1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.10.00.00 Nogironlar va fuqarolarning boshqa toifalarining ijtimoiy himoyasi]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Keksalarni ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab-quvvatlashni yanada kuchaytirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
“Keksalarni eʼzozlash yili” Davlat dasturiga muvofiq hamda 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan shaxslarga munosib eʼtibor qaratish, shuningdek, pensionerlar, 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini manzilli ijtimoiy himoya qilish va moddiy qoʻllab- quvvatlashni kuchaytirish maqsadida:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.14.00 Pensiyalarga ustamalar;
2.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.16.00 Pensiyalarni tayinlash va toʻlash]
1. Yoshi 100 ga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga (nafaqasiga) 2022-yilning 1-martidan boshlab, har oyda pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining 100 foizi miqdorida qoʻshimcha toʻlov toʻlash belgilansin.
Belgilab qoʻyilsinki, 100 yoshga toʻlgan va undan oshgan fuqarolar pensiyasiga (nafaqasiga) har oyda toʻlanadigan qoʻshimcha toʻlov pensiya va nafaqa tayinlangan tashkilot orqali Oʻzbekiston Respublikasining respublika budjeti va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-noyabrdagi PF-185-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son)
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.13.00 Pensiyalarni hisoblab chiqarish]
2. 2015-yilning 1-mayidan uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha pensiyani hisoblashning bazaviy miqdorining tabaqalashtirilgan miqdorida har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladigan shaxslar imtiyozli toifalarining yangi roʻyxati 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 13-dekabrdagi PF-5894-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son)
[OKOZ:
1.06.00.00.00 Ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunchilik. Ijtimoiy himoya / 06.06.00.00 Pensiyalar / 06.06.15.00 Pensiyalarni qayta hisoblab chiqarish]
[TSZ:
1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ijtimoiy sugʻurta, ijtimoiy taʼminot va ijtimoiy himoya]
3. Yoshi 75 ga toʻlgan va undan oshgan fuqarolardan ularga tayinlangan pensiya va nafaqalarning hisoblanishi, shuningdek, qonunchilikda koʻzda tutilgan imtiyozlarning qoʻllanilishi toʻgʻriligini tekshirish natijalariga koʻra aniqlangan ortiqcha toʻlangan pensiya va nafaqalar miqdori 2015-yil davomida hisobdan chiqarilsin.
[OKOZ:
1.21.00.00.00 Oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha kompleks tusdagi hujjatlar / 21.02.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlari]
4. 2015-yilning 1-mayidan 2- va 3-ilovalarga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim farmonlariga tuzatishlar kiritilsin va baʼzi farmonlari oʻz kuchini yoʻqotgan, deb topilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga qonun hujjatlariga mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida takliflar kiritsin;
idoraviy meʼyoriy-huquqiy hujjatlarni ushbu Farmonga muvofiqlashtirsin.
6. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2015-yil 14-aprel,
PF-4715-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-sonli Farmoniga 1-ILOVA
Uy-joy-kommunal xizmatlar haqini toʻlash boʻyicha har oyda kompensatsiya pul toʻlovlari beriladigan shaxslarning imtiyozli toifalari
Har oyda beriladigan kompensatsiya pul toʻlovlari miqdori
(pensiyani hisoblashning bazaviy miqdoriga nisbatan foizda)
1.
1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilari, ularga tenglashtirilgan shaxslardan tashqari
50
2.
1941 — 1945-yillardagi urush oqibatida nogiron boʻlgan shaxslar va uning qatnashchilariga tenglashtirilgan shaxslar, shuningdek, Afgʻonistondagi harbiy harakatlar chogʻida farzandlari (er yoki xotin) halok boʻlgan ota-onalar (bevalar)
45
4.
Sovet Ittifoqi Qahramonlari, Sotsialistik Mehnat Qahramonlari va “Slava” ordenining uchala darajasi bilan mukofotlangan shaxslar. Fashist konslagerlarining sobiq voyaga yetmagan mahbuslari, Leningrad shahri qamali davrida ishlagan fuqarolar, koʻrish qobiliyati boʻyicha I guruh nogironligi boʻlgan shaxslar, Chernobil halokati oqibatida jabrlangan fuqarolar, yadro poligonlari va boshqa radiatsiya-yadro obyektlarida harbiy xizmatni oʻtagan shaxslar
45
5.
1941 — 1945-yillardagi urushning mehnat fronti qatnashchilari
25
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-apreldagi PF-62-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.04.2026-y., 06/26/62/0374-son)
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 14-apreldagi PF-4715-sonli Farmoniga 3-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yilning 1-mayidan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblangan ayrim farmonlarining
(1 — 14-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
15. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va ijtimoiy nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisida” 2011-yil 3-noyabrdagi PF-4377-sonli Farmonining 7-bandi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 16-son, 195-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.12.2019-y., 06/19/5894/4161-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son,30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.01.2022-y., 06/22/58/0078-son; 29.12.2023-y., 06/23/216/1008-son; 21.11.2024-y., 06/24/185/0944-son; 26.11.2025-y., 06/25/231/1091-son; 17.04.2026-y., 06/26/62/0374-son)