼminlashni amalga oshiradi, kooperativ (shirkat) aʼzolari va xodimlariga xizmat koʻrsatuvchi kichik korxonalarni rivojlantirishga koʻmaklashadi;
oʻz aʼzolarining dehqon xoʻjaliklarini rivojlantirishga ularga urugʻlik, koʻchat, yosh qoramollar va parrandalar realizatsiya qilish, agrotexnika va veterinariya xizmati koʻrsatish, yetishtirilgan qishloq xoʻjalik mahsulotini realizatsiya qilishda koʻmaklashish yoʻli bilan yordam beradi;
atrof muhitni muhofaza qilish, ekologik vaziyatni yaxshilash tadbirlarini amalga oshiradi;
kooperativda (shirkatda) davolash va profilaktika tadbirlarini oʻtkazishda sogʻliqni saqlash organlariga yordam beradi;
ijtimoiy sohani rivojlantirish boʻyicha kooperativ (shirkat) ustavida nazarda tutilgan boshqa tadbirlarni amalga oshiradi.
28-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativlarining (shirkat xoʻjaliklarining) birlashmalari
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativlari (shirkat xoʻjaliklari) ixtiyoriylik asosida, shu jumladan ulush (pay) asosida mahsulotni yetishtirish, xarid qilish, qayta ishlash va uni sotish, moddiy-texnika taʼminoti, qurilish, xizmat koʻrsatishning texnikaviy, suv xoʻjaligiga, veterinariya, agrokimyo, maslahat berishga oid va boshqa turlari boʻyicha qonunchilikda belgilangan tartibda birlashish, uyushmalar, jamiyatlar, agrofirmalar va boshqa birlashmalarga birlashish, kirish huquqiga ega.
(28-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Batafsil maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 77-moddasiga qarang.
29-modda. Hisobga olish va hisobot
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.17.00 Qishloq xoʻjaligidagi shartnomalar / 09.14.17.05 Agrosanoat ishlab chiqarish sohasidagi kreditlash, hisob-kitob, sugʻurta (shuningdek, 07.22.06.01 ga qarang)]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) qonunchilikda belgilangan tartibda hisob-kitob ishlarini yuritadi hamda mahalliy statistika va soliq organlariga hisobot taqdim etadi.
(29-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi direktorining 2023-yil 9-oktabrdagi 39-mb-son “Statistika hisoboti shakllarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi buyrugʻi.
7-BOB. YAKUNIY QOIDALAR
30-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) qayta tashkil etish hamda tugatish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) qayta tashkil etish qonunchilikda va kooperativ (shirkat) ustavida belgilangan tartibda qoʻshib yuborish, qoʻshib olish, boʻlish, ajratib chiqarish va oʻzgartirish shaklida amalga oshiriladi.
(30-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49—52-moddalariga qarang.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi):
umumiy majlis qaroriga binoan;
qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda sudning qaroriga binoan tugatiladi.
(30-modda ikkinchi qismining uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Qishloq xoʻjaligi kooperativini (shirkat xoʻjaligini) tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(30-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qoʻshimcha maʼlumot uchun Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 53—56-moddalariga qarang.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.08.00.00 Mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar / 03.08.01.00 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) kreditorlar daʼvolari qanoatlantirilganidan keyin qolgan mol-mulki qiymati uning aʼzolari oʻrtasida taqsimlanadi.
31-modda. Nizolarni hal etish
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.02.00 Yuridik shaxslarni tashkil etish, qayta tashkil etish va tugatish. Yuridik shaxslarni davlat roʻyxatiga olish]
Qishloq xoʻjaligi kooperativlarini (shirkat xoʻjaliklarini) tashkil etish, ularning faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi bilan bogʻliq nizolar qonunchilikka muvofiq hal etiladi.
(31-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
32-modda. Majburiyatlar boʻyicha javobgarlik
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.03.00.00 Yuridik shaxslar / 03.03.05.00 Xoʻjalik shirkatlari va jamiyatlari / 03.03.05.01 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) oʻz majburiyatlari boʻyicha oʻziga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradi. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) kooperativ (shirkat) aʼzolarining majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
[OKOZ:
1.11.00.00.00 Atrof tabiiy muhit va tabiiy resurslar / 11.03.00.00 Yerdan foydalanish va muhofaza qilish / 11.03.14.00 Yer uchastkalari mulkdorlari, yer egalari va yerdan foydalanuvchilarning huquq va majburiyatlari]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) aʼzolari qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) majburiyatlari boʻyicha oʻz mol-mulklari bilan javob bermaydilar.
Davlat qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) majburiyatlari boʻyicha, qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) esa davlatning majburiyatlari boʻyicha javob bermaydi.
33-modda. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlik uchun javobgarlik
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.21.00 Qishloq xoʻjaligi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.01.00 Umumiy qoidalar]
Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) kooperativ (shirkat) aʼzolarining va unda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning hayoti va sogʻligiga ular mehnat majburiyatlarini bajarish chogʻida yetkazilgan zarar uchun qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.12.00.00 Zarar yetkazilganligi oqibatidagi majburiyatlar / 03.12.02.00 Fuqaroning hayoti yoki sogʻligʻiga yetkazilgan zararni undirish]
Xodimning mehnat majburiyatlarini bajarishi munosabati bilan uning hayoti va sogʻligʻiga yetkazilgan zarar uchun javobgar boʻlgan qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) mablagʻ boʻlmagan yoxud yetarli boʻlmagan taqdirda, undirilishi lozim boʻlgan summalar qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda davlat tomonidan toʻlanadi. Qishloq xoʻjaligi kooperativi (shirkat xoʻjaligi) fermer xoʻjaliklari etib qayta tashkil etilgan hollarda, mazkur summalar qayta tashkil etilayotgan qishloq xoʻjaligi kooperativida (shirkat xoʻjaligida) mablagʻ bor yoki yoʻqligidan qatʼi nazar Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga muvofiq toʻlanadi.
[OKOZ:
1.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.14.00.00 Qishloq xoʻjaligi / 09.14.21.00 Qishloq xoʻjaligi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik]
Qishloq xoʻjaligi kooperativining (shirkat xoʻjaligining) va uning aʼzolarining, shuningdek unda mehnat shartnomasi asosida ishlayotgan shaxslarning yerdan belgilangan maqsadda va samarali foydalanmaganlik uchun javobgarligi qonunchilik bilan belgilanadi.
(33-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 60, 65, 67—69-moddalariga, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 197-moddasiga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 30-aprel,
600-I-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 5-6-son, 84-modda; 2003-y., 9-10-son, 149-modda; 2004-y., 1-2-son, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 513-modda; 2009-y., 52-son, 555-modda; 2013-y., 1-son, 1-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 30.06.2022-y., 03/22/782/0576-son; 16.01.2024-y., 03/24/896/0037-son; 22.02.2024-y., 03/24/911/0142-son)