Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 18-noyabrda qabul qilingan Senat tomonidan 2010-yil 7-mayda maʼqullangan
LexUZ sharhi
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2026-yil 11-iyundagi OʻRQ-1152-sonli “Sud-ekspertlik faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan 2026-yil 13-dekabrdan oʻz kuchini yoʻqotadi.
2-modda. Sud ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonunchilik
Sud ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonunchilik ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Iqtisodiy protsessual kodekslari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-iyuldagi PF-6256-sonli “Oʻzbekiston Respublikasida sud-ekspertlik tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni.
2.19.00.00.00 Xalqaro munosabatlar. Xalqaro huquq / 19.06.00.00 Xalqaro shartnomalar huquqi / 19.06.03.00 Shartnomalarga rioya qilishni qoʻllash va sharhlash]
Agar Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Oʻzbekiston Respublikasining sud ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonunchiligida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan boʻlsa, xalqaro shartnoma qoidalari qoʻllaniladi.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
ish — sud ekspertizasi tayinlangan fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat ishi (shu jumladan, tergovga qadar tekshiruv materiallari), maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisidagi ish;
(3-moddaning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
sud eksperti — xulosa berish uchun fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasida maxsus bilimlarga ega boʻlgan, belgilangan tartibda sud eksperti sifatida tayinlangan jismoniy shaxs;
sud ekspertining xulosasi (xulosa) — sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tomonidan tuziladigan va sud-ekspert tekshirishlarining olib borilishini va natijalarini aks ettiradigan yozma hujjat;
sud ekspertizasi — fuqarolik, iqtisodiy, jinoyat va maʼmuriy sud ishlarini yuritishda ish holatlarini aniqlashga qaratilgan hamda sud eksperti tomonidan fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlar asosida sud-ekspert tekshirishlarini oʻtkazish va xulosa berishdan iborat boʻlgan protsessual harakat;
(3-moddaning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi OʻRQ-446-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda)
sud-ekspertlik faoliyati — sud ekspertizasini tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha faoliyat.
4-modda. Sud-ekspertlik faoliyatining asosiy prinsiplari
Qonuniylik, inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi, sud ekspertining mustaqilligi, sud-ekspert tekshirishlarining xolisligi, har tomonlamaligi va toʻliqligi sud-ekspertlik faoliyatining asosiy prinsiplaridir.
5-modda. Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishda qonuniylikka rioya etilishi
Sud-ekspertlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
(5-moddaning matni Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4125-sonli “Sud-ekspertlik faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
6-modda. Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirishda inson huquq va erkinliklariga rioya etilishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.01.00 Umumiy qoidalar;
Sud-ekspertlik faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda qonunlarida nazarda tutilgan inson huquq va erkinliklariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi.
Shaxsning erkinligini vaqtincha cheklashni yoki uning shaxsiy daxlsizligi buzilishini talab etuvchi sud-ekspert tekshirishlari (bundan buyon matnda tekshirishlar deb yuritiladi) faqat qonunda belgilangan asoslar va tartibda oʻtkaziladi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.06.00.00 Inson va fuqaroning huquqlari, erkinliklari va burchlari / 01.06.07.00 Fuqarolarning sud, boshqa davlat organlari va oʻzga tashkilotlarga murojaat qilishi]
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot (bundan buyon matnda boshqa tashkilot deb yuritiladi) tomonidan sud ekspertizasi oʻtkazilishi munosabati bilan qabul qilingan qarorlar, sud ekspertining harakatlari (harakatsizligi) oʻz huquq va erkinliklarining cheklanishiga olib keldi deb hisoblagan shaxs mazkur qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilishga haqli.
Sud eksperti sud ekspertizasini oʻtkazishda sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan), taraflardan va ishning natijasidan manfaatdor boʻlgan boshqa shaxslardan mustaqildir.
Sud eksperti oʻzining fan, texnika, sanʼat yoki hunar sohasidagi maxsus bilimlariga (bundan buyon matnda maxsus bilimlar deb yuritiladi) muvofiq oʻtkazilgan tekshirishlar natijalariga asoslanib xulosa beradi.
Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs), shuningdek boshqa davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan taraflardan birortasining yoki ishning natijasidan manfaatdor boʻlgan boshqa shaxslarning foydasini koʻzlab xulosa olish maqsadida sud ekspertiga taʼsir koʻrsatilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
8-modda. Tekshirishlarning xolisligi, har tomonlamaligi va toʻliqligi
Sud eksperti tekshirishlarni xolisona, qatʼiy ilmiy va amaliy asosda, tegishli ixtisoslik doirasida, har tomonlama va toʻliq hajmda oʻtkazadi.
Sud ekspertining xulosasi (xulosa) qilingan fikrlarning asosliligi va ishonchliligini umum eʼtirof etilgan ilmiy va amaliy maʼlumotlar bazasiga muvofiq tekshirish imkoniyatini beradigan qoidalarga asoslanishi lozim.
Ashyoviy, yozma va raqamli dalillar, tekshirish uchun namunalar, boshqa moddiy obyektlar, murdalar va ularning qismlari, hujjatlar, axborot tizimlari, elektron maʼlumotlar mavjud boʻlgan elektron jismlar va Internet jahon axborot tarmogʻi manbalarida saqlanayotgan elektron maʼlumotlar, shuningdek sud ekspertizasi oʻtkazilayotgan ish materiallari tekshirish obyektlari boʻlishi mumkin. Tekshirishlar tirik odamga nisbatan xam oʻtkaziladi.
(9-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
Tekshirishni oʻtkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur boʻlgan tirik odam, murda, hayvon, oʻsimlik, buyum, material yoki moddaning xususiyatlarini aks ettiruvchi obyektlar tekshirish uchun namunalardir.
Sud ekspertizasini oʻtkazishda tekshirish obyektlari (tirik odamdan tashqari) tekshirishni oʻtkazish uchun qay darajada zarur boʻlsa, shu darajada shikastlanishi yoki ishlatilishi mumkin. Bunda tekshirish obyektining qisman shikastlanishi yoki ishlatilishiga sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati olinishi zarur, tayinlangan sud ekspertizasining oʻziga xos xususiyatlari obyektning shikastlanishini (buzilishini) yoki ishlatilishini taqozo etuvchi hollar bundan mustasno.
Tekshirish obyektlarining sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) yozma ruxsati bilan yoxud tayinlangan sud ekspertizasining oʻziga xos xususiyatlari bilan bogʻliq holda shikastlanganligi yoki ishlatilganligi davlat sud-ekspertiza muassasasi, boshqa tashkilot yoki sud eksperti tomonidan mazkur obyektlarning mulkdoriga zararning oʻrni qoplab berilishiga sabab boʻlmaydi.
Tekshirish obyektlari, agar ularning oʻlchamlari va xossalari imkon bersa, oʻralgan va muhrlangan holda sud ekspertiga topshirilishi kerak.
Tekshirish obyektini sud ekspertining ish joyiga yetkazib berishning iloji boʻlmaganda, sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) unga mazkur obyektni moneliksiz kirib koʻrishni va uni tekshirish imkoniyatini taʼminlaydi.
Sud ekspertizasi tugallanganidan keyin tekshirish obyektlari, agar ular toʻla ishlatilgan boʻlmasa, sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) qaytariladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 175-moddasi.
Sud eksperti sifatida davlat sud eksperti, boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs ishtirok etishi mumkin.
Boshqa tashkilot xodimi sud ekspertizasini uni tayinlagan organ (shaxs) tomonidan mazkur tashkilotga berilgan topshiriqni bajarish tartibida oʻtkazadi.
Ishda sud eksperti sifatida ishtirok etish uchun jalb etilgan boshqa jismoniy shaxs biron-bir davlat sud-ekspertiza muassasasi shtatida turmaydi va sud ekspertizasini uni tayinlagan organning (shaxsning) topshirigʻini bajarish tartibida oʻtkazadi.
Belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyatlari uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib tashlanmagan shaxslar sud eksperti sifatida jalb etilishi mumkin emas. Shaxsning sud eksperti sifatida ishtirok etishini istisno etadigan boshqa holatlar protsessual qonunda nazarda tutiladi.
Sud eksperti ish holatlarini tekshirishda faqat oʻziga topshirilgan sud ekspertizasi predmetiga taalluqli va xulosa berish uchun ahamiyatga molik masalalar boʻyicha ishtirok etadi.
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organlar, surishtiruv, dastlabki tergov organlari, sud va sud muhokamasidagi taraflar sud ekspertiga faqat unga topshirilgan sud ekspertizasi va u tomonidan berilgan xulosa munosabati bilan murojaat etishga haqli.
(10-moddaning oltinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Sud eksperti faqat oʻzi tomonidan berilgan xulosa va shaxsan oʻtkazgan tekshirishlari yuzasidan soʻroq qilinishi mumkin.
Sud ekspertini u xulosa berguniga qadar soʻroq qilish taqiqlanadi.
11-modda. Sud ekspertiga qoʻyiladigan malakaga oid talablar
Davlat sud eksperti lavozimini oliy maʼlumotga, alohida hollarda esa oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlgan, muayyan sud-ekspert ixtisosligi boʻyicha keyingi tayyorgarlikdan oʻtgan va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda davlat sud eksperti sifatida attestatsiyadan oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi egallashi mumkin.
Sud eksperti sifatida jalb etiladigan boshqa tashkilot xodimi va boshqa jismoniy shaxs oliy maʼlumotga, alohida hollarda esa oʻrta maxsus, kasb-hunar maʼlumotiga ega boʻlishi lozim.
Baholash toʻgʻrisidagi hisobotlarda qoʻllanilgan usullarning ilmiy jihatdan asoslanganligi nuqtai nazaridan sud ekspertizasi kamida uch yil ish stajiga ega boʻlgan sud ekspertlari tomonidan oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyiladi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 26-avgustdagi OʻRQ-945-sonli Qonuniga asosan uchinchi qism bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2024-y., 03/24/945/0653-son)
Sud-ekspertlik faoliyatini amalga oshirish uchun tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan muassasa davlat sud-ekspertiza muassasasidir. Sud-ekspertlik faoliyati tegishli davlat organlarining ekspertiza boʻlinmalari tomonidan ham amalga oshirilishi mumkin. Sud ekspertizasini oʻtkazish mazkur ekspertiza boʻlinmalariga topshirilgan hollarda, ular davlat sud-ekspertiza muassasalari kabi vazifalarni amalga oshiradi, huquqlarga ega boʻladi, majburiyatlarni bajaradi va javobgar boʻladi.
Ayni bir xil ixtisoslikdagi davlat sud-ekspertiza muassasalarida sud ekspertizasini tashkil etish, oʻtkazish, davlat sud ekspertlarini kasbiy tayyorlash va ixtisoslashtirish sud-ekspertlik amaliyotiga yagona ilmiy-uslubiy yondashuv asosida amalga oshiriladi.
Davlat sud-ekspertiza muassasasida sud ekspertizalari, bu muassasa qaysi davlat organi ixtiyorida boʻlsa, oʻsha davlat organi tomonidan aniqlanadigan, u uchun belgilangan xizmat koʻrsatish mintaqalariga muvofiq oʻtkaziladi.
Sud ekspertizasini tayinlagan va davlat sud-ekspertiza muassasasining xizmat koʻrsatish mintaqasidan tashqarida joylashgan organlar (shaxslar) uchun sud ekspertizasi, istisno tariqasida, ushbu muassasa tomonidan qonunchilikka muvofiq oʻtkazilishi mumkin.
Davlat sud-ekspertiza muassasalari qonunchilikka muvofiq tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi.
(12-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlariOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 42, 49, 50 va 53-moddalari.
2-bob. Davlat sud-ekspertiza muassasasi, boshqa tashkilot rahbarining hamda sud ekspertining huquq va majburiyatlari
13-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbarining sud-ekspertlik faoliyati sohasidagi huquqlari
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari quyidagi huquqlarga ega:
agar mazkur tashkilotda tekshirishlarni oʻtkazish uchun tegishli mutaxassislar yoki zarur moddiy-texnik baza yoxud maxsus sharoitlar boʻlmasa, sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimni ijro etmasdan hamda sud ekspertizasini oʻtkazish uchun taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarini uch kunlik muddatda qaytarish;
sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga mazkur tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni, shu jumladan boshqa davlatlardan mutaxassislarni, agar sud ekspertizasini oʻtkazish uchun ularning maxsus bilimlari zarur boʻlsa, kiritish toʻgʻrisida iltimos qilish;
qoʻyilgan masalalarni hal etish uchun zarur boʻlgan tekshirishlarni oʻtkazishni oʻz kuchlari va vositalari bilan taʼminlayotgan tashkilotlarga sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrimning koʻchirma nusxasini yuborish;
sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) mazkur tashkilotning tekshirish obyektlari tekshirilganidan soʻng ularni tashish, bundan pochta xarajatlari mustasno; tekshirish obyektlari sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan olinmagan taqdirda, ularni qonunchilikda belgilangan muddat mobaynida ushbu tashkilotda saqlash; katta xavf tugʻdiradigan obyektlarning mazkur tashkilotga kelib tushishi natijasidagi zararli oqibatlarni (portlash, yongʻin va shu kabilarni), agar sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) ushbu obyektlar bilan muomalada boʻlishning unga maʼlum boʻlgan maxsus qoidalari toʻgʻrisida rahbarga xabar bermagan boʻlsa yoki ular lozim darajada oʻralmagan boʻlsa, bartaraf etish bilan bogʻliq xarajatlarning oʻrnini qoplashni talab qilish.
(13-modda birinchi qismining beshinchi xatboshisiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(13-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 182-moddasi.
14-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbarining sud-ekspertlik faoliyati sohasidagi majburiyatlari
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari:
sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qaror yoki ajrim olinganidan soʻng sud ekspertizasini oʻtkazishni mazkur tashkilotning qoʻyilgan savollarga javob berish uchun talab qilinadigan koʻlamda maxsus bilimlarga ega boʻlgan xodimlari jumlasiga kiradigan sud ekspertiga yoki sud ekspertlari komissiyasiga topshirishi;
sud ekspertiga yoki sud ekspertlari komissiyasining har bir aʼzosiga sud ekspertining huquq va majburiyatlarini tushuntirishi (davlat sud-ekspertiza muassasalarining xodimlariga bunday tushuntirish ishga qabul qilish chogʻida beriladi);
bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida sud ekspertini ogohlantirishi, undan tegishli tilxat olishi va mazkur tilxatni sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) xulosa bilan birga yuborishi;
(14-modda birinchi qismining toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
sud ekspertizasini oʻtkazish muddatini qonunchilikda belgilangan tartibda aniqlashi va unga rioya etilishini nazorat qilishi;
(14-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sud ekspertiga tekshirishlarni oʻtkazish uchun zarur boʻlgan sharoitlarni taʼminlashi;
tekshirish tugaganidan soʻng xulosani, tekshirish obyektlari va ish materiallarini sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuborishi shart.
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(14-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa tashkilot rahbari:
sud ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha tekshirish obyektlarini sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) qarori yoki ajrimisiz talab qilib olishga;
sud ekspertizasini oʻtkazish uchun mazkur tashkilotda ishlamaydigan shaxslarni mustaqil ravishda jalb etishga;
sud ekspertiga muayyan sud ekspertizasi yuzasidan tekshirish jarayonini va fikrlar mazmunini oldindan belgilab qoʻyadigan koʻrsatmalar berishga haqli emas.
qonunchilikda belgilangan tartibda sud ekspertizasi predmetiga oid ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur maʼlumotlarni yozib olish yoki koʻchirma nusxalar olish;
(15-modda birinchi qismining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
sud ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan qoʻshimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish;
tergov harakatlari oʻtkazilayotganda surishtiruvchi, tergovchi, prokurorning ruxsati bilan hozir boʻlish va shu tergov harakatlarida ishtirok etuvchi shaxslarga sud ekspertizasi predmetiga oid savollar berish;
sud muhokamasida sud ekspertizasi predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish va soʻroq qilinayotgan shaxslarga sudning ruxsati bilan savollar berish;
ashyoviy, yozma, raqamli dalillar va hujjatlarni koʻzdan kechirish;
(15-modda birinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 21-noyabrdagi OʻRQ-1003-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 03/24/1003/0943-son)
oʻz xulosasida nafaqat oʻzining oldiga qoʻyilgan savollar boʻyicha, balki sud ekspertizasi predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar boʻyicha ham fikrlarini bayon etish;
uning xulosasi yoki koʻrsatuvlari protsess ishtirokchilari tomonidan notoʻgʻri talqin qilinganligi xususida tergov harakati yoki sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim boʻlgan bayonotlar berish;
agar u ish yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, oʻz ona tilida xulosa taqdim etish va koʻrsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish;
agar uning huquq va erkinliklarini ishni yuritayotgan organning qarorlari, shaxsning harakatlari (harakatsizligi) buzayotgan boʻlsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish.
Sud eksperti qonunchilikka muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
(15-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
16-modda. Sud ekspertining majburiyatlari
[OKOZ:
1.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.12.00.00 Jinoyat-protsessual qonunchiligi / 16.12.01.00 Umumiy qoidalar;
sud eksperti sifatida oʻzini oʻzi rad etishi uchun qonunda nazarda tutilgan asoslar mavjud boʻlgan taqdirda, bu haqda sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yoki davlat sud-ekspertiza muassasasining yoxud boshqa tashkilotning rahbariga darhol maʼlum qilishi;
LexUZ sharhi
Sud ekspertini oʻzini oʻzi rad etish asoslari Jinoyat-protsessual kodeksining 78-moddasida, Fuqarolik-protsessual kodeksining 22-moddasida, Iqtisodiy protsessual kodeksining 21-moddasida koʻrsatilgan.
oʻziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va toʻliq tekshirishdan oʻtkazishi, oʻz oldiga qoʻyilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona xulosa berishi;
surishtiruvchi, tergovchi, prokuror yoki sudning chaqiruviga binoan surishtiruvda, dastlabki tergovda yoki sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun kelishi;
oʻzi oʻtkazgan sud ekspertizasi xususida koʻrsatuvlar berishi va oʻzi bergan xulosani tushuntirish uchun qoʻshimcha savollarga javob berishi;
sud ekspertizasini oʻtkazishi munosabati bilan oʻziga maʼlum boʻlib qolgan maʼlumotlarni oshkor qilmasligi;
taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining saqlanishini taʼminlashi;
tekshirishlarni oʻtkazishda sud ekspertining xulosasiga nisbatan belgilangan talablarga, shuningdek tegishli sohadagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishi;
(16-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 26-avgustdagi OʻRQ-945-sonli Qonuniga asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 27.08.2024-y., 03/24/945/0653-son)
ish tergov qilinayotganda va sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.
Sud eksperti zimmasida qonunchilikka muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
(16-moddaning ikkinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud eksperti:
sud ekspertizasini oʻtkazish bilan bogʻliq boʻlgan, ishning natijasidan oʻzining manfaatdor emasligini shubha ostiga qoʻyadigan masalalar yuzasidan protsess ishtirokchilari bilan shaxsiy aloqaga kirishishga;
sud ekspertizasini oʻtkazish uchun mustaqil ravishda materiallar toʻplashga;
sud ekspertizasi natijalarini sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) tashqari biron-bir shaxsga xabar qilishga haqli emas.
agar qonunchilikda boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbaridan tashqari bevosita boshqa biron-bir organdan (shaxsdan) sud ekspertizasini oʻtkazish toʻgʻrisida topshiriqlar qabul qilishga;
(16-moddaning toʻrtinchi qismi ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
boshqa tashkilot xodimi yoki boshqa jismoniy shaxs sifatida sud ekspertizasini oʻtkazishga haqli emas.
3-bob. Sud ekspertizasini oʻtkazish
17-modda. Sud ekspertizasini oʻtkazish asoslari va muddatlari
Tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining, prokurorning yoki sudyaning qarori, sudning ajrimi sud ekspertizasini oʻtkazish asoslaridir. Sud ekspertizasi tegishli qaror yoki ajrim chiqarilgan kundan eʼtiboran tayinlangan hisoblanadi.
(17-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tekshirishlarni oʻtkazish va xulosa berish uchun sud ekspertiga zarur boʻlgan tekshirish obyektlari hamda ish materiallarini taqdim etadi.
Sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tekshirish uchun namunalar oladi va ularni protsessual qonunda belgilangan tartibda ishga qoʻshib qoʻyadi. Zarur hollarda, bunday namunalarni olish sud ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan sud eksperti yoki mutaxassis ishtirokida amalga oshiriladi.
Agar tekshirish uchun namunalar olish tekshirishlarning bir qismi hisoblansa va sud ekspertizasiga taqdim etilgan tekshirish obyektlaridan foydalanilgan holda sud eksperti tomonidan amalga oshirilsa, sud ekspertizasi tugallanganidan keyin mazkur namunalar uni tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi yoxud qonunchilikda belgilangan tartibda davlat sud-ekspertiza muassasasida, agar sud ekspertizasi ushbu muassasada oʻtkazilgan boʻlsa, saqlanadi.
Sud ekspertizasi qonunchilikda belgilangan muddatlarda oʻtkaziladi.
(17-moddaning toʻrtinchi va beshinchi qismlariOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning8-bandi.
Qoʻshimcha sud ekspertizasi xulosadagi boʻshliqlarning oʻrnini toʻldirish uchun tayinlanadi va shu yoki boshqa sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) tomonidan oʻtkaziladi.
Xulosa asoslantirilmaganda yoki uning toʻgʻriligiga shubha tugʻilganda yoxud unga asos qilib olingan dalillar ishonchli emas deb topilganda yoki sud ekspertizasini oʻtkazishning protsessual qoidalari jiddiy buzilganda qayta sud ekspertizasi tayinlanadi.
Qayta sud ekspertizasi tayinlanganda sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) oldiga ilgari qoʻllanilgan tekshirish usullarining ilmiy asoslanganligi toʻgʻrisidagi masala qoʻyilishi mumkin.
Qayta sud ekspertizasini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorda yoki ajrimda qayta sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) birinchi (oldingi) sud ekspertizasi xulosasiga qoʻshilmaganligi sabablari koʻrsatilishi lozim.
Qayta sud ekspertizasini oʻtkazish boshqa sud ekspertiga (sud ekspertlari komissiyasiga) topshiriladi. Birinchi (oldingi) sud ekspertizasini oʻtkazgan sud eksperti (sud ekspertlari komissiyasi) qayta sud ekspertizasini oʻtkazishda hozir boʻlishi va tushuntirishlar berishi mumkin, lekin u tekshirish oʻtkazish va xulosa tuzishda ishtirok etmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 176-moddasi.
19-modda. Sud ekspertizasining sud ekspertlari komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi
Sud ekspertizasi bir xil (komissiyaviy sud ekspertizasi) yoki turli xil (kompleks sud ekspertizasi) sud-ekspert ixtisosligidagi bir necha sud eksperti tomonidan oʻtkazilishi mumkin.
Sud ekspertizasining sud ekspertlari komissiyasi tomonidan oʻtkazilishi sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) yoki mazkur ekspertizaning oʻtkazilishini tashkil etuvchi davlat sud-ekspertiza muassasasi yoxud boshqa tashkilot rahbari tomonidan belgilanadi.
Sud ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan sud ekspertlari komissiyasi oʻz oldiga qoʻyilgan masalalarni hal etish zarurligidan kelib chiqib, oʻtkaziladigan tekshirishlarning maqsadi, ketma-ketligi va hajmini kelishib oladi.
Sud ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan sud ekspertlari komissiyasi tarkibidagi har bir sud eksperti tekshirishlarni mustaqil va alohida olib boradi, shaxsan oʻzi va komissiyaning boshqa aʼzolari tomonidan olingan natijalarni baholaydi hamda qoʻyilgan savollar yuzasidan oʻz maxsus bilimlari doirasida fikrlarini shakllantiradi.
Tekshirishlarning sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga kiritilmagan shaxslar tomonidan toʻliq yoki qisman oʻtkazilishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 1761-moddasi.
Komissiyaviy sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda sud ekspertlarining har biri tekshirishlarni toʻliq hajmda oʻtkazadi va ular olingan natijalarni birgalikda tahlil qiladi.
Sud ekspertlari umumiy fikrga kelganidan soʻng birgalikdagi xulosani yoki xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjatni tuzadi va imzolaydi.
Sud ekspertlari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 177-moddasi.
Kompleks sud ekspertizasi ish uchun ahamiyatga molik holatlarni turli ilm sohalaridan foydalangan holda bir necha tekshirish oʻtkazish yoʻli bilangina aniqlash mumkin boʻlgan hollarda tayinlanadi.
Kompleks sud ekspertizasini oʻtkazishda sud ekspertlarining har biri oʻz vakolati doirasida tekshirishlar olib boradi. Kompleks sud ekspertizasining xulosasida sud ekspertlarining har biri qaysi tekshirishlarni va qancha hajmda olib borganligi, qaysi holatlarni shaxsan oʻzi aniqlaganligi hamda qanday fikrlarga kelganligi koʻrsatiladi. Sud ekspertlarining har biri xulosaning ushbu tekshirishlar bayon etilgan qismini imzolaydi va ular uchun javobgar boʻladi.
Umumiy fikrni (fikrlarni), olingan natijalarni baholashga va ushbu fikrni (fikrlarni) shakllantirishga vakolatli boʻlgan sud ekspertlari qiladi. Agar sud ekspertlari komissiyasi yakuniy fikrining yoki uning bir qismining asosi sifatida sud ekspertlaridan birining (alohida sud ekspertlarining) aniqlagan holatlari olingan boʻlsa, bu haqda xulosada koʻrsatilishi kerak.
Sud ekspertlari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda, ularning har biri kelishmovchiliklar kelib chiqqan barcha yoki ayrim masalalar boʻyicha alohida xulosa beradi.
Agar kompleks sud ekspertizasini oʻtkazish davlat sud-ekspertiza muassasasiga topshirilgan boʻlsa, unda ushbu ekspertizani tashkil qilish uning rahbari zimmasiga yuklatiladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 178-moddasi.
22-modda. Sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda protsess ishtirokchilarining hozir boʻlishi
Sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda protsessual qonunda protsessning qaysi ishtirokchilariga sud ekspertizasini oʻtkazishda hozir boʻlish huquqi berilgan boʻlsa, oʻsha ishtirokchilar hozir boʻlishi mumkin.
Sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan protsess ishtirokchilari tekshirishlar jarayoniga aralashishga haqli emas, lekin sud ekspertidan u tomonidan qoʻllanilgan tekshirish usullarining va olingan natijalarning mohiyatini tushuntirib berishni talab qilishi, sud ekspertiga tushuntirishlar berishi mumkin.
Sud eksperti tomonidan xulosa tuzilayotganda, shuningdek, agar sud ekspertizasi sud ekspertlari komissiyasi tomonidan oʻtkazilayotgan boʻlsa, sud ekspertlarining maslahatlashuvi va fikrlarni shakllantirish bosqichida protsess ishtirokchilarining hozir boʻlishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Agar sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan protsess ishtirokchisi sud ekspertiga xalaqit bersa, u tekshirishni toʻxtatishga va mazkur protsess ishtirokchisining sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishiga doir ruxsatini bekor qilish haqida sud ekspertizasini tayinlagan organdan (shaxsdan) iltimos qilishga haqli.
Sud eksperti yoki sud ekspertlari komissiyasi tekshirishlarni oʻtkazib boʻlganidan keyin tegishincha sud eksperti yoxud sud ekspertlari komissiyasi tarkibiga kiruvchi har bir sud eksperti imzosi bilan tasdiqlanadigan xulosa tuzadi.
Xulosada:
sud ekspertizasi oʻtkazilgan sana va joy;
sud ekspertizasini oʻtkazish asosi;
sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) toʻgʻrisida maʼlumotlar;
sud eksperti (familiyasi, ismi, otasining ismi, maʼlumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va sud ekspertizasini oʻtkazish topshirilgan tashkilot haqida maʼlumotlar;
bila turib notoʻgʻri xulosa berganligi, tergovga qadar tekshiruv, surishtiruv yoki dastlabki tergov maʼlumotlarini tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining, surishtiruvchining, tergovchining yoxud prokurorning ruxsatisiz oshkor qilganligi, shuningdek xulosa berishni rad etganligi yoki bu ishdan boʻyin tovlaganligi uchun sud eksperti jinoiy javobgarlik toʻgʻrisida ogohlantirilganligi;
(23-modda ikkinchi qismining oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi OʻRQ-542-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son)
sud ekspertiga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari;
sud ekspertizasi oʻtkazilayotganda hozir boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlar;
qoʻllanilgan usullar koʻrsatilgan holda tekshirishlarning mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar sud ekspertlari komissiyasi ishlagan boʻlsa, kim tomonidan oʻtkazilganligi;
tekshirish natijalarining baholanishi, qoʻyilgan savollarga berilgan asosli javoblar;
ish uchun ahamiyatga molik boʻlgan va sud ekspertining tashabbusiga koʻra aniqlangan holatlar koʻrsatilishi lozim.
Xulosada huquqbuzarlik sabablari va uning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar, shuningdek ularni bartaraf etishga doir tashkiliy-texnikaviy tavsiyalar koʻrsatilgan boʻlishi mumkin.
Xulosani va uning natijalarini tasvirlovchi materiallar ushbu xulosaga ilova qilinadi hamda uning tarkibiy qismi boʻlib xizmat qiladi. Tekshirishning olib borilishi, shart-sharoitlari va natijalarini hujjatlashtiradigan materiallar davlat sud-ekspertiza muassasasida yoki boshqa tashkilotda qonunchilikda belgilangan muddatlarda saqlanadi. Ular sud ekspertizasini tayinlagan organning (shaxsning) talabiga binoan ishga qoʻshib qoʻyish uchun taqdim etiladi.
(23-moddaning toʻrtinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning39, 40-bandlari.
Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki sud ekspertining maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida maʼlum boʻlib qolsa, xulosa ayrim qoʻyilgan savollarga javob berishni rad etish asosini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim.
Tekshirish tugaganidan soʻng xulosa, tekshirish obyektlari va ish materiallari sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuboriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksining 184-moddasi.
24-modda. Xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisidagi hujjat
Agar sud eksperti qoʻyilgan savollarni uning maxsus bilimlari asosida hal qilish mumkin boʻlmasligiga yoki unga taqdim etilgan tekshirish obyektlarining yoxud materiallarning yaroqsizligiga yoki xulosa berish uchun yetarli emasligiga va ularni toʻldirib boʻlmasligiga yoxud fan va sud-ekspertlik amaliyotining holati qoʻyilgan savollarga javob topish imkoniyatini bermasligiga ishonch hosil qilsa, u xulosa berishning iloji yoʻqligi toʻgʻrisida asoslantirilgan hujjat tuzadi hamda uni sud ekspertizasini tayinlagan organga (shaxsga) yuboradi.
4-bob. Sud-ekspertlik faoliyatini moliyalashtirish, tashkiliy, ilmiy-uslubiy va axborot bilan taʼminlash. Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish.
(4-bobning nomi Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuni tahririda — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
25-modda. Sud-ekspertlik faoliyatini moliyalashtirish
Davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyati Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
(25-moddaning birinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Davlat sud-ekspertiza muassasalari fuqarolik ishlari va iqtisodiy ishlar boʻyicha sud ekspertizalarini oʻtkazganlik uchun toʻlov undirishga haqlidir. Bunda sudda daʼvo taqdim etgan hamda daʼvoni quvvatlayotgan davlat organlari davlat sud-ekspertiza muassasalari tomonidan oʻtkazilgan sud ekspertizalari uchun toʻlovdan ozod etiladi. Toʻlov miqdori va mazkur mablagʻlarni sarflash tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(25-moddaning ikkinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 21-fevraldagi 73-son qarori bilan tasdiqlangan Sud ekspertizasi tadqiqotlarini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomning10-bandi.
Boshqa tashkilot xodimlari va boshqa jismoniy shaxslar tomonidan sud ekspertizalari oʻtkazilganligi uchun toʻlov sud ekspertizasini tayinlagan organ (shaxs) tomonidan qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(25-moddaning uchinchi qismiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
26-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasalarining faoliyatini tashkiliy va ilmiy-uslubiy taʼminlash
Davlat sud-ekspertiza muassasalarining faoliyatini tashkiliy taʼminlash, ular qaysi davlat organlari tasarrufida boʻlsa, oʻsha davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Sud ekspertizalarini oʻtkazishni ilmiy-uslubiy taʼminlash tegishli davlat sud-ekspertiza muassasalariga yuklatiladi.
1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari / 18.05.01.00 Adliya organlarining tizimi va tashkiliy tuzilmasi]
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi davlat sud-ekspertiza muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirishni va unga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
(26-moddaning uchinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 10-maydagi OʻRQ-536-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.05.2019-y., 03/19/536/3114-son)
27-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasalarining sud-ekspertlik faoliyatini axborot bilan taʼminlash
Korxonalar, muassasalar, tashkilotlar davlat sud-ekspertiza muassasasi rahbarining yozma soʻroviga koʻra sud ekspertizasini oʻtkazish uchun zarur boʻlgan axborotni taqdim etishi shart. Bunda davlat sud-ekspertiza muassasalari davlat sirlarini va qonun bilan qoʻriqlanadigan boshqa sirni tashkil etuvchi olingan maʼlumotlarning oshkor qilinmasligini taʼminlaydi.
Sud ekspertlari har ikki yilda malaka oshirish kurslarida muayyan sud-ekspertlik faoliyati boʻyicha malakasini, shuningdek huquqiy bilimlarini oshirib borishi shart.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang)]
Malaka va huquqiy bilimlarini oshirishni oʻtayotgan sud ekspertlariga oʻqishning butun davri mobaynida asosiy ish joyi boʻyicha egallab turgan lavozimi va oʻrtacha oylik ish haqi saqlab qolinadi.
(271-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2016-yil 23-sentabrdagi OʻRQ-411-sonli Qonuniga asosan toʻldirilgan — OʻR QHT, 2016-y., 39-son, 457-modda)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-apreldagi 206-son qarori bilan tasdiqlangan “Sud ekspertlarining malakasini va huquqiy bilimlarini oshirish tartibi toʻgʻrisida nizom”.
28-modda. Davlat sud-ekspertiza muassasalarini qoʻriqlash
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
2.16.00.00.00 Xavfsizlik va huquq tartibot muhofazasi / 16.04.00.00 Jamiyat xavfsizligi / 16.04.04.00 Davlat mulki va xususiy mulkni muhofaza qilish. Noidoraviy qoʻriqlash. Idoraviy qoʻriqlash;
Davlat sud-ekspertiza muassasalarini qoʻriqlash qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi va Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(28-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-noyabrdagi 630-sonli “Idoraviy harbiylashtirilgan qoʻriqlash hamda idoraviy qorovullik boʻlinmalari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
Davlat sud-ekspertiza muassasalari Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalariga muvofiq sud-ekspertlik faoliyati sohasida chet davlatlarning tegishli organlari va muassasalari bilan hamkorlikni amalga oshiradi.
(29-moddaning matniOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
30-modda. Davlat sud ekspertlari mehnatiga haq toʻlash va ularning ijtimoiy muhofazasi
Davlat sud ekspertlarining ish haqi mansab maoshi, ustamalar va qonunchilikda belgilangan boshqa qoʻshimcha haqlardan iborat boʻladi.
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.11.00.00 Majburiyatlarning alohida turlari / 03.11.22.00 Sugʻurta / 03.11.22.02 Majburiy sugʻurta]
Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻi qonunchilikda belgilangan tartibda davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilinadi.
(30-moddaning birinchi va ikkinchi qismlariOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 28-dekabrdagi 321-sonli qarori bilan tasdiqlangan Davlat sud ekspertlarining hayoti va sogʻligʻini davlat tomonidan majburiy sugʻurta qilish toʻgʻrisidagi nizom.
Sud ekspertizasi toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(31-moddaOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 240-moddasi.
32-modda. Qonunchilikni ushbu Qonunga muvofiqlashtirish
(32-moddaning nomiOʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi OʻRQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
Davlat sud-ekspertiza muassasasi yoki boshqa korxona, muassasa, tashkilot tomonidan sud ekspertizasini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi namunaviy nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid boʻlgan oʻz normativ-huquqiy hujjatlarini qayta koʻrib chiqishlari va bekor qilishlarini taʼminlasin.
33-modda. Ushbu Qonunning kuchga kirishi
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.03.00 Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash va koʻrib chiqish tartibi;