1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.03.00.00 Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik boshqaruvi organlari / 02.03.02.00 Vazirliklar]
[TSZ:
1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat hokimiyati organlari. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2023-yil 28-avgustdagi PF-151-son Farmoni ijrosini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi PF-269-son Farmoniga muvofiq Qurilish vazirligi hamda Uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi negizida Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tashkil etilganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-apreldagi PQ-3646-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida”gi qarori.
2. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi toʻgʻrisidagi nizom va uning tarkibi 2 va 2a-ilovalarga;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi toʻgʻrisidagi namunaviy nizom va uning namunaviy tarkibi 3 va 3a-ilovalarga;
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi nizom 6-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 7-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
4. Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.J. Ramatov hamda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri B.I. Zakirov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2024-yil 17-aprel,
214-son
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-son qaroriga
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik), Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Toshkent shahar Qurilish va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda ularning tuman boʻlimlari, viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda tuman boʻlimlarining asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi va faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
2. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasida qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradigan maxsus vakolatli respublika ijro etuvchi hokimiyat organi hisoblanadi.
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.11.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 02.01.00.00ga qarang);
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
4. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, ushbu Nizom, shuningdek, boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
5. Vazirlikning oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir.
6. Vazirlik, tegishli hududiy boʻlinmalar va uning tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr va blankalarga, mustaqil balansga, gʻaznachilik shaxsiy gʻazna hisobvaraqlariga, shu jumladan, chet el valyutasidagi yagona gʻazna hisobvaragʻiga ega boʻladi.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
7. Vazirlikning rasmiy nomi:
a) davlat tilida:
toʻliq nomi — Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
qisqartirilgan nomi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi;
b) rus tilida:
toʻliq nomi — Ministerstvo stroitelstva i jilishno-kommunalnogo xozyaystva Respubliki Uzbekistan;
qisqartirilgan nomi — Minstroykomxoz;
8. Vazirlikning joylashgan manzili (pochta manzili): Toshkent shahri, Abay koʻchasi, 6-uy.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
9. Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:
markaziy apparat;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Bosh boshqarma);
tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari, Toshkent shahrida — tuman qurilish boʻlimlari va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari;
(9-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi davlat muassasasi va uning hududiy boshqarmalari;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi davlat muassasasi;
Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi davlat muassasasi;
Kompetensiyani rivojlantirish instituti davlat muassasasi (Arxitektorlar muhandislar oliy maktabi, Qayta tayyorlash va malaka oshirish markazi, Malakani baholash markazi, hududiy filiallar);
Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasi;
“Oʻzbekiston bunyodkori” Nashriyot uyi MCHJ;
“Oʻzbekiston arxitekturasi va qurilishi” jurnali tahririyati MCHJ;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri Qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish konsalting markazlari davlat muassasalari;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
10. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:
shaharsozlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, sohada davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, shuningdek, soha faoliyatini rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli dasturlarni va normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
normativ-huquqiy hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda standartlarni ishlab chiqishni tashkil etish hamda tasdiqlashni amalga oshirish;
shaharsozlik faoliyatining barcha bosqichlari raqamlashtirilishini taʼminlash, yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat xizmatlarini soddalashtirish va takomillashtirib borish;
respublika hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalarini, aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyasi, shaharlar (shaharchalar) bosh rejalari va qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, shuningdek, ularga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish;
loyiha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va monitoringini yuritish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan eksperimental loyihalarni va energiya tejamkor loyiha yechimlari ishlab chiqishni tashkil etish, ular faoliyatini litsenziyalash hamda shaharsozlik hujjatlarining ekspertiza qilinishini taʼminlash;
pudrat bozorini rivojlantirish, jumladan qurilish-pudrat tashkilotlarining ayrim faoliyatlarini litsenziyalash va ulush kiritish asosida quriladigan koʻp xonadonli uylarni roʻyxatga olishni muvofiqlashtirish, qurilish va uy-joy kommunal sohasida ruxsat etish va xabardor qilish tartibini muvofiqlashtirish;
maqsadli dasturlarga kiritilgan obyektlarni monitoring qilish, loyiha va qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida davlat xaridlari hamda reyting tizimini yuritish;
obyektlar qurilishi jarayonida mualliflik, texnik va ichki nazorat olib borilishi ustidan davlat nazorati oʻrnatilishini taʼminlash, shuningdek, respublika hududida qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik xavfsizligi taʼminlanishini shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiqligi baholanishini taʼminlash;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish, shu jumladan, koʻp kvartirali uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkil etishni muvofiqlashtirish hamda renovatsiya dasturlarini shakllantirish;
hududlarni obodonlashtirish sohasi muammolarini oʻrganish va metodologik taʼminlash;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, rivojlantirish, davlat nazoratini taʼminlash, sohada xizmat koʻrsatuvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish;
issiqlik taʼminoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zamonaviy talablarga muvofiq sohada kadrlar tayyorlash, sohada xizmat koʻrsatuvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish, ilgʻor xorijiy tajribalar asosida xalqaro standartlarni joriy etish, issiqlik taʼminotini rivojlantirish boʻyicha strategiyani ishlab chiqish, sohani rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarini shakllantirish, issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish sohasidagi xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, issiqlik taʼminoti sohasini raqamlashtirish ishlarini amalga oshirish;
(10-bandning oʻn toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida (uy-joy fondi, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari hamda issiqlik taʼminoti) davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hamda davlat-xususiy sheriklik hisobidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish;
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida kadrlarni mahalliy va xorijiy yetakchi taʼlim muassasalarida tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kompetensiyasini baholash ishlarini tashkil etish hamda sertifikatlash jarayonlarini muvofiqlashtirish.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
11. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) shaharsozlik faoliyati sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, sohada davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, shuningdek, soha faoliyatini rivojlantirishning uzoq va oʻrta muddatli dasturlarni va normativ-huquqiy hujjatlarini ishlab chiqishda, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish sohasida:
soha faoliyatida uzoq muddatli strategiyalarni belgilaydi;
shaharsozlik sohasida natijadorlikni taʼminlash, resurslarni hisobga olish va boshqarish tizimini takomillashtirish, obyektlarni loyihalash, qurish va foydalanishni raqamlashtirish borasida ilmiy yechimlarni ishlab chiqadi;
yuridik va jismoniy shaxslarga shaharsozlik faoliyati sohasida byurokratik toʻsiqlarni bartaraf etishga qaratilgan zarur choralar koʻradi;
qurilish sohasida ilgʻor texnologiyalar va innovatsiyalarni joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
sohani rivojlantirishga qaratilgan uzoq va oʻrta muddatli dasturlar, yoʻl xaritalari, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi va takliflar kiritadi;
hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish dasturlaridagi obyektlarni loyihalashdan boshlab ularni foydalanishga topshirishgacha boʻlgan bosqichlarda energiya samaradorlikka erishishni taʼminlashga qaratilgan choralar koʻradi;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq infratuzilmani rivojlantirish loyihalari yuzasidan buyurtmachi xizmatlari faoliyatining amalga oshirilishini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
b) normativ-huquqiy hujjatlar, shaharsozlik normalari va qoidalari hamda standartlarni ishlab chiqishni tashkil etish hamda tasdiqlashni amalga oshirish sohasida:
oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik faoliyati sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalari loyihalari ishlab chiqilishini tashkil etadi hamda tasdiqlaydi;
shaharsozlik normalari va qoidalarida innovatsion texnologiyalarni joriy qilishdagi muammolarni oʻrganib boradi;
qurilish sohasidagi xalqaro normalar, qoidalar va standartlarni oʻrganish va tahlil qilish asosida milliy normativ hujjatlarni ular bilan uygʻunlashtirib boradi;
binolar, inshootlar va ularning alohida elementlariga boʻlgan xavfsizlik talablari, shuningdek, bino va inshootlarning energiya samaradorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
seysmik xavfsizlik taʼminlash borasida shaharsozlik normalari va qoidalarini xorijiy mamlakatlar tajribasini hisobga olgan holda muntazam ravishda takomillashtiradi;
xorijiy va xalqaro tashkilotlar, konsultantlar va mutaxassislar bilan hamkorlik qilish hamda ularni milliy normativ hujjatlar bazasini takomillashtirishga jalb qiladi;
shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqilishi boʻyicha belgilangan tartibda buyurtmachi boʻladi;
shaharsozlik normalari va qoidalarining davlat fondini shakllantirishda ishtirok etadi;
shaharsozlikda ilmiy-texnika taraqqiyoti muammolarini maqbul tarzda hal etish uchun ilmiy-texnika va texnik kengashlar faoliyatini tashkil etadi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish materiallarini olib kelish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishda muvofiqlikni baholash sohasida davlat tomonidan tartibga solishni amalga oshiradi;
LexUZ sharhi
Qarang:Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 23-maydagi PQ-4335-son “Qurilish materiallari sanoatini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori.
texnik reglamentlarning ishlab chiqilishini taʼminlash, ularga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek mazkur reglamentlarni bekor qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
v) shaharsozlik faoliyatining barcha bosqichlari raqamlashtirilishini taʼminlash, yuridik va jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida davlat xizmatlarini soddalashtirish va takomillashtirib borish sohasida:
obyektlar qurilish jarayonini elektron monitoring qilishni yoʻlga qoʻyadi va takomillashtirib boradi;
qurilish sohasiga axborot tizimlarini joriy etish ishlarini takomillashtirish orqali inson omilini kamaytirish, byurokratik toʻsiqlar va tizimli muammolarni aniqlash, ularni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
qurilish sohasiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish boʻyicha dasturlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va ijro etilishini monitoring qiladi;
qurilish sohasiga axborot tizimlarini joriy etishda masʼul tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi va hamkorligini taʼminlaydi;
joriy etilayotgan axborot tizimlarining joylarda samarali ishlashi va qoʻllanilishining yagona amaliyotini taʼminlaydi;
sohada koʻrsatilayotgan davlat xizmatlarini rivojlantirish va soddalashtirish boʻyicha takliflar kiritib boradi;
hududiy boʻlinmalar faoliyatini tahlil qiladi, ular tomonidan amalga oshiriladigan davlat xizmatlarini takomillashtirib boradi;
g) respublika hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari, aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyasi, shaharlar (shaharchalar) bosh rejalari va qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalariniishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilish, shuningdek, ularga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura nazoratini amalga oshirish sohasida:
respublika hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasini, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalarini va aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyasini vazirlik va idoralar bilan birgalikda ishlab chiqishni tashkil etadi;
shaharlarning, shaharchalarning bosh rejalari hamda Toshkent shahrining markaziy qismlari va viloyatlarning maʼmuriy markazlari, shuningdek, madaniy meros obyektlariga ega boʻlgan shaharlarni batafsil rejalashtirish loyihalarini tasdiqlaydi (tasdiqlanishi Vazirlar Mahkamasining va boshqa tashkilotlarning vakolatlari jumlasiga kiritilgan shaharsozlik hujjatlari bundan mustasno);
qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalarini ishlab chiqishni va tasdiqlashni tashkil qiladi;
shaharsozlik sohasida ilmiy-tadqiqot ishlari, aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha buyurtmachi funksiyalarini bajaradi;
umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
davlat shaharsozlik kadastrini yuritadi, aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan davlat-arxitektura nazoratini olib boradi;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari hamda boshqa tashkilotlar tomonidan amal qilishi yuzasidan davlat-arxitektura nazoratini amalga oshiradi hamda qonunbuzilish holatlari aniqlangan taqdirda, aybdor shaxslarga nisbatan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralari qoʻllash boʻyicha taklif kiritadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlariga va maxsus vakolatli davlat organlarining hududiy boʻlinmalariga shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonun hujjatlarini buzgan holda qabul qilingan qarorlarni bekor qilish haqida taqdimnomalar kiritish;
shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishga doir litsenziyalarning va ruxsat beruvchi hujjatlarning amal qilishini toʻxtatib turish, tugatish yoki ularni bekor qilish hamda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi masalani hal etish uchun tegishli davlat organlari va tashkilotlarga taqdimnomalar yuborish;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga amal qilinishi yuzasidan monitoring yuritadi;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishiga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlaridan barcha foydalanishini taʼminlash uchun vazirlik saytida ularning ochiq grafik qismini eʼlon qilib borilishini taʼminlaydi;
d) loyiha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularning ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash hamda monitoringini yuritish, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan eksperimental loyihalarni va energiya tejamkor loyiha yechimlari ishlab chiqishni tashkil etish hamda shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilinishini taʼminlash sohasida:
loyiha tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtiradi va monitoringini yuritadi, yakka tartibdagi, namunaviy, takroran qoʻllaniladigan eksperimental loyihalar va energiya tejamkor loyiha yechimlarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda shaharsozlik faoliyatining ayrim faoliyat turlarini amalga oshirish uchun belgilangan tartibda litsenziyalar beradi;
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-iyuldagi 571-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi toʻgʻrisidagi nizom.
litsenziyalar reyestrining doimiy yuritilishi va unga tegishli oʻzgartirishlar kiritishni amalga oshiradi;
oʻz vakolatlari doirasida litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qiladi;
belgilangan tartibda litsenziya va akkreditatsiya talablariga rioya qilmagan loyiha va qurilish-pudrat tashkilotlari litsenziya va akkreditatsiya guvohnomalari amal qilishini toʻxtatadi va bekor qiladi;
litsenziatlar tomonidan litsenziya talablari va shartlari bajarilishi toʻgʻrisidagi axborot bilan toʻldirib boriladigan markazlashtirilgan reyestrni (bazasini) yuritadi;
yuridik shaxslarni shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish yuzasidan akkreditatsiyadan oʻtkazadi;
shaharsozlik hujjatlari, bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash, modernizatsiya qilish, qayta jihozlash boʻyicha ishlab chiqilgan loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
e) pudrat bozorini rivojlantirish, jumladan qurilish-pudrat tashkilotlarining ayrim faoliyat turlarini litsenziyalash va ulush kiritish asosida quriladigan koʻp xonadonli uylarni roʻyxatga olishni muvofiqlashtirish, ishlab chiqariladigan qurilish materiallari bazalarini shakllantirish sohasida:
qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari hamda qurilish-pudrat tashkilotlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bazasini shakllantiradi;
qurilish-pudrat tashkilotlarining ayrim faoliyat turlari uchun litsenziyalar beradi;
energiya samarador qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlarini qoʻllash boʻyicha takliflar kiritadi;
ulush kiritish asosida uy-joy quruvchilarni elektron roʻyxatga kiritadi va shartnomalarni hisobga qoʻyadi va mazkur faoliyatni takomillashtirish choralarini koʻradi;
j) maqsadli dasturlarga kiritilgan obyektlarni monitoring qilish, loyiha va qurilish-pudrat tashkilotlari faoliyatida “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida davlat xaridlari hamda reyting tizimini yuritish sohasida:
maqsadli dasturlarga kiritilgan obyektlarni yer maydonlari ajratilishidan boshlab, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida tanlov savdolari (tender) oʻtkazilishi, loyiha hujjatlari ishlab chiqilishi, ekspertizadan oʻtkazilishi, qurilish-montaj ishlarini boshlash uchun obyektni roʻyxatdan oʻtkazilishi va qurib bitkazilgan obyektlarni foydalanishga ruxsat berishgacha boʻlgan jarayonlar monitoringini yuritadi;
qurilish-pudrat, loyiha-qidiruv tashkilotlari hamda qurilish bilan bogʻliq klasterlarning elektron reytingi tizimini shakllantiradi va yuritadi;
reyting mezon talablarini sohani bosqichma-bosqich rivojlantirish asosida belgilab, undagi qatnashchilarni xalqaro bozorga chiqarish maqsadida, reyting talablari asosida ularni tayyorlaydi;
reyting tizimini qurilish obyektlari hamda qurilish-montaj ishlarining ixtisosligidan kelib chiqqan holda sohaviy shakllanishini hamda metodologik taʼminlaydi;
reytingga kirgan tashkilotlarning soni va turi statistikasini yuritadi;
reyting mezonlarini belgilashda ishtirok etadi, ularni elektron, inson omilisiz hamda integratsiya yoʻli bilan avtomatik ravishda olinishini taʼminlaydi;
qurilish sohasidagi “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimida inson omilisiz elektron tanlov savdolari (tender) tizimi yuritilishini taʼminlaydi, uning shartlarini belgilaydi hamda tizimni ishlash amaliyotidan kelib chiqqan holda takomillashtirib boradi;
autsorsing xizmatini koʻrsatuvchi buyurtmachi tashkilotlarining bozori shakllangandan keyin ularning reytingini shakllantiradi, ularni davlat xaridlari uchun jalb etish boʻyicha inson omilisiz elektron tanlov savdolari (tender) tizimini yaratadi va rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritadi;
z) obyektlar qurilishi jarayonida mualliflik, texnik va ichki nazorat olib borilishi ustidan davlat nazorati oʻrnatilishini taʼminlash, shuningdek, respublika hududida qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik xavfsizligi taʼminlanishini shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligini baholash sohasida:
buyurtmachining texnik, loyiha tashkilotining mualliflik va qurilish-pudrat tashkilotining ichki nazorat tizimining sifatli olib borilishini nazorat qilinishini taʼminlash;
obyektlarda bajariladigan qurilish-montaj ishlarining shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari va shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishi boʻyicha davlat nazorati amalga oshirilishini taʼminlaydi va muvofiqlashtiradi;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarining buzilishiga oid maʼmuriy huquqbuzarliklar toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrib chiqadi;
shaharsozlikka oid qonunchilik, shaharsozlik normalari va qoidalarini takomillashtirishga doir takliflar kiritadi;
qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish ishlarida ishtirok etadi;
qurilayotgan bino va inshootlarning seysmik xavfsizligi taʼminlanishini shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligi baholanishini va nazorat qilinishini taʼminlaydi;
elektron texnik pasportlar asosida bino va inshootlarni seysmik jihatdan zaifligi boʻyicha tasniflashda, shuningdek, bino va inshootlarning instrumental-texnik tekshiruvi hamda ularning zilzilabardoshligini oshirishda ishtirok etadi;
seysmik faol zonalarda qurilishi rejalashtirilayotgan barcha turdagi bino va inshootlarning, shuningdek, koʻp qavatli turar joylarning seysmik jihatdan zaifligini baholash uchun zarur boʻlgan axborotni oʻz ichiga oladigan elektron texnik pasportlarni shakllantiradi;
qurilayotgan bino va inshootlarning zilzilabardoshligini taʼminlash, shuningdek, mavjud bino va inshootlarning zilzilabardoshligini oshirish uchun zarur choralar koʻrish boʻyicha takliflar va tavsiyalar tayyorlaydi;
i) uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida yagona davlat siyosatini yuritish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish sohasida:
jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmatlarga boʻlgan talabini oʻrganishni tashkil qiladi, isteʼmol ehtiyojlari, uy-joy kommunal xoʻjaligini rivojlantirish istiqbollarini inobatga oladigan ijtimoiy-iqtisodiy prognozlarni tuzadi;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasini rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi va shu asosda tarmoq va tarmoqlararo hamkorlikni shakllantiradi;
isteʼmolchilarni uy-joy kommunal xizmatlar bilan taʼminlash darajasini oshirish, energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish hisobga olinib, ularning sifatini yaxshilashga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
koʻp kvartirali uy-joy fondi hamda issiqlik taʼminoti sohasida qurilish, rekonstruksiya, kapital taʼmirlash va modernizatsiya qilishga doir dasturlar, shuningdek, hududlarning kommunal infratuzilmasini yanada rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqadi;
Vazirlik tizimidagi tashkilotlarning aholi, ijtimoiy soha obyektlari va iqtisodiyot tarmoqlariga uy-joy kommunal xoʻjaligi barqarorligini taʼminlashga doir ishlarini tashkil etadi;
Vazirlik tizimidagi uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasi obyektlarining barqaror faoliyatini, respublika hududida uy-joy kommunal xoʻjaligiga oid normativ talablarga rioya etilishini taʼminlaydi;
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan koʻp kvartirali uylarning saqlanishini taʼminlash, uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlarining barqaror ishlashi, shuningdek, uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasini rivojlantirish istiqbollari masalasi yuzasidan oʻzaro hamkorlik qiladi;
“Issiqliktaʼminoti” AJ faoliyati samaradorligining iqtisodiy normativlarini (koʻrsatkichlarini) tasdiqlaydi, yagona iqtisodiy, texnikaviy va hisobdorlik siyosatini yuritadi, tashkilotlar ishlari samaradorligini atroflicha tahlil qilish jarayoniga metodologik rahbarlik qiladi;
(11-band “i” kichik bandining toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorlikda uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida xoʻjalik mexanizmi va boshqaruv tuzilmasini takomillashtirish, uy-joy kommunal xoʻjaligi tashkilotlari faoliyatini yaxshilash boʻyicha iqtisodiy vositalar va ragʻbatlantirish taʼsirini kuchaytirish hamda aholiga xoʻjaligi madaniyatini oshirish choralarini koʻradi;
respublika aholisini uy-joy kommunal xoʻjaligi tashkilotlari faoliyati toʻgʻrisida muntazam xabardor qiladi, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning Vazirlik vakolatiga kiritilgan masalalarga taalluqli murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va zarur choralar koʻradi, jismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, ularning murojaatlari bilan bogʻliq ishlar holatini tahlil qiladi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
“Xavfsiz lift” yagona idoralararo platformasini yuritish;
lift va eskalatorlarga servis xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarning reytingini yuritish;
lift uskunalarini monitoring qilish boʻyicha dispetcherlik xizmatlarining faoliyatini monitoring qilib borish;
lift uskunalarini yangilash, taʼmirlash boʻyicha maqsadli dasturlarni shakllantirish va ularning amalga oshirilishini monitoring qilish.
(11-bandning “i” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 17-fevraldagi 98-sonli qaroriga asosan oʻn ikkinchi — oʻn beshinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan)
k) koʻp kvartirali uylarni boshqarish, shu jumladan, koʻp kvartirali uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkil etishni muvofiqlashtirish hamda renovatsiya dasturlarini shakllantirish sohasida:
koʻp kvartirali uylarni boshqarish sohasida yagona davlat siyosatini olib boradi;
koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash va ulardan foydalanish tizimini kompleks rivojlantirish va takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasini boshqarish borasida koʻp kvartirali uy-joy fondidan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish bozorini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
koʻp kvartirali uylardan va koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalaridan foydalanish hamda ularni saqlash boʻyicha tizimli ishlarni samarali tashkil qilishda ishtirok etadi;
koʻp kvartirali uylarning texnik holati monitoringini oʻtkazish boʻyicha ishlarni tashkil etadi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari reyestrini shakllantiradi va yuritadi;
koʻp kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallari yoki toʻlovlari miqdorini belgilashda xarajatlarning tarkibini aniqlash tartibini tasdiqlaydi;
koʻp kvartirali uylar mulkdorlarining majburiy badallari yoki toʻlovlarining eng kam miqdorini belgilaydi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish sohasida tizimli monitoringning amalga oshirilishini taʼminlaydi;
koʻp kvartirali uylarni mavsumiy foydalanishga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlanishini tashkil qilishda ishtirok etadi;
novatorlik faoliyati va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashadi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining hisobi va ularning faoliyati boʻyicha hisobotlarni yuritish uchun axborot tizimlari hamda axborot resurslarini joriy etadi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining koʻp kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining huquqlari va qonuniy manfaatlari bilan bogʻliq faoliyati toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining reyestrini vazirlikning rasmiy veb-saytiga joylashtiradi va yangilab turadi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish boʻyicha axborot va maslahat yordami koʻrsatadi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining faoliyatiga huquqiy hamda uslubiy jihatdan koʻmaklashadi;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi yagona billing tizimini yuritadi;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda koʻp kvartirali uylarni boshqarishning zamonaviy shakllari va usullarini ishlab chiqadi;
boshqarish organlarining mansabdor shaxslari va boshqaruvchilari hamda mutaxassislarini malakasini oshirishni tashkil etadi hamda ularga malaka sertifikatini beradi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari reytingini yuritadi;
koʻp kvartirali uy-joy fondini rekonstruksiya qilish va taʼmirlash boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va bu boradagi ishlarni amalga oshirishga doir manzilli roʻyxatlarni tasdiqlaydi;
koʻp kvartirali uy-joy fondini taʼmirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash boʻyicha dasturlarni amalga oshirish doirasida jalb qilingan buyurtmachilar, loyiha va pudrat tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtiradi hamda monitoringini yuritadi;
koʻp kvartirali uyda energiyani tejash va energetika samaradorligini oshirish boʻyicha tadbirlarni belgilaydi;
koʻp kvartirali uylarni rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish, saqlash va taʼmirlash, ularning texnik va foydalanish holatini yaxshilash masalasida joylardagi ijro hokimiyati organlari faoliyatiga koʻmaklashadi;
koʻp kvartirali uy-joy fondining eskirish va avariya holati monitoringini yuritadi va ular asosida renovatsiya dasturlarini ishlab chiqadi;
l) hududlarni obodonlashtirish sohasi muammolarini oʻrganish va metodologik taʼminlash sohasida:
aholi punktlari hududlarini obodonlashtirish sohasida normativ-huquqiy baza, standartlar, shaharsozlik normalari va qoidalarini ishlab chiqadi va yangilaydi;
obodonlashtirish sohasida davlat mablagʻlaridan foydalanish samaradorligi va koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy qilish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
obodonlashtirish sohasiga yoʻnaltirilgan innovatsion yechimlarni joriy qiladi;
obodonlashtirish sohasi xodimlariga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularni moddiy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish darajasini oshirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
m) ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish, rivojlantirish, davlat nazoratini taʼminlash, sohada xizmat koʻrsatuvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish sohasida:
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi dasturlar, strategiyalar hamda konsepsiyalarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
aholining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan qamrab olinishini monitoring qiladi;
aholi punktlarini ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan taʼminlash uchun davlat ijtimoiy buyurtmalarini beradi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishida xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kengaytirish boʻyicha chora-tadbirlar ishlab chiqadi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi tarif siyosatini shakllantirishga koʻmaklashadi;
Oʻzbekiston Respublikasidagi ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarini rivojlantirishning bosh sxemasi ishlab chiqilishida ishtirok etadi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni tashkil etadi hamda muvofiqlashtiradi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida xodimlarga boʻlgan ehtiyojni tahlil qiladi hamda ularni tayyorlashda ishtirok etadi;
davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida faoliyat yuritayotgan ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari reyestrini yuritadi va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtiradi, ular faoliyati samaradorligining asosiy mezonlarini belgilaydi va baholaydi;
ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlarini texnologik auditdan oʻtkazish hamda suvni tejash boʻyicha zarur choralarni belgilashda ishtirok etadi;
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari uchun suvning texnologik jihatdan sarflanishini va yoʻqotilishini hisob-kitob qilish tartibi, shuningdek, ularning yoʻl qoʻyiladigan normalarini (limitlarini) belgilaydi;
davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida faoliyat yuritayotgan ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari tomonidan ijro etilishi majburiy boʻlgan hujjatlarni oʻz vakolatlari doirasida qabul qiladi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga doir aniq yoʻnaltirilgan dasturlarni shakllantirishda ishtirok etadi;
xalqaro moliya institutlari ishtirokida amalga oshiriladigan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalar boʻyicha loyihaoldi hamda loyiha hujjatlarini ishlab chiqish, kelishib olish va tasdiqlash choralarini koʻradi, shuningdek, loyihalarni moliyalashtirishni amalga oshiradi;
davlat ijtimoiy buyurtmalari asosida faoliyat yuritayotgan ichimlik suvi taʼminoti va oqova suv chiqarish sohasidagi ekspluatatsiya va xoʻjaligini kengaytirish faoliyatini muvofiqlashtiradi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida davlat nazoratini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
n) issiqlik taʼminoti sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, zamonaviy talablarga muvofiq sohada kadrlar tayyorlash, sohada xizmat koʻrsatuvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish hamda nazorat qilish, ilgʻor xorijiy tajribalar asosida xalqaro standartlarni joriy etish, issiqlik taʼminotini rivojlantirish boʻyicha strategiyani ishlab chiqish, sohani rivojlantirish va modernizatsiya qilish dasturlarini shakllantirish, issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish sohasidagi xalqaro hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek, issiqlik taʼminoti sohasini raqamlashtirish ishlarini amalga oshirishda:
issiqlik taʼminotini rivojlantirish yuzasidan strategiyalar, konsepsiyalar va bosh sxemalarni tasdiqlaydi;
issiqlik energiyasini ishlab chiqarish va texnologik jarayonlar samaradorligini oshirish, belgilangan talablarga muvofiq uning sifatini taʼminlash, ishlab chiqarish jarayoniga energiya va suvni tejaydigan texnologiya hamda uskunalarni joriy qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilaydi;
respublika hududida issiqlik taʼminoti obyektlarini loyihalashtirish, qurish, modernizatsiya va rekonstruksiya qilishga doir aniq yoʻnaltirilgan barcha dasturlarni shakllantiradi, kelishadi va tasdiqlash uchun kiritadi;
issiqlik taʼminoti obyektlari qurilishi boʻyicha buyurtmachi funksiyalarining bajarilishini tashkil etadi;
issiqlik taʼminoti obyektlarini oʻz vaqtida ishga tushirish boʻyicha manzilli dasturlar ishlab chiqadi, kelishadi va tasdiqlaydi;
issiqlik taʼminoti sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi;
issiqlik taʼminoti sohasidagi tarif siyosatini shakllantirishga koʻmaklashadi;
issiqlik taʼminoti tashkilotlari reyestrini yuritish va uni oʻzining rasmiy veb-saytida joylashtirish, shuningdek, bajarilishi majburiy boʻlgan hujjatlarni qabul qiladi;
issiqlik taʼminoti korxonalarini energoauditdan oʻtkazish hamda energiya resurslarini tejash boʻyicha zarur choralarni belgilashda ishtirok etadi;
issiqlik taʼminoti tizimida issiqlik energiyasining sarflanishi va yoʻqotilishini hisob-kitob qilish tartibini, shuningdek, ularning yoʻl qoʻyiladigan normalarini (limitlarini) belgilaydi;
issiqlik taʼminoti sohasidagi loyihalarning amalga oshirilishini mahalliy ijro etuvchi hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlikda monitoring qiladi;
yangi quriladigan koʻp kvartirali uylar, ijtimoiy soha va boshqa obyektlarni sifatli va uzluksiz issiqlik energiyasi bilan taʼminlash yuzasidan takliflar kiritadi;
issiqlik energiyasini ishlab chiqarish, yetkazib berish va isteʼmol qilish talablarini oʻz ichiga olgan issiqlik taʼminoti tizimida standartlashtirish va metrologiya boʻyicha yagona siyosatni amalga oshiradi, bunda barcha turdagi energiya sarfini hisoblash zamonaviy oʻlchov vositalarini oʻrganish, joriy etish va ulardan foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
issiqlik taʼminoti sohasida zamonaviy talablarga muvofiq kadrlar tayyorlashni tashkil qiladi;
ilgʻor xorijiy tajribalar asosida xalqaro standartlarni joriy etadi;
issiqlik taʼminotini rivojlantirish boʻyicha strategik takliflarni ishlab chiqadi;
sohada zamonaviy va energiya tejamkor texnologiyalarga asoslangan modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlarini ishlab chiqadi;
(11-bandning “n” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-dekabrdagi 781-sonli qarori tahririda)
o) uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida (uy-joy fondi, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvni chiqarish xizmatlari hamda issiqlik taʼminoti) davlat budjeti, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining mablagʻlari hamda davlat-xususiy sheriklik hisobidan investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohasida:
Vazirlikka yuklangan vazifalar doirasida investitsiya siyosatini shakllantirish va amalga oshirishni muvofiqlashtiradi;
Davlat budjeti mablagʻlari va chet el investitsiyalarini jalb etish uchun masʼul vakolatli davlat organlari bilan oʻzaro hamkorlik qiladi;
xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan ularni uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasiga oid investitsiya loyihalarini amalga oshirishga jalb qilish boʻyicha istiqbolli va joriy hamkorlik takliflarini oʻrganadi, umumlashtiradi va dasturlarni tayyorlaydi;
investitsiya loyihalarining loyiha-smeta hujjatlari, texnik-iqtisodiy asoslar va boshqa loyihalarga oid hisob-kitoblarni xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari kreditlarini jalb etgan holda, oʻz vaqtida ishlab chiqilishi boʻyicha choralar koʻradi;
davlat-xususiy sheriklikni joriy etish va rivojlantirish boʻyicha hamda sohaga xususiy sektorni jalb qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasini rivojlantirish uchun taqdim etiladigan xalqaro va xorijiy hukumat moliya institutlarining texnik koʻmak (grant) mablagʻlaridan foydalanishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi;
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan qonunchilikda belgilangan holatlarda xorijiy investorlar bilan investitsiya shartnomalari tuzadi;
p) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida xodimlarni mahalliy va xorijiy yetakchi taʼlim muassasalarida tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish va kompetensiyasini baholash ishlarini tashkil etish hamda sertifikatlash jarayonlarini muvofiqlashtirish sohasida:
ilgʻor xorijiy tajribalarni inobatga olgan holda qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasiga oid tegishli yoʻnalishlarda xodimlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etadi hamda oʻquv jarayonlari uchun yangi malaka talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish boʻyicha tarmoq kengashi faoliyatini yuritadi;
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish, malakani baholash va sertifikatlash ishlarini amalga oshiradi;
raqamli texnologiyalar asosida mutaxassislar toʻgʻrisidagi tahliliy maʼlumotlar hamda sertifikatlangan mutaxassislar reyestrini yuritadi;
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasiga tegishli boʻlgan kasblar boʻyicha kasbiy standartlarni ishlab chiqish va joriy etish boʻyicha faoliyatni amalga oshiradi;
malakani baholash va sertifikatlash ishlariga mahalliy hamda xorijiy ekspertlarni keng jalb etadi;
soha mutaxassislari va taʼlim oluvchilarni nufuzli mahalliy hamda xorijiy tashkilotlarda stajirovka va amaliyotini tashkil etishda koʻmaklashadi;
sohadagi yosh xodimlarning bilimi, iqtidorini yanada oshirish uchun ilmiy-amaliy konferensiya va koʻrik tanlovlar oʻtkazadi;
vazirlik va idoralar bilan tegishli vazifa hamda topshiriqlarni oʻzaro hamkorlikda amalga oshirishni tashkil etadi.
12. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek, uning tizimiga kiradigan tarkibiy va hududiy boʻlinmalar orqali hal etadi.
2-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalarining vazifalari va funksiyalari
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
13. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalarining vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
a) shaharsozlik faoliyati sohasidagi vazifalari:
hududda Vazirlikka yuklangan vazifalarni samarali bajarish;
shaharsozlik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallari, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etishda koʻmaklashish;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va mutaxassislarning malakasini doimiy ravishda oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilishda ishtirok etish;
tegishlicha shaharlar va tumanlar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshqaradigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;
shaharsozlik faoliyati sohasida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, qurilish-pudrat tashkilotlarini malakali quruvchi, loyihachi va boshqa mutaxassislar bilan taʼminlashda ishtirok etish;
b) uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi vazifalari:
Vazirlikning uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi yagona davlat siyosatini hudud miqyosida tatbiq etish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
koʻp kvartirali uylarni boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va koʻp kvartirali uylarning texnik holatini monitoring qilish;
koʻp xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini monitoring qilish;
koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va umumiy mulkni saqlashga qaratilgan majburiy badallar miqdorini aniqlash yuzasidan boshqaruv organlariga uslubiy koʻmaklashish;
ichimlik suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlarini, issiqlik taʼminoti tizimlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlari amalga oshirilishini monitoring qilish;
issiqlik taʼminoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish boʻyicha kompleks tadbirlarni amalga oshirish;
markaziy qozonxonalar, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish borasida dasturlarni amalga oshirish va monitoringini yuritish;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari, issiqlik taʼminoti boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish hamda uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasining hududdagi tashkilotlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish boʻyicha ehtiyojni oʻrganish, shu yuzasidan takliflar kiritish;
bosh boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va barqarorligini taʼminlash;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirish va tartibga solishda ishtirok etish, sohada xizmat koʻrsatuvchilar faoliyatiga koʻmaklashish;
bosh boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarda balans va moliyaviy hisobotlarni qabul qilish, tahlil qilish hamda Vazirlikka taqdim qilish.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalarining oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) shaharsozlik faoliyati sohasidagi funksiyalari:
kelishilgan loyiha hujjatlarining fasad, kichik arxitektura shakllari hamda boshqa arxitekturaviy yechimlaridan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan chekinish sodir etilganda mazkur holatlarga nisbatan chora koʻrish uchun toʻplangan materiallarni vazirlikning tegishli boʻlinmasiga, mahalliy hokimiyat organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etib boradi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari, aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyalari, umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari, aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishida ishtirok etadi;
maqsadli dasturlarga kiritilgan qurilish obyektlarining loyiha topshiriqlarini kelishadi;
obyektlarning joylashuvi boʻyicha qurilish chizigʻini belgilaydi;
umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida takliflar kiritadi;
bosh rejalar mavjud boʻlmagan hududlarda hamda bosh reja ishlab chiqilayotgan davrda, shuningdek, batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilmagan obyektlar joylashtirilishini hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlarida koʻrib chiqadi va kelishadi;
oʻz vakolatlari doirasida aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilishda ishtirok etish;
tegishli hududlarda shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish va muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha takliflar kiritish;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari asosida (mavjud boʻlganda) shaharsozlik faoliyati obyektlari, bino-inshootlar, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlari qurilishi yoki rekonstruksiyasi, shuningdek, hududlarni obodonlashtirishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqadi;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
davlat shaharsozlik kadastri yuritilishida ishtirok etadi;
loyiha hujjatlarining arxitektura qismini saqlashga doir elektron arxivni yuritadi;
shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hududiy maqsadli dasturlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik boʻlimlarini (qismlarini) ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
aholini shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
shaharsozlik normalari va qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
shaharsozlik faoliyati, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini rivojlantirish, qurilish-montaj ishlariga yangi texnika va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash masalalari boʻyicha xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda tegishli hududdagi tashkilotlarga amaliy yordam koʻrsatadi, xorijiy hamkorlar bilan aloqalar oʻrnatishda koʻmaklashadi;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari asosida hududlardagi yerlardan samarali foydalanish, shuningdek, tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda shahar, shaharcha va qishloq (ovul)ning chegaralarini belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari, qurilish materiallari, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda ishtirok etadi;
tegishli hududdagi shaharsozlik faoliyati obyektlari boʻyicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlari, shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;
bosh boshqarma huzuridagi hududiy Arxitektura-shaharsozlik kengashi faoliyatini tashkil etadi;
belgilangan tartibda bino va inshootlar hamda boshqa obyektlar loyihalarining arxitektura qismini kelishib beradi yoki asoslantirgan holda rad etadi;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va obyektlar qurilishi boʻyicha qurilish-pudrat tashkilotlarining reyting baholarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;
qurilishda islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, pudrat ishlari bozorini rivojlantirish boʻyicha takliflarni Vazirlikka kiritadi;
qurilish industriyasi korxonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bazasini shakllantirishda ishtirok etadi;
sohaga kirib kelayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni inobatga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etadi;
sohaga oid faoliyat yuritayotgan mutaxassislar malakasini oshirish va sertifikatlash choralarini koʻrish yuzasidan takliflar kiritadi;
nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarida koʻchma mashgʻulotlar tashkil etishda koʻmaklashadi;
soha mutaxassislarining ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtash bazasi sifatida ularni loyiha va pudrat tashkilotlariga joylashtirishga koʻmaklashadi;
arxitektura va qurilish rivojlanishi holati monitoringini olib boradi, mintaqada kelajakda ularni yanada rivojlantirish boʻyicha prognozlarni shakllantiradi;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hududiy boʻlinmalarining arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
belgilangan tartibda tasdiqlangan arxitektura va qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlaydi;
arxitektura va qurilish sohasida oʻzini koʻrsatgan xodimlarni, shuningdek, arxitektura va qurilishni rivojlantirishga koʻmaklashgan boshqa shaxslarni mukofotlash haqida taklif tayyorlaydi va belgilangan tartibda taqdim etadi;
b) uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi funksiyalari:
jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmatlarga boʻlgan talabini oʻrganadi va oʻrnatilgan tartibda Vazirlikka taqdim qiladi;
isteʼmolchilarga uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish sifat darajasini oshirish va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan takliflar kiritadi;
koʻp xonadonli uy-joy fondi, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari, issiqlik taʼminoti sohasida qurilish, rekonstruksiya, kapital taʼmirlash va modernizatsiya qilishga doir dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
hududiy uy-joy kommunal xoʻjaligi tizimiga rahbarlik qiladi, uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlaridan foydalanadigan tashkilotlar faoliyatiga koʻmaklashadi;
koʻp xonadonli uy-joy fondi, issiqlik taʼminoti, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarining texnik-iqtisodiy holati koʻrsatkichlarini oʻrganadi va monitoring qiladi;
koʻp kvartirali uylardan va koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalaridan foydalanish hamda ularni saqlash boʻyicha tizimli ishlarni samarali tashkil qilishda ishtirok etadi;
koʻp kvartirali uylarni mavsumiy foydalanishga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash ishlarini tashkil qilishda ishtirok etadi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga novatorlik faoliyatini va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini tahlil qilib boradi hamda Vazirlikka taqdim qilib boradi;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish, ishlab chiqarishning moddiy va energiya isteʼmolini kamaytirish va bu sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
mahalliy ijro hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan uy-joy mulkdorlari shirkatlarining koʻp xonadonli uylarning saqlanishini taʼminlash, uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlarining barqaror ishlashi masalalari yuzasidan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyadi;
hudud aholisini uy-joy kommunal xoʻjaligi tashkilotlarining faoliyati toʻgʻrisida muntazam xabardor qiladi, jismoniy shaxslar, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning bosh boshqarma vakolatiga kiritilgan masalalarga taalluqli murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqadi va zarur choralar koʻradi:
koʻp xonadonli uy-joy fondini taʼmirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish koʻp xonadonli uylarni boshqarish va boshqaruvni amalga oshiradigan tashkilotlarni nazorat qilish tizimining faoliyat koʻrsatishi, uy-joy munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida aholini axborot bilan taʼminlaydi;
koʻp xonadonli uy-joy fondining turar joylarini yashash uchun yaroqsiz deb tan olish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirishda ishtirok etadi hamda koʻp xonadonli uy-joy fondining avariya holati monitoringini olib boradi;
koʻp xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash borasida mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga koʻmaklashadi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi dasturlar, strategiyalar hamda konsepsiyalarni ishlab chiqish uchun aniq takliflarni shakllantirish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish;
aholining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan qamrab olinishini monitoring qilish;
aholi punktlarini ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan taʼminlash uchun davlat ijtimoiy buyurtmalari uchun takliflarni shakllantirish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishida xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish boʻyicha choralar koʻrish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kengaytirish choralarini koʻrish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi tarif siyosatini shakllantirishga koʻmaklashish uchun hududdagi tariflarni iqtisodiy va texnik tomondan tahlil qilish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga koʻmaklashish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida xodimlarga boʻlgan ehtiyojni tahlil qilish hamda ularni tayyorlash boʻyicha takliflarni shakllantirish;
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari faoliyati samaradorligining asosiy mezonlarini bajarilishini baholashda ishtirok etish;
ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlarini texnologik auditdan oʻtkazish boʻyicha takliflarni shakllantirish hamda suvni tejash boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari uchun suvning texnologik jihatdan sarflanishini va yoʻqotilishini yoʻl qoʻyiladigan normalarini (limitlarini) belgilashda ishtirok etish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga doir aniq yoʻnaltirilgan dasturlarni shakllantirishda ishtirok etish;
davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarning roʻyobga chiqarilishi monitoringini mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlikda amalga oshirish;
issiqlik taʼminoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
obyektlarda energiya samaradorligini taʼminlaydigan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlar ichida alohida issiqlik taʼminoti tizimlarini oʻrnatish orqali markazlashtirilmagan issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
jismonan va maʼnan eskirgan, samaradorligi past qozonxona agregatlari, nasos uskunalari, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlari modernizatsiya, rekonstruksiya qilinishi hamda almashtirilishida qatnashadi;
energiya resurslarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishni normativ hisobga olishni yoʻlga qoʻyish, isteʼmolchilarning issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun kelib tushadigan mablagʻlar va toʻlovlarini avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi joriy qilinishini tashkil etadi;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasi uchun xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ehtiyojni oʻrganadi, uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasi uchun xodimlar tayyorlashni, xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirish uchun nomzodlarni jalb qilish ishlarini tashkil qiladi;
tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ishlarni tashkillashtiradi.
15. Bosh boshqarma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
3-§. Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
16. Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi:
(16-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
hududda Vazirlikka yuklangan vazifalarni samarali bajarish;
oʻz vakolatlari doirasida aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlashni tashkil qilishda ishtirok etish;
shaharsozlik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini tayyorlashda ishtirok etish;
hududlarda shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish va muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha takliflar kiritish;
yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallari, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etishda koʻmaklashish;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va mutaxassislarning malakasini doimiy ravishda oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil qilishda ishtirok etish;
tumanlar hokimlari, prokuratura, ichki ishlar va soliq xizmati hududiy organlari rahbarlari boshqaradigan kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari (keyingi oʻrinlarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari deb ataladi) bilan hamkorlik qilish;
shaharsozlik faoliyati sohasida xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, mintaqadagi qurilish-pudrat tashkilotlarini yuqori malakali quruvchilar, loyihachilar va boshqa mutaxassislar bilan taʼminlashni tashkil qilishda ishtirok etish.
Normativ-huquqiy hujjatlarda shaharsozlik faoliyati sohasida Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasiga alohida vazifalar yuklatilishi mumkin.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
17. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
kelishilgan loyiha hujjatlarining fasad, kichik arxitektura shakllari hamda boshqa arxitekturaviy yechimlaridan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan chekinish sodir etilganda mazkur holatlarga nisbatan chora koʻrish uchun toʻplangan materiallarni vazirlikning tegishli boʻlinmasiga, mahalliy ijro hokimiyati organlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etib boradi;
qonunchilik hujjatlarida belgilangan holatlarda va tartibda qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilish komissiyalari ishida ishtirok etadi;
aholi punktlarining bosh rejalari, batafsil rejalashtirish loyihalari hamda boshqa shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi, kelishilishi va tasdiqlanishida ishtirok etadi;
maqsadli dasturlarga kiritilgan qurilish obyektlarining loyiha topshiriqlarini kelishadi;
obyektlarning joylashuvi boʻyicha qurilish chizigʻini belgilaydi;
umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlari uchun chegaralar belgilash haqida takliflar kiritadi;
bosh rejalar mavjud boʻlmagan hududlarda hamda bosh reja ishlab chiqilayotgan davrda, shuningdek, batafsil rejalashtirish loyihalarida nazarda tutilmagan obyektlar joylashtirilishini hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashida koʻrib chiqadi va kelishadi;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari asosida (mavjud boʻlganda) shaharsozlik faoliyati obyektlari, bino-inshootlar, muhandislik va transport infratuzilmasi obyektlari qurilishi yoki rekonstruksiyasi, shuningdek, hududlarni obodonlashtirishni loyihalashtirish uchun arxitektura-rejalashtirish topshiriqlarini ishlab chiqadi;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
davlat shaharsozlik kadastri yuritilishida ishtirok etadi;
loyiha hujjatlarining arxitektura qismini saqlashga doir elektron arxivni yuritadi;
shaharsozlik faoliyati sohasida davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlashda qatnashadi;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hududiy maqsadli dasturlar, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik boʻlimlarini (qismlarini) ishlab chiqishda va amalga oshirishda qatnashadi;
aholini shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
shaharsozlik normalari va qoidalarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
shaharsozlik faoliyati, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish, pudrat ishlari va qurilish materiallari bozorini rivojlantirish, qurilish-montaj ishlariga yangi texnika va zamonaviy texnologiyalarni qoʻllash masalalari boʻyicha xalqaro ilmiy-texnik va iqtisodiy hamkorlikni amalga oshirishda hududdagi tashkilotlarga amaliy yordam koʻrsatadi, xorijiy hamkorlar bilan aloqalar oʻrnatishda koʻmaklashadi;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari asosida hududlardagi yerlardan samarali foydalanish, shuningdek, hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha takliflar kiritadi;
shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda aholi punktlarining chegaralarini belgilash toʻgʻrisida takliflar kiritadi;
yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari, qurilish materiallari, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsion loyihalarni amaliyotga tatbiq etishda ishtirok etadi;
hududdagi shaharsozlik faoliyati obyektlari boʻyicha loyihalashtirish ishlarini va kompleks muhandislik qidiruvlari, shuningdek, shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilarning mualliflik nazoratini muvofiqlashtirib boradi;
bosh boshqarma huzuridagi hududiy Arxitektura-shaharsozlik kengashi faoliyatini tashkil etadi;
bino va inshootlar hamda boshqa obyektlar loyihalarining arxitektura qismini kelishib beradi yoki asoslantirgan holda rad etadi;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va obyektlar qurilishi boʻyicha qurilish-pudrat tashkilotlarining reyting baholarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;
qurilishda islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, pudrat ishlari bozorini rivojlantirish boʻyicha takliflarni Vazirlikka kiritadi;
qurilish industriyasi korxonalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasi, shuningdek, qurilish materiallari, konstruksiyalari va buyumlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning axborot bazasini shakllantirishda ishtirok etadi;
sohaga kirib kelayotgan zamonaviy texnika va texnologiyalarni inobatga olgan holda qisqa muddatli malaka oshirish kurslarining dasturlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishda ishtirok etadi;
sohaga oid faoliyat yuritayotgan mutaxassislar malakasini oshirish va sertifikatlash choralarini koʻrish yuzasidan takliflar kiritadi;
nazariy bilimlar va amaliy koʻnikmalarni shakllantirish maqsadida hududlarda amalga oshirilayotgan qurilish obyektlarida koʻchma mashgʻulotlar tashkil etishda koʻmaklashadi;
soha mutaxassislarining ishlab chiqarish amaliyotlarini oʻtash bazasi sifatida ularni loyiha va pudrat tashkilotlariga joylashtirishga koʻmaklashadi;
arxitektura va qurilish rivojlanishi holati monitoringini olib boradi, mintaqada kelajakda ularni yanada rivojlantirish boʻyicha prognozlarni shakllantiradi;
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar hududiy boʻlinmalarining arxitektura va qurilish sohasidagi ishlarini muvofiqlashtiradi;
belgilangan tartibda tasdiqlangan arxitektura va qurilish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini taʼminlaydi;
arxitektura va qurilish sohasida oʻzini koʻrsatgan xodimlarni, shuningdek, arxitektura va qurilishni rivojlantirishga koʻmaklashgan boshqa shaxslarni mukofotlash haqida taklif tayyorlaydi va belgilangan tartibda taqdim etadi.
18. Bosh boshqarma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
4-§. Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining vazifalari va funksiyalari
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
19. Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi:
Vazirlikning uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi yagona davlat siyosatini hudud miqyosida tatbiq etish va tarmoqlararo muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
koʻp kvartirali uylarda boshqaruv organlari faoliyatini muvofiqlashtirish va koʻp kvartirali uylarning texnik holatini monitoring qilish;
koʻp xonadonli uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash ishlarini tashkil qilishda ishtirok etish;
koʻp kvartirali uy-joy fondini saqlash, ulardan foydalanish va umumiy mulkni saqlashga qaratilgan majburiy badallar miqdorini aniqlash yuzasidan boshqaruv organlariga uslubiy koʻmaklashish;
ichimlik suv va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlarini, issiqlik taʼminoti tizimlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish dasturlari amalga oshirilishini monitoring qilish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirish va tartibga solishda ishtirok etish, mazkur sohada hududda xizmat koʻrsatuvchilar faoliyatini muvofiqlashtirish;
issiqlik taʼminoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish;
markaziy qozonxonalar, issiqlik tarmoqlarini modernizatsiya va rekonstruksiya qilish borasida dasturlarni shakllantirish;
rivojlangan xorijiy mamlakatlarning ilgʻor tajribasini inobatga olgan holda uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
ichimlik suv taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari, issiqlik taʼminoti boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlarga tarif siyosatini shakllantirish uchun hamda uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasi tashkilotlarining iqtisodiy barqarorligini mustahkamlash yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasining hududdagi tashkilotlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakalarini oshirish boʻyicha ehtiyojni oʻrganish, shu yuzasidan takliflar kiritish;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasining hududiy tashkilotlari xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishga jalb qilish;
bosh boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarda axborot kommunikatsiya texnologiyalari faoliyatini yoʻlga qoʻyish va barqarorligini taʼminlash;
bosh boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarda balans va moliyaviy hisobotlarni qabul qilish, tahlil qilish hamda Vazirlikka taqdim qilish.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
20. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
jismoniy va yuridik shaxslarning uy-joy kommunal xizmatlarga boʻlgan talabini oʻrganadi va oʻrnatilgan tartibda Vazirlikka taqdim qiladi;
isteʼmolchilarga uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish sifat darajasini oshirish va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish yuzasidan takliflar kiritadi;
koʻp xonadonli uy-joy fondi, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish xizmatlari, issiqlik taʼminoti sohasida qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilishga doir dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi;
hududiy uy-joy kommunal xoʻjaligi tizimiga rahbarlik qiladi, uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlaridan foydalanadigan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
koʻp xonadonli uy-joy fondi, issiqlik taʼminoti, ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish tizimlarining texnik-iqtisodiy holati koʻrsatkichlarini oʻrganadi va monitoring qiladi;
koʻp kvartirali uylardan va koʻp kvartirali uylarga tutash yer uchastkalaridan foydalanish hamda ularni saqlash boʻyicha tizimli ishlarni samarali tashkil qilishda ishtirok etadi;
koʻp kvartirali uylarni mavsumiy foydalanishga oʻz vaqtida va sifatli tayyorlash ishlarini tashkil qiladi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlariga novatorlik faoliyatini va zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishga koʻmaklashish;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlari faoliyatining texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarini tahlil qilib boradi hamda vazirlikka taqdim qilib boradi;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sifatini oshirish, ularning turlarini kengaytirish, ishlab chiqarishning moddiy va energiya isteʼmolini kamaytirish va bu sohani takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi;
mahalliy ijro hokimiyati organlari va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan uy-joy mulkdorlari shirkatlarining koʻp xonadonli uylarning saqlanishini taʼminlash, uy-joy kommunal xoʻjaligi obyektlarining barqaror ishlashi masalalari yuzasidan oʻzaro hamkorligini yoʻlga qoʻyadi;
hudud aholisini uy-joy kommunal xoʻjaligi tashkilotlarining faoliyati toʻgʻrisida muntazam xabardor qiladi, jismoniy yuridik shaxslarning bosh boshqarma vakolatiga kiritilgan masalalarga taalluqli murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqadi;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi Qonuni.
koʻp xonadonli uy-joy fondini taʼmirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish koʻp xonadonli uylarni boshqarish va boshqaruvni amalga oshiradigan tashkilotlarni nazorat qilish tizimining faoliyat koʻrsatishi, uy-joy munosabatlari ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari toʻgʻrisida aholini axborot bilan taʼminlaydi;
koʻp xonadonli uylarni rekonstruksiya qilish, ulardan foydalanish, saqlash va taʼmirlash, ularning texnik va foydalanish holatini yaxshilash masalasida mahalliy ijro etuvchi organlar faoliyatiga koʻmaklashadi;
koʻp xonadonli uy-joy fondining turar joylarini yashash uchun yaroqsiz deb tan olish tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirishda ishtirok etadi;
koʻp xonadonli uy-joy fondining avariya holati monitoringini olib boradi;
koʻp xonadonli uy-joy fondini kuz-qish mavsumida barqaror ishlashga tayyorlash borasida ishlarni tashkil qiladi va mahalliy ijro hokimiyati organlari, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga koʻmaklashadi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi dasturlar, strategiyalar hamda konsepsiyalarni ishlab chiqish uchun aniq takliflarni shakllantirish va ularni amalga oshirishda ishtirok etish;
aholining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan qamrab olinishini monitoring qilish;
aholi punktlarini ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan taʼminlash uchun davlat ijtimoiy buyurtmalari uchun takliflarni shakllantirish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishida xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish boʻyicha choralar koʻrish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kengaytirish choralarini koʻrish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi tarif siyosatini shakllantirishga koʻmaklashish uchun hududdagi tariflarni iqtisodiy va texnik tomondan tahlil qilish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga koʻmaklashish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida xodimlarga boʻlgan ehtiyojni tahlil qilish hamda ularni tayyorlash boʻyicha takliflarni shakllantirish;
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari faoliyati samaradorligining asosiy mezonlarini bajarilishini baholashda ishtirok etish;
ichimlik suvi va oqova suvlarni tozalash inshootlarini texnologik auditdan oʻtkazish boʻyicha takliflarni shakllantirish hamda suvni tejash boʻyicha zarur choralarni koʻrish;
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlari uchun suvning texnologik jihatdan sarflanishini va yoʻqotilishini yoʻl qoʻyiladigan normalarini (limitlarini) belgilashda ishtirok etish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga doir aniq yoʻnaltirilgan dasturlarni shakllantirish;
davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga doir aniq yoʻnaltirilgan roʻyxatlarni yuritish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarning roʻyobga chiqarilishi monitoringini mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlikda amalga oshirish;
issiqlik taʼminoti tizimida, jumladan qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanib, energiya va resursni tejaydigan yangi texnologiya va uskunalarni joriy qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
obyektlarda energiya samaradorligini taʼminlaydigan mahalliy qozonxonalar qurish, shuningdek, xonadonlar ichida alohida issiqlik taʼminoti tizimlarini oʻrnatish orqali markazlashtirilmagan issiqlik taʼminoti tizimini rivojlantirish boʻyicha takliflarni tayyorlaydi;
jismonan va maʼnan eskirgan, samaradorligi past qozonxona agregatlari, nasos uskunalari, ishdan chiqqan magistral va taqsimlash issiqlik tarmoqlari modernizatsiya, rekonstruksiya qilinishi hamda almashtirilishida qatnashadi;
energiya resurslarini ishlab chiqarish va isteʼmol qilishni normativ hisobga olishni yoʻlga qoʻyish, isteʼmolchilarning issiqlik taʼminoti xizmatlari uchun kelib tushadigan mablagʻlar va toʻlovlarini avtomatlashtirilgan hisobga olish tizimi joriy qilinishini tashkil etadi;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasi uchun xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ehtiyojni oʻrganadi, uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasi uchun xodimlar tayyorlashni, xorijiy mamlakatlarda tajriba orttirish uchun nomzodlarni jalb qilish ishlarini tashkil qiladi;
tegishli davlat organlari bilan hamkorlikda bosh boshqarma va uning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlarda korrupsiyani oldini olishga qaratilgan ishlarni tashkillashtiradi.
21. Bosh boshqarma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshirishi mumkin.
5-§. Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari, Toshkent shahar tuman qurilish boʻlimlari va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlarining vazifalari va funksiyalari
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
22. Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari, Toshkent shahar tuman qurilish boʻlimlari va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlarining vazifalari etib quyidagilar hisoblanadi:
a) shaharsozlik faoliyati sohasidagi vazifalari:
tegishli tumanda (shaharda) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarilishini taʼminlash;
oʻzlariga yuklangan vazifalar boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish hamda tizimni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish sektorlari bilan hamkorlik qilish;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga rioya etilishini nazorat qilishda ishtirok etish;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarining ishlab chiqilishi va tasdiqlanishida ishtirok etish;
oʻz vakolatlari doirasida aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini amaliyotga tatbiq etish monitoringini olib borish;
shaharsozlik faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha takliflar tayyorlash, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning tarmoq va hududiy dasturlarini ishlab chiqishda qatnashish;
shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish, shuningdek, tegishli hududda muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish yuzasidan takliflar kiritish;
aholi punktining bosh rejasi mavjud boʻlmaganda yoki uning yangi bosh rejasi ishlab chiqilayotgan davrda aholi punkti hududida joriy qurilish uchun yer uchastkasi ajratish bilan bogʻliq masalalarni hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari bilan kelishib olish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasiga taqdimnoma kiritish;
shaharsozlik faoliyati sohasida yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari va qurilish materiallari, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsiya loyihalarini tatbiq etishda ishtirok etish;
loyihalashtirish va pudrat ishlari, qurilish materiallari bozorlarida raqobat muhitini shakllantirish boʻyicha takliflar kiritish;
tumanda (shaharda) arxitektura va qurilishni rivojlantirish holati monitoringini olib borish, tumanda (shaharda) ularni yanada rivojlantirish boʻyicha har yilgi prognozlarni shakllantirish;
b) uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi vazifalari:
tegishli tumanda (shaharda) Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarilishini taʼminlash;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash hamda uy-joy kommunal xizmatlarning zamonaviy shakl va usullarini joriy etishda koʻmaklashish;
koʻp kvartirali uylarning hisobini yuritish, uylarning texnik holatini monitoring qilish;
koʻp xonadonli uylarni qurish boʻyicha dasturlari amalga oshirilishida ishtirok etish, eski va avariya holatidagi uy-joylar buzilishini tashkil etish;
mahalliy ijro hokimiyati organlari bilan hamkorlikda koʻp kvartirali uylarni taʼmirlash va rekonstruksiya qilish boʻyicha dasturlarni shakllantirish;
boshqaruvchi tashkilot va uy-joy mulkdorlari shirkatlari faoliyatiga koʻmaklashish;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasi uchun xodimlar tayyorlash boʻyicha takliflar kiritish, xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish;
vazirlik va bosh boshqarma tomonidan berilgan topshiriq va vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirilishini taʼminlash, bajarilishi yuzasidan hisobotlar kiritish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasini rivojlantirish va tartibga solishda ishtirok etish, mazkur sohada hududda xizmat koʻrsatuvchilar faoliyatiga koʻmaklashish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasida barcha dasturlar doirasida amalga oshirilayotgan qurilish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish sohasida amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish;
vakolati doirasida isteʼmolchilarga ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvni chiqarib yuborish xizmatlarini koʻrsatish sifatini yaxshilash choralarini koʻrish va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash borasida takliflar kiritish.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
23. Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari, Toshkent shahar tuman qurilish boʻlimlari va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari ularga yuklangan asosiy vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) shaharsozlik faoliyati sohasida:
tumanda (shaharda) arxitektura va qurilishning rivojlanish holati monitoringini olib boradi, tumanda (shaharda) ularni yanada rivojlantirish boʻyicha har yilgi prognozlarni shakllantiradi;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlariga asosan loyiha va qurilish-montaj ishlarini bajarishda shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilikka, shaharsozlik norma va qoidalariga, standartlarga rioya etilishi yuzasidan nazorat amalga oshirilishida ishtirok etadi;
yer maydonlarini auksionga chiqarilishida ishtirok etadi;
oʻz vakolatlari doirasida davlat xizmatlarini koʻrsatadi;
belgilangan tartibda obyektlar chegaralarini belgilash boʻyicha takliflar kiritadi;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishlarini bartaraf etish boʻyicha shaharsozlik faoliyati subyektlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;
shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslarga nisbatan jazo choralarini koʻrish uchun materiallarni vakolatli organlarga beradi;
aholi punktlarini shaharsozlik hujjatlari bilan taʼminlash boʻyicha takliflar kiritadi;
aholi punktlarining bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirishda ishtirok etadi;
tegishli hududlarda shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish va muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish masalalari boʻyicha bosh boshqarmalar hamda mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritadi;
aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib boradi;
bosh boshqarmalarga davlat shaharsozlik kadastrini yuritish yuzasidan maʼlumotlarni kiritadi;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hududiy dasturlar, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish prognozlarining shaharsozlik boʻlimlarini (qismlarini) ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
tegishli hududni rivojlantirish boʻyicha shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlangʻich maʼlumotlarni jamlashda koʻmaklashadi va ishtirok etadi;
aholini shaharsozlik faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda xabardor qilib boradi;
yuqori samarali va energiyani tejaydigan loyiha yechimlari, qurilish materiallari, zamonaviy qurilish texnologiyalari va innovatsion loyihalarni tatbiq etishda ishtirok etadi;
loyihalashtirish va qurilish-pudrat tashkilotlarining reyting baholarini aks ettiruvchi koʻrsatkichlar tizimini joriy etishda ishtirok etadi;
b) uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida:
koʻp kvartirali uylarni saqlash va undan foydalanish bilan bogʻliq belgilangan vazifalar va ishlab chiqilgan dasturlar ijrosining monitoringini yuritadi;
koʻp kvartirali uylarning texnik pasportlari asosida uylarning soni, ularning texnik holati va ushbu uylarga xizmat koʻrsatuvchi boshqarish tashkilotlari yuzasidan toʻliq maʼlumot-hisobotlarni yuritadi;
koʻp kvartirali uylarning texnik holati boʻyicha xatlov ishlarini oʻtkazadi, bu borada ishlab chiqilgan statistik hisobotlar, nuqson dalolatnomalari va shu kabi boshqa hujjatlar amaliyotga toʻliq tatbiq etilishida ishtirok etadi;
uylarning texnik holati va kelgusida taʼmirlash zaruriyati yuzasidan manzilli dastur boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
oʻtkazilgan texnik xatlov natijalari boʻyicha tegishli hududda joylashgan koʻp kvartirali uylarning tasdiqlangan texnik meʼyorlarga muvofiq yaxshi, oʻrta va ogʻir toifaga boʻlinishi hamda ularning roʻyxatini shakllantiradi;
boshqaruv organlariga biriktirilmagan uylar roʻyxatini tuzadi, ularda boshqaruv organlarini tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
hududlardagi koʻp kvartirali uylarning aniq hisobini yuritadi va uylarning texnik holatidagi muammolar hamda uning yechimlari yuzasidan shu mutasaddi idoralarga tegishli takliflar tayyorlaydi;
uylarni kapital taʼmirlash, sanatsiya, rekonstruksiya yoki renovatsiya qilish yoxud buzish, ushbu uylarda yashayotgan mulkdorlarni koʻchirish yoki ularni boshqa uy-joylar bilan taʼminlashning qisqa va uzoq muddatga moʻljallangan kompleks reja-dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
koʻp kvartirali uylarning turar joy binolarini yashash uchun yaroqsiz deb tan olish, bunda, vakolatli organlar bilan birgalikda eski va avariya holatida deb topilgan koʻp kvartirali uylarning kapital taʼmirlash, rekonstruksiya qilish va buzish ishlarini tashkil qilishda ishtirok etadi;
har yil dekabr oyida texnik jihatdan “oʻrta (sariq)” va “ogʻir (qizil)” toifadagi uylar boʻyicha kelgusi yilda amalga oshiriladigan kompleks ishlar boʻyicha boshqarmaga takliflar tayyorlaydi;
lift xavfsizligini taʼminlashga masʼul deb topilgan xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan birgalikda uylarda oʻrnatilgan liftlarning texnik xavfsizligini taʼminlashdagi muammolarni bartaraf etishning kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqadi;
koʻp kvartirali uylar joylashuv xaritasini ishlab chiqish va uni mahalliy hokimliklar qarorlari bilan tasdiqlashga oid masalalar boʻyicha vakolati doirasidagi ishlarni amalga oshiradi;
koʻp kvartirali uylar va unga tutash hududlarning aniq chegaralarini belgilash va ushbu ishlarga oid ishlab chiqilgan hujjatlarni tuman (shahar) hokimligi qarorlari bilan tasdiqlash, ushbu qarorlarni boshqaruv organlariga tarqatish va amalga oshirilayotgan ishlarning maqsadi yuzasidan keng jamoatchilik oʻrtasida tushuntirish bilan bogʻliq boʻlimga yuklangan vazifalar ijrosini taʼminlaydi;
koʻp kvartirali uylarni elektron pasportlashtirishga oid boʻlim vakolatiga kiruvchi ishlarni tashkil etadi, tegishli mutasaddi idoralar bilan birgalikda elektron pasportlashtirish bilan bogʻliq talab etilayotgan xarajatlar miqdorini aniqlab, talab etiladigan xarajatlarning manbalari yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
koʻp kvartirali uyning kadastr hujjatlarida uy-joy fondi unga tutash hududlari aks ettirilgan holda rasmiylashtirilishini tashkil qiladi;
hududlarni obodonlashtirish sohasidagi muammolarni oʻrganadi, ularni hududlar boʻyicha bartaraf etish yuzasidan boʻlimga yuklangan vazifalarni bajaradi;
koʻp kvartirali uylarni saqlash va undan foydalanish hamda kommunal xizmatlarni koʻrsatish boʻyicha ishlar bozorini rivojlantirish imkonini berishga oid ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar ijrosini taʼminlaydi;
joylardagi mahalliy hokimliklar, fuqarolarning oʻzini-oʻzi boshqarish organlari va uylarni boshqarish organlari bilan birgalikda koʻp kvartirali uylarni kuz-qish davriga barqaror tayyorlashga oid manzilli dasturlarni shakllantiradi, shu jumladan uylarni mavsumiy taʼmirlash, obodonlashtirish va undan foydalanish sharoitlarini yaxshilash boʻyicha dasturlar doirasida loyihadan avvalgi va loyiha hujjatlari uchun texnik topshiriqlarni ishlab chiqadi va mutasaddi idoralar tomonidan tasdiqlanishini tashkil qiladi;
koʻp kvartirali uylarni mavsumiy taʼmirlash boʻyicha dasturlarni amalga oshirish uchun ajratilgan mablagʻlardan samarali va maqsadli foydalanish, bu borada buyurtmachilar va loyiha tashkilotlari ishlarini muvofiqlashtirish boʻyicha boʻlimga yuklangan vazifalarni bajaradi;
hududni obodonlashtirish sohasidagi muammolarni oʻrganadi va umumlashtiradi hamda ularning natijalari boʻyicha ushbu soha samaradorligini yanada oshirish, mavjud muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va yangilarini tashkil qilish boʻyicha tuman (shahar) miqyosidagi kompleks chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va ularni hududlarda amalga oshirilishini monitoringini yuritadi;
boshqaruv organi tashkil etilmasdan foydalanishda boʻlgan koʻp kvartirali uylar yoki yangi qurilgan koʻp kvartirali uylarda boshqaruv organlarini tashkil etilishida ishtirok etadi;
boshqaruv organlari tasarrufidagi koʻp kvartirali uylarning yertoʻlalari, noturar joylari va uyga tutash hududlarida tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi ruxsat etiladigan turlarini ishlab chiqish, ijaraga beriladigan uy-joy fondi qismlarini narxlar kalkulyatsiyasini ishlab chiqish, tasdiqlash uchun mahalliy ijro etuvchi hokimliklarga taqdim etish;
uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasini boshqarish borasida koʻp kvartirali uylardan foydalanish va ularga xizmat koʻrsatish bozorini rivojlantirish imkonini berishga oid ishlab chiqilgan kompleks chora-tadbirlar ijrosini monitoring qiladi;
hududda mavjud boshqaruv organlari boʻyicha barcha koʻp kvartirali uylardagi xonadonlarni “Mening uyim” billing tizimi bilan qamrab olish bilan bogʻliq ishlarni tashkil etadi, yangi qurilgan uy-joylarni eʼtiborga olgan holda doimiy ravishda dasturga maʼlumotlar kiritib borilishini taʼminlaydi;
koʻp kvartirali uylar joy mulkdorlarining majburiy badallari yoki toʻlovlari miqdorini belgilashda xarajatlar tarkibini aniqlashda boshqaruv organlariga koʻmaklashadi;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi dasturlar, strategiyalar hamda konsepsiyalarni ishlab chiqish uchun aniq takliflarni shakllantirish va taqdim etish;
aholining ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan qamrab olinishini monitoring qilish;
aholi punktlarini ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan taʼminlash uchun davlat ijtimoiy buyurtmalari uchun takliflarni shakllantirish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar koʻrsatilishida xususiy sektorning ishtirokini kengaytirish boʻyicha choralar koʻrish, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik asosida kengaytirish boʻyicha takliflarni shakllantirish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishga koʻmaklashish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga doir aniq yoʻnaltirilgan dasturlarni shakllantirishda ishtirok etish;
davlat ijtimoiy buyurtmasi asosida ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish obyektlarini qurish hamda rekonstruksiya qilishga doir aniq yoʻnaltirilgan roʻyxatlarni ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish boʻyicha xizmatlar bilan taʼminlanishini istiqbolli prognoz qilish maqsadida yuritish;
ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish sohasidagi loyihalarning roʻyobga chiqarilishi monitoringini mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari bilan hamkorlikda amalga oshirish.
24. Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
4-bob. Vazirlik va Bosh boshqarmalarning huquqlari va javobgarligi
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
25. Vazirlik oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:
a) shaharsozlik faoliyati sohasida:
oʻz vakolatlari doirasida, shu jumladan, boshqa davlat organlari bilan birgalikda davlat organlari va tashkilotlari, jismoniy va yuridik shaxslar uchun majburiy boʻlgan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishga bogʻliq boʻlgan boshqa hujjatlarni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi yoki Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarda davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini belgilangan tartibda muvofiqlashtirish;
davlat organlari va tashkilotlaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan shuningdek, davlat statistika organlaridan Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir zarur maʼlumotlarni hamda zarur statistik axborotni soʻrash va bepul asosda olish;
oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlik va shaharsozlik faoliyati hamda kapital qurilish sohasidagi iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish masalalari ishlab chiqilishini muvofiqlashtirish;
Vazirlik va uning tizimiga kiruvchi tashkilotlar mutaxassislarini ilgʻor tajribani oʻrganish va malaka oshirish maqsadida xorijga yuborish;
shaharsozlik faoliyati sohasidagi eng yaxshi ilmiy-texnik ishlanmalar hamda hududlarni rejalashtirish va qurish loyihalarini tanlash uchun tanlovlar eʼlon qilish;
shaharsozlik faoliyati subyektlaridan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
Vazirlik va unga idoraviy mansub tuzilmalar mol-mulkini oʻzining tashkiliy tuzilmasi doirasida bir boʻlinmadan boshqa boʻlinmaga tekin foydalanish huquqi bilan belgilangan tartibda berish;
vazirlik va idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda Toshkent shahar, tuman va shahar hokimliklari tomonidan qonunbuzarlik holatlari ixtiyoriy ravishda bartaraf etilmaganda, vazirlik nomidan sudlarga haqiqiy emas deb topish, bekor qilish va toʻxtatib qoʻyish yuzasidan daʼvo arizalarini kiritish va qonunchilik hujjatlarida belgilangan boshqa choralar koʻrish;
shaharsozlik faoliyati sohasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha bajarilishi majburiy boʻlgan yozma koʻrsatmalar beradi;
Vazirlar Mahkamasiga, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;
Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha xalqaro darajada Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarini belgilangan tartibda himoya qilish;
arxitektura va qurilishni rivojlantirish hamda ommalashtirish uchun shart-sharoitlarni yaratish doirasida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisidagi koʻrib chiqilishi shart boʻlgan koʻrsatmalarni davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy ijro hokimiyati organlariga yuborish;
vazirliklar, idoralar, taʼlim muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislari va olimlarni shuningdek, xorijiy mutaxassislarni maslahatlar, ilmiy va ekspert ishlarini oʻtkazish, arxitektura va qurilishga oid dolzarb loyihalarni ishlab chiqish uchun shartnoma asosida taklif etish;
oʻz vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
arxitektura va qurilishni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan qarorlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlarini belgilangan tartibda amalga oshirish;
arxitektura va qurilish sohasini reklama qiluvchi va targʻib qiluvchi boshqa mahsulotlarni (mamlakatda arxitektura va qurilishni yanada ommalashtirishga yoʻnaltirilgan reklama audio, videomateriallari va broshyuralar, xaritalar va boshqa reklama-axborot materiallarini) bosish, koʻpaytirish, tayyorlashga buyurtmalarni mustaqil ravishda yoki oʻziga qarashli tashkilotlar orqali joylashtirish;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar, shu jumladan, chet el olimlari va mutaxassislarini jalb etish;
litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga jismoniy va yuridik shaxslarning rioya etishini tekshirishni qonunchilikda belgilangan tartibda joyiga chiqqan holda oʻtkazish;
litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga rioya etilishi yuzasidan tekshiruvlar oʻtkazilayotganda yuzaga keladigan masalalar boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan zarur axborotni soʻrash va olish;
tekshiruvlar natijalari asosida jismoniy va yuridik shaxslar yoʻl qoʻygan litsenziya, ruxsat berish va xabardor qilish talablari va shartlariga doir qoidabuzarliklarni koʻrsatgan holda dalolatnomalar tuzish;
jismoniy va yuridik shaxslar zimmasiga aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish majburiyatini yuklovchi qarorlar chiqarish;
litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatning amal qilishini toʻxtatib turish yoxud uni bekor qilish toʻgʻrisidagi ariza bilan sudga murojaat qilish;
xabardor qiluvchilarning faoliyatini (harakatlarini) toʻxtatib turish va qayta tiklash toʻgʻrisida qaror qabul qilish, ularning faoliyatini tugatish toʻgʻrisida, shuningdek, xabardor qiluvchining faoliyatini (harakatlarini) amalga oshirishni taqiqlash toʻgʻrisida sudga ariza berish;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslarga jarima solish toʻgʻrisida sudga ariza berish;
litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi vakolatlarni amalga oshirish uchun sudga arizalar berish;
jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan litsenziyasiz yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarsiz, shuningdek, xabarnoma yubormasdan faoliyat bilan shugʻullanish hollarini aniqlash uchun qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda nazorat tadbirlarini oʻtkazish;
qonunchilik hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatish va ishlarni bajarish;
b) uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida:
tashkilotlardan oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hujjatlar, statistika maʼlumotlar, tahliliy materiallar, xulosa va boshqa axborotlarni soʻrab olish;
tashkilotlardan ichimlik suvi taʼminoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, koʻp kvartirali uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash, koʻp kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur hisob-kitoblar, hisobot maʼlumotlari va boshqa materiallarni olish;
ichimlik suvi taʼminoti tashkilotlariga va ularning muassislariga bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish;
Vazirlar Mahkamasiga, davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
Davlat organlari va tashkilotlari hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga koʻrib chiqilishi shart boʻlgan uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi qonunbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish huquqiga ega.
Vazirlik qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
26. Vazirlik:
unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning lozim darajada va samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosati amalga oshirilishi;
tegishli sohadagi faoliyatning asosiy koʻrsatkichlari parametrlariga va belgilangan indikatorlarga erishishning soʻzsiz taʼminlanishi;
joriy etilayotgan innovatsiyalar, gʻoyalar va texnologiyalar, shuningdek, Vazirlik tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kiritiladigan normativ-huquqiy hujjatlar va boshqa hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Vazirlik tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlarni amalga oshirish sifati, yakuniy natijalari va oqibatlari;
tegishli sohani rivojlantirish dasturlari, chora-tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa hujjatlar samarali amalga oshirilishi hamda hududlardagi muammoli masalalar hal etilishi;
fuqarolar va tegishli sohadagi tadbirkorlik subyektlarining huquqlar va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi va ularning himoya qilinishi taʼminlanishi, sohada raqamlashtirishni taʼminlash va korrupsion omillarni bartaraf etish uchun javob beradi.
2-§. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalarining huquqlari va javobgarligi
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
27. Bosh boshqarma oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
a) shaharsozlik faoliyati sohasida:
davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi toʻgʻrisida”gi Qonuni.
davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga arxitektura va qurilishni rivojlantirish maqsadida zarur sharoitlarni yaratishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida majburiy koʻrib chiqish uchun taqdimnomalar kiritish;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar, shu jumladan, chet el olimlari va mutaxassislarini jalb etish;
obyektlar loyihalarini shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligini koʻrib chiqish, ularni kelishishda ijobiy yoki salbiy xulosalar berish;
shaharsozlik faoliyati subyektlaridan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
moliyalashtirilishi markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish obyektlari boʻyicha buyurtmachilar, loyihachilar va pudratchilar tomonidan bajarilishi monitoringini olib borish;
oʻz faoliyatida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan oʻzaro ijodiy hamkorlikni amalga oshirish;
Vazirlikka shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzgan holda ishlayotgan shaharsozlik faoliyati subyektlarining qurilish sohasidagi hamda arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyati huquqini beruvchi litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
olimlar hamda vazirliklar, idoralar, taʼlim va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini ilmiy va ekspert ishlari, maslahatlar oʻtkazish uchun, arxitektura va qurilish sohasining dolzarb masalalarini ishlab chiqish uchun Vazirlik bilan kelishgan holda xorijiy mutaxassislarni taklif etish;
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
mintaqada arxitektura va qurilishni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xalqaro, xorijiy va respublika tashkilotlari bilan hamkorlikni belgilangan tartibda yoʻlga qoʻyish;
b) uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida:
tashkilotlardan oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hujjatlar, statistika maʼlumotlar, tahliliy materiallar, xulosa va boshqa axborotlarni soʻrab oladi;
tashkilotlardan ichimlik suvi taʼminoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, koʻp kvartirali uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash, koʻp kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur hisob-kitoblar, hisobot maʼlumotlari va boshqa materiallarni oladi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestridan boshqarish organlarini chiqarish boʻyicha “Kommunal taʼminot markazi” davlat muassasasiga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
vazirlik va viloyat hokimligiga koʻrib chiqish uchun bosh boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritadi;
tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga koʻrib chiqilishi shart boʻlgan uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi qonunbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalar yuboradi;
tashkilotlar rahbarlarini uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablari va normativ hujjatlarni bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortish toʻgʻrisida koʻrib chiqish uchun vazirlikka, viloyat hokimligiga yoki boshqa tegishli organlarga takliflar kiritadi;
viloyat hokimligiga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
bosh boshqarma va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini koʻradi;
bosh boshqarma tizimida budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanadi, boshqarma tarkibiga kiradigan korxonalarning moliyaviy va xoʻjalik faoliyatini tekshiradi va taftish qiladi.
Bosh boshqarma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
28. Bosh boshqarma:
tuman (shahar) hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
tuman (shahar) boʻlinmalarining faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash;
Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni sifatli tayyorlash;
tumanlar (shaharlar)da aniqlangan muammolarni chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida viloyatda sohani rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
sohani rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish uchun javob beradi.
3-§. Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasining huquqlari va javobgarligi
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
29. Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalaridan, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻz vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun kiritish;
davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy ijro hokimiyati organlariga arxitektura va qurilishni rivojlantirish maqsadida zarur sharoitlarni yaratishda yoʻl qoʻyilgan kamchiliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida majburiy koʻrib chiqish uchun taqdimnomalar kiritish;
oʻz vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etish uchun shartnoma asosida tashkilotlar, olimlar va mutaxassislar, shu jumladan, chet el olimlari va mutaxassislarini jalb etish;
obyektlar loyihalarini shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik, shuningdek, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga muvofiqligini koʻrib chiqish, ularni kelishishda ijobiy yoki salbiy xulosalar berish;
shaharsozlik faoliyati subyektlaridan shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga hamda shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishini talab qilish;
moliyalashtirilishi markazlashtirilgan manbalar hisobiga amalga oshirilayotgan qurilish obyektlari boʻyicha buyurtmachilar, loyihachilar va pudratchilar tomonidan bajarilishi monitoringini olib borish;
oʻz faoliyatida shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiquvchilar va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan oʻzaro ijodiy hamkorlikni amalga oshirish;
Vazirlikka shaharsozlik toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari, shaharsozlik normalari va qoidalari talablarini buzgan holda ishlayotgan shaharsozlik faoliyati subyektlarining qurilish sohasidagi hamda arxitektura-shaharsozlik hujjatlarini yaratish faoliyati huquqini beruvchi litsenziyalarning amal qilishini toʻxtatib turish yoki bekor qilish toʻgʻrisida takliflar kiritish;
olimlar hamda vazirliklar, idoralar, taʼlim va boshqa muassasalarning yuqori malakali mutaxassislarini ilmiy va ekspert ishlari, maslahatlar oʻtkazish uchun, arxitektura va qurilish sohasining dolzarb masalalarini ishlab chiqish uchun Vazirlik bilan kelishgan holda xorijiy mutaxassislarni taklif etish;
oʻz vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar, koʻrgazmalar, yarmarkalar va boshqa tadbirlarni oʻtkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan oʻtkaziladigan shunday tadbirlarda ishtirok etish;
hududda arxitektura va qurilishni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlarni birgalikda ishlab chiqish maqsadida xorijiy va respublika tashkilotlari bilan hamkorlikni belgilangan tartibda yoʻlga qoʻyish.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
30. Bosh boshqarma:
tuman boʻlimlari bilan hamkorlikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
tuman boʻlimlarining faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash;
Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni sifatli tayyorlash;
tumanlarda aniqlangan muammolarni chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida viloyatda sohani rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
sohani rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish uchun javob beradi.
4-§. Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasining huquqlari va javobgarligi
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
31. Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻziga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tashkilotlardan oʻz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha hujjatlar, statistika maʼlumotlar, tahliliy materiallar, xulosa va boshqa axborotlarni soʻrab oladi;
tashkilotlardan ichimlik suvi taʼminoti, oqova suvlarni chiqarib yuborish va issiqlik taʼminoti obyektlarini qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy taʼmirlash, koʻp kvartirali uy-joy fondini mukammal va joriy taʼmirlash, koʻp kvartirali uy-joy fondiga tutash hududlarni obodonlashtirish boʻyicha dasturlar loyihalarini ishlab chiqish uchun zarur hisob-kitoblar, hisobot maʼlumotlari va boshqa materiallarni oladi;
koʻp kvartirali uylarni boshqarish organlarining elektron reyestridan boshqarish organlarini chiqarish boʻyicha “Kommunal taʼminot markazi” davlat muassasasiga koʻrib chiqish uchun takliflar kiritadi;
vazirlik va shahar hokimligiga koʻrib chiqish uchun Boshqarma vakolatiga kiradigan masalalar yuzasidan takliflar kiritadi;
tashkilotlar va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga koʻrib chiqilishi shart boʻlgan uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi qonunbuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida taqdimnomalar yuboradi;
tashkilotlar rahbarlarini uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi qonunchilik talablari va normativ hujjatlarni bajarmagani yoki tegishli ravishda bajarmagani uchun belgilangan tartibda javobgarlikka tortish toʻgʻrisida koʻrib chiqish uchun vazirlikka, shahar hokimligiga yoki boshqa tegishli organlarga takliflar kiritadi;
bosh boshqarma va uning tarkibiga kiradigan tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash choralarini koʻradi;
bosh boshqarma tizimida budjet mablagʻlaridan oqilona foydalanadi, boshqarma tarkibiga kiradigan korxonalarning moliyaviy va tadbirkorlik faoliyatini tekshiradi va taftish qiladi.
Bosh boshqarma qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
32. Bosh boshqarma:
tuman boʻlinmalari bilan hamkorlikda ularga yuklangan vazifalar va funksiyalarning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash;
hududiy boʻlinmalarining faoliyati bilan bogʻliq prognoz koʻrsatkichlariga erishishni taʼminlash;
Vazirlikka kiritiladigan hujjatlar loyihalari va takliflarni sifatli tayyorlash;
tumanlarda aniqlangan muammolarni chuqur tahlil qilish va umumlashtirish asosida viloyatda sohani rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlash;
sohani rivojlantirish boʻyicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yoʻl xaritalari” va boshqa dasturiy hujjatlarni samarali amalga oshirish uchun javob beradi.
5-bob. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
1-§. Vazirlik rahbariyati
[OKOZ:
1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.08.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi / 01.08.01.00 Umumiy qoidalar. Oliy Majlisga saylovlar / 01.08.01.01 Umumiy qoidalar;
2.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.10.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti / 01.10.02.00 Vakolat;
4.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
33. Vazirlikka Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi maʼqullaganidan keyin Prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Vazir boshchilik qiladi.
Vazir oʻz maqomiga koʻra Vazirlar Mahkamasining aʼzosi hisoblanadi.
34. Vazirning toʻrt nafar oʻrinbosari, shu jumladan, bir nafar birinchi oʻrinbosari boʻladi.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
35. Vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Vazirning rejim va kadrlar masalalari boʻyicha maslahatchisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi bilan kelishilgan holda vazir tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
36. Vazir boʻlmagan vaqtda uning vakolatlari vazifalar taqsimotiga binoan uning oʻrinbosarlari tomonidan bajariladi.
Vazir va uning oʻrinbosarlari ishda bir vaqtda boʻlmaganda vazirlik faoliyatini vazir maslahatchisi muvofiqlashtiradi.
37. Hisobot davri yakunlariga koʻra Vazirlik huzuridagi va muassisligidagi korxona va tashkilotlarning faoliyati, koʻrsatgan xizmatlari va bajargan ishlari hisobidan olgan sof foydasi vazir tomonidan taqsimlanadi (masʼuliyati cheklangan jamiyat va aksiyadorlik jamiyati shaklidagi yuridik shaxslar bundan mustasno).
(37-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
38. Quyidagilar vazir buyrugʻi asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi:
Markaziy apparat rahbari va xodimlari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi va Toshkent shahar Uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari boshliqlari va boshliqlarining oʻrinbosarlari;
Tuman (shahar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari, Toshkent shahrida — tuman qurilish boʻlimlari va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari boshliqlari;
(38-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi davlat muassasasi rahbari;
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Respublika markazi davlat muassasasi rahbari;
Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi davlat muassasasi rahbari;
Kompetensiyani rivojlantirish instituti davlat muassasasi rahbari;
Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti davlat muassasasi rahbari;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri qurilish sohasida davlat xaridlarini tashkil etish konsalting markazlari rahbarlari;
Issiqlik taʼminoti obyektlari boʻyicha injiniring kompaniyalari rahbarlari;
“Oʻzbekiston arxitekturasi va qurilishi” jurnali tahririyati” MCHJ rahbari (jamiyat umumiy yigʻilishining qarori asosida);
(38-bandning yigirmanchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi davlat muassasasi rahbari (jamiyat umumiy yigʻilishining qarori asosida).
(38-bandning yigirma birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-oktabrdagi 666-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2025-y., 09/25/666/0965-son. Kuchga kirish sanasi — 2026-yil 24-yanvar)
Vazirlik tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi davlat ishtirokidagi korxonalarning boshqaruv organlari faoliyatiga doir masalalar (rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimda ozod etish) Oʻzbekiston Respublikasining “Davlat mulkini boshqarish toʻgʻrisida”gi Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlariga asosan amalga oshiriladi.
2-§. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari bilan hamkorlik tartibi
39. Vazirlik markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalarining uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari bilan hamkorligini taʼminlash markaziy apparatning tarkibiy boʻlinmalari rahbarlari tomonidan amalga oshiriladi.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
40. Vazirlik markaziy apparatining tarkibiy boʻlinmalari oʻz faoliyati yoʻnalishlari boʻyicha hududiy boʻlinmalar bilan hamkorlik qilgan holda:
topshiriqlarni hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlarga yetkazadi va ularning bajarilishi borishini nazorat qiladi;
tarkibiy boʻlinmalarning bevosita faoliyati masalalari boʻyicha soʻrovlarni Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlariga yuboradi va ularning bajarilib borishini nazorat qiladi;
tekshirishlarni va oʻrganishni amalga oshiradi, Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati amaliyotini umumlashtiradi va uni takomillashtirishga qaratilgan choralarni koʻradi;
tashkilot toʻgʻrisidagi hisobot va axborot materiallari, statistik va boshqa maʼlumotlar hamda Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari faoliyati natijalarini oʻrganishni tashkil qiladi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari ish rejalarini tahlil qiladi, ularning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha choralar koʻradi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlaridan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi;
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlarining normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlashda ishtirok etishini tashkil qiladi, qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha ulardan tushgan takliflarni koʻrib chiqadi.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
41. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari bilan hamkorlik qiladi, shu jumladan:
Vazirlik rahbariyatining topshiriqlari ijrosi toʻgʻrisida axborot beradi;
belgilangan faoliyat sohasida qonunchilikni amalga oshirish boʻyicha faoliyat natijalari toʻgʻrisida markaziy apparatga axborot taqdim etadi;
ularning faoliyatini tekshirish va oʻrganish natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
Vazirlikning markaziy apparatiga belgilangan tartibda va muddatlarda oʻzining ish natijalari toʻgʻrisidagi hisobotlarni taqdim etadi;
Vazirlikning markaziy apparatiga hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish muammolarini, shu jumladan, aholining eng muhim muammolarini hal qilishga qaratilgan takliflarni yuboradi;
kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan hamkorlik natijalari toʻgʻrisida xabar beradi;
oʻz faoliyatini vakolatli organlar tomonidan tekshirish natijalari toʻgʻrisida xabardor qiladi.
42. Vazirlikning markaziy apparati tarkibiy boʻlinmalari hamda uning hududiy boʻlinmalari va idoraviy mansub tashkilotlari hamkorligi jarayonida yuzaga keladigan kelishmovchiliklar vazirning topshirigʻiga binoan uning tegishli oʻrinbosari tomonidan koʻrib chiqiladi. Agar ushbu koʻrib chiqishdan keyin kelishmovchiliklar tartibga solinmasa, ular boʻyicha qaror bevosita vazir tomonidan qabul qilinadi.
3-§. Vazirlikning respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan hamkorligi
43. Vazirlik oʻz vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
44. Vazirlikning hududiy boʻlinmalari oʻz vakolati doirasida davlat organlari va tashkilotlarining hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi.
Vazirlikning hududiy boʻlinmalari tegishli hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirishda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha sektorlar bilan yaqin hamkorlik qiladi.
4-§. Vazirlikning hayʼati
45. Vazirlikda vazir (hayʼat raisi), uning oʻrinbosarlari (lavozimi boʻyicha), shuningdek, asosiy faoliyat yoʻnalishlariga mutasaddilik qiluvchi tarkibiy boʻlinmalar rahbarlari tarkibida hayʼat tashkil etiladi.
Hayʼat aʼzolarining soni va shaxsiy tarkibi vazirning taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
46. Hayʼatga quyidagi vazifalar yuklanadi:
Vazirlikning ushbu Nizom bilan belgilangan faoliyatining asosiy yoʻnalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Vazirlik tizimi xodimlari va rahbarlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va Hukumat qarorlarida belgilangan oʻzlariga yuklangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni taʼminlash uchun shaxsiy masʼuliyatini oshirish boʻyicha choralarni koʻrgan holda tizimli asosda tarkibiy hamda hududiy boʻlinmalar va idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlari hisobotlarini eshitishni tashkil etish;
Vazirlik faoliyati sohasida maqsadli, hududiy va tarmoq dasturlarini amalga oshirishning borishi natijadorligini har chorakda va tizimli koʻrib chiqish;
joylarda Vazirlik faoliyat sohasining dolzarb masalalarini muhokama qilishni taʼminlagan holda hayʼatning kengaytirilgan koʻchma majlislarini oʻtkazishni tashkil etish, shuningdek, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish boʻyicha tegishli qarorlarni ishlab chiqish va qabul qilish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hamda Vazirlar Mahkamasi qarorlari va topshiriqlari bilan belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshirishni taʼminlash uchun ijro intizomini mustahkamlash hamda Vazirlikning rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hayʼat Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham koʻrib chiqish huquqiga ega.
47. Hayʼat majlislariga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha davlat organlari va tashkilotlari, boshqa tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
48. Hayʼat uning majlisida tarkibining yarmidan koʻpi qatnashgan taqdirda huquqiy vakolatli boʻladi. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha qarorlar oddiy koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
49. Hayʼat qarorlari vazir tomonidan tasdiqlanadi.
50. Vazir va hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchiliklar kelib chiqqan taqdirda vazir yuzaga kelgan kelishmovchiliklar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, hayʼat aʼzolari ham Vazirlar Mahkamasiga oʻz fikrlarini bildirishlari mumkin.
51. Hayʼat faoliyati tartibi uning hayʼati tasdiqlaydigan reglamentda belgilanadi.
52. Vazirlikda qonunchilikda belgilangan tartibda boshqa kengash, maslahat va ekspert organlari tashkil etilishi mumkin.
6-bob. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlari
53. Vazirlik faoliyatining samaradorligi muntazam baholanadi.
54. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligiga berilgan baho Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli tarkibiy boʻlinmalari yoki Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash mezonlari va ish indikatorlariga asoslanadi.
55. Vazirlik faoliyati samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari boʻyicha:
Vazirlik rahbarlari va xodimlarini ragʻbatlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy javobgarlikka tortish;
Vazirlik faoliyatida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va uning faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari koʻriladi.
7-bob. Vazirlikni moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, xodimlar mehnatiga haq toʻlash va moddiy ragʻbatlantirish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
56. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalarini va tizim tashkilotlarini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-iyundagi 409-sonli “Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori.
[OKOZ:
1.05.00.00.00 Mehnat va aholining bandligi toʻgʻrisidagi qonunchilik / 05.03.00.00 Mehnatga haq toʻlash / 05.03.01.00 Umumiy masalalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
57. Vazirlik, uning hududiy boʻlinmalari va tizim tashkilotlari xodimlariga toʻlanadigan ish haqi qonunchilikda nazarda tutilgan lavozim maoshi, mukofotlar, qoʻshimcha haq, ustamalar, reyting toʻlovlari va qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa toʻlovlardan iborat boʻladi.
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit toʻgʻrisidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.05.00.00 Respublika budjeti / 07.05.01.00 Umumiy qoidalar;
3.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
58. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari hamda budjetdan mablagʻ oluvchi tizim tashkilotlari xodimlariga (oshirilgan va ragʻbatlantiruvchi koeffitsiyentlarni inobatga olgan holda):
uzoq muddat xizmat qilgani uchun belgilangan tartibda har oylik ustama toʻlanadi;
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga uzoq muddat xizmat qilgani uchun ustama olish Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan tartibga muvofiq belgilanadi;
bayram sanalarida Vazirlikning jamgʻarmasi mablagʻlari yoki qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan shtat jadvaliga binoan lavozim maoshining 2 baravarigacha miqdorda mukofot toʻlanadi;
(58-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
faoliyatni baholashning reyting tizimiga muvofiq aniqlanadigan mehnatdagi yuqori natijalari uchun Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan lavozim maoshining 2 baravarigacha miqdorda ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar amalga oshiriladi;
Vazirlikning ayrim tashabbuskor va yuqori malakali xodimlarining lavozim maoshlariga (tarif stavkasiga) belgilangan tartibda shaxsiy ustamalar belgilanadi.
59. Vazirlik va uning hududiy boʻlinmalari xodimlarini lavozim maoshlariga har oylik ustamalar va ragʻbatlantirish tusidagi qoʻshimcha toʻlovlar, Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga uzoq muddat xizmat qilgani uchun ustamalar belgilanadi.
60. Vazirlikning tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi tashkilotlarning moddiy-texnika taʼminoti, shuningdek, ularning xodimlari mehnatiga haq toʻlash tegishligiga koʻra Davlat budjeti mablagʻlari, xoʻjalik faoliyatidan tushumlar, shuningdek, qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
61. Mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasi, budjetdan tashqari jamgʻarmalar mablagʻlari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablagʻlar Vazirlik xodimlariga ish haqi toʻlash va moddiy ragʻbatlantirishni amalga oshirish manbalari hisoblanadi.
8-bob. Vazirlikning Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga hisobot berish tartibi
62. Vazir va uning oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasi oldida Vazirlik faoliyati toʻgʻrisida muntazam ravishda hisobot beradi.
9-bob. Yakunlovchi qoida
63. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
LexUZ sharhi
Qarang: Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 49, 55-moddasi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-son qaroriga
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi (keyingi oʻrinlarda — Kengash) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Kengash Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari, shuningdek, aglomeratsiyalarni rivojlantirish strategiyalari, shaharlarning (shaharchalarning) bosh rejalari hamda qishloq aholi punktlarining sxemalarini ishlab chiqishda (keyingi oʻrinlarda — shaharsozlik hujjatlari) soha va tarmoqlar kesimida vazirliklar, idoralar va hokimliklar hamkorligini yoʻlga qoʻyish boʻyicha muvofiqlashtiruvchi organdir.
2. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
3. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi va oʻz ishini Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadigan ish rejasi asosida olib boradi.
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
4. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini shakllantirish, koʻrib chiqish va amalga oshirish ishlarini tashkil etish;
ilmiy asoslangan holda aholini joylashtirish, hududlarni rejalashtirish va qurish, zamonaviy talablarni, milliy arxitektura-madaniy anʼanalarni, shahar hududlaridan samarali foydalanish, tabiiy muhitga ziyon yetkazmaydigan munosabatda boʻlishni hisobga olgan holda aholi punktlarining arxitektura-rejalashtirish tuzilmasini uygʻun rivojlantirish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
aholi punktlarining ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasini kompleks yangilash, zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish, eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni hamda tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
5. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari shakllantirilishini, koʻrib chiqilishini va amalga oshirilishini tashkil etadi.
shaharsozlik va arxitektura sohasida dasturlarni ishlab chiqishda ishtirok etadi, ularni muhokama qilish va kelishish ishlarini tashkil etadi hamda ularning amalga oshirilishiga koʻmaklashadi;
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining shaharsozlikka oid qismlarini koʻrib chiqadi va kelishadi;
shaharlar, shaharchalarning va respublika va viloyat boʻysunuvidagi shaharlarning bosh rejalariga asosan qismlari boʻyicha ishlab chiqilgan batafsil rejalashtirish loyihalarini koʻrib chiqadi, kelishadi hamda ularni tasdiqlash uchun tavsiya etadi;
belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlariga, shu jumladan, shaharlar va tumanlar markazlarining bosh rejalariga asosli oʻzgartirishlar kiritilishiga rozilik beradi;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish va moliyalashtirish holatidan kelib chiqqan holda, yildan-yilga oʻtuvchi loyihalarni belgilaydi;
shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqilishi lozim boʻlgan aholi punktlarining tasdiqlangan roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritadi;
aholi punktlarining zamonaviy arxitektura qiyofasini shakllantirish, kompleks ravishda qurish, ijtimoiy, muhandislik va transport infratuzilmasini taʼminlash boʻyicha aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarining asosiy qoidalari bajarilishi toʻgʻrisida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlarining hamda vazirliklar va idoralar rahbarlarining hisobotlarini eshitadi;
Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishni rejalashtirish bosh sxemasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalari, umumdavlat ahamiyatiga molik alohida tartibga solinadigan shaharsozlik faoliyati obyektlarining shaharsozlik hujjatlari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi hududini rivojlantirishning tarmoq tarhlarini hamda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish loyihalarini koʻrib chiqadi va ularni tasdiqlash, amaliyotga tatbiq etish yuzasidan takliflar va tavsiyalarni vakolatli organlarga kiritadi;
umumdavlat ahamiyatiga molik alohida, shu jumladan, tabiiy va suv obyektlari zonalarini, rekreatsion, qishloq va oʻrmon xoʻjaligi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning taʼsiriga uchragan, foydali qazilmalar joylashgan va boshqa hududlarning chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyati tartibotini oʻrnatish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan tavsiyalar qabul qiladi;
mintaqalarda ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish va ularni muhofaza qilish, madaniy meros obyektlari hududlarini saqlash, umumdavlat ahamiyatiga molik muhandislik, transportga oid va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish chora-tadbirlarini tashkil etadi;
hududlarni rivojlantirishga doir loyiha yechimlarini koʻrib chiqadi;
aholi punktlarining ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmasini kompleks yangilash, urbanizatsiya, zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni va tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga tavsiyalar kiritadi.
3-bob. Kengashning huquqlari va javobgarligi
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
6. Kengash quyidagi huquqlarga ega:
shaharsozlik hujjatlari ishlab chiqiladigan aholi punktlari roʻyxatiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish;
shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish bilan bogʻliq tashkiliy-texnik tadbirlarni amalga oshirish va moliyalashtirish holatidan kelib chiqqan holda, yildan yilga oʻtuvchi loyiha etib hisoblash;
vaqtincha ishchi guruhlar tuzish va ularda ishlash uchun mutaxassislarni jalb etish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan Kengash faoliyatiga doir hujjatlarni soʻrab olish;
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda loyiha-qidiruv tashkilotlari tomonidan hududlarni shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sohasida olib borilgan ishlar holatini oʻrganish, shuningdek, ularning ushbu yoʻnalishdagi faoliyatini takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar tayyorlash.
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
7. Kengash ushbu Nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
4-bob. Kengash faoliyatini tashkil etish
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
8. Kengashga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari raislik qiladi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Kengash majlisining kun tartibini belgilash va majlisni chaqirish;
Kengash tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini nazorat qilish;
Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish;
Kengashga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha Kengash aʼzolarining faoliyatini nazorat qilish;
Kengash aʼzolari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarini muvofiqlashtirish;
Kengash aʼzolarining shaxsiy tarkibini oʻzgartirish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
Kengashning samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
9. Kengash aʼzolari:
Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilishda va hal etishda qatnashadilar;
shaharsozlikning dolzarb masalalari boʻyicha Kengashga takliflar kiritadilar;
Kengashda muhokama qilinadigan masalalar boʻyicha xulosalar beradilar.
Kengash aʼzolari Kengashdagi oʻz faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
10. Kengash majlisining oʻtkazilish vaqti, joyi va kun tartibi toʻgʻrisida Kengash aʼzolari majlis oʻtkazish kunidan kamida uch kun oldin xabardor qilinadi.
11. Kengash majlisini uning raisi olib boradi. Kengash raisi boʻlmagan taqdirda uning oʻrinbosari boshqaradi.
Kengash, agar majlisda uning aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi hozir boʻlsa, qaror qabul qilishga vakolatli hisoblanadi.
12. Kengash majlisiga unda koʻrib chiqilayotgan masalalarning ahamiyatiga koʻra davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, loyiha-qidiruv va boshqa tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislari taklif etilishi mumkin.
5-bob. Kengashning ishchi organi va kotibi
13. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi Kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) hisoblanadi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
14. Ishchi organ:
Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi;
ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Kengash muhokamasiga kiritadi va tasdiqlangan ish rejasi bajarilishini taʼminlaydi;
Kengash majlisiga zarur boʻlgan materiallar tayyorlanishini taʼminlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallar va ekspert xulosalarini oladi;
Kengash majlisi kun tartibidagi masala boʻyicha tahliliy materiallar tayyorlanishini tashkil etadi;
tushgan murojaatlarni koʻrib chiqadi hamda Kengash vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha qarorlar loyihalarini tayyorlaydi.
[OKOZ:
1.02.00.00.00 Davlat boshqaruvi asoslari / 02.01.00.00 Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (shuningdek, 01.11.00.00ga qarang) / 02.01.01.00 Umumiy masalalar. Vazirlar Mahkamasining tarkibi va uni shakllantirish;
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.13.00.00 Shaharsozlik va arxitektura / 09.13.01.00 Umumiy qoidalar]
15. Kengash kotibi:
Kengash majlisiga zarur boʻlgan hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlaydi, Kengash majlisiga materiallar tayyorlash boʻyicha ishchi organning ishini tashkil etadi;
Kengash raisi bilan majlis oʻtkazish muddatlari va joyini, shuningdek, taklif etiladiganlar roʻyxatini kelishadi, Kengash aʼzolarini va taklif etilgan shaxslarni majlisning oʻtkaziladigan sanasi, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qiladi;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil qiladi, Kengash majlisi bayonlarini rasmiylashtiradi va tasdiqlangan bayonlarning Kengash aʼzolariga va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborilishini taʼminlaydi;
Kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib boradi va uning yakunlarini koʻrib chiqish uchun Kengash majlisiga taqdim etadi.
6-bob. Kengash tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini taʼminlash
16. Kengash qarori Kengash majlisida qatnashayotgan aʼzolarining oddiy koʻpchilik ovozi bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda Kengash raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Kengashning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.
17. Kengash raisi qarorlarni tezkor qabul qilish maqsadida Kengashning alohida masalalar boʻyicha Kengash aʼzolari bilan kelishilgan qarorlarini soʻrov yoʻli bilan tasdiqlashi mumkin.
18. Kengash qarorlari Kengash majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisi bayoni ishchi organ rahbari va Kengash kotibi tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va bir hafta muddatda Kengash aʼzolari hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
19. Kengash bayonining asl nusxasi Vazirlar Mahkamasining Transport, kommunikatsiyalar, qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi masalalari kotibiyatida saqlanadi.
20. Kengashining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari barcha respublika ijro etuvchi organlar, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
21. Kengashning ishchi organi va kotibi Kengash qarorlarining bajarilishini muntazam ravishda oʻrganadilar va koʻrib chiqadilar, zaruriyat boʻlganda Kengash raisiga tegishli axborotlar va takliflar kiritadilar.
22. Kengashning ish tartibi uning Kengash tomonidan tasdiqlanadigan Reglamentida belgilanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
23. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-son qaroriga
2a-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Kengash raisi
11.
Sh.D. Kudbiyev
—
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi raisi, Kengash raisi oʻrinbosari
2.
Sh.S. Xidoyatov
—
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, Kengash raisi oʻrinbosari
3.
I.I. Norqulov
—
iqtisodiyot va moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi oʻrinbosari
4.
M.B. Jumaniyazov
—
Bosh vazir oʻrinbosarining kotibiyat mudiri
5.
D.K. Adilov
—
qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
6.
J.S. Kazbekov
—
ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vaziri oʻrinbosari
7.
J.E. Choriyev
—
transport vaziri oʻrinbosari
8.
Sh.X. Joʻrayev
—
favqulodda vaziyatlar vaziri oʻrinbosari
9.
J.T. Maxsudov
—
raqamli texnologiyalar vaziri oʻrinbosari
10.
D.A. Xodjiaxmedov
—
suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
11.
A.M. Qosimov
—
qishloq xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari
12.
B.T. Abdullayev
—
ichki ishlar vaziri oʻrinbosari
13.
Yu.K. Usmonov
—
madaniyat vaziri oʻrinbosari
14.
H.A. Qarshiyev
—
mudofaa vaziri oʻrinbosari
15.
T.K. Komilov
—
maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari
16.
U.M. Mamadaminov
—
energetika vaziri oʻrinbosari
17.
N.S. Atabekov
—
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari
18.
O.Ch. Odilov
—
Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari
19.
F.J. Poʻlatov
—
Kadastr agentligi direktori
20.
K.N. Toʻlaganov
—
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshligʻi
21.
T.J. Turdiyev
—
“Hududgaztaʼminot” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari
22.
M.F. Nadjimov
—
“Oʻzsuvloyiha” AJ boshqaruv raisi
23.
D.B. Nosirov
—
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ boshqaruv raisi oʻrinbosari
24.
T.A. Xaydarov
—
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ boshqaruv raisining birinchi oʻrinbosari
25.
T.B. Boymatova
—
“Issiqlikelektroloyiha” AJ boshqaruv raisi
26.
D.I. Kulbatsskiy
—
“Oʻrtaosiyoenergotarmoqloyiha” AJ boshqaruv raisi
27.
Yu.D. Magrupov
—
“OʻzGASHKLITI” MCHJ bosh direktori
28.
B.Z. Sobirov
—
“Oʻzgazloyiha” MCHJ rahbari
29.
A.A. Djurayev
—
“Yoʻlloyihabyurosi” MCHJ rahbari
30.
B.X. Elmurodov
—
“OʻzshaharsozlikLITI” DM bosh direktori
31.
R.S. Sharifov
—
“ToshkentboshplanLITI” DM direktori
32.
I.S. Axmedov
—
“Qishloq qurilish loyiha” DM bosh direktori
33.
E.A. Muxamedaliyev
—
“Kommunal loyiha ilmiy-tadqiqot” DM bosh direktori
34.
D.M. Kamilov
—
“Aloqaloyiha” DUK direktori
35.
Lavozimiga koʻra
—
“Urbanizatsiya va shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish Respublika markazi” rahbari
36.
A.R. Toʻxtayev
—
Oʻzbekiston Arxitektorlar uyushmasi raisi
37.
N.Sh. Rejaboyev
—
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Davlat arxitektura nazorati departamenti boshligʻi
37.
A.Sh. Usmanov
—
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining Arxitektura va shaharsozlikni rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi, Kengash masʼul kotibi
Izoh.
Hududiy ahamiyatga ega masalalarni koʻrib chiqishda Kengash tarkibiga tegishliligi boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari kiradi.
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli majburiyatni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Kengash faoliyatiga, zarur hollarda, boshqa vazirlik va idoralar vakillari jalb qilinishi mumkin.
(2a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-apreldagi 151-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/151/0333-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-son qaroriga
3-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashi toʻgʻrisida
NAMUNAVIY NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Namunaviy nizom Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashining (keyingi oʻrinlarda — Kengash) faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Kengash oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Namunaviy nizomga hamda boshqa qonunchilik hujjatlariga amal qiladi.
3. Kengash Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasining (keyingi oʻrinlarda — hududiy organ) kollegial organi hisoblanadi hamda shaharsozlik va loyiha hujjatlarini kelishish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish jarayonida ularning professional jihatdan asoslanganligi, shaffofligi va ochiqligini taʼminlaydi.
4. Kengash oʻz faoliyatida Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi va Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligiga hisobot beradi va oʻz ishini Kengash raisi tomonidan tasdiqlangan ish rejasiga muvofiq, bepul asosda amalga oshiradi.
2-bob. Kengashning asosiy vazifalari va funksiyalari
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
5. Quyidagilar Kengashning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri hududlarini rivojlantirishni rejalashtirish sxemalarini hamda shaharlarning (shaharchalarning) bosh rejalari, qishloq aholi punktlarining hududlarini shaharsozlik jihatidan rivojlantirish sxemalari, batafsil rejalashtirish loyihalari hamda oʻz tasarrufidagi hududlarda boshqa shaharsozlik hujjatlarini (keyingi oʻrinlarda — shaharsozlik hujjatlari) koʻrib chiqish va kelishib olish;
binolar, inshootlar va boshqa obyektlarning loyihalarini koʻrib chiqish va kelishib olish;
aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻgʻrisida davlat organlari va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflarini koʻrib chiqish;
shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish, shaharsozlik faoliyati obyektlarini joylashtirish hamda tegishli hududlarda muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlariga takliflar kiritish.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
6. Kengash oʻziga yuklangan vazifalardan kelib chiqib quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
oʻz hududida shaharsozlik hujjatlarni koʻrib chiqadi, kelishadi va tasdiqlash uchun vakolatli organlar tomonidan tasdiqlashga tavsiya qiladi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyat, Toshkent shahar, tuman va shaharlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining shaharsozlikka oid qismlarini, shaharsozlik va arxitekturani yanada rivojlantirish konsepsiyalari ishlab chiqilishida ishtirok etadi, ularni koʻrib chiqadi va amalga oshirilishida bevosita ishtirok etadi;
Kengash belgilangan tartibda tasdiqlangan shaharsozlik hujjatlari, shu jumladan, shaharlar va tumanlar markazlarining bosh rejalariga asoslangan oʻzgartirishlar kiritilishiga oʻz vakolati doirasida rozilik beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika arxitektura-shaharsozlik kengashi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan takliflar kiritadi;
binolar, inshootlar va boshqa obyektlar qurilishi uchun loyiha hujjatlarini mintaqalarda ekologik vaziyatni yaxshilash, yerlardan oqilona foydalanish, turar joy muhitining shinamligini sifat jihatdan oshirish va tarixiy-arxitektura merosi obyektlarini saqlab qolish nuqtai-nazaridan kelib chiqib koʻrib chiqadi, maʼqullaydi yoki qayta ishlash boʻyicha tavsiyalar beradi;
aholi punktlarini va qishloqlararo hududlarni rivojlantirishni rejalashtirish va qurish toʻgʻrisida, jumladan arxitektura va shaharsozlik komplekslari, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish sohasida davlat organlari va tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslarning takliflarini koʻrib chiqadi hamda asoslangan takliflar asosida vakolatli respublika ijro etuvchi organlariga tavsiyalar kiritadi;
bosh rejalar, batafsil rejalashtirish loyihalari va boshqa shaharsozlik hujjatlari asosida aholi punktlarini qurish va qismlarini rekonstruksiya qilish, ijtimoiy va muhandislik-transport infratuzilmalarini rivojlantirish va yangilash boʻyicha takliflarni respublika ijro etuvchi organlarning hududiy boʻlinmalariga kiritadi;
zamonaviy shahar markazlarini shakllantirish, eski turar joy muhitining shinamligini sifat jihatidan oshirishni va tarixiy-arxitektura merosi obyektlari saqlab qolinishini nazarda tutgan holda eski shahar tumanlarini va qismlarini rekonstruksiya qilish boʻyicha davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari hududiy boʻlinmalariga tavsiyalar kiritadi;
hududiy ahamiyatga molik alohida, shu jumladan, tabiiy va suv obyektlari zonalarini, rekreatsion, qishloq xoʻjaligi va oʻrmon xoʻjaligi, tabiiy va texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning taʼsiriga uchragan, foydali qazilmalar joylashgan va boshqa hududlarning chegaralarini belgilaydi hamda tegishli obyektlar hududlarida shaharsozlik faoliyati tartibotini oʻrnatish boʻyicha hujjatlarni koʻrib chiqadi va ular yuzasidan tavsiyalar qabul qiladi.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
7. Kengash oʻziga yuklangan vazifalarning amalga oshirilishini taʼminlash maqsadida quyidagi huquqlarga ega:
vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish va ularda ishlash uchun mutaxassislarni jalb etish;
mahalliy davlat hokimiyati organlari va tashkilotlardan Kengash faoliyatiga doir hujjatlarni soʻrab olish;
shaharsozlik hujjatlarini amalga oshirish boʻyicha olib borilayotgan ishlar toʻgʻrisida tuman va shahar hokimlari hamda tegishli tashkilotlar rahbarlarining hisobotlarini eshitish.
Kengash qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
8. Kengash ushbu Namunaviy nizom hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar bilan oʻziga yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
9. Kengashga hududiy organlar rahbari raislik qiladi.
Kengash raisining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Kengash aʼzolarining shaxsiy tarkibini tasdiqlash;
Kengash majlisini oʻtkazish kunini va kun tartibini belgilash;
Kengash tomonidan tuzilgan ishchi guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish;
Kengash tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni tashkil qilish;
Kengash aʼzolari zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish boʻyicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Kengashning samarali ishlashini taʼminlash boʻyicha boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Bosh arxitektor — hududiy organ rahbarining oʻrinbosari Kengash raisining oʻrinbosari hisoblanadi.
10. Kengash aʼzolari:
Kengash majlislarida koʻrib chiqiladigan masalalarni muhokama qilish va hal etishda ishtirok etadilar;
shaharsozlikning dolzarb masalalari boʻyicha Kengashga takliflar kiritadilar;
Kengash muhokama qiladigan masalalar boʻyicha xulosalar beradilar.
Kengash aʼzolari Kengashdagi faoliyatini jamoatchilik asosida amalga oshiradilar.
11. Kengash majlislari zaruratga koʻra har qanday ish kunida oʻtkazilishi mumkin, shu bilan birga loyiha hujjatlarini kelishish boʻyicha Kengashga soʻrovnoma kiritilgan holatlarda uni koʻrib chiqish muddati mazkur soʻrovnoma kelib tushgan kunidan boshlab besh ish kunidan oshmasligi kerak.
Kengash majlisini oʻtkazish vaqti, joyi va kun tartibi toʻgʻrisida Kengash aʼzolari majlisni oʻtkazish kunidan bir kun oldin xabardor qilinadi.
12. Kengash majlisini uning raisi olib boradi. Kengash raisi boʻlmagan taqdirda majlisni uning oʻrinbosari boshqaradi.
Kengashning asosiy vazifalaridan kelib chiqib, uning majlisida masalaga aloqador barcha aʼzolar qatnashishi shart.
Kengash majlisida loyiha hujjatlari koʻrib chiqilayotganda muayyan loyiha hujjatini kelishishga aloqador aʼzolar qatnashmagan holatda mazkur loyiha keyingi majlisda koʻrib chiqiladi. Bunday holatda majlisda sababsiz qatnashmagan masalaga aloqador aʼzolar loyiha hujjatini kelishish muddatini buzilishiga javobgar hisoblanadi, agarda kengash aʼzosi uzrli sabab bilan kelmasa unda tashkilot javobgar boʻladi.
13. Kengash majlisiga unda koʻrib chiqilayotgan masalalar ahamiyatidan kelib chiqib tuman (shahar) davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, loyiha-qidiruv va boshqa tashkilotlar rahbar va mutaxassislari taklif etiladi.
Kengashda kelishilgan loyiha hujjatlari qurilish va uy-joy kommunal hoʻjaligi organlarining internet tarmoqlaridagi saytlarida joylashtirib boriladi.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
14. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari hamda Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi Kengashning ishchi organi (keyingi oʻrinlarda — ishchi organ) hisoblanadi.
Ishchi organ:
Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik jihatdan taʼminlashni amalga oshiradi;
Kengash ish rejasi loyihasini tayyorlaydi, Kengash muhokamasiga kiritadi va tasdiqlangan ish rejasining bajarilishini taʼminlaydi;
Kengash majlisiga zarur boʻlgan materiallarning tayyorlanishini taʼminlaydi va manfaatdor tashkilotlardan zarur materiallarni oladi;
kun tartibi masalasi boʻyicha Kengash majlisi oʻtkazilishini tashkil etadi.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
15. Kengashning masʼul kotibi vazifasini bajarish hududiy organning Aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish boʻlimi boshligʻi zimmasiga yuklanadi, uning vakolatiga quyidagilar kiradi:
Kengash majlisiga zarur boʻlgan hujjatlarning oʻz vaqtida tayyorlanishini taʼminlash, Kengash majlisiga materiallar tayyorlash boʻyicha ishchi organ ishini tashkil etish;
Kengash raisi bilan majlis oʻtkazish muddatlari va joyi, shuningdek taklif etiluvchilar roʻyxatini kelishish, Kengash aʼzolari va taklif etilgan shaxslarni majlis oʻtkaziladigan sana, vaqti, joyi toʻgʻrisida xabardor qilish;
kun tartibidagi masalalar boʻyicha Kengash majlislari oʻtkazilishini tashkil qilish, Kengash majlisi bayonlarini rasmiylashtirish va tasdiqlangan bayonlarning Kengash aʼzolari va boshqa manfaatdor tashkilotlarga yuborilishini tashkil etish;
Kengash qarorlari ijrosi monitoringini olib borish va uning yakunlarini koʻrib chiqish uchun Kengash majlisiga kiritish.
6-bob. Kengash tomonidan qarorlar qabul qilish va ularning bajarilishini taʼminlash
16. Kengash qarori Kengash majlisida qatnashayotgan aʼzolarining ijobiy yoki salbiy xulosalari asosida qabul qilinadi.
Kengashning har bir aʼzosi qabul qilinayotgan qarorlar yuzasidan oʻz fikrini yozma ravishda bildirish huquqiga ega.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
17. Kengash aʼzolari loyiha hujjatlarini kelishishda masalaga aloqador aʼzolarning barchasi oʻziga taalluqli yoʻnalishda ijobiy xulosa bergan taqdirda loyiha kelishilgan hisoblanadi.
Kengash aʼzosi Kengash majlisida qatnashmaganda uning oʻrniga majlisda faqat tegishli organ yoki tashkilot rahbarining oʻrinbosari, yoxud mazkur organ yoki tashkilotning buyrugʻi bilan vakolat berilgan xodimi ishtirok etadi.
Kengash aʼzosi majlisda sababsiz ishtirok etmagan taqdirda mazkur majlisda koʻrib chiqilgan shaharsozlik hujjatlari ushbu Kengash aʼzosi tomonidan kelishilgan hisoblanadi. Ushbu holatda kelishilgan shaharsozlik hujjatlaridan foydalanishdan kelib chiqadigan salbiy oqibatlar uchun Kengash majlisida ishtirok etmagan Kengash aʼzosi hamda u vakillik qiladigan organ yoki tashkilot oʻziga taalluqli yoʻnalishda javobgar hisoblanadi.
Kengash aʼzosi majlisga sababsiz ishtirok etmaganligi yigʻilish bayonida qayd etiladi, keyinchalik uning kelmaganligi oqibatida kelib chiqqan zararni qoplash yoki javobgarlikka tortish “Maʼmuriy tartib-taomillar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni, Fuqarolik, Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi va Jinoyat kodekslarida yoki boshqa qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Bundan tashqari, kengashga raislik qiluvchi tomonidan kengash majlisiga sababsiz kelmagan yoki kelmaslik sabablarini oldindan yozma ravishda bildirmagan kengash aʼzolariga tegishli chora koʻrish uchun uning yuqori turuvchi organiga yoki huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilish huquqiga ega.
2.09.00.00.00 Tadbirkorlik va xoʻjalik faoliyati / 09.12.00.00 Qurilish / 09.12.02.00 Qurilish sohasidagi boshqaruv. Qurilish sohasidagi faoliyatni litsenziyalash. Ruxsat berish tartib-taomillari]
18. Kengash qarorlari Kengash majlisi bayoni bilan rasmiylashtiriladi. Kengash majlisi bayoni Kengash kotibi tomonidan imzolanadi, Kengash raisi tomonidan tasdiqlanadi va uch kun muddatda Kengash aʼzolari hamda manfaatdor tashkilotlarga yuboriladi.
Kengash aʼzolari kengash muhokamasiga qoʻyilgan loyiha hujjatlari boʻyicha oʻz yoʻnalishlari yuzasidan tegishli normativ-huquqiy hamda texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativlarga asoslangan xulosalarini (ijobiy yoki salbiy) taqdim etadilar.
Kengash aʼzolaridan bir nafari salbiy xulosa berganda ham kengash loyiha hujjatlarini kelishmasdan qaytarishi shart.
Kengash aʼzolari tomonidan oʻz yoʻnalishlari boʻyicha loyiha hujjatlarini shart bilan kelishish taʼqiqlanadi.
Kengash aʼzolari muhokama etilgan loyiha (masala) xususida bayonga oʻzining alohida fikrini kiritishga haqli.
Kengash bayonining asl nusxasi hududiy qurilish organida besh yil mobaynida saqlanadi.
Kengash bayoni (bayondan koʻchirma) yoʻqolgan yoki buzilgan holatlarda loyiha tashkilotning murojaatiga koʻra uch kun muddatda unga bayon nusxasi (dublikati) beriladi.
Kengash majlislari videotasvirga tushirib boriladi va har bir videotasvir besh yil davomida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmalari arxivlarida saqlanadi.
19. Kengashning qarori (bayoni) asosida har bir loyiha hujjatiga axborot tizimi orqali alohida xulosa (ijobiy yoki salbiy) beriladi.
Kengash qarori (bayoni) asosida ijobiy kelishilgan loyiha (shaharsozlik) hujjatlarini keyingi bosqichlarda loyihalash va loyihalarni davlat ekspertizasiga taqdim etish uchun asos boʻladi.
20. Kengash vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlar barcha vazirlik, idora, davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishi majburiydir.
21. Kengash qabul qilingan qarorlarning bajarilishi holatini oʻz majlislarida muntazam ravishda koʻrib chiqadi.
22. Kengashning ish tartibi uning Kengash tomonidan qabul qilingan Reglamentida belgilanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
23. Mazkur Namunaviy nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-son qaroriga
3a-ILOVA
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi huzuridagi hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlarining
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri, viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari boshliqlari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi boshligʻi — Kengash raisi
Lavozimi boʻyicha
—
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmasi boshligʻi — Kengash raisi oʻrinbosari
Lavozimi boʻyicha
—
Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi masʼul xodimi
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi, Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmalari boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar iqtisodiyot va moliya bosh boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi suv xoʻjaligi vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar suv xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
avtomobil yoʻllari boʻyicha hududiy bosh boshqarma boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish boʻyicha hududiy boshqarma boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy nazorat inspeksiya boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
“Oʻzsuvtaʼminot” AJ tegishli hududiy korxonasi rahbari
Lavozimi boʻyicha
—
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tegishli hududiy korxonasi rahbari
Lavozimi boʻyicha
—
“Hududgaztaʼminot” AJ tegishli hududiy korxonasi rahbari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm boshqarmalari boshligʻi
Lavozimi boʻyicha
—
bosh loyiha institutlari filiallari direktorlari
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Lavozimi boʻyicha
—
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari boshligʻining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari;
Lavozimi boʻyicha
—
Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiya agentligi hududiy boʻlinmasi rahbari” soʻzlari bilan toʻldirilsin;
Lavozimi boʻyicha
—
tuman (shaharlar) qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari boshliqlari
Lavozimi boʻyicha
—
viloyatlar qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari va Toshkent shahar qurilish bosh boshqarmasi aholi punktlari shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqish va amalga oshirish boʻlimlari boshliqlari, kengash masʼul kotibi
Lavozimi boʻyicha
—
hududiy ahamiyatga molik masalalarni koʻrib chiqishda tegishli shaharlar va tumanlar hokimlari
Izoh.
Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli majburiyatlarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
Kengash raisi zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralar rahbarlari va mutaxassislarini jalb etish huquqiga ega.
Zarur hollarda, kengash faoliyati va uning tarkibi Vazirlar Mahkamasining tegishli hujjati bilan alohida belgilanishi mumkin.
Kengash faoliyatida Urbanizatsiya va uy-joy bozorini barqaror rivojlantirish milliy qoʻmitasi masʼul xodimi uy-joylar (koʻp kvartirali va massiv shakldagi yakka tartibdagi uylar)ni barpo etish bilan bogʻliq masalalar yuzasidan ishtirok etadi.
(izohning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 7-iyuldagi PQ-252-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.07.2026-y., 07/26/252/0741-son)
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boʻyicha Milliy gvardiya boshqarmasi boshligʻining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi ichki ishlar vaziri, viloyatlar va Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmalari boshligʻining jamoat xavfsizligi masalalari boʻyicha oʻrinbosari faqat ommaviy tadbirlar oʻtkaziladigan bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura-qismini kelishib beradi.
Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiya agentligi hududiy boʻlinmasi rahbari faqat fuqaro aviatsiyasiga tegishli obyektlarning muhofaza zonasida joylashtiriladigan bino va inshootlar loyiha-smeta hujjatlarining arxitektura-qismini kelishib beradi.
(3a-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 8-apreldagi 151-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.04.2026-y., 09/26/151/0333-son)
(4-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-son qaroriga
6-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi toʻgʻrisidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda — Jamgʻarma) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2. Jamgʻarma yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi. Jamgʻarma mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) tegishli gʻaznachilik hisobvaraqlarida jamlanadi.
2-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ularni sarflash tartibi
3. Jamgʻarma mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
vazirlik huzuridagi va muassisligidagi korxona va tashkilotlar faoliyati, koʻrsatadigan xizmatlari va bajaradigan ishlaridan olingan daromadining 10 foiz qismi (budjetdan mablagʻ oluvchi buyurtmachi tashkilotlar bundan mustasno) hamda foydasining 25 foiz qismi Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi;
Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi (keyingi oʻrinlarda — Inspeksiya) tomonidan davlat qurilish nazorati amalga oshirilishi shart boʻlgan barcha obyektlar boʻyicha qurilish-montaj ishlari qiymatining 0,2 foiziga teng yagona miqdorda (qoʻshilgan qiymat soligʻisiz) ajratmalarning 5 foiz qismi Davlat budjetiga, 5 foiz qismi Jamgʻarmaga, 10 foiz qismi Inspeksiyaga va 80 foiz qismi hududiy inspeksiyalarning faoliyatini moliyalashtirish uchun yoʻnaltiriladi;
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
litsenziya talabgorlarining qurilish sohasida faoliyat yuritish huquqiga ega boʻlish yuzasidan murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda koʻrib chiqqanlik uchun yigʻimlarning bir qismi (umumiy tushumning 58,25 foizi);
shaharsozlik faoliyati boʻyicha litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari sohasidagi huquqbuzarliklar uchun yuridik shaxslardan undirilgan jarimalar miqdorining 10 foizi;
loyiha va pudrat tashkilotlari tomonidan “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimining elektron tender platformasi orqali xaridlarda gʻolib boʻlib, bajariladigan loyiha-qidiruv va qurilish-montaj ishlari hajmining 0,1 foiz miqdoridagi majburiy ajratmalar;
koʻp kvartirali uylarni qurishga moʻljallangan yer uchastkasiga va qurilish ishlarini amalga oshirishga birlamchi ruxsat beruvchi hujjatlarga ega boʻlgan yuridik shaxslarni elektron roʻyxatga kiritish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravari hamda shartnomani hisobga qoʻyish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 foizi miqdorida yigʻimlar;
shaharsozlik va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasidagi (vazirlikning tegishli boʻlinmasi tomonidan aniqlangan va qoʻllaniladigan) qonunchilikni buzganlik uchun solingan jarimalarning (sud xarajatlaridan tashqari) 70 foiz miqdoridagi qismi (qolgan 30 foiz qismi Davlat budjetiga tushadi);
(3-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
Inspeksiya va uning hududiy inspeksiyalari tomonidan oʻz vakolatlari doirasida shaharsozlikka oid qonunchilik talablarini buzganlik uchun aybdor shaxslardan undiriladigan jarimalar quyidagi tartibda taqsimlanadi:
20 foizi — Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlariga yoʻnaltiriladi;
20 foizi — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi;
60 foizi — Inspeksiyaning budjetdan tashqari hisobvaragʻiga yoʻnaltiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 22-sentabrdagi 602-sonli qaroriga asosan toʻqqizinchi — oʻn ikkinchi xatboshilar bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 22.09.2025-y., 09/25/602/0862-son)
belgilangan tartibda jalb etiladigan grantlar, kreditlar va homiylik mablagʻlari;
jamgʻarmaning vaqtincha boʻsh mablagʻlarini joylashtirishdan olinadigan daromadlar va qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa tushumlar.
texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlarni ishlab chiqish, vazirlik tizimidagi ilmiy-tadqiqot, loyiha-qidiruv va boshqa tashkilotlarning qurilish, issiqlik taʼminotini yaxshilash, ichimlik suvi va oqova suv tarmoqlarini qurish va rekonstruksiya qilish, koʻp kvartirali uylarni qurish, taʼmirlash, tiklash faoliyatiga doir qoidalar boʻyicha ishlanmalarni moliyalashtirish, shuningdek, ilmiy-tadqiqot natijalari ilk bor tekshiriladigan (ishlanadigan) tajriba obyektlarini ilmiy loyihalash va qurishga ilmiy hamrohlik qilishga doir qoʻshimcha sarf-xarajatlarini qoplash;
sohada ilmiy-texnik va ilmiy-uslubiy adabiyotlarni (jumladan davriy nashrlarni) tayyorlash va chop etish, ushbu faoliyatning ilmiy-uslubiy va axborot-tahlil taʼminotini tashkillashtirish xarajatlarini amalga oshirish;
davlat ilmiy va ilmiy tadqiqot tashkilotlarining shaharsozlik meʼyorlari va qurilish faoliyatiga doir qoidalari boʻyicha ishlanmalarni moliyalashtirish;
ilmiy-texnik simpozium, anjuman, seminar-trening, koʻrgazmalar, davra suhbatlari, amaliy mashgʻulotlar, mahorat darslarini tayyorlash va oʻtkazish, soha faoliyatiga ilmiy-texnik yutuqlarni joriy etish va ularni targʻib etish maqsadida ilmiy, meʼyoriy, uslubiy, texnik, texnologik hujjatlar va boshqa ilmiy-texnik axborot manbalarini xarid qilish;
vazirlik va tizimidagi tashkilotlar rahbarlari va mutaxassislarini oʻqitish, qayta tayyorlash, malaka oshirishi va ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganishi, zarur hollarda vazirlik tasarrufidagi taʼlim muassasalari faoliyatini qisman moliyalashtirish, vazirlikka biriktirilgan eʼtiborga muhtoj yoshlarni qoʻllab-quvvatlash choralarini amalga oshirish xarajatlarini moliyalashtirish;
vazirlik markaziy apparati, hududiy boshqarmalar va tizim tashkilotlari rahbar va xodimlariga qoʻshimcha va ustama haq, mukofot pullari, reyting va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni toʻlash, tizim xodimlarining xizmat safarlari, shu jumladan xorijiy xizmat safarlari hamda vakillik xarajatlarini moliyalashtirish;
xodimlarga, jumladan xorijiy konsultantlarga uy-joy xizmatlari (ijara) uchun har oylik kompensatsiya toʻlash;
vazirlikka yuklangan vazifalarni bajarish uchun shartnoma asosida konsalting tashkilotlari va boshqa tashkilotlardan mutaxassislar, jumladan xorijiy maslahatchilarni vazirlikka yoki tizim tashkilotlariga jalb qilish;
(4-bandning toʻqqizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-dekabrdagi PQ-455-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.12.2024-y., 07/24/455/1092-son. Kuchga kirish sanasi — 2025-yil 1-yanvar)
vazirlikka qarashli bino va inshootlarning qurilish-montaj, taʼmirlash va kommunal foydalanish xarajatlarini qoplash, shuningdek, ularni zarur uskunalar, mebel, aloqa vositalari, kompyuterlar, orgtexnika, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, zarur boʻlgan barcha turdagi moddiy qiymatliklar bilan taʼminlash, shuningdek, vazirlik va tizim tashkilotlari uchun zarur boʻlgan asosiy vositalar xaridini amalga oshirish, ularni, tashish, butlash saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash;
vazirlik faoliyatida zarur boʻladigan joriy xarajatlar, xususan tantanali marosimlarda beriladigan esdalik sovgʻalari, xorijiy mehmonlar va alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarga beriladigan esdalik sovgʻalari, gullar xaridini amalga oshirish, ommaviy axborot vositalari va ijtimoiy tarmoqlarda zarur boʻlgan reklama va eʼlonlar joylashtirish;
sohaga oid ishlarda amaliy yordam, hamkorlik qilish, tajriba almashish, konsultatsiyalar berish maqsadida tashrif buyuradigan xorijiy mehmonlar, jumladan xorijiy delegatsiyalar uchun sarflanadigan yoʻl xarajatlari, transport xarajatlari, ovqatlantirish xarajatlari va boshqa xarajatlarni moliyalashtirish;
rasmiy va kasb bayramlari hamda boshqa shu turdagi davlat bayram tadbirlarini oʻtkazish xarajatlarini (jumladan, bino ijarasi, bezatish, konsert tadbirlari, gullar, esdalik sovgʻalari, videoroliklar tayyorlash va efirga uzatish, bayram dasturxoni kabilar) moliyalashtirish;
vazirlik va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirish va moddiy-texnik taʼminlashga yoʻnaltirilgan tadbirlar xarajatlarini amalga oshirish;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasining tegishli normativ-huquqiy hujjatlari va topshiriqlarida koʻzda tutilgan masalalar boʻyicha (jumladan, homiylik) xarajatlarni moliyalashtirish;
vazirlik va uning tarkibiy boʻlinmalari faoliyatini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan boshqa tadbirlarni moliyalashtirish.
5. Mazkur Nizomning 3-bandida koʻrsatilgan majburiy ajratmalar, badallar va mablagʻlar tashkilotlar tomonidan har oyning yakuni boʻyicha keyingi oyning 5-sanasidan kechikmagan holda Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi hamda har chorak yakuni boʻyicha tushumlar aniqlashtirib boriladi.
6. Jamgʻarmaga majburiy toʻlovlarni oʻz vaqtida yoʻnaltirish boʻyicha shaxsiy javobgarlik tegishli tashkilotlar rahbarlari zimmasiga yuklanadi.
7. Vazirlar Mahkamasi huzuridagi soliq qoʻmitasi Vazirlikka hisobot davridan keyingi oyning 1-sanasi holatiga koʻra, Jamgʻarma hisobiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, shuningdek, tashkilotlar boʻyicha yozilgan majburiy toʻlov ajratmalari miqdori hamda mazkur toʻlov ajratmalari boʻyicha qarzdorlik toʻgʻrisidagi tezkor maʼlumotlarni va har chorakda hisobot davridan soʻng 10 kun muddat ichida, grant mablagʻlari va xayriya ehsonlari boʻyicha maʼlumotlarni taqdim etib boradi.
Vazirlik Soliq qoʻmitasidan Jamgʻarmaga majburiy ajratmalar tushumi toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumotlarni soʻrashga haqli.
3-bob. Jamgʻarmani boshqarish
8. Vazir yoki uning vazifasini bajaruvchi shaxs Jamgʻarma mablagʻlarining tasarrufchisi hisoblanadi.
9. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash vazirlikning gʻaznachilik hisobvaraqlariga kelib tushgan kirim mablagʻlari doirasida Iqtisodiyot va moliya vazirligida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazilgan daromadlar va xarajatlar boʻyicha tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq amalga oshiriladi, zarur hollarda, xarajatlar smetasiga vazirlik talabnomasi asosida tegishli oʻzgartirishlar kiritib boriladi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligida roʻyxatdan oʻtkaziladi.
10. Jamgʻarmaning tasdiqlangan smetasida nazarda tutilgan miqdordan ortiq kirim mablagʻidan foydalanish smetaga tegishli oʻzgartirishlar kiritilgandan soʻng amalga oshiriladi.
11. Jamgʻarma mablagʻlarini boshqarish vazirga (vazir boʻlmagan taqdirda, vazirning birinchi oʻrinbosariga, vazirning birinchi oʻrinbosari boʻlmagan vaqtda vazir oʻrinbosarlariga) yuklanadi.
4-bob. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash
12. Jamgʻarma daromadlari va xarajatlari prognozini tayyorlash, koʻrib chiqish va tasdiqlash mazkur Nizomga muvofiq Dasturlarning loyihalarini tayyorlash bilan bogʻliq holda amalga oshiriladi.
13. Jamgʻarmaning keyingi yilgi daromad va xarajatlari prognozi vazirlik tomonidan tasdiqlanadi.
5-bob. Jamgʻarma mablagʻlarini sarflash tartibi
14. Jamgʻarma mablagʻlari Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan ochiladigan shaxsiy gʻaznachilik hisobvaraqlari orqali sarflanadi.
15. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish vazirlik tomonidan tasdiqlangan tegishli xarajatlar smetasi asosida amalga oshiriladi.
16. Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Gʻaznachilik xizmati qoʻmitasi belgilangan tartibda:
Jamgʻarma mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan shartnomalar roʻyxatga olinishini;
roʻyxatga olingan shartnomalarga toʻlovlar xarajatlar smetalarida nazarda tutilgan mablagʻlar doirasida oʻrnatilgan tartibda toʻlanishini taʼminlaydi.
17. Qurilish, rekonstruksiya qilish, kapital va joriy taʼmirlash hamda jihozlashning manzilli roʻyxatlarida nazarda tutilgan toʻliq moliyalashtirilmay qolgan mablagʻlar joriy moliya yili yakunlariga koʻra Jamgʻarmaning daromad va xarajatlari balansliligini taʼminlashni hisobga olgan holda vazirlik tomonidan belgilangan tartibda kelgusi moliya yilida toʻlanishi lozim hamda ushbu mablagʻlar xarajatlar smetasida aks ettiriladi.
18. Jamgʻarma mablagʻlarining yil yakuniga ishlatilmay qolgan qismi Jamgʻarmada qoldiriladi.
6-bob. Jamgʻarma mablagʻlaridan foydalanish hisobi, hisoboti va nazorati
19. Jamgʻarma mablagʻlari tushumi va sarflanishi hisobini yuritish hamda ular yuzasidan hisobot tuzish vazirlik tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
20. Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli foydalanishni nazorat qilish Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasiga yuklanadi.
21. Tasdiqlangan xarajatlar smetalariga muvofiq, Jamgʻarma mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish yuzasidan javobgarlik vazirlikka yuklanadi.
7-bob. Yakunlovchi qoida
22. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 17-apreldagi 214-son qaroriga
7-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlarini umumdavlat va mahalliy ahamiyatga molik obyektlar jumlasiga kiritish hamda shaharsozlik faoliyatining alohida tartibga solinadigan obyektlari chegaralarini belgilash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2007-yil 2-fevraldagi 25-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Aholi punktlarini kompleks qurishda shaharsozlik normalari va qoidalari qatʼiy bajarilishini nazorat qilishni kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 12-fevraldagi 41-son qarori.
3. Vazirlar Mahkamasining “Shaharsozlik faoliyati sohasida ruxsat berish tartibotlari va davlat nazorati tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2011-yil 29-iyuldagi 222-son qaroriga 4-ilovaning 4-bandi.
4. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2778-son qarori) 2017-yil 11-maydagi 270-son qaroriga 1-ilovaning 24-bandi.
5. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Koʻp xonadonli uy-joy fondidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 2-iyundagi 340-son qarori.
6. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish tizimini boshqarishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PF-5017-son farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-apreldagi PQ-2900-son qarori) 2017-yil 25-dekabrdagi 1019-son qaroriga ilovaning 17-bandi.
7. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasi takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2018-yil 29-maydagi 400-son qaroriga ilovaning 8 va 30-bandlari.
8. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Suv taʼminoti va suv chiqarish xizmati koʻrsatish sohasida toʻlov intizomini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-noyabrdagi PF-5241-son Farmoni)” 2018-yil 2-iyuldagi 496-son qarori.
9. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi, uning tarkibiy boʻlinmalari, shuningdek, respublika va hududiy arxitektura-shaharsozlik kengashlari toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2018-yil 31-iyuldagi 603-son qarori.
10. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida investitsiya muhitini yaxshilash boʻyicha eksperimentni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 15-avgustdagi PF-5511-son Farmoni hamda “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852-son qarori) 2019-yil 16-yanvardagi 36-son qarori.
11. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Idoralararo kollegial organlarni tubdan qisqartirish va yanada optimallashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 28-avgustdagi PF-5527-son Farmoni) 2019-yil 23-fevraldagi 161-son qaroriga 1-ilovaning 41-bandi.
12. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida ichimlik suvi taʼminoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2018-yil 30-noyabrdagi PQ-4040-son Qarori)” 2019-yil 25-martdagi 247-son qaroriga ilovaning 2-bandi.
13. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining masʼuliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 1-fevraldagi PF-5650-son farmonlari va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish toʻgʻrisida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son qarori) 2019-yil 13-maydagi 397-son qaroriga ilovaning 58 va 98-bandlari.
14. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish materiallari sanoatini tubdan takomillashtirish va kompleks rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 20-fevraldagi PQ-4198-son qarori) 2019-yil 17-maydagi 416-son qaroriga ilovaning 4-bandi.
15. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2019-yil 14-iyundagi 498-son qaroriga 1-ilovaning 11, 12 va 42-bandlari.
16. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qurilish sohasini davlat tomonidan tartibga solishni takomillashtirish qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 14-noyabrdagi PF-5577-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yanada yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 13-iyuldagi PQ-3852son, “Jahon banki va Xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida Oʻzbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 5-fevraldagi PQ-4160-son hamda “Qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan boʻsh turgan yer uchastkalarini berish hamda arxitektura-qurilish ishlarini amalga oshirish tartib-taomillarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2019-yil 26-avgustdagi PQ-4427-son qarorlari) 2019-yil 28-noyabrdagi 961-son qaroriga ilovaning 6-bandi.
17. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi punktlarini obodonlashtirish sohasida ishlar samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 4-iyundagi PQ-4351-son qarori)” 2019-yil 9-dekabrdagi 978-son qarori.
18. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2020-yil 24-fevraldagi 108-son qarori
19. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi toʻgʻrisida” 2019-yil 10-dekabrdagi OʻRQ-591-son Qonuni) 2020-yil 16-apreldagi 234-son qaroriga ilovaning 4 va 14-bandlari.
20. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 27-iyundagi PQ-4366-son va “Issiqlik taʼminoti tizimini takomillashtirish va issiqlik taʼminoti korxonalarini moliyaviy sogʻlomlashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2019-yil 2-dekabrdagi PQ-4542-son qarorlari) 2020-yil 20-maydagi 305-son qaroriga ilovaning 3-bandi.
21. Vazirlar Mahkamasining “Suv taʼminoti tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 28-maydagi 342-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi.
22. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi faoliyatiga oid normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 28-maydagi 343-son qarori.
23. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 22-yanvardagi PQ-4569-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 24-fevraldagi PQ-4612-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Bosh vazirning investitsiyalar va tashqi iqtisodiy aloqalar masalalari boʻyicha oʻrinbosari-investitsiyalar va tashqi savdo vaziri lavozimini kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 10-martdagi PQ-4635-son va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2020-yil 12-maydagi PQ-4710-son qarorlari) 2020-yil 26-iyundagi 411-son qaroriga 1-ilovaning 8, 22 va 39-bandlari.
24. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasida davlat boshqaruvi tizimining tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2020-yil 26-sentabrdagi 588-son qaroriga ilovaning 1-bandi.
25. Vazirlar Mahkamasining “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambagʻallikni qisqartirishga oid davlat siyosati tubdan takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 2020-yil 14-dekabrdagi 777-son qaroriga 1-ilovaning 18-bandi.
26. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi qurilish tarmogʻini modernizatsiya qilish, jadal va innovatsion rivojlantirishning 2021-2025-yillarga moʻljallangan strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2020-yil 27-noyabrdagi PF-6119-son Farmoni) 2021-yil 8-maydagi 290-son qaroriga ilovaning 4 va 5-bandlari.
27. Vazirlar Mahkamasining “Ilmiy va innovatsion faoliyatni boshqarish tizimini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2021-yil 27-avgustdagi 545-son qaroriga 3-ilovaning 15-bandi.
28. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Koronavirus pandemiyasini yumshatish, aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi va salomatligini saqlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 25-iyuldagi PF-6035-son Farmoni) 2021-yil 19-noyabrdagi 694-son qaroriga 1-ilovaning 19-bandi.
29. Vazirlar Mahkamasining “Tashqi begʻaraz koʻmak mablagʻlarini jalb etish mexanizmlarini va donorlar bilan ishlash tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 29-dekabrdagi 786-son qaroriga 3-ilovaning 10-bandi.
30. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini taʼminlash toʻgʻrisida” 2021-yil 13-sentabrdagi OʻRQ-713-son Qonuni) 2022-yil 9-martdagi 102-son qaroriga ilovaning 3 va 5-bandlari.
31. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida” 2021-yil 20-apreldagi OʻRQ-682-son Qonuni) 2022-yil 4-apreldagi 153-son qaroriga ilovaning 168 va 210-bandlari.
32. Vazirlar Mahkamasining “Qurilish sohasiga oid yagona maʼmuriy qurilish reglamentlarini tasdiqlash toʻgʻrisida” 2022-yil 20-apreldagi 200-son qaroriga 8-ilovaning 2-bandi.
33. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi huzuridagi ichimlik suvidan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida” 2022-yil 10-maydagi 246-son qarori.
34. Vazirlar Mahkamasining “Aholining ichimlik suv taʼminoti va oqova suv xizmatlari bilan taʼminlanganlik darajasini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida” 2022-yil 6-sentabrdagi 496-son qaroriga ilovaning 2-bandi.