01.02.2019 yildagi PF-5646-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Farmoni
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi yillarda mamlakatda, avvalambor, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini jadal rivojlantirish, investitsiyaviy jozibadorlik va ishbilarmonlik faolligini oshirish, ishlab chiqarish hamda xizmatlar ko‘rsatish sohasini kengaytirishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, energetika tarmog‘ida davlat boshqaruvini tashkil etishda qator tizimli muammolar mavjudligi belgilangan islohotlarni samarali amalga oshirish va mamlakatni innovatsion jadal rivojlantirishga to‘sqinlik qilmoqda, xususan:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchi — yoqilg‘i-energetika kompleksi sohalarini uyg‘un rivojlantirish va energiya manbalarini diversifikatsiya qilish masalalarida muvofiqlashtirishning va tizimli yondashuvning yetarli emasligi iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini ularning o‘sib borayotgan talabini hisobga olgan holda energiya bilan barqaror ta’minlash xavf-xatarlarini oshirmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchi — energetika tarmog‘i tashkilotlarini boshqarishning direktiv modeli, kompaniyalar moliya-xo‘jalik faoliyatining haddan ortiq ma’muriy tartibga solinishi, shuningdek mehnat resurslaridan oqilona foydalanmaslik ularning ish faoliyati samaradorligi va natijadorligini susaytirmoqda, noishlab chiqarish xarajatlari va ishlab chiqarilayotgan energiya birligi sarfining o‘sishiga olib kelmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchi — sog‘lom raqobat muhitining yo‘qligi, yirik kvazidavlat sektori hamda davlat va tijorat manfaatlari to‘qnashuvining mavjudligi, tariflarni tartibga solish chora-tadbirlarining investitsiya siyosati bilan uyg‘un emasligi yoqilg‘i-energetika sohasining investitsiyaviy jozibadorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchi — tarmoqning rivojiga joylarda asbob-uskunalar o‘ta eskirgani va tegishli infratuzilmalarni yangilash sur’atlarining sustligi, uskunalar, qurilmalar, gaz quvurlari va elektr uzatish liniyalaridan xizmat muddatlarini buzgan holda foydalanish, nobarqaror moliyaviy ahvol, resurs va energiya tejovchi texnologiyalarni joriy etish darajasining pastligi kabi butun tizimga daxldor muammolar to‘sqinlik qilmoqda va bu texnologik yo‘qotishlarning ko‘payishiga hamda yoqilg‘i-energetika resurslarini yetkazib berishda, ayniqsa joylarda surunkali uzilishlarga sabab bo‘lmoqda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchi — soha korxonalarida resurslarni rejalashtirish, yetkazib berilayotgan energiya resurslarini nazorat qilish va hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimlarini hamda boshqa zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish ishlari sust olib borilayotgani energiya resurslarini iste’molchilarga yetkazib berishda katta yo‘qotishlarga hamda o‘zaro hisob-kitob intizomi buzilishiga olib kelmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Energetika tarmog‘ini samarali boshqarish tizimini joriy qilish va jadal rivojlantirish, uning raqobatbardoshligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish maqsadida, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasida Ma’muriy islohotlar konsepsiyasida belgilangan vazifalarga muvofiq:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi yoqilg‘i-energetika tarmog‘ini yanada rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
birinchidan, mamlakatning energetika xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiyot sohalari va aholining energiya resurslariga tobora o‘sib borayotgan ehtiyojini qondirishga qaratilgan yagona energetika siyosatini yuritish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikkinchidan, energetika sohasida davlat tomonidan tartibga solish hamda xo‘jalik faoliyati funksiyalarini aniq chegaralash, ijtimoiy va davlat- xususiy sheriklikning huquqiy va institutsional bazasini takomillashtirish, tarif siyosatini amalga oshirishning aniq bozor mexanizmlarini ishlab chiqish va shu asosda sog‘lom raqobat muhiti tamoyillarini ilgari surish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
uchinchidan, infratuzilma obyektlarini qurishga, shuningdek tarmoq korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlashga investitsiyalarni, avvalo to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish uchun sharoitlar yaratish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
to‘rtinchidan, energiya tejamkorlik va iqtisodiyotning energiya sarfini kamaytirish sohasida davlat siyosatini yuritish, iqtisodiyot tarmoqlari va maishiy sektorda resurs va energiya tejovchi ilg‘or texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish, muqobil energiya manbalarini keng rivojlantirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
beshinchidan, energetika tarmog‘i korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirishning zamonaviy vositalarini, energiya resurslarini qazib olish, yetkazib berish va iste’mol qilish hajmlarini hisobga olish tizimlarini keng tatbiq qilish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
oltinchidan, tarmoq korxonalarini boshqarish tizimini, ularning tuzilmalari va bo‘linmalarini maqbullashtirish, ishlarni tashkil qilishning aniq natijalarga erishishga qaratilgan zamonaviy usullari va maqsadli indikatorlarni (sifat menejmenti, indikativ rejalashtirish) joriy etish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tashkil etilsin va quyidagilar uning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasining energetika xavfsizligini ta’minlash, iqtisodiyot tarmoqlari va mamlakat aholisini yoqilg‘i-energetika resurslari bilan barqaror ta’minlash, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini keng targ‘ib qilish va rivojlantirishga qaratilgan yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
elektr va issiqlik energiyasi, ko‘mirni ishlab chiqarish, yetkazib berish, taqsimlash va iste’mol qilish, shuningdek neft, gaz va ularni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlarni qazib olish, qayta ishlash, tashish, taqsimlash, sotish va ulardan foydalanishning davlat tomonidan tartibga solinishini amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
respublikaning energetika sohasida yagona normativ-huquqiy va texnik tartibga solishni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika kompleksini strategik rejalashtirish va rivojlantirishning muvozanatli tizimini yaratish va rivojlantirish, energiya resurslari ishlab chiqarishni oshirish va diversifikatsiya qilish, barcha turdagi energiya resurslarini ishlab chiqarish, yetkazib berish va iste’mol qilishning qisqa, o‘rta va uzoq muddatli uzviy bog‘liq prognozlarini, shuningdek energetika tarmog‘ini kompleks rivojlantirish maqsadli dasturlarini ishlab chiqish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, energiya resurslari bozorida qulay raqobat va ishbilarmonlik muhitini shakllantirishni rag‘batlantiruvchi tarif siyosatini takomillashtirish hisobiga yoqilg‘i-energetika tarmog‘ining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
yoqilg‘i-energetika tarmog‘ida investitsiya loyihalari amalga oshirilishini muvofiqlashtirish, energiya resurslarini qazib olish va ishlab chiqarish jarayonlariga xususiy kapitalni faol jalb qilish, xalqaro moliya institutlari, donor mamlakatlar, kompaniyalar, banklar va boshqa tuzilmalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika sohasiga korporativ boshqaruvning zamonaviy usullarini, ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini hamda boshqaruv, hisobga olish va nazoratning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishda ko‘maklashish, shu asosda energetika sohasida boshqaruv samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish, energetika tarmog‘i tashkilotlari moliya-xo‘jalik faoliyatining shaffofligini ta’minlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
neft-gaz va elektr energetika tarmog‘i tashkilotlarining ishlab chiqarish jarayonlariga innovatsion texnologiyalarni joriy etishni rag‘batlantirish, energiya resurslarini tejash va energiya samaradorligi darajasini oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
energetika sohasida muhandis-texnik va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil qilish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Vazirlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
o‘z faoliyatining asosiy yo‘nalishlari bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha mahsulotni taqsimlash to‘g‘risidagi bitimlarni amalga oshirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
davlat organlari va tashkilotlarida energiya samarador va energiya tejaydigan zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish, shuningdek energiya resurslarini iste’mol qilish samaradorligining monitoringini olib borish bo‘yicha vakolatli davlat organi etib belgilansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-79-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish davlat inspeksiyasi kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi etib;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi kelgusida O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi etib qayta tashkil etilsin va Vazirlik tuzilmasiga o‘tkazilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. “Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlari va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligining “Energiya tejash milliy kompaniyasi” aksiyadorlik jamiyatini belgilangan tartibda tugatish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Vazirlik manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 1-fevral,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PF-5646-son
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.02.2019-y., 06/19/5646/2567-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 25.05.2024-y., 06/24/79/0363-son)