17.01.2019 yildagi PQ-4124-son
ONLINE TRANSLATE
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Qarori
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kon-metallurgiya tarmog‘i korxonalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublikada tog‘-kon va qayta ishlash korxonalari quvvatlarini oshirish maqsadida mineral-xom ashyo bazasidan foydalanish va qayta ishlash samaradorligini oshirish, investitsiyalarni faol jalb etish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalari — “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” DK (keyingi o‘rinlarda — “Navoiy KMK” DK), “Olmaliq kon-metallurgiya kombinati” AJ (keyingi o‘rinlarda — “Olmaliq KMK” AJ) va “O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJda strategik turdagi mahsulotlar, jumladan oltin, kumush, mis, rux va po‘lat prokati kabi mahsulotlar, shuningdek 20 dan ortiq turdagi boshqa sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
So‘nggi ikki yil davomida kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalarini jadal rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ishlab chiqarishni kengaytirishga qaratilgan uzoq muddatli dasturlar qabul qilindi. 2026-yilgacha “Navoiy KMK” DKda mahsulot ishlab chiqarish hajmini 30 foizga, “Olmaliq KMK” AJga 2,9 mlrd. AQSH dollari miqdorida investitsiyalar jalb etish va 2023-yilgacha mis ishlab chiqarish hajmini 28 foizga, rux ishlab chiqarish hajmini 75 foizga oshirish ko‘zda tutilgan.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Shu bilan birga, kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalaridagi mavjud boshqaruv tuzilmasi, foydali qazilmalar zaxiralarining hisobini yuritish va baholash uslublari, moliyaviy hisobotlarning eskirgan shakllari ishlab chiqarishning o‘sishiga va investitsiyaviy jozibadorlikning oshishiga to‘sqinlik qilmoqda.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalari raqobatbardoshligini oshirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish maqsadida investitsiyalarni jalb etishga qo‘shimcha sharoitlar yaratish, shuningdek 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
1. Belgilansinki, kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalari:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yil yakunidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
moliyaviy hisobotlarni majburiy tartibda moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlari asosida tuzadi va xalqaro auditorlik kompaniyalarini jalb etgan holda mustaqil tashqi auditni o‘tkazadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
aktivlarni sotish rentabelligi, aktiv va majburiyatlarning aylanishi, shuningdek xalqaro fond birjalari va moliya institutlari talablariga asosan belgilanadigan boshqa ko‘rsatkichlar darajasi bo‘yicha minimal talablarni amaliyotga joriy qiladi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) 2020-yil yakunidan boshlab:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Hisob va hisobot bo‘yicha xalqaro standartlar (ISAR) prinsiplari va talablari asosida korporativ oshkoralikni tatbiq etadi;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Global tashabbuskorlik hisobotiga (GRI) muvofiq hisobotlarni, shu jumladan iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik masalalar bo‘yicha chop etadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Navoiy KMK” DK negizida qimmatbaho metallar qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha aksiyadorlik jamiyatini, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlariga jalb etilmagan va asosiy faoliyat turi bilan bog‘liq bo‘lmagan aktivlardan samarali va oqilona foydalanish uchun davlat muassasasini tashkil qilish, keyinchalik “Navoiy KMK” DKni uran va noyob metallar qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha davlat korxonasi etib o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
3. Kon-metallurgiya tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi (keyingi o‘rinlarda — Respublika komissiyasi) ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Quyidagilar Respublika komissiyasining (A.N. Aripov) asosiy vazifalari etib belgilansin:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) 2019-yil 1-martga qadar “Navoiy KMK” DKni qayta tashkil etish va korporativ boshqarishning zamonaviy usullarini tatbiq etish, shuningdek mazkur qarorda nazarda tutilgan talablarni amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”ni tasdiqlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalarini rivojlantirish, modernizatsiya qilish va ishlab chiqarish hajmlarini ko‘paytirishning uzoq muddatli dasturlarini jadal amalga oshirish bo‘yicha vazirliklar, idoralar va xo‘jalik boshqaruvi organlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2019-yil 1-mayga qadar kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalariga berilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qayta ko‘rib chiqish va unifikatsiya qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
g) 2019-yil 1-iyulga qadar xalqaro moliya institutlari va konsalting tashkilotlarini jalb etgan holda quyidagilarning aksiyalarini mahalliy va xalqaro fond bozorlarida ommaviy ravishda birlamchi va ikkilamchi joylashtirish orqali investorlarni jalb etishni nazarda tutuvchi Kon-metallurgiya tarmog‘ining yirik korxonalarini isloh qilish va rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“O‘zbekiston metallurgiya kombinati” AJ — 2022-yilda;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Olmaliq KMK” AJ — 2023-yilda;
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
“Navoiy KMK” DK negizida tashkil qilinayotgan qimmatbaho metallarni qazib chiqarish va qayta ishlash bo‘yicha aksiyadorlik jamiyati — 2023-yilda.
(3-band “g” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi PQ-4629-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son)
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
d) 2019-yil 1-dekabrga qadar “Navoiy KMK” DKni qayta tashkil etish bilan bog‘liq jarayonlarni yakunlash hamda yangi tashkil etiladigan aksiyadorlik jamiyatidagi davlat ulushini professional boshqaruv kompaniyalariga tanlov asosida ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha taklif kiritish.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Respublika komissiyasi a’zolariga mazkur qarorda belgilangan tadbirlarning samarali bajarilishi uchun shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
4. “Navoiy KMK” DK Kuzatuv kengashi:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (keyingi o‘rinlarda — Agentlik) bilan birgalikda:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
bir oy muddatda xalqaro maslahatchi va ekspertlarni jalb etgan holda “Navoiy KMK” DK mulklarini inventarizatsiya qilish bo‘yicha komissiya va “Navoiy KMK” DK tizimiga kiruvchi alohida tarkibiy bo‘linmalar bo‘yicha ishchi guruhlarni shakllantirsin, ularning vazifalari sifatida “Navoiy KMK” DKning barcha aktiv va majburiyatlarini inventarizatsiyadan o‘tkazish, shuningdek “Navoiy KMK” DK Kuzatuv kengashiga va Agentlikka 2019-yil 1-mayga qadar muddatda ishchi guruhlarning oraliq hisobotlarini hamda 2019-yil 1-iyulga qadar ishchi guruhlar va komissiyaning yakuniy hisobotini taqdim etishni belgilasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
inventarizatsiya yakunlari bo‘yicha ikki oy muddatda xalqaro amaliyotda umume’tirof etilgan uslublar asosida “Navoiy KMK” DKning ishlab chiqarish va boshqa aktivlari qiymatini baholash, shuningdek “Navoiy KMK” DK mehnat jamoasi yashashi uchun zarur sharoitlar yaratilishini va ularga xizmat ko‘rsatilishini ta’minlagan holda ishlab chiqarish jarayonlarida ishtirok etmaydigan infratuzilma, ijtimoiy va boshqa ixtisoslashmagan obyektlarni xususiy tadbirkorlik subyektlariga sotish va ixtisoslashgan davlat tashkilotlariga topshirish orqali ulardan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar kiritsin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda 2019-yil 1-martga qadar xalqaro maslahatchi va ekspertlarni jalb qilgan holda “Navoiy KMK” DKning balansida bo‘lgan va zaxiralari Qidiruv natijalari, mineral resurslar va ruda zaxiralari hisoboti Avstraliya kodeksi (JORC Code) standartlariga muvofiq qayta baholanadigan konlar ro‘yxatini tasdiqlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
v) 2019-yil 1-mayga qadar “Navoiy KMK” DKning Kuzatuv kengashi tarkibiga yetarli tajriba va malakaga ega bo‘lgan mutaxassislarni jalb etish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi bilan birgalikda bir oy muddatda kon-metallurgiya tarmog‘i yirik korxonalarining rejim-maxfiy bo‘limlari xodimlarining shtat birliklarini optimallashtirishni nazarda tutuvchi ishlab chiqariladigan va sotiladigan oltin hajmlari ko‘rsatkichlari bilan bog‘liq maxfiylik rejimini bekor qilish choralarini ko‘rsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
6. Belgilansinki, kon-metallurgiya tarmog‘i yirik korxonalarining oddiy aksiyalari bo‘yicha dividendlarni hisoblash Moliya vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda belgilanadigan miqdorlarda har chorakda amalga oshiriladi.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
7. Agentlik:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
a) zarur bo‘lganda, mazkur qaror talablaridan kelib chiqib, kon-metallurgiya sohasidagi yirik korxonalarning davlat ulushini ishonchli boshqarish bo‘yicha investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar bilan avval tuzilgan shartnomalarning qayta ko‘rib chiqilishini hamda qayta rasmiylashtirilishini ta’minlasin;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
b) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga:
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga portlovchi moddalarni hamda ularni ishlab chiqarish uchun maxsus materiallar va asbob-uskunalarni ishlab chiqarish va sotish bilan shug‘ullanadigan davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish imkoniyatini ko‘zda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha takliflarni;
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 30-avgustga qadar xalqaro ekspertlar ishtirokida ishlab chiqilgan “Davlat mulkini boshqarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
9. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosarlari J.A. Qo‘chqorov va A.S. Sultanov zimmasiga yuklansin.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Toshkent sh.,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
2019-yil 17-yanvar,
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
PQ-4124-son
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 17-yanvardagi PQ-4124-son qaroriga
ILOVA
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Kon-metallurgiya tarmog‘ini isloh qilish bo‘yicha Respublika komissiyasi
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
TARKIBI
Oldingi tahrirga qarang.
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш

A.N. Aripov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Komissiya raisi

J.A. Qo‘chqorov

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — moliya vaziri, Komissiya raisining o‘rinbosari

B.M. Mavlonov

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o‘rinbosari

G.K. Saidova

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining o‘rinbosari

B.A. Xodjayev

O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri

B.F. Islamov

O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisi

B.A. Musayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi raisi

A.X. Abdullayev

O‘zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi raisi

M.Sh. Istamov

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining birinchi o‘rinbosari

N.S. Jo‘rayev

O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori

Sh.A. Vafayev

O‘zbekiston Respublikasi investitsiyalar va tashqi savdo vazirining o‘rinbosari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijro etuvchi direktori

K.S. Sanakulov

“Navoiy KMK” DK bosh direktori

A. Xursanov

“Olmaliq KMK” AJ boshqaruvi raisi

T.T. Azamatov

“O‘zmetkombinat” AJ boshqaruvi raisi v.b.

B.B. Sidikov

Vazirlar Mahkamasi axborot-tahlil departamenti mudiri, Komissiya mas’ul kotibi

Ҳужжатга таклиф юборишАудиони тинглашҲужжат элементидан ҳавола олиш
Izoh. Respublika komissiyasi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda, uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklangan shaxslar kiritiladi.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.01.2019-y., 07/19/4124/2499-son; 06.03.2020-y., 07/20/4629/0258-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)