

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                        <div class="act_warning">
                            Hujjat kuchini yo‘qotgan&nbsp;20.02.2023
                        </div>
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><div name="onLBC-1641542" id="onLBC-1641542">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC7629"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">17.00.00.00 Odil sudlov / 17.06.00.00 Iqtisodiy protsessual qonunchilik / 17.06.02.00 Iqtisodiy sudida birinchi instansiyada ish yuritish]</span></div></div></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><div name="onLS-1641542" id="onLS-1641542">[<b>TSZ:</b><div id="LS3807"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Fuqarolik va xoʻjalik sud ish yurituvi]</span></div></div></div><div class="ACCEPTING_BODY"><div name="-1641548" id="-1641548">Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining</div></div><div class="ACT_FORM"><div name="-1641549" id="-1641549">Qarori</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4334837" id="-4334837"></div></div><div class="ACT_TITLE"><div name="-4334838" id="-4334838">Iqtisodiy sudning hal qiluv qarori toʻgʻrisida</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4334846" id="-4334846">(qaror nomi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782058">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1641551" id="-1641551"></div></div><div class="COMMENT"><label id="s527"></label><div class="COMMENTLEXUZ"><img src="/image/favicon.gif" /> LexUZ sharhi</div><div name="-6415179" id="-6415179">Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023-yil 20-fevraldagi 6-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining ayrim qarorlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish hamda baʼzi qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi <a href="/mact/-6402535?ONDATE=20.02.2023 00#-6403254">qaroriga</a> asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4335082" id="-4335082"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4335093" id="-4335093">Iqtisodiy sudlar tomonidan hal qiluv qarorlari (bundan buyon matnda qaror deb yuritiladi) qabul qilishda iqtisodiy protsessual qonunchiligini toʻgʻri va bir xilda qoʻllashni, ularning qonuniyligi va asoslantirilganligini taʼminlash, ularni rasmiylashtirishda shakliy, ketma-ketlik va kasbiy madaniyatga oid kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi “Sudlar toʻgʻrisida”gi Qonunining <a href="/mact/-68532#-70985">47-moddasiga</a> asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumi qaror qiladi:</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4335101" id="-4335101">(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782062">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4335113" id="-4335113"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4335118" id="-4335118">1. Iqtisodiy sudlarning (bundan buyon matnda sudlar deb yuritiladi) eʼtibori qarorning odil sudlovning konstitutsiyaviy asoslarini amalga oshiradigan va Oʻzbekiston Respublikasi nomidan qabul qilinadigan hujjat sifatida qonuniy va asoslantirilgan boʻlishi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining (bundan buyon matnda IPK deb yuritiladi) 18-bobi talablariga soʻzsiz va qatʼiy rioya etilishi shart ekanligiga qaratilsin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5430038" id="-5430038"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5430041" id="-5430041">Sud tomonidan qabul qilingan qaror moddiy va protsessual huquq normalari bilan toʻliq mos kelishi, ish hujjatlari va sud aniqlagan holatlarga muvofiq boʻlishi kerak. Qayd etilgan talablarga rioya etmaslik IPKning <a href="/mact/-3523891#-3534013">279</a> va <a href="/mact/-3523891#-5232493">302-moddalariga</a> muvofiq qarorning bekor qilinishi yoki oʻzgartirilishi uchun asos boʻlishi mumkin. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5430045" id="-5430045">(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli <a href="/mact/-5426355?ONDATE=20.04.2021 00#-5426590">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4335181" id="-4335181">Sud tomonidan IPKning <a href="/mact/-3523891#-3531113">177-moddasida </a>nazarda tutilgan barcha masalalarni hal etmaydigan, yuzaki, asoslantirilmagan qarorlarning qabul qilinishi mumkin emas.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4335188" id="-4335188">(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782063">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641916" id="-1641916">2. Qaror protsessual huquq normalariga aniq rioya etilgan va nizoli huquqiy munosabatga nisbatan qoʻllanilishi lozim boʻlgan moddiy huquq normalariga toʻliq mos holda qabul qilingan taqdirda qonuniy hisoblanadi. Agar qonunosti normativ hujjatlarida yoki shartnomada belgilangan ayrim qoidalarning qonunga zidligi aniqlansa, sud qaror chiqarishda qonunga asoslanadi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4335194" id="-4335194"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4335204" id="-4335204">Nizoli munosabatni tartibga soluvchi huquq normalari boʻlmagan taqdirda, sud IPKning 13-moddasi <a href="/mact/-3523891#-3527143">uchinchi qismiga </a>muvofiq shunga oʻxshash munosabatlarni tartibga soladigan huquq normalarini tatbiq etadi, bordi-yu, bunday normalar ham boʻlmasa, nizoni qonunlarning umumiy asoslari va mazmuniga tayanib hal etadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4335210" id="-4335210">(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782069">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641918" id="-1641918">3. Qaror qachonki, unda ish uchun ahamiyatli barcha holatlar bayon etilgan va taraflarning huquq va majburiyatlari haqidagi xulosalarini tasdiqlovchi dalillar keltirilgan boʻlsa, asoslantirilgan hisoblanadi. Qaror ish holatlari haqidagi taxminlarga asoslangan boʻlishi mumkin emas.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336036" id="-4336036"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336044" id="-4336044">Qaror dalillarga uning daxldorligi va yoʻl qoʻyilishliligi, ishonchliligi va yetarlilik haqidagi IPKning <a href="/mact/-3523891#-3528549">69 —</a> <a href="/mact/-3523891#-3528652">75-moddalari </a>talablarini inobatga olgan holda asoslantirilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336052" id="-4336052">(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782074">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336053" id="-4336053"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336055" id="-4336055">Yozma va ashyoviy dalillar, ekspertlarning xulosalari, mutaxassislarning maslahati (tushuntirishi), guvohlarning koʻrsatuvlari, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning tushuntirishlari dalillar boʻlishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336056" id="-4336056">(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782074">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641923" id="-1641923">Qarorning asosi uchun sud tomonidan muhokama qilingan va baho berilgan dalillargina olinishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641925" id="-1641925">Qonunni buzgan holda olingan dalillar yuridik kuchga ega emas va qarorga asos qilib olinishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641927" id="-1641927">Sud ish uchun ahamiyatli boʻlgan u yoki bu holatni tasdiqlovchi dalillarni qayd etish bilan chegaralanmasdan, balki, ushbu dalillarning mazmunini ham bayon etishi shart.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641929" id="-1641929">Agar sud dalillarning har birini alohida va ularni birgalikda baholab, taqdim etilgan u yoki bu hujjatlar, taraflar vakillarining koʻrsatmalari, boshqa aniq maʼlumotlar taraflar oʻzlarining talab yoki eʼtirozlarini asoslagan holatlarni tasdiqlamasligini aniqlasa, u oʻzining bu haqdagi xulosasini qarorda ishonchli asoslashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641931" id="-1641931">Ekspertning xulosasi boshqa dalillarga nisbatan imtiyozga ega boʻlmaydi va sud uchun majburiy hisoblanmaydi. U boshqa dalillar bilan birgalikda baholanishi lozim. Ekspert xulosasiga baho qarorning asoslantiruvchi qismida berilishi kerak. Ekspert xulosasi bilan kelishmaganlikni sud asoslantirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641933" id="-1641933">Agar ekspertiza oʻtkazish bir necha ekspertlarga topshirilgan boʻlib, ekspert tekshiruvi masalalari boʻyicha alohida xulosalar berilsa, sud har bir ekspert xulosasi bilan kelishish yoki kelishmaslik asoslarini keltirishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641934" id="-1641934">Ekspertning sud majlisida bergan ogʻzaki izohi uning muqaddam taqdim etgan xulosasini tushuntirishga oid qismi boʻyichagina dalil boʻlishi mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641935" id="-1641935">Qarorda ekspert xulosasiga havola qilinganda ushbu xulosa bilan ish uchun ahamiyatli hisoblangan qaysi faktlar tasdiqlanganligi koʻrsatilishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641936" id="-1641936">Hech qanday dalil sud uchun oldindan belgilab qoʻyilgan kuchga ega emas. Javobgar tomonidan daʼvo tan olingan boʻlsa, qarorda bunga sud majlisida aniqlangan ishning haqiqiy holatlari inobatga olinib, baho berilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641940" id="-1641940">4. Qaror qabul qilishda sud quyidagilarni aniqlashi lozim:</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641945" id="-1641945">ishda ishtirok etuvchi shaxslar koʻrsatayotgan holatlar mavjud boʻlganmi va ular qanday dalillar bilan tasdiqlanadi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641946" id="-1641946">sudda ishni toʻgʻri hal etish uchun ahamiyatli boʻlgan boshqa aniq holatlar va ularni tasdiqlovchi dalillar aniqlanganmi;</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641947" id="-1641947">sud tomonidan aniqlangan holatlardan kelib chiquvchi nizoli huquqiy munosabatlarning xarakteri, shuningdek qaror qabul qilishda qoʻllanilishi lozim boʻlgan huquqiy normalar.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641948" id="-1641948">Sud qaysi qonun qoʻllanilishi lozimligi masalasini hal etishda ushbu nizo boʻyicha ishda ishtirok etuvchi shaxslarning vajlari bilan bogʻliq emas va ular havola etmagan qonunlarni qoʻllashga haqli. Taraflarning munosabatini toʻgʻri malakalash qonuniy qaror qabul qilishning majburiy shartidir.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1641949" id="-1641949"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336061" id="-4336061"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336068" id="-4336068">5. Sud qarorni bayon etishda IPKning <a href="/mact/-3523891#-3531153">179-moddasida </a>koʻrsatilgan ketma-ketlikka (kirish, bayon qilish, asoslantiruvchi va xulosa qismlarining mavjudligiga, ularning mazmuniga) rioya qilishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336073" id="-4336073">(5-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782080">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641954" id="-1641954">Keyinchalik qarorni ijro etishda noaniqliklar va nizolar boʻlmasligi uchun sud qarorida uning kirish, bayon qilish, asoslantiruvchi va xulosa qismlarini aniq ifodalashi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641956" id="-1641956">Qarorning kirish qismida qarorni qabul qilgan sudning nomi, sud tarkibi, ishning tartib raqami, sud muhokamasi sanasi va joyi, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning nomi, nizo predmeti, sud majlisida qatnashayotgan shaxslarning vakolatlari koʻrsatilgan holda familiyalari, shuningdek ishning yopiq yoki ochiq, sayyor sud majlisida koʻrib chiqilganligi koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641958" id="-1641958">Nizo yuridik shaxslar ishtirokida koʻrilganda, ularning nomlanishi qisqartirilmasdan, toʻliq koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1641959" id="-1641959">Qarorning bayon qilish qismi daʼvo arizaning (arizaning) qisqa bayonini, ishda ishtirok etuvchi shaxslarning daʼvo arizasi (arizasi) yoki unga eʼtirozlarga nisbatan oʻz talablarini oʻzgartirganliklari, sud tomonidan oʻtkazilgan harakatlar tavsifini oʻz ichiga olishi lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336082" id="-4336082"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336089" id="-4336089">Qarorning asoslantiruvchi qismida ishning sud tomonidan aniqlangan holatlari, sud xulosalari asoslanilgan dalillar, sud tomonidan u yoki bu dalilni rad etishga sabab boʻlgan vajlar, mazkur nizoni hal etishda sud tomonidan qoʻllanilgan moddiy va protsessual huquq normalari koʻrsatiladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336091" id="-4336091">(5-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782080">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336154" id="-4336154"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336182" id="-4336182">6. Ishda uchinchi shaxslar ishtirok etganda sudning qarorlarida IPKning <a href="/mact/-3523891#-3528169">47</a> va <a href="/mact/-3523891#-3528173">48-moddalariga </a>muvofiq nizo predmetiga nisbatan mustaqil talab bilan arz qilgan yoxud arz qilmagan uchinchi shaxsning protsessual maqomi aniq belgilanishi lozim. Shunga bogʻliq holda sud tomonidan qarorning asoslantiruvchi va xulosa qismi shakllantiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336198" id="-4336198">(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782086">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642005" id="-1642005">7. Daʼvogar tomonidan daʼvoning predmeti yoki asosi oʻzgartirilishining qarorda yoritilishi kerakligi inobatga olinishi lozim. Daʼvogarning daʼvo predmetini, asosini oʻzgartirishga boʻlgan xohishi yozma ravishda ifodalangan boʻlishi va sud majlisining bayonnomasida qayd etilishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642007" id="-1642007">Daʼvogar tomonidan daʼvoning predmeti yoki asosi oʻzgartirilgan holda sudlar qarorning xulosa qismida daʼvogarning daʼvo predmeti yoki asosini oʻzgartirish haqidagi arizasi qabul qilinganligini koʻrsatishlari kerak. Agar daʼvogar daʼvoning predmeti yoki asosini oʻzgartirish haqida ariza bergan sud majlisida nizo mazmunan koʻrilmasdan, ishni koʻrish qoldirilgan boʻlsa, u holda bunday arizani koʻrish natijasi ish koʻrishni qoldirish toʻgʻrisidagi ajrimda koʻrsatiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642012" id="-1642012">8. Sudlarning eʼtibori qarorning xulosa qismi sud muhokamasi predmeti hisoblangan barcha talablar boʻyicha tugallangan va yakuniy javobni oʻz ichiga olgan boʻlishi zarurligiga qaratilsin.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336215" id="-4336215"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336223" id="-4336223">Muqobil, shuningdek shart bilan qaror qabul qilishga, qarorni taraflar tomonidan kelgusida qandaydir harakatlarni bajarish, qandaydir holatning yuz berishi yoki yuz bermasligiga bogʻliq holda qabul qilishga <a href="/mact/-3523891">IPK</a>da nazarda tutilgan holatlardan tashqari, yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336238" id="-4336238">(8-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782088">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642021" id="-1642021">Bir necha javobgarlarga nisbatan qaror qabul qilishda qarorning xulosa qismida ularning har birining javobgarlik darajasi koʻrsatilgan yoxud ularning solidar javobgarligiga koʻrsatma aks ettirilgan boʻlishi lozim.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642024" id="-1642024">Dastlabki daʼvoni va qarshi daʼvoni toʻliq yoki qisman qanoatlantirgan qarorning xulosa qismida daʼvolarni oʻzaro hisobga olish natijasida undirilishi lozim boʻlgan summa koʻrsatiladi. Shu bilan birgalikda sud ishga jalb qilinmagan shaxslarning huquq va majburiyatlari haqidagi masalani hal etishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642027" id="-1642027">Pul mablagʻlarini undirish haqidagi qarorning xulosa qismi va uning asosida berilgan ijro varaqasi asosiy qarz, zararlar va neustoyka (jarima, penya) ajratilib aniqlangan holda undirilishi lozim boʻlgan mablagʻning umumiy miqdori va valyuta turini oʻz ichiga olishi kerak.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642031" id="-1642031">Mulkni talab etish, mulkka nisbatan mulkiy huquqni tan olish toʻgʻrisidagi qarorlarning xulosa qismida sud mulkning nomini, uning bahosini, joylashgan joyini, zarur hollarda esa nizoning xarakteridan kelib chiqqan holda boshqa ajratuvchi belgilarini koʻrsatishi kerak.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336247" id="-4336247"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336265" id="-4336265">Ijro hujjatini yoki undirish soʻzsiz tartibda amalga oshiriladigan boshqa hujjatni ijro etilishi mumkin emas deb topish toʻgʻrisidagi qarorning xulosa qismida IPKning <a href="/mact/-3523891#-3531261">182-moddasida </a>nazarda tutilgan maʼlumotlardan tashqari, ushbu hujjatni bergan organ ham koʻrsatilishi kerak.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336282" id="-4336282">(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782090">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642042" id="-1642042">Bitimni haqiqiy emas deb topish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganda sud oʻz tashabbusi bilan uning haqiqiy emasligi oqibatlarini, bu haqda qarorda koʻrsatgan holda, qoʻllashga haqli.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336329" id="-4336329"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336336" id="-4336336">9. Qaror u qonuniy kuchga kirgandan keyin ijro qilinadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336386" id="-4336386">(9-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782093">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336415" id="-4336415"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336432" id="-4336432">10. IPKning<a href="/mact/-3523891#-3535308"> 342-moddasida </a>nazarda tutilgan qaror ijrosini kechiktirish yoki uni boʻlib-boʻlib ijro etish, shuningdek uning ijro etish usuli va tartibini oʻzgartirish imkoniyati, bunga zaruriyat tugʻilganda, qaror qabul qilinishida ham amalga oshirilishi mumkin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336442" id="-4336442">(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782096">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336463" id="-4336463"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336467" id="-4336467">11. Sud tomonidan qabul qilingan qaror sudya tomonidan yozma ravishda bayon qilinishi hamda qoʻlda yozilishi yoki mashinkada, kompyuterda yoxud boshqa elektron uskunada terilgan boʻlishi mumkinligi inobatga olinishi lozim. Qaror sudya tomonidan imzolanadi va shundan keyin ish muhokamasi tugagan mazkur majlisda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga eʼlon qilinadi. Ushbu tartibga rioya qilish qarorning faqat xulosa qismi eʼlon qilingan holatda ham majburiydir. Ayni vaqtda raislik qiluvchi ishda ishtirok etuvchi shaxslar asoslantirilgan qaror bilan qachon tanishishlari mumkinligini eʼlon qiladi. Qonun hujjatlarida yozma shaklda tuzilishi belgilangan boʻlib, ogʻzaki eʼlon qilingan xulosa yoki yozma shaklda tuzilgan boʻlib, sudyaning imzosi mavjud boʻlmagan xulosa qaror hisoblanmaydi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336471" id="-4336471">Ishda ishtirok etuvchi shaxslar va iqtisodiy sudlov ish yurituvi boshqa ishtirokchilarining tushuntirishlari qarorda uchinchi shaxs nomidan keltiriladi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336474" id="-4336474">Qarorning qabul qilingan sanasi u sud majlisida eʼlon qilingan kun hisoblanadi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336487" id="-4336487">(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782097">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336494" id="-4336494"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336498" id="-4336498">12. Qaror sud tarkibi oʻzgarmagan holda, iqtisodiy sud ish yurituvi va sud muhokamasi tamoyillariga qatʼiy rioya etilgan shartlarda qabul qilinadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336500" id="-4336500">Qaror faqat sud muhokamasida qatnashgan sudya tomonidan qabul qilinishi mumkin. Ishni koʻrish jarayonida sudyani almashtirish zarurati tugʻilganda sud muhokamasi boshidan boshlanadi. </div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336503" id="-4336503">Ishni koʻrishda qatnashgan sudya tomonidan imzolanmagan yoki ishni koʻrishda qatnashmagan sudya tomonidan imzolangan qaror bekor qilinishi lozim.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336515" id="-4336515">(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782110">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1642130" id="-1642130"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336529" id="-4336529"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336552" id="-4336552">13. Sudlarga qoʻshimcha qaror chiqarishga IPK 189-moddasining <a href="/mact/-3523891#-3531318">birinchi qismida</a> toʻgʻridan toʻgʻri nazarda tutilgan hollardagina yoʻl qoʻyilishi mumkinligi tushuntirilsin.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336575" id="-4336575">(13-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782119">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642138" id="-1642138">Ushbu asoslarning roʻyxati tugallangan hisoblanadi va kengaytirilib sharhlanishi mumkin emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642140" id="-1642140">Qoʻshimcha qaror sud majlisida ishda ishtirok etuvchi shaxslarning protsessual huquqlari taʼminlangan holda qabul qilinadi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642142" id="-1642142">Qoʻshimcha qarorda sud uni qabul qilish asoslarini, xulosa qismida esa qoʻyilgan masalaning mohiyati boʻyicha oʻz xulosasini bayon etishi hamda talab etilgan va koʻrib chiqilgan, ammo sud tomonidan hal etilmagan talab yuzasidan qaror qabul qilishi yoki undirilgan pul mablagʻlari miqdori haqida koʻrsatishi yoxud sud xarajatlarini qoplash, undirish haqida qaror qabul qilishi lozim.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336593" id="-4336593"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336601" id="-4336601">Sudning xatosi daʼvoning mazmuni boʻyicha sudning xulosasiga muvofiq kelmagan holda sud qoʻshimcha qaror chiqarishga haqli emas. Bunday holda sudning xatosini tuzatish qarorni <a href="/mact/-3523891">IPK</a>da belgilangan tartibda qayta koʻrish yoʻli bilan amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336606" id="-4336606">(13-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782119">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642148" id="-1642148">Agar qaror yuzasidan apellatsiya shikoyati berilgan yoki protest keltirilgan va ayni paytda qoʻshimcha qaror qabul qilish masalasi qoʻyilgan boʻlsa, sud avval qoʻshimcha qaror qabul qilish masalasini hal etadi, keyin esa ishni apellatsiya instansiyasiga qoʻrish uchun yuboradi.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-1642159" id="-1642159"></div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-4336624" id="-4336624"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-4336635" id="-4336635">14. Qarorni IPKning <a href="/mact/-3523891#-3531338">190-moddasiga </a>muvofiq tushuntirish yoki tuzatish uning noaniqligini yoxud undagi harfiy va hisob-kitobga oid xatoliklarni tuzatishga zarurat boʻlgan hollarda amalga oshiriladi.</div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-4336644" id="-4336644">(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi 17-sonli <a href="/mact/-3780952#-3782125">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642162" id="-1642162">Qarorni tushuntirish yoki yozuvdagi xatolik, harfiy xatolik va hisob-kitobdagi xatolikni tuzatish haqidagi ajrim ishni koʻrgan sud tomonidan chiqariladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642163" id="-1642163">Qarorni tushuntirishda sud uning mazmunini oʻzgartirishga va sud muhokamasi predmeti boʻlmagan masalalarga tegishga haqli emas.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642164" id="-1642164">Qarorni tushuntirishga faqat nizoni hal etgan sud haqli.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642165" id="-1642165">Agar qaror ijro etilgan yoki uni majburiy ijroga qaratishga taqdim etish uchun qonunda nazarda tutilgan muddat oʻtgan va bu muddat tiklanmagan boʻlsa, qarorni tushuntirishga yoʻl qoʻyilmaydi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642166" id="-1642166">Yozuvdagi xatolik, harfiy xatolik va hisob-kitobdagi xatolikni ishda ishtirok etuvchi shaxslarning arizasi boʻyicha ham, sudning tashabbusi bilan ham tuzatish mumkin.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642167" id="-1642167">Undirilishi koʻrsatilgan pul mablagʻi miqdori, sana, mulkni undirish choralariga tuzatish kiritishga faqat, agar bu noaniqlik hisoblashdagi tasodifiy xatolik yoki harfiy xatolik, yozuvdagi xatolik natijasi boʻlgan holda yoʻl qoʻyiladi.</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642169" id="-1642169">15. Qarorda taraflar oʻrtasida sud xarajatlarini taqsimlash toʻgʻrisidagi masala albatta hal etilgan boʻlishi kerak.</div></div><div class="BY_DEFAULT"><div name="-5430051" id="-5430051"></div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-5430054" id="-5430054">16. Ushbu Plenum qarorining tushuntirishlari nafaqat birinchi instansiya sudi tomonidan qaror qabul qilishda, balki IPKning<a href="/mact/-3523891#-3533717"> 34</a> va <a href="/mact/-3523891#-3534141">35-boblarida</a> nazarda tutilgan xususiyatlarni hisobga olgan holda apellatsiya, kassatsiya shikoyati (protesti)ni koʻrish natijalari boʻyicha qaror qabul qilishda ham majburiy hisoblanadi. Bunda faqat muayyan sud instansiyasi uchun belgilangan talab aynan shu instansiyada qoʻllaniladi. </div></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><div name="-5430056" id="-5430056">(16-band Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2021-yil 20-apreldagi 18-sonli <a href="/mact/-5426355?ONDATE=20.04.2021 00#-5426601">qarori </a>tahririda)</div></div><div class="ACT_TEXT"><div name="-1642171" id="-1642171">17. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudi Plenumining 1996-yil 1-martdagi “Sud qarorlari haqida”gi 54-sonli <a href="/mact/-2710996">qarori </a>kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.</div></div><div class="SIGNATURE"><div name="-1642172" id="-1642172"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1642173" id="-1642173"></div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><div name="-1642174" id="-1642174">2007-yil 15-iyun,</div></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><div name="-1642175" id="-1642175">161-son</div></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
