Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2022 06.07.2021 yildagi 422-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 16.05.2022
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining funksional vazifalari hamda Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-maydagi 258-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi — Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining funksional vazifalari hamda Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Vazirlar Mahkamasi faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son qarori ijrosini ta’minlash yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining funksional vazifalari to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti to‘g‘risidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i o‘n kun muddatda Departament rahbarlari va mutaxassislarining funksional vazifalari taqsimlanishini qayta ko‘rib chiqib, tasdiqlasin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining funksional vazifalari hamda Sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish masalalari departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2020-yil 22-iyundagi 400-son qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2021-yil 6-iyul,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
422-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 422-son qaroriga
1-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining funksional vazifalari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning strategik vazifalari amalga oshirilishi samaradorligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining mas’uliyatini oshirishga doir birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5644-son va ““2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2021-yil 3-fevraldagi PF-6155-son Farmoniga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumati ishini tashkil etishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ-4136-son, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining faoliyatini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-iyundagi PQ-5143-son hamda “Kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘ining (keyingi o‘rinlarda — Maslahatchi) funksional vazifalarini belgilaydi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Maslahatchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga hisobot beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Maslahatchi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi) hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Maslahatchining faoliyati geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalarini hal etishga yo‘naltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi Rayosatining a’zosi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida bevosita ishtirok etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Maslahatchi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishgan holda O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Maslahatchi Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamentiga (keyingi o‘rinlarda — Departament) bevosita rahbarlik qiladi, shu’ba mudirlari va mutaxassislari ishini tashkil etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Maslahatchi ushbu Nizomga muvofiq unga yuklangan vazifalar va majburiyatlar doirasida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va respublikaning boshqa tashkilotlari faoliyatini umumiy muvofiqlashtiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Maslahatchining mehnatiga haq to‘lash belgilangan tartibda tasdiqlanadigan shtat jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Maslahatchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari va funksional majburiyatlari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Quyidagilar Maslahatchi faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda o‘rganish, geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini muammolarini har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi, O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi, shuningdek, o‘rta muddatli va uzoq muddatli istiqbolga geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalda bajarilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yo‘li bilan Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, kooperatsiya aloqalarini hamda mis sanoatini klasterini rivojlantirish, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga Davlat dasturi amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallar tayyorlanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash bo‘yicha Hukumatning, Departamentga biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish choralarini ko‘rish, Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchining vakolatlariga tegishli bo‘lgan yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishi va tayyorlanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish konsepsiyalari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda ishlab chiqilishini va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda ta’minlash, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq ko‘rsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimi joriy etilishini ta’minlash, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini yuzaga kelayotgan muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni pasaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatni va bazaviy tarmoqlarni hamda mis sanoati klasterini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha masalalar tayyorlanishini va Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish bo‘yicha masalalar tayyorlanishi va ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan mustahkam o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro intizomi darajasi oshirilishini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Quyidagilar Maslahatchining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan soha va tarmoqlarda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi “o‘sish nuqta”larini aniqlash va shu asosda qo‘shimcha resurs va zaxiralarni ishga solish hamda mavjudlarini o‘zlashtirish, iqtisodiyot va aholining energiya manbalari va xomashyo resurslariga bo‘lgan ehtiyojlarini yetarlicha ta’minlashga mo‘ljallangan rivojlantirishning strategiya va tarmoq dasturlarini ishlab chiqish va ularning amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun xususiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, xorijiy investitsiyalarni jalb etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, ularning har tomonlama baholanishi va ekspertiza qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
belgilangan loyihalarni amalga oshirishning maqbul shartlarini topish maqsadida xorijiy investorlar bilan muzokaralar tashkil etish va ularda qatnashish hamda ular bo‘yicha tegishli takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) Geologiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya, yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni hamda neft va gazning resurslari va zaxiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son, “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son hamda “Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral-xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qarorlariga muvofiq yer qa’ridan foydalanishni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya sohasi korxonalarini ilg‘or xalqaro tajriba asosida samarali boshqaruv tizimini joriy etish, foydali qazilmalarning yangi konlarini ochishga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv ishlari tannarxini pasaytirish, konlarni sanoatda o‘zlashtirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish hamda hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral-xomashyo, jumladan, neft va gaz bazasini rivojlantirish va qayta tiklash bo‘yicha faoliyatni bosqichma-bosqich isloh qilish va tijoratlashtirish orqali geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish tizimini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida ularning tashqi bozorlarda talab yuqori bo‘lgan turlari eksportini kengaytirish maqsadida yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish vazifalari amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglevodorod xomashyosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod xomashyo konlarini ochishni ta’minlashga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika, kimyo va neft-kimyo sanoati sohasida boshqaruvning korporativ usullari joriy etilishi holatini, shu jumladan, davlat ulushi professional boshqaruvchi kompaniyalarga ishonchli boshqarishga berilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning ishlab chiqarish xarajatlarini qisqartirish va tannarxini pasaytirishni nazarda tutib yoqilg‘i-energetika, kimyo va neft-kimyo sohasida zamonaviy energiya jihatidan samarali texnologiyalar va uskunalar joriy etilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika, kimyo va neft-kimyo sanoati sohasida, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida islohotlar, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”2019-yil 1-fevraldagi PF-5646-son Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qaroriga muvofiq amalga oshirilishini kompleks o‘rganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika, shuningdek, geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya, elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo, kimyo tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va kengaytirish, yoqilg‘i-energetika, kimyo va neft-kimyo sanoatini modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash davlat dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Investitsiya va tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PF-5643-son Farmoniga muvofiq yoqilg‘i-energetika, kimyo, neft-kimyo sanoati, shuningdek, geologiya, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga investitsiyalarni, jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida, shu jumladan, to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etishni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya, elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo va kimyo tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya, elektroenergetika, neft-gaz, neft-kimyo va kimyo tarmoqlarini, shuningdek, atom energetikasi va energiyaning tiklanadigan manbalaridan foydalanish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflar va hujjatlar loyihalari kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahsulotlar, xomashyo va materiallar asosiy turlarining yiriklashtirilgan moddiy balanslarini ishlab chiqish to‘g‘risida” 2019-yil 7-yanvardagi F-5422-son farmoyishiga muvofiq ishlab chiqilgan neft, gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va iste’mol qilishning moddiy balanslari bajarilishini va iste’molchilarni mahsulotlarning ko‘rsatib o‘tilgan turlari bilan ta’minlashni tahlil qilish hamda mutasaddi vazirliklar va idoralarning asoslangan taklif va murojaatlari asosida iste’molchilarning neft, gaz, suyultirilgan gaz, neft mahsulotlari, elektr energiyasi, mineral o‘g‘itlarga bo‘lgan amaldagi ehtiyojlarini ta’minlash yuzasidan tegishli moddiy balanslar ko‘rsatkichlariga o‘zgartirishlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) qishloq xo‘jaligi mashinasozligini va avtomobil sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mashinasozlik va avtomobil sanoati sohasida strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga korxonalarning ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishni va texnologik jihatdan qayta jihozlashni nazarda tutuvchi qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflar puxta ishlab chiqilishini, ekspertizadan o‘tkazilishini va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va avtomobil sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflar va hujjatlar loyihalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va avtomobil sanoati tizimini takomillashtirish va boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish jarayonlariga, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va avtomobil sanoati tashkilotlarining ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarni xorijiy va mahalliy xususiy investorlarga sotish yo‘li bilan potensial investorlarni jalb etish bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va avtomobil sanoati tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsion, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqlarda boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va avtomobil sanoatida, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda avtomobil sanoatini jadal rivojlantirish va boshqaruvini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-iyundagi PQ-3028-son va “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3929-son qarorlariga muvofiq islohotlar amalga oshirilishini kompleks o‘rganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) Metallurgiya tarmog‘ini va mis sanoati klasterini rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metallurgiya tarmog‘ini va mis sanoati klasterini yanada rivojlantirish va qimmatbaho metallar ishlab chiqarish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini tashkil qilish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan kon-metallurgiya sanoatini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xomashyodan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan ko‘p pog‘onali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiyotning drayveri sifatida respublikada mis mahsuloti va u bilan bog‘liq sohalarda yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-texnologik klasterni (keyingi o‘rinlarda — Mis sanoati klasteri) tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-metallurgiya sanoatini uzoq muddatli istiqbolda ishonchli resurs bazasi bilan ta’minlash uchun mis, rangli, nodir va noyob metallar bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, geologiya fani va geologik xizmatlar bozorini rivojlantirish masalalarini o‘rganish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mis sanoati klasteri doirasida loyiha va muhandislik xizmatlari, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlarining o‘zaro bog‘liq tizimini rivojlantirish, zamonaviy texnologiyalarni transfer qilish, innovatsiyalarni tashkil etish va raqamli texnologiyalarni joriy etish, hamda mavjudlarini takomillashtirish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribalar asosida fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni monitoring qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mis sanoati klasteri uchun zarur bo‘lgan kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari, asbob-uskunalar, xomashyoni chuqur qayta ishlash, kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va o‘zlashtirish, mahalliy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan kooperatsiya va autsorsing asosida xizmat ko‘rsatish turlarini rivojlantirish qaratilgan takliflarni ko‘rib chiqish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-metallurgiya sanoati uchun kerakli infratuzilma bilan ta’minlash, hamda milliy ekologik talablarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, atrof-muhitni muhofaza qilish va suvdan oqilona foydalanish tizimini yanada takomillashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlatning kon-metallurgiya sanoati rivojlanishini ta’minlashga qaratilgan eng maqbul tartibga solish siyosatini shakllantirish, sanoat tarmoqlarida milliy raqobatbardoshlikni oshirish to‘g‘risida takliflar va hujjatlar loyihalarini kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha ishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish hamda ushbu qarorda berilgan topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarining natijadorligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Mis sanoati klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissiya tarkibidagi vazirliklar va idoralar — mis sanoati klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish va natijadorligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) mudofaa sanoatini rivojlantirish sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi va “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish doirasida davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosan energiya samaradorligi yuqori va energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar negizida tarmoqni modernizatsiya qilishga va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada to‘liq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlari yaratish, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiya qilish maqsadida mudofaa sanoati kompleksi va ular bilan bog‘liq boshqa tarmoqlarning korxonalararo, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo kooperatsiyasi samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini ta’minlaydigan yuqori texnologiyali, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy etilishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida mavjud bo‘lgan va yangi, shu jumladan, qo‘shma, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini rivojlantirish uchun salohiyatli investorlarni hamda ilg‘or texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha ekspert baholashlarni chuqur o‘rganish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoatiga xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan o‘tkazish, bunda xorijiy kapital ishtirokini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash bo‘yicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlari o‘tkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bo‘lgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) davlat moddiy zaxiralari sohasida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga tayyorlik holatini tizimli o‘rganish hamda tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarini jamlash, yangilash va ishlab chiqarish bo‘yicha har yillik prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish prognozlari bajarilishini doimiy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tizimi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha davlat moddiy zaxiralariga bo‘lgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli o‘rganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaxiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarining chiqarilgan tovarlar va mahsulotlarning sifati va miqdori bo‘yicha saqlanishini va o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash ishlari holati monitoringini va tahlilini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Maslahatchi yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlar ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejali masalalar tayyorlanishi va kiritilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin, o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan sanoatni va klasterni rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha konsepsiyalar, davlat dasturlari va “yo‘l xaritalari” loyihalari tayyorlanishini va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari faoliyatiga aniq ko‘rsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan tizimli baho beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi va Departamentning ish yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqishda davlat manfaatlariga qat’iy rioya qilinishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilingandan keyin ularning ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ma’muriy va iqtisodiy islohotlarning holati va natijadorligining tizimli monitoringi olib borilishini va ma’lumotlar banki shakllantirilishini, shuningdek, muammoli masalalarni hal etish, ushbu tarmoqlarni rivojlantirishning istiqbolli vazifalarini amalga oshirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqilishi va amalga oshirilishi tashkil etilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari bo‘yicha Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor vazifalari va dasturlari bajarilishini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘zining yuritishiga kiradigan masalalar bo‘yicha Departamentga biriktirilgan tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat va idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida hamda Departament yuritadigan sohalarga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kelgan, ular bo‘yicha respublika Hukumati qarorlari talab etilmaydigan hujjatlarni ko‘rib chiqish uchun tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga va boshqa tashkilotlarga ko‘rib chiqish uchun yuboradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hukumat a’zolari bo‘lgan va Departamentga biriktirilgan vazirlar va davlat qo‘mitalari raislari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi tomonidan ma’qullash uchun O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan xo‘jalik boshqaruvi organlarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchilari nomenklaturasiga kiradigan rahbarlari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan ma’qullanishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlik lavozimlariga kadrlar zaxirasini ushbu lavozimlarga nomzodlarni tasdiqlash (tayinlash)ning belgilangan tartibiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri bilan kelishgan holda tanlaydi va shakllantiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari ekspertizadan o‘tkazilishini va sifatli tayyorlanishini tashkil etish masalalarida Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan o‘zaro hamkorlik qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni va “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari va topshiriqlari, Hukumat qarorlarining ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi bilan birgalikda Departament mutaxassislari lavozimlariga kadrlarni tanlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rag‘batlantirish va intizomiy jazolash choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentda kadrlar zaxirasini shakllantirish bo‘yicha ishlarni tizimli asosda tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament boshlig‘ining o‘rinbosari, shu’ba mudirlari va mutaxassislari o‘rtasida vazifalarning taqsimlanishini tasdiqlaydi, shuningdek, Departamentning yarim yillik ish rejasi loyihasini ishlab chiqadi va Vazirlar Mahkamasi Rayosatiga tasdiqlash uchun kiritadi, Departament boshlig‘ining o‘rinbosari, shu’ba mudirlari va mutaxassislarning ish rejalarini tasdiqlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga muvofiq ish yuritilishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchining yuritishiga kiradigan masalalar bo‘yicha jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qiladi, shuningdek, ularning murojaatlarini ko‘rib chiqadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi vaqtincha bo‘lmagan taqdirda uning vazifalarini Departament boshlig‘ining o‘rinbosari ijro etadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Maslahatchi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Radiatsiya va yadro xavfsizligi bo‘yicha komissiyaga rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Maslahatchining huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Maslahatchi unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari bo‘yicha esa — boshqa davlat organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Maslahatchi tomonidan yuritiladigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtincha ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti talablari buzilgan holda tushgan hujjatlarni qaytarish huquqiga ega.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchining zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini, shuningdek, boshqa hujjatlarni puxta ishlash bo‘yicha talablari va topshiriqlari ularda belgilangan muddatlarda ijro etilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi tomonidan yuritiladigan masalalar bo‘yicha uning vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlari belgilangan tartibda ijro etilishi shart.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Maslahatchi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uning vakolatiga kiritilgan tegishli yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha takliflar puxta ishlab chiqilishi, ekspertizadan o‘tkazilishi va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga tayyorlanishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq Maslahatchining vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bevosita Maslahatchining oldiga qo‘yilgan vazifalarning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi rahbarlik qiladigan ishlarning holati, davlat va xo‘jalik boshqaruvining tegishli organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi va nazorat qilinishi, Maslahatchi yuritishiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shuningdek, Maslahatchi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha oliy darajadagi xorijiy tashriflar, respublika hududlariga safarlar yakunlari asosida tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning tegishli ravishda va samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari so‘zsiz bajarilishining monitoringi olib borilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylardagi real ahvolni doimiy o‘rganish, iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik hamda ustuvor vazifalarni amalga oshirishga doir kompleks takliflar ishlab chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan Hukumat qarorlari loyihalarining respublika manfaatlari, iqtisodiy samaradorlik nuqtai nazaridan va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan birgalikda puxta ekspertizadan o‘tkazilishi yuzasidan nazoratni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Maslahatchi faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Maslahatchining ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga, ushbu Nizomga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejalari hamda Departamentning ish rejasi asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning ish rejasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Maslahatchining O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amalga oshirilishi tizimli monitoringini ta’minlash bo‘yicha faoliyati Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq kompleks o‘rganishlarni amalga oshirish orqali, Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yo‘li bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-iyuldagi 422-son qaroriga
2-ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
NIZOM
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1-bob. Umumiy qoidalar
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti (keyingi o‘rinlarda — Departament) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. Departament faoliyati O‘zbekiston Respublikasining Bosh vazirini, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasini (keyingi o‘rinlarda — Vazirlar Mahkamasi), uning Rayosatini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi apparatini geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish va sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy ta’minlashga yo‘naltirilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Departament o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlariga, shuningdek, ushbu Nizomga amal qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Departament o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining maslahatchisi — Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari departamenti boshlig‘i (keyingi o‘rinlarda — Maslahatchi) rahbarligida amalga oshiradi, ayni vaqtda uning faoliyati Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisi tomonidan muvofiqlashtiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. Departament o‘z faoliyatini geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish va sanoat xavfsizligi masalalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2-bob. Departament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, vazifalari va funksiyalari
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Quyidagilar Departament faoliyatining asosiy yo‘nalishlari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan asosiy prinsipni o‘z vaqtida, aniq va to‘liq hajmda amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi vazifalari, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy islohotlar konsepsiyasi hamda o‘rta muddatli va uzoq istiqbolda rivojlantirishning tasdiqlangan tarmoq va hududiy dasturlari o‘z vaqtida va samarali amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va davlat boshqaruvining boshqa organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari va topshiriqlari ijrosi monitoringi olib borilishini tashkil etish, olib borish, shuningdek, joylarda ishlarning real holatini doimiy ravishda o‘rganish, sanoat tarmoqlarini rivojlantirishdagi muammolarni har tomonlama tahlil qilish va shu asosda strategik va ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan kompleks takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlarining hamda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishdagi masalalariga mutasaddi mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari rahbarlarining ularga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun shaxsiy mas’uliyatini oshirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
biriktirilgan sohalarda davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishi, shu jumladan, idoraviy mansub tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy etish yo‘li bilan moliyaviy resurslarni boshqarish masalalarida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning mustaqilligini kuchaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalari yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga Murojaatnomasidan kelib chiqadigan tegishli yilga davlat dasturi amalga oshirilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalarida hisobot berishi uchun har choraklik tahliliy materiallarni keyinchalik Maslahatchiga taqdim etish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining asosiy xalqaro reytinglar va indekslarda pozitsiyasini yaxshilash bo‘yicha Hukumatning, Departamentga biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining ish samaradorligini oshirish sohasida kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
joylarda “xalq bilan muloqot” va shaxsiy uchrashuvlar amaliyotini takomillashtirish, Departamentga biriktirilgan tarmoqlarda ijtimoiy sohani yanada rivojlantirishni kafolatlaydigan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqilishini va ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini tashkil etish, shu jumladan, aholi bandligini va real daromadlari oshishini ta’minlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning vakolatlariga tegishli bo‘lgan yo‘nalishlar va masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya, energetika, sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish konsepsiyalari, xorijiy mamlakatlar va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”, yirik loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda eng muhim ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda puxta ishlab chiqish va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot berish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan sohalar va tarmoqlarda iqtisodiy va ijtimoiy islohotlar amalga oshirilishi samaradorligi har tomonlama va tanqidiy tahlil qilinishini doimiy ravishda va tizimli asosda olib borish, aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish va kompleks vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar, tashkilotlar va ularning rahbarlari faoliyatini baholashning aniq ko‘rsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga asoslangan prinsipial jihatdan yangi tizimini joriy etish, yaqin va uzoq muddatli istiqbolda tarmoqlarni strategik rivojlantirish dasturlari amalga oshirilishi sifati va samaradorligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoatda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish jarayonlarini yanada chuqurlashtirish, sanoatda kooperatsiya aloqalarini rivojlantirish, shu jumladan, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishni yanada kengaytirish, tadbirkorlik subyektlarini sanoat faoliyatiga keng jalb etish, sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash va rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat tarmoqlariga ma’muriy ta’sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish va davlatning iqtisodiy faoliyatda ishtirok etishi tartibi va darajasini aniq tartibga solish orqali boshqaruvning bozor mexanizmlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning faoliyatini mavjud muammolarning sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga, ishni tashkil etishning zamonaviy usullarini joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga qayta yo‘naltirish maqsadida davlatning ayrim funksiyalarini xususiy subyektlarga berish orqali ortiqcha ma’muriy tartibga solishni pasaytirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat va uning bazaviy tarmoqlarini hamda mis sanoati klasterini rivojlantirishning eng muhim ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha masalalarni Vazirlar Mahkamasining Rayosati majlislarida ko‘rib chiqish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan tarmoqlarni yanada rivojlantirish vazifalari, konsepsiyalar, kompleks chora-tadbirlar, yirik investitsiya loyihalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar va xalqaro moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “yo‘l xaritalari”ni amalga oshirish bo‘yicha masalalarni Maslahatchining ko‘rib chiqishi uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining tegishli bo‘linmalari, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘mitalari bilan mustahkam o‘zaro hamkorlikni ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijro intizomi darajasini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, bayonnomalari va topshiriqlari, shuningdek, “yo‘l xaritalari” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi apparatida, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va barcha darajalardagi tashkilotlarda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy etilishi asosida ijro etilishi tizimli nazorat qilinishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentda, shuningdek, Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarida kadrlarni tanlash tizimini takomillashtirish, xodimlar malakasini oshirishning samarali shakllari va usullarini joriy etish va kadrlarning amaldagi zaxirasini tayyorlash bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Quyidagilar Departamentning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) geologiya va mineral xomashyo bazasi rivojlantirish masalalari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillar davrida “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3372-son, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son hamda “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son, “Geologiya sohasiga investitsiyalarni faol jalb etish, tarmoq korxonalarini transformatsiya qilish va respublika mineral-xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 21-apreldagi PQ-5083-son qarorlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni va neft va gazning resurslari va zaxiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya sohasi korxonalarini ilg‘or xalqaro tajriba asosida samarali boshqaruv tizimini joriy etish, foydali qazilmalarning yangi konlarini ochishga yo‘naltirilgan geologiya-qidiruv ishlari tannarxini pasaytirish, konlarni sanoatda o‘zlashtirish uchun to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar oqimini ko‘paytirish hamda hududlarda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va uglevodorod xomashyo qazib olish hajmlarini ko‘paytirish hamda uglevodorodlar xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturlari, respublikaning istiqbolli mintaqalarida ularni qazib olish ishlari rejalari amalga oshirilishini tahlil qilish, konlarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish hisobiga o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar amalga oshirilishini tahlil qilish, shuningdek, ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qo‘shilgan qiymatli, jahon va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror bo‘lgan raqobatbardoshli mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida uglevodorod xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar amalga oshirilishini ko‘rib chiqish va tahlil qilish, ushbu maqsadlarda xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish ustidan monitoring olib borilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya tarmog‘ini yanada rivojlantirish va respublikaning mineral-xomashyo bazasini kengaytirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish va axborot berish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son qarori doirasida yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, eng avvalo, rangli, nodir metallar va uran, shuningdek, mineral xomashyoning boshqa qattiq turlarini, chuchuk va mineral yer osti suvlarini qidirish va razvedka qilish samaradorligini oshirish maqsadida geologiya tarmog‘ini va geologiya-qidiruv ishlarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda foydali qazilmalarning geologik zaxiralarini prognozlashtirishning zamonaviy texnologiyalari, asbob-uskunalari va usullarini joriy etish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qattiq foydali qazilmalarning strategik muhim turlari konlarini geologik o‘rganish va o‘zlashtirishga xorijiy investitsiyalarni jadal jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 24-maydagi PQ-3000-son qaroriga muvofiq mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturlari, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish hisobiga foydali qazilmalar konlarini o‘zlashtirish loyihalarini ishlab chiqish, shuningdek, ularning bajarilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va uni muhofaza qilish sohasida davlat dasturlarini va mahsulot taqsimoti to‘g‘risidagi bitimlar loyihalarini amalga oshirish yuzasidan qarorlar qabul qilish uchun ekspertizadan o‘tkazish va tavsiyalar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillar davrida O‘zbekiston Respublikasining mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 25-maydagi PQ-3006-son qaroriga muvofiq foydali qazilmalarning asosiy turlari zaxirasi va resurslari o‘z vaqtida ko‘payishi bo‘yicha chora-tadbirlarning natijadorligini tizimli tahlil qilgan holda yer qa’rini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, mineral-xomashyo bazasini tiklash sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’rini geologik o‘rganish, undan foydalanish va muhofaza qilish sohasida islohotlar amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona texnik siyosatni yuritish, geologiya korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni tahlil qilish va takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qattiq foydali qazilmalar konlarini qidirish, baholash va razvedka qilish sohasida strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha, jumladan, xorijiy investitsiyalar, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etgan holda takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil etilishini hamda kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya tarmog‘i tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish bo‘yicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish, shuningdek, qog‘ozdagi hujjat aylanishini qisqartirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
suvdan maxsus foydalanish yoki yer osti suvlaridan foydalanish uchun ruxsatnomalar berishning tegishli nazoratini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning konlarni geologik o‘rganish, foydali qazilmalarni qazib olish (jumladan, chuchuk, mineral, termal va sanoat yer osti suvlari), mineral xomashyoni qayta ishlash, shuningdek, kon ishlarini geologik-marksheyderlik ta’minlashda yer qa’ridan foydalanish hamda muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar talablariga rioya etishi yuzasidan tegishli nazoratni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) yoqilg‘i-energetika sanoatini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika sanoatini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining yangi ishlab chiqarish quvvatlarini yaratishga hamda ishlab turganlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashga yo‘naltirilgan barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yer qa’ridan samarali va oqilona foydalanish talablarini hisobga olgan holda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillar davrida “O‘zbekneftgaz” AJ bo‘yicha mineral-xomashyo bazani rivojlantirish va takror ishlab chiqarish davlat dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 3-noyabrdagi PQ-3372-son, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-martdagi PQ-3578-son hamda “Neft va gaz geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 18-noyabrdagi PQ-4522-son qarorlariga muvofiq geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va amalga oshirish tizimini takomillashtirish strategiyasini, zamonaviy texnologiyalar, asbob-uskunalarni va neft va gazning resurslari va zaxiralarini prognozlashtirish usullarini joriy etishni, uglevodorod konlarini izlash va qidirish samaradorligini oshirishni tahlil qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish va uglevodorod xomashyo qazib olish hajmlarini ko‘paytirish hamda uglevodorodlar xomashyo bazasini rivojlantirish va takror ishlab chiqarish dasturlari, respublikaning istiqbolli mintaqalarida ularni qazib olish ishlari rejalari amalga oshirilishini tahlil qilish, konlarni, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish hisobiga o‘zlashtirish bo‘yicha takliflar amalga oshirilishini tahlil qilish, shuningdek, ular amalga oshirilishi monitoringi olib borilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yuqori qo‘shilgan qiymatli, jahon va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror bo‘lgan raqobatbardoshli mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida uglevodorod xomashyoni chuqur qayta ishlash asosida eksportga yo‘naltirilgan tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirish bo‘yicha vazifalar amalga oshirilishini ko‘rib chiqish va tahlil qilish, ushbu maqsadlarda xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda uglevodorod xomashyo qazib olishni ko‘paytirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2017-yil 9-martdagi PQ-2822-son qarori doirasida ular amalga oshirilishi ustidan monitoring olib borilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uglevodorod xomashyo va yoqilg‘i-energetika resurslari ishlab chiqarish va iste’mol qilishning muhim balanslari bajarilishi monitoringini olib borish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini, atom energetikasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini, generatsiyalovchi quvvatlar va energiya tarmog‘i obyektlarini, shu jumladan, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar, texnologiyalarni almashtirish, atom energiyasi va qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan, shu jumladan, davlat-xususiy sheriklik shartlarida foydalanish bo‘yicha sinovdan o‘tgan texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash yuzasidan takliflarni puxta ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida atom energetikasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 19-iyuldagi PF-5484-son Farmoniga muvofiq atom energetikasini rivojlantirishning, shu jumladan, atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasida normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom fanini va yadro texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar, fundamental tadqiqotlar, ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va innovatsion ishlar loyihalari amalga oshirilishini, ilg‘or texnologiyalar ishlab chiqarishga joriy etilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi sohasida davlat boshqaruvi va nazorati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5594-son Farmoni talablaridan kelib chiqib daxldor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yadro avariyalari va radiatsiya avariya vaziyatlarining oldini olish bo‘yicha tadbirlar rejasini ishlab chiqqan holda respublika obyektlarining radiatsiya va yadro xavfsizligi tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Xalqaro atom energiyasi agentligi, Atom energiyasi bo‘yicha Yevropa hamjamiyati, Qayta tiklanadigan energiya manbalari bo‘yicha xalqaro agentlik va boshqa xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlik hamda o‘zaro hamkorlik bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
atom energetikasi va qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish sohasiga xorijiy investitsiyalar hamda ilg‘or texnologiyalarni jalb qilish maqsadida manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar va banklar bilan hamkorlik bo‘yicha takliflar tayyorlash hamda ularni tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tiklanmaydigan uglevodorod resurslaridan oqilona va samarali foydalanish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlarning ilg‘or tajribasini joriy etish, shu asosda iqtisodiyot tarmoqlari va aholini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ijtimoiy soha obyektlarini va respublika aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida past voltli elektr tarmoqlarini yanada modernizatsiya qilish va yangilash yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning natijadorligini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr va gaz tarmoqlarini, elektr va gaz taqsimlash uskunalarini, hisobga olish priborlarini modernizatsiyalash, yangilash, kapital va joriy ta’mirlash tadbirlari bajarilishi natijadorligini, shuningdek, respublika iste’molchilariga yetkazib berilayotgan elektr energiyasi va tabiiy gaz hajmlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 2-maydagi PQ-2947-son qaroriga muvofiq energetika balansi tarkibida gidroenergetika ulushini ko‘paytirish maqsadida respublika gidroenergetika salohiyatini kompleks o‘zlashtirish asosida gidroenergetikani rivojlantirish dasturlari, shuningdek, yirik, o‘rta, kichik va mikro-gidroelektrstansiyalarni loyihalashtirish va qurish sohasida ilg‘or ilmiy-texnik yechimlar asosida yangi gidroelektrstansiyalarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilish bo‘yicha investitsiya loyihalari amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika kompleksida, atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini joriy etishda, jumladan, xorijiy investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlar har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
importning o‘rnini bosishni hamda ichki bozorni iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan to‘ldirishni ta’minlaydigan mahalliy xomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalarini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika tarmog‘i, atom va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini ekspluatatsiya qiluvchi tashkilotlarni vertikal boshqarish tezkorligini va ularning ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qog‘ozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish bo‘yicha tadbirlarni tizimli va kompleks amalga oshirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va neft-gaz, elektroenergetika tarmoqlarida yuqori texnologik ishlab chiqarishlarni tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investitsiyalarni jalb etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo va neft-kimyo sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va axborot berish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo tarmog‘ining, birinchi navbatda, mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi quvvatlarini tashkil qilish va faoliyat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish quvvatlarini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlari amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorlarida va mintaqaviy bozorlarda talab barqaror bo‘lgan yuqori qo‘shilgan qiymatli raqobatbardosh mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida mineral-xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida kimyo tarmog‘ining tayyor eksportbop mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirishni tahlil qilish, ushbu maqsadlar uchun xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni keng jalb etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona texnik siyosatni olib borish, kimyo va neft-kimyo ishlab chiqarishlarini, jumladan, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar va texnologiyalarni almashtirish orqali modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashni tahlil qilish va ular yuzasidan takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni nazarda tutgan holda energiya jihatidan samarali zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni va shu asosda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirilishini va ishlab chiqarilayotgan kimyo mahsulotlari tannarxi pasaytirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo va neft-kimyo sanoatida, shu jumladan, xorijiy investitsiyalar, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar va kreditlarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kimyo sanoati korxonalarini yanada isloh qilish va moliyaviy sog‘lomlashtirish, yuqori qo‘shilgan qiymatli kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqarishni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 13-fevraldagi PQ-4992-son qarori doirasida belgilangan uzoq muddatli asosiy muhim yo‘nalishlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
importning o‘rnini bosishni hamda ichki bozorni iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan to‘ldirishni ta’minlaydigan mahalliy xomashyo resurslari bazasida tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo tarmog‘i tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qog‘ozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yo‘naltirilgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish bo‘yicha tadbirlar tizimli va kompleks amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va yuqori texnologik kimyo ishlab chiqarishlarini tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlarining kimyo va neft-kimyo mahsulotlariga bo‘lgan joriy va istiqbolli ehtiyojlarini tadqiq etish va aniqlashni tahlil qilish, jahon bozorining chuqur marketing tadqiqotlarini tashkil etish va kimyo mahsulotlarining raqobatbardoshligini oshirish va eksport qilish geografiyasini kengaytirishni hisobga olgan holda ushbu mahsulotlarning ichki va tashqi bozorlarga kirib borishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) Metallurgiya tarmog‘ini va mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metallurgiya tarmog‘ini va mis sanoati klasterini yanada rivojlantirish va qimmatbaho metallar ishlab chiqarish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va axborot berish uchun tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarishning yangi quvvatlarini tashkil qilish va ishlab turganlarini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga yo‘naltirilgan kon-metallurgiya sanoatini barqaror va muvozanatli rivojlantirishning maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 2017 — 2021-yillarda “Navoiy KMK” DK va “Olmaliq KMK” AJ tomonidan qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish Dasturi doirasida yangi konlarni sanoat yo‘li bilan o‘zlashtirishga jalb qilish va qayta ishlash quvvatlarini tashkil etish orqali qimmatbaho hamda rangli metallar ishlab chiqarishni ko‘paytirish dasturlarini sifatli amalga oshirish holatini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“xomashyodan tayyor mahsulotgacha” bo‘lgan ko‘p pog‘onali qo‘shilgan qiymat zanjirlarini yaratishga qaratilgan iqtisodiyotning drayveri sifatida respublikada mis mahsuloti va u bilan bog‘liq sohalarda yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ilmiy-texnologik klasterni (keyingi o‘rinlarda — Mis sanoati klasteri) tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-metallurgiya sanoatini uzoq muddatli istiqbolda ishonchli resurs bazasi bilan ta’minlash uchun mis, rangli, nodir va noyob metallar bo‘yicha geologiya-qidiruv ishlarini kengaytirish, geologiya fani va geologik xizmatlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jahon bozorlarida barqaror talabga ega bo‘lgan va yuqori qo‘shilgan qiymatli tayyor mahsulotlar turlarini kengaytirish maqsadida rangli va nodir metallarni chuqur qayta ishlash asosida eksportbop tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirish va ushbu maqsadlarga xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda kon-metallurgiya sanoati mahsulotlarini ishlab chiqarish va ulardan foydalanishning eng muhim balanslarini ishlab chiqish va tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yagona texnik siyosatni olib borish, kon-metallurgiya korxonalarini, shu jumladan, ma’naviy va fizik eskirgan asbob-uskunalar va texnologiyalarni almashtirish yo‘li bilan modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni tahlil qilish va ular bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mis sanoati klasteri uchun zarur bo‘lgan kon-metallurgiya mashinalari, texnikalari, asbob-uskunalar, xomashyoni chuqur qayta ishlash, kimyoviy mahsulotlarning yangi turlarini ishlab chiqarishni kengaytirish va o‘zlashtirish, mahalliy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan kooperatsiya va autsorsing asosida xizmat ko‘rsatish turlarini rivojlantirishga qaratilgan dasturlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni nazarda tutgan holda energiya jihatidan zamonaviy samarali texnologiyalar va asbob-uskunalarni yanada joriy etishni va shu asosda ishlab chiqarish xarajatlari qisqartirilishini va ishlab chiqarilayotgan kon-metallurgiya mahsulotlari tannarxi pasaytirilishini tahlil qilish va baholash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-metallurgiya sanoatida, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni, birinchi navbatda, to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etgan holda strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarning har tomonlama tahlil qilinishi va kompleks ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlar amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish, shuningdek, tasdiqlangan maqsadli parametrlarga so‘zsiz erishish bo‘yicha takliflar va tadbirlarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mahalliy xomashyo resurslari bazasida importning o‘rnini bosish hamda ichki bozorni iste’mol tovarlari va butlovchi buyumlar bilan to‘ldirishni ta’minlaydigan tayyor mahsulotlar, butlovchi buyumlar va materiallar ishlab chiqarishni yanada mahalliylashtirish vazifalari amalga oshirilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kon-metallurgiya tashkilotlarini vertikal boshqarish tezkorligini va ish samaradorligini oshirishga, shuningdek, qog‘ozdagi hujjatlar aylanishini qisqartirishga yo‘naltirilgan zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish bo‘yicha tadbirlar tizimli amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son qarori doirasida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini keng joriy etish va yuqori texnologik kon-metallurgiya ishlab chiqarishlarini tashkil etgan holda aksiyadorlik jamiyatlarining ustav kapitallariga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish konsepsiyalari va dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirish bo‘yicha ishini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining Mis sanoati klasterini tashkil etish va rivojlantirish hamda ushbu qarorda berilgan topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlarining natijadorligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Kon-metallurgiya sanoati va unga bog‘liq sohalarni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 24-iyundagi PQ-5159-son qarori bilan tashkil etilgan Maxsus komissiyaning ishchi organi vazifasini bajarish, hamda Maxsus komissiya yig‘ilishlarida “yo‘l xaritasi” va qarorda berilgan topshiriqlar bo‘yicha amalga oshirilgan ishlarning natijadorligi muhokama qilinishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mis sanoati klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha maxsus komissiya tarkibidagi vazirliklar va idoralar — mis sanoati klasterlarini tashkil etish va rivojlantirish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarni muvofiqlashtirish va natijadorligini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik yetakchilar bilan birgalikda yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi, qishloq xo‘jaligi texnikasiga uzellar va butlovchi buyumlarning importning o‘rnini bosadigan turlarini ishlab chiqarish, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga va ishlab turganlarni kengaytirishga yo‘naltirilgan qishloq xo‘jaligi mashinasozligini yanada rivojlantirish yuzasidan takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish, shu asosda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tarmog‘ida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 4-sentabrdagi PQ-3929-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlarning samaradorligini oshirish va ishlab chiqarishlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada to‘liq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlari tashkil etish maqsadida qishloq xo‘jaligi mashinasozligi va boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish imkoniyatlarini tahlil qilish, tarmoqda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiyalash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ichki bozorni mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgan mahalliy qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan to‘ldirishni ta’minlovchi zamonaviy, yuqori texnologiyali, raqobatbardoshli ishlab chiqarishlarni tashkil etish loyihalarini ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini joriy qilish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqda boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xususiylashtirish jarayonlariga potensial investorlar, shu jumladan, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini xususiy investorlarga, birinchi navbatda, xorijiy investorlarga sotish yo‘li bilan jalb etilishini chuqur o‘rganish va ekspert baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilash, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil etish, qishloq xo‘jaligi texnikasi va uskunalarga servis xizmatlarini kengaytirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
xorijiy kapital ishtirokida aksiyadorlik jamiyatlari tashkil etishning ustuvorligini hisobga olgan holda xorijiy investitsiyalar va kreditlarni qishloq xo‘jaligi mashinasozligiga jalb etish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan o‘tkazish, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga erishish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq qishloq xo‘jaligi mashinasozligida islohotlarning amalga oshirilishini kompleks o‘rganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlari o‘tkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bo‘lgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishi ishlarini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga qishloq xo‘jaligi texnikasi va ehtiyot qismlar yetkazib berish bo‘yicha shartnoma majburiyatlari bajarilishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
fermer xo‘jaliklarini va boshqa qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini hamda mashina-traktor parklarini yuqori unumli qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan, shu jumladan, lizing asosida ta’minlash holatini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
e) avtomobil sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
texnologik yetakchilar bilan birgalikda avtomobillarning importning o‘rnini bosuvchi turlarini, avtomobil mahsulotlariga uzellar va butlovchi buyumlarni ishlab chiqarish, zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalarni joriy etish hisobiga tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilish va texnologik qayta jihozlash bo‘yicha yangi ishlab chiqarishlarni tashkil etishga va ishlab turganlarini kengaytirishga yo‘naltirilgan avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish bo‘yicha takliflarni puxta ishlab chiqish, ekspertizadan o‘tkazish va tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil sanoatini yanada rivojlantirish strategiyasi amalga oshirilishini tahlil qilish, shu asosda, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil sanoatini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 18-iyuldagi PQ-4397-son qaroriga muvofiq chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida ishlab chiqarishlar va tarmoqlarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish va modernizatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlanishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish potensialidan yanada to‘liq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlari tashkil etish, tarmoqlarda ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiyalash maqsadida avtomobilsozlik, boshqa turdosh tarmoqlar korxonalari, jumladan, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini yanada kengaytirish imkoniyatlarini tahlil qilish va takliflarni ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
turkumli ishlab chiqarilayotgan avtotransport vositalarini mahalliylashtirish darajasini yanada oshirishni va ularning yangi turlarini o‘zlashtirishni ta’minlovchi avtomobilsozlik korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish loyihalarini puxta ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil sanoati tashkilotlarida korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishi holatini tahlil qilish, ishlab chiqarish, investitsion, moddiy-texnik, moliyaviy va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida tarmoqda boshqaruv tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil sanoati korxonalari ustav kapitallaridagi davlat ulushi va aktivlarini yetakchi xorijiy kompaniyalarga sotish yo‘li bilan salohiyatli investorlarni xususiylashtirish jarayoniga jalb etishni chuqur o‘rganish va ekspert baholash, shu asosda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va texnologik yangilashni, korporativ boshqaruvning zamonaviy usullari joriy etilishini, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiyalashning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq avtomobil sanoati korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlari olib borish va ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ularning jahon bozorlariga kirib borishini tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
j) mudofaa sanoatini rivojlantirish masalalari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi to‘g‘risida”gi va “Mudofaa to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlarini amalga oshirish doirasida davlat mudofaa buyurtmasini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
asosan energiya samaradorligi yuqori va energiyani tejaydigan zamonaviy texnologiyalar negizida tarmoqni modernizatsiya qilishga va texnologik qayta jihozlashga qaratilgan mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini jadal rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni o‘zlashtirishni tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ishlab chiqarish salohiyatidan yanada to‘liq foydalanish, yangi ishlab chiqarishlar va ish o‘rinlari yaratish, ushbu sohadagi ishlab chiqarish jarayonlarini kompleks diversifikatsiya qilish maqsadida mudofaa sanoati kompleksi va ular bilan bog‘liq boshqa tarmoqlar korxonalararo, shuningdek, kichik tadbirkorlik subyektlarining tarmoqlararo kooperatsiyasi samaradorligini oshirishga ko‘maklashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa sanoati davlat qo‘mitasini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 20-noyabrdagi PF-5246-son Farmoniga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida foydalaniladigan butlovchi buyumlar va detallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, davlat mudofaa buyurtmasi bajarilishini ta’minlaydigan yuqori texnologiyali, raqobatbardosh zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil etish bo‘yicha loyihalarning ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida korporativ boshqaruvning zamonaviy metodlari joriy etilishini tashkil etish, ishlab chiqarish, investitsiya, moddiy-texnika, moliya va mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
harbiy va ikki tomonlama foydalaniladigan, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish maqsadida mavjud bo‘lgan va yangi, shu jumladan, qo‘shma, mudofaa sanoati kompleksi korxonalarini rivojlantirish uchun salohiyatli investorlarni hamda ilg‘or texnologiyalarni jalb etish bo‘yicha ekspert baholashlarni chuqur o‘rganish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoatiga xorijiy investitsiyalarni va kreditlarni jalb etish bo‘yicha takliflar, loyihalar va dasturlarni har tomonlama tahlil qilish va kompleks ekspertizadan o‘tkazish, bunda xorijiy kapital ishtirokini ta’minlash, ko‘rsatib o‘tilgan loyihalar va dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, ularning bajarilishi monitoringini olib borish, shuningdek, tasdiqlangan parametrlarga so‘zsiz erishilishini ta’minlash bo‘yicha takliflar va tadbirlar ishlab chiqilishini tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mamlakat iqtisodiyotini yanada isloh qilish, tarkibiy o‘zgartirish va diversifikatsiya qilishning tasdiqlangan dasturlariga muvofiq mudofaa sanoati kompleksi korxonalarida islohotlarning amalga oshirilishini tizimli va kompleks o‘rganishni tashkil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
marketing tadqiqotlari o‘tkazish, ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardoshli bo‘lgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning yangi turlarini ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ularni jahon bozorlariga chiqarish ishlarini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
z) davlat moddiy zaxiralari masalalari bo‘yicha:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish sohasida yagona davlat siyosati yuritilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, iqtisodiyot tarmoqlarining davlat moddiy zaxiralaridan belgilangan tartibda tezkor foydalanishga tayyorlik holatini tizimli o‘rganish hamda tahlil qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarini jamlash, yangilash va ishlab chiqarish bo‘yicha har yillik prognozlarni shakllantirish ishlarini muvofiqlashtirish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish prognozlari bajarilishini doimiy nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan davlat moddiy zaxiralarini shakllantirish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari bajarilishini nazorat qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarini boshqarish, saqlash va ulardan foydalanishni yanada takomillashtirish, “O‘zdavzaxira” qo‘mitasi tizimi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha davlat moddiy zaxiralariga bo‘lgan haqiqiy yoki hisoblangan ehtiyojni tizimli o‘rganish va chuqur tahlil qilish hamda shu asosda davlat moddiy zaxiralari turlari, hajmlari, ularni saqlash shart-sharoitlari va metodlarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat moddiy zaxiralarining chiqarilgan tovarlar va mahsulotlarning sifati va miqdori bo‘yicha saqlanishini va o‘z vaqtida qaytarilishini ta’minlash ishlari holatining monitoringini va tahlilini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Departament unga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq sohalar va yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan islohotlarni o‘rganish maqsadida Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida Bosh vazir tomonidan mintaqalarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tizimli asosda o‘tkazish uchun tegishli tahliliy materiallarni tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchining huzurida ko‘rib chiqish uchun tegishli rejali masalalarni tayyorlaydi va kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yaqin, o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan sanoatni hamda mis sanoati klasterini rivojlantirish va sanoat xavfsizligining eng muhim va ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha davlat dasturlari va “yo‘l xaritalari” tayyorlanishini va Bosh vazir, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchilari huzurida himoya qilinishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va tashkilotlarga yuklangan vazifalar va funksiyalar samarali va natijali ijro etilishi uchun ularning rahbarlari shaxsiy roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlarini ko‘radi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq holatlar bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun ommaviy axborot vositalarida va boshqa manbalarda, shu jumladan, joyning o‘ziga chiqib jamoatchilik fikrini o‘rganishni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli tarmoqlar va mutasaddilik qilinadigan masalalar bo‘yicha turkumlashtirilgan elektron ma’lumotlar bazalari tashkil etilishi va yuritilishini, ularning muntazam ravishda to‘ldirilishi va yangilanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha axborotni umumlashtiradi va tahliliy qayta ishlaydi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga axborot berish uchun, shuningdek, ularni Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun tegishli ma’lumotnoma, tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan tashkilotlarda ishlarning iqtisodiy va ijtimoiy holatini, Departament yuritishi sohasiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari bajarilishini, shu jumladan, joylarga chiqib o‘rganadi, Vazirlar Mahkamasi rahbariyatiga axborot berish uchun tegishli tahliliy materiallar va takliflar tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari hujjatlari, parlament, deputat va Senat a’zosi so‘rovlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchining, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi topshiriqlarining ijrosini nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tahliliy, ma’lumotnoma va boshqa materiallarni Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va Maslahatchining topshiriqlari loyihalarini tayyorlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari hamda boshqa hujjatlar loyihalari ekspertizasini amalga oshiradi va ularni ishlab chiqadi, ular yuzasidan zarur tahliliy va ma’lumotnoma materiallar sifatli tayyorlanishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi majlislarini tayyorlash bilan bog‘liq materiallarni tayyorlashda va qarorlarini rasmiylashtirishda ishtirok etadi va ko‘rsatib o‘tilgan materiallar haqida Maslahatchiga va Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqaruvchisiga axborot beradi, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining tegishli protokol qarorlari ijrosi nazorat qilinishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning biriktirilgan sohada davlat siyosatini samarali va sifatli amalga oshirishi uchun Vazirlar Mahkamasining ayrim funksiya va vazifalarini ularga berish bo‘yicha Maslahatchiga takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan o‘tkaziladigan yig‘ilishlarga materiallarni tayyorlashda va ularda qabul qilinadigan qarorlarni rasmiylashtirishda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari kompleks va sifatli ishlab chiqilishi va tayyorlanishini, manfaatdor davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar, Vazirlar Mahkamasi apparatining tarkibiy bo‘linmalari bilan kelishilishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qonun loyihalari ishlab chiqilishini va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga taqdim etilishini hamda ularning himoya qilinishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning yuritishiga kiradigan masalalar bo‘yicha sanoat tarmoqlarining Departamentga biriktirilgan tashkilotlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan xo‘jalik boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Maslahatchilarining nomenklaturasiga kiradigan rahbarlar lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha takliflarni keyinchalik O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri tomonidan ma’qullanishi uchun tayyorlashda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va Maslahatchi boshchilik qiladigan tegishli Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar, kengashlar va tashkiliy qo‘mitalar ishlari samaradorligini ta’minlaydi, ular tomonidan qabul qilingan qarorlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqadi va ularda qo‘yilgan masalalarni hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi, ko‘rib chiqish va chora-tadbirlar ko‘rish uchun ushbu murojaatlarni davlat va xo‘jalik boshqaruvi tegishli organlariga, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga yuboradi, ularning o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishini nazorat qiladi, jismoniy shaxslarni va yuridik shaxslar vakillarini qabul qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga yuklangan boshqa funksiyalarni belgilangan tartibda amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3-bob. Departamentning huquqlari va javobgarligi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi apparatining boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlaridan, boshqa organlar va tashkilotlardan belgilangan tartibda so‘rash va olish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika sohasida va sanoat tarmoqlarida amalga oshirilayotgan islohotlar ro‘yobga chiqarilishini o‘rganish maqsadida mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat boshqaruvining hududiy organlari rahbarlari, jamoat tashkilotlari vakillari ishtirokida mintaqalarda Hukumatning mavzuli sayyor (ochiq) majlislarini tayyorlash va o‘tkazishda ishtirok etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlarning xodimlarini, mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun ekspert guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining kollegial organlari majlislarida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining va Maslahatchining topshirig‘iga binoan esa — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat tashkilotlar va boshqa tashkilotlarning Departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat bo‘lganda Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, ilmiy muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
zarurat bo‘lganda “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining Reglamenti, Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda tushayotgan hujjatlarni qaytarib yuborish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning zarur materiallarni, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari va boshqa hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining, uning o‘rinbosarlarining va maslahatchilarining hamda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari belgilanmagan bo‘lsa, ularda belgilangan muddatlarda bajarilishi kerak.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
10. Departament:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ushbu Nizomning 7 va 8-bandlarida ko‘rsatilgan vazifalar va funksiyalar zarur tarzda va samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchiga va O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziriga kiritiladigan takliflar va hujjatlar loyihalarining asoslanganligi, ushbu topshiriqlar va qabul qilingan qarorlar amalga oshirilishi samaradorligi, shuningdek, ishning tegishli uchastkasida erishilgan natijalar;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Departament vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament vakolatiga tegishli masalalar bo‘yicha qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining hujjatlari va topshiriqlari sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentdagi ishlarning holati, tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa tashkilotlar faoliyatining muvofiqlashtirilishi, Departament vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan takliflar va hujjatlar loyihalarining har tomonlama ko‘rib chiqilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oliy darajadagi xorijiy tashriflar, shuningdek, respublika hududlariga safarlar yakunlari bo‘yicha Departament vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha tasdiqlanadigan “yo‘l xaritalari”ning zarur darajada va samarali bajarilishi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Reglamentiga, Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq taqdim etiladigan O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalari davlat manfaatlari ta’minlanishi, iqtisodiy samaradorligi va ulardagi masalalar barcha manfaatdor tuzilmalar bilan o‘zaro bog‘liqlikda kelishilganligi nuqtai nazaridan puxta ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF-6166-son Farmoni, “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining, Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-apreldagi PQ-2881-son, “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qarorlariga, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 1999-yil 12-yanvardagi 12-son qaroriga muvofiq ijro intizomiga so‘zsiz rioya etilishi uchun javob beradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4-bob. Departamentning tuzilmasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
11. Departament tuzilmasiga Maslahatchi, Departament boshlig‘ining o‘rinbosari, shuningdek,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoatini rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri (neft-gaz tarmog‘i va gaz uzatish tizimi masalalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energiya samaradorligi va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
kimyo va neft-kimyo sanoati masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
geologiya, mineral-xomashyo bazasi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
sanoat xavfsizligi va ko‘mir sanoati masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bazaviy va mudofaa sanoati tarmoqlarini rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri (qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
avtomobil sanoati masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish va davlat moddiy zaxiralari masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
metallurgiya tarmog‘ini va mis sanoati klasterini rivojlantirish masalalari shu’basi mudiri (qora va rangli metallarni ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari);
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qimmatbaho metallarni ishlab chiqarishni rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mis sanoati klasterlarini rivojlantirish, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish konsepsiyasi va dasturini ishlab chiqish hamda monitoringini yuritish masalalari bo‘yicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mis va boshqa rangli metallarni ishlab chiqarishni va qayta ishlashni tashkil etish masalalarini monitoringi bo‘yicha bosh mutaxassis;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament inspektori kiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament tuzilmasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
12. Departament ishiga bevosita Maslahatchi rahbarlik qiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
13. Departament boshlig‘ining o‘rinbosari, shu’ba mudirlari va mutaxassislar belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5-bob. Departament faoliyatini tashkil etish
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
14. Departament ishlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga, Vazirlar Mahkamasining Reglamentiga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining apparati to‘g‘risidagi nizomga, ushbu Nizomga, Vazirlar Mahkamasi apparatida ish yuritish bo‘yicha yo‘riqnomaga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Maslahatchining topshiriqlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisining buyruqlari va topshiriqlariga muvofiq, shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ish rejasi, Departamentning ish rejasi, Departament bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari asosida tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning ish rejasi Vazirlar Mahkamasi Rayosati tomonidan tasdiqlanadigan Vazirlar Mahkamasining ish rejasi asosida shakllantiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departament boshlig‘ining o‘rinbosari, shu’ba mudirlari va bosh mutaxassislarining shaxsiy ish rejalari Maslahatchi tomonidan tasdiqlanadi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentning O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari amalga oshirilishi tizimli monitoringini amalga oshirish bo‘yicha faoliyati Departamentga biriktirilgan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida, boshqa organlar va tashkilotlarda Vazirlar Mahkamasining ish rejasiga muvofiq kompleks o‘rganishlarni o‘tkazish yo‘li bilan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida hisobotlarni eshitish yo‘li bilan tashkil etiladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
15. Departament boshlig‘ining o‘rinbosari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
mutaxassislar faoliyatini muvofiqlashtiradi, Departamentga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda ijro intizomining holati uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
departamentga biriktirilgan masalalar bo‘yicha materiallar va hujjatlar loyihalarining sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil qiladi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
departamentda tizimlashtirilgan ma’lumotlar bazasi yaratilishi va yuritilishi, ularni muntazam yangilab turish yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar to‘g‘risida Maslahatchiga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning o‘rinbosarlariga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni chuqurlashtirish, respublikani, tarmoqlar va hududlarni yanada ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, shuningdek, sohalardagi mavjud kamchiliklarni bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Maslahatchiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, o‘zi yuritadigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi hamda uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlash maqsadida ularni muhokama qilish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari, olimlar va mutaxassislar ishtirokida o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchiga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchiga mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish hamda intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risida takliflar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchi vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifasini bajaradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
16. Departamentning shu’ba mudiri:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu’ba mutaxassislari ishlarini muvofiqlashtiradi va shu’baga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
shu’baga biriktirilgan masalalar bo‘yicha ma’lumotnoma, tahliliy, statistik va boshqa materiallar, shuningdek, qonun hujjatlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining mutaxassislar tomonidan sifatli va o‘z vaqtida tayyorlanishini tashkil etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining qabul qilingan qonunlarini, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarini, Hukumat qarorlarini amalga oshirish bo‘yicha mutaxassislar tomonidan tashkiliy chora-tadbirlar yoki nazorat rejalari tayyorlanishini, ularning O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri yoki uning maslahatchisi tomonidan tasdiqlanishini muvofiqlashtiradi, erishilgan natijalarning monitoringini doimiy ravishda ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
masalalarni o‘rganib chiqishni muvofiqlashtirishni va tegishli davr uchun mutaxassislar, Departament va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tasdiqlangan ish rejalaridagi chora-tadbirlarning amalga oshirilishini ta’minlaydi, tanqidiy tahlil asosida tegishli takliflarni ko‘rib chiqish uchun Maslahatchiga kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlari, sohalari va sektorlari, shuningdek, respublika hududlari bo‘yicha turkumlangan ma’lumotlar bazasining mutaxassislar tomonidan yaratilishi va yuritilishi yuzasidan nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ma’lumotnoma materiallari va hujjatlar loyihalari to‘g‘risida Maslahatchiga, shuningdek, belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziriga, uning o‘rinbosarlariga, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisiga va uning o‘rinbosarlariga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
islohotlarni chuqurlashtirish, shuningdek, Departament vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan takliflar ishlab chiqilishini tashkil qiladi va ularni Maslahatchiga taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va maslahatchilari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari hamda idoralararo komissiyalar va kengashlar majlislarida, shu’ba yuritadigan sohaga kiradigan masalalar bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlar, boshqa organlar va tashkilotlar rahbarlari va vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha yig‘ilishlar o‘tkazadi, shuningdek, ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchining topshirig‘iga binoan chiquvchi xat-xabarlarni imzolaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchiga tegishli mutaxassislar o‘rtasida vazifalarni taqsimlash bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Maslahatchiga o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha mutaxassislarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, rag‘batlantirish hamda jazolash to‘g‘risida takliflar taqdim etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
17. Departamentning bosh mutaxassisi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z funksional vazifalariga muvofiq takliflarning va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifati, ishonchliligi va o‘z vaqtida tayyorlanishi, topshiriqlar va qabul qilingan hujjatlarning bajarilishi yuzasidan nazoratning ta’minlanishi uchun shaxsan javob beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat va xo‘jalik boshqaruvining, mahalliy ijro etuvchi hokimiyatning tegishli organlari, boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan takliflarni va hujjatlar loyihalarini har tomonlama tahlil qiladi, ular yuzasidan zarur tahliliy materiallarni va ekspert xulosalarni tayyorlaydi, shuningdek, ular bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Reglamentiga muvofiq zarur kelishuvlarni ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
materiallar va hujjatlarning loyihalari to‘g‘risida Maslahatchiga, shuningdek, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi va uning o‘rinbosarlariga axborot beradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qabul qilingan hujjatlar bo‘yicha nazorat rejasini yoki tashkiliy chora-tadbirlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritadi, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining topshiriqlari davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni amalga oshiradi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tegishli funksional masalalar va hujjatlar bo‘yicha ma’lumotlarning turkumlangan bazasini shakllantirishni va yuritishni, uning muntazam ravishda to‘ldirib va yangilab borilishini tashkil qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
tarmoqni rivojlantirishning istiqbolli vazifalari samarali hal etilishi bo‘yicha Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning hamda Departamentga yuklatilgan vazifalar doirasida mahalliy xokimiyat ijro organlarining muvofiqlashtirilgan ishini ta’minlaydi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
idoraviy mansub tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilishning aniq tizimini joriy qilish yo‘li bilan biriktirilgan sohada davlat siyosati samarali va sifatli amalga oshirilishida Departamentga biriktirilgan vazirliklar va idoralarning mustaqilligini kuchaytirishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aniq ko‘rsatkichlarga va maqsadli indikatorlarga erishishga, yaqin, o‘rtacha muddatli va uzoq muddatli istiqbolga iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohani strategik rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish sifati va samaradorligini ta’minlashga asoslangan idoraviy mansub tashkilotlar va ular rahbarlarining faoliyatini baholash tizimini ishlab chiqish va joriy etishda ishtirok etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Departamentga biriktirilgan vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalarining kollegial organlari majlislarida ishtirok etadi, ular faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda, Hukumat komissiyalari va idoralararo komissiyalar hamda kengashlar majlislarida, Vazirlar Mahkamasi apparati boshqaruvchisi o‘tkazadigan yig‘ilishlarda belgilangan tartibda qatnashadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Vazirlar Mahkamasi va uning Rayosati majlislarida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri va uning o‘rinbosarlari o‘tkazadigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqishga materiallar tayyorlash uchun, shuningdek, ijrodagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining hujjatlari loyihalarini ularni tayyorlash maqsadida muhokama qilish uchun o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari, olimlar va mutaxassislar bilan yig‘ilishlar o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
funksional vazifalar taqsimlanishiga muvofiq boshqa funksiyalarni amalga oshiradi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
18. Inspektor Departamentda ish yuritilishini ta’minlaydi, hujjatlarning o‘tishini nazorat qiladi, hujjatlar yig‘majildlarining tayyorlanishini va arxivda saqlashga o‘z vaqtida berilishini ta’minlaydi, o‘ziga yuklangan boshqa funksiyalarni bajaradi.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 07.07.2021-y., 09/21/422/0642-son)