

<!DOCTYPE html>
<html lang="uz-Cyrl-UZ">
<head>
   <!-- Global site tag (gtag.js) - Google Analytics -->
   <script async src="https://www.googletagmanager.com/gtag/js?id=UA-2682682-1"></script>
   <script>
      window.dataLayer = window.dataLayer || [];
      function gtag() { dataLayer.push(arguments); }
      gtag('js', new Date());
      gtag('config', 'UA-2682682-1');
   </script>
<title>
	
</title><meta charset="UTF-8" /><meta http-equiv="content-type" content="text/html; charset=UTF-8" /><meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0, minimum-scale=0.3, maximum-scale=3.0" /><link href="/css/mactform.css" rel="stylesheet" type="text/css" />
    <script src="/assets/js/jquery.min.js"></script>

    <style type="text/css">
        body, html {
            height: 100%
        }

        body {
            margin: 0;
            padding: 0;
            background-color: #fff;
            font-family: Ubuntu;
            font-family: Montserrat
        }

        /* .OFFICIAL_SOUR_TEXT, .PUBLICATION_ORIGIN {
            display: none;
        }*/

        .act_warning {
            color: red;
        }

        .night-mode {
            -webkit-filter: grayscale(100%) !important;
            filter: grayscale(100%) !important;
        }

        #divCont > div {
            /*overflow-y:  auto;*/
            overflow-x: auto;
            max-width: calc(100vw - 4px);
        }

        /*.TABLE_STD .BY_DEFAULT {
            overflow-y: auto;
            max-height: 80vh;
        }*/
    </style>
    <script>
        function toggle_night_mode() {
            $("body").toggleClass("night-mode")
        }
    </script>
</head>
<body>
    <a href="#" onclick="toggle_night_mode()" style="display: none;">toggle_night_mode</a>
    <div id="page">
        <table style="width: 100%; font-family: Arial; font-size: 14px; font-weight: bold;">
            <tr>
                <td style="width: 50%">
                    
                    
                    
                </td>
                <td style="width: 50%" align="right">
                    
                    
                </td>
            </tr>
        </table>
        <div id="divBody" style="padding: 2px;">
            <div id="divCont" style="background:#ffffff;border:none;margin:auto;"><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-260440">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6779"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar;</span></div><div id="LBC6793"><span class="iorRN">2.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5988"></label><a id="onLS-260440">[<b>TSZ:</b><div id="LS3699"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">Ijtimoiy-madaniy masalalar / Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xizmat]</span></div></a></div><div class="ACCEPTING_BODY"><a id="-260443">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-260444">qarori</a></div><div class="ACT_TITLE"><a id="-260445">Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni tasdiqlash toʻgʻrisida</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-260446"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-648435">Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 3-noyabrdagi <a href="/mact/-802905">461-son</a> va “Oʻzbekiston Respublikasining Uy-joy kodeksini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 16-iyuldagi <a href="/mact/-309303">345-son </a>qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-648578">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6779"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.03.00.00 Kommunal xoʻjalik / 08.03.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-648578">1. Uy-joy-kommunal xizmatlari koʻrsatish boʻyicha Yagona buyurtmachi xizmati toʻgʻrisidagi Vaqtinchalik <a href="javascript:scrollText(-649647)">nizom </a>1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-648580">Yagona buyurtmachi xizmatini tashkil etish boʻyicha eksperiment <a href="javascript:scrollText(-650913)">1a-ilovaga </a>muvofiq shaharlarda kengaytirilsin.</a></div><div class="INDEXES_ON_REF" style="display:none"><label id="s5987"></label><a id="onLBC-648582">[<b>OKOZ:</b><div id="LBC6793"><span class="iorRN">1.</span><span class="iorVal">08.00.00.00 Uy-joy qonunchiligi. Kommunal xoʻjalik / 08.06.00.00 Noturar joylar. Maʼmuriy binolar / 08.06.01.00 Umumiy masalalar]</span></div></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-648582">2. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="javascript:scrollText(-650976)">Nizom</a> 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-648684">3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.S. Hamidov zimmasiga yuklansin.</a></div><div class="SIGNATURE"><a id="-648686">Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-648688">Toshkent sh.,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS"><a id="-648695">2000-yil 24-yanvar,</a></div><div class="ACT_ESSENTIAL_ELEMENTS_NUM"><a id="-648699">22-son</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-649647"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-649654">Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son <a href="javascript:scrollText(-649647)">qaroriga</a><br />1-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-649656">Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha Yagona buyurtmachi xizmati toʻgʻrisida</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-649657">VAQTINChALIK NIZOM</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-649660"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-649665">I. UMUMIY QOIDALAR</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649670">1. Ushbu Vaqtinchalik nizom (bundan keyin “Nizom” deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Aholiga kommunal xizmat koʻrsatish tizimida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish Konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida” 1998-yil 3-noyabrdagi 461-son <a href="/mact/-802905">qaroriga </a>muvofiq ishlab chiqilgan va Uy-joy-kommunal xizmat koʻrsatish boʻyicha Yagona buyurtmachi xizmatining (bundan keyin “Yagona buyurtmachi xizmati” deb ataladi) asosiy vazifalari hamda funksiyalarini, uning huquqiy maqomini, tashkil etilishini, faoliyat koʻrsatishi va tugatilishini belgilab beradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649676">2. Yagona buyurtmachi xizmati uy-joy fondini, turar-joy boʻlmagan binolar va imoratlarni, muhandislik asbob-uskunalarini, uylarga yondosh hududlarni zarur darajada saqlash va tuzatishni, barcha toʻlovlarni hisob-kitob qilish va yigʻishni, pudrat tashkilotlari va xizmat koʻrsatuvchilar bilan hisob-kitob qilishni hamda fuqarolarning yashashi uchun shart-sharoitlar yaratishga yoʻnaltirilgan uy-joy fondini boshqarishni amalga oshirishga vakolatli tashkilot hisoblanadi.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-649679"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5945347"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-5945346">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5945347"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5945357">3. Yagona buyurtmachi xizmati oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga, joylardagi davlat hokimiyati organlari qarorlariga, ushbu Nizomga va oʻz ustaviga amal qiladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5945368">(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938036">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-651467"><a href="/mact/-260440?ONDATE=13.02.2001 00#-651402">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651467">Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari va Toshkent shahar hududiy kommunal-foydalanish birlashmasi Yagona buyurtmachi xizmatiga uslubiy, texnikaviy va boshqa zarur yordam koʻrsatadi, uni tegishli meʼyoriy-huquqiy hujjatlar bilan taʼminlaydi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-651476">(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 18-maydagi 127-sonli <a href="/mact/-575403?ONDATE=18.05.2005 00#-576636">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2005-y., 19-20-son, 143-modda)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-3413537"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-649688">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3413537"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3413544">4. Yagona buyurtmachi xizmati belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarori bilan davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etiladi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-3413548">(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 13-noyabrdagi 907-sonli<a href="/mact/-3408714?ONDATE=14.11.2017 00#-3410614"> qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son) </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1142653"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-649693">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142653">5. Mulkdorlar, shuningdek, uy-joy ijarachilari va arendachilari uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish yuzasidan pudratchilar bilan oʻz munosabatlarini ham Yagona buyurtmachi xizmati orqali ham bevosita yoʻlga qoʻyishlari mumkin.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1142662">(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli <a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140723">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649700">6. Yagona buyurtmachi xizmati faoliyatini mablagʻ bilan taʼminlash mahalliy budjet mablagʻlari, aholi va korxonalarning uy-joy-kommunal xizmatlar uchun toʻlovlari, shuningdek, markazlashtirilgan davlat subsidiyalari hisobiga amalga oshiriladi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-649704">II. YAGONA BUYuRTMAChI XIZMATINING ASOSIY VAZIFALARI VA FUNKSIYALARI</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1142666"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-1142664">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1142666"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142667">7. Quyidagilar Yagona buyurtmachi xizmatining asosiy vazifalari hisoblanadi: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142668">uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish yuzasidan pudratchilar oldida uy-joy va uy-joy boʻlmagan binolar mulkdorlari (ijarachilar va arendachilar) manfaatlarini ifodalash; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142669">uy-joy mulkdorlari (ijarachilari va arendachilari)ning uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatishni hamda taʼmirlash ishlarini pudratchilar bilan tanlov asosida oʻtkazishni tashkil etish yuzasidan buyurtmachilarni shakllantirish va umumlashtirish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142670">aholidan tushadigan moliyaviy mablagʻlarni, shuningdek, pudratchi tomonidan bajarilgan ishlarga va koʻrsatilgan xizmatlarga, ularning sifatiga qarab hamda shartnomaga muvofiq toʻlash uchun davlat tomonidan markazlashtirilgan tartibda va mahalliy darajada ajratiladigan subsidiyalarni jamlash va tasarruf etish. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142672">Uy-joylar mulkdorlari, ijarachilari va arendachilarining ixtiyoriy birlashmalari, shu jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari ham uy-joylarni saqlash boʻyicha davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalarning mustaqil oluvchilari boʻlishi mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142675">Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlari umumiy mulkni boshqarish, ularga xizmat koʻrsatish va ulardan taʼmirlash, shuningdek, kommunal va boshqa xizmatlar koʻrsatish yuzasidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan mustaqil ravishda shartnomalar tuzishlari mumkin. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142676">Yagona buyurtmachi xizmati foydalanuvchilarga markazlashtirilgan tartibda issiqlik, gaz, elektr energiyasi yetkazib berish boʻyicha tuman va shahar kommunikatsiyalarini boshqarish, ularga xizmat koʻrsatish va ulardan taʼmirlash yuzasidan, shuningdek, jamoat hududlari va kommunikatsiyalarida kommunal xizmatlar koʻrsatish va taʼmirlash ishlari yuzasidan pudratchilar bilan ustuvor tartibda shartnomalar tuzadi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1142677">(7-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli<a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140724"> qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1142679"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-1142678">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1142679"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142680">8. Shahar (tuman) hokimligi davlat uy-joy fondini (uy-joylarni — ularga yondosh hududlar, ichki muhandislik kommunikatsiyalari — suv, issiqlik, kanalizatsiya, gaz, elektr energiyasi bilan birga, Xususiy uy-joy mulkdorlari shirkati boshqaruviga berilgan davlat uy-joy fondi bundan mustasno) joylardagi ijro etuvchi hokimiyat organlaridan xoʻjalik yuritish va boshqarish uchun yagona buyurtmachi xizmati balansiga beradi. Yagona buyurtmachi xizmatiga, shuningdek, ijro etuvchi hokimiyat organlarining davlat uy-joy fondini boshqarish boʻyicha funksiyalari ham beriladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142682">Xususiy mulk boʻlgan koʻp kvartirali uy-joylar, ularga yondosh hududlar va ichki muhandislik kommunikatsiyalari (suv, issiqlik, kanalizatsiya, gaz, elektr energiyasi) koʻchmas mulk butun kompleksidan shartnoma boʻyicha saqlashni taʼminlash uchun mulkdorlar tomonidan Yagona buyurtmachi xizmati boshqaruviga berilishi mumkin (<a href="javascript:scrollText(-650446)">1-ilova</a>).</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1142686">(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli <a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140730">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649728">9. Yagona buyurtmachi xizmatiga uy-joy mulkdorlari bilan shartnomaviy shartlarda quyidagi asosiy funksiyalarni bajarish yuklanadi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649731">uy-joy fondini va muhandislik infratuzilmasi obyektlarini (suv oqizish-kanalizatsiya xoʻjaligi, issiqlik, elektr energiyasi, gaz taʼminoti, tashqi obodonlashtirish obyektlari hamda foydalanuvchilarga kommunal xizmatlar koʻrsatishni bevosita amalga oshiruvchi boshqa obyektlarni) saqlash va taʼmirlash yuzasidan pudrat korxonalari bilan tanlov asosida shartnomalar tuzish <a href="javascript:scrollText(-650569)">(2-ilova);</a></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649734">aholi va boshqa foydalanuvchilarning uy-joyni saqlash va taʼmirlash hamda uy-joy-kommunal xizmatlar uchun toʻlov sifatida tushadigan mablagʻlarini, shuningdek, mahalliy budjetdan ajratilgan mablagʻlarni toʻplash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649736">uy-joy fondi mulkdorlari bilan birgalikda ishlar pudratchisini, uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatuvchini tanlash, shu jumladan, toʻliq taʼmirlash va rekonstruksiya qilishni amalga oshirish yuzasidan tanlovlar oʻtkazishni tashkil etish, ular tugallangach, ishlarni qabul qilib olishda qatnashish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649739">bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va puxtaligini nazorat qilish hamda tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirilgan ishlar va xizmatlar uchun haq toʻlash;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1142691"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-1142689">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1142691"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142693">kvartiralar ichidagi asbob-uskunalarni taʼmirlash va almashtirish, muhandislik tarmoqlaridagi halokatli holatlarni va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan uy-joy fondi mulkdorlaridan, shu jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan tushadigan buyurtmanomalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻish va tahlil qilish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142700">pudrat tashkilotlari tomonidan Yagona buyurtmachi xizmati mijozlarining tezkor buyurtmalari boʻyicha xizmat koʻrsatish va taʼmirlash ishlari, shuningdek kommunal xizmatlarning oʻz vaqtida amalga oshirilishini, shu jumladan, tushayotgan shikoyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va paydo boʻlayotgan muammolarni hal etish yoʻli bilan, doimiy nazorat qilish;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1142712">(9-bandning oltinchi va yettinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli <a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140733">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649746">shartnoma shartlarini bajarishmagan taqdirda uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash, kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha pudrat korxonalarini almashtirish, tanlov asosida yangi korxonalarni tanlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649747">uy-joy fondining, muxandislik infratuzilmasi va tashqi obodonlashtirish obyektlarining texnik holatini rejali nazorat qilish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish uchun tavsiyalar va texnik yechimlar ishlab chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649750">Yagona buyurtmachi xizmatiga qarashli hududda foydalanuvchilarga uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatishni yaxshilash uchun zarur boʻlgan yangi pudrat korxonalari tashkil etishda qatnashish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649752">yangi ishga tushirilgan uy-joy-kommunal xoʻjaligi obyektlarini qabul qilib olish boʻyicha takliflar tayyorlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649754">pudratchining uy-joyni, yertoʻlalarda, shaxtalarda joylashgan muhandislik tarmoqlarini, bittadan koʻp kvartirani birlashtiruvchi tarmoqlarni, texnika asbob-uskunalarini, yondosh hududni zarur darajada saqlash hamda unda yashovchi aholiga shartnomada nazarda tutilgan haq toʻlanadigan ish va xizmatlar turlari roʻyxatiga muvofiq xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatini nazorat qilish, shuningdek, tushayotgan buyurtmanomalar boʻyicha aholiga xizmat koʻrsatish ishlarini tezkorlik bilan tashkil etish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649755">10. Yagona buyurtmachi xizmati: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649757">pudrat korxonalari tomonidan xizmat koʻrsatish yuzasidan shartnomalar shartlari buzilgan taqdirda ulardan nazarda tutilgan iqtisodiy jarimalar tarzidagi mablagʻlarni undirish maqsadida sud organlariga murojaat qilish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649760">koʻrsatilgan uy-joy-kommunal xizmatlar uchun mablagʻlar toʻlanmagan taqdirda ularni oʻz mijozlaridan undirish maqsadida sud organlariga murojaat qilish. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649761">11. Yagona buyurtmachi xizmati uy-joy kommunal xizmatlar koʻrsatish yuzasidan buyurtmani shakllantirish uchun: </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649763">taʼmirlash-qurish ishlari va uy-joy-kommunal xoʻjaligi xizmatlari koʻrsatish boʻyicha bozorlar konyunkturasini; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649764">uy-joy-kommunal xizmatlar hajmlari hamda xizmatlar qiymatining mumkin boʻlgan oʻzgarishlar prognozini va pudrat shartnomalari tuzishda inflatsiya omillarini hisobga olishni; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649766">shartnoma asosida uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatish huquqiga tanlovlar tashkil etishni oʻrganish boʻyicha ishlarni amalga oshiradi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649767">12. Ustavga koʻra Yagona buyurtmachi xizmatiga uning asosiy vazifalarini bajarish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa funksiyalar va huquqlarni amalga oshirish yuklanishi mumkin.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-649768">III. DAVLAT UY-JOY FONDINI YAGONA BUYuRTMAChI XIZMATIGA BERISh TARTIBI VA TOMONLARNING VAZIFALARI</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649769">13. Shahar (tuman) hokimligi qabul qilish-berish maxsus dalolatnomasida sanab oʻtilgan va berishning haqiqiy sanasidagi holatiga koʻra mulkdor balansida aks ettirilgan koʻchar va koʻchmas mulkni (asosiy va aylanma mablagʻlar hamda ularning manbalarini) toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan Yagona buyurtmachi xizmatiga biriktirib qoʻyadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5945378"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-649770">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5945378"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5945384">Yagona buyurtmachi xizmati Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq unga toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan biriktirilgan davlat mulkiga ega boʻladi va undan foydalanadi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5945386">(13-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938036">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649772">14. Yagona buyurtmachi xizmatiga toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan biriktirilgan davlat mulki, shuningdek, u yaratgan va sotib olgan mulk shahar (tuman) mulki hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649773">15. Yagona buyurtmachi xizmati, asosiy faoliyat turlariga zarar yetkazmagan holda, jismoniy va yuridik shaxslarga amaldagi qonunchilikka zid boʻlmagan qoʻshimcha oʻzaro bogʻliq xizmatlar koʻrsatganlik uchun daromadlar olish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649777">16. Yagona buyurtmachi xizmatiga toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan berilgan koʻchmas mulk, mashina va asbob-uskunalar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649778">a) faqat Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq mulkdorning qaroriga koʻra sotilishi yoki boshqa usulda begonalashtirilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649780">b) mulkdorning roziligi bilan va uning bilan kelishilgan shartlarda garovga berilishi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649782">v) faqat mulkdorning qaroriga koʻra ijaraga topshirilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649785">17. Yagona buyurtmachi xizmati berilgan davlat uy-joy fondiga nisbatan:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649787">a) toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan oʻziga biriktirilgan davlat mulkidan foydalanish qoidalari buzilishiga yoʻl qoʻymaslik va uning saqlanishini taʼminlash hamda uni oʻz mablagʻlari, shu jumladan, amaldagi qonunchilikka muvofiq hisoblanadigan amortizatsiya ajratmalari hisobiga tiklash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649788">b) toʻliq xoʻjalik yuritish huquqi bilan oʻziga biriktirilgan davlat mulkini oʻz mablagʻlari hisobiga kapital va joriy taʼmirlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649790">v) oʻz ixtiyoriga topshirilgan uy-joy fondini binolar konstruksiyasi bardoshliligini saqlash jihatdan muntazam nazorat qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649793">g) bino konstruksiyalarining shikastlangani aniqlangan taqdirda shahar (tuman) hokimligini xabardor qilish, konstruksiyalarning fuqarolar yashashiga va uy-joy fondining bundan keyingi saqlanishiga xavf soluvchi shikastlanishlari darajasini tezkorlik bilan aniqlash uchun loyihalash institutlari mutaxassislarini jalb etish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649794">d) shahar (tuman) hokimligiga uy-joy fondini saqlash chora-tadbirlari koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649796">e) har yili fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bilan birgalikda oʻziga biriktirilgan davlat uy-joy fondi kvartiralarini tekshirib chiqish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649799">j) oʻzboshimchalik bilan xonalar joylashishi oʻzgartirilganda, toʻsiqlar olib tashlanganda, oʻyilganda, konstruksiya elementlari, konstruksiyalar qisman yoki toʻliq koʻchirilganda va foydalanishning texnik normalariga muvofiq boʻlmagan muhandislik kommunikatsiyalari oʻrni oʻzgartirilganda hamda fuqarolar tomonidan uydagi boshqa yashovchilar yashashiga xavf tugʻdiruvchi boshqa barcha xatti-harakatlar sodir etilganda koʻrsatib oʻtilgan buzilishlar toʻgʻrisida darhol dalolatnoma tuzish va konstruksiyalarni aybdor hisobiga tiklash chora-tadbirlarini koʻrish uchun materiallarni shahar (tuman) hokimligiga yoki sud organlariga berish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649802">z) belgilangan soliqlarni va boshqa majburiy toʻlovlarni budjetga toʻlash majburiyatlarini oladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649804">18. Xoʻjalik yuritish huquqi bilan Yagona buyurtmachi xizmatiga biriktirilgan davlat mulki:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649805">a) mulkdorning qaroriga koʻra:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649808">Yagona buyurtmachi xizmati qayta tashkil etilganda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649810">belgilangan maqsadga ega boʻlgan, oʻzining va mahalliy budjet hisobiga barpo etilgan yoki sotib olingan binolar, inshootlar va boshqa mulklar belgilangan maqsad bilan boshqa yuridik shaxsga berilganda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649812">ushbu Nizomning <a href="javascript:scrollText(-649777)">16-bandida </a>nazarda tutilgan shartlar buzilganda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649813">b) sud qaroriga koʻra:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649815">mulkdor Yagona buyurtmachi xizmatidan mulkni undirish toʻgʻrisida murojaat qilganda toʻliq yoki qisman olib qoʻyilishi mumkin.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-649818">IV. YAGONA BUYuRTMAChI XIZMATIGA RAHBARLIK QILISh</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649819">19. Yagona buyurtmachi xizmatiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan kelishilgan holda shahar (tuman) hokimi tomonidan lavozimga tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649821">20. Yagona buyurtmachi xizmati boshligʻi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649822">Yagona buyurtmachi xizmati faoliyatiga rahbarlik qiladi va unga yuklangan funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649823">Yagona buyurtmachi xizmatining shtat jadvali yuzasidan shahar (tuman) hokimligiga takliflar kiritadi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649824">barcha korxonalar, muassasalar va tashkilotlarda Yagona buyurtmachi xizmati manfaatlarini ifodalaydi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649825">pudrat tashkilotlari, elektr energiyasi va suv bilan taʼminlovchi hamda ixtisoslashtirilgan boshqa tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi, komissiyalar tarkibini tasdiqlaydi, bank muassasalarida hisob-kitob va boshqa hisob raqamlari ochadi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-649826">xodimlar oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi, xizmat xodimlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan boʻshatadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650434">oʻz vakolati doirasida buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650435">V. NAZORAT VA HISOBOT</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650436">21. Yagona buyurtmachi xizmati faoliyatini nazorat qilish Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650438">22. Yagona buyurtmachi xizmati belgilangan tartibda statistika va buxgalteriya hisobotini yuritadi, belgilangan muddatlarda tegishli organlarga balans hisobotlari topshiradi, soliq solish uchun zarur boʻlgan axborotlarni hamda iqtisodiy axborotlarni toʻplash va ishlab chiqish umumdavlat tizimi maʼlumotlarini davlat statistika organlariga taqdim etadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650441">VI. YAGONA BUYuRTMAChI XIZMATI FAOLIYATINI TOʻXTATISh</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650444">23. Yagona buyurtmachi xizmati amaldagi qonunchilikda nazarda tutilgan shartlarda va tartibda qayta tashkil etilishi yoki tugatilishi mumkin.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-650446"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-650448">Vaqtinchalik <a href="javascript:scrollText(-649727)">nizomga</a><br />1-ILOVA </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1142717"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-1142716">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-1142717">Uy-joy (kvartira)ni boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash hamda unga kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1142718">(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli <a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140737">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-650449"></a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-650451">ShARTNOMA</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-650453"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650456">Ustav asosida ish koʻruvchi, keyingi oʻrinlarda “Ijrochi” deb ataluvchi Yagona buyurtmachi xizmati — _________________________ nomidan direktor __________________________ bir tomondan va keyingi oʻrinlarda “Mulkdor” deb ataluvchi kvartira (uy) mulkdori____________________ikkinchi tomondan, quyidagilar toʻgʻrisida mazkur shartnomani tuzdilar: </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650458">1. Shartnomaning maqsadi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650460">“Mulkdor” vannaxonasi, oshxonasi, balkoni, verandasi, shu jumladan, turar joy maydoni ________ kv. m, umumiy maydoni ________ kv. m boʻlgan __________________ koʻchasi, ______________ uydagi ______ xonali ______ kvartirani texnik xizmat koʻrsatish dalolatnomasi boʻyicha beradi, “Ijrochi” esa qabul qilib oladi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650462">2. Tomonlarning majburiyatlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650463">2.1. “Ijrochining majburiyatlari:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650464">uy-joylardan texnik foydalanishning yagona qoidalari va meʼyorlariga qatʼiy rioya qilgan holda “Mulkdor”ning kvartirasiga texnik xizmat koʻrsatishni taʼminlash, shu jumladan, uy-joyni, yertoʻlalarda, shaxtalarda joylashgan muhandislik tarmoqlarini va bittadan koʻp kvartirani birlashtiruvchi tarmoqlarni, texnik asbob-uskunalarni, uyga yondosh hududni ishlar va xizmatlarning haq toʻlanadigan turlari roʻyxatiga muvofiq zarur darajada saqlashni taʼminlovchi ishlarni amalga oshirish;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1142719"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-650467">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142719">pudratchilar va uy-joy fondini boshqarish, unga xizmat koʻrsatish va uni taʼmirlash hamda kommunal xizmatlar koʻrsatuvchilar oldida “Mulkdor”ning manfaatlarini ifodalash; </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1142720">(2.1-bandning uchinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli<a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140738"> qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650471">uy-joy fondining “Mulkdori” bilan birgalikda ishlar pudratchisini, uy-joy-kommunal xizmatlar koʻrsatuvchini, shu jumladan, kapital taʼmirlash va rekonstruksiya qilish uchun pudratchini tanlash boʻyicha tanlovlar tashkil etish, ishlar tamom boʻlgandan soʻng ularni qabul qilib olishda qatnashish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650474">bajarilgan ishlar va xizmatlarning sifatini va puxtaligini nazorat qilish va amalga oshirilgan ishlar va xizmatlar haqini tuzilgan shartnomalarga muvofiq toʻlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650487">uy-joy fondini taʼmirlash va kvartira ichidagi uskunalarni almashtirish, binolarning muhandislik tarmoqlaridagi avariya vaziyatlarini va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan “Mulkdor” tushadigan buyurtmanomalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻish va tahlil qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650490">pudratchi korxonalar tomonidan shartnoma shartlari bajarilmagan hollarda, tanlov asosida yangi korxonalar tanlash asosida uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash, kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha pudratchi korxonalarni almashtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650495">uy-joy fondining, muhandislik infratuzilmalari va tashqi obodonlashtirish obyektlari texnik holatining rejali monitoringini hamda aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish uchun tavsiyanomalar va texnik yechimlarni ishlab chiqishni amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650497">sifat va puxtalikning kafolatli darajasi buzilganligi sababli “Ijrochi”ning aybi bilan koʻrilgan zararni “Mulkdor”ga undirib berish.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650500">2.2. “Mulkdorning majburiyatlari:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650503">uy (kvartira)ga texnik xizmat koʻrsatish boʻyicha “Ijrochi” tomonidan kommunal xizmatlar va uy-joyni taʼmirlash xizmatlari uchun belgilangan tariflarga muvofiq har oyning 10-kunidan kechiktirmay oʻz vaqtida haq toʻlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650509">kvartiradan belgilangan maqsadda foydalanish, sanitariya-texnika asbob-uskunalariga, uy-joyning tashqi obodonlashtirish obyektlariga ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlish.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650510">3. Tomonlarning huquqlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650511">3.1. “Ijrochi”:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650513">“Mulkdor” kvartirasidagi ichki tarmoqlar va asbob-uskunalarning texnik holatini muntazam ravishda tekshirib turish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650515">muhandislik tizimlarini yaxshi saqlamaganlik, uy-joyning tuzilishini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirganlik yoki loyiha yechimlarini kommunikatsiyalarni yoxud uy-joyni avariyaga olib kelgan yoki avariya holatiga olib kelishi mumkin boʻlgan darajada oʻzgartirganlik uchun “Mulkdor”dan koʻrilgan zararni toʻlashni talab qilish huquqiga ega.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650517">3.2. “Mulkdor”:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650518">belgilangan miqdorda, oʻzining hayoti va salomatligi uchun xavfsiz boʻlgan, mol-mulkiga zarar yetkazmaydigan sifatda xizmatlar olish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650520">xizmatlar koʻrsatishdagi kamchiliklar oqibatida hayotiga, salomatligi va mol–mulkiga yetkazilgan zararlar va shikastlar uchun toʻlovlarni “Ijrochi”dan toʻla hajmda talab qilish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650522">xizmatlar koʻrsatishdagi tanaffuslar vaqti uchun haq toʻlamaslik huquqiga ega.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650531">4. Haq toʻlash tartibi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650532">4.1 Uy-joy (kvartira)ni saqlaganlik, xizmat koʻrsatganlik va taʼmirlaganlik, kommunal xizmatlar koʻrsatganlik uchun “Mulkdor” tomonidan har oyda hisob-kitob qilinadi. Toʻlovlar oʻtgan oydan keyingi oyning 10 kunigacha toʻlanadi. Kommunal xizmatlar haqi belgilangan shakldagi toʻlov hujjati boʻyicha “Ijrochi” orqali toʻlanadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5945391"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-650535">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5945391"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5945392">4.2. Uy-joy (kvartira)ni saqlaganlik, xizmat koʻrsatganlik va taʼmirlaganlik, kommunal xizmatlar uchun haq amaldagi qonunchilikka muvofiq, mahalliy hokimiyat organlari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shahar, tuman va Toshkent shahar hokimliklari) tomonidan tasdiqlangan tariflar boʻyicha toʻlanadi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5945395">(4.2 band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938037">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1142721"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-650536">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142721">4.3. Uy-joy-kommunal xizmatlar haqi oʻz vaqtida toʻlanmagan taqdirda “Mulkdor” “Ijrochiga” muddati oʻtkazib yuborilgan har bir kun uchun 0,1 foiz miqdorida penya toʻlaydi, muddati oʻtkazib yuborilgan toʻlov summasining 50 foizidan ortiq boʻlmagan miqdorda.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1142722">(4.3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli <a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140739">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650537">4.4. “Ijrochi” tomonidan kvartiraga texnik xizmat, kommunal xizmatlar oʻz vaqtida koʻrsatilmagan hollarda “Ijrochi” “Mulkdor”ga oʻz vaqtida bajarilmagan xizmatlar summasining 0,5 foizi miqdorida jarima toʻlaydi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650541">5. Shartnoma muddati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650544">5.1. Mazkur Shartnoma 1 yilga, 200 __yil 200 __ yil ________gacha boʻlgan davrga va bir xil kuchga ega boʻlgan 2 nusxada tuzildi. Ulardan biri “Mulkdor”da, ikkinchisi “Ijrochi”da turadi. Agar tomonlardan biri shartnoma muddati tugashidan 2 oy oldin uni toʻxtatish toʻgʻrisida istak bildirmasa, u kelgusi davrga uzaytirilgan hisoblanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650547">5.2. Shartnomani muddati tugagunga qadar bekor qilish qonun bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650552">6. Alohida shartlar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650554">6.1. Mazkur shartnomani bajarish, bekor qilish va uning muddatini uzaytirish bilan bogʻliq ravishda paydo boʻlgan barcha nizolar belgilangan tartibda koʻrib chiqiladi. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650556">6.2. Avariyani bartaraf etish boʻyicha shartnoma majburiyatlari “Ijrochi” tomonidan buzilgan hollarda “Mulkdor” shartnomada nazarda tutilgan ishlarni “Ijrochi” mablagʻlari hisobiga bajarishga yoxud zararlarni toʻlashni talab qilishga haqlidir. </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650559">“Mulkdor”ning oʻz shartnoma majburiyatlarini oʻz vaqtida bajarmaganligi tufayli ishlarning toʻxtatib qolganligi uchun “Ijrochi” javob bermaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650560">6.3. Jarima va penyalarni toʻlash shartnoma boʻyicha qabul qilingan majburiyatlarni bajarishdan ozod qilmaydi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650562">7. Tomonlarning rekvizitlari va imzolari</a></div><div class="BY_DEFAULT" id="theDefCssID"><a id="-650564" class="tabBox"><table id="theTableID" hidefocus="" style="PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 100%; BORDER-TOP-STYLE: none; PADDING-TOP: 0px; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="-1" cellspacing="1" cols="2" border="1" appliedcssid="theDefCssID">
<colgroup>
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">
<p align="center">MULKDOR</p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">
<p align="center">IJROChI</p></td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">Manzil: _________________________</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">Manzil: __________________________</td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">________________________________</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">_________________________________</td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">________________________________</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">_________________________________</td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">Bank rekvizitlari: _________________</td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">________________________________</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">_________________________________</td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">
<p align="center"><sup>(imzo)</sup></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">
<p align="center"><sup>(imzo)</sup></p></td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">M.Oʻ</td></tr></tbody></table></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-650569"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-650574">Vaqtinchalik <a href="javascript:scrollText(-649731)">nizomga</a><br />2-ILOVA </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1156528"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-1142723">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-1156528">Yagona buyurtmachi xizmati tomonidan xizmat koʻrsatish uchun mol-mulkni “Pudratchi” (uy-joy fondini saqlash va uni taʼmirlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlash tashkilotlari) berish toʻgʻrisida</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1156763">(ilova nomi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli <a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140741">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-650577"></a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-650582">NAMUNAVIY ShARTNOMA</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-650584"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650588">Yagona buyurtmachi xizmati (keyingi oʻrinlarda “Buyurtmachi” deb ataladi) </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1156766">___________________________________________________________________________</a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-650592">(korxona nomi)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650596">nomidan________________________________________________bir tomondan</a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-650600">(lavozimi)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650606">va 200 ____yil “____”______________da___________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650610">____________________________________________________________________</a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-650617">(muassis nomi)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1142725"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-650621">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142725">tomonidan tasdiqlangan ustav asosida faoliyat koʻrsatuvchi “Pudratchi” (uy-joy fondini saqlash va uni taʼmirlash boʻyicha xizmat koʻrsatuvchi va taʼmirlash tashkilotlari)</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1142728">(xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli <a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140741">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650626">____________________________________________________________________</a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-650630">(korxona nomi)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650635">nomidan____________________________________________________________</a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-650640">(lavozimi, F. I. O.)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650643">ikkinchi tomondan mazkur shartnomani quyidagilar toʻgʻrisida tuzishdi:</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650647">I. Shartnoma mavzusi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650649">1. “Buyurtmachi” xizmati xizmat koʻrsatish uchun “Pudratchi”ga quyidagi mol-mulklarni beradi:</a></div><div class="BY_DEFAULT" id="theDefCssID"><a id="-650650" class="tabBox"><table id="theTableID" hidefocus="" style="PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: 100%; PADDING-TOP: 0px" tabindex="-1" cellspacing="1" cols="6" border="1" appliedcssid="theDefCssID">
<colgroup>
<col />
<col />
<col />
<col />
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr tabindex="1">
<td style="WIDTH: 42px" tabindex="1" rowspan="2">
<p align="center"><br />T/r<br /></p></td>
<td style="WIDTH: 147px" tabindex="1" rowspan="2">
<p align="center"><br />Obyekt nomi, uning joylashgan oʻrni</p></td>
<td style="WIDTH: 156px" tabindex="1" rowspan="2">
<p align="center"><br />Dastlabki balans bahosi</p></td>
<td tabindex="1" colspan="2">
<p align="center">Eskirish darajasi</p></td>
<td style="WIDTH: 170px" tabindex="1" rowspan="2">
<p align="center">Qoldiq bahosi, min soʻm (3-ustun — 4-ustun)<br /></p></td></tr>
<tr tabindex="1">
<td tabindex="1">
<p align="center">ming soʻm </p></td>
<td tabindex="1">
<p align="center">% </p></td></tr></tbody></table></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650652">2. Xizmat koʻrsatish uchun berilgan mol-mulkning _____________ ___________________________________________________________________________</a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-650654">(mulk egasining nomi)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650655">mulki hisoblanadi va shartnoma (II boʻlim)ga muvofiq korxonaga toʻliq xoʻjalik yuritish uchun berilgan asosiy fondlar bilan birgalikda</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650657">____________________________________________________________________</a></div><div class="TEXT_CENTER"><a id="-650660">(bajariladigan ishlar, koʻrsatiladigan xizmatlar nomi)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650663">_________________________________________________ning</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650665">yagona texnologiya jarayonini taʼminlashga xizmat qiladi. </a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650668">II Tomonlarning huquqlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650674">3. “Pudratchi”:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650676">mazkur shartnomaga muvofiq xizmat koʻrsatish uchun oʻziga berilgan asosiy fondlardan mustaqil ravishda foydalanadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650679">xizmat koʻrsatish uchun oʻziga berilgan mulkka mustaqil ravishda egalik qilish (sotish yoki boshqa usul bilan boshqalarga berish, garovga berish, ijaraga topshirish)ga haqli emas.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650682">4. “Buyurtmachi” xizmati:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650684">bajarilayotgan ishlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va puxtaligini nazorat qiladi hamda tuzilgan shartnomalarga muvofiq amalga oshirilgan ishlar va koʻrsatilgan xizmatlar uchun haq toʻlaydi;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1142730"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-1142729">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1142730"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142731">kvartiralar ichidagi asbob-uskunalarni taʼmirlash va almashtirish, muhandislik tarmoqlaridagi halokatli vaziyatlarni va ularning oqibatlarini bartaraf etish yuzasidan uy-joy fondi mulkdorlaridan, shu jumladan, xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatlaridan tushadigan buyurtmanomalarning bajarilishi toʻgʻrisidagi axborotlarni yigʻadi va tahlil qiladi; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142732">pudrat tashkilotlari tomonidan Yagona buyurtmachi xizmati mijozlarining tezkor buyurtmanomalari boʻyicha xizmat koʻrsatish va taʼmirlash hamda kommunal xizmatlar koʻrsatish ishlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishini, shu jumladan, tushayotgan shikoyatlarni roʻyxatdan oʻtkazish va paydo boʻlayotgan muammolarni hal qilish yoʻli bilan, doimiy nazorat qiladi;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1142733">(4-bandning uchinchi va toʻrtinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli<a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140742"> qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650691">uy-joy fondini saqlash va taʼmirlash, kommunal xizmatlar koʻrsatish boʻyicha pudratchi korxonalar shartnoma shartlarini bajarmagan taqdirda ularni tanlov asosida yangi korxonalar bilan almashtiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650693">“Pudratchi” bilan birgalikda uy-joy fondining muhandislik infratuzilmasi va tashqi obodonlashtirish obyektlari texnik holatining rejali nazoratini amalga oshiradi hamda aniqlangan nuqsonlarni bartaraf etish uchun tavsiyalar va texnik yechimlarni ishlab chiqadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650698">yagona buyurtmachi xizmatiga qarashli hududda foydalanuvchilarga uy-joy-kommunal xizmatlari koʻrsatishni yaxshilash uchun zarur boʻlgan yangi pudratchi korxonalar tashkil etishda qatnashadi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650700">“Pudratchining uy-joyni, yertoʻlalarda, shaxtalardagi muhandislik tarmoqlarini hamda bittadan koʻp kvartirani birlashtiruvchi tarmoqlarni, texnik asbob-uskunalarni, uy yon-atrofini zarur darajada saqlash va unda yashovchi aholiga shartnomada nazarda tutilgan haq toʻlanadigan ish va koʻrsatiladigan xizmatlar turlari roʻyxatiga muvofiq xizmat koʻrsatish boʻyicha faoliyatini nazorat qiladi, shuningdek, tushayotgan buyurtmanomalar boʻyicha aholiga xizmat koʻrsatish ishlarini tezkorlik bilan tashkil etadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650703">III. Tomonlarning majburiyatlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650709">5. “Pudratchi” quyidagi majburiyatlarni oladi:</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1142734"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-650711">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1142734">quyidagi roʻyxat boʻyicha boshqarish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlashni amalga oshiradi:</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1142737">(5-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli<a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140742"> qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650716">____________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650719">____________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650726">____________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650730">____________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650734">____________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650735">____________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650738">____________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650741">ishlarning boshqa turlari:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650745">____________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650747">____________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650750">____________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650774">amalga oshiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650775">mazkur shartnomaga muvofiq uy-joy fondini saqlash va taʼmirlashni oʻz vaqtida va sifatli amalga oshiradi hamda uy-joy mulkdorlari va “Buyurtmachi”ning xabarlariga tezkorlik bilan oʻz munosabatini bildiradi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650779">xizmat koʻrsatish uchun oʻziga berilgan mol-mulkning saqlanishini taʼminlaydi;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650781">xizmat koʻrsatish uchun “Pudratchi”ga berilgan mol-mulkning texnik holati yomonlashuviga yoʻl qoʻymaydi, ushbu mol-mulkning foydalanish jarayonida eskirishi bilan bogʻliq hollar bundan mustasno;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650785">xizmat koʻrsatish uchun oʻziga berilgan mol-mulk buzilgan taqdirda zararni qoplaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650789">6. “Buyurtmachi” quyidagi majburiyatlarni oladi:</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5945402"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-650792">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5945402"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5945409">“Pudratchi”ning joriy xoʻjalik faoliyatiga aralashmaslik, amaldagi qonunchilik va mazkur shartnoma bilan nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5945413">(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938038">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650798">“Pudratchi” tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlar uchun toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirish.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650805">IV. Haq toʻlash shartlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650808">7. Mazkur shartnomaning <a href="javascript:scrollText(-650709)">5-bandiga </a>muvofiq “Pudratchi” tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarining qiymati har oyda ____ soʻmni tashkil etadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650811">8. Koʻrsatiladigan xizmatlar uchun har oyning 10-kunidan kechiktirmasdan “Buyurtmachi” tomonidan haq toʻlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650814">9. Mazkur shartnomaning <a href="javascript:scrollText(-650709)">5-bandida </a>qayd etilgandan ortiqcha qoʻshimcha xizmatlar koʻrsatilgan taqdirda ikkala tomon imzolagan “Qoʻshimcha xizmatlar toʻgʻrisida dalolatnoma” asosida qoʻshimcha haq toʻlanishi mumkin.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650819">V. Xizmat koʻrsatish uchun “Pudratchi”ga berilgan mol-mulkni olib qoʻyish va majburan oʻzgalarga berish</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650823">10. Xizmat koʻrsatish uchun “Pudratchi”ga berilgan mol-mulk “Buyurtmachi” xizmati qaroriga binoan quyidagi hollarda toʻliq yoki qisman olib qoʻyilishi mumkin:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650836">a) “Pudratchi” qayta tashkil etilganda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650839">b) <a href="javascript:scrollText(-650709)">5-bandda </a>nazarda tutilgan shartnoma majburiyatlari bajarilmaganligi munosabati bilan shartnoma bekor qilinganda;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650842">v) mazkur shartnomaning <a href="javascript:scrollText(-650808)">7</a> va <a href="javascript:scrollText(-650811)">8-bandlarida </a>nazarda tutilgan shartlar buzilganda.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650844">VI. Boshqa shartlar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650850">11. Pudratchi korxona rahbari mazkur shartnoma shartlarini bajarishga majburdir.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5945419"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-650851">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5945419"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5945423">Ushbu shartlarning bajarilmaganligi uchun, shuningdek, xizmat koʻrsatish uchun “Pudratchi”ga berilgan mol-mulkka uning harakatlari bilan yetkazilgan zararlar uchun rahbar amaldagi qonunchilikka muvofiq mulkiy va boshqacha tartibda javob beradi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5945429">(11-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938038">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650858">12. Asosiy shartlar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650861">___________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650863">___________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650865">___________________________________________________________________</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650871">13. Mazkur shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650875">14. Shartnoma _________________ muddatga tuzilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650878">15. Shartnoma bir xil yuridik kuchga ega boʻlgan ikki nusxada (tomonlarning har biri uchun bittadan) tuzilgan.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650879">Shartnoma “Buyurtmachi” xizmatida va “Pudratchi” rahbar organlari joylashgan joyda doimiy saqlanishi kerak.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-650881">Tomonlarning imzolari</a></div><div class="BY_DEFAULT" id="theDefCssID"><a id="-650885" class="tabBox"><table id="theTableID" hidefocus="" style="TABLE-LAYOUT: auto; PADDING-RIGHT: 0px; ; PADDING-LEFT: 0px; PADDING-BOTTOM: 0px; WIDTH: auto; BORDER-TOP-STYLE: none; PADDING-TOP: 0px; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="-1" cellspacing="1" cols="2" border="1" appliedcssid="theDefCssID">
<colgroup>
<col />
<col /></colgroup>
<tbody>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1"></td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">
<p align="center"><strong>“Buyurtmachi” xizmati</strong></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">
<p align="center"><strong>“Pudratchi”</strong></p></td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">_________________________________</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">_________________________________</td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">
<p align="center"><sup>(F.I.O., lavozimi)</sup></p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">
<p align="center"><sup>(F.I.O., lavozimi) </sup></p></td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">
<p align="center">Yuridik manzili:</p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">
<p align="center">Yuridik manzili:</p></td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">_________________________________  </td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">_________________________________   </td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">_________________________________  </td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">_________________________________   </td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">
<p align="center">Bank rekvizitlari</p></td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">
<p align="center">Bank rekvizitlari</p></td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">_________________________________</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">_________________________________ </td></tr>
<tr tabindex="1">
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">_________________________________</td>
<td style="BORDER-TOP-STYLE: none; BORDER-RIGHT-STYLE: none; BORDER-LEFT-STYLE: none; BORDER-BOTTOM-STYLE: none" tabindex="1">_________________________________</td></tr></tbody></table></a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-650913"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-650919">Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son <a href="javascript:scrollText(-648580)">qaroriga</a><br />1a-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-650926">Yagona buyurtmachi xizmatini tashkil etish boʻyicha eksperiment oʻtkazish uchun tavsiya etilayotgan shaharlar va tumanlar</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-650928">roʻyxati</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-650932"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650935">1. Asaka shahri, Andijon viloyati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650939">2. Buxoro shahri, Buxoro viloyati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650941">3. Denov shahri, Surxondaryo viloyati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650943">4. Samarqand shahri, Samarqand viloyati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650951">5. Qoʻqon shahri, Fargʻona viloyati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650953">6. Sirdaryo shahri, Sirdaryo viloyati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650955">7. Taxiatosh shahri, Qoraqalpogʻiston Respublikasi</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650956">8. Qarshi shahri, Qashqadaryo viloyati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650959">9. Kosonsoy shahri, Namangan viloyati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650961">10. Olmaliq shahri, Toshkent viloyati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650965">11. Xiva shahri, Xorazm viloyati</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-650967">12. Yunusobod tumani, Toshkent shahri</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-650976"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-650979">Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 24-yanvardagi 22-son <a href="javascript:scrollText(-648582)">qaroriga</a><br />2-ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-650990">Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida </a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-650994">NIZOM</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-650996"></a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-651043">1. Umumiy qoidalar</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651003">1. Oʻzbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksining <a href="/mact/-106136#-148441">16-moddasiga </a>muvofiq mazkur Nizom koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibini belgilaydi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651005">2. Yashash uchun moʻljallanmagan joylarga koʻp kvartirali uylardagi fuqarolar yashashi uchun moʻljallanmagan quyidagi alohida joylar tegishli boʻladi:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651007">a) uyni qurishda loyihalarda koʻrsatilgan uyning yoniga keyin qurilgan joylar;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5945473"><a href="/mact/-260440?ONDATE=16.10.2021 00#-5686258">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5945473"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5945480">b) qonunchilikda belgilangan tartibda uyning quyi qavatidagi turar joydan yashash uchun moʻljallanmagan joylarga oʻtkazilgan joylar, qayta jihozlangan yertoʻla va yarim yertoʻla hamda texnik maqsadlarga moʻljallangan joylar bundan mustasno;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5945485">(2-bandning “b” kichchik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938041">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5686278"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-651011">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5686278">(2-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-sonli <a href="/mact/-5680686?ONDATE=16.10.2021 00#-5684433">qaroriga</a> asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/648/0966-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651014">Yashash uchun moʻljallanmagan joyda boshqa uy-joylardan alohida kiriladigan eshik, tabiiy yoritish va ventilatsiya; Oʻzbekiston Respublikasi hududida amal qiluvchi yongʻinga qarshi hamda qurilish normalari va qoidalarining funksional vazifasi va talablariga muvofiq joyning devori, shifti, poli qoplangan, pardozlangan boʻlishi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651017">3. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan ularning toʻgʻri vazifasiga koʻra foydalanilishi kerak, shuningdek, ulardan mazkur Nizomga <a href="javascript:scrollText(-651269)">ilovada </a>keltirilgan faoliyat turlari roʻyxatiga muvofiq foydalanilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651021">4. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish xizmatlari xodimlarining kecha-kunduzning istalgan soatida tuzatish (avariyani bartaraf etish) uchun muhandislik-texnik kommunikatsiyalariga kirishlariga kafolat berilganda, shuningdek, joyni rekonstruksiya qilishda koʻtarish qobiliyati va hisoblab chiqilgan zilzilabardoshlik saqlanib qolgan taqdirda foydalanishga yoʻl qoʻyiladi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651024">Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish odamlarning uy-joyda kecha-kunduz boʻlishi imkoniyatini buzmasligi va xavfsiz hamda sogʻlom hayot muhitini taʼminlashi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651031">5. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish mulk, arenda yoki ijaraga olish huquqi bilan amalga oshirilishi mumkin.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651035">Turar joy yoki yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdori, ijara yoki arendaga oluvchi egallab turgan umumiy foydalanishdagi turar joylardagi joylardan foydalanish tartibi, shuningdek, uyga texnik xizmat koʻrsatish va umumiy foydalanishdagi joylarni tuzatish uchun umumiy xarajatlarni taqsimlash ular oʻrtasidagi kelishuvga koʻra belgilanadi.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-651071">II. Yashash uchun moʻljallanmagan joyning mulkdori (arendaga oluvchi, ijaraga oluvchi)ning huquq va majburiyatlari</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651077">6. Yashash uchun moʻljallanmagan joyning mulkdori (arendaga oluvchi, ijaraga oluvchi) yashash uchun moʻljallanmagan joydan tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanish va unga nosanoat xususiyatiga ega boʻlgan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni joylashtirish uchun foydalanish huquqiga, mulkdor esa — fuqarolar va yuridik shaxslarning hamda davlatning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini buzmagan holda egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish (sotish, almashtirish, ijaraga berish, arendaga berish hamda uy-joy qonunchiligiga zid boʻlmagan boshqa maqsadlarda foydalanish) huquqiga egadir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651079">7. Yashash uchun moʻljallanmagan joyning mulkdori (arendaga oluvchi, ijaraga oluvchi):</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651083">a) turar joylar, joylar hamda uylar va uy atrofidagi hududning obodonlashtirish elementlari saqlanishini taʼminlashga va oʻziga tegishli joyni oʻz hisobidan saqlashga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651085">b) joyga, sanitariya-texnika asbob-uskunalari va boshqa asbob-uskunalarga (suv quvuri, kanalizatsiya, markaziy isitish, issiq suv taʼminoti, gaz asbob-uskunalari va boshqalarga) ehtiyotkorlik bilan munosabatda boʻlishga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651091">v) elektr va issiqlik energiyasini, suv, gazni tejab sarflashga, ularning bekor oqishi va xoʻjasizlarcha sarflanishiga yoʻl qoʻymaslikka, elektr, gaz hisoblagichlarni oʻrnatishga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651092">g) yongʻin xavfsizligi qoidalariga, uy-joylar va ulardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylarning texnik foydalanish qoidalari va normalariga rioya qilishga;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651095">d) uy-joyda xavfsiz va sogʻlom hayot muhitini taʼminlashga;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1143614"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-1143612">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-1143614"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1143615">e) joyda, sanitariya-texnika asbob-uskunasida yoki boshqa asbob-uskunalarda nosozliklar aniqlanganda darhol shikastlanishlarni bartaraf etishning mumkin boʻlgan chora-tadbirlarini koʻrishga hamda zarur hollarda tegishli avariya-taʼmirlash xizmatiga maʼlum qilishga; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1143617">j) avariya holatlari paydo boʻlganda oʻzi egallab turgan joyga avariyalarni bartaraf etish uchun tegishli avariya-taʼmirlash xizmatlari vakillarining kirishini taʼminlashga;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1143619">(7-bandning “e” va “j” kichik bandlari Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli <a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140748">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5945505"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-651106">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5945505"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5945513">z) oʻziga tegishli joyga texnik xizmat koʻrsatish, koʻp kvartirali uylardagi umumiy foydalaniladigan joylarni saqlash va taʼmirlash, kommunal xizmatlar boʻyicha xarajatlarni shartnomada va amaldagi qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda toʻlashga majburdir.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5945516">(7-bandning “z” kichchik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938041">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-651108">III. Yashash uchun moʻljallanmagan joylarga qarash va ularni taʼmirlash</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1143620"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-651110">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1143620">8. Turar joylarning yashash uchun moʻljallanmagan joylarini boshqarish, ularga xizmat koʻrsatish va ularni taʼmirlash hamda tashqi tomonini obodonlashtirish, shuningdek uy atrofidagi hududga sanitariya xizmati koʻrsatish va unga qarash belgilangan standartlar, normalar va qoidalarga muvofiq amalga oshiriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1143621">(8-band  Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli <a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140751">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651111">9. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari, ularni ijaraga va arendaga oluvchilar oʻzlari egallab turgan joyni zarur joriy taʼmirlashni oʻz hisoblaridan amalga oshirishga, mulkdor esa bundan tashqari mukammal taʼmirlash ishlarini amalga oshirishga majburdir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651115">Alohida ajratilgan joyni yoki butun bir imoratni egallab turgan hamda barcha joriy taʼmirlashni amalga oshiruvchi yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari, ijaraga va arendaga oluvchilar uyni saqlash boʻyicha quyidagi umumiy xarajatlarda qatnashadilar:</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651118">a) uyga qarash bilan bogʻliq xarajatlar: axlatni yigʻishtirish va chiqarib tashlash, umumiy foydalaniladigan joylarni yoritish, isitish va saqlash xarajatlari, hovlini yoritish, yoʻlaklarni, uyga kirish yoʻlaklarini saqlash, uy yon-atrofini koʻkalamzorlashtirish va tozalash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651120">b) kvartiradan tashqaridagi asbob-uskunalar va muhandislik kommunikatsiyalarini, umumiy foydalaniladigan joylarni, uylarning kvartiradan tashqaridagi joylarini joriy taʼmirlash xarajatlari;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1143622"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-651122">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1143622">v) avariya-taʼmirlash xizmatlarining maʼmuriy-xoʻjalik xarajatlari.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1143623">(9-bandning “v” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli <a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140753">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1143637"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-651124">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1143637">Boshqarish, xizmat koʻrsatish va taʼmirlash xususiy uy-joy shirkatlari tomonidan amalga oshiriladigan koʻp kvartirali uylarda ushbu bandning <a href="javascript:scrollText(-651118)">“a”</a>, <a href="javascript:scrollText(-651120)">“b”</a>,<a href="javascript:scrollText(-1143622)"> “v”</a> kichik bandlarida koʻrsatilgan xarajatlar bevosita xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatiga yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari (yollovchilari, ijaraga oluvchilari) tomonidan qoplanadi. </a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1143638">(9-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli <a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140755">qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651136">Yashash uchun moʻljallanmagan joylarning mulkdorlari (ijaraga va arendaga oluvchilar)dan uyning umumiy xarajatlarini qoplashga yigʻimlar miqdori mazkur bandning <a href="javascript:scrollText(-651118)">“a”</a>, <a href="javascript:scrollText(-651120)">“b”</a>, <a href="javascript:scrollText(-651122)">“v” kichik bandlarida </a>koʻrsatilgan xarajatlarni jamlash, hosil boʻlgan summani haq toʻlanadigan umumiy (uy-joy va yashash uchun moʻljallanmagan) maydonga boʻlish va yashash uchun moʻljallanmagan joyning mulkdori (ijaraga va arendaga oluvchi) egallab turgan maydonga koʻpaytirish yoʻli bilan aniqlanadi.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651141">10. Turar joylarda joylashgan yashash uchun moʻljallanmagan joylarni boshqa maqsadda qayta jihozlash va qayta joylashtirish binoning konstruktiv sxemasini va muhandislik kommunikatsiyalarini buzmagan, binoning old koʻrinishi va tashqi qiyofasini, muhandislik kommunikatsiyalarini yomonlashtirmagan holda binoning shinamligini oshirish maqsadidagina amalga oshirilishi mumkin hamda binoning koʻtarish qobiliyati va zilzilaga bardoshliligini pasaytirmasligi kerak.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651145">Koʻrsatib oʻtilgan ishlar davlat hokimiyati organlarining tegishli ruxsatnomasi mavjud boʻlgan taqdirda amalga oshirilishi mumkin. Yashash uchun moʻljallanmagan joyning boshqa maqsadlar uchun moʻljallanayotgan qayta qurilishi, qayta joylashtirilishi va moslashtirilishi loyihasi yongʻinga qarshi muhofaza organlari, loyiha tashkiloti, meʼmorchilik va shaharsozlik organlari hamda meʼmorchilik-shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya qilish ustidan davlat nazorati organlari bilan kelishilishi zarur.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651151">11. Joyni oʻzboshimchalik bilan qayta qurgan va qayta joylashtirgan, balkon va peshayvonlarni boshqa maqsadda qayta jihozlagan, qayta joylashtirgan yoxud qoʻshimcha ravishda sanitariya-texnik qurilmalar va boshqa qurilmalarni oʻrnatgan koʻp kvartirali uyda joylashgan yashash uchun moʻljallanmagan joyning mulkdori (ijaraga va arendaga oluvchi) vakolatli davlat organining yoki sudning talabiga koʻra yetkazilgan zararni qoplagan holda ushbu joyni oʻz hisobidan oldingi holatiga keltirishga majburdir.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651156">12. Mulkdorlar (arendaga va ijaraga oluvchilar)ga quyidagilar taqiqlanadi: </a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-1143644"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-651162">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-1143644">joylardagi davlat hokimiyati organlari va xususiy uy-joy mulkdorlari shirkatining tegishli ruxsatnomasi boʻlmagan taqdirda uyning yon-atrofidagi yoʻlaklarda palatkalar, doʻkonchalar oʻrnatish;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-1143654">(12-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 1-martdagi 43-sonli<a href="/mact/-1140488?ONDATE=01.03.2007 00#-1140758"> qarori </a>tahririda — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 85-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651165">uy-joylar va boshqa imoratlarning devorlariga tegishli ruxsatnomasiz har xil choʻzinchoq koʻrsatkichlar, peshlavhalar, flagshtoklar, meʼmorchilik detallari va boshqa qurilmalarni mahkamlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651169">ushbu maqsadlar uchun moʻljallanmagan uy-joylarning old tomoniga afishalar, plakatlar, har xil eʼlonlarni yopishtirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651175">tegishli ruxsatnomasiz har xil imoratlar va inshootlarni oʻzboshimchalik bilan qurish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651179">maishiy chiqindilarni ushbu maqsadlar uchun belgilanmagan joylarga toʻkish, tashlash va yoqish; </a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651182">yongʻin boʻlganda oʻtiladigan joylar, umumiy yoʻlaklar, zinaxonalari, qoʻshimcha chiqish joylari va uyning boshqa umumiy joylarini buyumlar va asbob-uskunalar bilan tirband qilmaslik;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651196">yashash uchun moʻljallanmagan joylarda, yertoʻlalarda, zina xonalarida, peshayvon va balkonlarda tez alangalanadigan, portlaydigan, radioaktiv hamda zaharli materiallar va moddalarni saqlash;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651200">yashash uchun moʻljallanmagan joyda binoni buzuvchi yoki uydagi boshqa yashovchilarning normal hayot sharoitlarini buzuvchi ishlarni amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651204">yashash uchun moʻljallanmagan joylarni konstruktiv elementlarning koʻtarish qobiliyatini va uyning zilzilaga bardoshliligini buzadigan qilib boshqa maqsadda qayta jihozlash va qayta joylashtirish ishlarini oʻzboshimchalik bilan amalga oshirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651208">teleradio apparatlari uchun yakka tartibdagi antennalarni uy-joylarning tomlarida vakolatli organlarning roʻyxatisiz oʻrnatish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651214">uy-joyning hovlisida ushbu maqsadlar uchun maxsus ajratilgan joylardan boshqa joyda transport vositalarining istalgan turini saqlash, ularni tuzatish va yuvish, shuningdek, tutashib ketgan hududning transport yuradigan qismida ustunlar va boshqa toʻsiqlar oʻrnatish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651217">isitish qozonlari, radiatorlarni oʻzboshimchalik bilan oʻrnatish yoki ularning isitish maydonini kengaytirish, ularga issiq suvdan foydalanish uchun suv olinadigan kranlar oʻrnatish, shuningdek, ularga boradigan yoʻllarni yopib qoʻyish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651220">elevator uzellarida uy-joyga issiqlik berishni oʻzboshimchalik bilan sozlash, shuningdek, issiq suv, kanalizatsiya quvurlari va boshqa tarmoqlar sxemalarini oʻzgartirish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651223">umumiy foydalanishga moʻljallangan joylarni egallab olish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651226">soat 23.00 dan boshlab soat 8.00 gacha tovush darajasi 45 dBA-dan ortiq boʻlgan teleradio apparatlardan, yashovchilarning tinchligini buzuvchi boshqa qurilmalardan foydalanish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651232">yashash uchun moʻljallanmagan joylardan belgilangan maqsaddan boshqa maqsadlarda foydalanish;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651234">joyning buzilishiga olib keluvchi, yoxud qattiq shovqin va tebranish hosil qiluvchi, yoxud havoni iflos qiluvchi, fuqarolarning normal hayot faoliyatiga xalaqit beruvchi ishlarni bajarish yoki boshqa harakatlarni sodir etish.</a></div><div class="TEXT_HEADER_DEFAULT"><a id="-651244">IV. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibiga rioya etmaganlik uchun javobgarlik. Nizolarni hal etish</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5945535"><a href="/mact/-260440?ONDATE=01.03.2007 00#-1143670">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5945535"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5945539">13. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi, umumiy foydalaniladigan joylar va uy yon-atrofining sanitariya holati buzilishida, uy-joy xonalarining oʻzboshimchalik bilan boshqa maqsadlarda qayta jihozlanishi va qayta joylashtirilishida, Uy-joy fondidan xizmat koʻrsatish va taʼmirlashning belgilangan standartlari, norma va qoidalarini buzgan holda undan belgilangan vazifasidan boshqa maqsadda foydalanishda, uni xoʻjasizlarcha saqlash, uy-joyni, uning jihozlari va muhandislik kommunikatsiyalarini, obodonlashtirish obyektlari va oʻtqazilgan daraxtlarni shikastlashda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javob beradilar.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5945540">(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli <a href="/mact/-5936929?ONDATE=05.04.2022 00#-5938041">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651254">14. Uy-joylarga va ularning xonalariga, muhandislik asbob-uskunalariga, obodonlashtirish obyektlariga hamda uylarga tutashib ketgan yashil uchastkalardagi oʻtqazilgan daraxtlarga zarar yetkazgan korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, shuningdek, jismoniy shaxslar yetkazilgan zararni toʻlashlari shart.</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651258">Zarar miqdori va uni qoplash tartibi Oʻzbekiston Respublikasining <a href="/mact/-111189">Fuqarolik kodeksi </a>normalariga muvofiq aniqlanadi.</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-2295720"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-651261">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-2295720"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-2295721">15. Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibiga rioya qilinishi ustidan nazorat qilish tegishli vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. Imorat qurish va uy yon-atrofini, hovlisi hududini saqlash qoidalariga rioya qilish ustidan jamoatchilik nazorati fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari tomonidan amalga oshiriladi.</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-2295723">(15-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 11-dekabrdagi 327-sonli <a href="/mact/-2291760?ONDATE=16.12.2013 00#-2292229">qarori</a> tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 50-son, 654-modda)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651266">16. Koʻp kvartirali uylardagi joylarning mulkdorlari, ijaraga va arendaga oluvchilar oʻrtasidagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan, umumiy foydalaniladigan joylardan foydalanish tartibi, umumiy xarajatlarni taqsimlash, umumiy foydalaniladigan joylarni joriy taʼmirlash va tozalash, shuningdek, uy-joy masalalari bilan bogʻliq boshqa nizolar qonunda belgilangan tartibda hal etiladi. </a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-651269"></a></div><div class="APPL_BANNER_LANDSCAPE_TITLE"><a id="-651271">Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi <a href="javascript:scrollText(-651017)">Nizomga</a><br />ILOVA </a></div><div class="ACT_TITLE_APPL"><a id="-651274">Koʻp kvartirali uylardagi yashash uchun moʻljallanmagan joylarda joylashtirishga ruxsat berilgan faoliyat turlari</a></div><div class="ACT_FORM"><a id="-651275">ROʻYXATI</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-651277"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651279">1. Oziq-ovqat va nooziq-ovqat tovarlari bilan savdo qilish (doʻkonlar, kioskalar, doʻkonchalar va boshqalar).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651280">2. Umumiy ovqatlanish (restoranlar, kafe, kafeteriylar, muzqaymoq; va chanqovbosdi ichimliklar barlari, gazakxonalar va boshqalar).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651282">3. Maishiy xizmat koʻrsatish (sartaroshxonalar, poyabzal taʼmirlash, soat sozlash ustaxonalari, atelye va boshqalar).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651283">4. Bank xizmatlari koʻrsatish (banklarning boʻlimlari va valyuta almashtirish punktlari).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651285">5. Aloqa xizmatlari koʻrsatish (pochta boʻlimi).</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651287">6. Quyidagilar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651289">uy-joy va taʼmirlash-foydalanish organlarining;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651291">fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarining;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651293">madaniyat, xalq taʼlimi, ijtimoiy taʼminot, sogʻliqni saqlash muassasalarining;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651294">jismoniy tarbiya va sport muassasalarining;</a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-3726544"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-651296">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-3726544"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-3726549">ichki ishlar organlari tayanch punktlarining;</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-3726588">(6-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-maydagi 321-sonli <a href="/mact/-3720539?ONDATE=04.05.2018 00#-3721195">qarori </a>tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651297">prokuratura, sud organlari va fuqarolik holatini qayd qilish boʻlimining;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651298">advokatura, notariatning;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651299">tadbirkorlarning ofislari va idoralarining;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651300">sugʻurta tashkilotlarining;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651302">rassomlar va haykaltaroshlar ijodiy ustaxonalarining;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651303">maʼmuriy-boshqaruv funksiyalari bilan bogʻliq boʻlgan hokimiyat va boshqaruv organlari turli tashkilotlarining faoliyati.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-651305"></a></div><div class="COMMENT"><label id="s3934"></label><a id="edi-5686285"><a href="/mact/-260440?ONDATE=24.01.2000 00#-5686284">Oldingi</a> tahrirga qarang.</a></div><div class="BY_DEFAULT"><a id="-5686285"></a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-5686287">Izoh: Uy-joylar (avvalgi kvartiralar)dan belgilangan tartibda yashash uchun moʻljallanmagan joylarga oʻtkazilgan joylarda ulardan foydalanish hududning va jonli muhit havosining fizik va kimyoviy ifloslanishiga, uyda yashovchi shaxslarning hayot faoliyati normal sharoitlari buzilishiga olib kelishi mumkin boʻlgan obyektlarni, shu jumladan, korxonalar va tashkilotlarning quyidagi turlarini joylashtirishga yoʻl qoʻyilmaydi:</a></div><div class="CHANGES_ORIGINS"><label id="s1104"></label><a id="-5686290">(6-bandning oʻn uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-oktabrdagi 648-sonli <a href="/mact/-5680686?ONDATE=16.10.2021 00#-5684434">qarori</a> tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/648/0966-son)</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651308">a) uyni qurishda oʻtiriladigan joylari soni loyiha hujjatlarida nazarda tutilmagan, shuningdek, soat 23.00 dan keyin ham ishlaydigan umumiy ovqatlanish korxonalari (restoranlar, kafe, tungi klublar va barlar, diskotekalar);</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651309">b) kimyoviy tovarlar, sabzavot va baliq mahsulotlari doʻkonlari, shuningdek, portlaydigan moddalar va materiallar bor boʻlgan mahsulotlarni sotuvchi doʻkonlar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651311">v) oʻz ishlab chiqarishida tez alangalanadigan moddalarni qoʻllovchi kimyoviy tozalash xonalari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651313">g) poyabzal tuzatish boʻyicha 10 tadan ortiq ish oʻrniga ega boʻlgan ustaxonalar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651314">d) hammomlar, saunalar;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651316">e) ATS, shaharlararo aloqaning kecha-kunduz foydalaniladigan soʻzlashuv punktlari va telegraf;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651318">j) jamoat hojatxonalari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651320">z) marosimlar bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatish muassasalari;</a></div><div class="ACT_TEXT"><a id="-651322">i) sanoat korxonalari.</a></div><br /><div class="PUBLICATION_ORIGIN"><label id="s1089"></label><a id="-648430">(Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y.,1-son, 6-modda; 2001-y.,2-son, 10-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-y.,19-20-son, 143-modda; 2007-y., 9-10-son, 85-modda; 2013-y., 50-son, 654-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.11.2017-y., 09/17/907/0245-son, 04.05.2018 g., № 09/18/321/1154; 
<p>Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.10.2021-y., 09/21/648/0966-son; 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)</p></a></div></div>
        </div>
    </div>
    <div style="display: none;">
<!-- START WWW.UZ TOP-RATING -->
<SCRIPT language="javascript" type="text/javascript">
		<!--
		top_js = "1.0"; top_r = "id=4079&r=" + escape(document.referrer) + "&pg=" + escape(window.location.href); document.cookie = "smart_top=1; path=/"; top_r += "&c=" + (document.cookie ? "Y" : "N")
		//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.1" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.1"; top_r += "&j=" + (navigator.javaEnabled() ? "Y" : "N")
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.2" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.2"; top_r += "&wh=" + screen.width + 'x' + screen.height + "&px=" + (((navigator.appName.substring(0, 3) == "Mic")) ? screen.colorDepth : screen.pixelDepth)
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="javascript1.3" type="text/javascript">
<!--
		top_js = "1.3";
//-->
</SCRIPT>
<SCRIPT language="JavaScript" type="text/javascript">
		<!--
		top_rat = "&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900"; top_r += "&js=" + top_js + ""; document.write('<a href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank"><img src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/cnt.png?' + top_r + top_rat + '" width=88 height=31 border=0 alt="Топ рейтинг www.uz"></a>')//-->
</SCRIPT>
<NOSCRIPT>
		<A href="https://www.uz/rus/toprating/cmd/stat/id/4079" target="_blank">
				<img height="31" src="https://www.uz/plugins/top_rating/count/nojs_cnt.png?id=4079&pg=http%3A//lex.uz&col=0C57A6&t=ffffff&p=DD7900" width="88" border="0" alt="Топ рейтинг www.uz">
		</A>
</NOSCRIPT>
<!-- FINISH WWW.UZ TOP-RATING --></div>
</body>
</html>
<script>
    function scrollText(hash) {
        location.href = "#" + hash;
        if (window.location.hash) {
            var y = $(window.location.hash).offset().top - 3;
            window.scrollTo(0, y);
        }
    }
</script>
